Usta va Margarita - 09

Total number of words is 4224
Total number of unique words is 1971
38.8 of words are in the 2000 most common words
57.5 of words are in the 5000 most common words
66.8 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Rimskiy bilan Varenuxa boshlari bir-biriga tekkuday bo‘lib, telegrammani qaytadan o‘qiy boshlashdi, o‘qib chiqib, churq etmay bir-birlariga tikilib qolishdi.
— Grajdanlar! — dedi ayol achchig‘i chiqib. — Oldin imzo cheking, keyin, xohlaganingizcha dim o‘ynayvering! Axir men shoshilinch telegrammalar tarqataman.
Varenuxa ko‘zini telegrammadan uzmasdi, daftarga qing‘ir-qiyshiq qilib imzo chekdi, ayol ham chiqib ketdi.
— Axir sen u bilan telefonda soat o‘n birlarda gaplashganmiding? — dedi administrator mutlaqo hayratlanib.
— G‘irt maynavozchilik bu! — deb baqirib yubordi Rimskiy. — Gaplashdimmi, gaplashmadimmi, baribir, u hozir Yaltada bo‘lishi mumkin emas! Voajab!
— U mast… — dedi Varenuxa.
— Kim mast? — so‘radi Rimskiy, so‘ng yana ikkov-lari bir-birlariga tikilib qolishdi.
Yaltadan telegramma yuborgan biron qallob yoki telba odam bo‘lishi mumkin — bunga hech shubha yo‘q edi; lekin boshqa narsa boshni qotirayotgan edi: o‘sha yaltalik firibgar, kuni kecha Moskvaga kelgan Volandni qaerdan tanirkin? Shuningdek, u bilan Lixodeev o‘rtasidagi munosabatni qayoqdan bila qoldiykin?
— «Gipnoz bilan…» — deb takrorladi Varenuxa telegrammadagi so‘zlarni, — lekin u qayoqdan bilarkin Volandni? — U ko‘zlarini pirpiratib turib birdan qat’iyat bilan chinqirib yubordi: — E yo‘q, g‘irt safsata bu! Ishonmayman, ishonmayman!
— Qaerda turipti o‘zi o‘sha la’nati Voland? — so‘radi Rimskiy.
Varenuxa darhol inturist byurosiga qo‘ng‘iroq qildi va shu zahoti, Volandning Lixodeev kvartirasida joylashganligini xabar qilib, Rimskiyning og‘zini ochirib qo‘ydi. Shundan keyin u Lixodeev kvartirasiga qo‘ng‘iroq qilib, trubkadan eshitilayotgan uzun-uzun signalga uzoq vaqt quloq solib turdi. Qaerdadir juda olisda og‘irqo‘shiq ijro etayotgan mungli bir ovoz telefon signaliga omixta bo‘lib eshitilardi, shunda Varenuxa, telefon tarmog‘iga radio ulanib qolipti, deb ko‘nglidan o‘tkazdi…
— Hech kim javob bermayapti, — dedi Varenuxa trubkani ilarkan, — balki qo‘ng‘iroq qilsammikan…
U gapni tugatolmadi. Ostonada yana o‘sha ayol paydo bo‘ldi va ikkovlari: Rimskiy ham, Varenuxa ham ayolga peshvoz turishdi, u esa sumkachasidan, bu gal oq emas, qandaydir odmirang qog‘oz oldi.
— Bunisi endi juda qiyomat bo‘ldi, — dedi Varenuxa g‘ijinib, shosha-pisha xonadan chiqib ketayotgan ayolning orqasidan kuzatib qolarkan. Birinchi navbatda qog‘oz Rimskiyga tegdi.
Fotoqog‘ozga surati tushirilgan qora harflar bilan yozilgan quyidagi xatni aniq o‘qisa bo‘lardi:
«Mening dastxatim, imzoim kimligimni isbot-laydi. Imzoimni tasdiqlab shoshilinch telegramma yuboring, Voland orqasidan maxfiy kuzatuv olib boring. Lixodeev».
Varenuxa teatrlardagi yigirma yillik faoliyati paytida ko‘p g‘aroyib voqealarning shohidi bo‘lgan edi, lekin hozir aql-zakovatidan judo bo‘layotganday his qildi o‘zini, shunga ko‘ra quyidagi odmigina va o‘ta bema’ni jumladan o‘zga hech nima deya olmadi:
— Bunday bo‘lishi mumkin emas!
Lekin Rimskiy boshqacha yo‘l tutdi. U o‘rnidan turib borib, eshikni ochdi, kursida o‘tirgan kurer ayolga:
— Pochtalondan boshqa hech kimni kiritmang! — deb baqirdi-da, eshikni ichidan qulflab oldi.
So‘ng yozuv stolining g‘aladonidan bir dasta qog‘oz olib, undagi Styopaning dastxatlari va imzolarini fotogrammadagi yozuv va imzo bilan qiyos qila boshla-di. Varenuxa stolga ko‘kragini berib yotib olib, Rimskiyning yuziga qaynoq nafas qaytarardi.
— Bu dastxat uniki, — dedi nihoyat qat’iyat bilan moliya direktori, Varenuxa esa xuddi aks sadodek takrorladi
— Uniki..
