Usta va Margarita - 26

Total number of words is 4290
Total number of unique words is 1976
37.3 of words are in the 2000 most common words
55.3 of words are in the 5000 most common words
65.1 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Iudaning qalbida umid uchquni porladi. Jon holatda chinqirdi u:
— O‘ttiz tetradraxma! O‘ttiz tetradraxma! O‘sha iulning hammasi yonimda. Mana u! Olinglar, faqat jonimni olmasanglar bo‘lgani!
Oldingdagi odam ko‘z ochib-yumguncha Iudaning qo‘lidagi hamyonni yulqib oldi. Ayni shu lahzada Iudaning orqasida pichoq xuddi chaqmoqdek chaqnab, oshiq yigitning kuragi ostiga botdi. Iuda bu zarbdan oldinga otildi va changak bo‘lib qolgan qo‘llarini yuqori ko‘tardi. Oldinda turgan odam ham Iudani o‘z pichog‘i bilan ilib oldi va uni sopigacha Iudaning yuragiga ootirdi. Iuda:
— Ni… za… — deya oddi faqat malomatli zaif ovoz bilan. U boshqa churq ham etmadi. Uning jasadi yerga shunday qattiq tushdiki, yer gumburlab ketdi.
Shunda yo‘l o‘rtasida uchinchi kimsa paydo bo‘ldi. Bunisi — egniga qaytarma qalpoqli plash kiygan edi.
— Bo‘la qolinglar, — deb buyurdi shu uchinchi shaxs. Qotillar u uzatgan xatni chaqqonlik bilan hamyonga qo‘shib charmga o‘radilar-da, kanop bilan bog‘ladilar. Ikkinchi erkak tugunchani qo‘yniga soldi, shundan keyin ikkala qotil yo‘ldan o‘zlarini chetga oldilaru zaytunlar orasiga, zulmat komiga kirib g‘oyib bo‘ldilar. Uchinchi kimsa esa jasad tepasiga cho‘qqayib, uning yuziga tikildi. O‘likning yuzi soyada naq bo‘rdek oppoq, benihoya go‘zal va basavlat bo‘lib ko‘rindi. Yana bir necha lahzadan keyin yo‘l ustida bironta ham tirik jon qolmadi. Faqat jonsiz jasad qulochini yozib yotardi. Murdaning chap tomoniga oy nuri tushib turganligidan shippagining har bir tasmasi yaqqol ko‘rinib turardi.
Bu mahal bulbullar butun Hefsimaniya bog‘ini boshlariga ko‘tarib xonish qilardilar. Iudani pichoqlab o‘ldirgan ikki kishining qayoqqa yo‘l tutgani hech kimga ma’lum emas, lekin qaytarma qalpoqli odamning borgan yeri bizga ma’lum. U qotillik yuz bergan joyni tark etib, zaytunzor ichiga kirib ketdi. U darvozadan uzoqroq yerda, bog‘ning janubiy burchagida panjara devordan oshib o‘tdi. Saldan so‘ng u Kedron sohiliga chiqdi. U suvga tushib, to ikkita ot va otlar yonida turgan jilovdorning qorasini ko‘rmaguncha soy ichidan suv kechib boraverdi. Otlar ham suv ichida turardi. Suv ularning tuyoqlarini yuvib shovullab oqardi. Jilovdor bitta otga, qaytarma qalpoqli odam ikkinchi otga minishdi, so‘ng ikkovlari ohista suv kechib boraverdilar. Ot tuyoqlari ostida toshlar taqillardi. Keyin otliqlar suvdan Yershalaim sohiliga chiqishdi va shahar devori yoqalab otlarni yo‘rttirib ketaverdilar. Shu yerda jilovdor hamrohidan ajralib, oldinga ot choptirib ketdi va zum o‘tmay ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi, qaytarma qalpoqli odam huvillagan yo‘lda otni to‘xtatib, undan tushdi-da, plashini yechib, astarini ag‘darib kiydi, plashi ostidan pat qadalmagan silliq dubulg‘a olib, boshiga kiyib oldi. Endi u otga harbiylibos kiygan, beliga kalta shamshir taqqan odam qiyofasida mindi. U jilovni silkitgan edi, o‘ynoqi ot ustida suvori bilan yo‘rtib ketdi. Endi manzil yaqin qolgan edi. Suvori Yershalaimning janubiy darvozasi oldiga borib qolgan edi.
Darvoza ravog‘i ostida mash’alalar alangasi bezovta bo‘lib yelpinardi. Shiddatkor legionning ikkinchi kenturiyasidan bo‘lgan soqchi askarlar tosh kursilarda o‘tirishib to‘piq o‘ynashardi. Ular darvozadan kirib kelayotgan otliq harbiyni ko‘rishib, «dik» etib turib ketishdi, lekin harbiy otliq ularga qo‘l siltadiyu shahar ichkarisi tomon yo‘l oldi.
