Usta va Margarita - 21

Total number of words is 4256
Total number of unique words is 1964
38.6 of words are in the 2000 most common words
56.3 of words are in the 5000 most common words
66.2 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Ikki ko‘z: tubida har qanday yurakning eng teran yerigacha teshib kirishga qodir zarrin uchqun porlab turgan o‘ng ko‘z bilan ignaning teshigini yoxud har qanday zulmat va qora ko‘lankaning tubsiz qa’rini eslatuvchi ziyosiz va qora chap ko‘z Margaritaning yuziga qattiq tikilgan edi. Volandning yuzi bir yonga qiyshayib ketgan, og‘zining o‘ng cheti pastga osilgan, sochlari to‘kila boshlaganidan keng bo‘lib ko‘ringan peshonasida ingichka qoshlari bilan bir tekisda chuqur-chuqur ajinlar cho‘zilgan edi. Uning yuzi oftobdan mangu qorayganday tuyulardi.
Egniga isqirt, chap yelkasiga yamoq tushgan uzun tungi ko‘ylakdan boshqa hech nima kiymagan Voland yalpayib o‘tirardi. U bir oyog‘ini tagiga bosib olgan, ikkinchisini uzatib skameykaga qo‘ygan edi. Mana shu qoraygan oyog‘ining tizzasini Gella tutab turgan allaqanday malham bilan ishqalardi.
Bu g‘ira-shirada Margarita yana Volandning yoli yo‘q ko‘kragida qora toshdan mohirona yasalib, ustiga allaqanday yozuvlar yozilgan bir qo‘ng‘izni ko‘rdi, u tilla zanjirga osilgan edi. Volandning yonida to‘shakda vazmin o‘rnatilgan alomat bir globus turardiki, uning joni borga o‘xshar va bir biqini quyosh bilan yoritilgandek tuyulardi.
Sukut bir necha lahza davom etdi.«Meni kuzatyapti», — deb o‘yladi Margarita va o‘z iroda kuchi bilan tizzalarining qaltirashini bosishga harakat qildi.
Nihoyat Voland jilmayib gap boshlagan edi, uning uchqun chaqnab turtan ko‘zi «pov» etib yonganday bo‘ldi.
— Xush kelibsiz, qirolicha, va lekin meni afv etgaysiz xonaki libosda bo‘lganim uchun.
Volandning ovozi shu qadar so‘niq, past ediki, ayrim so‘zlar zo‘rg‘a xirillab chikdi.
U to‘shakda yotgan uzun qilichni oldi-da, karavot ostiga tiqib kavlarkan, dedi:
— Bo‘ldi, chiq! O‘yin bekor qilinadi. Mehmon keldi.
— Zinhor bekor qilmang, — deb suflyorga o‘xshab pichirladi Korovyov Margaritaning qulog‘iga.
— Zinhor bekor qilmang… — deb gap boshladi Margarita.
— Messir… — deb pichirladi yana Korovyov uning qulog‘iga.
— Zinhor bekor qilmang, messir, — dedi o‘zini tutib olgan Margarita ohista, ammo aniq qilib, so‘ng jilmayib turib ilova qildi: — O‘yinni to‘xtatmasligingizni iltijo qilaman. O‘ylaymanki, shaxmat jurnallari shu partiyangizni chop qilgudek bo‘lsalar, durustgina gonorar to‘lagan bo‘lardilar sizga.
Azazello uning gapini ma’qullab, ohista tomoq qirib qo‘ydi, Voland esa Margaritaga diqqat bilan tikilib turib, qo‘lini cho‘zdi va uni imlab o‘z yoniga chaqirdi. Margarita yalangoyoqlari ostida polni sezmay unga yaqin bordi. Voland o‘zining zidday og‘ir, ayni paytda cho‘g‘dek qaynoq qo‘lini Margaritaning yelkasiga qo‘yib, uni o‘ziga tortdi va yoniga, karavotga o‘tqazdi.
— Baski, bizga bunday kamoli iltifot ko‘rsatayotgan ekansiz, — deb gapira boshladi u, — o‘zim ham shunday bo‘ladi deb o‘ylagan edim, unda biz takallufni yig‘ishtirib qo‘yamiz. — U yana karavot ostiga engashib qichqirdi: — Tokaygacha davom etadi bu karavot ostidagi maynavozchilik? Qani chiq, badbaxt masxaraboz!
— Aspni topa olmayapman, — deb bo‘g‘iq soxta ovoz bilan javob qildi karavot ostidan mushuk, — qayoqqadir qochib ketipti, uning o‘rniga allaqanday qurbaqa qo‘limga ilindi.
— Bu yer senga bozor emas — bas qil masxarabozlikni! — dedi Voland go‘yo achchig‘lanayotganday bo‘lib. — Karavot ostida hech qanaqa qurbaqa yo‘q edi! Bu uch pulga qimmat nayrangbozligingni Varete uchun asrab qo‘y. Agar hoziroq chiqmasang, seni yutqazdi deb hisoblaymiz, la’nati qochoq.
— Taslim bo‘lish yo‘q, messir! — deb baqirib yubordi mushuk va shu zahoti panjasida asp donasini ushlagancha karavot ostidan chikdi.
