Usta va Margarita - 19

Total number of words is 4238
Total number of unique words is 1985
37.0 of words are in the 2000 most common words
56.4 of words are in the 5000 most common words
65.8 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
— Faqat yig‘i bo‘lmasin, — dedi Azazello basharasini burishtirib, — siz ham mening ahvolimga tushuning-da. Chunonchi, administratorning tumshug‘iga tushirish, kimningdir pochchasini uydan quvib chiqarish, yo birontasini otib yaralash, yo bo‘lmasa, shularga o‘xshash bironta arzimas ishni bajarish mening asosiy kasbim, ammo maftun ayollar bilan suhbatlashish — salomatligingiz kerak. Bu qanaqasi, yarim soatdan beri sizga gap uqdirolmasam-a. Xo‘sh, borasizmi?
— Boraman, — dedi odmigina qilib Margarita Nikolaevna.
— Unday bo‘lsa, manavini oling, — deb Azazello cho‘ntagidan dumaloq oltin quticha chiqardi va uni Margaritaga uzatarkan, dedi: — Yashiring tezroq, odamlar qarayapti. Bu sizga asqotadi, Margarita Nikolaevna. Siz keyingi yarim yil ichida g‘am-hasratdan xiyla qarib qoldingiz. (Margarita cho‘g‘dek qizarib ketdi, lekin indamadi, Azazello gapida davom etdi).
Bugun kechqurun roppa-rosa soat to‘qqiz yarimda qip-yalang‘och bo‘lib shu malhamni yuzingizga va butun badaningizga surib chiqasiz. Keyin ko‘nglingiz xohlagan ishni qiling, faqat telefondan uzoqqa ketmang. Soat o‘nda sizga o‘zim qo‘ng‘iroq qilib, nima ish qilishingizni aytaman. Siz hech nimaning tashvishini qilmaysiz, sizni tayinlangan yerga eltib qo‘yishadi, hech qanday shikast ham yetkazishmaydi sizga. Tushundingizmi?
Margarita bir oz sukutga tolib, so‘ng javob qildi:
— Tushundim. Bu buyum sof oltindan ishlangan, zalvaridan ma’lum. Ha, mayli, bilib turibman, menga pora berib allaqanday shubhali ishga tortmoqchisizlaru buning oqibatida men bir baloga giriftor bo‘lsam kerak.
— Axir bu qanaqasi, — chiyilladi fig‘oni chiqqudek bo‘ldi Azazello, — yanami?
— Yo‘q, sabr qiling!
— Qaytib bering malhamni.
Margarita qutichani qo‘lida mahkam siqib, davom etdi:
— Yo‘q, shoshmang… Ne ishga jur’at qilganimni bilaman. Lekin men har qanday shartga ham o‘sha deb rozi bo‘lyapman, chunki mening dunyoda undan bo‘lak hech kimim yo‘q. Ammo sizga shuni aytib qo‘ymoqchimanki, agar meni nobud qiladigan bo‘lsangiz, uyatga qolasiz! Ha, o‘zingiz uyalib qolasiz! Muhabbat deb qurbon bo‘lyapman men! — shunday deb Margarita o‘z ko‘ksiga urib qo‘ydi va boshini ko‘tarib oftobga qaradi.
— Qaytib bering, — deb xirilladi Azazello xunob bo‘lib, — qaytib bering, jin ursin bunaqa topshiriqni! Begemotni yuborishsin-e.
— E, yo‘q! — derdi Margarita o‘tgan-ketganlarning diqqatini o‘ziga tortib. — Hammasiga roziman, badanimga malham surib mayna bo‘lishga ham, hatto jahannam qa’riga borishga ham roziman. Malhamni bermayman!
— Voajab! — deb birdan baqirib yubordi Azazello va bog‘ panjarasi tomon baqrayib qaragancha, barmog‘i bilan qayoqqadir ishora qila boshladi.
Margarita Azazello ko‘rsatgan tomonga qarab, diqqatga loyiq hech narsa ko‘rmadi. Shunda u tuturiqsiz «Voajab!» so‘ziga izoh so‘ramoqchi bo‘lib, Azazelloga o‘girildi, lekin Margarita Nikolaevnaning sirli suhbatdoshi g‘oyib bo‘lgan edi. Shunda Margarita shosha-pisha qo‘lini sumkachasiga tiqib, boyagi o‘zi chirqillagancha solib qo‘ygan oltin qutichani topdi-yu, ko‘ngli joyiga tushdi. So‘ng Margarita boshqa hech nimani o‘ylamay, Aleksandr bog‘idan shoshgancha chiqib ketdi.