Shahar bayram chiroqlariga g‘arq bo‘lgan edi. Hamma derazalar shamlar bilan charog‘on edi, hammayoqdan betartib shodiyona hamdu sapolar, gangir-gungur ovozlar eshitilardi. Suvori ahyon-ahyon ko‘chaga ochilgan de-razalarga qarab, uloq go‘shti, may to‘ldirilgan qadahlar va ko‘katlar qo‘yilgan bayram dasturxoni tegrasida o‘tirgan odamlarni ko‘rardi. U nafis bir qo‘shiq kuyini hushtak qilib chalgancha Kuyi Shaharning huvillab qolgan ko‘chalaridan otini asta yo‘rttirib Antoniy minorasi tomon ketib borarkan, jome topasida porlab turgan dunyoda qiyosi yo‘q besh shamli qandilga yoxud undan ham balandroqda muallaq turgan oyga qarab-qarab qo‘yardi.
Buyuk Irod qasri pasxa oqshomi tantanasiga mutlaqo ishtirok etmayotgan edi. Saroyning Rim qohortasi ofitserlari va legion sarkardasi joylashgan, janub tomonga qaragan qo‘shimcha xonalarida chiroqlar yongan, u yerda qandaydir faoliyat, hayot sezilayotgan bo‘lsa ham, bu yerda majburan istiqomat qilib turgan yagona odam — prokurator joylashgan qasrning mahobatli ustunlar, oltin haykallar bilan bezangan old qismi porloq oy shu’lasidan butkul ko‘r bo‘lib qolganday edi. Bu yerda — qasr ichida zulmat va sukunat hukm surardi. Shu bois prokurator ham, boya Afraniyga aytganidek, ichkariga kirishni istamagan edi. U to‘shakni balkonga solishni buyurdi. U Afraniy bilan birga shu yerda ovqatlangan, ertalab esa Ha-Nots-rini shu yerda so‘roq qilgan edi. Prokurator to‘shakka yotdi, ammo hech ko‘ziga uyqu kelmadi. Yalang‘och oy juda yuksakda, beg‘ubor fazoda muallaq turardi, bedor prokurator bir necha soat muttasil undan ko‘z uzmay yotdi.
Taxminan vaqt yarim kechaga borganda uyqu igemonga shafqat qildi. Prokurator titroq bilan homuza tortdi-da, plashini yechib tashladi, ko‘ylagi ustidan bog‘langan, qinga solingan yalpoq po‘lat pichoq osilgan kamarini yechib, chorpoya yaqinida turgan kresloga qo‘ydi, kavushini yechib, oyog‘ini uzatib yotdi. Shu zahoti Banga ham uning to‘shagiga chiqib, boshini egasinint boshiga qilib, uning yoniga yotdi, prokurator ham bir qo‘lini ko‘ppakning bo‘yniga tashlab, nihoyat ko‘zini yumdi. Ko‘ppak ham faqat shundan keyin uyquga ketdi.
Chorpoya nim qorong‘i joyga, ustun panasiga qo‘yilgan bo‘lib, u oy shu’lasini to‘sib turardi, lekin balkonga chiqib keladigan pilapoyadan to prokuratorning to‘shagigacha oy yog‘dusi uzun poyandoz bo‘lib yozilgan edi. Prokurator g‘aflatga ketib atrofidagi borliq muhit bilan aloqa uzgan hamonoq o‘sha charog‘on poyandozdan yurib ketdi, yurganda ham yuqoriga, to‘g‘ri oyga qarab yura boshladi. U tushida o‘zi ketib borayotgan feruzadek tiniq, zangori yo‘dda uchragan hamma narsa go‘zal va beqiyos ekanligidan quvonib, hatto kulib ham yubordi. Uni Banga kuzatib borar, yana unga anavi daydi faylasuf ham hamroh bo‘lgan edi. Ikkovlari nihoyatda murakkab va muhim bir masala yuzasidan mubohasa qilishar, biroq bu bahsda na u, na bu ustun chiqa olardi. Ular hech bir narsada bir-birlari bilan kelisha olmasdilar, shunga ko‘ra, bahslari nihoyatda qiziqarli va behudud edi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bugungi qatl g‘irt anglashilmovchilik bo‘lib chiqdi — axir, mana, hamma odamlar saxovatlidirlar, deb o‘ta-ketgan darajada bema’ni narsa o‘ylab chiqqan o‘sha faylasuf u bilan yonma-yon ketyapti, demak u tirik. Turgan gapki, shunday odamni qatl etish mumkinligi haqida hatto o‘ylashning o‘zi eng ulkan dahshat bo‘lardi. Qatl bo‘lmagan! Bo‘lmagan! Samoga, oy sari qilinayotgan sayohatning butun jozibasi ham mana shunda.
Bo‘sh vaqt qalashib yotipti, momaqaldiroq faqat kechga borib boshlanadi, undan so‘ng, qo‘rqoqlik, shubhasiz, eng mudhish illatlardan biri. Ieshua Ha-Notsri shunday degan edi. Yo‘q, faylasuf, men senga e’tiroz bildiraman: qo‘rqoqlik — eng mudhish illat.
Mana, masalan, badqahr olmonlar Qizlar vodiysida pahlavop Kalamushkushni g‘ajib tashlashlariga sal qolganida Iudeyaning bugungi prokuratori, sobiq legion sarkardasi qo‘rqmagan edi-ku. Lekin afv etasiz meni, faylasuf! Nahotki siz, shunday aqd-zakovatli odam bo‘la turib, Iudeyaning bugungi prokuratori bo‘lmish kaminanipg qaysar a’lo hazratlariga qarshi jinoyat qilgan bir odami deb o‘z martabasidan voz kschadi deb o‘ylagan bo‘lsangiz?
