Usta va Margarita - 10

Total number of words is 4157
Total number of unique words is 2006
37.9 of words are in the 2000 most common words
56.8 of words are in the 5000 most common words
63.9 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Nihoyat, sakkiz yoshlardagi afti qarimsiq bir bola avtomobilning kattakon gudogi osilgan qo‘shg‘ildirakli jajjigina velosiped minib chiqib, kattalar oyog‘i ostida o‘ralashib, g‘izillab yura boshladi.
Uchchala artist sahnada bir necha marta gir-gir aylangach, orkestrdagi barabanning vahimali sadosi ostida yugurib sahna labiga kelishgan edi, birinchi qatorda o‘tirgan tomoshabinlar «voh», deb o‘tirgan yerlarida orqaga tashlanishdi, chunki odamlarning nazarida, uchchala artist ham velosipedlari bilan birga orkestr joylashgan chuqurga yiqilib tushayotganday bo‘lib tuyulgan edi.
Lekin artistlar, velosipedlarining oldingi g‘ildiraklari musiqachilar ustiga qulagudek bo‘lgan bir paytda taqqa to‘xtashdi. Velosipedchilar «Ap!» deya qattiq qichqirishib, yerga sakrab tushdilar, ayni paytda sariq soch ayol tomoshabinlarga havoyi bo‘sa yubordi, go‘dak esa gudogini bibilatib kulgili signal berdi.
Gulduros qarsaklar binoni larzaga keltirdi, havorang parda sahnaning ikki tomonidan bir-biriga yaqinlashib kelib, velosipedchilarni ko‘zdan yashirdi, eshiklar tepasidagi «chiqish» deb yozilgan yashil chiroqlar o‘chdi, gumbaz ostidagi oppoq sharsimon chiroqlar o‘rgimchak inini eslatuvchi gimnastika dorlari oralig‘idan quyoshdek charaqlab yondi. Tanaffus boshlangan edi, shu tanaffusdan so‘ng tomoshaning oxirgi bo‘limiboshlanishi kerak.
Velosipedchi Jullilar oilasi namoyish qilgan mo‘’jizaga mutlaqo qiziqmagan yagona odam Grigoriy Danilovich Rimskiy bo‘ldi. U yolg‘iz o‘zi yupqa lablarini tishlab kabinetida o‘tirarkan, chehrasi dam-badam asabdan tirishardi. Lixodeevning g‘ayritabiiy tarzda g‘oyib bo‘lgani yetmaganday, endi hech kutilmaganda administrator Varenuxaning yo‘qolib qolgani ortiqcha bo‘ldi.
Rimskiy uning qayoqqa ketganini bilardi, ammo u shu ketganicha… qaytib kelmadi! Rimskiy yelkasini uchirib-uchirib qo‘yarkan, o‘zicha pichirladi:
— Axir qaysi gunohim uchun?!
Moliya direktoridek ishbilarmon odam uchun Varenuxa ketgan yerga qo‘ng‘iroq qilib, unga nima bo‘lganini so‘rab bilishdan oson ish bo‘lmasa ham, taajjubki, u to kechki soat o‘ngacha o‘zini bu narsaga majbur qila olmadi.
Soat o‘nga borganda Rimskiy o‘zini o‘zi majbur qilib, nihoyat telefon trubkasini qulog‘iga tutdi, tutdi-yu telefonning gung bo‘lib qolganini bildi. Kurer binodagi boshqa telefonlar ham ishlamayotganini xabar qildi. Albatta, ko‘ngilsiz, ammo unchalik g‘ayritabiiy bo‘lmagan bu hol moliya direktorini, negadir, tamomila hangu mang qilib qo‘ydi, lekin ayni paytda xursand ham qildi: u qo‘ng‘iroq qilish zaruratidan forig‘ bo‘lgan edi.
Tanaffusdan darak beruvchi qizil chiroq moliya direktorining boshi uzra endigina lip-lip yona boshlagan edi, kurer kirib ajnabiy artistning kelganini xabar qildi. Negadir moliya direktori bu xabardan bir seskanib tushdi va o‘rnidan turib, qovog‘idan qor yog‘gudek o‘shshaygancha, gastrolyorni kutib olgani parda orqasiga yo‘l oldi, chunki uni kutib olish uchun Rimskiydan boshqa hech kim qolmagan edi.
Bir guruh sinchkov odamlar: egniga zarvaraq shohi to‘n kiyib, salla o‘ragan ko‘zboyloqchilar, to‘qima oq kurtka kiygan konki uchuvchiyu upa sepib aftini oqarTirgan bayonchi va grimchilar yo‘lakda uymalashib turisharkan, har xil vaj bilan kattakon grimxonaga mo‘ralashardi.
Egniga bichimi g‘oyat antiqa va nihoyatda uzun frak kiyib, yuziga faqat ko‘zlarinigina berkituvchi qora niqob taqqan mashhur artist hammani hayratda qoldirdi. Lekin bu sehrgarning ikki hamrohi yanada alomatroq ko‘rindi. Bular: egniga katak kamzul kiyib, ko‘ziga shishasi darz ketgan pensne taqqan daroz odambilan xo‘ppasemiz qora mushuk edi — mushuk grimxonaga orqa oyoqlarida yurib kirdi, borib bemalol divanga o‘tirdi va ko‘zlarini suzib grim stoli yonidagi yalang‘och chiroqchalarni kuzata boshladi.
