Usta va Margarita - 03

Total number of words is 4193
Total number of unique words is 1964
35.7 of words are in the 2000 most common words
54.2 of words are in the 5000 most common words
62.5 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Chamasi, hamma ayb chakkasiga quyilib, qattiq-qattiq tepa boshlagan qonda edi, ammo prokuraturning ko‘zlariga bir nima bo‘ldi. Mahbusning boshi allaqayoqlarga uchib ketib, o‘rnida boshqa kalla paydo bo‘lganday ko‘rindi uning ko‘ziga. Bu kal bosh bo‘lib, unga kungurasi siyrak oltin toj qo‘ndirilgan edi; uning manglay terisini o‘yib yuborgan doira shaklidagi yaraga malham surilgan;bitta ham tishi qolmagan og‘zi o‘pirilib, pastki labi injiqlik qilayotganday osilib qolgan edi. Shu mahal ravondagi pushtirang ustunlar va qasr poyidagi bog‘ning nariyog‘idan boshlab, olis-olislarga cho‘zilib ketgan Yershalaim tomlari Pilatning ko‘zidan g‘oyib bo‘lib, atrofdagi hamma narsalar Kapreya bog‘larining yam-yashil daraxtlari bilan burkanganday bo‘lib tuyuldi. Uning qulog‘iga ham juda g‘alati narsalar eshitila boshladi — go‘yo kimdir juda olisda turib ohista, ammo tahdidona tarzda karnay chalganday bo‘ldi, kimningdir har bir so‘zni cho‘zib-cho‘zib takabburona ohangda dimog‘ bilan: «Ulug‘ zotlarni tahqirlash haqida qonun», degan gapi juda aniq eshitildi.
Pilatning xayolidan kalta-kulta, poyintar-soyintar va g‘ayrioddiy fikrlar lip-lip o‘ta boshladi: «Halok bo‘ldi!», keyin: «Halok bo‘lishdi!..» Undan so‘ng shu ayqash-uyqash fikrlar orasida qandaydir — va kimningdir?! — muqarrar boqiyligi haqida mutlaqo bema’ni fikr ham vujudga keldiki, bu boqiylik negadir uning yuragini ziq qilib yubordi.
Pilat nihoyat o‘zini qo‘lga olib xayolotni daf qildi, o‘zini yana ravonda ko‘rdi, yana uning qarshisida mahbusning ko‘zlari chaqnab turardi.
— Quloq sol, Ha-Notsri, — deb gap boshladi prokurator Ieshuaga juda g‘alati tarzda tikilib: uning chehrasi mudhish, ammo ko‘zlari hayajonda edi, — sen buyuk qaysarimiz haqida biron yerda biron nima deganmiding? Javob ber! Gapirganmiding?.. Yoki… gapirganing… yo‘q… mi? — Pilat «yo‘q» so‘zini sud paytida beriladigan savoldagi «yo‘q» qa nisbatan bir qadar cho‘zibroq talaffuz qildi va mahbusga uqtirmoqchi bo‘lgan fikrini ko‘z qarashi bilan izohladi.
— Haq gapni gapirish ham oson, ham maroqli, — dedi mahbus.
— Men sendan, — deya gapira boshladi Pilat — ovuq va hirqiroq ovoz bilan, — haq gapni gapirish maroqlimi, maroqsizmi, deb so‘rayotganim yo‘q.Yukorida baribir u gapni gapirishingga to‘g‘ri keladi. Agar sen o‘lishni, o‘lganda ham qiynalib o‘lishni xohlamasang, gapiradigan harbir so‘zingni avval puxta o‘ylab, so‘ng gapir.
Iudeya prokuratoriga nima bo‘lganini hech kim aytolmaydi, ammo u yuzini oftob shu’lasidan pana qilmoqchi bo‘lganday, qo‘lini ko‘tardi va shu qo‘li panasida mahbusga ko‘zi bilan bir nimalarni imo qildi.
— Xo‘tya, qani, — dedi u, — javob ber, son kiriaflik Iuda degan odamni taniysanmi, unga qaysarimiz haqida gapirganmiding, gapirgan bo‘lsang, nimalar degan eding?
— Voqea bunday bo‘lgan edi, — bajonidil hikoya qila boshladi mahbus, — o‘tgan kuni kechqurun men ibodatxona oldida bir yigit bilan tanishib qoldim, u o‘zini Kiriaf shahridanman, ismim Iuda, deb tanitdi. Keyin u meni Quyi Shahardagi uyiga boshlab borib, mehmon qildi…
— Saxovatli odammi u ham? — deb so‘radi Pilat, shu zahoti uning ko‘zlarida iblisona o‘t chaqnab ketdi.
— G‘oyatda saxovatli va sinchkov odam ekap, — deya ta’kidladi mahbus. — U mening mulohazalarimni nihoyatda zo‘r qiziqish bilan tingladi, bag‘oyat samimiyat bilan qutladi…
— Shamchiroqlar yoqdi… — dedi Pilat gijir tishlari orasidan mahbusning gapi ohangida, uning ko‘zlari milt-milt yopdi.
