Usta va Margarita - 28

Total number of words is 4163
Total number of unique words is 2047
36.1 of words are in the 2000 most common words
54.2 of words are in the 5000 most common words
64.6 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Shunda oldinda kelayotgan odam paltosi ichidan qora mauzer chiqardi, uning yonidagi ikkinchi odam— qo‘ynidan temir ochqich oldi. Umuman, 50-kvartiraga chiqib kelayotganlar puxta qurollangan edilar. Ikki kishining cho‘ntagida oson yoyiluvchi ingichka ipak to‘r bor edi. Yana bittasida — arqon, bittasida — doka niqoblar bilan xloroformli ampulalar bor edi.
50-kvartiraning eshigini tez va oson ochishdi, hamma kelganlar dahlizga kirishdi, ayni paytda oshxonada eshik«qars» etib ochildi, bu — xufiya yo‘ldan chiqqan ikkinchi to‘daning ham o‘z vaqtida yetib kelganidan darak berdi.
Bu gal qisman bo‘lsa ham omad yurishi aniq edi. Odamlar bir zumda hamma xonalarga tarqalishdi-yu, lekin hech yerda hech kimni uchratishmadi, faqat yemakxonada hozirgina yeyilgan nonushtaning qoldig‘ini, mehmonxonada esa kamin tokchasida billur ko‘za yonida primus ushlab cho‘qqayib o‘tirgan bahaybat bir qora mushukni ko‘rishdi.
Mehmonxonaga kirganlar bu mushukka mahliyo bo‘lib uzoq vaqt sukutga cho‘mib turib qoldilar.
— Ha-a… chindanam antiqa hol — deb shipshidi kirganlardan biri.
— Sho‘xlik, qitmirlik qilmayman, primus tuzataman, — dedi mushuk tumshaygancha, — yana, mushuk zoti eng qadimiy va daxlsiz maxluq, deb ogoxlantirib qo‘yishni ham o‘z burchim deb bilaman.
— Nihoyatda nozik ishlangan, — deb pichirladi xonaga kirganlardan biri.
— Qani, og‘zi qimirlamay so‘zlovchi daxlsiz mushuk janoblari bu yoqqa marhamat qilsinlar.
Shu zahoti ipak to‘r «shuv» etib havoda yoyildi, lekin to‘r otgan odam nishonni mo‘ljalga ololmay, hammani hayratda qoldirdi, to‘r billur ko‘zaga ilindi, ko‘za yerga tushib chil-chil sindi.
— Yutqizdingiz, — deb baqirdi mushuk, — ura! — shundan keyin primusni bir chetga qo‘yib, orqasidan to‘pponcha chiqardi-da, zum o‘tmay o‘ziga yaqin turgan odamni nishonga oldi. Lekin mushuk o‘q otishga ulgurmasdan oldin u odamning qo‘lidagi mauzerdan o‘t chaqnadi va shu onning o‘zida mushuk panjasidan to‘pponchani tushirib yuborib, primusni tashlab, pastga sho‘ng‘idi va «tap» etib yerga tushdi.
— Adoyi tamom bo‘ldim, — dedi mushuk zaif ovoz bilan va o‘z qoniga belanib chalqancha yotdi, — bir zumgina menga yaqinlashmanglar, zamin bilan vidolashishimga imkon beringlar. O, qadrdonim Azazello! — deb ingradi qoniga belanib yotgan mushuk. — Qaerdasan? — Mushuk so‘nib borayotgan ko‘zlarini yemakxona eshigi tomon qaratdi, — g‘irrom jang paytida menga yordamga kelmading. Sen bir stakan asl nav konyak deb bechora Begemotdan yuz o‘girding! Ha, mayli, mening o‘limimga zomin bo‘lsang ham, senga to‘pponchamni vasiyat qilib qoldiraman…
— To‘r, to‘r, to‘r tashlanglar, — bezovta bo‘lib pichirlashdi mushukning atrfoida turganlar, lekin aksiga yurib, to‘r kimningdir cho‘ntagiga ilinib qolgan va hadeganda chiqmasdi.
— Og‘ir jarohatlangan mushukka faqat, — dedi mushuk, — bir qultumgina benzin najot berishi mumkin… — Shunda u odamlarning sarosimada qolganida foydalanib, primusning doira teshigiga og‘zini olib bordi va ichidagi benzinni qultullatib ichdi. Shu zahotiyoq uning chap qo‘ltig‘idan oqayotgan qon taqqa to‘xtadi. U tetik, sog‘lom bo‘lib «dik» o‘rnidan turdi va primusni qo‘ltig‘iga qistirgancha, yana kamin ustiga sakrab chiqdi, so‘ng devorga yopishtirilgan gulqog‘ozlarni timdalab yirtib, hash-pash deguncha parda ilingan karniz ustiga chiqib oldi.
Shu zahoti odamlar pardaga chang solishib, uni dor-pori bilan birga yulib tushirishdi, natijada xona oftob nuridan yorishib ketdi. Lekin lo‘gtiboz mushuk ham, primus ham pastga tushmadi. Mushuk primusni mahkam changallagancha, bir sakrab, xona shiftining qoq o‘rtasiga osilgan qandilga sakrab o‘tdi.
