Usta va Margarita - 30

Total number of words is 4275
Total number of unique words is 1993
38.6 of words are in the 2000 most common words
55.5 of words are in the 5000 most common words
65.1 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
— Yaxshi bo‘lsa, yanayam yaxshi, — dedi usta va kulib turib ilova qildi: — Albatta-da, agar odamlar senu menga o‘xshab butkul toroj etilgan bo‘lsa, turgan gap-ki, ular u dunyo quvvasidan panoh izlaydilar. Yaxshi, men ham o‘sha yoqdan panoh qidirishga roziman.
— Mana, mana, nihoyat avvalgi holingga qaytding, kulyapsan ham, — dedi Margarita, — ammo qurib ketsin o‘sha ilmiy so‘zlaring. U dunyomi yo bu dunyomi — bari bir emasmi? Mening qornim ochdi.
Shunday deb u ustaning qo‘lidan yetaklab stol tomon yurdi.
— Bu taomlar hozir yer qa’riga kirib ketsa yoki deraza orqali uchib chiqib ketsa, hech ajablanmasdim, — dedi tamoman xotirjam kayfiyatga o‘tgan usta.
— Qo‘rqma, uchib ketmaydi!
Ayni shu payt darcha ortidan bir manqa ovoz eshitildi:
— Salomlar bo‘lsin.
Usta bir seskanib tushdi, lekin har xil g‘ayrioddiy voqealarga ko‘nikib qolgan Margarita chinqirib yubordi:
— Voy, Azazello-ku! O, qanday yaxshi bo‘ldi kelgani! — keyin ustaga pchirladi: — Ko‘rdingmi, ana, bizni unutishmapti! — shunday deb eshik ochgani yugurdi.
— Hech bo‘lmasa etagingni berkitsang-chi, — deb qichqirib qoddi usta uning orqasidan.
— Bo xudo… — deb javob qiddi Margarita dahlizdan.
— Mana, xonaga kirgan Azazello endi g‘ilay ko‘zini ustaga tikkancha ta’zim bajo qilib u bilan salomlashdi, Margarita esa bunday dedi:
— Voy, boshim osmonga yetdi! Umrimda hech qachon bunchalik xursand bo‘lmagandim! Lekin yalang‘ochligim uchun meni afv eting, Azazello!
— Aslo aziyat chekmang, — dedi Azazello, — kamina umrimda nafaqat yalang‘och ayollarni, hattoki boshdan-oyoq terisi shilingan ayollarni ham ko‘rganman, — shunday deb u qora matoga o‘ralgan bir tugunchakni pechka yoniga qo‘ydi-da, darrov mezbonlar davrasiga kelib o‘tirdi.
Margarita konyak quyib uzatdi, Azazello uni huzur qilib ichib yubordi. Usta undan ko‘z uzmay o‘tirarkan, ahyon-ahyonda stol ostida sekingina o‘zining chap bilagini chimchilab qo‘yardi. Lskin bu chimchilashlar Azazelloga ta’sir qilmadi. U havoda erib ketmadi, undan keyin, sirasini aytganda, bunga hech qanday ehtiyoj ham yo‘q edi. Chunki bu pakana malla odamning, agar ko‘ziga oq tushganini va libosining sal g‘alatiroq (ridonamo plash) ekanligini hisobga olinmasa, hech qanaqa qo‘rqinchli jihati yo‘q edi. Vaholanki, jodugarlikdan yiroq bo‘lgan oddiy odamning ham ko‘ziga oq tugagan bo‘lishi mumkin, agar jiddiy o‘ylab ko‘riladigan bo‘lsa, har qanday odam ham ridonamo plash kiyib yurishi mumkin edi. Konyakni ham u hamma odamlar singari, mohirlik bilan bir ko‘tarishda ichib, gazak qilmadi. Lekin ustaning boshi epdi konyakdan g‘uvullay boshladi va u:
«Yo‘q, Margarita haq! Chindan ham ro‘paramda iblisning elchisi o‘tiripti. Axir o‘zim ham o‘tgan kuni tunda Ivanga, Patriarx ko‘li bo‘yida shaytonni uchratgansiz, deb uqdirgan edim-ku, endi bo‘lsa, negadir shu fikrdan cho‘chib ketib, ko‘zboyloqchilar, xomxayollar haqida allanimalarni javrab o‘tiribman. Ko‘zboylovchiga balo bormi!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi.
U Azazelloga tikilibroq qarab, uning ko‘zlarida qandaydir mas’uliyat, to mavridi kelguncha aytmay saqlab turgan qandaydir mulohaza mavjudligini ko‘rdi. «U shuichaki bizni ko‘rgani emas, balki qandaydir topshiriq bilan kelganga o‘xshaydi», — deb o‘yladi usta.
Kuzatuvchanligi unga pand bermadi.
Azazello uchinchi marta uzatilgan konyakni ham ichib yuborib, xuddi hech ichmagan odamday gap boshladi:
— Podvalingiz shinamgina ekan, azabroyi shifo! Lekin bir savol ko‘ndalang turipti: nima ham qilish mumkin bu podvadda?
— Men ham shuni gapirayotgan edim, — dedi usta kulimsirab.
— Nega meni vahimaga solasiz, Azazello? — dedi Margarita, — axir bir amallarmiz!
— Yo‘g‘-e, yo‘g‘-e, — deb chinqirib yubordi Azazello, — sizni vahimaga solish xayolimga ham kelgani yo‘q. O‘zim ham shunday deyapman, — bir amallaysizlar. Ha-ya! Sal bo‘lmasa unutay debman, messir sizlarga salom aytib yubordi, yana, sizni o‘zi bilan kichik bir sayrga taklif qildi, agar xohlasangiz, albatta. Xo‘sh, nima deysizlar bu taklifga?