— Ha, — dedi Ieshua prokuratorniig voqifligidan bir oz taajjub qolib, so‘ng gapida davom etdi, — u mendan davlat hokimiyati haqida fikr aytishimni so‘radi. Bu masala uni nihoyatda qiziqtirar ekan.
— Xo‘sh, sen nima deding? — so‘radi Pilat, — Yo nima deganim yodimdan ko‘tarildi, deb bahona qilasanmi? — Pilatning gapi ohangida endi ishonchsizlik paydo bo‘lgan edi.
— Ko‘p gaplar qatori, — deb bayon qila boshladi mahbus, — har qanday hokimiyat ham odamlarga zulm o‘tkazishi to‘g‘risida, vaqti kelib na qaysarlar hokimiyati, na o‘zgacha hokimiyatlar qolajagi haqida gapirdim. Odamzod haqiqat va adolat saltanatida yashay boshlaydiki, unday saltanatning hech qanday hokimiyatga ehtiyoji qolmaydi.
— Keyin-chi?
— Keyin hech nima bo‘lmadi, — dedi mahbus. — Bu payt bir nechta odam uyga otilib kirdi-yu, qo‘llarimni orqamga bog‘lab, qamoqqa olib ketdi.
Kotib bironta ham so‘zni faromush qilmaslikka urinib, pergamentga shitirlatib yozardi.
Shu payt Pilat xirillgancha, xasta ovoz bilan dedi:
— Tiveriya imperatori hokimiyatidan buyukroq va xalq uchun xushko‘ngilroq hokimiyat dunyoda bo‘lmagan, yo‘q va bundan keyin ham hech qachon bo‘lmaydi!
Prokurator kotibga ham, soqchilarga ham, negadir, nafrat bilan qaradi.
— Hokimiyat haqida mulohaza yuritishni senga kim qo‘ydi, telba jinoyatchi! — dedi Pilat va baqirib bordi: — Soqchilar balkondan olib ketilsin! — so‘ng kotibga o‘girilib, ilova qildi: — Meni jinoyatchi bilan xoli qoldiring, davlat ahamiyatiga molik ish ko‘rinadi.
Soqchilar nayzalarini ko‘tarishdi va nag‘al qoqilgan choriqlarini bir me’yorda do‘qillatishib balkondan boqqa chiqishdi, ular orqasidan kotib ham chiqib ketdi.
Ravonga ingan sukunatni bir oz fursat faqat favvoradan otilayotgan suvning shildirashi buzib turdi. Pilat favvorachadan otilib chiqayotgan suvning xamirday oshib tosh kosani to‘ldirishini va uning chetlaridan jildirab tushishini kuzatib o‘tirardi.
Birinchi bo‘lib mahbus gapirdi:
— Ko‘nglim sezyapti, o‘sha kiriaflik yigitcha bilan suhbat qurganim oqibatida qandaydir falokat sodir bo‘lganga o‘xshaydi. Nazarimda, igemon, u yigit baxtsizlikka uchraydiganga o‘xshaydi, mening unga rahmim kelyapti.
— Dunyoda, — deb javob qildi igemon g‘alati tirjayib, — ahvoli kiriaflik Iudanikidan ham ayanchliroq ba’zi odamlar bor. Sen Iudadan ham ko‘ra kuproq o‘shalarga achinishing kerak! Xullas, toshbag‘ir, uchpga chiqqan jallod Mark Kalamushkush ham, va’zxonlik qilganing uchun, ana ko‘rib turibman, — prokurator Ieshuaning abjag‘i chiqib ketgan basharasiga ishora qildi, — seni bezab tashlashgan odamlar xam, sheriklari bilan birgalikda to‘rtta soddatni uldirgan qaroqchilar: Dismas bilan Gestas va nihoyat, maraz xiyonatkor Iuda ham — shular hammasi saxovatli odamlarmi seningcha?
— Ha, — javob qildi mahbus.
— Haqqoniyat saltanati ham tiklanadimi? Tiklanadi, igemon, — qat’iy ishonch bilan javob qildi Ieshua.
Yo‘q, hech qachon tiklanmaydi! — deb Pilat tusatdan dahshatli ovoz bilan qichqirib yuborgan edi, Ieshua cho‘chib ketib, orqasiga tisarildi. Bundap ko‘p yillar burun Hurlar Vodiysida Pilat o‘z suvoriylarga: «Yanch ularni! Chop g‘animlarni! Buyuk Kalamushkushni tutib olishdi!» — deb shunday baqirgan edi. Hozir ham u ko‘p komanda berish oqibatida hirqiroq bo‘lib qolgan ovozini odamlar eshitsin uchun har bir so‘zni dona-dona qilib yana balandroq qichqirdi: — Jinoyat qilgansan! Jinoyatchisan! Jinoyatchisan! Shundan keyin u past ovoz bilan so‘radi:
— Ieshua Ha-Notsri, sen biron-bir xudoga ishonasanmi?
— Xudo bitta, — javob qildi Ieshua, — men unga ishonaman.
— Unga munojot qil bo‘lmasa! Astoydil munojot qil! Ammo baribir, — birdan Pilatning ovozi so‘ndi, — bundan naf chiqmaydi. Xotining yo‘qmi? — negadir ma’yus ohangda so‘radi Pilat; bunday kayfiyatga tushganidan o‘zi ham hayron edi.
