Usta va Margarita - 02

Total number of words is 4168
Total number of unique words is 1934
37.0 of words are in the 2000 most common words
55.5 of words are in the 5000 most common words
64.1 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
— Sir emas. Hozir Sadovaya ko‘chasiga, uyimga boraman, keyin kech soat o‘nda MASSOLITda majlis bor, men unda raislik qilaman.
— Yo‘q, aslo bunday bo‘lishi mumkin emas, — qat’iy e’tiroz bildirdi xorijlik kishi.
— Nima uchun endi?
— Shuning uchunki, — deb javob qaytara boshladi ajnabiy mehmon va suzuk ko‘zlarini osmonga qaratdi, — hademay oqshomgi salqin tushishini his qilgan qora qaldirg‘ochlar fazoda tovushsiz «viz-viz» uchadilar, Annushka pista moyi sotib oldi, sotib oldigina emas, uni to‘kib ham bo‘ldi. Demak, majlis bo‘lmaydi.
Turgan gapki, bu mujmal gapdan so‘ng jo‘kalar ostiga sukunat cho‘qdi.
— Afv etasiz, — deb bir oz sukutdan keyin gap boshladi Berlioz, bema’ni safsata sotayotgan xorijlik kishiga qarab qo‘yib, — pista moyining bunga nima daxli bor… keyin, kim u Annushka?
— Pista moyining daxldorligiga sabab buyoqda, — deb birdan gapga aralashdi Bezdomniy, chamasi u chaqirilmagan hamsuhbatga qarshi urush e’lon qilmoqchi bo‘lgandi, — siz, grajdanin, ruhiy kasallar shifoxonasida hech bo‘lganmisiz?
— Ivan!.. — ohista tanbeh berdi Mixail Aleksandrovich.
Lekin ajnabiy mehmon aslo ranjimadi, balki xushchaqchaq kulib yubordi.
— Bo‘lganman, bir emas, bir necha marta bo‘lganman! — deb chinqirdi u kulgancha, lekin jiddiy ko‘zlarini shoirdan uzmay. — Ne-ne joylarda bo‘lganman! Faqat, afsus, professordan shizofreniya nima deb so‘rashni unutibman. Endi o‘zingiz undan so‘rab bilib olasiz-da, Ivan Nikolaevich!
— Ismi-sharifimni qayoqdan bilasiz?
— Qiziqmisiz, Ivan Nikolaevich, sizni kim tanimas ekan? — ajnabiy mehmon shunday deb cho‘ntagidan «Literaturnaya gazeta» ning kechagi sonini chiqardi, shunda Ivan Nikolaevich gazetaning birinchi sahifasida o‘z suratini, surat ostida o‘zi yozgan she’rni ko‘rdi. Biroq kechagina uni xushnud etgan shuhrat va dovruq sababchisi bo‘lmish bu she’r endi shoirni aslo sevintirmadi.
— Meni kechirasiz, — dedi u rangi quv o‘chib ketib, — bir daqiqa sabr qila olmaysizmi? O‘rtog‘imga aytadigan ikki og‘iz omonat gapim bor edi.
— O, bemalol! — dedi notanish kishi. — Bu yer — jo‘ka osti juda halovatli yer ekan, undan keyin, men hech yerga shoshayotganim yo‘q.
— Menga qara, Misha, — pichirladi shoir Berliozni chetroqqa boshlab o‘tib, — u hech qanaqa ajnabiy emas, balki josus. U mamlakatimizga o‘tib olgan rus muhojiri. Tezroq uning hujjatini so‘ra, bo‘lmasa ketib qoladi…
— Shunaqamikin-a? — hayajonli pichirladi Berlioz, o‘zi esa: «Gapi to‘g‘riga o‘xshaydi!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi.
— Gapimga ishonaver, — deb Berliozning qulog‘iga xirilladi, — u o‘zini go‘llikka solib, ba’zi narsalarni bilib olmoqchi. Ugshng ruscha qanaqa gapirishini o‘zing eshitding, — shoir pichirlab gapirarkan, notanish odam qochib ketmasin, deb u tomonga ko‘z qirini tashlab turardi, — yur, uni qo‘lga olamiz, qochib qolmasidan…
Keyin shoir Berliozni qo‘lidan ushlab, uni skameyka tomon boshladi.
Begona kishi endi skameykadan turgan, qo‘lida to‘q kulrang muqovali qandaydir guvohnoma, sifatli qalin qog‘ozdan ishlangan konvert va tashrifnoma ushlab turardi.
— Meni kechiringlar, mubohasaga berilib ketib, o‘zimni tanitishni unutibman. Mana mening tashrifnomam, pasportim va Moskvaga konsultatsiyaga chaqirilgapim haqida taklifnoma, — deb notanish kishi ikkala adabiyotchiga o‘tkir ko‘zlariii tikkancha keskin-keskin gapirdi.