— Narvon! — deb qichqirishdi pastdagilar.
— Duelga chaqiramai! — deb baqirdi mushuk odamlarning boshi uzra qandilni arg‘imchoq qilib ucharkan, ptu payt yana uning panjasida to‘pponcha paydo bo‘ldi, u primusni qandilning shoxlari orasiga joylab qo‘ydi. Keyin, odamlarning boshi uzra soatning kafgiri singari silkinarkan, ularga qarata tasirlatib o‘q uzib, butun kvartirani larzaga keltirdi. Billur qandilning siniqlari «duv» etib yerga to‘kildi, kamin ustida turgan toshoyna o‘rgimchak iniga o‘xshab darz ketdi, shift va devorning suvog‘i ko‘chib, chang ko‘tarildi, otilgan o‘q gilzalari yerga tushib har qayoqqa sochildi, deraza oynalari chirsillab sindi, o‘q teshgan primusdan benzin tizillab oqa boshladi. Endi mushukni tiriklayin qo‘lga olish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi, shunga ko‘ra, klegan odamlar uning boshini, qornini, ko‘kragi, yelkasini nishonga olib, mauzerlaridan patirlatibo‘q ota boshladilar. Bu otishma hovlidagi odamlarni vahimaga soldi.
Lekin otishma juda oz vaqt davom etdi va o‘z-o‘zi-dan so‘na boshladi. Gap shundaki, bu otishmadan na mushuk, na uni tutgani kelgan odamlar shikastlandilar. Biron kimsa nainki o‘ldi, hatto jarohatlanmadi ham: odamlarning, shular qatori mushukning ham biron yeri aqalli tirnalgani ham yo‘q. Bu holdan odamlar hang-mang bo‘lishib, qandilda arg‘imchoq uchib, to‘pponchasining og‘ziga puflayotgan mushukka tikilgancha lol bo‘lib qoldilar. Bu — otishma mutlaqo ziyon yetkazmagan dunyodagi yagona hodisa edi. To‘g‘ri, masalan, mushukning to‘pponchasini o‘yinchoq to‘pponcha deb faraz qilish mumkin edi, lekin odamlarning qo‘llaridagi mauzerlar haqida sira-sira bunday o‘ylash mumkin emas. Mushukning birinchi jarohati, shuningdek, uning benzin ichishi g‘irt nayrangbozlik va mug‘ambirlik bo‘lganiga endi hech shubha qolmagan edi.
Mushukni qo‘lga tushirishga yana bir marta urinib ko‘rdilar. Unga qarata sirtmoqli arqon otishdi, lekin sirtmoq qandilning bir shamdoniga ilindi-yu, qandil uzilib gursillab tushdi. Natijada, butun uy larzaga kelgandek bo‘lib tuyuldi, lekin bundan ham naf chiqmadi. Odamlar boshiga qandil siniqlari duv etib to‘kil-di, mushuk esa bir sakrashda kamin ustida turgan toshoynaning zarhal ramkasi ustiga uchib o‘tdi. U qochishni xayoliga ham keltirmas, aksincha, bexavotir joyga chiqib olib, yana bir marta nutq so‘zlay boshladi.
— Hecham tushunolmayapman, — derdi u shift ostida turib, — nima uchun menga bunday qo‘pol muomala qilyapsizlar…
Xuddi shu payt mushukning endi boshlangan nutqini allaqaerdan eshitilgan salobatli, yo‘g‘on bir ovoz bo‘ldi:
— Nima bo‘lyapti o‘zi bu yerda? Mashg‘ulotimga kim xalal beryapti?
Boshqa bir xunuk va manqa ovoz unga javob qildi:
— La’nati Begemotdan boshqa kim bo‘lardi! O‘shada!
Echkinikiga o‘xshash titroq uchinchi ovoz dedi:
— Messir! Bugun shanba. Kun botmoqda. Vaqt bo‘ldi.
— Kechirasizlar, ortiq suhbatlasha olmayman, — dedi toshoyna ramkasida o‘tirgan mushuk, — vaqtimiz ziq. — U to‘pponchani uloqtirib derazaning ikki qavatli oynasini sindirdi. Keyin pastga benzin sepgan edi, benzin o‘z-o‘zidan pov etib yonib, alangasi shu zahoti shiftga yetdi.
Hattoki benzin yonganda ham bunchalik jadal va kuchli o‘t olmaydi. Gulqog‘ozlar tutay boshladi, yerga tortib tushirilgan deraza pardasi yonar, oynasi sindirilgan derazalar buruqsirdi. Mushuk miyovlab, g‘ujanak bo‘ldi va bir sakrashda toshoyna ustidan uchib derazaga borib tushdi va qo‘ltig‘ida primusi bilan tashqariga otilib chiqib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Tashqaridan o‘q ovozlari eshitildi. Zargar bevasining derazasi ro‘parasida, o‘t o‘chiruvchilar uchun mo‘ljallangan temir zinada o‘tirgan odam mushukni o‘qqa tutdi, bu mahal mushuk «P» shaklidagi bu imoratning muyulishidagi tarnovga yetib olish uchun bir derazadanikkinchi derazaga sakrab o‘tayotgan edi. Nihoyat u o‘sha muyulishga yetib olib, tarnovga tirmashib tomga chiqib oldi.