— Marhamat, tanishing… — deb gap boshladi Voland, ammo o‘z so‘zini bo‘lib dedi: — Yo‘q, ko‘rgani ko‘zim yo‘q bu taviyani, qarang, ne ko‘yga solib chiqipti o‘zini karavot tagidan.
Bu asnoda boshdan-oyoq changa belangan mushuk orqa oyoqlarida turib, Margaritaga ta’zim bajo qilardi. Endi uning bo‘yniga frak bilan taqiladigan oq galstuk bog‘langan, ko‘kragiga ayollarning sadaf durbini osilgan edi. Bundan tashqari, mushukning mo‘ylovi zarrin rangga bo‘yalgan edi.
— Axir bu nima qilganing? — dedi Voland, — nega endi mo‘ylavingni zarhallading? Keyin, galstukka balo bormi, egningda ishtoning bo‘lmagandan keyin?
— Mushuk ishton kiymaydi, messir, — viqor bilan javob qildi mushuk, — hali yana menga etik kiygin deb ham aytarsiz? Etik kiygan mushuk faqat ertaklarda bo‘ladi, messir. Lekin biron-bir jonzodning balga galstuk taqmay kelganini ko‘rganmisiz? Men jamoa oldida sharmanda bo‘lishni ham, gardanimga mushtlab baldan quvib chiqarishlarini ham istamayman! Har kim baholi qudrat yasanadi. Bu gapimni durbinga ham daxldor deb hisoblayvering, messir!
— Axir mo‘yloving-chi?…
— Hayronman, — deb quruqqina e’tiroz bildirdi mushuk, — nega endi Azazello bilan Korovyov soqol-mo‘ylovlarini olishganidan keyin oq upa se-pishlari mumkin-u, xmen mo‘ylovimga oltin upa sepishim mumkin emas, bundan oq upaning nimasi afzal? Agarda men mo‘ylovimni ustarada qirsam edi,unda gap qilishinglar mumkin edi! Chunki mo‘ylovi qirilgan mushuk — chindanam g‘irt bema’nilik, buni ming karra e’tirof etishga ham tayyorman. Lekii, umuman olganda, — shu yerga kelganda mushukning xo‘rligi kelib, ovozi qaltirab ketdi, — ko‘rib turibman, menga tirg‘iladigan bo‘lib qolishdi, binobarin, oldimda, umuman men balda bo‘lishim kerakmi o‘zi, degan jiddiy masala turipti. Xo‘sh, siz bunga nima deysiz, messir?
Shunday deb mushuk sal bo‘lmasa yorilib ketgudek shisha boshladi.
— Voy, qallob-e, voy firibgar-e, — derdi Voland boshini sarak-sarak qilib, — har safar shu — yutqazayotganini sezsa, eng razil aldoqchiga o‘xshab, gapni chalg‘itishga tushadi. Qani, tez o‘tir-u, bas qil quruq safsatabozlikni.
— Men o‘tiraman, — deb javob qildi mushuk o‘tirarkan, — lekin oxirgi fikringizga e’tiroz bildiraman. Kaminaning nutqlari, siz bu xonim oldida meni kamsitib aytganingizdek, safsata emas aslo, balki aniq sillogizmlar majmuasidirki, Sekst Empirik Martsian Kapella va hattoki Aristoteldekdonishmandlar ham ularni yuksak baholagan bo‘lardilar.
— Shoh! — dedi Voland.
— Mayli, mayli, — dedi mushuk va shaxmat taxtasiga durbin orqali qaray boshladi.
— Shunday qilib, — deb yuzlandi Voland Margaritaga, — tanishing, donna, mening mulozimlarim bilan. Manavi jinnilik qilayotgan mushukning ismi — Begemot. Azazello va Korovyov bilan tanishib olgansiz, endi, marhamat, xodimam Gella bilan tanishing. Ishga chechan, farosatli, qo‘lidan kelmaydigan ish yo‘q.
Go‘zal Gella kaftlab malham olib, sohibining tizzasiga surishdan to‘xtamagan holda, ko‘k ko‘zlarini Margaritaga tikib jilmaydi.
— Ana, bo‘ldi, — deb tanishtirishni yakunladi Voland va Gella tizzasini qattiqroq ezganidan afti burishib ketdi, — jamoamiz, ko‘rib turibsizki, ozchilik, qurama va odmi. — U jim qolib, o‘z oldida turgan globusni aylantira boshladi. Globus shu qadar zo‘r mahorat bilan ishlangan ediki, undagi moviy okeanlar mavjlanar, qutb esa haqiqiy muz va qor bilan burkangandek ko‘rinardi.
Bu mahal shaxmat taxtasi ustida besaranjomlik boshlangan edi. Oq rido kiygan shoh o‘z katagida ko‘ngli g‘ash bo‘lib tipirchilarkan, mushkul ahvolga tushganidan qo‘llarini ko‘kka ko‘tarardi. Oyboltalar bilan qurollangan uchta oq piyoda oq ofitserga baqrayib qarab turardi, ofitser shamshirini o‘ynatib, piyodalarni olg‘a, ya’ni Volandning ot mingan ikki suvorisi turgan kataklar sari undardi.