Shunda ikki do‘st xijolat bo‘lib qoldi. «Obbo, hamma gapni eshitipti-yu…» — deb o‘yladi Berlioz va muloyim ishora bilan hujjat ko‘rsatishning hojati yo‘qligini bildirdi. Ajnabiy mehmop xujjatlarini muharrirga uzatayotgan chog‘da, tashrifnomadagi ajnabiy tilda «professor» deb yozilgan so‘zgava familiyasining bosh harfi — («V»)ga shoirning ko‘zi tushib qolgan edi.
Bu asnoda, muharrir xijil bo‘lib:
— G‘oyat xursandman, — deb g‘o‘ldiradi, xorijlik kishi hujjatlarini yana cho‘ntagiga solib qo‘ydi.
Shu yo‘sinda munosabat qayta tiklandi-yu uchovlari yana skameykaga o‘tirishdi.
— Siz mamlakatimizga konsultant sifatida taklif qilinganmisiz, professor? — so‘radi Berlioz.
— Ha, konsultantman.
— Siz — nemismisiz? — deb surishtirdi Bezdomniy.
— Menmi?.. — takror so‘radi professor va birdan chuqur o‘yga toldi. — Ha, nemis desayam bo‘ladi…
— Ruscha juda yaxshi gapirarkansiz, — e’tirof etdi Bezdomniy.
— O, men umuman poliglotman, juda ko‘p tilni bilaman, — javob qildi professor.
— Qay sohadan mutaxassissiz? — deb so‘radi Bezdomniy.
— Men jodu bo‘yicha mutaxassisman.
«Shu yetmay turuvdi!..» — degan fikr Mixail Aleksandrovichning miyasiga sanchikday urildi.
— Siz… sizni shu soha bo‘yicha taklif qilishganmi mamlakatimizga? — duduqlanib so‘radi u.
— Ha, shu soha bo‘yicha, — deb tasdiqladi professor va fikrini izohlay boshladi: — Bu yerdagi davlat kutubxonasida o‘ninchi asrda yashagan afsungar Her-bert Avrilakskiyning asl qo‘lyozmalari topilgan. Shularni tahlil qilishni so‘rashyapti mendan. Bu sohada men dunyoda yagona mutaxassisman.
— A-a! Tarixchi ekansiz-da? — yengil tin olib, hurmat bilan so‘radi Berlioz.
— Ha, tarixchiman, — tasdiqladi olim, so‘ng xuddi tomdan tarasha tushganday ilova qildi: — Bugun kechqurun Patriarx ko‘lida alomat voqea sodir bo‘ladi!
Muharrir bilan shoir yana hayratlanishdi, professor esa ularni o‘ziga tomon imladi, ikki do‘st engashib, unga quloq tutganda, shunday deb pichirladi:
— Esingizda bo‘lsin, Iso bo‘lgan.
— Bilasizmi, professor, — dedi Berlioz zo‘rma-zo‘raki jilmayib, — biz sizning benazir bilimingizni hurmat qilamiz, ammo biz bu masalada o‘zgacha nuqtai nazarga egamiz.
— Hech qanday nuqtai nazarning keragi yo‘q! — javob qildi alomat professor. — U bo‘lgan, vassalom.
— Axir buning uchun qandaydir isbot kerak-ku… — deb gap boshladi Berlioz.
— Hech qandy isbotning hojati yo‘q, — deb javob qildi professor va past ovoz bilan gapira boshladi, ammo uning tilidagi ajnabiylarga xos talaffuz negadir endi yo‘qolgan edi: — Buning hech taajjub qiladigan yeri yo‘q! Egniga qirmizi astarli oq rido kiygan…
Ikkinchi bob
PONTIY PILAT
Egniga qirmizi astarli oq rido kiygan Iudeya prokuratori Pontiy Pilat bahorgi nison oyining o‘n to‘rtinchi kuni ertalab barvaqt Buyuk Irod qasrining ikki qanoti o‘rtasidagi usti yopiq ustunlar poyiga xuddi suvoriy kabi poshnasini sudrab chiqib keldi.
Prokurator hamma narsadan ham atirgul moyining hidini yoqtirmas edi, shu bois, bugungi kun dilsiyohlik bilan o‘tishi muqarrar edi, zero bu hid bugun tongdan uni ta’qib qila boshlagan edi. Prokuratorning nazarida, atirgul isini bog‘dagi sarv va xurmo daraxtlari chiqarayotganday, ko‘n abzallar va otlarning hidiga ham o‘sha la’nati atirgul hidi omixta bo‘layotgandek tuyulardi. Prokuratorni Yershalaimga kuzatib kelgan O‘n ikkinchi Shiddatli legionning birinchi kogortasi joylashgan qasr ortidagi uylardan bog‘ning muallaq sahni osha ustunlar maydoniga tutun esib kelar, oshpazlarning tushlik hozirlay boshlaganidan darak beruvchi bu achchiq tutunga ham o‘sha o‘tkir atirgul hidi omixta bo‘layotgan edi. O, tangrilar, qay gunohim uchun meni buncha azoblaysizlar?
«Ha, shubha yo‘q! Yana o‘sha dard, hech daf qilib bo‘lmaydigan yaramas Xemikraniya kasali — u qo‘ziganda kallaning yarmi og‘riydi. Bu dardga davo yo‘q, undan qutulish uchun hech qanday iloj ham yo‘q. Boshimni qimirlatmaslikka urinib ko‘ray-chi».
