Usta va Margarita - 11

Total number of words is 4296
Total number of unique words is 2051
38.2 of words are in the 2000 most common words
56.4 of words are in the 5000 most common words
66.9 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
— Arkadiy Appolonovich kecha kechqurun akustika komissiyasining majlisida edi, — deya bayonot berdi uning xotini o‘ta takabburlik bilan, — ammo buning sehrgarlikka nima aloqasi bor, tushunmadim.
— Uy, madam, — deb ta’kidladi Fagot, — tushunmayotganingiz tabiiy hol. Majlis masalasida siz mutlaqo gumrohsiz. Arkadiy Appolonovich, o‘sha siz aytgan, aslida esa kecha bo‘lmagan, majlisga jo‘nab ketgach, Chistie prudi yaqinidagi akustika komissiyasining binosi oddida o‘z shofyoriga javob berib yuborgan (butun zal suv quygandek jim bo‘lib qoldi), o‘zi esa avtobusda Yeloxovskaya ko‘chasiga, rayon sayyor teatrining artistkasi Militsa Andreevna Pokobatkonikiga mehmonga borgan va u yerda to‘rt soatcha mehmon bo‘lib qolgan.
Shu teran sukutda kimningdir iztirobli nidosi eshitiddi:
— Voy! —
Arkadiy Appolonovichning yosh qarindoshi birdan do‘rillovchi dahshatli ovoz bilan xaxolab yubordi.
— Gap buyoqda ekan-da! — dedi u, — o‘zimam ko‘pdan shubha qilib yurardim buni. Luiza roli nima sababdan o‘sha noshudga berilgani mana endi oydinlashdi menga!
Shunday deb turib u birdan qo‘lidagi kalta dastali binafsharang yo‘g‘on zonti bilan Arkadiy Appolonovichning boshiga ayamay tushirdi.
Yaramas Fagot, ya’ni Korovyov esa baqirdi:
— Mana, muhtaram grajdanlar, Arkadiy Appolonovich qo‘yarda-qo‘ymay talab qilgan fosh qilish hodisalaridan biri!
— Arkadiy Appolonovichga qo‘l ko‘tarishga qanday hadding sig‘di, manjalaqi? — deb dag‘dag‘a qildi Arkadiy Appolonovichning xotini mahobatli qaddini tiklab o‘rnidan turarkan.
Qarindosh juvon yana bir marta iblisona qah-qah urib kuldi.
— Boshqalarning haddi sig‘masayam, — deb javob qiddi xaxolagancha, — mening haddim sig‘adi qo‘l ko‘tarishga! — Shunda ikkinchi marta «qars» etgan tovush eshitiddi — ayolning zonti Arkadiy Appolonovichning boshiga urilib koptokdek sakragan edi.
Shunda Sempleyarovning xotini:
— Militsiya! Qamoqqa olinglar buni! — deb shunday dahshatli shang‘illadiki, ko‘pchilik odamlarning yuragi «shuv» etib ketdi.
Buning ustiga mushuk ham sahna oldiga otilib chiqib, butun teatrni boshiga ko‘tarib birdan odamzod ovozi bilan baqirdi:
— Seans tamom! Maestro! Marshni do‘ndiring! Es-hushini yo‘qotib qo‘ygan dirijyor o‘zining nima qilayotganini tushunmay, dirijyorlik cho‘pini silkidi va orkestr qandaydir g‘ayritabiiy benihoya odobsiz bir marshni chalmadi, gumburlatmadi, balki mushukning razilona iborasi bo‘yicha — do‘ndirdi…
Lekin eng muhimi bu emas, balki shu voqealardan keyin Vareteda qiyomat qoyim boshlangani bo‘ldi. Militsionerlar Sempleyarovlar o‘tirgan loja tomon yugurib ketishdi, tomoshatalablar loja to‘sig‘idan oshib o‘tmoqchi bo‘lishar, mudhish qahqaha, vahshiyona baqiriqlar va bularning hammasini bosgudek bo‘lib orkestrdagi mis zilning jarangi yangrardi.
Xuddi shu paytda sahna birdan bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoldi, boya janda eskirgan kresloda o‘tirgan sehrgar shu kreslo bilan birga qanday g‘oyib bo‘lgan bo‘lsa, endi Fagot bilan surbet mushuk Begemotning bir dam solishi bilan vujudga kelgan narsalar ham shunday g‘oyib bo‘lgan edi.
O‘n uchinchi bob
QAHRAMONNING PAYDO BO‘LISHI
Shunday qilib, begona odam Ivanga barmog‘i bilan po‘pisa qilib, pichirladi: «Tss!»
Ivan karavotdan oyog‘ini tushirib o‘tirib, unga tikilib qaradi. O‘ttiz sakkiz yoshlardagi soqol-mo‘ylovi olingan, qora sochi peshanasiga tushib turgan, qirraburun, ko‘zlari bejo odam balkondan ohista mo‘r alayotgandi.
Bu g‘alati mehmon Ivanning yolg‘izligiga ishonch hosil qilgach, tashqariga bir oz quloq solib turdi-da, oxiri xonaga kirishga jur’at etdi. Shundagina Ivan uning kasalxona kiyimida ekanligini ko‘rdi. U egnida ichki ko‘ylak-ishton, sarpoychan oyog‘iga tufli kiyib, yelkasiga qo‘ng‘irrang xalat tashlab olgan edi.
