Usta va Margarita - 07

Total number of words is 4276
Total number of unique words is 1961
38.8 of words are in the 2000 most common words
57.4 of words are in the 5000 most common words
66.3 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
— Bajonu dil!!
Styopa qaltiroq qo‘li bilan qadahni og‘ziga olib bordi, mehmon esa o‘z qadahidagi araqni bir qultum qilib yutib yubordi. Styopa ikra kavshab, gazak qilarkan, qiynalib zo‘rg‘a dedi:
— Siz-chi?.. Gazakdan?
— Minnatdorman, men hech qachon gazak qilmayman, — dedi begona odam va qadahlarga yana araq quydi. Kastryulning qopqog‘ini ochishdi — unda tomatga solingan sosiska bor edi.
Mana, oxiri Styopaning ko‘z oldini to‘sgan la’nati yashil rang g‘oyib bo‘lib, tili kalimaga kela boshladi, eng muhimi, ba’zi bir narsalar uning esiga tushdi. Darhaqiqat, voqea kuni kecha Sxodnyada, sketchnavis Xustovning dala hovlisida bo‘lgan edi. Styopani u yerga o‘sha Xustovning o‘zi taksida olib borgan edi. Hatto o‘sha taksini «Metropol» oldida qanday yollashgani ham esiga tushdi, ular bilan birga yana qandaydir bir aktyor ham bormidiey… patefon ko‘tarib olgan. Ha, ha, to‘g‘ri, dala hovlida bo‘lgan edi bu! Yana esida, patefon ovoziga jo‘r bo‘lib itlar uv tortishgandi. Lekin Styopa o‘pmoqchi bo‘lgan xonim mavhumligicha qoldi… Tavba, kim bo‘ldiykin-a… radioda ishlaydi shekilli, ehtimol undaymasdir.
Shu tariqa kechagi kun oz-ozdan oydinlasha boshladi, lekin hozir Styopani ko‘proq bugungi kun, xususan, bu notanish odamning qanday qilib u yotgan xonaga kirib qolgani, yana araq bilan gazakning qaerdan kelgani qiziqtirayotgan edi. Ana shu masalani aniqlab olsa yomon bo‘lmasdi-da!
— Xo‘sh, qalay, endi eslagan bo‘lsangiz kerak familiyamni?
Lekin Styopa xijolat bo‘lib tirjaydi va qo‘llarini yoydi.
— Afsus! Sezib turibman, siz arakdan keyin portveyn ichibsiz! Axir bu yaxshi emas-ku, taqsirim!
— Iltimos qilaman sizdan, shu gap o‘rtamizda qolsa… — dedi xushomad bilan Styopa.
— O, albatta, albatta! Lekin turgan gapki, Xustov uchun kafolat bera olmayman.
— Ie, siz Xustovni taniysizmi?
— Kecha sizning kabinetingizda ko‘zim tushgan edi o‘sha nusxaga. Uning maraz, fitnachi, munofiq va laganbardor ekanligini tushunish uchun bir marta unga ko‘z qirini tashlashning o‘zi kifoya.
«Juda to‘g‘ri gapirdi!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Styopa, Xustovga berilgan bunday to‘g‘ri, aniq va lo‘nda ta’rifdan hayratga kelib.
Ha, kechagi kun bo‘lak-bo‘lak xotiralardan tiklanayotgan edi, lekin shunda ham Varete direktori hamon bezovta edi. Negaki, mana shu kechagi kun xotiralarida ulkan qora o‘ra mavjud edi. Ya’ni mana shu beret kiygan notanish odamni, nima deb o‘ylasangiz ham, Styopa kecha o‘z kabinetida mutlaqo ko‘rmagan edi.
Styopaning mushkul ahvolga tushib qolgaiini ko‘rgan mehmon jiddiy tarzda:
— Sehrgarlik professori Voland, — deb o‘zini tanitdi va yuz bergan voqeani bir boshdan hikoya qilib berdi.
Uning gapiga qaraganda, u Moskvaga chet eldan kecha kunduzi kelgan, kelgan zahoti Styopaning huzuriga borib, Varete teatrida gastrol berishni taklif qilgan. Styopa Moskva oblastining tomoshaxonalar bo‘yicha komissiyasiga telefon qilib, bu masalani kelishib olgan (Styopaning quti uchib, ko‘zlari pirillay boshladi), professor Voland bilan yetti kunlik tomoshaga tuzilgan shartnomaga imzo chekkan (Styopaning og‘zi lang ochilib qoldi), tomoshaning ayrim tafsi-lotlarini kelishib olish uchun Volandni bugun ertalab soat o‘nga uyiga taklif qilgan… Mana, Voland uning huzurida!
U kelib uy xodimasi Grunyani uchratipti, xodima o‘zining kunda qatnab ishlashini, hozirgina kelib turganini, Berlioznipg uyda yo‘kdigini aytib, agar siz, mehmon, Stepan Bogdanovichni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, to‘g‘ri yotoqxonasiga kiravering, negaki Stepan Bogdanovichning uyqusi juda qattiq, uni uyg‘otishga qurbim yetmaydi, deb aytipti. Artist Stepan Bogdanovichning qanday ahvolda yotganini ko‘ribdi-yu, darhol Grunyani shu o‘rtadagi gastronomdan araq bilan gazak, aptekadan muz olib kelishga yuboribdi, endi mana…
— Unda hisob-kitob qilaylik, — deb g‘ingshidi kayfiyati buzilgan Styopa va hamyonini axtara boshladi.
