Usta va Margarita - 06

Total number of words is 4271
Total number of unique words is 2020
37.8 of words are in the 2000 most common words
56.2 of words are in the 5000 most common words
66.3 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Atrofda olomon yuz bergan hodisa haqida shang‘illardi: xullas, bu jirkanch, razil, vasvasaga soluvchi, qabih g‘alva yuk mashinasi sho‘rlik Ivan Nikolaevichni, militsionerni, Panteley va Ryuxinlarni Griboedov darvozasidan uzoqlatib olib ketgandan keyingina barham yedi.
Oltinchi bob
SHIZOFRENIYA DEGANLARI TO‘G‘RI CHIQDI
Moskva yaqinida, daryo bo‘yida keyingi paytlarda qurilib, dovrug‘i ketgan psixiatrik shifoxonaning qabulxonasiga oq xalat kiygan cho‘qqisoqol odam kirib kelganida vaqt tungi soat bir yarim edi. Uchta sanitar divanda o‘tirgan Ivan Nikolaevichdan ko‘z uzmay shay turishardi. Qattiq hayajonlangan shoir Ryuxin ham shuyerda edi. Ivan Nikolaevichning oyoq-qo‘li bog‘lab kelingan sochiqlar endi shu divanda bir to‘pbo‘lib uyulib yotardi.
Ryuxin kirgan odamni ko‘rdi-yu rangi oqarib ketdi, tomoq qirib qo‘yib, qo‘rqa-pisa dedi:
— Salom, doktor.
Doktor Ryuxinning salomiga bosh egib javob qildi, lekin bosh egarkan, unga emas, Ivan Nikolaevichga qaradi.
Shoir qoshlarini uyib, tumshaygancha qilt etmay o‘tirardi, hatto vrach kirib kelganida ham unga qiyo boqmadi.
Ryuxin Ivan Nikolaevich tomonga hadiksirab ko‘z qirini tashlarkan, negadir xuddi bir sirni ochayotganday pichirlab dedi:
— Mana, doktor, bu kishi — taniqli shoir Ivan Bezdomniy… mana, bir ko‘rib qo‘ysangiz… ruhiy kasallikka chalinmaganmikin deb qo‘rqyapmiz…
— Ko‘p icharmidi? — gijir tishlari orasidan so‘radi doktor.
— Yo‘q, ichardi-yu, lekin judayam haligindaqa, ko‘p ichmasdi…
— Suvarak, kalamush, shaytonvachchalarni yoki mishiqi itlarni tutish bilan shug‘ullanmasmidi?
— Yo‘q, — seskanib ketib javob qildi Ryuxin, — uni kechayam, bugun ertalab ham ko‘ruvdim. Soppa-sog‘ edi…
— Nega ichki ishtonda? Yotgan yerida qo‘lga oldinglarmi?
— U restoranga shu alpozda kirib bordi, doktor…
— Ihi, ihi, — dedi doktor qanoat hosil qilib, — nega yuzi shilingan? Birov bilan urishdimi?
— Devordan yiqilib tushipti, keyin restoranda bir odamni urdi… yana ba’zi birovlarni…
— Ha, tushunarli, tushunarli, — dedi doktor, so‘ng Ivan tomonga o‘girilib dedi: — Salom!
— Salom, zararkunanda! — jahl bilan baralla javob qildi Ivan.
Ryuxin judayam qattiq xijolat bo‘lganidan muloyim tabiat doktorga boshini ko‘tarib qarashga jur’at eta olmadi. Lekin doktor hech ham xafa bo‘lmadi, chaqqonlik bilan ko‘zoynagini ko‘zidan oddida, xalatining etagini ko‘tarib, shimining orqa cho‘ntagiga solib qo‘ydi, so‘ng Ivanga savol berdi:
— Yoshingiz nechada?
— Borlaring-e, jin ursin hammalaringni! — deb dag‘dag‘a qildi Ivan va yuzini teskari o‘girib oldi.
— Nega achchig‘ingiz chiqyapti? Axir sizni ranjitadigan gap aytmadim-ku!
— Yoshim yigirma uchda, — asabiylashib gapira boshladi Ivan. — Hammalaringning ustingdan shikoyat qilaman. Ayniqsa, sening ustingdan, maraz! — dedi u Ryuxinga alohida yuzlanib.
— Xo‘sh, nima deb shikoyat qilmoqchisiz?
— Meni, soppa-sog‘ odamni tugib, jinnixonaga zo‘rlik bilan sudrab kelganingizni yozaman! — g‘azablanib dedi Ivan.
Shunda Ryuxin Ivanning yuziga tikilib qaradiyu, yuragi orqasiga tortib ketdi: unipg ko‘zlarida telbalikdan asar ham yo‘q edi. Griboedovda xira bo‘lib ko‘ringan uning ko‘zlari, endi yana avvalgi holiga qaytib, porlab turardi.
«Yo tavba! — deb ko‘nglidan o‘tkazdi cho‘chib ketgan Ryuxin, — axir u soppa-sog‘-ku! Bu qanday bema’nilik? Nimaga olib keldik o‘zi uni bu yerga? Mutlaqo soppa-sog‘, faqat basharasi shilingan, xolos…».
