Usta va Margarita - 01

Total number of words is 4230
Total number of unique words is 2026
35.6 of words are in the 2000 most common words
52.1 of words are in the 5000 most common words
61.6 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.

Mixail Bulgakov
Usta va Margarita
Roman
«Sharq» nashriyot-matbaa
Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati
Toshkent— 2008
Qodir Mirmuhamedov tarjimasi
MIXAIL BULGAKOV ROMANIHAQIDA
Mixail Afanasevich Bulgakovning«Usta va Margarita» romani «Moskva» jurnali sahifalarida chop etilishi munosabati bilan uni yozuvchining adabiy merosini o‘rganish komissiyasi nomidan ushbu qisqagina muqaddima bilan boshlashni lozim topdim.
«Usta va Margarita» — marhum adibning so‘nggi asari. Bulgakov bu romani ustida 1928 yildan ish boshladi va uning turli variantlarini yaratar ekan, ba’zan ishini to‘xtatar, ba’zan esa yana yozganlariga qaytardi. U umri poyonidagi o‘n ikki yil mobaynida ham o‘zi dunyoga keltirgan sermazmun asarini qo‘ldan qo‘ymadi.
O‘limidan bir necha kun burun, og‘ir xastaligiga qaramay, yozuvchi romani qo‘lyozmasiga qayta-qayta qaytib, uning ayrim boblariga sayqal berar hamda takomilga yetkazishga urinardi.
Bulgakov saxiy iste’dodida, ehtimol yozuvchining butun adabiy faoliyati davomidadir, uch turdagi iqtidor — satirik iqtidori, fantast iqtidori va o‘ta aniq psixologik tahlilga suyangan realist iqtidori qo‘shnichilik qilib, bir-biridan ustunlikka erishish uchun bahslashib kelgan, desak xato bo‘lmaydi.
«Usta va Margarita» romani g‘aroyib binosining bunyod etilishida Bulgakov iste’dodining bu uch turi bab-baravar yoinki deyarli bab-baravar xizmat ko‘rsatdi. Ularning har jihatdan chatishib, yagona daryo oqimiga qo‘shiluvi asarning eng yaxshi sahifalarini tashkil qilgankim, bu ayni vaqtning o‘zida nafaqat romanning, umuman olganda Bulgakov badiiy so‘z san’atining ulkan yutug‘idir.
Romanda shunday sahifalar borki, ularda Bulgakov satirasining, Bulgakov fantastikasining va turgan gapki Bulgakov aniq realistik nasrining cho‘qqisi o‘z ifodasini topgan.
Roman shunday yozilganki, yozuvchi xuddi bu uning oxirgi asari ekanini ilgaritdan sezganday, uning sahifalari orqali o‘quvchilariga o‘z qalbining butun boyliklarini, san’atkor qalamining butun sehrini, satirik ko‘zining butun o‘tkirliklarini xayolotining butun shiddatini hamda psixologik kuzatuvining butun teranliklarini in’om etmoqni istaganii ko‘rish mumkii.
Roman sahifalaridagi bunday saxovat o‘qilish jarayonida xuddi cheksizdek tuyuladi, bir voqeadan ikkinchi bir voqaga o‘tish yerlari shu darajada ko‘pki, baayni hikoya qilish matosidagi chokka o‘xshab ketadi. Romanni takror-takror o‘qib chiqib, uning har bir keyingi son-sanoqsiz o‘tkir burchaklarida seni yangi va yana yangi favqulodda kashfiyotlar kutayotganiga ko‘nikma hosil qilmas ekansan, undagi shiddatkor fantasmagoriyadan klassik jozibadorlikka, tejamkor realistik nasrdan ikkinchi bir notekis nasrga, achchiq satirik groteskdan hech qanday tanaffussiz saxiy va ayni paytda qahrli hajvga o‘ta keskin suratda ko‘chilishi, boshida, albatta, dovdiratib qo‘yadi. Bu kitobda paymonasi toTganini dildan chuqur anglab yetgan katta salohiyat egasining qazo oldi bisyor donishligi o‘z aksini topganday ko‘rinadi.
«Usta va Margarita» shunday asarlar turiga kiradiki, uni har xil kitobxonlar har xil o‘qiydilar, har xil sevadilar va undan o‘zlari uchun har xil ruhiy oziqa topadilar.
Roman mutolaasidap so‘ng, mening, masalan, qalbimga va mening qadrli xotiramga Rimning Iudeyadagi prokuratori Pontiy Pilatning bir kuni haqidagi shafqatsiz tarzdagi aniq hikoya hammadan ham chuqur kirib bordi va hammadan ham mo‘l ta’sir o‘tkazdi. Psixologik jihatdan fantastikaning ichidagi bu romandagi roman — ajoyib nasr namunasi — o‘zgarmas haqqoniyligi bilan nogoh Lermontov va Pushkin nasrini eslashga majbur etadi.