— Be, qo‘ysangiz-chi! — dedi gastrolyor bu to‘g‘rida eshitishni ham istamay.
Demak, araq bilan gazak tushunarli, lekin baribir Styopa ayanchli ahvolda edi: u shartnoma to‘g‘risida mutlaqo hech nima eslay olmas, bu Voland deganini kecha zinhor-bazinhor ko‘rmagan edi. To‘g‘ri, Xustov borgan edi huzuriga, lekin Voland yo‘q edi.
— Ijozatingiz bilan shartnomani bir ko‘rsam, — ohista iltimos qildi Styopa.
— Marhamat, bemalol…
Styopa qog‘ozga qaradi-yu, tarashadek qotib qoldi. Hammasi to‘g‘ri edi. Birinchidai, Styopaning o‘z qo‘li bilan qo‘ygan jimjimador imzosi! Xujjatning yon tomoniga moliya direktori Rimskiyning, artist Volandga bo‘lg‘usi yetti tomoshasi uchun beriladigan o‘ttiz besh ming so‘m yuzasidan o‘n ming so‘m avans berilsin, deb yotiq harflar bilan yozgan dastxati. Buning ustiga ustak: shu yerda Volandning o‘sha o‘n ming so‘mni olgani haqida tilxati bor edi!
«Nimalar bo‘lyapti o‘zi?! — deb o‘yladi bechora Styopa, uning boshi aylanib ketdi. Xotirasida dahshatli o‘pirilishlar paydo bo‘layotgan edi! Lekin turgan gapki, shartnoma ko‘rsatilgandan keyin yana taajjublanish odobdan bo‘lmasdi. Styopa mehmonni bir daqiqaga yolg‘iz qoldirmoqchi bo‘lgani haqida uzr so‘radi-yu, telefon qilgani paypoqchan dahlizga yugurib chiqib ketdi. Yo‘lakay u oshxona tomonga qarab
— Grunya! — deb chaqirdi.
Lekin hech qanday javob bo‘lmadi. Shunda u Berliozning dahliz yonidagi kabineti eshigiga ko‘zi tushdi, ko‘rdiyu dong qotib qoldi. Eshikning tutqichiga bog‘langan kanopda kattakon surg‘uch muhr osilgan edi. «Apa xolos! — deb baqirvordi Styopaning miyasida o‘tirgan kimdir. — Bir kami endi shu edi!» Shunda hayol Styopani allaqayoqlarga, ammo oqibati halokat bilan yakunlanuvchi bir tomonga yo‘nalgan ikki iz ustidan g‘izillatib olib ketdi. Uning miyasidagi o‘ylar shu qadar omixta bo‘lib ketgan ediki, hatto buni tasvirlash ham mahol. Qora beret, muzdek araq va aql bovar kilmaydigan shartnomaga daxldor ishkalliklar yetmaganday, eshikning muhrlangani ortiqcha! Ya’ni Berlioz biron ayb qilib qo‘yganga o‘xshaydi deb gapirsangiz, hech kim ishonmaydi, azbaroyi xudo, hech kim ishonmaydi! Lekin ana, eshigi muhrlangan! Tavba…
Lksiga yurib, Stspaning miyasida shu topda jurnalda chop qildirish uchun yaqinda Mixail Aleksandrovich unga tutqazgan o‘z maqolasi haqida eng noxush fikrlar g‘ujg‘on o‘ynay boshladi. Maqola ham, ochig‘i,bema’ni edi! Undan foyda ham yo‘q edi, puli ham — arzimagan pul edi…
Maqola haqidagi o‘ylari ketidan izma-iz uning Mixail Aleksandrovich bilan qilgan ilmoqli suhbati esiga tushdi (agar yanglishmasa, bu yigirma to‘rtinchi aprel kechqurun shu yerda, yemakxonada bo‘lgan edi). To‘g‘ri, o‘sha suhbatni tom ma’noda ilmoqli, shubhali deb bo‘lmasdi albatta (Styopa unaqa suhbatga aslo ara-lashmagan bo‘lardi), lekin keraksiz bir mavzudagi suhbat edi. Bu suhbatni qo‘zg‘amasa ham hech nima bo‘lmasdi, grajdanlar. Shak-shubhasiz, agar eshik muhrlanmaganida, u suhbatni mutlaqo tuturiqsiz narsa deb hisoblash mumkin edi, lekin muhrlangandan keyin qandoq bo‘larkin…
«E, Berlioz, Berlioz! — deb ko‘nglidan o‘tkazdi xunobi chiqa boshlagan Styopa. — Axir bu hech aqlga sig‘maydi-ku!»