Shaxmat donalarining jonli ekanligi Margaritani nihoyatda qiziqtirib, hayratga soldi.
Mushuk durbinini ko‘zidan olib, o‘z shohining orqasiga ohista turtib qo‘ydi. Shoh mushkul ahvolga tushganini sezib, yuzini qo‘llari bilan berkitdi.
— Ishing chakki ko‘rinadi, azizim Begemot, — ohista dedi Korovyov zaharxanda bilan.
— Vaziyat jiddiy, lekin umid yo‘q emas yutishdan, — dedi Begemot, — sirasini aytganda: men g‘alaba qilishimga qat’iy ishonaman. Faqat vaziyatni yaxshilab tahlil qilib ko‘rish kerak.
Tahlilni u juda antiqa tarzda boshladi: o‘z shohiga allaqanday imo-ishoralar qilib ko‘z qisa boshladi.
— Hech nima kor qilmayapti-ku, — dedi Korovyov.
— Ie, voy! — deb qichqirib yubordi shunda Begemot, — to‘tilar uchib ketishibdi-yu — ogohlantirgan edim-a!
Darhaqiqat, olisdan behisob qush qanotlarining patirlagani eshitildi. Korovyov bilan Azazello yugurib chiqib ketishdi.
— E, jin ursin nayranglaringni! — deb g‘o‘ldiradi Voland o‘z globusidan ko‘z uzmay.
Korovyov bilan Azazello chiqib ketishgan hamonoq Begemotning ko‘z qisishi avjga chiqdi.
Nihoyat, oq shoh imo-ishoraning ma’nisiga tushundi-yu, yelkasidagi ridoni o‘zi turgan katakka yechib tashlab, shaxmat taxtasidan chopib chiqib ketdi. Ofitser esa uning o‘rniga o‘tib, shoh libosini o‘z yelkasiga tashlab oldi. Korovyov bilan Azazello qaytib kelishdi.
— Yana aldabsanda bizni, — deb to‘ng‘illadi Azazello Begemotga o‘qrayib.
— Qaydam, qulog‘imga chalinuvdi, — deb javob qildi mushuk.
— Xo‘sh, tokaygacha kutaman? — dedi Voland, — shoh!
— Eshitmabman, messir, — dedi mushuk, — shoh bo‘lishi mumkin emas.
— Takror aytaman — shoh!
— Messir, — dedi mushuk soxta vahima bilan, — siz juda charchagan ko‘rinasiz: shohga shoh yo‘q axir!
— Shoh G ikki katagida turipti, — dedi Voland shaxmat taxtasiga qaramasdan.
— Messir, kamina hayratdaman, — deya ingradi mushuk basharasini dahshatli bujmaytirib, — bu katakda shoh yo‘q.
— Nima deding? — dedi hayron bo‘lgan Voland va taxtaga tikilib qaradi. Shoh katagida turgan ofitser teskari o‘girilib, yuzini qo‘li bilan pana qilib olgan edi.
— Obbo kasofat-e, — dedi o‘ychanlik bilan Voland.
— Messir! Men yaia mantiqqa murojaat qilaman, — deb gap boshladi mushuk ikki panjasini ko‘ksiga qo‘ygancha, — agar raqib shohga shoh deb e’lon qilsa-yu, aslida shaxmat taxtasida shohning soyasi ham bo‘lmasa, bunday shoh — shoh hisoblanmaydi.
— Taslim bo‘lasanmi yo yo‘qmi? — deb baqirdi Voland dag‘dag‘a qilib.
— Ruxsat eting, o‘ylab ko‘ray, — yuvoshgina dedi mushuk, tirsaklarini stolga qo‘yib va panjalari bilan quloqlarini changallagancha o‘ylay boshaldi. U uzoq vaqt o‘ylab, nihoyat dedi: — Taslimman.
— Bu o‘jar maxluqni o‘ldirsang ham oz, — dedi Azazello g‘ijinib.
— Ha, taslim bo‘ldim, — dedi mushuk, — lekin aytib qo‘yay, faqat hasadgo‘ylar ta’qib qilgan muhitda o‘ynay olmasligim sababli taslim bo‘lyapman! — U o‘rnidan turdi. Shaxmat donalari o‘zlari qutiga borib tushishdi.
— Gella, vaqt bo‘ldi, — dedi Voland, shunda Gella xonadan chiqib ketdi. — Aksiga yurib, bal bo‘ladigan kun oyog‘im og‘rib qolsa-ya, — deb gapida davom etdi Voland.
— Ruxsat eting, men uqalay, — deb ohista iltimos qildi Margarita.
Voland Margaritaga qattiq tikilib qaradi, so‘ng tizzasini unga tomon surdi.
Lavadek qaynoq balchiq Margaritaning qo‘lini kuydirardi, ammo u aftipi burishtirmay, Volandning tizzasini og‘ritmaslikka urinib uqalayverdi.
— Muqarriblarim buni bod deb aytishyapti, — derdi Voland ko‘zini Margaritadan olmay, — lekin mei qat’iy ishonch bilan aytamanki, tizzamning og‘rig‘i, bir ming besh yuz yetmish birinchi yilda Broken tog‘ida Shayton kafedrasida bitta ketvorgan alvasti xonim bilan yaqin muloqotda bo‘lganim asorati bo‘lishi kerak, menimcha.
