Usta va Margarita - 14

Total number of words is 4157
Total number of unique words is 2076
35.4 of words are in the 2000 most common words
52.6 of words are in the 5000 most common words
61.4 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Nomi zikr etilgan Kurolesov bir zum ham kutdirmay, sahnada paydo bo‘lipti, bu egniga frak kiyib, oq galstuk bog‘lagan, sochi ustarada olingan norg‘il va semiz odam emish.
U aftini burishtirib, qovoqlaripi uyipti-da, oltin qo‘ng‘iroqchaga qiyo boqqancha hech qanday muqaddimasiz, g‘ayrioddiy ovoz bilan she’r o‘qiy boshlapti:
— Uyinqaroq yigit makkor fohisha qizning visolini intizorli kutgani kabi…
Shundan boshlab Kurolesov o‘zi to‘g‘risida ko‘p yomon gaplarni aytib beripti. Nikonor Ivanovich qaysiyam bir baxti qaro beva xotinning yomg‘ir sharros quyib turganda zor-zor yig‘lab Kurolesovning qarshisida tiz cho‘kkani, ammo sho‘rlikning nolalari berahm artistning ko‘nglini yumshatmagani to‘g‘risida uning o‘z og‘zidan eshitipti. Nikonor Ivanovich to shu tushni ko‘rguniga qadar shoir Pushkinning bironta ham asarini o‘qimagan bo‘lsa ham, uning o‘zini juda yaxshi bilardi, hatto uning iomini har kuni bir necha martalab quyidagi mazmunda tilga olib turardi: «Kvartira haqini siz uchun Pushkin to‘laydimi?» yoki: «Nima, zinadagi lampochkani Pushkin ilib ketiptimi, bo‘lmasa?» — «Balki siz, neft uchun Pushkin pul to‘laydi, deb o‘ylarsiz?»
Mana endi Nikonor Ivanovich shoirning asarlaridan biri bilan tanishib, ma’yus bo‘lib qolipti, yetimcha bolalari bilan yomg‘irda tiz cho‘kib turgan ayolni ko‘z oldiga keltiripti-da, beixtiyor: «Ablahning o‘zi ekan-ku bu Kurolesov!» — deb ko‘nglidan o‘tkazipti.
U esa tobora ovozini balandlatib tavba qilishda davom etarkan, bora-bora Nikonor Ivanovichni gangitib qo‘yipti, chunki artist birdan sahnada yo‘q kdndaydir odamga murojaat qilib, o‘sha yo‘q odam tilidan o‘ziga-o‘zi javob qaytara boshlabdiki, shu gaplari paytida u o‘zini goh «siz» lab, goh «sen» lab, o‘ziga-o‘zi bir «janob», bir «baron», bir «ota», bir «o‘g‘lim» deb muojaat qila boshlapti.
Nikonor Ivanovich faqat bir narsani— artistning: «Kalitlar! Kalitlarim mening!» — deb jonholatda chinqirib, axiyri mash’um o‘lim topganini tushunipti, chunki artist «gurs» yiqilib, xirillagancha bo‘ynidagi galstugini ohista yecha boshlabdi.
Kurolesov o‘lib bo‘lgach, o‘rnidan turipti, shimining changini qoqipti, soxta jilmayib, ta’zim qilipti-da, siyrakkina qarsak ostida sahnadan chiqib ketipti. Keyin konferanse bunday deb gap boshlapti:
— Siz bilan biz Savva Potapovichning mohirona ijrosida «Xasis ritsar» asarini tingladik. O‘sha ritsar sho‘x ilohalar uchib kelib atrofimda parvona bo‘lishadiyu yana juda ko‘p shunga o‘xshash ko‘ngil ochuvchi hollar yuz beradi, deb umid qilgan edi. Lekin, hozir o‘zingiz ko‘rdingiz, hech qanday ilohalar ham uchib kelmadi, muzalar ham uni madh etmadi, u hech qanday koshona ham qura olmadi, aksincha, juda yomon o‘lim topdi, valyuta va qimmatbaho toshlar to‘ldirilgan o‘z sandig‘i ustida yuragi yorilib to‘ng‘iz qavmida ketdi. Bilib qo‘yinglar, valyutalarni topshirmasangiz sizlarning ham boshingizga shunday falokat, — balki undan ham beshbattari — tushishi mumkin.
Shunda yo Pushkinning nazmiy asari, yo konferansening nasriy nutqi kor qilgan bo‘lsa kerak — zaldan tortinchoq bir ovoz eshitilipti:
— Men topshiraman valyutamni.
— Sizni lutfan sahnaga taklif qilaman! — depti konferanse qorong‘i zalga tikilib qararkan, muloyim ovoz bilan.
Shunda sahnaga past bo‘yli, oq-malla soch bir grajdanin chiqipti, u uch haftalardan beri soqolini olmagan odamga o‘xsharmish.
— Afv etasiz, familiyangiz? — deb surapti konferanse.
— Kanavkin Nikolay, — qimtinibgina javob qilipti u.