U yerda ham, mo‘rkon oldida soqchilik qilib turganlar mushukni besamar o‘qqa tutdilar, lekin mushuk butun shaharni o‘z yog‘dusiga g‘arq qilib botayotgan quyosh tomon uchib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Bu payt kvartirada, odamlar oyog‘i ostida parket pol «lop» etib o‘t oldi va boya mushuk qalbaki jarohat bilan mug‘ambirlik qilib yotgan joyda sobiq baron Maygelning iyagi tikkaygan, nigohi so‘lgan jasadi kelganlar ko‘zi oldida asta-sekin namoyon bo‘ldi. Endi jasadni olovdan qutqarishning iloji yo‘q edi. Bu yerdagiodamlar tutay boshlagan kiyimlariga «tap-tap» urib, yonayotgan parket kataklaridan hatlab, narigi xonaga va undan dahlizga chekinardilar. Yemakxonadagilar ham dahlizga otilib chiqa boshladilar. Mehmonxona butunlay o‘t va tutun og‘ushida qolgan edi. Kimdir yo‘l-yo‘lakay o‘t o‘chiruvchiqismiga telefon qilishga va qisqagina qilib qichqirishga ulgurdi:
— Sadovaya, uch yuz ikkinchi-bis!
Ortiq gaplashishga imkon qolmagan edi, chunki alanga dahlizga ham otilib chiqqan, nafas olish mushkullashgan edi.
Sehrli kvartiraning oynalari singan derazalaridan tutun buruqsib chiqa boshlashi bilan hovlidan odamlarning jon holatda qichqirishgani eshitildi:
— O‘t ketdi, yonyapmiz!
Bu uydagi kvartiralarning ko‘pida odamlar telefon qilib chinqira boshlashdi.
— Sadovaya! Sadovaya ko‘chasi, uch yuz ikki-bis! Shaharning har yog‘idai o‘kdek uchib kelayotgan uzunchoq qizil mashinalarning yuraklarni dahshatga soluvchi qo‘ng‘iroq sadolari Sadovaya ko‘chasida eshitilgan payt, hovlida zir yugurib yurgan odamlar beshinchi qavatdagi derazadan uchtaerkakning va bitta yalang‘och ayolning qora sharpasi tutun bilan birga uchib chiqib ketganini ko‘rdilar.
Yigirma sakkizinchi bob
KOROVYOV BILAN BEGEMOTNING OXIRGI NAYRANGLARI
O‘sha sharpalar haqiqatan ham bo‘lganmidi yo Sadovaya ko‘chasidagi badbaxt uyda yashovchilarning ko‘ziga qo‘rqqanlaridan shunday ko‘ringanmi — buni aniq aytish qiyin. Agar o‘sha sharpalar bo‘lgan bo‘lsa, endi ularning qayoqqa yo‘qolganini ham hech kim bilmas edi. Sharpalarning qaerga borganda bir-birlaridan ajralishganini ham biz ayta olmaymiz, lekin shuni bilamizki, Sadovaya ko‘chasida boshlangan yong‘indan keyin taxminan chorak soat vaqt o‘tganida Smolenskiy bozoridagi Torgsin magazinining ko‘zgu o‘rnatilgan eshigi oldida katak kostyum kiygan daroz odam bilan juda ham yirik bir qora mushuk paydo bo‘ldi.
Daroz kimsa epchillik bilap odamlar orasipi yorib o‘tib, magazinniig sirtqi eshigini ochdi. Lekin g‘oyat badxoh chehrali, qotmadan kelgan, jikkakkina eshikog‘asi uning yo‘lini to‘sib, jahl bilan dedi:
— Mushuk bilan kirish mumkin emas.
— Meni afv etasiz, — deb shang‘illadi daroz odam va g‘adir qo‘lini xuddi kar odamday qulog‘iga olib bordi, — mushuk bilan dedingizmi? Qani, mushuk?
Eshikog‘asi baqrayib qoldi, buiga sabab, daroz odamning oyog‘i ostida endi hech qanday mushuk ko‘rinmasdi, bil’aks, qo‘liga primus ko‘tarib, boshiga yirtiq kepka kiygan, lekin basharasi chindanda bir oz mushuknikiga o‘xshab ketuvchi bir baqaloq odam, darozning yelkasi osha mo‘ralar va hadeb magazinga kirishga talpinardi.
Bu ikki xaridor negadir odamovi eshikog‘asiga yoqmagan edi.
— Bizda mol faqat valyutaga sotiladi, — deb xirilladi u oq oralaganligidan xuddi kuya yegandek bo‘lib ko‘ringan paxmoq qoshlari ostidan o‘qrayib qararkan.