— O, aql bovar qilmaydi! — dedi Margarita.
— Parvo qilmapg! Yana uch yuz yillardan keyin tuzalib ketadi. Menga ko‘p dori-darmon tavsiya qilishdi, lekin eski odatim bo‘yicha buvimning davolash vositalariga amal qilaman. Bag‘oyat antiqa giyohlarni meros: qilib qoldirib ketgan menga o‘sha kampirsho, ya’ni buvim. Darvoqe, sizning hech bir dardingiz yo‘qmi? Balki qalbingizni kemiruvchi biron hasrat, g‘ussa bordir sizda ham?
— Yo‘q, messir, unday narsalar yo‘q menda, — deb javob berdi oqila Margarita, — endilikda, sizning huzuringizda esa o‘zimni judayam yaxshi his qilyapman.
— Nazarimda, — dedi Voland birdan quvnoq ohangda, — sizni mening globusim qiziqtirayotganga o‘xshaydi.
— O, rost, men hech qachon ko‘rmaganman bunday buyumni.
— Ajoyib buyum. Ochig‘ini aytganda men so‘nggi axborotni radio orqali eshitishni yoqtirmayman. Odatda, axborotni qandaydir qizlar o‘qishadi, ular joylarning nomlarini aniq talaffuz qilishmaydi. Bundan tashqari, ularning har uchtadan biri yo duduq, yo tili chuchuk — ataylab shunaqalarni tanlashadimi, hayronman. Mening globusim ancha qulayroq, buning ustiga, men yuz berayotgan voqealarni aniq bilishim kerak. Mana, masalan, sohilini okean yuvib yotgan mana bu yerni ko‘ryapsizmi? Qarang, ana, u o‘t olyapti. U yerda urush boshlandi. Agar ko‘zingizni yaqinroq olib borsangiz, tafsilotlarini ham ko‘rasiz.
Margarita globusga yaqinroq engashgan edi, kvadrat ichidagi yer tasviri kengayib, rapg-barang bo‘yoqlarga bo‘yaldi va bo‘rtma xaritaga o‘xshab ketdi. Shunda Margarita lentasimon daryoni ham, uning bo‘yiga joylashgan qandaydir bir qishloqni ham ko‘rdi. No‘xatdakkina bir uycha kattalashib gugurt qutisidek bo‘ldi. Birdan bu uyning tomi qop-qora tutun bilan birga osmonga ko‘tarildi, uning devorlari qulab tushdi, oqibat, ikki qavatli bu qutichadan hsch vaqo qolmadi — u qora tutun burqsab chiqayotgan bir to‘p axlatga aylangan edi. Margarita ko‘zini globusga yana ham yaqinroq olib borib, yerda yotgan kichkinagina bir ayolni va uning yonida qo‘llarini yoyib qonga botibyotgan go‘dakni ko‘rdi.
— Tamom, — dedi jilmayib Voland, — gunoh qilishga ham ulgurmadi. Abadonnaning ishi hamisha puxta.
— Men o‘sha Abadonnaga qarshi bo‘lgan tomonda bo‘lishni istamasdim, — dedi Margarita. — Kim tomonda o‘zi u?
— Siz bilan uzoqroq suhbatlashganim sari, — nazokat bilan dedi Voland, — g‘oyat oqila ekanligingizga ko‘proq ishonch hosil qilyapman. Siz xotirjam bo‘ling. Abadonna mutlaqo xolis ish ko‘radi va kurashayotgan ikkala tarafga ham birday xayrixoxdir. Shunga ko‘ra, ikkala taraf kurashining oqibati bir xil bo‘ladi doim. Abadonna, — deb Voland ohista chaqirdi, shu zahotiyoq qora ko‘zoynak taqqan qandaydir ozg‘in odam devor ichidan chiqib keldi. Uning ko‘zoynagi Margaritaga shu qadar kuchli ta’sir qildi-ki, u ohista chinqirib yuborib, yuzini Volandning oyog‘iga bosdi. — Bas qiling, — deb o‘shqirdi Voland, — muncha asabiy bo‘lib ketishgan-a bu zamonning odamlari. — U Margaritaning yelkasiga «shap» etib shapaloq urgan edi, uning butun vujudi jaranglab ketdi. — Ko‘ryapsiz-ku, u ko‘zoynaqda. Bundan tashqari, Abadonna hech qachon biron kimsaning huzurida bemavrid paydo bo‘lgan emas, bo‘lmaydi ham. Undan keyin, bu yerda men borman. Siz esa, mening mehmonimsiz! Shunchaki uni sizga ko‘rsatmoqchi edim, xolos.
Abadonna qimir etmay turardi.
— Bir lahzaga ko‘zoynagini olsa bo‘ladimi? — deb so‘radi Margarita Volandning pinjiga kirib, endi qo‘rquvdan emas, sinchkovlikdan qalt-qalt titrarkan.