Administrator Rimskiyning yuziga qaradi, qaradiyu unda sodir bo‘lgan o‘zgarishdan serrayib qoldi. Shundoq ham cho‘pday oriq bo‘lgan moliya direktori, go‘yo yanayam ozib, hatto qarib qolganday, muguz gardishli ko‘zoynak taqqan ko‘zlarining avvalgi o‘qrayib qarashi yo‘qolib, ulardan nainki hayajon, hattoki hasrat paydo bo‘lgandek tuyuldi.
Odam nihoyatda qattiq hayratlangan damda o‘zini qanday tutsa, Varenuxa ham o‘zini shunday tutdi. U kabinetning u boshidan bu boshiga zir yugurdi, ikki marta, xochga tortilgan Isodek qulochini yozdi, grafindagi sarg‘ish suvdan bir stakanini birvarakayiga ichib yubordi-da, nihoyat shunday dedi:
— Tushunmayman! Tu-shun-may-man!
Rimskiy esa derazaga tikilgancha, astoydil bosh qotirib nimadir o‘ylardi. Moliya direktorining ahvoli juda og‘ir edi. Hoziroq, shu yerning o‘zida bu g‘ayritabiiy hodisa uchun tabiiy izoh kashf etish talab qilinayotgan edi.
U ko‘zlarini qisgancha, Styopaning bugun soat o‘n bir yarimlarda tungi ko‘ylakda, sarpoychan holda qandaydir o‘ta tez uchuvchi afsonaviy samolyotga chiqayotganini, keyin esa shu Styopaning o‘zini ayni o‘sha paytning o‘zida — soat o‘n bir yarimda Yalta aerodromida paypoqchan turganini ko‘z oldiga keltirib ko‘rdi… Jin ursin, g‘irt bema’nilik bu!
Balki bugun Styopaning kvartirasida turib u bilan gaplashgan odam Styopa emasdir? Yo‘q, Styopaning ovozi edi! Styopaning ovozini hech kim Rimskiychalik yaxshi tanimaydi! Boring, ana bugungi telefonda gapirgan Styopa emas ham deylik, axir kuni kecha oqshomga yaqin Styopa o‘z kabinetidan chiqib, to‘g‘ri mana shu kabinetga anavi tuguriqsiz shartnomani ko‘tarib kirib, o‘zining yengiltakligi bilan moliya direktorining zardasini qaynatgan edi-ku. Axir teatrda hech kimga hech pima demasdan, qanday qilib jo‘nab yo uchib ketishi mumkin? Agar kecha kechqurun uchib ketganida ham, Yaltaga bugun tushgacha yetib borolmagan bo‘lardi. Yo yetib olarmidi, a?
— Yaltagacha necha kilometr? — so‘radi Rimskiy. Varenuxa zir yugurishdan to‘xtab, baqirib berdi:
— Ha, o‘yladim! Buniyam o‘yladim! Temir yo‘l bilan Sevastopolgacha bir yarim ming kilometrcha keladi. Yaltagacha yana sakson kilometr qo‘sh. Lekin samolyotda kamroq bo‘ladi, albatta..
Hm… Ha… Poezd haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Xo‘sh, unda qanday borib qoldi? Qiruvchi samolyotdami? Kim ham qiruvchi samolyotga chiqarardi sarpoychan Styopani? Nima uchun? Balkim u Yaltaga uchib borgandan keyin etigini yechgandir? Yana: Nima uchun? Keyin, etigi bo‘lganida ham uni qiruvchi samolyotga chiqarmagan bo‘lardilar! Shoshmang, qiruvchi samolyotning bunga nima daxli bor o‘zi? Axir, aniq qilib yozilgan-ku: jinoiy qidiruv bo‘limiga kunduz o‘n biru o‘ttizda kirib keldi deb, lekin u Moskvada telefon orqali gaplashganida soat… ie, qiziq-ku… Shu chog‘ Rimskiyning ko‘zi oldida o‘z soatining tsiferblati ko‘rindi… U soat millarining qay alfozda turgapini eslay boshladi. Yo tavba! Esiga turgandi: o‘n birdan yigirma minut o‘tgan edi. Bu qanaqasi bo‘ldi? Agar Styopa telefondagi suhbatdan keyii, aerodromga yugurib, u yerga, aytaylik, besh minutda yetib borgan deb faraz qilinsa (lekin sirasini olganda, bunga ham hech aql bovar qilmaydi), unda samolyot besh minut ichida ham havoga ko‘tarilib, ham ming kilometrdan ko‘proq masofani bosib o‘tib, Yaltaga qo‘ngan bo‘ladimi? Bundan chiqdi, samolyot soatiga o‘n ikki ming kilometrdan ham ko‘proq masofani uchib o‘tarkan-da!!! Bu aslo mumkin emas, demak, Styopa ham Yaltada emas.
Xo‘sh, yana qanday yo‘l qoldi? Gipnozmi? Odamzodni birvarakayiga ming kilometr masofaga uloqtirib yubora oladigan hech qanday gipnoz yo‘q dunyoda! Demak, Styopa o‘zini Yaltadadek tuygan! Hay, unga shunday tuyulgan bo‘lishi mumkin, lekip Yalta jinoiy qidiruv bulimiga ham shunday tuyulgan debo‘ylaysizmi?! E, yo‘k, kechirasiz-u, bunday bo‘lishi mumkin emas!.. Axir gelegrammalar o‘sha yoqdan kelyaptimi?
