Usta va Margarita - 22

Total number of words is 4281
Total number of unique words is 1986
35.8 of words are in the 2000 most common words
52.8 of words are in the 5000 most common words
62.0 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
— Uning oyog‘idagi nima? — deb so‘rarkan, ayni paytda kalovlanib chiqib kelayotgan Tofana xonimdan o‘zib, o‘z qoshiga yetib kelgan mehmonlarga qo‘l cho‘zishdan to‘xtamasdi, — undan keyin, nega bo‘yniga yashil lenta bog‘lab olgan? Pesi bormi?
— Kamina behad mamnunman, knyaz! — deb qichqirardi Korovyov va shu paytning o‘zida Margaritaning qulog‘iga pichirlardi: — Bo‘yni juda ham go‘zal, lekin u qamoqda yotganida bir ko‘ngilsizlik sodir bo‘lgan. Oyog‘idagi narsa esa, qirolicham, ispan etigi, endi lenta masalasiga kelsak, bunga sabab shuki, o‘z xotinlariga yoqmagan besh yuztacha erkakning Neapol va Palermodan mangu rihlat etganini eshitgan turma xizmatchilari Tofana xonimni qiziq ustida bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ishgan edi.
— Siz bilan, qora qirolicha, ko‘rishishga musharraf bo‘lganimdan behad baxtiyorman, — deb Tofana rohibalar singari qimtinibgina pichirlarkan, tiz cho‘kishga urinardi. Ammo ispan etigi bunga yo‘l bermasdi. Korovyov bilan Begemot Tofanani turg‘azib qo‘yishdi.
— Xursandman, — deb javob qildi unga Margarita qo‘lini boshqa mehmonlarga cho‘zarkan.
Endi yuqoriga ko‘tarilayotgan odamlar oqimi zinani tamoman ko‘mib yuborgan edi. Shu bois Margarita pastda, darbonxonada nimalar bo‘layotganini endi ko‘rmas edi. U bir taxlitda qo‘lini ko‘tarib tushirar va mudom birday tishining oqini ko‘rsatgancha mehmonlarga jilmayardi. Bu yerda, zina maydonchasida qattiq g‘ovur ko‘tarildi, bal bo‘ladigan zallardan eshitilayotgan muzika xuddi dengiz shovqiniga o‘xshab yangrardi.
— Mana bu juda dilgir ayol, — derdi Korovyov endi baralla ovoz bilan, chunki bu yerdagi shov-shuvda unipg ovozini mehmonlar eshitmasligini bilardi, — joni-dili — bal, doim o‘z ro‘molchasi ustidan shikoyat qilish orzusida yuradi.
Margarita Korovyov ko‘rsatgan ayolni zinadan chiqib kelayotganlar orasidan ko‘zi bilan qidirib topdi. Bu yigirma yoshlardagi bo‘y-basti nihoyatda kelishgan juvon bo‘lsa ham, ko‘zlari negadir bejo, sullohona boqardi…
— Qanaqa ro‘molcha? — pichirlab so‘radi Margarita har bir mehmonga qo‘lini uzatishda davom etarkan.
— Ko‘k hoshiyali ro‘molcha. Gap shundaki, u qahvaxonada xizmat qilib yurganida, kunlarning birida xo‘jayini uni omborxonaga chaqirib olgan-u, keyin, oradan to‘qqiz oy o‘tgach, u o‘g‘il tuqqan. So‘ng u o‘g‘ilchasini o‘rmonga olib borib, og‘ziga ro‘molcha tiqib, yerga ko‘mgan. Sudda, bolani boqishga qurbim yetmasdi, deb aytgan.
— O‘sha qahvaxona xo‘jayini-chi, u qayokda qoldi? — deb so‘radi Margarita.
— Qirolicha, — dedi birdan g‘ijirlovchi ovoz bilan mushuk, — ijozatingiz bilan sizga bir savol bersam: xo‘jayinning bunga nima daxli bor? Axir u chaqaloqni o‘rmonga olib borib bo‘g‘ib o‘ldirmagan-ku!
Margarita mehmonlarga jilmayishda va o‘ng qo‘lini ularga uzatishda davom etarkan, chap qo‘lining tirnoqlarini Begemotning qulog‘iga botirdi va pichirlab dedi:
— Agar sen, maraz, yana bir marta gapga aralashadigan bo‘lsang…
Begemon jon holatda chinqirib yubordi va xirillab dedi:
— Qirolicha… qulog‘im shishib ketadi-ku… Axir nima hojati bor shishgan quloq bilan bal tantanasini buzishni?.. Men yuridik jihatdan… yuridik nuqtai nazardan gapirgandim… Bo‘ldi, tavba qildim… Meni mushuk emas, gung baliq deb hisoblang, faqat qulog‘imni qo‘yvorsangiz bo‘lgani.
Margarita mushukning qulog‘ini qo‘yib yubordi, xuddi shu payt ko‘zlari xomush va sullohona boquvchi juvon uning ro‘parasida to‘xtadi.
— O qirolicha-sohiba, buyuk to‘linoy baliga taklif etilganimdan behad baxtiyorman.
— Men ham, — dedi unga Margarita, — xursandman sizni bu yerda ko‘rganimdan. G‘oyat xursandman. Shampan vinosini yoqtirasizmi?