— Siz, — deb bamaylixotir gap boshladi vrach oyog‘i yaltiroq oq kursiga o‘tirarkan, — jinnixonada emas, shifoxonadasiz, bu yerda sizni, agar zarurat bo‘lmasa, hech kim ushlab turmaydi.
Ivan Nikolaevich unga shubha bilan ko‘z qirini tashladi, lekin shundayam g‘o‘ldirab dedi:
— Xudoga shukur! Hayriyat, bitta sog‘ odam bor ekan shuncha ovsarlar orasida, ammo ularning ichida g‘irt ovsari — noshud va uquvsiz Sashka, albatta!
— Kim ekan o‘sha noshud Sashka? — deb so‘radi vrach.
— Anavida, Ryuxin! — javob qildi Ivan isqirt barmog‘i bilan Ryuxinga ishora qilib.
U g‘azabdan cho‘g‘dek qizarib ketdi.
«Minnatdor bo‘lish o‘rniga! — o‘kinch bilan o‘yladi u, — yaxshilikka yomonlik deb shuni aytadilarda! G‘irt ablah ekan!».
Ivan Nikolaevich shu topda Ryuxinning avra-astarini ag‘darib fosh qilmoqchi bo‘ldi shekilli:
— U tabiatan g‘irt quloqning o‘zginasi, — deb gapida davom etdi, — quloq bo‘lgandayam proletar niqobi bilan juda puxta niqoblangan quloq. Siz uning tumshaygan basharasiga qarang-u, yozgan she’rlari bilan muqoyasa qilib ko‘ring! He-he-he… lekin siz uning diliga nazar tashlang — nimalarni xayol qilayotganini bilsangiz… hayratga kelasiz! — Shunday deb turib Ivan Nikolaevich xunuk kulib yubordi.
Cho‘g‘dek qizarib ketgan Ryuxin og‘ir nafas olar va nuqul: do‘st deb bag‘rimga bosganim ilon bo‘lib chiqdi, men ashaddiy dushmanimga g‘amxo‘rlik qilgan ekanman, deb o‘ylardi. Yana eng chatoq tomoni: uni hech nima qilib bo‘lmasdi: axir ruhiy kasal bilan olisha olmaysan-ku?!
— O‘zi nima uchun sizni bu yerga olib kelishdi? — deb so‘radi vrach Bezdomniyning fosh qiluvchi gapini diqqat bilap tinglab bo‘lgach.
— E, ming la’nat bu haftafahmlarga! Tutib olib, allaqanday latta-puttalar bilan qo‘l-oyog‘imni bog‘lashdi-yu, yuk mashinasiga ortib olib kelaverishdi!
— Yana bir savol: nima uchun restoranga ichki kiyimda bordingiz?
— Buning hech hayron bo‘ladigan yeri yo‘q, — javob qildi Ivan. — Moskva daryosiga cho‘milgani boruvdim, kiyimlarimni o‘marib ketishipti, o‘rniga shu ro‘da-poni tashlab ketishipti! Axir Moskva ko‘chalaridan qip-yalang‘och o‘tolmasdimku? Boriga baraka deb kiyib oldim, chunki restoranga shoshayotuvdim, Griboedovga.
Vrach, tushunmadim, degandek Ryuxinga qaradi, u o‘shshaygancha g‘o‘ldirab tushuntirdi:
— Restoranning nomi shunaqa.
— Aha, — dedi vrach, — nimaga shoshilgandingiz? Biron ish yuzasidan uchrashuvingiz bormidi?
— Konsultantni qidirib yuribman, — javob qildi Ivan Nikolaevich va bezovtalanib olazarak bo‘ldi.
— Qanaqa konsultantni?
— Siz Berliozni bilasizmi? — so‘radi Ivan ma’nodor ohangda.
— Haligi… kompozitornimi? Ivanning ta’bi tirriq bo‘ldi.
— Qanaqa kompozitor? E, ha, yo‘q! yo‘q! Kompozitor — Misha Berlioz bilan familiyadosh!
Ryuxinning gapirishdan hafsalasi pir bo‘lgan edi, ammo izoh berishiga to‘g‘ri keldi.
— MASSOLIT sekretari Berliozni bugun kechqurun Patriarx ko‘li yaqinida tramvay bosib ketdi.
— Bilmagan narsangni gapirma! — dedi Ivan Ryuxindan achchig‘lanib, — sen emas, men shohidman bunga! U Mishani ataylab tramvayga ro‘para qildi!
— Itarib yubordimi?
— Nega endi «itarib yuborarkan?» — dedi odamlarning befarosatligidan achchig‘i chiqqan Ivan, — uning uchun itarvorishning hech hojati yo‘q! Uning qo‘lidan shunaqangi nayranglar keladiki, ehtiyot bo‘lmasang, holing xarob! U Berliozning tramvay tagiga tushishini oldindan aytib bergan edi!
— Sizdan boshqa yana hech kim ko‘rdimi o‘sha konsultantni?
— Hamma balo shunda-da, men bilan Berliozdan boshqa hech kim ko‘rgani yo‘q uni.
— Hm. Xo‘sh, o‘sha qotilni qo‘lga olish uchun qanday choralar ko‘rdingiz? — shunday deb turib vrach bir chekkada, stol yonida o‘tirgan, oq xalat kiygan ayol to-monga o‘tirildi. Ayol bir varaq qog‘oz olib, uning bo‘sh grafalarini yozuv bilan to‘ldira boshladi.
