Kets Yulduzi - 11

Total number of words is 3764
Total number of unique words is 1921
35.9 of words are in the 2000 most common words
52.8 of words are in the 5000 most common words
60.2 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Lekin hali g‘alaba iash’asini surishga erta edi. To‘g‘ri, men Verani Kramerdan uzoqroqqa itarib yuborishga muvaffaq bo‘ldim. Lekin Kramer shu okning o‘zida Jipsining yuziga musht soldi-yu, keyin menga tashlandi. Odatdan tashqari kurash boshlanib ketdi. Men Kramerdan chetlanish uchun jon-jahdim bilan qanotlarimni silkitardim. Lekin vaznsiz bo‘shliqda harakat qilishga mendan ko‘ra ustaroq bo‘lgan raqibim o‘z holatini tez o‘zgartirar va kutilmaganda bosh tomonimda paydo bo‘lib qolar edi. Shunda Jipsi o‘rtamizga tashlanib, Kramerning yuziga chang solishga urinardi.
Kramer meni tinimsia mushtlar va tepardi. Xayriyatki, raqibimning zarbasi sira ta’sir etmasdi. Faqat gavdasi devordan qaytib kelib urilgandagina turtki sezardim.
Nihoyat u meni orqadan ushlab olishga muvaffaq bo‘ldi, barmoqlari tomog‘im sari o‘rmalay boshladi. Shu on Jipsi uning o‘ng qo‘liga osilib oldi. Kramer itni uloqtirib yuborish uchun chap qo‘lini ham bo‘shatishga majbur bo‘ldi, lekin shu payt jangga Vera ham tashlandi. U Kramerning oyog‘idan ushlab oldi.
— Qo‘ying, Kramer! Uch kishiga kuchingiz yetmaydi! — deya uni murosaga chaqirdim.
Lekin u quturib ketgan edi.
Laboratoriyada odamlarning tovushi eshitildi. Ko‘p o‘tmay besh yigit bizni bir-birimizdan ajratishdi. Kramer hamon talpinar, tipirchilar va ovozining boricha qichqirardi. To‘rt yigit uni ushlab turishdi, bittasi kichkina omborxonamizdan arqon olib keldi. Kramerni bog‘lashdi.
— Meni havosiz bo‘shliqqa tashlab yuboringlar! — deb xirillardi u.
— Qanday sharmandalik! — dedi haligilardan bittasi. — Ketsda hech qachon bunday hodisa bo‘lmagan edi.
— Direktorimiz, o‘rtoq Parxomenko, sud qilish vakolatiga ham ega. Menimcha, bu bezorilik birinchisi va so‘nggisi bo‘ladi, — dedi yana biri.
— Buni sud qilishga shoshilmanglar, o‘rtoqlar, — dedim men. — Nazarimda, Kramerni sud qilish emas, balki davolash kerak. U kasal.
Kramer tishini bir g‘ichirlatdi-yu, indamadi.
Yana to‘polon qilib qolishidan qo‘rqib, uni shundayligicha, oyoq-qo‘li bog‘liq holda «g‘ovvos» kostyumiga tiqishdi va bir qop yukday Ketsga olib ketishdi. Zorina ikkovimiz ham o‘sha yoqqa jo‘nadik. Laboratoriyada faqat bitta navbatchi bilan Jipsi qoldi.
Qetsga kelganimizdan keyin Kramerni darhol Mellerga ko‘rsatishlarini talab qildim. Men unga Kramer bilan tanishgan kunimizdan boshlab to so‘nggi xatti-harakatlarigacha gapirib berdim. Shuningdek, Faleyev ham jismoniy va ruhiy kasal, nazarimd, ularning kasalini keltirib chiqargan sabab bitta bo‘lsa kerak, degan fikrni ham aytdim.
Meller gaplarimni diqqat bilan eshitib, pirovardida dedi:
— Ha, shunday bo‘lishi mumkin. Yulduzdagi sharoit juda ham boshqacha. Bunaqa hol ilgari ham yuz bergan edi. Dastlabki xodimlarimizdan biri o‘zini «nrigi dunyoda» deb his qilgan edi. Ongimizda hali qanday sarqitlar borligini tasavvur qilyapsizmi?
