Usta va Margarita - 27

Total number of words is 4250
Total number of unique words is 2055
38.7 of words are in the 2000 most common words
56.3 of words are in the 5000 most common words
66.3 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Shu payt Pilat birdan cho‘chib tushdi. U pergamentning oxirgi misralarida shunday so‘zlarni o‘qiy oldi: «… eng ulkan illat… qo‘rqoqlik».
Pilat pergamentni karnay qilib o‘rab, tezkorlik bilan uni Leviyga uzatdi.
— Ol, — dedi u va picha sukutdan so‘ng qo‘shimcha qildi: — Sen kitob shaydosi ko‘rinasan, nima qilasan so‘qqabosh holda, och-yalang‘och, boshpanasiz sang‘ib yurib. Qaysariyada katta kutubxonam bor, men juda badavlat odamman, seni o‘z xizmatimga olmoqchiman. Sen uyimda qadimgi qo‘lyozmalarni saralab, avaylab, saqlaysan. Qorning ham to‘q, egning ham but bo‘ladi.
Leviy o‘rnidan turib javob berdi:
— Yo‘q, xohlamayman.
— Nega? — deb so‘radi g‘azabdan yuzi qoraya boshlagan prokurator, — men manfur ko‘rinyapmanmi senga, qo‘rqasan?
Leviyning yuzi boyagiday yoqimsiz kulgidan o‘zgardi va u dedi:
— Yo‘q, aksincha, sen mendan qo‘rqa boshlaysan. Mening yuzimga tik boqish sen uchun oson bo‘lmaydi, uni qatl ettirganingdan keyin.
— Jim bo‘l, — dedi Pilat, — yaxshisi, pul ol. Leviy rad ma’nosida bosh chayqadi, prokurator gapini davom ettirdi.
— Bilaman, sen o‘zingni Ieshuaning shogirdi deb hisoblaysan, ammo senga aytsam, u bergan saboqlardan birontasini ham uqib olmabsan. Zero, uqqaningda, mendan biron tuhfa olarding, albatta. Yaxshilab eshitib ol: u o‘limi oldidan, hech kimni ayblamayman, deb aytipti, — Pilat barmog‘ini ma’noli ko‘tardi, yuzi ucha boshladi. — Tirik bo‘lganida u ham albatta biron nima olardi. Sen toshbag‘irsan, lekin u toshbag‘ir emas edi. Endi qayoqqa borasan?
Leviy birdan xontaxtaga yaqin kelib, ikkala qo‘lini unga tiradi-da, o‘t chaqnayotgan ko‘zlarini prokuratorga tikib, pichirlab dedi:
— Bilib qo‘y, igemon, Yershalaimda men bir odamni so‘yaman. Senga shuni aytib qo‘ymoqchimanki, hali yana qon to‘kiladi, bilib qo‘y.
— Men ham bilaman yana qon to‘kilishini, — deb javob qildi Pilat, — bu gaping bilan meni aslo ajablantirmading. Sen meni bo‘g‘izlamoqchi bo‘lsang kerak, albatta?
— Seni bo‘g‘izlashga qurbim yetmaydi, — deb javob qildi Leviy tishlarini ko‘rsatib tirjayarkan, — men u darajada ahmoq emasman, illo anavi kiriaflik Ieshuani so‘ymay qo‘ymayman, qolgan umrimni shu ishga tikdim.
Shunda prokuratorning ko‘zlarida mamnuniyat aks etdi va u Leviy Matveyni barmog‘i bilan o‘zi tomon imlab, shunday dedi:
— Sen bu ishni qila olmaysan, urinib ovora bo‘lma. Iudani bugun tunda so‘yib ketib bo‘lishgan.
Leviy birdan orqaga tisarildi, atrofga vahshiyona ko‘z tashlab, chinqirdi:
— Kim qildi buni?
— G‘ayirlik qilma, — dedi Pilat tishining oqini ko‘rsatib va qo‘llarini bir-biriga ishqab, — Ieshuaning sendan boshqa ham «muxlis» lari bor ko‘rinadi.
— Kim qildi buni? — deb takrorladi Leviy pichirlab.
Pilat unga javob qildi:
— Men qildim.
Leviyning og‘zi lang ochilib, prokuratorga serrayib tikilib qoldi, prokurator esa:
— Gunohni yuvish uchun buning o‘zi ozlik qiladi, nlbatta, lekin harholda shu ishni men qildim, — dedi u va qo‘shib qo‘ydi: — Xo‘sh, endi biron nima olarsan?
Leviy o‘ylanib qoldi, ko‘ngli ancha yumshadi va iihoyat dedi:
— Buyur, menga bir bo‘lak toza pergament berishsin.
Oradan bir soat o‘tdi. Endi Leviy qasrda yo‘q edi. Endi tonggi sukunatni bog‘da yurgan soqchilarning ohista odim tashlashlarigina buzardi. Oyning rangi tez o‘cha boshladi, osmonning ikkinchi chekkasida — ufqda tong yulduzi oqish dog‘ bo‘lib ko‘rinardi. Shamchiroqlar allaqachon o‘chgan. Prokurator chorpoyada otardi. U kaftini yonog‘i ostiga qo‘yib, jimgina uxlar, Banga ham uning yonida pinakka ketgan edi.