Mehmon Ivanga ko‘z qisib qo‘yib, qo‘lidagi bir shoda kalitni cho‘ntagiga solib qo‘ydi-da:
«O‘tirsam maylimi?» — deb so‘radi, Ivan bosh irg‘atib rozi bo‘lgach, kresloga o‘tirdi.
— Bu yerga qanday kirdingiz? — Ivan mehmonning qoq suyak barmog‘i po‘pisasiga rioya etib, pichirlab so‘radi. — Balkon panjarasi qulflog‘liq edi-ku!
— Panjara-ku qulflog‘lig‘-a, — dedi mehmon, — lekin Praskovya Fyodorovna, garchi ko‘p latofatli ayol bo‘lsa ham, o‘ta parishonxotir. Bundan bir oy oldin uning bir shoda kalitini o‘g‘irlab olganman, shundan beri birinchi qavatning gir aylana balkonlariga chiqishga, ba’zan esa qo‘shnilarim bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ldim.
— Baski balkonga chiqa olarkansiz, qochib ketishingiz ham mumkin-ku. Yo balandmi juda? — qiziqsinib so‘radi Ivan.
— Yo‘q, — qat’iy javob qildi mehmon, — men bu yerdan qochib ketolmayman — balkon baland bo‘lgani uchun emas, boradigan yerim yo‘kdigi uchun ketolmayman. — U bir oz sukutdan so‘ng ilova qildi: — Shunday qilib, yotibmiz deng?
— Yotibmiz, — javob qildi Ivan kelgan odamning g‘oyatda bejo, timqora ko‘zlariga tikilib qararkan.
— Ha-ya… — dedi mehmon birdan bezovtalanib. — Harholda, siz ashaddiylardan emasdirsiz-a? So‘rashimning boisi, bilasizmi, men shovqinni, janjalni,qiynoqni va shunga o‘xshash narsalarni sira yoqtirmayman. Ayniqsa, men uchun odamzodning qichqirig‘i (xoh u iztirob, nafrat yo boshqa holat qichqirig‘i bo‘lsin, baribir) manfurdir. Ko‘nglimga taskin berib, ayting, siz ashaddiylardan emassiz-a?
— Kecha restoranda bittasining tumshug‘ini bejab qo‘ydim, — deb mardona tan oldi yangi qiyofaga kira boshlagan shoir.
— Sabab? — qat’iy ohangda so‘radi mehmon.
— Ochig‘ini aytsam, besabab, — dedi Ivan xijolat bo‘lib.
— Uyat, — deya koyidi mehmon va ilova qildi: — Undan keyin, nega unaqa beadab gap qilasiz? «Tumshug‘ini bejab qo‘ydim». Odamda tumshuqmi yo yuzmi — ma’lum emas-ku. Har qalay, tumshug‘i emas, yuz bo‘lsa kerak. Binobarin, musht ishlatish… Yo‘q, siz butunlay tashlang bu ishingizni.
Mehmon Ivanga shu tarzda tanbeh berib bo‘lib, so‘radi:
— Kasbingiz?
— Shoirman, — negadir istar-istamas bo‘yniga oddi Ivan.
Mehmonning ta’bi tirriq bo‘ldi.
— Obbo, hech omadim yurmadi-yurmadi-da! — deb yubordi u, lekin shu zahoti hushini yig‘ib olib, uzr aytdi va so‘radi: — Familiyangiz nima?
— Bezdomniy.
— Eh, attang… — dedi mehmon aftini bujmaytirib.
— Nima, she’rlarim sizga yoqmaydimi? — qiziqsinib so‘radi Ivan.
— Mutlaqo yoqmaydi.
— Qaysi she’rlarimni o‘qigansiz?
— Hech qanaqa she’ringizni o‘qimaganman! — dedi mehmon asabiylashib.
— Bo‘lmasa nega unday dedingiz?
— Desam, nima bo‘pti, — javob qildi mehmon. — Nima, umrimda she’r o‘qimabmanmi? Ehtimol… sizniki istisnodir? Yaxshi, so‘zingizga ishonishga tayyorman. O‘zingiz ayta qoling: she’rlaringiz yaxshimi?
— G‘irt tuturiqsiz she’rlar! — birdan dadil va dildan e’tirof etdi Ivan.
— Boshqa yozmang! — deb iltimos qildi mehmon yolvoruvchi ohangda.
— Ont ichib va’da beraman! — tantanali ohangda dedi Ivan.
Ontni qo‘l siqishib tasdiqlashdi, shu payt yo‘lak-dan sassiz oyoq tovushi va g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozlar eshitildi.
— Tss, — pichirladi mehmon va «lip» etib balkonga chiqib, panjarani surib yopdi.
Eshikdan Praskovya Fyodorovna mo‘ralab, Ivandan hol-ahvol so‘radi, so‘ng undan, qorong‘ida uxlashni xohlaysizmi, yo yorug‘dami, deb so‘radi. Ivan chiroqni o‘chirmaslikni iltimos qildi, shundan keyin Praskovya Ivanovna bemorga yaxshi tush ko‘rishni tilab, bu yerdan uzoqlashdi. Hammayoq sukutga cho‘mdi, shunda mehmon yana xonaga kirdi.