— Ha, ha, — deb ingrar va xo‘rsinardi Pilat tushida.
Albatta voz kechadi. Ertalab voz kechmagan bo‘lardi, lekin hozir, kechasi, hamma narsani tarozuta solib ko‘rgach, voz kechishga rozi. U hech qanday gunohi bo‘lmagan telba xayolparast bu tabibni qatldan qutqarib qolish uchun har qanday ishga ham tayyor!
— Endi biz doim birga bo‘lamiz, — derdi unga tushida juldurvoqi jahongashta faylasuf, lekin oltin nayza bilan qurollangan bu suvori uning yo‘lida qanday paydo bo‘lib qolgani mavhum edi.
Odam bor joyda odam bo‘ladi! Meni yodlashadi, demak, seni ham esga olishadi! Ota-onasi ma’lum bo‘lmagan — men tashlandiqni ham, munajjim qirol bilan tegirmonchining qizi — sohibjamol Pilatning farzandi bo‘lmish — seni ham.
— Ha, har qalay, sen unutma meni — munajjimzodani eslab tur, — deb iltimos qilardi Pilat tushida. Shunda Iudeyaning toshbag‘ir prokuratori o‘zi bilan yonma-yon ketayotgan En-Sariddan chiqqan yalang-oyoqning «xo‘p» degandek bosh irg‘atganini ko‘rib, tushida bir yig‘lab, bir kulardi.
Bularning hammasi-ku yaxshi, lekin igemonning tushi qancha shirin bo‘lgan bo‘lsa, uyg‘onishi shuncha dahshatli bo‘ldi. Banga oyga qarab irillay boshladi, shunda xuddi moy surib shibbalaganday tayg‘anoq moviy yo‘l birdan prokuratorning ko‘zi oldida o‘pirilib g‘oyib bo‘ldi. U ko‘zini ochdi-yu birinchi navbatda, qatlning bo‘lib o‘tgani esiga keldi. Dastavval o‘z odati bo‘yicha Banganing bo‘yinbog‘idan ushladi, so‘ng xasta ko‘zlari bilan osmondan oyni axtara boshdadi: oy bir oz yonga siljigan va picha so‘nib oqara boshlagan edi. Shu payt oy shu’lasini, balkonda, Pilatning ko‘zi oddida paydo bo‘lib lipillay boshlagan boshqa bir noxush va bezovta alanga so‘ndira boshladi. Bu kenturion Kalamushkushning qo‘lida tutab yotayotgan mash’ala edi. Kalamushkush o‘ziga hamla qilmoqchi bo‘lgan badqahr ko‘pakka dahshat va jaholat bilan qiyo boqib turardi.
— Tegma, Banga, — dedi prokurator xasta ovoz bilan va yo‘talib qo‘ydi. So‘ng kafti bilan ko‘zini mash’aladan to‘sarkan davom etdi: — Hatto kechasi, oydinda ham tinchlik yo‘q menga. O, xudolar! Sizning vazifangiz ham bo‘lmag‘ur vazifa, Mark. Askarlarni nogiron qilasiz…
Mark prokuratorga hangu mang bo‘lib tikilib qoldi, shunda prokurator hushini yig‘ib oldi. U uyqusirab beixtiyor aytib yuborgan so‘zlarni haspo‘shlash maqsadida dedi:
— Xafa bo‘lmang, kenturion, takror aytaman, mening ahvolim siznikidan ham yomon. Nima istaysiz?
— Maxfiy qorovul boshlig‘i huzuringizga kirmoqchi, — dedi Mark xotirjam ohangda.
— Chaqiring, chaqiring, — deb prokurator tomog‘ini tozalash uchun yo‘talib qo‘yarkan, ayni paytda, yalangoyoqlari bilan paypaslab kavushlarini qidira boshladi. Ustunlarda mash’alalar porladi, kenturion qalin tagcharmli chorig‘i bilan koshinkor polda do‘q-do‘q yurib, boqqa chiqdi.
— Oydinda ham menga tinchlik yo‘q, — dedi o‘ziga-o‘zi prokurator, tishlarini g‘ijirlatib.
Balkonda endi qaytarma qalpoqli odam paydo bo‘ldi.
— Banga, tegma, — dedi prokurator past ovoz bilan va ko‘ppakning gardanini ezib qo‘ydi.
Afraniy gap boshlashdan oddin, o‘z odatiga ko‘ra atrofiga qarab qo‘ydi-da, o‘zini soyaga oldi, so‘ng balkonda Bangadan o‘zga ortiqcha jonzod yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, ohista dedi:
— Kaminani sudga berishingizni so‘rayman, prokurator. Siz haq bo‘lib chiqdingiz. Men Kiriafdan kelgan Iudani saqlab qola olmadim, uni so‘yib ketishipti. Meni iste’foga chiqarib, sudga bering.
Afraniyning nazarida, unga to‘rtta ko‘z — itning va bo‘rining ko‘zlari tikilib turganday bo‘ldi.
