Usta va Margarita - 24

Total number of words is 4321
Total number of unique words is 2071
38.3 of words are in the 2000 most common words
56.6 of words are in the 5000 most common words
65.3 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
— Guvohlik beramankim, ushbuni ko‘rsatuvchi Nikolay Ivanovich mazkur tunni shayton uyushtirgan balda o‘tkazdi, u balga odam tashuvchi vosita… qo‘shtirnoq och, Gella! Qo‘shtirnoq ichida yoz — «to‘ng‘iz» sifatida jalb etilgan edi. Imzo — Begemot.
— Chislochi? — deb chiyilladi Nikolay Ivanovich.
— Biz chislo qo‘ymaymiz, chislo qo‘yilgan hujjat kuchini yo‘qotadi, — dedi mushuk qog‘ozga imzo chekarkan, so‘ng qaerdandir muhr olib, qoidasini keltirib, unga huhladi-da, qog‘ozga «to‘langan» degan so‘zni bosib, uni Nikolay Ivanovichga tutqazdi. Shundan keyin Nikolay Ivanovich benomu nishon g‘oyib bo‘ldi, ammo uning o‘rnida kutilmagan yangi odam paydo bo‘ldi.
— Bu yana kim bo‘ldi? — ijirg‘anib so‘radi Voland, sham yorug‘idan yuzini kafti bilan to‘sarkan.
Varenuxa (bu o‘shaydi) boshini egib xo‘rsinib qo‘ydi va eshitilar-eshitilmas dedi:
— Qo‘yib yuboringlar. Men qon so‘ruvchi ko‘rshapalak bo‘lolmayman. O‘shanda Gellaning yordamida Rimskiyni o‘ldirib qo‘yishimga sal qoluvdi. Lekin men qonxo‘r emasman. Qo‘yvoringlar meni.
— Nima deb javrayapti uzi? — aftini bujmaytirib so‘radi Voland. — Yana qanaqa Rimskiy? Nima balo, alahlayaptimi?
— Hech aziyat chekmang, messir, — dedi Azazello va Varenuxaga yuzlandi: — Qo‘rslik qilish kerak emas telefonda. Yolg‘on gapirish kerakmas telefonda, tushunarlimi? Endi boshqa bunday qilmaysizmi?
Varenuxaning miyasi shodlikdan gangib qoldi, chehrasi yerishdi va nima deetganini uzi ham tushunmay g‘o‘ldiray boshladi:
— Azbaroyi x… ya’ni aytmoqchimanki, a’lo haz… hoziroq tushlikdan keyin… — Varenuxa qo‘llarini ko‘ksiga bosib, Azazelloga iltijo bilan boqardi.
— Ha, yaxshi, uyga jo‘nang, — dedi Azazello. Varenuxa zumda erib yo‘q bo‘ldi-qoldi.
— Endi meni mana bular bilan yolg‘iz qoldiringlar, — deb buyurdi Voland usta bilan Margaritani ko‘rsatib.
Volandning buyrug‘i shu zahoti bajarildi. U bir oz sukutdan so‘ng ustaga murojaat qildi.
— Shunday qilib, Arbatdagi podvadda turmoqchimisiz? Unda asar yozish nima bo‘ladi? Orzular-chi, ilhom-chi?
— Menda boshqa hech qanday orzu-armon qolmadi, ilhom ham yo‘q endi, — deb javob qildi usta, — hayotda meni endi hech nima qiziqtirmaydi, yolg‘iz Margodan boshqa, — deb u yana qo‘lini Margaritaning boshiga qo‘ydi, — meni mayib qilishdi, yuragim ziq, podvalda turgim kelyapti.
— Pilat haqidagi romaningiz nima bo‘ladi?
— U romanni ko‘rarga ko‘zim yo‘q, — deb javob qildi usta, — men o‘sha roman tufayli ko‘p azob chekdim.
— O‘tinaman sendan, — zorlanib dedi Margarita, — aslo bunday dema. Nega, axir, meni qiynaysan? Bilasan-ku, men butun hayotimni tikkanman shu ishing uchun. — Shundan so‘ng Margarita Volandga qarab ilova qildi: — Quloq solmang gapiga, messir, juda qattiq azob chekkan u.
— Axir biron narsa to‘g‘risida yozish kerak-ku! — derdi Voland, — agar anavi prokurator haqida yozadigan gapingiz qolmagan ekan, unda hech bo‘lmasa Aloiziyni tasvirlang.
Usta jilmayib qo‘ydi.
— Bunaqa narsani Lapshyonnikova bosmaydi, undan keyin uning qizig‘iyam yo‘q.
— Axir qanday kun kechirasizlar? Ochlik-muhtojliqdami?
— Ha, bajonidil, — deb javob qildi usta, so‘ng Margaritani o‘z bag‘riga tortib, uning yelkasidan qucharkan qo‘shib qo‘ydi: — Margo es-hushini yig‘ib olgach, meni tark etadi…
— Tark etmaydi, — dedi Voland tishlarini gijir qilib, so‘ng davom etdi: — Demak, Pontiy Pilat haqida tarixiy asar yozgan odam uzlatga chekinib, podvalda qashshoqliqda kun kechirmoqchimi?
