Usta va Margarita - 29

Total number of words is 4227
Total number of unique words is 2092
36.5 of words are in the 2000 most common words
54.6 of words are in the 5000 most common words
63.1 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
— Skabichevskiy, — deb chiyilladi u negadir qo‘li bilan primusini ko‘rsatib. Sofya Pavlovna bu familiyani ham yozib, daftarni imzo chekish uchun ikki mushtariy oldiga surib qo‘ydi. Korovyov «Panaev» familiyasi qarshisiga «Skabichevskiy» deb, Begemot esa «Skabichevskiy» familiyasi ro‘parasiga «Panaev» deb imzo chekishdi. Archibald Archibaldovich o‘z raftori bilan Sofya Pavlovnani tamomila hayratga solib, jozibali tabassum qilgancha, mehmonlarni rovonning narigi chekkasidagi eng yaxshi stol tomon boshlab ketdi… Hangu mang bo‘lib qolgan Sofya Pavlovna ko‘zlarini «pir-pir» uchirib, uzoq vaqt kutilmagan mushtariylar chekkan imzolarga tikilib o‘tirdi.
Archibald Archibaldovich ofitsiantlarni Sofya Pavlovnadan ham ko‘proq taajjubda qoddirdi. U shaxsan o‘zi stul surib, Korovyovni o‘tirishga taklif qildi, bir ofitsiantga ko‘z qisib, ikkinchisining qulog‘iga nimadir shivirladi, shundan keyin ular ikkovi yangi mehmonlar atrofida parvona bo‘la boshladilar (bu payt mehmonlardan biri o‘zining rangi o‘chib sarg‘ayib ketgan botinka kiygan oyog‘i tagiga primusini qo‘ydi). Stol ustidagi hammayog‘i dog‘-dug‘ dasturxon ko‘z ochib-yumguncha g‘oyib bo‘lib, o‘rniga badaviylarning yaktagi kabi oppoq, nishastalangan dasturxon havoda shitirlab yozildi, bu asnoda Archibald Archibaldovich Korovyovning qulog‘iga engashib juda ma’nodor ohangda ohista pichirlardi.
— Qanday taomni ixtiyor qiladilar? Qizil paliqning maxsus tayyorlangan sarpanjasi bor… arxitektorlar s’ezdidan undirdim…
— Siz… e… bizga, umuman yegulik bir nima bering… e… — muruvvat qilayotganday g‘o‘ldiradi Korovyov stulga suyanarkan.
— Tushundim, — deb ko‘zini yumib ochdi Archibald Lrchibaldovich, ma’nodor javob qilarkan.
Restoran boshlig‘ining bu o‘ta shubhali nusxalar bilan qilayotgan muomalasini ko‘rgan ofitsiantlar har qanday shubhani tark etib, ishga jiddiy kirishishdi. Biri cho‘ntagidan papiros qoldig‘ini olib chekmoqchi bo‘lgan Begemotga gugurt chaqib tutdi, ikkinchisi yelib-yuturib, pichoq, qoshiq, sanchiqlar yoniga kichkina ryumkalar, vino ichiladigan cho‘zinchoq ryumkalar va nafis qadahlarni jaranglatib terib chiqa boshgladiki, bunday qadahlardan soyabon ostida o‘tirib, muzday narzan suvi ichish kishiga huzur bag‘ishlaydi… yo‘q, voqeadan bir oz oldinlab ketib aytishimiz mumkinki… narzan suvi ichish huzur bag‘ishlagan edi mashhur Griboedov rovoshshing soyaboni ostida.
— Bulduruqning biqin go‘shti bilan mehmon kilishim mumkin, — deb xirgoyi qilayotganday ming‘illardi Archibald Archibaldovich. Mehmon uning taklifini to‘la-to‘kis ma’qulladi va pensnesining darz ketgan benaf oynasi orqali unga iltifot bilan tikildi.
Qo‘shni stolda o‘z xotini bilan qovurilgan cho‘chqa go‘shti yeb o‘tirgan belletrist Petrakov-Suxovey barcha yozuvchilarga xos bo‘lgan kuzatuvchanlik bilan Archibald Archibaldovichning xushomadlarini ko‘rib, juda-juda taajjubda qoldi. Uning rafiqasi, g‘oyat muhtarama xonim esa Archibald Archibaldovichni Korovyovdan qizg‘anib, hattoki… — nega bizga qaramay qo‘yishdi… axir muzqaymoq tortishlari kerak-ku! Bu nimasi? — demoqchi bo‘lganday qoshiqchasi bilan stolni to‘qillata boshladi ham.
Biroq Archibald Archibaldovich nazokatli jilva bilan ular tomon boqdi-yu, u yoqqa darhol ofitsiantni yo‘lladi, o‘zi esa aziz mehmonlari oldidan jilmadi. Oh, zukko odam edi Archibald Archibaldovich! Kuzatuvchanlikda esa har qanday yozuvchidan ham qolishmasdi. U Vareteda berilgan sehrgarlik seansidan ham, shu keyingi kunlarda yuz bergan ko‘pgina hodisalardan ham voqif edi, lekin bunaqa odamlarning aksi o‘laroq, «katak kamzulli» va «mushuk» degan so‘zlarni yodida mahkam saqlab qolgan edi. Archibald Archibaldovich bu ikki mehmonning kimligini darrov fahmlab oldi. Fahmlagach, turgan gapki, ular bilan janjallashib o‘tirmadi. Afsus, Sofya Pavlovna qovun tushirib qo‘ydi-da! Tavba, kelib-kelib shu ikki mushtariyning yo‘lini to‘sib o‘tiripti-ya! E, nimaniyam tushunardi u!