— Voy, nima qilyapsiz, qirolicham?! — jig‘ibiyron bo‘lib tovushsiz chinqirdi Korovyov Margaritaning qulog‘iga, — tirband bo‘lib ketadi bu yer!
— Yoqtiraman, — dedi juvon yolboruvchi ohangda va birdan ma’nisiz tarzda takrorlay boshladi: — Frida! Frida, Frida! Mening ismim Frida, o qirolicha.
— Unday bo‘lsa, Frida, siz bugun to mast bo‘lguningizcha rosa miriqib ichingu hech nimani o‘ylamang, — dedi Margarita.
Mamnun Frida Margaritaga ikkala qo‘lini uzatgan edi, lekin Korovyov bilan Begemot epchillik qilishib uning ikki qo‘ltig‘idan olishdiyu — keyin u bir zumda olomon orasida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Endi olomon, go‘yo Margarita turgan maydonchani zabt etishga ahd qilgandek, zinadan zich saf bo‘lib chiqib kelardi. Yalang‘och ayollar frak kiygan erkaklar bilan aralashib ketgan edi. Margaritaning istiqboliga bug‘doy rang, oq, jigar rang va tamoman qop-qora badanlar yaqinlashib kelardi. Ularning malla, qora, qizg‘ish, kul rang sochlariga qadalgan qimmatbaho toshlar behisob chiroqlar shu’lasida tovlanar, yaraqlar, uchqunlar sochardi. Hujumkor erkaklarning ko‘kraklariga taqilgan gavhar to‘g‘nog‘ichlardan o‘t chaqnar — go‘yo bu olomon ustidan kimdir shu’la sochayotgandek. Endi Margarita, tizzasini dam-badam o‘pishayotganini his qilar, dam-badam qo‘lini o‘pishga uzatar, jilmaygan chehrasi niqob kabi qotib qolgan edi.
— Kamina mamnunman, — deb kuylardi Korovyov bir me’yorda, — biz mamnunmiz, qirolicha mamnunlar.
— Qirolicha mamnunlar, — derdi manqalanib orqada turgan Azazello.
— Men xursandman, — deb chinqirardi mushuk.
— Bu markiza, — deb g‘o‘ldirardi Korovyov, — meros deb otasini, ikki akasini va ikki singlisini zaharlab o‘ldirgan! Qirolicha mamnunlar! Minkina xonim, qarang, qanday dilbar ayol! Faqat salgina tajang demasak! Nima hojati bor edi oqsoch qizning yuzini sochni gajak qiluvchi qaychi bilan kuydirishning! To‘g‘ri, bunday sharoitda, odatda, so‘yib tashlashadi! Qirolicha mamnunlar! Qirolicham, bir zum e’tibor bering: imperator Rudolf, sehrgar va kimyogar. Mana, yana kimyogar — dorga osilgan. O, xonim ham keldilar! O, qanday ajoyib fohishaxonasi bor edi uning Strasburgda! Bizmamnunmiz. Bu xonim — moskvalik chevar, bitmas-tuganmas fantaziya sohibasi bo‘lgani uchun biz hammamiz uni sevamiz. U o‘z qaramog‘idagi ateleda juda ham kulgili bir narsa ixtiro qilgan edi: devorda bir juft doira teshik ochib qo‘ygan edi…
— Nima, xonimlar bilishmasmidi? — deb so‘radi Margarita.
— Hammalari bilishardi, qirolicha, — deb javob qildi Korovyov, — men mamnunman. Manavi yigirma yoshli nihoyatda xayolparast va tentak bola go‘daklik paytidan o‘zining antiqa fantaziyalari bilan dovruq taratgan. Uni bir qiz sevib qolgan edi, u esa o‘sha qizni olib borib fohishaxonaga sotgan.
Pastdan chiqib kelayotgan olomon oqimining keti ko‘rinmasdi. Bu oqim manbai mahobatli kamin edi. Shu alpozda oradan bir soat o‘tdi, ikkinchi soat ham boshlandi. Endi Margarita bo‘yniga osilgan zanjirning yanada og‘irlashganini his qildi. Uning qo‘liga ham bir nima bo‘lgan edi. Endi Margarita har gal qo‘lini ko‘tarayotganda og‘rikdan aftini burishtirardi. Korovyovning qiziqarli izohlari uni endi qiziqtirmay qo‘ydi. Qiyiq ko‘zli yalpoq yuzlar ham, oq, qora chehralar ham uni qiziqtirmay qo‘ygan edi, ba’zida bu yuzlar bir-birlariga chaplashib ketganday ko‘rinar, ular oralig‘idagi havo esa negadir jimirlay boshlardi.Birdan Margaritaning o‘ng qo‘li xuddi igna sanchgandek zirqirab og‘riy boshladi, shunda u og‘riqdan tishlarini gijir qilib, tirsagini kursiga qo‘ydi, endi uning orqasidagi zaldan xuddi qush qanotlari patillab devorga urilayotganini eslatuvchi sharpalar eshitilardi: ma’lumki, u yerda tumonat mehmonlar raqs tushishardi. Margaritaning nazarida, bu g‘aroyib zalning mustahkam marmar, koshinkor va billur pollari xuddi qon tomiridek bir me’yorda tepib turganga o‘xshardi.