Nison oyining o‘n beshinchi tongini shunday qarshi olgan edi Iudeyaning beshinchi prokuratori Pontiy Pilat.
Yigirma yettinchi bob
50-KVARTIRANING TUGATILISHI
Margarita«… nison oyining o‘n beshinchi tongini shunday qarshi olgan edi Iudeyaning beshinchi prokuratori Pontiy Pilat» degan jumla bilan yakunlanuvchi bobning nihoyasiga yetganida tong otgan edi.
Chumchuqlar galasi hovlidagi oqtol va jo‘ka shoxlariga qo‘nib olib, sho‘x va hayajonli suhbat boshlagan edi.
Margarita oromkursidan turib kerishdi, shundagina butun vujudi qaqshayotganini va uyqu elitayotganini his qildi. Biroq uning ruhi g‘oyatda tetik edi. Fikrlari parishon emas, bugungi tunni g‘ayritabiiy tarzda o‘tkazgani uni aslo bezovta qilmas edi. Margaritaning shaytonlar bazmida bo‘lgani ham, qandaydir mo‘’jizaviy tarzda ustani qaytarib berishgani ham, quyib kul bo‘lgan romanning qayta paydo bo‘lgani ham, podvaddagi ikki xonalik kvartiradan badkirdor Aloiziy Mogarich quvilib, hamma narsa yana o‘z joyida qaror topgani ham uni aslo hayajonga solmagan edi. Xullas, Voland bilan tanishuv unga hech qanday ruhiy ziyon yetkazmadi. Hamma narsa xuddi risoladagidek bo‘ldi. Margarita narigi xonaga o‘tib, ustaning orombaxsh, mast uyquda yotganini ko‘rdi, bekorga yonib turgan stol ustidagi chiroqni o‘chirdi-da, qarama-qarshi devor tagidagi ustiga eski va yirtiq choyshab yozilgan divanchaga cho‘zildi. Bir daqiqadan keyin uxlab ketdi, ammo o‘sha kuni ertalab u hech qanday tush ko‘rmadi. Podvaldagi ikki xona sukutda, podval ustidagi mo‘jazgina uy ham sukutga tolgan, xilvat tor ko‘cha ham suv quygandek jimjit edi.
Ammo bu mahal, ya’ni shanbaga o‘tar kuni tong pallasida Moskvadagi bir muassasa joylashgan binoning butun bir qavati bedor edi, uning asfalt yotqizilgan keng maydonga (maxsus mashinalar ohista yurib suv sepayotgan va supurayotgan maydonga) ochiladigan derazalarida chiroqlar endigina bosh ko‘tarib kelayotgan quyosh shu’lasi bilan bas boylamoqchi bo‘lganday charaqlab yonib turardi.
Butun qavat Voland ishi yuzasidan boshlangan tergov bilan mashg‘ul va bu yerdagi o‘nta xonaning hammasida tuni bilan chiroq yonib chiqqan edi.
Sirasini aytganda, faqat kecha, juma kuni, Varete teatrining ma’murlari g‘oyib bo‘lish oqibatida hamda undan bir kun oldin o‘tkazilgan jodugarlik seansi paytida yuz bergan har xil noma’qulchiliklar tufayli teatrni yopishga to‘g‘ri kelgandan keyingina masala oydinlashdi. Lekin gap shundaki, shundan keyin ham idoraning uyg‘oq qavatiga yangidan-yangi materiallar to‘xtovsiz kelib turdi.
Tergov olib borayotganlar endilikda g‘irt maynavozchilikning (yana allaqanday sehrli fokuslar va mutlaqo oshkora jinoyatlar bilan omixta bo‘lgan maynavozchilik) hidi kelib turgan bu o‘ta g‘aroyib ishga Moskvaning turli tomonida yuz bergan turli xil, chalkash ishlarni bog‘lab, yagona hodisa sifatida ish ko‘rishlari lozim edi.
Elektr chiroqlari bilan charog‘on bu uyg‘oq qavatga birinchi bo‘lib chaqirilgan odam akustika komissiyasining raisi Arkadiy Appollonovich Sempleyarov bo‘ldi.
Uning Toshko‘prik yaqipidagi uyga joylashgan kvartirasida juma kuni tushlikdan keyin telefon jiringlab, bir erkak ovozi Arkadiy Appollonovichni so‘radi. Telefon trubkasini ko‘targan Arkadiy Lpollonovichping xotini ma’yus ohangda erining betob bo‘lib yotgani va telefonga kela olmasligini aytdi. Lekin shunga qaramay Arkadiy Apollonovich trubkani olishga ajbur bo‘ldi. Arkadiy Apollononichni kim, qaerdan so‘rayapti, deb berilgan savolga telefonda juda qisqa javob qilishdi.
— Mana, hozir… bir zumgina… bir daqiqa sabr qiling… — deb g‘o‘ldiradi akustika komissiyasi raisining odatda o‘ta takabbur xotini va Arkadiy Apollonovichni o‘rnidan turg‘azish uchun yotoqxonaga o‘qday otilib kirdi: Sempleyarov kecha teatrda berilgan seans va seansdan so‘ng uyida kechasi boshlangan mash-mashadan (bu mashmasha bahonasi bilan saratovlik qiz-jiyani kvartiradan haydab chiqarildi) ichini it tirnab, iztirob chekib yotardi.