U Kramerni, so‘ng Faleyevni keltirishlarini talab qildi.
Kramer savollarga javob bermadi, xo‘mrayib turaverdi va faqat bir marta haligi gapini takrorladi:
— Meni havosiz bo‘shliqqa tashlab yuboringlar.
Faleyev Mellerni battar hayratga soldi. Uning javoblaridan Meller bir xulosaga keldi nazarimda. Ikkovlarini olib chiqib ketishgach, u dedi:
— Siz tamomila haqsiz. Ikkovi ham kasal, og‘ir kasal. Kramerni sud qilish to‘g‘risida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas. Unga achinish kerak. Bu ilmiy burch yo‘lidagi qurbon. Axir, siz biolog bo‘la turib, buning sababini anglamadingizmi?
— Men bu yerda yangi odamman, qolaversa, medik emasman… — dedim men xijolat bo‘lib.
— Lekin buni bilish qiyin emas edi. Darvoqe, o‘zim ham sizdan durust emasman. G‘aflatda qolnbman… Hamma gap kosmik nurlarda! Bir o‘ylab ko‘ring-a. Yer sirtidan atigi yigirma uch kilometr balandlikda kosmik nurlanish kuchi yerdagidan uch yuz marta ko‘p. Atmosfera qatlamidan yuqoridamiz, binobarin, kosmik nurlar bizga yerdagidan ming marta ko‘proq ta’sir qiladi…
— Uzr, — deb unyng gapini bo‘ldim. — U holda Ketsdagi hamma odamlar quturib ketishi yoki majruh bo‘lib qolishi kerak edi. Lekin unday bo‘lmayapti-ku.
Meller aybsitib bosh chayqadi.
— Siz hali ham tushunmadingiz! Buning uchun Kets quruvchilariga rahmat aytishimiz kerak. Kosmik nurlar xatarli emas, degan fikrlar bo‘lishiga qaramay, Ketsni bunyod etgan quruvchilar havodagi maskanimiz qobig‘ida izolyatsion qatlam yaratganlar. Bu qatlam kuchli kosmik nurlar ta’siridan bizni himoya qiladi. Tushunarlimi?
— Buni bilmas ekanman…
— Laboratoriyalarning bir qismi esa — o‘simliklar fiziologiyasi laboratoriyasi bilan zoolaboratoriya — kosmik nurlar ni to‘la o‘tkazadigan qilib qurilgan. Ularning hayvonlar organizmi va o‘simliklarga ta’sirini o‘rganishimiz kerak edi. Sizning pashshalar va boshqa yirikroq hayvonlar ustida olib borgan tajribalaringiz nimaga asoslangan, axir? Mutatsiyalar qayerdan kelib chiqadi? Kosmik nurlar ta’siridan. Siz buni bilasizmi?
— Buni bilaman. Endi tushundim…
— Barakalla. Pashshalar o‘zgaradi; it, echki, qo‘ylardan kim bilsin qanday maxluqlar binoga keladi. Nima, siz o‘zingiz boshqa xamirdan yasalganmisiz? Ularga ta’sir qiladi-yu, sizga ta’sir qilmaydimi? Men shunaqa bo‘lishini bilardim! Ogohlantirganman ham. Meni sizga o‘xshagan biologlar yupatishdi: hech narsa qilmaydi, deyishdi. Mana, bir odamni jinni, ikkinchioini majruh qilib o‘tirishibdi. Kosmik nurlar bezlarga ta’sir etgan, bezlar esa jismoniy va ruhiy faoliyatni buzgan. Bu aniq… Faleyevning kasali — akromegaliya. Bu kasallikni tezda bartaraf qilamiz. Lekin Kramer ancha ovora qiladi. Agar siz ham, azizim, shunday laboratoriyada ikki yil ishlagangizda, ehtimol, xuddi shund; ahvolga tushgan bo‘lardingiz.
— Xo‘sh, endi nima qilish kerak? Men ishni tashlab ketolmayman.