Turfa xillikka ega bo‘lgan mazkur romannipg ana shu qismiga qiziqishimni yashirmagan holda, o‘zimcha shuni ham tasavvur qilamanki, bu kitobning mening qiziqishlarimdan o‘zgacha qiziqishdagi o‘quvchilari xam bo‘lishi mumkin, yanada aniq aytganda, bu kitobni boshqacha qabul qiladigan o‘quvchisi boTmasliginingo‘zi xam mumkin emas. Qaydam, bu turdagi kitobxonlar uchun fantastika bilan birga Margaritaning ustaga nisbatan o‘ta pokiza, mardlarcha tanho muhabbati voqealarini hikoya qiluvchi sahifalar, hammadan ham ajoyib ko‘rinar. Bunday baxtli va bunday baxtsiz, o‘z baxtliliklarida bu qadar kuchli va bu qadar kuchsiz bo‘lgan muhabbat voqeasi shunchalar nozik tasvirlan-ganki, hatto roman sahifalaridan o‘tayotgan makkor iblis ham bunday muhabbatga na yordam berishga, na to‘sqinlik qilishga ojizdir.
Men hech bir qiyinchiliksiz shunday qiziquvchan o‘quvchilarni ham ko‘rsatishim mumkinki, ular uchun tarixiy va fantastik sahifalar emas, balki satirik Bulgakov tomonidan meshchanlik, qabihlik, munofiqlik, qo‘rqoqlik kabi qator illatlarning beshafqat aniq va betakror hajv yo‘li bilan fosh etilishi romannint cho‘qqisi bo‘lib ko‘rinadi.
Bulgakov o‘z romanini oxirigacha yozib tugatib, unga nuqta qo‘ydi. Shu ma’noda «Usta va Margarita» — tugal asar. Lekin, yuqorida aytib o‘tganimdek, Bulgakov pishiq o‘ylangan hikoyasini nihoyasiga yetkazar ekan, ichdan o‘z ishini hali tugallanmagan deb hisoblagani bois, hayotining so‘nggi kunigacha bu kashfiyotiga qayta-qayta murojaat qilardi.
Bu asar ustidagi o‘n ikki yilga cho‘zilgan ish yana va yana davom etaversa, romanning qanday ko‘rinishga kirishini tasavvur qilishning o‘zi mushkul.
U holda romanning ba’zi nomukammalliklari tuzatilgan, yana oxirigacha o‘ylanmagan yerlari puxta o‘ylangan yoki o‘zida xayolotning cheksiz, barakali saxiy muhrini olib yurgan ayrim o‘rinlari qisqartirilgai bo‘larmidi.
Ha, shunday ham bo‘lishi mumkin. Marhum yozuvchi tomonidan bizga qoldirilgan roman matni ana shunday xulosaga kelishimizga har jihatdan asos beradi. Biroq, bunday taxminiy xulosalarga u qadar o‘rin berish ham to‘g‘ri emas, chunki Bulgakovning bu yakuniy, ajoyib ishini o‘qib bo‘lgach, o‘zingda shunday tuyg‘uni his etasanki, bu uning kuchli va saxiy iste’dodiga minnatdorlik tuyg‘usi ekaniga yana bir karra ishonch hosil qilasan.
Bu murakkab va ko‘plab odatiy tasavvurdagi asarlar ramkasiga sig‘maydigan kitobning oxirgi varag‘ini yopar ekanlar, uni turli o‘quvchilar turlicha baholaydilar, undan bir narsani olib, ikkinchisini inkor etadilar, uchinchisi bilan esa bahslashadilar, lekin men shunga aminmanki, bu romanga bo‘lgan qarashlarning qandayligidan va hatto u atrofidagi tortishuvlarning baridan qat’iy nazar, Mixail Bulgakovning bu so‘nggi asarini o‘qib chiqqan har bir o‘quvchi o‘rtasida esa bunday mubohasalarning bo‘lishi turgan gap, ularning o‘y-xayollarini bir tuyg‘u birlashtiradi: Bulgakov o‘limi bilan bundan chorak asr muqaddam bizning adabiyotdan ajoyib va o‘ziga xos iste’dodlardan biri ketdi va «Usta va Margarita» romani, balki, boshqa guvohlarning ichida, shak-shubhasiz, buning eng yorqin guvohidir.
Konstantin Simonov,«Zvezda» jurnali, 1966 yil
BIRINCHI QISM
Birinchi bob
HECH QACHON BEGONALAR BILAN GAPLASHMANG
…Kimsan, ayt!
— Men hargiz yomonlik tilab — Yaxshilik qilguvchi kuchning bir qismi.Gyote,«Faust».
Bahor kunlarining birida, dim oqshom chog‘ida, Moskvadagi Patriarx ko‘li xiyobonida ikki kishi paydo bo‘ldi. Ularning biri yozlik kulrang kostyum-shim kiygan, past bo‘yli, miqti gavdali, taqirbosh, soqol-mo‘ylovi silliq olingan, ko‘ziga g‘ayritabiiy kattalikdagi qora muguz gardishli ko‘zoynak taqqan, hali xiylagina yangi shlyapasini qo‘liga olib olgan edi. Ikkinchisi — jingalak sochi mallarang, katak matodan tikilgan kepkasini ensasiga surib kiygan yag‘rindor yigit — egniga katak ko‘ylak, g‘ijimlangan shim, oyog‘iga qora shippak kiygan edi.
