Kets Yulduzi - 10

Total number of words is 4187
Total number of unique words is 2024
34.6 of words are in the 2000 most common words
50.1 of words are in the 5000 most common words
59.7 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
— Xuddi bir tuki yo‘q Afrika qo‘tir itiga o‘xshaydi, — dedi Faleyev. — Bu go‘sht beradigan echki. Nariroqda yung yetishtiruvchi echkini ko‘rasiz. Bo‘yi juda past, lekin yungi bir metr keladi. Shunaqa jingalak! Tirik yung fabrikasi deysiz!
— Lekin yungdor echki bunaqa haroratli xonada yashamasa kerak? — so‘radim men.
— Albatta. Uni sovuqda tutamiz, ammo ovqatiga alohida o’tibor beriladi. Yung — bu ham bir navi. Shlikov bundan ko‘ra murakkabroq vazifani qo‘yyapti. Mana, bizga muzika asboblari uchun torlar va tennis raketalari uchun chambaraklar kerak. Ichak-chavog‘i nihoyatda uzun bo‘lgan qo‘y naslini yarating. Shlikov hech qanday qiyinchilikni tan olmaydi. Qilib bo‘lmaydigan ish yo‘q, deydi. Buning ustiga, ko‘rsatmalari nihoyatda qisqa. «Agar, — deydi u, — ichakni uzaytirish kerak bo‘lsa, har xil ovqat bering, uni tez-tez o‘zgartirib turing». Ovqat o‘z yo‘liga-yu, ammo qo‘yning ichagi o‘rniga oshqozoni o‘sib ketsa bo‘ladimi… Bu yerda qandaydir yangi omillarning ta’siri bor… Lekin echkining oyoqlarini nima qilishni bilmayapman. Nahot yana og‘ilni buzib tuzatsam? Xuddi no‘xat haqidagi ertakning o‘zi bo‘lyapti: no‘xat o‘savergandan keyin avval polni buzishibdi, keyin shiftni ochishibdi, undan keyin tomni ham olib tashlashibdi, lekin no‘xat hamon o‘sishdan to‘xtamasmish. Ammo biz tomni olib tashlayolmaymiz, axir.
— Siz tomni ham olib tashlamang, hech narsani buzib tuzatmang ham, — dedim men. — Yerdagi hayvonlarning evolyutsiyasida kosmik nurlar juda katta rol o‘ynagan, degan taxminlar bor. Siz aytgan favqulodda tez mutatsiyalar bu farazni tasdiqlaydi. Menimcha, bu yerda organizmlarning yangi muhitga sakrash yo‘li bilan moslashuvi yuz berayotgan bo‘lsa kerak. Ogirlik kuchi yo‘q — gavda bir jotsda turmaydi, u tayanch nuqtaga ega emas. Hayvonlar havoda osilib qoladi. Ular bu holatdan chiqishga urinishadi. Hammasida uzun oyoqlarga ehtiyoj tug‘iladi…
— Albatta! — deb gapimni bo‘ldi Faleyev. — Dastlabki itlar bu yerda rosa akillashdi. Devorga yoki bir parcha go‘shtga yetib olish uchun ular soatlab behuda oyoq silkitishar va, albatta, joylaridan qimirlasholmas edi.
— Ana-ana, shuning uchun ham oyoqlari o‘sib ketganda. Siz og‘ilxonalarni katta qilmang. Menimcha, agar oyoqlar uzatganda devorga yetadigan bo‘lsa, ular o‘z-o‘zidan o‘sishdan to‘xtab qoladi. Yeki hayvonlar tarmasha oladigan panjara o‘rnating. Mana bu mayda to‘rni, boshqasi, ya’ni yirikroq katak bilan almashtirish, yo bo‘lmasa, to‘siqni novdadan qilish kerak. Ana shunda hayvonlarning tutuvchi organlari rivojlanadi. Echki va qo‘ylaringiz maymunlarday «to‘rt qo‘lli» bo‘ladi, bir narsani ushlashga o‘rganadi. Ular katak bo‘ylab yurib, bir-ikki oyoqlari bilangavdalarini tutishsa, qolgan bo‘sh oyoqlari bilan kerakli narsani olishaveradi.
— Rost aytasiz! — deb xitob qildi Faleyev. — Siz bilan ishimiz yurishib ketadi. Keyingi paytlarda juda o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim… Bilasizmi, — dedi u negadir ovozini pasaytirib, hayiqibroq, — ko‘z oldingda birin-ketin g‘alati maxluqlar paydo bo‘lib turaversa, aqldan ozibqolish ham hyoch gap emas bu yerda… Moslashishni qaysi tomonga yo‘naltirsak durust bo‘larkin? Balki, hayvonlarni birato‘la uchadigan qilaverish kerakmikin? Bu yerning sharoitida shundan osoni yo‘q: Uchuvchi echkilar! — U g‘amgin jilmaydi. — Lekin «to‘rt qo‘llilar» ni yaxshi aytdingiz. Mushuklarimdan birining dumi shunaqa o‘sib ketganki, u dumidan xuddi maymunday foydalanadi. Panjasi yetmagan joyda dumini ishga soladi. Sakragan paytida ham shu dum rul vazifasini bajaradi. Panjalari orasida parda hosil bo‘lyapti nazarimda. Hademay uchqur bo‘lib ketadi. Jipsini aytmaysizmi? Dahshat, lekin… Mana hozir… Jipsi! Jipsi!..
