Usta va Margarita - 32

Total number of words is 2703
Total number of unique words is 1551
33.4 of words are in the 2000 most common words
48.6 of words are in the 5000 most common words
57.3 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Unda, balki Aloiziy Mogarich ham bo‘lmagandir? E, yo‘q! Bu shaxs nafaqat bo‘lgan, hatto hozir ham yashab turipti, yana aynan Rimskiy iste’fo bergan o‘rin, ya’ni Varete direktori lavozimida ishlab turipti.
U Voland huzurida bo‘lgach, taxminan bir kecha-kunduzdan keyin hushiga kelib, o‘zini Vyatkaga yetay deb qolgan poezdda ko‘rgan va o‘zining negadir esi og‘ib, Moskvadan bosh olib chiqib ketganini, boz ustiga, shim kiyishni unutib, hech keragi bo‘lmagan uy daftarini o‘g‘irlab kelganini fahmlagan. Keyin ujuda katta pul evaziga provodnikdan bitta yag‘iri chiqib ketgan eski gaim sotib olib, Vyatkadan orqasiga qaytgan. Lekin, evoh, o‘zi istiqomat qilib turgan uyni topa olmagan. U choldevorpi yong‘in ship-shiydam qilib yalab ketgan edi. Biroq Aloiziy g‘oyat uddaburon odam edi, shunga ko‘ra, ikki haftadan keyin u Bryusov tor ko‘chasida chi-royli bir xonaga joylashib oldi, yana bir pecha oydan keyin esa u, ko‘ribsizki, Rimskiyning kabinetida o‘tiribdi-da. Ilgari Rimskiy Styopaping dastidan qanchalik mashaqqat chekkap bo‘lsa, endi Varenuxa Aloiziyning dastidan shunchalik qiynalib jig‘ibiyron bo‘lardi. Hozir Ivan Savelevich faqat, zora-mora bu Aloiziyni Varetedan olib biron yerga gumdon qilishsa, degan armon bilan yashardi, chupki uning qadrdon yor-do‘stlari davrasida pichirlab aytgan gaplariga qaraganda, «umri bino bo‘lib, Aloiziyga o‘xshagap ablahni hech qachon ko‘rmaganmish va bu mal’un Aloiziyning qo‘lidan har qanaqa badkorlik kelarmish».
Ehtimol ma’mur chindapam g‘arazgo‘y odamdir. Chunki Aloiziyning bironta badkorlikka qo‘l urganini hech kim ko‘rmagan, umuman, u hech qanday ish qilmagan, agar bufetchi Sokovning o‘rniga yangi bir odam tayinlanganini hisobga olmasak. Aidrey Fomich Sokov esa Voland Moskvada paydo bo‘lganidan keyin o‘n oycha vaqt o‘tgach MDUning Birinchi shifoxonasida jigar rakidan vafot etdi.
Ha, oradan bir necha yil o‘tdi va ushbu kitobda haqqoniy tasvirlangan voqealar xiralashib, odamlar xotiridan o‘chib ketdi. Lekin ayrim kishilarning xotirasidan hamon o‘chmagan edi u voqealar.
Xar yili bahorda tantanali to‘linoy oqshomida Patriarx ko‘li bo‘yidagi jo‘ka daraxtlari tagida o‘ttiz-o‘ttiz ikki yoshlarga kirgan bir odam paydo bo‘ladi. Odmigina kiyingan bu mallasoch, ko‘kko‘z odam — tarix va falsafa institutining xodimi professor Ivan Nikolaevich Poniryovdir.
Bu yerga kelib, u har doim bitta skameykaga— o‘sha mash’um oqshomda, hozir hamma unutib yuborgan Berlioz bilan o‘tirgan skameykaga o‘tiradi. Ha, o‘shanda umrining oxirgi daqiqalarini yashayotgan Berliozning ko‘ziga oy pracha-parcha bo‘lib bo‘linayotgandek tuyulgan edi.