Endi Margaritani hech qanday qirol ham, gertsog ham, oshiq yigit ham, o‘z joniga qasd qilganlaru erlarini zaharlab o‘ldirganlar ham, dorga osilganlaru qo‘shmachilar ham, qamoqxona nozirlariyu qallob qimorbozlar ham, jallodlar, chaqimchilar, sotqinlar, ovsarlar, ayg‘oqchilaru qizlarning nomusiga tajovuz qiluvchilar ham, hattoki Gay Sezar Kaligula bilan Messalina ham mutlaqo qiziqtirmay qo‘ygan edi. Ularning nomlari Margaritaning miyasida chalkashib ketgan, basharalari bir-biriga chaplashib ulkan bir barkashga o‘xshab qolgan edi, faqat bir bashara — Malyuta Skuratovning olov rang soqol gardishiga o‘ralgan yuzi xotirasiga mahkam o‘rnashib olib, unga azob berardi. Margaritaning tizzalari bukilib-bukilib ketar, og‘riqning zo‘ridan har daqiqa yig‘lab yuborgudek bo‘lardi. Hammadan ham o‘ng oyog‘i qattiq azob berardi unga. Kelgan mehmonlarning hammasi shu oyog‘ining tizzasini o‘pib o‘tishavergandan u shishib, ko‘karib ketgan edi, holbuki Natasha gubka bilan yana allaqanday xushbo‘y narsa ko‘tarib kelib, uning tizzasini bir necha bor artib ketgan edi. Tashriflar boshlanganiga salkam uch soat bo‘lganida Margarita pastga tamoman umidsizlik bilan nigoh tashladi va birdan ko‘zlari quvonib, bir seskanib qo‘ydi: mehmonlar oqimi siyraklasha boshlagan edi.
— Bal qonuni hamma yerda bir xil, qirolicha, — deb pichirlardi Korovyov, — hozir to‘lqin tina boshlaydi. Ont ichib aytamanki, bu bardoshimizning eng oxirgi daqiqalari. Ana, brokenlik ishratparastlar bir to‘da bo‘lib chiqib ketishyapti. Ular hamisha shunaqa eng keyin kelishadi. Ha, o‘shalar. Yana ikkita mast vampir… tamommi? E, yo‘q, ana, yana bittasi. Yo‘q, ikkita ekan!
Zinadan eng oxirgi ikki mehmon chiqib kelardi.
— Ie, bunisi yangiga o‘xshaydi-ku, — dedi Korovyov monokl shishasi orqali ko‘zini suzib qararkan, — e, ha, tanidim. Kunlarning birida Azazello unikiga borib konyakxo‘rlik qilib o‘tirganida, uning qulog‘iga pichirlab bir odamdan qanday qutulish yo‘lini ko‘rsatgan edi, chunki mezbon o‘sha odamning fosh bo‘lishidan juda qo‘rqar edi. Natijada u, Azazelloning maslahati bilan, o‘ziga tobe bo‘lgan bir tanishiga o‘sha odamning kabineti devorlariga zahar purkashni buyuradi.
— Ismi nima uning? — deb so‘radi Margarita.
— Ochig‘i, o‘zim ham bilmayman uning ismini, — dedi Korovyov, — Azazellodan so‘rash kerak.
— Uning yonidagi kim?
— Shu-da uning o‘sha hozirjavob xodimi. Men mamnunman! — deb baralla qutladi Korovyov eng oxirgi ikki mehmonni.
Zina huvillab qoldi. Ehtiyot shart, yana bir oz kutishdi. Ammo kamin ichidan boshqa hech zog‘ chiqmadi.
Margarita bir zumdan keyin o‘zini o‘sha hovuzli xonada ko‘rib, bu yerga qanday kelib qolganiga hayron bo‘ldi-yu, shu zahoti oyoq-qo‘llarining zirqirab og‘riganiga chidayolmay yig‘lab yuborib, yerga yotib oldi. Lekin Gella bilan Natasha uni yupatishib, qonli dush ostiga olib borishdi-da, yana badanini uqalay boshlashdi, shunda Margaritaga qaytadan jon kirdi.
— Yana, yana, qirolicha Margo, — deb pichirlardi uning yonida paydo bo‘lgan Korovyov, — parvoz qilib, zallarni kezib chiqish kerak, toki aziz mehmonlar o‘zlarini e’tiborsiz qolgan deb his etmasinlar.
