Usta va Margarita - 31

Total number of words is 4384
Total number of unique words is 2141
35.2 of words are in the 2000 most common words
53.3 of words are in the 5000 most common words
62.8 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Tun Begemotning baroq dumini ham uzib, badanining tukini ham yulib oldi va ularni xuddi savag‘ichday titkilab, botqoqliklarga sochib yubordi. Zulmat sultonining masxarabozi bo‘lgan mushuk qotmagina yigitchaga, shayton-mahramga, dunyoda qiyosi yo‘q qiziqchiga aylangan edi. Endi u ham sho‘xlikni tashlab, navqiron yuzini oy shu’lasiga tutgancha jimgina tikilib borardi.
Hammadan chetda Azazello po‘lat aslahalarini yaraqlatib uchib borardi. Oy uning ham chehrasini o‘zgartirgan edi. Uning beso‘naqay, xunuk-bedavo so‘yloq tishi g‘oyib bo‘lgan, ko‘zining g‘ilayligi ham qalbaki bo‘lib chiqqan edi. Uning ikkala ko‘zi ham bir xil, bo‘m-bo‘sh va qop-qora, yuzi esa oppoq va sovuq edi. Endi Azazello o‘zining asl qiyofasiga — qaqragan sahro iblisi, qattol azroil qiyofasiga kirgan edi.
Margarita o‘zini ko‘ra olmasdi, lekin ustaning qanchalik o‘zgarib ketganini aniq ko‘rayotgan edi. Ustaning sochlari endi oy nurida oqarib, ensasida bir o‘ram sochga aylangan va shamolda hilpirab borardi. Shamol uning ridosini uchirgan paytda, baland qo‘njli etigining yulduzsimon shporlari goh so‘nib, goh porlardi. Usta xuddi navjuvon shaytonga o‘xshab ko‘zini oydan uzmay borarkan, unga qarab o‘ziping eng yaxshi, ardoqli tanishidek jilmayar va 118-xonada o‘rgangan odatiga ko‘ra, o‘zicha bir nimalarni g‘o‘ldirardi.
Va nihoyat, Voland ham o‘zining haqiqiy qiyofasiga kirgan edi. U mingan otning jilovi nimadan yasalgan deb so‘ralsa, Margarita aytib bera olmasdi, shu bois uni oy shu’lasidan yasalgan zanjir bo‘lsa kerak deb o‘ylardi, otni esa — quyuqlashgan zulmat, uning yolini — bulut, suvori oyog‘idagi shporlarni — yudduzlarning oq dog‘i deb hisoblardi.
Ular shu zaylda teran sukutda uzoq uchdilar, nihoyat ularning poyi ostidagi zamin ham o‘z qiyofasini o‘zgartira boshladi. Shumshuk o‘rmonlar zulmat qa’riga g‘arq bo‘larkanlar, shamshirning damini eslatib, ko‘zga g‘ira-shira tashlangan daryolarni ham o‘zlari bilan olib ketdilar. Pastda mahobatli dumaloq toshlar yaltirab ko‘rindi, ularning oralari oy yog‘dusi tushmaganligidan zim-ziyo edi.
Voland ot jilovini tortib, uni usti yassi toshtepaga qo‘ndirdi, boshqa suvorilar ham unga ergashishdi; ularning qulog‘iga ot taqalarining tosh va chaqmoqtoshlarga urilgani eshitilardi. Oy bu maydonchani och-yashil shu’la bilan charog‘on qilgan edi, shunga ko‘ra, Margarita bir lahzadan so‘ng bu huvillagan xilvatgohda tosh kursini va upda o‘tirgan boshdan-oyoq oppoq kiyingan odamni ko‘rdi. Bu odam yo kar, yoki juda teran o‘yga tolgan bo‘lsa kerak. Negaki, otlarning poyi ostida toshtepaning larzaga kelganini ham eshitmadi, natijada suvorilar uni hech bezovta qilmay istiqboliga yetib bordilar.
Oy eng yaxshi elektr fonaridan ham yorug‘roq shu’la sochayotgani sababli Margarita kursida o‘tirgan odamning hadeb kaftlarini bir-biriga ishqayotganini, uning so‘qirga o‘xshagan ko‘zlari tikka to‘linoyga qadalganini ko‘rdi. Endi Margarita oy shu’lasidan u yer-bu yeri miltillayotgan zalvarli tosh kursi yonida yotgan quloqlari uchli juda bahaybat bir itni va uning ham o‘z egasi singari oyga bezovta bo‘lib tikilayotganini ko‘rdi.
O‘tirgan odamning oyog‘i ostida singan ko‘zaning sopalaklari sochilib yotar, to‘q-qizil ko‘lmak hanuz qurimagan edi.
Suvorilar otlarini to‘xtatishdi.