Margarita ustaning pinjidan chiqib, juda qizishib gapira boshladi:
— Men qo‘limdan kelgancha urinib ko‘rdim, kishini vasvasaga soluvchi eng shirin so‘zlarni aytdim qulog‘iga. Lekin u baribir bosh tortyapti.
— Qulog‘iga nima deb pichirlaganingizni bilaman, — dedi Voland, — lekin u gaplar unchalik vasvasali emas edi. Sizga shuni aytmoqchimanki, — jilmayib turib ustaga murojaat qildi u, — romaningiz hali sizga ko‘p ezguliklar olib keladi.
— Bu g‘irt g‘urbat bo‘ladi, — dedi usta.
— Yo‘q, yo‘q, g‘urbat bo‘lmaydi, — dedi Voland, — endi hech ham qo‘rqinchli bo‘lmaydi. Xullas, Margarita Nikolaevna, hamma ish qilib bo‘lindi. Ayting-chi, menga biron e’tirozingiz bormi?
— Be, qo‘ysangiz-chi, nimalar deyapsiz, messir!
— Unda, mana bu mendan sizga esdalik bo‘lsin, — dedi Voland va yostiq ostidan hammayog‘iga olmos toshlar qadalgan kichkinagina oltin taqa oldi.
— Yo‘q, yo‘q, aslo, nima ish qilipman!
— Men bilan bahslashmoqchimisiz? — dedi Voland jilmayib.
Margarita, egnidagi plashning cho‘ntagi bo‘lmagani sababli, taqachani ro‘molchaga tugib oldi. Shunda bir hol uni tong qoldirdi. U to‘linoy yog‘du sochib turgan derazaga o‘girilib shunday dedi:
— Men bir narsaga hech tushuna olmayapman… Yarim tun bo‘lganiga ancha vaqt bo‘ldi-yu, ammo haliyam o‘sha-o‘sha yarim tun… nega bunday? Mening taxminimcha, allaqachon tong otgan bo‘lishi kerak edi.
— Bayram tunining bir oz uzaygani dilga ko‘p manzur bo‘ladi-da, — deb javob qildi Voland. — Xo‘p bo‘lmasa, sizlarga baxt tilayman.
Margarita tavallo qilmoqchi bo‘lganday qo‘llarini Voland tomon cho‘zdi, lekin unga yaqinlashishga jur’at etolmay, ohista dedi:
— Alvido! Alvido!
— Ko‘rishguncha xayr, — dedi Voland.
Shundan keyin Margarita qora plashda, usta esa kasalxona xalatida zargar bevasining sham yonib turgan dahliziga chiqishdi, bu yerda ularni Volandning mulozimlari kutib turishardi. Ular tashqariga chiqa boshlashdi, shunda Gella roman nusxalari bilan birga Margarita Nikolaevnaning buyumlari solingan chamadonni ko‘tarib oldi, mushuk unga ko‘maklashdi. Kvartira ostonasida Korovyov ta’zim bilan xayrlashib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi, qolganlar mehmonlarni zinadan kuzatib tusha boshladilar. Zina bo‘m-bo‘sh edi. Ular uchinchi qavatning maydonchasidan o‘tishayotganda bir nima «to‘p» etganday bo‘ldi, lekin bunga hech kim parvo qilmadi. Pod’ezd eshigiga yetishganda, Azazello tepaga qarab «puf» dedi, keyin hammalari oy hali mo‘ralamagan hovliga chiqishdi-yu, eshik oldida etik va kepka kiygan bir odamning dong qotib uxlab o‘tirganini ko‘rishdi. Bu yerda yana chiroqlari o‘chirilgankattakon qora mashina turgan bo‘lib, uning old tomonidagi oynasidan rulda o‘tirgan qarg‘aning sharpasi g‘ira-shira ko‘rinardi.
Endi mashinaga chiqmoqchi bo‘lishganda Margarita birdan alam bilan ohista chinqirib yubordi:
— Voy o‘lmasam, taqani yo‘qotib qo‘yibman!
— Mashinaga o‘tiring, — dedi Azazello, — meni kutib turinglar. Xozir qaytaman, nima bo‘lganini bilib kelaman. — U pod’ezdga kirib ketdi.
Gap bu yoqda edi: Margarita bilan usta o‘z kuzatuvchilari bilan zargar bevasi kvartirasidan chiqishmasdan sal oldin, shu kvartira ostidagi 48-kvartiradan biton va sumka ko‘targan oriqqina bir ayol zina maydonchasiga chiqqan edi. Bu — chorshanba kuni g‘altak oldida pista yog‘i to‘kib yuborib, Berliozni baloga giriftor qilgan o‘sha Annushka edi.
Bu ayolning Moskvada nima bilan shug‘ullanishini, qanday mablag‘ hisobiga kun kechirishini shu paytgacha hech kim bilmagan, endi bundan keyin ham hech kim hech qachon bilolmasa kerak. Uning to‘g‘risida faqat shu narsa ma’lum edi: uni har kuni goh biton, goh sumka, gohida sumkayam, bitonam ko‘targan holda — yo neft do‘konida, yo bozorda, yo bo‘lmasa uy bostirmasi ostida, yo zinada, aksariyat payt esa o‘zi yashab turgan 48-kvartiraning umumiy oshxonasida ko‘rish mumkin edi. Bundan tashqari, odamlarga u haqda yana ham ko‘proq ma’lum bo‘lgan narsa shu ediki, Annushka paydo bo‘lgan hamma yerda o‘sha zahoti albatta janjal ko‘tarilardi, bundan tashqari uning laqabi ham «O‘lat» edi.