Rimskiy o‘zini jilmayishga majbur qilib (ammo u zaharxanda irshaydi), divanda, mushukning yonida gung bo‘lib o‘tirgan sehrgar bilan ta’zim qilib salomlashdi. Qo‘l siqib ko‘rishish bo‘lmadi. Lekin katak kamzulli naynov: «Kamina u kishining yordamchisiman», deb o‘zini tanitdi moliya direktoriga. Bu vaziyatdan moliya direktori yana noxush taajjublandi: axir shartnomada yordamchi haqida hech qanday so‘z bo‘lmagan edi-ku.
Grigoriy Danilovich, xuddi tomdan tarasha tushganday, dabdurustdan paydo bo‘lib qolgan bu katak kamzulga majburan yuzlanib, quruqqina so‘radi:
— Apparatlaringiz qaerda?
— O samoviy olmosimiz, e’zozli janob direktor, — qaltiroq ovoz bilan javob qildi sehrgar yordamchisi, — bizning apparatlarimiz, hamisha o‘zimiz bilan birga. Mana u! Eyn, tsvey, drey! — Shunday deb u Rimskiyning ko‘zi oddida g‘adir barmoqlarini aylantirib turdi-da, birdan uning tugmalari qadalgan kamzuli ichidagi nimchasining cho‘ntagiga solinib, zanjir bilan tugma teshigiga ilingan oltin soatini zanjiri bilan birga mushukning qulog‘i orqasidan oldi.
Rimskiy beixtiyor qo‘lini qorniga qo‘ydi, bu mo‘’jizaning shohidi bo‘lganlar hang-mang bo‘lib qolishdi, eshik tirqishidan mo‘ralab turgan grimchi esa mamnun bo‘lib tomoq qirib qo‘ydi.
— Sizning soatingizmi? Marhamat, oling, — surbetlarcha tirajyib dedi yordamchi va esankirab qolgan Rimskiyga uning buyumini isqirt kaftida uzatdi.
— Bunaqa odam bilan tramvayga chiqsang uying kuyadi, — deb quvnoq ohangda pichirladi bayonchi grimchining qulog‘iga.
Lekin mushuk soat voqeasidan ham antiqaroq nayrang ko‘rsatdi. U to‘satdan o‘rnidan turdi, orqa oyoqlarida yurib, ustiga ko‘zgu o‘rnatilgan stolcha oddiga bordi, old oyoqlari bilan grafin qopqog‘ini olib, stakanga suv quydi, suvni ichib bo‘lib, yana qopqoqni yopdi-da, grim lattasi bilan mo‘ylovini artdi.
Endi odamlar, og‘izlari lang ochilgancha, tillari kalimaga kelmay, serrayib qolishdi, grimchi esa zavq bilan pichirladi:
— O, qoyilman!
Shu choq qo‘ng‘iroq uchinchi marta vahima bilan chalindi va juda qiziqarli nomerlarni ko‘rish niyatida bo‘lgan odamlar grimxonadan nari keta boshlashdi.
Yana bir daqiqadan keyin tomosha zalidagi sharsimon chiroqlar o‘chdi, sahna oddidagi chiroqlar yonib, parda etagiga qizg‘ish shu’la tushdi, shunda egniga eskirgan ko‘ylak, g‘ijimlangan frak kiygan, soqol-mo‘ylovi olingan, xuddi go‘dakdek xushchaqchaq, to‘ladan kelgai bir odam parda oldida paydo bo‘ldi. Bu butun Moskvaga dovrug‘i ketgan konferanse Jorj Bengalskiy edi.
— Shunday qilib, grajdanlar, — deb gap boshladi Bengalskiy, go‘daklarga xos jilva bilan, — hozir sahnaga chiqish navbati… — shunday deb turib Bengalskiy o‘z nutqini bo‘ldi va boshqacha ohangda gapira boshladi: — Bugun, uchinchi bo‘limda tomoshabinlar yanayam ko‘paygan ko‘rinadi zalda. Bugun bu yerga shaharning yarmi yig‘ilgan! Yaqinda men bir og‘aynimni uchratib, unga: «Nega teatrimizga bormay qo‘yding? Kecha shaharning yarmi yig‘iddi bizda», — degan edim, u: «Men shaharning ikkinchi yarmida turaman!» — deb javob qildi. — Bengalskiy gurra kulgi ko‘tarilishini kutib bir oz pauza qildi, lekin hech kim kulmagach, gapini davom ettirdi: —… Shunday qilib, hozir mashhur ajnabiy artist mese Voland sehrgarlik seansini sizlarga namoyish qiladi! Lekin siz bilan biz yaxshi tushunamizki, — shu yerga kelganda Bengalskiy donishmandona jilmaydi, — sehrgarlik o‘zi dunyoda yo‘q narsa, u bid’at, xolos, lekin maestro Voland ko‘zboyloqchilik texnikasini mukammal o‘zlashtirganki, bu narsa sehrgarlik seansining eng qiziqarli qismida, ya’ni sehrgarlik texnikasini fosh etish paytida sizlarga oydinlashadi, ammo bizlar texnika va uning fosh etilishi tarafdori bo‘lganimiz sababli janob Volapdni sahnaga taklif qilamiz!
