Usta va Margarita - 13

Total number of words is 4110
Total number of unique words is 2033
37.4 of words are in the 2000 most common words
56.2 of words are in the 5000 most common words
65.0 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
— E, Yaltaga balo bormi? Pushkinodagi telegrafchini ichirib mast qilibdi-da, keyin ikkalovi maynavozchilik qila boshlapti, shu jumladan: «Yalta» belgisi bilan telegrammalar ham yuborishgan.
— Ihi… ihi… Ha, yaxshi, yaxshi… — deb Rimskiy gapirmadi, balki kuylagandek bo‘ldi. Ko‘zlarida sarg‘ish o‘t chaqnadi. Miyasida, Styopaning sharmandalarcha ishdan olinishining tantanavor manzarasi gavdalandi. Ozodlik! Moliya direktori axiyri Lixodeev timsolidagi baloofatdan ozod bo‘ladi! Balki Styopan Bogdanovichga ishdan olinishdan ham battarroq jazo nasib etar… — Tafsilotini gapir! — dedi Rimskiy bosmani stolga gurs etib urib.
Varenuxa ham tafsilotni gapira boshladi. U moliya direktori yuborgan yerga boripti, borgan zahoti uni qabul qilishib, gaplarini diqqat bilan tinglashipti. Turgan gapki, Styopa Yaltada, degan fikr hech kimning xayoliga ham kelmapti. Lixodeev Pushkinodagi«Yalta» restoranida bo‘lishi kerak, degan Varenuxaning taxminiga hamma darhol qo‘shilipti.
— Hozir qaerda u? — deb administratorning so‘zini bo‘ldi hayajonlanayotgan moliya direktori.
— Qaerda bo‘lardi, — dedi administrator istehzoli ishshayib, — hushyorxonada-da, albatta.
— Qoyiil! Barakalla, azamat!
Varenuxa esa hikoyasini davom ettirdi. U gapirgan sari Lixodeevning behayoligu bezoriliklari moliya direktorining ko‘zi oldidan uzun zanjirning halqalaridek tizilib o‘ta boshladi, lekin zanjirning navbatdagi har bir halqasi oldingilaridan battarroq manzaralarni namoyon qilardi. Mana, masalan, uning Pushkino telegrafi oldidagi maysazorda g‘irt mast hodda telegrafchi bilan quchoqlashib, qandaydir sayoq garmonchining na’masiga raqs tushganini nima deb atash mumkin? Yoki qandaydir ayollarni chinqirtirib quvganini oling! Yana «Yalta» ning o‘zida bufetchi bilan yoqalashmoqchi bo‘lipti! O‘sha «Yalta» ning ichida to‘polon qilib, ko‘p piyozni yerga sochib tashlapti! «Ay-Danilya» degan oq musallasning sakkiz shishasini chil-chil qipti. Styopaki olib ketishni xohlamagan taksi shofyorining schyotchigini urib sindiripti. Uning bu qabihliklariga chek qo‘ymoqchi bo‘lgan odamlarga, qamataman, deb do‘q qilganini aytmaysizmi. Xullas, aql bovar qilmaydigan gaplar.
Styopa Moskvaning teatr ahli davrasida«otning qashqasi» bo‘lib, uning g‘irt g‘urbat ekanligi hammaga ayon edi. Lekin shunga qaramay, administrator topib kelgan mish-mishlar hattoki shu Styopa uchun ham lof edi. Ha, o‘taketgan darajada lof edi…
Rimskiy o‘tkir ko‘zlarini administratorning yuziga xuddi yeb qo‘ygudek bo‘lib tikdi, lekin bu ko‘zlar hikoya qancha ko‘p cho‘zilgan sari, shuncha ma’yuslasha bordi. Administratorning qissasidagi qabohatli tafsilotlar qanchalik hayotiyroq va yorqinroq bo‘lgan sari… moliya direktori unga shuncha kamroq ishona boshladi. Varenuxa Styopaning itday quturib, uni Moskvaga olib ketgani borgan odamlarga ham qarshilik ko‘rsatgani haqida hikoya qila boshlaganida moliya direktori yarim kechada qaytib kelgan administratorning hamma gaplari yolg‘onligiga batamom ishondi! Ha, gaplarining hammasi — boshidan to oxirigacha g‘irt yolg‘on edi.
Varenuxa Pushkinoga bormagan, Styopa ham Pushkinoda yo‘q edi. Mast telegrafchi ham bo‘lmagan, resto-randa shisha ham sindirilmagan, Styopani ham hech kim arqon bilan bog‘lamagan… — bularning hech biri bo‘lmagan.