— Ha! G‘oyat xursandman, grajdanin Kanavkin, qulog‘im sizda!
— Topshiraman, — depti Kanavkin sekingina.
— Qancha?
— Ming dollaru yana yigirmata o‘n so‘mlik oltin tanga.
— Bravo! Hammasi-a?
Programmani olib borayotgan artist Kanavkinning ko‘zlariga qattiq tikilib qarapti, shunda Nikonor Ivanovichning nazarida, artistning ko‘zlaridan hatto shu’la otilib chiqib, xuddi rentgen nurlari kabi Kanavkinning vujudini teshib o‘tganday bo‘lipti. Zalda o‘tirganlarning nafaslari ichiga tushib ketipti.
— Ishonaman! — depti nihoyat artist va ko‘z nurini o‘chiripti, — ishonaman! Bu ko‘zlar aldamaydi. Sizlarga qayta-qayta aytyapmanki, asosiy xatolaringiz — inson ko‘zi qudratini qadriga yetmayotganingizdadir. Tushuning axir, til haqiqatni yashirishi mumkin, ammo ko‘z — hech qachon! Masalan, sizga dabdurustdan bir savol berishdi deylik, lekin siz bundan hatto seskanmaysiz ham, bir zumda o‘zingizni tutib olasizu, haqiqatni yashirish uchun nima deb javob qilishni bilasiz, keyin qat’iy ishonch bilan javob qaytara boshlarkansiz, yuzingizda gapingizning yolg‘onligini sezdiruvchi bironta ham ishora ko‘rinmaydi, lekin taassufki, berilgan savoldan halovatini yo‘qotgan haqiqat bir lahzaga qalbingiz tubidan ko‘zingizga «lip» etib sakrab chiqadiyu, vassalom, ish tamom. Haqiqat fosh bo‘lib, tumshug‘ingizdan ilinasiz!
Artist bu g‘oyat asosli nutqini dabdaba bilan so‘zlab bo‘lib, Kanavkindan muloyim ohangda so‘rapti:
— Qaerga yashirgansiz?
— Prechistenkadagi xolamning uyiga, Poroxovnikova familiyasi…
— Ha-a! Ie… shoshmang-shoshmang… Klavdiya Ilinichnanikigami?
— Ha.
— O, ha, ha, to‘g‘ri! Mo‘’jazgina imorat-a? Ro‘parasida kichkinagina tomorqasiyam bormidi? E, bilaman, bilaman u uyni! Xo‘sh, u uyning qaeriga tiqib tashlagansiz boyligingizni?
— Yerto‘lada, Eynem qutisiga solib qo‘yganman… Artist «tavba» demoqchi bo‘lganday, qo‘llarini bir-biriga uripti.
— Hech ko‘rganmisiz o‘zi bunday be’manigarchilik-ni? — deb chinqiripti u xunob bo‘lib. — Axir u yerda pullar nam tortib, mog‘orlab ketadi-ku! Axir qanday ishonib topshirish mumkin bunaqalarga valyutani? A? Xuddi go‘dak bolaga o‘xshashadi-ya, azbaroyi xudo!
Kanavkinning o‘zi ham, nopok yo‘l bilan boylik to‘plab, xatoga yo‘l qo‘yganini endi tushunib, paxmoqsoch boshini xam qilib turganmish.
— Pul, — deb gapida davom etipti artist, — xolalarning kalamush kemirib rasvo qilishi mumkin bo‘lgan yerto‘lasida emas, balki davlat bankida, juda puxta qo‘riqlanadigan maxsus xonalarda saqlanishi lozim! Uyat sizga, Kanavkin! Axir, kap-katta odamsiz-a.
Kanavkin xijolatdan o‘zini qo‘yarga joy topa olmay, hadeb barmog‘i bilan kamzulining hoshiyasini tirnarmish.
— Ha, yaxshi, — depti artist jahlidan tushib, — o‘tgan ishga salavot… — Keyin kutilmaganda shunday ilova qilipti: — Ha, darvoqe: bir borishning o‘zida, haligi… mashinani ikki marta ovora qilib o‘tirmaslik uchun… o‘sha xolangizning o‘zidayam bo‘lsa kerak? A? Ishning bu qadar chappasidan ketishini hech kutmagan Kanavkinning eti jimirlab ketipti, butun teatr sukutga tolipti.
— Ie, ha, Kanavkin?! — depti konferanse muloyim ta’na bilan, — sizni odamlarga maqtab o‘tiribman-a! Ana xolos, nima hojati bor edi sullohlik qilishning! Yaxshi emas, Kanavkin! Hozirgina ko‘z haqida gapirgan edim-a. Ana, ko‘zingizdan ko‘rinib turipti xolangizdayam borligi. Ayting-qo‘ying-da, muncha qiynaysiz bizni?
— Bor! — depti Kanavkin dangal qichqirib.
— Bravo! — deb yuboripti konferanse.
— Bravo, — deyishipti odamlar butun zalni larzaga keltirib.
