Usta va Margarita - 12

Total number of words is 4393
Total number of unique words is 2138
37.3 of words are in the 2000 most common words
55.9 of words are in the 5000 most common words
65.6 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
— Kim? — eshitilar-eshitilmas pichirlab so‘radi Ivan, hayajonlangan mehmonining so‘zini bo‘lishdan qo‘rqib.
— Muharrir-da, aytyapman-ku, muharrib deb. To‘g‘ri, u o‘qishga o‘qib chiqdi. Lekin menga milki pilla bo‘lib, lunji shishib ketgan odamga qaraganday qararkan, ko‘z qirini xonaning burchagiga tashlagancha, ko‘ngli xijil bo‘lganday, hatto hiringlab ham qo‘ydi. U qo‘lidagi manuskirptni hojatsiz g‘ijimlarkan hadeb tomoq qirardi. Bergan savollari menga ahmoqona bo‘lib tuyuldi. Chunki u roman to‘g‘risida hech nima gapirmay, mendan: kimsiz, qayoqdan paydo bo‘ldingiz, ko‘pdan beri qalam tebratib turasizmi, nega siz haqingizda shu paytgacha hech eshitmaganmiz, deb so‘ray boshladi, hatto yana: bunday alomat mavzuda roman yozishni sizga kim maslahat berdi, degan savol ham berdiki, mening fikrimcha, bundan ortiq ahmoqona savol bo‘lmaydi. Axiyri, savollari jonimga tegib ketgach, romanimni chop qilasizmi o‘zi, yo yo‘qmi, deb dangal so‘radim.
Shunda u besaranjom bo‘lib, lattachaynarlik qildi, so‘ng bu masalani shaxsan o‘zi hal qila olmasligini, asarim bilan muharrirlar hay’atining o‘zga a’zolari ham, ya’ni tanqidchilardan Latunskiy bilan Ariman hamda adabiyotshunos Mstislav Lavrovichlar tanishib chiqishlari kerakligini aytdi. U, ikki haftadan keyin keling, deb iltimos qildi.
Ikki haftadan keyin borgan edim, muttasil yolg‘on gapiraverganidan ko‘zlari g‘ilay bo‘lib qolgan bir qari qiz qabul qildi.
— Ha, u Lapshyonnikova, redaktsiya kotibasi, — dedi jilmayib Ivan: mehmon g‘azablanib ta’riflayotgan muhit ahli unga tanish edi.
— Bo‘lsa bordir, — shart so‘zini bo‘ldi mehmon, — xullas, shu ayol hammayog‘i dog‘-dug‘ va ancha g‘ijimlangan romanimni qaytarib berdi. U ko‘zini ko‘zimdan olib qochishga urinib:
— Hozir redaktsiyamiz ikki yilga yetadigan qo‘lyozmalar bilan ta’minlangan, shunga ko‘ra, romaningizni chop qilish masalasi, menimcha, boshqa ko‘rilmasa kerak, — dedi.
— Yana nimalar esimda qoluvdi-ya? — deb g‘o‘ldirardi usta, chakkalarini ishqalarkan. — Ha, qo‘lyozma hoshiyasiga sochilgan qip-qizil gulbarglar, yana mahbubamning ko‘zlari esimda. Ha, uning ko‘zlarini eslab qolganman.
Mehmonning hikoyasida dudmallik, allaqanday chala-chulpa gaplar ko‘proq uchray boshladi. U qiyalab yog‘an yomg‘irni esladi, podvaldagi makonida boshidan kechirgan mushkulotlar haqida, yana allaqayoqlarga borgani to‘g‘risida gapirdi. U, o‘zini kurashga da’vat etgan ayolni aslo ayblamasligi, ha, ha, unda hech gunoh yo‘qligi haqida pichirlab chinqirdi!
— O, esimda, esimda gazeta orasida ilova qilib kiritilgan varaq, — deb g‘o‘ldirardi mehmon, gazeta varag‘ining tasvirini havoda ikki barmog‘i bilan chizib ko‘rsatarkan, shunda Ivan mehmonning chalkash gaplaridan fahmladiki, boshqa bir muharrir ustaning romanidan kattagina parchani gazetada bosib chiqaripti.
Uning gapicha, oradan ikki kun o‘tar-o‘tmas, boshqa bir gazeta tanqidchi Arimanning: «Muharrir qanoti ostidagi dushman», degan maqolasi paydo bo‘lipti, bu maqolada yozilishicha, Ivanning mehmoni muharrirning beparvoligi va nodonligidan foydalanib, matbuotda Iisus Xrist madhiyasini yoritishga uringanmish.
— Ha, esimda, esimda! — deb chinqirib yubordi Ivan. — Lekin familiyangiz esimdan chikdi!
— Takror aytaman, familiyamni qo‘yaylik, endi u yo‘q, — deb javob qildi mehmon. — Gap familiyada emas. Bir kundan keyin boshqa bir gazetada Mstislav Lavrovich imzosi bilan boshqa maqola paydo bo‘ldi. Bu maqola muallifi pilatchilikka, hamda uni matbuotda yoritmoqchi bo‘lgan (yana o‘sha la’nati ibora!) dindor musavvirga zarba berishni, bergandayam, ayovsiz zarba berishni taklif qilgan edi.
