Usta va Margarita - 04

Total number of words is 4287
Total number of unique words is 2045
38.5 of words are in the 2000 most common words
58.1 of words are in the 5000 most common words
68.2 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Pilat so‘zlarni qichqirib-qichqirib aytarkan, ayni paytda, g‘ulg‘ula o‘rnini teran sukunat egallay boshlaganini his qila boshladi. Endi na bironta «tiq» etgan tovush, na birovning yengil tin olgani chalinardi uning qulog‘iga, hattoki bir payt, atrofidagi butun muhit tamoman g‘oyib bo‘lgandek ham tuyuldi Pilatga. Uning nazarida, o‘zi yomon ko‘rgan bu shahar butkul o‘lganday, yolg‘iz o‘zi boshini osmonga tirab, quyoshning tik shu’lasi ostida qovrilib turgandek bo‘ldi. Pilat sukunatni yana bir oz cho‘zdi, so‘ng chinqirib gapira boshladi:
— Hozir sizlarning ko‘z oldingizda ozod qilinadigan mahbusning ismi….
U ismni aytishdan oldin yana bir marta sukut qilib, biron gap yodimdan ko‘tarilmadimikin, deb ko‘nglidan o‘tkazdi, negaki, baxtiyor mahbusning nomi e’lon qilingach, bu o‘lik shaharga jon kirishini, undan keyin aytilgan so‘zlarning birontasini ham hech kim eshitmasligini yaxshi bilardi.
«Hamma gapni aytib bo‘ldimmi? — tovushsiz pichirladi Pilat o‘ziga o‘zi. — Ha. Ismi qoldi!»
So‘ng u «r» harfiga urg‘u berib sukutga tolgan olomon uzra qichqirdi:
— Var-ravvan!
Pilatning nazarida quyosh jaranglab, birdan yorilib ketgandek, olov bo‘lib qulog‘iga quyilayotgandek bo‘ldi. Bu olov to‘fonida hayqiriq, chinqiriq, faryod, qahqaha va hushtak sadolari jo‘sh urib butun maydonni boshga ko‘targandi.
Pilat orqasiga o‘girildi, qoqilib ketmaslik uchun ko‘zini supa sahniga terilgan rang-barang go‘shamalarga tikkancha, hech kimga qaramay, pillapoya tomon yura boshladi. Endi, uning orqasida, supaga bronza tangalar, xurmolar do‘lday yog‘ila boshlagan, olomon esa yuz bergan mo‘’jizani — ajal changaliga tushgan odamning endi u changaldan qanday qutulib chiqqanini, mahbusning so‘roq paytida lat yegan qo‘llarini legionerlar beixtiyor og‘ritib yecha boshlaganini, uning esa og‘riqdan aftini bujmaytirib, «voy-voy» lab bo‘lsa ham, telba odamlarday ma’no-siz tirjayishini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun uzluksiz na’ra tortib, bir-birini toptab, bir-birining yelkasiga mingashayotgan ediki, buni Pilat ko‘rmasa ham aniq tasavvur qilardi.
Ayni paytda u qolgan uchta mahbusni soqchilar qo‘llarini yechmay, shahar tashqarisidagi Taqir Toqqa olib boruvchi mag‘rib yo‘liga olib chiqish uchun pillapoya tomon boshlab borayotganini ham his qilgan edi. Pilat supadan tushib, uning panasiga o‘tgandan keyingina, o‘zini xavfdan xoli ekanligini payqab (endi u o‘limga mahkum qilinganlarni ko‘ra olmas edi), ko‘zini ochdi.
Uning shohsupadan turib aytgan gaplarini, endi jarchilar ba’zilari arameya, boshqalari yunon tilida chinqirib takrorlayotgai ediki, xiyla aniq eshitilayotgan bu chinqiriqlar olomonning asta-asta pasaya boshlagan nolasi bilan omixta bo‘lib ketgan edi. Pilatning qulog‘iga yana tobora yaqinlashib kelayotgap otlar dupuri va quvnoq tarzda qisqa-qisqa ijroetilgan harbiy karnay sadosi ham eshitildi. Bu tovushlarga javoban bozor boshidan Hippodrom maydoniga olib chiquvchi ko‘chadagi uylarning tomlariga chiqib olgan bolalarning quloqni batang qilgudek o‘tkir hushtaklari va «po‘o‘sht, po‘-o‘sht!» — deb qichqirgan ovozlar yangradi.
Maydonning odamlardan tozalangan qismida turgan bir askar birdan hayajonlanib, qo‘lidagi bayroqchani silkidi, shunda prokurator, legion sarkardasi, kotib va soqchilar yurishdan to‘xtashdi.
Maydonga, otlarni tobora jadalroq choptirib, suvoriylar kirib keldi, u xalq to‘plangan yerni chetlab o‘tish va Taqir Toqqa eng qisqa yo‘ldan tezroq yetib olish uchun, tok barglariga burkangan tosh devor bo‘ylab cho‘zilgan yo‘ldan kelayotgan edi.