Annushka— O‘lat odatda juda barvaqt turar, bugun esa kallayi saharlab — soat bir bo‘lmasdan turib oldi. U kalit solib eshikni ochdi, oldin yo‘lakka boshini chiqarib qaradi, keyin o‘zi chiqdi. Eshikni yopib, endi ketishga shaylangan edi hamki, o‘zidan yuqori qavatda eshik taraqladi, kimdir zinadan pildirab tushib kelib, Annushkaga urilib ketdi, bu zarbadan Annushka gardani bilan devorga borib urildi.
— Qay go‘rga shoshyapsan bitta ichki ishtonda, kasofat? — deb chiyilladi Annushka og‘rigan gardanini changallagancha. Egniga faqat ichki ko‘ylak-ishtonu boshiga kepka kiygan, qo‘liga chamadon ko‘tarib olgan, ko‘zlari yumuq bu odam uyqusiragan dag‘al ovoz bilan javob qildi:
— Kolonka! Kuporos! Bitta oqlashning o‘ziga qancha sarf bo‘lgandi, — keyin u yig‘lab yuborib baqirdi: — Daf bo‘l! — Shundan keyin u zinadan pastga emas, yana orqaga — yuqoriga, ekonomist oynasini tepib sindirgan deraza oldiga yugurib chiqdi-da, oyog‘i osmondan bo‘lib shu deraza orqali hovliga uchib chiqib ketdi. Annushkaning og‘zi lang ochilib qoldi, u hatto gardanining og‘riyotganini ham unutib qo‘yib, o‘sha deraza oldiga otilib chiqdi. U qorniga yotib, boshini derazadan chiqardi: fonus yoritgan hovlida boyagi chamadon ko‘targan odamning chilparchin bo‘lib o‘lib yotganini ko‘raman deb o‘ylagan edi u. Ammo asfalt hovlida hech nima yo‘q edi.
Bu uyqusiragan alomat jonzod o‘zidan hech bir nom-nishon qoldirmay misoli qushday uchib ketiptida, deb taxmin qilishdan o‘zga iloj qolmadi. Annushka cho‘qinib olib, ko‘nglidan o‘tkazdi: «Ha, bu elliginchi kvartira aytganlaricha bor ekan! Odamlar bekorga gapirishmagan ekan! Ana kvartirayu mana kvartira!».
U shunday xayolga borib turganida tepadagi eshik yana taraqladiyu yana bir odam chopib tusha boshladi. Shunda afti bir oz cho‘chqaning tumshug‘iga o‘xshab ketsa ham, ammo soqol qo‘ygan va xiyla basavlat bir kishi o‘zini chetga olib devorga qisilib turgan Annushkaning yonidan «g‘iz» etib o‘tib, bu ham xuddi boyagi odam singari asfalt hovliga yiqilib o‘lishi mumkinligini o‘ylamay, o‘zini derazadan otdi. Annushka bugun uydan nima maqsadda chiqqanini ham unutib, zinada qoldi, u hadeb cho‘qinar, oh-voh qilar, o‘zi bilan o‘zi gaplashar edi.
Saldan keyin uchinchi odam (bunisi— soqol-mo‘ylovsiz, kulcha yuz, egniga ko‘krak burma keng ko‘ylak kiygan edi) yuqoridagi eshikdan otilib chiqib, u ham avvalgi kishi singari derazadan uchib chiqib ketdi.
Shuni ham aytish kerakki, Annushka o‘ziga yetgancha sinchkov edi, shunga ko‘ra, yana bironta yangi mo‘’jiza sodir bo‘lmasmikin, deb yana kutishga ahd qildi. Yuqori qavatdagi eshik yana ochiddi, bu safar zinadan bir talay odam tushib kela boshladi, lekin ular chopmasdan, hamma odamlar qatori bahuzur yurib tushishardi. Annushka deraza oldidan qochib, «g‘ir» etib o‘z eshigi oldiga chopib tushdi, shosha-pisha eshikni ochib, o‘zini uning panasiga oldi, shunda sal ochiq qoldirilgan eshik tirqishidan uning qattiq hayajonlangan sinchkov ko‘zi «lip-lip» chaqnadi.
Kasalliginiyam, kasalmasliginiyam bilib bo‘lmaydigan, rangi bo‘zday oqargan, soqol-mo‘ylovi o‘sib ketgan, egniga allaqanday xalat, boshiga qora shapkacha kiygan g‘alati bir odam bazo‘r qadam qo‘yib tushib kelardi. Yelkasiga qora rido tashlagan (nim qorong‘ida Annushkaning ko‘ziga shunday ko‘ringan edi) bir xonim haligi odamni ehtiyotlab qo‘ltiqlab olgandi. Xonim yalangoyoqmidi, yo oyog‘iga qandaydir juda yaltiroq, yirtilib tilka-tilka bo‘lib ketgan (chet elniki bo‘lsa kerak) tufli kiyganmidi — buni aniq aytish qiyin. Voy sharmanda-e. Tuflini gapirasiz-a! Axir bu oyimcha qip-yalang‘ochu! Ha-da, yalang‘och yelkasiga jubba tashlab olipti, xolos! «Jin tekkanmi o‘zi bu kvartiraga, nima balo?» Ertaga qo‘shnilariga og‘iz ko‘pirtirib so‘zlab beradigan gap topilganidan Annushka ich-ichidan quvonardi..