Favvora yaqinidagi koshinkor sahnga suyanchiqli kursi qo‘yilgan edi, prokurator hech kimga ko‘z tashlamay, shu kursiga o‘tirdi-yu, qo‘lini yon tomonga cho‘zdi.
Kotib uning uzatgan qo‘liga ehtirom bilan bir parcha pergament tutqazdi. Prokurator og‘riq azobidan aftini noiloj bujmaytirgancha, pergamentga qiyo boqib, undagi yozuvga ko‘z yugurtirib chiqdi va uni kotibga qaytararkan, qiynalib dedi:
— Tergov qilinayotgan Galileyadan ekanmi? Uning ishini tetrarxga yuboruvdinglarmi?
— Ha, prokurator, — deb javob qildi kotib.
— U qanday hukm chiqardi?
— Tetrarx bu ish yuzasidan aybnoma chiqarishdan bosh tortdi va Sinedrion chiqargan o‘lim jazosini tasdiqlashni sizga havola qildi, — deb izohladi kotib.
Prokurator yonoq payini bir uchirib qo‘yib, past ovoz bilan dedi:
— Ayblanuvchini olib kiring.
Shu zahoti ikki legioner bog‘ sahnidan ustunlar poyidagi ravonga yigirma yetti yoshlardagi bir odamni boshlab kirib, uni prokurator o‘tirgan kursi ro‘parasiga turg‘izib qo‘yishdi. Bu odam egniga havorang uzun juldur ko‘ylak kiygan edi. Uning boshiga oq ro‘mol tashlanib, peshonasi tasma bilan bog‘langan, qo‘li esa orqasiga bog‘log‘liq edi. Bu odamning chap ko‘zi osti ko‘kargan, og‘zining bir chekkasi shilinib, qoni qotib qolgan edi. U prokuratorga qo‘rquv aralash sinchkovlik bilan tikildi.
Prokurator bir oz sukutdan so‘ng arameylar tilida so‘radi:
— Odamlarni Yershalaim jomesini vayron qilishga undagan senmiding?
Prokurator toshday qotib o‘tirar, gapirganida faqat lablarigina zo‘rg‘a qimirlardi. U og‘riqdan otash bo‘lib yonayotgan boshini chayqashdan qo‘rqqani uchun shunday haykal bo‘lib o‘tirardi.
Qo‘li bog‘log‘liq odam xiyol oldinga talpindi-da, gap boshladi:
— O, saxovatli odam! Gapimga ishon…
Lekin prokurator o‘sha-o‘sha toshday qotib o‘tirgancha, tovushini ham balandlatmay, darhol mahbusning so‘zini bo‘ldi:
— Sen hali meni saxovatli odam deyapsanmi? Yanglishasan. Yershalaimda hamma odamlar meni badqahr maxluq deb pichirlashadi — juda to‘g‘ri aytishadi, — keyin u gap ohangini o‘zgartirmay ilova qildi: — Kenturion Kalamushkushni chaqiringlar.
Maxsus kenturiya" qo‘mondoni Kalamushkush laqabli Mark prokurator qoshida paydo bo‘lganida hammaning nazarida go‘yo butun ravonni zulmat chulg‘aganday bo‘ldi.
Kalamushkush legiondagi eng novcha soddatdan ham bir qarich baland va shu qadar yag‘rindor ediki, endi ko‘tarilib kelayotgan quyoshni tamomila to‘sib qo‘ygan edi.
Prokurator unga lotin tilida gapirdi:
— Jinoyatchi meni «saxovatli odam» deb aytyapti. Uni bu yerdan bir daqiqaga olib chiqingda, menga qanday murojaat qilishni tushuntirib qo‘ying. Lekin mayib qilmang.
Mark Kalamushkush, orqamdan yur, demoqchi bo‘lganday, mahbusga qo‘l siltadi; shunda toshday qotib o‘tirgan prokuratordan boshqa hamma uni orqasidan kuzatib qoldi.
Umuman, Kalamushkush qaerda bo‘lmasin, daroz odam bo‘lganidan, hamma uni orqasidan kuzatib qolardi, uni birinchi marta ko‘rgan odamlar esa badbashara aftiga ham hang-mang bo‘lib tikilishardi: unipg burni bir vaqtlar olmon gurzisidan pachoq bo‘lgan edi.
Markning koshinlarga«do‘q-do‘q» urilgan zilday etigi ovozi tindi, mahbus uning orqasidan tovushsiz ergashdi, ustunlar maydonchasi tamoman sukutga cho‘kdi, shu sababli ravon oldidagi bog‘ sahnida kaptarlarning g‘uv-g‘uvlagani, favvoradagi suvning antiqa ohangda yeqimtoy jildirashi eshitila boshladi.
Prokurator o‘rnidan turib, jildirab oqayotgan favvora suviga chakkasipi tutgaicha qimirlamay turishni istardi. Lekin bu ham, baribir, dardiga davo bo‘lolmasligini bilardi.