Margarita stol ostida oyog‘i bilan ustani turtib qo‘ydi.
— Jonimiz bilan boramiz, — deb javob qildi usta Azazelloni sinchiklab kuzatarkan, u esa gapni ilib ketdi:
— Margarita Nikolaevna ham bu sayohatdan bosh tovlamaslar deb umid qilamiz?
— Mening-ku bosh tovlamasligim aniq, — dedi Margarita va yana oyog‘i bilan ustaning oyog‘ini turtib qo‘ydi.
— Qoyilmaqom sayohat bo‘ladi, — dedi Azazello, — mana bu — o‘g‘ilbola gap! Bir zumda kelishdik-qo‘ydik! Tunov kuni Aleksandr bog‘ida bo‘lganidek rezinka qilib cho‘zmadik.
— Voy, esimga solmang o‘sha kunni, Azazello! Tentak ekanman o‘shanda. Sirasini olganda, meni judayam aybsitish to‘g‘ri emas — axir shayton zotiga kunda ro‘para kelmaysan-ku kishi!
— To‘g‘ri aytasiz, — deb tasdiqladi Azazello, — agar har kuni ro‘para kelsangiz, g‘oyat xushnud bo‘lardingiz!
— Jadallik o‘zimga ham yoqadi, — derdi Margarita zavqu shavq bilan, — jadallik ham, yalang‘ochlik ham. Mauzerdan otilgan o‘qday! Voy, uning qanaqa merganligini ko‘rsang zdi, — deb chinqirdi Margarita ustaga yuzlanib, — yostiq tagiga qo‘yilgan yettilik qartaning xohlagan xolini mo‘ljalga oladi… — Margarita shirakayf bo‘lib qoldi, shu sababli ko‘zlari o‘tdek chaqnay boshladi.
— Ie, esim qursin, unutibman-u, — deya chinqirib yubordi Azazello peshonasiga «shap» etib urib, — rosa charchabman. Messir sizlarga sovg‘a berib yuborgan edi, — shunday dob u aynan ustaga yuzlandi, — bir shisha vino. E’tibor bering-a, bu Iudeya prokuratori ichgan o‘sha vinoning o‘zi. Faleri vinosi.
Turgan gapki, bunday noyob narsa, albatta, Margaritaning ham, ustaning ham e’tiborini o‘ziga tortdi. Azazello motamona qora matoni ochib, undan tamomila mag‘or bosib ketgan bir ko‘za oldi. Oldin uni bir-bir hidlab ko‘rishdi, so‘ng stakanlarga quyishib, momaqaldiroq oldidan so‘na boshlagan yorug‘likka tutib ko‘rishgan edi, hamma narsa qon rangiga bo‘yaldi.
— Volandning salomatligi uchun! — dedi Margarita stakanni baland ko‘tarib.
Uchovlari stakanlarni lablariga olib borib, bir ho‘plamdan ichishdi. Shu zahoti ustaning ko‘z oldi qorong‘ilashib, nafasi qaytib ketdi, u joni uzilayotganini his qildi. U yana, rangi murdanikidek o‘chgan Margaritaning ojizona qo‘l cho‘zib, boshi stolga «shilq» etib tushganini, so‘ng asta sirg‘alib yerga yiqilganini ham ko‘rdi.
— Zaharkash qattol, — deb qichqirishgagina ulgurdi usta. U Azazelloga sanchish maqsadida stolda yotgan pichoqqa qo‘l uzatdi, lekin darmoni qolmagan qo‘li dasturxondan sirg‘alib tushdi-yu, bu xonadagi narsalarning hammasi ustaning ko‘zi oldida qop-qora rangga bo‘yaldi, so‘ng butkulg‘oyib bo‘ldi. U chalqancha yiqilarkan, chakkasi bilan yozuv stolining qirrasiga urilib jarohatlandi.
Zaharlanganlar tinchib qolgach, Azazello ishga kirishdi. Birinchi galda, u derazadan uchib chiqib, bir zumda Margarita Nikolaevna yashagan uyga yetib bordi. Hamisha ishni puxta va ehtiyotkorlik bilan bajarishga odatlangan Azazello, hamma ish bekamu ko‘st bajarildimikin, deb tekshirib ko‘rmoqchi edi. Darhaqiqat, hamma narsa ko‘ngildagidek bajarilgan edi. Ana, erining ishdan qaytishini kutayotgan mahzuna ayol o‘z xobxonasidan chiqdi-yu, birdan rangi bo‘zdek oqarib, yuragini changallagancha zaifona chinqirdi:
— Natasha! Hoy, kim bor… bu yoqqa!.. — shunday deb u kabinetga yetib borolmay, mehmonxona o‘rtasida yerga «gurs» yiqildi.
— Hammasi jobajo bo‘ldi, — dedi Azazello. U yana bir lahzadan keyin mahv bo‘lgan oshiq-ma’shuqlar tepasiga keldi. Margarita gilamchaga muk tushib yotardi. Azazello o‘zining temir qo‘llari bilan Margaritani, xuddi qo‘g‘irchoqni ag‘dargandek osongina o‘ziga qaratib, uning yuziga qattiq tikildi. Zaharlangan ayolning chehrasi o‘zgara boshladi. Momaqaldiroq arafasida kun xiyla qorong‘ilalgan bo‘lishiga qaramay, Margaritaning jodugarona muvaqqat g‘ilayligi ham, chehrasidagi badqahrlik va avboshlik alomatlari ham g‘oyib bo‘layotgani yaqqol ko‘zga tashlandi. Marhumaning chehrasi yorishib, nihoyat, mayinlik kasb etdi, uning vahshiyona irjayishi o‘zgarib, oddiy zaifona dardli irshayishga aylandi. Shunda Azazello uning oppoq tishlari orasini ochib, og‘ziga boyagi zahar vinodan bir necha tomchi tomizdi. Margarita chuqur bir xo‘rsinib, Azazelloning yordamisiz o‘zi o‘rnidan turib o‘tirdi va xasta ovoz bilan so‘radi:
— Qay gunohim uchun, Azazello, nechun? Meni nima qilib qo‘ydingiz?