Shunda Margarita yana hovuzli xonadan uchib chiqib ketdi. Valslar qiroli boshchiligidagi orkestr muzika chalayotgan boyagi estrada sahnasida endi jazavasi tutgan maymunlar jazi quturardi. Bu jazga qo‘liga karnay ushlagan, yonoq soqoli hurpaygan bahaybat gavdali gorilla alpang-talpang raqs tushib dirijyorlik qilardi. Bir qator bo‘lib tizilib o‘tirgan orangutanglar yaraqlagan karnaylarni jon-jahdlari bilan chalardilar. Ularning yelkalariga minib olgan sho‘x shimpanzelar esa garmon chalishardi. Xuddi sherga o‘xshab yoldor ikkita gamadril royal chalar, ammo royallarning ovozi gibbonlar, mandrillar, martishkalar chalayotgan saksafonu skripkayu do‘mbiralar sadosi ostida hech eshitilmasdi. O‘zining epchilligi, bequsur harakati bilan kishini hayratga soluvchi son-sanoqsiz sharpalar, xuddi bir-biriga payvand qilinganday juft-juft bo‘lishib, chir-chir aylangancha, yo‘lida duch kelgan hamma narsani bosib payhon qilgudek, mudom bir tomonga bostirib borardilar. Turfa rang tirik kapalaklar tantsa tushayotgan olomonning boshi uzra sho‘ng‘ir, shiftdan esa gullar yog‘ilardi.Elektr chiroqlari o‘chgan paytda ustunlarning bo‘g‘otlarida tumonat yaltiroq qurtlar miltillar, havoda esa to‘qay chiroqlari suzib yurardi.
Keyin Margarita ustunlar bilan qurshalgan juda ham ulkan hovuzda ko‘rdi o‘zini. Mahobatli qora Neptun haykali og‘zidan pushti rang suyuqlik yelpig‘ichsimon yoyilib, tizillab otilardi. Hovuzdan shampan vinosining sarmast qiluvchi atri gupillab ko‘tarilardi. Bu yerda betakalluf xushchaqchaqlik hukm surardi. Xonimlar qotib-qotib kulishgancha, tuflilarini yechishar, sumkachalarini o‘z juftlariga yoki choyshab ko‘tarib zir yugurib yurgan negrlarga berishib, chinqirishgancha hovuzga sho‘ng‘irdilar. Shunda ko‘pikli to‘lqin balandga otilardi. Hovuzning billur tubida yoqilgan chiroqlar vino qatlamini yorib o‘tib, hovuzda suzib yurgan oppoq badanli xonimlarni yoritardi. Ular hovuzdan g‘irt mast bo‘lib chiqishar, ustunlar poyida ko‘tarilgan qahqaha xuddi hammomdagidek yangrardi.
Mana shu to‘s-to‘polonda faqat g‘irt mast bir ayolning ma’nosiz boquvchi va ayni paytda yolboruvchi ko‘zlari, yana u aytgan bir og‘iz so‘z — «Frida!» — miyaga o‘tirib qolgan edi. Vinoning hididan Margaritaning boshi aylana boshladi, u endigina hovuzli zaldan chiqib ketmoqchi bo‘lgan edi, mushuk bir nayrang ko‘rsatib, Margaritaning diqqatini tortdi. Begemot Neptunning og‘zi oldida qandaydir bir afsun o‘qigan edi, shu zahoti hovuzdagi shampan vinosi shovullab, pishillab g‘oyib bo‘ldi, shundan keyin Neptunning og‘zidan to‘q-sariq rangdagi ko‘pirmaydigan suyuqlik sharillab oqa boshladi. Xonimlar:
— Konyak! — deb chinqirishdi, ayyuhannos solishdi va o‘zlarini hovuz bo‘yidan chetga, ustunlar panasi-ga olib qochishdi. Bir necha soniyadan keyin hovuz lim-lim to‘ldi, shunda mushuk havoda uch marta chirpirak bo‘lib mavjlanayotgan konyakka sho‘ng‘idi. U pishqirib-pishqirib hovuzdan chiqqanida qotirma galstugi shalviragan, mo‘yloviga sepgan zar upa yuvilib ketgan, durbini yo‘qolgan edi. Begemotga faqat nayrangboz tikuvchi ayol bilan uning jufti — notanish bir mulat yigit takdid qilishdi. Ikkovlari konyakka sho‘ng‘ishdi, lekin shu mahal Korovyov Margaritani qo‘ltiqlab oldiyu ikkovlari konyak hovuzini tark etishdi.
Korovyov kuzatuvidagi Margarita yana bal bo‘layotgan zalda ko‘rdi o‘zini, lekin endi tantsa to‘xtagan va mehmonlar olomoni zal o‘rtasini bo‘sh qoldirib, ustunlar oralig‘iga tiqilishgan edi. Margaritani zal o‘rtasidagi ochiq yerda paydo bo‘lgan supachaga chiqarib qo‘yishdi, ammo kim chiqarib qo‘yganini u eslay olmadi. Usupachaga ko‘tarilganda qaerdadir soat yarim kechaga jom chala boshladi, buni eshitgan Margarita hayron qoldi, chunki uning taxminicha tun yarmidan og‘ganiga ancha vaqt bo‘lgan edi. O‘sha mavhum soat oxirgi — o‘n ikkinchi marta jom chalishi bilan butun mehmonlar olomoni sukutga toldi. Shunda Margarita yana Volandni ko‘rdi. Uni Abadonna, Azazello va yana Abadonnaga o‘xshab ketuvchi bir nechta qora kiygan yigitlar kuzatib kelishardi. Endi Margarita o‘z supasi qarshisida Voland uchun hozirlangan boshqa bir supani ham ko‘rdi. Lekin Voland u supaga chiqmadi. Margaritani hayratga solgan narsa shu bo‘ldiki, Voland buyuk balning mazkur tantanali intihosiga boya yotoqxonada qanday libosda bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha libosda chiqib kelgan edi. Egnida o‘sha isqirt, yamoq tungi ko‘ylak, oyog‘iga esa to‘zib mayishib ketgan tungi shippak kiygan edi. Qo‘lida yalang‘och shamshir bor edi, ammo Voland undan hassa o‘rnida foydalanib, tayanib turardi. U oqsoqlanib kelib, o‘z supasi yonida to‘xtadi, shu zahoti lagan ko‘targan Azazello uning qoshida paydo bo‘ldi. Bu laganda Margarita old tishlari sinib, og‘zi o‘pirilgan odam boshini ko‘rdi. Zalda benihoya teran sukunat hukm surardi, bu sukunatni ko‘cha eshik qo‘ng‘irog‘i jarangini eslatuvchi, ammo mazkur sharoitga mutlaqo yopishmaydigan qo‘ng‘iroq sadosi faqat bir marta buzdi, xolos.