Petrakova xonim eriy boshlagan muzqaymoqqa kalondimog‘lik bilan qoshiqchasini niqtab o‘tirarkan, allaqanday masxarabozlarga o‘xshab kiyingan ikki mushtariy o‘tirgan stol sathining qandaydir sehr-jodu bilan turli noz-ne’matlarga to‘la boshlaganini g‘araz bilan kuzatardi. Ana, yangi ikra bilan to‘ldirilgan vaza sathida yaraqlaguncha tozalab yuvilgan ko‘katlar paydo bo‘ldi… yana zum o‘tmay, stolga olib kelib tirkalgan maxsus stolchada sovukdan terlagan kumush chelakcha paydo bo‘ldi…
Archibald Archibaldovich faqat hamma narsa bekamu ko‘st muhayyo qilinganiga ishonch hosil qilgach va usti yopilgan, ichida nimadir jiz-biz qilayotgan tova ofitsiantlar qo‘lida uchib kelib stol ustiga qo‘ngandan keyingina ikki sirli mushtariyni tark etishga jur’at etdi, shunda ham ketishi oldidan ularning qulog‘iga shipshishni unutmadi:
— Uzr! Bir daqiqaga! Bulduruq go‘shtidan shaxsan o‘zim xabar olmoqchiman.
U pildirab borib, restoran ichkarisiga kirib ketdi. Agar biron kishi Archibald Archibaldovichning shundan keyingi o‘zini tutishini kuzata olganda edi, uning xiyla jumboqli harakat qilganini ko‘rgan bo‘lardi.
Boshliq bulduruq go‘shtining pishishini kuzatgani oshxonaga emas, balki restoranning omborxonasiga yo‘l olgan edi. U omborxonani o‘z kaliti bilan ochib kirib, eshikni ichidan berkitib oldi, so‘ng yengini iflos qilmaslikka urinib, muzli dambadan ehtiyot bilan zilday-zilday ikkita qizil baliqni olib, gazetaga o‘radi-da, ustidan avaylab kanop bilan bog‘ladi va bir chetga qo‘yib qo‘ydi. Keyin qo‘shni xonaga o‘tib, shoyi astarli yozlik paltosi bilan shlyapasini ko‘zdan kechirdi, shundan keyingina oshxonaga yo‘l oldi, bu yerda oshpaz mehmonlarga va’da qilingan bulduruq go‘shtini zo‘r hafsala bilan pishirardi.
Shuni aytish kerakki, Archibald Archibaldovichning bu xatti-harakatlarida ajablanadigan yoki shubhali hech nima yo‘q edi, faqat yuzaki kuzatgan odamgina uning raftoridan taajjub qilishi mumkin edi. Holbuki, Archibald Archibaldovichning xatti-harakatlari shu topgacha bo‘lgan voqealarga mantiqan chambarchas bog‘liq edi. Griboedov restoranining boshlig‘i so‘nggi kunlarda yuz bergan hodisalardan o‘zining noqifligi bilan, alalxusus, beqiyos sezgirligi bilan, ikki mushtariyga berilastgan to‘kin-sochin va serdabdaba ziyofatning nihoyatda qisqa bo‘lajagini fahmlagan edi. Uning nodir sezgirligi bu gal ham pand bermadi.
Korovyov bilan Begemot ikki qaytalab tozalangan, xushyutum muzdek Moskva arag‘i to‘ldirilgan ryumkalarini ikkinchi marta cho‘qishtirishgan paytda, o‘zining bilarmonligi bilan bugun Moskvaga tanilgan xronikachi muxbir Boba Kandalupskiy qora terga botib, hayajonlanib restoran rovoniga kirib keldi va to‘g‘ri borib Petrakovlar stoli yoniga o‘tirdi. So‘ng qappaygan portfelini stolchaga qo‘ydi-yu, cho‘chchaygan labini Petrakovning qulog‘i ichiga tiqqudek yaqin olib borib, qandaydir juda antiqa narsalarni pichirlay boshladi. Sinchkovlik dardiga dosh bera olmagan Petrakova xonim Bobaning do‘rdoq va moy surtilgandek yaltiroq lablariga o‘z qulog‘ini ham tutdi. Boba esa goh-goh atrofga o‘g‘rincha nazar tashlab, labi labiga tegmay hamon pichirlab yotardiki, uning uzupdan-uzoq pichir-pichiridan ayrim so‘zlarnigina ilg‘ab olish mumkin edi. Chunonchi:
— Ont ichib aytaman! Sadovayada, Sadovaya ko‘chasida, — deb Boba ovozini yana ham pastlatdi. — O‘q kor qilmasmish! O‘qlar… viz-viz… benzin, yong‘in… otishma…
— Qayoqdagi betuturiq mish-mishlarni tarqatib yurgan mana shunaqa yolg‘onchilarni, — dedi baralla do‘rillagap ovoz bilan darg‘azab Petrakova xonim, — mana shunaqalarni tanobini tortib qo‘yishsa yaxshi bo‘lardi! Hechqisi yo‘q, ularni fosh qilishadi hali, albatta tartibga chaqirib qo‘yishadi! Hammasi zararli uydirma!