G‘aroyib libosdagi bu xonimcha orqasidan qo‘liga chamadoncha ko‘targan mutlaqo qip-yalang‘och boshqa bir xonimcha tushib kelar, chamadon yonida esa xirsday keladigan bir qora mushuk g‘ivirsirdi. Annushka ko‘zlarini ishqalarkan, hayratdan chinqirib yuborishiga sal qoldi.
Hammadan orqada pakana, g‘ilay ko‘z, egiiga oq iimcha kiyib, bo‘yniga galstuk bog‘lagan bir ajnabiy oqsoqlanib tushib kelardi. Ularning hammasi Dtshushkaning eshigi yonidan o‘tib, pastga tusha boshladi. Ular maydonchadan o‘tishayotganda bir nima to‘q» etdi. Oyoq tovushlarining tina boshlaganini eshitgan Annushka etagidan xuddi ilondek sirg‘alib chikdi, bitonini devor tagiga qo‘yib, qorni bilan maydonchaga yotdi-da, hammayoqqa qo‘l cho‘zib timirskilana boshladi. Mana, qo‘liga og‘ir bir narsa o‘ralgan ro‘molcha ilindi. Annushka ro‘molchani ochib, qimmatli topilmani u ko‘ziga yaqin olib borgan edi, ko‘zi naq och bo‘riniki singari yona boshladi. Annushkaning miyasida quyun ko‘tariddi: «Hech narsa bilmayman! Hech narsa ko‘rganim ham, eshitganim ham yo‘q! Jiyanimnikiga olib borsammikin? Yo arralab bo‘lak-bo‘lakka ajrataymi? Olmos toshlarni kavlab olsam ham bo‘ladi… Keyin ularni bitta-bittadan pullayveraman: birini Petrovka bozorida, yana birini Smolenskiy bozorida… Xullas, hech narsa ko‘rmadim, hech narsa eshitmadim, hech narsa bilmayman!».
Annushka topilmani qo‘yniga yagpirib, bitonini qo‘liga oldi-da, shaharga chiqish rejasidan voz kechib, o‘z kvartirasiga «ship» etib kirib ketmoqchi bo‘lgan edi, ro‘parasida birdan boyagi oq nimcha kiygan odam (osmondan tushganiniyam, yerdan chiqqaniniyam hech kim bilmaydi) paydo bo‘ldi va sekingina pichirladi:
— Qani, cho‘z ro‘molchaga o‘ralgan taqachani.
— Voy, qanaqa taqacha, qanaqa ro‘molcha? — deb so‘radi Annushka ustalik bilan o‘zini go‘llikka solib, — hech qanaqa ro‘molchani bilmayman. Nima balo, grajdanin, mastmisiz deyman?
Oq nimcha kiygan ajnabiy ortiq churq ham etmay o‘zining xuddi avtobusning tutqichiga o‘xshagan qattiq va sovuq barmoqlari bilan Annushkaning bo‘yniga chang solib, uni xippa bo‘g‘di. Annushkaning qo‘lidan bitoni tushib ketdi. Nimcha kiygan ajnabiy bir necha fursat Annushkaning nafas yo‘lini shu tarzda bo‘g‘ib turib, so‘ng qo‘lini uning bo‘ynidan oldi. Annushka entikib-entikib nafas olgach, jilmayib dedi:
— E-e, taqacha deng? Mana, hozir! Siznikimidi bu taqacha? Qarasam, yerda ro‘molchaga o‘rog‘liq yotipti… Men, yana bitta-yarimta ilib ketmasin, deb ataylab yashirib qo‘ydim, birov ilib ketsa bormi, ikki dunyoda ham topa olmasdingiz!
Ajnabiy ro‘molchaga o‘ralgan taqachani olgach, Annushkaga quyuq ta’zim qilib, qo‘lini mahkam sikdi, chet elliklarga xos talaffuz bilan unga qizg‘in minnatdorlik bildira boshladi:
— Sizdan behad minnatdorman, madam. Bu taqacha yodgorlik sifatida qadrli men uchun. Binobarin, buni asrab qolganingiz uchun ijozatingiz bilan sizga ikki yuz so‘m mukofot bersam. — Shunday deb u darhol nimchasining cho‘ntagidan pul chiqarib, Annushkaga uzatdi.
U zo‘rma-zo‘raki jilmayarkan, nuqul:
— O, chin qalbimdap tashakkur aytaman sizga! — deb chiyillardi. — Mersi! Mersi!
Saxovatli ajnabiy bir sakrashning o‘zida zinaning keyingi maydonchasiga tushdi, lekin butkul ko‘zdan g‘oyib bo‘lishidan oldin pastdan turib (endi talaffuzsiz) qichqirdi:
— Sen, jodugar kampir, agar bundan keyin yana birovning buyumini yerdan topsang, qo‘yningga yashirmasdan, darrov militsiyaga topshir!