— Bu endi mumkin emas, — jiddiy ohangda dedi Voland va bir qo‘l siltagan edi Abadonnaning qorasi o‘chdi. — Menga bir nima demoqchimisan, Azazello?
— Messir, — deb javob qildi Azazello, — gapirishga ruxsat eting. Bizda ikkita begona bor: hiqil-lab, o‘z sohibasi huzurida qoldirishni iltijo qilayotgan sohibjamol qiz bilan uning ixtiyoridagi, ma’zur ko‘rasiz, to‘ng‘iz.
— Sohibjamollar o‘zlarini juda antiqa tutadilar-da, — dsdi Voland.
— U Natasha, — deb yubordi Margarita.
— Mayli, sohibasi qoshida qoldiringlar. To‘ng‘izni esa oshpazlarga jo‘nating!
— Uni so‘yishadimi? — chinqirib yubordi qo‘rqib ketgan Margarita, — shafqat qiling, messir, u pastki qavatda yashovchi Nikolay Ivanovich. Anglashilmovchilik sodir bo‘lgan. Natasha bexosdan unga ham yog‘upa surib qo‘yipti…
— Afv etasiz, — dedi Voland, — kim so‘yar ekan o‘sha dahmazani? Vaqtincha oshpazlar bilan o‘tirib tursin, vassalom! Axir uni bal bo‘layotgan zalga kirita olmayman-ku!
— Ha-da… — deb ilova qildi Azazello va davom etdi: — Hademay yarim kecha bo‘ladi, messir.
— A, juda soz, — deb Voland endi Margaritaga yuzlandi: — Xullas, marhamat qilsinlar! Oldindan minnatdorchilik bildiraman sizga. O‘zingizni yo‘qotmang, hech nimadan qo‘rqmang. Suvdan boshqa hech nima ichmang, bo‘lmasa lohas bo‘lib, qiynalib qolasiz. Vaqt bo‘ldi!
Margarita o‘rnidan turdi, shu payt eshik oldida Korovyov paydo bo‘ldi.
Yigirma uchinchi bob
IBLIS HUZURIDA OLAMSHUMUL BAL
Yarim kecha yaqinlashib qolganidan shoshilishga to‘g‘ri keldi. Margaritaning ko‘ziga narsalar zo‘rg‘a ko‘rinardi. Uning esida qolgan narsa — shamlaru tubiga rangdor toshlar yotqizilgan qandaydir hovuzcha bo‘ldi. Gella bilan unga ko‘maklashayotgan Natasha shu hovuzchaga tushib turgan Margaritaning boshidan qizil rangli quyuq va qaynoq bir suyuqlik quyishdi. Margarita tamshanib ko‘rib, sho‘rtang narsani his qiddi va o‘zini qon bilan yuvishayotganini tushundi. Bu qonli dushdan keyin boshqasi — pushti rang quyuq va tiniq dush boshlandi, endi bu gul moyidan Margaritaning boshi aylanib ketdi. Keyin uni billur chorpoyaga yotqizishib, badanini allaqanday yirik-yirik yashil yaproqlar bilan to yaraqlaguncha ishqalashdi. Shu payt mushuk yugurib kirib, ko‘maklasha boshladi. U Margaritaning oyoq tomoniga chordana qurib o‘tirib olib, ko‘cha-ko‘ydagi etik moylovchilarga o‘xshab, uning tovonini ishqalay boshladi. Margarita och-pushti atirgul barglaridan kim unga tufli tikkanini ham, ularning oltin tasmalari qanday qilib o‘z-o‘zidan tugmalanib qolganini ham eslolmasdi. Qandaydir bir kuch Margaritani shaxt ko‘tarib, ko‘zgu ro‘parasiga qo‘ydi, shunda uning boshida shohona olmos toj yaraqlab ketdi. Shupayt qayoqdandir paydo bo‘lgan Korovyov Margaritaning bo‘yniga og‘ir zanjirga ilingan qora baroq itning cho‘zinchoq ramkadagi zalvar tasvirini osib qo‘ydi. Bu bezak qirolichaga nihoyatda malol keldi. Zanjir shu zahotiyoq uning bo‘ynini ishqalab qizartirvordi, zilday tasvir esa uning qadadshi bukardi. Biroq bu o‘ng‘aysizlik evazi-ga Margarita ba’zi bir imtiyozga musharraf bo‘ldi. Bu imtiyoz — Korovyov bilan Begemotning unga izzat-ehtiromi edi.
— Hechqisi yo‘q, aslo aziyat chekmang! — deb g‘o‘ldirardi Korovyov hovuzchali xona eshigi oldida turib, — o‘zga iloj yo‘q, shu narsa kerak, kerak, kerak. Ijozatingiz bilan, qirolicha, sizga oxirgi maslahatim. Mehmonlar orasida turli toifadagi shaxslar bo‘ladi, o, juda-juda ko‘p ular, ammo hech kimga, qirolicha Margo, hech qanday imtiyoz berilmasligi kerak! Agar bordi-yu birontasi didingizga yoqmasa… aminmanki, siz buni o‘z chehrangizda ifoda etmaysiz, albatta… Yo‘q, yo‘q, bunday o‘ylash mumkin emas! U sezadi, o‘sha zahoti sezib qoladi. Unga mehr qo‘yish,sevish kerak, qirolicha. Buning evaziga bal bekasi yuz hissa ko‘proq mehrga sazovor bo‘lajak! Yana: hech kimni e’tiborsiz o‘tkazvormaysiz. Agar luqma tashlab gaplashishga vaqtingiz bo‘lmasa, yo‘q deganda, jilvali nigoh tashlaysiz yo salgina qiyo boqib qo‘yasiz. Nima qilsangiz qiling, ammo hech kimni e’tiborsiz qoldirmang. Ular shu e’tiborsizlikdan zavolga uchraydilar…
Shundan keyin Margarita Korovyov bilan Begemot kuzatuvida zim-ziyo qorong‘ilikka qadam qo‘ydi.