U uzala tushib yotgan ustani ko‘rib, seskanib ketdi va pichirlab dedi:
— Sizdan hech kutmagan edim buni… qotil!
— Yo‘q, unday emas, — dedi Azazello, — u hozir turadi. Axir, muncha tajang bo‘lmasangiz!
Malla iblisning ovozi shu qadar samimiy ediki, Margarita unga darrov ishona qoldi. U tetik va bardam bo‘lib shaxt o‘rnidan turdi-da, ustaning og‘ziga vino tomizishda ko‘maklashdi. Usta ko‘zini ochib, atrofga ma’yus boqdi va boyagi oxirgi so‘zini nafrat bilan takrorladi:
— Og‘ukash qattol…
— Evoh! Yaxshilik qilganni hamisha haqorat bilan taqdirlasharkan, — dedi Azazello, — nima, ko‘rmisiz? Tezroq ochsangizchi ko‘zingizni.
Shunda usta boshini ko‘tarib, jonli va nurli ko‘zlari bilan atrofga bir-bir qarab chikdi va so‘radi:
— Bu yangilikning ma’nisi nima?
— Buning ma’nisi shuki, — deb javob qildi Azazello, — safarga jo‘nash paytingiz keldi. Ana, eshityapsizmi, momaqaldiroq gumburlamoqda? Qorong‘i tushdi. Otlar betoqat yer teninishmoqda, kichkina bog‘cha larzaga kelmoqda. Bu makoningiz bilan vidolashing, bo‘ling, tezroq vidolashipg.
— Eha-ha, tushundim, — dedi usta, atrofiga alanglab qarab. — Siz bizni o‘ldirgansiz, bizlar murdamiz. O, bag‘oyat dono ish bo‘lipti! Ayni payti! Endi men hammasiga tushundim.
— Ie, kechirasiz, — dedi Azazello, — shu gap sizdan chiqyaptimi? Mahbubangiz sizni usta deb ataydi-yu, siz axir fikr yurityapsiz-ku, qanaqasiga murda bo‘lishingiz mumkin? Nahotki kishi o‘zini tirik deb hisoblashi uchun, albatta, podvalda va kasalxonaning ichki ko‘ylak-ishtonida o‘tirishi shart bo‘lsa? Tavba!
— Hamma gaplaringizga tushundim, — deb chinqirib yubordi usta, — bo‘ldi, u yog‘ini gapirmang! Siz ming karra haqsiz!
— Butok Voland! — dedi Margarita ustaga jo‘r bo‘lib, — buyuk Voland! U mepdan ko‘ra teranroq fikr yuritipti. Lekin albatta romanni, romaningni, — deb qichqirardi u ustaga, — qayoqqa parvoz qilsang ham romaningni olvol.
— Keragi yo‘q, — deb javob qildi usta, — men uni boshdan-oyoq yod bilaman.
— Bironta ham… birota ham so‘zni unutmaysanmi? — deb so‘rardi Margarita mahbubining pinjiga kirib, chakkasining qonini artarkan.
— Ko‘ngling to‘q bo‘lsin! Endi men hech nimani hech qachon unutmayman, — javob qildi u.
— Unda o‘t qo‘yamiz! — deb chinqirdi Azazello, — hamma narsa yong‘indan boshlangan edi, endi yong‘in bilan xotima yasaymiz.
— Yonsin! — deb mudhishona chinqirdi Margarita. Podval darchasi «qars» etib ochilib, shamol darpardani chetga surdi. Samodan qisqa va quvnoq gulduros eshitildi. Azazello changaksimon panjasini pechkaga tiqib, tutab turgan bir kosovni oldi-da, stol yoyilgan dasturxonni yondirib yubordi. Keyin uni divanda yotgan bir dasta eski gazetalarga tutdi, undan keyin qo‘lyozmani va darpardani yoqdi. Bu mahal, chavapdozlik qilajagidan ruhlangan usta, tokchadan qaysiyam bir kitobni olib, uning varaqlarini yoyib yonayotgan dasturxon ustiga otdi, kitob zumda «pov» etib yona boshladi.
— Yon, kuyib kul bo‘l, o‘tmish hayot!
— Yoning, iztiroblar! — chinqirdi Margarita. Qirmizi alanga butun xonapi o‘z og‘ushiga oldi, shunda uchovlari xonadan tutunga qo‘shilib chiqishib, g‘ishtin zinadan mo‘’jazgina hovliga ko‘tarilishdi. Bu yerda dastavval ular uy sohibinikida oshpazlik qiluvchi ayolning yerda o‘tirganini ko‘rishdi, uning atrofida bir talay kartoshka va bir necha bosh piyoz sochilib yotardi. Oshpaz ayolning bu ahvoli tushunarli edi. O‘tinxona oldida uchta qora ot tuyoqlari bilan yer kavlab, badanlari seskanib, pishqirib turardi. Margarita otga birinchi bo‘lib mindi, undan keyin Azazello, eng oxirida usta mindi. Oshpaz ayol bir ingradi-yu, cho‘qinish maqsadida qo‘lini ko‘tarmoqchi bo‘lgan edi, lekin Azazello egarda o‘tirgan yerida unga dag‘dag‘a qiddi:
— Naq qo‘lingni kesib tashlayman! — U hushtak chaldi, shunda otlar jo‘ka navdalarini sindirib ko‘kka parvoz qilishdi va pastlab uchayotgan qora bulutni yorib o‘tib ketishdi. Xuddi shu payt podval darchasidan tutun burqsib chiqa boshladi. Pastdan oshpaz xotinning zaifona, ayanchli chinqirig‘i eshitildi:
— O‘t ketdi!..