Qayerdadir itning vovillagani eshitildi. Shu payt biz tomonga uchib kelayotgan maxluqqa ko‘zim tushdi. U oyoqlarini jon-jahdi bilan yugurayotgan kuchukday" siltar, lekin oldinga juda sekin siljirdi. Nozik panjalari orasida yupqa pardalar ko‘rinib turibdi. Bu pardalar havoni orqaga itarib, gavdani oldinga surish uchun yordam beradi. Uchib kelayotgan it yuldogdan sal kattaroq, tanasi dolchinrang siyrak yung bilan qoplangan, dumi uzun va paxmoq, basharasida bitta ham tuk yo‘q, kalta, deyarli yalpoq pastki jag‘i yaxshi taraqqiy etmagan. Uning basharasida itnikidan tashqari, maymun va odam yuzining belgylari bor. Chindan ham dahshatli! It juda yaqin uchib kelib, mening ko‘zlarimga tikildi. Beixtiyor seskanib ketdim: uning odamnikiga o‘xshash katta-katta qo‘y ko‘zlari ma’yus va aqlga to‘la edi… Jipgsi dumini siltab, gavdasini burdi-da, tirnoqsiz panjalari bilan to‘siq chetidan ushlab oldi. Keyin nigohini mendan Faleyevga ko‘chirdi. Uning ko‘zlarida so‘rbq ifodasi bor edi.
Faleyev xuddi it bilan emas, balki o‘ziga yaxshi tanish bo‘lmagan odam bilan gaplashayotganday, birdan o‘ng‘aysizlandi. It «yuzi» dagi bu inson ko‘zlari qo‘rqinchli edi. Men ham o‘zimni noqulay seza boshladim.
— Tanish, Jipsi, — dedi Faleyev, itning diqqat bilan tikilib turgan ko‘zlariga qaramay. — Yangi o‘rtog‘imiz — Artemyev.
Men ko‘pchilik it ishqibozlari kabi Faleyev ham unga hazillashib shunday murojaat qilyapti, deb o‘ylagan edim. Jipsining tuksiz boshini silash uchun qo‘limni ko‘tardim ham. Lekin itning menga bosh irg‘ab, panjasini uzatganini ko‘rganimda qay ahvolga tushganimni bilsangiz edi! Bir lahza qo‘lim havoda muallaq qoldi. Oddiy kuchukni silaganday, Jipsining boshini silash o‘rniga, o‘zimni yengib, garchi Ketsda qo‘l olib so‘rashish man etilgan bo‘lsa-da, nazokat bilan uning iliq, tuksiz panjasini qisdim.
— Kuchuqcha Dianalar ovqatlantirilganmi? — deb so‘radi Faleyev.
It yo‘q deganday bosh chayqadi.
— Nega? Sut bilan so‘rg‘ich keltirilmadimi?
Jipsi«ha» degandek bosh irg‘adi.
— Bo‘lmasa bor. Jipsi, yettinchi tugmachani bos. Olyani chaqirib tezlashtir.
It menga sinovchan bir nazar tashlab, qayta uchib ketdi. Yuragim qinidan chiqib ketayozdi.
— Ko‘rdingizmi? — dedi asta Faleyev. — Hamma gapni tushunadi. Faqat javob qaytarolmaydi, xolos. Nutq apparatiga ega emas. Savol-javob tariqasida fikr almashiladi. Lekin miyaning taraqqiyotida juda katta sakrash bor. To‘g‘ri, bunday it bilan muomala qilish yoqimsiz! Lekin men u bilan murosa qilishga tirishaman. U meni yaxshi ko‘radi nazarimda, lekin Kramerni negadir yoqtirmay qolgan. Ko‘rdi deguncha, jaxl bilan bir qarab, o‘zini chetga oladi. Gapira olmasligidan o‘zi ham eziladi menimcha. It tilini o‘rganishga to‘g‘ri keladi endi.
Laboratoriyaning ichkarisidan itning bo‘lib-bo‘lib akillagani eshitildi.
— Ko‘ryapsimi, meni chaqiryapti. Bir gap bo‘lganga o‘xshaydi! Yuring!
Jipsining akillashiga kuchukchaning ingillagani qo‘shildi. Biz darhol o‘sha tomonga uchib ketdik.
Panjalari parda bilan qoplangan kuchukcha bir panjasini to‘rga tiqib, sugurolmay turardi. U bizga yosh boladay tikilib, tinimsiz ingillardi. Jipsi uning atrofida uymalanishar va hadeb o‘zining uzun panjalari bilan kuchukchaning qisilib qolgan panjasini chiqarmoqchi bo‘lardi. Biz yordamga kvlganimizdan keyin ko‘plashib panjani to‘rdan xalos qildik.
Men Jipsi bilan«gaplashmoqchi» bo‘ldim.
— Jipsi! Oh, bu ko‘zlarga bardosh berish naqadar og‘ir! — Gapirishni bilmaysanmi? O‘rgataymi?
Jipsi shosha-pisha bosh silkidi va nazarimda, ko‘zlarida sevinch uchquni chaqnab ketdi. U yonimga uchib kelib, ko‘llarimni yalay boshladi.