Kalamushkush mahbusni boqqa olib chiqib, birinj haykal poyida turgan legioner qo‘lidagi qamchini tortib oldi va uni kuchsizgina siltab, mahbusning yelkasiga tushirdi. Ko‘mondon yeigil va beparvo harakat qildi, lekin mahbus shu zahoti xuddi oyog‘iga bolta urilgandek qulab tushdi, nafasi qaytib, rangi bo‘zdek oqardi, ko‘zlari ma’nosiz bokdi. Mark chap qo‘li bilan mahbusni xuddi bo‘sh qop ko‘targanday osongina ko‘tarib, oyoqqa turg‘azdi va arameylar tilida so‘zlarni buzib ming‘illadi:
— Rim prokuratoriga faqat igemon deb murojaat qilish kerak, vassalom. Unipg qarshisida g‘oz turish kerak. Gapimga tushundingmi yo yana qamchilaymi?
Mahbus gandiraklab ketdi, lekin o‘zini tutib oddi, axiyri rangiga qon yugurib, nafasini rostladi-da, hirqiroq ovoz bilan javob qildi:
— Gapingga tushundim. Urma meni.
Bir daqiqadan keyin u yana prokurator ro‘parasida turardi.
Hukmronning so‘nik va xasta ovozi eshitildi:
— Isming?
Mahbus bama’ni javob berishga, ortiq hukmdorning g‘azabini keltirmaslikka shay ekanligini butun vujudi bilan ifodalab, shosha-pisha dedi:
— Menikimi?
Prokurator past ovoz bilan dedi:
— Meniki o‘zimga ma’lum. O‘zingni haddan ziyod ovsarlikka solma. Sening isming nima?.
— Ieshua, — shosha-pisha javob qildi mahbus.
— Laqabing bormi?
— Ha.Notsri.
— Qaerliksan?
— Gamala shahridan, — javob qildi mahbus va qaerdadir, uzoq shimolda, o‘ng tomonda Gamala degan shahar borligini boshi bilan ishora qilib ko‘rsatdi.
— Qaysi nasabdansan?
— Aniq bilmayman, — tez javob qildi mahbus, — ota-onamni bilmayman. Aytishlaricha, otam suriyalik ekan…
— Muqim qaerda yashaysan?
— Muqim yashaydigan makonim yo‘q, — iymanibgina javob qildi mahbus, — shaharma-shahar kezib yuraman.
— Buni bir so‘z bilan qisqa qilib ifodalash mumkin — sayoqsan, — dedi prokurator, so‘ng so‘radi: — Xeshlaring bormi?
— Hech kimim yo‘q. Dunyoda yolg‘izman.
— Savoding bormi? — Ha.
— Arameylar tilidan o‘zga biron tilni bilasanmi?
— Bilaman. Yunon tilini.
Pilatning shishgan bir qovog‘i ko‘tarilib, iztirobdan xiralashgan ko‘zi mahbusga tikildi. Ikkinchi ko‘zi yumuqligicha qoldi.
U yunoncha gapira boshladi:
— Ibodatxonani vayron qilmoqchi bo‘lgan va bu ishga xalqni da’vat etgan senmiding?
Endi mahbus yana jonlandi, ko‘zlaridan qo‘rquv alomati g‘oyib bo‘lib, yunon tilida gapira boshladi:
— Mep, saxov… — sal bo‘lmasa og‘zidan chiqib ketayozgan bu so‘zdan mahbusning ko‘zlarida dahshat vujudga keldi, — men, igemon, hech qachon xayolimga ham keltirmaganman ibodatxonani vayron qilishni va hech kimni da’vat ham etmaganman bunday noma’qul ishga.
Pastak stolga bukchayib olib mahbus berayotgan guvohlikni yozib o‘tirgan kotibning yuzida taajjub alomati paydo bo‘ldi. U boshini ko‘tardi, lekin shu zahoti yana pergamentga engashib oldi.
— Bu shaharda o‘tadigan bayram namoyishiga turli toifadagi odamlar kelishadi. Ular orasida sehrgarlar, munajjimlar, folbinlaru qotillar bo‘lishadi, — derdi prokurator bir xil ohangda, — lekin ular ichida yolg‘onchilar ham topiladi. Chunonchi, sen yolg‘onchisan. Xalqni ibodatxonani vayron qilishga undadi, deb aniq yozib qo‘yilipti. Odamlar guvohlik bergan.
— Usha saxovatli odamlar, — deb gapira boshladi mahbus va shosha-pisha: — igemon, — deb ilova qildiyu, gapini davom ettirdi: — savodi yo‘q omilardir, shu bois men aytgan gaplarni chalkashtirib yuborishgan. Umuman, bu chalkashliklar hali juda uzoq vaqt davom etmasaydi deb xavotirdaman. Hamma balo shundaki, mening gaplarimni u noto‘g‘ri yozib olyapti.
Sukunat. Endi Pilatning ikkala xasta ko‘zi mahbusga og‘ir tikilardi.
