Usta va Margarita - 25

Total number of words is 4282
Total number of unique words is 2048
37.3 of words are in the 2000 most common words
56.1 of words are in the 5000 most common words
65.1 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
— Juda yaxshi fikr, — deb ma’qulladi prokurator, — ertadan keyin men u qohortaga javob beraman, o‘zim ham jo‘nab ketaman, sizga o‘n ikki xudo jamoasi haqqi, ajdodlarimiz ruhi haqqi, ont ichib aytamanki, shu ishimni shu bugun bajarish uchun yarim davlatimni baxshida qilishga ham rozi edim.
— Prokurator Yershalaimni xush ko‘rmaydilarmi? — muloyim ohangda so‘radi mehmon.
— Nimasini aytasiz, — dedi prokurator jilmaygancha, — dunyoda bundan nobobroq joy yo‘q. Iqlimi haqida-ku gapirmasam ham bo‘ladi. Har gal bu yerga kelganimda tobim qochadi. Lekin buyam baharnav. Bu yerning hayit-bayramlarini aytmaysizmi — kohinlar, s yehrgarlar, afsungarlar, gala-galaziyoratchilar… Mutaassiblar, mutaassiblar! Bitta masiho g‘alvasi qancha gashvishga qo‘ydi — tavba, nega endi kelib-kelib uni shu bu yil zohir bo‘ladi deb kuta boshlashdi-ya? Eng ko‘ngilsiz xunrezliklarning shohidi bo‘laman deb har daqiqa yurak hovuchlab turasan. Qo‘shinlarni muttasil joydan-joyga ko‘chirish, yarmidan ko‘pi o‘z ustingdan yozilgan chaquvlar, g‘iybatlarni o‘qish! Hammasi yurakni ziq qiladigan ishlar, shunday emasmi? O, agar imperator xizmatida bo‘lmaganimdami!..
— To‘g‘ri, bu yerdagi bayramning daxmazasi ham oor, — deb e’tirof etdi mehmon.
— O, koshkiydi shu baytalmon bayram tezroq tugay qolsa, — ilova qildi Pilat ancha jonlanib. — Unda men nihoyat Qaysariyaga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lardim. Ishonasizmi, Irodning manavi bema’ni inshooti, — prokurator qo‘lipi ustunlar yoqalab olisga cho‘zgan edi, uning qasr haqida gapirayotgan cha’lum bo‘ldi, — meni tamomila jinni qilib ko‘ymoqda. Men u yerda tunay olmayman. Dunyoda bunaqa betayin inshoot bo‘lgan emas. Hay, asosiy gapga qaytaylik. Avval ayting-chi, anavi la’nati Varravvan sizni xavotirga solmayaptimi?
Shu chog‘ mehmon o‘zining o‘sha maxsus nigohini prokuratorning yonog‘iga qaratdi. Lekin u aftini burishtirib, uzoqqa — o‘z poyi ostidagi shahrining shimolda xiyla xiralashgan qismiga erinchoqlik bilan tikilardi. Mehmonning nigohi yana so‘nib, qovoqlari osiddi.
— Endi Var musichadek beozor bo‘lib qolgan, deb bemalol aytish mumkin, — dedi mehmon kulcha yuzida ajinlar paydo bo‘lib. — Endi u isyon ko‘tarishga iymanadi.
— Shunchalik mashhurmi u? — deb so‘radi Pilat miyig‘ida kulib.
— Prokurator, har safargidek, masalaning nozik jihatini yaxshi fahmladilar!
— Lekin harna bo‘lganda ham, — dedi prokurator tashvishli ohangda va qora ko‘zli uzuk taqilgan ingichka, uzun barmog‘ini yuqori ko‘tarib, — yo‘lini qilish kerak…
— O, prokurator xotirjam bo‘lsinlar, kamina Iudeyada ekanman, Varravan bizning nazoratimizsiz bir qadam ham jila olmaydi.
— Endi ko‘nglim tinchidi, sirasini aytganda, siz shu yerda bo‘lganingizda hamisha tinchman.
— Siz behad saxovatlisiz, prokurator!
— Endi qatl haqida so‘zlab bering, — dedi prokurator.
— Sizni aynan nima qiziqtiradi?
— Olomon norozilik bildirishga urinmadimi? Eng muhim shu, albatta.
— Mutlaqo, — deb javob qildi mehmon.
— Juda yaxshi. Mahbuslarning o‘lganligini o‘zingiz aniqladingizmi?
— Bunga imoningiz komil bo‘lsin, prokurator.
— Ayting-chi… ularni ustunlarga osish oldidan ichimlik berildimi?
— Ha. Lekin u, — shunday deb mehmon ko‘zini yumdi, — ichishdan bosh tortdi.
— Kim u? — deb so‘radi Pilat.
— Afv eting, igemon! — dedi mehmon, — ismini aytmadimmi? Ha-Notsri.
— Ovsar! — dedi Pilat, negadir aftini burishtirib. Uning chap ko‘zi osti ucha boshladi, — oftobda jizg‘anak bo‘lib o‘lishni afzal ko‘ripti. Qonun yo‘l bergan narsadan bosh tortishning nima hojati bor ekan? Nima deb vaj qildi?