Moliya direktorining yuzida dahshat aks etgan edi. Shu payt tashqaridan eshik bandini burab, torta boshlashdi, kur’er ayolning jon-jahd bilan chirqillagani niitildi:
— Mumkin emas! O‘ldirsangiz ham kiritmayman! Majlis bo‘lyapti!
Rimskiy, baholi qudrat, o‘zini qo‘lga olib, telefon trubkasini ko‘tardi:
— Shoshilinch Yalta bilan ulang.
«Oqilona fikr», — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Varenuxa.
Lekin Rimskiy Yalta bilan gaplasha olmadi. U trubkani ilib, dedi:
— Aksiga yurib, liniya shikastlangan.
Negadir liniyaning shikastlangani uni, ayniqsa, qattiq ranjitdi, hattoki o‘ylantirib ham qo‘ydi. U bir oz o‘yga tolib turgach, bir qo‘li bilan yana trubkani oldi, ikkinchi qo‘li bilan esa trubkaga aytayotgan so‘zini yoza boshladi:
— O‘ta shoshilinch telegramma qabul qiling. Varete. Ha. Yalta. Jinoiy qidiruv bo‘limiga. Ha. «Bugun soat o‘n bir yarimlarda Lixodeev Moskvada men bilan telefon orqali gaplashdi, nuqta. Shundan keyin xizmat joyiga kelmadi va uni telefon orqali axtarib topa olmayapmiz, nuqta. Dastxatni tasdiqlayman, nuqta. Zikr etilgan artistni kuzatish chorasini ko‘ryapman. Moliya direktori Rimskiy».
«Juda ma’nili fikr!» — deb o‘yladi Varenuxa, lekin o‘yini oxiriga yetkazmay, miyasidan boshqa so‘zlar «lip» etib o‘tdi. «Bema’nilik! U Yaltada bo‘lishi mumkin emas!»
Bu payt Rimskiy bunday qildi: hamma olingan telegrammalarni, ularga qo‘shib o‘z telegrammasining nusxasini yaxshilab taxtlab paketga soldi, paketni konvertga solib, uni yelimladi, konvert ustiga bir necha so‘z yozib, uni Varenuxaga tutqazar-kan, dedi:
— Sen, Ivan Savelevich, hoziroq shaxsan o‘zing olib borib ber. O‘zlari bosh qotirib ko‘rishsin.
«Mana bu haqiqatan ham bama’ni fikr bo‘ldi!» — deb o‘yladi Varenuxa va konvertni portfeliga solib qo‘ydi. Keyin, u har ehtimolga qarshi, Styopaning te-lefoni nomerini yana bir marta terib ko‘rib, bir oz quloq solib turdi-da, birdan xursand bo‘lib sirli tarzda ko‘zini qisa boshladi. Rimskiy hushyor tortib bo‘ynini cho‘zdi.
— Artist Voland kerak edi! — muloyimlik bilan dedi Varenuxa.
— U kishi bandlar, — deb javob qildi trubkada bir qaltiroq ovoz, — kim so‘rayapti?
— Varete administratori Varenuxa.
— Ivan Savelevich? — shodlanib qichqirib yubordi trubkadagi ovoz. — Benihoya xursandman ovozingizni eshitganimdan! Salomatligingiz qalay?
— Mersi, — javob qildi hayron qolgan Varenuxa, — kim bu gapirayotgan?
— Uning yordamchisi, yordamchi va tarjimoni Korovyovman, — deb javrardi trubkadagi ovoz, — kamina xizmatingizga tayyorman, e’zozli Ivan Savelevich! Nima ishingiz bo‘lsa, hech tortinmay menga aytavering. Qulog‘im sizda!
— Kechirasiz, Stepan Bogdanovich Lixodeev hozir uyda yo‘qmi?
— Afsuski, yo‘qlar! Yo‘qlar! — shang‘illadi trubka. — Ketganlar.
— Qayoqqa?
— Shahar tashqarisiga, mashinada sayr qilgani..
— Qa… qayoqqa? Sa… sayrga?.. Qachon qaytib keladi.
— Bir oz toza havoda dam olamanu qaytib kelaman, deb aytdilar!
— Tushunarli… — dedi esankirab qolgan Varenuxa. — Mersi. Iltimos, mose Volandga aytib qo‘ysangiz, u kishi bugun sahnaga uchinchi bo‘limda chiqadilar.
— Aytaman. Bo‘lmasam-chi. Albatta. Shoshilinch garzda. Shak-shubhasiz. Aytaman, — trubkadan uzuq-uzuq javob keldi.
— Xo‘p, omon bo‘ling, — dedi ajablangan Varenuxa.
— Mening eng samimiy, eng otashin salomimni va istaklarimni qabul qilgaysiz! — derdi trubka. — Sizga muvaffaqiyatlar! Omad, baxt-saodat tilayman. Salomat bo‘ling!
— Hammasi ravshan! Aytuvdim-ku! — deb baqirdi administrator jig‘ibiyroni chiqib. — Hech qanaqa Yalta-palta yo‘q; shahar tashqarisiga sayrga ketipti!