Rimskiy administratorning aytayotganlari g‘irt olg‘on degan qat’iy fikrga kelishi bilan uning oyoqlaridan boshlangan qo‘rquv hissi butun vujudini qamrab oldi, shunda bezgak balchig‘ining hidi bir emas, ikki marta yana yer yuzalab suzgandek tuyuldi unga. Moliya direktori kresloda juda g‘alati yo‘sinda gujanak bo‘lib o‘tirib, xuddi chiroq shu’lasidan ko‘zini olib qochmoqchi bo‘lganday yuzini gazeta bilan go‘sib, muttasil stol lampasining havorang soyasi panasida bo‘lishga uringan administratordan bir zum ham ko‘zini uzmas ekan, paqqos: bularga qanday tushunish kerak? — deb bosh qotirardi. Axir, shunday bemahalda kirib kelgan administrator butun bino sukutga tolib, huvillab yotgan bo‘lishiga qaramay, nega endi ayyorona yolg‘on gapiryaptiykin? Shunday xayolga borgan moliya direktorining qalbini, oqibat, mavhum, ammo mudhish xatar hissi kemira boshladi. U Varenuxaning gapni chalg‘itayotganini ham, yuzini gazeta bilan to‘sib nayrang qilayotganini ham go‘yo payqamaganday bo‘lib, uning javrashlariga deyarli quloq solmay, yuziga astoydil tikilib qaray boshladi. Varenuxaning yuzida izohlab bo‘lmaydigan qandaydir o‘zgarish mavjud ediki, bu — Pushkino sarguzashtlari haqidagi uydirmalarning nima sababdan to‘qilganidan ham mavhumroq edi, ya’ni o‘sha «qandaydir» deganimiz — administratorning tashqi qiyofasi va sulukatidagi o‘zgachalik edi.
U yuzini soya qilish uchun kepkasining o‘rdak-tumshuq soyabonini ko‘zlarigacha bostirib kiyishga qanchalik urinmasin, qo‘lidagi gazetani qanchalik yoyib, aylantirib ko‘rmasin, — baribir, Rimskiy uning o‘ng yuzi, burnining yoni momataloq bo‘lganini ko‘rib oldi. Bundan tashqari, odatda hamisha jo‘shqin tabiat administrator hozir xasta odam kabi bo‘zday oqarib ketgan, bo‘yniga esa shu tungi dim havoda negadir eskirib ketgan yo‘l-yo‘l sharf o‘rab olgan edi. Bu o‘zgarishlarga yana administratorning teatrda bo‘lmagan shu qisqa vaqt ichida tishlari orasidan havo so‘rib tamshanishdek xunuk odat chiqarganini, ovozining judayam o‘zgarib, bo‘g‘iq va dag‘al bo‘lib qolganini, ko‘zlarida olazaraklik va qo‘rquv alomati paydo bo‘lganini ilova qiladigan bo‘lsak — Ivan Savelevich Varenuxani tanib bo‘lmay qopti, deb dadil aytish mumkin.
Moliya direktorini yana allanima qattiq bezovta qilardi, lekin u sertashvish miyasini qanchalik qotirib ko‘rmasin, Varenuxaga qanchalik tikilib qaramasin, o‘sha bezovta qilayotgan narsaning nimaligini hech fahmlay olmasdi. U faqat bir narsani — administ-ratorning Rimskiyga juda tanish bo‘lgan kresloda o‘tirishda qandaydir g‘ayritabiiylik mavjudligini, Varenuxa bilan kresloning bir-biriga qovushmayotganligini ta’kidlashi mumkin edi.
— Xullas, axiyri uni tappa tutib mashinaga bosishdi, — deb g‘o‘ldirardi Varenuxa momataloq yuzini kafti bilan to‘sib gazeta osha mo‘ralarkan.
Shunda Rimskiy birdan go‘yo bexosdan kaftini yoygancha qo‘lini uzatdida, ayni paytda, barmoqlarini stol ustida o‘ynatib turib, elektr qo‘ng‘iroq tugmasini bosib yubordi va… serrayib qoldi.
Bo‘m-bo‘sh binoda qo‘ng‘iroq ovozi jaranglab eshitilishi kerak edi, albatta. Lekin eshitilmadi, tugmacha stolga botdi-yu, ammo sado chiqmadi. Tugma o‘lik, qo‘ng‘iroq buzuq edi.
Moliya direktorining bu nayrangini Varenuxa payqadi, albatta, u kiftini uchirib, ko‘zlaridan jaholat uchquni sochgancha so‘radi:
— Nega qo‘ng‘iroq qilding?
— Qo‘lim tegib ketdi, — dedi bo‘g‘iq ovoz bilan Rimskiy va qo‘lini tortib oldi, so‘ng o‘z navbatida u ham hadiksirab so‘radi: — Yuzingga nima qildi?
— Mashina keskin burilgan edi, eshik bandiga urilib ketdim, — deb javob qildi Varenuxa ko‘zini undan olib qocharkan.
«Gapi yolg‘on!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi moliya direktori. Shunday xayolga bordi-yu, birdan ko‘zlari kosasidan chiqib ketgudek chaqchayib, telbalarcha boqdi — u kreslo suyanchig‘iga tikilib qolgan edi.
Kreslo orqasida, polda bir-birini kesib o‘tgan ikkita soya yotardi, biri quyuqroq va qoraroq, ikkinchisi xiragina, kulrang tusda edi. Kreslo suyanchig‘ining ham, o‘tkir uchli oyoqlarining ham soyasi polda yaqqol ko‘rinib turar, ammo Varenuxaning suyanchiq uzra ko‘rinib turgan boshining, shuningdek, kreslo poyidagi oyoqlarining soyasi ko‘rinmasdi.