To‘g‘ri, bir zumda ham emas, lekin bir daqiqada ham emas, balki chorak daqiqa deganda Arkadiy Apollononich ichki ko‘ylak-ishtonda, chap oyog‘ida bir poy tufli oilan telefon oddida paydo bo‘lgan va:
— Ha, bu men… eshitaman, xo‘p bo‘ladi… — deb g‘o‘ldiray boshlagan edi.
Bu mahal uning umr yo‘ldoshi, sho‘rlik Arkadiy Apollonovichnipg oshkor bo‘lgan jirkanch bevafoligini ham unutib yuborib, dahlizga ochiladigan eshikdan qo‘rqa-pisa mo‘ralarkan, erining bir poy tuflisini havoda silkigancha:
— Tuflingni kiyib ol, tuflingni… Oyog‘ingdan zax o‘tadi, — deb pichirlardi, bunga javoban Arkadiy Aiollonovich yalangoyog‘i bilan shattalab xotinini haydar, unga o‘qrayib qo‘yarkan, trubkaga g‘o‘ldirab derdi:
— Ha, ha, ha, bo‘lmasam-chi, tushunaman… Hozir yetib boraman.
Arkadiy Apollonovich bugun oqshomni tergov borayotgan qavatda o‘tkazdi. Suhbat nihoyatda og‘ir, nihoyatda ko‘ngilsiz bo‘ldi, zero nafaqat kechagi qabohatli seans va lojada yuz bergan mushtlashish to‘g‘risida, balki yo‘l-yo‘lakay zarurat yuzasidan, Yeloxovskaya ko‘chasida turuvchi Militsa Andreevna Pokobatko haqida ham, saratovlik jiyani to‘g‘risida ham, bulardan tashqari yana juda ko‘p narsalar to‘g‘risida ham mutlaqo oshkora gapirishiga to‘g‘ri keldiki, bu hol Arkadiy Apollonovichni g‘ayrita’rif azobga solardi.
Turgan gapki, o‘sha la’pati seansnipg shohidi (farosatli va mulohazali shohidi) bo‘lgan, niqob taqqan sirli sehrgarning o‘zini ham, uning ikki lo‘ttiboz yordamchisini ham nihoyatda mukammal tasvirlab bergan, sehrgarning familiyasi aynan Voland ekanligini juda aniq eslab qolgan ziyoli va madaniyatli odambo‘lmish Arkadiy Apollonovich keltirgan dalil-dastaklar tergov ishini ancha jadallashtirib yubordi. Arkadiy Apollonovich bergan guvohlikni o‘zga odamlarning (shu jumladan, seans oqibatida jabrlangan ayrim xonimlarning va Sadovaya ko‘chasidagi 50-kvartiraga yuborilgan kurer Karpovning) guvohliklari bilan qiyoslash natijasida ushbu hangomalarning sababchilarini qaerdan qidirish kerakligi bir zumda aniqlandi — qo‘ydi.
50-kvartirada bir emas, bir necha marta bo‘lishib, nainki uni sinchiklab ko‘zdan kechirishdi, hatto uning devorlarini ham to‘qillatib ko‘rishdi, kamin mo‘rkoniga ham mo‘ralashdi, xufiya joylarni qidirishdi. Biroq bu tadbirlarning bari hech qanday samara bermadi, kvartirada biron marta ham biron-bir jonzot uchramadi, holbuki Moskvaga keluvchi barcha ajnabiy turtistlar haqida xabardor bo‘lish zimmasiga yuklangan shaxslar, Voland ismli sehrgar Moskvada yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, deb keskin va qat’iy ravishda ta’kidlashlariga qaramay, kvartirada qandaydir kimsalar mavjudligi judayam aniq edi.
Shunga qaramay, Moskvaga kelgan o‘sha Voland degan shaxs hech yerda ro‘yxatdan o‘tmagan, hech bir kimsaga pasport yoki o‘zga biron hujjat, masalan, shartnoma varaqasini ko‘rsatmagan va hech kim u to‘g‘rida biron-bir ma’lumot olmagan edi. Tomoshaxonalar komissiyasi qoshidagi programmalar bo‘limi mudiri Kitaytsev, o‘sha g‘olib bo‘lgan Styopa Lixodeev hech qanday Voland hech qanday programmasini menga tasdiqlash uchun yuborgani ham yo‘q, o‘sha Voland degan sehrgarning kelgani haqida hech qanday telefon ham qilingani yo‘q, deb xudoni o‘rtaga qo‘yib, qasam ichdi. Binobarin u, ya’ni Kitaytsev Vareteda bunday seans berilishiga Styopaning qanday yo‘l qo‘yganini mutlaqo tushunmas va buning sababini ham bilmas edi. Lekin Kitaytsevga, axir o‘sha sehrgarni Arkadiy Apollonovich teatrda o‘z ko‘zi bilan ko‘ribdi-ku, deb aytishganida, u faqat kiftini uchirib, ko‘zini shiftga tikish bilan javob qildi. Lekin Kitaytsevning ko‘ziga qarab,oldingidek oppoq ekanligini dadil e’tirof etdi.