Endi esa u bir butun— to‘linoy bo‘lib, kunbotar chog‘da oq, undan keyinroq — betida ajdarvash dog‘ hosil qilgan zarrin tusga kirib sobiq shoir Ivan Nikolaevichning boshi uzra suzar va ayni paytda yuksak samoda bir yerda muallaq qotib turardi.
Ivan Nikolaevichga hamma narsa ayon, u hamma gapdan voqif, hamma narsani tushunadi. U yoshligida badkirdor gipnozchilardan talafot ko‘rganini, shundan keyin davolanib, axiri shifo topganini ham biladi. Lekin shu bilan birga, u ba’zi mushkulotlarni yenga olmasligini ham biladi. Chunonchi, u mana shu bahorgi to‘linoy oqshomi ta’siridan o‘zini ihota qilishga ojizdir. Shu payt yaqinlashib kelishi bilan, bir zamonlar jome tepasidagi besh shamli qandildan balandda muallaq turgan tun yoritg‘ichi to‘lishib oltin rang kasb etadiyu Ivan Nikolaevich bezovta bo‘lib, asabiylashadi, ishtahasi bo‘g‘iladi, uyqusi qochadi va oyning to‘lishishini kuta boshlaydi. To‘linoy oqshomi kelganda esa hech bir kuch uni uyda ushlab qola olmaydi. Kechga yaqin u uyidan chiqib, to‘g‘ri Patriarx ko‘li tomon yo‘l oladi.
Ivan Nikolaevich bu yerdagi skameykada o‘tirar ekan, endi o‘zi bilan o‘zi oshkora gaplashadi, papiros chekadi, suzuk ko‘zlarini goh oyga, goh yodida yaxshi saqlanib qolgan o‘sha mash’um turniketga qaratadi.
U shu zaylda bir-ikki soat o‘tirib, keyin o‘rnidan turadi-da, har gal bitta marshrut bo‘yicha, ya’ni spiridonovkadan o‘tib Arbatga ulangan tor ko‘chalar tomon yo‘l oladi, lekin uning matlgosiz boquvchi ko‘zlari bu payt hech narsani ko‘rmaydi.
U neft do‘koni yonidan o‘tib, ko‘hna gaz fonusi qiyshayib osilib turgan muyulishdan buriladi va shu yerdagi panjara devor oldiga oyoq uchida yurib boradi. Panjara ortida hali yashil libos kiyib ulgurmagan muhtasham bog‘ bo‘lib, bog‘ o‘rtasida goti-ka uslubida qurilgan imorat qad ko‘targan. Imoratning uch tabaqali derazalar o‘rnatilgan bo‘rtiq xonali tomoni oy yog‘dusiga cho‘mgan, narigi tomoni esa qop-qorong‘i.
Professor bu yerga uni nima boshlab kelayotganini ham, bu binoda kim yashashini ham bilmaydi, lekin to‘linoy oqshomida o‘z ra’yiga qarshi ish tutmasligi kerakligini yaxshi biladi. Bundan tashqari, u panjara ortidagi bog‘da mudom muqarrar bir manzaraning shohidi bo‘lishini ham biladi.
Har gal bu bog‘da u pensne taqqan, jikkak soqol, yuz tuzilishi xibl cho‘chqanikiga o‘xshab ketuvchi basavlat bir keksa odamning skameykada o‘tirganini ko‘radi. Ivan Nikolaevich shu binoda istiqomat qiluvchi bu odamni hamisha bir alpozda: ko‘zlarini oyga tikib, xayol surib o‘tirgan holda ko‘radi. Ivan Nikolaevichga yana shu iarsa ma’lumki, bu keksa odam oyga to‘yib-to‘yib qarab olgach, nigohini albatta bo‘rtiq xona derazasiga qaratadi va xuddi hozir deraza tabaqalari ochilib, u yerda g‘ayrioddiy bir narsa paydo bo‘lishini kutayotganday, ko‘zini lo‘q qilib o‘tiraveradi.