«Axir uning soyasi yo‘q-ku!» — deb jonholatda dohilan chinqirib yubordi Rimskiy. Vujudi dag‘-dag‘ qaltiray boshladi.
Varenuxa Rimskiyning telbalarcha nigohini kuzatarkan, kreslo orqasiga o‘g‘rincha nazar tashladiyu misi chiqqanligini tushundi.
U kreslodan turib (moliya direktori ham unga taqlid qildi), portfelini qo‘lida mahkam ushlagancha stoldan bir qadam orqaga chekindi.
— Ha, payqab qolding-a, yaramas! Hamisha farosating o‘tkir bo‘lgan seni, — dedi Varenuxa moliya direktoriga, yuzingda ko‘zing bor demay zaharxanda qilib, keyin dafatan bir sakrab eshik oldiga bor-di-da, ingliz qulfi tugmachasini chaqqonlik bilan pastga bosdi. Moliya direktori boqqa ochiladigan deraza tomon chekinarkan, yalt etib unga o‘girildi va oy nuriga g‘arq bo‘lgan bu deraza oynaga qapishgan qip-yalang‘och bir ayolning yuzini va darchadan ichkariga tiqqan yalang‘och qo‘lini ko‘rdi — bu qo‘l derazaning pastki ilgagini ochishga urinardi. Yuqori ilgak tushirilib bo‘lgan edi.
Rimskiyning nazarida stol ustidagi chiroq o‘cha boshlagandek, yozuv stoli esa bir tomonga og‘ayotgandek tuyuldi. Muzdek sovuq, kuchli to‘lqin kelib unga urilganday bo‘ldi, ammo u butun kuchini sarflab o‘zini tutdi-yu yiqilmadi. Uning qolgan kuchi:
— Voydod… — deb baqirishga emas, pichirlashgagina yetdi.
Varenuxa eshikni qo‘rikdarkan, dikonglab sakrar, sakragandayam havoda uzoq-uzoq muallaq chayqalib turardi. U changaksimon barmoqlarini Rimskiy tomonga siltar, vishillar, tamshanar, deraza orqasida turgan yalang‘och ayolga ko‘z qisardi.
Ayol esa bu payt mallasoch boshini shosha-pisha darchadan tiqib, qo‘lini imkoni boricha cho‘zdi, derazaning pastki ilgagini tirnoqlari bilan tirnab, derazani silkita boshladi. Shunda uning qo‘li xuddi rezinkadek cho‘zila va murdaniki yanglig‘ ko‘kara boshladi. Nihoyat, bu murdaning ko‘kargan barmoqlari ilgakning uchini changallab uni yonga burdi, deraza asta ochila boshladi. Rimskiy ohista chinqirib, devorga suyandi va portfelini qalqon qilib oldinga surdi. Ajali yetganini tushungan edi u.
Deraza lang ochildi, lekin xonaga tungi salqin havo va jo‘ka gullari atri o‘rniga zax yerto‘la hidi «gup» etib kirdi. Murda ayol derazada turardi. Rimskiy uning siynasida iriy boshlagan dog‘larni aniq ko‘rdi.
Xuddi shu mahal bog‘dan, tir orqasidagi pastak binodan kutilmaganda xo‘rozning shodiyona qichqirig‘i eshitildiki, teatr programmalarida qatnashuvchi parrandalar shu yerga joylashtirilgan edi. Bu o‘rgatilgan dakang xo‘roz Moskvaga sharq yoqdan tong yaqinlashib kelayotganini qichqirib xabar qilgandi.
Ayolning chehrasi vahshiyona g‘azabdan burishib, hirqiroq ovoz bilan so‘kindi, eshik oldida havoda muallaq chayqalib turgan Varenuxa esa chiyillab yuborib, yerga «gurs» etib tushdi.
Xo‘roz yana qichqirgan edi, ayol tishlarini takillatdi, boshida malla soch tolalari tikkaydi. Xo‘roz uchinchi bor qichqirishi bilan u orqasiga o‘girildi-yu, derazadan uchib chiqib ketdi. Uning orqasidan Varenuxa ham bir sakrab, havoda eniga cho‘zildi va xuddi muhabbat tangrisi Kupidon yanglig‘ ohista suzib, yozuv stoli uzra uchib o‘tdi-da, derazadan chiqib ketdi.
Hali yaqinginada Rimskiy deb hisoblangan, endi esa sochida bironta ham qora tola qolmagan mo‘ysafid chol eshik oldiga yugurib bordi, ilgakni tushirib, eshikni ochdi va qop-qorong‘i dahlizdan g‘izillagancha yugurib ketdi. Zinaga buriladigan yerda u qo‘rquvdan ihrab-sihrab vklyuchatelni paypaslab topdi-yu zinani yoritdi. Butun vujudi dag‘-dag‘ titrayotgan chol zinada yiqilib tushdi, chunki nazarida, ustiga Varenuxa ohista bosib tushganday bo‘lgandi.