Yigirmanchi bob
AZAZELLONING YOG‘UPASI
Oqshom. Beg‘ubor osmonga qalqqan to‘linoy zarang daraxti shoxlari orasidan mo‘ralardi. Jo‘ka va akas daraxtlari bog‘ sahnida g‘oyat murakkab naqshlar hosil qilgan. Binodan yarim doira shaklida bo‘rtib chiqqan sahnga joylashgan yotoqxonaning lang ochiq, ammo darparda bilan to‘silgan uch qavatliderazasi elektr shu’lasi bilan charog‘on yoritilgan. Margarita Nikolaevnaning yotoqxonasidagi barcha chiroqlar yoqib qo‘yilgan bo‘lganidan xonadagi tartibsizliklar yaqqol ko‘zga tashlanib turar edi. Karavotga yozilgan adyolda ko‘ylak, paypoq, ichki libos yoyilib yotar, yechib tashlangan, ichki kiyimlar esa oyoqostida, shoshqaloqlik bilan bexosdan bosib majaqlangan bir quti papiros yonida g‘ijimlanib yotardi. Tufli tungi stolcha ustida kofesi ichib bo‘linmagan chashka va papiros qoldig‘i tutab turgan kuldon yonida turardi, stul suyanchig‘iga kechki qora ko‘ylak ilib qo‘yilgan. Xona atir hidiga to‘lgan, bundan tashqari, qayoqdandir qizdirilgan dazmol hidi ham kirib kelayotgan edi bu xonaga.
Yalang‘och Margarita Nikolaevna cho‘milganda kiyadigan xalatini yelkasiga tashlab, oyog‘iga baxmal teridan tikilgan qora tufli kiyib toshoyna qarshisida o‘tirardi. Uning qarshisida Azazellodan olgani quticha soatli oltin bilaguzuk yonida yotar, Margarita soat milidan ko‘zini uzmasdi. Ba’zan unga soat buzilib qolgan-u, millari joyidan jilmayotganday tuyulardi. Lekin millar, garchi xuddi ilinib-ilinib qolayotgan-dek, juda imillab bo‘lsa ham yurib turgan edi, mana, nihoyat, soatning uzun mili to‘qqizdan yigirma to‘qqiz minut o‘tganini ko‘rsatdi. Margaritaning yuragi shu qadar qattiq tepa boshladiki, dastlabki paytda qutichani qo‘liga olishga ham majoli qolmadi.
Nihoyat u o‘zini tutib olib, axiri qutichani ochdi — unda sarg‘ishrang yog‘upa bor ekan. Undan balchiq hidi kelayotgandek tuyuldi. Margarita barmog‘ining uchi bilan yog‘upadan qittak olib, kaftiga surgan edi, balchiq hidi o‘rmon hidi bilan omixta bo‘lib dimog‘iga gupillab urildi, shundan so‘ng Margarita yog‘upani kafti bilan peshonasi va yonoqlariga sura boshladi. Yog‘upa osongina surilar va Margaritaning payqashicha, shu zahoti terisiga singib ketayotgan edi. Margarita yuziga yog‘upadan uch-to‘rt marta surgach, ko‘zguga qaradiyu birdan qo‘lidagi oltin qutichani tushirib yubordi. Quticha soatning shisha qopqog‘i ustiga tushib, uni xuddi o‘rgimchak uyasi shaklida darz qildi. Margarita ko‘zlarini chirt yumdi, keyin yana ko‘zguga tikildiyu birdan xandon tashlab kula boshladi.
Uning mo‘ychinakda terilib silliq qilingan ingichka qoshlari quyuqlashgan va ikkita timqora yoy bo‘lib, ko‘m-ko‘k ko‘zlari ustiga yotgan edi. O‘tgan yili oktyabrda, ya’ni usta g‘oyib bo‘lganida qansharida paydo bo‘lgan ingichkagina tik ajin tekislanib yo‘q bo‘ldi. Shuningdek, ikki chakkasida paydo bo‘lgan sarg‘ish dog‘ ham, ikki ko‘zining tashqi milklari oldida hosil bo‘la boshlagan ko‘z ilg‘amas ajinlar ham yo‘qoldi. Yonoqlari bir tekisda qizg‘ish rang kasb etdi, peshonasi oppoq va beg‘ubor bo‘ldi, sartaroshning mahorati bilan jingalak qilingan sochlari yoyilib ketdi.
O‘ttiz yoshli Margaritaning ro‘parasida endi, ko‘zguda timqora sochlari tug‘ma qo‘ng‘iroq bo‘lgan yigirma yoshlardagi juvon sadafdek oq tishlarini ko‘rsatib, qotib-qotib kulardi.
Margarita kula-kula charchagach, bir silkinib yelkasidan xalatni otib tashladi va nafis yog‘upaga besh panjasini botirib, uni butun badaniga qattiq-qattiq sura boshladi. Badani bir lahzada qizarib, qizib ketdi. Shunda Aleksandr bog‘idagi uchrashuvdan so‘ng ikki chakkasining, xuddi miyasiga igna qadab qo‘yilganday tinimsiz lo‘qillab og‘riyotgani birdan taqqa to‘xtab, oyoq-qo‘llarining mushaklari kuchga to‘ldi va Margarita o‘z jismining vaznsiz bo‘lganini sezdi.
U bir sakrab, gilam uzra havoda muallaq osilib qoldi, keyin ohista pastga tusha boshladi.
— O‘rgilay yog‘upadan! Qanday yaxshi-ya! — deb chinqirdi Margarita o‘zini kresloga «tappa» tashlarkan.