— Nimasi uydirma, Antonida Porfirevna! — dedi yozuvchi xotinining bu gapidan ranjigan Boba va yana pichirlashda davom etdi: — Aytyapman-ku sizga, o‘q olmayapti… Endi, buning ustiga, yong‘in… Ular osmonda… osmonga uchib ketishipti, — Boba ilonday vishillab pichirlarkan, uning hikoyasi qahramonlari shu yerda, yonginasida gaplarini huzur qilib tinglab o‘tirishganidan g‘ofil edi, albatta. Lekii mushtariylarning huzur-halovati tezda tugadi. Restoranga ochiladigan eshikdan oyoqlariga charm qo‘nj kiygan, bellarini kamar bilan qattiq siqib bog‘lagan uch nafar erkak qo‘llarida revolver bilan rovonga o‘qday otilib chiqdi. Oldindagi erkak baland ovoz bilan qo‘rqinchli ohangda qichqirdi:
— Joylaringdan qimirlama! — Shu gapdan keyin birdan uchala erkak Korovyov bilan Begemotning boshini mo‘ljalga olib o‘q ota boshlashdi. O‘qqa tutilganlar shu zahoti havoda erib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lishdi, primusdan esa «pov» etib o‘t chiqib, to‘g‘ri chodirga urildi. Chodirdaqora tuynuk paydo bo‘lib, uning gir aylanasi kuyib tobora kengaya boshladi. Alanga shu tuynuk orqali osmonga otilib, Griboedov uyining tomigacha yetdi. Ikkinchi qavatdagi redaktsiya xonasining derazasiga taxlab qo‘yilgan papkalardagi qo‘lyozmalarni birdan o‘t oldi, so‘ng olov darpardani yamlay boshladi, ana shunda alanga, xuddi kimdir uni azza-bazza puflayotganday, gurillab Griboedov xolasining uyi ichiga o‘qday otildi.
Yana bir necha soniyadan so‘ng xiyobondagi cho‘yan panjara devor sari olib boruvchi asfalt yo‘lkadan (esingizda bo‘lsa, kitobxon, chorshanba kuni kechqurun yuz bergan baxtsizlikning birinchi darakchisi Ivanushka shu yo‘ldan kelgan, ammo unga hech kim quloq solmagan edi) chala ovqatlangan yozuvchilar, ofitsiant-lar,Sofya Pavlona, Boba, Petrakova, Petrakov chopib o‘ta boshladilar.
Ko‘chaga yon eshikdan oldinroq chiqib olgan Archi-bald Archibaldovich shoyi astarli yozlik paltosida ikki qo‘ltig‘iga g‘o‘lasimon ikkita ulkan qizil baliq qistirib olgancha, xuddi yonayotgan kemasini hammadan keyin tark etmoqchi bo‘lgan kapitandek, hech qayoqqa qochmay, hech yoqqa shoshmay, bamaylixotir turardi.
Yigirma to‘qqizinchi bob
USTA BILAN MARGARITANING QISMATIANIQ
Moskvadagi, bundan taxminan yuz ellik yil burun qurilgan eng chiroyli binoning tomidagi tosh supada, juda balandda, quyosh botayotgan kechki payt ikki kim-sa: Voland bilan Azazello hozir bo‘ldi. Ular ko‘chada-gi odamlarga ko‘rinmasdilar: chunki ularni ganchdan yasalgan vazalar va gullar bilan bezatilgan panjara begona ko‘zlardan to‘sib turardi. Lekin o‘zlari shaharning eng chekka yerlarigacha bahuzur kuzatardilar.
Voland har safargiday qora jubbasini kiyib, yig‘ma kursida o‘tirardi. Uning uzun, dami qalin shamshiri ayvon sahniga yotqizilgan yassi toshning darziga tikka sanchilgan ediki, bundan quyosh soati hosil bo‘lgan edi. Shamshirning soyasi shayton oyog‘idagi qora tufli tomon ohista va to‘xtovsiz o‘rmalab cho‘zilib borardi. Voland o‘tkir iyagini mushtiga tirab, bir oyog‘ini tagiga bosib kursida bukchayib o‘tirarkan, to ufqqa yetguncha yoyilgan behisob qasr va saroylar, mahobatli imoratlar va buzilishga mahkum kulbalardan ko‘zini uzmasdi. O‘zining zamopaviy libosini, ya’ni kamzuli, shlya-pa-kotelogi, loklangan tuflisinitark etib, endi xuddi Volanddek qora kiyinib olgan Azazello o‘z xukmdoridan sal narirokda dong qotib turarkan, u ham shahar manzarasidan ko‘z uzmasdi.
Voland gap boshladi:
— G‘oyat antiqa shahar, shunday emasmi? Azazello bir qimirlab qo‘yib, ehtirom bilan ja- vob qaytardi.