Tomosha ko‘rsatuvchi muassasa komissiyasi raisi Proxor Petrovichga kelsak…
Darvoqe, kabinetga militsiya kelgan hamon u o‘z kostyumi ichida paydo bo‘ldi va bu raftori bilan Lnna Richardovnani telbanamo quvontirib, bekorga bezovta qilingan militsiyani hayratdan og‘zini ochirib qo‘ydi… Yana o‘z o‘rniga qaytib, kul rang yo‘l-yo‘l kostyumi ichiga kirgan Petrovich, o‘zi qisqa muddatga g‘oyib bo‘lgan paytida kostyumi yozgan ko‘rsatmalarning barini to‘la-to‘kis ma’qulladi… ana shu Proxor Petrovich ham Voland degan shaxs haqida mutlaqo hech nima bilmas edi.
Siz nima deb o‘ylasangiz o‘ylang, kitobxon, ammo bu mutlaqo, aql bovar qilmaydigan hol edi: minglab tomoshabinlar, Varetening butun hay’ati, nihoyat, jua bilimdon shaxs Arkadiy Apollonovich Sempleyarov bitta sehrgarni, shuningdek, uning badkor assistentlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishgan bo‘lsa ham, sehrgarni hech yerdan topib bo‘lmadi. Xo‘sh, o‘zingiz ayting-chi: nima, u o‘sha manfur seansi tugashi bilan yer qa’riga kirib g‘oyib bo‘ldimi yoki ba’zilarning ta’kidlashi-cha, u aslida Moskvaga mutlaqo kelmaganmidi? Agar aytganimizdan birinchisi ro‘y bergan deb faraz qiladigan bo‘lsak, unda, u shubhasiz, o‘zi bilan birga Varete ma’muriyati rahbarlarini ham yer qa’riga olib kirib ketgan, lekin bordiyu ikkinchi taxminga to‘xtaladigan bo‘lsak, unda badbaxt teatr ma’murlarining o‘zi bironta rasvogarchilik qilib qo‘yib (kabinetdagi deraza oynasining singanini va G‘ishtintuzning o‘zini qanday tutganini eslang!), Moskvadan qochib chiqib, bedarak ketgan bo‘lib chiqadi.
Tergov ishini boshqargan odamga tan berish kerak. G‘oyib bo‘lgan Rimskiyni bir zumda qidirib topishdi. G‘ishtintuzning kinematograf oldidagi taksi to‘xtaydigan maydonchada o‘zini qanday tutganini ayrim vaqtlar, chunonchi seans tugagan va Rimskiyning g‘oyib bo‘lgan paytlari bilan muqoyasa qilib ko‘rilishi hamono hamma narsa oydinlashdiyu darhol Leningradga telegramma yuborildi. Bir soatdan keyin (juma kuni kechqurun) Rimskiyning «Astoriya» mehmonxonasida, to‘rtinchi qavatdagi to‘rt yuz o‘n ikkinchi xonadan topilgani haqida javob yetib keldi.
«Astoriya» ning to‘rt yuz o‘n ikkinchi xonasidagi kiyim javoniga yashiringan Rimskiy darhol hibsga olingan va o‘sha yerda, Leningradda so‘roq qilingan. Shundan so‘ng Moskvaga yuborilgan telegrammada, Varetening moliya direktori mutlaqo esini yo‘qotgan holatda ekanligi, berilgan savollarga biron jo‘yali javob bermagani yoinki berishni xohlamagani haqida, bil’aks hadeb, uni qamoqxonaning zirhlangan kamerasiga qamab, qurolli soqchilar bilan qo‘riqlashlarini iltimos qilayotgani haqida yozilgan edi. Moskvadan yuborilgan telegrammada Rimskiyni soqchilar kuzatuvida Moskvaga jo‘natish buyurildi, shunga ko‘ra Rimskiy juma kuni kechqurungi poezdda soqchilar kuzatuvida yo‘lga chiqdi.
Shu juma kuni kechqurun Lixodeevning ham izi topiddi. Uning to‘g‘risida barcha shaharlarga telegramma yuborilib, qidiruv e’lon qilingan edi. Yaltadan: «Lixodeev Yaltada bo‘lgan, lekin aeroplanda Moskvaga uchib ketdi», degan javob telegrammasi olindi.
Birdan-bir daragi topilmagan odam Varenuxa bo‘ldi. Deyarli butun Moskvaga taniqli bo‘lgan bu mashhur teatr ma’muri dom-daraksiz yo‘qolgan edi.
Bu asnoda Varete teatridan chetda, Moskvaning boshqa yerlarida yuz bergan hodisalar bilan ham shug‘ullanishga to‘g‘ri keldi. Masalan, «Slavnoe more» qo‘shig‘ini ijro etgan xodimlarning g‘ayritabiiy raftorini (darvoqe, professor Stravinskiy teri ostiga qandaydir dori yuborish bilan ikki soat ichida ularning hammasini yana o‘z holiga keltirishga muvaffaq bo‘ldi), shuningdek, allambalo qog‘ozlarni ayrim kishilar yo muassasalarga pul o‘rnida o‘tqazgan shaxslar va shunday yo‘l tutilishi oqibatida ziyon ko‘rgan shaxslar masalasini ham oydinlashtirish lozim bo‘ldi.