Eng oldinda otini uchirib kelayotgan jussasi o‘g‘il bolaniki singari chog‘gina, qora badan suriyalik komandir yigit Pilatga yaqinlashgach, chiyillagan ovoz bilan bir nima dedi va shamshirini g‘ilofidan sug‘irdi. U mingan, terlab ko‘pik bo‘lib ketgan qora ot hurkib orqa oyoqlariga turdi. Komandir shamshirini g‘ilofga solib, otning bo‘yniga qamchi urdi va jilovini bo‘sh qo‘yib tor ko‘cha tomon uchirdi. Qolgan suvoriylar uchta-uchtadan bo‘lib uning orqasidan ko‘cha changitib ot choptirib borar-kanlar, bambukdan yasalgan yengil nayzalarining uchi lik-lik sakrardi. Boshlaridagi oq salla tufayli yuzlari yana ham qoraroq ko‘ringan bu suvoriylar oppoq tishlarini irshaytirib prokurator yonidan shamoldek yelib o‘tishdi.
Otliq qo‘shin hammayoqni changga burkab, tor ko‘chaga o‘qday otilib kirib ketdi, eng oxirida Pilatning yonidan oftobda yaraqlagan karnaychasini orqasiga osib olgan suvoriy o‘tdi.
Pilat norozi qiyofada aftini bujmaytirib, qo‘li bilan og‘iz-burnini changdan to‘sgancha, qasr bog‘ining darvozasi tomon yurdi, sarkarda, kotib va soqchilar unga ergashdilar.
Vaqt ertalabki soat o‘nlar edi.
Uchinchi bob
YETTINCHI DALIL
— Ha, ertalabki soat o‘nlar edi, muhtaram Ivan Nikolaevich, — dedi professor.
Shoir endigina uyqudan uyg‘ongan odamdek, qo‘li bilan yuzini siladi va shundagina Patriarx ko‘li bo‘yida qosh qoraya boshlaganini sezdi.
Hovuz suvi qoramtir tusga kirgan, uning sathida yengil qayiq suzardi, eshkaklarning suvni shapillatgani, qayiqda o‘tirgan ayolning hiringlab kulgani eshitilardi. Xiyobonlardagi skameykalarda odamlar paydo bo‘lipti, lekin ular ko‘lning ham-suhbatlarimiz o‘tirgan tomonidagi xiyobonlardagina ko‘rinishardi.
Moskva osmoni xiyla oqargan, samodagi to‘lin oy yaqqol ko‘zga tashlanib turardi, ammo u hali zarrin libos kiymagan, ogshoq edi. Nafas olish ancha yengil-lashdi, jo‘ka ostida o‘tirganlarning ovozi oqshomona, mayin eshitila boshladi.
«Butun boshli qissa to‘qib tashlapti-yu, men qanday qilib sezmay qoldim-a?.. — deb o‘yladi Bezdomniy hayratlanib. — Ana, kech ham kiripti! Balki qissani u aytmagandir, ehtimol uxlab qolgandirmanu tushimga kirgandir?»
Biroq qissani professor hikoya qildi deb faraz qilishga to‘g‘ri keladi, aks holda, bu qissa Berliozning ham tushiga kirgan deb o‘ylash kerak bo‘ladi, negaki u ajnabiy odamning yuziga diqqat bilan tikilib turib bunday dedi:
— Qissangiz nihoyatda maroqli, professor, garchi u «Injil» rivoyatlarining birontasiga ham mutlaqo to‘g‘ri kelmasa-da.
— Afv etasiz, — dedi professor ko‘ngilchanlik bilan jilmayib. — Injilda yozilgan hikoyatlarning hech biri, hech qachon bo‘lmagan ekanligini boshqalar bilmaganda ham, siz bilishingiz lozim, binobarin, agar biz «Injil» ga tarixiy manba sifatida yondashadigan bo‘lsak… — deb u yana jilmaydi, shunda Berliozning dami ichiga tushib ketdi, chunki boya Bronnaya ko‘chasi bo‘ylab bu yerga kelishayotganda Bezdomniyga o‘zi ham aynan shu ganlarni aytgan edi.
— Buku to‘g‘ri, — dedi Berlioz, — ammo hozir siz aytib bergan voqeaning ham bo‘lganligini hech bir kimsa tasdiqlay olmasa kerak, deb qo‘rqaman.
— E, yanglishasiz! Buni hamma tasdiqlashi mumkin! — deb professor yana tilni buzib, ammo qat’iy ishonch bilan gapira boshladi, so‘ng kutilmaganda, bir sirni oshkor etmoqchi bo‘lganday, ikki do‘stni o‘ziga yaqinroq imladi.
Ular professorning ikki tomonidan unga engashib quloq tutdilar, endi u yana betalaffuz gapira boshladiki, uning nega goh betalaffuz, goh talaffuz bilan gapirishini xudoning o‘zi bilardi:
— Gap shundaki… — professor u yoq-bu yoqqa olazarak bo‘lib qarab qo‘ydi, — men shaxsan o‘zim shohid bo‘lganman bu voqealarga. Pontiy Pilatning huzurida rovonda ham, u Kaifa bilan gaplashayotganida bog‘da ham, shohsupada ham bo‘lganman, faqat maxfiy tarzda, ya’ni inkognito desayam bo‘ladi, shu bois o‘tinaman sizlardan — bu haqda hech kimga lom-mim demay, sir saqlasangiz!.. Tss!
