Usta va Margarita - 16

Total number of words is 4181
Total number of unique words is 1982
36.8 of words are in the 2000 most common words
55.5 of words are in the 5000 most common words
65.9 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
— Men o‘tirgandim, — deb hikoya qila boshladi hayajondan qalt-qalt titrayotgan Anna Richardovna, yana buxgalterning yengidan mahkam ushlab olib, — bir payt bir mushuk kirib keldi. Qop-qora, o‘ziyam xuddi xirsday keladi. Turgan gapki, men unga «pisht!» — deb qichqirdim. U chiqib ketdi, lekin o‘rniga allaqanday baqbaqaloq odam kirdi, uniyam basharasi mushuknikiga o‘xshardi. Kirdi-da: «Bu qanaqasi, grajdanka, nega ish bilan kelganlarni «pisht» lab haydaysiz?» — dedi. Shunday dediyu shilt etib Proxor Petrovichning oldiga kirib ketdi, men ham orqasidan kirdim, albatta. «Nima qilyapsiz, esingizni yeganmisiz?» — deb qichqirdim unga. U sulloh bo‘lsa to‘g‘ri Proxor Petrovichning oldiga borib, uning ro‘parasiga, kresloga o‘tirdi! Lekin Proxor Petrovich… o‘zingiz bilasiz, u — judayam oqko‘ngil odam-u, ammo o‘lgudek tajang. Achchig‘i chiqib ketdi! Ha! Asabi chatoq, chunki molday ishlaydi, ha, achchig‘i chiqib: «Nega beruxsat kirdingiz bu yerga?» — dedi. Anavi sulloh bo‘lsa, kresloga yalpayib o‘tirib olib, buning ustiga, tirjayib nima dedi deng: «Men, dedi, siz bilan ish yuzasidan gaplashgani keldim», dedi. Proxor Petrovich bo‘lsa, jahli chiqib: «Bandman!» — dedi. U bo‘lsa uyalmay-netmay: «Siz hech nima bilan band emassiz…» — dedi-ya. Tavba! Shundan keyin, turgan gapki, Proxor Petrovich tutaqib ketib: «Bu axir qanday bema’nigarchilik! Olib ketinglar uni, jin olsin meni!» — deb baqirvordi. Sulloh bo‘lsatirjayib turib, nima dedi deng: «Jin olsinmi? Bo‘pti, to‘g‘rilaymiz!» — dedi. Shunda bir nima taraqlab ketdi-yu, men chinqirib yuborib, qarasam: anavi mushukbashara sulloh yo‘q, stolda esa, ko… kostyum… o‘tiripti-i-i… Uu-uuu! — Anna Richar-dovna og‘zini pattoyi kovushdek ochib uv tortib yig‘lay boshladi.
U yig‘lab-yig‘lab, nafasini rostlab oldi-da, keyin mutlaqo kurakda turmaydigan gaplarni javray ketdi:
— Hali qarasang yozyapti, yozyapti, yozyapti! Jinni bo‘lib qolish hech gapmas! Telefondayam gaplashyapti! Kostyum gaplashyapti! Hamma qochib ketdi — sichqonning ini ming tanga!
Buxgalter turgan yerida faqat qalt-qalt titrardi. Lekin shu payt unga omad kulib bokdi. Kotiba xonasiga ikki nafar militsioner jiddiy qiyofada bamaylixotir kirib keldi. Sohibjamol kotiba ularni ko‘rdiyu beshbattar ho‘ngrab yig‘lagancha, qo‘li bilan kabinet eshigini ko‘rsata boshladi.
— Keling, yig‘ini bas qilaylik, grajdanka, — xotirjam ohangda dedi birinchi militsioner, buxgalter esa o‘zining bu yerda ortiqcha ekanligini bilib, xonadan otilib chiqdi va yana bir daqiqadan so‘ng toza havodan nafas ola boshladi. Miyasi xuddi yelvizak o‘tgan mo‘rkon singari g‘uvillardi, shu g‘uvillagan tovush orasidan kapeldinerlarning kechagi tomoshada ishtirok etgan mushuk haqidagi hikoyalari uzuq-yuluq bo‘lib eshitilardi qulog‘iga. «Ana xolos! Bu o‘sha mushukchamiz emasmikin hali?»
Komissiya idorasida o‘zi ko‘zlagan maqsadga erisha olmagan diyonatli Vasiliy Stepanovich Vagankovskiy tor ko‘chasiga joylashgan uning filialiga borishga qaror qildi. U o‘z ko‘ngliga taskin berish maqsadida filialgacha piyoda yurib bordi.
Tomoshalar komissiyasining shahar filiali hovlining to‘ridagi, vaqt o‘tishi bilan suvog‘i ko‘chgan imoratga joylashgan bo‘lib, u o‘z vestibyulidagi porfir ustunlari bilan mashhur edi.
Lekin filialga kelgan odamlarni bugun ustunlari emas, balki shu ustunlar poyida yuz berayotgan g‘aroyib hodisa tong qoldirgan edi.