— Tashlab ketishning keragi yo‘q. Chorasini topamiz. Rentgenologlar, radiologlar xavfli nurlar bilan muomala qilishadi ku, faqat odam o‘zini himoya qila bilishi kerak. Izolyatsion qalpoq, izolyatsion kiyim kiyishga to‘g‘ri keladi. Tajriba ostidagi hayvonlar bevosita nur ta’sirida turishaveradi, ilmiy xodimlar esa — kosmik «yomg‘ir» ni o‘tkazmaydigan «tom» ostida bo‘lishadi. Bunday «jala» yog‘ib turgan tajriba kamerasiga faqat «soyabon» bilan kirish mumkin. Men aytaman, injenerlarimiz kerakli narsalarning hammasini muhayyo qilishadi.
XX. QORASOQOL YEVGENYEV-PALEY
Yerni tark etganimga sakkiz oy bo‘ldi.
Kets Yulduzi bayramga ayyorlanardi. Bu yerda har yili Yulduz binoga kelgan kun tantanali nishonlanadi. Ko‘pdan beri yashayotgan odamlarning aytishicha, shu kuni osmon mustamlakachilarining hammasi, kim qayerda bo‘lmasin, Kets Yulduziga to‘planarkan. Dokladlar qilishar, qilingan ishlar yuzasidan yillik hisobot tinglanar, o‘z yutuqlari haqida birbirlariga axborot berishar, tajriba alyashishar, kyolajakda qilinadigan ishlarning rejasini tuzisharkan. Bu yil bayramga alohida tayyorgarlik ko‘riladi. Men bu kunni sabrsizlik bilan kutardim: nihoyat, faqat Tonyanigina emas, balki tutqich bermas qorasoqolni ham ko‘rishimni bilardim.
Yulduzda tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Gulxonadan har xil gul va ko‘katlar keltirib, asosiy zalni yasatishdi. Rassomlar plakatlar, portretlar, diagrammalar chizishar, sozandalar yangi qo‘shiqva kantatalar o‘rganishar, artistlar pyesani; mashq qilishar, ilmiy ishlarning rahbarlari dokladlar yozishardi.
«Kechqurun» lari rang-barang chiroqlar bilan yoritilgan ko‘mko‘k «tonnel» bo‘ylab uchish gashtli edi. Hamma joyda bayram nafasi, atrofdan yoshlarning g‘ala-g‘ovuri, qo‘shiq-kuy eshitiladi. Har kuni yangi-yangi odamlar paydo bo‘lib qoladi. Ko‘pchiligi yoshlar. Eski tanishlar bir-birlarini shovqin-suron bilan qutlashadi va darhol taassurotlarga tushib ketishadi.
— Sen qayerdan?
— Asteroidlar mintaqasidan.
— Saturn halqasida bo‘ldingmi?
— Albatta!
— Gapir! Gapir! — degan ovozlar.
Haligi odamning atrofiga bir zumda olomon to‘plandi, to‘g‘rirog‘i, olomon emas, g‘ujum: og‘irlik juda oz, shuning uchun ko‘pchilik hikoya qilayotgan odamning boshi ustida uchib yuribdi.
— Saturn xalqasi, o‘zlaringiz bilasizlar, bir xil yo‘nalishda parvoz qiluvchi behisob zarralardan iborat. Bu, aftidan, parchalanib ketgan planeta — Saturn yo‘ldoshining qoldiqlari. Ularning orasida mayda toshlar ham, xarsanglar ham, tog‘day keladiganlari ham bor.
— Halqada toshdan-toshga sakrab yursa ham bo‘ladimi? — deb so‘radi kimdir.
— Albatta, bo‘ladi, — javob berdi kulib hikoya qiluvchi uning chin gapirayotganini ham, hazillashayotganini ham bilib bo‘lmasdi. — Men shunday qildim. Ba’zi toshlar bir-biriga shunaqangi yaqin uchadiki, bemalol sakrab o‘tish mumkin. Lekin, umuman olganda, ular orasidagi masofa judayam yaqin emas. Ammo portativ raketalar yordamida toshdan-toshga sakrab yuraverdik. Ana boyligu mana boylik! Ba’zi toshlar nuqul oltin, ayrimlari — kumush, lekin ko‘pchiligi temirdan iborat.