— Men ko‘rgan chorami? Oshxonadan sham olib oldim…
— Manavinimi? — deb so‘radi vrach ayol oldida stolda qog‘oz ikona bilan yonma-yon yotgan, mayishib ketgan sham bo‘lagini ko‘rsatib.
— Ha, shuni, keyin…
— Ikona nimaga kerak bo‘lib qoldi?
— Darvoqe, ikona… — Ivan qizarib ketdi, — hammadanam shu ikona ko‘proq cho‘chitib yubordi uni, — Ivan yana barmog‘i bilan Ryuxinga ishora qildi. — Gap shundaki, o‘sha konsultant, ochig‘ini aytadigan bo‘lsak… ins-jinslar bilan topishgan… uni osonlikcha qo‘lga olib bo‘lmaydi.
Sanitarlar negadir Ivandan ko‘zlarini uzmagancha qo‘llarini yonlariga tushirib g‘oz turishardi.
— Ha, shunaqa, — deb gapida davom etdi Ivan, — jinlar bilan topishgan. Bu dalilni aslo rad qilib bo‘lmaydi. U Pontiy Pilat bilan shaxsan suhbatlashgan ekan. E, bunaqa hayron bo‘lib qaramang menga! Gapim rost! Hammasini o‘z ko‘zi bilan ko‘ripti — rovonni ham, palmalarni ham. Xullas, u Pontiy Pilatning huzurida bo‘lgan, bunga men kafilman.
— Xo‘sh, xo‘sh….
— Qisqasi, men qog‘oz ikonani ko‘kragimga qadadimu uni quvib ketdim….
Shu payt birdan soat ikkiga jom chaldi.
— O‘h-ho‘! — deb yubordi Ivan divandan turarkan, — soat ikki bo‘liptiyu, men bo‘lsam sizlar bilan valaqlashib o‘tiribman! Kechirasiz, telefon qaerda?
— Telefonga o‘tkazib yuboringlar, — deb buyurdi vrach sanitarlarga.
Ivan bora solib trubkani qo‘liga oldi, bu payt sanitar ayol Ryuxindan ohista so‘radi:
— Uylanganmi?
— Bo‘ydoq, — qo‘rqa-pisa javob qildi Ryuxin.
— Kasabachilar uyushmasi a’zosimi? — Ha.
— Militsiyami? — deb baqirdi bu payt Ivap trubkaga, — militsiyami? O‘rtoq navbatchi, darhol buyruq bering, ajnabiy konsultantni tutish uchun pulemyot o‘rnatilgan beshta mototsiklet yuborishsin. Nima? Kelib meni olib keting, o‘zim sizlar bilan boraman… Menmi? Shoir Bezdomniyman, jinnixonadan gapir-yapman… Manzilinglar qanaqa? — pichirlab so‘radi u doktordan telefon trubkasini kafti bilan bosib turib, keyin yana trubkaga qichqirib gapira boshladi: — Eshityapsizmi? Allo!.. Yaramaslar! — birdan baqirib yubordi Ivan va trubkani devorga uloqtirdi. Keyii u vrach tomonga o‘girildi-da, unga qo‘lini cho‘zib, quruqqina «xayr» dediyu ketmoqchi bo‘ldi.
— Kechirasiz, qayoqqa ketmoqchisiz shu ichki kiyimda? — dedi vrach Ivanning ko‘zlariga tikilgancha, — vaqt yarim kechadan oqqan bo‘lsa… Siz o‘zingizni noxush sezyapsiz, yaxshisi, shu yerda qolib dam oling!
— O‘tkazib yuboring, — dedi Ivan eshik oldini g‘ov bo‘lib to‘sib turgan sanitarlarga. — Yo‘l berasizlarmi, yo yo‘qmi? — dahshat bilan baqirdi shoir.
Ryuxinni titroq bosdi, ayol oldidagi knopkani bosgan edi, oynavand stol ustida yaltiroq quticha bilap ampula paydo bo‘ldi.
— Xali shunaqami? — dedi Ivan vahshiyona ko‘zlari alang-jalang bo‘lib, — ha, yaxshi! Xayr bo‘lma-sa… — u parda bilan to‘silgan derazaga kalla qo‘ydi. «Gurs» etgan tovush eshitildi, parda orqasidagi derazaning sinmaydigan oynasi uning kallasi zarbiga dosh bergan edi, shu zamonoq Ivan sanitarlarning qo‘liga tushdi. U jonholatda xirillar, sanitarlarpi tishlamoqchi bo‘lar, baqirardi:
— Xali derazangizga shunaqa oyna qoplab olib-siz-da!.. Qo‘yvor! Qo‘yvor deyapman! Vrachning qo‘lida shprits yalt etib ketdi, ayol bir hamlada Ivanning uvada yengini yirtdiyu, uning qo‘liga g‘ayrimuannas kuch bilan yopishdi. Efir hidi tarqaddi. Ivan to‘rt kishining qo‘lida holsizlandi, epchil vrach esa shu fursatdai foydalanib, Ivanning qo‘liga ukol qildi. Uni yana bir necha soniya ushlab turib, so‘ng divanga o‘tqazishdi.