Men bu«pilatchilik» so‘zidan dong qotib qolib, uchinchi gazetani varaqladim. Bu gazetada ikki maqola bor edi: biri — Latunskiyniki, ikkinchisiga esa «N. E.» deb imzo qo‘yilgan edi. Men sizga aytsam, Ariman bilan Lavrovichning maqolalari Latunskiy yozgan maqola oldida «holva» edi. Latunskiy maqolasiga qo‘yilgan sarlavhaning o‘zi ham sizga kifoya: «Eski mazhabning jangari namoyandasi». O‘zim to‘g‘rimda yozilgan maqolalarni o‘qishga shunchalik berilib ketibmanki, mahbubamning (eshikni berkitishni unutgan ekanman) qo‘lida jiqqa ho‘l zontik va namiqqan bir dasta gazeta bilan qanday tepamga kelib qolganini ham payqamabman. Uning ko‘zlaridan o‘t chaqnar, muzdek sovuq qo‘llari qaltirar edi. Oldiniga u o‘zini bag‘rimga otib, meni o‘paverdi, o‘paverdi… keyin, qo‘lini stolga tap-tap urgancha, hirqiroq ovoz bilan Latunskiyni albatta zaharlab o‘ldirajaginiaytdi.
Ivan sal xijolat bo‘lib tomoq qirib qo‘ydi-yu, lekin hech nima demadi.
G‘am-anduh to‘la kunlar boshlandi. Roman yozilib bo‘lgan, boshqa qiladigan ish yo‘q edi, endi ikkovimiz pechka oldiga yozilgan gilamchada olovga tikilib o‘tirardik, xolos. Biz endi tez-tez vidolashib turardik. U sayr qilgani chiqib ketadigan bo‘ldi. Mening hayotimda esa g‘aroyib hollarsodir bo‘la boshladi, to‘g‘ri, bunday hollar menda ilgari ham tez-tez bo‘lib turardi… Men kutilmaganda bir do‘st orttirdim. Ha, ha, ishonavering, umuman olganda mening juda bema’ni odatim bor: odamlar bilan til topishishim qiyin juda, hech kimga ishonmayman, sal narsaga shubhalanaveraman. Lekin — qizig‘i shundaki, shu odamoviligimga qaramay, kelib-kelib, mutlaqo faraz qilinmagan, kutilmagan bironta odam, garchi tashqi qiyofasi otni hurkitadigan tasqara bo‘lsa ham, albatta didimga o‘tirib qoladi.
Xullas, o‘sha mash’um paytlarda bir kun bog‘chamizning ko‘cha eshigi ochilib, hovliga bir odam kirdi. Esimda, kuzning orombaxsh kunlaridan biri edi. Xotinim uyda yo‘q edi. Kelgan odamning uy sohibida biron ishi bo‘lsa kerak, unikiga kirib ketdi, so‘ng bog‘chaga tushib, men bilan hol-ahvol so‘rashdi-da, bir zumda tanishib ham oldi. U o‘zini muxbir deb tanitdi. U menga shu qadar yoqib qoldiki, bilasizmi, hanuzgacha ba’zida uni eslab, qo‘msab qo‘yaman. Bora-bora u uyimga tez-tez keladigan bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, u bo‘ydoq ekan, mendan sal nariroqda xuddi menikiga o‘xshagan mo‘’jazgina kvartirada turarkan, ammo unga kvartira torlik qilayotganmish, hokazo va hokazo. Negadir u meni uyiga hech taklif qilmasdi. Xotinimga u sira ham yoqmadi. Ammo men uning yonini oldim. Shunda xotinim:
— Bilganingni qil, — dedi, — lekin bu odam menda faqat nafrat uyg‘otyapti.