Afraniy egnidagi jubbasi ostidan hammayog‘ida qon qotib qolgan va ikkita muhr bosilgan hamyon chiqardi.
— Mana shu pul to‘la qopchiqni hazrati buzrukning uyiga tashlab ketishipti qotillar. Qopchiqdagi qon dog‘lari — kiriaflik Iudaning qoni.
— Qiziq, pul qancha ekan? — deb so‘radi Pilat qopchiqqa engasharkan.
— O‘ttiz tetradraxma.
Prokurator miyig‘ida kulimsirab dedi:
— Kam. Afraniy indamadi.
— O‘ldirilgan qaerda?
— Bu menga ma’lum emas, — dedi qaytarma qalpog‘ini hech qachon boshidan yechmaydigan odam xotirjam, o‘z qadrini bilib. — Bugun ertalab qidiruvni boshlaymiz.
Prokurator bir seskanib tushdi, shippagining hadeganda taqilmayotgan to‘qasini o‘z holiga qoldirdi.
— Uning o‘ldirilganini siz, axir, bilsangiz kerak?
Bu savoliga prokurator quruqqina javob oldi:
— Men, prokurator, o‘n besh yildan beri Iudeyada xizmat qilaman. Xizmatni men Valeriy Grat davrida boshlaganman. Odam o‘ddirilgan, deb aytishim uchun uning jasadini ko‘rishim shart emas, shunga ko‘ra, sizga xabar qilyapmankim, Kiriaf shahridan kelgan Iuda deb atalmish kimsani bundan bir necha soat oldin so‘yib ketishgan.
— Meni afv eting, Afraniy, — dedi Pilat, — hali uyqum batamom tarqaganicha yo‘q, shuning uchun nojo‘ya gapirib qo‘ydim. Men yomon uxlayman, — prokurator jilmayib qo‘ydi, — keyin, tushimda muttasil oy shu’lasini ko‘raman. Tasavvur qiling-a, biram kulgili. Go‘yo men o‘sha shu’la bo‘ylab sayr etarmishman. Shunday qilib, men bu ish yuzasidan sizning taxminingizni bilmoqchiman. Uni qaerdan qidirmoqchisiz? Qani, o‘tiring-chi, maxfiy xizmat boshlig‘i.
Afraniy ta’zim qildi, oromkursini yaqinroq surib o‘tirgan edi, shamshiri sharaqlab ketdi.
— Men uni Hefsimaniya bog‘idagi juvozxona yaqinidan qidirmoqchiman.
— Xo‘sh, xo‘sh. Nega endi aynan o‘sha yerdan?
— Igemon, fahmimcha, Iuda na Yershalaimning o‘zi-da, na undan uzoqroq biron yerda o‘ldirilgan. Uni Yershalaimga yaqin biron ovloqda o‘ldirishgan.
— Sizni men o‘z ishining omilkori bo‘lgan odamlardan biri deb hisoblayman. Rimda, desam, qanchalik to‘g‘ri bo‘larkin — aniq aytolmayman-u, lekin mustamlakalarimizda sizga teng keladigani yo‘q. Sabab nima, izohlab bering?
— Iudaning shubhali odamlar qo‘liga — shahar ichida ilinishini hech tasavvur qila olmayman, — deb past ovoz bilan gapira boshladi Afraniy. — Ko‘chada birovni imi-jimida bo‘g‘izlab ketib bo‘lmaydi. Demak, uni avrab biron-bir pastqam yerto‘laga olib borishlari kerak. Illo, xizmat xodimlari Quyi Shaharni qidirib chiqishdi va shubhasiz shahar ichida o‘ldirilgan bo‘lganida uni topmay qo‘yishmasdi. Lekin u shaharda yo‘q, bunga men kafilman. Agar uni shahardan olisrokda o‘ldirishganda edi, manavi pul solingan qopchiq hazrati buzrukning uyiga bunchalik tez kelib tushmagan bo‘lardi. U shaharga yaqin yerda o‘ldirilgan. Uni shahardan avrab olib chiqib ketishgan.
— Buning qanday uyushtirilganiga hech aqlim bovar qilmayapti.
— Ha, prokurator, mazkur ishda tug‘ilgan eng og‘ir savol shu, uni yecha olish-olmasligimni hatto o‘zim ham bilmayman.
— Darhaqiqat, jumboq! Dindor odam hayit oqshomida, arafa oshidan voz kechib, noma’lum sabab bilan shahardan chiqib ketadi-yu, o‘sha yerda halok bo‘ladi. Uni kim va qay yo‘sinda avrab olib chiqib ketdi ekan? Ayol kishining ishi emasmikin bu? — tuyqus ruhlanib ketdi prokurator.
Afraniy bamaylixotir va qat’iy javob qaytardi:
— Aslo, prokurator. Bunday bo‘lishi sira mumkin emas. Mantiqan mulohaza qilish lozim. Iudaning o‘limidan kim mapfaatdor edi? Qandaydir sayoq xayolparastlar to‘dasi, turgan gapki, ular davrasida ayol kishining bo‘lishi hech aqlga sig‘maydi. Men sizga aytsam, prokurator, uylanish uchun pul kerak bo‘ladi, odamzodni yorug‘ dunyoga keltirish uchun ham o‘sha narsa zarur, ammo ayol kishining yordamida bu ishni amalga oshirish uchun, aytib qo‘yay, juda ham ko‘p pul kerak bo‘ladi, bunday pul esa sayoqlarning birontasida ham yo‘q. Bu ishda ayol jinsi qatnashmagan, prokurator.Shuni ham aytib qo‘yay: qotillikni bu yo‘sin izohlash ishni chuvalashtirib yuborishi, to‘g‘ri xulosa chiqarishga xalal berishi va meni chalg‘itib qo‘yishi mumkin.