— 119-xonaga baq-baqaloq, ikki yuzi qip-qizil yangi bir bemorni yotqizishdi, — dedi u pichirlab. — Qiziq, u nuqul ventilyatsiya tuynugiga qo‘yilgan allaqanday valyutalar haqida, yana Sadovaya ko‘chasidagi o‘zi yashab turgan uyni jinlar maskan qilib olgani haqida labi-labiga tegmay javrab yotipti. Pushkinni bo‘ralab so‘kyapti deng, keyin ikki gapning birida: «Kurolesov, bis-bis!» — deb baqirib qo‘yadi deng.
U hayajonlanganidan bir seskanib qo‘ydi. Keyin ko‘ngli bir oz taskin topib, kursiga o‘tirdi-da: — Hay, havolasi xudoga, — deb Ivan bilan boshlagan suhbatini davom etdirdi: — Xo‘sh, bu yerga tushishingizga nima sabab bo‘ldi?
— Sabab Pontiy Pilat, — dedi Ivan yerga xomush tikilarkan.
— Nima?! — ehtiyotkorlikni ham unutib baqirib yubordi mehmon va darhol kafti bilan og‘zini to‘sdi. — Qanday g‘ayritabiiy o‘xshashlik! O‘tinaman, o‘tinib so‘rayman, bir boshdan aytib bering!
Ivan negadir bu noma’lum odamga e’tiqod qildi va kecha Patriarx ko‘li bo‘yida yuz bergan hodisani, avvaliga cho‘chinqirab, tutila-tutila, so‘ng esa dadil, ravon hikoya qila boshladi. Ha, Ivan Nikolaevich mana shu kalit o‘g‘irlagan mavhum shaxs timsolida nihoyat muruvvatli tinglovchini uchratgan edi! Mehmon Ivanni jinniga yo‘ymadi, uning hikoyasini nihoyatda zo‘r qiziqish bilan tinglarkan, bora-bora bayonidan hayratga keddi. U dam-badam shunday xitoblar bilan Ivanning so‘zini bo‘lardi:
— Xo‘sh, xo‘sh! U yog‘ichi, u yog‘ini ayting, o‘tinaman sizdan. Faqat, avliyoyu anbiyolar haqqi, hech nimani tushirib qoldirmay, mufassal hikoya qiling!
Ivan ham mufassal hikoya qilardi, zero unga shu tarzda hikoya qilish qulayroq edi, mana, nihoyat u Pontiy Pilatning alvonrang astarli oq ridoda balkonga chiqqan yeriga yetdi.
Shunda mehmon xuddi ibodat qilayotganday kaftini kaftiga qo‘yib pichirladi:
— O, to‘g‘ri topgan ekanman! O, hammasi to‘g‘ri chiqyapti!
Mehmon Berliozning mudhish o‘limi ta’rifini eshitgach, ko‘zlarida jaholat uchquni chaqnadi va shunday mubham gap qildi:
— Faqat bir narsaga: o‘sha Berliozning o‘rnida tanqidchi Latunskiy yoki adabiyotchi Mstislav Lavr-vich bo‘lmaganiga taassuf qilaman, — so‘ng qattiq g‘ijinib, tovushsiz chinqirdi: — Davom eting!
Konduktorga kira haqi uzatgan mushuk haqidagi hikoya mehmonning ko‘nglini chog‘ qilib yubordi, u o‘z qissaxonligidan zavqlanib ketgan Ivanning, mo‘ylovi ostida tanga pul tishlagan mushukni tasvirlab, o‘tirgan o‘rnida ohista sakrashini kuzatarkan, ichagi uzilgudek bo‘lib tovushsiz rosa kuldi.
— Shu tarzda bu yerga kelib qoldim, — dedi Ivan Griboedovda yuz bergan voqeani so‘zlab bo‘lib va yana ruhi tushib, o‘shshayib oldi.
Mehmon sho‘rlik shoirga achinib, uning yelkasiga qo‘lini qo‘ygancha dedi:
— Baxtiqaro shoir! Ammo, azizim, hammasiga o‘zingiz aybdorsiz. U bilan bunchalik betakalluf, hatto surbetlarcha muomala qilmaslik kerak edi. Mana endi azobini tortyapsiz. Haliyam osongina qutulibsiz, shukur qiling.
— Axir kim o‘zi u? — mushtlarini hayajon bilan silkib so‘radi Ivan.
Mehmon unga tikilib turib savoliga savol bilan javob qildi:
— Aytsam, hayajonlanmaysizmi? Bu yerda biz hammamiz shubhali odamlarmiz… Doktor chaqirish, ukol qildirishu yana shunga o‘xshagan dahmazalar bo‘lmaydimi?
— Yo‘q, bo‘lmaydi! — dedi Ivan. — Aytaqoling, kim o‘zi u?
— Ha, yaxshi, — javob qildi mehmon va har bir so‘zini keskin va dona-dona qilib dedi: — Kecha Patriarx ko‘li yoqasida siz shayton bilan uchrashgansiz.
Ivan va’dasining ustidan chiqib, hayajonlanmadi, lekin baribir taajjubdan dong qotib qoldi.