— Mixail Aleksandrovich, — deb murojaat qildi Voland kallaga, shunda o‘lik kallaning qovoqlari ko‘tarilib, Margarita uning ma’no va ehtiros to‘la tirik ko‘zlarini ko‘rib seskanib ketdi. — Hamma aytganlarimiz ro‘yobga chikdi, shunday emasmi? — deb gapida davom etdi Voland o‘lik kallaning ko‘zlariga tik qaragancha, — kallangizni ayol kishi uzdi, majlis bo‘lmadi, men sizning kvartirangizda yashayapman. Bu — fakt. Faktdan hech qayoqqa qochib qutulib bo‘lmaydi. Lekin endi bizni sodir bo‘lgan shu fakt emas, kelgusida bo‘ladigan voqealar qiziqtiradi. Siz hamisha, odamning kallasi tanasidan judo qilingach, yashashdan to‘xtaydi, xokirobga aylanib yo‘q bo‘lib ketadi, degan nazariyaning qizg‘in targ‘ibotchisi bo‘lgan edingiz. Men sizga o‘z mehmonlarim huzurida, garchi ular mutlaqo o‘zga nazariyani isbotlashga xizmat qilsalar ham, sizning nazariyangiz ham ulug‘vor, ham oqilona ekanligini sizga e’tirof etishdan behad xushbaxtman. Holbuki, hamma nazariyalar ham bir-biridan qolishmaydi. Ular orasida shunday nazariya ham borki, unga ko‘ra har kimning qismati o‘z e’tiqodiga qarab belgilanadi. Hozir ham shunday bo‘la qolsin! Siz yo‘qlik sari mangu rihlat etyapsiz, men esam sizning bosh chanog‘ingizdan yasalgan qadahni borliq uchun ko‘tarishdan o‘zimni baxtiyor hisoblayman. — Voland shamshirini ko‘tardi. Shu zahoti boshning terisi qorayib, burusha boshladi, keyin parcha-parcha bo‘lib to‘kildi, ko‘zlar ham g‘oyib bo‘ldi, bir zum o‘tmay Margarita laganda oltin tirgaklarga urnatilgan zumrad kuzli, inju gishli sarg‘ishrang boshchanoqni ko‘rdi. Boshchanoqning oshiq-moshiqli qopqog‘i o‘z-o‘zidan ochildi.
— Mana, hozir messir, — dedi Korovyov Volandning savol ma’nosida tikilganini ko‘rib, — hozir quzuringizda bo‘ladi u. Men ushbu teran sukunatda uning loklangan tuflisi g‘archini eshityapman, ana u hayotida oxirgi marta shampan vinosi ichib, qadahni stolga «do‘q» etib qo‘ydi. Mana, o‘ziyam keldi.
Zalga yangi bir mehmon kirib, to‘g‘ri Voland tomon yura boshladi. Uning tashqi ko‘rinishi ko‘pchilik erkak mehmonlardan hech farq qilmas edi. Farq faqat bitta edi: mehmon hayajonlanganidan kalovlanib kelardiki, bu uzokdan ham yaqqol ko‘rinib turardi. Uning yonoqlarida qizil dog‘lar lov-lov yonar, ko‘zlari hayajondanolazarak edi. Mehmon esankirab qolgan, bu tabiiy hol edi albatta: bu yerdagi hamma narsa, asosan, Volandning libosi uni hayratga solib qo‘ygan edi.
Biroq mehmon g‘oyat zo‘r iltifot bilan kutib olindi.
— O, azizim baron Maygel, — deb Voland mehmonga ochiq yuz bilan jilmaydi, mehmonning esa qayratdan ko‘zlari kosasidan chiqib ketayozdi. — Men sizlarni, — deb mehmonlarga yuzlandi shunda Voland, — tomoshaxonalar komissiyasida ajnabiylarga poytaxtning diqqatga manzur yerlarini namoyish qiluvchi bo‘lib xizmat qiladigan muhtaram baron Maygel bilan tanishtirish baxtiga musharrafman.
Margarita dong qotib qoldi, chunki Maygelni tanir, Moskva teatrlarida va restoranlarda uni bir pecha marta uchratgan edi.«Ie… — deb o‘yladi Margarita, — demak, Maygel ham o‘lgan ekan-da?» Lekin masala shu zahotiyoq oydinlashdi.