— Siz mutlaqo haq ko‘rinasiz, Afrapiy, — derdi Pilat, — men faqat o‘z taxminimni aytuvdim, xolos.
— Taassufki, bu yanglish taxmin, prokurator.
— Xo‘sh, unda qanday qarorga kelish mumkin? — xitob qildi prokurator, Afraniyning yuziga o‘sha sinchkovlik bilan tikilarkan.
— Mening taxminimcha, sabab — o‘sha pul.
— Ajoyib fikr! Lekin kim va nima uchun unga tunda pul taklif qiladi, ustiga-ustak, shahar tashqarisida-ya?
— E, yo‘q, prokurator, bunday emas. Menda yagona bir taxmin bor, agar u xato bo‘lib chiqsa, boshqa hech qanday izoh topa olmasam kerak, — Afraniy prokurator tomon engashib, pichirlab dedi: — Iuda o‘z ulushini yolg‘iz o‘zigagina ma’lum bo‘lgan birop xilvatroq yerga yashirmoqchibo‘lgan.
— G‘oyat dono izoh. Chindan ham shunday bo‘lgani aniqqa o‘xshaydi. Endi fikringizga tushundim: uni odamlar emas, balki o‘z mulohazasi shahardan olib chiqib ketgan. Ha, ha, xuddi shunday.
— Shunday. Iuda badgumon odam bo‘lgan. U pullarini odamlarda yashirmoqchi bo‘lgan.
— Ha, siz Hefsimaniyaga dedingiz. Lekin nima uchun uni aynan o‘sha yerdan izlamoqchisiz, men bunga, ochig‘i, tushuna olmayapman.
— O, prokurator, buni tushunish juda oson. Hech kim o‘z pulini yo‘l yoqasiga, ochiq va sayhon yerga yashirmaydi. Binobarin, Iuda na Xevron yo‘lida, na Vifaniya yo‘lida bo‘lgan. U hammayog‘i dov-daraxt bilan to‘silgan xilvat bir go‘shaga borgan bo‘lishi kerak. Bu kunday ravshan narsa.
Yershalaim yaqinida esa Hefsimaniyadan bo‘lak bunday xilvatgoh yo‘q. Keyin uzoqroqqa ketishi ham mumkin emas.
— Meni to‘la ishontirdingiz. Xo‘sh, endi nima qilish kerak?
— Men hoziroq odamlarimga shahar tashqarisida Iudaning payiga tushgan qotillarni qidirishni buyuramanda, o‘zim shu asnoda, boya sizga ma’lum qilganimdek, o‘zimni sudga beraman.
— Nima uchun?
— Iuda kechqurun Kaifaning qasridan chiqqach, odamlarim uni bozorgohda ko‘zdan yo‘qotib qo‘yishgan. Nega bunday bo‘lganiga hech aqlim yetmayapti. Umrim bino bo‘lib bunday hol yuz bermagandi. Siz bilan guhbatlashib chiqqanim zahotiyoq uni nazorat ostiga olgan edik. Lekin bozorga yaqinlashganda, «lip» etib uzini qayoqqadir urdi-yu, ko‘zni shamg‘alat qilib qo‘yib, birdan izsiz g‘oyib bo‘ldi-qoldi.
— Xo‘sh. Endi mendan eshiting: sizni sudga berishni lozim topmayman. Siz qo‘lingizdan kelgan hamma ishni qilgansiz, dunyodagi hech kimsa, — shu yerga kelganda prokurator kulib qo‘ydi, — sizday jonini koyitolmasdi. Siz Iudani ko‘zdan qochirgan ayg‘oqchilaringizni jazolang. Illo ogohlantirib qo‘yay, bergan jazoingiz qattiq bo‘lmasligi kerak. Har qalay, biz o‘sha mal’unni muhofaza qilish uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qildik-ku! Ha-ya, bir narsani so‘rash esimdan chiqipti, — prokurator peshonasini ishqaladi, — pulni qanday qilib Kaifaning qasriga tashlab ketishdiykin?
— Bilasizmi, prokurator… Bu ish unchalik qiyin emas. Qasoskorlar Kaifa qasrining orqa tomoniga o‘tishgan, u yerda qasrning orqa hovlisi xilvat tor ko‘cha bilan o‘ralgan. O‘sha yerda tugunchani devordan oshirib otishgan.
— Ichida xat bilan-a?
— Ha, xuddi siz taxmin qilganingizdek, prokurator. Ha, mana o‘zingiz ko‘ring, — shunday deb Afraniy tuguncha ustidagi muhrni sindirib, uni Pilatga ochib ko‘rsatdi.
— I-i, nima qilyapsiz, Afraniy, axir, muhr jomega taalluqli bo‘lsa kerak!