Lekin uzoq vaqt qayg‘urishga imkon bo‘lmadi, Styopa Varetening moliya direktori Rimskiyning kabinetiga qo‘ng‘iroq qildi. Styopa juda qaltis ahvolga tushib qolgan edi: avvalambor Styopaning, shartnomani o‘z ko‘zi bilan ko‘rganidan keyin ham ishonmay tekshira boshlaganidan ajnabiy artist ranjishi mumkin edi, undan keyin, moliya direktori bilan ham bu haqda gap boshlash nihoyatda mushkul edi. Darhaqiqat, axir undan: «Ayting-chi, kecha men sehrgarlik professori bilan o‘ttiz besh ming so‘mga shartnoma tuzganmidim?» — deb so‘ray olmasdi-ku! Qanday tili borsin bunday deb so‘rashga?
— Ha! — telefon trubkasida Rimskiyning dag‘al va xunuk ovozi eshitildi.
— Salom, Grigoriy Danilovich, — ohista gap boshladi Styopa, — Lixodeevman. Gap bunday… hm… hm… haligi… e… artist Voland keluvdi uyimga… Haligi… sizdan so‘ramoqchiydim, bugun kechqurungi spektakl masalasi qanday ahvolda?..
— Ha-a, sehrgarmi? — Rimskiyning ovozi eshitildi trubkada. — Afishalarni hozir olib kelishadi.
— Aha, — zaif ovoz bilan dedi Styopa, — xo‘p, ko‘rishguncha…
— O‘zingiz qachon kelasiz? — so‘radi Rimskiy.
— Yarim soatda boraman, — javob qildi Styopa va trubkani ilib qo‘yib, cho‘g‘dek qizigan boshini ikki qo‘li bilan siqdi. Voy, qanday ko‘ngilsizlik yuz berayozgan ekan-a! Xotiramga nima bo‘ldi o‘zi, grajdanlar? A?
Biroq dahlizda ortiq turib qolish noqulay edi, shu bois Styopa darhol bunday reja tuzdi: qanday qilib bo‘lmasin, o‘zining faromushxotirligini mehmonga sezdirmasligi kerak, hozir esa birinchi navbatda, ajnabiy professordan, bugun kechqurun Styopaning qo‘l ostidagi Varete teatrida, xususan, nimalarni namoyish qilmoqchi ekanligini ustalik bilan surishtirib bilib olishi kerak.
Shunday reja bilan Styopa telefon apparatidan o‘grildi, o‘grildi-yu shu dahlizda turgan, ishyoqmas Grunya ko‘pdan changini artmagan katta ko‘zguda ko‘ziga pepsne taqqan, bo‘yi terakday keladigan antiqa bir nusxani aniq ko‘rdi (o, qaniydi hozir bu yerda Ivan Nikolaevich bo‘lsa! U bir qarashda tanigan bo‘lardi bu nusxani!). Nusxa esa ko‘zguda bir ko‘rindiyu g‘oyib bo‘ldi. Cho‘chib ketgai Styopa dahlizga yanayam tikilibroq qaradi va hayajondan ikkinchi marta gandiraklab ket-di, chunki ko‘zguda kattakon qora mushuk yurib o‘tib, g‘oyib bo‘lgan edi.
Styoianing yuragi orqasiga tortib, gandiraklab ketdi.
«Nimalar bo‘lyapti o‘zi? — o‘yladi u. — Esimdan og‘yapman chog‘i? Qayoqdan paydo bo‘ldi o‘zi ko‘zgudagi akslar?!» — U dahlizga ko‘z yugurtirib chiqdi va ko‘rqib ketib baqirib yubordi:
— Grunya! Qanaqa mushuk sang‘ib yuripti bu yerda? Qayokdan kelib qoldi? U bilan birga yana allakim ham yuriptimi?
— Aslo bezovta bo‘lmang, Stepan Bogdanovich, — degan ovoz eshitiddi, lekin bu Grunyaning emas, balki yetoqxonada o‘tirgan mehmonning ovozi edi, — u mening mushugim. Hech aziyat chekmang. Grunya uyda yo‘q, men uni vatani Voronejga jo‘natib yubordim, negaki, shikoyat qilishicha, ko‘pdan beri unga otpusk bermagan ekansiz.
Bu so‘zlar shu qadar tasodifiy va tuturiqsiz ediki, Styopa, yanglish eshitdim, deb faraz qildi. U tamomila esankiragan holda yotoqxona tomon yugurdi-yu, xona eshigida dong qotib qoldi. Sochlari g‘imirlab gikkaya boshladi, peshonasida mayda-mayda ter tomchilari paydo bo‘ldi.
Qay ko‘z bilan ko‘rsinki, xonada mehmon yolg‘iz emas, balki ulfatlari ham bor edi. Ikkinchi kresloda, hozirgina dahlizda «lip» etib ko‘ziga ko‘ringan o‘sha nusxa o‘tirardi. Endi u aniq ko‘zga tashlanardi: mo‘ylovi patsimon, pensnening bir ko‘zidagi shisha yaltillar, ikkinchi ko‘zida shisha yo‘q edi. Bu ham hali baharnav: zargar bevasining yumshoq kursisida uchinchi bir jonzod, ya’ni — bir panjasiga araq to‘ldirilgan qadah, ikkinchi panjasiga ziravorli qo‘ziqorin ilingan sanchqi ushlagan bahaybat gavdali bir qora mushuk betakalluf yalpayib o‘tirardi.