Ma’lumki, bu hodisalar ichida eng ko‘ntilsiz, eng g‘alvali va eng mushkuli marhum Berliozning kallasini Griboedov zaliga qo‘yilgan tobutdan kuppa-kunduz kuni o‘g‘irlab ketilgani bo‘ldi.
Butun Moskvaga yoyilib ketgan bu murakkab ishning chigallarini bittama-bitta yechish uchun o‘n ikkita tergovchi safarbar qilindi.
Tergovchilardan biri professor Stravinskiyning shifoxonasiga bordi va birinchi navbatda keyingi uch kun ichida shifoxonaga keltirilgan shaxslarning ro‘yxatini so‘radi. Buning natijasida Nikonor Ivanovich Bosoy va kallasi uzilib qayta o‘rnatilgan bechora konferanse topildi. Lekin ular tergovchini qiziqtirmadi. Chunki bularning ikkovi ham o‘sha noma’lum sehrgar boshchiligidagi to‘daning qurboni bo‘lganligi ravshan edi. Ammo Ivan Nikolaevich Bezdomniy tergovchini haddan tashqari qiziqtirib qoddi.
Juma kuni kechga yaqin Ivanushka yotgan 117-xonaning eshigi ochilib, bu yerga Moskvadagi eng yaxshi tergovchilardan biri deb sanalishiga qaramay, qiyofasidan tergovchiga mutlaqo o‘xshamaydigan kulcha yuz, vazmin, muloyim bir yigit kirib keldi…
Tergovchi xushmuomalalik bilan o‘zini tanitdi va Ivan Nikolaevichning huzuriga o‘tgan kuni Patriarx ko‘li bo‘yida sodir bo‘lgan hodisalar xususida gaplashgani kelganini aytdi.
O, afsus, bu tergovchi sal oldinroq, hech bo‘lmasa, payshanbaga o‘tar kechasi kelganida bormi, Ivanning boshi osmonga yetgan bo‘lardi: o‘shanda u Patriarx ko‘lida yuz bergan voqeani rosa kuyib-pishib hikoya qilmoqchi bo‘lgan, ammo uning aytganlariga e’tibor berishmagan edi. Mana endi uning maslahatchini tutish orzusi ushaldi, endi u hech kimning orqasidan quvmaydi, aksincha o‘sha chorshanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan voqeani eshitish uchun mana, uning huzuriga o‘zlari kelishipti.
Lekin, taassufki, Berlioz halokatidan keyin o‘tgan vaqt ichida Ivanushka tamomila o‘zgarib ketgan edi. U tergovchining barcha savollariga bajonidil va muloyimlik bilan javob qaytarar, ammo uning ni-gohida ham, gapirish ohangida ham loqaydlik sezilib turardi. Berlioz fojiasi endi shoirni tashvishga solmay qo‘ygan edi.
— Ayting-chi, Ivan Nikolaevich, Berlioz tramvay tagiga yiqilib tushganida siz turniketdai uzoqdami-dingiz?
Ivan negadir beparvolik bilan sezilar-sezilmas jilmayib qo‘ydi-da, javob qildi:
— Men uzoqda edim.
— Anavi katak kamzul kiygan turniket oldida turganmidi?
— Yo‘q, u sal nariroqdagi skameykada o‘tirgan edi.
— Berlioz yiqilib tushganida uning turniket oldiga bormaganini aniq eslaysizmi?
— Eslayman. Borgani yo‘q. U yastanib o‘tirgan edi. Tergovchi boshqa savol bermadi. U Ivanushka bilan qo‘l berib xayrlasharkan, tezroq tuzalib keting, dedi va tez kunlarda uning yangi she’rlarini o‘qishiga umid bildirdi.
— Yo‘q, — ohista javob qildi Ivan, — men endi hech qachon she’r yozmayman.
Tergovchi muloyim jilmayib qo‘yib dedi:
— Hozir siz bir oz ruhan siqilgansiz, lekin aminmanki, bu hol hademay o‘tib ketadi.
— Yo‘q, — dedi Ivan tergovchiga emas, so‘nib borayotgan olis ufqqa tikilib, — bu hol endi hech qachon tugamaydi. Men yozgan she’rlar — yomon she’rlar, buni men endi tushundim.
Tergovchi g‘oyat muhim dalillar olib jo‘nab ketdi. Yuz bergan voqealar tizmasining oxiridan boshiga qarab birma-bir tekshirish natijasida, nihoyat hodisalarning sarchashmasi topildi. Bu hodisalarning hammasi Patriarx ko‘lida yuz bergan qotillikdan boshlanganiga endi shubha qolmagan edi. To‘g‘ri, Ivanushka ham, anavi katak kamzulli ham MASSOLITning baxtiqaro raisini tramvay tagiga itarib yubormagan, xullas, hech kim uning tramvay ostiga dumalab tushishida jismoniy hissa qo‘shmagan edi. Lekin tergovchi, Berlioz gipnoz qilingan bo‘lgani uchun o‘zini tramvay tagiga tashlagan (yoki yiqilib tushgan) deb qat’iy ishonardi.