Zal tinchigach, konferanse Kanavkinni tabriklab qo‘lini siqipti, uning shaharga, o‘z uyiga ketishi uchun mashina taklif qilipti va sahna orqasida turgan qaysiyam bir odamga, aynan shu mashinada Kanavkinning xolasinikiga borib, uni ayollar teatridagi programmaga taklif qilishni buyuripti.
— Ha-ya, yana bir narsani so‘ramoqchi edim — xolangiz o‘z boyligini qaerga yashirgani haqida sizga gapirmaganmidi? — deb so‘rapti konferanse Kanavkinga lutfan papiros taklif qilib, gugurt chaqib tutarkan. Kanavkin papiros tutatarkan, ma’yus jilmayib qo‘yipti.
— Ishonaman, ishonaman, — depti artist xo‘rsinib, — qurumsoq kampir nainki jiyaniga — shaytonga ham aytmaydi sirini. Hay, na chora, uning qalbida odamgarchilik hissini uyg‘otishga urinib ko‘ramiz. Shoyad uning sudxo‘rlik qalbida bitta-yarimta chirimagan tor qolgan bo‘lsa. Xo‘p, salomat bo‘ling, Kanavkin!
Shundan keyin baxtiyor Kanavkin jo‘nab ketipti. Artist, valyuta topshirishni xohlaganlar yana bormi, deb so‘ragan ekan, biroq sukut javob bo‘lipti unga.
— Tentaksizlar, xudo haqqi! — deb kiftlarini uchiripti artist. Shu payt parda tushib uni yashiripti.
Chiroqlar o‘chib, bir oz vaqt hammayoq zulmatga cho‘mgach, shu zulmat qo‘ynida juda uzoqdan bir tenor ovozning asab bilan kuylagani eshitilipti:
«Unda oltin tog‘-tog‘ uyulgan va hammasi menga buyurgan!»
Keyin uzoq bir yerdan ikki marta qarsakbozlik eshitilipti.
— Ayollar teatridayam bitta oyimcha topshiryapti, — deb birdan tilga kiripti Nikonor Ivanovichning mallasoch, paxmoq soqol qo‘shnisi va bir xo‘rsinib qo‘yib ilova qilipti: — Eh, agar g‘ozlarim bo‘lmagan-da edi! Lianozovada, azizim, mening urishqoq g‘ozlarim bor. Mensiz qirilib ketishmasaydi, deb qo‘rqaman. Jangari qush nozik bo‘ladi, parvarish talab qiladi… Eh, g‘ozlarim bo‘lmaganda-yu!.. Pushkin bilan meni avrab bo‘psanlar, — shunday deb u yana xo‘rsinib qo‘yipti.
Shu mahal zal charog‘on bo‘lib yorishib ketipti-yu, Nikonor Ivanovichning tushida endi hamma eshiklar-dan zalga oq qalpoq kiyib, cho‘mich ushlagan oshpazlar kirib kela boshlapti. Oshpaz shogirdlari esa yog‘och bochkada suyuq osh bilan yassi qutida kesilgan qora non olib kirishipti. Tomoshabinlarga jon kiripti.Quvnoq oshpazlar tomoshabinlarni oralab yurib, ularning tovoqlariga suyuq osh suzishar, ion ulashisharmish.
— Ovqatlaninglar-u, yigitlar, — deb qichqirisharmish ular, — keyin valyutalaringaznn topshiringlar! Nima qilasizlar bu yerda bekorga vaqtinglarni o‘tkazib? Nima, zormyasizlar shu shildir sho‘rvaga? Undan ko‘ra, uyingizga borib, keragicha otib olib, miriqib gazak qilganlaring yaxshimasmi!
— Mana, masalan, sen boboy, nima qilib yalpayib o‘tiribsan? — deb shaxsan Nikonor Ivanovichga yuzlanipti bo‘yni xo‘rozning toji kabi qip-qizil, xo‘ppa-semiz oshpaz unga bittagina karam bargi suzib yurgan bir tovoq yovg‘on sho‘rva uzatarkan.
— Yo‘q! Yo‘q! Io‘q menda valyuta! — jon-jahdi bilan baqiripti Nikonor Ivanovich. — Tushunyapsan-chi, yo‘q!
— Yo‘q? — deb o‘kiripti oshpaz do‘rillagan ovoz bilan, so‘ng: — Yo‘q? — deb so‘rapti u zaifona muloyim ovoz bilan, keyin: — Yo‘q, yo‘q, — deb tasalli bera boshlapti u feldsher ayol Praskovya Fyodorovna qiyofasiga kirib.
Chunki uyqusida bosinqirayotgan Nikonor Ivanovichning yelkasiga shu ayol ohista turta boshlagan edi. Shunda birdan oshpazlar gumdon, teatr va uning pardasi g‘oyib bo‘ldi. Nikonor Ivanovich yosh to‘la ko‘zini ochib, shifoxonadagi o‘z xonasini, maslahat beraverib hammani bezor qilgan surbet oshpazlarni emas, oq xalat kiygan ikki odamni, ya’ni doktor bilan qo‘lida tovoq emas, ustiga doka yopilgan shpritsli tarelka ushlagan Praskovya Fyodorovnani ko‘rdi.