— U, — yana ko‘zini yumib turib javob qildi mehmon, — minnatdorlik bildirdi va jonini olayotganlari uchun ayblamasligini aytdi.
— Kimni ayblamasligini? — bo‘g‘iq ovoz bilan so‘radi Pilat.
— Buni aytmadi, igemon.
— Navkarlar oldida va’z qilishga urinmadimi?
— Yo‘q, igemon, u yerda u nihoyatda kamsuxan edi. Bor-yo‘g‘i bitta gap aytdi; odamzodga mansub illatlar ichida eng marazi qo‘rqoqlikdir, — dedi.
— Bu gapi bilan nimaga shama qildi? — degan sovuq ovoz eshitildi birdan mehmonning qulog‘iga.
— Buni aniqlab bo‘lmadi. U, umuman, har doimgiday o‘zipi juda g‘alati tutdi.
— G‘alatiligi nimadan iborat bo‘ldi?
— U doim atrofdagi odamlarning ko‘ziga tikilib qarashga urindi va mudom parishonxotir jilmayib gurdi.
— Bor gap shumi? — deb so‘radi xirillagan ovoz.
— Bora gap shu.
Prokurator o‘ziga may quyaturib, qadahni «do‘q» etib qo‘ydi. Keyin uni bir ko‘tarishda oxirigacha siiqordi-da, shunday dedi:
— Gap bunday: garchi biz — loaqal bugungi kunda — uning biron-bir muxlisi yoki izdoshini topa olmasak ham, baribir, undaylar mutlaqo yo‘q deb kafolat bera olmaymiz.
Mehmon boshini egib, diqqat bilan quloq solar edi.
— Shunga ko‘ra, bironta tasodifiy holning oldini olish maqsadida, — deb gapida davom etdi prokurator, — zudlik bilan, hech qanday tovush chiqarmay uchala qatlning jasadini yer yuzidan yo‘q qilishingizni va ularni imi-jimida, hech qanday nom-nishon qoldirmay ko‘mdirib tashlashingizni iltimos qilaman.
— Bosh ustiga, igemon, — dedi mehmon o‘rnidan turarkan, so‘ng ilova qildi: — Vazifa murakkab va mas’uliyatli bo‘lgani sababli, ruxsat eting, darhol yo‘lga tushay.
— Yo‘q, yana bir oz o‘tiring, — dedi Pilat qo‘l ishorasi bilan mehmonni yo‘ldan to‘xtatib, — yana ik-kita masala bor. Ikkinchisi — sizning Iudeya prokuratori huzurida maxfiy xizmat boshlig‘i lavozimidek eng mashaqqatli ishda ko‘rsatgan ulkan xizmatlaringiz, ko‘rsatayotgaifaoliyatingiz to‘g‘risida Rimda bayonot berishdek imkoniyatga musharraf bo‘lganimdan baxtiyorman.
Mehmonning yuzi cho‘g‘dek qizarib ketdi, u o‘rnidan turib prokuratorga ta’zim qilarkan, dedi:
— Kamina imperator xizmatidagi o‘z burchimni ado etmokdaman, xolos!
— Vale, men sizdan shuni iltimos qilmoqchimankim, — deb davom etdi igemon, — basharti sizga bu yerdagidan kattaroq lavozim taklif etib, boshqa joyga jo‘natmoqchi bo‘lsalar, u lavozimdan bosh tortib, shu yerda qolishga harakat qiling. Men sizdan ajralishni zinhor-bazinhor istamayman. Yaxshisi, sizni boshqacha tarzda taqdirlasinlar.
— Sizning qo‘l ostingizda xizmat qilish men uchun katta baxt, igemon.
— G‘oyat xursandman. Endi, uchinchi masala. Bu masala anavi… kiriaflik Iudaga taallukli.
Shu yerga kelganda mehmon yana prokuratorga bir lahza qattiq tikilib, so‘ng yana qovoqlarini o‘yib oldi.
— Eshitishimcha, — ovozini pastlatib davom etdi prokurator, — u anavi telba faylasufni o‘z uyida quchoq ochib kutib olgani uchun pul olganmish.
— Oladi, — maxfiy xizmat boshlig‘i ohista tuzatish kiritdi Pilatning gapiga.
— Ko‘pmi?
— Buni hech kim bilmaydi, igemon.
— Hatto siz hammi? — dedi igemon xushomadona hayrat bilan.
— Taassufki, men ham, — bamaylixotir javob qildi mehmon, — lekin men o‘sha pulni shu bugun kechqurun olishini bilaman. Bugun uni Kaifaning qasriga chaqirtirishdi.
— Obbo, kiriaflik xasis chol-e, — dedi prokurator jilmayib, — chol bo‘lsa kerak-a u?
— Prokurator hech qachon yanglishmaydilar, biroq bu safar xatoga yo‘l qo‘ydilar, — nazokat bilan javob qildi mehmon, — Kiriafdan kelgan u odam yosh yigit.
— Qarang-a! Siz uni ta’riflab bera olasizmi? Mutaassibdir?
— Yo‘q, aslo, prokurator.
— Durust. Yana nima bilasiz?
— Husnda barkamol.
— Yana? Balkim, biron narsaga ishqibozdir?