— Prokurator zinhor buning tashvishini qilmasinlar, — dedi Afraniy tugunchani qayta yoparkan.
— Nahot sizda hamma muhrlar bo‘lsa? — deb kuldi Pilat.
— Boshqacha bo‘lishi mumkin emas, prokurator, — deb javob qildi Afraniy o‘ta jiddiy tarzda.
— Kaifanikida nimalar bo‘lganini ko‘z oldimga keltiryapman.
— Ha, prokurator, bu hol ularni qattiq hayajonga solgan. Shu bois meni darhol chaqirtirishdi.
Pilatning ko‘zlari chaqnab ketgani hatto shu g‘ira-shirada ham aniq ko‘rindi.
— Bu qiziqarli, juda qiziqarli hol…
— Sizga e’tiroz bildirishga jur’at etaman, bu qiziqarli bo‘lmagan. Balki juda zerikarli va ko‘ngilsiz ishdir. Mening, Kaifa qasrida bironta odamga pul to‘lanmaganmidi, deb bergan savolimga, qat’iyan rad javobini berishdi.
— Shunaqa deng! Ha, yaxshi, to‘lashmagan bo‘lsa to‘lashmabdi-da. Unda qotillarni topish yana ham qiyinlashadi.
— Juda to‘g‘ri, prokurator.
— Darvoqe, Afraniy, miyamga to‘satdan bir fikr keldi: u o‘z joniga o‘zi qasd qilmaganmikin?
— E, yo‘q, prokurator, — deb javob qildi Afraniy taajjubdan o‘zini oromkursi suyanchig‘iga tashlarkan, — meni afv eting-u, ammo bunday bo‘lishi aslo mumkin emas!
— E, bu shaharda hamma narsa bo‘lishi mumkin!
Mana meni aytdi dersiz, bu haqdagi mish-mishlar hademay butun shaharga tarqaladi.
Shunda Afraniy prokuratorga ko‘z qirini tashlab oldi-da, o‘ylab turib javob qildi:
— Bu bo‘lishi mumkin, prokurator.
Garchi kiriaflik Iudaning o‘ldirilgani kunday ravshan bo‘lsa ham, prokurator bu masalani hech xayolidan chiqara olmayotganga o‘xshardi, shunga ko‘ra faromushroq kayfiyatda dedi:
— Uni qanday o‘ldirishganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rishni istardim.
— U g‘oyatda ustalik bilan o‘ldirilgan, prokurator, — deb javob qildi Afraniy prokuratorga bir oz kinoya bilan boqarkan.
— Siz buni qayoqdan bilasiz?
— Marhamat qilib qopchiqqa e’tibor bering, prokurator, — deb javob qildi Afraniy, — sizni ishontirib aytamanki, Iudaning qoni tizillab otilgan. Kamina, o‘z umrimda qatl etilganlarni ko‘p ko‘rganman, prokurator!
— Demak, u qaytib o‘rnidan turmaydi?
— Yo‘q, prokurator, turadi, — Afraniy jilmayib turib faylasufona javob qildi, — faqat bu shaharda intizorlik bilan kutilayotgan Masiho karnayi uning boshi uzra yangragan chog‘da. Illo ungacha turmaydi!
— Bas, Afraniy! Bu masala oydinlashdi. Endi dafn masalasiga ko‘chaylik.
— Qatl etilganlar dafn qilindi, prokurator.
— O, Afraniy, sizni sudga berish jinoyat bo‘lardi. Siz eng yuksak mukofotga loyiqsiz. Xo‘sh, tafsilot-chi?
Afraniy gap boshlab, o‘zi Iudaning ishi bilan mashg‘ul bo‘lgan paytda, maxfiy qorovul xizmatchilari uning yordamchisi boshchiligida qosh qoraygan chog‘da Taqir Tepaga yetib borishgan, biroq u yerdan bir jasadning g‘oyib bo‘lgani haqida so‘zlab berdi. Pilat seskanib ketib, xirqiroq ovoz bilan dedi:
— Obbo, shu narsani oddini olish xayolimdan faromush bo‘lgan ekan-da!
— Aslo bezovta bo‘lmang, prokurator, — dedi Afraniy va hikoyasini davom ettirdi: — Ko‘zlarini quzg‘unlar cho‘qigan Dismas bilan Gestasning jasadlarini topishgach, darhol uchinchi jasadni axtarishga kirishishgan. Saldan keyin uni ham topishgan. Bir odam…
— Leviy Matvey, — dedi Pilat savol ma’nosida emas, ko‘proq tasdiq ma’nosida.
— Shundoq, prokurator…
Leviy Matvey Taqir Tepaning shimoliy yonbag‘ridagi bir g‘or ichida qorong‘i tushishini kutib o‘tirgan. Ieshua Ha-Notsrining yalang‘och jasadi ham uning yonida bo‘lgan. Soqchilar qo‘llarida mash’ala bilan g‘orga kirishganida Leviyning ruhi tushib ketib, g‘azablaia boshlagan. U: «Hech qanday jinoyat qilganim yo‘q, har bir inson, qonunga ko‘ra, agar xohlasa, qatl etilgan jinoyatchini dafn etish huquqiga ega», deb chinqirgan. Keyin jasaddan ayrilishni istamasligini aytgan. U qattiq hayajonlanib, tuturiqsiz gaplarni baqira boshlagan, goh yolvorgan, goh dag‘dag‘a va haqorat qilgan…
— Uni qo‘lga olishgandir? — deb so‘radi Pilat noxushlik bilan.