Pastga chopib tushgan Rimskiy navbatchining vestibyuldagi kassa oldida stulda uxlab o‘tirganini ko‘rdi. U navbatchining yonidan oyoq uchida o‘g‘rincha yurib o‘tib, asosiy eshikdan ko‘chaga chiqdi. Shundagina Rimskiy bir oz yengil tortdi. U shunchalik hushini yig‘ib olgan ediki, qo‘lini boshiga olib borib, hatto shlyapasi kabinetida qolib ketganini ham fahmladi.
Turgan gapki, u shlyapasini olgani qaytib kirmadi, balki halloslagancha keng ko‘chani kesib o‘tib muyulishdagi kinoteatr tomon chopdi, o‘sha yerda taksining xiragina qizg‘ish chirog‘i yonib turganini uzokdan ko‘rgan edi. U bir zumda o‘sha yerga yetib ham oldi. Xayriyat, mashinani hech kim ilib ketmabdi.
— Leningradning kurer poezdiga, choy puli beraman, — dedi qariya yuragini changallangancha hansirab pafas olarkan.
— Garajga ketyapman, — dedi gaofyor g‘ijinib va yuzini teskari o‘girdi.
Shunda Rimskiy portfelidan bitta ellik so‘mlik pul chiqardi-da, mashinaning oldingi ochiq oynasidan shofyorga uzatdi.
Yana bir lahzadan keyin shaldiroq mashina Sadovaya xalqa yo‘lidan quyundek yelib borardi. Passajir orqa xrindiqda damo-dam lik-lik sakrab borarkan, shofyor ro‘parasidagi bir parcha ko‘zguda goh uning shodiyona ko‘zlarini, goh o‘zining telbalarcha ko‘zini ko‘rardi.
Rimskiy vokzal binosi oldida mashinadan otilib chikdi-yu, oldiga oq fartuk tutib, hammollik nishoni taqqan birinchi duch kelgan odamga qichqirdi:
— Birinchi darajali vagon, bitta bilet, o‘ttiz so‘m beraman, — deb portfelidan chervonlarni g‘ijimlab ola boshladi, — birinchi yo‘q bo‘lsa — ikkinchi darajali, agar uyam yo‘q bo‘lsa — borini olaver.
Nishon taqqan odam porlab turgan elektr soatga qarab qo‘yib, Rimskiyning qo‘lidan chervonlarni yulqib oddi.
Yana besh minutdan keyin vokzalning oynavand gumbazi ostidan kurer poezdi o‘kday otilib chikdi va zulmat qo‘ynida g‘oyib bo‘ldi. Shu poezd bilan birga Rimskiy ham dom-daraksiz yo‘qoldi.
O‘n beshinchi bob
NIKONOR IVANOVICHNING TUSHI
Turgan gapki, shifoxonaning 119-xonasiga yotqizilgan basharasi qip-qizil, baqaloq odam Nikonor Ivanovich Bosoy edi.
Biroq u professor Stravinskiyning ixtiyoriga kelmasdan oldin boshqa yerda ham bo‘ldi.
Nikonor Ivanovichning xotirasida o‘sha boshqa yerdan juda oz narsa: faqat yozuv stoliyu shkaf bilan divan qoldi.
Miyasiga quyilgan qondan va qattiq hayajonlanganidan ko‘z oldi xiralashgan Nikonor Ivanovich bilan u srda suhbatlashishdi, ammo suhbat juda g‘alati, poyintar-soyintar bo‘lib chiqdi, to‘g‘rirog‘i, suhbat chiqmadi.
Nikonor Ivanovichga berilgan birinchi savol bunday edi:
— Siz — Sadovaya ko‘chasidagi uch yuz ikkinchi-bis uy komitetining raisi Nikonor Ivanovich Bosoysiz, shundaymi?
Bunga javoban Nikonor Ivanovich dahshatli xoxolab, shunday javob qildi:
— Men Nikonorman, to‘g‘ri, Nikonorman! Lekin qanaqasiga rais bo‘lay?
— Buni qanday tushunish kerak? — deb so‘rashdi Nikonor Ivanovichdan ko‘zlarini qisgancha.
— Aytmoqchimanki, — deb javob qildi u, — agar rais bo‘lganimda, bir qarashdayoq uning shayton ekanligini fahmlagan bo‘lardim! Axir o‘zingiz o‘ylab ko‘ring! Pensnesining oynagi darz ketgan… ust-boshi bir holatda-yu… Axir qanaqasiga xorijlik odamning tarjimoni bo‘lishi mumkin?
— Kimni gapiryapsiz o‘zi? — deb so‘rashdi Nikonor Ivanovichdan.
— Korovyovni-da! — deb chinqirdi Nikonor Ivanovich, — uyimizning elliginchi kvartirasini egallab olgan u! Yozing! Korovyov. Darhol qo‘lga olish kerak uni! Yozing! Oltinchi pod’ezd. U o‘sha yerda.
— Valyutani qaerdan olding? — deb muloyim ohangda so‘rashdi Nikonor Ivanovichdan.