— Bu ulkan shaharda hammani mufassal o‘rganib chiqish g‘oyat mushkul, prokurator…
— E, yo‘q, yo‘q! Afraniy! Kamtarlik qilmang!
— U bir narsaga hirs qo‘ygan, prokurator. — Mehmon bir lahzalik sukutga toldi. — Pulni yaxshi ko‘radi.
— O‘zining kasbi nima?
Afraniy ko‘zini yuqoriga tikib, o‘ylab turdi, so‘ng javob berdi.
— U o‘z xeshlaridan birining sarroflik do‘konida xizmat qiladi.
— Shunaqa deng, hay, hay, hay. — Shunday deb prokurator jim bo‘lib qoldi, balkonda hech kim yo‘qmikin degandek, atrofga nazar tashladi, so‘ng ovozini pastlab dedi: — Gap bu yokda ekan-da — menga bugun yetkazishdi, uni bugun kechasi pichoqlab ketisharmish. Shunda mehmon qovoqlarini ko‘tarib, prokuratorga har galgidan ko‘proq tikilib qoldi, so‘ng javob qildi:
— Siz meni boya judayam maqtab yuborgan edingiz, prokurator. Ma’lum bo‘ldiki, men haqimda Rimda maqtov so‘z aytishingizga munosib emasmen. Zero bu gaplardan men g‘ofilmen.
— Siz eng oliy mukofotga loyiqsiz, — deb javob qildi prokurator, — lekin bu ma’lumotlar chindan ham mavjud.
— So‘rashga ijozat bering, kim olib keldi bu ma’lumotni?
— Xo‘p desangiz, hozircha bu haqda gapirmasak boz ustiga, u tasodifiy, mavhum va shubhali xabar. Lekin men hamma narsani oldindan ko‘rishim kerak. Vazifam o‘zi shunaqa, ammo, birinchi navbatda, o‘z savqimga ishonishim shart, zero u menga hali hech qachon pand bergan emas. Endi men bilganma’lumotga kelsak, Ha-Notsrining maxfiy do‘stlaridan biri anavi sarrofning ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan sotqinligidan g‘azabga kelib, o‘z sheriklari bilan til biriktirgan va bugun tunda uni o‘ldirmoqchi, xoinligi uchun olgan pulni esa: «Makruh pulingiz o‘zingizga buyursin!» — degan yozuv bilan hazrati buzrukning qasriga tashlab ketishmoqchi emish.
Maxfiy xizmat boshlig‘i shundan keyin igemonga favqulodda qarash qilmay qo‘ydi va ko‘zlarini qisgancha uning gapini tinglashda davom etdi:
— Bir tasavvur qiling, — derdi Pilat, — kelib-kelib bayram oqshomida shunday sovg‘a olish hazrati buzrukka xush yoqarmikin?
— Xush yoqish qayoqda, — jilmayib turib javob qiddi mehmon. — Mening taxminimcha, prokurator, bu narsa katta janjalga sabab bo‘ladi.
— Men ham shunday fikrdaman. Shuning uchun ham sizdan bu ish bilan mashg‘ul bo‘lishingizni, ya’ni kiriaflik Iudani muhofaza qilish uchun barcha choralarni ko‘rishingizni so‘rayman.
— Igemonning amri vojib, — deb gap boshladi Afraniy, — ammo men igemonga taskin bermoqchiman: ul badkirdorlar bajarilishi nihoyatda mushkul reja tuzganlar. Axir o‘ylab ko‘ring, — mehmon atrofga bir qarab qo‘yib, yana gapida davom etdi: — Bir kechada odamning payiga tushib, uni pichoqlash, boz ustiga, uning qancha haq olganini bilish, bundan tashqari yana, pulni Kaifaga qaytarib ham berish osonmi? Yana shu bugunning o‘zida-ya?
— Shunday bo‘lsa ham, uni bugun bo‘g‘izlab ketishadi, — deb takrorladi Pilat o‘jarlik bilan, — ko‘nglim sezib turipti deb aytdim-ku sizga! Hali hech qachon ko‘nglim menga pand bergan emas, — shu chog‘ prokuratorning yuzi tirishib, sal talvasaga tushdi, u qo‘llarini ishqalab qo‘ydi.
— Bosh ustiga, — dedi mehmon mutelik bilan, u o‘rnidan turib qaddini rostlarkan birdan jiddiy ohangda so‘radi: — Demak, uni so‘yib ketishadi-a, igemon?
— Ha, — deb javob qildi Pilat, — endi butun umidimiz sizning hayratona ishchanligingizga qaratilgan.
Mehmon plash ostidagi zalvar kamarini to‘g‘rilab qo‘yib dedi:
— Xayr bo‘lmasa, hamisha omon va shodmon bo‘lg‘aysiz.
— Darvoqe, — deb ohista chinqirib yubordi Pilat, — butunlay unutayozibmana? Axir sizdan qarzman-ku!.
Mehmon ajablandi.
— Qo‘ysangiz-chi, prokurator, mendan sira ham qarz emassiz.
— Unday demang! Esingizdami, Yershalaimga kirib kelayotganimda… bir to‘da gadolarga duch keluvdim… ularga aqcha sochmoqchi bo‘lganimda yonimda aqcham yo‘q edi, o‘shanda sizdan olgan edim.