Bu xonadagi shundoq ham xira yonadigan chiroq Styopaning ko‘zi oldida so‘na boshladi. «Odam mana shunaqa jinni bo‘larkan-da!» — deb o‘yladi u eshik ke-sakisidan ushlab.
— Nazarimda, sal hayron bo‘lganga o‘xshaysizmi, azizim Stepan Bogdanovich? — deb so‘radi Voland tishlari tinmay takillayotgan Styopadan. — Holbuki, buning hech ajablanadigan yeri yo‘q. Bular mening mulozimlarim.
Bu payt mushuk araqni ichib yubordi, Styopaning kesaki ushlagan qo‘li sirpanib tusha boshladi.
— Xullas, mulozimlarimga joy kerak, — deb gapida davom etdi Voland, — binobarin, ichimizda kimdir bu kvartirada ortiqcha. Mening fikrimcha, o‘sha ortiqcha odam — aynan sizsiz!
— Shular, shular! — dedi takaga o‘xshab ma’rab katak shimli daroz odam Styopa haqida ko‘plik sonda gapirarkan. — Umuman, ular keyingi paytda ko‘p ifloslik qila boshladilar. Ichkilikbozlik, xotinbozlik bilan shug‘ullanyaptilar, o‘z mavqelaridan foydalanib ishlariga qo‘l urmay qo‘ydilar, to‘g‘risi, qo‘llaridan hech qanaqa ish kelmaydi o‘zi, chunki zimmalariga yuklangan ishga tariqcha ham tushunmaydilar. Rahbarlarni laqillatib kelmokdalar!
— Davlat mashinasini bekordai-bekorga zir yugurtiradi! — dedi qo‘ziqorin kavshab o‘tirgan mushuk ham chaqmachaqarlik qilib.
Shunda kvartirada to‘rtinchi va oxirgi mo‘’jiza sodir bo‘ldi-yu, sirg‘alib tushib yerga o‘tirib qolgan Styopa jonsiz qo‘li bilan kesakini timdalay boshladi.
Kotelok shlyapa kiygan, so‘yloq tishlari og‘zidan chiqib, shundoq ham o‘ta jirkapch basharasini battar badbashara qilib yuborgan, pak-pakana bo‘lishiga qaramay, yelkalari nihoyatda keng, sochi rangidagi bir malla maxluq to‘g‘ri toshoyna ko‘zgusidan chiqib keldi.
— Men, — deb gapga aralashdi bu malla, — buning qanday qilib direktor bo‘lib qolganiga hech tushunolmayapman, — u gapirgan sari ko‘proq manqalanardi, — men qanday arxierey bo‘lsam, u ham shunday direktor!
— Sen arxiereyga o‘xshamaysan, Azazello, — dedi mushuk tarelkasiga sosiska olib solarkan.
— Menam shuni aytyapman-da, — dedi malla ping‘illab va Voland tomonga o‘girilib ehtirom bilan ilova qildi: — Ruxsat eting, messir, uni Moskvadan biron olis xilvatgohga uloqtirib yuboray?
Mushuk tuklarini hurpaytirib:
— Pisht! — deb baqirdi.
Shunda yotoqxona Styopa atrofida gir-gir aylana boshladi-yu, u boshi bilan kesakiga urildi va hushidan ketarkan:«O‘lyapman…» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi.
Lekin u o‘lgani yo‘q. Ko‘zini xiyolgina ochib, o‘zini toshga o‘xshash qandaydir bir narsa ustida ko‘rdi. Uning atrofida nimadir shovullardi. Keyin u ko‘zlarini katta ochib, shovullayotgan dengizni ko‘rdi, shovullagandayam to‘lqinlar shundoqqina uning oyog‘i ostiga kelib chil-chil urilardi, qisqasi, u to‘lqin qaytargichning eng chetida o‘tirar, poyida dengiz mavjlanar, orqasida esa do‘nglikda go‘zal shahar qad ko‘targan edi.
Bunday hollarda o‘zini qanday tugishni bilmagan Styopa oyoqlari dag‘-dag‘ qaltirab to‘lqin qaytargich bo‘ylab qirg‘oq tomon yo‘l oldi.
Yo‘lida bir odam turardi, u papiros chekar va dam-badam dengizga tupurardi. U odam Styopaga o‘qrayib qarab, tupurishdan to‘xtadi. Shunda Styopa qovun tushirdi: shu notanish kashanda qarshisida tiz cho‘kib, bunday dedi:
— Yolborib so‘rayman sizdan: bu qaysi shahar o‘zi?
— Qoyil-e! — dedi beshafqat kashanda.
— Men mast emasman, — dedi hirqiroq ovoz bilan Styopa. — Men betobman, menga bir nima bo‘ldi, kasal bo‘lib qoldim… Qaerdaman? Bu qaysi shahar?..
— Yalta-ku…
Styopa ohista xo‘rsindi, yonboshiga qulab tushdi-yu, boshi oftobda qizigan toshga urildi.
Sakkizinchi bob
PROFESSOR BILAN SHOIR O‘RTASIDA DAHANAKIJANG
Styopa Yaltada hushidan ketgan paytda, ya’ni soat o‘n bir yarimlarda, uzoq davom etgan qattiq uyqudan uyg‘ongan Ivan Nikolaevich Bezdomniy axiyri hushiga keldi. U anchagacha, devorlari oppoq, allaqanday yaltiroq metalldan yasalgan ajoyib tungi stoli bor, derazasiga oq darparda osilgan (darparda ortida quyosh porlab turgani sezilardi) bu notanish xonaga qanday qilib kelib qolganini o‘ylab yotdi.