Bundan keyin ro‘y beradigan hamma voqeani Ivan Nikolaevich yod biladi. Endi u albatta engashib, panjara panasiga yaxshiroq berkinib olishi kerak, zero skameykada o‘tirgan odam bezovtalanib, hozir boshini har tomonga bura boshlaydi, pari-shon ko‘zlarini havoga tikib, bir nimalarni tutmoqchi bo‘larkan, albatta, huzurlanib jilmayadi, keyin qandaydir ezgu hasrat bilan xo‘rsinib, qo‘llarini bir-biriga uradi-da, baralla ovoz bilan oddiygina qilib g‘o‘ldiray boshlaydi: — Vene-ra! Venera!.. Eh, g‘irt ahmoq ekanman!..
— Yo tangrilar, tangrilar! — deb pichirlaydi shunda Ivan Nikolaevich, panjara ortida biqinib o‘tirarkan, o‘tdek porlayotgan ko‘zlarini bu sirli notanish qariyadan uzmay, — mana, oyning yana bir qurboni… Ha, bu ham xuddi men singari oyning yana bir qurboni.
Skameykada o‘tirgan odam esa bu payt nutqini davom ettiradi: — G‘irt ahmoqman! Nega, nega o‘sha jonon bilan uchib ketmadim? Nimadan qo‘rqdim o‘zi, men qari eshak! Hujjatlarni to‘g‘rilagandim! Eh, endi xap o‘tirib chidaysan, qari tentak!
Shu payt binoning oy yog‘dusi tushmagan qorong‘i tomonida deraza taraqlab ochilib, qandaydir oq narsa ko‘rinadi-yu, ayol kishining xunuk ovozi eshitiladi:
— Nikolay Ivanovich, qaerdasiz? Bu qanaqa qiliq? Nima, bezgak kasaliga mubtalo bo‘lmoqchimisiz? Choyga keling?
Shu hayqiriqdan keyin qariyaning alahlashi tugab, u hushiga keladi va soxta ovoz bilan javob qiladi:— Havoda, toza havoda nafas olmoqchiydim, jonginam! Havo biram sozki!
Shunday deb u skameykadan turadi, birinchi qavatdagi boyagi deraza yopilishi bilan o‘sha tomonga o‘g‘rincha musht do‘laytirib qo‘yadi-da, sudralgancha uy tomon yura boshlaydi.
— Yolg‘on gapiryapti, g‘irt yolg‘on gaplari! O, tangrilar, shunchalik yolg‘on gapiradimi kishi! — deb g‘o‘ldiraydi Ivan Nikolaevich panjaradan uzoqlasharkan, — uni boqqa jalb qilgap narsa aslo toza havo emas, balki bu to‘linoy oqshomida u oy sathida va bog‘ havosida nimanidir ko‘ryapti. O, bu qariyaning sirini bilish uchun, u yo‘qotgan va endi qo‘l cho‘zib havoda besamar axtarayotgan o‘sha Veneraning nima ekanligini bilish uchun hech nimamni ayamagan bo‘lar edim!
Shundan keyin, professor uyiga butunlay xasta bo‘lib qaytadi. Xotini, odatda, uning ahvolini payqamayotganday bo‘ladi va erini tezroq yotib uxlashga undaydi, Lekin o‘zi yotmaydi, qo‘lida kitob bilan chiroq yonida o‘tirarkan, uxlab yotgan eridan mahzun ko‘zlarini uzmaydi. U Ivan Nikolaevichning tong chog‘ida alam bilan chinqirib uyg‘onishini va o‘zini har yoqqa otib, yig‘lay boshlashini biladi. Shu bois uning oldida dasturxonda spirtlangan shprits bilan quyuq choy rangidagi suyuqlikli shishacha shay yotardi.