Endi otlar Moskva tomlari uzra uchib borardilar.
— Shahar bilan vidolashishni istayman, — deb qichqirdi usta oldinda borayotgan Azazelloga. Momaqaldiroq uning qolgan gapini yutib yubordi. Azazello. «mayli» degandek bosh irg‘adi va otiii uchirib ketdi. Shiddat bilan borayotgan suvorilar sari vujudi yomg‘irga to‘la ulkan bir bulut uchib kelardi.
Sayyohlar xiyobon uzra uchib borisharkan, mitti odamlarning endi tomchilay boshlagan yomg‘irdan o‘zlarini panaga olish uchun har tomonga tumtaraqay qochishayotganini ko‘rdilar. Suvorilar tutun buruqsaetgan bir yerdan uchib o‘tdilar. — Griboedovdan qolgani shu edi. Suvorilar zulmat og‘ushiga cho‘kayotgan shahar uzra uchdilar. Ulardan tepada tinmay yashin chaqnardi. Nihoyat, shahar tomlari tugab, pastda yam-yashil dalalar paydo bo‘ldi. Shundagina yomg‘ir sharros quyib yuborib, uchta chavandozni uchta ulkan pufakka aylantirdi.
Parvoz hissiyoti Margaritaga tanish bo‘lsa ham, usta bu tuyg‘udan g‘ofil edi, shunga ko‘ra, ko‘zlagan manziliga bir zumda yetib borgani uni hayron qoldirdi. Bu yerda u bir odam bilan vidolashmoqchi edi — uning vidolashadigan boshqa hech kimi ham yo‘q edi. Sharros quyayotgan yomg‘ir pardasi orqali u Stravinskiy shifoxonasi binosini ham, daryoni ham, daryoning narigi sohilidagi juda yaxshi tanish bo‘lib qolgan o‘rmonni ham darrov tanidi. Ular shifoxona yaqinidagi sayhonlikka qo‘nishdi.
— Sizlarni shu yerda kutib turaman, — deb qichqirdi Azazello qo‘llarini karnay qilib; u dam yashil shu’lasida ko‘rinib, dam zulmat qo‘ygina g‘arq bo‘lardi, — tezroq vidolasha qoling.
Usta bilan Margarita egardan sakrab tushishib, xuddi suyuq sharpalardek lip-lip ko‘rinib shifoxoia bog‘idan uchib o‘tdilar. Yana bir zumdan keyin usta 117-xonaning‘ balkonidagi, o‘ziga juda tanish bo‘lib qolgan papjarani surib ichkari kirdi. Margarita unga ergashdi. Ular Ivanushkaning oldiga momaqaldiroq gumburlayotgan paytda ko‘rinmay va sezdirmay kirishdi. Usta karavot yonida to‘xtadi.
Ivanushka bu oromgohga kelgan birinchi kuni momaqaldiroqni qanday kuzatib yotgan bo‘lsa, hozir ham shu tarzda qimir etmay yotardi. Lekin hozir avvalgi safardagidek yig‘lamas edi. Nihoyat, u balkondan kirib kelgan qora sharpaga sinchiklab tikildi va yostikdan boshini ko‘tarib, unga qo‘llarini uzatdi-da, shodlanib dedi:
— Ie, sizmisiz? Men bo‘lsam qachondan beri kutib yotibman. Kelganingiz yaxshi bo‘ldi, qo‘shnijon.
— Ha, shu yerdaman! — dedi unga javoban usta. — Lekin, taassufki, sizga ortiq qo‘shni bo‘la olmayman. Men butunlay uchib ketyapman, siz bilan vidolashgani keldim.
— Men buni bilardim, sezgan edim, — ohistagina dedi Ivan va so‘radi: — Siz uni uchratdingizmi?
— Ha, — dedi usta, — shuning uchun ham siz bilap vidolashgani keldimki, keyingi paytda faqat siz mening yagona suhbatdoshim edingiz.
Ivanushkaning ko‘ngli yorishib dedi:
— Xonamga uchib kirganingiz yaxshi bo‘ldi. Men albatta so‘zimning ustidan chiqaman, endi hech qachon she’r yozmayman. Meni endi boshqa narsa qiziqtirib qoldi, — Ivanushka jilmayib, telba ko‘zlarini qayoqlargadir tikdi, — boshqa narsa yozmoqchiman. Bilasizmi, bu yerda yotganimda ancha-muncha narsaga tushundim.
Usta bu so‘zlarni eshitib hayajonlandi va Ivanushkaning to‘shagiga omonatgina o‘tirib gap boshladi:
— Bu gapingiz yaxshi, juda yaxshi. Demak, uning to‘g‘risidagi asarning davomini yozasiz!
Ivanushkaning ko‘zlari chaqnab ketdi.
— Nima, o‘zingiz yozmaysizmii? — shunday deb u boshini xam qildi va o‘ychanlik bilan ilova qildi: — Ha-ya… nimaga buni so‘radim, — Ivanushka ko‘z qiri bilan qo‘rqa-pisa yerga qaradi.