— Banditlar! — baqirdi Ivan divandan sapchib turarkan, lekin uni yana joyiga o‘tqazib qo‘yishdi. Shu zahoti u yana «dik» sakrab turdi, ammo endi o‘zi qay-tib joyiga o‘tirdi. U jim qoldi, olazarak bo‘lib atrofga qaradi, keyin birdan esnadi, so‘ng qahr bilan tirjaydi.
— Axiri hibsga oldinglar-a, — dedi u, yana esnadi, kutilmaganda yonboshlab, boshini yostiqqa qo‘yarkan, xuddi go‘dak boladek yuzini mushtumiga qo‘ydi, so‘ng ko‘zi uyquga ketarkan, endi qahrsiz g‘o‘ldiradi:
— Xa, juda soz… hali bu qilmishingizga ming pushaymon bo‘lasiz. Men ogohlantirdim, u yog‘iga bilganingizni qiling! Meni esa hozir hammadan ham ko‘proq Pontiy Pilat qiziqtiradi… Pilat… — shundan keyin u ko‘zini yumdi.
— Vannaga tushiring, yuz o‘n yettinchi alohida xonaga yotqizib, soqchi qo‘ying, — deb farmoyish berdi vrach ko‘zoynagini taqarkan. Ryuxin yana seskanib ketdi, oppoq eshik tovushsiz ochilib, tungi yashil chiroqlar bilan yoritilgan koridor ko‘rindi. Shu koridordan rezina g‘ildiraklarga o‘rnatilgan aravacha chiqib keldi, sanitarlar jimib qolgan Ivanni aravachaga olib yotqizishgan edi, u yana koridor tomon g‘il-dirab, eshik uning orqasidan yopildi.
— Doktor, — dedi pichirlab hayratda qolgan Ryuxin, — demak, u chindanam betob ekanda?
— O, albatta, — javob qildi vrach.
— Nima bo‘lipti o‘zi unga? — qo‘rqa-pisa so‘radi Ryuxin.
Charchagan vrach Ryuxinga qarab qo‘yib, lanjlik bilan dedi:
— Xarakat va nutq a’zolari asabiylashgan… alahsirash holati… nazarimda, murakkab hol… Shizofreniya bo‘lsa kerak. Buning ustiga yana ichkilik kasofati…
Ryuxin doktorning bu gapidan, Ivan Nikolaevichning ahvoli chatoq, degan ma’nonigina angladi xolos, so‘ng xo‘rsinib qo‘yib so‘radi:
— Nega u hadeb allaqanday konsultantni gapirib yotipti?
— Bironta odamni uchratgan-u, u odam uning buzilgan xayolotiga qattiq ta’sir ko‘rsatgan. Yoki ko‘ziga biron sharpa ko‘ringan bo‘lishi ham mumkin…
Bir necha daqiqadan keyin boyagi yuk mashinasi Ryuxiini yana Moskvaga olib ketdi. Tong yorisha boshlagan edi, shu bois katta yo‘ldagi hali o‘chirilmagan chi-roqlar shu’lasi endi nokerak va noxush bo‘lib tuyulardi. Xaydovchi bu tunning zoe ketganidan g‘ijinib, mashinani jon-jahdi bilan uchirib borarkan, muyulishlarda mashina g‘ildiraklari yo‘l yoqasigacha surilib borardi.
Mana, o‘rmon ham «g‘uv» etib o‘tib, orqada qolib ketdi, daryo ham allaqayoqlarga chetlab ketdi, endi yuk mashinasi yo‘lda; ustiga qorovulxonalar o‘rnatilgan qandaydir uzundan-uzun devorlaru sarjin qilib terilgan o‘tinlar, juda daroz simyog‘ochlaru shoda-shoda g‘altaklar tizilgan qandaydir machtalar, tog‘-tog‘ uyilgan shag‘allaru sathini ariqlar taram-taram qilib qirqqan dalalar yoqalab o‘tib borardi. Xullas, mana, hozir anavi muyulishdan o‘tish bilan Moskva boshlanishi va darhol mashinani o‘z og‘ushiga olajagi sezila boshlagan edi.
Mashina Ryuxinni silkitaverib, koptokdek otaverib tinkasini quritgan edi. U bosib o‘tirgan g‘o‘la hadeb tagidan chiqib ketishga jahd qilardi. Sal oldinroq trolleybusda jo‘nab ketishgan militsioner bilan Panteley tashlab ketgan sochiqlar kuzovning u boshidan-bu boshiga tinimsiz sirpanib borib-kelib tu-rardi. Ryuxin ularni yig‘ishtirib olmoqchi ham bo‘ldi, lekin birdan xunobi chiqib: «E, padariga la’nat! Nima, men ahmoqmanmi?..» — deb to‘ng‘illadida, ularni tepib yuborib, u tomonga boshqa qaramay qo‘ydi.
Uning ruhi tushib ketgan edi. Ryuxin bu g‘urbatxonaning o‘z xotirasida mash’um iz qoldirganini endi aniq his eta boshladi. U o‘zini iztirobga solayotgan narsa nima ekanligini anglashga urinardi. Darvoqe, nima u? Xotirasiga kanadek yopishib olgan yashil chiroqlar bilan yoritilgan koridorxmi? Yo dunyoda esdan ayrilishdek baxtiqarolik yo‘q degan fikrmi? Ha, ha, shu fikr ham, albatta. Lekin axir, butun bashariyat shunday fikrlaydi-ku. Yo‘q, yana qandaydir boshqa tuyg‘u mavjud. Nima ekan u? Ha-a, bildi — alam. Ha, ha, Bezdomniyning unga, yuzingda ko‘zing bormi demay, tikka aytgan alamli so‘zlari. Hamma balo u gapning alamli bo‘lganida ham emas, balki haqqoniyligida edi.