— Agar shu rost bo‘lsa, — dedi g‘azabdan rangi dokadek oqarib ketgan moliya direktori, — bunday to‘ng‘izlikni nima deb atashni ham bilmayman!
Shu payt administrator sapchib turib ketib shunday shang‘illab baqirvordiki, Rimskiy seskanib ketdi:
— Bo‘ldi! Esimga tushdi! Pushkinoda «Yalta» degan cheburekxona ochilgan! Hammasi tushunarli! Styopa o‘sha yoqqa borgan, molday ichib olib, endi o‘sha yerdan telegramma yuborib yotipti!
— Bu endi g‘irt bema’nilik, — dedi Rimskiy asabdan yonog‘i pir-pir uchib, azbaroyi g‘azablanganidan ko‘zlarida o‘t chaqnarkan, — hali shoshmay tursin, bu sayr unga juda qimmatga tushadi, — shunday deb turib u birdan to‘xtab qoldi va taraddudlanib ilova qildi: — Ie, jinoiy qidiruv nima bo‘ladi…
— E, safsata u! Uning odatdagi nayrangi, — deb Rimskiy so‘zini bo‘ldi qiziqqon administrator va so‘radi: — Paketni eltib beraveraymi?
— Albatta, — dedi Rimskiy.
Shu payt eshik ochilib, yana o‘sha ayol kirib keldi… «O‘sha!» — deb o‘yladi Rimskiy negadir ma’yuslik bilan. Ikkovlari ham pochtachi ayolga peshvoz turishdi.
Bu galgi telsgrammada quyidagi so‘zlar yozilgan edi:
«Tasdiqlaganingiz uchun rahmat. Jinoiy qidiruv bo‘limi adresiga men uchun shoshilinch besh yuz yuboring, ertaga Moskvaga uchaman. Lixodeev».
— Jinni bo‘lib qolipti… — dedi Varenuxa zo‘r-bazo‘r.
Rimskiy esa kalitni sharakdatib, temir kassa yashigini ochdi-da, undan besh yuz so‘m pulni sanab olib, qo‘ng‘iroq chalib kurerni chaqirdi, pulni uning qo‘liga tutqazib, telegrafga yubordi.
— Esing joyidami, Grigoriy Danilovich? — dedi Varenuxa o‘z ko‘zlariga ishonmay. — Menimcha, pul yuborib bekor qilyapsan.
— Bekor bo‘lsa, qaytib keladi, — dedi Rimskiy sekingina, — lekin bu maishatbozligi uchun u hali rosa adabini yeydi, — so‘ng Varenuxaning portfeliga ishora qilib qo‘shib qo‘ydi: — Sen boraqol, Ivan Savelevich, fursat g‘animat.
Shundan keyin Varenuxa qo‘lida portfeli bilan kabinetdan o‘qday otilib chiqib ketdi.
U pastki qavatga tushib, kassa oldida turnaqator tizilishib navbatda turgan odamlarni ko‘rdi, kassir ayoldan, yaqin bir soat ichida bittayam bilet qolmas-ligini, chunki qo‘shimcha afishani o‘qigan odamlar gala-gala bo‘lib kslayotganini eshitdida, kassir ayolga loja va parterdan o‘ttizta eng yaxshi joyni sotmay, chegirib olib qo‘yishni buyurdi, so‘ng g‘izillab chiqib, kontramarka so‘rab xiralik qiluvchilarning ko‘zini shamg‘alat qilib, shu zahoti kepkasini olgani o‘z kabi-netiga sho‘ng‘idi. Lekin u kabinetga kirishi bilan telefon jiringlab qoldi.
— Eshitaman! — dedi baqirib Varenuxa.
— Ivan Savelevichmi? — deb so‘radi telefonda nihoyatda yoqimsiz ping‘illagan ovoz.
— Hozir u teatrda yo‘q! — deb Varenuxa chinqirgan ediyamki, telefondagi ovoz uning so‘zini bo‘ldi:
— Maynavozchilikni qo‘ying, Ivan Savelevich, gapimni eshiting. Qo‘lingizdagi telegrammalarni hech qayoqqa olib ham bormang, hech kimga ko‘rsatmang ham.
— Kim o‘zi bu gapiryapkan? — deb baqirdi Varenuxa. — Hazilni bas qiling, grajdanin! Hozirning o‘zida kimligingizni aniqlaymiz! Nomeringiz?
— Varenuxa, — dedi yana o‘sha xunuk ovoz, — sen o‘zi rus tilini tushunasanmi? Telegrammalarni hech qayoqqa olib borma.
— Ie, hali shunaqa shilqimmisiz? — baqirdi administrator g‘azablanib. — Shoshmay turing hali! Bu qilmishingiz uchun adabingizni berishadi, — u yana bir nimalar deb dag‘dag‘a qildi-da, birdan jim bo‘lib qoldi, chunki trubkada uni endi hech kim eshitmayotgan edi.
Shu choq, mo‘’jaz kabinetga birdan qorong‘i tusha boshladi. Varenuxa kabinetdan o‘kday otilib chiqib, eshikni «qars» etib yopdi-da, yon tomondagi yo‘lakdan yozlik bog‘ tomon yugurdi.