— Ha, — dedi usta, uning bo‘g‘iq ovozini Ivaiushka taiimadi, — uning to‘g‘risida boshqa yozmayman endi. Men boshqa ish bilan mashg‘ul bo‘laman.
Uzokdan eshitilgan hushtak momaqaldiroq gumburini bosib ketdi.
— Eshityapsizmi? — so‘radi usta.
— Momaqaldiroq gumburlayapti…
— Yo‘q, meii chorlashmoqda — ketadigan payt bo‘ldi, — deb izohladi usta va o‘rnidan turdi.
— To‘xtang! Yana bir og‘iz so‘z, — dedi Ivan, — siz o‘sha ma’shuqangizni topdingizmi? Sizga vafodorligicha qoliptimi u?
— Mana u, — deb javob qildi usta va devorga ishora qildi. Qora kiygan Margarita oppoq devordan ajralib, bemorning tepasiga yaqinlashdi. U karavotda yotgan yigitga mahzun ko‘zlarini tikdi.
— Sho‘rlik yigit, — deb tovushsiz pichirladi Margarita va bemor ustiga engashdi.
— Judayam go‘zal ekan, — dedi Ivan behasad, ammo bir oz hasrat va qandaydir ayanch bilan, — ana ko‘rdingizmi, hamma armoningiz ushalipti. Ammo menda unday bo‘lmadi, — shunday deb u o‘ylanib qoldi va o‘ychanlik bilan ilova qildi: — Balkim shunday bo‘lgani ma’quldir…
— Ha, ha, — deb pichirladi Margarita bemor ustiga yana ham pastroq engasharkan, — mana, hozir men peshonangizdan o‘paman-u, keyin hamma narsa ko‘nglingiz tusagandek bo‘ladi… gapimga ishonavering, bularning hammasini o‘z boshimdan kechirganman, hammasidan voqifman.
Karavotda yotgan yigit Margaritaning bo‘ynidan quchdi, shunda Margarita uni o‘pib oldi.
— Alvido, shogirdim, — dedi usta eshitilar-eshitilmas va havoda eriy boshladi. U, u bilan birga Margarita ham g‘oyib bo‘lishdi. Balkon panjarasi yopildi.
Ivanushka bezovtalana boshladi. U o‘rnidan turib o‘tirdi, atrofiga olazarak bo‘lib qarab, hatto ingrab ham qo‘ydi, o‘zicha bir nimalarni g‘o‘ldirab o‘rnidan turdi. Momaqaldiroq tobora zo‘raya borardi, chamasi uning qalbiga g‘uluv solgan narsa ham shu momaqaldiroq bo‘lsa kerak. Ivanni bezovta qilgan yana bir narsa shu bo‘ldiki, uning shifoxona yo‘lagidagi doimiy sokinlikka ko‘nikib qolgan qulog‘iga hozir eshik orqasidan bezovta oyoq tovushlari, g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozlar eshitilgan edi.
— Praskovya Fyodorovna! — deb chaqirdi u asabiylashib va titrab-qaqshab.
Shu zahotiyoq xonaga kirib kelgan Praskovya Fyodorovna Ivanushkaga savol ma’nosida hayajonlanib tikildi.
— Xo‘sh? Nima bo‘ldi? — deb so‘radi u, — momaqaldiroq bezovta qilyaptimi? Tinchlaning, hechqisi yo‘q… Hozir yordam ko‘rsatishadi sizga. Men doktorni chaqiraman.
— Yo‘q, Pravskovya Fyodorovna, doktorni chaqir-ang, — dedi Ivanushka, Praskovya Fyodorovnaga emas, devorga hayajon bilan tikilarkan, — menga hech nima bo‘lgani yo‘q. Men o‘z ahvolimga tushunadigan bo‘lib qolganman, siz ko‘rqmang. Yaxshisi, ayting-chi, — deb dilkashlik bilan so‘radi Ivan, — yonimdagi yuz o‘n sakkizinchi xonada hozir nima bo‘ldi?
— Yuz o‘n sakkizinchidami? — deb so‘radi Praskovya Fyodorovna va bezovta ko‘zlarini undan olib qocha boshladi, — hech nima bo‘lgani yo‘q. — Lekin ayolning ovozida dudmollik sezilib turardi, buni darhol sezgan Ivanushka dedi:
— Qo‘ying, Praskovya Fyodorovna! Siz axir to‘g‘riso‘z odamsiz-ku… Nima, meni to‘polon qiladi deb o‘ylayapsizmi? Yo‘q, Praskovya Fyodorovna, ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin. Siz gapning rostini aytavering. Men, baribir devor orqali his qilyapman.
— Qo‘shningiz qazo qildi hozir, — deb pichirladi Praskovya Fyodorovna o‘zining hamgo‘yligi va oqko‘ngilligini tiyishga qurbi yetmay, aytishga aytdi-yu, yuragi taka-puka bo‘lib Ivanushkaga yalt etib qaradi, shunda Praskovya Fyodorovna yashin shu’lasidan bir zumga libos kiydi. LekinIvanushkaga hech narsa bo‘lmadi. U faqat barmog‘ini ma’nodor ko‘tarib shunday dedi:
— O‘zimam biluvdim! Sizni ishontirib aytamanki, Praskovya Fyodorovna, hozir shaharda yana bir inson olamdan o‘tdi. Men hatto uning kimligini ham bilaman, — shunday deb Ivanushka xufiyona jilmayib qo‘ydi, — u ayol kishi.