— Romaningizni o‘qib chiqishdi, — deb gap boshladi Voland ustaga o‘girilib, — faqat bitta fikr aytishdi: taassufki, roman tugallanmagan. Xullas, men sizga o‘z qahramoningizni ko‘rsatgim keldi. Mana, sal kam ikki ming yildirki, u shu maydonchada uxlab o‘tiradi, lekin ko‘kka to‘linoy qalqqan paytlarda, ko‘rib turibsiz, uyqusizlikdan iztirob chekadi. Uyqusizlik nafaqat uni, shuningdek, sadoqatli soqchisi — itga ham azob beradi. Qo‘rqoqlik — eng og‘ir illat, deganlari agar to‘g‘ri bo‘lsa, bu borada itda gunoh yo‘q. desak bo‘ladi. Zero bu dovyurak ko‘ppak dunyoda faqat bir narsadan — momaqaldiroqdan qo‘rqar edi. Hay, nachora, sevgan odam o‘z sevgilisining qismatiga sherik bo‘lmog‘i lozim.
— U nima deyapti? — deb so‘radi Margarita va xotirjam chehrasida achinish ifodasi namoyon bo‘ldi.
— U mudom bir gapni takrorlayapti, — degan Volandning ovozi yangradi, — oy yog‘du sochganda ham menga tinchlik yo‘q, vazifam — og‘ir vazifa, deyapti, U uxlamagan paytda doim shu gapni takrorlaydi, uxlagan chog‘ida esa, hamisha bitta narsani — oy yog‘dusidan yaralgan yo‘lkani tush ko‘radi; u mana shu yo‘lkada yurib, mahbus Ha-Notsri bilan suhbatlashishni xohlaydi, chunki uning ta’kidlashicha, bir vaqtlar, bahorgi nison oyining o‘n to‘rtinchi kuni unga aytadigan gapini ayta olmay qolgan ekan. Lekin, evoh, o‘sha oydin yo‘lkaga chiqish negadir unga hech nasib bo‘lmayapti, huzuriga ham hech kim kelmayapti. Bas, shunday ekan, iloj qancha, o‘zi bilan o‘zi suhbatlashadida. Ammo uqbatga biron yangilik kiritish kerak-ku, shunga ko‘ra, u oy haqida mulohaza qilarkan, ko‘pincha, hammadan ham o‘z boqiyligim va shon-shuhratimning mislsizligini yomon ko‘raman, deb qo‘shib qo‘yadi. Yana o‘z taqdirimni chuvrindi sayoq Leviy Matveyning gaqdiriga jon-jon deb almashgan bo‘lardim, deb ta’kidlaydi.
— Bir vaqtlardagi bir oy uchun o‘n ikki ming oydan voz kechish — judayam ko‘p emasmi? — deb so‘radi Margarita.
— Yana Frida voqeasi takrorlanyaptimi? — dedi Voland, — qo‘ying, Margarita, aslo hayajonlanmang bu yerda. Hammasi risoladagidek bo‘ladi, dunyo o‘zi shuning zamiriga qurilgan.
— Ozod qiling uni, — deb Margarita xuddi jodugar bo‘lgan paytidagidek birdan jon holatda chinqirib yubordi, bu chinqiriq zo‘ridan tog‘dan tosh ko‘chib, do‘nglikdan do‘nglikka urilib, gumburlagancha tubsiz jar qa’riga tushib ketdi. Bu — jarga qulagan toshning gumburlashimidi yoiblisona qahqahaning jarangimidi, Margarita ayta olmas edi. Nima bo‘lganda ham, Voland Margaritaga kulib boqarkan, shunday derdi:
— Tog‘liq yerda baqirish kerak emas, u ko‘chkiga ko‘nikib qolgan, unga parvo ham qilmaydi. Siz, Margarita, uning yonini olib iltimos qilmay qo‘ya qoling, negaki, boshqa odam, u suhbatlashish ishtiyoqida bo‘lgan odam, allaqachon uning uchun iltimos qilgan, — shu gapdan keyin Voland yana ustaga o‘girilib dedi: — Mana, endi siz romaningizni bitta jumla bilan yakunlashingiz mumkin!
Tosh kursida o‘tirgan prokuratordan ko‘z uzmasdan qimir etmay turgan usta go‘yo shu gapni kutayotganday ikki kaftini og‘ziga karnay qilib, shunday baqirdi-ki, ovozining aks-sadosi bu xilvat va taqir tog‘larda qayta-qayta takrorlandi.
— Ozodsan! Ozodsan! U seni kutmoqda!
Tog‘lar ustaning ovozidap momaqaldiroq bunyod etdilar va shu momaqaldiroq togTarni barbod etdi. Qoya toshlardan tiklangan mal’un devor quladi. Faqat yassi maydonchayu undagi tosh kursi qoldi. Devor qulagan qop-qorong‘i jarlik uzra charog‘on ulkan bir shahar namoyon bo‘ldi, necha-necha ming marta kelib ketgan to‘linoy kechalari davomida gurkurab kamol tongan shahar bog‘i uzra qad ko‘targan ma’budlarning haykallari oltindek tovlanardi. Prokurator shuncha vaqt intizor bo‘lib kutgan o‘sha oydin yo‘lka to‘g‘ri shu bog‘ sari yo‘nalgan edi, quloqlari uchli ko‘ppak birinchi bo‘lib shu yo‘lkadan yugurib ketdi. Astari qirmizi rang oq rido kiygan noib tosh kursidan turib, hirqiroq, bo‘g‘iq ovoz bilan bir nima deb qichqirdi. Lekin uning yigTayottaniniyam, kulayotganiniyam, nima deb qichqirganini ham aniqlab bo‘lmas edi. Uning o‘sha oydin yo‘lkadan o‘z sadoqatli qo‘riqchisi orqasidan yugurib ketganinigina ko‘rishdi, xolos.