Administrator asabiylashgan va qattiq hayajonda edi. Chunki u, boyagi sullohona qo‘ng‘iroq qilgan bezorilar albatta biron nojo‘ya nayrang ko‘rsatishadi-yu, o‘sha nayranglari Lixodeevning g‘oyib bo‘lishiga aloqador bo‘ladi, deb o‘ylagan edi. Shu bois, o‘sha yovuz piyatli odamlarni fosh qilish istagi administratorni tinch qo‘ymas, eng qiziq tomoni shundaki, qandaydir ko‘ngilli bir voqea sodir bo‘lishini oldindan his qila boshlagan edi u. Odatda, biron yerga juda muhim xabar yetkazib, butun jamiyatning diqqat-e’tiboriga musharraf bo‘lishga intilgan odamda tug‘iladi bunday hissiyot.
Bog‘da birdan qattiq shamol turib, administratorning yo‘lini to‘smoqchi, uni ogohlantirmoqchi bo‘lganday, ko‘zlariga qum purkadi. Ikkinchi qavatda bir deraza oynasi singudek bo‘lib qarsillab yopildi, jo‘ka daraxtlarining qir uchlari bezovta pguvilladi. Qosh qorayib, sal salqin tushdi. Administrator ko‘zlarini ishqalab momaqaldiroqdan da-rak beruvchi osti zarrang bulut Moskva uzra pastlab suzayotganini ko‘rdi. Olisdan dag‘al qaldiragan ovoz eshitildi.
Varenuxa qanchalik shoshayotgan bo‘lmasin, yozlik hojatxonaga birrov kirib, montyorning elektr lampasiga sim to‘r kiydirgan yo kiydirmaganini tekshirish istagidan voz kecha olmadi.
U tir yonidan yugurib o‘tib, quyuq o‘sgan siren butalari orasiga kirdi, havorang bo‘yoq bilan bo‘yalgan hojatxona shu yerda joylashgan edi. Montyor sarishta odam ekan, erkaklar bo‘limida, shiftga o‘rnatilgan lampa sim to‘r bilan to‘silgan edi, lekin administratorni bu yerda boshqa narsa ranjitgan edi: momaqal-diroq oldidan kun xiyla qorong‘ilashgan bo‘lishiga qaramay, hojatxona devorlariga ko‘mir va qalam bilan yozib tashlangan har xil bema’ni gaplarni bemalol o‘qisa bo‘lardi.
— Obbo, axir bu qanaqa… — deb administrator endi gap boshlagan edi hamki, birdan orqasidan kimningdir xurillagan ovozi eshitildi:
— Sizmisiz bu, Ivan Savelevich?
Varenuxa seskanib ketdi, orqasiga o‘girilib, afti mushuknikiga o‘xshab ketuvchi bir baqaloq odamni ko‘rdi.
— Ha, men, nimaydi? — g‘ijinib javob qildi Varenuxa.
— G‘oyat, bag‘oyat xursandman, — dedi mushuksimon baqaloq odam miyovlaganday bo‘lib, so‘ng birdan qulochkashlab turib uning quloq-chakkasiga shunday tarsaki tushirdiki, administratorning boshidan kepkasi uchib ketib, o‘tirg‘ich kavagiga tushib g‘oyib bo‘ldi.
Baqaloq odamning zarbasidan butun hojatxona pirillab yongan chirokdan bir zumga yorishib ketdi va momaqaldiroq gumburlab unga jo‘r bo‘ldi. Keyin yana bir bor chaqmoq chakdi va administratorning ro‘parasida sochlari naq olovdek malla, bir ko‘ziga oq tushgan, og‘zidan so‘yloq tishi chiqib turgan, yelkalari pahlavonona, ammo o‘zi kichkinagina yana bir jonzod paydo bo‘ldi. Mana shu ikkinchi jonzod, chamasi, chapaqay bo‘lsa kerak, administratorning ikkinchi chakkasida «shavla» qaynatdi. Bu zarbaga jo‘r bo‘lib yana osmonda momaqaldiroq gumburladi, hojatxonaning taxta tomiga shatir-shutir jala quya boshladi.
— Nima qilyapsizlar, o‘rtoql… — deya pichirladi esi og‘ib qolgan administrator, lekin shu zahoti, jamoatchilik hojatxonasida begunoh odamga hujum qilgan bezorilarni «o‘rtoqlar» deb atash to‘g‘ri kelmasligini tushunib xirilladi: — grajda… — lekin ularning bu nomga ham munosib emasliklarini fahmladi, ayni shu payt ikki bezoridan birining uchinchi dahshatli zarbasiga duch keldiyu burnidan laxta-laxta bo‘lib oqayotgan qon ko‘ylagini bo‘yadi.
— Portfelingda nima bor, yaramas? — deb chiyilladi mushuknamo odam. — Telegrammalarmi? Ularni hech qayoqqa olib borma deb telefonda seni ogohlanti-rishmabmidi? Ogohlantirishuvdimi deb so‘rayapman sendan!
— Ogoh… ogohlash… lantirishuvdi… — deb entika-entika javob qildi administrator.
— Shunga qaramay yugurib qopsan-da? Ber buyoqqa portfelni, gazanda! — boya telefonda eshitilgan manqa ovoz bilan baqirdi ikkinchi maxluq va Varenuxaning titroq qo‘llaridan portfelni tortib oldi.