— Axir bu nima degan gap, — achchiq alam bilan derdi Nikonor Ivanovich unga ukol qilishayotgan chog‘da, — yo‘q, axir u menda yo‘q! Pushkin bersin ularga valyutani. Yo‘q!
— Ha, yo‘q, yo‘q, — deb yupatardi uni saxovatli Praskovya Fyodorovna, — yo‘qni yo‘ndirib bo‘larmidi.
Nikonor Ivanovich ukoldan keyin ancha yengil tortib, endi hech qanday tush ko‘rmay uxlab ketdi.
Lekin uning baqiriqlari oqibatida vujudga kelgan vahima 120-xonaga o‘tib, u yerda yotgan bemorni uyg‘otib yubordi (bu bemor tura solib, o‘z boshini qidirishga tushdi) va 118-xonaga kirib, noma’lum us-taning qalbini g‘ulg‘ulaga soldi. U hasrat to‘la ko‘zlarini oyga tikarkan, hayotidagi kuzning oxirgi nadomatli oqshomini, podvaldagi xonasi eshigi ostidan tushib turgan shu’lani va mahbubasining yelpingan soch tolalarini esladi.
Vahima 118-xonadan balkon osha Ivanning xonasiga uchib o‘tdi-yu, u uyg‘onib ketib, yig‘lab yubordi.
Lekin vrach bezovta bo‘la boshlagan bu notavonlarni birpasda yupatdi va ular yana uxlab ketishdi. Hammadan keyin, daryo uzra tong yorisha boshlaganda, Ivan ham mizg‘ib ketdi. Dori uning butun vujudini xuddi dengiz to‘lqini ko‘mib yuborgandek qamrab olgach, u taskin topdi. Jismi yengillashdi, boshi esa mudroqningiliq shabadasidan halovat topdi. U uyquga ketarkan, qulog‘iga chalingan eng so‘nggi saslar — o‘rmondagi qushlarning tong oldi chug‘ur-chug‘uri bo‘ldi. Lekin hademay ularning ovozi o‘chib, Ivan tush ko‘ra boshladi. Tushida Taqir Tepa uzra quyosh endi mag‘ribga og‘a boshlagan vauning gir aylanasi ikki qavatlama o‘rab olingan edi.
O‘n oltinchi bob
QATL
Taqir Tepa uzra quyosh endi mag‘ribga og‘a boshlagan va uning gir aylanasi ikki qavatlama o‘rab olingan edi.
Choshgohda prokuratorning yo‘lini kesib yelib o‘tgan otliq qo‘shin shaharning Xevra darvozasiga chiqdi. Uning uchun keta-ketguncha yo‘l ochiq edi. Kappadokiya piyodalari tirband bo‘lib ketgan yo‘lni ochib, odamlar, xachirlaru tuyalarni ikki tomonga siqib chiqargan, shu sababli qo‘shin otlarni bemalol choptirib, oppoq chang quyunini osmoni falakka o‘rlatgancha, Vifleem yo‘li bilan Yaffa yo‘li bir-birini kesib o‘tgan chorrahaga chiqqan edi. Keyin u shimoli-g‘arbiy yo‘ldan shamoldek yelib ketdi. Bundan sal oldin, yo‘lning ikki yoqasiga yoyilgan boyagi Kappadokiya piyodalari uni Yershalaimga bayramga kelayotgan karvonlardan tozalashga ulgurgan edilar. Ziyoratchilar yelkalariga ortmoqlagan safar chodirlarini maysa ustiga tashlashib, yo‘l yoqalab tizilishgan Kappadokiya piyodalari orqasida to‘p-to‘p bo‘lib turishardi. Otliq qo‘shin bir chaqirimcha yo‘l bosib, shiddatli legionning ikkinchi kohortasidan ham o‘zib ketdi va yana bir chaqirim yo‘l bosib, Taqir Tepa poyiga birinchi bo‘lib yetib bordi. Bu yerda qo‘shin otlardan tushdi. Komandir qo‘shinni vzvodlarga bo‘ldi, vzvodlar esa uncha baland bo‘lmagan bu tepaning faqat Yaffa yo‘liga to‘g‘ri bo‘lgan ozgina joyini ochiq qoldirib, qolgan hamma etagini gir aylantirib o‘rab oldi.
Otliqlardan keyin sal vaqt o‘tishi bilan tepa etagiga ikkinchi kohorta ham yetib kelib, tepaga bir pog‘ona yuqori ko‘tarildi va u ham tepa atrofini gar-dishsimon o‘rab oddi.
Nihoyat Mark Kalamushkush qo‘mondonligidagi kenturiya yetib keldi. U yo‘lning ikki chetini yoqalab turnaqator tizilib kelar, yo‘l o‘rtasida esa maxfiy soqchilar nazorati ostida aravada o‘limga mahkum bo‘lgan va bo‘yinlariga aramey va yunon tilida «Qaroqchi va isyonchi» deb yozilgan oq taxtachalar osilgan uchtamahbus borardi. Bu arava orqasidan yangi yo‘nilgan to‘sinli ustunlar, arqonlar, belkuraklar, chelaklaru boltalar ortilgan boshqa aravalar kelardi.