— Bu mumkin emas! Shayton yo‘q narsa.
— Qiziq ekansiz-u! Hamma gapirgandayam, siz bunday demasligingiz kerak. Siz, nazarimda, birinchi bo‘lib uning azobiga uchraganlardansiz. O‘zingiz jinnixonada o‘tiribsiz-u, nuqul uni yo‘q deb aytyapsiz. Hayronman sizga!
Gangib qolgan Ivan sukutga toldi.
— Siz uni tasvirlay boshlashingiz bilan, — deb gapida davom etdi mehmon, — kecha kim bilan suhbat qurish sharafiga muyassar bo‘lganingizni payqadim. Chindanam, men Berliozga hayron bo‘lyapman! Siz-ku, ma’lum, g‘ofil odamsiz, — shunday deb mehmon yana klirim so‘radi, — lekinBerlioz, eshitishimcha, durustgina alloma bo‘lgan ekan-ku! O‘sha professorning eng dastlabki gaplaridanoq uning kimligiga hech shubham qolmadi. Uni tanimaslik aslo mumkin emas, do‘stim! Ammo siz… siz meni yana bir bor kechiring-u… men hech qachon yanglishmayman: siz omi odamsiz!
— Shak-shubhasiz, — deb tasdiqladi o‘zgara boshlagan Ivan.
— Ha, balli… axir o‘zingiz uning yuz tuzilishini tasvirlab berdingiz… ko‘zining ikki xilligi, qoshlari! Meni afv etasiz-u, hali siz ehtimol hatto «Faust» operasini ham ko‘rmagandirsiz?
Ivan negadir judayam qattiq xijolat bo‘ldi, ikki yuzi cho‘g‘dek qizarib, Yaltada qaysiyam sanatoriyga borgani haqida bir nimalarni g‘o‘ldiray boshladi…
— Ana, ko‘rdingizmi… nimasiga hayron bo‘lamiz! Lekin Berlioz, takror aytaman, meni hayratga soldi. U nainki o‘qimishli, yana nihoyatda quv odam. Lekin shuni e’tirof etish kerakki, Voland undan ham quvroq odamniyam bir cho‘qishda qochiradi.
— Nima?! — deb baqirib yubordi Ivan ham.
— Sekin!
Ivan«shap» etib kafti bilan o‘z peshanasiga urdi va xirillab dedi:
— Tushunaman, tushunaman. Uning tashrifnomasida «V» harfi bor edi. Ana xolos! — Esankirab qolgan Ivan panjara ortida, fazoda suzayotgan oyga tikilgancha ancha vaqt sukutga tolib o‘tirdi, so‘ng yana gapga kirdi: — Bundan chiqdi, uning Pontiy Pilat huzurida bo‘lganligi rost ekan-da? Demak, u o‘sha zamonda tug‘ilgan bo‘lib chiqadimi? Meni jinniga chiqarib o‘tirishipti-ya! — derdi Ivan, nafrat bilan eshik tomonga ishora qilarkan. Mehmonning labi yonida hasrat ajinlari paydo bo‘ldi.
— Haqiqatdan yuz o‘girib bo‘lmaydi, — deb mehmon yuzini bulutlar oralab suzayotgan tungi yoritqich tomonga o‘girdi. — Siz ham, men ham — jinnilarmiz, nima qilamiz bo‘yin tovlab! Qisqasi, u sizni tuzog‘iga ilintirganu siz esingizdan og‘gansiz, sabab, buning uchun, chamasi, aynan siz munosib bo‘lgansiz. Lekin siz hikoya qilgan narsalar haqiqatan ham bo‘lgan. Ammo o‘sha yuz bergan voqealar benihoya g‘ayritabiiyligi sababli hatto genial psixiatr Stravinskiy ham gaplaringizga ishonmagan. U sizni ko‘rdimi? (Ivan bosh irg‘adi.) O‘sha hamsuhbatingiz Pilat huzuridaham bo‘lgan, Kant bilan ham nonushta qilgan, endi bo‘lsa, mana, Moskvagayam kelipti.
— Axir u bu yerda hamma narsani ostin-ustin qilib yuboradi-ku! Bir amallab uni tutish kerakdir? — deb yangi Ivan vujudida qimtinibgina bo‘lsa ham bosh ko‘tardi endilikda chalajon bo‘lib qolgan avvalgi Ivan.
— Mana, siz urinib ko‘ribsiz, shu hissa qo‘shganingiz kifoya, — dedi mehmon kinoya bilan. — Boshqalarga ham urinmaslikni maslahat ko‘rardim. Ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin, u haqiqatan ham hammayoqni ostin-ustin qilib yuboradi. Eh, attang! Ming-ming afsuski, u bilan men emas, siz uchrashgansiz! Garchi fursat o‘tgan — butun niyatlar yonib kulga aylangan bo‘lsa ham, ont ichib aytamanki, u bilan uchrashish uchun Praskovya Fyodorovnaning bir shoda kalitini ham berardim, zero, boshqa beradigan hech vaqoim yo‘q. Men qashshoqman!
— Nimaga kerak bo‘lib qoldi u sizga?