Bir necha kishi kichik bir stol ortida yum-yum yig‘lab o‘tirgan oyimqizga dong qotib qarab qolishgan edi, oyimqiz shu stolcha ustiga yoyib qo‘yilgan tomoshalar haqidagi maxsus adabiyotning sotuvchisi edi. Oyimqiz aynan hozir hech kimga hech qanday kitob sotmas, odamlarning hol-ahvol so‘rab bergan savollariga esa faqat qo‘l siltardi, xolos, lekin xuddi shu mahal tepadan ham, pastdan ham, yon tomonlardan ham, xullas filialning hamma bo‘limlaridan, kamida yigirmatacha telefon baravariga qattiq jiringlay boshladi.
Yig‘lab o‘tirgan oyimqiz birdan seskanib ketib: — Ana, yana boshlandi! — deb chinqirdi jazavasi tutib va dabdurustdan titroq ovoz bilan kuylay boshladi:Slavnoe more svyashennga Baykal…
Shu payt zina boshida paydo bo‘lgan kurer musht tugib kimgadir po‘pisa qildi va o‘zining jilosiz, xira bariton ovozi bilan oyimqizga jo‘r bo‘ldi:Slaven korabl, omulevaya bochka!..
Kurerning ovoziga olis xonalardan boshqalarning ham ovozi qo‘shilib, xor vujudga kela boshladi va nihoyat, bu qo‘shiq filialning hammayog‘ida yangray boshladi. Hisoblash-tekshiruv bo‘limi joylashgan eng yaqin 6-xonadan kelayotgan ovozlar orasida kimningdir xiyol hirqiroq, ammo juda kuchli yo‘g‘on ovozi ajralib turardi. Telefon apparatlarining tobora kuchaya boshlagan qo‘ng‘iroqlari bu xorga jo‘rlik qilardi.Ey, Barguzin… poshevelivay val!.. —
deb bo‘kirardi kurer zinada turib.
Qizning ko‘z yoshlari marjon-marjon bo‘lib oqar, tishlarini g‘ijir qilishga urinar, lekin og‘zi o‘z-o‘zidan ochilib, kurerdan bir parda yuqori tovushda kuylardi:
Molodtsu bp’ nedalechko!
Filialga ish bilan kelib, lol bo‘lib serrayib qolgan odamlarni ko‘proq hayratga solgan narsa shu ediki, xor qatnashchilari garchi binoning turli tomonlarida bo‘lishsa ham, go‘yo ko‘rinmayotgan dirijyordan ko‘z uzmay turganday, juda ravon va uyg‘un kuylashardi.
Vagankovskiy tor ko‘chasidan o‘tayotgan odamlar hovlini o‘ragan panjara oldida to‘xtashib, filialda bo‘layotgan vaqtichog‘likdan hayron bo‘lishardi.
Qo‘shiqning birinchi bandi tugashi bilan xor yana go‘yo dirijyor ishorasi bilan birdan kuylashdan to‘xtadi. Kurer ohista so‘kinib, xonaga kirib ketdi. Shu mahal filialning hovli eshigi ochilib, oq xalat ustidan avra palto kiygan bir grajdanin bilan militsioner kirib keldi.
— Jon doktor, biron ilojini qiling, — deb azza-bazza chinqirdi qiz.
Zina boshiga filial kotibi otilib chiqdi, xijolatpazlikdan bo‘lsa kerak, duduqlanib dedi:
— Bilasizmi, doktor, biz hammamiz qandaydir ommaviy gipnoz ta’siriga uchraganga o‘xshaymiz… Shunga ko‘ra, albatta… — u gapini tugata olmadi, so‘zlar tomog‘iga tiqilib qolib, birdan tenor ovoz bilan kuylay boshladi:
Shilka i Nerchinsk…
— Ahmoq! — deb chinqirdi qiz, lekin kimni haqorat qilganini izohlashga ulgurolmadi, buning o‘rniga o‘zi o‘sha Shilka va Nerchinsk to‘g‘risida kuylashga majbur bo‘ldi.
— O‘zingizni qo‘lga oling! Ko‘ylashni bas qiling! — dedi doktor kotibga.
Holbuki kotibning o‘zi ham, ko‘rinishidan qo‘shiq aytmaslik uchun ko‘p narsadan voz kechishga tayyor edi, biroq, nima qilsinki, qo‘shiq aytishdan o‘zini to‘xtata olmasdi, shunga ko‘ra u xorga qo‘shilib bandning oxirigacha ijro etib ko‘chadan o‘tganlarning diqqatini o‘ziga tortdi.
Band tugashi bilan birinchi bo‘lib sotuvchi qiz vrachdan valerianka oldi, shundan so‘ng vrach boshqalarga ham valerianka ichirish uchun kotib orqasidan yugurib ketdi.
— Meni afv etasiz, yaxshi qiz, — deb Vasiliy Stepanovich sotuvchi qizga yuzlandi, — filialingizga kirmaganmidi qora mushuk?..
— Yana qanaqa mushuk? — deb chiyilladi jahl bilan qiz, — bitta eshshak o‘tiripti filialimizda, eshshak! — shunday deb turib, yana ilova qildi: — Mayli, eshitsin! Hammasini gapirib beraman, — shundan keyin u yuz bergan butun voqeani so‘zlab berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, shahar filialining «engil tomoshalar ishini tamoman barbod qilgan» (sotuvchi qiz ta’biri) mudiri har xil to‘garaklar ochishga ishqiboz ekan.