Jim bo‘lib qolishdi, Berliozning rangi oqarib ketdi.
— Siz… siz qachon keldingiz Moskvaga? — titroq ovoz bilan so‘radi u.
— Men Moskvaga hozirgina, shu daqiqada kirib keldim, — esankirabroq javob qildi professor, shu gapdan keyingina ikki o‘rtoq uning ko‘zlariga tikilibroq qarashdi va uning chap ko‘zi ko‘k va butkul jununvash, o‘ng ko‘zi esa — qora, beziyo, o‘lik ekanligiga shohid bo‘lishdi.
«Mana, hamma narsa oydinlashdi-qoldi! — deb o‘yladi Berlioz yuragi bejo urib, — jinni nemisni yuborishipti yo bo‘lmasa, hozir shu yerda jinni bo‘lib qolgan. Ana xolos!»
Ha, darhaqiqat, hamma narsa: marhum faylasuf huzuridagi g‘oyat antiqa nonushtayu pista moyi va qandaydir Annushka haqidagi tuturiqsiz gaplaru Berliozning boshi uzilishi haqida aytilgan bashoratu hokazo va hokazolar sababi oydinlashgan edi — professor telba edi.
Berlioz nima ish qilishi kerakligini darhol tushundi. U skameykaga suyanib, professorning orqasidan Bezdomniyga, o‘chakishma, demoqchi bo‘lganday ko‘z qisdi, ammo dovdirab qolgan shoir do‘stining imosiga tushunmadi.
— Ha, ha, ha, — to‘lqinlanib derdi Berlioz, — lekin bo‘lishi mumkin! Hatto judayam bo‘lishi mumkin, Pontiy Pilat ham, rovon ham, qolgan gaplar ham… Siz yolg‘iz keldingizmi yo rafiqangiz bilanmi?
— Yolg‘iz, yolg‘iz o‘zim, men hamisha yolg‘izman, — hasrat bilan dedi professor.
— Buyumlaringiz qaerda, professor? — mug‘ambirlik bilan luqma tashladi Berlioz. — «Metropol» dami? Qaerga qo‘ndingiz?
— Menmi? Hech qaerga, — deb javob qildi telba nemis, ko‘k ko‘zini o‘ynatib, Patriarx ko‘liga ma’yus va vahshiyona nazar tashlarkan.
— Ie! Unda… qaerda yashamoqchisiz?
— Sizning kvartirangizda, — deb surbetlik bilan javob qildi telba va ko‘z qisib qo‘ydi.
— Ba… bajonu dil… u… — deya g‘o‘ldiradi Berlioz, — lekin menikida turish sizga o‘ng‘aysiz bo‘ladi-da… «Metropol» da esa xonalar g‘oyat shinam, u eng yaxshi mehmonxona…
— Shayton ham yo‘q deng? — dabdurustdan quvnoq ohangda savol berdi telba Ivan Nikolaevichga.
— Shayton ham…
— Ra’yini qaytarma! — pichirladi Berlioz, professorning orqasidan unga imo-ishora qilarkan.
— Hech qanaqa shayton yo‘q! — deb tuturiqsiz gaplardan gangib qolgan Ivan Nikolaevich chinqirib o‘rinsiz gaplarni aytib yubordi. — Qayoqdan keddi bu dardisar?! Bas qiling jinnilikni…
Shu payt telba qah-qah urib kulib yuborgan edi, tepalaridagi jo‘ka shoxiga qo‘nib o‘tirgan chumchuq pir etib uchib ketdi.
— O, bu endi bag‘oyat qiziq gap bo‘ldi, — deya xoxolardi professor butun gavdasi bilan silkinib. — Mamlakatinglar qanaqa o‘zi, nimani so‘rasang — yo‘q! — U birdan xoxolashdan taqqa to‘xtab, mutlaqo teskari kayfiyatga o‘tdiki, ruhiy kasallarda bunday holning sodir bo‘lishi tushunarli edi: — Demak, shunday qilib, yo‘qmi? — g‘ijinib, jahl bilan baqirdi u.
— Tinchlaning, o‘zingizni bosing, professor, — deb g‘o‘ddirardi Berlioz bemorning asabi buzilishidan xavotirlanib. — Siz shu yerda o‘rtoq Bezdomniy bilan bir minutgina o‘tirib turing, men muyulishga g‘ir etib borib, telefon qoqib kelaman, keyin sizni xohlagan yeringizga kuzatibqo‘yamiz. Siz axir shaharni yaxshi bilmaysiz-ku…
Berlioz to‘g‘ri reja tuzgan edi: eng yaqin avtomat-telefonga g‘izillab borib, xorijiylar byurosiga, ajnabiy bir konsultant Patriarx ko‘lida es-hushi noraso hodda o‘tirgani haqida xabar qilmoqchi edi. Xullas, darhol chora ko‘rish kerak, aks holda qandaydir ko‘ngilsiz bema’nilik yuz berishi muqarrar edi.