Ha, material yetarli darajada edi, endi kimlarni qaerdan tutish kerakligi ham ma’lum edi. Biroq hamma balo shundaki, aybdorlarni hech tutib bo‘lmayotgan edi. O‘sha xudo qarg‘agan 50-kvartirada, shubhasiz, kimlardir bor edi. Ba’zi-ba’zida telefon qo‘ng‘irog‘iga u kvartiradan kimdir g‘ijirlovchi manqa ovoz bilan javob qilardi, ahyon-ahyonda kvartiraning derazalari ochilib qolar, hattoki, u yerdan patefon ovozi ham eshitilardi. Lekin har gal tekshirgani borishganda, u kvartirada zog‘ni ham uchrata olmasdilar. Holbuki, u yerga bir emas, bir necha marta, kunduzi ham, kechasi ham borib ko‘rishgan edi. Buning ustiga, kvartira ichida to‘r ko‘tarib yurishib, uning burchak-burchaklarini ham sinchiklab tekshirishdi. Bu kvartira o‘zi ko‘pdan shubha ostiga olingan edi. Shu bois nainki darvozaxona va hovli orqali unga kiradigan yo‘lni, shuningdek, orqa eshikni ham qo‘riqlay boshlashdi, bundan tashqari, tomdagi mo‘rkon og‘ziga ham soqchi qo‘yildi. Ha, 50-kvartira beboshlik qilar, ammo uning tanobini tortib qo‘yishning hech iloji bo‘lmayotgan edi.
Vaziyat hech o‘zgarishsiz, shunday qolaverdi, nihoyat, jumadan shanbaga o‘tar kechasi qoq yarim tunda egniga bazm libosi, oyog‘iga loklangan tufli kiygan baron Maygel 50-kvartiraga tantanali vaziyatda mehmon bo‘lib keldi. Eshikni ochib, baronni kvartiraga kiritishgani eshitildi. Shu voqeadan so‘ng rosao‘n daqiqa o‘tgach, hech qanday qo‘ng‘iroq qilmay, kvartiraga bostirib kirishdi, ammo u yerda nainki uy sohiblarini uchratishdi, balki (bunisi endi aql bovar qilmaydigan hol edi) baron Maygelning arvohi ham qolmaganiga shohid bo‘lishdi.
Shunday qilib, yuqorida aytganimizdek, vaziyat shanba kunning sahariga dovur hech o‘zgarishsiz qolaverdi. Bu paytga kelib, yangi va juda qiziqarli ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Moskva aerodromiga Qrimdan uchib kelgan olti o‘rinli passajir samolyoti qo‘ndi. Boshqa yo‘lovchilar qatori undan juda antiqa yo‘lovchi ham tushdi. Bu uch-to‘rt kundan beri yuziga suv tegmagan, soqol-mo‘ylovi o‘sib tikanak bo‘lgan, yallig‘langan ko‘zlari olazarak boquvchi, qo‘lida hech qanday yuki yo‘q va nihoyatda alomat kiyingan yigit edi. U boshiga papoq, egniga tungi ko‘ylagi ustidan charm chakmon, oyog‘iga ko‘k rangli, endigina sotib olingan yap-yangi shippak kiygan edi. Samolyot zinasidan tushib ikki qadam yurar-yurmas uni kutib olishdi va yana bir oz vaqtdan so‘ng Varetening butun Moskvaga dovrug‘i ketgan direktori Stepan Bogdanovich Lixodeev tergov ahliga ro‘para bo‘ldi. U ham yangi ma’lumotlar berdi. Ana endi Volandning Styopa Lixodeevni gipnoz qilib qo‘yib, Varetega artist qiyofasida kirib borgani, keyin uni jodu yo‘li bilan Moskvadan bir necha ming kilometrga uloqtirgani ma’lum bo‘ldi. Dalillar shu tarz-da tog‘-tog‘ bo‘lib uyulib ketayotgan bo‘lsa ham, bundan ish yengillashmadi, balki, hatto, bir oz og‘irlashdi desa hambo‘ladi, chunki Stepan Bogdanovichning boshiga ne savdolarni solgan o‘sha nayrangboz shaxsni qo‘lga ilintirish juda mushkul ekanligi yaqqol ko‘rinib turardi. Bu o‘rtada Lixodeev, o‘z iltimosiga ko‘ra, mustahkam kameraga qamab qo‘yildi. Bu asnoda deyarli ikki kecha-kunduz dom-daraksiz ketib, yana o‘z kvartirasida paydo bo‘lgan va o‘sha yerda hibsga olingan Varenuxa tergovchilar oldida guvohlik bera boshladi.