Mehmon uzoq vaqt kiftlarini uchirib xomush o‘tirdi va nihoyat yana gapira boshladi:
— Men sizga aytsam, bu juda antiqa hodisa — men ham bu yerda xuddi sizga o‘xshab, o‘sha Pontiy Pilat tufayli yotibman, — mehmon atrofga qo‘rqa-pisa ko‘z tashlab dedi: — Xullas kalom, men o‘tgan yili Pontiy haqida roman yozgan edim.
— Siz yozuvchimisiz? — ajablanib so‘radi shoir. Mehmonning rangi quv o‘chib ketdi, shoirga musht do‘laytirib qo‘yib, so‘ng dedi:
— Mep ustaman, — u xo‘mrayib xalatining cho‘ntagidap tamomila yog‘ bosib ketgan bir shapkacha oldi, unga sariq ipak bilan «M» harfi tikilgan edi. U shapkachani boshiga kiydi va usta ekanligini isbotlash maqsadida ham yonlamasiga, ham yuzma-yuz turib, o‘zini Ivanga ko‘rsatdi. — Buni menga sevgilim tikib bergan edi, — deb sirli ravishda ilova qildi u.
— Familiyangiz nima?
— Familiyam yo‘q endi, — ma’yus nafrat bilan javob qildi bu g‘alati mehmon. — Men familiyamdan, shuningdek, barcha hayotiy narsalardan voz kechganman. So‘ramang familiyamni.
— Bo‘lmasa, romaningiz haqida gapirib bering, — dedi Ivan muloyim ohangda.
— Jonim bilan. Hayotim, chindanam, unchalik oddiy emas, — deb hikoya qila boshladi mehmon.
… U ma’lumoti bo‘yicha tarixchi bo‘lib, bundan ikki yil muqaddam, Moskva muzeylaridan birida xizmat qilar, bundan tashqari tarjimonlik bilan ham shug‘ullanarkan.
— Qaysi tildan? — so‘radi Ivan qiziqsinib.
— Men ona tilimdan boshqa yana beshta tilni bilaman, — javob qildi mehmon, — ingliz, frantsuz, nemis, lotin va yunon tilini. Keyin, yana italyancha ham sal-pal o‘qiy olaman.
— Voy bo‘-o‘! — pichirladi Ivan hasad bilan.
U so‘qqabosh bo‘lib yasharkan, hech yerda hech bir qarindoshi, Moskvada deyarli bironta ham tanishi io‘q ekan. Buni qarangki, bir kun u zayomdan yuz ming so‘m yutipti.
— Qanday tang qolganimni bir tasavvur qiling-a, — derdi pichirlab qora shapkacha kiygan chehmon, — kir solingan savatga qo‘l tiqsam, qo‘limga obligatsiya ilindi: uni gazetaga solishtir-dimu hang-mang bo‘lib qoldim — nomeri gazetadagi nomer bilan bir xil edi! Uni menga muzeyda Gyurishgan edi, — deb izohladi u.
Bu alomat mehmon yuz ming so‘mlik yutuqni olgach, juda ko‘p kitob sotib olipti, Myasnitskayadagi xonasini tashlab…
— O‘, ming la’nat o‘sha gurbatxonaga! — deya xirilladi mehmon.
… Arbat yaqinidagi bir tor ko‘chada xususiy tarzda imorat qurgan odamning bog‘chasida turgan kichkina uyning podvalidan ikki xonani ijaraga olgan. Keyin ishdan bo‘shab, Pontiy Pilat haqida roman yozishga kirishgan.
— Oh, u paytlar — oltin davr edi, — deb pichirladi mehmon ko‘zlari chaqnab, — alohida kvartira deng, yana dahliziyam bor, dahlizda suv jo‘mragi, jo‘mrak ostida chanoq, — negadir, u ayniqsa shu so‘zga urg‘u berib, mag‘rurlanib gapirdi, — ko‘cha eshikdan boshlangan yo‘lka mo‘’jazgina derazalarimning shundoqqina oldidan o‘tardi, Ro‘parada, to‘rt qadamgina narida, devor tagida nastarin, jo‘ka va zarang daraxtlari o‘sardi. Oh… oh… oh! Qishda men derazadan odamlarning qorda «g‘arch-g‘urch» yurgan oyoqlarini kam ko‘rar, tovushlarini kam eshitar edim. Pechkamda muttasil lang‘illab olov yonib turardi! Lekin birdan bahor kirib keldi-yu, derazamning xira oynalari orqali men avvaliga yalang‘och, so‘ngra asta-asta yashil libos kiya boshlagan nastarin butalarini ko‘rdim. Ana shunda, ya’ni o‘tgan yili bahorda yuz ming so‘mlik yutukdan ham dilraboroq voqea sodir bo‘ldi. Vaholanki, fikrimga qo‘shilarsiz, yuz ming — bu juda katta boylik!
— Bu to‘g‘ri, — e’tirof etdi uning gapini diqqat bilan tinglayotgan Ivan.
— Men, derazani ochib mo‘’jazgina ikkinchi xonamda o‘tirardim, — mehmon qo‘li bilan o‘lchab ko‘rsata boshladi, — mana… bu yerda divan, ro‘parasida ikkinchi divan, divanlar oralig‘ida stolcha, uning ustida chiroyli shamchiroq, derazaga yaqin yerda kitoblar, buyoqda esa, kichkina yozuv stoli, birinchi xonamda — u judayam katta, o‘n to‘rt metr edi, — tog‘-tog‘ kitobu pechka bor edi. Oh, jihozlarim qanday zo‘r ediya!