Bu aravalarda yana olti nafar jallod ham bor edi. Aravalar orqasidan kenturion Mark, Yershalaim ibodatxonalari soqchilarining sardori hamda boya shoh qasridagi qorong‘i xonada Pilat bilan qisqa muddatli suhbat olib borgan qaytarma qalpoqli rido kiygan o‘sha odam ot minib borishardi. Bu marosim saf tortib kelayotgan lashkar bilan yakunlanib, uning orqasidan alomat tomoshani ko‘rish ishtiyoqida do‘zax o‘tidek jazirama kun taftidan ham tap tortmagan ikkimingga yaqin bekorchi kelardi.
Shahardan ergashib chiqqan bu tomoshatalablar safiga endi yo‘lda uchragan sinchkov ziyoratchilar ham qo‘shilishib, hammalari izdihomga bemalol ergashib kelaverdilar. Mana shu uzundan-uzun olomon to Taqir Tepaga yetib borgunicha jarchilar boya choshgoxda Pilat shohsupada turib aytgan so‘zlarini chinqiroq ovoz bilan qayta-qayta takrorlab bordilar.
Tepa etagini o‘rab olgan otliq qo‘shin hammani yuqoriga, ikkinchi qurshov tomonga o‘tkazib yubordi, ikkinchi kenturiya esa tepa boshiga faqat qatlga daxldor odamlarnigina o‘tkazib, butun olomonni jadallik bilan tepaning gir aylanasiga yoyib yubordi, natijada tomoshatalab olomon yuqorida — piyodalar zanjiri, pastda — otliqlar tizmasi oralig‘ida qoldi. Endi ular qatlni piyodalarning siyrak tizmasi orasidan kuzatishi mumkin edi.
Alqissa, mash’um izdihomning tepa boshiga ko‘tarilganiga, mana, uch soatdan ko‘proq vaqt o‘tdi, garchi quyosh endi Taqir Tepa ustidan og‘a boshlagan bo‘lsa ham, hanuz uning harorati dosh berib bo‘lmaydigan darajada ediki, Tepani ikkita halqaga olgan suvoriylar ham, navkarlar ham issiqdan qattiq iztirob chekishar, daqqinafaslikdan xunob bo‘lishar va uch jinoyatchini ichlarida rosa bo‘ralab so‘kishib, ularning tezroq o‘lishini astoydil istardilar.
Tepa etagida turgan kichkina jussali suvoriylar komandirining peshanasi jiqqa ho‘l, ogpyuq ko‘ylagi qora terga botgan bo‘lib, u birinchi vzvodning ko‘n chelagi oldiga dam-badam borar, undan hovuchlab suv ichar, boshidagi sallasini ho‘llardi. Shu raftoridan u xiyol yengil tortib, nari ketar va yana yuqoriga o‘rlagan tuproq yo‘lning u chetidan-bu chetiga tinmay tanda qo‘yar edi. Uning uzun shopi bog‘ichlangan etigining qo‘njiga «tap-tap» urilardi. Bu bilan u o‘z suvoriylariga sabr-bardoshli bo‘lishda namuna ko‘rsatmoqchi bo‘lar, ammo shunday bo‘lsa ham, ularga rahmi kelgan va nayzalardan piramidalar hosil qilib, ular ustiga oq plashlarini yopib, soyabon yasashga ijozat bergan edi. Suriyalik suvoriylar mana shu chaylalarda shafqatsiz qizdirayotgan oftobdan jon saqlay boshlagan edilar. Chelaklar dam o‘tmay bo‘shar va vzvodlarning navbatchilari galma-gal tepa etagidagi jarlikdan suv ta-shirdilar; bu jarliqda ko‘rimsiz tut daraxtlarining olachalpoq soyasida loyqa bir jilg‘a bu do‘zaxona jaziramada umrining so‘nggi kunlarini kechirib jildirab oqardi. Harorat taftidan yuvosh bo‘lib qolgan otlarni ushlab turgan suvoriylar ham shu yerda beqaror soya ilinjida zerikib turardilar.
Askarlarning bu yerda it azobida o‘tirishlariyu mahbuslarni bo‘ralab so‘kishlari besabab emas edi. Chunki prokuratorning qatl paytida o‘zi uchun manfur bo‘lgan Yershalaim shahrida tartibsizliklar yuz beradi deb hadiksirashi, uning baxtiga o‘rinsiz bo‘lib chikdi. Qatl boshlanganiga uch soatdan oshganida, hech kutilmaganda, yuqorigi piyodalar tizmasi bilan tepa etagidagi otliqlar tizmasi o‘rtasiga joylashgan tomoshabinlardan birontasi ham qolmadi. Quyoshning qaynoq tig‘i ularni jizg‘inak qilib, hammalarini Yershalaim tomon quvgan edi. Endi mana shu ikki halqa oralig‘ida bu tepaga qanday kelib qolgani noma’lum bo‘lgan ikkita egasiz it qolgan edi, xolos. Lekin jazirama issiq bu itlarning ham sillasini quritgan edi, shu bois ular bag‘rilarini yerga berib, tillarini osiltirib hansirab yotarkanlar, quyosh taftiga parvo qilmay, cho‘g‘dek qizigan toshlaru yer bag‘irlab o‘sgan allaqanday tikanlio‘simliklar oralab zir yugurib yurgan bu yerdagi birdan-bir jonzodlar — yashil kaltakesaklarga ham parvo qilmasdilar.