Keyin ikkovlari administratorni ikki tomondan qo‘ltiqlab olib, uni bog‘dan sudrab chiqishdi-yu, Sadovaya ko‘chasi bo‘ylab g‘izillatib olib ketishdi. Momaqaldiroq tobora kuchliroq gumburlab, daryo bo‘lib oqayotgan yomg‘ir suvi kanalizatsiya o‘pqonlariga guvillab, shovullab tushar, hammayoqda suv sathida «chuchvara kaynar», to‘lqinlar paydo bo‘lar, tomga yoqqan yomg‘ir suvi tarnovlarga sig‘may, ular yonidan sharillab oqib tushar, darvozalar ostidan ko‘piklangan yomg‘ir suvi seldek oqib chiqardi. Sadovaya ko‘chasida bironta ham girik jon qolmagan edi, binobarin, Ivan Savelenichni hech kim xalos eta olmasdi. Chaqmoq chaqqandagina lip-lip ko‘zga tashlangan bezorilar loyqa suv oqimlaridan hatlab, chalajon administratorni bir zumda 302-bis uyiga yetqizib kelishdi-yu, lip etib bostirmaga kirishdi. Bu yerda ikkita yalangoyoq ayol, tufli va paypoqlarini qo‘llariga yechib olgancha devorga suqilib turishardi. Keyin, bezorilar oltinchi pod’ezd eshigi tomon yugurishdi. Hushidan deyarli ketib bo‘lgan Varenuxa beshinchi qavatga olib chiqilib, Styopa Lixodeevning unga yaxshi tanish bo‘lgan kvartirasining nimqorong‘i dahliziga uloqtirildi.
Bu yerda ikki bosqinchi g‘oyib bo‘lib, ular o‘rnida mallasoch, ko‘zlari fosfordek yaraqlovchi qip-yalang‘och bir qiz paydo bo‘ldi.
Varenuxa boshiga tushgan falokatlar ichida eng dahshatlisi shu ekanligini fahmladi, qattiq ingradiyu devor tomon tisarildi. Qiz esa administrator oldiga yuzma-yuz kelib, ikkala qo‘lini uning yelkasiga tashladi. Varenuxaning sochlari dahshatdan tikka turdi, chunki u shalabbo bo‘lgan sovuq ko‘ylagi orqali ham qizning muz singari sovuq kaftlarini his etgan edi. — Kel, seni bir o‘pay, — muloyim ovoz bilan dedi qiz va uning pirpiragan ko‘zlari Varenuxaning ko‘zlariga yaqinlashdi. Shunda Varenuxa hushidan ketdiyu qiz bo‘sasini his etmadi.
O‘n birinchi bob
IKKI IVAN
Daryoning narigi sohilidagi, bundan bir soatgina burun may quyoshi shu’lasiga g‘arq bo‘lib turgan qarag‘ayzor endi xiralashib, chaplashib, oxiri g‘oyib bo‘ldi.
Deraza tashqarisida sharros quyayotgan yomg‘ir sidirg‘a pardaga o‘xshab tuyulardi. Osmonda dam-badam olov iplar porlab, samo tors-tors yorilar, bemor yotgan xona lipillovchi qo‘rqinchli shu’laga g‘arq bo‘lardi.
Ivan ko‘pirib, qaynab oqayotgan loyqa daryoga tikilgancha o‘z karavotida tovushsiz yig‘lab o‘tirardi. Har gal momaqaldiroq gumburlaganida u ayanchli chinqirar, qo‘llari bilan yuzini qoplab olardi. U yozib tashlagan varaqlar yerda sochilib yotardi; momaqaldiroq arafasida xonaga huvillab esib kirgan shamol ularni har tomonga uchirib yuborgan edi.
Shoirning dahshatli konsultant to‘g‘risida ariza yozishga urinishlari hech qanday samara bermadi. U semiz feldsher ayoldan (uning ismi-sharifi Praskovya Fyodorovna edi) qog‘oz bilan kaltagina qalam olgan zahoti ishchan odamlardek kaftlarini bir-biriga ishqalab shosha-pisha stolcha yoniga o‘tirgan edi. U avvaliga g‘ayratijo‘shib, xatni shunday boshladi:
«Militsiyaga. MASSOLIT a’zosi Ivan Nikolaevich Bezdomniydan. Ariza. Kecha kechqurun men marhum M. A. Berlioz bilan Patriarx ko‘liga borgan edim…»
Lekin shoirning fikri shu zahotiyoq, asosan«marhum» degan so‘z tufayli chuvalashib ketdi. Ariza boshidan betuturiq bo‘lib chiqayotgan edi: bu qanaqasi o‘zi — marhum… bilan borgan edim? Marhumlar yurmaydi! To‘g‘ri-da, yana jinniga yo‘yib yurishsa-ya!