— Yo‘q, prokurator, yo‘q, — deb taskin berdi Afraniy, — gustoh telbaga, jasad albatta dafn etiladi, deb tushuntirishgan.
Leviy eshitgan gapini ma’nisiga yetgach, ko‘ngli tinchigan, lekin hech qayoqqa ketmay, dafn marosimiga qatnashmoqchi ekanini bayon qilgan. U, o‘ldirsanglar ham ketmayman, deb aytgan, hattoki, dafnda ishtirok etish evaziga yonida olib yurgan non kesadigan pichoqni ham tavsiya qilgan.
— Uni haydab yuborishgandir? — bo‘g‘iq ovoz bilan so‘radi Pilat.
— Yo‘q, prokurator, yo‘q. Yordamchim uning dafnda ishtirok etishiga ruxsat beripti.
— Yordamchilaringizdan qay biri bosh bo‘ldi dafnga? — deb so‘radi Pilat.
— Tolmay, — deb javob berdi Afraniy va xavotirlanib ilova qildi: — Yo xatoga yo‘l qo‘ydimikin u?
— Davom eting, — dedi Pilat, — xato qilmagan. Men, Afraniy, ochig‘i, sal gangib qoldim chog‘i, nazarimda, umrida xato qilmaydigan odam bilan muloqotda bo‘layotgandayman. O‘sha odam — sizsiz.
— Leviy Matveyni qatl etilganlarning jasadlari ortilgan aravaga o‘tkazishgan va ikki soatlardan keyin ular Yershalaimdan shimolrokdagi xilvat bir daraga yetib borishgan. Komanda a’zolari navbatma-navbat ishlashib, bir soat ichida chuqur xandaq qazishgan va uchala jasadni shu xandaqqa dafn etishgan.
— Yalang‘och holdami?
— Yo‘q, prokurator, xodimlarim kafan o‘rniga jubbalar olivolishgan edi. Dafn etilayotganlarning barmoqlariga halqalar kiydirilgan. Ieshuaning xdlqasida bitta chiziq bor. Xandaqqa tuproq tortilib, ustidan tosh bostirilgan. Shartli belgilar Tolmayga ma’lum.
— O, agar buni oldinroq bilganimda edi-ya! — dedi Pilat aftini burishtirib. — Axir men albatta ko‘rishim kerak edi o‘sha Leviy Matveyni…
— U shu yerda, prokurator!
Pilat ko‘zlarini katta ochib, Afraniyga bir necha lahza tikilib qoldi, so‘ng shunday dedi:
— Mazkur ish yuzasidan ko‘rsatgan barcha faoliyatingiz uchun tashakkur sizga. Ertaga huzurimga Tolmayni yuborsangiz va hoziroq xizmatidan mamnun ekanligimni unga aytib qo‘ysangiz, sizdan esa, Afraniy, — deb prokurator xontaxta ustida yotgan kamarining kissasidan bir uzuk oldi va uni maxfiy xizmat boshlig‘iga uzatarkan, dedi: — Ushbuni esdalik uchun qabul qilishingizni so‘rayman.
— Afraniy ta’zim qilarkan, dedi:
— Iltifotingizning hududi yo‘q, prokurator.
— Dafn bilan mashg‘ul bo‘lgan xodimlaringizni mukofotlang. Iudani qochirib yuborgan ayg‘oqchilarga hayfsan e’lon qiling. Leviy Matveyni esa hoziroq huzurimga boshlab keling. Men Ieshua haqida butun tafsilotni bilmoqchiman.
— Bosh ustiga, prokurator, — dedi Afraniy va har qadamda ta’zim qila-qila tisarilib chiqa boshladi, prokurator esa qarsak chalib, qichqirdi:
— Hoy, bu yoqqa! Shamlar yoqilsin!
Afraniy boqqa kirib borayotganidayoq Pilat orqasida paydo bo‘lgan xizmatkorlarning qo‘lida shamlar miltillab yona boshlagan edi. Bir zumda xontaxta ustida uchta shamchiroq paydo bo‘ldi-yu, oydin tun bog‘ tomonga chekindi, go‘yo uni Afraniy o‘zi bilan olib ketgan edi. Balkonda Afraniyning o‘rnida devqomat kenturion kuzatuvida jikkakkina, oriq bir odam iaydo bo‘ldi. Kenturion, ko‘zi prokuratorning ko‘ziga gushishi bilan, bog‘ tomon chekinib, g‘oyib bo‘ldi.
Prokurator kelgan odamga qattiq sinchkovlik bilan tikilib, uni xiyol hadiksirab kuzata boshladi. Odatda ko‘p shov-shuv bo‘lgan va hech xayoldan ko‘tarilmaydigan odam nihoyat ko‘z oldida namoyon bo‘lgan chog‘da unga shunday tikilib qaraydilar.