— Men uning orqasidan o‘sha yoqqa borishim kerakmi? — deb so‘radi bezovta usta, otining jilovini siltab qo‘yarkan.
— Yo‘q, — deb javob qildi Voland, — adoyi tamom bo‘lgan narsa ortidan quvish na hojat?
— U holda, bu yoqqami? — so‘radi usta orqasiga o‘girilib, yaqindagina o‘zi tark etgan muhtasham minorali monastirlari bo‘lgan, uylarining derazalarida quyosh bo‘lak-bo‘lak bo‘lib aks etgan shahar tomonni ko‘rsatarkan.
— U yoqqa ham emas, — deb javob qildi Voland, shunda uning ovozi quyuqlashib, qoyalar uzra gumburladi, — xayolparast usta! Siz hozirgina ozod qilib yuborgan, ya’ni o‘zingiz kashf etgan qahramon uchrashish ishtiyoqida bo‘lgan odam romaningizni o‘qib chiqqan. — Shundan so‘ng Voland Margaritaga o‘girildi: — Margarita Nikolaevna! Siz usta uchun eng barkamol istiqbol kashf etmoqchi bo‘lgansiz — biz bundan voqifmiz, illo, men sizga taklif qilmoqchi bo‘lgan maslahat, ayni paytda, sizning nomingizdan siz uchun Ieshua iltimos qilgan narsa — yana ham yaxshiroq. Ular ikkovini o‘z holiga qo‘ying, — dedi Voland usta tomonga engashib, prokurator yugurib ketgan tomonni ko‘rsatarkan, — ularga xalal bermaylik. Ehtimol, o‘zlari biron bitimga kelishar, — shundan so‘ng Voland Yershalaim tomonga qarab bir qo‘l siltagan edi, shahar chiroqlari so‘ndi.
— U yoqda ham, — deb Voland orqa tomonga ishora qildi, — nima qilasiz o‘sha podvalda? — Shunda derazalarda aks etayottan oftob parchalari so‘ndi. — Nima hojati bor? — deb davom etdi Voland qat’iy, ammo muloyim ohangda, — o xayolparastlar xayolparasti usga, nahot siz endigina gulga kirgan olchalar tagida o‘z mahbubangiz bilan har kuni sayr qilib yurishni, kechqurunlari esa Shubertning muzikasini tinglashni istamasangiz? Nahot shamlar yorug‘ida patqalam bilan asar yozish sizga huzur bag‘ishlamasa? Nahotki siz Faustga o‘xshab yangi gumonkul’ ixtiro etish niyatida regorta ustida fikr yuritishni xohlamasangiz? O‘sha yoqqa, o‘sha yoqqa yo‘l oling. U yerda sizni o‘z uyingiz, uyingizda keksa xizmatkoringiz kutmokda, shamlar yoqilgan, hademay ular o‘chadi, zero siz yetib borgan zahotingiz tong shafag‘i sizni peshvoz chiqib kutib oladi. Mana bu yo‘ldan, usta, mana bu yo‘ldan boring. Alvido! Men ketdim.
— Alvido! — deb baravar qichqirishdi Margarita bilan usta. Shunda qora ridoga o‘ralgan Voland yo‘l qolib, to‘g‘ri borib tubsiz jar qa’riga quladi, mulozimlari ham uniig orqasidan jarga gumburlab yiqilishdi. Shunda atrofdagi qoyalar ham, maydoncha ham, oydin yo‘lka ham, Yershalaim ham — hammasi g‘oyib bo‘ldi. Qora otlar ham ko‘zdan yo‘qoldi. Shu payt usta bilan Margarita va’da qilingan tong shafag‘ini ko‘rdilar. U shu onning o‘zida, yarim kechada, to‘linoy porlab turgan paytda boshlandi. Usta o‘z mahbubasi bilan birga tongning ilk shu’lasidan bahramandbo‘lib, hammayog‘ini yo‘sin o‘ragan tosh ko‘prikchadan o‘ta boshladilar. Jilg‘a oshiq-ma’shuqlar orqasida qoldi, endi ular qumli yo‘ldan yurib ketdilar.
— Sukunatga quloq sol, — derdi Margarita, uning yalangoyoqlari ostida qum shuvillardi, — hayotingda senga nasib etmagan narsa — sukunatni tinglab huzur qil. Qara, huv ana senga tuhfa etilgan mangu makoning. Uning uch tabaqali derazasini, tomigacha ko‘tarilgan tok navdalarini ko‘ryapman. Mana shu sening uying, mangu makoning. Bilaman, kechqurunlari oldingga o‘zing xush ko‘rgan, seni qiziqtirgan va dilingni og‘ritmaydigan odamlar kelishadi. Ular sen uchun sozlar chalishadi, qo‘shiqlar kuylashadi, shamlar yoqilganida xonangning qanday rangda ekanligini ko‘rasan. Sen har kuni kechqurun yog‘i chiqib ketgan o‘sha abadiy qalpog‘ingni kiyib, lablaringda tabassum bilan pinakka ketasan. Uyqu senga darmon beradi, sen dono mulohazalar yuritasan. Ammo meni endi yoningdan quvib yubora olmaysan. Sening oromingni men muhofaza qilaman.