Bengalskiy shu tuturiqsiz nutqini javrab bo‘lib, ikki kaftini bir-biriga chalishtirgancha, parda oralig‘iga tiqib silkiy boshlagan edi, parda ohista shirillab ikki tomonga ochildi.
Sehrgarning o‘z daroz yordamchisi hamda orqa oyoqlarida yuruvchi mushugi bilan sahnaga chiqib kelishi xalqqa juda manzur bo‘ldi.
— Menga kreslo qo‘ying, — deb buyurdi Voland sekingina, shu zahotiyoq sahnada qayokdandir kreslo paydo bo‘ldi-yu, sehrgar unga borib o‘tirdi, — ayt-chi menga, azizim Fagot, — deb yuzlandi Voland katak kamzulli masxarabozga (chamasi, uning «Korovyov» dan boshqa ham ismi bor bo‘lsa kerak), — sen nima deysan, Moskva nufuzi tabiatida ancha o‘zgarish sodir bo‘lgan-a?
Sehrgar kresloning osmondan tushganini ko‘rib dong qotib qolgan olomonga qaradi.
— Xuddi shunday, messir, — ohista javob qildi Fagot-Korovyov.
— Gaping to‘g‘ri. Shahar aholisi zohiran juda o‘zgarib ketipti, ayni paytda, menimcha, shaharning o‘zi ham. Kiyim-boshlar to‘g‘risida-ku gapirmasa ham bo‘ladi, lekin men… haligi… nimaydi… tramvay, avtomobillarni nazarda tutyapman.
— Avtobuslarniyam, — iltifot bilan ilova qildi Fagot.
Xalq, bu suhbat— sehrgarlikning muqaddimasi bo‘lsa kerak, deb o‘ylab, uni diqqat bilan tinglardi. Sahna orqasida artistlar, sahna ishchilari g‘ij-g‘ij bo‘lib ketgan edi, ularning basharalari orasida Rimskiyning bo‘zday oqargan tajang yuzi ham ko‘zga tashlanardi.
Sahna yoniga turib olgan Bengalskiyning chehrasida taajjub alomatlari paydo bo‘ldi. U bir qoshini xiyol chimirdi-da, pauzadan foydalanib gapira boshladi:
— Xorijdan kelgan artist, texnika jihatidan rivojlangan Moskvamizga, shuningdek, Moskva aholisiga tahsin o‘qimoqda, — shunday deb Bengalskiy ikki marta: oldin parterdagilarga, keyin galereyaga qarab, jilmaydi.
Voland, Fagot va mushuk konferanse tomonga o‘girildilar.
— Nima, men tahsin o‘qidimmi? — so‘radi sehrgar Fagotdan.
— Aslo, messir, siz hech kimga hech qanday tahsin o‘qimadingiz, — deb javob qildi u.
— Bo‘lmasa, nima deb javrayapti manavi odam?
— U shunchaki yolg‘on gapirdi! — butun teatr eshitadigan yangroq ovoz bilan dedi katak kamzulli yordamchi va Bengalskiyga o‘girilib ilova qildi: — Tabriklayman sizni, yolg‘onchi grajdanin!
Galereyada kulgi ko‘tarildi, Bengalskiy bir seskanib, ko‘zlarini chaqchaytirdi.
— Lekin meni ko‘proq qiziqtirgan g‘oyatda muhim masala, albatta, avtobuslar, telefonlar va hokazolar.
— Apparatlar! — deya eslatdi katak kamzul.
— Judayam to‘g‘ri, minnatdorman, — deb yo‘g‘on ovoz bilan ohista gapida davom etdi sehrgar, — … apparatlar emas, balki shahar aholisining doxilan qanchalik o‘zgarganligidir!
— Ha, bu nihoyatda muhim masala, taqsir.
Sahna orqasida turganlar bir-birlariga qarab qo‘yib, taajjubda yelka qisa boshladilar. Bengalskiy lavlagiday qizarib, Rimskiy dokaday oqarib ketdi. Lekin shu mahal sehrgar boshlanib kelayotgan hayajonni his qildi shekilli, bunday dedi:
— Darvoqe, azizim Fagot, gapga berilib ketib, buyoqda xalqni zeriktirib qo‘yibmiz-u. Qani, boshlanishiga bironta odmiroq hunaringni ko‘rsatchi bizga..
Zal yengil tin olib, bir qo‘zg‘alib qo‘ydi. Fagot bilan mushuk rampa yoqalab ikki tomonga ketishdi. Fagot barmokdarini shaqillatgancha:
— U, to‘rt! — deb sho‘x qichqirdi-da, havodan bir dasta qarta ilib oldi, so‘ng uni chiylab turib, uzun lenta qilib mushukka uzatdi. Mushuk uni ilib olib, xuddi shu tarzda Fagotga qaytardi. Atlas qarta ilondek vishilladi, Fagot og‘zini xuddi polapondek ochgancha, bir dasta qartani bitta-bittadan yutib yubordi.