— Albatta, oltin olib kelgandirsan?
— Namunalar keltirdik. Saturn halqasi bizga yuz yilga yetadi. Bu ajoyib marjondan bittalab tosh terib olaveramiz. Avval maydalarini, so‘ng yiriklarini ham.
— Saturn o‘zining nafis bezaklaridan mahrum bo‘lar ekanda. Achinarli, — dedi yana birov.
— Rost, manzara juda go‘zal. Agar halqa bilan bir xil tekislikda uchsangiz, faqat uning qirrasini — yarqiroq planetani kesib o‘tgan ingichka, yorug‘ chiziqni ko‘rasiz. Tepadan qarasangiz, behad chiroyli ravshan halqa ko‘zga tashlanadi. Yen tomondan esa — goh to‘g‘ri, goh cho‘ziq ellipsis bo‘lib yoki hatto parabola shaklida osmonning yarmini chulg‘ab yotgan tilla yoy nigohingizni tortadi. Bunga yana o‘nta yo‘ldosh oyni qo‘shing, ana shundan keyin sayyohni qanday ajoyib makzara kutayotganini tasavvur qilavering.
— Saturnga qo‘ndilaringizmi?
— Yo‘q, buni senga qoldirdik, — dedi hikoya qiluvchi. Hamma kulib yubordi. Lekin Febda, Yapetada bo‘ldik. Atmosferasiz kichkina oychalardan boshqa narsa emgs. Osmon manzarasi hamma yerda ham ajoyib.
— Qisqasi, stratosferani o‘z xonamizdagi atmosferaday o‘rganib oldik. Biz uchun hech qanday sir qolgani yo‘q… — Men tanishim Sokolovskiy bilan birga uchgan aerologning ovozini eshitdim.
Geologga qo‘l silkigan edim, shu iayt Tyurinni ko‘rib qoldim. U direktor Parxomenko bilan yonma-yon harakat haqida allanarsalarni gapirib borardi. Harakat falsrfasi xususida doklad qilmoqchimikan-a?..
Parxomenko Zorinaning oldida to‘xtadi. Direktorni bu qiz bilan ko‘p marta uchratganman. Yaxishyamki, Kramer go‘rmayapti. U bechora hali ham izolyatorda. Tyurin olimlarga xos parishonlik bilan hatto hamrohining qolib ketganini ham nayqamay, hanuz gapirib borardi:
— Harakat — ezgulik, harakatsizlik — yovuzlik. Harakat — boylik, harakatsizlik…
Orkestr sadosi yangi falsafa targibetchisiniig ovozini bosib ketdi.
Men bosh yo‘lakni aylanib uchib chiqdim, ulkan zal, oshxona, «stadion», cho‘miladigan hovuzni ko‘zdan kechirdim. Hamma yerda odam: birov uchgan, birov sakragan, birov o‘rmalagan. Hamma yerda kulgi va xushchaqchaqlik… Lekin ularning orasida Tonya yo‘q… Yuragim siqilganidan to‘rt oyoqli do‘stim bilan suhbatlashish uchun zoolaboratoriyaga qarab jo‘nadim.
Nihoyat bayram kuni ham yetib keldim. Mustamlakachilarning hammasi bemalolroq joylashish uchun Yulduzdagi og‘irlik kuchini butunlay yo‘qotishdi. Iig‘ilganlar bo‘shliqni batamom egallab olishdi. Zal xuddi ichiga pashsha to‘ldirilgan shisha qutini eslatardi.