— Rahbarlarni shu yo‘l bilan go‘sxo‘r qilib kelyapti! — deb baqirdi qiz.
Mudir shu bir yil mobaynida Lermontovni o‘rganish, shaxmat-shashka, ping-gyung va chavandozlik to‘garaklarini ochibdi. Yoz kelsa, hali yana eshkak eshish va alpinistlar to‘garaklarini ham tashkil qilmoqchimish.
— Mana, bugun esa tushlik tanaffus paytida… — deb hikoyasini davom ettirdi qiz, — mudir allaqanday bir itvachcha bilan qo‘ltiqlashib kirib keldi… egnida katak matodan shim, ko‘ziga shishasi darz ketgan pensne taqqan… basharasi — xuddi hozir go‘rdan chiqqanga o‘xshaydi!
Sotuvchi qizning gapicha, mudir u odamni o‘sha zahoti, filialning oshxonasidayoq ovqatlanib o‘tirgan xodimlarga, xor to‘garaklarini tashkil qilish bo‘yicha yirik mutaxassis, deb tanishtiripti.
Bo‘lg‘usi alpinistlarping qovoqlari osilib tushgan, albatta, lekin mudir hammani bardam bo‘lishga undabdi, xor mutaxassisi bo‘lsa ham hazil, ham qochiriq gaplar aytib, qo‘shiq o‘rganish uchun arzimagan naqt kerak bo‘lishi, vaholanki, uning bir olam foyda keltirishi haqida ont ichib ishontiriiti.
Har safargiday, sotuvchi qizning aytishicha, filialning taniqli xushomadgo‘ylari Fanov bilan Kosarchuklar birinchi bo‘lib otilib chiqishib, xor to‘garagiga yozilishga rozilik berishipti. Shunda qolgan xizmatchilar ham qo‘shiq aytishdan qochib qutulib bo‘lmasligini tushunishib, to‘garakka yozilishgan. Qo‘shiqni tushlik tanaffus paytida aytishga qaror qilishipti, chunki qolgan vaqtlar Lermontov va shashka bilan band ekan. Mudir kollektivga o‘rnak ko‘rsatish uchun o‘zining tenor ovozi borligini e’lon qilipti, shundan keyin hamma narsa xuddi yomon tushdek boshlanib ketipti. Katak shim kiygan mutaxassis — xormeyster:
— Do-mi-sol-do! — deb baqiripti-da qo‘shiq aytishdan qochib shkaf orqasiga yashiringan uyatchanlarni tortib chiqipti. Kosarchukka esa, musiqiy hofizangiz g‘oyatda zo‘r, deb g‘inshiy, ingray boshlapti va, men — qari qo‘shiqchi — regentning so‘zini yerda qoldirmang, deb yolborib, kamertonni jingillatib chertib, «Slavnoe more» qo‘shig‘ini bir gumburlatib olasiz endi, deb iltimos qilipti.
Gumburlatib olishipti. Olishgandayam juda yaxshi olishipti. Katak shim kiygan regent chindanam o‘z ishini yaxshi bilar ekan. Birinchi bandni oxiriga yetkazishganda regent uzr so‘rab: «Menga bir daqiqaga ruxsat!» — debdi-yu… g‘oyib bo‘lipti. Hamma uni, hozir, bir daqiqadan keyin qaytib keladi, deb o‘ylagan. Lekin oradan o‘n daqiqa vaqt o‘tsa ham undan darak bo‘lmapti. Filial xodimlarining ko‘ngli yorishib ketipti — regent qochdi, deb o‘ylashgan-da.
Lekin shu payt birdan hammalari qo‘shiqning ikkinchi bandini kuylay boshlashipti, Kosarchuk ularga bosh bo‘lipti: ehtimol uning musiqiy hofizasi unchalik zo‘rmasdir-u, ammo ovozi xiylagina yoqimli baland tenor ekan. Qo‘shiq tugapti. Regentdan darak yo‘q! Hamma joy-joyiga tarqala boshlagan, lekin o‘z o‘rinlariga borib ulgurishmasdan, xohlashmasalar ham yana qo‘shiq boshlashipti. Hech o‘zlarini to‘xtatisha olmapti. Ikki-uch minut jim o‘tirisharmish-da, yana badanglatisharmish. Bir zum jim o‘tirib, yana badanglatisharmish! Ana shunda falokat yuz berganini tushunishipti. Mudir sharmanda bo‘lganidan o‘zkabinetiga kirib, ichidan qulflab olipti.
Shu yerga kelganda qizning hikoyasi uzildi. Valeryanka ham kor qilmagan edi.
Yana chorak soatdan keyin Vagankovskiy tor ko‘chasidagi panjara devor oldiga uchta yuk mashinasi kelib to‘xtadi, filialning barcha xodimlari mudir boshchiligida shu mashinalarga chiqishdi.