Shoir endi tevarak-atrofga ko‘z tashlamas, oyoq ostiga — dirillab turgan isqirt polga tikilgancha, bir nimalarni g‘o‘ldirar, ich-etini yeb nola chekardi.
Darvoqe, she’riyat… U — o‘ttiz ikki yoshda! Xo‘sh, buyog‘iga qanday hayot kechiradi? — Bundan keyin ham u yiliga bir nechtadan she’r yozib turadi. — To qari-gunchami? — Ha, to qariguncha yozaveradi. — Xo‘sh, nimaga erishadi shu she’rlari bilan? Shuhratgami? «G‘irt bema’nilik!Hech bo‘lmasa, o‘zingni o‘zing aldamasang-chi. Yomon she’r yozgan shoir hech qachon shuhrat qozonolmaydi. Nega she’rlarim yomon? Haqiqatni, haqiqatni gapirdi! — derdi Ryuxin o‘ziga o‘zi shafqatsiz ta’na qilib. — Yozganlarimning birontasiga ham ishonmayman!..»
Asab torlari nihoyatda tarang tortilgan shoir bir chayqalib ketdi, oyog‘i ostidagi pol dirillashdan to‘xtadi. Ryuxin boshini ko‘tarib, allaqachon Moskvaga kirib kelganini, tong otib, osmondagi bulutlar zarrin rangga kira boshlaganini ko‘rdi. U o‘tirgan yuk mashinasi xiyobonga burilish yerida qator tizilgan ma-shinalar orqasiga borib to‘xtagan, undan salgina narida postamentga o‘rnatilgan metall odam boshini xiyol egib, xiyobon tomonga tikilib turardi.
Tobi qocha boshlagan shoirning miyasiga qandaydir alomat fikrlar yopirilib keldi.«Mana, omadlilik namunasi…» — shunday deb Ryuxin o‘rnidan turib qad-dini rostladi va negadir hech kimga tegmay qimir etmay turgan cho‘yan odamga hamla qilib qo‘lini ko‘tardi, — u o‘z hayotida qanday harakat qilgan bo‘lmasin, qanday voqealarni boshidan kechirgan bo‘lmasin, hammasi uning uchun foyda bo‘lgan, hammasi uning shon-shuhratini ko‘tarishga sabab bo‘lgan! Lekin nima ish ko‘rsatdi o‘zi u? Hech aqlim bovar qilmayapti… Xo‘sh, biron diqqatga sazovor ma’no bormi bu so‘zlarda: «Qo‘l bilan tiklab bo‘lmas…» Tushunmayman!.. Omadi bor ekan, toleliekan! — deb birdan zarda bilan xulosa chiqardi va mashinaning joyidan jilganini his qildi, — anavi oqgvardiyachi otib, son suyagini majaqlab tashladi-yu, uni boqiy qildi-qo‘ydi…»
Turib qolgan mashinalar yura boshlashdi. Butunlay tobi qochib, hatto keksayib qolgan shoir yana ikki minutdan keyin Griboedov ayvoniga kirib bordi. Ayvon bo‘shab qolgan edi. Burchakda qandaydir ulfatlar turishga shaylanishar, zal o‘rtasida boshiga do‘ppi kiygan, qo‘lida qadah ushlagan tanish konferanse pitirlab yurardi.
Bir quchoq sochiq ko‘tarib kirgan Ryuxin Archibald Archibaldovich tomonidan ochiq yuz bilan qarshi olin-diyu, shu zahoti la’nati latta-puttalardan ozod qilindi. Agar Ryuxin kasalxonada, so‘ng yuk mashinasida qaytayotganida ko‘p aziyat chekmaganida edi, shifoxonada bo‘lgan voqealarni turli uydirma va loflar bilan boyitib maroq bilan hikoya qilgan bo‘lardi. Lekin hozir bu narsa uning ko‘ngliga sig‘mas, bundan tashqari, Ryuxinda kuzatuvchanlik qobiliyatidan asar ham yo‘qligiga qaramay, yuk mashinasida chekkan yo‘l azobidan keyin, restoran xo‘jayinining yuziga endi birinchi marta tikilib qaradi, garchi Archibald Archibaldovich Bezdomniyning ahvolini surishtirayotgan, hatto «voy bechora-e!» — deb achinayotganday bo‘lsa ham, aslida Bezdomniyning taqdiri uni mutlaqo qiziqtirmayotgani, unga tariqcha ham achinmayotganini Ryuxin birinchi marta aniq his qila boshladi. «Qoyilman! To‘g‘ri qilasan!» — deb o‘yladi Ryuxin hayosizlarcha va g‘ajib tashlagudek adovat bilan, so‘ng shizofreniya haqida gapirishdan to‘xtab, iltimos qildi:
— Archibald Archibaldovich, qittay araq ichsam devdim…
Restoran sohibi soxta muruvvat bilan pichirladi:
— Tushundim… hozir… — u ofitsiantga imo qildi. Endi chorak soatdan keyin Ryuxin butun zalda yolg‘iz o‘zi bukchayib olib baliq yer, dam-badam ryumka to‘ldirib araq icharkan, o‘z hayotida endi hech nimani o‘zgartirib bo‘lmasligini, faqat unutish mumkinligini tushunar, e’tirof etardi.