— Yo‘q, so‘qqaboshman.
— Yaramas shahar, — dedi prokurator to‘satdan va xuddi sovuq qotgandek yelkalarini uchirib qo‘ydi, qo‘llarini esa xuddi yuvinayotgandek, bir-biriga ishqadi, — seni o‘sha kiriaflik Iuda bilan suhbat qurmasingdan oldin bo‘g‘izlab ketishganidami, oriy rost, yaxshiroq bo‘lardi.
— Sen meni qo‘yib yuborsang bo‘lardi, igemon, — deb kutilmaganda iltijo qildi mahbus, uning ovozida hayajon paydo bo‘lgan edi, — ko‘nglim sezyapti, meni qatl etishmoqchiga o‘xshaydi.
Pilatning yuzi asabiy burishib ketdi, u yallig‘langan ko‘zini Ieshuaga qaratdi. Ko‘zining oqi taram-taram qizil tomirchalar bilan qoplangan edi.
— O, badbaxt, — dedi u, — nahotki Rim prokuratori, og‘zingdan qanday gaplar chiqqanini bila turib, seni qo‘yib yuboradi deb o‘ylasang? O xudolar! Yoki sening o‘rningda bo‘lishni orzu qilyapti deb o‘ylayapsanmi meni? Fikrlaringga men qo‘shilmayman! Endi gapimni qulog‘ingga quyib ol: agar shu daqiqadan boshlab churq etib og‘iz ochgudek, bironta odamga luqma tashlagudek bo‘lsang, mendan o‘pkalama! Takror aytaman: mendan ehtiyot bo‘l.
— Igemon…
— Jim bo‘l! — deb chinqirdi Pilat va bu payt yana ravonga uchib kirgan qaldirg‘ochni darg‘azab ko‘zlari bilan kuzata boshladi. — Xoy, buyoqqa! — deb baqirdi u.
Kotib va soqchilar kirib, o‘z joylarini egallashdi, shunda Pilat, Kichik Sinedrion majlisida jinoyatchi Ieshua Ha-Notsri ustidan chiqarilgan o‘lim ja-zosini tasdiqlaganini e’lon qildi, kotib esa Pilatning aytganlarini darhol qayd qildi.
Yana bir daqiqadan keyin prokuratorning qoshida Mark Kalamushkush turardi. Pilat unga shunday buyruq berdi:
— Bu jinoyatchini maxfiy xizmat boshlig‘iga topshirasan, ayni paytda unga, Ieshua Ha-Notsrini o‘zga jinoyatchilardan ajratilgan holda saqlash haqida, shuningdek, Ieshua bilan biron narsa to‘g‘risida gaplashgan yoxud uning biron-bir savoliga javob bergan har bitta maxfiy xizmat xodimi engog‘ir jazoga mustahiq etilajagi haqidagi farmoyishimni ham yetkazasan.
Markning bir ishorasi bilan soqchilar Ieshua atrofini o‘radilaru uni ravondan olib chiqib ketdilar.
Keyin prokuratorning qarshisida qaddi-qomati kelishgan, oq-sariq soqolli xushro‘y yigit namoyon bo‘ldi; uning ko‘ksini to‘sgan sovutda sherlarning yaltiroq tumshuqlari aks ettirilgan, dubulg‘asiga toj sifatida burgut pati o‘rnatilgan, shamshirining kamarbandiga oltin to‘qalar qadalgan, tagcharmi uch qavat bo‘lgan poyabzalining iplari to tizzasigacha butun boldirini chandib bog‘langan, qnrmizirang ridosi chap yelkasiga tashlangan edi. Bu — legion sarkardasi edi. Prokurator undan, Sobastiya kogortasi hozir qaerda turipti, deb so‘radi. Sarkarda, sebastiyaliklarning hozir Hippodrom oldidagi maydonni qurshab turgani, u yerda jinoyatchilar ustidan chiqarilgan hukm xalqqa elon qilinajagi haqida xabar qildi.
Shunda prokurator sarkardaga Rim kohortasidan ikki kenturiya ajratishni buyurdi. Bu kenturiyalardan biri Kalamushkush boshchiligida jinoyatchilarni, qatl etish ashyolari ortilgan aravalarni va jallodlarni Taqir Tepaga kuzatib borishi, so‘ng ular yetib borgan zahoti yuqori qismini qurshab olishi lozim edi. Ikkinchi kenturiya esa hoziroq Taqir Tepaga jo‘nab ketib, darhol uning atrofini ihota qilib olishi zarur edi. Prokurator Pilat shu maqsadni ko‘zlab, ya’ni Tepani muhofaza kilish uchun, sarkardadan ko‘makchi otliq polk qo‘shinini yuborishni iltimos qildi.
Sarkarda chiqib ketgach, prokurator kotibga yuzlanib, Sinedrion prezidenti hamda uning ikki a’zosini, shuningdek, Yershalaim ibodatxonalari soqchilarining sardorini qasrga taklif etishni buyurdi, lekin shu buyrug‘i ketidan yana ilova qildi:
— Shunday qilginki, taklif etilgan shu odamlar bilan kengashga o‘tkazishdan oldin, men prezident bilan xoli uchrashib olay.