Ivan boshini bir silkitib, endi og‘rimayotganligini his qildi-yu, shu zahoti shifoxonada yotganligini esladi. Esladiyu, ketma-ket esiga Berliozning o‘limi tushdi, lekin bu xotira endi uni kechagichalik qattiq iztirobga solmadi. Miriqib uxlagan Ivan Nikolaevich endi o‘zini ancha bosib olgan, mulohazalari ham ravonlashgan edi. U chinniday toza, yumshoq va orombaxsh prujinali karavotda ancha vaqtgacha qimir etmay yotdi, shunda ko‘zi yonboshidagi qo‘ng‘iroq tugmasiga tushdi. Kerak bo‘lsa-bo‘lmasa, har narsaga qo‘l uraveradigan qitmir Ivan tugmani bosdi. U biron nimaning chalinishini yoki biron kishining kirib kelishini kutgan edi, lekin butunlay boshqacha hol yuz berdi. Ivan yotgan karavotning oyoq tomonida sirlangan tsilindr chiroq yonib, unda: «Suv» degan yozuv paydo bo‘ldi. Bir ozdan keyin tsilindr aylana boshladi va oxiri unda: «Nyanya» degan yozuv paydo bo‘ldi. Turgan gapki, bu antiqa tsilindrIvanning og‘zini ochirib qo‘ydi. Keyin «Nyanya» yozuvi «Doktorni chaqiring» degan yozuv bilan almashdi.
— Hm… — deb qo‘ydi Ivan, endi buyog‘iga nima qilishini bilolmay. Lekin shu choq tasodifan ishi o‘ngidan kelib qoldi: «Feldsher ayol» degan so‘z chiqishi bilan u tugmani ikkinchi marta bosdi. Silindr ohista jingillab, aylanishdan to‘xtadi, chirog‘i o‘chdi va xonaga top-toza oq xalat kiygan, miqqidakkina, istarasi issiq bir ayol kirdi.
— Xayrli kun! — deb salomlashdi u Ivan bilan. Ivan javob qaytarmadi, chunki hozirgi vaziyatda bunday salomlashishni o‘rinsiz deb topdi. Rostda axir, soppa-sog‘ odamni shifoxonaga tiqib qo‘yishsa, yana buning ustiga, o‘zlarini go‘yo savob ish qilganday tutishsa — buning nimasi xayrli?
Bu asnoda ayol chehrasidagi muloyim jilvani saqlagan holda, bir tugmani bosib, deraza pardasini yuqoriga chiqarib yubordi. Shunda to polgacha tushib borgan jimjimador, yengil panjara orqali xonaga quyosh nuri yog‘ildi. Panjara ortida balkon, undan narida esa ilonday to‘lg‘anib oqayotgan daryo, daryoning narigi sohilida — shimolda mavjlanib turgan qarag‘ayzor ko‘rindi.
— Vannaga marhamat qiling, — dedi ayol, so‘ng uning bir qo‘l harakati bilan ichki devor chetga surildi-yu, vannaxona va juda chiroyli jihozlangan hojatxona paydo bo‘ldi.
Garchi Ivan bu ayol bilan gaplashmaslikka axd qilgan bo‘lsa ham, yaraqlagan jo‘mrakdan vannaga sharillab suv oqayotganini ko‘rib, tilini tiya olmay, kinoya bilan dedi:
— Buni qara-ya! Xuddi «Metropol» deysan!
— E, yo‘q, — faxrlanib dedi ayol, — undan ham yaxshiroq. Bu yerdagi uskuna-jihozlar chet elda ham topilmaydi. Atayin shifoxonamizni ko‘rgani olimlaru vrachlar kelib turishadi. Bu yerda har kuni chet ellik turistlar bo‘lishadi.
Ivan«chet ellik turistlar» so‘zini eshitgan hamonoq kechagi konsultantni esladi. Kayfi buzilib, xo‘mraygancha so‘radi:
— Chet ellik turistlar… Muncha yaxshi ko‘rmasangizlar o‘sha chet ellik turistlarni? Men sizga aytsam, ular orasida har xil odamlar bo‘ladi. Masalan, kecha men bitta shunaqasi bilan tanishdimki, asti qo‘yaverasiz!
Shunday deb turib, sal bo‘lmasa Pontiy Pilat haqida gapirib yuboray dedi-yu, lekin gapini bu ayol uchun hech qanday hojati yo‘qligini, baribir undan hech qanday yordam kutib bo‘lmasligini tushunib, tilini tiydi.
Cho‘miltirilgan Ivan Nikolaevichga vannadan chikdan erkak kishi uchun zarur bo‘lgan hamma narsa: dazmollangan ko‘ylak, ichki ishton, paypoq berildi. Bulardan tashqari, yana boyagi ayol shkaf eshigini ochib, quli bilan ishora qilib so‘radi:
— Ustingizga nima kiyishni xohlaysiz — xalatmi yo pijamami?