O‘zgalar maishat bilan mashg‘ul bo‘lgan bir paytda, shoirning bu tuni hayf ketgan, endi uni qaytarish mumkin emasligini u tushunardi. Tun o‘gib ketganini apglash uchun osmonga bir nazar tashlashning o‘zi kifoya edi. Ofitsiantlar shoshqaloqlik bilan dasturxonlarni yig‘ishtirishardi. Ayvonoldida izg‘ib yur-gan mushuklar allaqachon yuzlarini yuvib olishgan edi. Shoirni ayovsiz uyqu bosa boshladi.
Yettinchi bob
BEXOSIYAT KVARTIRA
Agar ertasi kuni ertalab Styopa Lixodeevga:«Styopa! Agar hoziroq o‘rningdan turmasang, seni otib tashlashadi!» — deb aytishsa, u majolsiz ovoz bilan eshitilar-eshitilmas shunday degan bo‘lardi: «Mayli, otaveringlar, nima qilsanglar qilaveringlar, lekin turmayman».
O‘rnidan turish uyoqda tursin, ko‘z ochishga ham majoli yo‘qday edi, chunki agar u ko‘zini ochsa, shu zahoti chaqmoq chaqilib, boshini tilka-tilka qilib majaqlab yuborayotganday bo‘lardi. Uning miyasida ulkan bir qo‘ng‘iroq tinmay bong chalayotganday, ko‘z kosalari va qovoqlari oralig‘idan yam-yashil yaltiroq gardishli jigarrang dog‘lar suzib o‘tayotganday bo‘lar, buning ustiga-ustak, ko‘ngli muttasil behuzur bo‘lardiki, bu behuzurlik, kelib-kelib miyaga xira pashshadek o‘rnashib qolgan qandaydir patefon ovozidan vujudga kelayotgandek tuyulardi.
Styopa kecha yuz bergan voqeaning biron lavhasini eslashga urinib ko‘rdi, lekin faqat bir narsa esiga tushdi, xolos: chamasi, kecha u qaerdadir qo‘lida salfetka bilan qandaydir bir xonimni o‘pishga intilib, ertaga roppa-rosa tush paytida uyingizga mehmon bo‘lib boraman, deb va’da qilgandi. Xonim: «Yo‘q, yo‘q, men uyda bo‘lamayman!» — deb rad javobi berar, Styopa esa o‘z ahdida qattiq turib olib: «Men baribir boraveraman!» — derdi.
Styopa xonimning kimligini ham, hozir soat necha bo‘lg‘anini ham, bugun qaysi oyning qaysi kuni ekanligini ham mutlaqo bila olmasdi, eng yomoni: u o‘zining qaerda yotganini ham bilmasdi. U hech bo‘lmaganda, o‘zining qaerdaligini aniqlamoqchi bo‘lib, zilday og‘ir chap qovog‘ini zo‘r-bazo‘r ko‘tardi. G‘ira-shirada ko‘ziga bir nima yalt etib ko‘ringanday bo‘ldi. Styopa nihoyat uning toshoyna ekanligini, o‘zining esa o‘z yotoqxonasida karavotda, ya’ni bir vaqtlar zargar be-vasiniki bo‘lgan karavotda chalqancha yotganini bildi. Birdan uning miyasida shunday qattiq sanchiq turdiki, u ko‘zini yumib ingrab yubordi.
Izoh: Varete teatrining direktori Styopa Lixodeev Sadovaya ko‘chasida «p» shaklida tushgan olti qavatli uyda marhum Berlioz bilan bir kvartirada turardi — bugun ertalab u ko‘zini ochib, o‘zini shu yer-da ko‘rdi.
Shuni aytish kerakki, bu— 50-kvartira haqida ko‘pdan beri, yomon deb bo‘lmasa ham, juda alomat gaplar yurar edi. Bundan ikki yil muqaddam bu kvartira zargar de Fujerening bevasiga tegishli edi. Ellikka kirgan, uddaburon muhtarama Anna Frantsevna de Fujere xonim bu kvartiradagi besh xonadan uchtasini ikki oilaga ijaraga qo‘ygan edi: birinchi ijaragirning familiyasi Belomut edi shekilli, ikkinchisining familiyasi — saqlanmagan.
Shunday qilib, bundan ikki yil oldin bu kvartirada juda g‘aroyib voqealar yuz bera boshladi: bu yerda yashovchi odamlar birma-bir dom-daraksiz g‘oyib bo‘la boshlashdi.
Dam olish kunlaridan birida bu kvartiraga bir militsioner kelib, ikkinchi ijaragirni (uning familiyasi saqlanmagan) dahlizga chaqiradida, allaqanday qog‘ozga imzo chekish uchun bir zumga militsiya bo‘limiga kirib chiqishni taklif qiladi unga. Ijaragir Anna Frantsevnaning sadoqatli uy xodimasi Anfisaga, birov telefon qilgudek bo‘lsa, o‘n minutda qaytib kelaman, deb tayinlab, oppoq qo‘lqop kiygan xushmuomala militsioner bilan chiqib ketadi. Lekin u nainki o‘n minutdan keyin, balki butunlay qaytib kelmaydi. Eng hayron qoladigan tomoni shundaki, u bilan birga militsioner ham bedarak yo‘qoladi.