— U sizdan juda mamnun. Hali yaxshi og‘ayni bo‘lib ketasizlar, — dedi Faleyev. — Xo‘sh, o‘rtoq Artemyev, qayerda ishlamoqchisiz? Usimliklar fiziologiyasi laboratoriyasidami yoki bu yerdami?
— Buni Shlikov hal qiladi, — dedim men. — Hozircha oranjereyada ishlab turishga to‘g‘ri keladi. Xayr o‘rtoq Faleyev! Xayr, Jipsi!..
Kunning qolgan yarmini oranjereyada o‘tkazdim. Kramerning ayzoyi hamon buzuq edi, men bilan gaplashmadi ham. U indamay qulupnay butalari atrofida o‘ralaishb yurardi. Zorina biror narsani so‘rash uchun yonimga uchib kelganda Kramer har gal ikkovimizni xo‘mrayib kuzatib turardi. Bunday ahvolda ishlab bo‘ladimi! Shlikovdan menihayvonlar fiziologiyasi laboratoriyasiga o‘tkazishni so‘rashga qaror qildim.
Mening iltimosimni eshitib, Shlikov xursand bo‘lib ketdi.
— Zoolaboratoriya shtatini ancha kengaytirmoqchiman, — dedi u. — Oranjereyaga bugun Yerdan uchib keladigan yangy xodimlarni jo‘nataman. Siz Faleyevning oldiga boring. Unga nima bo‘lganiga tushunolmayapman. Kundan-kun anqovlashib, parishonxotir bo‘lib ketyapti. Bir kor-hol bo‘ldi shekilli.
— Mening fikrimcha, faqat ugina emas! — dedim men.
— Yana kim? — deb so‘radi Shlikov, kursisidan sal qo‘zg‘alib.
Kramer. Ketsga kelib birinchi shu odam bilan tanishganman. Unda butunlay boshqachi edi. Hozir uni taniyolmayapman.
Haddan tashqari serzarda, shubhachi, betayin bo‘lib qolibdi. Nazarimda, u ruhan sog‘lom emas.
— Bilmadim… O‘ni kam ko‘raman. Agar shunday bo‘lsa, Mellerga ko‘rsatish kerak. Faleyevning yoniga yangi xodim Zorinani ham o‘tkazaman.
— Zorinani! — xitob qildim men.
— Ha, bo‘lmaydimi? Siz rozi emasmisiz?
— Yo‘q, unga qarshiligim yo‘q, — dedim men. — Ammo, nazazarimda, Kramer meni xuddi shu qiz tufayli yomon ko‘rib qoldi. Agar u men bilan bir laboratoriyada ishlasa…
— Ha, gap bu yoqda deng! — deb kulib yubordi Shlikov. — Kets Yulduzida rashk paydo bo‘libdi. Unda Kramerning birdan serjahl va shubhachi bo‘lib qolgani tushunarli. Lekin bunga e’tibor bermaslik kerak.
Men nima qilishim kerak edi? Shlikovga, gap faqat Zorinada emayeligini, Kramer mendan Shlikov kashfiyotlarini o‘girlash va o‘zlashtirishda shubha qilayotganini, buning ustiga hadeb hech narsadan-hech narsa yo‘q xaxolab kulishini gapirib berdim. Shlikov esa, bularning hammasi faqat bir narsadan — Kramerning rashkidan kelib chiqqan, deb qo‘ya qoldi. Men sabr qilishga va bundan keyin Kramer o‘zini qanday tutishini kuaatishga qaror qildim.
XVIII. YANGI DO‘ST
Mehnat faoliyatim boshlandi.
Men laboratoriyada ishtiyoq bilan ishlay boshladim.
Kechqurunlari va dam olish kunlari klubda, jamoat bog‘ida, kino-teatrda yoki gimnastika zalida hordiq chiqarardik. Yeshlar har xil o‘yinlar tashkil qilishardi. Uch kishiga dasturxon yonintirib, «tuya» yasashardi. Zorina esa unga minib olib, yo‘lak bo‘ylab tuya choptirardi. Xullas, xuddi yosh bolalarday vaqtixushlik qilinardi. «Chollar» ham «yoshlar» dan qolishmas edi.
Faqat Kramergina ilgarigiday o‘zini hamon g‘alati tutardi. Goh telbalarcha xaxolab kular, goh chuqur o‘yga botib qolardi. Yo‘q, bu faqat rashk emas, u meni o‘z holimga qo‘ygan bo‘lsa ham, lekin har bir qadamimni kuzatib yurardi.
Men juda ko‘p ketsliklar bilan tanishdim, talay do‘stlar orttirdim. Havodagi turmushga tobora ko‘nikib borar va faqat Tsshyani qo‘msardim.
Ba’zan u bilan telefon orqali gaplashib turardik. Tonya menga, qorasoqol hali ham qayerdadir Mars bilan Yupiter o‘rtasida, asteroidlar halqasida uchib yurganini, yaqinda Ketsga uchib gselishini va o‘zining qandaydir navbatdagi «ajoyib kashfiyot» ni ochganini xabar qilardi.
Yangi do‘stlarim meni havo mustamlakasi bilan tanishtirish di. Yesh injener Qoriboyev o‘zi ishlaydigan zavodni ko‘rishga taklif qildi.