Zinada sodir bo‘lgan bu hodisalardan miyasi g‘ovlab, tinimsiz g‘uvillayotganini his qilgan Annushka yana ancha mahalgacha beixtiyor qichqirishda davom etdi:
— Mersi! Mersi! Mersi! — ammo ajnabiyning allaqachon qorasi o‘chgan edi.
Endi hovlida mashina ham yo‘q edi. Azazello Volandning sog‘asini Margaritaga qaytarib bergach, yaxshi joylashib o‘tirdingizmi, deb so‘radi va u bilan xayrlashdi. Gella esa xayrlashuv oldidan Margaritani cho‘lpillatib o‘pdi, mushuk uning qo‘lini o‘pib xayrlashdi, kuzatuvchilar o‘rindiqning bir burchagida jonsiz jasaddek «qilt» etmay o‘tirgan usta bilan qo‘l silkishib xayrlashishdi, keyin qarg‘aga ham qo‘l silkishdiyu o‘zlaripi urintirib zinadan chiqib borishni xohlamay, shu zahoti havoda erib g‘oyib bo‘lishdi. Qarg‘a mashina chiroqlarini yoqib, uni soqchilik qilayotgan odam dong qotibuxlab o‘tirgan bostirma ostidan haydab chiqdi. Shundan keyin bu ulkan qora mashinaning chiroqlari sershovqin va bedor Sadovaya ko‘chasidagi behisob chiroqlarga qorishib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Yana bir soatdan keyin Margarita Arbatga tutashgan tor ko‘chalarning biridagi mo‘jazgina uy podvalining birinchi xonasida (bu yerdagi hamma narsa o‘tgan yilgi kuzning o‘sha dahshatli tuniga qadar qanday bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha qolgan edi) duxoba dasturxon yozilib, ustiga soyabonli lampa, lampa yoniga marvaridgul solingan guldon qo‘yilgan stol ortida o‘tirar va boshiga tushgan hayajonu baxtdan tovushsiz yig‘lardi. Uning qarshisida olov yamlab tashlagan daftar yotar, bu daftar yonida qo‘l tegmagan bir dasta daftar taxlanib turardi. Butun uy sukutta tolgan. Qo‘shni xonadagi divanda ustiga kasalxona xalati yopilgan usta birme’yorda tovushsiz nafas olib mast uyquda yotardi.
Margarita yig‘lab-yig‘lab yuragini bo‘shatgach, qo‘l tegmagan daftarlarni o‘qishga kirishdi. U Kreml devori ostida Azazello bilan uchrashishidan oldin uyida qayta-qayta o‘qigan joyni topdi. Margaritaning uxlagisi kelmasdi. U qo‘lyozmani xuddi yoqimtoy mushukni silaganday silar, uni har tomonini aylantirib tomosha qilarkan, dam uning zarvarag‘iga tikilib qolar, dam orqa betiga ko‘z tashlardi. Shunda birdan uning ko‘ngliga, bularning hammasi bir jodugarlik, hozir bu daftarlar g‘oyib bo‘ladiyu o‘zimni yana uyim yotoqxonasida ko‘raman, ana unda uyqudan uyg‘ongan zahotim suvga cho‘kib o‘lish uchun daryo bo‘yiga borishimga to‘g‘ri keladi, degan dahshatli fikr keldi. Lekin bu eng so‘nggi dahshatli fikr bo‘lib, u Margarita uzoq vaqt o‘z boshidan kechirgan og‘ir iztiroblarning aks-sadosi edi. Hech nima g‘oyib bo‘lmadi, iqtidorli Voland chindan ham qudratli ekan, Margarita ko‘ngliga siqqancha, hattoki tong otgunga qadar ham daftarlarni varaqlab, ularga ko‘z yugurtirib, sahifalarini o‘pib, undagi so‘zlarni qayta-qayta o‘qib o‘tirishi mumkin edi:
— O‘rtaer dengizi yoqdan bostirib kelgan zulmat prokuratorga manfur bo‘lgan shaharni burkab oldi… Ha, O‘rtaer dengizi….
Yigirma beshinchi bob
PROKURATORNING KIRIAFLIK IUDANI QUTQARMOQCHI BO‘LGANI
O‘rtaer dengizi yokdan bostirib kelgan zulmat prokuratorga manfur bo‘lgan shaharni burkab oldi. Jomeni dahshatli Antoniy minorasi bilan ulagan muallaq ko‘priklar g‘oyib bo‘ldi, osmondan tushgan quyuq zulmat hippodrom uzra qanot yozgan ma’budlarning haykallarini, Xasmoney qasrini va uningshinaklarini, bozorlarni, karvonsaroylarni, ko‘chalar va hovuzlarni qamrab oldi… Azim shahar — Yershalaim go‘yo hech qachon dunyoda bo‘lmaganday ko‘zdan yo‘qoldi. Yershalaim va unipg atrofida tirik jon borki, hammasiga zulmat tahdid soldi va bitta qo‘ymay yutib yubordi. Bahorgi nison oyining o‘n to‘rtinchi kuni kechki payt dengiz tomondan juda alomat bulut bostirib kelgan edi.