— Telefon qilasizmi? Mayli, qila qoling, — ma’yus rozi bo‘ldi bemor, keyin birdan zo‘r hissiyot bilan ilova qildi: — Lekin vidolashuv oldidan o‘tinib so‘rayman sizdan, hech bo‘lmasa, shaytonning borligiga ishoning! Yagona iltimosim shu. Bilingki, buni isbotlovchi yettinchi dalilmavjud, u eng ishonchli dalil! Hademay bunga o‘zingiz shohid bo‘lasiz.
— Yaxshi, yaxshi, — dedi yasama iltifot bilan Berlioz va telba nemisni qo‘riqlab o‘tirishdek mashaqqatdan sarosimaga tushgan shoir do‘stiga ko‘z qisib qo‘ydi-da, Bronnaya ko‘chasi bilan Yermolaevskiy tor ko‘chasi muyulishiga chiqadigan yo‘lak tomon otildi.
Professor esa darhol sog‘ayib, chehrasi yorishib ketdi.
— Mixail Aleksandrovich! — deb qichqirdi u Berliozning orqasidan.
U seskanib ketib, orqasiga o‘girildi ammo ismi-sharifimni professor bironta gazetada o‘qigandirda, degan xayolga borib, o‘ziga tasalli berdi. Professor esa qo‘llarini og‘ziga karnay qilib qichqirdi:
— Nima deysiz, hoziroq Kievdagi pochchangizga telegramma yuboraverishsinmi?
Yana Berliozning eti jimirlab ketdi. Kievda pochchasi borligini qayoqdan bila qolipti bu telba? Axir bu to‘g‘rida bironta ham gazeta hech qachon yozmagan edi-ku. Voajab, Bezdomniyning shubhasi to‘g‘riga o‘xshaydi shekilli? Ko‘rsatgan hujjati soxta bo‘lsa-ya? Judayam g‘ayritabiiy nusxa. Qo‘ng‘iroq qilish kerak! Darhol qo‘ng‘iroq qilish kerak! Kimligini bir zumda aniqlab olishadi!
Berlioz boshqa hech bir gapga quloq solmay chopa ketdi.
Xuddi shu payt, Bronnaya ko‘chasiga chiqaverishda, skameykadan bir odam muharrirga peshvoz turdi — bu odam boya quyosh shu’lasida quyuq va qaynoq havodan vujudga kelgan grajdaninga quyib qo‘ygandek o‘xshab ketardi. Lekin endi u shisha singari tiniq ham, nafis ham emas, balki oddiy odamlardek jismdan tashkil topgan edi; qosh qoraya boshlagan bu paytda, Berlioz u odamning mo‘ylovi tovuq patiga o‘xshashini, munchokdek kichkina ko‘zlari shirakayf va kinoyali boqayotganini, yuqori tortib kiygan katak-katak matodan tikilgan shimining pochalari ostida esa isqirt oq paypoqlarini aniq ko‘rdi.
Mixail Aleksandrovich cho‘chib orqasiga tisarildi, lekin shu zahoti, ahmoqona o‘xshashlik bu, xolos, umuman hozir bu hakda bosh qotirib o‘tiradigan payt emas, deb o‘ziga taskin berdi.
— Turniket qidiryapsizmi, grajdanin? — deb so‘radi katak shim kiygan nusxa qaltiroq ovoz bilan. — Buyoqqa marhamat qilsinlar! To‘ppa-to‘g‘ri ko‘zlagan yeringizga chiqasiz. Yo‘l ko‘rsatganim evaziga, aslida choraktaga olishim kerak edi sizdan… salomatlikni tiklash uchun… sobiq regent! — nusxa qiyshanglab boshidan jokeylar kepkasini yechgancha, qulochini keng yozib ta’zim qildi.
Berlioz tilanchi va qiyshang‘i regentga quloq solib o‘tirmay, turniket oldiga yugurib bordiyu uni ushladi. So‘ttg uni aylantirib o‘tib, endi tramvay iziga qadam qo‘ymoqchi bo‘lgan edi, ko‘ziga qizil va oq shu’la urildi, shisha qutidagi: «Tramvaydan ehtiyot bo‘l!» — degan yozuv yarq etib yondi.
Shu zahoti Yermolaev tor ko‘chasidan chiqqan tramvay yangi yotqizilgan izdan Broshtaya ko‘chasiga burildi. U muyulishda qattiq bir chiyillab, to‘g‘ri yo‘lga chiqib oldi-yu, birdan ichi elektr shu’lasidan yaraqlab ketib, tezligi oshdi.
Ehtiyotkor Berlioz, garchi bexavotir yerda turgan bo‘lsa ham, qayta turniket g‘altagi orqasiga o‘tib turmoqchi bo‘ldi va uning bandini ushlab, orqasiga bir qadam qo‘ydi. Xuddi shu payt, qo‘li sirg‘alib, g‘altak bandini qo‘yib yubordi, oyog‘i tramvay iziga qiyalab tushgan tosh yo‘ldan xuddi yaxmalak otgandek sirpanib ketdi, ikkinchi oyog‘i yuqoriga ko‘tarilib ketdi-yu, Berlioz tramvay iziga borib tushdi.