Xudojo‘y, aniqroq qilib aytganda — juda irimchi bo‘lgan Anfisa ta’bi tirriq bo‘lib turgan Anna Frantsevnaga o‘z taxminini shartta aytadi-qo‘yadi:
— Bu g‘irt jodugarlikning o‘zi. Ijaragirniyam, militsionerniyam kim o‘g‘irlab ketganini men yaxshi bilaman, faqat hozir, qosh qorayganda gapirsam xosiyati yomon bo‘ladi..
Ma’lumki, jodugarlik boshlanmasin, bir boshlansa bormi, hech uning keti uzilmaydi. Ikkinchi ijaragir, esingizda bo‘lsa, dushanba kuni g‘oyib bo‘lgan edi, chorshanba kuni esa Belomut ham; xuddi yer yutganday, dom-daraksiz yo‘qoldi-qoldi, faqat boshqacha vaziyatda. Ertalab, har kungi odat bo‘yicha, uni ishga olib ketgani mashina keldi, uni olib ketdiyu, lekin hech kimni qaytarib olib kelmadi, mashinaning o‘zi ham boshqa qaytib kelmadi.
Belomut xonimning boshiga tushgan qayg‘u va fojiani ta’riflashga til lol. Ammo, taassufki, qayg‘u ham, fojia ham uzoq cho‘zilmadi. Anna Frantsevna Anfisa bilan shoshilinch bir ish yuzasidan dala hovlisiga borib, qaytib kelgan kuni tundayoq grajdanka Belomut kvartiradan g‘oyib bo‘ldi. Bu hali hammasi emas: er-xotin Belomutlar egallagan ikkita xonaning eshiklari muhrlangan edi.
Ikki kunni bir amallab o‘tkazishdi. Shu o‘tgan vaqt ichida hamisha uyqusizlikdan iztirob chekkan Anna Frantsevna, uchinchi kun deganda shoshilinch ravishda yana dala hovlisiga jo‘nab ketdi… Uning shu ketgancha boshqa qaytib kelmaganini aytmasa ham bo‘lar!
Butun kvartirada yolg‘iz o‘zi qolgan, yig‘layverib xun bo‘lib ketgan Anfisa kechasi soat ikkilarda uyquga yotdi. Shundan keyii unga nima bo‘lgani bizga mavhum, lekin boshqa kvartiralarda turuvchi odamlarning gapiga qaraganda, 50-kvartirada kechasi bilan qandaydir taraq-turuq ovozlar eshitilganmish, to tong otguncha uning derazalarida elektr chiroqlari o‘chmaganmish. Ertalab esa Anfisaning ham g‘oyib bo‘lgani ma’lum bo‘lipti!
G‘oyib bo‘lgan odamlar va qarg‘ish tekkan kvartira haqida ancha vaqtgacha har xil bo‘lmag‘ur mish-mishlar tarqalib yurdi, masalan, o‘sha jikkakkina xudojo‘y Anfisa go‘yo o‘zining taxtakachsimon ko‘ksida charm xaltachada Anna Frantsevnaga tegishli yigirma besh dona yirik-yirik durolib yurganmish. Go‘yo Anna Frantsevna serqatnov bo‘lib qolgan o‘sha dala hovlidagi o‘tinxonada ham o‘sha durlar qabilidagi qandaydir behisob javohirot, shuningdek, podsho zamonidan qolgan oltin tangalaru… yana shu singari boshqa boyliklar o‘z-o‘zidan topilganmish. Lekin ko‘rmagannarsamizga kafolat berolmaymiz.
Harna bo‘lgandayam, bu kvartira atigi bir haftagina muhrlanib bo‘sh qoldi, keyin unga marhum Berlioz o‘z xotini bilan va shu Styopa (u ham xotini bilan) ko‘chib kirishgan edi. Turgan gapki, bu mash’um kvartiraga ko‘chib kirishlari bilan ularning ham boshiga g‘ayritabiiy savdolar tusha boshladi. Ya’ni bir oy ichida ikkala xotin ham g‘oyib bo‘ldi. Lekin endi bular dom-daraksiz yo‘qolishmagandi. Berliozning xotinini go‘yo Xarkovda qandaydir bir baletmeyster bilan ko‘rish-ganmish. Styopaning xotinini esa go‘yo Bojedomkada ko‘rishganmish, negaki, mish-mishlarga qaraganda Varete direktori Styopa o‘zining behisob tanish-bilishlari orqali ish qilib, Sadovaya ko‘chasida qorangni ko‘rmasam bo‘lgani, degan shart bilan xotiniga bir xona to‘g‘rilabdi.
Shunday qilib, Styopa ingradi. U uy xodimasi Grunyani chaqirib, undan piramidon so‘ramoqchi bo‘ldi, lekin bu ishi g‘irt bema’nilik bo‘lishiga, xayriyat, aqli yetdi… Chunki Grunyada hech qanday piramidon yo‘q edi, albatta. Keyin Berliozni yordamga chaqirmoqchi bo‘lib ko‘rdi, ikki marta zo‘rg‘a: «Misha… Misha…» — deb ingradi, lekin, o‘zingiz yaxshi tushuiasiz, hech qanday javob bo‘lmadi. Kvartira suv quygandek jim-jit edi.