Garchi u Azazelloga, boshqa yolg‘on so‘zlamayman, deb so‘z bergan bo‘lsa ham, tergovda gapni yolg‘ondan boshladi. Lekin buning uchun uni judayam ayblamaslik ke-rak. Chunki Azazello telefonda yolg‘iz so‘zlash, qo‘rslik qilishni man qilgan edi unga, hozir esa, ma’mur o‘sha apparat yordamisiz gapirayotgan edi. Ivan Savelevich tergov qilayotganlardan ko‘zini olib qochishga urinib hikoya qila boshladi:
— Payshanba kuni kunduzi Varetedagi kabinetimda yolg‘iz o‘zim to mast bo‘lib qolgunimcha ichdim. Keyin ketdim, qayoqqa — eslolmayman, allaqaerda to‘xtab, yana starka ichdim, ammo qaerda — eslolmayman, qaysiyam bir devor tagida uchib qoldim, lekin qaysi devor ekanliginiyam eslolmayman…
Varenuxa o‘zining bema’ni va betuturiq raftori bilan muhim ish yuzasidan tergov olib borishga xalaqit berayotganini va bu qilmishi uchun albatta javobgarlikka tortilajagini aytishgandan keyin, u ho‘ngrab yig‘lab yubordi va hammayoqqa olazarak bo‘lib qarab, titroq ovoz bilan pichirlagancha, yolg‘on gapirganiga, chunki Voland to‘dasining qasos olishidan qo‘rqib shunday qilganiga iqror bo‘ldi va o‘zini zirhlangan kameraga qamashlarini yolvorib iltijo qila boshladi.
— Obbo! Bunisigayam zirhlangan kamera zarur bo‘lib qopti, — deb to‘ng‘illadi tergovchilardap biri.
— Anavi yaramaslar qattiq qo‘rqitib qo‘ygan bularni, — dedi Ivanushkaning oldida bo‘lib qaytgan tergovchi.
Varenuxaga qo‘ldan kelgancha tasalli berishib, sizni kamerasiz ham himoya qilamiz, deb va’da qilishdi, shundan keyin uning hech qanday devor tagida starka ichmagani, aksincha, so‘yloq tishli malla odam bilan baq-baqaloq bir nusxa uni do‘pposlagani ma’lum bo‘ldi.
— O‘sha baqaloq mushukka o‘xsharmidi?
— Ha, ha, ha, — deb pichirlardi ma’mur qo‘rquvdan shamdek qotib va zum o‘tmay atrofiga olazarak bo‘lib qarab, so‘ng u qariyb ikki kun 50-kvartirada qonxo‘r poyloqchi sifatida kun kechirgani va sal bo‘lmasa moliya direktori Rimskiyning umriga zomin bo‘layozgani haqida batafsil so‘zlab berdi…
Shu payt Leningrad poezdidan tushgan Rimskiyni olib kirishdi. Biroq avvalgi moliya direktoriga butkul o‘xshamay qolgan, qo‘rquvdan dag‘-dag‘ titrayotgan, ruhiy kasalga mubtalo bo‘lgan, sochlari oqarib ketgan bu chol oyoq tirab turib olib haqiqatni gapirishdan butkul bosh tortdi. U o‘z kabinetining derazasida tunda hech qanday yalang‘och Gellani ham, shuningdek, Varenuxani ham ko‘rmagani, balki ko‘ngli behuzur bo‘lib, hushi og‘ib, bilmay Leningradga ketib qolgani haqida gapira boshladi. Qizig‘i shundaki, betob Rimskiy guvohlik berib bo‘lib, yana uni zirhlangan kameraga qamashlarini iltimos qila boshladi.
Annushka esa Arbatdagi univermag kassiriga o‘n dollarlik qog‘oz pul tutqizmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Uning Sadovaya ko‘chasidagi uyning derazasidan uchib chiqib ketgan odamlar va taqacha haqidagi (Annushkaning aytishicha, u taqani militsiyaga eltib berish uchun yerdan ko‘targan ekan) gaplarini diqqat bilan eshitishdi.
— Taqacha chinakam oltindanmidi, gavhar toshlari ham bormidi? — deb so‘rashdi Annushkadan.
— Voy, gavharning qanaqaligini bilmay o‘libmanmi, — deb javob qildi Annushka.
— O‘sha odam sizga bergan pul chervon pulmidi?
— Voy, chervonning qanaqaligini bilmay o‘libmanmi, — dedi Annushka.
— Xo‘sh, u pullar qachon dollarga aylanib qoldi bo‘lmasam?