U biron nimani ushlab olishga urinib chalqanchasiga yiqildi, ensasi bilan toshga xiyol zarb bilan urildi va shu choq balandda (lekin chap tomopdami yo o‘ngdami — fahmiga bora olmadi) zarrin tusga kirgan oyni ko‘rdi. Shu zahoti u g‘ay-ritabiiy tezlik bilan g‘ujanak bo‘lib yonboshiga o‘girildi, o‘girildiyu o‘zi tomonga nihoyatda zo‘r shiddat bilan o‘qday uchib kelayotgan tramvay haydovchi ayolnipg dokadek oqargan yuzini va boshidagi qizil durrasini ko‘rdi. Berlioz chinqirmadi, ammo butun ko‘cha asllar ovozi bilan jonholatda chinqirib yubordi. Tramvay haydovchi ayol elektr tormozni shaxt tortdi, vagon tumshug‘i bilan yerga enkaydi, bir zumda silkindi, vagon derazalarinipg oynalari dahshatli ovoz bilan chil-chil sipdi. Shu chog‘ Berliozning miyasida kimdir jon achchig‘ida «Nahotki?..» — deb qichqirib yubordi. Uning ko‘zi oldida oy yana bir bor, oxirgi marta lip etib ko‘rindi, lekin u bo‘lak-bo‘laklarga bo‘lina boshlagan edi, so‘ng hammayoq qop-qorong‘i bo‘ldi.
Tramvay kelib Berliozni bosdi, shunda xiyobon atrofini o‘ragan panjara ostiga, tosh terilgan qiyalik tomonga dum-dumaloq qora bir narsa dumalab ketdi. U narsa shu qiyalikdan tushib, Bronnaya ko‘chasiga terilgan toshlar ustidan dumalab ketdi.
Bu Berliozning tramvay uzib yuborgan kallasi edi.
To‘rtinchi bob
TA’QIB
Ayollarning jazavali chinqiriqlari tindi, mili-tsiya hushtaklari ham churullashdan to‘xtadi, ikkita sanitariya mashinasi kelib, biri — cho‘rt uzilgan bosh bilan tanani o‘likxonaga, ikkinchisi — oyna si-niqlaridan jarohatlangan tramvay haydovchi go‘zal ayolni kasalxonaga olib ketdi, oq fartuk tutgan farroshlar oyna parchalarini yig‘ishtirib, qon yuqi qolgan yerlarga qum sepishdi. Ivan Nikolaevich esa turniketga yetib kelolmay, skameykaga qanday yiqilib qolgan bo‘lsa, hamon shu alfozda yotardi.
Bezdomniy o‘rnidan turishga bir necha marta urinib ko‘rdi, lekin oyoqlarida jon yo‘q edi — u shol bo‘lib qolganga o‘xshardi..
Shoir faryod eshitilgan hamonoq turniket tomon yugurgan va tosh ko‘chada kalla dumalab ketayotganini ko‘rgandi. Bu holdan u tamomila esini yo‘qotib, o‘zini skameykaga otganu bilagini g‘archcha tishlab, qonatib yuborgandi. Telba nemis-ku, uniig xayolidan faromush bo‘lgan edi albatta, hozir u faqat bir narsani tushu-nishga urinardi: axir, qanday qilib hozirgina o‘zi suhbatlashib o‘tirgan Berlioz, mana, bir daqiqadan keyin — kallasi.
Shoirning yonidan xiyobon bo‘ylab qattiq hayajonlangan odamlar bir nimalarni gapirib, chopib o‘tishardi, lekin Ivan Nikolaevich ularping gaplarini idrok qilmasdi.
Biroq shoirning oldida ikki ayol kutilmaganda to‘qnashib qoldi-yu, ulardan biri — boshyalang, qirra-burun ayol shoirning shundoqqina qulog‘i ostida shang‘illab ikkinchisiga dedi:
— Annushka bor-u, o‘zimizning Annushka! Sadovayada turadi! Bu o‘shaning ishi! U magazindan bir shisha pista moyi olgan ekan, yo‘lda ehtiyotsizlik qilib shi-shani g‘altakka urib sindiribdi-yu, yog‘ni to‘kib yuboripti! Yubkasi jiqqa yog‘ bo‘lgan… Jahli chiqib biram qarg‘adiki! Anavi sho‘ring qurg‘ur bo‘lsa, o‘sha to‘kilgan yog‘da tayg‘anib, to‘g‘ri tramvay tagiga borib tushipti…. Ayol shang‘illab aytgan so‘zlardan faqat bitta «Annushka» degan so‘z Ivan Nikolaevichning miyasiga o‘rnashib qolgan edi…
— Annushka… Annushka?.. — g‘o‘ldiradi shoir atrofiga olazarak bo‘lib qararkan. — Ie, shoshma, shoshma-chi…
«Annushka» so‘ziga «pista yog‘i» degan so‘z kelib ulandi, undan keyin, negadir «Pontiy Pilat» so‘zlari ham kelib qo‘shildi. Shoir Pilatni xotiradan chiqarib tashlab, so‘zlar zanjirini «Annushka» so‘zi-dan boshladi. Natijada, bu zanjir juda tez ulanib, bir zumda uni telba professorga ro‘para qildi.
Darvoqe!«Majlis bo‘lmaydi, chunki Annushka yog‘ to‘kib yubordi», deb shu nemis aytgan ediku. Mana, marhamat, majlis bo‘lmasligi aniq! Bundan tashqari: Berliozning kallasini ayol kishi oladi, deb u aniq gapirgandi-a?! Ha, ha, ha! Axir tramvay haydovchi ayolmidi? O‘zi nimalar bo‘lyapti, a?