Men kulib yubordim. Darvoqe, bu odam qay jihati bilan meni o‘ziga rom qilgan edi? Gap shundaki, o‘z g‘ilofi ichida bironta favqulodda xislati bo‘lmagan odamning, umuman, qizig‘i yo‘q. Lekin Aloiziyning (ha-ya, unutibman — yangi tanishimning ismi-sharifi Aloiziy Mogarich edi) g‘ilofida shunday xislat mavjud edi. Alalxusus, Aloiziydek donishmand odamni ilgari hech yerda uchratmaganman, aminmanki, bundan keyin ham aslo uchratmayman. Agarda gazetada bosilgan biron maqolaning ma’nosiga tushunolmasam, Aloiziy uni bir zumda tushuntirib berar, tushuntirgandayam hech qiynalmasdan, oson va ravon tushuntirardi. Hayotiy voqealar va masalalarni ham shunday oson izohlab berardi u. Lekin hali bu hammasi emas edi. Aloiziy adabiyotga bo‘lgan ishtiyoqi bilan meni o‘ziga rom qilgan edi. To uning iltimosiga ko‘ra romanimni boshidan-oxirigacha o‘qib bermagunimcha hech tinchimadi u. Keyin esa roman to‘g‘risida maqtov gaplar aytdi, lekin xuddi muharrirning romanim to‘g‘risidagi mulohazalarini o‘z qulog‘i bilan eshitgandek, u ham o‘sha fikrlarni aytib, og‘zimni ochirib qo‘ydi. Aloiziy muharrirning mulohazalarini bekamu ko‘st takrorlagandi. Bundan tashqari, nima sababdan romanim chop qilinmasligini ham nihoyatda aniq izohlab berdiki, bu fikrda hech xato yo‘qligini o‘zim ham anglay boshlagan edim. U, falon bobingiz o‘tmaydi, deb gapning ochig‘ini aytdi-qo‘ydi.Lekin maqolalarning keti uzilmasdi. Eng dastlabkilari ustidan kulgan edim. Biroq maqolalar soni ko‘paygan sari ularga nisbatan munosabatim ham o‘zgara bordi. Ikkinchi bosqich — ajablanish bosqichi bo‘ldi. Bu maqolalar tahdidona va dadil yozilgan bo‘lishiga qaramay, ularning deyarli har bir satrida o‘ta qalbakilik va dargumonlik ohangi sezilib turardi. Menga, ularning mualliflari o‘zlari aytmoqchi bo‘lgan gaplarni emas, boshqa fikrlarni bayon qilayotganday tuyular, ularning darg‘azabligiga sabab ham shu bo‘lsa kerak, deb o‘ylardimu shu fikrimdan hech xalos bo‘lolmasdim. Bundan keyin, men sizga aytsam, uchinchi bosqich — qo‘rquv bosqichi boshlandi. Yo‘q, yo‘q, u maqolalar emas, ishoning, balki ulargayam, romanimgayam taalluqli bo‘lmagan mutlaqo boshqa narsalar meni cho‘chita boshladi. Mana, masalan, qorong‘ilikdan qo‘rqadigan bo‘lib qoldim. Qisqasi, ruhiy betoblik bosqichi boshlangan edi. Kichkina xonamda uyqu oldidan chiroqni o‘chirishim bilan, nazarimda, go‘yo derazadan, garchi u yopiq bo‘lsa ham, qandaydir ro‘dapo uzun-uzun, sovuq paypaslagichlarini o‘ynatib kirib kelayotganday bo‘lardi. Oqibat, kechalari chiroq yorug‘ida uxlaydigan bo‘ldim.
Mahbubam judayam o‘zgarib ketdi (turgan gapki, ro‘dapo to‘g‘risida unga churq etmadim. Lekin u ahvolimning chatoqlashayotganini seza boshlagan edi), ozib, rangi o‘chib, kulmay qo‘ydi, romandan parcha bostirishni maslahat bergani uchun qayta-qayta uzr so‘ray boshladi mendan. Endi u hamma narsani boshdansoqit qilib, janubga, Qora dengiz bo‘yiga jo‘nashni, yuz ming so‘mlik yutukdan qolgan pulni sarflab, o‘sha yerda dam olishni maslahat bera boshladi menga.
Bu fikrida u qattiq turib oldi, men esam u bilan tortishmaslik uchun (Qora dengizga jo‘nab keta olmasligimni ko‘nglim sezayotgan edi) shu yaqin kunlarda jo‘nab ketishga va’da berdim. Biletni uning o‘zi oladigan bo‘ldi. Shunda men o‘n ming so‘mcha keladigan pulning hammasini uning qo‘liga tutqazdim.
— Nima qilaman shuncha pulni? — deb ajablandi u.
Men bo‘lsam, o‘g‘irlatib qo‘yishdan qo‘rqaman, shuning uchun, to jo‘nab ketgunimcha senda tura tursin, degan mazmunda bahona qiddim. U pulni olib sumkachasiga soldi va meni qayta-qayta o‘parkan, shunday dedi:
— Seni shu ahvolda yolg‘iz tashlab ketganimdan o‘lganim afzal, lekin na qilayki, meni kutishmoqda, zaruratga tobe bo‘lmay ilojim yo‘q, ammo ertaga albatta kelaman. O‘tinaman sendan, hech nimadan cho‘chima.
Bu oktyabr oyining o‘rtalarida, endi qosh qoraya boshlagan paytda bo‘lgan edi. U jo‘nab ketdi. Men divanga yotib, chiroqni ham yoqmay uxlab qoldim. Bir mahal xonamga ro‘dapo kirganini tuyib uyg‘onib ketdim. Qorong‘ida paypaslab zo‘r-bazo‘r chiroqni yoqdim.
Cho‘ntak soatim tungi soat ikkini ko‘rsatardi. Men yotayotganimda sirqovlanib turuvdim, endi betob bo‘lib uyg‘ondim. Nazarimda, kuz zulmati deraza oynasini sindirib xonaga quyildi-yu, men xuddi siyohga o‘xshovchi shu zulmatda g‘arq bo‘layotgandek his qila boshladim o‘zimni. Men endi o‘zini eplay olmaydigan noshud odam bo‘lib uyg‘ongan edim. Men chinqirib yubordim, miyamda biron kimsaning, chunonchi yuqori qavatda turuvchi uy sohibining oldiga panoh istab chiqish fikri tug‘ildi. Xuddi telba odamdek o‘zim bilan o‘zim kurasha boshladim. Nihoyat, pechka oldiga borib, ichiga qalangan o‘tinni yoqib yuborishga qurbim yetdi. O‘tin shitirlab yonib, pechka eshigi sharaqlab yopilgandan keyingina o‘zimni ancha yengil tortganday his qildim… Keyin dahlizga yugurib chiqib, u yerda ham chiroq yoqdim, bir shisha oq vino topib, tiqinini oldimu to‘g‘ri og‘zidan icha boshladim. Natijasida qo‘rquv bir qadar susaydi — shu qadarki, uy sohibining huzuriga yugurmay, pechka oldiga qaytdim. Pechka eshigini lang ochib qo‘yib (olovning tafti yuz-qo‘llarimni kuydirgudek qizdira boshladi), pichirladim:
— Ahvolim og‘irlashganini his qilsang-chi. Tezroq qoshimga kelsang-chi, kel, kel!