— Ajoyib inshoot, — dedi u bir oz aksent bilan. — Butun bir sayyora. Shar. Kattakon shar! Faqat biz sharning sirtida emas, ichkarisida yashaymiz. Diametri ikki kilometr keladi. U asta aylanib turadi. Buning natijasida Yerdagining yuzdan biricha og‘irlik kuchi hosil bo‘ladi. Ogirlikningkamligi bizga eng murakkab ishlarni amalga oshirishga imkon beradi. Bizda richag, suyuq jismlar va gaz qonunlari vazn tufayli murakkablashmaydi. Tovushlar va umuman turli tebranishlar yerdagiday tarqalaveradi. To‘gri, barometr ishlamaydi, uning bizga keragi ham yo‘q. Soatlar, tarozilar — prujinali. Massani markazdan qochirma mashina orqali aniqlash ham mumkin. Magnit, elektr va boshqa kuchlar Yerdagidan aniqroq harakat qiladi. Shtampovkachi mashinalar protsessi uchun og‘irlik kuchi kerak emas. Suyuq va qattiq yonilg‘i bilan ishlaydigan o‘txonalardan voz kechganmiz. Elektr quvvati hosil qilish uchun turli xil mashinalar yordamida quyoshdan foydalanamiz.
Ikkita silindrni ko‘z oldingizga keltiring. Silindrning bittasi soyada, ikkinchisiga oftob tushib turibdi. Quyosh harorati silindr ichidagi suyuqlikni bug‘ga aylantiradi. Bug‘ quvur orqali o‘tib, turbinani harakatga keltiradi. Keyin u soyada turgan sovuq silindrga tushib, soviydi. Issiq silindrdagi hamma soyuqlik bug‘ holida yeovuq silindrga o‘tib bo‘lgandan keyin, silindrlar avtomatik tarzda joylarini almashtiradilar. Sovutgich vazifasini bajargan silindr bug‘ qozoniga aylanadi va aksincha. Quyosh yoritib turgan joy bilan soya joydagi harorat o‘rtasida katta farq bor. Mashina avtomatik ravishda benuqson ishlaydi. Agar ishqalanuvchi qismlarning yeyilishini hisobga olmasak, buni «mangu dvigatel» desa ham bo‘ladi.
Boshqa bir Quyosh qurilmasi kichik tuynukli kattakon sharga o‘xshaydi. Uning ichi qop-qora. Oynaga to‘plangan Quyosh nuri ana shu tuynuk orqali sharga o‘tib, uning ichki sirtini qizdiradi. Bu issiqlikni dvigatel uchun ham, metallurgiya ishlari uchun ham qo‘llashimiz mumkin. Biz olti ming daraja, ya’ni Quyosh sirtidagi bilan baravar haroratni bemalol hosil qilaveramiz. Oyga uchib ketayotgan paytingizda shar-zavodimizga ko‘zingiz tushmadimi?
— Ko‘rdim, — dedim men. — U kichkina planetachaga o‘xshaydi.
— Sharning orqasidagi osmonning yarmini to‘sib turgan kattakon to‘rt burchak narsani payqadingizmi?
— E’tibor bermabman.
— Ehtimol, sizlar narigi tomonidan uchib o‘tgandirsizlar. «Kvadrat» yon tomoni bilan turib qolgan. Quyosh yoritgan paytda u «to‘rt burchak oy» dan olis-olislardan ko‘rinib turadi. Bu fotoelement o‘n ming kvadrat metrli juda yupqa tunuka mis oksidi bilan qoplangan. Undan uzoqdan ko‘zga ko‘rinmaydigan ingichka simlar tortilgan. Uning tepasida bug‘ bilan isitish radiatoriga o‘xshash yanada ulkanroq inshoot joylashgan. Termoelektrik qurilma. Har xil metallardan yig‘ilib, o‘rtasi paypand qilingan metall quvurlar. Payvandlangan joyni quyosh qizdirganda elektr toki hosil bo‘ladi.
— Qisqasi, cheklanmagan miqdorda energiyaga egamiz. Maxsus metallni qayta ishlovchi mashinalarni yaratish qiyin emas edi. Toblashni, albatta, bu yerda qo‘llab bo‘lmaydi. Bolg‘alarning vazni yo‘q. Ammo uni bemalol shtampovka, press bilan almashtirish mumkin. Shuning uchun ham bizning fabrika va zavodlarimizda tutun, qurum, chang degan gap yo‘q. Hammayoq pokiza, jimjitlik, havo musaffo. Og‘ir narsalarni tashish hech gapmas. Bizning meteor ovlovchilarimiz minglab tonna temir, mis, cho‘yan, qalay, iridiy, platina, xrom, volfram yig‘ib qo‘yishgan. Ular shar orqasidagi «hovlida» «osilib» turibdi. Kerakli metallni zavodga ingichka sim bilan tortib olaveramiz. «Ichki tra, nsport» imiz shunaqa jo‘n. Ba’zan elektrokar o‘rnini bosuvchi kichkina raketokarlardan ham foydalanamiz. Bizda asosan elektr payvand qo‘llaniladi, lekin ayrim hollarda bevosita «quyosh payvand» ni ishga solamiz. Agar texnikaga sal bo‘lsa-da, qiziqsangiz, zavodimizni albatta borib ko‘ring… Darvoqe, bugun ertalab bizning vaqtimiz bilan soat o‘n ikkida qayerda edingiz?
— Oranjereya yoki laboratoriyada.
— Trevogani eshitdingizmi?
— Yo‘q.
