Kets Yulduzi - 02

Total number of words is 4120
Total number of unique words is 2033
36.3 of words are in the 2000 most common words
53.6 of words are in the 5000 most common words
63.4 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Yo‘l ajoyib edi. Tezda so‘nggi uylar ham ortda qolib, oldinda raketodrom kaftda turganday ko‘zga tashlandi. Keng «temir yo‘lda» ulkan laqqa baliq yanglig‘ raketa yotardi. Raketa atrofida odamlar uymalanishardi. Birdan sirena tovushi yangradi. Odamlar shoshib o‘zlarini chetga olishdi. Raketa temir izlardan yeirg‘angancha tezligini oshira borib, nihoyat, o‘qday uchib ketdi. Lekin hali raketaning portlatgichlari ishga tushirilmagan, u xuddi tramvayday, elektr toki bilan harakat qilardi. Yo‘l toqqa tomon o‘ttiz gradus qiyalik bilan ko‘tarilardi. Io‘lning tugashiga bir chaqirimcha qolganda raketaning quyrug‘idan bir suchoq alanga otilib chiqdi. Raketa tutun bilan qoplandi. Keyin kuchli portlash ovozi eshitildi. Bir necha daqiqadan so‘ng qudratli havo to‘lqini bizni gandiraklatib yubordi. Raketa orqasida, tutundan uzun oq iz qoldirib, samo qa’riga kirib borardi. Ko‘p o‘tmay u qora nuqtaga aylanib, ko‘zdan goyib bo‘ldi.
Biz raketodromga yetib keldik. Ammo, afsuski, yerda qolanlar orasida qora soqolli kishi yo‘q edi…
V. FAZODA YASHASHGA NOMZOD
Tonya olomon orasiga o‘zini urib, hammadan, qora soqolli kishini ko‘rmadinglarmi, deya so‘rab-surishtira ketdi.
Odamlar bir-birlariga qarashib, eslay boshlashdi. Nihoyat, ogshoq temir qalpoq va oq charm kostyum kiygan bir kishi:
— Yevgenyev bo‘lsa kerak, — dedi.
— Albatta, Yevgenyev-da. Bugun bu yerda undan boshqa qora soqolli kishi yo‘q edi, — dedi boshqasi.
— Qani u? — deb so‘radi Tonya hovliqib.
Haligi kishi qo‘lini yuqoriga ko‘tardi.
— Anovi yoqda. Stratosferani kesib, Kets Yulduzi tomon boryapti.
Tonyaning rangi oqarib ketdi. Men uni qo‘ltig‘idan suyab, takksiga olib bordim.
— Mehmonxonaga boramiz, — dedim men.
Tonyadan yo‘l bo‘yi sado chiqmadi. Itoatkorlik bilan bilagimga suyanib, zinapoyadan yuqoriga ko‘tarildi. Uni o‘z xonasiga olib kirib, kresloga o‘tqazib qo‘ydim. U boshiii kreslo suyaichig‘iga tashlagancha ko‘zlarini yumib o‘tirardi. Bechora Tonya! Ishi o‘ngidan kelmaganiga qanchalik iztirob chekyapti. Lekin endi hammasi tugadi. Qora soqolli kishi sayyoralararo sayehatdan qaytguncha Kets shahrida kutib o‘tirmaymiz-ku, axir.
Asta-sekin Tonyaning yuziga qon yugurdi. Ko‘zlarini ochmas dan negadir kulimsiradi.
— Qorasoqol Kets Yulduziga uchib ketdi. Nachora, orqasidan biz ham uchamiz!
Bu gapni eshitib, kreslodan ag‘darilib tushayozdim.
— Raketada-ya! Zim-ziyo osmonga-ya!..
Bu so‘zlarni shunday qo‘rquv, shunday ayanch bilan aytdimki, Tonya qah-qahlab kulib yubordi. —
— Men sizni ancha dovyurak va qat’iy odam deb uilagan edim, — dedi u endi butunlay jiddiy va hatto bir oz ma’yus ohangda. — Darvoqe, menga hamroh bo‘lishni istamasangiz, Leningradgami, Armanistongami — xohlagan tomoningizga ketaverishingiz mumkin. Endi qora soqolli kishining familiyasini bilib oldim, sizning keragingiz ham yo‘q. Hozir esa xonangizga chiqib, karavotga cho‘ziling. Ko‘rinishingiz chatoq. Baland tog‘ va yulduzlar olami sizga to‘g‘ri kelmas ekan.
Ha, rostdan ham o‘zimni juda yomon his qilayotgan edim, binobarin, Tonyaning buyrug‘ini jon deb bajarishim mumkin edi. Lekin hozir sal izzat-nafsimga tegilgandi. Shu tobda men hamma narsadan ham Yerda qolishni istar va ayni vaqtda Tonyadan ajralib qolishdan qo‘rqardim. Qaysi biri ustun chiqadi? Men o‘ylab bo‘lguncha, tilim sayrab ketdi:
— Antonina Ivanovna! Tonya! — dedim men. — Qora soqolli kishini qidirish uchun sizga keragim qolmagan paytda meni o‘zingizga hamroh qilmoqchi bo‘lganingizdan ayniqsa baxtiyerman. Siz bilan birga uchaman!
U xiyol jilmayib, menga qo‘lini uzatdi.