Lekin hech kim kelmadi. Pechkada olov gurillab yonar, yomg‘ir derazani savalardi. Shunda eng so‘nggi falokat sodir bo‘ldi. Men stol g‘aladonidan romanimning mashinkada ko‘chirilgan salmoqli nusxalariyu xomaki qo‘lyozmalarim bilan to‘ldirilgan daftarlarni olib, ularni yoqa boshladim. Bu nihoyatda mashaqqatli ish, chunki yozilgan qog‘ozlar uncha yaxshi yonmaydi. Shuning uchun, tirnoqlarimni sindirib bo‘lsa ham, daftarlarni dabdala qilib yirtib, ularni palyonlar orasiga tikkaytirib qo‘yar va kosov bilan titkilardim. Yongan qog‘ozlarning kuli ba’zida olov ustini bosib, meni xunob qilar, lekin men bo‘sh kelmasdim, natijada, romanim ko‘p qarshilik qilib bo‘lsa ham, baribir nobud bo‘la boshladi. Ko‘z oldimda tanish so‘zlar paydo bo‘lar, sahifalar pastdan yuqoriga bir me’yorda sarg‘aya borar, lekin shunda ham so‘zlar ko‘rinib turardi. Ular qog‘oz qoraya boshlagandagina g‘oyib bo‘lardilar, shunda men kosov bilan kavlab ularni yo‘q qila boshlardim.
Xuddi shu payt kimdir derazani ohista tirnadi. Yuragim«shig‘» etib ketdi-yu, oxirgi daftarni olovga tashlab, eshikni ochgani yugurdim. Hovliga ochiladigan eshikka g‘isht pillapoyalardan chiqish kerak edi. Men qoqila-suqila shu eshik tagiga borib ohista so‘radim:
— Kim u?
Tanish ovoz— mahbubamning ovozi javob berdi:
— Menman.
Qanday qilib eshik zanjiri bilan ilgagini tushirdim— bilmayman. U boshdan-oyoq shalabbo, yonoqlari ho‘l, sochlari parishon holda ostona hatlab ichkari kirdi-yu, dag‘-dag‘ titragancha o‘zini quchog‘imga otdi. Men faqat bitta so‘zni takrorlay oldim xolos:
— Sen… sen? — dedimu tovushim chiqmay qoddi, keyin ikkovimiz pastga otiddik. U dahlizda paltosini yechib tashladi, so‘ng biz birinchi xonaga o‘kday otilib kirdik. U ohista chinqirib yuborib, yalang‘och qo‘lini shartta pechkaga tikdida, endi ostidan alanga ola boshlagan oxirgi dasta qo‘lyozmani tortib olib polga tashladi. Shu zahoti butun xona tutunga to‘ldi. Men oyoqlarim bilan tepib olovni o‘chirdim, u esa o‘zini divanga otib, o‘pkasi to‘lib, yum-yum yig‘lay boshladi.
U axiri tinchidi, men gap boshladim:
— Ko‘rarga ko‘zim yo‘q bu romanni, men qo‘rqaman. Betobman. Meni dahshat qamrab olyapti.
U o‘rnidan turib o‘tirib, gapga kirdi.
— Voy, xudoyim, kasal bo‘lib qopsan-u. Nega endi, nega axir? Baribir seni darddan forig‘ qilaman, seni qutqaraman. Bu qanday bedodlik?
Men uning tutun va yig‘idan shishgan ko‘zlarini ko‘rdim, peshanamni silay boshlagan muzdek qo‘llarini his qildim.
— Men seni davolab tuzataman, tuzataman, — deb g‘o‘ldirardi u yuzini yelkamga qo‘yib, — sen hali uni yana tiklaysan. Nega, nega bir nusxasini o‘zim saqlab qo‘ymadim!
U darg‘azab qiyofada tishlarini irjaytirdi, yana allanimalarni gapirdi. Keyin lablarini chirt yumib olib, kuygan varaqlarni terib, tekislay boshladi. Bu — roman o‘rtasidagi bir bob edi. U kuygan varaqlarni avaylab taxlab qog‘ozga o‘radida, ustidan lenta bilan bog‘ladi. Uning butun xatti-harakatida qat’iyat mavjud edi, o‘zini qo‘lga olib olganligi yaqqol ko‘rinib turardi. U vino so‘rab, ichib oldi-da, keyin ancha bamaylixotir gapira boshladi.