— Demak, bu vaqtda Ketsdan naridagi laboratoriyada ekansiz. Bo‘lmasa eshitardingiz. Sirena shunaqa chiyilladiki! Men Parxomenkoning oldida o‘tirgan edim. Ketsdati to‘s-to‘polonni ko‘rganingizda edi!
— Nima uchun trevoga ko‘tarildi?
— Juda kam uchraydigan bir hodisa tufayli. Kets Yulduzi tarixida birinchi marta bo‘lishi. Kattaligi qumdan sal yirikroq bir meteor Yulduzimizni teshib o‘tib ketdi, yo‘l-yo‘lakay o‘simlik barglarini va xodimlarimizdan birining yelkasini ham teshib o‘tgan. U juda kichkina bo‘lgan. Buni shundan ham bilsa bo‘ladiki. Kets qobig‘ida hosil bo‘lgan teshik o‘sha zahotiyoq bitib, o‘z-o‘zidan payvand bo‘lib ketgan. Yelkasi teshilgan Gorevaning aytishicha, u olov «yarq» etib ketganini ko‘rgan, xuddi chaqmoq chaqqandagiday qars-qurs etgan tovushni eshitgan. O‘sha zahotiyoq trevoga e’lon qilingan. Axir, meteor qobiqda kat takon teshik qoldirishi ham mumkin edi-da. U holda gaz chiqib ketib, raketaga samoviy sovuqlik bostirib kirardi. Shuning uchun ham raketamiz xonalarga bo‘lingan. Eshiklar darhol o‘z-o‘zidan yopiladi, natijada raketaning boshqa xonalaridagi atmosfera chiqib ketolmaydi. Avariya yuz bergan xonaga skafandr kiygan ishchilar jo‘natiladi. Goreva o‘z xona sidan eshiklar yopilib qolmasdan ilgari chiqib olishga ulgurgan. Har ehtimolga qarshi kalitlar ham bor. Eshik yopilib qolganda kalit bilan ochib, chiqib ketish mumkin. To‘s-to‘polon bo‘lishiga qaramay, hamma tez va aniq harakat qilg‘an. Gorevaning yarasini ko‘rgan Meller, bunaqa «toza» yarani umrida ko‘rmaganini aytdi. Darvoqe, ninaning uchiday keladigan teshikni yara deyish ham qiyin. Bu «yara» hatto bog‘lab qo‘yishni ham talab qilmadi. Lekin ko‘p gapirvordim, — dedi injener qo‘l soatiga qarab. — Shunday qilib, sizni kutaman-a!
Men zavodni albatta borib ko‘rishga va’da berdim. Lekin bu va’dam amalga oshmadi. Boshqa ishlar bilan ovora bo‘lib ketdim.
Men zoolaboratoriyaga deyarli ko‘chib o‘tdim, ko‘pincha Ketsga hatto ovqatlanish uchun ham kelmas edim: qaytadan «g‘ovvos» kostyumini kiyish, atmosfera kameralari — shunga o‘xshash ishlar ko‘p vaqt olar edi, men esa har bir minut vaqtni qizganardim. Axir bu laboratoriyadagi bir minut Yerdagi soatlardan ko‘p narsa beradi: tajriba vaqtida har xil biologik protsesslar shu qadar tez o‘tadi. Pashshalar mutatsiyasi shundoq ko‘z oldimda yuz berardi. Men yangidan-yangi ajoyibotlarga duch kelardim. Mana. shu o‘zgarishlarni boshqarib turuvchi qonunlarni o‘rganishga qattiq kirishib ketdim. Ularni nglash — hayvoyalarning o‘sishi va rivojlanishini erkin boshqarishning yangi, qudratli qurolini topish demak. Men hujayra yadrolarini va ulardagi irsiy belgilarni tashuvchi xromosomlarni o‘rganib chiqdim. Endi pashshadan xohlagan jins va kattalikdagi naslni bexato olishim mumkin edi.
Yerdagi chorvachilikni rivojlantirishning qanday istiqbollari mavjud! To‘g‘ri, Yerda kosmik nurlar bu yerdagiday mo‘l emas. Lekin u yerda ham sun’iy ravishda kosmik nurlar hosil qilish usulini topishgan. Albatta, qimmatga tushadi, leqin tajribalarni bu yerda o‘tkazib, natijasini Yerga xabar qilish mumkin. Yerda ham istagan natijani olish uchun maxsus kameralarda hayvonlarni sun’iy ravishda kosmik nurlantirishdan o‘tkaza boshlashadi. Ana o‘shanda tabiatdan tilab o‘tirmay, xohlaganimizcha sigir-buqalarni yetishtiraveramiz. Xohlagan kattalikdagi hayvonlarni yetishtiraveramiz. Filday keladigan sigir kuniga o‘nlab paqir sut beradi. Axir bu odamni o‘ziga batamom jalb qiladigan mayeala emasmi?
Ishga sho‘ng‘ib ketganimga qaramay Jipsini unutmadim. U ham menga o‘rganib qolgan edi, yonimdan bir qadam ham — nari jil masdi. U bilan zerikmasdi odam. To‘g‘ri, uning tashqi ko‘rinishiga ko‘nikish ancha qiyin bo‘ldi. Lekin men ko‘nikdim, itning badbasharaligi ko‘nglimdan chiqib qetdi.Hatto Jipsining ko‘zlari ham ancha muloyimlashgandek bo‘ldi.