— Rahmat, Leonid Vasilyevich. Endi sizga hamma gapni aitishim kerak. Men shunchalik qat’iyat bilan qidirayotgan Paley sizni qancha iztirobga solganini ko‘rdim-ku, axir. Iqror bo‘lavering, ko‘nglingizga, Paley bu qizni tashlab qochgan-u, endi qaysar ma’shuqa sevgisini qaytarish umidida uning orqasidan quvib yuribdi, degan o‘y ham ko‘p marta kelgan.
Ikki yuzim beixtiyor lovillab ketdi.
— Lekin siz shu qadar odob saqladingizki, bu xususda menga birorta ham savol bermadingiz. Endi aytay: Paley — mening do‘stim, universitetda birga o‘qiganmiz. U g‘oyat talantli yosh olim, ixtirochi. Har narsaga qiziquvchan, beqarorroq odam. Biz u bilan universitetning oxirgi kursida o‘qib yurgan vaqtimizdayoq elektromexanikada burilish yasash ehtimoli bo‘lgan bir ilmiy ish boshlagan edik. Xuddi bir nuqtada uchrashish uchun, ikki tomondan tonnel qazishga kirishgan ishchilarday, ilmii ishni ikkiga bo‘lib, ikkovimiz ham bir maqsadga intildik. Ish pirovardiga yetib qolgan edi. Hamma yozuvlarni Paley o‘z yon daftarchasiga qayd etib borardi. Kutilmaganda uni Sverdlovskka komandirovkaga jo‘natishdi. Komandirovka shu qadar shoshilinch bo‘ldiki, u yon daftarchani qoldirishni ham unutibdi. O‘ziyam doim parishonxotir yuradi. Sverdlovskka xat yozdim, lekin javob kelmadi. Shundan beri dom-daraksiz. Sverdlovskda menga uning Vladivostokka ko‘chirilganini a: ytishdi, lekin u srdan ham izini topolmadim. Shundan keyin ishni o‘zim mustaqil davom ettirishga urinib ko‘rdim. Lekin menga Paley gomonidan ishlangan talay formula va hisoblar yetishmasdi. Vaqti kelib bu ish haqida batafsil gapirib beraman. Xullas, u meni shu qadar band etgan ediki, yursam ham, tursam ham xayolimdan nari ketmasdi. Bu narsa mening boshqa ish bilan shug‘ullanishimga ham xalaqit berardi. Shunday kelajagi porloq masalani yarim yo‘lda qoldirib ketish — Paleyning bu ongiltakligini haliyam tushunmayman. U haqdagi xabar meni nima uchun bu qadar hayajonlantirganini endi anglagandirsiz. Bor gap shu… Rostdan ham juda betob ko‘rinasiz. Borib dam oling.
— Siz-chi?
— Men ham bir oz cho‘zilaman.
Ammo Tonya yotmadi. Kets bosh boshqarmasining kadrlar bo‘limiga borib, Kets Yulduziga faqat o‘sha yerda ishlash uchun shartnoma tuzish sharti bilangina uchish mumkinligini bilib keldi. Fiziklar bilan biologlar ayniqsa zarur ekan. Tonya ko‘p o‘ylab o‘tirmay, o‘zi uchun ham, men uchun ham bir yil muddat bilan shartnoma tuzibdi.
U xonamga quvonib kirib keldi va zavq bilan o‘z sarguzashtlarini gapira ketdi, Keyin binafsharang charm portfelidan qogoz, avtoruchka chiqarib, menga uzatdi.
— Mana sizning arizangiz. Qo‘l qo‘ying.
— Xo‘p, lekin… bir yil… qanaqa bo‘larkin…
— Tashvishlanmang. Men so‘radim, boshqarma bu shartnomaga unchalik qattiq amal qilmas ekan. Sharoitning favquloddaligi, hayot tarzi, iqlim — hammasi e’tiborga olingan. Kimki o‘zini yomon his etsa…
— Iqlim? U yerda qanaqa bo‘lishi mumkin?
— Men Ketsdagi turar-joylarni nazarda tutyapman.
U yerda istalgan harorat va havo namligiga ega bo‘lgan iqlim yaratish mumkin.
— Demak, Ketsda ham atmosfera bu yerdagi, Pomirdagiday siyrak ekan-da.
— Ha, taxminan shunday, — dedi Tonya bir oz ishonchsizlik bilan va shoshib qo‘shib qo‘ydi: — Balki siyrakrok hamdir. Siz uchun eng katta to‘siq shu. Yulduzda yashashga nomzodlar jiddiy jismoniy ko‘rikdan o‘tadilar. Tog‘ kasaliga tez chalinadiganlar yaroqsiz deb topiladi.
Rostini aytsam, bu safardan faxrli ravishda qutulib qolish uchun hali imkoniyatim borligidan juda sevindim. Ammo Tonya shu zahotiyoq menga tasalli bergan bo‘ldi:
— Lekin biz bir yo‘lini qilamiz! Eshitishimcha, u yerda oddiy bosimdagi atmosferali xona bor emish. Bosim asta-sekin kamaytirib borilarkan va, binobarin, yerdan chiqqanlar unga tezda ko‘nikib ketishi mumkin ekan. Men siz haqingizda doktor bilan gaplashib ko‘raman.
Men gangib qoldim va jon-jahdim bilan so‘nggi dalilimni ishga soldim:
— Yerdagi ish nima bo‘ladi?