Berliozning mudhish o‘limi tafsilotini maxfiy konsultant oldindan aniq bilganligiga endi zig‘ircha ham shubha qolmagan edi. Shunda shoirning miyasini ikkita mulohaza band etdi. Birinchi mulohaza: «Nemis hech ham jinni emas! Hammasi bema’nilik!» Ikkinchi mulohaza: «Bu falokatni uning o‘zi uyushtir-madimikin?!»
Lekin, afv etasiz, qanday qilib uyushtirishi mumkin?
— E, yo‘q! Buni biz aniqlaymiz!
Ivan Nikolaevich butun kuchini ishga solib, skameykadan zo‘r-bazo‘r turdi, turdiyu orqaga — professor bilan suhbatlashgan yeriga otiddi. Xayriyat, u hali ketib qolmagan ekan.
Bronnaya ko‘chasidagi chiroqlar endi yoqilgan, Patriarx ko‘li uzra esa oltinrang oy shu’la sochardi, ana shu, hamisha ko‘zni chalg‘ituvchi oy nurida professor qo‘ltig‘iga hassa emas, qilich qistirib turganday tuyuldi Ivan Nikolaevichga.
Iste’fodagi shilqim regent esa hali yaqinginada Ivan Nikolaevich o‘tirgan joyning o‘zginasida o‘tirardi. Endi regent burniga, behojatligi yaqqol ko‘rinib turgan pensne qo‘ndirgan ediki, uning bir ko‘zi shishasiz, ikkinchi ko‘zidagi shisha esa darz ketgan edi. Berliozni tramvay izi tomonyo‘llagandayoq razil ko‘ringan bu katak shimli odam endi — psnsne taqqach — battar razillashgan edi.
Ivan professorning oldiga yuragi taka-puka bo‘lib yaqinlashdi, so‘ng uning chehrasiga tikilib qarab, hech qanday tslbalik alomati yo‘kliligiga va hech qachon bo‘lmaganligiga iqror bo‘ldi.
— Qapi, rostipi aytipg, kimsiz o‘zi? — bo‘g‘iq ovoz bilan so‘radi Ivan.
Chet ellik shoirni go‘yo birinchi marta ko‘rib turgandek unga o‘shshayib qaradi va sovuqqina javob qildi:
— Meniki tushunmaydi… ruscha gapirish…
— U tushunmaydi! — deb gapga aralashdi regent o‘tirgan yerida, holbuki, hech kim undan chet ellikning gapini izohlashni so‘ramagan edi.
— Mug‘ambirlik qilmang! — deb do‘q qildi Ivan va birdan yuragi shuv etib ketganini his qildi. — Siz hali shu yerda rus tilida juda yaxshi gapirgan edingiz. Siz nemis ham, professor ham emassiz! Siz
— qotil va josussiz! Hujjatlaringizni ko‘rsating! — g‘azab bilan qichqirdi Ivan.
Shubhali professor shundoq ham qiyshiq og‘zini jirkanch bilan burdi, yelkalarini uchirib qo‘ydi.
— Grajdanin! — deb yana oraga suqildi turqi sovuq regent. — Nega siz inturistni bezovta qilyapsiz? Bu ishingiz uchun qattiq javobgarlikka tortilasiz! — Shubhali professor esa takabburona chehra bilan orqasiga o‘girildiyu indamay ketaverdi.
Ivan esankiray boshlaganini sezdi. Nafasi og‘ziga tiqilib regentga yuzlandi:
— Xoy grajdanin, jinoyatchini tutishga yordamlashish! Albatta yordam berishingiz kerak.
Regent birdai g‘ayratlanib, sapchib o‘rnidai turdi va baqirdi:
— Kim jinoyatchi? Qani u? Chet ellik — jinoyatchi? — regentning ko‘zlari sho‘x chaqnab ketdi.
— Anavimi? Agar jinoyatchiligi rost bo‘lsa, birinchi navbatda: «Voydod!» — deb baqirish kerak. Bo‘lmasa, qochib ketadi. Qani, keling, ikkalamiz baravar qichqiramiz! Faqat baravar! — Shunday deb regent og‘zini ochdi.
Esankirab qolgan Ivan hazilkash regentning gapiga ishonib,«Voydod!» — deb qichqirdi, lekin regent uni laqillatib «churq» etmadi.
Ivanning hirqiroq ovozi yaxshi samara bermadi. Xiyobondan o‘tib ketayotgan ikki qiz cho‘chib o‘zlarini chetga olib qochishdi, shunda uning qulog‘iga: «Mastmi, nima balo?» — degan luqma eshitildi.
— E, ha, sen ham u bilan birgamisan hali? — deb baqirdi darg‘azab Ivan. — Hali sen meni mayna qilmoqchi bo‘ldingmi? To‘sma yo‘limni!
Ivan o‘ng tomondan o‘tmoqchi edi, regent ham shu tomonga otildi! Ivan chapga tashlanuvdi — manfur regent ham chapga o‘tdi.