— Senga oxirgi marta takrorlayman: o‘zingni jinnilikka solma, qaroqchi, — mayin ohangda dedi Pilat o‘sha-o‘sha xasta ovoz bilan, — ustingdan yozilgan dalillar ko‘p emas, illo shularning o‘zi ham seni dorga osish uchun kifoya qiladi.
— Yo‘q, yo‘q, igemon, — dedi mahbus Pilatni o‘z gapiga ishontirish uchun astoydil urinib, — bittasi bor, qo‘liga taka terisidan ishlangan pergament ushlab olib, orqamdan izma-iz yurgani-yurgan, to‘xtovsiz yozgani-yozgan. Lekin bir marta o‘sha pergamentga ko‘z qirimni tashlab hangu mang bo‘lib qoldim. Men u yerda yozilgan gaplarning birortasini ham gapirmagan-man. Xudo haqqi, yoqib yubor bu pergamentingni, deb yolvordim unga. Lekin u pergamentni qo‘limdan yulib olib, qochib ketdi.
— Kim o‘zi u? — ijirg‘anib so‘radi Pilat va qo‘lini chakkasiga olib bordi.
— Leviy Matvey degan odam, — bajonidil izohlay boshladi mahbus, — u o‘lpon yig‘uvchi edi. Men u bilan birinchi marta Viffagiyaga boradigan yo‘l yoqasidagi anjirzor muyulishida to‘qnash kelib gaplashib qolgandim. Avvaliga u menga adovat bilan qaradi, hatto haqorat ham qildi, ya’nimeni it deb atab, o‘zicha haqorat qildim deb o‘ylagan bo‘lishi kerak, — mahbus jilmayib qo‘ydi. — Shaxsan men bu jonivorning hech qanday yomon jihatini bilmayman, shuning uchun undan xafa ham bo‘lmadim…
Kotib yozishdan to‘xtadi va zimdan, mahbusga emas, prokuratorga taajjub bilan bokdi.
— … biroq gaplarimni eshitib, shashtidan qayta boshladi, — davom etdi Ieshua, — oxiri borib, u yiqqan pullarini yo‘lga otib yuborib, sen bilan jahongashtalik qilaman, dedi…
Pilat sarg‘ayib ketgan tishlarini ko‘rsatib, bir yonog‘ini uchirib tirjaydi va butun gavdasi bilan kotib tomonga o‘girilib dedi:
— O, Yershalaim shahri! Bu yerda ne-ne antiqa gaplarni eshitmaysan. O‘lpon yig‘uvchi, buni qarangki, pullarini yo‘lga sochib yuborganmish!
Kotib bunga javoban nima deyishini bilmay, Pilatning jilvasiga taqlid qilishni lozim ko‘rdi.
— Negaki u, bugundan e’tiboran puldan hazar qilaman, deb aytdi, — deb izohladi Ieshua Leviy Matveyning alomat raftorini izohlab va qo‘shib qo‘ydi: — O‘sha kundan boshlab u menga hamroh bo‘lib oldi.
Prokurator hamon tirjayishini qo‘ymay mahbusga qaradi, so‘ng o‘zi o‘tirgan yerdan ancha uzoqda, pastlikda bo‘lgan Hippodrom va u yerdagi ot haykallari uzra muttasil yuqoriga ko‘tarilayotgan quyoshga yuz tutdi-yu, birdan ko‘ngilni behuzur qiluvchi allaqanday dard bilan: «O‘zimni qiynab o‘tirmasdan «Osilsin!» — degan bir og‘iz so‘z bilan bu notavon jinoyatchini ravondan haydab yuborsam ham bo‘lardi-ku. Keyin, soqchilarni ham quvib, o‘zim qasrga kirganim, ko‘shkni qorong‘ilatib, chorpoyaga yotganim, sovuq suv keltirishlarini buyurib, ayanchli ovoz bilan itim Bangani chaqirganim va unga boshim og‘riyotganini aytib zorlanganim yaxshi edi», — deb xayolidan o‘tkazdi. Shu choq birdan prokuratorning og‘riq boshida «og‘u» degan fikr paydo bo‘ldi-yu, uni vasvasaga solib «lip» etib o‘tib ketdi.
U xira ko‘zlarini mahbusga tikkancha bir oz muddat sukutga tolarkan, kaltak yeyaverib badbashara bo‘lib ketgan bu mahbus Yershalaimning ertalabki shafqatsiz quyoshi tig‘ida nima qilib turipdi ro‘paramda, hali yana qanday nafi yo‘q savollar berishim kerak unga, deb qiynalib bosh qotirardi.
— Leviy Matvey dedingmi? — hirqiroq ovoz bilan so‘radi bemor va ko‘zlarini yumdi.
— Ha, Leviy Matvey, — Pilatning azobini orttiruvchi yangroq ovoz eshitildi.
— Harholda, nimalar degan eding bozordagi olomonga ibodatxona haqida?
Jevob qaytarayotgan odamning ovozi Pilatni qattiq iztirobga solib, chakkasiga qoziq bo‘lib qoqilayotganday tuyulardi:
— Kamina, igemon, ibodatxona haqida og‘iz ham ochganim yo‘q, balki ko‘hna imon ma’badi vayron bo‘lib, yangi haqiqat ma’badi barpo bo‘ladi, degan edim, xolos. Lo‘nda qilib tushuntirish uchun shunday degandim.