O‘ttiz birinchi bob
CHUMCHUQTEPADA
Momaqaldiroq dag‘dag‘asidan asar ham qolmadi, bu mahal butun Moskva uzra ulkan gumbazday ko‘tarilgan rang-barang kamalak Moskva daryosidan suv ichardi. Baland tepalikdagi ikki daraxtzor oralig‘ida uchta qora sharpa ko‘rindi. Egarlangan qora otlarga mingan Voland, Korovyov va Begemot daryo ortidan to ufqqacha yoyilib ketgan shaharga, uning g‘arbga qaragan uylaridagi ming-minglab derazalarda aks etayotgan kechki shu’lasiga va Qizlar monastirining jimjimador, muhtasham gumbaziga tikilib turardilar.
Havoda sharpa eshitildi, uzun qora rido kiygan Azazello, uning orqasidan izma-iz kelayotgan usta bilan Margarita uchovlari ularni kutib turgan uch suvori yaqinida yerga indilar.
— Sizni, Margarita Nikolaevna, sizni ham, usta, bir oz bezovta qilishimizga to‘g‘ri keldi, — deb gap boshladi Voland bir oz sukunatdan so‘ng, — illo mendan gina qilmassizlar degan umiddaman. Zero bu yerga kelganingizdan afsuslanmaysiz. Qani, bo‘lmasa, — deb u yolg‘iz ustaga murojaat qildi, — shahar bilan vidolashing. Jo‘nashimiz kerak, — shunday deb Voland og‘zi karnaysimon qora qo‘lqop kiygan qo‘li bilan daryo ortiga ishora qildi; u yerda kun bo‘yi oftob taftida cho‘g‘dek qizigan shahardan ko‘tarilgan tuman, tutun, bug‘ quyosh shu’lasidan yaraqlagan behisob derazalar uzra muallaq turib qolgan edi.
Usta otdan sakrab tushib, bir o‘zi jar yoqasiga yugurib ketdi. Egnidagi qora ridoning etagi orqasidan yerga sudralib borar edi. Usta shaharga tikilib turib qoldi. Avvaliga hasratdan uning yuragi zirqirab og‘ridi, lekin bu tuyg‘u bir zumda o‘tib ketib, o‘rnini ko‘ngilga totli g‘uluv soluvchi lo‘lilarga xos darbadarlik tuyg‘usi egalladi.
— Mutlaqo qaytmayman! Buni fahmlash kerak, — deb pichirladi usta va qovjiragan labini yaladi. U o‘z qolbiga quloq solib, u yerda nima bo‘layotganini aniq qayd qila boshladi. Uning qalb hayajoni, nazarida, juda teran va qattiq ranjga aylangandek tuyuldi. Lekin bu ranj beqaror bo‘lib chiqdi, u zumda g‘oyib bo‘lib, takabburona loqaydlik bilan o‘rin almashdi, loqaydlik esa mangu orom tuyg‘usiga aylandi.
Suvorilar ustani sukut saqlab kutib turishardi. Ular qora kiygan bu daroz odamning jar yoqasida turib qilayotgan har xil qo‘l ishoralarini, goh butun shahar osha nigoh tashlab, uning ufq ortidagi tomonni ko‘rmoqchi bo‘lganday boshini adl ko‘tarishini, goh o‘z oyog‘i ostidagi payhon qilingan, qovjiragan giyohlarni o‘rganmoqchi bo‘lganday boshini xam qilishini kuzatardilar.
Nihoyat, yuragi ziq bo‘lgan Begemot sukutni buzdi.
— Ijozat bersangiz, metr, — deb gap boshladi u, — parvoz oldidan vidolashuv hushtagini men chalsam.
— Xonimni cho‘chitib yuborishing mumkin, — dedi Voland, — undan keyin shuni unutmaki, sen bugungi noma’qulchiliklaringni barini qilib bo‘lding.
— O, yo‘q, yo‘q, messir, — dedi egarda amazonkalardek qo‘lini beliga tirab, uzun etagini yergacha tushirib o‘tirgan Margarita, — ruxsat bering unga, mayli, chalsin. Olis safar oldidan ko‘nglimga xiyla g‘ash oraladi. Garchi inson bu safar nihoyasida baxtga mugdarraf bo‘lishinibilsa ham, shunday ko‘ngilg‘ash-lik bo‘lishi tabiiy, to‘g‘rimi, messir? Mayli, bir ko‘nglimni chog‘lasin, bo‘lmasa, safar oldidan yig‘lab yuborib, kayfiyatinglarni buzib qo‘yishim mumkin.
Voland bosh irg‘ab Begemotga ishora qiddi, mushukning ko‘ngli ko‘tarilib, otdan sakrab tushdi va barmoklarini og‘ziga tiqib, lunjini shishirdi-da, hushtak chaddi. Margaritaning qulog‘i shang‘illab ketdi. Uning oti hurkib, ikki oyog‘ini ko‘tardi, o‘rmondagi daraxtlardan quruq shox-shabbalar to‘kiddi, qarg‘a va chumchuqlar gala-gala bo‘lib osmonga ko‘tarildi, burqirab ko‘tarilgan to‘zon daryo tomon uchdi, bandargoh yonidan suzib o‘tayotgan daryo tramvayidagi bir nechta yo‘lovchining boshidan kepkasi uchib suvga tushdi. Usta hushtak ovozidan seskanib ketdi, lekin orqasiga o‘girilmadi, balki qo‘llarini yuqori ko‘tarib, xuddi shaharga tahdid solayotgandek, ularni yana ham jadalroq silkita boshladi. Begemot atrofga mag‘rurona nazar tashladi.
Etirof etaman, hushtak chalindi, — muruvvat ichishdek dedi Korovyov, — darhaqiqat hushtak chalindi, lekin xolisanillo gapiradigan bo‘lsak, o‘rtamiyona hushtak bo‘ldi!