— Haq taolo, qodir xudo, — deb gapira boshladi Nikonor Ivanovich, — hammasini ko‘rib turiiti, o‘zimning boradigan yerim ham o‘sha yoq. Hech qachon qo‘limga ushlamaganman, valyuta o‘zi qanaqa bo‘lishini tasavvur ham qilmaganman! Xudo meni badkirdorligim uchun g‘azabiga olmoqda,
— deb hayajon bilan davom etdi Nikonor Ivanovich ko‘ylagining tugmalarini goh qadab, goh yechib, goh cho‘qinib, — to‘g‘ri, olganman! Olganman, lekin o‘zimizning sovet puli bilan olganman! To‘g‘ri, pul olib propiska qilganman, bo‘ynimga olaman. Ammo kotibimiz Prolejnev ham qolishmaydi, u ham anoyilardanmas! Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, uy boshqarmasidagilarning hammasi o‘g‘ri. Lekin valyuta olmaganman!
— Maynavozchilikni bas qilib, dollarni ventilyatsiya tuynugida qayoqdan paydo bo‘lganini gapirib oering! — deb Nikonor Ivanovichdan iltimos qilishgan edi, u tiz cho‘kib o‘tirib, og‘zini katta ochdi-da, xuddi parket taxtasini yutib yubormoqchi bo‘lganday, engashdi.
— Xohlasangiz, — deb po‘ng‘illadi u, — olmaganman deb qasam ichib, tuproq yeyishga ham tayyorman. Lekin Korovyov — shayton.
Har qanday sabr-toqatning ham chegarasi bo‘ladi, stol ortida o‘tirganlar Nikonor Ivanovichga, bas bo‘ldi, odamga o‘xshab gapiring, deb qattiqroq gapira boshlashdi.
Shunda Nikonor Ivanovich o‘rnidan sapchib turib ketib, o‘sha divan qo‘yilgan xonani boshiga ko‘targudek vahshiyona chinqirdi:
— Ana u! Ana, shkaf orqasida turipti! Masxara qilib kulyapti! Pensnesiyam o‘sha… Ushlanglar uni! Isiriq tutatinglar!
Nikonor Ivanovichning rangi quv o‘chib ketdi, u dag‘-dag‘ titragancha bo‘shliqni cho‘qintirar, g‘izillab eshik oldiga borib, yana orqasiga qaytar, allaqanday duo so‘zlarini ifoda bilan o‘qirdi, nihoyat, u mutlaqo tuturiqsiz gaplarni aljiy boshladi.
Nikonor Ivanovichdan biron bama’ni gap chiqmasligi ayon bo‘ldi. Uni olib chiqib ketib, alohida xonaga joylashtirishdi, u sal tinchidi, ammo piqillab yig‘lagancha, tinmay ibodat qila boshladi.
To‘g‘ri, Sadovaya ko‘chasigayam borib kelishdi. 50-kvartiraga ham kirib chiqishdi. Lekin u yerda hech qanaqa Korovyovni uchratishmadi, alalxusus, u uyda istiqomat qiluvchilardan hech kim Korovyov degan odamni tanimas ham, ko‘rmagan ham ekan. Marhum Berlioz bilan hozir Yaltaga jo‘nab ketgan Lixodeev yashab turgan kvartirada hech zog‘ yo‘q edi, kabinetdagi shkaflarga osilgan surg‘uchli muhrlar o‘z joyida osilib turardi. Shundan so‘ng tekshirgani kelganlar yana qaytib ketishdi, ayni paytda uy boshqarmasining kotibi, ruhi tushib gangib qolgan Prolejnev ham ular bilan jo‘nab ketdi.
Kechqurun Nikonor Ivanovichni Stravinskiyning shifoxonasiga eltib qo‘yishdi. U yerda bemor betinch bo‘lib, shu qadar quturdiki, natijada Stravinskiy retsepti bo‘yicha unga ukol qilishga to‘g‘ri keldi. 119-xonaga joylashtirilgan Nikonor Yvanovich faqat vaqt yarim kechadan o‘tgandagina uyquga ketdi, shunda ham uyqu aralash iztirobli ingrab-ingrab qo‘yardi.
Lekin bora-bora uyqusi halovatli bo‘la boshladi. To‘lg‘onishi, ingrashlari qolib, yengil va bir tekisda nafas ola boshladi, shundan keyingina uni xonada xoli qoldirishdi.
Keyin Nikonor Ivanovich tush ko‘rdi, shubhasiz, ko‘rgan tushiga bugun o‘z boshidan kechirgan voqealar asos bo‘lgan edi. Nikonor Ivanovichning tushi quyidagicha boshlandi: qo‘liga mis karnaylar ushlagan qandaydir odamlar juda zo‘r tantana bilan uni yaraqlagan ulkan bir eshik oldiga olib kelishganmish. Keyin shu eshik tagida o‘sha karnaychilar Nikonor Ivanovich sha’niga tabrik muzikasi
— tush chalganmish-u, qan-daydir guldurovchi yo‘g‘on ovoz uning boshi uzra sho‘x ohangda bunday deganmish:
— Marhabo, Nikonor Ivanovich! Valyutalarni topshiring.
Nikonor Ivanovich judayam hayron bo‘lib, boshini ko‘tarib, tepasida qop-qora radiokarnayni ko‘rganmish.