Bulut Taqir Boshchanoqni— jallodlar qatllarga shosha-pisha nayza sanchib o‘ldirayotgan o‘sha Taqir Tepani — butkul burkab oldi. U yana ayni paytda Yershalaimdagi jomeni ham chulg‘ab oldi, so‘ng u joylashgan tepalikdan misoli tutundek burqsab oqib tushib, Quyi Shaharni ham butkul qamradi. U uy darchalaridan oqib kirar va qing‘ir-qiyshiq ko‘chalarda yurgan odamlarni uy-uylariga quvib kiritardi. U o‘z obi-rahmatini quyishiga shoshilmas, hozircha faqat shu’la sochardi. Chaqmoq chaqilib, qora bo‘tqani eslatuvchi bulutni chok qilishi bilan quyuq zulmat og‘ushidan tomi baliq tangalarini eslatuvchi jomening xmahobatli qomati qad ko‘tarardi. Lekin chaqmoq bir zumda so‘nardiyu jome yana zulmat qa’riga g‘arq bo‘lardi. Jome binosi shu zayl bir necha taqir zulmat qo‘ynidan otilib chiqib, yana shu zulmatga sho‘ng‘idi, lekin uning har sho‘ng‘ishini momaqaldiroq mudhishona gumburlabkuzatdi…
Jala kutilmaganda sharros quyib yubordi, shunda momaqaldiroqdan quyun vujudga keldi.
Prokurator bilan hazrati buzruk boya choshgohda suhbat qurgan bog‘dagi marmar o‘tirg‘ich yonida hozir misoli zambarakdek gumburlagan yashin bir tup sarv daraxtini xuddi bir cho‘pdek cho‘rt sindirdi. Bo‘ron ustunlar poyiga — balkonga yomg‘ir va do‘l bilan birga atirgullaru magnoliya yaproqlarini uzib, shox-shabbalar va qum to‘zoni bilan uchirib kelardi.
Bu mahal ustunlar poyida faqat bir kishi bor edi, u ham bo‘lsa prokurator edi.
Endi u kresloda o‘tirmas, balki chorpoyada yonboshlab yotardi, chorpoya oldida turgan xontaxtaga turli noz-ne’matlaru may to‘ldirilgan ko‘zalar qo‘yilgan edi. Xontaxtaning narigi tomonida ikkinchi chorpoya bor edi. Prokuratorning oyog‘i ostida qizil ko‘lmak bo‘lib, u qonni eslatar, shu ko‘lmakda singan ko‘zaning sopolaklari yotardi. Boya momaqaldiroq oldidan prokurator uchun dasturxon tuzayotgan xizmatkor sohibining qattiq tikilib qaraganidan negadir esankirab qolgan va xo‘jamning ko‘nglini topolmadim chog‘i, deb bezovta bo‘la boshlagan edi, shunda prokuratorning achchig‘i chiqibmay ko‘zasini koshinkor polga urib chilchil qilgan va xizmatkorga:
— Nega uzatayotganingda ko‘zimga qaramaysan? Nima, biron nima o‘g‘irladingmi? — deb o‘dag‘aylab bergan edi.
Afrikalik xizmatkorning qop-qora yuzi shunda ko‘karib ketgan, ko‘zlarida dahshat alomatlari paydo bo‘lgan edi, u dag‘-dag‘ qaltirab sal bo‘lmasa ikkinchi ko‘zani ham sindirib qo‘yardi-yu, biroq prokuratorning g‘azabi qanchalik tez qaynagan bo‘lsa, shunchalik tez so‘ngan edi. Afrikalik apir-shapir sopolaklarni yig‘ishga va ko‘lmakni artishga kirishgan edi, lekin prokurator qo‘l siltadi va qul bu yerdan g‘izillab chiqib ketdi. Ko‘lmak artilmay qoldi.
Endi, bo‘ron paytida, afrikalik qul prokuratorning ko‘ziga bevaqt tashlanishdan qo‘rqib va ayni paytda u chaqirgan chog‘da g‘aflatda qolishdan xavfsirab, boshini xam qilgan yalang‘och ayolning oppoq haykali o‘rnatilgan kamgak yerda biqinib o‘tirardi.
Rutubatli nim qorong‘i kunda chorpoyada yonboshlab yotgan prokurator qadahga o‘zi may quyar, uni qultum-qultum qilib uzoq vaqt ichar, onda-sonda non olib, uni ushatar, kichik-kichik tishlab yer, ahyon-ahyonda ustritsa so‘rar, limon chaynar va yana may ichardi.
Agar sharillab yog‘ayotgan jala, qasr tomini majaqlab yuborgudek dag‘dag‘ali qaldirayotgan momaqaldiroq, balkon pillapoyalariga taraqlab yog‘ayotgan do‘l bo‘lmaganda prokuratorning o‘zicha nimalarnidir g‘o‘ldirayotganini eshitsa bo‘lardi. Agar beqaror samoviy chaqmoq barqaror shu’laga aylanganida bormi, prokuratorni kuzatayotgan odam uning so‘nggi kunlardagi bedorligi va ko‘p may ichganligi oqibatida yallig‘langan ko‘zlarida sabrsizlik aks etayotganini, uning nainki qizil ko‘lmakka botgan ikki dona oq atirgulga, balki yemg‘ir savalab, qum uchqunlarini uchirib kelayotgan bog‘tomonga dam-badam yuz o‘girayotganini, kimnidir betoqat kutayotganini ko‘rardi.