— Nechun sen, sayoq, o‘zing tasavvur qila olmaydigan haqiqat to‘g‘risida bozorda va’z qilib odamlarning diliga g‘uluv solding? Haqiqat o‘zi nima?
Lekin shu zahoti prokuratorning dilidan:«O tangrilarim! Men sud uchun mutlaqo nokerak narsalarni so‘rayapman undan… Aqlu farosatim ortiq itoat etmayapti menga…» degan so‘zlar o‘tdi. Shu payt uning ko‘ziga yana qora suyuqlik quyilgan qadah ko‘rindi. «Og‘u kerak menga, og‘u!»
Yana mahbusning ovozi eshitildi.
— Hozir birinchi navbatdagi haqiqat shuki, sening boshing og‘riyapti, og‘rigandayam nihoyatda qattiq og‘riyapti, shu bois sen ruhingni tushirib, o‘lim haqida o‘ylay boshlading. Sen nainki men bilan gaplashishga, hatto menga tikilib qarashga ham ojizsan hozir. Binobarin, men beixtiyor sening jallodingga aylanmoqdamanki, bu holdan qattiq xijolatdaman. Hozir sen hech narsa to‘g‘risida o‘ylashga qodir emassan, shuning uchun ham, faqat o‘z itingni qoshingga kelishini orzu qilyapsanki, chamasi, sen dunyoda ixlos qo‘xggan yagona jonzod shu iting bo‘lsa kerak. Lekin hozir azobing ariydi, bosh og‘rig‘ing qoladi.
Kotib mahbusga baqrayib qolganidan yozuvi chala qoldi.
Pilat dardli ko‘zlarini zo‘r-bazo‘r mahbusga ko‘targan edi, quyoshning Hippodrom uzra ancha baland ko‘tarilganini, uning shu’lasi endi ustunlar orasiga ham tushib, Ieshuaning to‘zgan kafshlari sari o‘rmalab kelganini va u o‘zini oftobdan chetga olib qochayotganini ko‘rdi.
Shunda u kursidan turdi, qo‘llari bilan boshini mahkam siqdi, soqoli olingan za’faron yuzida dahshat aks etdi. Lekin u o‘z iroda kuchi bilan bu hissiyotni darhol daf qilib, yana o‘rniga o‘tirdi. Mahbus esa bu asnoda gapini davom ettirardi, lekin kotib endi hech nima yozmas, faqat g‘oz kabi bo‘ynini cho‘zib, aytilgan har bir so‘zni diqqat bilan ilg‘ab olardi.
— Ana, hammasi tugadiyam, — dedi mahbus Pilatga xayrixohona boqarkan, — benihoya xursandman bundan. Senga, igemon, qasrni vaqtinchalik tark etib, shahar chekkasida, chunonchi, Yeleon tepaligidagi bog‘larda piyoda sayr qilishni maslahat berardim. Momaqaldiroq bo‘ladi, — mahbus ko‘zlarini qisib quyoshga qaradi, — ho‘ hali, kechga borib. Sayr qilsang o‘zingga yaxshi bo‘lardi, men esa bajonidil senga hamroh bo‘lardim. Miyamga ayrim yangi fikrlar keldi, ular seni qiziqtirishi mumkin deb o‘ylayman, shu bois sen bilan jon-jon deb fikrlashgan bo‘lardim, boz ustiga, sen donishmand odamga o‘xshab ko‘rinyapsan.
Kotib murdadek oqarib ketib, qo‘lidagi pergamentni tushirib yubordi.
— Hamma balo shundaki, — deb gapida davom etdi bandi — hech kim uning gapirishiga monelik qilmayotgan edi, — sen haddan tashqari odamovi bo‘lib qolgansan, odamlarga bo‘lgan ishonchni tamomila yo‘qotgansan. Axir o‘zing o‘yla, butun mehru moyillikni bitta itga qaratib kun kechirish mumkin emas-ku. Hayoting, igemon, qashshoq, — shu so‘zdan so‘ng u jilmayishga jur’at etdi.
Kotib endi faqat bir narsa to‘g‘risida: o‘z quloqlarimga ishonsammikin yo ishonmasammikin, deb o‘ylardi. Lekin ishonmay iloji yo‘q edi. Oqibat u, mahbusning ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan bunday gustohligini eshitgan tajang prokuratorning g‘azabi qanday antiqa shaklda ifoda qilinishini tasavvur qilishga urinib ko‘rdi. Kotib buni ham tasavvur qila olmadi, holbuki, u prokuratorning fe’lini juda yaxshi bilardi.
Shunda Pilatning so‘nik va hirqiroq ovozi eshitildi:
— Qo‘lini yechinglar, — dedi u lotin tilida. Soqchi legionerlardan biri nayzasini yerga «do‘q» etib urib, uni boshqa soqchiga berdi va o‘zi mahbusga yaqinlashib arqonni yechdi. Kotib yerga tushgan pergament o‘ramini ko‘tarib oddi, lekin hozircha hech nima yozmaslikka, hech narsadan ajablanmaslikka ahd qildi.