— Azizim, — deb shang‘illadi daroz pensnesining darz ketgan shishasi orqali ko‘zini chaqnatib, — kim aytdi sizga menda valyuta yo‘q deb? Kiyim-boshimga qarab shuiday o‘yga bordingizmi? Hech qachon bunday ish tutmaig, qimmatli qo‘riqchi! Jugda katta xatoga yo‘l qo‘yib qo‘yishingiz mumkin. Hech bo‘lmasa mashhur halifa Xorup ar-Rashidning kechmishlariga qayta ko‘z yugurtirib chiqing. Ammo mazkur vaziyatda, u tarixni vaqtincha chetga qo‘yib, sizga shuni aytmoqchimanki, ustingizdan mudiringizga shikoyat qilaman va siz to‘g‘ringizda shunday gaplarni aytib beramanki, oqibatda oynavand qo‘shqavat eshik orasidagi issiq o‘rningizdan judo bo‘lishingiz hech gap emas.
— Balki primusim to‘la valyutadir, — qizishib gapga aralashdi, nuqul magazinga suqulib kirishga urinayotgan mushukbashara baqaloq. Magazin eshigi oldida ancha-muncha odam to‘planib qolgan edi. Ularning toqati toq bo‘lib, bu ikki xaridorni siqib kelaverishdi. Natijada bu ikki alomat kishiga nafrat va shubha bilan tikilgan eshikog‘asi o‘zini chetga olishga majbur bo‘ldi, shunda bizning tanishlarimiz Korovyov bilan Begemot magazinga kirdilar.
Bu yerda ular, birinchi navbatda, hammayoqqa bir-bir ko‘z yugurtirib chiqishdi, so‘ng Korovyov magazinning hamma yeriga ham eshitiladigan yangroq ovoz bilan dedi:
— Ajoyib magazin! Juda, juda yaxshi magazin. Peshtaxta oldidagi xaridorlar ovoz kelgan tomonga negadir taajjub bilan yalt etib o‘girilishdi, holbuki magazinni maqtashga asos bor edi.
Tokcha kataklariga turli xil gul solingan, rang-barang chitlar toy-toy qilib taxlab tashlangan. Ularning orqasida xom surp, shifon va frakbop movutlar bor. Ulardan narida tog‘-tog‘ qilib uyilgan poyabzal qutilari. Bu yerda bir nechta ayol pastak kursilarga o‘tirib olib, oyoqlariga yangi, yaltiroq tuflilar kiyib ko‘rishar, jiddiy qiyofada gilamcha ustida yurishardi. Undan narida muyulish orqasidan patefon ovozi kelardi.
Lekin Korovyov bilan Begemot bu jozibali manzaralar yonidan o‘tib borib, to‘g‘ri oziq-ovqat mahsulotlari va shirinliklar bo‘limi tomon yo‘l olishdi. Bu yerning sahni ancha keng bo‘lib, peshtaxta oldi gazmol bo‘limidagi singari tiqilinch emas edi.
Soqol-mo‘ylovi qirtishlab olingan, mugiz gardishli ko‘zoynak taqqan, boshida, lentasiga dog‘ ham tushmagan yap-yangi shlyapa, egniga och-binafsha rang palto, qo‘liga malla rang mayin qo‘lqop kiygan past bo‘yli, baqaloq odam peshtaxta oldida turib, sotuvchiga bir nimalarni g‘o‘ldirab buyurardi. Chinniday toza oq xalat va ko‘k shapkacha kiygan sotuvchi binafsha rang paltoli xaridorga xizmat qilardi. U Leviy Matvey o‘g‘irlagan pichoqqa judayam o‘xshab ketuvchi o‘tkir pichoq bilan yog‘i yaltillab turgan pushti rang losos balig‘ining xuddi ilonnikiga o‘xshab kumushdek tovlanuvchi terisini shilar edi.
— Bu bo‘lim ham g‘oyat soz, — deb tantanavor ohangda e’tirof etdi Korovyov va barmog‘i bilan binafsha rang palto kiygan odamni ko‘rsatib ilova qildi: — ajnabiy xaridor ham yoqimtoygina ekan.
— Yo‘q, Fagot, yo‘q, — o‘ychanlik bilan javob qildi Begemot, — sen, do‘stim, yanglishyapsan. Menimcha, bu jentlmenning ruxsorida bir nima yetishmayapti. Binafsha rang paltoli kishining kifti seskanganday bo‘ldi, lekin bu tasodif edi chamasi, chunki u Korovyovning o‘z hamrohi bilan gaplashgan ruscha gapga tushunmas edi-da.
— Yakshi? — deb jiddiy ohangda so‘radi binafsha rang paltoli.
— A’lo, — deb javob qildi sotuvchi pichoq uchi bilan baliq terisi ostini ustalik bilan kavlab ko‘rsatarkan.
— Yakshi — men yakshi ko‘radi, yaman — meniki yaman ko‘radi, — dedi jiddiy ohangda ajnabiy.
— Bo‘lmasam-chi! — zavq bilan javob qildi sotuvchi.
Bu payt tanishlarimiz losos xarid qilayotgan ajnabiydan uzoqlashib, shirinliklar sotiladigan peshtaxta oldiga yaqinlashdilar.