Birinchi mashina bir chayqalib darvozadan tor ko‘chaga chiqishi bilan kuzovda bir-birlarining yelkalaridan ushlab zich turgan xizmatchilar og‘izlarini ochishdiyu butun ko‘chani boshlariga ko‘tarib, ommaviy qo‘shiqni ijro eta boshladilar. Ikkinchi yuk mashinasi, undan keyin uchinchi mashinadagilar ham ularga jo‘r bo‘lishdi. Xodimlarshu tarzda jo‘nab ketishdi. Ko‘cha-ko‘yda o‘z ishlari bilan yugurib yurgan odamlar yuk mashinalariga qiyo boqib qo‘yisharkan, hech ajablanishmasdi, chunki ularni shahar tashqarisiga ketayotgan ekskursiyachilar deb o‘ylashardi. To‘g‘ri, ular chindanam shahar tashqarisiga ketishayotgan edi, ammo ekskursiya emas, balki professor Stravinskiyning shifoxonasiga yo‘l olishgan edi.
Tamomila esi og‘ib qolgan buxgalter yarim soatdan keyin tomoshaxonalar sektorining moliya bo‘limiga yetib bordi, bu yerda u qo‘lidagi davlat sarmoyasidan tezroq qutulish niyatida edi. Uning ko‘zi pishib qolgan edi, shunga ko‘ra cho‘zinchoq zalga oldin ehtiyotlik bilan asta mo‘raladi — bu yerda oltin harflar yozilgan sirlangan oynalar ortida xizmatchilar ishlab o‘tirishardi. Buxgalter bu yerda hech qanday vahima yo betartiblik alomatini ko‘rmadi. Botartib idoralarda bo‘lgani singari bu yerda osoyishtalik hukm surardi.
Vasiliy Stepanovich:«Pul qabul qilinadi», deb yozilgan oynaga boshini sukdi, notanish bir xizmatchi bilan salomlashdi va muloyimlik bilan kirim orderi blankini so‘radi.
— Nima qilasiz uni? — deb so‘radi xizmatchi. Buxgalter taajjublandi.
— Pul topshirmoqchiman. Varetedanman.
— Bir daqiqa sabr qiling, — dedi xizmatchi va tuynukni simto‘r bilan to‘sdi.
«Qiziq!» — deb o‘yladi buxgalter. U to‘g‘ri ajablanayotgan edi. Chunki bunday holni umrida birinchi marta uchratishi edi. Hamma biladi: pul olish qiyin; bu ishda hamisha biron ishkallik topilishi mumkin. Lekin buxgalter o‘zining o‘ttiz yillik ish tajribasida bironta odamning, xoh u adliya vakili, xoh xususiy shaxs bo‘lsin, pul topshirishda qiynalganini ko‘rmagan edi.
Mana, nihoyat simto‘r ochilib, buxgalter yana boshini oynaga tiqdi.
— Ko‘pmi topshiradigan pulingiz? — deb so‘radi xizmatchi.
— Yigirma bir ming yetti yuz o‘n bir so‘m.
— O‘hho‘! — dedi xizmatchi negadir kinoyaviy oxdngda va buxgalterga yashil blank uzatdi.
Buxgalter o‘ziga yod bo‘dib ketgan blankni bir zumda to‘ldirib, pul o‘ralgan paketning kanopini yecha boshladi. U paketni yechdiyu birdan ko‘zi jimirlab ketdi, qattiq iztirobda bir nima deb g‘o‘ldiradi.
Uning ko‘z oldida chet el pullari yotardi. Bu yerda pachka-pachka Kanada dollarlari, ingliz funtlari, golland guldenlari, Latviya latlari, eston kronlari bor edi…
— Mana o‘sha Varetedagi firibgarlardan bittasi, — degan dag‘dag‘ali ovoz eshitildi gung bo‘lib qolgan buxgalterning tepasida. Shu zahoti Vasiliy Stepanovichni hibsga olishdi.
O‘n sakkizinchi bob
KO‘NGILSIZ TASHRIFLAR
Bizning tirishqoq buxgalter jasadsiz kostyumga yo‘liqishdan oddin taksomotorda borayotgan paytda, Moskvaga kelgan Kiev poezdining yumshoq o‘rinli 9-platskart vagonidan qo‘liga kichkinagina fibra chamadon ko‘targan xushhulq bir odam hamma yo‘lovchilar qatori perronga tushdi. Bu yo‘lovchi marhum Berliozning Kievdagi sobiq Institut ko‘chasida istiqomat qiluvchi pochchasi ekonomist-planovik Maksimilian Andreevich Poplavskiy edi. Maksimilian Andreevichning Moskvaga kelishiga u o‘tgan kuni kechqurun allamahalda quyidagi mazmunda olgan telegramma sabab bo‘lgan edi:
«Meni hozirgina Patriarx ko‘lida tramvay bosib ketdi. Dafn juma, kunduz uchda. Yetib keling. Berlioz».
Maksimilian Andreevich Kievda haqli ravishda eng donishmand kishilardan biri hisoblanardi. Lekin bu tarzdagi telegramma eng aqlli odamni ham gangitib qo‘yishi mumkin edi. Baski, odam o‘zini tramvay bosib ketgani haqida telegramma yuboribdimi, demak u o‘lmagan. Lekin unda dafnning nima aloqasi bor bunga? Yo ahvoli judayam og‘iru tirik qolishiga ko‘zi yetmayaptimikin? Bu mumkin, lekin dafn paytining anikdigi o‘ta g‘ayrioddiy hol edi — axir u o‘zining juma kuni kunduz soat uchda dafn etilishini, o‘zingiz o‘ylang, qayokdan bilsin? G‘oyat g‘aroyib telegramma!