Keyin u negadir teatr zalida paydo bo‘lib qolipti, zalning zarrin shiftida billur qandillar porlab turarmish, devorlarda — kenketlar. Hamma narsa o‘z o‘rnidamish, uncha katta bo‘lmagan, ammo qimmat teatrda qanday bo‘lsa, bu yer ham shundaymish. Sahna ham, oltin rang o‘n so‘mliklarning kattalashtirilgan tasviri har yer-har yerida xuddi yulduzlar singari porlab turgan to‘q-qizil duxoba parda ham, suflyor budkasi ham, hattoki tomoshabinlar ham bor emish.
Nikonor Ivanovichni hayron qoldirgan narsa shu bo‘libdiki, hamma tomoshabinlar bir jins vakili — erkaklarmish, buning ustiga, negadir, hammalari soqollimish. Yana zalda bironta ham stul yo‘qligi, tomoshabinlarning yaraqlatib artilgan silliq polda o‘tirgani uni taajjubga solibdi.
Nikonor Ivanovich bu ulkan notanish jamoa davrasida o‘zini o‘ng‘aysiz his qilib, bir oz vaqt qimtinib turipti-da, so‘ng hamma qatori u ham xirs-mirsday keladigan bir mallasoqol odam bilan hammayog‘ini tuk bosib ketgan rangpar bir grajdanin o‘rtasiga, parket polga chordana qurib o‘tiripti. Lekin hech kim bu yangi tomoshabinga parvo ham qilmapti.
Shu mahal mayin qo‘ng‘iroqcha sadosi eshitilib, zalda chiroq o‘chipti, parda ochilib, charog‘on sahnada kreslo, ustiga oltin qo‘ng‘iroqcha qo‘yilgan stolcha va to‘rda qora duxoba parda ko‘rinipti.
Yon tomondan sahnaga soqol-mo‘ylovi silliq olingan, sochining o‘rtasidan farq ochilgan, egniga smoking kiygan istarasi issiq yosh bir artist chiqipti. Tomoshabinlar jonlanishib, sahna tomonga o‘girilipti. Shunda artist budka yaqiniga kelib turib, kaftlarini bir-biriga ishqab:
— O‘tiribsizlarmi? — deb so‘rapti mayin bariton ovoz bilan va jilmayib zalga qarapti.
— O‘tiribmiz, o‘tiribmiz, — deb baravariga javob qilishipti zalda chiyillagan va do‘rillagan ovozlar.
— Hm… — depti o‘ychanlik bilan artist, — tavba, jonlaringga tegmadimi-a, hayronman? Aqli raso odamlar hozir bahor oftobidan, iliq havodan bahra olib, ko‘chalarda sayr qilib yurishipti, senlar bo‘lsanglar, bu yerda, qoq yerda dimiqib o‘tiribsanlar! Nahot, programmamiz shu qadar qiziqarli bo‘lsa? Darvoqe, har kimning didi har xil bo‘ladi, — deb faylasufona yakunlapti so‘zini artist.
Keyin u ovozining tembrini ham, ohangini ham o‘zgartirib, yangroq ovoz bilan sho‘x ohangda e’lon qilipti:
— Shunday qilib, programmamizning navbatdagi nomerida uy boshqarmasining raisi va parhez oshxonasi mudiri Nikonor Ivanovich Bosoy sahnaga chiqadi. So‘raymiz, Nikonor Ivanovich!
Artistning gapini zal gulduros qarsaklar bilan kutib olipti. Hang-mang bo‘lib qolgan Niko-nor Ivanovich baqrayib qolipti, konferanse esa sahna oldidagi chiroqlardan ko‘zini kafti bilan to‘sib, zalda o‘tirganlar orasidan uni axtarib to-pipti-da, muloyim jilmayib, barmog‘i bilan uni sahnaga imlab chaqiripti. Shunda Nikonor Ivanovich qanday qilib sahnaga chiqib qolganini o‘zi bilmay qolipti.
Uning ro‘parasidagi va oyog‘i ostidagi chiroqlarning rang-barang shu’lalari ko‘ziga tushgan hamonoq tomoshabin to‘la zal zulmat qa’riga cho‘kib g‘oyib bo‘lipti.
— Qani, Nikonor Ivanovich, bir o‘rnak ko‘rsating-chi, — depti dilkashlik bilan yosh artist, — valyutani topshiring.
Butun zal sukutda emish. Nikonor Ivanovich bir xo‘rsinib qo‘yib, ohista gap boshlapti.
— Xudo ursin, agar…
U aytmoqchi bo‘lgan gapini aytib ulgurmasdan butun zal qahru g‘azab bilan shovqin sola boshlapti. Natijada Nikonor Ivanovich esankirab jim bo‘lib qolipti.
— Fahmimcha, — deb gapira boshlapti programmani boshqarayotgan artist, — siz xudoni o‘rtaga qo‘yib, «valyutam yo‘q» deb ont ichmoqchi bo‘ldingiz, shundaymi? — U Nikonor Ivanovichga hamdardlik bilan boqipti.
— Ha, shunday, yo‘q, — deb javob qilipti Nikonor Ivanovich.