Nastarin hidi gupillab kirardi! Miyamning charchog‘i ham qolib, o‘zimni qushday yengil his qilardim, Pilat haqidagi romanim ham shig‘illagancha oxirlab borayotgan edi…
— Qizil astarli oq rido! Tushunaman! — dedi Ivan.
— Topdingiz! Shtlat shig‘illagancha oxirlab, ha, oxirlab borayotgan edi va men endi uning: «… Iudeyaning beshinchi prokuratori, chavandoz Pontiy Pilat», degan so‘zlar bilan yakunlanishini bilardim. Tabiiyki, men sayr qilgani ham chiqib turardim. Yuz ming — hazilakam pul emas, o‘zimgajuda ajoyib kulrang kostyum sotib olgan edim. Yo bo‘lmasa, tushlik qilgani bironta arzon restoranga yo‘l olardim. Arbatda ajoyib bir restoran bor edi, hoziram bormikin, bilmadim.
Shu yerga kelganda, mehmon ko‘zlarini katta-katta ochib, oyga tikilgancha hikoyasini pichirlab davom ettirdi:
— U dilbar bir dasta jirkanch va fojiali gul ko‘tarib ketayotgan edi. Baytalmonning oti nima baloyam edi, har nechuk Moskvada birinchi bo‘lib shu gul paydo bo‘ladi negadir. Uning qora tusdagi yengil paltosi fonida bu gul ko‘zga yaqqol tashlanardi. Ha, u sariq gul ko‘tarib borardi! Bexosiyat rang. U Tverskaya ko‘chasidan borib, bir tor ko‘chaga burildi, burila turib orqasiga o‘grilib qaradi. Tverskaya ko‘chasini bilasiza? Bu ko‘chada odam doim g‘ij-g‘ij, ammo ishontirib aytamanki, u shuncha odam ichida faqat menga qaradi, qaragandayam nainki hayajon, hatto iztirob bilan bokdi. Shunda meni uning husni jamolidan ham ko‘ra, ko‘zlaridagi hech kimning boshiga tushmagan g‘ayritabiiy yolg‘izlik anduhi o‘ziga rom qilgandi!
Men ham shu sariq rangga qul bo‘lib, tor ko‘chaga burildimu juvonning orqasidan ketaverdim. Biz bu qing‘ir va diqqinafas ko‘chadan (men uning bir tomonida, u esa ikkinchi tomonida) churq etmay ketib borardik. Buni qarangki, ko‘chada bironta tirik jon uchramasa-ya. Men u bilan gaplashishim lozimligini his etib qiynalardim va ayni paytda, unga churq etib ham og‘iz ocha olmaydiganga o‘xshayman, bunaqada, u ketib qoladi-yu, uni boshqa ko‘rish menga nasib etmaydi, deb hayajonlanardim.
Shunda, bir tasavvur qiling-a, to‘satdan uning o‘zi gap boshladi:
— Gullarim yoqdimi sizga?
Uning xiyla yo‘g‘on, ammo sal hirqiroq ovozining aks sadosi, tentaklik bo‘lsa ham aytay, nazarimda, bu tor ko‘chadagi sarg‘ish rang isqirt devorga urilib qaytgandek bo‘ldi. Men shu zahoti ko‘chaning u ketayotgan tomoniga o‘tib olib, unga yaqinlashdim-da:
— Io‘q, — deb javob qaytardim.
U menga taajjub bilan boqdi, men esam birdan va mutlaqo kutilmaganda butun umr aynan shu ayolni sevib kelganligimni angladim. Ajab savdolar, labbay! Siz, albatta, telba odam ekan, dersiz meni?
— Hech nima demayman, — dedi Ivan va: — O‘tinaman, davom eting! — deb ilova qildi.
Mehmon hikoyasini davom ettirdi:
— Ha, u menga hayron bo‘lib qaradi, so‘ng ko‘zimdan ko‘zini uzmay so‘radi:
— Siz, umuman, gullarni yoqtirmasangiz kerak-a? Uning ovozida adovat ohangini his qilganday bo‘ldim. Men u bilan baravar qadam tashlashga urinib yonma-yon borarkanman, hech tortinmay o‘zimni bemalol tutayotganimdan o‘zim hayron edim.
— Yo‘q, men gullarni yaxshi ko‘raman, lekin bunaqasinimas, — dedim.
— Qanaqasini?
— Atirgulni xush ko‘raman.
Shunday deganimga pushaymon bo‘ldim, negaki, u gunohkor odamday jilmaydida, gulini yo‘lka yoqasidagi ariqqa tashlab yubordi. Men bir oz o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim-u, lekin gulni olib, yana unga uzatdim, lekin u jilmaygancha gullarni yana uloqtirdi, natijada ularni buyog‘iga o‘zim ko‘tarib bordim.
Shu zaylda biz bir oz vaqt sukut saqlab ketaverdik, keyin u qo‘limdan gullarni olib, ko‘chaga otib yubordi-da, qora qo‘lqop kiygan qo‘lini mening qo‘lim ostidan o‘tkazdi-yu, bundan buyog‘iga biz qo‘ltiqlashib keta boshladik.