Mana, nihoyat, og‘ir xasta odam bilan umr qilgan bu bechora ayol bexavotir uxlashi mumkin. Ivan Nikolaevich endi to ertalabgacha baxtiyor chehra bilan tinchgina uxlaydi va xotini uchun mavhum, ammo qandaydir dabdabali va saodatli tushlar ko‘rib yotadi.
Har yili bahorda, to‘linoy kechasi bu olimni bitta narsa uyg‘otadi va ayanch bilan chinqirishga majbur etadi. Zero tushida uning ko‘zi oldida o‘sha o‘ta badbashara puchuq jallod paydo bo‘ladi, jallod hansiragancha bir sakrab ustunga bog‘langan va endi jinni bo‘lib qolgan Gestasning yuragiga qo‘lidagiuzun nayzani botiradi. Jallodning o‘zi-ku uncha qo‘rqinchli emas, lekin olimning xobida qaynab-toshib ro‘yi zaminga oqib tushayotgan allaqapday bulutdan vujudga kelgan ziyo dahshatliroq ediki, bunday hol faqat olamshumul falokat paytidagina sodir bo‘lishi mumkin.
Ukoldan so‘ng uyqudagi Ivan Nikolaevichning ko‘zi oldida hamisha hamma gtarsa o‘zgaradi. U yotgan to‘shakdan deraza tomon keng oydin yo‘l cho‘ziladi va yo‘lga alvonrang astarli oq rido kiygan odam chiqib, oy sari yura boshlaydi. U bilan yonma-yon uzun ko‘ylagining uvadasi chiqib, afti badbashara bo‘lib ketgan bir yigit boradi. Ular nima to‘g‘ridadir qizg‘in suhbatlashishadi, bahslashishadi, chamasi, bir nimada kelisholmayotganga o‘xshaydilar.
— Yo tangrilar, tangrilar, — deydi rido kiygan odam o‘z hamrohiga takabburona boqib, — qanday bema’ni qatl! Lekin sen marhamat qilib ayt-chi, — shunday derkan, uning chehrasidagi takabburlik o‘rnida tavallo paydo bo‘ladi, — axir qatl bo‘lmagan-ku! O‘tinaman sendan, ayt, bo‘lmagan-a?
— Ha, bo‘lmagan albatta, — deb javob qiladi hirqiroq ovoz bilan hamrohi, — o‘zi senga shunday tuyulgan.
— Gapingning rostligiga ont ichasan hammi? — xushomadona ohangda so‘raydi rido kiygan odam.
— Ont ichaman, — deydi uning hamrohi va ko‘zlarida jilva naydo bo‘ladi.
— Men uchun shuning o‘zi kifoya! — bo‘g‘iq ovoz bilan chinqiradi rido kiygan odam va hamrohini yetaklagancha tobora yuksakka — to‘linoy sari o‘rlab chiqaveradi. Hirsday keladigan bir ko‘ppak ular orqasidan viqor bilan bamaylixotir ergashadi.
Shunda birdan oydin yo‘l qaynab, oy yog‘dusidan daryo vujudga keladi, u qirg‘oqlardan tushib oqa bosh-laydi. Oy hukmfarmolik qiladi, yayrab-yashnaydi, u raqs tushadi, sho‘xlik qiladi. Shunda oy yog‘dusi oqimi ichida go‘zallikda beqiyos bir ayol paydo bo‘ladi va atrofiga qo‘rqa-pisa boqayotgan soqoli o‘sib ketgan bir odamning qo‘lidan yetaklab, uni Ivanning huzuriga boshlab keladi. Ivan Nikolaevich bir qarashdayoq u odamni taniydi. Bu — o‘sha bir yuz o‘n sakkizinchi, uning tungi mehmoni. Ivan Nikolaevich xobida unga qoTlarini uzatdi va intizorona boqib so‘raydi:
— Demak, shu bilan hammasi tugabdi-da!