Shunday derdi Margarita usta bilan birga uning mangu makoni sari borarkan, ustaning nazarida, Margaritaning so‘zlari hozirgina orqada qolgan jilg‘a singari ohista jildirayotgandek eshitilardi, shunda ustaning xotirasi — behisob ukollarga bardosh bergan besaranjom xotirasi asta so‘na boshladi. Kimdir ustani ozodlikka chiqarayotgan edi, xuddi uning o‘zi hozirgina o‘zi yaratgan qahramonini ozod qilgani kabi. Mana, mangu yer qa’riga kirib ketdi o‘sha qahramoni — yakshanbaga o‘tar kechasi gunohi kechirilgan munajjimzoda, Iudeyaning badqahr beshinchi prokuratori chavandoz Pontiy Pilat.
XOTIMA
Xo‘sh, o‘sha shanba oqshomi, kun botar chog‘da Voland o‘z mulozimlari bilan Chumchuq tepadan uchib g‘oyib bo‘lgach, Moskvada nimalar bo‘lgan edi?
Butun poytaxtning aql bovar qilmaydigan mish-mishlardan ancha vaqtgacha xuddi cho‘p tiqilgan ari uyasi kabi g‘uvillagani va bu mish-mishlar ko‘z ochib-yumguncha vaqt o‘tmay, mamlakatning eng yiroq, xilvat go‘shalarigacha yetib borgani haqida gapirib o‘tirmasa ham bo‘ladi, zero o‘sha tuturiqsiz mish-mishlarni takrorlashdan hazar qiladi kishi.
Ushbu haqqoniy satrlarni yozayotgan kamina shaxsan o‘zim poezdda Feodosiyaga ketaturib, Moskvada birvarakayiga ikki ming kishi teatrdan qip-yalang‘och holda ko‘chaga chiqqani va shu ahvolda uy-uylariga taksomotorlarda jo‘nab ketgani haqida o‘z qulog‘im bilan eshitdim.
Sutga navbatda turganlar orasida, tramvaylarda, magazinlarda, kvartiralar va ularning oshxonalarida, ham uzoqqa, ham shahar chekkasiga qatnovchi poezdlardayu ularning bekatlarida, bog‘ hovlilaru plyajlar-da — hamma yerda «Shayton…» deb pichirlagan ovozlar eshitilardi.
Turgan gapki, aholining eng farosatli, eng madaniyatli namoyandalari shayton haqida butun poytaxtga yoyilgan bu gaplardan o‘zlarini chetga olishar va unday mish-mishlar ustidan kulishib, ularni tarqatib yurganlarni tartibga chaqirishga urinardilar. Lekin fakt faktligicha qoladi, deydilar, binobarin, isbotlamasdan turib uni rad etish aslo mumkin emas, kimlardir poytaxtda bo‘lgan. Griboedovning kuyib kul bo‘lgani, undan boshqa yuz bergan yana juda ko‘p voqealar shayton haqida tarqalgan mish-mishlarnipg rostligidan dalolat berib turardi.
Madaniyatli kishilar, bu— o‘z kasbining piri bo‘lgan ko‘zboyloqchi va g‘oyibdan xabar beruvchi romchilar to‘dasining ishi, deb tergov ahlining fikrini tasdiqladilar.
Turgan gapki, bu to‘dani tutish uchun Moskvada ham, undan tashqarida, olis-olis yerlarda ham jadal ravishda, keskin choralar ko‘rildi, biroq ming afsuski, bu tadbirlar hech qanday natija bermadi. O‘zini Voland deb atagan shaxs va uning sheriklari g‘oyib bo‘lishib, shundan keyin Moskvaga ham boshqa qaytib kslishmadi, boshqa hech bir yerda ham qoralarini ko‘rsatishmadi. Natijada, o‘sha Voland xorijga qochgan, degan mulohaza tug‘ildi, lekin u yoqlarda ham undan hech bir darak bo‘lmadi.
Voland ishi yuzasidan boshlangan tergov uzoq davom etdi. Axir bu o‘ta qabih ish edi-da! Uning dasti-dan, painki to‘rtta uy yonib kul bo‘ldi, nainki yuzlab odamlar telba bo‘lib qoldi, hatto o‘lganlar ham bor edi. Ulardan ikkitasi haqida: Berlioz bilan anavi Moskvaning diqqatga sazovor yerlari bilan ajnabiylarni tanishtirish byurosining baxti qaro xodimi sobiq baron Maygel haqida dadil gapirish mumkin. Axir, ular chindanam o‘ldirilgan edilar-da. Maygelning kuygan suyaklari Sadovaya ko‘chasidagi uyning 50-kvartirasidan yong‘in o‘chirilgach topildi. Ha, qurbonlar bo‘lgan va bu qurbonlar tergov qilishni talab etardilar.
Lekin Voland poytaxtni tark etib chiqib ketganda keyin ham qurbonlar bo‘ldi, endi, aytishga til bormaydi, qora mushuklarga qirg‘in kela boshladi.