O‘limga hukm etilganlarni biron kimsa na hammayog‘ini lashkar bosib ketgan Yershalaimning o‘zida, na bu yerda — qo‘sh halqaga olingan tepada qutqarishga urinib ko‘rdi, oqibat olomon shaharga qaytdi, zero ushbu qatl jarayonining hech bir qiziqarli jihati bo‘lmadi, shaharda esa bu payt bugun kechqurun kirib keladigan ulug‘ ayyom — pasxa bayramiga tayyorgarlik boshlangan edi.
Yuqori halqadagi rim piyodalari pastdagi otliqlardan ham ko‘proq iztirob chekishardi. Kenturion Kalamushkush o‘z askarlariga faqat dubulg‘alarini yechib, boshlariga ho‘llangan oq belbog‘ yopishgagina ijozat berdi, lekin ularni nayzalarini qo‘llaridan qo‘ydirmay mudom tik ushlab turdi. O‘zi esa xuddi shunaqa, lekin ho‘llanmagan quruq belbog‘ni boshiga yopib olib, hatto ko‘ylagiga yopishtirilgan sher basharasini ifodalovchi kumush qalqonchalarni ham, oyog‘iga bog‘langan zirhni ham, beliga osib olgan shamshir bilan pichoqni ham yechmay, jallodlarga yaqin yerda u yoqdan-bu yoqqa yurib turardi. Garchi quyosh o‘tkir tig‘ini to‘g‘ri Kalamushkushga qaratgan bo‘lsa ham, bu uni aslo bezovta qilmas, ko‘kragidagi sher basharalariga esa qarab bo‘lmasdi, chunki ular oftob shu’lasida xuddi erib biqirlab qaynayotgan kumushdek ko‘zni qamashtirardi.
Kalamushkushning ajivasi chiqqan yuzida na toliqish, na norozilik alomatlari mavjud edi, bil’aks devqomat kenturion shu zaydda to kun botguncha, so‘ng tong otguncha keyin yana kunbo‘yi — qisqasi qancha vaqt kerak bo‘lsa shuncha, qo‘llarini mis to‘qali zalvar kamariga qo‘yib, goh qatl etilayotganlar bog‘langan ustunlarga, goh tepa boshini ihota qilib turgan askarlarga doim birday xo‘mrayib qaragancha, oyog‘i ostidan chiqib qolgan va zamonlar o‘tishi bilan oppoq oqarib ketgan odam suyaklarini yoki mayda shag‘al toshlarni ag‘darma etigining tumshug‘i bilan har doimgidek beparvo tarzda tepib o‘tishga qodirdek ko‘rinardi.
Qaytarma qalpoqli odam ustunlardan sal nariroqda uch oyoqli kursida qimir etmay beparvo o‘tirarkan, zerikkanidan ahyon-ahyonda qo‘lidagi cho‘p bilan yer chizib qum kavlardi.
Endi tepani qurshab olgan ikki halqa orasida bironta ham odam qolmagandi, degan gapga kelsak, bu unchalik to‘g‘ri emas. Bu yerda bitta odam qolgan edi, lekin uni ko‘pchilik ko‘rmagan edi. U tepa boshiga chiqadigan ochiq yo‘l tomonda emas (aynan shu tomondan qatl manzarasini kuzatish qulay edi), balki uning chiqishga noqulay va notekis bo‘lgan, ko‘p yerlari o‘prilgan, yorilgan shimoliy yonbag‘riga, qovjiray boshlagan anjir daraxti bir zov labida xudo qarg‘agan qaqroq yerga yopishib jon saqlayotgan yerga joylashgan edi.
Qatl ishiga daxli bo‘lmagan mana shu yagona tomoshabin qatl boshlangan chog‘dan, ya’ni salkam to‘rt soatdan buyon, deyarli hech soya bermaydigan shu anjir ostida bir xarsangtosh ustida o‘tirardi. To‘g‘ri, qatlni kuzatish uchun u noqulay joy tanlagan edi. Lekin, har qalay mahkumlar bog‘lapgan ustunlar, shuningdek, kenturionning ko‘ksidagi yaraqlab turgan ikkita qalqoncha ham askarlar tizmasi orasidan unga yaqqol ko‘rinib turardiki, odamlar ko‘ziga tashlanmaslikka va hech kimni bezovta qilmaslikka uringan kishi uchun shu manzaraning o‘zi kifoya edi chamasi.