— O, prokurator, arzimagan narsa!
— Arzimas narsani ham unutmaslik lozim. Shunday deb Pilat orqasiga o‘girildi va kursida yotgan plashini ko‘tarib, uning tagida yotgan charm xaltachani olib mehmonga uzatdi. Mehmon xaltachani olarkan egilib ta’zim qildi va plashi ostiga yashirdi. Pilat yana gap boshladi:
— Dafn borasidagi xabaringizni kutaman. Shuningdek kiriaflik Iudaning bugun tunda bo‘ladigan ishi yuzasidan ham, eshityapsizmi, Afraniy, bugun bo‘ladigan ishi. Kelgan zahotingiz meni uyg‘otishlari haqida soqchilarga buyruq berib qo‘yiladi. Sizni kutaman!
— Salomat bo‘ling, — dedi maxfiy xizmat boshlig‘i va orqasiga o‘girilib, balkondan tusha boshladi. Uning maydoncha sahnidagi ho‘l qum ustida yurgan, so‘ng ikki sher haykali oralig‘idagi marmar zinadan tushayotgan oyoq tovushi eshitildi. Keyin birin-ketin uning oyoqlari, so‘ng gavdasi va nihoyat, qaytarma qalpoq kiygan boshi ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Ana shundagina prokurator quyosh botib, qosh qoraya boshlaganini sezdi.
Yigirma oltinchi bob
DAFN
Ehtimol, mana shu qosh qoraya boshlagani prokuratorning chehrasida keskin o‘zgarish yuz berganiga sabab bo‘lgandir. U shu bir zumning o‘zida go‘yo qarib, munkayib qolgandek bo‘ldi, buning ustiga, vahimaga tushib, bezovta bo‘la boshladi. U bir marta orqasiga o‘girilib, suyanchig‘iga plash ilib qo‘yilgan bo‘sh kresloga ko‘zi tushdi-yu, negadir ssskanibketdi. Bayram tuni kirib kelayotgan va kechki ko‘lankalar o‘z o‘yinini boshlagan edi, kim bilsin, shuning uchun ham charchagan irokuratorning ko‘ziga bo‘sh kresloda birov o‘tirganday bo‘lib ko‘ringandir. Prokurator qo‘rqib ketib, plashni paypaslab ko‘rdi, so‘ng o‘rnidan turib, balkonda u yokdan-bu yoqqa tinmay tanda qo‘yarkan, goh qo‘llarini bir-biriga ishqalar, goh xontaxtaga yaqin kelib, qo‘liga qadah olar, goh yurishdan taqqa to‘xtab, polga terilgan rang-barang koshinlar orasida qandaydir sirli yozuvlarni o‘qimoqchi bo‘lganday, ularga ma’nosiz tikilib turardi.
Shu bugunning o‘zida uning ikkinchi marta yuragi g‘ash bo‘la boshladi. U ertalabki jahannamiy dardning asoratidan endi xiyolgina simillab, zirqirab turgan chakkasini ishqalarkan, ne sababdan bunchalik ruhiy iztirob chekayotganini anglashga urinardi. Garchi buni u tezda fahmlab olgan bo‘lsa ham. o‘zini chalg‘itishga urinib ko‘rdi. Bugun kunduzi nimanidir butkul boy berib qo‘ygani unga kunday ravshan edi, endi ana shu xatosini u qandaydir ikir-chikir, eng muhimi kechikkan harakatlar bilan tuzatmoqchi. Prokurator o‘z-o‘zini aldab, mana shu, hozirgi, kechqurungi raftorlarini ertalabki hukm kabi muhim deb o‘ziga-o‘zi ukdirmoqchi bo‘lar edi. Ammo bu urinishlari zoe ketayotgan edi.
U balkonda u yokdan-bu yoqqa tanda qo‘yarkan, burilayotib taqqa to‘xtadi va hushtak chaldi. Hushtakka javoban zulmat ichidan itning irillagani eshitildi va tuklari bo‘zrang, quloqlari uchli, bo‘ynidagi tasmasiga oltin nishonlar taqilgan bahaybat bir ko‘ppak bog‘dan otilib kirdi.
— Banga, Banga, — deb chaqirdi prokurator hazin ovoz bilan.
Ko‘ppak orqa oyoqlarida turib, oldingi oyoqlarini egasining yelkasiga qo‘ydi (Pilat gandiraklab ketdi) va uning yuzini yaladi. Prokurator kresloga o‘tirdi. Banga tilini osiltirib, halloslab nafas olarkan, o‘z sohibining oyog‘i ostiga yotdi, ayni paytda, bu dovyurak ko‘ppakning ko‘zlaridagi quvonch alomati, u qo‘rqadigan dunyodagi yagona narsa — momaqaldiroqning tugaganini, shuningdek bu yerda, o‘zi sevgan, e’zozlagan va dunyodagi barcha odamlarning hukmdori — eng qudratli inson deb hisoblagan odamning (shular tufayli ko‘ppak o‘zini ham eng imtiyozli, sarbaland va g‘ayrioddiy xilqat deb hisoblardi) yonida yotganligidan mag‘rurlanayotganligini ifodalardi. Lekin garchi ko‘ppak o‘z sohibining poyida uning chehrasiga emas, zulmat pardasiga burkanayotgan boqqa qarab yotgan bo‘lsa ham, egasining boshiga og‘ir kulfat tushganligini darhol payqadi. Shunda u yotgan yeridan turib, sohibining biqiniga o‘tdi-da, oldingi oyoqlari bilan boshini prokuratorning tizzasiga qo‘ydi va bu bilan uning plashi etagini ho‘l qum zarralari bilan bulg‘adi. Chamasi, Banga o‘zining bu raftori bilan sohibiga tasalli bermoqchi va uning dardiga sherik bo‘lishga tayyor ekanligini bildirmoqchi edi. Bu niyatini u sohibiga qiyo boqqan ko‘zlarida va chimirilgan quloqlarida ifoda etgan edi. Ular ikkovi — bir-biriga mehr qo‘ygan ko‘ppak bilan inson bayram oqshomini shu zaylda balkonda qarshi oldilar.