Oradan birmuncha vaqt o‘tdi, sharros quyayotgan yomg‘ir pardasi prokuratorning ko‘zi oldida yupqalasha boshladi. Quyun naqadar purshiddat bo‘lmasin, u ham ancha hovuridan tushdi. Daraxtlarning quruq shoxlari endi shitirlamay, to‘kilmay qo‘ydi. Momaqaldiroq sadosi, chaqmoq chaqini siyraklashdi. Endi Yershalaimuzra oq hoshiyali binafsha rang choyshab emas, balki eng so‘nggi oddiy kul rang bulutlar suzib o‘tardi. Momaqaldiroq O‘lik dengiz tomon ravona bo‘lgan edi.
Endi yomg‘ir shovqinini ham, tarnovlardan oqayotgan suvning sharillashini ham, xalqqa hukmni e’lon qilish uchun prokurator ertalab maydonga tushib borgan zinalardan shovullab oqayotgan jilg‘aning ovozini ham aniq eshitish mumkin edi. Nihoyat, shu topgacha bo‘ron va momaqaldiroq bosib yuborgan favvoraning shildirashi ham aniq eshitila boshladi. Kun yorishdi. Sharq tomon uchib ketayotgan bulut pardasi orasidan ko‘m-ko‘k samoviy darchalar ochildi.
Shu mahal, endi ohista sevalab yog‘ayotgan yomg‘irning chakillashi orasidan prokuratorning qulog‘iga olisdan karnaylarning, yuzlab otlarning tuyoq tovushi elas-elas eshitildi. Prokurator buni eshitib, o‘rnida bir qo‘zg‘alib qo‘ydi, uning chehrasi xiyla yorishdi. Otliq qo‘shin Taqir Tepadan qaytayotgan edi, hozir u, tuyoq tovushlariga qaraganda, hukm e’lon qilingan maydondan o‘tayotgan edi.
Nihoyat prokurator bog‘ning yuqori ayvoniga olib chiquvchi zinada, rovon bo‘sag‘asida o‘zi ko‘pdan kutgan oyoq tovushini eshitdi. U bo‘ynini cho‘zib qarab, ko‘zlari quvonchdan chaqnab ketdi.
Zinaning ikki yonboshiga o‘rnatilgan ikki marmar sher oralig‘ida eng oldin qaytarma qalpoqli bosh, keyin jiqqa ho‘l plashi badaniga chippa yopishgan bir odam ko‘rindi. Bu — hukmni e’lon qilish oldidan qasrning qorong‘ilatilgan xonasida prokurator bilan pichirlashgan, keyin qatl paytida uch oyoqli kursida o‘tirib, cho‘p bilan yer chizgan o‘sha odam edi.
Bu odam ko‘lmaklarni kechib bog‘ sahnini tik kesib o‘tdi, koshinkor rovonga qadam qo‘ydi va qo‘lini ko‘tarib, yoqimli yangroq ovoz bilan dedi:
— Prokurator omon bo‘lsin, hamisha shodmon bo‘lsin, — u lotin tilida gapirdi.
— Yo tangrilar! — deb yubordi Pilat, — rosa ivib ketibsiz-u! Bo‘ronni qarang-a! Qalay? Darhol mening xosxonamga kirishingizni iltimos qilaman. Lutf qiling, libosingizni almashtiring.
Kelgan odam boshidan qaytarma qalpoqni yechgan edi, jiqqa ho‘l sochlari peshonasiga yopishib qolgani ma’lum bo‘ldi, u o‘zining silliq chehrasida tavajjuh hosil qilib, kiyimini almashtirishdan bosh tortdi va yomg‘ir unga hech bir ziyon yetkazmasligini uqdira boshladi.
— Eshitishni ham istamayman, — dedi Pilat va chapak chalib o‘zidan qochib o‘tirgan xizmatkorlarni chaqirdi-da, mehmonga qarashni, so‘ngra darhol issiq ovqat tortishni buyurdi. Mehmonning sochini quritishi, boshqa libos, poyabzal kiyishi va umuman o‘zini tartibga keltirib olishi uchun juda oz vaqt kerak bo‘ldi. Bir zumdan keyin u quruq shippak, qirmizi harbiy nlash kiyib, sochlarini silliq tarab balkonga chiqdi.
Bu payt Yershalaim uzra yana quyosh charaqlagan, O‘rtaer dengiziga botishidan oldin prokurator xush ko‘rmagan shaharga bugun so‘nggi marta vidolashuv nurini yo‘llab, balkon pillaioyalariga zarrin rang baxsh etgan edi. Favvoraga qayta jon kirib, baralla kuylay boshladi, kabutarlar yana qum sepilgan yo‘lkalarga uchib tushishib, singan shoxchalar ustidan sakrasharkan, «hu-hu» lashib, ho‘l qumdan nimalarnidir topib cho‘qishardi. Qizil ko‘lmak endi artilgan, sopolaklar terib olingan, xontaxtadagi bir tovoq pishgan go‘shtdan bug‘ chiqardi.
— Prokuratorning amrini eshitishga muntazirman, — dedi mehmon xontaxtaga yaqin kelarkan.