— Kun qizidi-ku, — deb murojaat qildi Korovyov ikki yuzi qip-qizil sotuvchi qizga, lekin undan hech qanday sado chiqmadi. Shunda u: — Mandarin qanchadan? — deb so‘radi.
— Kilosi o‘ttiz tiyin, — deb javob qildi sotuvchi qiz.
— Muncha qimmat, — dedi Korovyov xo‘rsinib, — eh, eh… u yana bir oz o‘ylanib turdi-da, hamrohini chaqirdi: — Ol, yeyaver, Begemot.
Baqaloq odam primusini qo‘ltig‘iga qistirdi-da, ehrom shaklida uyulgan mandarinlarning eng cho‘qqisidagisini olib, hash-pash deguncha po‘choq-mo‘chog‘i bilan yeb yubordi, so‘ng ikkinchisini yeyishga kirishdi.
Dahshat og‘ushiga tushgan sotuvchi ayolning rangida qoni qolmadi.
— Jinni-minni bo‘lganmisiz, bu nima qiliq? — deb chinqirdi u, — chek uzating! Chek! — uning qo‘lidagi konfet kurakchasi tushib ketdi.
— Jonginam, azizim, dilbarim, — deb xirilladi Korovyov peshtaxta osha engashib, sotuvchi ayolga ko‘z qisarkan, — yonimizda valyuta yo‘q, bugun… xo‘sh, iloj qancha? Lekin sizga ont ichib aytamanki, kelasi gal, dushanbadan kechiktirmay, hammasini naqd to‘laymiz. Biz shu yaqin o‘rtada turamiz. Sadovaya ko‘chasida, yong‘in bo‘layotgan yerda.
Begemot uchinchi mandarinni yutib yuborib, dastpanjasini shokolad plitkalaridan tiklangan antiqa istehkomga cho‘zdi va uning «poydevor» idan bitta shokolad olib (turgan gapki «istehkom» vayron bo‘ldi), uni zar qog‘ozi bilan birga chaynamay yutib yubordi.
Baliq sotilayotgan peshtaxta ortidagi sotuvchilar qo‘llarida pichoq ushlagancha toshday qotib qoldilar, binafsha rang palto kiygan ajnabiy bosqinchilar tomon o‘girilgan edi, Begemotning boyagi fikri noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi: binafsha rang paltolining ruxsorida yetishmovchilik emas, ortiqchalik mavjud edi — uning lunjlari osilgan, ko‘zlari olazarak edi.
Rangi quv o‘chgan sotuvchi ayol butun magazinni boshiga ko‘tarib hasratli ovoz bilan chinqirdi:
— Palosich! Palosich!
Gazmol bo‘limidagi olomon bu ovozni eshitib, shu yoqqa otildi, Begemot esa jozibali shirinliklardan uzoqlashib, «Kerchning sarxil seld balig‘i» deb yozilgan bochkaga panjasini tikdi-da, ikkita selyodka olib, hash-pash deguncha ikkovini yutib yubordi, faqat baliqlarning duminigina tuflab tashladi.
— Palosich! — deb yana jon-jahdi bilan qichqirdi shirinlik sotuvchi ayol, baliq bo‘limidagi cho‘qqisoqol sotuvchi esa:
— Hoy, gazanda, nima qilyapsan-a? — deb baqirdi. Bu payt Pavel Iosifovich (ya’ni Palosich) mojaro ko‘tarilgan yerga shoshib kelayotgan edi. Bu xuddi jarrohlardek oppoq, top-toza xalat kiygan, xalati cho‘ntagidan qalam turtib chiqib turgan juda basavlat kishi edi. U aftidan ko‘pni ko‘rgan odam bo‘lsa kerak, Begemotning og‘zida uchinchi selyodkaning dumini ko‘rishi bilan, darhol yuz bergan vaziyatga mukammal tushundi-yu, bu sullohlar bilan aytishib o‘tirmasdan, uzoqda turgan eshikog‘asiga qo‘l siltab buyurdi:
— Chal!
Eshikog‘asi ko‘chaga o‘kday otilib chiqib, hushtagini vahimali churillata boshladi. Xalq ikki muttaham atrofini o‘rab oldi, shunda Korovyov gapga aralashdi.
— Grajdanlar! — darz ketgan ovoz bilan chiyilladi u, — nimalar bo‘lyapti o‘zi bu yerda, a? Men sizlardan so‘rayapman! Bu bechora, — Korovyov ovozida titroq hosil qilib, Begemotni ko‘rsatdi (u darhol yig‘lamoqchi bo‘lganday basharasini bujmaytirdi), — bu bechora uzzukun primus tuzatib, qorni ochib qolgan bo‘lsa… lekin qayokdan olsin valyutani?
Odatda fe’li vazmin va bamaylixotir Pavel Iosifovich Korovyovga jaholat bilan:
— Bas qil maynabozchilikni! — deb baqirdi va endi sabrsizlik bilan eshikog‘asiga qo‘l silkidi. Shunda magazin eshigi oldida hushtak yana ham balandroq churillay boshladi.