Bu asnoda prokuratorning mehmoni o‘z yog‘iga o‘zi qovrilib shahar kezardi. U balkon poyidagi bog‘ning yuqori sahnini tark etib, zinadan pastki hovliga tushdi. O‘ng tomonga burilib, qasr ichiga joylashgan kazarmalar oldiga chiqdi. Bayram munosabati bilan prokurator boshchiligida Yershalaimga kelgan o‘sha ikki kenturiya qo‘shin, shuningdek, prokuratorning mazkur mehmon ixtiyoriga topshirilgan xufiya soqchilari shu kazarmalarga joylashtirilgan edi. Mehmon bu kazarmalarda, nari borsa, o‘n daqiqacha bo‘ldi, ana shu o‘n daqiqadan so‘ng bu kazarma hovlisidan yer kavlash asboblari va bir bochka suv ortgan uchta arava chiqib ketdi. Aravalarni kul rang plash kiygan o‘n besh nafar suvori kuzatib borardi. Aravalar va suvorilar qasrning orqa darvozasidan chiqib, g‘arb tomon yo‘l oldilar, shahar darvozasidan chiqqach esa so‘qmoq yo‘l bilan avvaliga Vifleem yo‘liga tushib, shimolga yurdilar. Hevroniyadarvozasi yaqinidagi chorrahaga yetishgach, kunduzi o‘limga hukm qilinganlar olib o‘tilgan Yaffa yo‘lidan yurib ketdilar. Bu payt qorong‘i tushgan va ufqda oy balqigan edi.
Aravalar suvorilar kuzatuvida jo‘nab ketgach, sal vaqt o‘tar-o‘tmas endi egniga eski qora libos kiyib olgan boyagi mehmon ham ot minib qasrdan chiqib ketdi. Lekin mehmon shahar tashqarisiga emas, shahar ichiga yo‘l oldi. Yana bir oz fursatdan keyin uni shaharning shimoliga, buyuk jomening yonginasiga joylashgan Antoniy qasriga kirib borayotganini ko‘rish mumkin edi. Mehmon qasrda ham ko‘p bo‘lmadi, keyin uni Quyi Shaharning «gadoy topmas» qipg‘ir-qiyshiq, tor ko‘chalarida uchratishdi. Bu yoqqa u endi xachir minib kelgan edi.
Mehmon shaharni yaxshi bilar edi, shuning uchun o‘zi istagan ko‘chani darrov topa qoldi. Bu ko‘chaning nomi— Yunoniy edi, chunki u yerda yunonlarning bir necha do‘koni, shu jumladan, bitta gilam do‘koni ham bor edi. Mehmon aynan shu do‘kon oldida to‘xtab, xachirdan tushdi va uning tizginini darvoza halqasiga bog‘ladi. Do‘kon yopilgan edi. Mehmon do‘kon yonidagi eshikdan bir mo‘’jazgina, chor qirra hovliga kirdi, holli atrofiga «P» shaklida omborxonalar qurilgan edi. Mehmon hovli muyulishidan o‘tib, o‘zini bir xonadonning oldi pechakgullar bilan to‘silgan peshayvoni oldida ko‘rdi va atrofiga olazarak bo‘lib qaradi. Uy ham, omborxonalar ham hali chiroq yoqilmaganligidan qop-qorong‘i edi. Mehmon past ovoz bilan chaqirdi:
— Niza!
Shu payt eshik«g‘iych» etib ochilib, kechki g‘ira-shirada yuziga chodra tutmagan bir juvon peshayvonda paydo bo‘ldi. U kelgan odamning kimligini bilmoq maqsadida yuragi taka-puka bo‘lib, peshayvon panjarasi osha engashdi. So‘ng kelgan odamni tanib, jilmayib qo‘ydi, bosh irg‘atib, qo‘l silkitib salomlashdi.
— Yolg‘izmisan? — deb ohista so‘radi Afraniy yunonchalab.
— Ha, — deb pichirladi juvon. — Erim ertalab Qaysarnyaga jo‘nab ketdi, — shu gapdap so‘ng juvon o‘girilib uy eshigiga qarab qo‘ydi-da, pichirlab ilova qildi: — Lekin oqsochim uyda. — Keyin u qo‘li bilan ishora qilib, mehmonni uyga taklif qildi. Afraniy oldin atrofga bir nazar tashlab, g‘ishtin pillapoyadan peshayvonga chiqa boshladi. Keyin esa ayol ham, u ham uy ichiga kirib ketishdi.