— Ha, tugadi, shogirdim, — deb javob qiladi bir yuz o‘n sakkizinchi, ayol ham Ivanga yaqin borib, deydi:
— Albatta, shu bilan tugadi. Hammasi tugadi, umuman, har qanday narsaning ham nihoyasi bo‘ladi… Hozir sizning peshonangizdan o‘paman-u, keyin hammasi yaxshi bo‘ladi.
U engashib Ivanning peshonasidan o‘padi, Ivan esa ayol sari talpinib uning ko‘zlariga tikiladi, lekin ayol chekinib-chekinib borib, o‘z hamrohi bilan birgalikda to‘linoy sari ravona bo‘ladi.
Shunda oyning jazavasi tutib, o‘z yog‘dusini to‘g‘ri Ivanning ustiga yog‘diradi, shu’lasini har tomonga sochadi, xona oy shu’lasiga g‘arq bo‘ladi, shu’la dolg‘alanib, tosha boshlaydi va Ivanning karavotini ko‘mib yuboradi. Ana shundan keyin Ivan Nikolaevich baxtiyor chehra bilan mast uyquga ketadi.
Ertasi kuni ertalab u indamay, ammo xotirjam va sog‘lom bo‘lib uyg‘onadi. Professorning ukollardan ilma-teshik bo‘lib ketgan xotirasi tinchib qoladi va kelasi to‘linoy tunigacha uni hech kim bezovta qilmaydi: na Gestasning puchuq qotili, na Iudeyaning toshbag‘ir beshinchi prokuratori chavandoz Pontiy Pilat.
1929–1940
Tamom
IZOHLAR
Amazonka— qadimgi yunon mifologiyasida jangovar suvori ayol.
Aramoylar— kelib chiqishi arabistonlik bo‘lgan somiylar qabilasi.
Attis— yunop mifologiyasida Frigiyadap chiqqan xudo. Ammo uning bo‘lganligi mavhum.
Beletaj— teatr zalida parter va amfiteatrdan yuqoriroqqa joylashgan balkonning eng oldingi qatorlari.
Broken— Germaniyadagi Garts tog‘ining cho‘qqisi bo‘lib, nemis xalq afsonalari va rivoyatlarida ta’kidlanishicha, go‘yo bu yerda bahor bayrami arafasida (1 mayga o‘tar kechasi) jinlar bazmi bo‘lar emish.
Buyuk Irod (miloddan oldingi 73—4 yillar) — 40-yildan Iudeya shohi. Taxtni Rim qo‘shinlari ko‘magida qo‘lga kiritgan. O‘ta darajada riyosatparast va badgumon zolim bo‘lgan. O‘zining raqibi deb shubha qilgan hamma odamni o‘ldiravergan. Rivoyatlarga qaraganda, Isoning tug‘ilganidan darak topib, mamlakatdagi barcha chaqaloqlarni qilichdan o‘tkazgan emish.
Vampir— afsonalarda go‘rdan chiqib odamlarning qonini so‘ruvchi maxluq.
Vetap Anri (1820–1881) — Belgiya skripkachisi va kompozitori. Bryussel konservatoriyasining professori.
Galileya— shimoliy Falastinda tarixiy viloyat. Injil talqini bo‘yicha Isoni targ‘ib qilgan asosiy rayon.
Gomunkul— o‘rta asr kimyogarlarining xayoliy tasavvuricha kimyoviy usul bilan yaratish mumkin bo‘lgan odamzod.
Yershalaim— Yerusalim, ya’ni Quddus shahri.
Jokey— sportchi chavandoz.
Igemon— yunoncha Hegemon so‘zidag olingan bo‘lib. dohiy, rahbar ma’nolarini bildiradi.
Isrofilning suri— xristian dini aqidasiga ko‘ra, qiyomat kuni farishta Isrofil sur (karnay) chalarmish va buning ovoziga jamiki jonzotlar kayta tirilarmish.