— Hech nima bilmayman, qanaqa dollarni gapiryapsiz, men hech qanaqa dollar-pollarni ko‘rganim yo‘q, — derdi Annushka chiyillab, — biz o‘z huquqimizni bilamiz! Bizga mukofot berishgan ekan, demak unga chit sotib olamiz… — shundan keyin u, beshinchi qavatni jinu alvastilar makoniga aylantirib, hammaning tinchini buzgan uy boshqarmasining qing‘ir ishlari uchun javob beradigan ahmoq yo‘q, deb shunaqangi poyintar-soyintar gaplarni javrab ketdiki…
Annushka hammani joniga tekkan edi, tergovchi qo‘l siltab uning ovozini o‘chirdi va yashil qog‘ozga ruxsatnoma yozib berib, hammaning ko‘nglidagi ishni qildi. Annushka binodan chiqib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Shundan keyin juda ko‘p odamlar birin-ketin tergovdan o‘ta boshladilar. Bular orasida Nikolay Ivanovich ham bo‘lib, u rashkchi xotinining tentakligi tufayligina (xotini militsiyaga erining ertalabga yaqin g‘oyib bo‘lganini xabar qilgan edi) hibsga olingan edi. Nikolay Ivanovich o‘zining shayton huzurida bazmda bo‘lgani haqida o‘ta tuturiqsiz guvohnomani ko‘rsatdi, lekin bu bilan tergov ahlini unchalik ajablantirmadi. U Margarita Nikolaevnaning uy xodimasini o‘z ustiga mindirib allaqaysi go‘rga cho‘milishga olib borgani va undan sal oldin Margarita Nikolaevnaning qip-yalang‘och holda derazada o‘tirgani haqida so‘zlab berdi-yu, qolgan gaplarni sir saqlab qoldi. Masalan: u Margarita Nikolaevnaning yotoqxonasiga ko‘ylak ko‘tarib kirgani va Natashani Venera deb ataganini so‘zlab berishni lozim ko‘rmadi. Uning hikoya qilishicha, Natasha derazadan uchib chiqqanu uni minib olib, Moskva tashqarisiga parvoz etgan edi.
— Kamina bu zo‘ravonlikka bo‘ysunishga majbur bo‘ldim, — deb hikoya qildi u va o‘z uydirmalarini bunday yakunladi: — O‘tinaman, shu aytgan gaplarimni zinhor-bazinhor xotinim bila ko‘rmasin.
Unga va’da berishdi.
Nikolay Ivanovich bergan guvohlikdan Margarita Nikolaevnaning, shuningdek uning uy xodimasi Natashaning nom-nishonsiz g‘oyib bo‘lishgani aniqlandi. Ularni qidirib topish choralari ko‘rila boshladi.
Shanba shuni ertalab guvohlarni tergov qilish bir zum ham to‘xtamadi. Bu payt shaharda mutlaqo kurakda turmaydigan mish-mishlar paydo bo‘lib, yashin tezligida chor yoqqa tarqala boshladi. Tariqdakkina haqiqat tuyaday uydirmaga aylandi. Aytishlaricha, Varete teatrida berilgan sehrgarlik seansidan keyin ikki mingta tomoshabinning hammasi ko‘chaga onadanqanday tug‘ilgan bo‘lsa, shunday holda otilib chiqqanmish, Sadovaya ko‘chasida qalbaki pul yasaydigan bosmaxona topilganmish, allaqanday o‘g‘rilar to‘dasi maishatxonadan birvarakayiga beshta mudirni o‘g‘irlab ketganmish-u, lekin militsiya o‘sha zahoti ularni topganmish, hokazo va hokazo.
Vaqt tushlikka yaqinlashib qolgan edi, shu payt tergov olib borilayotgan xonada telefon jiringladi. Sadovaya ko‘chasidan qo‘ng‘iroq qilishib, kasofat kvartirada yana jonlanish ro‘y berganini xabar qilishdi. Aytishlaricha, kvartiraning derazalari ichkaridan ochilipti, u yerdan pianino ovozi va qo‘shiq eshitilipti, derazada o‘zini oftobga solib, yastanib yotgan qora mushukni ko‘rishipti.
Kunning avji qizigan payti— soat to‘rtlarda bir guruh grajdancha kiyingan erkaklar Sadovaya ko‘chasidagi 302-bis uyga yetmasdan ancha nariroqda uchta mashinadan tushishdi. Keyin ular ikkita kichik to‘daga bo‘linishdi-da, birinchi to‘da bostirma ostidan hovliga kirib, to‘g‘ri oltinchi yo‘lak sari yo‘l oldi, ikkinchisi esa orqa yo‘lga olib kiradigan doimo mixlog‘liq kichkinagina eshikni ochdi, shunda ikkala to‘da boshqa-boshqa zinadan 50-kvartiraga baravar ko‘tarila boshladi.
Bu payt Korovyov bilan Azazello kvartiraning yemakxonasida nonushta qilib o‘girishar, Voland, o‘z odati bo‘yicha yotoqxonada edi, mushukning qaerdaligi ma’lum emas edi. Lekin oshxonadan kelayotgan idish-tovoqlarning taraq-turuqidan, Begemot o‘sha yerda yana biron jinnilik qilayotgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylash mumkin edi.
— Zinadan oyoq tovushlari eshitilyaptimi? — deb so‘radi Korovyov chashkasidagi qahvani qoshig‘i bilan kavlab o‘tirarkan.
— E, bizni qamoqqa olgani kelishyapti, — deb javob qildi Azazello va qadahchadagi konyakni ichib yubordi.
— Qani, qani, ko‘raylik-chi, — dedi Korovyov bunga javoban.
Bu mahal pod’ezd eshigidan kirganlar zinadan uchinchi qavat maydonchasiga chiqib kelgan edilar. Bu yerda ikki nafar vodoprovodchi isitish quvuri oldida g‘ivirsirdi. Zinadan chiqib kelganlar vodoprovodchilar bilan ma’nodor ko‘z urishtirib olishdi.
— Hammalari uyda, — deb pichirladi vodoprovodchilardan biri bolg‘achasi bilan quvurga urib-urib qo‘yarkan.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 28
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.