Bu tanishtirganlarimizdan birinchisi Moskvadagi eng yirik adabiy uyushmalardan birida (uning qisqartirilgan nomi MASSOLIT edi) pravlenie raisi, ayni paytda bir qalin badiiy jurnalning muharriri lavozimida ishlovchi Mixail Aleksandrovich Berlioz, uning yosh hamrohi esa— shoir Ivan Nikolaevich Poniryov bo‘lib, u o‘z asarlariga Bezdomniy taxallusi bilan imzo chekardi.
Bu ikki adib endigina yashil libos kiya boshlagan jo‘kalar soyasidan panoh topishgan zahoti, ola-bula bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan, tepasiga «Pivo va suvlar» deb yozilgan do‘konchaga otilishdi.
Darvoqe, may oyining bu mudhish oqshomida yuz bergan birinchi g‘aroyib holni qayd qilib o‘tmoq lozimdir. Nafaqat do‘koncha oddida, balki Malaya Bronnaya ko‘chasi bilan yonma-yon cho‘zilgan butun xiyobonda bironta ham odam ko‘rinmasdi. Qaqragan tumanga o‘rangan quyosh Moskvani misdek qizdirib, Sadovoe koltso orqasiga botayotgan, hattoki nafas olishga ham majol qolmagan bu chog‘da, jo‘ka daraxti ostiga biron kimsa kelmadi ham, skameykaga o‘tirmadi ham, butun xiyobon bo‘m-bo‘sh edi.
— Narzandan quying, — iltimos qildi Berlioz.
— Narzan yo‘q, — deb javob berdi sotuvchi ayol, negadir ranjiganday bo‘lib.
— Pivo bormi? — deb so‘radi Bezdomniy bo‘g‘iq ovoz bilan.
— Pivo kechqurun keladi, — javob qildi ayol.
— Nimangiz bor? — so‘radi Berlioz.
— O‘rik sharbati, lekin iliq, — dedi ayol.
— Mayli, quying, quying, iliq bo‘lsayam!..
O‘rik sharbati stakanni sap-sariq ko‘pik bo‘lib to‘ldirdi, shunda sartaroshxonaning hidi gupillab dimoqqa urildi. Sharbat ichgan adiblarni birdan hiqichoq tuta boshladi. Ular sharbat haqini to‘lab, Bronnaya ko‘chasiga orqa, hovuzga yuz o‘girib bir skameykaga o‘tirishdi.
Shu mahal ikkinchi g‘aroyib hodisa yuz berdi — bunisi endi yolg‘iz Berliozga taalluqli edi. Uning hiqichoq tutishi birdan to‘xtadi, yuragi bexos dukillab, bir zum qayoqqadir g‘oyib bo‘lganday bo‘ldi, keyin yana o‘rniga qaytdi, ammo endi, yuragi o‘tmas igna qadalganday zirqirab og‘rirdi. Bundan tashqari, Berliozning vujudini kuchli bir dahshat besabab chulg‘ab oldiki, u shu zahotiyoq bu yerdan orqasiga qaramay qochishga jazm qildi. Berlioz, o‘zining nimadan cho‘chiganini bilolmay, parishon holda atrofiga alanglab qaradi. Uning rangi quv o‘chdi, ro‘molchasi bilan peshanasini artarkan:«Nima bo‘ldi o‘zi menga? Hech bunaqa boTmasdim-ku… yurak chatoq… qattiq charchabman. Hamma ishni tashlab, tezroq Kislovodskka jo‘nashim kerak…» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi.
Shu mahal uning ko‘zi oldida cho‘g‘dek issiq havo quyuqlashib, undan shishadek shaffof, g‘oyat antiqa qiyofadagi bir grajdanin vujudga keldi. Uning mushtdakkina boshida jokeylar shapkasi, egnida katak-katak matodan bichilgan kalta va o‘zi singari havoyi kamzulcha… Bu grajdanin nihoyatda daroz bo‘lsa ham, yelkalari ensiz, o‘zi cho‘pdek oriq, basharasi, e’tibor bering-a, istehzoli edi.
Berlioz shuncha umr kechirgan bo‘lsa ham g‘aroyibotlarga hech ko‘nika olmasdi. Shu bois, uning battar quti o‘chib, ko‘zlari baqrayib qoldi-yu, sarosimada: «Bunaqa bo‘lishi mumkin emas!..» dedi ichida.
Holbuki, ko‘rayotganlari chin edi, tiniq naynov odam, Berliozning ko‘zi oldida, dam o‘ngta, dam chapga muallaq chayqalib turardi.
Shu choq Berliozning vujudini qattiq dahshat qamrab, ko‘zlarini chirt yumib oldi. Keyin, u ko‘zini ochgan edi, haligi sarob erib, katak kamzulli sharpa g‘oyib bo‘lganini ko‘rdi, ayni paytda, yuragiga botayotgan o‘tmas igna ham vujudidan otilib chiqib ketgan edi.
— Uff, la’nati! — deb yubordi muharrir, — bilasanmi, Ivan, hozir issiqning taftidan sal bo‘lmasa sakta bo‘layozdim! Hatto ko‘zimga har balolar ko‘rina boshladi, — jilmaymoqchi bo‘ldi u, lekin ko‘zlaridagi hayajon uchqunlari hamon o‘chmas, qo‘llari ham qaltirashdan to‘xtamasdi.