— Messir, menga ko‘proq Rim yoqadi!
— Ha, bu didga bog‘liq, — javob qildi Voland. Bir oz vaqtdan keyin yana uning ovozi eshitildi:
— Huv anavi xiyobonda nega tutun borqsiyapti?
— Griboedov yonyapti, — javob qiddi Azazello.
— Bu, nazarimda, ikki qadrdonning — Korovyov bilan Begemotnipg ishi bo‘lsa kerak?
— Shak-shubhasiz, messir.
Yana sukut cho‘kdi, bu payt g‘arb tomonga qaragan uy-larning yuqori qavatlaridagi derazalar quyoshning ko‘zni qamashtiruvchi shu’lasini o‘zida aks etdira boshladilar. Volandning ko‘zi ham, garchi u kunbotar tomonga orqa o‘girib o‘tirgan bo‘lsa-da, o‘sha uylarning derazalari kabi porlardi.
Lekin shu payt nimadir Volandni shahardan yuz o‘girib, o‘z orqasida, tomga qo‘ndirilgan doirasimon minoraga qarashga majbur etdi. Minora devori ichidan chuvrindi kiyim-boshiga loy sachragan, oyog‘iga odmi shippak kiygan, noxush qiyofali bir qorasoqol odam chiqib keddi.
— Ie! — xitob qildi Voland bu odamga istehzo bilan qararkan, — aynan sening bu yerga kelishingni mutlaqo kutmagan edim! Xo‘sh, qanday xizmat bilan kelding, o chaqirilmagan, ammo kelishi taxminlangan mehmon?
— Sening huzuringga keldim, yovuzlik sultoni, arvohlar hukmdori, — deb javob qildi devordan chiqqan odam Volandga qovoq ostidan ho‘mrayib qararkan.
— Baski, huzurimga kelgan ekansan, nechun menga salom bermading, ey sobiq o‘lpon yig‘uvchi? — dedi Voland qahr bilan.
— Negaki men sening salomat bo‘lishingni istamayman, — deb javob qildi kelgan odam gustohlik bilan.
— Lekin mening barhayotligimga ko‘nikishingga to‘g‘ri keladi, — deb e’tiroz bildirdi Voland va og‘zini qiyshaytirib istehzo qiddi, — sen bu tomda paydo bo‘lgan zahoting bema’ni ish qilding, bu bema’niliging, men senga aytsam, gapirish ohangingda. Sen so‘zlarni shunday talaffuz qildingki, go‘yo arvohlarni (ya’ni ko‘lankalarni), shuningdek, yovuzlikni ham e’tirof etmayman demoqchi bo‘lding. Sen, bir iltifot qilib, mana shu savol ustida bosh qotirib ko‘rsang: agar yovuzlik bo‘lmasa, sen homiysi bo‘lgan o‘sha ezgulik nima bilan shug‘ullangan bo‘lardi, agar jamiki ko‘lankalar g‘oyib bo‘lsa, yer yuzi qanday qiyofa kasb etgan bo‘lur edi? Axir buyumlar va odamzod bor ekanki, ko‘lankalar mavjud. Mana shamshirimning ko‘lankasi. Lekin dov-daraxtning ham, barcha jonzodlarning ham ko‘lankasi bo‘ladi. Yo sen o‘zingning yolg‘iz siz bilan zavqlanaman degan xomxayoling tufayli yer yuzini qirtishlab, barcha dov-daraxtni, butun jonzodlarni yo‘q qilmoqchimisan? Sen tentaksan.
— Sen bilan mubohasa qilishni istamayman, qari safsataboz, — deb javob qildi Leviy Matvey (bu odam — o‘sha Leviy Matvey edi).
— Men bilan shuning uchun ham bahslasha olmaysanki, sen, boya aytganimdek, tentaksan, — deb javob qiddi Voland va so‘radi. — Qani, meni toliqtirmay, maqsadga o‘t, nega kelding?
— Meni u yubordi.
— Qanday gap olib kelding undan, qul?
— Men qul emasman, — tobora ko‘proq achchig‘lanib javob qildi Leviy Matvey, — men uning shogirdiman.
— Biz, har galgidek, sen bilan boshqa-boshqa tilda gaplashyapmiz, — dedi Voland, — lekin bu bilan suhbatimiz mavzui bo‘lgan narsalar o‘zgarmaydi. Xo‘sh, shunday qilib…
— U ustaning asarini o‘qib chiqdi, — deb gapira boshladi Leviy Matvey, — shu bois, u sendan ustani o‘zing bilan olib ketib, unga orom baxsh etishingni iltimos qildi. Nahotki bu ish sen uchun qiyin bo‘lsa, yovuzlik sultoni?
— Men uchun qiyin ish yo‘q, — deb javob qildi Voland, — buni o‘zing ham yaxshi bilasan. — U bir oz tek qoldi, so‘ng ilova qildi: — Nega endi uni o‘zlaringga — yorug‘likka olib ketmayapsizlar?
— U yorug‘likka emas, oromga sazovor, — dedi Leviy g‘amgin ovoz bilan.