— Men, men, — deb pichirladi mushuk, — men signal beraman!
— Mayli! — dedi Korovyov qorong‘ida.
— Bal! — deb qattiq chiyilladi mushuk, shu zahoti Margarita chinqirib yuborib, ko‘zlarini bir necha lahzaga chirt yumib oldi. Chunki bal uning ko‘ziga charog‘on shu’la hamda har xil hidu tovushlar timsolida namoyon bo‘lgan edi. Korovyov qo‘ltiqlab olib ketayotgan Margarita o‘zini tropik o‘rmonda ko‘rdi. Qizilto‘sh, yashildum to‘tiqushlar lianalarga osilishar, ular ustidan sakrashar va: «Men g‘oyat mamnunman!» — deb shang‘illashardi. Lekin o‘rmon bir zumda tugab, hammomona dimlik bal zalining salqin havosi bilan almashdi. Bu zal ham o‘rmon singari huvillagan edi, faqat sarg‘ish yaltiroq toshlardan tiklangan ustunlar poyida boshlariga oppoq salla o‘ragan yarim-yalang‘och negrlar qimir etmay turardilar. Margarita o‘z mulozimlari bilan (ular safiga endi Azazello ham qo‘shilgan edi) zalga uchib kirganida negrlarning yuzlari hayajondan xira-qo‘ng‘ir rangga kirdi. Shu yerda Korovyov Margaritaning qo‘lini qo‘yib yuborib, qulog‘iga pichirladi:
— To‘g‘ri lolazor tomon yuring! Margaritaning ro‘parasida uncha baland bo‘lmagan oq lolalar zich bo‘lib qad ko‘targan edi, ular ortida esa ustiga qalpoqcha o‘rnatilgan son-sanoqsiz chiroqlar, chiroqlar qarshisida qora frak kiygan odamlar ko‘rindi. Margarita bal muzikasining qaerda chalinayotganini shundagina tushundi… Yuz elliktacha odamdan iborat orkestr polonez kuyini chalardi.
Orkestr oldidagi supachada turgan, frak kiygan odam Margaritani ko‘rib oqarib ketdi, bir amallab jilmaydi va birdan qo‘l siltab, butun orkestrni oyoqqa turg‘azdi. Orkestr bir zum ham chalishdan to‘xtamay, tik turgancha, Margarita boshidan muzika sadosini yog‘dira boshladi. Mis karnaylar ovozi orqasidan faryoddek eshitilgan skripkalar sasi uning boshidan, boya hovuzchada yuz berganidek, quyuq qon bo‘lib quyildi. Dirijyor orkestrga orqa o‘tirib, qo‘llarini keng yoygancha, ikki bukilib ta’zim qildi, shunda Margarita jilmayib turib, unga qo‘l silkitdi.
— Yo‘q, bu oz, kam, — deb pichirladi Korovyov, — u kechasi bilan mijja qoqmay chiqadi. «Salom sizga, o valslar qiroli!» — deb qichqiring unga.
Margarita shunday deb qichqirgan edi, ovozi xuddi qo‘ng‘iroq sadosidek butun orkestr ovozini bosib ketdiki, bundan o‘zi ham hayron qoldi. Dirijyor bunday baxtdan seskanib ketdi va chap qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygancha o‘ng qo‘lidagi oq tayoqchani silkitib orkestrga dirijyorlik qilishda davom etdi.
— Yana, yana, — deb pichirlardi Korovyov, — chapga, birinchi skripkalarga qarang, shunday bosh irg‘ating-ki, ularning har biri meni tanidi deb o‘ylasin o‘zicha. Faqat jahonga mashhur bo‘lgan muzikachilar yig‘ilgan bu yerga. Anavi birinchi pult oldida o‘tirgan bilan salomlashing, — u Vetan bo‘ladi. Yaxshi, juda yaxshi. Endi ketdik.
— Dirijyor kim bo‘ldi? — deb so‘radi Margarita nariga uchib ketarkan.
— Ioxan Shtraus, — deb shang‘illadi mushuk, — agar bironta balda, biron marta bo‘lsin shunday sara orkestr yig‘ilgan bo‘lsa, mayli, meni tropik o‘rmonda o‘sgan lianaga osisha qolsin. Men taklif qildim bu orkestrni. E’tibor bering-a, bironta muzikachi kasal ham bo‘lib qolmadi, kelishdan bosh ham tortmadi…
Keyin ular bir maydonchaga uchib chiqishdi. Margarita bu yerni tanidi: Korovyov uni shamchiroq tutib shu yerda kutib olgan edi. Endi bu maydonchada yonib turgan uzum boshlarini eslatuvchi billur qandil yorug‘idan ko‘z qamashardi. Margarita uchun maxsus joy tayyorlangan edi — uni o‘sha yerga qo‘yishdi, uning chap tirsagi ostida ametist ustuncha paydo bo‘ldi.