Axir men regent emasman-da, — deb javob qildi Begemot viqor bilan lunjini osiltirib va dabdurustdan Margaritaga ko‘z qisdi.
— Qani, menam bir urinib ko‘ray-chi, yoshlikni eslab, — dedi Korovyov, qoTAarini ishqashab, barmoqlariga tuflarkan.
— Lekin ehtiyot bo‘l, — dedi Voland jiddiy ohangda, — bironta ham shaxsga hech qanday ziyon-zahmat yetmaydigan bo‘lsin!
— Messir, ishoning, — dedi Korovyov qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, — bu hazil, faqat hazil bo‘ladi… — Shunda uning vujudi xuddi rezinadan yasalgandek birdan yuqoriga cho‘zildi, o‘ng qo‘lining barmoqlarini bukib g‘aroyib bir shakl yasadi-da, oldi parma singari chir-chir aylanib, bir o‘ram sochga o‘xshab qoldi, so‘ng qayta yechilib, birdan hushtak chalib yubordi.
Margarita bu hushtakni eshitmadi, balki uni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi: u o‘zining o‘ynoqi oti bilan birga gaz nariga borib tushgan edi. Ayni paytda shu yerda qad ko‘targan azim tup eman ildiz-pildizi bilan ko‘porilib, qulab tushdi, to daryo bo‘yigacha bo‘lgan yer tors-tors yorilib ketdi. Qirg‘oqning katta bir bo‘lagi yerga joylashgan bandargohu restoran bilan birga sindirilib, daryoga quladi. Daryo ko‘pirib toshdi va daryo tramvayini ichidagi yo‘lovchilar bilan birga narigi yashil past qirg‘oqqa beshikast chiqarib qo‘ydi. Margaritaning hurkib pishqirayotgan oti oyog‘i ostiga Fagotning hushtagidan nobud bo‘lgan bir olaqarg‘a gup» etib kelib tushdi. Bu hushtak ustani cho‘chitib yubordi. U boshini changallagancha, hamroxlari tomon chopib kela boshladi.
— Xo‘sh, — deb murojaat qildi unga ot ustidan Voland, — barcha hisob-kitob qilib bo‘lindimi? Vidolashuv vojib bo‘ldimi?
— Xa, vojib bo‘ldi, — deb javob qildi usta, so‘ng ko‘ngli taskin topib, Volandning yuziga tik va dadil qaradi. Ana shunda Volandning dahshatli ovozi tepalik uzra xuddi Isrofilning suri’ yanglig‘ baralla yangradi:
— Vaqt bo‘ldi! — shundan keyin Begemotning o‘tkir hushtagiyu xandon tashlab kulgani eshitildi.
Otlar olg‘a otildilar va suvorilar samoga parvoz qilib shamoldek uchib ketdilar. Margarita mingan asov ot hadeb suvlug‘ini kemirib, jilovni tortqilardi. Volandning ridosi shamolda yoyilib zulmatga burkanayotgan osmon gumbazi ostida hamma suvorilarga soyabon bo‘ldi. Qora soyabon bir lahzagina yelpinib,fazo beti ochilgan payt Margarita otini uchirib keta turib orqasiga o‘girildi, o‘girildi-yu, endi nainki rango-rang minoralar va ular tepasida charx urib uchib yurgan aeroplan, balki shaharning o‘zi ham allaqachon g‘oyib bo‘lganini ko‘rdi, shahar o‘rnida faqat tuman qolgan edi.
O‘ttiz ikkinchi bob
GUNOHDAN O‘TISH VA MANGU MAKON
O, tangrilar, tangrilarim mening! Oqshom chog‘ida zamin naqadar g‘amgin! Botqoqlar uzra qalqqan tuman g‘oyat sirli. Buni o‘sha mash’um tumanlarda adashgan, o‘limi oldidan ko‘p uqubatlarni boshidan kechirgan, ushbu zamin uzra nihoyatda og‘ir yuk bilan parvoz qilgan odamlargina biladi, Buni yashashdan horigan odam biladi. Shu bois u zamin tumaniniyu uning botqoq va daryolarini aslo afsuslanmay tark etadi hamda o‘zini ajal qo‘liga xotirjamlik bilan topshiradi, chunki u shu ajalgina unga taskin berishini tushunadi.
Sehrli qora otlar ham yuguraverib horishdi, endi ular bazo‘r lo‘killab borardilar, zulmati haq suvorilar ortidan quvib kelib qolgan edi. Hattoki tinib-tinchimas Begemot ham orqasidan quvib kelayotgan qorong‘i tunni his qilib, gung bo‘lib qoldi; u o‘tkir tirnoqlarini egarga botirib, dumini shamodda hilpiratgancha jiddiy qiyofada sukut saqlab uchib borardi. Tun o‘rmonu o‘tloqlar ustiga qora ro‘mol yoparkan, olis-olislarda, pastda ma’yus va xira chiroklarni — Margaritaga ham, ustaga ham endi qizig‘i qolmagan, nokerak va begona chiroqlarni yoqa boshladi. Mana, tun suvorilardan ham o‘zib o‘tdi va ular ustiga zulmat elab, shumshuk samoning goh u, goh bu yeriga yulduzlar otib, oq dog‘lar hosil qila boshladi.
Tun tobora quyuqlashar, suvorilar bilan yonma-yon parvoz qilib, ularning ridolarini yelkalaridan yechib olar, soxtaliklarini fosh qilardi. Shu payt ishshi salqin shabbodaga tutib borayotgan Margarita kuzlarini ochib, o‘z manzili sari uchib borayotgan bu suvorilarning qiyofalari o‘zgara boshlaganini ko‘rdi. Osmon ortidan qirmizi to‘linoy suvorilarga peshvoz ko‘tarila boshlaganda esa barcha firiblar barbod po‘ldi, muvaqqat jodugarlik liboslari botqoqlikka tushib, tuman ichida g‘arq bo‘ldi.