— Keyin, — dedi Ivan, — iltimos, bugun tafsiloti bilan gapiring.
— Keyinmi? — takrorladi mehmon, — keyin nima bo‘lganini o‘zingiz ham tasavvur qilishingiz mumkin. — U ko‘zlarida bexosdan paydo bo‘lgan yoshni o‘ng yengi bilan shosha-pisha artib, gapini davom ettirdi: — Muhabbat, oyoq ostidan chiqqan falokatday, lop etib paydo bo‘ldiyu ikkovimizni baravar mahv qildi.
Odatda yashin yo xanjar shunday mahv qiladi odamni!
Darvoqe, u keyinchalik bu fikrni inkor qilib, bizlar juda ko‘pdan beri, bir-birimizni bilmagan, hech ko‘rmagan chog‘imizdayoq sevishganmiz, deb tasdiqlagan edi, u paytlarda u boshqa odam bilan turardi, men ham o‘shanda… anavi… bilan yashardim… xah… oti nimaydi…
— Kim bilan? — so‘radi Bezdomniy.
— Anavi… xah… nimaydi oti… — dedi mehmon barmoqlarini shiqillatarkan.
— Siz uylanganmidingiz?
— Ha-da, mana, shiqillatyapman-ku… Haligi…. Varenkaga, Manechkaga… yo‘q, Varenkaga… yo‘l-yo‘l ko‘ylak kiygan… muzeyda… xullas, esimda yo‘q.
Qisqasi, u o‘sha kuni ko‘chaga ataylab sariq gul ko‘tarib chiqqan ekan, men uni topib olishim uchun, bordiyu o‘sha kuni bu uchrashuv yuz bermaganida, u zahar ichib o‘z joniga qasd qilgan bo‘larkan, chunki uning hayoti bema’ni o‘tayotgan ekan.
Ha, muhabbat bizni ko‘z yumib-ochguncha mahv qilib qo‘ygan edi. Men buni o‘sha kuniyoq, bir soatdan keyin, biz ulkan shaharni payqamay kesib o‘tib, Kreml devori poyiga, daryo bo‘yiga borib qolganimizda bilgan edim.
Biz go‘yo juda ko‘p yillardan beri bir-birini yaxshi bilgan va kuni kecha xayrlashgan odamlarday suhbatlashardik. Biz ertasi kuniyam shu yerda — Moskva daryosi bo‘yida uchrashishga ahd qildik, uchrashdik ham. May quyoshi bizga yog‘du sochardi. Keyin, oradan xiyol ham o‘tmay, bu ayol mening xufiyona xotinim bo‘ldi.
U har kuni menikiga kelardi, men uni ertalabdan intizor bo‘lib kuta boshlardim. Shu intizorlik payti odatda uydagi buyumlarning joylarini o‘zgartirishim bilan ifodalanardi. Uning kelishiga o‘n minut qolganida deraza oldiga o‘tirib, ko‘hna ko‘cha eshikning «g‘iyq» etib ochilishini kutardim. Yo tavba: men u bilan uchrashmasimdan oldin tumordekkina hovlimizga kamdan-kam odam kirar, aniqrog‘i, hech kim kirmasdi, endi bo‘lsa, nazarimda, butun shahar shu hovlimiz tomon oqib kelayotganday tuyulardi. Ko‘cha eshik «tiq» etsa, yuragim «shig‘» etib ketar, bir ko‘z oldingizga keltiringa, ro‘paramda: deraza tashqarisida albatta kimningdir isqirt etigi paydo bo‘lardi. Masalan, charxchining. Axir o‘zingiz ayting, uyimizda charxchining kimga keragi bor? Nimani qayraymiz? Qanaqa pichoqlarni?
Mening dilbarim ko‘cha eshikdan bir marta kirardi, ammo u kirguncha yuragim kamida o‘n marta gupillab urardi. Gapim rost. Keyin, soat millari qiyom paytini ko‘rsatib, uning keladigan vaqti bo‘lganda va qora mayin teridan tikilgan ustki bezaklari po‘lat to‘qalar bilan tortilgan uning tuflilari deyarli tovush chiqarmay derazam qarshisida paydo bo‘lgandayam yuragim «gup-gup» urishdan to‘xtamasdi.
Ba’zan u ikkinchi derazam oldida to‘xtab, tuflisining uchi bilan oynaga urib sho‘xlik qilardi. Men shu zahoti o‘sha deraza oldida paydo bo‘lardim, lekin tufli ham, yorug‘ni to‘sib turgan qora ipak ko‘ylak ham g‘oyib bo‘lardi — men shunda eshik ochgani otilardim.
O‘rtamizdagi munosabatni hech kim bilmasdi, bunga imonim komil, vaholanki, bunday bo‘lishi mumkin emas. Lekin uning eri, tanishlarimiz g‘ofil edilar. Men yashab turgan podval tepasidagi ko‘hna uyda istiqomat qiluvchilar bundan xabardor edilar, albatta, ular huzurimga qandaydir bir ayol kelib-ketib turganini ko‘rishardi, biroq uning kimligini ham, ismini ham bilishmasdi.