Odamzodga ham vafodor, ham foydali bo‘lgan bu yuvosh jonivorlarning taxminan yuzga yaqini mamlakatning turli yerida otib tashlandi, yoki o‘zga usul bilan mahv etildi. Haddan tashqari rasvoyu raddi balo qilib tashlangan o‘n beshtacha mushuk har xil shaharda militsiya bo‘limiga olib kelindi. Masalan, Armavirda bir grajdanin o‘sha begunoh jonivorlardan birini, oldingi ikki oyog‘ini bog‘lab, militsiyaga sudrab borgan.
O‘sha grajdanin, o‘z odati bo‘yicha, atrofga olazarak bo‘lib, o‘g‘rincha endi o‘zini maysa orasiga urmoqchi bo‘lib turgap mushuk ustiga o‘zini tappa tashlagan-u, uni bog‘lash uchun bo‘ynidan galstugini yecharkan, jahl bilan dag‘dag‘a qilib degan: — Ah-ha! Endi bizning Armavirga ham tashrif buyuriptilar-da, janob ko‘zboyloqchi? Yo‘-o‘q, bu yerda sizdan qo‘rqadigan anoyi yo‘q. O‘zingizni gung qilib ko‘rsatmay qo‘ya qoling. Kimligingiz bizga otning qashqasiday ma’lum!
U grajdanin jonivorning yashil galstuk bilap chambarchas bog‘langan oldingi oyoqlaridan sudrab, uni orqa oyoqda yurishga majbur qilarkan, yo‘l-yo‘lakay undan do‘ng olib borgan. Ko‘chada o‘ypab yurgan bolalar bu holni ko‘rib, qiyqirishib unga ergashishgan.
— Siz, — deb qichqirgan grajdanin, — bas qiling, bas qiling maynavozchilikni! Ovora bo‘lasiz! Xamma odamlarga o‘xshab ikki oyoqda yuravering!
Sho‘rlik qora mushuk esa alam to‘la ko‘zlarini ko‘kka tikkan xolos. Gapirish qobiliyatidan mahrum bo‘lib dunyoga kelgan bu jonivor, turgan gapki, o‘zini oqlashga ojiz edi. Xayriyat, baxti bor ekap, bechorani qutqarib qolishgan. Buning uchun u birinchi navbatda militsiyaga, undan keyin o‘z egasi muhtarama beva kampirga minnatdorchilik bildirishi kerak. Mushukni militsiya bo‘limiga olib borgan grajdaninning g‘irt mastligi bir zumda ma’lum bo‘lgan-u, uning bergan guvoxliklari shubhali bo‘lib tuyulgan. Bu orada mushugini tutib olib ketishganini qo‘shnilaridan eshitgan kampir militsiya bo‘limiga yugurib, ayni vaqtida yetib kelgan. Kampir mushugi haqida ko‘p maqtov so‘zlar aytib, uni besh yildan beri, ya’ni mushuk bolalik paytidan bilishi, unga xuddi o‘ziga ishonganday ishonishi haqida kafolot bergan va mushutining hech qachon hech qanday egri ish qilmagani, Moskvaga ham hech qachon bormaganini dalillar bilan isbotlab bergan. Kampirning aytishicha, mushugi shu Armavirda gug‘ilib, shu yerda o‘sib ulg‘aygan, sichqon tutigadan ham shu yerda saboq olgan.
Nihoyat, mushuk bandilikdan ozod qplinib, egasiga qaytarilgan, lekin xato va tuhmat azobni o‘z boshidan kechirgandan keyingina ozod bulgan u sho‘rlik.
Mazkur nayranglar oqibatida nainki mushuklar, hatto ba’zi odamlar ham juz’iy ko‘ngilsizliklarga duch kelishdi. Hibsga olishlar yuz berdi. Qisqa muddatga qamalganlar orasida: Leningradda — Volman va Vol’per degan grajdanlar, Saratov, Kiev va Xarkovda — Volodin familiyali uch kishi, Qozonda — Volox, Penzada esa mutlaqo noma’lum sabablarga ko‘ra, ximiya fanlari kandidati Vetchinkevich degan odam qamoqqa olindi. Shunisi borki, u daroz bo‘yli, qorachadan kelgan, qora soch odam edi.
Bir grajdaninni Belgorod bekatida Sevastopol poezdidan qo‘llarini bog‘lab olib tushishdi. U o‘z xdmrohlariga qarta o‘yinida alomat fokuslar ko‘rsatayotgan ekan.
Yaroslavlda esa ayni tushlik paytida bir grajdanin hozirgina ustadan olgan primus bilan restoranga kirgan. Ikki eshikog‘asi uni ko‘ra solib, o‘z postlaridan ura qocha boshlaganlar, ular orqasidan esa rsstoran xodimlari va barcha xo‘randalar yugurib qolishgan. Xuddi shu mahal kassir ayolning g‘aladonidagi pulning hammasi noma’lum sabablarga ko‘ra birdan g‘oyib bo‘lgan.
Yana ko‘p hodisalar sodir bo‘lgan — hammasini eslash qiyin. Xullas, aql bovar qilmaydigan ishlar yuz bergan edi.