Iudeya— Janubiy Falastiida Rimga qaraptli viloyat (milodiy 6—395 yillar).
Kaligula Gay Kesar (12–41 yillar) — Rim imperatori (37-yildan). Ashaddiy fosiq bo‘lgan. Uziga xuddi xudoga sig‘ingandek sig‘inishlarini talab qilgan. Kaligula o‘z shaxsiy gvardiyasining sarkardasi tomonidai o‘ldirilgan.
Kapeldiner— teatrda biletlarni tekshiruvchi va zalda tartib sakdovchi odam.
Kenturion— qadimgi Rim qo‘shinida Kenturiya (qarang) boshlig‘i.
Kenturiya (Senturiya)— qadimgi Rimda yuz kishilik otryad.
Kohorta— Rim piyoda qo‘shinida taktik qism. Lafonten (1621–1695) — Buyuk frantsuz masalnavisi. Legion — qadimgi Rim qo‘shinida yirik harbiy qo‘shilma.
Manipul— qadimgi Rim qo‘shinida tarkibida ikki kenturiya (qarang) bo‘lgan harbiy bo‘linma.
Manuskript— odatda qadimgi qo‘lyozmalar shunday nomlanadi.
Marduk— Bobil panteonida Markaziy iloh. Bobil shahrining bosh xudosi.
Masiho— bu o‘rinda yahudiy dinining talqini bo‘yicha, yahudiy xalqini ozod etish uchun zohir bo‘lajak afsonaviy xaloskor.
Melpomena— qadimgi yunon mifologiyasida to‘qqizta muzadan biri, fojiaviy asarlar homiysi.
Messalina Valeriya— Uchinchi Rim imperatori Klavdiyning xotini. O‘zining fohishaligi va badqahrligi bilan dovruq qozongan. Klavdiyning yo‘qligidan foydalanib, o‘z o‘ynashi Silliyga oshkora erga tegadi. Lekin imnerator qullikdan ozod qilgan Nartsis bilan Pallas Messalinani sudga berib, uni o‘limga hukm qilishlariga muvaffaq bo‘ladilar.
Nison oyi— Isroil davlati kalendarida yilning birinchi oyi bo‘lib, u hamisha bahor fasliga to‘g‘ri keladi. Nison oyining 15-kuni, ya’ni yahudiylar Misrdan ozod bo‘lib chiqqan kun Pasxa bayrami kuni deb hisoblangan.
Oziris— Misr tangrisi, ziyo va issiqlik xudosi.
Poligimniya— qadimgi yunon mifologiyasida to‘qqizta muzadan biri, gimnlar homiysi.
Pontiy Pilat— Rim imperiyasining Iudeyadagi noibi (milodiy 26–36 yillar). Uta shafqatsizligi bilan dong qozongan. Iosif Falaviyning yozishicha va tavrot talqinicha, Iso payg‘ambar uning hukmi bo‘yicha chormix qilinganmish.
Privat-dotsent— xususiy tarzda saboq beruvchi degan ma’noni bildiradi. Revolyutsiyadan oldingi Rossiyada va ayrim xorijiy mamlakatlarda oliy maktab o‘qituvchisining ilmiy unvoni.
Prozektor— kasalxonalarda murdani yorish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
Prokurator— qadimgi Rimda imperator noibi.
Rampa— sahna oldiga o‘rnatilgan chiroqlarni tomoshabinlar ko‘zidan to‘sib turuvchi pastak to‘siq.
Sekst Empirik— qadimgi yunon faylasufi va olimi. Skeptitsizm vakili. Mantiq tarixini yaratgan eng dastlabki olimlardan biri.
Sillogizm— mantiq ilmida ikki fikrni taqqoslab, ularning natijasi bo‘lmish uchinchi fikrni keltirib chiqarish nazariyasi,
Sinedrion— qadimgi Iudeyada oqsoqollar kengashi. Xukumat va sud ishlari bilan shug‘ullanuvchi oliy diniy mahkama.