Shundan keyin mushuk orqa o‘ng oyog‘ini sudrab turib, zalga ta’zim qildi va gulduros olqishga sazovor bo‘ldi.
— Qoyil! Bunaqasi bo‘lmagan! — deb zavq bilan qichqirishardi sahna orqasida turganlar.
Fagot esa barmog‘i bilan parterga ishora qilib dedi:
— Endi, hurmatli grajdanlar, haligi qarta yettinchi qatorda o‘tirgan grajdanin Parchevskiyning cho‘ntagida, grajdanka Zelkovaga aliment to‘lash haqida suddan kelgan chaqiriq qog‘ozi bilan bitta uch so‘mlik pul orasida.
Parterda o‘tirganlar g‘imirlab, o‘rinlaridan tura boshlashdi. Nihoyat, shu payt taajjubdan qulog‘igacha qizarib ketgan bir grajdanin (uning familiyasi haqiqatan ham Parchevskiy ekan) hamyonidan qarta dastasini olib, uni nima qilishni bilmay, dam-badam boshi uzra ko‘tara boshladi.
— O‘zingizga esdalik bo‘lib qolaqolsin! — deb qichqirdi Fagot. — Axir siz kecha kechqurun ovqat paytida, agar poker o‘yini bo‘lmaganda Moskvada bir kun ham yashay olmasdim, deb bekorga aytmovdingiz-ku.
— Almisoqdan qolgan nayrang, — dedi kimdir galereyadan, — anavi parterdagi o‘zlarining sherigi bo‘lishi kerak.
— Siz shunday fikrdamisiz? — deb baqirdi Fagot, galereyaga ko‘zini suzib qararkan. — Unday bo‘lsa, siz ham bizga sheriksiz, negaki qarta hozir sizning cho‘ntagingizda!
Galereyada harakat boshlandi, so‘ng xursand bo‘lgan ovoz eshitildi:
— To‘g‘ri! Shunda ekan! Shu yerda, shu yerda… To‘xta! Ie, chervon pullarku!
Parterdagilar galereya tomonga boshlarini o‘girishdi. U yerda bir grajdanin o‘z kissasidan bank usulida bog‘lanib, ustiga «bir ming so‘m» deb yozilgan bir dasta pul topib hang-mang bo‘lib qolgan edi.
Atrofida o‘girganlar uning ustiga yopirilishdi, u esa pullar rostakammikin yo sehrli qog‘ozlarmikin deb dasta pul ustidagi qog‘ozni tirnog‘i bilan yirtishga urinardi.
— Azbaroyi xudo, rostakam pul! Chervon pullar! — deb qichqirishdi galereyadan quvonchli ovozlar.
— Men bilan ham shunaqa o‘yin o‘ynang, — deb kuldi parterning o‘rtalarida o‘tirgan bir baqaloq odam.
— Avek plezir! — dedi Fagot. — Nega endi faqat siz bilan? Hamma faol ishtirok etadi bu o‘yinda!
— keyin komanda bera boshladi: — Hamma yuqoriga qarasin!.. Bir! — shu choq uning qo‘lida pistolet paydo bo‘ldi, so‘ng: — Ikki! — deb qichqirdi. Pistoletning og‘zi osmonga qaradi. — Uch! — deb qichqirgan edi, o‘t chaqnab, «paq» etgan ovoz eshitildi-yu, gumbaz ostidan, har yoqqa tortilgan sim va arqon dorlar orasidan zalga oq qog‘ozlar yog‘a boshladi.
Qog‘ozlar gir-gir aylanib uchar, ba’zilari galereyaga, ba’zilari orkestr joylashgan yerga, hatto sahnaga ham uchib tushar edi. Bir necha soniyadan keyin tomoshabinlar ustiga pul laylakqordek gupillab yog‘a boshladi, odamlar turib ketib, pullarni ilib ola boshladilar.
Yuzlab qo‘llar havoga ko‘tarildi, tomoshabinlar o‘zlari ilib olgan qog‘oz pullarni charog‘on sahna tomonga qarab, ko‘zlariga yaqin olib borishar, ularda haqiqiy suvli belgilar borligiga, ya’ni pullarning rostakam ekanligiga ishonch hosil qilishardi. Pullarning hidi ham hech qanday shubha uyg‘otmasdi: bu
— faqat endigina bosmadan chiqqan pullargagina xos bo‘lgan jozibali hid edi. Butun teatrni avaliga shodlik, so‘ng hayrat tuyg‘usi qamrab oldi. Hammayoqdan: «Chervonlar, haqiqiy chervon pullar», — degan so‘zlar, «voy, voy-bo‘» — degan undovlar va quvnoq kulgi guvillab eshitilardi. Ba’zi birovlar kreslolar ostiga tushgan pullarni qidirib qatorlar orasida emaklay ham boshlagan edi. Ko‘pchilik o‘tirg‘ichlar ustiga chiqib olib, har tomonga shox tashlab, pirpirak bo‘lib uchib tushayotgan qog‘oz pullarni ilishga harakat qilardi.
Militsionerlar borgan sari ko‘proq hayratga kela boshlashdi, artistlar esa endi parda orqasidan bemalol mo‘ralay boshlashgandi.