Tergov ahliga ming ofarin. Ular nainki jinoyatchilarni tutish, shuningdek, ularning barcha kirdikorlarini izohlab berish uchun qo‘llaridan kelgan hamma ishni qilishdi. Xar bitta hodisa izohlab berildi. Biz bu izohlarni g‘oyat bama’ni va rad etib bo‘lmaydigan izohlar deb e’tirof etmay ilojimiz yo‘q.
Tergov ahli va tajribali psixiatorlarning ta’kidlashlaricha, o‘sha jinoyatchi to‘daning a’zolari yoki ulardan birontasi (bu borada ko‘pchilik Korovyovni nazarda tutar edi) o‘zlarini o‘z turgan yerlarida emas, boshqa — soxta yerda turgandek qilib ko‘rsatishga qodir, eng iqtidorli gipnozchilar bo‘lishgan. Bundan tashqari, ular o‘zlariga ro‘para kelgan odamlarga, ayrim buyumu odamlarni haqiqiy turgan yeridan boshqa joyda deb uqdira olishgan va aksincha, odamlarning ko‘zi oldida turgan buyum va shaxslarni ularning nazaridan yashirishga qodir bo‘lishgan..
Shunday izohlar natijasida sodir bo‘lgan hamma hodisa, hattoki odamlarni qattiq hayajonga solgan va izohlash tamomila mushkul bo‘lgan 50-kvartira voqeasi, ya’ni pistoletlardan o‘qqa tutilgan mushukka ne sababdan o‘q kor qilmaganligi ham oydinlashdi.
Tabiiyki, hech qanday mushuk qandilga osilib olmagan va hech bir jonzod u yerdan turib o‘q otmagan, bil’aks, jinoiy ishga qo‘l urgan paytlarda odamlarga o‘z ta’sir kuchini o‘gkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan nayrangboz Korovyov o‘q otayotganlarning orqasida turib olib, ularning diliga, mushuk qandilga osilib olib o‘q otmoqda, degan fikrni solgan va ularni mazax qilib bo‘shliqqa qarata o‘q uzishga undagan. Kvartiraga benzin sepib o‘t qo‘yib yuborgan ham shu Korovyovning o‘zi bo‘lgan.
Ma’lumki, Styopa Lixodeev mutlaqo Yaltaga uchib ketmagan (bu nayrang hatto Korovyovning ham qo‘lidan kelmasdi), u yoqdan hech qanaqa telegramma ham yubormagan. U zargar bevasining kvartirasida Korovyov ko‘rsatgan fokusdan (sirkalangan qo‘ziqorinni sanchqiga ilib yeyayotgan mushukdan) qo‘rqib hushidan ketgancha, to Korovyov, masxara qilish maqsadida, uning boshiga kigiz shlyapa kiydirib Moskva aerodromiga jo‘natguncha shu yerda yotgan, ayni paytda Korovyov Styopani kutib chiqqan jinoiy qidiruv vakillarining diliga Styopa Sevastopoldan uchib kelgan aeroplandan tushadi, degan fikrni solgan.
To‘g‘ri, yalta jinoiy qidiruv bo‘limi yalangoyoq Styopani qabul qilib olgani va uning to‘g‘risida Moskvaga telegrammalar yuborganini tasdiqlagan edi, lekin shunga qaramay, o‘sha telegrammalardan birontasining ham nusxasi topilmadi, natijada, gipnozchilar to‘dasi nihoyatda olis masofadagi, nafaqat ayrim shaxslarni, hatto gala-gala odamlarni ham gipnoz qilish qobiliyatiga ega, degan ko‘ngilsiz, lekin nihoyatda sobit xulosa kelib chiqdi bundan. Demak, jinoyatchilar mazkur sharoitda ruhiyasi eng mustahkam odamlarni ham jinni qilib qo‘yishlari mumkin ekan.
Endi, parterda o‘tirgan begona odamning cho‘ntagidan bir dasta qarta chiqqani yoki ayollar egnidagi ko‘ylaklarning g‘oyib bo‘lishi, yoxud miyovlovchi beret va shu kabi qanchadan-qancha ikir-chikir voqealar masalasiga kelsak, ular gapirib o‘tirishga ham arzimaydi! Bunaqa nayrangni, shu jumladan, konferansening boshini uzishdek oddiy nayrangni ham, har qanday o‘rtamiyona mutaxassis-gipnozchi har qanaqa sahnada namoyish qila oladi. Gapiruvchi mushuk ham xamirdan qil sug‘urgandek oson ish. Odamlarga bunday mushukni namoyish qilish uchun g‘oyibdan darak berishga qodir romchilikning dastlabki saboqlarini o‘zlashtirishning o‘zi kifoya. Korovyov mahoratining esa bu dastlabki saboqdan ancha oldinlab ketganiga hech kim shubha qilmaydi.