Tonyaning javobi tayyor edi:
— Bundan osoni yo‘q! Kets — juda obro‘li tashkilot. Ketsda ishlash uchun shartnoma tuzganligingizni ishxonangizga bir og‘iz aytsangiz — kifoya, darrov ruxsat berishadi. Faqat sog‘ligingiz imkon bersa bo‘lgani. O‘zingizni qanday sezyapsiz? — Shunday deb, u tomirimning urishini tekshirish uchun qo‘limdan ushladi.
— Shunday doktor qo‘lingni ushlagandan keyin: «Mixday!» — deb javob berishdan boshqa ilojing qoladimi!
— Unday bo‘lsa, yana yaxshi. Tezroq mana bunga qo‘l qo‘ying, men doktorga uchrashib kelaman.
Shunday qilib, hash-pash deguncha men fazoda yashashga yollanib qoldim…
— Darmonsizlik sezilmaydimi? Badaningizda ko‘karish hollari bo‘lmaganmi? Boshingiz aylanmaydimi? Ko‘nglingiz behuzur bo‘lmaydimi? — so‘rardi doktor mendan. — Qusmaganmisiz?
— Yo‘q, faqat avtomobilning orqasidan yugurganimizda ko‘nglim qattiq aynigan edi.
Doktor bir oz o‘ylanib, keyin ma’nodor qilib dedi:
— Kasalingiz unchalik og‘ir emas.
— Demak, uchish mumkii ekan-da, doktor?
— Ha. Menimcha, mumkin. To‘g‘ri, raketada odatdagi atmosfera u yerda atmosferadagi kabi beshdan to‘rt qismi azot bo‘lgan kisloroddan emas, balki toza kisloroddan nafas olasiz. Shuning o‘zi yetarli. Kets Yulduzida esa odatdagi bosimga ega bo‘lgan ichki kameralar bor. Demak, faqat uchish vaqtida bir oz bardosh berishga to‘g‘ri keladi. Yulduz atigi ming kilometr balandlikda joylashgan.
— Uchish qaicha kunga cho‘ziladi? — so‘radim men.
Doktor menga masxaraomuz ko‘z qirini tashladi.
— Sayyoralararo sayohatdan xabaringiz kamroqqa o‘xshaydi. Raketa Yulduzga sakkiz-o‘n minut uchadi, azizim. Lekin ichida ko‘nikmagan odamlar bo‘lgani uchun uchish bir oz cho‘ziladi. Markazdan qochirma kuchdan foydalanish maqsadida snaryad Yerning aylanishi bo‘ylab ufqqa tomon yigirma besh gradus qiyalik bilan uchadi. Dastlabki o‘n daqiqa orasida tezlik sekundiga besh yuz metrga yetadi va faqat atmosfera orasidan uchib o‘tish vaqtidagina sal pasayadi, keyin esa, atmosfera siyraklasha boshlagach, tezlik yana oshadi.
— Atmosfera orasidan o‘tish paytida tezlik nima uchun pasayadi? Tormozlanish bo‘ladimi?
— Gap tormozlanishda emas. Atmosferadan katta tezlik oilan o‘tilganda ishqalanish kuchayib, raketaning qobig‘i juda qizib ketadi, bundan tashqari, tezlik oshgan sayin og‘irlik qam orta boradi. O‘z tanangni o‘n baravar vazmin his qilish x-a ko‘pam yoqimli emas.
— Qobiq atmosferaga ishqalangan paytda kuyib ketmaymizmi? — so‘radim hadiksirab.
— Yo‘q. Sal-pal terlashingiz mumkin. Shu xolos. Axir, raketa qobig‘i uch qatlamdan iborat-ku. Ichki qatlam — pishiq metalldan yasalgan, oddiy shisha pardasi bilan qoplangan kvars oynali, eshiklari havo kirmaydigan darajada zich yopiladi. Ikkinchi qatlam — qiyin eriydigan, issiqlikni deyarli o‘tkazmaydigan materialdan yasalgan. Uchinchi — tashqi qatlam esa, garchi nisbatan yupqa bo‘lsa ham, lekin issiqlikka juda chidamli metalldan iborat. Ustki qatlam cho‘g‘ bo‘lib ketganda ham o‘rtadagisi issiqlikni raketa ichiga o‘tkazmaydi, buning ustiga, ajoyib sovutgichlar bor. Qatlamlar orasida sovutgich gaz to‘xtovsiz aylanib turadi.
— Haqyqiy injener ekansiz, doktor, — dedim men.
— Iloj qancha. Organizmni odatdan tashqari sharoitga ko‘niktirishga qaraganda raketani odam organizmiga moslashtirish osonroq. Shuning uchun ham texniklar men bilan hamkorlikda ishlashadi. Birinchi tajribalarimizni ko‘rganingizda pdi. Qancha muvaffaqiyatsizliklar, qancha qurbonlar!
— Odamlar ham qurbon bo‘lganmi?
— Ha, odamlar ham.
Badanim chumoli o‘rmalayotganday jimirlab ketdi. Lekin chekinish uchun vaqt o‘tgandi.
Mehmonxonaga qaytib kelganimda Tonya, xuddi suyunchi bering deganday, shu xabarni aytdi:
— Men surishtirib bildim — hammasi joyida. Ertaga tush maytida uchamiz. O‘zingiz bilan hech narsa olmang. Ertalab, uchishdan oldin vannaga tushib, dizenfeksion kameradan o‘tamiz. Sterilizatsiya qilingan ichki kiyim bilan kostyum berishadi. Doktor sizning sog‘lig‘ingizni juda yaxshi dedi.