Beletajdan:«Nega chang solasan? Bu meniki! Men tomonga uchib tushayotuvdi!» — degan ovoz va unga javoban: «Turtma meni, agar men seni turtsam, onangni ko‘rasan!» — deb baqirgan boshqa ovoz eshitiddi. So‘ng birdan shapaloq ovozi keldi. Shu zahoti beletajda militsioner qalpog‘i paydo bo‘lib, u yerdan kimnidir olib chiqib ketishdi.
Xullas, odamlarning hayajoni tobora ortib borardi, agarda Fagot havoga bir puflab pul yog‘inini taqqa to‘xtatmaganida bormi, oxiri nima bo‘lishini bilib bo‘lmasdi.
Ikkita yosh yigit ma’nodor va sho‘x ko‘zlarini urishtirib olib, o‘rinlaridan turishdi-yu, to‘ppa-to‘g‘ri bufetga yo‘l olishdi. Teatr misoli ari uyasi edi, tomoshabinlarning ko‘zlari asabiy chaqnardi. Ha, darhaqiqat, bu mashmashaning oqibati nima bo‘lishini hech kim ayta olmas edi — agar Bengalskiy o‘zini qo‘lga olib, joyidan qo‘zg‘almaganida. U o‘zini yaxshilab tutib olishga urinib, odati bo‘yicha kaftlarini bir-biriga ishqadi va ovozini mumkin qadar jarangdor qilib dedi:
— Shunday qilib, grajdanlar, hozir siz bilan biz ommaviy gipnoz deyiluvchi voqeaning shohidi bo‘ldik. Bu — sehrgarlikda hech qanday mo‘’jiza yo‘qligini juda aniq isbotlovchi sof ilmiy tajriba. Endi maestro Volanddan mazkur tajribani fosh qilishlarini iltimos qilamiz. Hozir, grajdanlar,siz ana shu pul bo‘lib ko‘ringan qog‘ozlarning qanday paydo bo‘lgan bo‘lsa, shunday zumda g‘oyib bo‘lishini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz.
Shunday deb u chapak chala boshladi, lekin unga bironta ham odam jo‘r bo‘lmadi, u chapak chalayotganida chehrasida ishonchli tabassum o‘ynagan edi, ammo ko‘zlarida ishonchdan asar ham yo‘q edi, uning ko‘zlari ko‘proq iltijoni ifodalardi.
Bengalskiy nutqi xalqqa yoqmadi. Butun zal shunday teran sukutga toldiki, uni faqat katak kamzulli Fagot buzdi.
— Buyam yana, hali aytganimizdek, yolg‘onchilik namunasi, — dedi u takaniki singari qaltiroq va shang‘i ovoz bilan. — Bu qog‘ozlar, grajdanlar, haqiqiy pullardir!
— Bravo! — deb bo‘kirdi bir yo‘g‘on ovoz yuqoridan.
— Sirasini aytsam, bu odam, — deb Fagot Bengalskiyni ko‘rsatdi, — jonimga tegdi. Hamma narsaga tumshug‘ini tiqyapti, qalbaki luqmalari bilan seansga putur yetkazyapti! Nima qilsak bo‘larkina buni?
— Kallasini olish kerak! — dedi galereyadan turib kimdir g‘azab bilan.
— Nima dedingiz? Labbay? — Fagot shu zahoti ilib ketdi bu yaramas taklifni. — Kallasini olish kerak? Dono fikr! Begemot! — deb baqirdi u mushukka. — Bajar! Eyn, tsvey, drey!
Shunda mutlaqo kutilmagan hol yuz berdi. Qora mushukning tuklari tikkaydi, u mudhish ovoz bilan miyovladi. Keyin g‘ujanak bo‘lib turib to‘g‘ri Bengalskiyning ko‘ksiga qoplondek sapchidi-da, uning boshiga sakrab chikdi. Mushuk xirillagancha momiq panjalari bilan konferansening siyrak sochlarini changallab oldi va vahshiyona chinqirgancha boshini ikki marta burab, yo‘g‘on bo‘ynidan uzib oldi.
Teatrdagi ikki yarim ming odam baravariga chinqirib yubordi. Bengalskiy uzilgan bo‘ynidagi tomirlaridan qon tizillab otila boshladi, uning manishkasi, fraki qonga bo‘yaldi. Zaldan ayollarning jonholatda chinqirganlari eshitildi. Mushuk uzilgan boshni Fagotga berdi, u esa boshning sochidan ushlab, uni xalqqa ko‘rsatdi, shunda bosh jon achchig‘ida butun teatrni boshga ko‘tarib baqirdi:
— Doktor chaqiringlar!
— Bundan keyin ham tuturiqsiz gaplarni javraysanmi? — dag‘dag‘a bilan so‘radi Fagot yig‘layotgan boshdan.
— Boshqa qilmayman! — deb xirilladi bosh.
— Xudo haqqi, qiynamang uni! — lojadan ayol kishining g‘oyatda o‘tkir chinqirig‘i eshitildi, sehrgar shu ovoz kelgan tomonga yuzini o‘girdi.
— Xo‘sh, grajdanlar, kechiramizmi buni? — so‘radi Fagot zalga yuzlanib.
— Kechirilsin! Kechirilsin! — avvaliga ko‘proq ayollarning ayrim-ayrim ovozlari eshitildi, keyin esa erkaklar ham ularga jo‘r bo‘lib baravar qichqira boshlashdi.