Lekin Korovyov Pavel Iosifovichning gaplaridan hech xijolat bo‘lmay gapida davom etdi:
— Qayokdan olsin — men sizlardan so‘rayapman! Uning ochlikdan, tashnalikdan sillasi qurigan! Issiqdan nafasi qaytgan! Hay, yegan bo‘lsa, bor-yo‘g‘i uch tiyin turadigan bitta mandarin yepti bu sho‘rpeshona. Shunga darrov bulbuligo‘yo bo‘lib hushtak churillatish, militsiyani bezovta qilib, ishdan qo‘yish shart ekan-chi? Anavi yesa maylimi? A? — Korovyov shunday deb binafsha rang paltoli baqaloqni ko‘rsatgan edi, uning chehrasida qattiq hayajon alomatlari paydo bo‘ldi, — kim o‘zi bu? A? Qayoqdan kelgan? Nega kelgan! Nima, ko‘zimiz uchib turuvdimi unga? Yo uni yurtimizga taklif qilganmidik? To‘g‘ri, — dedi baralla ovoz bilan sobiq regent zaharxanda qilib, — ko‘rib turibsiz, u binafsha rang palto kiyib yasanib kelgan, qimmatbaho losos balig‘ini yeb pufakdek shishib ksgipti, uning hammayog‘i jaraq-jaraq valyuta, ammo bizning birodarimiz-chi?!Qanday nadomat! Chidolmayman! Chidolmayman! — deb chinqirdi Korovyov xuddi so‘yilayotgan cho‘chqaday.
Bu betuturiq, beadab va hattoki siyosiy jihatdan isyonli bo‘lgan va’z Pavel Iosifovichni g‘azabdan tutaqtirib yubordi, lekin, taajjubki, bu yerda uymalashib turgan olomonning ko‘zlariga boqib, va’z aksar odamlarning rahmini keltirganiga shohid bo‘lish mumkin edi! Begemot isqirt va yirtiq yengini ko‘ziga olib borib, fojiona ohangda:
— Mendek jabrdiydaning yonini olganing uchun rahmat senga, sadoqatli do‘stim! — degan edi hamki, mo‘’jiza sodir bo‘ldi. Hozirgina shirinliklar bo‘limidan mag‘iz solingan uchta pirojniy xarid qilgan, g‘aribona, ammo juda ozoda kiyingan, o‘ta nazokatli, yuvosh tabiat chol birdano‘zgarib ketdi. Uning ko‘zlarida jangovar o‘t chaqnadi, cho‘g‘dek qizarib ketdi va pirojniylar solingan xaltachani yerga otib, go‘daklarnikidek ingichka ovoz bilan chiyilladi:
— To‘g‘ri! — Keyin u boya Begemot buzib yuborgan shokolad minorasi ostidagi patnisni tortib olib, bir qo‘li bilan ajnabiyning boshidan shlyapasini yulib oldi-da, o‘ng qo‘lidagi patnisning o‘rtasi bilan uning kal boshiga qulochkashlab shunday urdiki, yuk mashinasidan yerga tunuka tushirilayotganda qanday taraqlagan ovoz eshitilsa, hozir ham shunday dahshatli ovoz butun magazinni bosib ketdi. Baqaloq ajnabiy rangi quv o‘chib, chalqancha yiqilarkan, Kerch selyodkasi solingan bochkaga o‘tirib qoldi va buning oqibatida selyodkaning namakobi uning chor yonidan fontan bo‘lib otildi. Ayni shu payt ikkinchi mo‘’jiza yuz berdi. Bochkaga orqasi bilan tiqilib qolgan bu ajnabiy sof rus tilida chinqirib yubordi:
— Voy, o‘ldirishyapti! Militsiya! Meni banditlar o‘ldirishyapti! — o‘ziga shu choqqacha begona bo‘lgan tilni u, chamasi, hozirgi asabiy hayajon oqibatida, dabdurustdan o‘zlashtirib olgan bo‘lsa kerak.
Shu payt eshikog‘asining hushtagi tindi va bezovta xaridorlar olomoni orasida davraga yaqinlashib kelayotgan ikkita militsioner dubulg‘asi ko‘zga tashlandi. Lekin badkor Begemot, xuddi hammomga tushgan odam supachaga tosdan suv sepganday, shirinliklar bo‘limi peshtaxtasi ustiga primusidan benzin quydi va benzin o‘z-o‘zidan o‘t oddi. Alanga «pov» etib yuqori ko‘tarildi-yu, peshtaxta bo‘ylab pildirab ketdi va yo‘l-yo‘lakay ho‘l mevalar to‘ldirilgan savatchalarnipg chiroyli qog‘oz lentalarini yalab yondirib o‘tdi. Sotuvchi ayollar qiy-chuv ko‘tarib, peshtaxtalar ortidan otilib chiqishdi, xuddi shu mahal derazalarga tutilgan darpardalarni o‘t oldi va yerga to‘kilgan benzin ham yona boshladi. Olomon birdan jon achchig‘ida faryod ko‘tarib, endi hech keragi bo‘lmay qolgan Pavel Iosifovichni ham bosib-yanchib, shirinliklar bo‘limidan pala-partish chekina boshladi, baliq bo‘limining sotuvchilari esa qo‘llarida o‘tkir pichoqlari bilan turnaqator tizilishib orqa eshik tomon shataloq otib qochishdi. Boshdan-oyoq selyodka namakobiga bo‘kko‘an binafsha rang paltoli ajpabiy bir iloj qilib bochka asoratidan qutuldi-yu, peshtaxtada yotgan syomga balig‘i osha hatdab o‘tib, u ham sotuvchi erkaklar orqasidan juftakni rostlab qoldi. Yong‘indan qochgan olomonning siquvi ostida magazinning ko‘cha eshigiga o‘rnatilgan ko‘zgular chil-chil sindi, lekin ikki ablah — Korovyov bilan ochko‘z Begemotpipg qayoqqa g‘oyib bo‘lganini hech kim bilmay qoldi. Keyinchalik, Smolenskiy bozoridagi Torgsinda yuz bergan yong‘in paytida hozir bo‘lgan guvohlarning hikoya qilishlaricha, go‘yo ikki bezori yuqoriga, shiftgacha ko‘tarilganmish-u, o‘sha yerda xuddi bolalarning pufaklari singari «paq» etib yorilib, g‘oyib bo‘lganmish. Bunday bo‘lishi albatta dargumon, ammo ko‘rmagan narsamiz haqida hech nima deya olmaymiz.