Afraniy bu ayol huzurida juda oz vaqt, nari borsa, besh daqiqa bo‘ldi. Keyin u uyni va peshayvonni tark etdi, qaytarma qalpoqni ko‘zi ustiga tushirib ko‘chaga chiqdi. Bu payt uylarda chiroqlar yoqila boshlagan edi, ko‘chalar bayram oldi taraddudida hali ham tiqilinch edi, shunga ko‘ra, xachir mingan Afraniy ko‘chalarni to‘ldirgan piyoda va otliqlarorasida yo‘qolib ketdi. Uning shundan keyin qayoqlarga borganini hech kim bilmaydi.
Afraniy Niza deb atagan juvon esa yolg‘iz qolgach juda shoshqaloqlik bilan kiyimini o‘zgartira boshladi. Qorong‘ida kerakli buyumlarni topish qanchalik qiyin bo‘lsa ham, u chiroq yoqmadi, oqsochni ham yordamga chaqirmadi. U otlanib bo‘lib, boshiga qora chodra yopingandan keyingina ovozi eshitildi.
— Birov so‘rasa, meni Enantanikida deb aytarsan. Qorong‘ida oqsoch kampirning to‘ng‘illagani eshitildi.
— Enantanikida? Yana o‘shanikiga bormoqchimisan? Axir ering ruxsat bermagan edi-ku! G‘irt qo‘shmachi o‘sha Enantang! Ering kelsin, chaqib beraman seni…
— Hoy, hoy, o‘chir uningii, kampir, — dedi Niza va «ship» etib uydan chiqib ketdi. Uning kavushlari ovozi endi sahniga tosh terilgan hovlidan eshitildi. Oqsoch xotin bir nimalarni to‘ng‘illagancha peshayvoi eshigini zanjirlab oldi. Niza uydan chiqib ketdi.
Xuddi shu payt Quyi Shahardagi hovuzlardan biriga olib boruvchi boshqa bir qing‘ir tor ko‘chaga joylashgan, orqasi ko‘chaga, derazalari ichkari hovliga qaragan ko‘rimsiz bir uyning ko‘cha eshigidan soqol-mo‘ylovi chiroyli qilib kuzalgan, boshiga chinniday toza, oppoq ro‘mol tashlagan, egniga qoshiyali yap-yangi havo rang bayram tallifi, oyog‘iga g‘archi bor yangi kavush kiygan bir yigit chiqdi. Ulug‘ ayyom sharofati bilan yasangan bu qirg‘iyburun, o‘ktam yigit, uy-uylariga, arafa oshiga oshiqayotgan o‘tkinchilardan ham jadalroq, tetikroq yurib borarkan, xonadonlarda birin-ketin chiroqlar yona boshlaganini kuzatardi. Bu yigit bozor yonidan o‘tib, Jome tepaligi etagiga joylashgan hazrati buzruk Kaifaning qasriga olib boruvchi yo‘ldan ketib borardi.
Yana bir necha daqiqadan so‘ng uning Kaifa darvozasidan kirayotganini va oradan bir necha lahza o‘tar-o‘tmas qasrdan chiqqanini kuzatish mumkin edi.
Yigit shamchirokdar va mash’alalar bilan yoritilib, bayram taraddudiga gavjum bo‘lgan qasrdan qaytib chiqqach, yana ham serg‘ayratroq, xushchaqchaqroq bo‘lib, shoshganicha Quyi Shahar tomon qayta boshladi. U bozor maydoniga yetib qolganida bir vaqt qora chodrasini deyarli ko‘zigacha tushirib olgan bir ayol tiqilinchda uning yonidan xiromon yurish qilib o‘tib, oldinlab ketdi. U o‘ktam yigitdan o‘zib ketarkan, bir lahzagina chodrasini yuqoriroq ko‘tarib, yigit tomonga bir zumlik nigoh tashladi, lekin qadamini sekinlatmadi, bil’aks hozirgina o‘zi o‘zib o‘tgan yigitdan tezroq qochib yashirinmoqchibo‘lganday, yanada qadamini ildamlatdi.
Yigit u ayolni nainki payqadi, balki tanidi ham, tanigach, yuragi bir orziqib tushib, yurishdan taqqa to‘xtadiyu uning orqasidan hang-mang bo‘lib tikilib qoldi, keyin hushini yig‘ib olgach, ayolning orqasidan darhol quva ketdi. U yo‘lda ko‘za ko‘targan bir odamga urilib, uni yiqitib yuborayozdi va axiri ayolga yetib oldi-yu, hayajonlanganidan hansirab nafas olarkan, uni chaqirdi:
— Niza!
Ayol orqasiga o‘girilib yigitga ko‘z suzib qaradi, qaragandayam, hafsalasi pir bo‘lganday, sovuqqina qaradi va yunon tilida quruqqina shunday dedi:
— E-ha, senmiding, Iuda? Bir qarashda tanimabman. Qaytaga yaxshi bo‘ldi. Negaki, xalqimizda shunday bir naql bor: agar tanish odamingni tanimay qolsang, u boy bo‘larmish…
Iuda qattiq hayajonlanganidan yuragi xuddi qafasga tushgan qushday qattiq-qattiq teparkan, o‘tgan-ketganlar eshitmasin uchun nafasi og‘ziga tiqilgancha pichirlab so‘radi:
— Qayoqqa ketyapsan, Niza?