— Borib ayt, buyruq bajariladi, — javob qildi Voland va: — Lekin sen darhol ko‘zimdan yo‘qol, — deb ilova qilar ekan ko‘zida o‘t chaqnadi.
— Uning yana bir iltimosi shuki, ustani sevgan va u deb iztirob chekkan ayolni ham olib ketarmishsizlar, — deb Leviy birinchi marta yolboruvchi ohangda murojaat qildi Volandga.
— Aytmasang, o‘zimizning aqlimiz yetmas ekanmi bunga? Jo‘na.
Shu gapdan so‘ng Leviy Matvey g‘oyib bo‘ldi, Voland esa Azazelloni chaqirib olib, unga buyurdi:
— Darhol uchib borib, ularni safarga shayla. Azazello ayvonni tark etdi, tom boshida Voland yolg‘iz qoldi. Lekin uning yolg‘izligi uzoq cho‘zilmadi. Ayvonning tosh terilgan sahnida oyoq tovushlari va gangir-gungur ovozlar eshitildi. Volandning karshisida endi Korovyov bilan Begemot paydo bo‘lishdi. Biroq Begemotning qo‘lida primus yo‘q edi, u boshqa narsalarni ko‘tarib olgan edi. Chunonchi, u qo‘ltig‘iga dala manzarasi tasvirlangan mo‘’jazgina zarrin ramka qistirib olgan, bilagiga yarmi kuyib ketgan oshpazlar xalati tashlangan, ikkinchi qo‘lida butun boshli syomga balig‘i bor edi. Korovyov bilan Begemotdan kuyindi hidi kelar, Begemotning basharasiga qora kuya surtilgan, kepkasining yarmi kuygan edi.
— Salyut, messir, — deb chinqirishib salomlashdi tinib-tinchimas oshnalar, Begemot esa hatto syomga balig‘ini havoda silkib qo‘ydi.
— Qoyil, azamatlar, — dedi Voland kesatib.
— Messir, bir tasavvur qiling-a, — deb chiyilladi Begemot hayajon va quvonch bilan, — meni kafando‘z deb o‘ylashsa bo‘ladimi?
— Ko‘tarib kelgan narsalaringga qaraganda, — deb javob qildi Voland ramkadagi suratni ko‘zdan kechirarkan, — g‘irt kafando‘zdning o‘zisan.
— Ishonasizmi, messir… — deb Begemot samimiy ohangda gap boshlagan edi…
— Yo‘q, ishonmayman, — deb qisqagina javob bilan uning so‘zini bo‘ldi Voland.
— Ont ichib aytamanki, messir, kamina jonbozlik ko‘rsatib, hamin qadar ko‘proq narsani qutqarishga urindim, illo saqlab qolgan narsalarim mana shular xolos.
— Sen yaxshisi, menga ayt, qanday qilib o‘t ketdi Griboedovga? — so‘radi Voland.
Korovyov ham, Begemot ham«hayronmiz» degan ma’noda kiftlarini uchirib, ko‘zlarini ko‘kka tikishdi. Begemot esa yana chinqirib dedi:
— Aqlim bovar qilmaydi! Sho‘xlik qilmasdan, tinchgina, ovqatlanib o‘tirgan edik…
— Shu mahal birdan «paq, puq!» — deb gapni ilib ketdi Korovyov, — o‘q otila boshladi! Begemot ikkovimiz dahshatdan esimiz og‘ib qolib, xiyobon tomon yugurdik, orqamizdan quva boshlashdi, biz Timiryazev tomonga o‘zimizni urdik!
— Lekin burchga sadoqatlilik tuyg‘usi, — deb gapga aralashdi Begemot, — sharmandalarcha qo‘rquvdan ustun chiqdi-yu, biz yana qaytib bordik!
— E, shunaqami hali? — dedi Voland, — shundan keyin bino yonib kul bo‘lgan, albatta.
— Ha, kul bo‘ldi! — ma’yus ohangda ta’kidladi Korovyov, — ya’ni, messir, siz g‘oyat aniq ifoda etdingiz — kuyib kul bo‘ldi. Kuyik g‘o‘lalar qoldi, xolos!
— Men, — deb hikoyasini davom ettirdi Begemot, — majlislar zaliga otildim — ustunlari serob zalga, messir, biron-bir qimmatbaho buyumni qutqarib qolish maqsadida. O, messir, mening xotinim, agar men uylangan bo‘lganimda, bir emas, yigirma marta beva qolish xavfiga duchor bo‘lardi! Lekin, yaxshiyamki, messir, bo‘ydoqman, sizga ochig‘ini aytsam — g‘oyat baxtiyorman xotinim yo‘qligidan. O, messir, qaysi ahmoq bo‘ydoqlik erkidan voz kechib, boshini mash’um oilaviy bo‘yinturuqqa tiqadi-a?
— Bas qil safsatani! — dedi Voland.
— Bosh ustiga, davom etaman, — deb javob qildi mushuk, — darvoqe, mana surat. Boshqa hech narsa olib bo‘lmadi zaldan, alanga to‘g‘ri yuzimga urildi. Shundai keyin omborxonaga yugurdim, u yerdan manavi syomga balig‘ini olib chikdim. Oshxonaga otilib kirib, bu xalatni o‘tdan sakdabqoldim. Nazarimda, men, messir, qo‘limda kelgan hamma ishni qildim, ammo chehrangizdagi shubha alomatlarining sababi nima, tushunmayapman.