Yeg‘upa uning nainki tashqi qiyofasini o‘zgartirdi. Endi uning butun vujudida, badanining har bir hujayrasida shodlik qulf urardiki, buni u butun a’zoi badanida xuddi uvishganda hosil bo‘ladigan jimirlash kabi his qildi. Margarita o‘zini hamma narsadan forig‘ bo‘lganday erkin his qildi. Bundan tashqari, u ertalab ko‘ngliga kelgan narsaning sodir bo‘lganligini, endi u bu xonadonni va sobiq turmush tarzini butkul tark etajagini juda aniq tushundi. Lekin mana shu sobiq turmush tarzini tark etish oldidan, uni yuqoriga, samoga da’vat etmoqchi bo‘lgan qandaydir yangi, g‘ayrioddiy quvvatga itoat etish arafasida faqat bitta, eng oxirgi burchni bajarishi shartligi ko‘ngliga keldi-yu, shu qip-yalang‘och holicha havoga ucha-ucha erining kabinetiga otilib kirdi va chiroqni yoqib, yozuv stoli sari yugurdi. U bloknotdan bir varaq yirtib olib, unga qalam bilan yirik-yirik qilib bexato yozdi:
«Meni kechir va tezroq unutib yuborishga harakat qil. Men seni mangu tark etmoqdaman. Qidirma meni, bundan foyda yo‘q. Men boshimga tushgan g‘am va musibatdan jodugarga aylandim. Men ketyapman. Alvido. Margarita».
So‘ng u ruhi yengil tortib, yana yotoqxonaga uchib kirdi, uning orqasidan izma-iz olam-jahon buyumlarni ko‘garib Natasha yugurib kirdi. Kirdi-yu, qo‘lidagi buyumlar — ko‘ylak ilingan yog‘och kiyim osg‘ichu g‘ijim ro‘mollar, qolipga tortilgan ko‘k ipak tufliyu belbog‘ — hammasiyerga sochildi va hayron bo‘lganidan og‘zi lang ochilib qoldi.
— Qalay, chiroylimanmi? — deb hirqiroq ovoz bilan qichqirdi Margarita Nikolaevna.
— Voy, tavba-a! — deb pichirladi Natasha orqasiga tisarilib, — qanaqa qildingiz buni, Margarita Nikolaevna?
— Bu — yog‘upa! Yog‘upa, yog‘upa, — dedi Margarita o‘zini ko‘zguga solib har tomonga aylanarkan, yaraqlab turgan oltin qutichaga ishora qildi.
Natasha ko‘ylakning oyoq ostida g‘ijimlanib yotganiga ham parvo qilmay, toshoyna oldiga yugurib borib, quticha tagida qolgan yog‘upaga mahliyo bo‘lib tikilib qoldi. Uning lablari qimirlab bir nimalarni pichirlardi. So‘ng u Margaritaga o‘girilib, benihoya izzat-ehtirom bilan dedi:
— Badaningizni qarang! Bu qanaqasi? Badaningizdan nur yog‘ilyapti-ya, Margarita Nikolaevna. — Shundan keyin u birdan hushini yig‘ib darrov yerda yotgan ko‘ylakni oldi-da, uning changini qoqa boshladi.
— Tashlang uni! Tashlang! — deb chinqirdi Margarita. — Qurib ketsin hammasi, otib yuboring! Yo‘q, yaxshisi, o‘zingizga oling uni, mendan esdalik. Esdalik uchun oling deyapman. Shu xonada nima bo‘lsa, hammasini olavering.
Hang-mang bo‘lib qolgan Natasha xuddi telba odamdek anchagacha Margaritadan ko‘z uzmay baqrayib qoddi, so‘ng uning bo‘yniga osilib, ustma-ust o‘parkan:
— Siz atlassiz! Munavvarsiz! Atlasday tovlanyapsiz! Voy, qoshlaringizni qarang!
— Opketing hamma latta-puttalarimni, atirlarimniyam olib sandig‘ingizga solib yashirib qo‘ying, — derdi Margarita, — lekin qimmat buyumlarga tegmang, sizni o‘g‘ri deb ayblashlari mumkin.
Natasha qo‘liga tushgan ko‘ylagu tufli, paypog‘u ichki kiyimlarni hammasini yig‘ib bir bo‘g‘cha qildi-da, yotoqxonadan o‘qday otilib chiqib ketdi.
Shu mahal tor ko‘chaning narigi tomonidagi qaysiyam bir ochiq derazadan mohirona ijro etilgan vals sadosi gumburladi va ayni paytda bir mashinaning darvoza oldiga kelib to‘xtagani eshitildi.
— Hozir Azazello qo‘ng‘iroq qiladi! — dedi Margarita tor ko‘chada yangrayotgan valsga quloq solarkan, — u qo‘ng‘iroq qiladi! Ajnabiydan esa qo‘rqmasligim kerak. Ha, endi tushundim, u bexatar odam!
Mashina g‘uvillab darvozadan uzoqlasha boshladi. Ko‘cha eshik «qars» etib yopiddi va hovlidagi yo‘lkadan oyoq tovushi eshitildi.
«Bu Nikolay Ivanovich, oyoq olishidan bilaman, — deb o‘yladi Margarita, — vidolashuv oldidan bironta juda alomat, kulgili ish qilishim kerak».