— Rostini ayt, — yunon tilida pichirlab so‘radi Pilat, — sen hakimi hoziqmisan?
— Yo‘q, prokurator, hakim emasman, — javob qildi mahbus anjirday ezilgan va shishib qizarib ketgan bilaklarini huzur qilib uqalarkan.
Pilat mahbusga qovog‘i ostidan xuddi uni teshib yuborgudek o‘qrayib qaradi, uning ko‘zlaridagi xiralik endi yo‘qolib, yana hammaga tanish bo‘lgan g‘azab uchqunlari paydo bo‘lgandi.
— Boya so‘ramabman, — dedi Pilat, — sen balki lotin tilini ham bilarsan?
— Ha, bilaman, — javob qildi mahbus. Pilatning za’faron yuziga qon yugurdi va u lotinchalab so‘radi:
— Itni yonimga chaqirmoqchi bo‘lganimni qanday bidding?
— Bu qiyin emas, — javob berdi mahbus lotin tilida, — sen xuddi itni silamoqchi bo‘lganday qo‘lingni mana bunday qilding, — mahbus Pilatning qo‘l harakatini takrorladi, — keyin lablaring ham…
— Ha, — dedi Pilat.
Bir oz jim qolishdi, so‘ng Pilat yunon tilida savol berdi:
— Demak, sen tabibsan?
— Yo‘q, yo‘q, — shosha-pisha javob qildi mahbus, — gapim rost, tabib emasman.
— Ha, yaxshi. Agar sir tutmoqchi bo‘lsang, ixtiyoring. Buni ishimizga bevosita daxli yo‘q. Demak, sen ibodatxonani vayron qilishga… yo unga o‘t qo‘yishga, yo bo‘lmasa boshqa biron yo‘l bilan uni barbod qilishga xalqni da’vat etmagansan?
— Takror aytaman, igemon, men hech kimni bunday ishga da’vat etmaganman. Nahotki, kaltabin odamga o‘xshasam?
— O, haq rost, sen kaltabin odamga o‘xshamaysan, — past ovoz bilan dedi prokurator va dahshatli tarzda jilmayib qo‘ydi. — Hay, bo‘lmasa, bunday qilmaganliging haqida qasam ich.
— Nima deb qasam ichishimni xohlaysan? — so‘radi qo‘li yechilib, ruhi ko‘tarilgan bandi.
— Hayotingni tikib ont ichaqol, — dedi prokurator, — hozir ayni hayotingni o‘rtaga qo‘yadigan payt, zero, u hozir qil uchida osilib turipti, buni unutma!
— Hayotimni qil uchiga balki sen osib qo‘ygandirsan, igemon? — so‘radi mahbus. — Agar shunday deb o‘ylayotgan bo‘lsang qattiq yaiglishasan.
Pilatni qaltiroq bosdi, so‘ng gijir tishlari orasidan dedi:
— Men o‘sha qilni uzib tashlashim mumkin.
— Yana yanglishyapsan, — mahbus kaftini quyoshdan soyabon qilib ochiq yuz bilan tabassum qildi. — Qilni kim osgan bo‘lsa, o‘shaning o‘zigina uzishi mumkin, shunday emasmi?
— Ha, tushunarli, — dedi tirjayib Pilat, — yershalaimlik ishyoqmas anqovlarning orqangdan galalashib yurganiga endi hech shubham qolmadi. Tilingni kim qayragan bo‘lsa ham juda o‘tkir qilib qayrapti. Darvoqe, ayt-chi: sen Yershalaimga Suz qopqasidan eshak minib kirib kelganmishsan, qoraxalq seni misoli bir payg‘ambardek shodiyona hayqiriqlar bilap kutib olganmish, shu to‘g‘rimi? — shunday deb prokurator pergamentga ishora qildi.
Mahbus hayron bo‘lib prokuratorga tikilib qoldi.
— Menda eshak degan narsani o‘zi yo‘q, igemon, — dedi u. — To‘g‘ri, Yershalaimga Suz qopqasidan kirganman, lekin piyoda edim, hamrohim ham yolg‘iz Leviy Matvey edi, undan keyin hech kim menga hech nima deb qichqirganiyam yo‘q, chunki u payt meni Yershalaimda hech kim tanimas edi.
— Sen, — deb davom etdi Pilat ko‘zini mahbusdan uzmay, — Dismas degan odamni, keyin Gestas, yana Varravvan deganlarni taniysanmi?
— Men u saxovatli odamlarni tanimayman, — javob qildi mahbus.
— Rostingmi?
— Rostim.
— Endi menga yapa shuni ayt-chi, nega doim sen «saxovatli odam» deb gapirasan? Hammani ham shunday deb aytasanmi?
— Hammani, — javob qildi mahbus, — dunyoda yovuz odam yo‘q.