— Senga nima? — deb javob qildi Niza qadamini sekinlatarkan Iudaga viqor bilan tikilib.
Shunda Iudaning ovozida bolalarga xos bir talaffuz eshitildi, u esankirab pichirladi:
— Ie, nega endi?… Axir shartlashgandik-ku. Men senikiga bormoqchi edim. O‘zing aytuvding-ku butun oqshom uyda bo‘laman deb…
— E, yo‘q, yo‘q, — dedi Niza va tantiq qizlarga o‘xshab pastki labini do‘rdaytirgan edi, uning chehrasi — Iuda o‘z umrida ko‘rgan parichehralar ichida eng go‘zal hisoblagan chehrasi — yigitning ko‘ziga yana ham chiroyliroq bo‘lib ko‘rindi, — zerikib ketdim. Sizlar bayram qilyapsizlar, men nima qilay? Sening peshayvonda turib olib xo‘rsinishingni tomosha qilaymi? Buning ustiga, oqsochim erimga chaqsa nima qilaman, deb yurak hovuchlab o‘tiraymi? Yo‘q, yo‘q, men ham shahar tashqarisiga chiqib ketib, bulbullar xonishini eshitishga ahd qildim.
— Shahar tashqarisiga deysanmi? — dedi Iuda esankirab, — yolg‘iz o‘zing-a?
— Ha, yolg‘iz o‘zim, — deb javob qildi Niza.
— Maylimi seni kuzatib borsam? — hayajonlanganidan entikib so‘radi Iuda. U esankirab qoddi, butun borliqni xayolidan faromush qilib, Nizaning hozir tim qora bo‘lib ko‘rina boshlagan ko‘k ko‘zlariga iltijo bilan bokdi.
Niza hech nima demay, qadamini ildamlatdi.
— Nega indamayapsan, Niza? — deb so‘radi Iuda yolboruvchi ohangda u bilan baravar qadam tashlashga urinarkan.
— Meni zeriktirib qo‘ymaysanmi? — dedi birdan Niza va yurishdan to‘xtadi. Shunda Iudaning esi butkul og‘ib qoldi.
— Ha, yaxshi, — dedi Niza nihoyat ko‘ngli yumshab, — ketdik.
— Qayoqqa, qayoqqa boramiz?
— Shoshma… kel, yaxshisi, manavi hovliga kirib kelishib olaylik, tag‘in bitta-yarimta tanish-bilish ko‘rib qolib, Nizani ko‘chada o‘ynashi bilan chaqchaqlashib turganini ko‘rdim, deb gap tarqatib yurmasin.
Shu zahoti Niza bilan Iuda bozorgohdan g‘oyib bo‘lishdi. Ular qaysiyam bir hovlining bostirmasiga kirib pichirlashardilar.
— Sen juvozkashlik mulkiga bor, — dedi Niza pichirlab va ayni paytda chelak ko‘tarib bostirmadan o‘tayotgan bir begona erkakdan yuzini chetga burib, chodrasini ko‘zigacha tushirib oldi, — Kedronning paryog‘idagi Hefsimaniya bog‘iga, tushundingmi?
— Ha, ha, ha.
— Men oldinda boraman, — deb davom etdi Niza, — lekin sen orqamdan izma-iz yurma, ancha keyinda qolib bor. Soydan o‘tganingdan keyin… g‘or bor… bilasan-a uning qaerdaligini?
— Bilaman, bilaman…
— Objuvoz yonidan o‘tib tepaga ko‘tarilasan-da, keyin g‘or tomonga burilasan. Seni o‘sha yerda kutaman. Lekin hoziroq izimga tushma, to men ancha yerga borib olgunimcha bardosh qilib, shu yerda kutib tur. — Niza shu so‘zlarni aytib bostirmadan chiqib ketdi va go‘yo, Iuda bilan suhbatlashmaganday, g‘oyib bo‘ldi-qoldi.
Iuda parokanda xayolini bir yerga jamlashga urinib, ancha vaqtgacha qimir etmay turib qoldi. Chunonchi u xeshlarining hayit oshida bo‘lolmaganini qanday izohlashi haqida o‘yladi. U turgan yerida allaqanday bahonalarni o‘ylab topar, ammo, qattiq hayajonlanganidan miyasiga durustroq bir vaj kelmasdi, shu zayl beixtiyor oyoqlari uni bostirma ostidan olib chiqib ketdi.