Prokuratorning amri tez va aniq bajarildi. Keyingi kunlarda Yershalaimni benihoya shafqatsizlik bilan qizdirayotgan quyosh hali qiyomga yetmasdan bog‘ning yuqori peshayvonida, uning zinasida qo‘riqlab turgan bir juft oppoq marmar sher oldida prokurator Sinedrion prezidenti vazifasini o‘tayotgan Iudeyaning buzruk hazrati Iosif Kaifa bilan uchrashdi.
Bog‘da sokinlik hukm surardi. Lekin prokurator ustunlar orasidan o‘tib, poyalari haybatli fil oyoqlarini eslatuvchi palma daraxtlari o‘sib turgan bog‘ning oftob nuriga g‘arq bo‘lgan ustki sahiiga chiqqan edi, ko‘z oldiga u yomon ko‘rgan Yershalaim shahri o‘zining osma ko‘priklari, qal’alari va — eng muhimi — butun tomi ajdarning tangasimon terisini eslatuvchi, marmar toshlar va oltindan bino bo‘lgan, mahobati hech bir ta’rifga sig‘maydigan ulkan ibodatxonasi bilan ko‘z oldida namoyon bo‘ldi va prokuratorning ding quloqlariga juda olisdan — qal’aning tosh devori qasr bog‘ining quyi peshayvonini shahar maydonidan ajratib turgan pastlikdan odamlarning vaqti-vaqti bilan goh faryodga, goh na’raga o‘xshab ketuvchi zaifgina g‘ovuri chalindi.
Prokurator u tomonda— maydonda so‘nggi kunlarda Yershalaimda yuz bergan tartibsizliklardan juibushga kelgan behisob olomon to‘nlanganligini, bu olomon jinoyatchilar ustidan hukm chiqarilishini betoqatlik bilan kutayotganini, qichqirayotganlar esa jonsarak meshkobchilar ekanligini tushundi.
Prokurator jazirama oftob tig‘idan o‘zini panaga olish uchun, birinchi navbatda, hazrati buzrukni ravonga taklif qildi, lekin Kaifa lutfan uzr so‘rab, taklifni qabul qilolmasligini izohladi. Shunda Pilat sochi siyraklasha boshlagan boshiga ridosining qaytarma qalpog‘ini kiyib suhbatni boshladi. Suhbat yunon tilida bordi.
Pilat Ieshua Ha-Notsrining ishini ko‘rib chiqqanini va o‘lim jazosini tasdiqlaganini aytdi.
Shunday qilib, bugun amalga oshiriladigan o‘lim jazosiga uchta qaroqchi: Dismas, Gestas, Varravianlar, ular bilan birga Ieshua Xa-Notsri ham mahkum etilgan edi. Xalqni yo‘ldan ozdirib, qaysarga qarshi isyon qilgan birinchi ikki jinoyatchi prokuratorning izmida edi, binobarin, ular xaqida bu yerda hech qanday gap bo‘lishi mumkin emas. Varraivan bilan Xa-Notsri esa. mahalliy ma’murlar tomonidan qo‘lga olingan bo‘lib, ular ustidan Sinedrion hukm chiqargan edi. Qonun va taomilga ko‘ra shu ikki jinoyatchidan birini bugun kirib kelayotgan buyuk pasxa bayrami sharafiga ozod qilish lozim bo‘ladi.
Xullas, prokurator, shu ikki jinoyatchidan qay biriii Sinedrion ozod qilmoqchi bo‘lganini bilishni istaydi: Varravvannimi yoki Xa-Notsrini-mi? Kaifa, savol tushunarli, degan ma’noda bosh silkidi va javob berdi:
— Sinedrion Var-ravvanni bo‘shatishni so‘raydi. Xazrati buzrukning aynan shunday javob qilishini prokurator yaxshi bilardi, ammo uning vazifasi, o‘zini bunday javobdan taajjublangandek qilib ko‘rsatish edi.
Pilat bu vazifani zo‘r mahorat bilan ijro etdi. Bu mutakabbir zot qoshlarini chimirdi va hazrati buzruknipg ko‘zlariga hayrat bilan tik qaradi.
— Ochig‘i, bu javob meni tong qoldirdi, — dedi u muloyim ohangda, — anglashilmovchilik sodir bulmadimikin deb qo‘rqaman.
Pilat o‘z fikrini tushuntirdi. To‘g‘ri, Rim xukumati mahalliy diniy ma’muriyat huquqini aslo kamsitmoqchi emas, buni hazrati buzrukning o‘zi xam yaxshi biladi, illo mazkur vaziyatda xatoga yo‘l quyilgani aniq. Turgan gapki, bu xatoni tuzatishdan Rim hukumati manfaatdor.
Darhaqiqat, Var-ravvan bilai Xa-Notsriniit jinoyatlari o‘rtasidagi tafovut katta edi. Telbaligi yaqqol ko‘rinib turgan ikkinchi jinoyatchi o‘zining betuturiq gaplari bilan Yershalaimda va boshqa ayrim joylarda odamlarning tinchini buzganlikda ayblansa, birinchi jinoyatchining aybi benihoya og‘ir edi. U xalqni ochiqdan-ochiq isyonga da’vat etish bilan cheklanib qolmay, yana uni hibsga olmoqchi bo‘lgan soqchilardan birini o‘ldirgan ham edi. Var-ravvan Ha-Notsriga nisbatan ko‘p marotaba xavfliroqdir.