Bu yangi yotoqqa zo‘rlab joylashtirilgan Ivan ayolning andishasizligidan hang-mang bo‘lib, indamay barmog‘i bilan qip-qizil paxmoq pijamaga ishora qildi.
Shundan keyin Ivan Nikolaevichni bo‘m-bo‘sh, sokin koridordan boshlab borib, judayam kattakon bir kabinetga olib kirdilar. Hayratomuz jihozlangan bu binodagi hamma narsaga istehzo bilan qarashga ahd qilgan Ivan kabinetiga kirgan hamonoq unga «oshxona-fabrika» deb nom qo‘ydi.
Buning sababi bor edi. Bu yerda ancha-muncha shkaflar, nikellangan yaltiroq asboblar qo‘yilgan oynavand shkafchalar tizilib turardi. Nihoyatda murakkab mos-lamali kreslolar, soyaboni yaltiroq qandaydir yapasqi chiroqlar, son-sanoqsiz shisha idishlar, gaz bilan yonuvchi gorelkalaru elektr simlariyu mutlaqo notanish bo‘lgan uskunalar bor edi bu kabinetda.
Bu yerda oq xalat kiygan uch kishi (ikki ayol va bir erkak) Ivan bilan shug‘ullana boshladi. Birinchi navbatda, Ivandan ba’zi narsalarni so‘rab bilib olish maqsadida uni burchakdagi stol oldiga boshlab borishdi. Ivan vaziyatni mulohaza qila boshladi. Uning uchun uchta yo‘l bor edi. Birinchi yo‘l: mana shu lampalaru ohanjamali buyumlarga tashlanib, hammasini chil-chil sindirib, bu yerda uni nohaq ushlab turishganiga shu tarzda norozilik bildirish edi — bu usul uni qattiq vasvasaga solayotgan edi. Biroq bugungi Ivan kechagi Ivandan anchagina farq qilardi, shunga ko‘ra bu birinchi yo‘l unga ancha shubhali ko‘rindi: xudo ko‘rsatma-sin, tag‘in anavilar quturgan jinni degan xayolga borishsa-ya. Shuning uchun Ivan birinchi yo‘lni rad etdi. Ikkinchi yo‘l ham bor edi: hoziroq konsultant va Pontiy Pilat haqida hikoya qilish kerak. Ammo kechagi tajribadan ma’lum bo‘ldiki, yo uning gaplariga ishonishmayapti, yo bo‘lmasa hikoyasini teskari ma’noda tushunishyapti. Shuning uchun Ivan bu yo‘ldan ham voz kechib, uchinchi yo‘lni, ya’ni mag‘rurona sukut saqlab, «o‘z qobig‘iga o‘ralib olishni» ma’qul ko‘rdi.
Ammo bu axdini to‘la amalga oshira olmadi, xohlasa-xohlamasa, bir qator savollarga uzoq-yuluk, bo‘lsa ham javob berishiga to‘g‘ri keldi.
Oqibat, Ivandan uning o‘tmishi haqida, hattoki taxminan o‘n besh yil burun qizilcha kasali bilan qay faslda va qanday og‘riganigacha surishtirib bilib olishdi. Ivanning javoblaridan anketaning butun bir sahifasi to‘lib, ikkinchi sahifaga o‘tildi, endi oq xalat kiygan ayol Ivanning qarindosh-urug‘lari to‘g‘risida surishtira boshladi. Xullas, tuturiqsiz ezmalik boshlandi: qarindoshlardan kimlar o‘lgan, qachon va nimadan o‘lgan, icharmidi, tanosil kasali bilan og‘rimaganmidi, hokazo va hokazo savollar. Savollar tugagach, kecha Patriarx ko‘lida sodir bo‘lgan voqeani so‘zlab berishni iltimos qilishdi, lekin uncha zo‘rlashmadi, Pontiy Pilat to‘g‘risida aytgan gapiga ajablanishmadi ham.
Shundan keyin Ivan ayoldan qutulib, erkak ixtiyoriga o‘tdi, u Ivan bilan boshqacha usulda muloqot qildi, undan hech nima to‘g‘risida so‘ramadi. U Ivanning haroratini o‘lchadi, tomirini ko‘rdi, allaqanday chiroq shu’lasini yo‘naltirib, ko‘zlarini tekshirdi. Keyin bu erkakka boshqa ayol yordamga keldi va Ivanning ikki kuragi orasiga bir nima bilan og‘riqsiz ukol qilishdi, ko‘kragiga bolg‘achaning dastasi bilan allaqanday belgilar chizishdi, bolg‘acha bilan uning gizzalariga urib ko‘rishgan edi, oyog‘i dik-dik sakrab ketdi, barmog‘idan qon olishdi, tirsagiga ukol qilishdi, qo‘llariga qandaydir rezina halqalar kiydirishdi.
Ivan bularning hammasini achchiq istehzo bilan kuzatarkan, hech kurakda turmaydigan ishlar sodir bo‘lgani haqida o‘ylardi. Tavba! Odamlarni anavi be-gona konsultantning xatarli nayranglaridan ogoohlantirmoqchi, uni shaxsan o‘zi qo‘lga tushirmoqchi edi, ammo buning o‘rniga o‘zi allaqanday sirli kabinetga tushib, Vologdada yashovchi piyanista Fyodor amakisi haqida qayoqdagi tuturiqsiz gaplarni hikoya kilib o‘tiripti. O‘taketgan bema’nilik!