— Qadrli baron, — davom etdi Voland shodiyona tabassum bilan, — benihoya dilbar odamda, qarangki, mening Moskvaga kelganimni eshitib, darhol qo‘ng‘iroq qildi va kaminani diqqatga sazovor yerlar bilan tanishtirishga tayyor ekanligini izhor etdi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, men ham uni o‘z huzurimga taklif qilishdan g‘oyat baxtiyorman.
Shu mahal Azazello boshchanoq qo‘yilgan laganni Korovyovga uzatdi.
— Darvoqe, baron, — deb Voland birdan xuddi sir aytayotgandek ovozini pasaytirdi, — sizni o‘taketgan darajada sinchkov deb aytishyapti. Mish-mishlarga qaraganda, shu xislatingiz, undan aslo qolishmaydigan ikkinchi «fazilatingiz», ya’ni ezmaligingiz bilan qo‘shilib hammaning diqqatini o‘ziga torta boshlaganmish. Bu hali yetmagandek, badkirdor odamlar siz haqingizda, g‘iybatchi, ayg‘oqchi, deb gap tarqatishipti. Ustiga-ustak yana, mana shu sassiq gaplar juda nari borsa bir oy ichida sizni falokatga mubtalo qiladi, degan taxmin bor. Shunga ko‘ra, sizni o‘sha mash’um kunni kutish azobidan xalos etish niyatida, huzurimga imkoni boricha ko‘proq narsalarni kuzatib, ko‘proq gaplarni eshitish maqsadida mehmon bo‘lib kelgan paytingizdan foydalanib, sizga hoziroq yordam qo‘lini cho‘zishga qaror qildik.
Baronning rangi Abadonnanikidan ham oqarib ketdi (Abadonna esa tabiatan dokadek oq edi), keyin alomat bir hodisa yuz berdi. Abadonna baronning ro‘parasida paydo bo‘lib, bir zumgagina ko‘zoynagini yechdi. Ayni shu lahzada Azazelloning qo‘lida bir nima yaraqlab ketdi, xuddi kimdir sekingina chapak chalib qo‘ygandek, bir nima «shap» etdiyu baron yerga chalqanchasiga yiqila boshladi, uning ko‘kragidan tizillab otilayotgan qip-qizil qon ohorlangan ko‘ylagi va nimchasini bo‘yadi. Korovyov boshchanoq — qadahni tizillab otilayotgan qonga tutib, uni to‘lgunicha ushlab turdi-da, so‘ng bu lim-lim qadahni Volandga uzatdi. Bu payt baronning jonsiz jasadi yerda cho‘zilib yotardi.
— Sizlarning sog‘lig‘ingiz uchun ichaman, janoblar, — past ovoz bilan dedi Voland va qadahga labini tegizib qo‘ydi.
Shu payt Volandning qiyofasida o‘zgarish sodir bo‘ldi. Uning yamoq ko‘ylagi bilan mayishib ketgan tuflisi g‘oyib bo‘ldi. Egnida qandaydir qora yelka-po‘sh, belida po‘lat shamshir paydo bo‘ldi. Margaritaning oldiga tez yugurib kelib, unga qadahni tutarkan:
— Ich! — deb buyurdi.
Margaritaning ko‘zi tinib, boshi aylana boshladi, gandiraklab ketdi, lekin bu payt qadah uning labiga olib borilgan va kimdir (kim ekanligini aniqlay olmadi) uning ikki qulog‘iga pichirladi:
— Qo‘rqmang, qirolicha… Qo‘rqmang, qirolicha, qon allaqachon yerga singib ketgan. Qon to‘kilgan yerda endi toklar o‘sib, allaqachon hosilga kirgan. Margarita hamon ko‘zini ochmay, qadahdan bir qultum ichdi, shunda tomirlaridan yoqimli elektr toki oqib o‘tganday bo‘ldi, quloqlari shang‘illadi. Nazarida xo‘rozlar quloqni qomatga keltirgudek kichqirishayotganday, qaerdadir muzika marshi chalinayotganday bo‘ldi. Mehmonlar olomoni qiyofasini yo‘qota boshladi. Frak kiygan erkaklar ham, yalang‘och ayollar ham tutday to‘kilib chiriy boshladilar. Margaritaning ko‘zi oldida bu chirish butun zalni qamrab olgan edi, hammayoqni dahma isi qopladi. Ustunlar quladi, chiroqlar o‘chdi, hamma narsa qovjirab g‘oyib bo‘la boshladi, favvoralar ham, lolalar ham, kameliyalar ham ko‘zdan yo‘qoldi. Shunchaki, aslida bor narsaning o‘zi — zargar xotinining faqirona mehmonxonasi qolgan va uning qiya ochiq eshigidan chiroq shu’lasi tushib turardi. Margarita mana shu qiya ochiq eshikdan kirdi.