— Sen ataylab yo‘limni to‘syapsan chog‘i? — baqirdi Ivan g‘azabi tobora ortarkan. — Hali seni ham militsiyaga topshiraman!
Ivan nobakor regentning yengidan tutmoqchi bo‘lib hamla qildi, ammo tutolmay, dog‘da qoldi. Regent xuddi yerga kirib ketganday ko‘zdan g‘oyib bo‘lgandi.
Ivanning og‘zi hayratdan lang ochilib qoldi, shu payt u uzoqda ketayotgan manfur notanish odamni ko‘rib qoldi. U Patriarx tor ko‘chasi og‘ziga borib qolgan edi, boz ustiga, u yolg‘iz emas edi. Qanday odamligi mutlaqo noma’lum bo‘lgan boyagi regent professorga hamroh bo‘lib borardi. Bu ham yetmaganday, kutilmaganda qayoqdandir paydo bo‘lgan, to‘ng‘izdek bahaybat, qarg‘adek qop-qora, shopmo‘ylov bir mushuk ular bilan borardi. Uchovlari Patriarx tor ko‘chasi tomon yurishdi, lekin shunisi qiziqki, bu payt mushuk orqa oyoqlarida yura boshladi.
Ivan shu badkirdorlar ortidan yugurdi, ammo ularni quvib yetish juda mushkul bo‘lishini darhol angladi.
Uchovlon zumda tor ko‘chadan o‘tib Spiridonovkaga chiqishdi. Ivan qadamini qancha ildamlatmasin, ta’qib qilinayotganlar bilan o‘zi o‘rtasidagi masofa zig‘irchayam kamaymadi. Shoir ko‘z ochib-yumguncha sokin Spiridonovkadan o‘tib, o‘zini Nikita qopqasi oldida ko‘rdi, bu yerda endi uning ahvoli og‘irlashgan edi. Bu yer shunaqa gavjum ediki, Ivan ba’zi yo‘lovchilarga turtinib ketib so‘kish ham eshitib oldi. Buning ustiga-ustak, badkirdorlar to‘dasi banditlar ko‘p qo‘llay-digan usulni ishlatishga — har tarafga tarqab ketishga qaror qilgandi.
Regent Arbat maydoni tomon o‘qday uchib borayotgan tirband avtobusga sakrab chiqib olib, olomon ichiga xuddi olqindidek suqilib kirdi-yu, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Ta’qib qilinayotganlardan bittasini yo‘qotgan Ivan endi butun diqqatini mushukka qaratdi: bu antiqa mushuk bekatda to‘xtab turgan «A» belgili motorli vagonning pillapoyasi oldiga borib, vagonga chiqa boshlagan bir ayolni chirqillatib tortib tushirdi-da, o‘zi eshik bandini ushlab pillapoyaga chiqib oldi, shundan keyin havo issiq bo‘lgani uchun ochib qo‘yilgan deraza orqali konduktorga yarim tanga pul ham uzatdi.
Mushukning bu raftori Ivanni shunchalar hayratlantirdiki, u muyulishdagi oziq-ovqat magazini oldida dong qotib turib qoldi, lekin shu onning o‘zida u konduktorning xatti-harakatidan ikkinchi marta, yana ham kuchliroq hayratga keldi. Konduktor ayol tramvayga chiqayotgan mushukni ko‘rgan hamonoq jahl bilan, butun vujudi titrab chiyilladi:
— Mushuklarga ruxsat yo‘q! Mushuklar bilan tramvayga chiqish mumkin emas! Pisht! Tush vagondan, bo‘lmasa militsiya chaqiraman!
Bu hodisa, mushukning tramvayga chiqmoqchi bo‘lgani u yoqda tursin, hatto uning kira haqi to‘lashga uringani ham na konduktor ayolni, na passajirlarni ajablantirgandi!
Mushuk nafaqat kira haqi to‘lashga qodir, shuningdek, intizomli hayvon ham bo‘lib chikdi. U konduktor ayolning shang‘illashini eshitgan hamonoq yerga tushib, bekatga cho‘qqayib o‘tirdi va yarim tangali pul bilan mo‘ylovini silay boshladi. Lekin konduktor ayol arqonni tortib, tramvay joyidan jilgan hamonoq mushuk tramvaydan haydab tushirilgan, ammo tramvaydan qolib ketishga hech iloji bo‘lmagan odamday ish tutdi. U uchala vagonni o‘tkazib yuborib, oxirgisining orqa yoyisiga chiqib oldiyu rezinka ichakni changallab ushlagancha safarga jo‘nab qoldi, ayni paytda yarim tanga pulini ham tejab qoldi.
Ivan bu yaramas mushukka alahsib, sal bo‘lmasa, eng muhim jinoyatchi — professorni yo‘qotib qo‘yayozgandi. Lekin u, Ivanning baxtiga, g‘oyib bo‘lishga ulgurmagan ekan. Ivan uning kulrang beretini Bolshaya Nikitskayami yo Gertsen ko‘chasiningmi boshlanish yerida g‘ij-g‘ij oadmlar orasida ko‘rib qoldi. Bir zum o‘tmay Ivanning o‘zi ham o‘sha yerga borib qoldi. Lekin yana omadi yurmadi. Shoir qadamini ildamlatdi ham, yo‘lovchilarni turtib-surtib lo‘killab chopa boshladi ham, lekin baribir professorga bir qarich ham yaqinlasha olmadi.