Io‘lakning oxiriga ochiq sahna qurilgan. Sahnaning orqasida chiroyli ishlangan yaltiroq lavha. Unda Yer, Kets Yulduzi va Oy tasvirlangan. Lavhaning kattakon tuxum shaklidagi kemtik yeriga Konstantin Eduardovich Siolkovskiyning platinadan yasalgan haykalchasi o‘rnatilgan. U ishlab turgan vaziyatda: tizzasiga taxtacha bilan qog‘oz qo‘yib olgan. Ung qo‘lida qalam. Odamlarga yulduzlar sari yo‘l ko‘rsatgan buyuk ixtirochi go‘yo notiqlar so‘ziga quloq tutganday bir lahzaga yshdan bosh ko‘targan. Rassom-haykaltarosh qulog‘i og‘irroq mo‘ysafidning yuzidagi taranglikni va o‘zining uzoq umrini «bekor o‘tkazmagan» bu odamning mayin tabassumini goyat mohirlik bilan aks ettirgandi. Elektr nuri ravshan yoritib turgan kumushrang haykal kishida unutilmas taassurot qoldirardi.
Hay’at stoli vazifasini havoda osilib turgan tilla halqa bajarardi. Hay’at a’zolari qo‘llari bilan halqadan tutgancha uning atrofiga joylashishdi. O‘rtada direktor Parxomenko paydo bo‘ldi. Zaldagilar uni qiyqiriq va qarsaklar bilan qarshi olishdi.
Shu payt kimdir qo‘limdan tutganini payqadim. O‘girilib qarasam — Tonya!
— Senmisan! — deya xitob qila oldim, xolos. Shunday qilib, kutilmaganda, Tonyani sansirab yubordim.
Ketsdagi qoidaga xilof ravishda biz qattsq qo‘l qisishib ko‘rishdik.
— Ish bilan tutilib qoldim! — dedi Tonya. — Yana bitta kashfiyot qildim. Bu yerda juda foydali, lekin, afsuski Yerda kam qo‘llaniladi… Maskanimizni teshib o‘tib, sal bo‘lmasa halokatga giriftor qilayozgan mitti asteroid yodingda bormi? Shundan so‘ng, ehtimollik nuqtai nazaridan bunday hollar juda oz bo‘lsa ham, harholda yuz berib turishiga ishonch hosil qildim. Shuning uchun bir ixiro…
— Demak, kashfiyot emas, ixtiro?
— Ha, ixtiro. Men hatto eng kichkina asteroid yaqinlashganini ham oldindan payqab, Yulduzni uning yo‘lidan avtomatik tarzda surib qo‘yadigan apparat ixtiro qildim.
— Kema yo‘lida ko‘chma muz tog‘lari paydo bo‘lgani haqida xabar beruvchi radioapparatlarga o‘xshagan-da?
— Ha, faqat bitta farqi shuki, mening apparatim faqat ogohlantirmaydi, balki «kema» ni chetga surib ham qo‘yadi. Keyin batafsil gapirib beraman. Parxomenko dokladni boshlamoqchi.
Hamma jim bo‘ldi.
Direktor to‘planganlarni «yulduz yilining muvaffaqiyatli yakunlanganligi» bilan tabrikladi. Gulduros qarsaklar, yana sukunat.
Keyin u yakun yasab, Yer farzandi bo‘lgan Kets Yulduzi o‘z «onasiga qarzini qaytara boshlagani» haqida gapirdi. Ketsliklar ulkan yutuqlarni qo‘lga qiritdilar, ular astronomiya, aerologiya, geologiya, fizika, biologiya sohasidagi o‘z ishlari bilan butun insoniyat xazinasini boyitdilar. Qanchalab yirik ilmiy kashfiyotlar qilindi, Yerda hal qilib bo‘lmaydigan ne-ne muammolar hal etildi! Chunonchi, Tyurin favqulodda qimmatli kashfiyotlar ochdi. Uning «Fazo tuzilishi» kitobi fan tarixiga butun bir davr yaratuvchi klassik asar bo‘lib kiradi. Uning nomi Nyuton va Galiley kabi fan siymolarining nomi bilan yonma-yon turadi, dedi.
Aerolog Kistenko, geolog Sokolovskiy,«mashhur Ixtirochi va eksperimentator o‘rtoq Gerasimova» ning ishlari ham yuksak baholandi, mening arzimas ishlarim haqida ham, nazarimda, sal oshiribroq to‘xtalib o‘tildi.