Lekin bora-bora uning ko‘ngli taskin topdi; ro‘molchasi bilan yelpindi-da, xiyla dadil ohangda: «Xo‘-o‘sh, shunday qilib…» — deb, o‘rik sharbati ichish paytida uzilib qolgan gapini davom ettirdi.
Gap, keyin ma’lum bo‘lishicha, Iso payg‘ambar to‘g‘risida borayotgan ekan. Masala shundaki, muharrir o‘z jurnalining navbatdagi soni uchun dinga qarshi qaratilgan katta doston yozish haqida shoirga buyurtma bergan edi. Ivan Nikolaevich o‘sha dostonni juda qisqa muddatda yozib tugatgan, ammo, taassufki, doston muharrirni qoniqtirmagan edi. Bezdomniy o‘z dostonidagi asosiy personajni, ya’ni Iso payg‘ambarni o‘ta darajada qora bo‘yoqlar bilan tasvirlasa ham, muharrir dostonni qaytadan yozish lozim deb turib oldi. Shu bois, u shoirning asosiy xatosini qayd qilish maqsadida, unga Iso payg‘ambar to‘g‘risida va’z o‘qiyotgan edi. Ivan Nikolaevichga aynan nima pand berganini — shoir iste’dodining tasvirlash quvvasimi, yo o‘zi yozmoqchi bo‘lgan mavzuning unga tamomila notanishligimi — aniq aytish mahol, lekin uning asarida Iso, garchi o‘ziga mayl uyg‘otmasa ham,tirik personaj sifatida tasvirlangan edi. Berlioz esa shoirga, masala Isoning yaxshi, yomonligida emas, o‘sha Isoning umuman shaxs sifatida dunyoda hech qachon bo‘lmaganligida, unga taalluqli gaplar esa, oddiy uydirmayu afsona ekanligida, deb isbotlamoqchi bo‘lardi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, muharrir alloma odam edi, binobarin, Iso payg‘ambarning dunyoda yashaganligi haqida o‘z kitoblarida lom-mim demagan qadimgi tarixchilardan (masalan, mashhur Filon Iskandariy, benazir ma’rifat sohibi Iosif Flaviylardan) nihoyatda mohirlik bilan dalil keltirardi. Mixail Aleksandrovich, o‘zining salmoqli zakovatini namoyish qilib, gap orasida, yana Tatsitning mashhur «Solnomalar» iga to‘xtalib, uning o‘n beshinchi kitobidagi Isoning qatl etilishi bayon qilingan 44-bobni ancha keyinroq ilova qilingan soxta bobdan bo‘lak narsa emasligini aytib o‘tdi.
Muharrir aytayotgan bu gaplarning hammasi shoir uchun yangilik edi, shunga ko‘ra u o‘zining ko‘m-ko‘k, sho‘x ko‘zlarini Mixail Aleksandrovichga tikkancha, uning so‘zlarini diqkat bilan tinglarkan, ahyon-ahyonda hiqichoq tutib, pichirlagancha o‘rik sharbatini la’natlardi.
— Sharkda bironta ham din yo‘qki, — derdi Berlioz, — u bokira bibi Maryamning xudoga ko‘zi yorigani haqida bayon qilmagan bo‘lsin. Shunga ko‘ra xristianlar ham, o‘zga biron yangilik kashf eta olmay, aynan shu sharqona tarzda o‘z Iso payg‘ambarlarini kashf etdilarki, aslida u hech qachon yorug‘ dunyoga kelmagan. Dostonda ham asosiy e’tiborni aynan mana shu narsaga qaratmog‘ing kerak edi…
Berliozning baland ovozi bo‘m-bo‘sh xiyobonda jaranglab eshitilardi, u ilm changalzorining eng quyuq, xilvat yeriga kirib borgan sari (faqat o‘ta alloma odamgina bunday xilvatgohga beshikast kirib borishi mumkin), shoir misrliklarning saxovatli xudosi Samo va Zamin o‘g‘loni Oziris haqida ham, Finikiya xudosi fammuzto‘g‘risida ham, Marduk haqida ham, hatto Meksikaning atstek xalqi uchun bir zamonlar nihoyatda qadrli bo‘lgan, lekin unchalik nom qozonmagan badqahr xudo Vitsliputsli haqida ham tobora ko‘proq va foydaliroq ma’lumotlar ola boshladi.
Mixail Aleksandrovich Vitsliputslining zuvalasini atsteklar xamirdan olganliklari to‘g‘risida endigina hikoya qila boshlagan edi, xiyobonda bir odam ko‘rindi.
Keyinchalik (vaqt o‘tgandan keyin) har xil idoralar bu odamning qiyofasi haqida ma’lumotlar berishdi. Ammo u maTumotlarning muqoyasasi kishini hayron qoldirardi. Chunonchi, birinchi ma’lumotda o‘sha odamning pakana, tilla tishli va o‘ng oyog‘i oqsashi haqida xabar qilingan bo‘lsa, ikkinchisida u odam bahaybat, tishiga platinadan qoplama qo‘ydirgan, chap oyog‘i oqsoq, deyilgan edi. Uchinchi ma’lumotda: u odamning diqqatga molik hech qanday alomati yo‘q, deb lo‘nda qilib yozilgandi.