— Aldamchilik bilan yashashning oqibati shunaqa voy bo‘ladi, — derdi u, — bo‘ldi, endi hech aldamayman. Hoziroq sen bilan qolgan bo‘lardim-u, lekin bu tarzda ish tutishni xohlamayman. Uyidan tunda qochib ketganimni u doim alam bilan eslab yurishini istamayman. U menga hech qachon, hech qanday yomonlik qilmagan. Uni hozir to‘satdan chaqirtirib qolishdi, zavodlarida yong‘in bo‘lganmish. Lekin u hademay qaytib keladi. Men u bilan ertaga gaplashaman, boshqa odamni sevaman, deb aytaman unga, keyin butunlay sening yoningga kelaman. Qani, ayt, balki bunday qilishimni xohlamassan?
— O, bechoraginam, — dedim unga, — bunday qilishingga yo‘l qo‘ymayman. Ahvolim yana mushkullashadi, shu bois seni ham men bilan birga nobud bo‘lishingni xohlamayman.
— Faqat shu sababmii? — deb so‘radi u ko‘zlarini ko‘zimga yaqin olib kelib.
— Faqat shu.
U birdan ruhlanib ketdi, bo‘ynimdan quchib meni bag‘riga bosgancha dedi:
— Unda men ham sen bilan birga nobud bo‘laman. Ertalab qaytib kelaman.
Mana, hayotimda eslab qolganim oxirgi manzara— qiya ochilgan dahliz eshigidan tushgan yorug‘da uning hilpiragan soch tolasi, boshidagi beret va jur’at to‘la ko‘zlari. Yana ostonada uning qora ko‘lankasiyu qog‘ozga o‘ralgan oq tugunchak ham xotiramda qolgan.
— Seni kuzatib qo‘ygan bo‘lardim-u, lekin yolg‘iz qaytib kelishga majolim yo‘q, qo‘rqaman.
— Qo‘rqma. Yana bir necha soat sabr qil. Ertaga ertalab yoningda bo‘laman. — Bu uning hayotimdagi oxirgi so‘zlari bo‘ldi.
— Tss! — deb bemor birdan o‘z so‘zini bo‘ldi-yu, barmog‘ini ko‘tardi, — bugun oydin tun juda beorom.
U balkonga chiqib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Ivan koridordan aravacha g‘ildirab o‘tganini, kimningdir piqillab yig‘lagani yo zaifgina chinqirganini eshitdi.
Hammayoq tinchigandan keyin mehmon yana qaytib keldi va 120-xonaga odam joylashtirilganini xabar qildi. Olib kelingan odam nuqul boshimni qaytarib beringlar, deb yolborarmish. Suhbatdoshlar avvaliga bezovta bo‘lishib jim o‘tirishdi, keyin ko‘ngillari joyiga tushgach, bo‘lingan suhbatni davom ettirishdi. Mehmon endi gapga og‘iz juftlagan edi… lekin bugungi tun chindanam notinch edi — hamon yo‘lakdan g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovoz eshitilardi. Oqibat, mehmon gaplarini eshitilar-eshitilmas pichirlab Ivanning qulog‘iga ayta boshladiki, uning:
— Mahbubam jo‘nab ketgandan keyin oradan chorak soat o‘tgach derazamni taqillatishdi… — degan birinchi jumlasidan boshqa hamma gaplarini faqatgina shoir eshitdi, xolos.
Bemor shoirning qulog‘iga pichirlab aytgan gaplar, chamasi, uni qattiq iztirobga solayotgan edi. Dam o‘tmay uning afti tirishar, ko‘zlari goh tahlikali, goh g‘azab bilan boqardi. U endi balkonda ko‘rinmay qolgan oy tomonga qo‘li bilan ishora qilardi. Tashqaridan kelayotgan tovushlar butunlay tingandan keyingina mehmon Ivandan sal surilib o‘tirib, xiyol balandroq ovoz bilan gapini davom ettirdi.
— Ha, keyinchalik, yanvarning o‘rtalarida, tunda, men o‘z hovlimizda tugmalari uzib olingan o‘sha paltomda sovuqdan diydirab turardim. Orqamda nastarin butalarini ko‘mib yuborgan qor uyumi, oldimda, oyog‘im ostida — darparda tutilgan, g‘ira-shira yori-tilgan derazalarim. Men birinchi derazaga engashib quloq sola boshladim — xonalarimdan patefon ovozi eshitilardi. Qulog‘imga chalingan tovush faqat shu bo‘ldi. Lekin hech nima ko‘ra olmadim. Yana bir oz turib, bog‘cha eshigidan tor ko‘chaga chiqdim. Kuchli izg‘irin ko‘tarilgan edi. Oyog‘im ostida o‘ralashgan bir it meni cho‘chitib yubordi, o‘zimni undan olib qochib, ko‘chaning narigi betiga o‘tdim. Doimiy hamrohim bo‘lib qolgan ayoz va qo‘rquv asablarimni barbod etib, umidsizlikka mubtalo qilgan edi. Boradigan yerim yo‘q, eng oson yo‘li, tor ko‘chamizdan chiqib, o‘zimni tramvay tagiga tashlash edi. Ichi chiroqlar bilan yoritilgan, hammayog‘ini muz qoplagan bu yashiklarning sovuq iz ustida odamning g‘ashini keltiruvchi g‘ijirlashini olisdan eshitdim. Lekin, o aziz qo‘shnim, hamma balo shundaki, qo‘rquv mening har bir hujayramni mahv etib olgan edi. Binobarin, tramvaydan ham xuddi itdan qo‘rqqanday qo‘rqardim. Ha, bu binoda mening dardimdan og‘ir dard yo‘q hech kimda, gapimga ishonavering.