Ivan Nikolaevich shu xayolga borib, yozganini tuzata boshladi. Endi bunday bo‘lib chikdi: «… keyinroq olamdan o‘tgan M. A. Berlioz bilai…» Bu ham muallifni qoniqtirmadi. Uchinchi marta tahrir qilishga to‘g‘ri keldi, lekin unisi avvalgi ikkitasidan ham battar bo‘lib chiqdi: «…Tramvay bosib ketgan Berlioz bilan…» — yana, buning ustiga anavi hech kim bilmaydigan adash familiyali kompozitorning shoir miyasiga xira pashshadek yopishib olgani ortiqcha, shuning uchun: «… kompozitordan boshqa Berlioz…» — deb qo‘yishga to‘g‘ri keldi.
Ivan bu ikki Berlioz bilan qiynalib ketib, hamma yozganlarini chizib tashladi. O‘quvchi diqqatini boshlanishdan o‘ziga tortib olish uchun juda ta’sirli, kuchli so‘zlardan boshlamoqchi bo‘ldi-yu, tramvayga chiqqan mushuk haqida yozib, shundan keyin uzilgan kalla epizodiga o‘tdi. Uzilgan bosh va konsultantning bashorati uning miyasida Pontiy Pilat haqidagi fikrlarni uyg‘otdi, shunda Ivan, yana ham ishonchliroq bo‘lishi uchun prokurator haqida eshitganlarini batafsil bayon qilishga ahd qildi.
Ivan tirishqoqlik bilan ishlarkan, yozganlarini chizib tashlar, yangi so‘zlar kiritar, hattoki Pontiy Pilatning, undan keyin orqa oyoqlarida turgan mushukning rasmini ham chizishga urinib ko‘rdi. Biroq rasmlar ham yordam bermadi — shoirning arizasi tobora chigallasha, g‘alizlasha bordi.
Qirralari jimirlovchi mudhish bulut yaqinlashib kolib, qarag‘ayzor ustini burkagan va kuchli shamol turgan paytda Ivan o‘zining holsizlanganini, ariza yozishni eplolmasligini his qildi-yu, shamol uchirib yuborgan varaqlarini yerdan yig‘ishtirib ham o‘tirmay, alam bilan tovushsiz yig‘lay boshladi.
Momaqaldiroq paytida oqko‘ngil feldsher ayol Praskovya Fyodorovna shoirdan xabar olgani kirdi, kirdiyu uning yig‘lab o‘tirganini ko‘rib qo‘rqib ketdi va chaqmoqdan bemor cho‘chimasin deb darpardani yopdi, yerda sochilib yotgan varaqlarni yig‘ishtirib, g‘izillagancha vrach huzuriga yugurdi.
Vrach kelib, Ivanning qo‘liga ukol qildi, so‘ng: endi boshqa yig‘lamaysiz, hozir hammasi o‘tib ketadi, o‘zgaradi, unut bo‘ladi, deb unga taskin berdi.
Vrach to‘g‘ri aytgan ekan. Hademay daryo ortidagi o‘rmon avvalgi qiyofasiga kirdi. Avvalgi beg‘ubor holiga qaytgan musaffo osmon ostida o‘rmondagi har bir daraxt yaqqol ko‘zga tashlana boshladi, daryo ham tinch oqa boshladi. Ukol qilishgan zahoti g‘ussa ham shoirni tark eta boshladi, mana endi u o‘z karavotida osmonga yoyilgan kamalakni bamaylixotir kuzatib yotardi.
Bu hol oqshomgacha davom etdi, u kamalakning asta-sekin g‘oyib bo‘lganini ham, osmonning quti o‘chib, mahzun bo‘lganini ham, o‘rmonning qora tusga kirganini ham payqamay qoldi.
Ivan qaynoq sut ichib yana o‘ringa yotdi, mulohazalari o‘zgarganini his qilib, o‘zi ham hayron qoldi. Shaytonnamo la’nati mushuk haqidagi fikri mayinlashdi, uzilgan kalla endi uni cho‘chitmas, shunga ko‘ra, Ivan buni xotirasidan faromush qilib, endi, sira-sini olganda, bu shifoxonada yotish hecham yomon emas, Stravinskiy bama’ni va mashhur odam, u bilan muloqotda bo‘lish nihoyatda ko‘ngilli, buning ustiga momaqaldiroqdan keyin oqshom havosi g‘oyatda totli va tarovatli bo‘larkan, deb o‘ylay boshladi.
Hasrat uyi pinakka ketdi. Sokin yo‘laklardagi sirlangan oq lampalar o‘chib, ular o‘rniga, qoidaga ko‘ra havorang tungi chiroqlar yondi, eshiklar ortida yo‘lakka to‘shalgan rezina poyandoz ustida ohista yurgan feldsher ayollarning oyoq tovushlari tobora kamroq eshitila boshladi.
Endi Ivan shirin orom olib yotarkan, goh shiftdagi abajur ostidan mayin shu’la sochayotgan chiroqqa, goh qora o‘rmon ortidan bosh ko‘tarib chiqayotgan oyga nigoh tashlab, o‘zi bilan o‘zi suhbatlashardi.