Ushbu muhabbat dostonini butun vujudi bilan berilib tinglayotgan Ivan:
— Kim edi o‘zi u ayol? — deb so‘radi.
Mehmon, buni hech qachon, hech kimga aytmayman, degandek bosh chayqadi, so‘ng hikoyasini davom ettirdi.
Uning hikoyasidan Ivanga shular ma’lum bo‘ldi: usta bilan notanish ayol bir-birlarini shunchalik qattiq sevishganki, biri ikkinchisisiz bir kun ham tura olishmagan. Endi Ivan hovlidagi nastarin daraxti va devor tufayli hamisha nimqorong‘i bo‘lgan podvaldagi ikki xonani, u yerdagi qizil yog‘ochdan ishlangan, eskirib parti ketib, sharti qolgan mebellaru yozuv stoli — byuroni, byuro ustida turgan har yarim soatda zang chaluvchi soatni, nihoyat moylangan poldan is bosgan shiftgacha qalashib ketgan son-sanoqsiz kitoblarni ham, pechkani ham juda aniq tasavvur qila boshlagan edi.
Ivanga yana shu narsa ma’lum bo‘ldiki, mehmoni bilan uning xufiya xotini o‘zaro aloqa bog‘lagan dastlabki kunlariyoq, bizning Tverskaya ko‘chasi bilan tor ko‘cha muyulishida bir-birimiz bilan uchrashishimiz taqdiri azalda peshonamizga yozilgan, binobarin, biz umrbod bir-birimiz uchun yaratilganmiz, degan qarorga kelgan ekanlar.
Mehmonning hikoyasidan oshiq-ma’shuqlarning vaqtni qanday o‘tkazganlari ham ma’lum bo‘ldi. Ayol kela solib, birinchi navbatda fartuk taqar va torgina dahlizda (bechora bemor negadir faxrlanib tilga olgan o‘sha jo‘mrak bilan chanoq shu yerda edi) taxta stol ustida kerosinka yoqib nonushta tayyorlar, so‘ng birinchi xona o‘rtasida turgan cho‘zinchoq stolda dasturxon tuzardi. May oyida momaqaldiroq gumburlab, jala quygan paytlarda, yomg‘ir suvi sevishganlarning so‘nggi makonini g‘arq qilgudek xavf tug‘dirib nimko‘r derazalar oldidan darvoza tomon ayqirib oqqan paytlarda ular pechka yoqib qo‘rda kartoshka pishirishar edi. Barmoqlarini kulga bulg‘ab kartoshkaning qora po‘stini archishganda undan bug‘ chiqardi. Podvalda kulgi yangrardi, bog‘chadagi daraxtlar yomg‘irdan keyin singan shoxchalarini, oppoq popiltiriqlarini yerga to‘kardi. Momaqaldiroq sadolari tinib, issiq yoz payti kelganda ko‘pdan orzu qilingan va ikkovlari birday yaxshi ko‘rgan atirgullar guldonda paydo bo‘lardi.
O‘zini usta deb atagan odam ish bilan mashg‘ul bo‘lar, ayol esa bigiz tirnoqli barmoqlarini sochlari orasiga botirib yozilgan sahifalarni qayta o‘qib, o‘qib bo‘lgach esa manavi qalpoqchani tika boshlardi. Ba’zida u yerga cho‘kkalab javonning pastki qavatidagi kitoblarning yoki stulgachiqib olib yuqori qavatdagi yuzlab kitoblarning chang bosgan sherozalarini latta bilan artardi. U adibga shonu-shuhrat bashorat qilib, uni tezroq ishlashga undarkan, ayni o‘sha paytda uni usta deb atay boshlagan edi. U Iudeyaning beshinchi prokuratori haqidagi kitobning va’da qilingan oxirgi jumlalarini o‘qishga musharraf bo‘lib, ko‘ngliga yoqqan ayrim jumlalarni qiroat bilan baralla takror-takror o‘qirkan, «bu roman — mening hayotimdir», degandi.
Roman avgust oyida yozib tugatilib, qaysiyam bir notanish mashinistkaga berildi, mashinistka uni besh nusxada ko‘chirdi. Mana, nihoyat, xufiya makon tark etilib, hayot maydoniga chiqadigan kun ham keddi.
— Ha, men qo‘limda romanim bilan hayot maydoniga chiqdim, lekin chikdimu hayotim nihoyasiga yetdi, — deb pichirladi usta va boshini xam qildi, sariq ip bilan «M» harfi tikilgan mash’um qora qalpoqcha uzoq vaqt tebranib turdi. Keyin u hikoyasini davom ettirdi, lekin endigi gaplari poyintar-soyintar bo‘lib chiqdi. Mehmonning bu gaplaridan faqat bir narsani anglash mumkin edi: uning boshiga nihoyatda og‘ir bir falokat tushgan edi.
— Adabiyot olamiga birinchi marta qadam qo‘yishim edi, ammo hozir, hammasi adoyi tamom bo‘lib, halokatga uchraganim aniq bo‘lgandan keyin men uni mudhish hayrat bilan eslayman! — deb usta tantanavor pichirlarkan, qo‘lini ko‘tardi. — Ha, nihoyatda hayratga soddi u meni, nihoyatda!
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 12
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.