— Lekin siz u ayolga xabar qilishingiz mumkin edi-ku, — dedi Ivan bechora bemorga achinib, — undan keyin, pulingiz ham qolgan edi-ku unda? Saqlab qo‘ygan bo‘lsa kerak, albatta?
— Siz bunga hech shubha qilmang, albatta saqlab qo‘ygan. Lekin siz, nazarimda, meni tushunmayapsiz chog‘i? Yoki, aniqrog‘i, bir vaqtlardagi voqeani ta’riflash qobiliyatimni yo‘qotgan bo‘lsam kerak. Sirasini olganda, men unga ko‘pam achinmayman, chunki uning keragi bo‘lmaydi endi menga. Agar qo‘liga, mehmon tungi zulmatga iltifot bilan tikildi, jinnixonadan maktub borib tushsa… Axir bunaqa adresdan qanday qilib xat yuborib bo‘ladi? Ruhiy kasaldan? Hazil qilyapsiz, do‘stim! Yo‘q, uni baxtsiz qilaymi? Qo‘limdan kelmaydi bu.
Ivan unga e’tiroz bildirolmadi, lekin kamsuxan mezbon mehmonning ahvoliga achindi, unga hamdard bo‘ldi. U esa o‘z xotiralaridan iztirob chekib, qora qalpoqcha kiygan boshini tinmay irg‘atib o‘tirarkan, derdi:
— Sho‘rpeshona juvon. Lekin, u meni unutib yuborgan bo‘lishi ham mumkin!
— Hali siz tuzalib ketasiz… — qimtinibgina dedi Ivan.
— Dardim bedavo, — deb xotirjam javob qildi mehmon, — Stravinskiy meni hayotga qaytarishga va’da qilyapti, lekin men unga ishonmayman. U insonparvar doktor, shunchaki tasalli bermoqchi menga. Lekin inkor qilmayman, hozir ancha tuzukman. Darvoqe, nimaga kelib to‘xtagandim? Ayoz, g‘izillab borayotgan tramvaylar. O‘sha paytda, bu shifoxonaning ochilganidan xabarim bor edi, shuning uchun butun shaharni piyoda bosib o‘tib keldim bu yerga. Telbalik edi bu, albatta! Shahar tashqarisida men sovuq qotib o‘lib ketardim ehtimol, lekin bir tasodif jonimga oro kir-di. Shahar qopqasidan to‘rt kilometrcha berida yo‘lda bir yuk mashinasini ko‘rdim, u bir nimasi buzilib to‘xtab turgan ekan, men shofyordan iltimos qilgan edim, buni qarangki, u menga rahm qildi. Mashina o‘zi shu yoqqa kelayotgan ekan. Meniyam o‘zi bilan olib keldi. Bu safar paytida chap oyog‘imning barmoqlarini sovuq oldirdim, xolos. Lekin, oyog‘imni davolab tuzatishdi. Mana, sal kam to‘rt oydan beri shu yerdaman. Bilasizmi, bu yer sira, sira yomon emas, menimcha. To‘g‘ri, ulkan rejalarga bosh qotirib o‘tirishning hojati yo‘q bu yerda. Mana, masalan, men butun yer kurrasini aylanib chiqmoqchi bo‘lgan edim. Hay, nachora, bu nasib qilmadi. Endi, mana shu kurraning kichik bir bo‘lagini ko‘rib o‘tiribman. O‘ylaymanki, kurraning eng noyob qismi emas bu, ammo, takror aytaman, shunisigayam shukur. Mana, yoz kirib kelyapti, Praskovya Fyodorovnaning va’da qilishicha, balkonimizni pechak gul burkab olarmish. Kalitlar imkoniyatimni oshirdi. Kechalari oy chiqadi. Ie, botib ketibdi! Salqin tushdi. Tun yarim kechadan og‘di. Men boray endi.
— Ayting-chi, Ieshua bilan Pilatning taqdiri nima bo‘lgan edi, — deb so‘radi Ivan, — shuni bilmoqchiman, o‘tinaman sizdan, so‘zlab bersangiz.
— E, yo‘q, yo‘q, — dedi mehmon g‘ijinib kiftini uchirarkan, — romanimni eslasam butun vujudim qaqshab ketadi. Anavi Patriarx ko‘lida tanishganingiz sehrgar buni mendan yaxshiroq so‘zlab berishi mumkin. Suhbat uchun tashakkur. Xayr.
Ivan es-hushini yig‘ishga ulgurmasdan panjara ohista «shiq» etib yopildi-yu, mehmon g‘oyib bo‘ldi.
O‘n to‘rtinchi bob
XO‘ROZGA TASANNO!