Margarita darpardani«shir» ettirib bir tomonga surdi-da, derazaga bir tizzasini quchoqlab yonlamasiga o‘tirdi. Oy shu’lasi uning o‘ng tomonini yoritdi. Margarita boshini ko‘tarib oyga tikildi-da, chehrasida shoirona o‘ychanlik kashf etdi. Oyoq tovushlari yana bir-ikki marta eshitilib, keyin birdan jim bo‘lib qoldi. Margarita yana bir oz oyga mahliyo bo‘lib o‘tirib, holatni bo‘rttirish uchun xo‘rsinib ham qo‘ydi-da, bog‘ tomonga o‘grilib, chindanam uyning pastki qavatida yashovchi Nikolay Ivanovichni ko‘rdi. Oy Nikolay Ivanovichni o‘z nuriga g‘arq qilgan edi. U skameykada o‘tirar, ammo bexosdan o‘tirib qolgani yaqqol ko‘rinib turardi. Pensnesi bir tomonga og‘ib ketipti, portfelini esa mahkam changallab olipti.
— A, salom, Nikolay Ivanovich, — ma’yus ovoz bilan dedi Margarita, — xayrli oqshom! Majlisdan kelyapsizmi?
Nikolay Ivanovich bu savolga churq etib ham javob qilmadi.
— Men bo‘lsam, — deb davom etdi Margarita, gavdasini ko‘proq tashqariga chiqarishga urinib, — o‘zingiz ko‘ryapsiz, yolg‘izlikdan zerikib, nima qilarimni bilmay, oyga boqib, vals tinglab o‘tiribman.
Margarita chap qo‘lini ko‘tarib chakkasiga tushgan soch tolasini to‘g‘riladi, so‘ng achchig‘lanib dedi:
— Bu hurmatsizlik, Nikolay Ivanovich! Har qalay, men ayol kishiman-ku! Siz bilan gaplashayotgan odamga javob bermaslik — bu odobdan emas!
Kul rang nimchasining hatto tugmachalarigacha oq-sariq, cho‘qqi-soqolidagi har bitta tukkacha oy nurida yaqqol ko‘rinib turgan Nikolay Ivanovich birdan xunuk tirjaydi, skameykadan turib, xijolatdan hushi og‘ib qoldi shekilli boshidan shlyapasini olib salomlashish o‘rniga, qo‘lida portfel bilan qulochini kerdi va oyoq o‘yiniga raqs tushmoqchi bo‘lgandek, tizzalarini bukdi.
— Voy, muncha tund bo‘lmasangiz, Nikolay Ivanovich, — davom etdi Margarita, — umuman, hammanglar jonimga shu qadar tegdinglarki, buni ta’riflashga tilim lol, shuning uchun sizlar bilan vidolashayotganimdan benihoya shodman! E, jin ursin hammanglarni!
Shu mahal Margaritaning orqasida— yotoqxonada telefon jiringladi. U derazadan sakrab tushib, Nikolay Ivanovichni ham unutib, trubkaga chang soldi.
— Azazello gapiryapti, — degan ovoz eshitildi trubkadan.
— Azizim Azazello! — dedi Margarita chinqirib.
— Vaqt bo‘ldi! Uchib chiqavering, — dedi Azazello, Margaritaning samimiy, shodiyona kayfiyatidan mamnunligi uning ovozidan sezilib turardi. — Darvoza ustidan uchib o‘tayotganingizda: «Ko‘rinmayapman!» — deb qichqiring. Keyin ko‘nikib olish uchun bir oz shahar ustida uchib yuring-da, so‘ng janub tomon uchib, shahardan chiqib keting, to‘g‘ri daryo bo‘yiga boring. Sizni u yerda kutishyapti!
Margarita trubkani ildi, shu payt qo‘shni xonada qandaydir yog‘och buyum eshikka «taq-taq» urila boshladi. Margarita borib eshikni lang ochgan edi, pol artadigan cho‘tka raqs tushib kirib keldi. Uning cho‘tka tomoni balandda bo‘lib, dastasi bilan goh tepinar, goh o‘yin tusharkan, nuqul deraza tomon otilardi. Margarita sevinganidan chinqirib, cho‘tkaga minib oldi. Ana shundagina suvoriy ayol bu to‘s-to‘polonda kiyinib olishni unutganini esladi. U «ot» ni karavot oldiga uchirib borib, qo‘liga birinchi bo‘lib ilingan havo rang ko‘ylakni oldi. Keyin uni xuddi bayroqdek hilpiratib, derazadan uchib chiqib ketdi. Vals sadosi endi bog‘ uzra balandroq yangray boshladi.
Margarita derazadan pastga uchib tushib, skameykada o‘tirgan Nikolay Ivanovichni ko‘rdi. U toshdek qotib qolgan va yuqori qavatdagi yop-yorug‘ xonadan kelayotgan shovqin va taraq-turuqlarga quloq solib, esankirab qolgan edi.
— Yaxshi qoling, Nikolay Ivanovich! — deb qichqirdi Margarita uning qarshisida raqs tusharkan. U «voy» deb yuborib, skameyka ustida emaklarkan, portfelini yerga tushirib yubordi.
— Alvido! Men butkul uchib ketyapman, — dedi Margarita vals sadosini bosib ketgudek chinqirib. Shu payt u qo‘lidagi ko‘ylakning hech keragi yo‘qligini anglab, xunuk xaxoladi-da, uni Nikolay Ivanovichning boshiga yopdi. Ko‘zi hech nima ko‘rmay qolgan Nikolay Ivanovich skameykadan g‘ishtin yo‘lkaga ag‘anab tushdi.