Lekin u bundan to‘rt soatcha burun, ya’ni qatl boshlanayotgan chog‘da tamomila boshqacha harakat qilib, sal bo‘lmasa o‘zini sezdirib qo‘yayozgan edi, shuning uchun bo‘lsa kerak, endi o‘z atvorini o‘zgartirib, xilvatga chekingan edi.
Bu yerda u qatl marosimi endigina tepa boshiga ko‘tarilgan paytda paydo bo‘lgandi, uning shoshilib kelganligi yaqqol sezilib turar, og‘ir-og‘ir hansirardi. U tepalikka yurib emas, yugurib chiqdi, odamlarni turtib oldinga o‘tdi va tepa bag‘irlab yoyilgan askarlar tizmasi nainki uning, butun olomonning oldini to‘sib olganini ko‘rib,o‘zini ovsarlikka soldi, eng odmi usulni qo‘llab, g‘ijingan askarlarning «hoy-hoy» lashiga tushunmayotgan odamday, to‘ppa-to‘g‘ri qatl maydoniga askarlar safini yorib o‘tmoqchi bo‘ldi. Bu qilmishi uchun u nayzaning to‘mtoq tomoni bilan ko‘kragiga zarba yedi va og‘riq alamidan emas, umidi puchga chiqqanidan chinqirib yuborib, orqaga tisarildi. U jismoniy og‘riqni his qilmaydigan, mutlaqo loqayd odamday xira ko‘zlari bilan zarba urgan legionerga bir qarab qo‘ydi.
So‘ng ko‘kragini changallab «quv-quv» yo‘talgancha, halloslab, tepani gir aylanib chiqdi, u tepaning shimol tomonida qatl maydoniga sezdirmay o‘tib olsa bo‘ladigan biron tirqish topilsa kerak deb umid qilgan edi. Ammo u kechikkan — halqa yopilgan edi. Shunda og‘ir iztirobdan afti bujmayib ketgan bu odam aravalardan ustun va to‘sinlar tushirilayotgan yerga yorib o‘tish niyatidan voz kechdi. Chunki bu urinishidan hech naf chiqmas, bil’aks o‘zi qo‘lga tushib qolishi mumkin edi, vaholanki, aynan shu butun qo‘lga tushish uning rejasiga zid edi.
Shunga ko‘ra u o‘zini chetga olib, o‘pqon bo‘yiga bordi, bu yer tinch, hech kim unga xalal bermasdi.
Oftob nuridan va uyqusizlikdan ko‘zlari yiringlashgan bu qora soqol odam endi tosh ustida xomush o‘tirardi. U goh aslida zangori tusda bo‘lgan-u, sargardonlikda yuraverib isqirt-ko‘kimtir tus olgan uvada tallifini ko‘tarib, loyqa ter oqib tushayotgan ko‘kragining nayza zarbidan mo‘mataloq bo‘lgan yerini ochib xo‘rsinar, goh ko‘zlarini azob bilan osmonga qaratib hademay ziyofat bo‘lishini sezib samoda qanotlarini keng yozgancha ko‘pdan beri charx urib ay-lanayotgan uchta quzg‘unni kuzatar, goh umidsiz nigohini sarg‘aygan yerga tikib, oyog‘i ostida chiriy boshlagan it boshchanog‘i va uning atrofida zir yugurib yurgan kaltakesaklarga tikilib o‘tirardi.
Bu odam shu qadar qattiq iztirobda ediki, ba’zida u o‘zi bilan o‘zi gaplasha boshlardi.
— O, men ahmoq! — deb g‘o‘ldirardi u tosh ustida ruhan azob chekib chayqalib o‘tirarkan, — tentakman, ovsar xotinman, qo‘rqoqman! Odam emas, bir o‘limtik-man!
U boshini xam qilib jim qolar, keyin yog‘och obdonidagi ilib qolgan suvdan ho‘plab, yana tetiklanardi-da, goh tallifi ostiga yashirgan pichoqni, goh qarshisida, yerda cho‘pqalam bilan siyohdon yonida yotgan bir parcha pergamentni qo‘liga olardi.
Bu pergamentga hozir shunday so‘zlar yozilgan edi:
«Daqiqalar o‘tib bormoqda, men, Leviy Matvey Taqir Tepadaman-u, ammo o‘limdan hamon darak yo‘q!»
Keyin yana:
«Quyosh og‘a boshladi, lekin o‘limdan darak yo‘q».
Endi Leviy Matvey umidsizlikka tushib, o‘tkir cho‘pqalam bilan quyidagi so‘zlarni yozdi:
«E xudo! Namuncha unga qahhorlik qilmasang? Tezroq jonini ol sho‘rlikning».
Shularni yozib bo‘lib, ko‘z yoshsiz piqillab yig‘ladi va yana tirnoqlari bilan ko‘ksini tirnab jarohatlay boshladi.