— Korovyov nima qildi, sen kafando‘zlik bilan ovora bo‘lgai paytingda? — deb so‘radi Voland.
— Men o‘t o‘chiruvchilarga ko‘maklashdim, messir, — javob qildi Korovyov shimining yirtig‘ini ko‘rsatib.
— Shunaqa degin, unday bo‘lsa, albatta yangi bino qurish lozim bo‘ladi.
— Bino quriladi, messir, — dedi Korovyov, — gapimga ishonavering.
— Hay, durust, unda yangi bino eskisidan yaxshiroq bo‘ladi deb umid qilaman, xolos, — dedi Voland.
— Aytganingizdek bo‘ladi, messir, — dedi Korovyov.
— Gapimga ishonavering, — deb ilova qildi mushuk, — kamina uchchiga chiqqan payg‘ambarman.
— Har qalay, istiqbolingizga qaytib keldik, messir, — dedi Korovyov, — farmoyishingizga muntazirmiz.
Voland kursidan turib, panjara oldiga bordi va o‘z mulozimlariga orqa o‘girgancha uzoq vaqt sukutga tolib, olis-olislarga tikilib turdi. So‘ng u panjaradan uzoqlashib, yana kursiga borib o‘tirdi-da, shunday dedi:
— Hech qanday farmoyish bo‘lmaydi — sizlar hamma vazifani, baholi qudrat bajardingiz, hozircha boshqa hech qanday xizmat yo‘q sizga. Dam olishingiz mumkin. Hozir momaqaldiroq boshlanadi, bu oxirgi momaqaldiroq yakunlanishi zarur bo‘lgan hamma narsaga yakun yasaydi-yu, biz yo‘lga ravonabo‘lamiz.
— Juda soz, messir, — deyishdi ikki masxaraboz va ayvon o‘rtasidagi doirasimon minora orqasiga o‘tib ko‘zdan g‘oyib bo‘lishdi.
Voland tilga olgan momaqaldiroq bulutlari bu payt ufkda to‘plana boshlagan edi. G‘arbdan qora bulut ko‘tarilib, quyoshning yarim betini to‘sdi. So‘ng uni butunlay burkab oldi. Ayvonda salqin shabada esdi. Yana xiyol vaqt o‘tishi bilan hammayoqni zulmat qopladi.
G‘arbdan bosib kelgan bu zulmat ulkan shaharni butkul burkab oldi. Ko‘priklar, qasrlar g‘oyib bo‘ldi. Hamma narsa, go‘yo hech qachon yorug jahonda bo‘lmagandek, ko‘zdan yo‘qoldi. Osmonning u chekkasidan-bu chekkasigacha o‘tli chiziq kesib o‘tdi. So‘ng shahar qandaydir zarbadan larzaga keldi. Zarba yana takrorlanib, momaqaldiroq boshlanadi. Voland bu zulmat qo‘ynida ko‘rinuvchanligini yo‘qotdi.
O‘ttizinchi bob
RIHLAT PAYTI KYELDI!
— Bilasanmi, — derdi Margarita, — kecha kechasi sen uxlab yotganingda men O‘rtaer dengizi tomonidan kelgan zulmat haqida o‘qib o‘tirdim… keyin o‘sha ma’budlar, oltin ma’budlar to‘g‘risida ham. Negadir ular meni mudom tashvishga solmokda. Nazarimda, hozir ham yomg‘ir yog‘adiganga o‘xshaydi. Salqin tushyapti, sezyapsanmi?
Usta papiros chekib, tutunini kafti bilan yelpib o‘tirarkan, javob qildi:
— Bular-ku hammasi yaxshi, ma’budlar ham yaxshi, havolasi xudoga ularning, lekin bundan bu yog‘iga nima bo‘ladi — hech aqlim bovar qilmayapti.
Bu suhbat kunbotar chog‘da, ayni tom boshidagi ayvonda turgan Volandning qoshiga Leviy Matvey kelgan paytda bo‘lgan edi. Podval darchasi ochiq edi, agarda hozir birov undan ichkariga mo‘ralasa, suhbatdoshlarning nihoyatda antiqa qiyofada ekanligini ko‘rib hang-mang bo‘lib qolardi. Chunki qip-yalang‘och Margaritaning yelkasiga qora rido tashlangan, usta esa kasalxonadan kiyib kelgan ichki ko‘ylak-ishtonda edi. Bunga sabab: Margaritaning hech qanday libosi yo‘q edi bu yerda (uning hamma kiyim-kechagi erining uyida qolgan, garchi u uy bu yerdan uncha uzoq bo‘lmasa ham, Margarita u yerga borib, o‘z buyumlarini olib kelishni xayoliga ham keltirmas edi). Usta esa garchi uning barcha kiyim-boshi shkafda bekamu ko‘st osilib turgan bo‘lsa ham, Margaritaga, hademay qandaydir mutlaqo bema’ni voqea sodir bo‘ladi, degan fikrni uqdirib, kiyinib olishni istamagan edi. To‘g‘ri, o‘sha mash’um kuz kechasidan beri endi birinchi marta soqolini ustarada olgan edi (shifoxonada upipg soqolini mashinkada olishardi).