Rimskiyning asabi ortiq bardosh berolmadi, protokolni yozib bo‘lgunlaricha ham qanoat qilmay, o‘z kabinetiga otildi. U stodda uyulib yotgan sehrli pullardan qizargan ko‘zlarini uzolmay o‘tirardi. Miyasi g‘ovlab ketgan edi. Tashqaridan odamlar g‘ovuri bir maromda eshitilardi. Tomoshabinlar ko‘chaga oqib chiqa boshlagan edi. Moliya direktorining haddan ziyod ding bo‘lgan quloqlariga birdan militsiya hushtagining churillagani eshitildi. Turgan gapki, hushtak hech qachon o‘z-o‘zidan yaxshilikka churillamaydi. Churillash takrorlandi, shunda boshqa hushtak unga yordamga kelib, qattiqroq va cho‘zibroq churilladi, keyin shu hushtak ovozigaodamlarning qahqahasi, hatto qiyqirig‘i jo‘r bo‘ldiki, moliya direktori, ko‘chada yana bironta mashmasha, xunuk voqea sodir bo‘lganini va bu voqeaning albatta anavi jodugar bilan yordamchilari bajargan mash’um seansga bevosita daxldor ekanligini fahmladi. Ziyrak Rimskiy yanglishmagan edi, albatta.
U Sadovaya ko‘chasiga ochiladigan derazadan tashqariga qaradi-yu, afti burishib ketdi va pichirlab emas, aniqrog‘i, vishillab dedi:
— Biluvdim-a!
U ko‘cha fonarlarining kuchli yorug‘ida, o‘z derazasi ostida, pastda, yo‘lkada bir xonimning ichki ko‘ylak va binafsharang uzun trusikda turganini ko‘rdi. To‘g‘ri, xonimning boshida yana shlyapa, qo‘lida shamsiyasi ham bor edi.
Tamomila esankirab qolganidan, goh cho‘nqayib o‘tirishga, goh g‘izillagancha qayoqqadir qochishga shaylangan bu xonimning atrofini o‘rab olgan olomon g‘avg‘o ko‘targan, boya moliya direktorining etini jimirlatib yuborgan qahqahayu qiyqiriqlarning ijrochisi ham shu olomon edi. Ayolning atrofida bir grajdanin girdikapalak bo‘lib, egnidan avra paltosini yechishga urinar, lekin qattiq hayajonlanganidan, qo‘lini hech palto yengidan chiqara olmasdi.
Shu payt boshqa yerdan— chap tomondagi eshikdan ham qiyqiriq va vahshiyona qahqaha eshitildi-yu, Grigoriy Danilovich o‘sha yoqqa o‘girilib, pushtirang ichki ko‘ylakda turgan ikkinchi bir xonimni ko‘rdi. U o‘zini panaga olish maqsadida yo‘lkaga o‘tib, tezroq Varete darvozasiga kirmoqchi bo‘ldi, lekin ichkaridan chiqayotgan tomoshabinlar oqimi uning yo‘liga g‘ov bo‘ldiki, mal’un Fagotning firmasidan pand yegan, kiyim-kechakka shaydoligi va yengiltakligi oqibatida sharmanda bo‘lgan sho‘rlik ayol endi faqat bir narsani — yer yorilib, tezroq yerga kirib ketishni orzu qilardi. Militsionerhushtagini xuddi havoni parmalagandek churillatib, bu baxti qaro ayol tomon yugurdi, uning orqasidan kepka kiygan qandaydir xushchaqchaq yigitlar ergashdi. Shular ko‘chani boshlariga ko‘tarib qahqah urgan va qiyqirgan edilar.
Qotmadan kelgan, shopmo‘ylov olatasir bir izvoshchi qirchang‘i otini uchirib kelib, birinchi yechingan ayol tepasida taqqa to‘xtadida, og‘zining tanobi qochib, tirjaydi, Rimskiy o‘z boshiga mushtlab, tupurdi-da, derazadan nari ketdi.
U ko‘chadan kelayotgan shovqinga quloq solib bir oz utirdi. Hushtaklar sadosi hammayoqni tutib ketdi, keyin pasaya-pasaya axiyri tindi. Mojaro ham juda tez bosilib, Rimskiyni hayron qoldirdi.
Ortiq qo‘l qovushtirib o‘tirib bo‘lmasdi, mas’uliyatning achchiq og‘usini ichish payti yetgandi. Tomoshaning uchinchi bo‘limi paytida telefon apparatlari tuzatilgan edi, demak qo‘ng‘iroq qilib, sodir bo‘lgan voqea haqida tegishli joyga xabar qilish, yordam so‘rash, yolg‘on gapirish, hamma aybni Lixodeevga ag‘darish, o‘zini oqlashga harakat qilish kerak edi va hokazo. Ana xolos — la’nati yana ishlamayapti! Xunobi chiqqan moliya direktori ikki marta trubkani olib yana qo‘yib qo‘ydi. Shu payt birdan teran sukutga tolgan xonada apparat juda qattiq jaranglab, moliya direktorini cho‘chitib yubordi, u qo‘rqqanidan taxta bo‘lib qoldi. «Asablarim ancha chatoqlashipti», — deb o‘ylab trubkani ko‘tardi. Lekin shu zahoti uni qulog‘idan uzoqlashtirdiyu rangi dokadek oqarib ketdi. Trubkada ayol kishining ohista va ayni. paytda shahvatga da’vat etuvchi mug‘ambirona ovozi pichirlab dedi:
— Hech qaerga qo‘ng‘iroq qilma, Rimskiy, oqibati yomon bo‘ladi.