— Unday bo‘lsa, — depti artist, — beadabligim uchun kechirasiz, siz bilan xotiningizdan o‘zga hech kim istiqomat qilmaydigan o‘sha kvartiraning hojatxonasidan topilgan to‘rt yuz dollar qanday borib qolipti u yerga?
— Sehr bilan-da! — debdi shunda kimdir qorong‘i zaldan oshkora kinoya bilan.
— Ha, shunday, sehr bilan, — deb qo‘rqa-pisa javob qilibdi Nikonor Ivanovich, lekin kimga javob qilganini: artistgami yo qorong‘i zalgami — bilib bo‘lmapti. Keyin u javobini izohlapti: — Ins-jins, ya’ni katak kamzul kiygan tarjimon tashlab ketgan.
Zalda yana darg‘azab shovqin ko‘tarilipti. Shovqin gingach esa artist gap boshlapti:
— Mana shunaqa lafontenona masallar ham ijro etilib turadi bu yerda! To‘rt yuz dollarni tashlab ketishganmish! Mana, sizlar hammangiz valyutafurushlarsiz! Sizlar — mutaxassislarsiz, qani ayting-chi — shunday bo‘lishiga aql bovar qiladimi?
— Biz valyutafurushlarmasmiz, — zalning u yer-bu yeridan bitta-yarimta ovoz eshitilipti, — lekin chindanam bunday bo‘lishi mumkin emas.
— To‘la-to‘kis qo‘shilaman, — depti artist qat’iy ohangda, — binobarin, sizlarga savolim bor: masalan, iimani tashlab ketishlari mumkin?
— Bolani! — deb qichqiripti kimdir zaddan.
— Mutlaqo to‘g‘ri, — deb tasdiqlapti artist, — bolani, yumaloq xatni, proklamatsiyani, belgilangan vaqtda portlaydigan bombani, yana ko‘p narsalarni tashlab ketishlari mumkin, ammo to‘rt yuz dollar pulni hech kim tashlab ketmaydi, zero tabiat hech qachon yaratmagan unaqa ahmoqni, — shundan keyin artist Nikonor Ivanovichga yuzlanib, ma’yus malomat bilan ilova qilipti: — siz meni ranjitdingiz, Nikonor Ivanovich! Sizdan juda umidvor edim. Qisqasi, nomerimiz o‘tmadi.
Zalda Nikonor Ivanovichga qarata hushtak chala boshlashipti.
— Uchiga chiqqan valyutafurush u! — deb baqirisharmish zaldan, — mana shunaqalarning kasriga qolib biz begunohlar azob chekyapmiz!
— Koyimanglar uni, — muloyim ohangda depti konferanse, — o‘ziyam pushaymon bo‘lyapti. — So‘ng u g‘ilt-g‘ilt yosh to‘la ko‘m-ko‘k ko‘zlarini Nikonor Ivanovichga qaratib, ilova qilipti: — Mayli, bora qoling joyingizga, Nikonor Ivanovich!
Shundan keyin artist qo‘ng‘iroqchani chalib, baralla ovoz bilan e’lon qilipti:
— Tanaffus, ablahlar!
Hech kutilmaganda bu notanish teatr programmasida qatnashib, esi og‘ib qolgan Nikonor Ivanovich o‘zini yana boyagi poldagi o‘rnida ko‘ripti. Endi uning tushiga butun zalning zim-ziyo bo‘lgani, devorlarda: «Valyutalarni topshiring!» — degan qizil so‘zlar yona boshlagani kiripti. Keyin yana parda ochilib, konferanse:
— Sahnaga Sergey Gerardovich Dunchilni taklif qilaman, — depti.
Dunchil degani ellik yoshlardagi xushbichim, ammo judayam irkit odam emish.
— Sergey Gerardovich, — deb yuzlanipti konferanse shu odamga, — mana, bir yarim oydirki, qo‘lingizda qolgan valyutalarni topshirishdan qat’iyan bosh tortib bu yerda qiynalib o‘tiribsiz, holbuki, mamlakat ularga muhtoj, sizga esa ularning aslo hojati yo‘q, shunga qaramay, siz qaysarligingizni qo‘ymayapsiz. O‘zingiz ziyoli odamsiz, hamma narsaga juda yaxshi tushunasiz-u, shunga qaramay, menga yordam qilishni xohlamayapsiz.
— Taassufki, hech ilojim yo‘q, zero menda boshqa valyuta qolmagan, — deb bamaylixotir javob qilipti shunda Dunchil.
— Hech bo‘lmasa, brilliantlaringiz bordir? — deb so‘rapti artist.
— Brilliantlar ham yo‘q.
Artist boshini xam qilgancha bir oz o‘ylanib turipti-da, keyin bir marta chapak chalipti. Sahnaning yon tomonidan moda bo‘yicha kiyingan, ya’ni yoqasiz palto va kichkinagina shlyapa kiygan o‘rta yoshlardagi bir xonim chiqipti. U juda tashvishli ko‘rinarmish, Dunchil bu xonimga sovuqqina qarab qo‘yipti.
— Kim bu ayol? — deb so‘rapti artist Dunchildan.
— U mening xotinim, — deb viqor bilan javob qaytaripti Dunchil va xonimning uzun bo‘yniga xiyol ranj bilan tikilipti.