Yigirma to‘rtinchi bob
USTANING XALOS ETILISHI
Volandning xobgohi baldan oddin qanday tarzda bo‘lsa, hozir ham shunday edi. Voland tungi ko‘ylakda karavotda o‘tirar, faqat endi Gella uning oyog‘ini uqalamas, balki boya shaxmat o‘ynalgan stolda dasturxon tuzayotgan edi. Korovyov bilan Azazello fraklarini yechib, stol yonida o‘tirishar, mushuk ham shular yonida edi, albatta. Ammo ugalstugini, garchi u isqirt uvadaga aylanib ketgan bo‘lsa ham, yechmagan edi. Margarita gandiraklab stolga yaqinlashdi-yu, qo‘llarini unga tiradi. Shunda Voland uni, yana boyagidek imlab, o‘z yoniga taklif qildi.
— Qalay, juda qiynab yuborishdimi sizni? — deb so‘radi u.
— Aslo, messir, — deb eshitilar-eshitilmas javob qildi Margarita.
— Noblesse oblige, — dedi mushuk va cho‘zinchoq stakanga qandaydir tiniq suyuqlik quyib, Margaritaga uzatdi.
— Araqmi? — zaif ovoz bilan so‘radi Margarita. Mushuk ranjib o‘tirgan o‘rnida bir sapchib tushdi.
— Nima deyapsiz, qirolicha, — dedi u xirillab, — nahotki sizga araq tutsam? Bu sof spirt!
Margarita jilmaydi va stakanni o‘zidan nari surib qo‘ymoqchi bo‘ldi.
— Qo‘rqmay ichavering, — dedi Voland, Margarita darrov stakanni qo‘liga oldi, — Gella, o‘tir, — deb buyurdi u, — so‘ng Margaritaga tushuntira boshladi: — To‘linoy kechasi — bu bayram oqshomi. Odatda, men bunday paytda o‘z muqarrib va mulozimlarim bilan tor doirada tanovul qilaman. Xo‘sh, endi o‘zingizni qanday his qilyapsiz? Mashaqqatli bal qanday o‘tdi?
— Qoyilmaqom! — dedi Korovyov shang‘illab, — hamma mahliyo, hamma shaydoyu gado, odobga ham, mahoratu latofatga ham, nazokatga ham boy ekanlar qirolicham!
Voland indamay stakanni ko‘tarib Margarita bilan cho‘qishtirdi. Margarita, hozirning o‘zida adoyi-tamom bo‘laman, deb o‘yladi-yu, lekin itoatkorlik bilan spirtni ichib yubordi. Biroq hech qanday falokat yuz bermadi. Jonli bir suyuqlik qornini qizdirib o‘tdi-yu, ensasiga bir nima urilganday bo‘ldi, keyin uzoq vaqt miriqib uxlagan odamday yana darmonga kirdi, bundan tashqari, o‘zining sayoq itdek ochligini his qildi. Kecha ertalabdan beri tuz totimaganini eslagan edi, ishtahasi badtar ochilib ketdi. U baliq ikrasini qoshiqlab olib, chaynamay yuta boshladi.
Begemot bir bo‘lak ananasni kesib oldi-da, tuz va murch sepib, «xap» etib yeb yubordi, shundan keyin ikkinchi marta bir qadah spirtni shunday ustalik bilan «otib» yubordiki, hamma chapak chalib uni olqishladi.
Margarita ikkinchi qadahni ichib yuborgandan keyin chilchiroqlarning shamlari ravshanroq, kamindagi olov ham gurillab yona boshladi. Margarita sira ham mast bo‘lgani yo‘q. U oppoq tishlarini go‘shtga botirarkan, sardagini huzur qilib yutar va ayni paytda Begemotning ustritsaga xantal surishini tomosha qilardi.
— Sen yana ustiga uzum ham qo‘y, — dedi Gella mushukning biqiniga ohista turtarkan.
— O‘rgatmang menga, — deb javob qildi mushuk, — biz ham ko‘p mehmon ko‘rganmiz, ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin, ko‘rganmiz!
— O, mana shunday o‘choq oldida o‘tirib, odmigina ovqatlanish qanday yaxshi, — deb shang‘illardi Korovyov, — yor-do‘stlar davrasida…
— Yo‘q, Fagot, — deb e’tiroz bildirdi mushuk, — balning o‘z jozibasi, ko‘lami bo‘ladi.
— Hech qanday jozibasi ham, ko‘lami ham yo‘q, bil’aks, anavi ovsar ayiqlar ham, shuningdek, bardagi yo‘lbarslar ham, bo‘kiraverishib quloq-miyamni yeb yuborishdi, — dedi Voland.
— Bosh ustiga, messir, — dedi mushuk, — baski, siz ko‘lam yo‘q degan fikrda ekansiz, men ham shu fikrni qo‘llashga kirishaman.
— Buni qara-ya! — deb qo‘ydi Voland.
— Hazillashgandim, — dedi mushuk mutelik bilan, — yo‘lbarslar masalasiga kelsa, hozir buyuraman — ularni kabob qilishadi.
— Yo‘lbars go‘shtini yeb bo‘lmaydi, — dedi Gella.
— Siz shunday deb o‘ylaysizmi? Unda, mana, eshiting, — dedi mushuk va ko‘zlarini suzgancha, bir paytlar sahroda o‘n to‘qqiz kun yolg‘iz darbadar yurganida o‘zi o‘ldirgan yo‘lbars go‘shti bilan kun kechirganini huzur qilib so‘zlab berdi. Hamma bu g‘aroyib qissani zo‘r qiziqish bilan tingladi, lekin Begemot so‘zlab bo‘lgach, hamma bir ovozdan:
— G‘irt yolg‘on! — deb yubordi.