Lekin shuni aniq bilamizki, Smolenskiy bozorida yuz bergan hodisadan rosa bir daqiqa o‘tgach, Begemot bilan Korovyov Griboedov xolasining uyi oldidagi xiyobonda paydo bo‘lishdi. Korovyov panjara devor oldida to‘xtab, shunday dedi:
— Buni qara! Axir bu adiblar uyi-ku. Bilasanmi, Begemot, men bu uy haqida juda ko‘p g‘aroyib va maqtov so‘zlar eshitganman. Sen bu uyga yaxshilab nazar tashla, do‘stim! Mana shu dargohda ne-ne behudud iste’dodlar pishib yetishayotgani menga ulkan huzur bag‘ishlaydi.
— Parnikda o‘sgan ananasdek pishib yetilishadi degin, — ded Begemot va serustun, sarg‘ish binoni durustroq ko‘rish uchun cho‘yan panjara o‘rnatilgan beton ioydevor ustiga chiqdi.
— Juda to‘g‘ri aytding, — deb Korovyov qadrdon xamrohining fikriga qo‘shilishdi, — hozir mana shu binoda «Don Kixot» ning yoki «Faust» ning, yo bo‘lmasa, azbaroyi shifo, «O‘lik jonlar» ning bo‘lg‘usi mualliflari yetilayotgani haqida o‘ylasang, vujudingni kandaydir birtotli vahima qamraganday bo‘ladi! Nima deysai?
— O‘ylasang vahming keladi, — deb do‘stining fikrini tasdiqladi Begemot.
— Ha, — deb davom etdi Korovyov, — juda g‘aroyib narsalarning shohidi bo‘lish mumkin bu uyning parniklarida, zero bu uy Melpomena, Poligimniya va Taliyalarga butun hayotini fido qilgan bir necha ming jonbozlarni o‘z panohiga to‘plagan. Basharti shu jonbozlardan birontasi kitobxon ahliga namuna sifatida «Revizor» ni, yo bo‘lmasa, «Yevgeniy Onegin» ni taqdim qilgudek bo‘lsa, qanaqa shov-shuv ko‘tarilishini sen tasavvur qilsang kerak!
— Judayam-da, — deb yana tasdiqladi Bsgsmot.
— Ha, — dedi Korovyov va tashvishli qiyofada barmog‘ini ko‘tardi, — lekin! Men yana takror aytaman — lekin! Agar bu nozik, chiniqmagan teplitsa o‘simliklariga biron-bir mikrob tushib, uning ildizini kemirmasayu chiritib yubormasa! Bunday hol ananaslarda uchrab turadi.
— Aytganday, — dedi Begemot, dum-dumaloq boshini panjaradan tiqib, — anavilar nima qilishyapti rovonda?
— Ovqatlanishyapti, — deb izohladi Korovyov, — senga yana shuni ham aytishim mumkinki, azizim, bu yerning restorani yaxshigina va taomlari arzon. Lekin men hozir, sirasini aytganda, olis safarga shaylangan har qanday sayyoh singari, miriqib ovqatlanish va kattakon bordoqni lim-lim to‘ldirib muzdakkina pivo ichish ishtiyoqidaman.
— Men ham, — dedi Begemot, shundan keyin ikki muttaham jo‘ka daraxtlari ostidan o‘tgan asfalt yo‘lkadan bo‘lg‘usi falokatdan g‘ofil restoranning rovoni sari ravona bo‘ldilar.
Rovonga kiraverishda, atrofiga yam-yashil o‘tlardan so‘ri qilingan eshikning bir chekkasiga qo‘yilgan stulda oq paypoq, dumli oq beretka kiygan rangpar bir ayol zerikib o‘tirardi. Uning oldidagi odmigina ovqat stoli ustida qalin bir daftar yotar va ayol nima uchundir restoranga kirganlarni shu daftarga qayd qilib o‘tirardi. Mana shu ayol Korovyov bilan Begemotning yo‘lini to‘sdi.