E’tirof etish kerakki, bu maTumotlarning birontasi ham to‘g‘ri emas edi.
Birinchi navbatda: o‘sha nazarda tutilgan odamning na u, na bu oyog‘i oqsar, na pakana, na bahaybat, hamma qatori norg‘ul edi. Endi uning tishlariga kelsak, chap jag‘ tishlariga platina qoplangan, o‘ng jag‘idagi tishlari tilladan edi. U qimmatbaho kulrang kostyum kiygan, oyog‘idagi xorij tuflisi ham kostyumi rangida edi. Kulrang beretini oliftalardek bir qulog‘i ustiga qiya qo‘ndirgan, qo‘ltig‘iga baroq itning boshini eslatuvchi qora dumaloq tutqichli hassa qistirgandi. Ko‘rinishidan yoshi qirqlardan oshgan. Og‘zi sal qiyshiqroq. Soqol-mo‘ylovi silliq qilib olingan. Qorasoch. Uning o‘ng ko‘zi qora, chap ko‘zi esa negadir ko‘k edi. Timqora qoshlari past-baland — qisqasi, ajnabiy odam edi.
U muharrir bilan shoir o‘tirgan skameyka oddidan o‘taturib, ularga ko‘z qirini tashladi, yurishdan to‘xtadi va birdan ikki do‘stdan ikki qadam naridagi boshqa skameykaga o‘tirdi.
«Nemis», — deb o‘yladi Berlioz.
«Ingliz, — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Bezdomniy, — tavba, shu jaziramada qo‘lqopda yuripti-ya — isib ketmasmikin?»
Ajnabiy kishi esa bu payt hovuzni kvadrat tarzda o‘rab olgan ko‘p qavatli uylarga qiziqsinib ko‘z yugurtira boshladi, aftidan, bu joylarni u birinchi marta ko‘rayotgan edi.
U nigohini yuqori qavatlarning derazalariga qadadi, deraza oynalari Mixail Aleksandrovich bilan mangu vidolashayotgan quyoshning siniq shuTalarini o‘zida aks ettirib, ko‘zni qamashtirgudek yaraqlardi: so‘ng pastki qavatlardagi shom cho‘kishi bilan qoraya boshlagan derazalarga ko‘z tashladi, pimagadir miyig‘ida kulib qo‘ydi, ko‘zlarini suzdi, qoTlarini hassaning dumaloq dastasiga, iyagini esa qo‘llariga qo‘ydi.
— Sen, Ivan, — derdi bu payt Berlioz, — chunon-chi, xudo o‘g‘li Isoning tavalludini juda yaxshi va satirik uslubda tasvirlagansan, lekin qizig‘i shundaki, Isodan oldin ham bir qator xudozodalar tug‘ilgan — masalan, aytaylik, frigiyalik Attis" — ammo qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, ularning birontasi ham, shu jumladan Iso ham tug‘ilmagan, shunga ko‘ra sen Isoning tavalludini, aytaylik, uni ziyorat qilgani kelgan sehrgar munajjimlarni tasvirlash o‘rniga mazkur tavallud haqidagi dargumon mulohazalar haqida yozishing kerak… Hozir esa sening bayon qilishingcha, u chindanam dunyoga kelgan bo‘lib chiqyapti!..
Shu choq Bezdomniy damini ichiga yutib, bezor qilgan hiqichoqqa barham bermoqchi bo‘ldi, lekin aksiga yurib uni yana alamliroq va qattiqroq hiqichoq tuta boshladi, bu payt Berlioz ham gapirishdan to‘xtadi, chunki ajnabiy kishi birdan o‘rnidan turib, adiblar qoshiga yura boshlagan edi.
Ular bu notanish odamga taajjub bilan qarashdi.
— O‘tinaman, meni afv etgaysiz, — dedi begona kishi ajnabiylar talaffuzida, ammo so‘zlarni buzmay, — sizga notanish bo‘laturib, suhbatingizga aralashganim uchun… Ammo ilmiy suhbatingiz mavzui shu qadar qiziqarliki, kamina…
Shu o‘rinda u iltifot bilan boshidan beretini oldi, natijada ikki do‘st ham, noiloj, o‘rnidan turib, unga ta’zim qildi.
«Yo‘q, ko‘proq frantsuzga o‘xshab ketadi…» — deb o‘yladi Berlioz.
«Polyak shekilli?..» — dedi ichida Bezdomniy.
Shuni ilova qilish kerakki, bu ajnabiy birinchi aytgan so‘zidanoq shoirda nafrat uyg‘otdi, Berliozga esa u yoqib qolgan edi, ya’ni yoqqan edi deb ham bo‘lmaydi-yu, aniqrog‘i… qanday ifoda etsa bo‘larkan… uni qiziqtirib qolgai edi, deymizmi.