Margarita o‘zi uzoq muddat iztirob chekib yashagan uyga so‘nggi marta nazar tashlapg uchun orqasiga o‘girildi, o‘girildiyu chiroqlar shu’lasidan lov-lov porlab turgan derazada Natashaning hayratdan burishgan yuzini ko‘rdi.
— Alvido, Natasha! — deb qichqirdi u va cho‘tka boshini yuqori ko‘tardi, — ko‘rinmayapman, ko‘rinmayapman, — deb yana qattiqroq qichqirdi, so‘ng zarang daraxti novdalariga yuzini savalatib, uning shoxlari orasidan, keyin darvoza ustidan uchib o‘tib, ko‘chaga chikdi. Shundajazava bilan chalingan vals sadosi uning orqasidan ergashdi.
Yigirma birinchi bob
PARVOZ
Men ko‘rinmayapman, men erkin qushman! Men ko‘rinmayapman, men erkin qushman! Margarita o‘z ko‘chasi uzra uchib borib, uni kesib o‘tgan boshqa tor ko‘chaga chikdi. U kerosin va hasharotlarga qarshi suyuq dori bilan savdo qiluvchi, yerga cho‘kib qiyshayib qolgan neft do‘koni joylashgan bu yamoq-yasqoq, qing‘ir-qiyshiq uzun tor ko‘chadan ham bir zumda uchib o‘tdi va shundagina, garchi mutlaqo erkin va ko‘rinmas bo‘lsa ham, ehtiyot bo‘lish kerakligini fahmladi. U hoziroq muyulishdagi qiyshaygan fonus ustuniga urilib halok bo‘lishi mumkin edi, lekin cho‘tkani vaqtida to‘xtatib, bir o‘limdan qoldi. Margarita cho‘tkani mahkam changallab, ustunga chap berib o‘tdi va endi elektr simlari, trotuar uzra ko‘ndalang osilgan viveskalardan o‘zini ehtiyot qilib, sekinroq ucha boshladi.
Uchinchi tor ko‘cha to‘g‘ri Arbatga olib chiqar edi. Margarita ham cho‘tkani boshqarishni endi puxta o‘rganib olgan edi, cho‘tka uning izmiga yurib, qo‘l va oyog‘ining xiyolgina harakatiga itoat etardi. Margaritaning o‘zi ham shahar uzra uchayotganda ehtiyot bo‘lish, ko‘pam bevoshlik qilmaslik kerakligini tushungan edi. Bundan tashqari, boya ko‘chaga uchib chiqqanidayoq odamlarga ko‘rinmayotganini fahmlagan edi. Hech kim boshini ko‘tarib osmonga qaramas, «voy, anavini qaranglar!» — deb qichqirmas, o‘zini panaga olib qochmas, dod solmas, hushidan ketmas, telbayona xaxolamas edi.
Margarita taxminan ikkinchi qavat balandligida tovushsiz asta uchib borardi. Lekin shunda ham charog‘on Arbat ko‘chasiga chiqaverishda, xiyol yanglishib, qandaydir gardishsimon ko‘cha belgisiga kifti bilan urilib ketdi. Bu hol Margaritaning achchig‘ini chiqardi. U itoatkor cho‘tkani taqqa to‘xtatib, chetroqqa uchib bordi, so‘ng birdan o‘sha gardishga hamla qilib, cho‘tkaning uchi bilan uning oynasini chil-chil sindirdi. Oyna siniqlari pastga to‘kilib, odamlar o‘zlarini chetga olishdi, qaerdadir hushtak churilladi, ammo Margarita bu nokerak ishni bajarib bo‘lgach, qah-qah urib kuldi. «Arbatda juda ehtiyot bo‘lish kerak ekan, — deb o‘yladi u, — bu yerda hamma narsa shunaqayam ayqash-uyqash bo‘lib ketibdiki, pand yeb qolishim hech gapmas». U simlar orasidan sho‘ng‘ib uchib o‘tarkan, o‘z poyi ostida, pastda trolleybus, avtobus va yengil mashinalarning tomlarini ko‘rdi. Yo‘lkalarda esa yuqoridan qaragan Margarita xuddi kepkalar daryosi oqayotgandek tuyulardi. Bu daryolardan jilg‘alar ajralib chiqib, tungi magazinlarning olovli og‘ziga oqib kirardi. «Voy-bo‘, atala-ku! — deb o‘yladi Margarita achchig‘lanib, — qimir etishga imkoni yo‘q-a». U Arbatni kesib o‘tib, to‘rtinchi qavat balandligiga ko‘tarildi va muyulishdagi teatrning mash’aladek porlab turgan trubalari yonidan o‘tib, ikki tomonida baland-baland imoratlar qad ko‘targan juda tor bir ko‘chaga uchib kirdi. Bu yerdagi uylarning hamma derazalari lang ochiq bo‘lib, ularning hammasida radiodan muzika eshitilardi. Margaritaning sinchkovligi tutib, shu derazalardan biriga mo‘raladi. Oshxonaga ko‘zi tushdi. Plita ustida ikkita primus vag‘illab yonar, qo‘liga qoshiq ushlagan ikki ayol shang‘illab janjallashardi.