Biroq chalkash jumboqlarni yecha olganlari uchun ham dono odamlarni dono deb atashadi. Masala ravshan. Xatoga yo‘l qo‘yilgan, telegramma chalkashib ketgan. «Meni» so‘zi, shubhasiz, bu yerga boshqa telegrammadan kirib, «Berliozni» degan so‘zning o‘rnini egallagan, «Berliozni» so‘zi esa, kelishik qo‘shimchasidan judo bo‘lib, telegramma oxiriga borib qolgan. Shunday tuzatish kiritiladigan bo‘lsa, telegrammaning mazmuni oydinlashar, ammo, fojiali tus olardi, albatta.
Maksimilian Andreevich, umr yo‘ldoshining qayg‘uli faryodi sal tinishi bilan, darhol Moskvaga otlana boshladi.
Shu o‘rinda Maksimilian Andreevichning dil rozini fosh qilishimizga to‘g‘ri keladi. Hech shubha yo‘qki, xotinining ayni kamolga yetgan paytda nobud bo‘lgan jiyaniga uning ham rahmi kelgan edi. Lekin, ish ko‘zini biluvchi odam sifatida, o‘zining dafn marosimida qatnashishiga unchalik zarurat yo‘qligini ham tushunardi, albatta. Shunga qaramay, Maksimilian Andreevich Moskvaga judayam shoshilib otlana boshladi. Xo‘sh, sabab nima? Sabab bitta — kvartira. Moskvadagi kvartirami? Ha, bu nihoyatda jiddiy masala. Maksimilian Andreevichga negadir Kiev yoqmasdi, shu sababli keyingi paytlarda Moskvaga ko‘chib o‘tish niyati uning qalbini qattiq iztirobga sola boshlagan, oqibat, hatto uyqusida ham xalovat qolmagan edi. Past sohil tomondagi orolchalarni ko‘mib, suvi ufqqa borib tutashgan Dneprning bahorgi toshqini ham uning bahri-dilini ocholmasdi. Knyaz Vladimir haykali poyidan ko‘zga tashlanuvchi, go‘zallikda qiyosi yo‘q ulug‘vor manzara ham uni maftun qilmas edi. Vladimir tepaligidagi g‘isht terilgan io‘lkalarda o‘ynovchi quyoshning olachalpoq nurlari ham uning ko‘nglini ovlamasdi. Bularning birontasini ham xohlamasdi u, faqat bir narsani — Moskvaga ko‘chib o‘tishni istardi.
O‘zining Institut ko‘chasidagi kvartirasini Moskvadagi biron chog‘roq kvartiraga ayirboshlash haqida gazetalarga bergan e’lonlari hech qanday natija bermadi. Xohlovchilar topilmas, bitta-yarimta topilganiyam mutlaqo kurakda turmaydigan shartlar qo‘yardi.
Telegramma Maksimilian Andreevichni larzaga soldi. Bunday qulay fursatni boy berishning o‘zi gunoh edi. Uddaburon odam bunday holning boshqa takrorlanmasligini yaxshi biladi.
Qisqasi, qanchalik mushkul bo‘lmasin, bir amallab jiyanning Sadovaya ko‘chasidagi kvartirasini meros qilib olish kerak edi. Ha, bu mushkul, g‘oyatda mushkul ish, lekin shunday bo‘lsa ham, bu mushkulotni yengmoq lozim edi. Omilkor Maksimilian Andreevich bunga erishish uchun birinchi navbatdagi eng zarur ish nimadan iborat bo‘lishini yaxshi bilardi: bir ilojini qilib, marhum jiyanning uchta xonasiga vaqtincha bo‘lsa ham o‘zini propiska qildirib olishi kerak.
Maksimilian Andreevich juma kuni Moskvaga yetib kelib, shu kuniyoq Sadovaya ko‘chasidagi 302-bis uyning uy boshqarmasi eshigidan ichkari kirdi.
Devoriga daryoga cho‘kkan odamni tiriltirish usullari bir nechta suratda tasvirlangan eski plakat osilgan torgina xonada yog‘och stol ortida soqol-mo‘ylovi o‘sib ketgan, ko‘zlari alang-jalang boquvchi o‘rta yoshlardagi odam yolg‘iz sho‘ppayib o‘tirardi.
— Boshqarma raisini ko‘rishim mumkinmi? — deb tavoze bilan so‘radi ekonomist-planovik, boshidan shlyapasini olib, chamadonchasini bo‘sh turgan stulga qo‘yarkan.
Mana shu odmigina savoldan stol ortida o‘tirgan odamning negadir ruhi tushib, rangi bo‘zday oqarib ketdi. Ko‘zlari olazarak bo‘lib, rais yo‘q, degan ma’noda g‘o‘ldiradi u.
— Kvartirasidadir balki? — deb so‘radi Poplavskiy, — zarur ishim bor edi unda.