Tonyaning so‘zlarini xuddi tushdagiday eshitdim. Yuragimniahshat bosdi. Yerdagi so‘nggi kechani qanday o‘tkazganimni va nima xayollarga borganimni aytib o‘tirishning hojati yo‘q…
VI. PARDOZXONA
Tong otdi. Yerdagi so‘nggi tong. Derazadan parishonlik bilan tashqariga qaradim — oftob charaqlab turibdi. Ishtaham bo‘lmasa ham zo‘rma-zo‘raki nonushta qilib, yer mikroblaridan «tozalanish» uchun jo‘nadim. Bu tadbir bir soatdan ko‘pga cho‘zil di. Vrach-bakteriolog meiga qandaydir aqlga sig‘maydiganraqamlar — kiyimimga in qurgan milliardlab mikroblar haqida gapirdi. Buni qarangki, men o‘zim bilan birga terlama, ichterlama, yurakburugi, tumov, ko‘kyo‘tal, sal bo‘lmasa vabo kasalini olib yurgan ekanman. Qo‘llarimdan sil mikroblari va yiringlatuvchi tayoqchalar topildi. Botinkalarimda kuydirgi mikrobi bor ekan. Cho‘ntaklarimdan qoqshal mikroblari chiqdi. Paltomning choklarida qaytalaydigan isitma, oqsil kasali mikroblari uya qurgan ekan. Shlyapamda esa quturish, qora chechak, saramas, yana allanimabalolar… Qo‘ying-chi, bu yangiliklardan tamom esankirab qoldim. Qanchadan-qancha ko‘zga ko‘rinmas dushmanlar meni qulatish uchun payt poylab turgan ekan-a! Nima bo‘lganda ham Yerning xatarli tomonlari bor. Mana shu o‘y menda yulduzlar olamiga sayohat qilishga andak mayl uyg‘otdi.
Mening oshqozon va ichaklarimni yuvishib, tanamga qandaydir notanish apparatlar yordamida nur yuborishdi. Bu apparatlar badanimdagi zararli mikroblarni o‘ldirishi kerak edi. Men juda qiynalib ketdim.
— Doktor, — dedim men. — Bu ehtiyotkorlikdan foyda yo‘q. Kamerangizdan chiqishim bilan mikroblar yana menga yopishib olady.
— To‘g‘ri, lekin siz hech bo‘lmaganda katta shahardan ilashib kelgan mikroblardan xalos bo‘ldingiz. Leningradning markazidagi bir kub metr havoda minglab, bog‘larda yuzlab, Isaakiy tepaligida esa atigi o‘nlab bakteriyalar bor. Bizda, Pomirda bo‘lsa ular judayam oz. Sovuq va oftob nuri, changning yo‘qligi, havoning quruqligi — bularning hammasi ajoyib dezinfektorlardir. Ketsda siz yana «pardozxona» ga tushasiz. Hozir biz faqat xomaki tozalashdan o‘tkazdik. U yerda esa juda sinchiklab tozalashadi. Qalay, ma’qul emasmi? Lekin iloj qancha. Shunisi yaxshiki, hech qanday yuqumli kasallik bilan og‘rimasligingizga imoningiz komil yurasiz. Harholda u yerda bunday xavf juda kam. Bu yerda esa har qadamda biror kasallik poylab turadi.
— Menga juda tasalli berdingiz, — dedim dezinfeksiya qilingan ko‘ylakni kiya turib, — faqat kuyib ketmasam, bo‘g‘ilib qolmasam, yana haligi…
— Gap kuyib ketish yoki bo‘g‘ilib qolish ustida bo‘lsa, bu falokatlar yerda ham yuz berishi mumkin, — deb gapimni bo‘ldi doktor.
Ko‘chaga chiqqanimda avtomobilimiz bizni yo‘l chetida kutib turardi. Ko‘p o‘tmay dezinfeksion kameraning ayollar bo‘limidan Tonya ham chiqib keldi. U menga bir jilmayib qo‘ydi-da, yonimga o‘tirdi. Avtomobil yo‘lga tushdi.
— Qalay, yaxshi cho‘mildingizmi?
— Ha, ajoyib hammom ekan. Uch yuz kvadrillion ikki yuz trillion yuz billion mikrobni yuvib tashladim.
Men Tonyaga qaradim. Uning ruhi tetik, ikki yuzi qizarib, tiniqlashgan. Biz xuddi istirohot bog‘iga ketayotganday, u juda xotirjam edi. Harholda, u bilan uchishga rozi bo‘lib yaxshi qilgan ekanman…
Tush payti. Quyosh naq tepamizda turibdi. Osmon xuddi tog‘ billuriday ko‘m-ko‘k, beg‘ubor. Qorli cho‘qqilar, harakatsiz muz daryolari yarqiraydi, pastda tog‘ soylari va shalolalari shovillaydi, undan ham pastda ko‘m-ko‘k dalalar yastalgan, xuddi parchaparcha qor laxtaklariday bo‘lib qo‘y podalari o‘tlab yuribdi u yerlarda. Oftobningkuydirishiga qaramay, shamol muzdek tog‘ nafasini ufuryapti. Yerimiz qanday go‘zal-a! Bir necha minutdan so‘ng men uni tark etib, zim-ziyo ko‘k qa’riga uchaman. Rost gap, bu haqdagi romanlarni o‘qigan durust ekan…
— Ana bizning rakyotamiz! — deb qichqirdi Tonya quvonch bilan. — U xuddi baliq pufagiga o‘xshaydi. Qarang, semiz doktor bizni kutib turibdi.