— Maylimi sizlar bilan o‘tirsam? — muloyim ohangda so‘radi ajnabiy, shunda ikki do‘st beixtiyor ikki tomonga surildi; ajnabiy kishi epchillik bilan ular o‘rtasiga o‘tirdi-yu, shu zumdayoq suhbatga aralashdi.
— Agar yanglish eshitmagan bo‘lsam, siz Isoni dunyoga kelmagan deb aytdingiz shekilli? — so‘radi ajnabiy ko‘m-ko‘k chap ko‘zini Berliozga tikib.
— Yo‘q, yanglish eshitmadingiz, — nazokat ila javob qildi Berlioz, — men aynan shunday dedim.
— O, g‘oyatda qiziq! — dedi ajnabiy.
«Nimaga hadeb tumshug‘ini tiqaveradi bu?» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Bezdomniy va qovog‘ini solib oldi.
— Siz hamsuhbatingizning fikriga qo‘shildingizmi? — deb so‘radi notanish ajnabiy o‘ngga, Bezdomniyga o‘girilib.
Shoir o‘z fikrini tumtaroq va majoziy iboralar bilan ifodalashni yaxshi ko‘rardi, shuning uchun:
— Yuz foiz! — deb javob qildi.
— Voajab! — deb yubordi chaqirilmagan ham-suhbat, so‘ng negadir atrofga o‘g‘ri qarash qilib, so‘ng shundoq ham bo‘g‘iq ovozini yanayam pasaytirib dedi: — Sinchkovligim uchun meni kechiring, lekin fahmimcha, siz hali xudogayam ishonmaysizmi deyman? — u ko‘zlarida vahima zuhur etdi va ilova qildi: — Ont ichaman, qech kimga aytmayman.
— Ha, biz xudoga ishonmaymiz, — javob qildi Berlioz ajnabiy kishining cho‘chib ketganidan xiyol jilmayib turib, — ammo bu haqda mutlaqo oshkora gapiraverish mumkin.
Chet ellik skameykaga suyandi va sinchkovligi qo‘ziganidan chiyillab so‘radi:
— Sizlar — ateistmisiz?!
— Ha, bizlar — ateistmiz, — jilmaygancha javob qildi Berlioz, achchig‘i chiqqan Bezdomniy esa: «Muncha xira bo‘lmasa bu ajnabiy sulloh!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi.
— O, qanday maroqli! — deb chinqirib yubordi antiqa ajnabiy goh u, goh bu adibga o‘girilib qararkan.
— Bizning mamlakatda ateizm hech kimni ajablantirmaydi, — diplomatlarga xos nazokat bilan dedi Berlioz, — aholimizning ko‘pchiligi xudo haqidagi afsonalarga anchadan beri ongli ravishda ishonmay qo‘ygan.
Shunda chet ellik nojo‘ya bir harakat qildi: o‘rnidan turib, taajjublangan muharrirning qo‘lini siqarkan, shunday dedi:
— Ijozatingiz bilan sizga chin qalbimdan minnatdorchilik izhor etaman!
— Nima uchun minnatdorchilik izhor etyapsiz unga? — deb so‘radi Bezdomniy ko‘zlarini pirpiratgancha.
— Kamina — sayyoh uchun favqulodda qiziqarli bo‘lgan g‘oyatda muhim ma’lumot uchun, — deb izohladi chet ellik barmog‘ini ma’nodor ko‘tarib.
Chamasi, muhim ma’lumot sayyohga chindanam kuchli ta’sir ko‘rsatgan edi, shuning uchun ham u atrofdagi uylarga qo‘rqa-pisa ko‘z yugurtirib chikdi — u har bir derazada bittadan ateistni ko‘rishdan xavotirlanayotganday edi.
«Yo‘q, u ingliz emas…» — deb o‘yladi Berlioz, Bezdomniy esa: «Qiziq, bunaqa ruscha gapirishni qaerda o‘rgana qoldiykin?» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi-da, yana o‘shshayib oldi.
— Lekin ijozatingiz bilan sizdan bir narsani so‘ramoqchiydim, — deb yana gapira boshladi ajnabiy mehmon bir oz hayajonli xayolga berilib o‘tirgandan keyin, — xudolarning mavjudligi borasidagi dalillar nima bo‘ladi? Axir u dalillar, maTumingizki, rosa beshta…
— Tassufki, — deb javob qildi Berlioz, — o‘sha dalillarning birontasi ham hech qanday qiymatga ega emas, binobarin, bashariyat allaqachon ularni unutib yuborgan. Axir, aql-zakovat yuzasidan olganda, xudoning mavjudligini isbotlaydigan hech qanday dalil bo‘lishi mumkin emas, shunday emasmi?
— Ofarin! — chinqirib yubordi chet ellik. — Ofarin! Siz tinib-tinchimagan qariya Immanuilning bu borada aytgan fikrini mukammal takrorladingiz. Lekin qizig‘i shundaki, u beshala dalilni ham tamomila barbod qilgan, keyin esa o‘z ustidan kulmoqchi bo‘lganday, shaxsan o‘zi oltinchi dalilni kashf etgandi!