Odamlar o‘zlarining to‘rtoyoqli do‘stlari bilan hammavaqt ham tuzuk muomala qilishmaydi-,da. Ayniqsa, Kramer «Hey kal! — deb o‘shqiradi u Jipsini ko‘rdi deguncha, musht o‘qtalib. — Yaqinlashma menga!» Shunday bo‘lgach, Jipsi uni jinidan ham mon ko‘radi-da, albatta.
Jipsini«gapirishga» o‘rgatish «shartli til» tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. U yoki bu munosabat bilan Jipsi chiqargan tonushlarni eslab qolishga harakat qilardim. Bu tovushlar nutq tovushlariga o‘xshamasa ham, lekin harholda bir-biridan farq qilardi. Jipsining o‘zi ham ohang va pauzalarga e’tibor berib, menga ko‘maklasha boshladi. Shunday qilib, asta-sekin bir-birimizni erkin tushunadigan, bo‘lib qoldik. Lekin noqulay tomoni shundaki, Jipsi hamon yolg‘iz men anglaydigan «muhojir» ligicha qolaverardi. Buning ustiga u meni juda yaxshi ko‘rardi. Ko‘pincha kelib qo‘limni yalardi— unda itlarga xos erkalanish saqlanib qolgan edi. O‘zining nozik tuyg‘ularini u boshqa qanday yo‘l bilan ham ifodalay oladi, deysiz?
Ayniqsa, Jipsining g‘oyat mehribonlik va chidam bilan kuchukchalarni harakat qilishga va vaznsiz bo‘shliqda uchishga o‘rgatishini kuzatish maroqli edi. Afsus, bu manzara kinoplyonkaga tushirilmagan.
Unga qarab turib, o‘ylardim: insonga xizmat qildirishda hayvonlardan hali juda yomon foydalanamiz! Panjalari parda bilan qoplangan Jipsi Yerda yurishga yaxshi moslashmagan. Uning suyak va paylari zaif bo‘lishi mumkin. Lekin bu yerda Yer Sharoitiga yaroqli, yaxshi rivoj topgan itlarni yaratishdan osoni yo‘q. Faqat ularni sun’iy og‘irlik bor joyda o‘stirish kerak. Kosmik nurlar mo‘l bo‘lgani uchun bu yerda ularning miyasi Yerdagidan tez taraqqiy etadi. Masalan, Jipsining hid bilish va eshitish qobiliyati juda kuchli. U biror hodisa yuz bersa signal chiroqlarini yoquvchi, qo‘ng‘iroq tugmasini bosuvchi, akillab telefonda chaqiruvchi ajoyib qorovulgina emas, balki ishlab chiqarishdagi o‘ziga xos tirik reaktiv bo‘lishi ham mumkin edi. U hiddagi, haroratdagi, tovush va rangdagi salgina o‘zgarishni ham sezadi va shu zahotiyoq signal bera oladi. Bu ishni avtomatlarimiz ham a’lo darajadabajaradi, albatta. Lekin Jipsi avtomat emas, binobarin, u ko‘proq narsa qila oladi: U faqat «sezibgina» qolmaydi, balki ana shu avtomatlar yordamida ishning yo‘nalishini o‘zgartiradi.
Jipsini u yoki bu topshiriq bilan jo‘natgan paytlarymda juda sevinib ketar va bu topshiriqlarni deyarli hammavaqt bexato bajarardi. Agar gapimni tushunmasa, bosh chayqardi. «Ha» va yo‘q» degan so‘zlarni u «va», «vve» degan tovushlar bilan izhor etardi.
Uning menga bo‘lgan sadoqati nihoyasiz edi. Bir gal laboratoriyamizga Yerdan yaqindagina chiqqan bir xodim uchib kelib, oldimda qanotlarini beo‘xshov silkita boshladi. Jipsi bu odam meni urmoqchi bo‘lyapti deb o‘yladi shekilli, shiddat bilan unga tashlanib, bir tomonga uloqtirib yubordi. Qarshisida g‘alati maxluqni ko‘rgan bechoraning yuragi yorilib o‘lishiga sal qoldi.
Jipsi bilan xayralashish men uchur og‘ir bo‘ladi, Yerga olib tushish esa mumkin emas. U Yerda yashay olmaydi.
Qisqasi, Jipsidan g‘oyat mamnun edim. Lekin Faleyev borgan sari meni hayratga solardi. Bu odam shundoq ko‘z oldimda tamom o‘zgarib ketdi. U tobora anqovlashib borardi. Ba’zan oddiy narsalarni ham tushunmay qarshimda uzoq vaqt «osilib» turaverardi. Ishi mutlaqo yurishmasdi. U hamma narsani unutib qo‘yar, ko‘p xato qilardi. Hatto tashqi qiyofasi ham boshqacha bo‘lib qoldi, o‘ziga qaramay qo‘ydi: soqol-mo‘ylovi o‘sib ketgan, kostyumini ahyonda bir almashtiradi, vannaga zo‘rlab olib bormasang o‘zicha bormaydi. Eng qizig‘i, u jismoniy jihatdan o‘zgara boshladi. Avval ko‘zlarimga ishonmadim, keyin borgan sari uning bo‘yi cho‘zilib ketayotganiga ishonch hosil qildim. Yuzi ham cho‘zilinqiragan, pastki jag‘i turtib chiqa boshlagandi. Oyoq va qo‘l barmoqlari uzayib, kemirchak va suyaklari yo‘g‘onlasha boshlagandi. Xullas, akromegaliya kasali bilan og‘rigan kishiga o‘xshardi. Bir kuni uni ehtimol bir oydan beri o‘zi yaqinlashmagan ko‘zgu ro‘parasiga olib keldim.