Avtomobildan tushdik, odat bo‘yicha doktorga qo‘l uzatgan edim, u darrov qo‘lini orqasiga yashirdi.
— Dezinfeksiyadan o‘tganingizni unutmang. Yerdagi biror narsaga qo‘l tekiza ko‘rmang.
Hayhot, men yerdan ajralib qoldim. Yaxshiki, Tonya ham endi«yerniki» emas. Men uni qo‘ltig‘idan oldim. Biz raketaga qarab yurdik.
— Mana bizning farzandimiz, — dedi doktor raketani ko‘rsatib. — Ko‘ryapsizlarmi — uning g‘ildiraklari yo‘q. U po‘lat izlarda yurmaydi, balki po‘lat novlar ustida sirg‘anadi. Raketa korpusida sharlar uchun maxsus chuqurchalar bor, raketa ana shu sharlar ustida yuradi. Tezlikni oshirish uchun yerdagi elektrostansiya quvvat beradi. Metall nov sim vazifasini bajaradi… Ko‘rinishingiz yomon emas. Ko‘nikyapsizmi? Durust, durust. Osmondagilarga mendan salom aytinglar. Iltimos, vrach Anna Ignatyevna Meller «Kets-besh» raketasidagilardan oylik hisobotni berib yuborsin. U juda go‘zal juvon. Dunyoda eng kam tajribaga ega bo‘lgan doktor. Lekin ishi o‘ziga yetarli…
Sirenaning chinqirig‘i doktorning so‘zlarini bosib ketdi. Raketa lyuki ochildi. Pastga narvon sirgalib tushdi.
— Qani, endi vaqt bo‘ldi! Yaxshi boringlar, — dedi doktor yana ogohlantirganday qo‘lini orqasiga qilib. — Xat yozib turinglar.
Narvonning atigi o‘nta zinasi bo‘lsa ham yuqoriga ko‘tarilguncha yuragim o‘ynab ketdi. Orqamdan Tonya, uning ketidan mexanik kirdi raketaga. Uchuvchi allaqachon o‘z o‘rnida o‘tirardi. Biz lampochka yoritib turgan torgina kameraga bazo‘r joylashdik. Kamera kichkina liftning kabinasini eslatardi.
Eshik asta yopildi.«Tobutning qopqog‘iga o‘xshaydi», — degan o‘y o‘tdi ko‘nglimdan.
Yer bilan aloqa uzilgan edi.
VII. QISQA SAYEHAT
Kayutamiz oynalariiiig qopqoqlari berk bo‘lganidan tashqarida nimalar bo‘layotganini bilolmay, tishimni tishimga qo‘ygancha birinchi turtkini kutib o‘tirardim. Soat nillari o‘n ikkini ko‘rsatdi, lekin biz hamon qimir etmasdik. Qiziq, aftidan, uchish biror sabab bilan kechiktirilayotganga o‘xshaydi.
— Qo‘zg‘alganga o‘xshaymiz, — dedi Tonya.
— Men hech narsani sezmayapman.
— Raketa shar-g‘ildiraklar ustida asta sirg‘aladi-ku, shuning uchun bo‘lsa kerak.
Shu payt qo‘qqisdan birov yelkamdan kreslo suyanchig‘iga bosganday bo‘ldi.
— Albatta, qo‘zg‘aldik! — deb xitob qildi Tonya. — Sezyapsizmi? Yelkam borgan sari kreslo suyanchig‘iga yopishib ketyapti.
— Ha, sezyapman.
Birdan portlash tovushi eshitildi, keyin u chiniqiroq ovozga aylandi. Raketaga titroq kirdi. Endi hech qanday shubha qolmagan edi: biz uchib ketayotgan edik. Daqiqa sayin raketa ichi isib borardi. Og‘irlik markazi orqaga o‘ta boshladi. Nihoyat, o‘zimni kresloda o‘tirganday emas, balki karavotda osmonga qarab, tizzalarimni bukib yotganday his qila boshladim. Raketa tikkasiga uchayotgan payt bo‘lsa kerak.
— To‘ntarilgan qo‘ng‘izlarga o‘xshab qoldik, — dedi Tonya.
— Ustidan kattagina g‘isht bostirilgan ham deyavering, — qo‘shib qo‘ydim men. — Ko‘kragimdan bir narsa itarayotganga o‘xshaydi.
— Rost. Qo‘lni ham qimirlatib bo‘lmaydi — qo‘rg‘oshinday zilzambil.
Portlashlar to‘xtagan paytda bir oz yengil bo‘lardi. Issiq o‘tkazmaydigan qatlam va sovutgichlarga qaramay, raketa ichi juda qizib ketgan edi, biz atmosferadan o‘tyapmiz — raketa ishqalanish zo‘rligidan qizigan, albatta.
Yana dam olish. Portlash yo‘q. Men erkin nafas ola boshladim. Birdan qisqa portlash yuz berdi-yu, o‘zimni o‘ng tomonga og‘ib ketayotganday his qildim. Ha, tamom. Hozir Pomirga borib urilamiz.