Yuqorida zikr etilgan sabablarga ko‘ra prokurator hazrati buzrukdan Sinedrion qarorini qayta ko‘rib chiqishni va ikki mahbusdan beziyonrog‘ini ozod qilishni so‘raydiki, o‘shal beziyonroq jinoyatchi, shubhasiz, Ha-Notsridir. Shunday emasmi?
Kaifa Pilatning ko‘zlariga tik boqib turib, ohistagina, ammo qat’iyat bilan dedi:
— Sinedrion hukmnomani diqqat bilan o‘rganib chiqdi, shunga ko‘ra Var-ravvanni ozod qilishga ahd qilganini ikkinchi marta xabar qiladi.
— Nahotki? Hatto mening iltimosimdan keyin ham-a? Rim hokimiyati nomidan gapiruvchi shaxsning iltimosi ham vojib bo‘lmaydimi? Hazrati buzruk, uchinchi marta takrorla javobingni?
— Uchinchi marta ham, Var-ravvanni ozod qilamiz, deb ma’lum qilamiz, — dedi ohista Kaifa.
Masala hal bo‘lgan, gapiriladigan boshqa gap qolmagan edi. Ha-Notsri endi dorilbaqoga ketayotgan edi, demak, prokuratorning mudhish va alamli bosh og‘rig‘isini endi hech kim davolay olmasdi; bu dardga o‘limdan boshqa davo yo‘q. Ammo hozir Pilatni hayratga solayotgan narsa bu fikr emas edi. Boya rovonda sodir bo‘lgan o‘sha mubham diqqinafaslik tuyg‘usi uning butun vujudini hamon iztirobga solardi. Shu zahotiyoq u o‘zining bu ahvolini izohlashga urinib ko‘rdi, lekin izoh juda alomat bo‘lib chikdi: prokurator o‘limga mahkum etilgan Ha-Notsri bilan hali nimanidir gaplashib ulgurmagandek, hattoki uning qaysiyam bir fikrini oxirigacha eshita olmagandek his qildi o‘zini.
Pilat bu fikrni xayolidan faromush qildi, u qanday tez paydo bo‘lgan bo‘lsa, shunday tez g‘oyib bo‘ldi. Fikrku g‘oyib bo‘ldi, ammo diqqinafaslik hamon mubhamligicha qoldi, zero chaqmoqdek bir chaqnab shu zumda o‘chgan: «Boqiylik… boqiylik boshlandi…» degan boshqa bir qisqagina fikr ushbu holni izohlay olmas edi. Kimning boqiyligi boshlandi?Buni prokurator tushunolmadi, ammo mavhum boqiylik haqidagi mana shu fikr shu jazirama oftob tig‘ida ham uni jun-juktirib yubordi.
— Yaxshi, — dedi Pilat, — shunday bo‘la qolsin.
Endi u atrof-muhitga ko‘z tashlab, yuz bergan o‘zgarishdan taajjubda qoldi. G‘unchalari g‘arq ochilgan atirgul butasi va yuqori peshayvon atrofida qator tizilib turgan sarv daraxtlari g‘oyib bo‘lgan edi, anor daraxti ham, yam-yashil maysazordagi oq haykal ham, maysazorning o‘zi ham ko‘zdan yo‘qolgan edi. Bu manzaralar o‘rnini qandaydir qirmizi quyqa qoplab, bu quyqada suv o‘tlari mavjlanib, qayoqlargadir siljiy boshlagan, Pilatning o‘zi ham shu o‘tlar bilan birga keta boshlagan edi. Endi eng mudhish alam — ojizlik alami uni o‘t bo‘lib yondirib, qalbini iskanjaga olib, yeldek uchirib borardi.
— Siqilib ketyapman, — dedi Pilat, — siqilib ketyapman!
U sovuq va nam qo‘li bilan ridosi yoqasidagi to‘qani yechib yuborgan edi, rido sirg‘alib qumloq yo‘lkaga tushdi. — Bugun havo dim, qaerdadir momaqaldiroq bo‘lyapti, — dedi Kaifa prokuratorning qon quyulgan yuzidan ko‘zini uzmay va uning hali yana yuz berajak barcha iztiroblarini ko‘z oldiga keltirib. «O, bu yil iyun oyi g‘oyat mudhish keldi!»
— Yo‘q, — dedi Pilat, — havoning dimligidan emas, sen bilan, Kaifa, turganimdan siqilib ketdim, — so‘ng u ko‘zlarini suzib jilmaydida, ilova qildi: — O‘zingni ehtiyot qil, hazrati buzruk.
Kaifaning timqora ko‘zlari chaqnab ketdi, boya prokuratorning chehrasida qanday taajjub alomati nujudga kelgan bo‘lsa, endi Kaifaning ham yuzida shunday ajablanish paydo bo‘ldi.