— Qarang, kimga o‘xshab ketibsiz!
U ko‘zguga uzoq tikilib turdi-da:
— Bu kim? — deb so‘radi.
Bu odamning esi joyidami!
— Siz-da, albatta.
— Taniyolmayapman, — dedi Faleyev. — Nahotki shu men bo‘lsam? Jipsidan battar. — Bu so‘zlarni u tamom beparvolik bilan aytdi, ko‘zgudan uzoqlashgach, shu zahotiyoq boshqa narsalar haqida gapirib ketaverdi.
Yo‘q, bu odamni davolash, tezda davolash kerak.
Men shu kuniyoq Ketsga uchib borib, bu haqda Mellerga xabar bermoqchi bo‘ldim. ch Lekin o‘shd kuni yana bir hodisa yuz berdi-yu, Mellerga endi bir emas, ikki bemor haqida gapirishga to‘g‘ri keldi.
XIX. G‘ALATI KASALLIK
Prujinali soatlarimiz (vaznsizlik olamida kapgirli soatlar ishlamaydi) kech oltiga yaqinlashib qolgan edi. Faleyev Kets Yulduziga uchib ketdi, Zorina hali zoolaboratoriyada edi. Bu qiz menga o‘xshab ishga berilib ketganidan ko‘pincha kechgacha shu yerda bo‘lardi. Doimo quvnoq, xushchaqchaq, ochiq ko‘ngil bu qiz faqat yaxshi xodimgina emas, balki ajoyib o‘rtoq ham edi.
U menga turli ilmiy masalalar yuzasidan tez-tez murojaat qilib turar, men ham bajonu dil yordam berardim.
Bu gal ham shunday bo‘ldi.
Vera Zorina sovuqning yungning o‘sishiga ta’sirini o‘rganish ustida ish olib borardi. Tajriba qilinayotgan hayvon past haroratli maxsus kamerada saqlanar va u yerda issiq kostyumda ishlashga to‘g‘ri kelardi. Bu kamera quvurnusxa laboratoriyamizning oxiriga joylashgan edi.
Men bir o‘zim shisha yashik oldida kattaligi kabutarday Kladigan bahaybat pashshani kuzatib o‘tirardim. Gavdasining shu qadar kattaligiga qaramay pashshaning qanotlari asalarinikiday edi. Chunki uchish vaqtida bu qanotlarning deyarli yordami tegmasdi, pashsha o‘z uyasining shisha devorlari bo‘ylab o‘rmalab yurishni afzal qo‘rardi. Bu ulkan pashsha endi jinsi noma’lum maxluq emas edi. U urg‘ochi pashsha edi — o‘z xohishim bilan yaratilgan. Uz muvaffaqiyatim oqibatlari haqida xayol surib o‘tirib, Jipsining yonimga uchib kelganini ham nayqamay qolibman. U o‘z tilida bir narsalarni tushuntira boshladi. Keyin angladimki, meni Zorina chaqirayotgan ekan.
O‘rnimdan turdim. Jipsi pardali g‘anjalarini silkitib oldin uchib ketdi, men uning orqasidan uchdim. Laboratoriyaiing oxiriga yetganda issiq kostyum kiyib, kameraga kirdim. Shift ostida qo‘y osilib turardi. Uning yungi shu qadar uzun ediki, hatto oyoqlari ham ko‘rinmasdi. Ushlab ko‘rdim — shunaqa mayinki, naq ipak deysiz. Chinakam oltin yung! Qo‘y huddi oppoq bulutlar qurshovida qolganday.
— Chakki emas! — dedim men. — Ishingiz yurishib ketibdi.
— Buni qarang, — dedi Zorina entikib, — qo‘yning yungini mqindagina olgan edim. Yana o‘sib qolibdi, hatto ilgarigidan ham uzunroq. Lekin bir oz dagalroq bo‘lib qolgan. Shundan tashvishlanyapman.
— Yo‘g‘-e, ipak bundan mayin bo‘lishi mumkin emas, — e’tiroz bildirdim men.
— Lekin o‘rgimchak uyasi ipakdan nozik, — deya o‘z navbatida e’tiroz bildirdi Zorina ham. — Mana, ushlab ko‘ring. — U menga bir tutam gazday yengil, oppoq yung uzatdi.
Zorina haq: qirqib olingan yung mayinroq edi.
— Nahotki qirqib olingandan keyin yung dag‘al bo‘lib qolsa? — so‘radi qiz.
Men darrov javob berolmadim.
— Bu yer sovuq, — dedim men. — Chiqib gaplashaylik.
Biz kameradan laboratoriyaga o‘tib, po‘stinlarimizni yechdikda, ularni shundoqqina yonimizda, havoga «ilib» qo‘yib, gapga tushib ketdik. Derazadan zangori quyosh ko‘rinib turibdi. Pastroqda yer ulkan oyday ko‘zga tashlanadi. Somon yo‘li tuman doglari. Tanish, odatdagi manzara… Zorina oyog‘ining uchini shift» dagi qayish halqadan o‘tkazib olib, quloq solardi.