Kelgan odam qirq yoshlarda bo‘lib, qop-qorayib ketgan, kiyimlari chuvrindi, boshdan-oyoq hammayog‘iga loy sachrab, qotib qolgan, qovoqlari ostidan o‘qrayib qarar edi. Qisqasi, bu o‘lgudek badburush odam ko‘proq jome bo‘sag‘asi yo sershovqin, iflos Quyi Shaharning bozorlarida qalashib yotgan tilanchilarga o‘xshardi.
Sukut uzoq davom etdi, nihoyat uni Pilat huzuriga olib kelingan mana shu odamning alomat raftori buzdi. Uning rangi o‘zgarib, birdan gandiraklab ketdi, agar isqirt qo‘li bilan xontaxtaning chetidan ushlab qolmaganida yiqilib tushishi muqarrar edi.
— Nima bo‘ldi? — deb so‘radi undan Pilat.
— Hech nima, — deb javob qiddi Leviy Matvey va go‘yo bir nimani yutib yuborganday alomat yutindi. Uning qiltiriq, yalang‘och, isqirt bo‘yni bir shishib, yana puchaydi.
— Nima bo‘ldi senga, javob ber, — deb takror so‘radi Pilat.
— Charchadim, — dedi Leviy va g‘amgin ko‘zlarini yerga tikdi.
— O‘tir, — dedi Pilat oromkursiga ishora qilib. Leviy prokuratorga shubha bilan qaradi, oromkursi tomon yurdi, uning oltin bandiga ko‘z qiri bilan qo‘rqa-pisa qarab qo‘yib, oromkursiga emas, uning yoniga, yerga o‘tirdi.
— Qani ayt, nega unga o‘tirmading? — deb so‘radi Pilat.
— Hammayog‘im iflos, uni bulg‘ab qo‘yaman, — dedi Leviy yerga qaragancha.
— Hozir senga ovqat berishadi.
— Ovqat yegim yo‘q, — javob qildi Leviy.
— Nima qilasan yolg‘on gapirib? — dedi Pilat past ovoz bilan. — Axir kun bo‘yi, balki kechadan beri tuz totmagansan. Ha, yaxshi, yemasang yema. Seni bu yerga chaqirishimdan maqsad, pichog‘ingni ko‘rmoqchiman.
— Meni bu yoqqa olib kirishayotganda navkarlar pichoqni olib qo‘yishdi, — deb javob qildi Leviy va ma’yus ohangda ilova qildi: — Ayting, pichoqni berishsin, men uni egasiga qaytarishim kerak, uni o‘g‘irlab olganman.
— Nima maqsadda?
— Arqon kesish uchun, — javob qildi Leviy.
— Mark! — deb qichqirdi prokurator, shu zahoti kunturion balkonda paydo bo‘ldi. — Buning pichog‘ini menga bering.
Kenturion kamariga osilgan ikki g‘ilofning biridan non kesadigan iflos bir pichoqni chiqarib, prokuratorga uzatdi-da, o‘zi chiqib ketdi.
— Qaerdan olgan eding bu pichoqni?
— Xevron qopqasi yonidagi non do‘konidan, shaharga kiraverishda, chap qo‘lda.
Pilat pichoqning keng damini ko‘zdan kechirdi, negadir uning o‘tkir-o‘tmasligini barmog‘i bilan sinab ham ko‘rdi va dedi:
— Pichokdan ko‘ngling to‘q bo‘lsin, uni o‘sha do‘konga olib borib berishadi. Endi men yana bir narsani ko‘rishim kerak: yoningda olib yurgan pergamentni ko‘rsat — unga Ieshuaning so‘zlari yozilganmish.
Leviy Pilatga nafrat bilan qaradi va shunday sqimsiz jilmaydiki, yuzi nihoyat darajada badbashara bo‘lib ketdi.
— Bisotimda qolgan shu bittayu bitta narsani ham tortib olmoqchimisiz?
— Men, ber, deganim yo‘q, — javob qiddi Pilat, — ko‘rsat, dedim xolos.
Leviy qo‘yniga qo‘l tiqib, bir o‘ram pergament chiqardi. Pilat uni olib, xontaxta ustiga, shamlar oralig‘iga yozdi-da, ko‘zlarini qisgancha siyoh bilan pihoyatda g‘aliz yozilgan belgilarni o‘rgana boshladi. Bu aji-buji yozilgan satrlarning ma’nisiga tushunish amri mahol edi, shunga ko‘ra Pilat aftini burishtirib, pergament ustiga engashib olib, barmog‘ini s: atrlar ustida yurg‘izardi. Har nechuk u pergamentdagi yozuv bir-biriga bog‘lanmagan allaqanday hikmatli so‘zlar, qandaydir ro‘zg‘orga daxddor gaplar, sanalaru she’r parchalaridan iborat ekanligini aniqladi. Pilat ba’zi so‘zlarni hijjalab o‘qidi ham: «O‘lim yo‘q… Kecha biz bahorgi shirin bakkurotdan yedik…».
O‘qishga qiynalganidan Pilatning afti burishib ketgan edi, u ko‘zlarini qisib pergamentni zo‘rg‘a hijjalab o‘qirdi: «Biz obihayot oquvchi musaffo daryoni ko‘rgaymiz… Bashariyat quyoshni shaffof kristall orqali kuzatadi…».
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 27
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.