Xona ham alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketgan va bu yerda ne hol yuz berganini tushunish mahol edi. Qo‘lyozmalar yerda, gilam ustida, shuningdek, divanda sochilib yotar. Qaysiyam bir ochiq kitob kresloga to‘nkarib qo‘yilgan. To‘garak stol usti har xil taomlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, ular orasida bir nechta shisha ham bor edi. Bu noz-ne’matlaru ichkiliklarning qayoqdan paydo bo‘lganini Margarita ham, usta ham bilmas edi. Ular uyqudan uyg‘onishganda bularning bari stol ustida muhayyo edi.
Shanba kunining qosh qorayguniga qadar uxlagan usta bilan uning rafiqasi endi o‘zlarini juda tetik his qila boshladilar, faqat bir narsa — ikkovlarining chap chakkalari bir oz simillab turgani kechagi sarguzashtlardan dalolat berardi. Lekin ikkovining ham ruhiyatida juda katta o‘zgarish sodir bo‘lgan edi-ki, podvaddagi kvartiradan eshitilayotgan suhbatga quloq solgan har qanday odam bu holni darhol fahmlagan bo‘lar edi. Lskip bu yerda quloq soladigan bironta ham kimsa yo‘q edi. Hovli hamisha huvillab yotardi. Kun sayii yashil libosini qalinroq qilib kiya boshlagan jo‘ka va oqtollarping bahor atrini endigina uyg‘ongan shabboda ochiq derazadap podvalga purkardi.
— Yo tavba! — deb yubordi birdan usta, — hech aql bovar qilmaydigan hol, — u papiros qoldig‘ini kuldonga ezib o‘chirdi-da, ikki qo‘li bilan boshini changalladi, — yo‘q, o‘zing o‘ylab ko‘r, sen axir esli-hushli ayolsan, menga o‘xshab jinni ham bo‘lmagansan. Kecha biziblisning huzurida bo‘lganimizga jiddiy ishonasanmi?
— Mutlaqo jiddiy, — deb javob qildi Margarita.
— Ha, albatta, albatta, — dedi usta kinoyaviy ohagda, — demak, endi bitta jinni ikkitaga ko‘payibdi-da! Er-xotin jinnilar. — U qo‘llarini ko‘kka cho‘zib qichqirdi: — Yo‘q, faqat shayton qilishi mumkin bu ishni! Shayton, shayton, shayton!
Margarita javob qaytarish o‘rniga o‘zini divanga otib, yalang‘och oyoqlarini likillatgancha xandon tashlab kularkan, chinqirib dedi:
— Voy, chidolmayman! Voy, ichagim uzilib ketadi hozir! O‘zingga bir qara, nimaga o‘xshaysan!
Usta kasalxonadan kiyib kelgan ishtonini iymanibgina tortib-tortib qo‘yarkan, bu orada rosa miriqib kulib olgan Margarita jiddiy tarzda gapira boshladi:
— Hozir sen beixtiyor haqiqatni gapirding, — dedi u, — faqat shaytonning qo‘lidan keladi bu ish, deb aytding, gapimga ishonaver, darhaqiqat, shayton hamma narsani jobajo qiladi! — Birdan uning ko‘zlarida o‘t chaqnadi, «dik» etib o‘rnidan turdi-da, shu yerda raqs tushib chinqira boshladi: — O, qanday baxtiyorman, qanday baxtiyorman, u bilan til biriktirganimdan behad baxtiyorman! O, iblis, iblis! Endi, tasadduq, jodugar xotin bilan umr kechirishingizga to‘g‘ri keladi. — Shundan keyin u ustaga tashlanib, uning bo‘ynidan mahkam quchoqlagancha, labidan, burnidan, yuzidan ustma-ust o‘pa boshladi. Ustaning taralmagan tim qora soch tolalari yelpinar, ikki yuzi va peshoiasi bo‘sa haroratidan lov-lov yonardi.
— Sen chindanam jodugarga o‘xshab ketibsan.
— Buni men inkor qilmoqchi ham emasman, — deb javob qildi Margarita, — men jodugarman va bundan behad mamnunman!
— Ha, yaxshi, — dedi usta, — jodugar bo‘lsang bo‘libsan. Bu juda soz, ajoyib hol! Demak, meni shifoxonadan o‘g‘irlab chiqishgan! Bu ham juda ma’qul ish. Bu yerga qaytarib olib kelishgan, faraz qilaylik, bu ham a’lo… Hay, ana, hatto bizni qidirshmaydi deb ham tasavvur qilaylik, lekin jami avliyo-anbiyolar haqqi, menga shuni ayt-chi, biz qanday va nima bilan kun kechiramiz? Bu gapni aytishimdan maqsad, men faqat seping tashvishingni qilyapman, azbaroyi xudo. Shu mahal derazada to‘mtoq tumshuqli bir juft botinka va taram-taram chiziqli shimning pochasi ko‘rindi. Keyin shimning tizzasi bukilib, kimningdir korsondek dumbasi derazadan tushayotgan yorug‘ni to‘sdi.