Xa, masala bu yerda dasta-dasta qartalarda ham, Nikonor Ivanovichning portfelidan chiqqan soxta xatlarda ham emas. Bularning bari arzimas narsalar. Berliozni tramvayga bostirib o‘ldirgan shu — Korovyov edi. Shoir Bezdomniy sho‘rlikni jinni qilgan ham, keyin uning behalovat uyqusida ko‘hna Yershalaimni, oftobda jizg‘anak bo‘lib yotgan Taqir Tepada ustunlarga bog‘langan uchta qatlni tush ko‘rishga majbur etgan ham shu edi. Keyin Margarita Nikolaevna bilan uning uy xodimasi Natashani Moskvadan uchib chiqib ketishga majbur qilgan ham shu Korovyov va uning sheriklari bo‘ldi. Darvoqe, tergovchilar bu ishga nihoyatda katta e’tibor berishdi. Ularning oldida, bu ikki ayol qotillaru o‘t qo‘yuvchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilganmi yo ular o‘sha jinoyatchilar to‘dasiga o‘z ixtiyorlari bilan qo‘shilishganmi, degan jumboqni yechish vazifasi turar edi. Mana, nihoyat, ular Nikolay Ivanovich bergan tuturiqsiz va chalkash guvohliklarga suyangan holda hamda Margarita Nikolaevnaning jodugar bo‘lib ketyapman degan mazmunda eriga yozib qoldirganxatini nazarda tutib, Natashaning o‘z kiyim-boshlaridan birontasini ham olmay g‘oyib bo‘lganini hisobga olib, uy bekasi bilan uning xodimasi ham ko‘pchilik odamlar singari gipnoz qilingan va shu sharoitda bosqinchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan degan xulosaga keldilar. Jinoyatchilarnibu ikki ayolning go‘zalligi rom qilgan bo‘lsa ajab emas, degan mulohaza (mutlaqo to‘g‘ri mulohaza) ham yo‘q emas edi.
Lekin bir narsa: o‘zini usta deb yuritgan telba odamni psixiatriya pshfoxonasidan o‘g‘irlab olib ketishga jinoyatchilarni nima majbur qilgani aniqlanmay, mavhumligicha qoldi. Shuningdek, o‘g‘irlangan bemorning familiyasini ham bilib bo‘lmadi. Shu zaylda u «Birinchi korpusdagi bir yuz o‘n sakkizinchi»degan o‘lik laqab bilan mangu dom-daraksiz ketdi.
Shunday qilib, hamma narsa oydinlashdi, tergov ham ibtidoli har bir narsa kabi o‘z nihoyasiga yetdi. Oradan bir necha yil o‘tib, odamlar Volandni ham, Korovyovni ham, ularning qolgan sheriklarini ham unuta boshlashdi. Voland bilan uning hamtovokdaridan jabrlanganlar hayotida ko‘pgina o‘zgarishlar yuz berdi, lekin bu o‘zgarishlar qanchalik mayda va ahamiyatsiz bo‘lmasin, baribir ularni qayd qilib o‘tmog‘imiz lozim.
Chunonchi, Jorj Bengalskiy shifoxonada uch oy yotib tuzalib chiqdi, lekin Varetedagi xizmatidan bo‘shashga majbur bo‘ldi, holbuki, bu paytda teatrga tomoshabin yopirilib keladigan bo‘lib qolgan edi — jodugarlik va uning fosh etilishi seansi hanuz odamlar xotirasidan o‘chmagan edi-da. Ha, Bengalskiy Varetedan bo‘shadi, chunki har kuni kechqurun ikki ming kishi oddiga chiqib, ularning: o‘zingizni qachon yaxshiroq his qilasiz: kallangiz borligidami yo yo‘q paytidami? — deb bergan tahqiromuz savollaripi muttasil eshitish unga juda og‘ir botardi.
Undan tashqari, konferansening o‘z kasbi uchun suv bilan havodek zarur bo‘lgan avvalgi xushchaqchaqligi ancha cheklanib qolgan edi. U har yili bahorda vahimaga tushib, birdan bo‘ynini changallab oladigan, atrofiga olazarak bo‘lib qo‘rqa-pisa qarab, yig‘lab yuboradigan ioxush va dardli bir odat chiqargan edi. Bu tutqanoqnamo dard o‘gib ketardi albatta, ammo shunga qaramay, bunday illat bilan avvalgi ishda ishlab bo‘lmas edi, shunga ko‘ra u iste’foga chiqib, o‘z jamg‘argan puliga kamtarona kun kechira boshladi: gaxmipicha, bu puli o‘n besh yilga yetishi kerak edi.
Varenuxaga kelsak, u barcha teatr ma’murlari orasida ham o‘zining benihoya hozirjavobligi va seriltifotligi bilan ko‘pchilik teatr shaydolarining mehrini qozongan edi. Masalan, kontramarka so‘rab keladiganlar uni faqat valine’matim deb chaqirardilar. Varetega kim qay mahal telefon qilmasin, hamisha trubkadan: «Qulog‘im sizda», — degan muloyim va hazin ovozni eshitardi. Varenuxani chaqirib bersangiz, deb iltimos qilinadigan bo‘lsa, yana o‘sha ovoz shosha-pisha: «Xizmatingizga tayerman», — deb javob qilardi. Lekin Ivan Savelevich o‘zining bu xushmuomalaligidai ko‘p azob chekardiyam.
Styopa Lixodeevga ham endi Vareteda o‘tirib telefon qilish nasib bo‘lmaydi. Uni, sakkiz kun shifoxoada yotib chiqqanidan so‘ng, darhol Rostovga jo‘natishdi, u yerda unga katta bir gastronomning mudiri lavozimini berishdi. Ovozalarga qaraganda, u portveyn ichishni tashlab, hozir faqat qarag‘ay gul-kurtagi solinga araq icharmish, buning natijasida, juda sog‘lom bo‘lib ketganmish. Yana u qizlardan o‘zini olib qochadigan va kamgap bo‘lib qolipti.