— Hojatxonaga kirib chiqqandan keyin chiroqni o‘chirish kerak. Men sizga aytsam, Pelageya Petrovna, — dedi bug‘ chiqib turgan kastryul yonida turgan ayol, — bo‘lmasam, ariza berib, sizni ko‘chirtirib yuboramiz!
— O‘zingizam qolishmaysiz, — deb javob qildi ikkinchi ayol.
— Ikkovingiz ham bir-biringizdan qolishmaysiz, — dedi Margarita jarangdor ovoz bilan, deraza orqali oshxonaga uchib kirarkan. Janjallashayotgan ikki ayol tovush kelgan tomonga o‘girilishdi-yu, qo‘llarida yuviqsiz qoshiq bilan serrayib qolishdi. Margarita ohista qo‘l cho‘zib, ikkala primusning qulog‘ini burab, o‘tini o‘chirdi. Ayollar «voy» deb yuborib, og‘izlari ochilgancha angrayib qolishdi. Lekin endi oshxona Margaritaning joniga tekkan edi, shu bois u yana tor ko‘chaga uchib chiqib ketdi.
Ko‘cha boshidagi (chamasi endigina qurilib bitgan) sakkiz qavatli muhtasham bino Margaritaning diqqatini tortdi. U pastlab borib yerga qo‘ndi va imoratning old tomoni qora marmar bilan qoplanganini, uning oynavand keng eshigi ichkarisida oltin hoshiyali furajka kiygan, tugmalari yaltiroq darbon turganini, eshik tepasiga esa oltin harflar bilan: «Dramadab Uyi», deb yozilganini ko‘rdi.
Margarita, bu«Dramadab» degani nima ekan, deb o‘ylab, ko‘zlarini suzgancha yozuvga tikilib qoldi. So‘ng cho‘tkani qo‘ltig‘iga qistirib, eshikni ochib ichkari kirarkan, bu raftori bilan darbonning og‘zini ochirib qo‘ydi, ichkarida ko‘zi lift yonida devorga osilgan kattakon qora taxtaga tushdi. Bu taxtaga kvartiralarning nomerlari va ularda yashovchilarning familiyalari oq harflar bilan yozilgan edi. Bu ro‘yxatning eng teppasiga yozilgan: «Dramaturg va adabiyotchilar Uyi» degan yozuvni ko‘rgan Margarita bo‘g‘iq ovoz bilan vahshiyona qiyqirib yubordi. U havoga ko‘tarilib, ro‘yxatdagi familiyalarni diqqat bilan o‘qiy boshladi: Xustov, Dvubratskiy, Kvant, Beskudnikov, Latunskiy…
— Latunskiy! — deb chinqirib yubordi Margarita. — Latunskiy! Ie, bu o‘sha-ku! Ustani nobud qilgan shu edi-ku.
Eshik oldida turgan darbon taajjubdan bir sakrab tushib, ko‘zlarini baqraytirgancha qora taxtaga tikilib qoldi, u kutilmagan mo‘’jizani: qanday qilib odamlar ro‘yxati dabdurustdan chiyillab gapirganini tushunolmay garang edi. Margarita esa bu payt zinadan yuqoriga g‘izillab chiqib borarkan, zavq-shavq bilan takrorlardi:
— Latunskiy — sakson to‘rt! Latunskiy — sakson to‘rt… Mana, chapda — 82, o‘ngda — 83, yana bir qavat balandda, chapda — 84. Shu yerda u. Mana yozuv — «O. La-tunskiy».
Margarita cho‘tkadan tushdi, uning qizib ketgan tovonlari muzdak toshtaxta terilgan maydonchaga tegib huzur qildi. U bir marta, keyin yana bir marta qo‘ng‘iroq qildi. Ammo hech kim eshikni ochmadi. Margarita qo‘ng‘iroq tugmasini yanayam qattiqroq bosgan edi, kvartirani boshga ko‘tarib jiringlagan qo‘ng‘iroq ovozini o‘zi ham eshitdi. Ha, MASSOLIT raisining tramvay tagida qolib o‘lgani va motam majlisining aynan shu bugun oqshomga belgilangani uchun sakkizinchi qavatdagi 84-kvartiraning egasi to o‘la-o‘lguncha marhum Berliozdan minnatdor bo‘lishi kerak. Tanqidchi Latunskiyning omadi bor ekan. Shu omad uni mazkur juma kuni jodugarga aylangan Margarita bilan uchrashishdan qutqarib qoldi!
Eshikni hech kim ochmadi. Shunda Margarita, yo‘l-yo‘lakay qavatlarni sanab o‘qdek pastga tushdi-da, ko‘chaga yugurib chiqdi va tepaga qarab qavatlarni sanarkan, Latunskiyning derazalarini taxminlab topdi. Binoning burchagida sakkizinchi qavatdagi beshta qorong‘i deraza, shubhasiz, o‘shaning kvartirasi edi. Margarita shu taxmini bilan havoga ko‘tarildi va bir necha soniyadan keyin ochiq derazadan qorong‘i xonaga kirdi, bu yerda oyning ingichkagina kumush yog‘dusi tushib turardi. Margarita shu yog‘du yo‘lakdan chopib borib, vklyuchatelni paypaslab topdi. Yana bir daqiqadan keyin butun kvartira yoritilgan edi. Cho‘tka bir burchakda turardi. Margarita uyda hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, zinaga chiqadigan eshikni ochib, undagi yozuvni tekshirdi. Yozuv o‘sha edi, demak, Margarita o‘zi ko‘zlagan kvartiraga kirgan edi.