Nihoyat Ivanning ketishiga ijozat berishdi. Uni yana o‘z xonasiga kuzatib qo‘yishdi, so‘ng nonushtaga bir chashka qahva, ikkita ilitilgan tuxum va moy surtilgan oq non berishdi.
Ivan ovqatning hammasini yeb, ichib bo‘lib, bu mahkamaning eng katta rahbarini kutishga, o‘sha rahbarning e’tiborini qozonishga, undan adolat talab qilishga ahd qildi.
Darhaqiqat, nonushtadan keyin xiyol o‘tar-o‘tmas u kutgan katta boshliq bilan uchrashdi. Ivan joylashgan xonaning eshigi birdan ochilib, oq xalat kiygan odamlar kirib kelishdi. Hammadan oldinda soqoli hafsala bilan olingan, qirq besh yoshlardagi xushsurat, ammo ko‘zlari judayam o‘tkir, muloyim tabiat bir odam kelardi. Qolganlarning hammasi unga siporish qilishar, e’zozlashardi, shu bois uning bu xonaga tashrifi tantanavor bo‘ldi. «Naq Pontiy Pilat!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Ivan.
Ha, shubhasiz, bu odam rahbar edi. U kursiga o‘tirdi, qolganlar tik turaverishdi.
— Doktor Stravinskiy, — deb o‘zini tanitdi kursiga o‘tirgan kishi va Ivanning chehrasiga do‘stona boqdi.
— Mana, Aleksandr Nikolaevich, — dedi soqoli sarishta kuzalgan bir odam past ovoz bilan va Ivanning hammayog‘i yozib to‘ldirilgan anketasini boshliqqa uzatdi.
«Birpasda shuncha narsa yozib tashlashipti-ya! — deb o‘yladi Ivan. Boshliq esa qog‘ozga yozilgan tanish so‘zlarga ko‘z yugurtirib chiqarkan: «Ihi, ihi…» deb qo‘ydi va atrofida turganlar bilan hamma ham tushunavermaydigan tilda bir-ikki og‘iz fikr almashdi.
«Lotin tilida ham Pilatga o‘xshab gapiryapti…» — ma’yus o‘yladi Ivan. Shu choq qulog‘iga chalingan bir so‘z uni seskantirib yubordi. Bu — kecha Patriarx ko‘li bo‘yida la’nati ajnabiy aytgan, bugun esa bu yerda professor Stravinskiy takrorlagan «shizofreniya» so‘zi edi.
«Bilgan ekan!» — hayajon bilan ko‘nglidan o‘tkazdi Ivan.
Aftidan, bu Stravinskiy hamma fikrga qo‘shilishni va hamrohlari aytgan har bir so‘zdan mamnun bo‘lib, shu mamnunligini «juda soz, juda soz» degan so‘zlar bilan ifodalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa kerak.
— Juda soz! — dedi Stravinskiy qo‘lidagi varaqni kimgadir qaytararkan. So‘ng Ivanga yuzlan-di:
— Siz — shoirsiz-a?
— Ha, shoirman, — xomush javob qildi Ivan, u umrida birinchi marta she’riyatga nisbatan qalbida qandaydir mubham nafrat uyg‘onganini his qildiyu, esiga tushgan o‘z she’rlari negadir unga yoqimsiz bo‘lib tuyula boshladi.
U o‘z navbatida aftini burishtirib Stravinskiydan so‘radi:
— Siz — professorsiz-a?
Stravinskiy bu savolga takalluf bilan bosh egib javob qildi.
— Bu yerning eng kattasi ham sizsiz-a? — deb da-vom etdi Ivan.
Stravinskiy bu gal ham bosh egib javob qildi.
— Men siz bilan gaplashib olishim kerak, — dedi Ivan Nikolaevich ma’nodor qilib.
— Men ham shu maqsadda keldim, — javob qildi Stravinskiy.
— Xullas, gap bunday, — deb gapira boshladi Ivan, endi gapirish navbati o‘ziga kelganini his qilib,
— meni bu yerda jinniga chiqarib qo‘yishdi, hech kim ga-pimni eshitishni istamayapti!..
— Aksincha, biz diqqat-e’tibor bilap eshitmoqchimiz gaplaringizni, — dedi Stravinskiy jiddiy va taskin beruvchi ohangda, — undan keyin sizni jinni deb hisoblashlariga aslo yo‘l qo‘ymaymiz.
— Unday bo‘lsa, eshiting: kecha kechqurun Patriarx ko‘li bo‘yida men bir shubhali shaxs bilan uchrashdim, ajnabiyliginiyam, ajnabiy emasliginiyam bilib bo‘lmaydigan o‘sha odam Pontiy Pilatni o‘z ko‘zi bilan ko‘ripti.
Professorni kuzatib kelganlar shoirning gaplarini qimir etmay tinglashardi.
— Pilatni-ya? U qaysi — Iso payg‘ambar zamonida yashagan Pilatmi?
— Ha, o‘sha.
— Aha, — dedi Stravinskiy, — anavi Berliozni bo‘lsa, tramvay bosib ketdi deng?