— Sizning fikringiz, messir? — so‘radi Fagot niqob taqqan sehrgardan.
— Xay, nima ham deymiz, — o‘ychanlik bilan dedi u, — bular — odamzod axir. Pulni yaxshi ko‘rishadi, lekin o‘zi hammavaqt shunday bo‘lgan-ku… Butun insoniyat pulni yaxshi ko‘radi, u nimadan yasalgan bo‘lmasin — teridanmi, qog‘ozdanmi, bronzadanmi, oltindanmi — bari bir. Chunki ular yengiltak xilqatlardir… Xay, nachora… ularning qalblarida ba’zan shafqat tuyg‘ulari ham uyg‘onib qoladi… oddiy bandalar… umuman, qadimgi odamlarga o‘xshab ketishadi bular ham… faqat uy-joy masalasi odamgarchilikdan chiqaribdi! — So‘ng baland ovoz bilan buyurdi: — Boshini o‘rniga joylashtiring.
Mushuk yaxshilab mo‘ljallab turib boshni bo‘yinga qo‘ndirdi, oqibat, kalla hech qachon tanasidan ajralmaganday, o‘z o‘rniga puxta joylashdi. Eng muhimi, bo‘yinning uzilgan yerida hech qanday chandiq izi qolmadi. Mushuk Bengalskiyning fraki va manishkasini panjasi bilan yelpigan edi, ulardagi qon dog‘idan asar ham qolmadi, Fagot yerda o‘tirgan Bengalskiyni oyoqqa turg‘azdi, frakining kissasiga bir dasta pul solib qo‘yib, uni sahnadan chiqarib yuborarkan, dedi:
— Qani, tuyog‘ingizni shiqillating! Qaytaga sizsiz yaxshiroq vaqtichog‘lik qilamiz.
Konferanse atrofga bezrayib qarab, gandiraklagancha bir amallab o‘t o‘chiruvchi postiga yetib bordi, lekin shu yerga yetganda ahvoli og‘irlashdi. U ayanchli chinqirdi:
— Voy boshim, boshim!
Uning oldiga boshqalar qatori Rimskiy ham yugurib bordi. Konferanse yig‘lar, qo‘llari bilan havoda bir nimani ushlamoqchi bo‘lar va g‘o‘ldirardi:
— Boshimni beringlar! Boshimni qaytarib beringlar! Mayli, kvartiramni, suratlarimni olinglar, faqat boshimni qaytarib bersanglar bo‘lgani!
Kurer vrach chaqirgani yugurdi. Bengalskiyni grimxonadagi divanga yotqizmoqchi bo‘lishuvdi, u odamlarni siltab, tepib to‘polon qila boshladi. Izvosh chaqirishga to‘g‘ri keldi. Baxtiqaro konferanseni olib ketishgandan keyin Rimskiy yana sahna tomon yugurib, u yerda yangi mo‘’jizalar sodir bo‘layotganini ko‘rdi. Ha, aytganday, shu mahalmi yo bundan sal oldinroqmi,harholda sehrgar o‘zi o‘tirgan eski kreslo bilan birga sahnadan g‘oyib bo‘lgan, ammo shuni aytish kerakki, Fagot sahnada namoyish qilayotgan g‘ayrioddiy narsalarga mahliyo xalq Volandning g‘oyib bo‘lganini mutlaqo payqamagan edi.
Fagot esa jabrlangan konferanseni chiqarib yuborgach xalqqa shunday degan edi:
— Mana endi, anavi xira pashshadan qutulganimizdan keyin, kelinglar, ayollar magazinini ochamiz!
Shu zahotiyoq sahna sahniga eroniy gilamlar yoyildi, ikki biqinidan trubkasimon och-yashil chiroqlar bilan yoritilgan katta-katta toshoynalar va ular oralig‘ida vitrinalar paydo bo‘ldi, shodiyona hayratga kelgan tomoshabinlar va vitrinalarda Parijda tikilgan turli rang va bichikdagi ayollar ko‘ylaklarini ko‘rishdi. Bu ko‘ylaklar bitta vitrinaga joylashgan bo‘lsa, boshqalarida ayollarning har xil: pat qadalgan va patsiz, to‘qali va to‘qasiz yuzlab shlyapalari, shuningdek, qora, oq, sariq rangdagi, charmdan, atlasdan, mayin charmdan tikilgan, tasmali va tugmali behisob tuflilar paydo bo‘ldi. Shu tuflilar orasida qutichalarda chiroq shu’lasida tovlanuvchi billur atir shishachalar. Kiyik terisidan, duxoba charmdan, shohidan tikilgan tog‘-tog‘ sumkachalar, ular orasida zarb qilingan, cho‘zinchoq oltin g‘ilofchalarda lab bo‘yoqlari.
Shu payt qay go‘rdandir paydo bo‘lgan, egniga anjumanbop qora libos kiygan, bo‘ynidagi g‘oyat alomat chandig‘i bo‘lmasa, chinakam sohibjamol ko‘rinuvchi mallasoch qiz vitrinalar oldida turib, shu yerning bekasi sifatida tabassum qildi.