Ivan, ko‘ngli nechog‘liq g‘ash bo‘lmasin, ta’qibning g‘ayritabiiy tezlikda o‘gayotganidan hayratda edi. Ivan Nikolaevich Nikita qopqasida bo‘lgandan keyin oradan yigirma soniya ham vaqt o‘tmay, darrov Arbat maydoniga yetib olib, son-sanoqsiz chiroqlardan ko‘zi qamashib ketdi. Yana bir necha soniya o‘tdi-yu, Ivan Ni-kolaevich o‘zini yo‘lkalari qiyshayib ketgan qop-qorong‘i bir tor ko‘chada ko‘rdi — bu yerda u birdan gurs etib yiqilib, tizzasini qonatvoldi. Yana charog‘on magistral — Kropotkin ko‘chasi, keyin tor ko‘cha, undan keyin Ostojenka va yana xilvat, irkit, g‘ira-shira yoritilgan tor ko‘cha. Ana shu yerga kelganda Ivan Nikolaevich o‘sha nihoyatda zarur bo‘lgan odamni butunlay ko‘zdan qochirib qo‘ydi. Professor g‘oyib bo‘lgan edi.
Ivan Nikolaevich esankirab qoldi, lekin bu hol ko‘pga cho‘zilmadi, chunki birdan uning ko‘ngliga, professor albatta 13-uyning, muqarrar 7-kvartirasiga kirgan bo‘lishi kerak, degan fikr keldi.
Ivan Nikolaevich shu 13-uyning pod’ezdiga o‘kday otilib kirib, ikkinchi qavatga uchib chiqdi, darhol ko‘zlagan kvartirasini topib, betoqatlik bilan qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi. Sal vaqt o‘tmay eshikni besh yoshlar chamasidagi bir qizaloq ochdi, lekin kelgan amakidan hech nima so‘ramay, shu zahoti orqasiga o‘girildiyu, qaysiyam bir xonaga kirib ketdi.
Qora is bosgan baland shift ostida burchakka o‘rnatilgan kichkinagina lampochka bilan xiragina yoritilgan hayhotday, mutlaqo qarovsiz bu dahlizda sirtiga temir qoplangan bahaybat quti turar, devorga shinalari olingan velosiped osilgan, veshalka tokchasida yotgan qalpoqning uzun qulog‘i osilib turardi. Bu yerdagi xonalardan birida radioapparatdan bir erkakning jarangdor va serzarda ovoz bilan qichqirib she’r o‘qiyotgani eshitilardi.
Ivan Nikolaevich bu notanish vaziyatda aslo sarosimaga tushmay:«U, albatta, vannaxonaga yashiringan bo‘lishi kerak», degan mulohaza bilan to‘g‘ri yo‘lak tomon otildi. Io‘lak qop-qorong‘i zdi. Ivan devorga urilib borarkan, bir eshik ostidagi tirqishdan tushib turgan xiragina yorug‘ga ko‘zi tushdi, paypaslab eshikning bandini topdida, uni kuch bilan o‘ziga tortdi. Eshikning ilgagi chiqib ketib, Ivan chindanam vannaxonaga kirib qoldi, shunda u, omadim bor ekan, deb ko‘nglidan o‘tkazdi.
Biroq omad Ivan kutganchalik kulib boqmadi! Uning dimog‘iga nam iliq havo urild,i, so‘ng u kolonkada milt-milt yonayotgan cho‘g‘ yorug‘ida bu yerda devorga osilgan kattakon tog‘orani va siri ko‘chib, hammayog‘i qora dog‘ bo‘lib ketgan vannani ko‘rdi. Vannada boshdan-oyoq sovun ko‘pigiga burkangan, qo‘liga mochalka ushlagan yalang‘och bir bir ayol turardi. U uzoqni ko‘rolmaydigan ko‘zlarini suzib Ivanga qaradi, lekin bu jahannamona qorong‘ida uni tanimadi shekilli, sho‘x ohangda, past ovoz bilan dedi:
— Kiryushka! Aynimang! Nima, esingizni yedingiz-mi?.. Hademay Fyodor Ivanovich kelib qoladi. Chiqib keting hoziroq! — shunday deb u Ivanga mochalka silkidi.
Turgan gapki, anglashilmovchilik yuz bergan zdi, buniig sababchisi Ivan Nikolaevich edi, albatta. Lekin u o‘z aybiga iqror bo‘lishni istamadi va ta’na bilan: «Voy, buzug‘-e!..» dediyu shu zahoti negadir oshxonaga kirib qoldi. Bu yerda hech zog‘ yo‘q edi, o‘ntacha primus plita ustida, qorong‘ida gung turardi. Yillab changi artilmagan deraza oynasidan tushgan oy shu’lasi chang va isda qolib tamoman unutilgan sanam osilgan burchakni g‘ira-shira yoritib turardi, sanam ramkasi orqasidan bir juft nikoh shamining uchi chiqib turardi. Bu katta sanam ostiga kichkina — qog‘oz sanam qadab qo‘yilgan edi.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 05
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.