Endi u yo‘lini o‘zgartirdi. Quyi Shaharga borishdan aynib, yana Kaifaning qasri tomon burildi. Iuda endi atrofida bo‘layotgan voqealarni deyarli ko‘rmasdi. Bayram ruhi shaharga endi kirib kelayotgan edi. Iuda o‘tib borayotgan ko‘chalarga ochilgan derazalar nainki charog‘on, balki u yerlardan bayramona madhiya va qutlovlar eshitilardi. Kechikkan yo‘lovchilar eshaklarini xalalab, hayqirishib o‘tib borishardi. Iudaning oyoqlari uning ixtiyorsiz ketib borar, oqibat u hammayog‘ini shox bosgan mudhish Antoniy minoralari poyidan o‘tib ketganini ham payqamadi, qal’ada chalinayotgan karnay na’rasini ham eshitmadi, qo‘lidagi mash’alasi bilan uning yo‘lini mudhishona yoritgan rimlik otliq soqchilarga parvo ham qilmadi. Iuda minora yonidan o‘tib ketgach, orqasiga o‘girilib, jome ustida, juda ham balandda ikkita g‘oyat ulkan besh shamli qandil yonayotganini ko‘rdi. Lekin Iudaning ko‘ziga u shamlar ham elas-elas ko‘rindi, nazarida Yershalaim uzra misli ko‘rilmagan kattalikdagi o‘nta shamchiroq yoqilganu ular shahar uzra tobora yuqoriroq ko‘tirilayotgan tunning taiho shamchirog‘i — oy shu’lasi bilan shu’la sochishda kim o‘zarga o‘ynashayotgandek ko‘ringandi. Endi Iudaning hech nima bilan ishi qolmagan, u faqat Hefsimaniya darvozasi tomon intilar, tezroq shaharni tark etib chiqib ketishni istar edi. Ba’zan ko‘ziga ko‘chadagi olomon orasida Nizaning o‘ynoqi qiyofasi lip-lip ko‘ringanday va Iudani ohanrabo singari o‘ziga ergashtirib ketayotgandek tuyulardi. Lekin bu noto‘g‘ri tasavvur edi — Nizaning ancha oldinlab ketganligini Iuda yaxshi bilardi. U sarroflar rastasi yonidan o‘tib, nihoyat Hefsimaniya darvozasiga yetdi. Bu yerda, garchi sabri chidamayotgan bo‘lsa ham, bir oz turib qolishga majbur bo‘ldi. Shaharga tuyalar karvoni kirib kelayotgan edi, karvon orqasidan ketma-ket suriyaliklar harbiy patruli kirib keldiki, Iuda bu patrulni ichida rosa bo‘ralab so‘qdi…
Lekin har narsaning intihosi bor. Betoqat Iuda endi shahar tashqarisida ketib borardi. U chap tomonda mo‘’jazgina bir qabristonni, qabriston yonida ziyoratchi xudojo‘ylarning bir necha olabayroq chodirini ko‘rdi. Iuda oy yog‘dusiga cho‘milgan sertuproq yo‘lni kesib o‘tib, Kedron soyi tomon otildi. Soy uning oyog‘i ostida jildirab oqardi. U toshdan-toshga sakrab-sakrab, nihoyat soyning narigi, Hefsimaniya sohiliga o‘tib oldi va bu yerda bog‘lar tepasidan o‘tgan yo‘lda hech zog‘ yo‘qligini ko‘rib, quvonchdan ko‘ngli yorishib ketdi. Sal nariroqda juvozkashlik mulkining yarim xaroba darvozasi ko‘rindi.
Havosi dim shahardan chiqqan Iuda bahor tunining atridan sarxush bo‘ldi. Bog‘dagi mirta daraxtlarining va Hefsimaniya yalangligida o‘sgan akas daraxtlarining xushbo‘y hidi dimoqqa gup-gup urilardi.
Darvozada qorovul yo‘q edi, umuman, bu yerlarda hech kim yo‘q edi, shunga ko‘ra, endi Iuda sershox azim zaytun daraxtlarining antiqa ko‘lankalari ostidan g‘izillagancha chopib ketdi. Yo‘l yuqoriga o‘rlab borardi, Iuda og‘ir-og‘ir nafas olarkan, oy shu’lasi vujudga keltirgan guldor soyalarni bosib o‘tardiki, bu oyalar Nizaning rashkchi eri do‘konidagi turfa gulli gilamlarni eslatardi. Bir ozdan keyin Iuda chap tomonda sayhonlikda juvozxonani, uning ulkan tosh g‘ildiragini va uyilib yotgan bochkalarni ko‘rdi. Bog‘da hech kim yo‘q edi. Ish kun botgandayoq tugagan edi. Bog‘da yug‘ ham ko‘rinmas, Iudaning boshi uzra endi bulbullar tinmay chaqchaqlashar, xonish qilishardi.
Iuda ko‘zlagan yer yaqin edi. U hozir o‘ng tomonda, qorong‘ilikda g‘orda jildirab oqayotgan suvning ovozini eshitadi. Shunday bo‘ldi ham, ana suv jiddirashi eshitildi. Salqin bo‘la boshladi.
Shunda u qadamini sekinlatib, ohista chaqirdi:
— Niza!
Lekin Nizaning o‘rniga yo‘g‘on zaytun daraxti orqasidan bir barzangi erkak yo‘l o‘rtasiga chiqdi, uning qo‘lida bir nima bir zumga yalt etib so‘ndi.
Iuda o‘zini orqaga tashlab, zaif ovoz bilan qichqirdi:
— Oh!
Ikkinchi bir odam uning orqasidan to‘sib chiqdi. Iudaning ro‘parasida turgan birinchi erkak undan so‘radi:
— Hozir qancha pul olding? Gapir, agar jon shirin bo‘lsa!
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 26
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.