U odam yana poyintar-soyintar javob qiddi. Lekin bu g‘aliz javobdan, rais kvartirasida yo‘q, degan ma’noni anglasa bo‘lardi.
— Qachon bo‘ladi?
Stol ortida o‘tirgan odam bu savolga javob bermay, qandaydir hasrat bilan derazaga qaradi.
«Ihi!» — dedi o‘ziga-o‘zi farosatli Poplavskiy va kotibni so‘radi.
G‘alati odam xuddi mushkul ahvolga tushganday cho‘g‘ bo‘lib qizarib ketdi va yana poyintar-soyintar g‘o‘ldirab, kotib ham yo‘q… qachon kelishi ham ma’lum emas, xullas… kotib kasal… deganday bo‘ldi.
«Aha!..» — dedi o‘zicha Poplavskiy: — Lekin boshqarma a’zolaridan biron kishi bormi?
— Men, — hazin ovoz bilan javob qildi u odam.
— Gap bunday, — deb salobat bilan gapira boshladi Poplavskiy. — Kamina marhum jiyanim Berliozning yagona vorisi hisoblanaman — maTumingizki, u Patriarx ko‘li yaqinida halok bo‘ldi — binobarin, qonun bo‘yicha men bizning elliginchi kvartiramizni meros tariqasida qabul qilib olishim…
— Bexabarman, o‘rtoq, — deb so‘zini bo‘ldi tund odam.
— Kechirasiz, — dedi jarangdor ovoz bilan Poplavskiy, — siz boshqarma a’zosi sifatida…
Shu payt xonaga bir grajdanin kirib keddi. Stol ortida o‘tirgan odam uni ko‘rdiyu dokadek oqarib ketdi.
— Boshqarma a’zosi Pyatnajko sizmisiz? — deb so‘radi undan kirgan odam.
— Men, — eshitilar-eshitilmas javob qaytardi u. Kirgan odam Pyatnajkoning qulog‘iga bir nima deb pichirlagan edi, u sarosimada o‘rnidan turdi-yu, yana bir necha soniyadan keyin boshqarma xonasida Poplavskiy yolgiz o‘zi qoldi.
«Eh, chatoq bo‘ldi-da! Kelib-kelib, birvarakayiga hammalarini…» — deb o‘yladi o‘kinch bilan Poplavskiy asfalt yotqizilgan hovlidan o‘tib, 50-kvartira tomon shosharkan.
Maksimilian Andreevich qo‘ng‘iroq tugmasini bosgan hamonoq eshik ochildiyu, u qorong‘i dahlizga kirdi. Uni bir qadar taajjubda qoldirgan hol shu bo‘ldiki, eshikni kim ochgani ma’lum emas edi, chunki dahlizda stulda cho‘qqayib o‘tirgan bahaybat bir mushukdan boshqa hech qanday jonzot yo‘q edi.
Maksimilian Andreevich, o‘zini sezdirish uchun yo‘talib, yer tepinib qo‘ydi. Shunda kabinet eshigi ochilib, dahlizga Korovyov chiqdi. Maksimilian Andreevich unga nazokat bilan, ammo o‘z qadrini yo‘qotmagan holda ta’zim qilib, dedi:
— Familiyam Poplavskiy. Men marhum Berliozning…
U gapini tugatib ham ulgurmagan edi, Korovyov cho‘ntagidan isqirt bir ro‘molcha olib, u bilan og‘iz-burnini yopgancha yig‘lab yubordi.
— … pochchasi bo‘laman…
— Bo‘lmasam-chi, bilaman, — deb uning so‘zini bo‘ldi Korovyov ro‘molchani yuzidan olarkan. — Bir ko‘rishdayoq siz ekanligingizni fahmladim! — dedi u butun vujudi bilan silkinib yum-yum yig‘larkan: — Qanday musibat, a? Nimalar bo‘lyapti o‘zi? A? — deb qo‘shib qo‘ydi.
— Tramvay bosib ketdimi? — pichirlab so‘radi Poplavskiy.
— Voy, sekinroq aytasizmi, — deb chinqirib yubordi Korovyov, uning pensnesi ostidan ko‘z yoshla-ri duv-duv oqa boshladi, — bosganda qandoq! O‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Ishonasizmi — boshi… cho‘rt uzilib ketdi!.. Ung oyog‘i qars etib ikki bo‘lak bo‘ldi! Chap oyog‘i qars etib ikki bo‘lak bo‘ldi! Mana shunaqa bir balo jan bu tramvay degani! — Keyin Korovyovning yana xo‘rligi keldi shekilli, ko‘zgu yonidagi devorga yuzini bosib, butun vujudi bilan silkinib ho‘ng-ho‘ng yig‘lay boshladi.
Bu notanish odamning xatti-harakati pochchani qattiq hayratga soldi.«Bizning zamonda rahmdil odamlar qolmagan deyishadi, mana, bor ekan-u!» — deb o‘yladi u o‘zining ham xo‘rligi kela boshlaganini his qilib, lekin shu zahoti uning miyasidan, tag‘in bu rahmdil odam marhumning kvartirasiga o‘zini propiska qilib ulgurgan bo‘lsa-ya, degan fikr lip etib o‘tdi, zero hayotda bunday hollar ham bo‘lib turadi.