— Kantning dalili ham, — mayin tabassum bilan e’tiroz bildirdi zakovatli muharir, — asossiz. Shiller bekor aytmagan edi, Kantning bu masala yuzasidan mulohazalari faqat qullarnigina qanoatlantirishi mumkin deb, Shtraus esa bu dalilni mazax qilib kulgan edi.
Berlioz gapirarkan, ayni paytda:«Har qalay, bu odam kim bo‘ldiykin? Rus tilida bunchalik yaxshi gapirishni qaerdan o‘rgandiykin?» — deb o‘ylardi.
— Menga qolsa, o‘sha Kantni shu nazariyasi uchun uch yilga Solovkiga surgun qilardim! — deb yubordi birdan Ivan Nikolaevich xuddi tomdan tarasha tushganday.
— Ivan! — deb pichirladi xijolat bo‘lgan Berlioz.
Lekin Kantni Solovkiga jo‘natish to‘g‘risidagi taklif chet ellik mehmonni hayratda qodiribgina qo‘ymay, hatto uning dilini chog‘ ham qilib yubordi.
— Juda to‘g‘ri, aynan shunday qilish lozim, — deb chinqirib yubordi u, shunda Berliozga qaragan chap ko‘k ko‘zi birdan chaqnab ketdi, — uning joyi o‘sha yer! Ha, o‘shanda nonushta paytida unga: «Siz, professor, nima desangiz deng, lekin kashf etgan dalilingiz qovushmayapti! Ehtimol, u oqilona dalildir, ammo juda mubham. Sizni mazax qilib kulishlari mumkin», deb aytgan edim-a.
Berlioz baqrayib qoldi.«Nonushta paytida… Kant bilan gaplashgan?.. Nima deb valdiryapti o‘zi?» — deb o‘yladi u.
— Lekin, — gapida davom etdi chet ellik Berliozning hang-mang bo‘lganiga parvo qilmay, shoirga yuzlanarkan, — uni Solovkiga jo‘natishning hech imkoni yo‘q, bunga sabab, u, mana, yuz yildan oshdiki, Solovkidan ko‘ra ancha olisroq yerga jo‘natilgan, shu bois uni u yerdan olib chiqish — aslo mumkin emas, men sizga aytsam!
— Attang! — dedi qitmir shoir.
— Ha, attang! — dedi notanish ajnabiy ko‘zini chaqnatib, so‘ng gapida davom etdi: — Lekin meni boshqa masala bezovta qilyapti; agar xudo yo‘q bo‘lsa, unda bashariyat hayotini va umuman, yer yuzidagi barcha jonzodlarni kim boshqaryapti, degan savol tug‘iladi.
Bu, ochig‘ini aytganda, uncha oydin bo‘lmagan savolga Bezdomniy jahl bilan shosha-pisha javob qildi:
— Kim bo‘lardi, insonning o‘zi-da!
— Kechirasiz, — muloyim ohangda javob qildi notanish kishi, — hayotni boshqarish uchun, hech bo‘lmasa, oz muddatlik aniq bir reja bo‘lishi kerak. Vaholanki, atigi biror ming yil muddatga reja tuzish u yokda tursin, hatto o‘zining ertangi kuni haqida ham bir nima deyishga ojiz bo‘lgan inson, qani, menga ayting-chi, qanday qilib hayotni boshqara olsin. Darhaqiqat, — shunday deb u endi Berliozga o‘girildi, — bir tasavvur qilib ko‘ring, chunonchi, siz o‘zgalarni ham, o‘zingizni ham boshqara boshladingiz, farmoyishlar bera boshladingiz, umuman, bu ishning havosini ola boshladingiz, lekin birdan… ihi… ihi… o‘pkangiz sarkoma kasaliga chalinadiyu… — chet ellik go‘yo o‘pka sarkomasi unga huzur bag‘ishlaganday mamnun jilmay-di, — ha, sarkoma, — u ko‘zlarini mushuk yanglig‘ qisib, bu jarangdor so‘zni yana takrorladi, — shu bilan, boshqaruvchilik faoliyatingiz ham tugaydi-qoladi! Endi o‘z taqdiringizdan bo‘lak hech kim sizni qiziqtirmaydi. Xeshlaringiz sizni yolg‘on so‘zlar bilan yupatmoqchi bo‘lishadi, siz ahvolning pachavaligini his qilib, avvaliga alloma vrachlarga, keyin tovlamachi tabiblarga, hattoki folbinlarga ham zir yugura boshlaysiz. Lekin allomalardan ham, tabiblardan ham, folbinlardan ham hech bir naf boTmasligini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Oqibat bu urinishlarning hammasi fojia bilan tugaydi: yaqinginada o‘zini qandaydir ishlarni boshqarayotgandek his qilgan shaxs endi birdan taxta tobutda qimir etmay yotgan bo‘ladi, uning atrofida parvona bo‘lganlar esa bu jonsiz jismdan hech qanday naf yo‘qligini tushunib, pechda kuydirishadi. Lekin bundan ham battar bo‘lishi mumkin: bir odam Kislovodskka otlandi deylik, — shu yerga kelganda ajnabiy kishi Berliozga ko‘zlarini qisib qaradi, —oddiy safar deysiz, ammo u shuni ham amalga oshirolmaydi, chunki noma’lum bir sababga ko‘ra birdan sirg‘anib ketib, tramvay tagiga tushadi. Nahotki, sizningcha, u o‘zini o‘zi shunday boshqargan bo‘lsa? Uni qandaydir boshqa bir xilqat boshqargan edi, deb e’tirof etish to‘g‘ri boTmasmikin? — shunday deb ajnabiy kishi g‘alati istehzo bilan kulib yubordi.