— Nimalar deyapsan, prokurator? — mag‘rur va xotirjam ohangda dedi u, — hukm chiqarilgandan keyin tahdid qilyapsanmi menga? Axir uni o‘zing tasdiqlab berding-ku! Quloqlarimga ishonmayapman! Biz Rim prokuratorining avval puxta o‘ylab, so‘ng o‘z fikrini bayon qilishiga ko‘nikib qolganmiz. Ishqilib, suhbatimizni biron kimsa eshitmadimikin, igemon?
Pilat hazrati buzrukka o‘lik ko‘zlarini tikdi, tishining oqini ko‘rsatib, jilva qilganday bo‘ldi.
— Qo‘ysang-chi, hazrati buzruk! Shu topda, bu srda bizni gapimizni kim ham eshitardi? Nahot men bugun qatl etiladigan anavi sayoq devona yigitga o‘xshasam? Yo go‘dakmidim men, Kaifa? Men qaerda nima deyishimni bilaman. Bog‘ ihota qilin-gan, butun qasr qo‘riqlanmoqda, demak, hatto sichqon ham biron kavakdan kirolmaydi buyoqqa! Naiiki sichqon, hatto anavi, oti pima edi… Kiriaf shahridai chiqqan ham. Aytganday, sen uni taniysanmi, hazrati buzruk? Ha… agar bu yerga o‘shanaqa odam kirib qolgudek bo‘lsa, kirganiga xam ming pushaymon yegan bo‘lardi, bu gapimga endi ishonsang kerak albatta? Xullas, hazrati buzruk, qulog‘innga quyib ol, bugundan e’tiboran sen oromingni yo‘qotasan! Sen ham, qavmlaring ham, — Pilat shunday deb qo‘li bilan o‘ng tomonda, ancha olisdagi do‘nglikda qad ko‘targan ibodatxonaga ishora qildi. — Buni senga men — pontiylik Pilat,Oltin Nayza tutgan suvori aytyapmap.
— Bilaman, bilaman! — dadil javob qildi qorasoqol Kaifa va ko‘zlari chaqnab ketdi. U qo‘lini ko‘kka cho‘zib kalomini davom ettirdi: — Iudeya xalqi, undai vahshiyona adovat bilan nafratlanishingni, uni ko‘p og‘ir musibatlarga mubtalo qilishingni biladi, illo uni butkul mahv eta olmagaysan! Xudo o‘z panohiga olgay bu xalqni! Eshitgay, ha, qudratli qaysar zorimizni eshitgay va bizni qattol Pilatdan hifz qilgay!
— E, yo‘q! — dedi Pilat va endi gapirgan sari, tobora ko‘ngli yengil torta boshladi: endi mug‘ambirlik qilishning ham, ravon jumla tuzish uchun so‘z axta-rishning ham hojati qolmagan edi. — Sen qaysarga mening ustimdan ko‘p marta arz qilding, endi navbat menga keldi, Kaifa! Endi men noma yozib yuboraman, yuborgandayam Antioxiyadagi noibga ham, Rimga ham emas, to‘ppa-to‘g‘ri Kapreyaga — imperatorning o‘ziga yuboraman sizlarning bu yerda, Yershalaimda ashaddiy isyonchilarni o‘limdai qutqarib qolayotganlaringiz haqida. Ana unda Yershalaim ahlini, avvalgi ezgu niyatim bo‘yicha, senlarning nafingni ko‘zlab, Sulaymon ko‘lining obirahmati bilan siylamayman! Yo‘q, suv bilan emas! O‘zing eslab ko‘r, aynan senlarning kasringga, men devorga ilingan imperator nomi zarb qilishgan qalqonlarni qo‘lga olishgan va ko‘rib turibsanki, shaxsan o‘zim bu yergaqo‘shin surib kelishga majbur bo‘ldim, oqibag, Yershalaimda yuz berayotgan voqealarning shohidi bo‘lishimga to‘g‘ri keldi! Gaplarim yodingda bo‘lsin, hazrati buzruk. Hozir sen Yershalaimda ko‘rib turganing bir kohorta qo‘shin — daryodan tomchi! Hali bu shahar poyiga, butunicha Fulminat qo‘shini, arab suvoriylari kelishadi, ana unda quloqlaring achchiq nolayu faryodlar eshitadi! Ana unda sen jiioyatchi Var-ravvanni o‘limdan xalos etganing, ezgulik haqida va’z qilgan faylasufni esa nohaq o‘limga yo‘llaganing uchun ming pushaymon bo‘lasan!
Hazrati buzrukning yuzida xol-xol qizil dog‘lar iaydo bo‘ldi, ko‘zlari yona boshladi. U ham prokuratorga o‘xshab, tishining oqini ko‘rsatib tirjaydida, javob qaytardi:
— Shu aytgan gaplaringga, prokurator, o‘zing ishonasanmi? Yo‘q, ishonmaysan! Xalqni vasvasaga solgan o‘sha faylasuf Yershalaimga tinchlik olib kelmadi, bil’aks — tinchlikpi buzdi, buni o‘zing ham, o chavandoz, juda yaxshi bilasan. Sen uni, xalq orasida fitna tarqatsin, dinimizni tahqirlasin, butun xalqni Rim shamshiriga ro‘para qilsin, degan iiyatda ozod qilmoqchi bo‘lding! Vale men, Iudeyaning buzruk hazrati, tirik ekanman, dinimizni gahqirlashlariga yo‘l qo‘ymayman, xalqimni unday xavfdan muhofaza qilaman! Eshityapsanmi, Pilat? — Shunday deb Kaifa qo‘lini tahdidona ko‘tardi: — Ana, quloq sol, prokurator!