Skuratov (Malyuta)— Ivan Grozniyning a’snlaridan biri. Terrorchi oprichniklar boshlig‘i. Ko‘p taniqli shaxslarni qatl etishda qatnashgan. 1570 yildagi Novgorod yurishida ommaviy qatlga boshchilik qilgan.
Solovkin— Oq dengizdagi xilvat orollardan biri, u yerda faqat monastirlar bo‘lgan.
Taliya— qadimgi yunon mifologiyasida to‘qqiz muzaning biri; komediya asarlari homiysi.
Tallif— etagi uzun ko‘ylak.
Tatsit Publiy— Korneliy Rumo tarixchisi,
Utgang— 16 kitobdan iborat «Solnoma» si mashxurdir. (Taxminan 53–54 yillarda tug‘ilib, I 17 136 yillarda o‘lgan).
Tetradraxma— to‘rt draxma qalinlikdagi qadimgi yunon aqchasi bo‘lib, aksariyati kumushdan, ba’zan esa oltindan ham bo‘lgan.
Tetrarx— Rim imperiyasi lashkarining to‘rtdan bir bo‘lagini boshqaruvchi xukmdor.
Tiveriya— Falastindagi shahar.
Tribun— qadimgi Rimda qo‘shinlarda tribunlar ma’muriy va xo‘jalik xizmati vazifalarini bajargan.
Filon Iskandariy— Iudeya faylasufi (miloddan oldingi 20-yilda tug‘ilib, milodiy 54-yillarda o‘lgan).
Shtraus David Fridrix (1808–1874) — nemis teologi (ilohiyot ilmi bilan shug‘ullanuvchi olim) va faylasufi, «Isoning hayoti» nomli kitobda injilning haqqoniyligini inkor etgan, Isoni tarixiy shaxs deb hisoblagan.
O‘n ikki xudo jamoasi — Rim mifologiyasida eng oliy tangrilar guruhi, Bular: Yuiiter, Neptup, Mark, Apollon, Vulkan, Merkuriy, Yunona, Venera, Minerva, Diana, Vesta va Serera. Bu o‘n ikki xudo, tangrilarnipg Yupiter boshchiligidagi oliy kengashini tashkil qilgan,
Qaysar— podsho.
Qaysariya— salganat.
Hemikraniya— qattiq bosh og‘rig‘i. Boshniig bir pallasi og‘riydi.
Hippodrom— ya’ni ippodrom, otlar poygasi o‘tkaziladigan maydon. otchopar.
Shizofreniya— sababi aniqlanmagan ruhiy kasallik, vosvos. Bu noto‘g‘ri muolaja oqibatida sog‘lom kishini telba qilib qo‘yish demakdir.
Pergament— qog‘oz kashf etilmasdan oldin qog‘oz o‘rnida ishlatilgan teri.
Anatyurel (fr.)— tabiiy, haqiqiy.
Sketch— kichik hajmdagi hajviy qissa.
«M» — «Master» («usta») so‘zining birinchi harfi.
Kenket— piligi maydonidan pastga joylashgan qadimiy chiroq.
Gotika uglubi— Yevropada o‘rta asrlarda rivojlangan me’morchilik uslubi
Pater— katolik dini ruhoniysi.
Ametist— binafsha rangli shaffof tosh.
Gamadril, gibbon, mandril, martishkalar— turli qit’alarda yashovchi maymun toifalari.
Kameliya— choygullar oilasiga kiruvchi hamisha yashil gul.
Noblesse oblige (fr.)— vaziyat majbur qiladi.
Ustritsa— mitti dengiz mavjudoti. Tansiq ovqat sifatida tiriklayin isge’mol qilinadi
Взято из Флибусты, http://flibusta.net/b/258954
You have read 1 text from Uzbek literature.
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.