— Hammadan ham qiziq tomoni shundaki, — dedi Voland, — bu hikoyat — boshdan-oyoq bo‘hton.
— Shunaqami hali? Bo‘hton deng? — deb baqirdi mushuk, hamma uni, hozir e’tiroz bildiradi, deb o‘ylagan edi, lekin u sekingina dedi: — Tarix ajrim qiladi bizni.
— Ayting-chi, — dedi spirt ichib ana tiyraklashgan Margo Azazelloga yuzlanib, — siz anavi sobiq baronni otib tashladingizmi?
— Shak-shubhasiz, — deb javob qildi Azazello, — nega endi uni otmas ekanman? Uni albatta otib tashlash kerak edi.
— Men biram hayajonlandimki! — dedi Margarita, — tasodifan bo‘ldi-da o‘ziyam.
— Buning hech qanday tasodif tomoni yo‘q, — deb e’tiroz bildirdi Azazello, Korovyov esa chiyillab ingray boshladi:
— Axir hayajonlanmay bo‘larkanmi? Meniyam a’zoi badanim «dag‘-dag‘» titrab ketdi! Paq! Tamom! Baron qulab tushdi!
— Men, sal bo‘lmasa, jinni bo‘lib qolayozdim, — deb qo‘shib qo‘ydi mushuk, baliq ikrasi olib yegan qoshig‘ini yalarkan.
— Men bir narsaga tushunmayapman, — dedi Margarita ko‘zlarida billur qandilning zarrin uchqunlari o‘ynab, — nahotki bu yerda bo‘lgan muzikayu balning barcha gumbur-gumburi tashqariga eshitilmagan bo‘lsa?
— Ha, eshitilmadi, qirolicha, — deb izohladi Korovyov, — o‘zi bunaqa balni eshitilmaydigan qilib o‘tkazish lozim. Ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rish kerak bo‘ladi.
— Ha-da, ha-da… Aks holda bilasizmi, zinada turgan anavi odam… Boya Azazello bilan uning yonidan o‘tib ketdik-ku… o‘sha… Keyin eshik oldida turgan odam ham… Menimcha, u sizning kvartirangizni kuzatib turgan edi…
— To‘g‘ri, to‘g‘ri! — deb qichqirdi Korovyov, — to‘g‘ri, qimmatli Margarita Nikolaevna! Siz mening gumonimni tasdiqlayapsiz. Ha, u kvartirani kuzatib turgan edi. O‘zim ham uni avvaliga bironta parishonxotir privat — dotsent yo ma’shuqasini intizor bo‘lib kutayotgan oshiq bo‘lsa kerak deb o‘ylagan edim, yo‘q, unday emas ekan! Ko‘rdimu ko‘nglim g‘ash bo‘la boshladi! Ah! Rostdanam, u kvartirani kuzatayotgan edi! Eshik oldida turgani ham! Yana bostirma tagida turgani ham!
— Qiziq, sizlarni hibsga olgani kelisharmikin-a? — deb so‘radi Margarita.
— Albatta kelishadi, latofatli qirolicha, albatta! — deb javob qildi Korovyov. — Ko‘nglim sezib turipti — kelishadi, lekin hozir emas, kezi kelganda, albatta, kelishadi. Ammo qiziqarli hech nima bo‘lmaydi menimcha.
— Voy, biram hayajonlanib ketdimki, anavi baron yiqilib tushganida, — dedi Margarita, chamasi, u o‘z umrida birinchi marta ko‘rgan qotillikdan hamon o‘ziga kela olmayotgan edi. — Siz mo‘ljalga yaxshi tekkizsangiz kerak-a?
— Binoyiday, — deb javob qildi Azazello.
— Necha qadamdan? — deb Margarita sal mujmalroq savol berdi Azazelloga.
— Hamma gap nimani mo‘ljalga olishda, — deb jo‘yali javob qiddi Azazello, — masalan, tanqidchi Latunskiyning derazasiga bolg‘a urish boshqayu uning yuragini mo‘ljalga olish butunlay boshqa.
— Yuragini! — dedi Margarita, negadir o‘z yuragiga qo‘lini qo‘yib, — yuragini! — deb takrorladi u hirqiroq ovoz bilan.
— Kim ekan o‘sha tanqidchi Latunskiy? — deb so‘radi Voland Margaritaga ko‘zini suzib qararkan.
Azazello, Korovyov va Begemot istihola qilgandek yerga qaradilar, Margarita esa javob berarkan cho‘g‘dek qizarib ketdi:
— Shunaqa bir tanqidchi bor. Bugun kechqurun men uning butun kvartirasini dabdala qilib tashladim.
— Ana xolos! Nega endi?
— U, messir, — deb tushuntira boshladi Margarita, — bir ustaning umriga zomin bo‘ldi.
— Nima qilardingiz o‘zingiz urinib? — dedi Voland.
— Menga ruxsat eting, messir, — deb sho‘x ohangda chinqirib yubordi mushuk, «dik» etib o‘rnidan turarkan.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 23
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.