Kaifa jim qoldi, shunda prokuratorga yana dengiz guvillaganday, uning to‘lqinlari Bukj Irod bog‘ining devorlari poyiga kelib urilayotganday bo‘lib tuyuldi. Bu guvillash pastlikdan prokuratorning oyoqlariga, undan yuziga ko‘tarilayotganday o‘ldi. Pilatning orqa tomonida, qasr ortida esa hayajonli karnay sadolari, yuzlab oyoqlarning zalvorli gursillashi, temirlar jarangi eshitilardi. Piyoda askarlari prokuratorning buyrug‘iga binoan isyonchi va qaroqchilarni qatl etish oldidan bo‘ladigan dahshatli namoyishga shaylanib, qasrdan chiqa boshlagan edilar.
— Eshityapsanmi, prokurator? — deb hazrati buzruk past ovoz bilan takrorladi. — Nahotki bularning hammasini oyoqqa turg‘azgan, — Kaifa gapira turib ikki qo‘lini ko‘kka ko‘targan edi, qora qaytarma qalpog‘i boshidan tushib ketdi, qo‘rqinchli yo‘lto‘sar Var-ravvan deb o‘ylasang?
Prokurator kaftining orqasi bilan sovuq, terga cho‘mgan peshonasini artdi, yerga tikildi, keyin ko‘zlarini qisgancha osmonga qarab, lov-lov yonayotgan quyoshning deyarli qiyomga kelib qolganini, Kaifaning soyasi esa marmar sherning dumi oldi-da g‘ujanak bo‘lib qolganini ko‘rdi-yu, loqaydlik bilan ohista dedi:
— Choshgoh bo‘lib qolipti. Suhbatga berilib ketibmiz, holbuki ishni davom ettirmoq lozim.
U hazrati buzrukdan nazokat bilan uzr so‘radi va eng oxirgi, qisqa kengash uchun zarur bo‘lgan odamlarni chaqirtirib, qatlga taalluqli so‘nggi farmoyish bergunicha Kaifadan magnoliya daraxti soyasidagi kursida kutib o‘tirishni iltimos qildi.
Kaifa qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygancha, iltifot bilan ta’zim qilib, shu yerda — bog‘da qoldi, Pilat esa rovonga qaytdi va uni kutib turgan kotibga legion sarkardasini, kohorta tribunini, shuningdek, Sinedrionning ikki a’zosini va jome soqchilari sardorini chaqirishni amr etdi. Ular bog‘ning pastki peshayvonida, favvorali doira suhbatgohda prokuratorning taklifini kutib o‘tirishardi. Pilat kotibga: hozir orqangdan yetib boraman, deb o‘zi qasr ichkarisiga yo‘l oldi.
Kotib kengash ahlini yig‘ish bilan band bo‘lgan paytda prokurator qora darpardalar bilan oftobdan to‘silgan xonada qandaydir bir odam bilan uchrashdi; garchi xonaga quyosh shu’lasi tushmayotgan bo‘lsa ham, begona odamning yarim yuzi boshidagi qaytarma qalpoq bilan to‘silgan edi. Bu uchrashuv nihoyatda qisqa bo‘ldi. Prokurator bu odamga pichirlab bir-ikki og‘iz so‘z aytdi, shundan keyin u xonadan g‘oyib bo‘ldi, Pilat esa ustunlar orasidan o‘tib boqqa chikdi.
Bu yerda prokurator hamma taklif qilingan odamlar ishtirokida, Ieshua Ha-Notsri ustidan chiqarilgan o‘lim hukmini tasdiqlaganini tantanavor ohangda, ammo quruqqina qilib ta’kidladi va rasmiyatchilik yuzasidan, jinoyatchilardan qay birini o‘limdan asrab qolishni ma’qul ko‘rasizlar, deb savol berdi Sinedrion a’zolariga. «Var-ravvan-ni», degan javobni eshitib:
— Juda yaxshi, — dedi prokurator va kotibga darhol buni qayd qilib qo‘yishni buyurdi, so‘ng kotib yerdan olib bergan ridosining tasmasini g‘ijimlagancha tantanali ohangda dedi: — Vaqt bo‘ldi!
Shundan keyin, bu yerda hozir bo‘lganlarning hammasi ikki tomoniga odamning hushini olgudek o‘tkir hid taratuvchi atirgul butalari zich o‘tqazilgan keng marmar zinadan pastga — qasr darvozasi sari tusha boshladilar. Bu darvozadan sahni tep-tekis keng maydonga chiqilardi. Maydonning narigi boshidagi Yershalaim janggohiga o‘rnatilgan mahobatli ustunlar va marmar haykallar bu zinadan yaqqol ko‘rinib turardi.