Jonholatda Tonyaning yelkasiga yopishdim.
— Bir narsaga urildik shekilli… — deb g‘o‘ldiradim asta.
Tonyaning rangi oqarib ketgan, ko‘zlarida dahshat, lekin xotirjam javob berdi:
— Menga o‘xshab kreslo suyanchig‘ini ushlab oling.
Mana raketa yana oldingi holatiga qaytdi. Portlashlar to‘xtadi. Raketa ichi ham ancha salqin bo‘lib qoldi. Odam o‘zini juda yengil his qila boshladi. Qo‘llarimni ko‘tarib, oyoqlarimni qimirlatib ko‘rdim. Qanday yoqimli! Urnimdan turmoq chi bo‘ldim, lekin kreslodan asta ajralib, havoda osilib qoldim, keyin yana sekin kresloga tushdim. Tonyaqo‘llarini xuddi qush qanot qoqqanday qimirlatib, qo‘shiq aytardi. Biz xaxolab kulardik. Juda qiziq xolat!
Kutilmaganda illyuminator qopqoqlari ochildi. Qarshimizda osmon. U son-sanoqsiz porloq yulduzlar bilan qoplangan, rangi och qizil tusga bo‘yalganday. Somon yo‘li turli rangdagi yulduzlarga g‘arq bo‘lgan, Yerdan ko‘ringaniday oqish emas.
Tonya menga Yetti Og‘ayni yonidagi kattakon yulduzni ko‘rsatdi — eskidan tanish yulduzlar turkumi safida yangi yulduz.
— Kets… Kets Yulduzi, — dedi u.
Son-sanoqsiz sovuq yulduzlar orasida birgina u goh qizil, goh yashil, goh sariq nur taratib miltiraydi. U goh yarqirab yonadi, goh so‘nadi va yana porlaydi… Yulduz ko‘z oldimda kattalashib, borgan sari o‘ng tomondagi oynaga yaqinlashib kelardi. Demak, raketa aylana yo‘l bilan unga tomon uchib boryapti. Yulduz uzun-uzun yashil nur taratib, oyna ortiga o‘tib ketdi. Endi qop-qora osmonda faqat yulduzlar va oqish tuman ko‘g. ga tashlanardi. Ular juda yaqinday tuyulardi…
Qopqoqlar berkildi. Yana portlatgich apparatlar ishga tushdi. Raketa qo‘nishga hozirlanyapti. Qiziq, u somoi raketadromiga qanday qo‘narkin-a…
Xiyol turtkidan keyin to‘xtadik. Nahot sayohatimiz tugagan bo‘lsa? G‘alati vaznsizlik holatidamiz.
Kapitan xonasining eshigi ochildi. Kapitan yotgan ko‘yi kichik halqachalarni ushlab pastga tusha boshladi. Biz hali shu vaqtgacha ko‘rmagan bir yosh yigit ham shu tarzda unga ergashdi.
— Sayohat vaqtidagi noxush daqiqalar uchun afv etasizlar. Bunga mening praktikantim aybdor: rulni qattiqroq burib yubordi, kreslodan ham qulab ketgandirsizlar.
Shunday deb, kapitan ko‘rsatgich barmog‘iii haligi yigitga tegizgan edi, u xuddi momiqday nari uchib ketdi.
— Ha, mayli, hammasi joyida bo‘ldi. Issiq kostyum bilan kislorod maskalarini kiyinglar. Filipchenko, — haligi yosh uchuvchining familiyasi shunday ekan, — bularga yordamlashvoring.
Kapitan xonasidan fazoviy kostyum kiygan bortmexanik chiqdi. U xuddi g‘ovvosga o‘xshardi, faqat skafandri g‘ovvoslarnikidan kichikroq, yelkasida esa alyuminga o‘xshagan yaltiroq matodan tikilgan plash bor edi.
— Plashlarni, — deb tushuntirdi kapitan, — sovqotganda nariroq surib qo‘yinglar. Oftob nurida isinasizlar. Juda qizib ketsalaringiz plashga o‘ranib olinglar. U quyosh nurini qaytaradi.
Bortmexanik bilan qapitan ko‘magida fazoviy kostyumlarni tezgina kiyib olib, raketadan chiqishni hayajon bilan kutib turdik.
VIII. FAZODAGI CHAQALOQ
Bizni havo kamerasiga o‘tkazib, havoni asta-sekin siqib chiqara boshladilar. Ko‘p o‘tmay «fazoviy bo‘shliq» hosil bo‘lib, eshik ochildi.
Men ostonadan hatladim. Narvon yo‘q edi, raketa yonboshlab yotardi. Avvaliga ko‘zim qamashib, dovdirab qoldim. Oyog‘im ostida diametri bir necha kilometr keladigan ulkan shar sirti yarqirab turardi.
Bir qadam bosmasimdanoq yonimda fazoviy kostyum kiygan«yulduz odami» paydo bo‘ldi. U odatdan tashqari chaqqonlik bilan qo‘limga ipak arqon bog‘ladi. Bismillosi joyida-ku. Jahlim chiqdi, qo‘limni tortib, jahl bilan bir tepingan edim… Shu zahoti o‘n metrlar yuqoriga uchib ketdim. «Yulduz odami» shoshib arqonni tortib, meni yaltiroq shar sirtiga tushirib qo‘ydi. Endi tushundim: agar meni bog‘lab qo‘yishmaganda salgina ehtiyotsiz harakat qilishim bilan so‘ngsiz bo‘shliq qo‘yniga uchib ketgan bo‘lardim va meni osonlikcha tutisholmasdi ham. Lekin nega men arqonning bir uchini ushlab turgan kishini yuqoriga tortib ketmadim? «Yer» ga qarab, uning yaltiroq sirtidagi son-sanoqsiz halqalarga ko‘zim tushdi. Hamrohim oyoqlar, ini ana shu halqalarga o‘tkazib olgan ekan.