— Afv etasiz, siz mening rahmatli Mishamning do‘stimidingiz? — deb so‘radi u qup-quruq chap ko‘zini yengi bilan artarkan, o‘ng ko‘zi bilan g‘amga botgan Korovyovni kuzatib. Lekin u uyni buzgudek bo‘lib shunaqa ho‘ngrab yig‘lardiki, takror-takror qaytarilgan «cho‘rt uzildi, ikki bo‘lak bo‘ldi!» — degan so‘zlardan boshqa hech nimani anglab bo‘lmasdi. Korovyov ho‘ngrab-ho‘ngrab xumordan chiqqach, yuzini devordan uzib dedi:
— Yo‘q, ortiq chidolmayman! Borib efir valeryankasidan uch yuz tomchi ichmasam bo‘lmaydi! — shundan keyin u ko‘z yoshidan jiqqa ho‘l yuzini Poplavskiyga o‘girib ilova qildi: — Mana sizga tramvayning kasofati!
— Kechirasiz, menga telegrammani siz yuborganmidingiz? — deb so‘radi Maksimilian Andreevich, bu g‘ayritabiiy yig‘loqi odam kim bo‘ldiykin, deb hamon peshanasini tirishtirib o‘ylarkan…
— Anavi! — dedi Korovyov barmog‘i bilan mushukni ko‘rsatarkan.
Poplavskiy, yanglish eshitdim, deb o‘ylab baqrayib qoldi.
— Yo‘q, chidolmayman, yig‘lashga ortiq majolim qolmadi, — deb davom etdi Korovyov burnini «sho‘lq-sho‘lq» tortarkan, — eslasam: g‘ildirak sho‘rlikning oyog‘ini… bitta g‘ildirak kamida o‘n pud kelar-ov… Qars etib! Borib yotib, pinakka ketmasam, ortiq chidolmayman, — shunday dediyu dahlizdan g‘oyib bo‘ldi.
Mushuk esa o‘rnidan qo‘zg‘aldi, stuldan «tap» etib sakrab tushib, orqa oyoqlariga turdi, old oyoqlarini beliga qo‘ydi-da, og‘zini pattoyi kavushdek ochib, tilga kirdi:
— Ha, men yuborgandim telegrammani. Xo‘sh, nimaydi?
Maksimilian Andreevichning shu zahoti ko‘zi tinib, boshi aylanib ketdi, oyoq-qo‘llari shol bo‘lib qoldi, chamadonini tushirib yuborib, mushukning ro‘parasida stulga o‘tirib qoldi:
— Men rus tilida gapiryapman shekilli, — dedi mushuk dag‘dag‘a bilan, — xo‘sh, yana nima deysiz?..
Biroq Poplavskiy«churq» etib ham javob qila olmadi.
— Pasportingiz! — deb miyovladi mushuk va momiq panajsini uzatdi.
Butunlay esi og‘ib qolgan Poplavskiy mushuk ko‘zlarida yonib turgan ikkita uchqundan boshqa hech nimani ko‘rmay, cho‘ntagidan pasportini xuddi xanjarni qindan sug‘urganday chiqardi. Mushuk ko‘zgu ostidagi stolchada yotgan qalin qora gardishli ko‘zoynakni olib taqib, yana ham savlatliroq bo‘lib ketdi va Poplavskiyning dag‘-dag‘ qaltirayotgan qo‘lidan pasportni yulqib oldi.
«Qiziq, hushimdan ketarmikinman yo yo‘qmi?» — deb o‘yladi Poplavskiy. Olisdan hamon Korovyovning piqillab yig‘lagani eshitilar, dahlizni efir, valeryanka va yana allaqanday badbo‘y narsaning hidi tutib ketgan edi.
— Hujjatni qaysi militsiya bo‘limi bergan? — deb so‘radi mushuk pasportni varaqlarkan. Javob bo‘lmadi.
Mushuk teskari ushlab olgan pasport bo‘ylab panjasini yuritarkan o‘ziga-o‘zi dedi: — To‘rt yuz o‘n ikkinchi bo‘lim… ha, to‘g‘ri, o‘n ikkinchi! Menga tanish bu bo‘lim! U yerda itgayam-bitgayam pasport beraverishadi! Lekin men, masalan, sizga bermasdim. Sirayam bermasdim! Basharangizga bir qarardimu darhol rad etardim! — Mushukning achchig‘i chiqib, pasportni yerga otib yubordi. — Sizning dafn marosimiga qatnashishingiz bekor qilinadi, — deb davom etdi mushuk rasmiyatchilik bilan. — Darhol o‘z turar joyingizga jo‘nab keting. — So‘ng eshik tomonga o‘girilib shang‘illadi: — Azazello!
Shu mahal dahlizga egnidagi qora trikosi badaniga chippa yopishib turgan, pak-pakana, belidagi kamariga pichoq qistirib olgan, mallasoch, chap ko‘ziga oq tushgan, sap-sariq so‘yloq tishli cho‘loq odam otilib chiqdi.
Poplavskiy xuddi havo yetmayotganday entikib o‘rnidan turib ketdi va yuragini changallagancha orqasiga tisarildi.