— Ha, balli, aynan shu Berliozni kecha Patriarx ko‘li yaqinida tramvay bosib ketganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, shunisi qiziqki, anavi shubhali grajdanin…
— Pontiy Pilatning tanishimi? — so‘radi Stravinskiy: chamasi u juda idrokli odam edi.
— Ha, xuddi o‘sha, — tasdiqladi Ivan, Stravinskiyni kuzatarkan, — ana shu odam. Annushka pista moyini to‘kib yubordi, deb bashorat qildi… Berlioz bo‘lsa, xuddi o‘sha moy to‘kilgan yerda toyib ketdi! Xo‘sh, bunga nima deysiz? — deb ma’nodor savol berdi Ivan, bu so‘zlaribilan u kuchli taassurot uyg‘otmoqchi bo‘lgan edi.
Agarda ruhan sog‘lom odam bo‘lsangiz, bunga: «Yo‘q, aslo», deb javob qilasiz. Siz bu yerdan ketishni istaysizmii? Marhamat. Lekin ayting-chi, bu yerdan to‘g‘ri qayoqqa borasiz?
— Qayoqqa bo‘lardi, militsiyagada, — Ivan bir oz taraddudlanib turgach, professorning tikilib boqishidan xiyol dovdirab javob qildi.
— To‘g‘ri shu yerdan-a?
— Ihi.
— Oldin uyingizga kirib chiqmaysizmi? — shu zahoti luqma tashladi Stravinskiy.
— Vaqt tig‘iz o‘zi. To men uyga kirib chiqqunimcha, u qorasini ko‘rsatmay g‘oyib bo‘lishi mumkin!
— Shunday deng. Xo‘sh, militsiyaga borib, birinchi navbatda nima deysiz?
— Pontiy Pilat haqida gapiraman, — javob qildi Ivan Nikolaevich, shunda uning ko‘z oldi xiralashganday bo‘ldi.
— Xo‘-o‘sh, juda soz! — dedi taslim bo‘lgan Stravinskiy, so‘ng soqolli odamga yuzlanib buyurdi: — Fyodor Vasilevich, marhamat qilib grajdanin Bez-domniyning shaharga chiqishiga ijozat bering. Lekin bu xona band qilinmasin, o‘rni ham yig‘ishtirilmasin. Chunki grajdanin Bezdomniy ikki soatdan keyin yana shu yerda bo‘ladi. Hay, nachora, — deb u shoirga o‘girildi, — sizga muvaffaqiyat tilamayman, negaki, muvaffaqiyat qozonishingizga zig‘ircha ham ishonmayman. Hademay ko‘rishgunimizcha xayr! — U o‘rnidan turdi, qolganlar ham qimirlab qolishdi.
— Yana qaytib kelishimga qanday asosingiz bor? — xavotirlanib so‘radi Ivan.
Stravinskiy aynan shu savolni kutayotgan bo‘lsa kerak, darhol yana o‘rniga o‘tirib, gapira boshladi:
— Asos shuki, siz ichki ishtonda militsiya idorasiga borib, Pontiy Pilat bilan shaxsan tanish bo‘lgan odamni uchratdim, deb aytishingiz bilan, o‘sha zahoti sizni g‘izillatib bu yerga olib kelishadi-yu, yana o‘zingizni aynan shu xonada ko‘rasiz.
— Ichki ishtonning bunga nima daxli bor? — so‘radi Ivan esankirab atrofga nazar tashlarkan.
— Eng muhim sabab — Pontiy Pilat. Lekin ichki ishton ham katta ahamiyatga ega. Zero, ketadigan bo‘lsangiz, egningizdagi davlat kiyimini yechib olib, sizga o‘z kiyimingizni beramiz. Ma’lumki, sizni bu yerga ichki ishtonda olib kelishgan. Holbuki, men shama qilib aytgan bo‘lishimga qaramay uyingizga kirishni xayolingizga ham keltirmadingiz. Keyin navbat Pilatga keladi-yu… ish pishadi-qo‘yadi!
Shu chog‘ birdan Ivan Nikolaevich o‘zini juda g‘alati his qila boshladi. Uning irodasi darz ketganday bo‘ldi, o‘zining zaif ekanligini, o‘zgalar maslahatiga muhtojligini his qila boshladi.
— Bo‘lmasa, nima qilay? — deb so‘radi u endi jur’atsizlik bilan.
— Bu boshqa gap! — dedi Stravinskiy. — Bu o‘rinli savol. Endi sizga aslida nima bo‘lganligini men gapirib beraman. Kecha, kimdir Pontiy Pilat va boshqa narsalar haqidagi hikoyalari bilan sizni qattiq cho‘chitib, dilingizni og‘ritgan. Oqibat, siz tajang bo‘lib, asabingiz buzilib, shahar kezib Pontiy Pilat haqida gapira boshlagansiz. Turgan gapki, sizni jinni deb hisoblashgan. Bu kechinmalardan xalos bo‘lishingiz uchun hozir yagona yo‘l — mutlaqo xotir-jamlikdir. Binobarin, siz albatta shu yerda qolishingiz kerak.
— Axir uni qo‘lga olish kerak-ku! — dedi Ivan endi yolvoruvchi ohangda.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 08
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.