Men Jipsining boshidan quchoqlagancha deraza oldida turardim.
Birdan Jipsi bezovtalanib,«Kgmrrr…» deya g‘udurladi. Shu zahotiyoq Kramerning tovushini eshitdim:
— Osmondagi farog‘at! Yulduzda duet!
Darrov Zorina bilan ko‘z urishtirib oldim. Uning qoshlari chimirilib ketgan edi. Jipsi yana irillay boshladi, lekin uni tinchlantirdim. Kramer o‘ng qanotini asta silkitib, bizga yaqinlashib kelardi.
— Vera bilan gaplashishim kerak! — dedi u to‘xtab, ko‘zlarimga tikilgacha.
— Men xalaqit beramanmi? — so‘radim men.
— Uzingizning farosatingiz bo‘lishi kerak! — deb javob berdi Kramer jahl bilan. — Siz bilan keyinroq gaplashaman!
Men oyog‘im bilan devorni qattiq turtib, laboratoriyaning narigi burchiga uchib ketdim.
— Qayoqqa, Artemyev! — Zorinaning ovozi eshitildi orqam dan.
Yarim yo‘lda o‘girilib qarab, ikkilanib turgan Jipsini ko‘rdim, u mening orqamdan uchishni ham, qiz bilan qolishni ham bilmasdi. U Zorinani meni sevganday sevardi.
— Yur, Jipsi! — deb qichqirdim men.
Ammo Jipsi birinchi marta buyrug‘imni bajarmadi. U Zorina bilan qolib, uni qo‘riqlashini aytdi. Bu javobni Kramer albatta tushunmadi. Jipsining «so‘zlari» uning uchun irillash va akillashdan boshqa narsa emas edi. Qaytanga yaxshi!
Men pashsha kamerasi oldida to‘xtab, laboratoriyaning u burchida bo‘layotgan voqeaga quloq sola boshladim. Kramerning vajohati va xatarni sezgan itning xatti-harakati meni sergak qilib qo‘ygan edi.
Lekin hammayoq jimjit edi. Jipsi akillamasdi. Kramerning hem tovushi eshitilmasdi. Ehtimol, shivirlab gapirayotgandir. Laboratoriyamiz atmosferasi yerdagiday zich emas, shuning uchun tovush pasayadi. Ikki minutlar chamasi kutish bilan o‘tdi. Shu payt birdan Jipsining qattiq akillab, chaqirgani eshitildi. Keyin u jim bo‘lib qoldi, saldan so‘ng bo‘g‘iq irillay boshladi.
Men shiddat bilan izimga qaytdim.
Ko‘z oldimda dahshatli manzara namoyon bo‘ldi.
Kramer Zorinani bo‘g‘ardi. Vera uning qo‘lidan xalos bo‘lishga urinar, lekin buning uddasidan chiqolmasdi. Jipsi Kramerning yelkasidan tishlab olgan edi. U itdan qutulish uchun butun gavdasi bilan silkinardi. Shunday qilib, har uchovlari laboratoriyaning o‘rtasida dumaloq bo‘lib aylanishardi.
Men uchib kelib o‘zimni eshilib ketgan to‘da o‘rtasiga urdim va Kramerning tomog‘idan mahkam ushlab oldim. Boshqa ilojim qolmagan edi.
— Jipsi! Yordamga chaqir! Qo‘ng‘iroq! Telefon! — deb qichqirdim men.
Kramer xirillar, lekin Zoriiani qo‘yib yubormasdi. Uning barmoqlari go‘yo toshday qotib qolgan edi. Yuzi burishib ketgan, ko‘zlari ola-kula.
Jipsi ko‘ng‘iroq tomon uchib borib, «trevoga» tugmachasini bosdi. Keyin yonimga qaytib kulib, Kramerning burnidan tishladi. Kramer dodlab qo‘lini qo‘yib yubordi. Jipsi shu zahotiyoq o‘zini chetga oldi.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Kets Yulduzi - 11
  • Parts
  • Kets Yulduzi - 01
    Total number of words is 4025
    Total number of unique words is 2043
    36.2 of words are in the 2000 most common words
    53.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 02
    Total number of words is 4120
    Total number of unique words is 2033
    36.3 of words are in the 2000 most common words
    53.6 of words are in the 5000 most common words
    63.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 03
    Total number of words is 4194
    Total number of unique words is 2092
    35.1 of words are in the 2000 most common words
    51.5 of words are in the 5000 most common words
    60.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 04
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 2152
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    50.7 of words are in the 5000 most common words
    57.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 05
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 1954
    34.9 of words are in the 2000 most common words
    50.6 of words are in the 5000 most common words
    59.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 06
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1938
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    51.8 of words are in the 5000 most common words
    61.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 07
    Total number of words is 4262
    Total number of unique words is 1964
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    60.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 08
    Total number of words is 4242
    Total number of unique words is 2020
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    52.0 of words are in the 5000 most common words
    61.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 09
    Total number of words is 4215
    Total number of unique words is 2098
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    49.5 of words are in the 5000 most common words
    57.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 10
    Total number of words is 4187
    Total number of unique words is 2024
    34.6 of words are in the 2000 most common words
    50.1 of words are in the 5000 most common words
    59.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 11
    Total number of words is 3764
    Total number of unique words is 1921
    35.9 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    60.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.