— To men bilan o‘tirib may ichmaguningizcha hech nima eshitmaysiz, — dedi Pilat nazokat bilan va uni ikkinchi chorpoyaga taklif qildi.
Kelgan odam chorpoyaga yonboshladi, xizmatkor uning kadahiga quyuq qizil sharob quydi. Ikkinchi xizmatkor esa Pilatning yelkasi osha ehtiyotlik bilan engashib, uning qadahini to‘ldirdi, Shundan so‘ng prokurator bir imo bilan ikkinchi qulni jo‘natib yubordi. kelgan odam tanovul bilan band ekan, Pilat maydan huplab-ho‘plab, qisiq ko‘zlari bilan mehmonni kuzatib yotdi. Mehmon o‘rta yoshlardagi odam bo‘lib, istarasi issiq, kulcha yuzi tarovatli, burni go‘shtdor edi. Sochining qanday rangda ekanligini aniq aytish qiyin edi. Xozir, quriy boshlagach, u sarg‘ish tusga kirayotgan edi. Uning qaysi millatga mansubligini ham aniqlash mushkul edi. Chehrasidagi asosiy belgi xushmuomalalik desa ham bo‘lardi-yu, biroq ko‘zlari, aniqrog‘i, ko‘zlari ham emas, balki o‘z suhbatdoshiga tikilib qarash tarzi chehrasidagi o‘sha xushmuomalalikka putur yetkazardi. U bitko‘z bo‘lib, odatda, sal shishinqiragandek ko‘rinuvchi g‘ayrioddiy qovoqlari ostidan beozor mug‘ambirlik bilan boqardi. Chamasi, mehmon mutoibaga moyil edi. Biroq bu mutoiba uchquni o‘qtin-o‘qtin ko‘zlaripi mutlaqo tark etib, u qovoqlarini ko‘tarar, ko‘zlarini katta ochib, go‘yo suhbatdoshining burni uchidagi ko‘z ilg‘amas biron dog‘ni tez ko‘rib olmoqchi oo‘lganday, unga dabdurustdan qattiq tikilardi. Lekin bu tikilish bir lahzagina davom etib, qovoqlaryana gushar, ko‘zlar qisilib, ularda muloyimlik va mug‘ambirona idrok uchquni porlay boshlardi.
Mehmon ikkinchi qadahga ham moyillik bildirdi, bir nechta ustritsani oshkora lazzat bilan laqqa-laqqa yutib yubordi, sabzavot dimlamasidan tatib ko‘rdi, go‘shtdan ham bir bo‘lagini olib yedi.
Qorni to‘ygach mayni maqtadi:
— A’lo nav uzum, prokurator, lekin bu — «Falerno» bo‘lmasa kerak?
— «Sekuba», o‘ttiz yillik, — lutfan javob qildi prokurator.
Mehmon qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, qorni to‘yganligini aytdi va minnatdorchilik bildirdi. Shunda Pilat o‘z qadahiga may to‘ldirdi, mehmon ham shunday qildi. Ikkovlari o‘z qadahlaridan go‘sht solingan laganga bir oz may paymo qildilar, keyin prokurator qadahini ko‘tarib, baralla ovoz bilan dedi:
— Biz uchun hamda jahonda eng aziz va mo‘tabar inson, rimliklar padari bo‘lmish buzruk qaysar, sen uchun!
Shundan so‘ng ular qadahlarni oxirigacha sipqordilar, afrikalik qullar xontaxta ustidagi taomlarni yig‘ishtirib olib chiqib ketishdi, bu yerda faqat ho‘l mevalaru ko‘zalarda sharob qoldi. Prokurator yana bir imo bilan xizmatkorlarni ketqazib yubordi va ustunlar poyida — rovonida endi o‘z mehmoii bilan qoldi.
— Xo‘sh, — deb ohista gap boshladi Pilat, — bu shahar aholisining kayfiyati haqida qanady fikrdasiz?
Shunday deb u nigohini beixtiyor shiyponning nariyog‘iga, oftobning so‘nggi shu’lalariga g‘arq bo‘lgan pastlikdagi ustuilarga, uylarning yassi tomlariga qaratdi.
— Taxminimcha, prokurator, — deb javob qildi mehmon, — Yershalaimdagi hozirgi kayfiyat qoniqarli.
— Demak, betartiblik endi tahdid solmaydi, deb ishonsa bo‘ladi?
— Faqat, — deb javob qildi mehmon prokuratorga muloyim nigoh tashlarkan, — dunyoda bir narsaga — buyuk qaysarning qudratiga ishonsa bo‘ladi.
— Tangrilar uning umrini ziyoda qilsin, — deb shu zahoti gapni ilib ketdi Pilat, — davlatiga osoyishtalik ato etsin. — U bir zum sukut saqlab, so‘ng davom etdi: — Demak, sizning fikringizcha, endi qo‘shinni olib ketsa bo‘ladi?
— Menimcha, Shiddatli legion qohortasi ketsa bo‘ladi, — deb javob qiddi memon, so‘ng ilova qildi: — Lekin xayrlashuv oldidan shahar ko‘chalaridan tantanavor marsh qilib o‘tsa yomon bo‘lmasdi.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 25
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.