— Azazello, kuzatib qo‘y! — deb buyurdi mushuk dahlizdan chiqarkan.
— Poplavskiy, — dedi pakana odam ohista manqalanib, — hammasi tushunarlidir?
Poplavskiy bosh irg‘adi.
— Hoziroq Kievga qaytib ket, — deb davom etdi Azazello, — u yerda «churq» etmasdan, xap o‘tir-u, Moskvadan kvartira olishni xayolingga ham keltirma, tushundingmi?
Uzining so‘yloq tishi, pichog‘i, oq tushgan ko‘zi bilan Poplavskiyning jonini olib qo‘ygan bu pakana odamning bo‘yi ekonomistning yelkasidan kelsa ham, xatti-harakatidan serg‘ayrat, uddaburon, o‘z ishiga pishiq ekanligi ko‘rinib turardi.
Birinchi navbatda u yerda yotgan pasportni olib, Maksimilian Andreevichga uzatdi, u jonsiz qo‘li bilan pasportni oldi. Keyin o‘sha Azazello bir qo‘liga chamadonni olib, ikkinchi qo‘li bilan eshikni lang ochdi-da, Berliozning pochchasini qo‘ltiqlab, zina maydonchasiga yetaklab chiqdi. Poplavskiy devorga suyanib qoldi. Azazello chamadonni hech qanaqa kalitsiz ochib, undan yog‘ yuqili gazetaga o‘ralgan bir oyog‘i yo‘q kattakon qovrilgan tovuqni olib, yerga qo‘ydi. Keyin chamadondan yana ikki juft ichki ko‘ylak-ishton, ustara charxlaydigan tasma, qandaydir bir kitob va quticha olib qo‘yib, tovuqdan boshqa hammasini oyog‘i bilan tepib zina oralig‘idan pastga tushirib yubordi. Bo‘shagan chamadon ham pastga uloqtirildi. Bir oz vaqtdan keyin uning yerga taraqlab urilgani eshitildi, chamasi qopqog‘i ko‘chib ketgan edi.
Keyin sariqmashak bezori tovuqning oyog‘idan ushlab, u bilan qulochkashlab turib Poplavskiyning gardaniga shunday urdiki, tovuqning o‘zi uchib ketib, Azazelloning qo‘lida faqat oyog‘i qoldi. Mashhur adib Lev Tolstoyning odilona ta’biri bilan aytganda, Oblonskiylar xonadonida hamma narsa ostin-ustin bo‘lib ketgan edi. Mazkur vaziyatda u aynan shunday deb aytgan bo‘lardi. Ha! Poplavskiyga hamma narsa qorishib ketgandek bo‘ldi. Uning ko‘zi oldidan uzunchoq uchqun lip etib o‘tdi, keyin u uchqun uzundan-uzun motam lentasiga aylanib, charog‘on may kunini bir lahzaga zulmat pardasi bilan burkadi, — shunda Poplavskiy pasportini qo‘lida ushlagancha, zinadan pastga uchib tusha boshladi. Zinaning birinchi muyulishiga yetgach, u yerdagi deraza oynasini tepib sindirdi-da, o‘zi pillapoyaga o‘tirib oldi. Oyoqsiz tovuq uning yonidan pildirab o‘tib, zina oralig‘idagi bo‘shliqqa tushib ketdi. Yuqoridagi maydonchada qolgan Azazello hash-pash deguncha tovuqning oyog‘ini yeb, suyagini trikosining yon cho‘ntagiga solib qo‘ydi va kvartiraga kirib, eshikni qarsillatib yopdi. Xuddi shu mahal pastdan yuqoriga ohista ko‘tarilayotgan odamning oyoq tovushi eshitildi.
Poplavskiy yana bir zina pastga yugurib tushib, bu yerdagi maydonchada turgan yog‘och divanga nafas rostlagani o‘tirdi.
Egniga qadimiy jujuncha kostyum, boshiga yashil lentali qotirma poxol shlyapa kiygan, nihoyatda g‘amgin chehrali jikkakkina bir chol zinadan chiqib kelib, Poplavskiy qarshisida to‘xtadi.
— Aytib berolmaysizmi, grajdanin, — deb ma’yus ohangda so‘radi jujuncha kostyum kiygan odam, — nomer elliginchi kvartira qaerda?
— Yuqorida! — dedi Poplavskiy javobni qisqa qilib.
— Behad minnatdorman, grajdanin, — dedi jikkak odam hamon mungli ohangda va yuqoriga ko‘tarila boshladi. Poplavskiy esa o‘rnidan turib, pastga yugurib tushib ketdi.
Maksimilian Andreevich, kuppa-kunduz kuni uni vahshiyoa talagan bezorilar ustidan shikoyat qilgani militsiyaga shoshmayaptimikin, degan savol tug‘iladi. Yo‘q, aslo, deb qat’iy ishonch bilan aytish mumkin. Militsiya idorasiga borib, mana, hozir ko‘zoynak taqqan mushuk pasportimni o‘qidi, keyin triko kiygan, pichoq taqqan odam… deb shikoyat qilsinmi… yo‘q, grajdanlar, Maksimilian Andreevich haqiqatan ham dono odam edi!
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 17
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.