Yenimda turgan Tonyani ham bir odam arqonga bog‘lab olgan edi. Men unga yaqinlashmoqchi bo‘lgandim, mening hamrohim yo‘limni to‘sdi.
Skafandr oynasidan uning yosh, kulib turgan chehrasini ko‘rdim. U skafandrini menikiga yaqinlashtirib, eshitadigan qilib qattiq-qattiq gapirdi:
— Qo‘limdan mahkam ushlab oling!
Men itoat etdim. Hamrohim oyoqlarini halqadan chiqarib, yengilgina sakradi. Uning orqasida alanga yondi, bir turtki bilan biz sharnusxa«oy» bo‘ylab oldinga qarab uchib ketdik. Hamrohimning qisqa masofaga uchishda foydalaniladigan ixcham raketa-jildi bor edi. U jildning goh orqadagi, goh yon, goh ustki, goh quyi «to‘pponcha» laridan otib, meni shar ustida uchirib borardi. Hamrohimning epchilligiga qaramay, biz xuddi sirk maydonidagi masxarabozlarday goh tik, goh oyog‘imiz osmondan bo‘lib o‘mbaloq oshib uchardik, lekin miyaga qon quyilishi aslo sezilmasdi.
Hademay raketamiz ufq ortida g‘oyib bo‘ldi. Biz raketodrom bilan Kets Yulduzi orasidagi bo‘shliq ustidan uchib o‘tgan edik. Agar mening holatimni gapiradigan bo‘lsak, nazarixugda, biz bir joyda turibmiz-u, bizga qarab yaltiroq bir quvur borgan sari kattalashib yaqinlashayotganday edi. Mana u ko‘ndalang o‘qda bir aylandi-yu, uning yarim doira shaklidagi cheti ko‘rindi. Quvur bu tomondan «raketodrom oy» ga qaraganda kichikroq sharga o‘xshardi. Mana shu shar bomba yanglig‘ to‘ppato‘g‘ri bizga qarab kelardi. Yuragim orqaga tortib ketdi: yaltiroq bomba mana hozir bizni mayda-mayda qilib yuboradigan day edi. Ammo bomba favqulodda bir tezlik bilan havoda yarim doira yasadi-da, bizning orqamizga o‘tib qoldi. Bilsam, uchishni sekinlatish maqsadida hamrohim atayin bizni Yulduzga nisbatan teskari qaratgan ekan. U «to‘pponcha» dan bir necha marta otdi, go‘yo birov ko‘rinmas kaftlari bilan yelkaga turtganday bo‘ldi, uchish sekinlashishi bilan hamrohim yarim shar sirtidagi halqalardan birini mahkam ushlab oldi.
Bizni kutishayotgan ekan,«qo‘nishimiz» bilan yarim shar devorlaridagi eshik ochildi. Hamrohim meni ichkariga itarib, orqamdan o‘zi ham kirib oldi. Eshik yopildi.
Yana lampochka yonib turgan havo kamerasi, devorda manometr, barometr, termometrlar. Hamrohim apparatlar yoniga borib, kuzata boshladi. Bosim bilan harorat yetarli bo‘lgach, yechinishga tushdi va meni ham shunga ishora qildi.
— Qalay, o‘mbaloq oshib to‘ydingizmi? — so‘radi u kulib. — Men atayin shunday uchdim.
— Bir oz ko‘ngilni yozmoqchi bo‘libsiz-da?
— Yo‘q. Haroratni boshqaradigan plash bilan muomala qilolmay, issiq va sovuqdan qiynalib qolasiz deb qo‘rqdim. Binobarin, oftobda bir tekis «pishishingiz» uchun sizni xuddi sixdagi kabobday aylantirib turdim, — dedi u fazoviy kostyumini yechib bo‘lib. — Endi tanishib qo‘yaylik. Kramer, Kets Yulduzining laborant-biologi. Siz-chi? Bu yerga ishlagani keldingizmi?
— Ha, men ham biologman. Artemyev Leonid Vasilyevich.
— Juda yaxshi! Birga ishlaymiz.
Men yechina boshladim. Shundagina fizikaning«ta’sir kuchi aks ta’sir kuchiga tengdir» degan qonuni bu yerda aynan yuz berishini his qildim.?u yerda hamma narsa, hatto odamning o‘zi ham «reaktiv asbob» larga aylanib qoladi. Men kostyumni, o‘zimizcha aytganda, «yer» ga tashladim, tashladim-u, ammo o‘zim tepaga uchib ketdim. Qiziq: men kostyumni otdimmi, yo kostyum meni otdimi, bilib bo‘lmaydi.
— Endi ikkovimiz ham tozalanishimiz — dezinfeksion kameraga kirishimiz kerak, — dedi Kramer.
— Siz nega kirasiz? — so‘radim ajablanib.
— Axir sizga qo‘l tekkizdim-ku.