Berlioz sarkoma dardi va tramvay haqidagi ko‘ngilsiz hikoyani zo‘r diqqat bilan tinglarkan, allaqanday hayajonli o‘ylar uni iztirobga sola boshladi. «U xorijlik emas! Xorijlik emas! — deb o‘ylardi Berlioz. — Juda antiqa bir nusxa… lekin, har qalay, kim bo‘ldiykin bu?»
— Chekkingiz kelyapti, nazarimda, a, — deb kutilmaganda Bezdomniyga yuzlandi notanish mehmon. — Qanaqasini yoqtirasiz?
— Nima, sizda har xil papiros bormi? — noxush ohangda so‘radi shoir — chindanam uning papirosi tugagan edi.
— Qaysi papirosni yoqtirasiz? — takror so‘radi notanish odam.
— Hay, «Nasha marka» ni, — jahl bilan dedi Bezdomniy.
Notanish mehmon cho‘ntagidan ohista portsigar chiqarib uni Bezdomniyga uzatdi:
— «Nasha marka».
Muharrirni ham, shoirni ham hayratga solgan narsa portsigarning aynan«Nasha marka» papiros bilan toTdirilganidan ham ko‘ra, portsigarning o‘zi hayratga solgan edi. U juda kattakon va qizil oltindan yasalgan bo‘lib, ochilganida qopqog‘i ustiga o‘rnatilgan uch qirrali gavhartosh ko‘k va oq cho‘g‘ bo‘lib yaraqlab ketdi.
Shunda ikki adabiyotchi ikki xil xayolga bordi. Berlioz:«Yo‘q, ajnabiy odam!» — dedi, Bezdomniy bo‘lsa: «Obbo la’nati! Kim bo‘ldi o‘zi bu, a?» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi.
Shoir bilan portsigar sohibi papiros tutatishdi, chekmaydigan Berlioz esa papirosni rad etdi.
«Unga bunday deb e’tiroz bildirish kerak, — ahd qildi Berlioz, — ha, o‘lim haq, buni hech kim inkor etmaydi. Lekin gap shundaki…»
Biroq u aytmoqchi bo‘lgan gapini aytishga ulgurmay, xorijlik mehmon gap boshlab yubordi:
— Ha, o‘lim haq, lekin bu ham hali baharnav. Eng yomoni shundaki, u ba’zan kutilmaganda qazo qiladi, hamma balo shunda! Odam, umuman, bugun kechqurun nima bilan mashg‘ul bo‘lishini ham ayta olmaydi.
«G‘irt bema’ni musohaba…» — deb o‘yladi Berlioz va e’tiroz bildirdi:
— Yo‘q, bu o‘rinda judayam lof qilib yubordingiz. Masalan, men bugun oqshomda nimalar qilishimni, ozmi-ko‘pmi, aniq bilaman. Ha, albatta, turgan gapki, mabodo Bronnaya ko‘chasida boshimga dabdurustdan g‘isht tushib ketmasa…
— G‘isht, — deb unipg so‘zini salobat bilan bo‘ldi notanish mehmon, — hech qachon, hech kimning boshiga besabab tushmaydi. Ishontirib aytamanki, shaxsan sizga g‘isht hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Siz boshqacha o‘lim topasiz.
— U qanaqa o‘lim ekan, balki siz bilarsiz? — deb oshkora kinoya bilan so‘radi Berlioz bu g‘irt bema’ni suhbat domiga tobora ko‘proq tortilarkan. — Ehtimol, menga aytarsiz ham?
— Bajonidil, — dedi begona kishi. U go‘yo Berliozga kostyum bichmoqchi bo‘lganday, boshdan-oyoq unga razm solib chiqdi, so‘ng gijir tishlari orasidan: «Bir, ikki… Merkuriy ikkinchi uyda… oy botdi… olti — baxtsizlik… oqshom — yetti…» — deb g‘o‘ldiradi-da, sho‘x ovoz bilan baralla dedi: — Kallangiz uziladi!
Bezdomniy bu betakalluf odamga jahl bilan o‘qrayib qaradi, Berlioz esa miyig‘ida tirjayib so‘radi:
— Kim uzadi? Dushmanlarmi? Interventlarmi?
— Yo‘q, — deb javob qildi hamsuhbat, — rus qizi, komsomol qiz.
— Hm… — deb qo‘ydi Berlioz notanish ajnabiyning qaltis hazilidan g‘ijinib, — afv etasiz-u, ammo bu dargumon.
— Meni ham afv etishingizni so‘rayman, — javob qildi ajnabiy kishi, — lekin bu aniq. Darvoqe, sizdan bir narsani so‘ramoqchiydim, bugun kechqurun nima ish qilasiz, agar sir bo‘lmasa?
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 02
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.