Leviyning bunday nola-fig‘on chekishiga o‘zi bilan Ieshua ikkovining boshiga tushgan mudhish badbaxtlik hamda Leviyning o‘zi yo‘l qo‘ygan g‘oyat og‘ir xatolik sabab bo‘lgan edi. O‘tgan kuni Ieshua bilan Leviy Yershalaim yaqinidagi Vifoniya qishlog‘ida bir dehqonning mehmoni bo‘lishgan edi. Chunki Ieshuaning va’zlari mezbonga ko‘p manzur bo‘lgan edi. Ikkovlari ertalabdan dehqonga ko‘maklashib, uning polizida ishlashdi, chunki ular kechki salqinda Yershalaimga yo‘l olmoqchi bo‘lgan edilar. Lekin tush paytida birdan Ieshua shosha-pisha yo‘lga otlanib, shaharda zarur ishim bor deb, jo‘nab ketdi. Leviy Matveyning birinchi xatosi ma-na shundan boshlangan edi. Nega, nega axir uning yolg‘iz o‘zini qo‘yib yubordi!
Kechqurun esa Matveyning o‘zi Yershalaimga bora olmadi. Kutilmaganda u allaqanday mudhish dardga chalinib yotib qoldi. Uning butun vujudi titrab-qaqshab, alanga bo‘lib yona boshladi, tishlari takillab, dam-badam suv so‘ray boshladi. Binobarin, u hech qayoqqa keta olmadi. U dehqonning pichanxonasida o‘zi-ni jul ustiga tashlab, ertangi juma kunining tongigacha og‘ir darddan hushini yo‘qotib yotdi, lekin dard Leviyga kecha kechqurun qanday kutilmaganda yopishgan bo‘lsa, endi uni shunday tez qo‘yib yubordi. Garchi u hali zaif, oyoqlari bedarmon bo‘lsa ham, ko‘ngli qandaydir falokat bo‘lishini sezib beorom bo‘laverdi, oqibat, polizchi bilan xayrlashib, Yershalaimga yo‘l oldi. Shaharga kelib, gumoni to‘g‘ri chiqqanini bildi. Falokat yuz bergan edi. Prokurator hukmni e’lon qilayotganida Leviy olomon orasida turib uni eshitgan edi.
O‘limga mahkum bo‘lganlarni qatl Tepasiga olib ketishayotganda Leviy Matvey Ieshuaga, hech bo‘lmasa, o‘zining shu yerda, u bilan birga ekanligini, so‘nggi daqiqalarida do‘stini yolg‘iz qoldirmaganligini va uning jonini tezroq olishni xudodan iltijo qilajagini bir amallab imi-jimida bildirish uchun legionlar tizmasi yoqalab, olomon orasida yugurib bordi. Ammo o‘zining juda olisdagi manzilidan ko‘z uzmagan Ieshua, turgan gapki, Leviyni ko‘rmadi.
Lekin qatl marosimi yarim chaqirimcha yo‘lni bosib o‘tganda, olomonning siquvi bilan surila-surila turnaqator tizilib borayotgan legionerlar oldiga borib qolgan Matveyning miyasiga birdan eng oddiy va g‘oyat ajoyib fikr keldiyu tabiatan qiziqqon bo‘lgan bu odam, nega endi shu fikr miyamga ilgariroq kelmadi deb ranjib, o‘zini rosa bo‘ralab so‘kdi. Tizilib borayotgan askarlar oralarida ozmi-ko‘pmi masofa mavjud edi. Agar epchillik qilib, aniq mo‘ljalga olib ish ko‘rilsa, ikki legioner orasidan engashib o‘tib ketish va yugurib borib aravaga chiqish mumkin edi. Ana unda Ieshua azobdan qutulgan bo‘lardi.
Ieshuaning kuraklari orasiga pichoq sanchib, unga:«Ieshua! Men kim, sening yagona, sadoqatli shogirding Matvey seni azobdan qutqarib, o‘zim ham sen bilan o‘lyapman!» — deb qichqirish uchun bir lahza kifoya edi.
Agar xudo yana bir zumlik erk ato etsa bormi, Matveyning o‘zi ham o‘ziga pichoq urib, ustunga bog‘lanib azobda o‘lishdan qutulib qolishi mumkin. Lekin hozir bu narsa sobiq o‘lpon yig‘uvchini kam qiziqtirardi. Qay tarzda jon berish uning uchun ahamiyatsiz edi. U faqat bir narsani — o‘z umrida zig‘ircha ham yomonlik qilmagan Ieshuaning qiynoqsiz o‘lishini xohlardi.
Bu juda yaxshi reja edi, ammo yonida pichog‘i yo‘qli-gi chatoq bo‘ldi. Undan keyin, hamyonida tiyin ham pu-li yo‘q edi.
O‘zidan qattiq ranjigan Leviy olomon orasini yorib chiqib, orqaga — shahar tomon yugura ketdi. Uning cho‘g‘dek qizigan boshida faqat bitta qaynoq fikr — shahardan, qanday qilib bo‘lmasin, pichoq to-pib, yana qatl namoyishiga yetib olish fikri lov-lov yonardi.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 15
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.