— Buni birinchi marta eshitishim, — dedi Pilat tirjaygancha, — ehtimol men hayotni yaxshi bilsman! Bu yog‘ini yozmasangiz ham bo‘ladi, — dedi u, shundoq ham hech nima yozmay o‘tirgan kotibga yuzlanib, so‘ng yana mahbus bilan suhbatini davom ettirdi: — Bironta yunon kitobida o‘qiganmisan bu to‘g‘rida?
— Yo‘q, o‘z aqlim bilan shunday xulosaga kelganman.
— Demak, sen shuni targ‘ib etasan?
— Ha.
— Mana, masalan, kenturion Mark — unga Kalamushkush deb laqab qo‘yishgan, xo‘sh, u ham saxovatlimi?
— Ha, — javob qildi mahbus, — to‘g‘ri, u baxtiqaro odam. Saxovatli odamlar uni badbashara qilishgan chog‘dan boshlab u badqahr va dag‘altabiat bo‘lib qolgan. Qiziq, kim uni bu ahvolga soldi ekan?
— Buni senga bemalol aytishim mumkin, — dedi Pilat, — zero, o‘zim buning shohidi bo‘lganman. O‘sha sen aytgan saxovatli odamlar unga xuddi ayiqqa hamla qilgan ko‘ppaklardek tashlanishgandi. Olomon uning bo‘g‘ziga, qo‘l va oyoqlariga yopishib olgandi. Piyodalar manitsuli qurshovga tushib qolgan edi, o‘shanda men qo‘mondonlik qilgan otliq qo‘shin yon tomondan qurshovni yorib kirmaganda edi, seiga, faylasuf, bugun Kalamushkush bilan suhbatlashish nasib etmagan bo‘lardi. Bu hol Idistavizo yaqinida, Parilar Vodiysida bo‘lgan jangda yuz bergan edi.
— Men u bilan suhbatlashsam, — o‘ychanlik bilan dedi birdan mahbus, — aminmanki, u fe’lini keskin o‘zgartirgan bo‘lardi.
— O‘ylaymanki, — dedi Pilat, — hatto agar qo‘shin ofitserlari yo soldatlaridan birontasi bilan suhbatlashganingda ham, bu raftoring bilan sarkardani qattiq ranjitgan bo‘larding. Xayriyatki, sening ham, sarkardaning ham baxtiga bunday suhbat sodir bo‘lmaydi, birinchi navbatda o‘zim bunga yo‘l qo‘ymayman.
Shu payt ustunlar sahniga bir qaldirg‘och o‘qdek uchib kirib, oltin gumbaz ostida bir marta charx urib uchdi-yu, so‘ng pasayib tokchaga o‘rnatilgap mis haykalning yonginasidan «g‘uv» etib o‘tib, ustun bo‘g‘oti panasida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Ehtimol, o‘sha yerga in qurmoqchi bo‘lgandir.
Mana shu qaldirg‘och parvozi davomida prokurator boyakish endi og‘riqdap forig‘ bo‘lgan, dono boshida shunday bir qaror vujudga keldi: igemon Ha-Notsri laqabli sayoq faylasuf Ieshuaning ishini ko‘rib chiqib, uning faoliyatidan jinoyat topmadi. Xususan, Ieshuaning xatti-harakati bilan yaqinda Yershalaimdayuz bergan tartibsizliklar o‘rtasida hech qanday munosabat yo‘qligini aniqladi. Sayoq faylasufning ruhiy bemorligi ma’lum bo‘ldi. Binobarin, Kichik Sinedrionning Ha-Notsri ustidan chiqarilgan o‘lim hukmini prokurator tasdiqlamaydi. Lekin Ha-Notsrining telbalik dardi, utopik nutqlari Yershalaimda xalq g‘alayonlariga sabab bo‘lishi mumkinligini ko‘zda tutib, prokurator Ieshuani Yershalaimdan chetlatadi va O‘rta Yer dengizidagi Straton Qaysariyasida, ya’ni prokuraturaning qarorgohi joylashgan orolda qamoqqa hukm etadi.
Hukm tayyor. Endi uni kotibga aytib yozdirishgina qolgan edi.
Qaldirg‘och igemonning shundoqqina boshi ustidan qanotlarini pirillatib o‘tib, o‘zini favvora hovuzchasiga urdi, so‘ng keng fazoga parvoz qildi. Prokurator boshini ko‘tarib mahbusga qaragan edi, uning atrofida quyosh shu’lasiga g‘arq bo‘lgan changning to‘zon bo‘lib ko‘tarilganini ko‘rdi.
— Hammasi shuning to‘g‘risidami? — so‘radi Pilat kotibdan.
— Taassufki, yo‘q, — dedi kutilmaganda kotib va Pilatga boshqa bir pergamentni uzatdi.
— Nima gap ekan yana? — so‘radi Pilat va qovog‘ini solib oldi. U uzatilgan pergamentni o‘qib chiqdiyu rangi o‘zgarib ketdi. Bo‘yni va yuziga qora qon quyildimi yo boshqa bir hol yuz berdimi, har qalay, rangidagi sarg‘ishlik o‘zgarib qo‘ng‘ir tus oldi, ko‘zlari esa ich-ichiga kirib ketganday bo‘ldi.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 03
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.