Shunday deb u trubkani qo‘yib qo‘ydi. Moliya direktorining eti jimirlab ketdi, trubkani qo‘yib, negadir o‘z orqasidagi derazaga o‘girilib qaradi. U endigina yashil libos kiya boshlagan zarang daraxtining siyrak novdalari orasidan shaffof bulut parchasi orqasida suzayotgan oyni ko‘rdi. Rimskiy, negadir, novdalarga mahliyo bo‘lib qoldi, u tikilgan sari vujudini qo‘rquv tuyg‘usi ko‘proq qamrab ola boshladi.
Nihoyat u oy mo‘ralab turgan derazadan zo‘r-bazo‘r yuzini o‘girib, o‘rnidan turdi. Endi biron yerga qo‘ng‘iroq qilish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi, moliya direktori endi faqat bir narsa to‘g‘risi-da — qanday qilib tezroq teatrdan jo‘nab ketish haqida o‘ylardi.
U quloq soldi: teatr binosi suv quyganday jimjit. Rimskiy binoning ikkinchi qavatida anchadan beri o‘zidan bo‘lak hech kim yo‘qligini tushundi, tushundiyu go‘dakona kuchli qo‘rquv tuyg‘usi butun vujudini birdan mahv etdi. U hozir yolg‘iz o‘zi bo‘m-bo‘sh yo‘laklardan o‘tib borib zinadan tushishini o‘ylarkan, butun vujudi qaltirab ketdi. U gipnozchining stol ustida uyulib yotgan chervonlarini apir-shapir yig‘ishtirib portfelga soldi, o‘ziga bir oz bo‘lsa ham dalda berish uchun yo‘talib qo‘ydi. Lekin yo‘tali xirillab chiqib, zo‘rg‘a eshitildi.
Shu mahal uning dimog‘iga kabinetning eshigi ostidagi tirqishdan badbo‘y zax hidi urilganday bo‘ldi. Moliya direktorining eti jimirlab ketdi. Buning ustiga, ayni paytda soat yarim kechaga jom chala boshladi. Hattoki shu soat zangi ham moliya direktorini larzaga keltirdi. Keyin esa, kimdir eshik qulfiga kalit tiqib ohista buray boshlaganda-ku, yuragi qinidan chiqib ketayozdi. U nam va sovuq qo‘llari bilan portfelni mahkam changallab olarkan, qulf teshigidagi «qitir-qitir» yana bir oz davom etgudek bo‘lsa, bu dahshatga toqat qila olmay, «dod» deb baqirib yuborishini sezdi.
Nihoyat, eshik kimningdir ra’yiga yurib ochildi va kabinetga Varenuxa tovushsiz kirib keldi. Rimskiy turgan yerida kresloga tappa o‘tirib qoldi, chunki oyoqlarida darmon qolmagan edi. U o‘pkasini to‘ldirib havo oldi-da, xushomadgo‘y odamga o‘xshab tirjaydi va ohista dedi:
— Yo alhazar! Qo‘rqitib yubording-ku meni!
Ha, bunaqa qo‘qqisdan paydo bo‘lish har qanday odamni ham cho‘chitib yuborgan bo‘lardi, shunga qaramay, ayni paytda Varenuxaning kelishi katta shodiyona edi. Har qalay, bu chalkash jumboqning hech bo‘lmasa bitta uchi topildi-ku.
— Qani, gapir tezroq! Xo‘sh, xo‘sh! — deya xirilladi Rimskiy, shu topilgan jumboq uchiga yopishib olib, — nima gap ekan?
— Meni afv et, — deb g‘o‘ldiradi xonaga kirgan odam eshikni yoparkan, — seni ketib qolgandirsan deb o‘ylovdim.
So‘ng u kepkasini yechmay, kreslo oldiga bordi-da, stolning u tomoniga o‘tirdi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, Varenuxaning javobi sal g‘alatiroq bo‘lib tuyuldi, shunda sezgirlikda dunyodagi eng yaxshi seysmik stantsiyaning seysmografi bilan ham bellashishga qodir bo‘lgan moliya direktori xushyor tortdi. Ie, bu qanaqasi bo‘ldi? Agarki, Varenuxa moliya direktorini kabinetda yo‘q deb faraz qilgan ekan, nega bu yerga keldi? Axir uning o‘z kabineti bor-ku. Bu — bir. Ikkinchidan:
Varenuxa teatr binosiga qaysi eshikdan kirganida ham, albatta tungi navbatchilardan birontasiga duch kelgan bo‘lardi, ularga esa, Grigoriy Danilovich o‘z kabinetida bir oz ushlanib qoladi, deb aytib qo‘yilgan edi.
Lekin moliya direktori bu gumonlar ustida ko‘p bosh qotirib o‘tirmadi. Ko‘ngliga sig‘masdi.
— Nega axir qo‘ng‘iroq qilmading? Anavi Yalta mashmashasining tagiga yetdingmi?
— Ha, aytganim to‘g‘ri chiqdi, — deb javob qildi administrator, xuddi og‘riq tishi bezovta qilayotganday tamshanib, — uni Pushkinodagi restorandan topishipti.
— Nima? Pushkinodan?! Moskva tashqarisidagi Pushkinodan? Telegrammalar Yaltadan keluvdi-ku?!
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 13
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.