— Agar juda toliqsangiz, qo‘lingizni shu ustunchaga qo‘yishingiz mumkin, — deb shipshidi Korovyov.
Qora tanli bir odam Margaritaning oyog‘i ostiga yostiq tashladi, unga zarrishta bilan baroq itning tasviri tikilgan edi, shunda Margarita kimningdir yo‘rig‘iga yurib, o‘ng oyog‘ini yostiqqa qo‘ygan edi, tizzasi xiyol bukildi. U atrofiga ko‘z tashladi. Korovyov bilan Azazello uning yonginasida tantanavor vaziyatda turishardi. Azazelloning yonida yana uch nafar yigit bo‘lib, ular Margaritaning nazarida Abadonnaga sal-pal o‘xshab ketishardi. Margaritaning yelkasiga sovuq ura boshladi, u orqasiga o‘girilib, u yerdagi marmar devordan muz hovuzga gazli vino tizillab quyilayotganini ko‘rdi. Margarita chap oyog‘i tagida qandaydir iliq va momiq narsaning g‘imirlaganini sezdi. Bu Begemot edi.
Margarita yuksakda turar, uning shundoqqina oyog‘i ostidan pastga gilam poyondoz yozilgan juda mahobatli zina tushib borar edi. Pastda, xuddi durbinning teskari tomonidan ko‘ringanday juda-juda olisda kattakon darbonxona va qop-qora xunuk og‘ziga besh tonnali yuk mashinasi bemalol kira oladigan hayhotday kamin ko‘rindi. Ko‘zni ko‘r qilgudek darajada yoritilgan darbonxona ham, zina ham bo‘m-bo‘sh edi. Endi karnaylar sadosi juda uzoqdan eshitilardi. Shu zaylda bir daqiqacha qimir etmay turishdi.
— Qani, axir, mehmonlaringiz? — deb so‘radi Margarita Korovyovdan.
— Kelishadi, qirolicham, kelishadi, hozir kelib qolishadi. Qalashib ketishadi hali. Lekin, o‘lay agar, bu yerda turib ularni qarshi olgandan o‘tin yorish afzal menga.
— O‘tin yorish nima ekan, — deb gapga aralashdi ezma mushuk, — men tramvayda konduktor bo‘lib ishlashga ham rozi edim, o‘zingiz bilasiz, konduktorlikdan bema’niroq ish yo‘q dunyoda.
— Hamma narsa barvaqt shay qilib qo‘yilishi kerak, qirolicha, — deb izohladi Korovyov darz monokl taqqan ko‘zida o‘t chaqnatib. Birinchi bo‘lib kelgan mehmonning o‘zini qayoqqa qo‘yishni bilmay sandiroqlab yurganidan, bu asnoda uning jufti haloli — malikai dilozori, nega buncha barvaqt keldik, deb erini qoniga tashna qilib ming‘ir-ming‘ir qilgani-dan yomon narsa yo‘q dunyoda. Agar bal shunaqa bo‘ladigan bo‘lsa, unaqa baldan yuz o‘girmoq kerak, qirolicham.
— Albatta yuz o‘girish kerak, — deb ta’kidladi mushuk.
— Yarim kechaga atigi o‘n soniya qoldi, — deb ilova qildi Korovyov, — hozir boshlanadi.
Shu o‘n soniya juda uzayib ketgandek bo‘lib tuyuldi Margaritaga. Uning nazarida o‘n soniya allaqachon o‘tib ketgan-u, ammo hech nima sodir bo‘lmaganday edi. Lekin shu chog‘ birdan pastda, mahobatli kamin ichida bir nima taraqlab ketdi-yu, ichidan bir dor otilib chikdi — unga chirib to‘kila boshlagan jasad osilgan edi. Mana shu jasad sirtmoqdan yerga uzilib tushib, birdan egniga frak, oyog‘iga loklangan tufli kiygan tim qora sochli o‘ktam yigitga aylandi. Shundan keyin kamindan chiriy boshlagan kichikroq bir tobut otilib chiqdi, uning qopqog‘i ochilib, ichidan bir murda chiqibyerga tushdi. O‘ktam yigit nazokat bilan uning tepasiga yaqin borib, qo‘lini qo‘ltig‘iga olish uchun egdi, shunda tobutdagi murda ham oyoqqa turib qora tufli kiygan, sochiga qora patlar qadagan qip-yalang‘och qilpillama ayolga aylandi va bu erkak bilan ayol birgalikda zinadan yuqoriga ko‘tarila boshlashdi.