Ha, aytishlaricha, tanqidchi Latunskiy hanuzgacha bu mudhish oqshomni eslasa rangi quv o‘chib ketarmish, hanuzgacha Berliozning nomini izzat-ikrom bilan eslarmish. Agar u uyida bo‘lganida, bu oqshomning qanday mash’um va razil jinoyat bilan yakunlanishi mutlaqo mavhum bo‘lib qoldi. Margarita oshxonadan salmoqli bolg‘acha ko‘tarib chiqqan edi.
Yalang‘och va ko‘rinmas jodugar o‘ziga taskin, tasalli berishga urinardi, qo‘llari betoqat titrardi. U yaxshilab mo‘ljalga olib turib, royal klavishlariga bolg‘a urdi, royalning ayanchli nolasi butun kvartirani bosib ketdi. Uning klavishlari o‘prilib, sirlari ko‘chib, har tomonga sachray boshladi. Royal guldurar, ingrar, xirillar, jaranglardi. Uning sirlangan qopqog‘i xuddi to‘pponcha otilgandek «qars» etib yorildi. Margarita og‘ir hansirab, royalning torlarini bolg‘acha bilan qayirar, uzar edi. Nihoyat, u juda charchab, bir oz nafasini rostlab olish uchun o‘zini kresloga otdi.
Vannaxonada ham, oshxonada ham suv mudhishona sharillab oqar edi.«Suv toshib polga tusha boshladi chog‘i» deb ko‘nglidan o‘tkazdi Margarita, so‘ng ovoz chiqarib ilova qildi:
— Lekin ko‘pam o‘tiraverish kerakmas.
Suv oshxonadan yo‘lakka oqib chiqa boshlagan edi. Margarita yalangoyoq shalop-shalop suv kechib, oshxonadan tanqidchining kabinetiga chelaklarda suv olib kirdi va uni yozuv stolining g‘aladonlariga quydi. Keyin shu kabinetda turgan shkafning eshigini oolg‘acha bilan urib buzdi-da, yotoqxonaga otildi. U yerda kattakon ko‘zgu o‘rnatilgan shkafni buzib, tanqidchining osig‘liq turgan kostyumini oldi va olib borib vannadagi suvga bo‘ktirdi. Kabinetdan olib olgan siyohdonni yotoqxonaga olib kirib, siyohni ikki kishilik karavotdagi momiq o‘rin-ko‘rpa ustiga to‘kdi. Garchi Margarita o‘zining bu vayrongarlik faoliyatidan benihoyat huzur qilayotgan bo‘lsa ham ayni paytda bu faoliyatning samarasi unga hamon zig‘irdakkina bo‘lib tuyulardi. Shuning uchun endi u ko‘zi tushgan qamma narsani chilparchin qila boshladi. U fikus o‘rnatilgan gultuvakni sindirdi. Bu ishini chala qoldirib, yotoqxonaga kirdi va oshxonadan olib olgan kattakon pichoq bilan choyshabni tildi, fotosurat urnatilgan oynavandli chorcho‘plarni urib sindirdi. U charchashni bilmas, ayni chog‘da butun badanidan duv-duv ter oqardi.
Bu payt Latunskiy kvartirasi ostidagi 82-kvartirada dramaturg Kvantning uy xodimasi oshxonada choy ichib o‘girarkan, yuqori qavatdan eshitilayotgan gapir-tupur yugurishlar, allanimalarning taraqlagani, chil-chil singanini eshitib hayron bo‘lib qoldi. U boshini ko‘tarib, shiftga qaradi, qaradiyu shiftning birdan qandaydir o‘limtik rangda ko‘kara boshlaganini ko‘rdi. Bu dog‘ xodimaning ko‘zi oldida tez kattalasha boshladi va birdan tomchilar paydo bo‘ldi. Xodima bu hodisaga ikki daqiqacha tikilib o‘tirdi, nihoyat, shiftdan haqiqiy yomg‘ir yog‘a boshladi. Shundagina u gapchib turib ketib, suv tushayotgan yerga, polga tog‘ora qo‘ydi, ammo bu zig‘ircha ham yordam bermadi,chunki shiftdagi ho‘l dog‘ tobora kengayib, endi yomg‘ir gaz ilitasiga ham, idish-tovoqlar uyulgan stol ustiga ham oqa boshlagan edi. Shunda Kvantning uy xodimasi chinqirib yuborib, zina boshiga otilib chiqdi, Latunskiyning kvartirasidagi qo‘ng‘iroq to‘xtovsiz jiringlay boshladi.