Styopa oyoq barmoqlarini qimirlatib ko‘rib, paypog‘ini yechmay yotganligini bildi, u egnida kiyimi bor yo yo‘qligini aniqlash uchun titroq qo‘lini yonboshiga yubordi, lekin hech nimani aniqlay olmadi.
Nihoyat, u o‘zining yolg‘iz va qarovsiz ekanligini, hech kim unga yordam qilmasligini bilgach, qanchalik qiynalib bo‘lsa ham, o‘rnidan turishga ahd qildi.
Styopa yopishib qolgan qovokdarini zo‘r-bazo‘r ochib, toshoynada sochlari har tomonga tarvaqaylagan, hammayog‘ini tuk bosib ketgan, basharasi shishib, ko‘zlari yumilib qolgan, egnida isqirt ko‘ylak, ichki ishton, bo‘ynida galstuk, oyog‘ida paypoq bo‘lgan bir odamning aksini ko‘rdi.
U o‘zini toshoynada shunday qiyofada ko‘rgan edi, ko‘zgu yonida esa egniga qora libos, boshiga qora beret kiygan notanish bir odam turardi.
Styopa o‘rnidan turib o‘tirdi va qon quyilgan ko‘zlarini imkoni boricha kattaroq ochib notanish odamga tikildi.
Shu notanish odam ajnabiylarga xos talaffuz bilan bo‘g‘iq va vazmin ovozda sukutni buzdi:
— Salom, dunyoda eng yoqimtoy inson Stepan Bogdanovich!
Styopa butun kuchini ishga solib, bir oz sukutdan so‘ng zo‘rg‘a:
— Nima istaysiz mendan? — deb gap boshlagan edi, o‘z ovozini taniy olmay hang-mang bo‘lib qoldi. «Nima» so‘zi chiyillab, «istaysiz» so‘zi — do‘rillab chiqdi, «mendan» so‘zi esa ichida qolib ketdi.
Begona odam do‘stona jilmayib qo‘yib, qopqog‘ida uch burchak shaklli olmosi bo‘lgan kattakon oltin soatini qo‘liga oldi, soat o‘n bir marta zang chaddi.
— Soat o‘n bir! — dedi u. — Rosa bir soatdan beri uyg‘onishingizni kutib turibman, zero, siz meni uyingizda soat o‘nda kutmoqchi edingiz. Mana keldim!
Styopa qo‘li bilan paypaslab, karavot yonida turgan stuldan shimini topdi va:
— Afv etasiz… — deb pichirlab shimni kiyvoldi, so‘ng hirqiroq ovoz bilan so‘radi: — Iltimos, familiyangizni aytsangiz!
U gapirishga qiynalardi. Har bitta so‘zni aytganida kimdir uning miyasiga igna sanchib, uni jahannam azobiga solayotganday bo‘lardi:
— Ie! Hali familiyamniyam unutib qo‘ydingizmi? — deb begona odam jilmaydi.
— Kechirasiz… — deb xirilladi karaxtlikning yangi alomatlari vujudga kelayotganini his qila boshlagan Styopa; uning nazarida, oyog‘i ostidagi pol birdan g‘oyib bo‘lganday va shu topdayoq jahannam qa’riga mukkasi bilan sho‘ng‘ib ketadigandek bo‘lib tuyuldi.
— Azizim Stepan Bogdanovich, — deb gap boshladi sezgir mehmon jilmayib, — hech qanaqa piramidon naf bermaydi sizga. Siz ko‘hna taomilga amal qiling, ya’ni achchiqni achchiq kesadi qabilida ish ko‘ring. Hozir sizni hushingizga keltiradigan yagona davo ikki qultum araq bilan achchiq vaqaynoq gazak.
Styopa ayyor odam edi, shu bois, og‘ir betob bo‘lishiga qaramay, baski ahvolimga shohid bo‘lishgan ekan, hammasini tan olishim kerak, deb mulohaza qiddi.
— Ochig‘i, — dedi u zo‘rg‘a tili aylanib, — kecha men qittay…
— Bo‘ldi, bo‘ldi, hammasi tushunarli! — dedi mehmon va o‘zi o‘tirgan kreslo bilan birga bir chetga surildi.
Shunda Styopa kichkinagina stolchada yasatig‘liq patnisni ko‘rib baqrayib qoldi: patnisda kesilgan oq non, likopchada qora ikra, tarelkada qo‘ziqorin ochori, yana kastryulchadayam bir nima bor edi, bundan tashqari, zargar bevasining qorindor grafinida araq qo‘yilgan edi. Hammadan ham grafinning sovukdan terlaganligi Styopani ko‘proq taajjubda qoldirdi. Lekin buning sababi ma’lum edi: grafin muz to‘ldirilgan chinni tog‘orachaga o‘rnatilgan edi. Qisqasi, dasturxon badastir, ozoda qilib tuzalgan edi.
Begona odam Styopa hayratining avj olib, eng yuqori pardaga chiqishiga imkon bermay, epchillik bilan unga yarim qadah araq quydi.
— O‘zingiz-chi? — deb chiyilladi Styopa.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 07
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.