Stepan Bogdapovichning Varetedan olinishi garchi Rimskiyning ko‘p yillik shirin orzusi bo‘lsa ham, endi, bu hol yuz berganida, u quvona olmadi. Judayam munkillab chol bo‘lib qolgan, kallasi sarak-sarak qiluvchi bu moliya direktori shifoxonadan chiqib, Kislovodskda dam oldi, u yerdan qaytib kelishi hamono Varetedan bo‘shash haqida ariza berdi. Qizig‘ishundaki, arizasini Varetega uning xotini olib keldi. Grigoriy Danilovichning esa oy shu’lasiga g‘arq bo‘lgan, bir ko‘zi darz deraza darchasidan xuddi rezinkaday cho‘zilib uning pastki ilgagini ochmoqchi bo‘lgan o‘lik qo‘lni ko‘rgan o‘sha binoga endi hatto kunduz kuni ham qadam qo‘yishga yuragi betlamas edi.
Rimskiy Varetedan bo‘shagach, Zamoskvorechedagi bolalar qo‘g‘irchoq teatriga ishga kirdi. Bu teatrda endi unga akustika masalasida muhtaram Arkadiy Apollonovich Sempleyarov bilan uchrashish nasib bo‘lmadi. Chunki uni hash-pash deguncha Bryanskka ko‘chirishib, qo‘ziqorin tayyorlash punktiga mudir etib tayinlashgan edi. Mana, endi moskvaliklar har xil navdagi tuzlangan, sirkalangan qo‘ziqorinlarni mazza qilib iste’mol qilisharkan, bu ko‘chirishdan benihoya mamnun bo‘lmoqdalar. O‘tgan ishga salavot-u, lekin ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, Arkadiy Apollonovichning akustika bobidagi faoliyatidahech ishi o‘ngidan kelmagan, uni yaxshilash uchun qilgan barcha xatti-haratlari zoe ketgan edi.
Teatr bilan aloqani uzganlar safiga Arkadiy Apollonovichdan tashqari yana Nikonor Ivanovich Bosoyni ham kiritish mumkin, vaholanki, garchi u, tekin biletga ishqivoz bo‘lsa ham, teatrga aslo daxddorligi yo‘q edi. Hozir Nikonor Ivanovich nainki bironta teatrga (xoh u pulli bo‘lsin, xoh tekin) boradi, hattoki hamsuhbatlar davrasida teatr mavzuida gap ochilgudek bo‘lsa, rangi quv o‘chib ketadigan bo‘lib qolgan. U nafaqat teatrni, shuningdek shoir Pushkinni va iste’dodli artist Savva Potapovich Kurolesovni ham jinidan ortiq yomon ko‘rib qolgan edi. Ayniqsa, Kurolesovni shunchalik yomon ko‘rardiki, o‘tgan yili gazetada, uning iste’dodi ayni kamolga yetgan chog‘da dunyodan ko‘z yumgani haqidagi ta’ziyanomani qora ramka ichida o‘qib qolib, Nikolay Ivanovich cho‘g‘dek qizarib ketgan va sal bo‘lmasa o‘zi ham o‘sha Savva Potapovich orqasidan yo‘rg‘a chiqarayozgan edi, keyin u: «Ajab bo‘pti!» — deb baqirib yuborgandi. Bu ham kifoya qilmay, Nikonor Ivanovich o‘sha kuni kechqurun Sadovaya ko‘chasiga yog‘du sochayotgan to‘linoy bilan bir o‘zi ulfatchilik qilib, esidan og‘gungacha ichib g‘irt mast bo‘lgandi, zero taniqli artistning o‘limi qator noxush hodisalarni eslatgan edi unga. Nikonor Iva-novich har qadah ko‘targan sari, o‘zi mushohada qilgan odamlar safi uzaya bordiki, bu mal’un qiyofalar safida Gerardovich Dunchil ham, go‘zal Ida Gerkulanovna ham, urishqoq g‘ozlar egasi mallasoch odam ham, sofdil Nikolay Kanavkin ham bor edi.
Xo‘sh, ana shu odamlarning holi nima kechdi ekan? Ie, salomatliklari kerak! Ularga hech nima bo‘lgani yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas, chunki ular hech qachon hayotda bo‘lgan emas, shuningdek, istarasi issiq konferanse-artist ham, teatrning o‘zi ham, valyutalarni yerto‘laga yashirib chiritib yotgan xola — qurumsoq kampir Poroxovnikova ham, inchunun, olti karnaylaru sulloh oshpazlar ham bo‘lmagan. Bularning hammasini palid Korovyovning ta’siriga uchgan Nikonor Ivanovich tushida ko‘rgan edi. Tushga kirgan shu qiyofalar orasida yagona tirik odam aynan o‘sha artist Savva Potapovich bo‘lib, u ham radioda ko‘p chiqib turganligi sababli Nikonor Ivanovichning xotirasiga singib ketgan va shu bois uning tushiga kirgan edi.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 32
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.