Fagot shiringina jilmayib, parijcha fasondagi bu ko‘ylaklaru poyabzalni firma, siz — ayollarning kiyilgan, eski ko‘ylaklaringiz, poyabzallaringizga ayirboshlaydi, deb e’lon qildi. Sumkachalar, atir va boshqa buyumlar to‘g‘risida ham shunday ayirboshlash bo‘lishini ilova qildi..
Shu payt mushuk orqa oyoqlarini bir-biriga urib, ayni chog‘da oldingi oyoqlari bilan eshikog‘asiga xos harakat qildi.
Qiz esa anchagina mujmal, ammo parterdagi ayollarning chehrasiga qaraganda kishini vasvasaga soluvchi bir qo‘shiqni chuchuk til bilan xirillab, ammo shirin qilib kuyladi:
— Xerlen, Shanel nomer besh, Mitsuko, Narsis Nuar, anjuman ko‘ylak, kokteyl ko‘ylak…
Fagot egilib-bukilar, mushuk ta’zim qilar, qiz oynavand vitrinalarni ochardi.
— Marhamat! — deb shang‘illardi Fagot. — Hech tortinmasdan, takallufsiz kelaveringlar!
Xalq bezovta bo‘la boshladi, lekin hozircha sahnaga chiqishga hech kim jur’at etmadi. Biroq mana, qorachadan kelgan bir ayol parterning o‘ninchi qatoridan turdi va hech qanaqa gap-so‘zga parvo qilmaydigan odamdek jilmayib, yon tomondagi zinachadan sahnaga chikdi.
— Bravo! — deb qichqirdi Fagot. — Eng birinchi mehmonni qutlayman! Begemot, kreslo! Poyabzaldan boshlaymiz, madam.
Ayol kresloga o‘tirdi. Fagot shu zahoti ayolning oyog‘i ostiga, gilamga olam-jahon tuflilarni to‘kib tashladi.
Qorasoch ayol o‘ng oyog‘idagi tuflini yechib, och binafsha rang tuflini kiyib ko‘rdi, gilamda turib, poshnasini bosib ko‘rdi.
— Oyog‘imni siqmasmikin? — o‘ychanlik bilan so‘radi ayol.
Bunga javoban Fagot ranjib dedi:
— Yo‘g‘-e, nima deyapsiz? — mushuk ham xafa bo‘lib miyovlab qo‘ydi.
— Men oldim shu tuflini, mose, — dedi qorasoch ayol viqor bilan va ikkinchi oyog‘iga ham tufli kiya boshladi.
Ayolning eski tuflilari parda orqasiga otib yuboildi, uning o‘zi ham mallasoch qiz va Fagotning kuzatuvida o‘sha tomonga yo‘l oldi; Fagot yelkasiga bir nechta modali ko‘ylaklarni tashlab olgan edi. Mushuk yugurib-elib ko‘maklashar, savlatliroq bo‘lsin uchun bo‘yniga santimetr osib olgan edi.
Yana bir daqiqadan keyin qorasoch ayol parda orqasidan shunday antiqa ko‘ylakda chiqib keldiki, buni ko‘rib butun parter birvarakayiga xo‘rsinb yubordi. Endi nihoyatda dilbar bo‘lib ketgan dovyurak ayol toshoyna qarshisida turib, yalang‘och yelkalarini uchirdi, ensasidagi sochiga ohista qo‘lini tekkizib qo‘ydi va o‘zining orqa tomonini ko‘zguda kurishmaqsadida buralib qaray boshladi.
— Firmamiz ushbuni esdalik uchun qabul qilishingizni so‘raydi, — dedi Fagot va qorasoch ayolga atir shisha o‘rnatilgan qopqog‘i ochiq quticha uzatdi.
— Mersi, — dedi ayol viqor bilan va zinadan tushib parter sari yura boshladi. U borar ekan, yo‘l-yo‘lakay tomoshabinlar o‘rinlaridan turib, qutichani ushlab ko‘rishardi.
Shu payt birdan o‘pqon ochildiyu, zalning ham-mayog‘idan ayollar sahna tomon oqa boshladilar. Olomonning hayajonli g‘ovur-g‘uvuri, kulgisi va ohu vohlari orasidan bir erkakning: «Sahnaga chiqishingga yo‘l qo‘ymayman!» — degan ovozi va ayol kishining unga: «Zolim va meshchan er, qo‘limni qayirmang!» — deb chinqirgani eshitildi. Ayollar parda orqasiga o‘tishar, u yerda o‘z liboslarini qoldirib, yangisini kiyib chiqishardi. Zarrin oyoqli kursilarda qator tizilishib o‘tirib, oyoqlariga loyiq tuflilarni kiyib ko‘rishardi. Fagot tiz cho‘kib olib, qo‘lidagi shoxdan yasalgan qoshiq bilan ayollarga ko‘maklashar, halloslagancha quchoq-quchoq sumkachalar va tuflilarni vitrinadan kursilar turgan yerga olib kelar, qaytarib olib ketardi, bo‘ynida chandig‘i bor oyimqiz esa goh paydo bo‘lar, goh yana g‘oyib bo‘lardi, endi u bora-bora butkul frantsuzcha javray boshlagan edi,ammo eng qizig‘i shundaki, hamma ayollar, hattoki bitta ham frantsuzcha so‘zni bilmaydigan ayollar ham, uning so‘zlarini endi gapi tugamasdanoq tushunib olardilar.