— Guvohnomalaringiz bormi? — u Korovyovning pensnesiga, shuningdek, Begemotning primusi va uning yirtiq tirsagiga taajjub bilan tikilardi.
— Bizni ming bor afv etgaysiz, qanday guvohnomani so‘rayapsiz? — deb so‘radi hayron qolgan Korovyov.
— Sizlar yozuvchimisizlar? — deb ayol ham savol berdi o‘z navbatida.
— Shak-shubhasiz, — viqor bilan javob qildi Korovyov.
— Guvohnomalaringizni ko‘rsating unda! — takrorladi ayol.
— O, go‘zalim… — deb nazokat bilan gap boshladi Korovyov.
— Men go‘zal emasman, — deb uning so‘zini bo‘ldi ayol.
— O, afsus, — dedi Korovyov popugi pasayib va gapida davom etdi: — Nachora, biz uchun sizning go‘zal bo‘lishingiz afzalroq edi, ammo siz bunday imtiyozdan yuz o‘girar ekansiz, mayli, ixtiyoringiz. Gap shundaki, Dostoevskiyning yozuvchi ekanligiga ishonch hosil qilish uchun nahot undanguvohnoma talab qilish kerak bo‘lsa? Undan ko‘ra siz, uning qaysi romanidan bo‘lmasin xohlaganingiz besh sahifani olib o‘qing, uning hech qanday guvohnomasiz ham haqiqiy yozuvchi janligiga iqror bo‘lasiz-qo‘yasiz. O‘ylaymanki, Dostoevskiyda, umuman, hech qachon, hech qanday guvohnoma bo‘lmagan! Sen nima deysan? — deb Korovyov Begemotga o‘girildi.
— Garov o‘ynayman, bo‘lmagan, — deb javob qildi Begemot, primusini stolga, qalin daftar yoniga ko‘yib, qorakuya tekkan peshonasining terini kafti bilan artarkan.
— Siz Dostoevskiy emassiz, — dedi dovdirab qolgan ayol.
— E, kim bilsin, kim bilsin, — dedi Korovyov.
— Dostoevskiy o‘lgan, — dedi ayol qandaydir qat’iyatsizlik bilan.
— E’tiroz bildiraman! — ded Begemot qizg‘in ohangda. — Dostoevskiy boqiy!
— Guvohnomangizni ko‘rsating, grajdanlar, — dedi ayol.
— Kechirasiz, axir bu maynabozchilik-ku, — deb bo‘sh kelmasdi Korovyov, — yozuvchiligi aslo guvohnoma bilan emas, balki asar yozishi bilan ifodalanadi! Mening boshimda qanday teran fikr g‘ujg‘on o‘ynayotganini siz qayoqdan bilasiz? Yoki manavi kallada nimalar borligini ayta olasizmi? — deb u Begemotning kallasini ko‘rsatgan edi, u ham, ayol yaqinroq ko‘rib olsin, degan maqsadda darhol boshidan kepkasini oldi.
— Yo‘l bering, grajdanlar, — dedi ayol endi asabiylashib.
Korovyov bilan Begemot o‘zlarini chetga olib,tezlik oq ko‘ylak kiyib, yoqasini kul rang kostyumining yoqasi ustiga chiqargan, shu bois galstuk bog‘lanmagan, qo‘ltig‘iga gazeta qistirgan bir yozuvchini o‘tkazib yuborishdi. Yozuvchi ayol bilan bosh irg‘ab salomlashdi, yo‘l-yo‘lakay ayol ochib qo‘ygan qalin daftarga aji-buji qilib imzo chekdi-da, rovon tomon yo‘l oldi.
— Afsus, ming afsus, — dedi Korovyov qayg‘uli ohangda, — biz bechora darbadarlar orzu qilgan muzdakkina pivo to‘ldirilgan bordoq bizga emas, unga nasib qiladigan buldi, ahvolimiz g‘oyat ayanchli va mushkul, nima qilishgayam hayron bo‘lib qoldim.
Begemot«nachora» degandek qo‘llarini yoydi, mushukning yungini eslatuvchi qalin soch o‘sgan dumaloq boshiga kepkasini kiydi. Xuddi shu mahal ayolning boshi uzra kimningdir amirona ovozi yangradi:
— O‘tkazib yuboring bularni, Sofya Pavlovna. Ayol hayratga keldi: yam-yashil chirmoviqgulga burkangan eshik ostonasida restoran direktorining frak kiygan oppoq ko‘kragi va cho‘qqisoqoli ko‘rindi. U shubhali ikki chuvrindiga nazokat bilan tikildi, boz ustiga, hatto ularni lutfan ichkarigataklif ham qildi. Restoranda Archibald Archibaldovichning obro‘si juda baland edi, shu bois Sofya Pavlovna itoatkorlik bilan bo‘ysunib, Korovyovdan so‘radi:
— Familiyangiz nima?
— Panaev, — nazokat bilan javob qildi u. Ayol bu familiyani daftarga yozib bo‘lib, Begemotga savol ma’nosida tikildi.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 29
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.