— Aloiziy, uydamisan? — degan ovoz eshitiddi u yerdan.
— Ana, boshlandi, — dedi usta.
— Aloiziymi? — deb so‘radi Margarita dsraza tagiga borib, — uni kecha qamoqqa olishdi. Kimsiz o‘zi? Familiyangiz nima?
Shu zahoti cho‘nqaygan dumba g‘oyib bo‘ldiyu ko‘cha eshikning «taq» etib yopilgani eshitildi, shundan keyin yana hammayoq suv quygandek jim-jit bo‘lib qoldi. Margarita divanga yotib olib, astoydil qotib-qotib kularkan, ko‘zlaridan yosh chiqib ketdi. Lekin u kulgidan to‘xtashi bilan yuzi tamomila o‘zgacha qiyofa kasb etdi, endi u jiddiy ohangda gapira boshladi, gapirarkan, divandan sirg‘alib tushdi va ustaning poyiga emaklab keldi-da, uning ko‘zlaridan ko‘zini uzmay, boshini silay boshladi.
— Sho‘rlikkinam, juda ko‘p qiynalding, ko‘p iztirob chekding! Buni faqat men bilaman. Mana, sochlaringga oq ham oralabdi, labingning chekkasida ajinlar paydo bo‘lipti. O, mening yolg‘izim, azizim, hech nimani o‘ylama. Sen juda ko‘p o‘ylading, endi sen uchun ham mep o‘ylayman! Senga kafolat berib, ont ichib aytaman, endi turmushimiz judayam yaxshi bo‘ladi.
— Men hech narsadan qo‘rqmayman, Margo, — dedi kutilmaganda usta va boshini ko‘targan edi, Margaritaning ko‘ziga u hech qachon bo‘lmagai, ammo bo‘lganligiga aniq ishongan narsasi to‘g‘risida asar yozgan paytidagi qiyofasida ko‘rindi, — shuning uchun ham qo‘rqmaymanki, hamma qiyinchiliklarni boshimdan kechirib bo‘lganman. Meni juda ko‘p qo‘rqitishgan, endi hech nima bilan qo‘rqita olmaydilar. Lekin men senga achinaman. Margo, hamma balo shunda, mana shuning uchup ham bir gapni senga takror-takror aytib yotibman. Esingni yig‘!
Bemor va qashshoq odam bilan umr kechirib nima qilasan— umring xazon bo‘ladi-ku! Uyingga qayt! Senga achinganimdan aytyapman bu gaplarni.
— E, seni qara-yu, — deb pichirlardi Margarita sochlari parishon boshini sarak-sarak qilib, — voy, hech nimaga ishonmaydigan sho‘rpeshonam-e. Kecha butun tun seni deb qip-yalang‘och diydirab turdim, o‘z ayollik xislatimni yo‘qotib, jodugarga aylandim, bir necha oy muttasil qorong‘i qaznoqda o‘tirib, faqat bir narsani — Yershalaim uzra momaqaldiroq gumburlagani haqida o‘yladim, uzzu kun yig‘layverib ko‘zlarimda yosh qolmasa-yu, endi boshimizga baxt qushi qo‘nganda meni haydamoqchimisan? Ha, mayli, men ketaman, ketaman, lekin bilib qo‘y, sen toshbag‘ir odamsan! Ular sening qalbing qo‘rini tamoman o‘chirib bo‘lishipti!
Shunda ustaning yuragida alamli bir nazokat tuyg‘usi uyg‘ondi va yuzini Margaritaning sochlari orasiga olib, besabab yig‘lab yubordi. Margarita ham uning yig‘isiga jo‘r bo‘larkan, barmoqlari bilan ustaning ikki chakkasini paypaslagancha pichirlardi.
— Ha, oq tolalar, boshing ko‘z oddimda qordek oqara boshlayapti, oh, ne-ne iztiroblarga bardosh bergan sho‘rlik boshing. Qara, ko‘zlaring juda boshqacha-yu! Ko‘zlaripgda faqat bo‘shliq namoyon… Yelkalaring, yelkalaring esa xuddi og‘ir yuk ko‘targandek cho‘kkan… Mayib, majruh qilib qo‘yishipti seni, — Margaritaning gaplari bir-biriga qovushmas, u yig‘idai entikib-entikib qo‘yardi.
Shunda usta ko‘zyoshlarini artdi-da, tiz cho‘kkan Margaritani oyoqqa turg‘azdi, o‘zi ham o‘rnidan turib, qat’iy ohangda dedi:
— Bo‘ldi, yetar! Meni yomon izza qildiig. Endi hech qachon irodasiz bo‘lmaymap, bu xmasalaga boshqa qaytmayman ham, ko‘ngling to‘q bo‘lsin. Bilaman, ikkovimiz ham o‘z ruhiy kasalligimiz qurboni bo‘lganmiz, bu dardni senga men yuqtirdim… Nachora, bu dard azobini birgalikda tortamiz endi.
Margarita og‘zini ustanipg qulog‘iga yaqin olib borib pichirladi:
— Sening hayoting haqqi, sen kashf etgan o‘sha munajjimzoda haqqi ont ichib aytamanki, turmushimiz yaxshi bo‘ladi.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 30
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.