— O‘zi nega buncha qattiq hayajonlandima Berliozni tramvay bosib ketganiga? — deb mulohaza qilardi shoir. — Shungayam ota go‘ri qozixonami? Nima, u mening yetti tug‘ib bir qolganimmidi? Agar bu masalani yaxshilab tahlil qilinadigan bo‘lsa, men, hatto durustroq ham bilmas ekanman marhumni. Darhaqiqat, uning to‘g‘risida nima bilardim? Hech narsa, agar uning boshi kal, tili juda burro ekanligini aytmasam. Undan keyin, grajdanlar, — Ivan kimlargadir murojaat qilgancha gapini davom ettirdi, — kelinglar, bir narsani oydinlashtirib olaylik: qani, menga tushuntirib bering-chi, nega endi men anavi bir ko‘zi o‘lik va qora shubhali konsultant, sehrgar va professorga itday tashlandim o‘zi? Sham ushlab olib ichki ishtonda uni orqasidan telbalarcha quvishimning, undan keyin, restoranda ko‘rsatgan bema’nigarchilikning nima keragi bor edi?
— E, yo‘q, yo‘q, — dedi avvalgi Ivan shoirning yo ichida, yo boshi uzra turgan yangi Ivanga qat’iyat bilan, — har qalay, professor Berliozning boshi uzilajagini oldindan bashorat qildimi? Demak, nega hayajonlanmaslik kerak ekan?
— Masala boshqa yoqda, o‘rtoqlar! — deb e’tiroz bildirdi yangi Ivan avvalgi Ivanga. — Buning tagida qandaydir bir palidlik borligi hatto go‘dakka ham ayon. O‘sha konsultant yuz foiz favqulodda va sirli shaxs. Lekin eng qiziq tomoni ham shunda-da! U Pontiy Pilat bilan shaxsan tanishbo‘lgan ekan, bundan ham antiqaroq yana nima bo‘lishi mumkin? Patriarx ko‘li bo‘yida g‘irt ahmoqona g‘alva ko‘targandan ko‘ra undan muloyimlik bilan Pilat va mahbus Ha-Notsri to‘g‘risida batafsil so‘zlab berishni iltimos qilinsa, to‘g‘ri bo‘lmasmidi?
Men bo‘lsam boshimga qayoqdagi g‘alvani orttirib yuribman! To‘g‘ri, jurnal muharririni tramvay bosib ketgani — muhim hodisa, albatta! Lekin nima, shu bilan jurnal yopilib qolarmidi? Hay, iloj qancha: odamzod o‘lmay qolmaydi, hatto tasodifan ham o‘lishi mumkin, deb juda haq gap aytilgan. Hay, joyi jannatda bo‘lsin! Nima qipti, o‘rniga boshqa muharrir tayinlanadi, ehtimol, bunisi yana ham so‘zamolroq bo‘lar.
Yangi Ivan bir oz mudrab olgach, eski Ivandan so‘radi:
— Xo‘sh, bu vaziyatda men kim bo‘ldim?
— Ahmoq! — dedi kimdir do‘rillagan ovozda aniq qilib, lekin bu na yangi, na avvalgi Ivanning ovozi edi, balki konsultantning yo‘g‘on ovoziga judayam o‘xshab ketardi.
Lekin Ivan«ahmoq» degan so‘zdan negadir hech xafa bo‘lmadi balki hatto xushtaajjub bilan jilmayib ko‘ydi-yu, ko‘zi ilinib jim bo‘lib qoldi. Ivan pinakka ketarkan, ko‘z oldida tanasi fil oyog‘ini eslatuvchi palma daraxti ko‘rindi, mushuk ohista yonidan o‘tib ketdi — u qo‘rqinchli emas,quvnoq ko‘rinardi. Xullas, Ivanni endigina uyqu elita boshlagan ham ediki, birdan deraza panjarasi tovushsiz bir tomonga surildi va balkonda o‘zini oy shu’lasidan panaga oli-ga urinayotgan sirli bir shaxs paydo bo‘ldi, u Ivanga barmog‘i bilan po‘pisa qildi. Ivan aslo qo‘rqmay karavotidan turib, balkonda bir erkak turganini ko‘rdi. Bu erkak barmog‘ini labiga bosib pichirladi:
— Tsss!
O‘n ikkinchi bob
SEHRGARLIK VA UNING FOSH ETILISHI
Boshiga sariq rangli teshik kotelok-shlyapa, egniga katak shim, oyog‘iga yaltiroq botinka kiygan, noksimon burni qip-qizil kichkinagina bir odam Varete sahnasiga ikki g‘ildirakli oddiy velosiped minib chikdi. U fokstrot sadosi ostida sahnani bir marta aylangach, burg‘i chalib zafar na’rasini tortgan edi, velosiped orqa g‘ildiragiga turib oddi. Kichkina odam bitta g‘ildirakda bir oz sahna aylangach, oyog‘ini osmonga ko‘tarib, velosipedni qo‘li bilan boshqara boshladi va ayni paytda uning old g‘iddiragini chiqarib olib parda orqasiga dumalatib yubordi, so‘ng velosiped tepkilarini qo‘li bilan aylantirgancha bir g‘ildirakda yurishni davom ettirdi.
Shundan keyin egniga triko va hammayog‘iga kumush yulduzchalar yopishtirilgan yubka kiygan, to‘ladan kelgan sariq soch ayol bir g‘ildirakli judayam baland velosiped minib chiqib, u ham sahnada aylana boshladi. Kichkina odam bu ayol bilan to‘qpash kelganida boyagadagi kotelok-shlyapasini oyog‘i bilan yechib, chinqirib salomlashardi.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 10
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.