«Voy-bo‘y! Xuddi men vaboning uyasidan kelgandayman-a», — deb o‘yladim.
Mana, yana«pardozxona» daman. Yana tanaga ko‘rinmas nurlar yuboruvchi apparatlar guvillab turgan kamera. Yana toza, sterilizatsiyalangan kiyim-bosh, yana «yulduz vrachi» ning kichkina, oppoq ambulatoriyasida so‘nggi tibbiy ko‘rik.
Bu havo ambulatoriyasida na stul, na stol bor. Faqat meditsina asboblari solingan va devorlarga omonatgina mixlab qo‘yilgan eshiklar turibdi.
Bizni jikkakkina, harakatchan ayol vrach Anna Ignatyevna Meller kutib oldi. Kumushrang yengiL ko‘ylak kiyib olgan bu juvon, qirq yoshni urib qo‘ygan bo‘lishiga qaramay, endigina balog‘atga yetgan qizchaga o‘xshardi. Men unga Kets shahridagi «yer vrachi» ning salom va iltimosini topshirdim.
Dezinfeksiyadan keyin u menga yer kiyimlarimdan yana anchamuncha mikrob topilganini aytdi.
— Tirnoqlarga e’tibor bermayotganliklari to‘g‘risida Kets shahri sog‘liqni saqlash bo‘limiga albatta yozaman. Sizning tirnoqlaringiz ostidan bakteriyalarning butun bir armiyasi chiqdi. Yulduzga jo‘natishdan oldin tirnoqlarni oldirib, o‘rnini yaxshilab tozalashlari kerak. Umuman, sog‘lig‘ingiz yaxshi, endi nisbatan ancha tozasiz. Hozir sizni o‘z xonangizga olib borishadi, keyin ovqatlantirishadi.
— Olib borishadi? Ovqatlantirishadi? — taajjublanib so‘radim men. — Yetib qolgan bemor ham, chaqaloq ham emasmanku. O‘zim borib, o‘zim ovqatlanarmai.
— Maqtanmang! Fazoda siz heli chaqaloqsiz.
Shunday deb, u yelkamga qoqib qo‘ydi. Men kameraning narigi burchagiga o‘qday uchib ketdim, devorga tegib xonaning o‘rtasiga qaytib keldim-u, oyoqlarimni pitillatgancha havoda «osilib» qoldim.
— Qalay, endi ishondingizmi? — dedi kulib Meller. — Tag‘inam bu yerda og‘irlik bor harholda. Hali go‘daksiz. Qani, yuribboqing-chi!
Qayoqda deysiz! Bir minutlardan keyingina oyog‘im polga tegdi. Qadam bosmoqchi bo‘luvdim, yana havoga ko‘tarilib ketdim. Boshim «shift» ga tegdi-yu, hech narsani sezmadim, nochor ahvolda qo‘llarimni o‘ynatib turaverdim.
Eshik ochilib, mening biolog tanishim Kramer kirdi. U meni ko‘rib, xaxolab kulib yubordi.
— Anovi chaqaloqni shatakka olib, oltinchi xonaga kuzatib qo‘ying, — deb murojaat qildi Kramerga Anna Ignatyevna. — U siyrak havoda qiynalyapti. Yarimta havo ulushini bering.
— Hozircha odatdagi bosimni berishning iloji yo‘qmi? — deb iltimos qildim men.
— Yarimtasi yetadi. Ko‘nikish kerak.
— Qo‘lingizni bering, — dedi Kramer.
U poldagi qayish halqalarga oyog‘ini suqqancha, tez va chaqqon yurib mening oldimga keldi, qo‘li bilan belimdan ushlab, keng yo‘lakka olib chiqdi. So‘ng xuddi koptokday qo‘lida aylantirib turib, yo‘lak bo‘ylab uloqtirib yubordi. Men dodlagancha uchib ketdim. O‘n metrcha qiyalab uchib borib, devorga yaqinlashdim.
— Qayishni ushlang, — deb qichqirdi Kramer.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Kets Yulduzi - 03
  • Parts
  • Kets Yulduzi - 01
    Total number of words is 4025
    Total number of unique words is 2043
    36.2 of words are in the 2000 most common words
    53.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 02
    Total number of words is 4120
    Total number of unique words is 2033
    36.3 of words are in the 2000 most common words
    53.6 of words are in the 5000 most common words
    63.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 03
    Total number of words is 4194
    Total number of unique words is 2092
    35.1 of words are in the 2000 most common words
    51.5 of words are in the 5000 most common words
    60.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 04
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 2152
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    50.7 of words are in the 5000 most common words
    57.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 05
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 1954
    34.9 of words are in the 2000 most common words
    50.6 of words are in the 5000 most common words
    59.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 06
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1938
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    51.8 of words are in the 5000 most common words
    61.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 07
    Total number of words is 4262
    Total number of unique words is 1964
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    60.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 08
    Total number of words is 4242
    Total number of unique words is 2020
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    52.0 of words are in the 5000 most common words
    61.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 09
    Total number of words is 4215
    Total number of unique words is 2098
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    49.5 of words are in the 5000 most common words
    57.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 10
    Total number of words is 4187
    Total number of unique words is 2024
    34.6 of words are in the 2000 most common words
    50.1 of words are in the 5000 most common words
    59.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 11
    Total number of words is 3764
    Total number of unique words is 1921
    35.9 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    60.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.