— Mana, qo‘ng‘iroq boshlandi, endi ketsayam bo‘ladi, — dedi Margarita. U cho‘tkaga minarkan, eshik girqishidan kelayotgan ayol kishining ovoziga quloq soldi:
— Ochinglar! Ochinglar! Dusya, och eshikni! Sizlarnikidan oqyaptimi suv? Biznikini suv bosdi.
Margarita bir metrcha yuqoriga ko‘tarilib, bolg‘acha bilan qandilga bir urgan edi, ikkita lampochka portlab, shokilalar har tomon sochilib ketdi. Eshik tirqishidan eshitilayotgan chinqiriq tindi, zinadan chopib gushayotgan oyoq tovushlari eshitildi. Margarita derazadan uchib chiqib, uning oynasiga tashqari tomondan bolg‘achabilan sekingina urdi. Oyna «chirs» etib sindiyu bo‘laklari uy sirtini qoplagan marmar plitalarga urila-urila pastga sochilib tusha boshladi. Margarita ikkinchi deraza oldiga uchib o‘tdi. Bu payt juda pastda, yo‘lkada odamlar zir yugura boshlashdi, uy oldida turgan ikki mashinadan biri motorini gurillatib jo‘nab qoldi. Margarita Latunskiyning derazalarini «saranjom» qilib bo‘lib, qo‘shni kvartiraning derazalari oldiga suzib bordi. Oynalarning chil-chil sinishi tobora jadallashdi, taraqlagan, jaranglagan ovozlar butun ko‘chani bosib ketdi. Uyning birinchi yo‘lagidan darbon yugurib chiqib tepaga qaradi, qanday chora ko‘rishga darrov aqli yetmadi shekilli, bir oz taraddudlanib qoldi, so‘ng og‘ziga hushtak olib jon-jaxdi bilan churillata boshladi. Margarita shu hushtak sadosi ostida sakkizinchi qavatdagi oxirgi deraza oynasini maroq bilan sindirdi-da, yettinchi qavatga tushib, bu qavatning ham oynalarini bir chekkadan sindira ketdi.
Bugun uyni vahima bosdi. Oynasi hali sinmagan derazalar lang ochilib, ularda odamlarning boshlari ko‘rinar va shu zahoti yana g‘oyib bo‘lardi, ochiq derazalar esa, aksincha, yopilardi. Ko‘chaning narigi yuzidagi uylarning yorug‘ derazalarida, Dramadab binosining derazalari nega o‘zidan-o‘zi sinayotganini bilishga urinib bezovta bo‘layotgan odamlarning qora ko‘lankalari ko‘rinardi.
Tor ko‘chadan Dramadab uyi tomon xalq chopib kelardi, uy ichida esa gangib qolgan odamlar zina va yo‘lkalarda sababsiz, maqsadsiz zir yugurishardi. Kvantning uy xodimasi zinadan chopib tushayotgan odamlarga, uyimizni suv bosdi, deb baqirardi, bir lahzadan keyin unga, Kvantning tagida, 80-kvartirada turuvchi Xustovning uy xodimasi jo‘r bo‘ldi. Chunki Xustovlarning oshxonasi bilan hojatxonasi shiftidan ham sharillab chakka o‘ta boshlagan edi. Nihoyat, Kvantlar oshxonasida shiftning suvog‘i palaxsa bo‘lib ko‘chib tushib, stolga uyilgan yuviqsiz idishlarning hammasini chil-chil sindirdi, shundan keyin suvoq orasiga katak-katak qilib terilgan, jiqqa ho‘l taxta toqilar orasidan suv seldek sharillab oqa boshladi. Endi birinchi pod’ezd zinasidan odamlarning dod-faryodi eshitildi. Margarita to‘rtinchi qavatdagi so‘nggi ikki deraza oldidan uchib o‘ta turib, ichkariga qaradi vashosha-pisha protivogaz kiyayotgan bir odamni ko‘rdi. Margarita deraza oynasini urib sindirib, u odamni qo‘rqitib yubordi, u xonadan qochib chiqib ketdi.
Shu chog‘ kutilmaganda shafqatsiz vayrongarlik taqqa to‘xtadi. Margarita uchinchi qavatga suzib tushib, nafis qora parda tutilgan eng chekka derazadan ichkariga mo‘raladi. Xonani qalpoqcha kiydirilgap bitta chiroq g‘ira-shira yoritib turardi. Ikki yoniga to‘r tutilgan kichkina bir karavotchada to‘rt yoshlar cha-masidagi bola shovqinga quloq solib qo‘rqib o‘tirardi. Xonada kattalardan hech kim yo‘q edi. Chamasi, hamma tashqariga yugurib chiqib ketgan bo‘lsa kerak.
— Oyna sindirishyapti! — dedi bola va: — Oyi! — deb chaqirdi.
Hech kim javob bermadi, shunda u:
— Oyi, qo‘rqaman, — dedi.
Margarita pardani chetga surib derazadan uchib kirdi.
— Qo‘rqaman, — deb takrorladi bola va dag‘-dag‘ titray boshladi.
— Qo‘rqma, hech qo‘rqma, oblakay, — dedi Margarita shamol tegib xirillab qolgan ovozini mayinroq qilishga urinib. — Oyna sindirgan sho‘x bolalar edi.
— Rogatka otishdimi? — deb so‘radi bola qaltirashdan to‘xtab.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 20
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.