Hozir Margaritaning o‘ng qo‘lida, Voland bilan kiftma-kift uchayotgan maxluqqa qarab, uning aslida tarjimonga muhtoj ham bo‘lmagan sirli konsultantning tarjimoni soxta Korovyov-Fagot ekanligiga xech ishonib bo‘lmas edi. Juldur tsirk kiyimida Chumchuk, tepani tark etgan Korovyov-Fagot o‘rnida endi to‘q binafsha rang sovut kiygan, chehrasi hamisha gumshaygan mahzun ritsar otning oltin zanjirdan jalgan jilovini ohista shiqillatib yelib borardi. U iyagini ko‘ksiga tirab olgan, oyga ham qiyo boqmay, poyidagi zaminga ham parvo qilmay, o‘zicha qandaydir xayollarga g‘arq bo‘lib, uchib borardi.
— Voy, nega bunchalik o‘zgarib ketdi u? — deb ohista so‘radi Margarita shamolning g‘uvillashiga jo‘r bo‘lib.
— Bu ritsar bir vaqtlar o‘rinsiz hazil qilib ko‘ygan edi, — deb javob qildi Voland yuzini Margaritaga o‘girib — uning bir ko‘zi ohista yonardi, — uning ziyo va zulmat to‘g‘risida gapirib turib, to‘qigan tajnisi uncha yaxshi chiqmagan edi. Shundan so‘ng u mo‘ljalidan ortiqroq va uzoqroq hazil qilishga majbur bo‘lgan. Lekin bugungi tun ayni hisob-kitob tuni. Ritsar ham orani ochdi qilib, hisobni yopdi!
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Usta va Margarita - 31
  • Parts
  • Usta va Margarita - 01
    Total number of words is 4230
    Total number of unique words is 2026
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    61.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 02
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1934
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    64.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 03
    Total number of words is 4193
    Total number of unique words is 1964
    35.7 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    62.5 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 04
    Total number of words is 4287
    Total number of unique words is 2045
    38.5 of words are in the 2000 most common words
    58.1 of words are in the 5000 most common words
    68.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 05
    Total number of words is 4148
    Total number of unique words is 2158
    33.0 of words are in the 2000 most common words
    50.4 of words are in the 5000 most common words
    60.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 06
    Total number of words is 4271
    Total number of unique words is 2020
    37.8 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 07
    Total number of words is 4276
    Total number of unique words is 1961
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 08
    Total number of words is 4168
    Total number of unique words is 1883
    39.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    64.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 09
    Total number of words is 4224
    Total number of unique words is 1971
    38.8 of words are in the 2000 most common words
    57.5 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 10
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2006
    37.9 of words are in the 2000 most common words
    56.8 of words are in the 5000 most common words
    63.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 11
    Total number of words is 4296
    Total number of unique words is 2051
    38.2 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    66.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 12
    Total number of words is 4393
    Total number of unique words is 2138
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.9 of words are in the 5000 most common words
    65.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 13
    Total number of words is 4110
    Total number of unique words is 2033
    37.4 of words are in the 2000 most common words
    56.2 of words are in the 5000 most common words
    65.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 14
    Total number of words is 4157
    Total number of unique words is 2076
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.6 of words are in the 5000 most common words
    61.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 15
    Total number of words is 4180
    Total number of unique words is 2037
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    54.5 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 16
    Total number of words is 4181
    Total number of unique words is 1982
    36.8 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 17
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1948
    38.9 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    67.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 18
    Total number of words is 4255
    Total number of unique words is 2030
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    57.7 of words are in the 5000 most common words
    66.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 19
    Total number of words is 4238
    Total number of unique words is 1985
    37.0 of words are in the 2000 most common words
    56.4 of words are in the 5000 most common words
    65.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 20
    Total number of words is 4354
    Total number of unique words is 1987
    38.0 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    66.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 21
    Total number of words is 4256
    Total number of unique words is 1964
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 22
    Total number of words is 4281
    Total number of unique words is 1986
    35.8 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    62.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 23
    Total number of words is 4218
    Total number of unique words is 1815
    38.1 of words are in the 2000 most common words
    57.4 of words are in the 5000 most common words
    67.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 24
    Total number of words is 4321
    Total number of unique words is 2071
    38.3 of words are in the 2000 most common words
    56.6 of words are in the 5000 most common words
    65.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 25
    Total number of words is 4282
    Total number of unique words is 2048
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    56.1 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 26
    Total number of words is 4290
    Total number of unique words is 1976
    37.3 of words are in the 2000 most common words
    55.3 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 27
    Total number of words is 4250
    Total number of unique words is 2055
    38.7 of words are in the 2000 most common words
    56.3 of words are in the 5000 most common words
    66.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 28
    Total number of words is 4163
    Total number of unique words is 2047
    36.1 of words are in the 2000 most common words
    54.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 29
    Total number of words is 4227
    Total number of unique words is 2092
    36.5 of words are in the 2000 most common words
    54.6 of words are in the 5000 most common words
    63.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 30
    Total number of words is 4275
    Total number of unique words is 1993
    38.6 of words are in the 2000 most common words
    55.5 of words are in the 5000 most common words
    65.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 31
    Total number of words is 4384
    Total number of unique words is 2141
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    53.3 of words are in the 5000 most common words
    62.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Usta va Margarita - 32
    Total number of words is 2703
    Total number of unique words is 1551
    33.4 of words are in the 2000 most common words
    48.6 of words are in the 5000 most common words
    57.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.