— Birinchi mehmonlar! — dedi Korovyov, — janob Jak o‘z zavjasi bilan. Tanishing, qirolicha, dunyodagi eng antiqa erkaklardan biri! Qalbaki pul yasashda tengi yo‘q davlat jinoyatchisi, ayni chog‘da yaxshigina kimyogar ham. Lekin, — deb pichirlay boshladi u Margaritaning qulog‘iga, — qirolning ma’shuqasini zaharlab dovruq qozongan. Axir bu hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Qarang, qanday chiroyli yigit!
Rangi quv o‘chgan Margarita og‘zini ochgancha pastga tikilib qoldi, u yerda boyagi dor ham, tobug ham darbonxona yonidagi yo‘lakka kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan edi.
— Bag‘oyat xursandman, — deb baqirdi mushuk zinadan chiqib kelgan janob Jakning shundoqqina yuziga.
Bu payt pastda kamin ichidan boshi yo‘q, qo‘li uzilgan skelet chiqdi va yerga bir urilib, frak kiygan erkakka aylandi.
Bu mahal janob Jakning zavjasi Margarita qarshisida tiz cho‘kib, hayajondan rangi oqarib, uning tizzasini o‘pardi.
— Qirolicha, — deb g‘o‘ldirardi u.
— Qirolicha benihoya mamnunlar, — deb qichqirdi Korovyov.
— Qirolicha… — dedi ohista o‘ktam yigit janob Jak.
— Biz behad xursandmiz, — deb chiyilladi mushuk. Lekin bu payt Azazelloning hamrohlari bo‘lmish yigitchalar xushmuomala bilan tirjayishgancha janob Jak bilan uning zavjasini chetga, shamnan vinosi to‘ldirilgan qadahlarni ko‘tarib turgan negrlar tomon siqib borayotgan edilar. Zinadan esafrak kiygan yolg‘iz bir odam yugurib chiqib kela boshladi.
— Graf Robert, — deb pichirladi Korovyov Margaritaga, — hali ham o‘sha-o‘sha xushbichim. Tamomila teskari hodisaga e’tibor bering, qirolicha: bu odam qirolichaning o‘ynashi bo‘lgan va o‘z xotinini zaharlab o‘ldirgan edi.
— Xursandmiz, graf, — deb baqirdi Begemot. Kamin ichidan ketma-ket uchta tobut chiqib, qarsillab yorildi-yu, sochilib ketdi, shundan so‘ng kamindan qora rido kiygan odam chikdi, uning ketidan izma-iz yugurib chiqqan yana bittasi rido, kiyganning orqasiga pichoq sanchdi. Zina etagidan bo‘g‘iq faryod eshitildi. Keyin birdan kamin ichidan butunlay irib-chirib bo‘lgan murda otilib chiqdi. Margarita ko‘zlarini yumib oldi, shunda kimdir uning burniga oq tuz solingan shishacha tutdi. Bu Natashaga o‘xshab ketdi. Zina gavjum bo‘la boshladi. Endi har bir pillapoyani uzoqdan mutlaqo bir xil bo‘lib ko‘ringan frak kiygan erkaklaru ularning yonlarida boshlaridagi patlar va oyoqlaridagi tuflilarning rangi bilan bir-biridan farq qiluvchi yalang‘och ayollar to‘ldirgan edi.
Chap oyog‘iga alomat yog‘och etik kiygan, qotmadan kelgan, kamsuqum bir xonim xuddi rohibalardek ko‘zini yerga tikib Margarita istiqboliga chiqib kelardi, uning bo‘yni negadir keng yashil lenta bilan bog‘langan edi.
— Muncha ko‘karib ketgan? — deb yubordi dabdurustdan Margarita.
— Bag‘oyat purlatofat va purnufuz xonim, — deb pichirladi Korovyov, — tanishtiraman sizga: Tofana xonim, neapollik dilbar juvonlar, shuningdek, Palermo ayollari o‘rtasida, ayniqsa, erlari me’dalariga tekkan xonimlar orasida nihoyatda dovruq taratgan. Axir, er me’daga tegishi mumkin-ku, to‘g‘rimi, qirolicha?
— Ha, — deb javob qildi Margarita hirqiroq ovoz bilan, ayni paytda qarshisida birin-ketin tiz cho‘kib tizzasi va qo‘lidan o‘pgan ikkita erkakka jilmayib boqdi.
— Ana shunaqa, — deb pichirladi Korovyov Margaritaga va ayni vaqtda kimlirgadir qichqirardi: — Gertsog, bir qadah shampan vinosiga marhamat qilsinlar! Kamina mamnunman! Ha, qisqasi, Tofana xonim o‘sha sho‘rlik ayollarning hojatini chiqarib, ularga kichkina shishachalarda qandaydir suv sotardi. Xotin o‘sha suvni erining ovqatiga solar, er esa ovqatni yeb, mehribon xotiniga minnatdorlik izhor etar va o‘zini g‘oyat yaxshi his qilardi. To‘g‘ri, bir necha soatdan keyin u erning tomog‘i qaqrab, suv ichgisi kela boshlar, so‘ng to‘shagiga yotardi-yu… Xullas, yana bir kundan keyin erini totli ovqat bilan boqqan o‘sha neapollik sohibjamol misoli ko‘klam shamolidek erkin bo‘lardi-qolardi.
Margarita:
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 22
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.