Akobirlar guruhi maydonga chiqib, hammayoqdan ko‘zga birday yaqqol tashlanuvchi sahni keng tosh supaga ko‘tarildi. Pilat suzuk ko‘zlari bilan atrofga nazar tashlab chiqib, darhol vaziyatga tushundi. U hozirgina bosib o‘tgan masofa, ya’ni qasr darvozasidan to tosh supagacha bo‘lgan oraliq bo‘m-bo‘sh edi, lekin supaning old tomonidagi maydon sahni Pilatga ko‘rinmadi — uni olomon bosib ketgan edi. Agarda Pilatning chap tomonida Sebastiya askarlari uch qator bo‘lib, o‘ng tomonda itureyalik ko‘makchi kohorta navkarlari saf tortib, tosh supa bilan uning ortidagi bo‘sh masofani qo‘riqlab turishmaganda, olomon bu joylarni ham qamrab olgan bo‘lardi.
Shunday qilib, Pilat nokerak to‘qani mushtida siqib, qisiq ko‘zlari bilan atrofga olazarak bo‘lib qaragancha supaga ko‘tarildi. Lekin uning ko‘zlari oftob shu’lasidan qisilmagan edi, yo‘q! Prokurator, negadir, o‘limga mahkum etilganlarni ko‘rishni xohlamas edi: bilardiki, hozir uning orqasidan o‘sha jinoyatchilarni ham supaga chiqara boshlashgan.
Ulkan toshqoya boshida, odamlar dengizi qirg‘og‘ida to‘q-qizil astarli oq rido paydo bo‘lishi bilan, ko‘zi hech narsa ko‘rmayotgan Pilatning qulog‘iga «A-a-a…» degan tovush to‘lqini kelib urildi. Hiipodrom yokda dunyoga kelgan bu sado avvaliga bazo‘r eshitildi, so‘ng momaqaldiroq singari bir necha soniya guddirab tur-di-da, keyin yana pasaya boshladi. «Meni ko‘rishdi», — deb o‘yladi prokurator. Shovqin to‘lqini susayib, tinish darajasiga yetganda to‘satdan yana kuchaya boshla-di va bu gal avvalgisidan ham balandroq avjga chiqdiki, xuddi dengiz dolg‘asi sathida ko‘piklar paydo bo‘lgani kabi bu suron orasidan hushtak sadosi va gul-diros shovqin orasidan elas-elas quloqqa chalinuvchi ayollar fig‘oni eshitildi. «Mahbuslarni supaga olib chiqishdi… — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Pilat, — olomon men sari talpinganda bir necha ayolni bosib, yanchib yuborgan bo‘lsa kerak, bu — o‘shalarning nolasi».
U sukut saqlab bir oz kutib turdi, zero olomon yuragidagi butun hovurni to‘kib solib, o‘zi tinchimaguncha, uni hech qanday kuch tinchita olmasligini Pilat bilardi.
Nihoyat shunday fursat keddi. Prokurator o‘ng qo‘lini yuqori ko‘targan edi, olomonning oxirgi sasi ham o‘chdi.
Shunda Pilat ko‘kragiga imkoni boricha ko‘proq issiq havo olib shunday chinqirdiki, uning xirillagan ovozi ming-minglab odamlarning boshi uzra yangradi:
— Qaysar imperator nomi bilan!
Shunday deyishi bilan qulog‘iga bir necha uzuq-uzuq dag‘al so‘zlar kelib urildi — saf tortib turgan askarlar nayza va temir nishonlarini yuqoriga siltab, mudhish ovoz bilan:
— Qaysar a’lo hazratlari omon bo‘lsin! — deb hayqirgan edilar.
Pilat boshini adl ko‘tarib, uni oftob tig‘iga tiradi. Qovoqlari ostida yashil o‘t chaqnadi, bu o‘tdan uning miyasi yona boshladi, shunda arameylar tilida hirqiroq ovoz bilan aytgan so‘zlari olomonning boshi uzra parvoz qildi:
— Qotillik qilgani, isyonga da’vat etgani hamda qonun va dinni tahqirlagani uchun Yershalaimda hibsga olingan to‘rt nafar jinoyatchi sazoyi o‘limga — ustunlarga osishga hukm qilindilar! Ushbu qatl bugun Taqir Tepada amalga oshiriladi! Jinoyatchilarning nomlari budir: Dismas, Gestas, Var-ravvan va Ha-Notsri. Mana, ular qarshingizda turishipti!
Pilat jinoyatchilarni ko‘rmay turib, qo‘li bilan o‘ng tomonga ishora qildi, lekin ularning shu yerda, belgilangan yerda turishganini u yaxshi bilardi.
Olomon go‘yo ajablangandek yoki ko‘ngli taskin topgandek, anchagacha g‘ala-g‘ovur qilib turdi. Nihoyat g‘ovur tindi va Pilat nutqini davom ettirdi:
— Vale, alarning uchtasi qatl etilgay, zeroki, qonun va taomilga ko‘ra Kichik Sinedrionning ixtiyori ila va Rim hokimiyatining tasdiqlashiga ko‘ra muqaddas pasxa bayrami sharofati ila saxovatli qaysar imperator on hazratlari o‘limga mahkumlardan biriga uning manfur hayotini siylov qiladilar!
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 04
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.