Ayollar orasida suqilib sahnaga chiqib olgan bir erkak hammani hayron qoldirdi. U xotini gripp bo‘lib uyda yotganini, shu sababli o‘zi orqali xotiniga biron nima berib yuborishlarini so‘radi. Bu grajdanin, haqiqatan ham xotini borligini isbotlash uchun, pasportini ko‘rsatishga ham tayyor edi. G‘amxo‘r erning bu bayonotini xalq qah-qah urib qarshi oldi, Fagot pasportsiz ham sizga o‘zimga ishonganday ishonaman deb shang‘illadi-da, erkakka ikki juft ipak paypoq tutqazdi, mushuk esa siyloviga bir qutichada lab bo‘yoq berdi.
Kechikkan ayollar sahnaga otilishar, ayni paytda bal ko‘ylaklari, ajdar gulli pijamalar, sipo tashrif liboslari, bir qoshga bostirilgan shlyapalar kiygan baxtiyor ayollar sahnadan tizilishib tushib kelishardi.
Shu payt Fagot, vaqt kech bo‘lgani sababli yana bir daqiqadan keyin magazin ertaga kechqurungacha yopiladi, deb e’lon qilgan edi, sahnada g‘ayri tavsif besaranjomlik boshlandi. Ayollar oyoqlariga kiyib ham ko‘rmasdan tuflilarga apil-tapil chang sola boshlashdi. Bir ayol sahna orqasiga naq bo‘rondek uchib kirib, egnidagi kiyimini shartta yechib tashladi-yu, qo‘liga ilingan birinchi libosga — parcha-parcha gulli shoyi xalatga chang soldi, bundan tashqari, yana ikki shisha atirni ham ilib ketdi.
Rosa bir daqiqadan keyin pistoletdan o‘q uzilib, toshoynalar g‘oyib bo‘ldi, vitrina va kursilar qayoqqadir cho‘kdi, gilam ham, darpardalar ham havoda erib yo‘q bo‘ldi. Eng oxirida tog‘-tog‘ bo‘lib uyilib yotgan eski ko‘ylaklaru poyabzallar g‘oyib bo‘ldi va sahna yana avvalgi bo‘m-bo‘sh huvillagan holiga kirdi.
Ana shunda oraga yangi personaj aralashdi.
Ikkinchi lojadan bir xushovoz erkakning yoqimli va jarangdor ovozi eshitildi:
— Har qalay, grajdanin artist, hozirning o‘zida fokuslaringizning texnikasini, ayniqsa qog‘oz pul borasidagi fokusingizni tomoshabinlarga fosh qilishingizni istardik. Shuningdek, yana, konferanseni sahnaga qaytarsangiz yaxshi bo‘lardi. Uning taqdiri tomoshabinlarni hayajonga solmoqda.
Bu xushovoz tomoshabin bugungi tomoshaning faxriy mehmoni, Moskva teatrlari akustika komissiyasining raisi kimsan— Arkadiy Appollonovich Sempleyarov edi.
Arkadiy Appolonovich lojada ikki ayol bilan o‘tirardi: ularning biri — moda bo‘yicha va qimmatli kiyim kiygan, ancha yoshga borib qolgan, ikkinchisi — odmigina kiyingan yosh va ko‘hlikkina edi. Keyinroq protokol tuzilgan paytda ma’lum bo‘ldiki, birinchi ayol Arkadiy Appolonovichning xotini, ikkinchisi esa — uning uzoq qarindoshi bo‘lib, u Saratovdan kelgan va hozirgi paytda shu Sempleyarovlarning kvartirasida yashab turgan kelajagi porloq yosh aktrisa ekan.
— Pardon! — deb javob qildi Fagot. — Meni avf tgasiz, buning hech qanday fosh qiladigan tomoni yo‘q, xammasi tushunarli.
— Yo‘q, kechirasiz! Fosh etish shart. Shusiz bu ajoyib nomerlaringiz dilda og‘ir asorat qoldiradi. Tomoshabin ahli izoh talab qiladi sizdan.
— Tomosha ahli, — deb surbet masxaraboz Sempleyarovning so‘zini bo‘ldi, — hech nima talab qilgani yo‘q shekilli? Ammo, sizning mo‘’tabar istagingizni e’tiborga olib, Arkadiy Appolonovich, mayli, men fosh qilaman. Lekin undan oldin yana bitta kichkinagina nomer ko‘rsatishga ijozat bersangiz!
— Bemalol, — javob qildi Arkadiy Appolonovich muruvvat ko‘rsatib, — ammo oxirida albatta fosh qilish bo‘lsin.
— Bosh ustiga, bosh ustiga. Shunday qilib, qani, savolimga javob bering-chi, kecha kechqurun qaerda edingiz, Arkadiy Appolonovich?
Mana shu noo‘rin, hatto tahqirona desa ham bo‘ladi, savolni eshitgan Arkadiy Appolonovichning chehrasi o‘zgardi, o‘zgargandayam juda yomon o‘zgarib ketdi.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 11
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.