— Biz sizni, Dunchil xonim, — deb yuzlanipti konferanse xonimga, — bir masala yuzasidan bezovta qilishga jur’at etdik: biz sizdan, eringizda yana valyuta bormi, deb so‘ramoqchi edik.
— O‘shanda u hammasini topshirgan edi, — hayajonlanib javob qilipti Dunchil xonim.
— Yaxshi, — depti artist, — hay, unday bo‘lsa, yaxshi. Agar hammasini topshirgan bo‘lsa, nachora, unda biz darhol Sergey Gerardovich bilan vidolashmog‘imiz kerak! Istasangiz, teatrni tark etishingiz mumkin, Sergey Gerardovich, — shunday deb artist shohona muruvvat qilipti.
Dunchil esa salobat va viqor bilan orqasiga o‘girilib, sahna ichkarisi tomon yura boshlapti.
— Yana bir minut sabr qilsangiz! — deb uni to‘xtatipti shunda konferanse, — vidolashishimiz oldidan sizga programmamizda yana bir nomer ko‘rsatishga ijozat bersangiz, — shunday deb u yana chapak chalipti.
To‘rdagi qora parda surilib, sahnaga bal ko‘ylagi kiygan yoshgina bir sohibjamol qiz qo‘lida oltin patnis ko‘tarib chiqipti, patnisda konfet lentasi bilan bog‘langan qalin bir dasta pul va brilliant marjon otganmishki, undan sahnaning har tomoniga damo-dam yashil, sariq, qizil uchqunlar chatnarmish.
Dunchil bir qadam orqasiga tisarilibdiyu rangi dokadek oqarib ketipti. Zal churq etmay qolipti.
— O‘n sakkiz ming dollarni va oltin pulda qirq ming turadigan bu marjonni, — deb tantanavor e’lon qilipti artist, — Sergey Gerardovich Xarkov shahridagi o‘z ma’shuqasi — hozir siz bilan biz ko‘rish sharafiga muyassar bo‘lgan Ida Gerkulanovnaning kvartirasida saqlab kelganki, aslida bebaho, ammo xususiy shaxs qo‘lida befoyda bo‘lgan bu ulkan boylikni topishda bizga lutfan ko‘maklashgan Ida Gerkulanovnaga mingdan-ming rahmat aytamiz.
Sohibjamol qiz jilmaygan ekan, tishlari yaraqlab ketipti, uzun kipriklari bir yelpinib ko‘yipti.
— Ammo siz, — deb endi artist Dunchilga yuzlanipti, — garchi sirtingizdan xushfazilat odam ko‘rinsangiz ham, aslida ochko‘z bo‘ri, badfe’l va uchiga chiqqan yolg‘onchi ekansiz. Siz shu bir yarim oy mobaynida ahmoqona o‘jarligingiz bilan hammani qoniga tashna qildingiz. Uyingizga boravering endi, xotiningiz boshingizga soladigan jahannam azobi — qilgan jinoyatingizga monand jazo bo‘la qolsin.
Shunda Dunchil bir chayqalib, yiqilib tushayozgan ekan, kimdir rahm qilib, qo‘ltig‘idan olipti. Xuddi shu payt oldparda «shir» etib tushib, sahnadagilarning barini ko‘zdan yashiripti.
Nikonor Ivanovichning nazarida, zalni larzaga keltirgan gulduros qarsaklardan qandil chiroqlari«lik-lik» sakray boshlaganday bo‘lipti. Oldingi qora parda yuqoriga ko‘tarilganda sahnada endi yolg‘iz artistdan boshqa hech kim qolmaganmish. Yana boshlangan qarsak sadosini bo‘lib, artist zalga ta’zim qilipti va shunday gap boshlapti:
— Dasturimizda qatnashgan boyagi Dunchil qiyofasida siz oddiy bir eshakni ko‘rdingiz. Axir kecha men, maxfiy tarzda valyuta saqlash — g‘irt bema’nilikdir, deb aytish sharafiga muyassar bo‘lgan edim-ku. Sizlarni ishontirib aytamanki, hech kim, hech qachon u valyutadan foydalana olmaydi.Misol uchun o‘sha Dunchilni olaylik. U juda katta maosh oladi, hech narsaga muhtoj emas. Uning shohona kvartirasi, xotini, yana sohibjamol o‘ynashi ham bor. Buni qarangki, valyuta bilan qimmatbaho toshlarni hukumatga topshirib, har qanday ko‘ngilsizliklarni boshidan soqit qilish, tinchgina, halovatda yashash o‘rniga, bu manfaatparast galvars oxiri hammaning ko‘zi oldida o‘z oyog‘i bilan sharmandalik botqog‘iga botdi, siyloviga yana hali uyida boshida tayoq sinadigan bo‘ldi. Xo‘sh, qani, kim topshiradi? Xohlovchilar yo‘qmi? Unday bo‘lsa, navbatdagi nomerimizda — programmamizga maxsus taklif qilingan iste’dodli va taniqli dramatik artist Savva Potapovich Kurolesov shoir Pushkinning «Xasis ritsar» fojiasidan parcha o‘qib beradi.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 14
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.