— O‘rtoq Yevgenyev o‘zini osmon bo‘shliqlarini zabt etuvchi chinakam qahramon sifatida namoyon qildi, — dedi Parxomenko na orqadagilardan biriga qarab chapak chala boshladi.
Yevgenyev! Qorasoqol! Men bo‘ynimni cho‘zib, uni ko‘rishga urinaman, lekin qahramon o‘zini panaga oladi. U qarsaklarga ham chiqmadi.
— Kamtarlik qilyapti, o‘rtoqlar, — dedi Parxomenko. — Lekin uni asteroidlar mintaqasida kechirgan ajoyib sarguzashtlari haqida gapirishga majbur qilamiz. Ekspeditsiya boshlig‘i bizning oldimizda hisob berishi kerak.
Nihoyat, halqada Yevgenyev paydo bo‘ldi. Men uni darrov tanidim.
— Xo‘sh, bir ko‘rishda tanirmiding uni? — deb so‘radim Tonyadan. Tonya jilmaydi.
— Soqolsizlar orasida — tanirdim, lekin o‘ziga o‘xshagan soqol qo‘yganlar orasida bo‘lsa, tanish qiyin. Aerodromga ketayotgan paytida bir ko‘zim tushgandi, xolos.
Yevgenyev gap boshladi. Birinchi so‘zlarini eshitiboq Tonyaning rangi oqarib qetdi.
— Senga nima bo‘ldi? — deb so‘radim o‘takam yorilib.
— Axir bu Paley-ku! Ovozi o‘shaniki… Qanday o‘zgarib ketibdi-ya! Paley-Yevgenyev… tushunolmay qoldim!
Mening rangim Tonyanikidan ham oqarib ketgan bo‘lsa kerak: bu yangilik meni qattiq hayajonga soldi.
— Gapirib bo‘lganidan keyin oldiga boramiz! — dedi Tonya qat’iy ohangda, — Balki, bir o‘zing borganing ma’quldir? Gaplaring yig‘ilib qolgan harholda.
— Bizning oramizda sir yo‘q, — javob berdi Tonya. — Shunaqa bo‘lgani yaxshi. Yur!
Qarsaklar tinib, qorasoqol«stol» dan nari ketishi bilan Tonya ikkovimiz uning oldiga qarab yurdik.
Majlisning tantanali qismi tugayozgan edi.«Pashsha galasi» harakatga keldi. Orkestr kuy boshladi. Hammamiz jo‘r bo‘lib «Yulduz gimni» ni ijro etdik. Gullar karnavali boshlandi.
Olomon orasidan bazo‘r o‘tib, nihoyat Paleyga yaqinlashdik. U Tonyani ko‘rib kuldi, va:
— Nina! O‘rtoq Artemyev! Salom! — deb qichqirdi.
— Tinchroq joyga o‘taylik. Sen bilan gaplashishim kerak, — dedi Tonya Paleyga va havoda uchib yurgan bir tutam xushbo‘y binafshani ilib oldi.
— Mening ham gaplarim bor, — javob berdi Paley.
Biz zalning narigi burchiga qarab jo‘nadik, lekin u yer ham shovqin edi. Tonya kutubxonaga o‘tishni taklif qildi.
Paley-Yevgenyevning kayfiyati yaxshi edi. U bizni, garchi zarurati bo‘lmasa ham, stulga o‘tirishga taklif qildi. O‘zi nihoyatda chaqqonlik bilan havoda suzib yurgan stulni ilib olib, ostiga qo‘ydi. Biz ham shunday qildik, lekin unga yetishishimpg ga ancha bor edi. Tonya yonboshlab qoldi — Paley uning stulkchk o‘ziniki bilan yonma-yon qo‘ydi. Men oyog‘im osmonda bo‘lib, ularning oldida boshim bilan turib qoldim, lekin o‘zimning qo‘pol harakatlarim bilan Paleyga kulgi bo‘lmaslik uchun holatimni o‘zgartirmadim.
— Shunday tursam qiziqroq bo‘ladi, — dedim men.
Talay vaqtgacha hech birimizdan sado chiqmadi. Paleyning ko‘rinishi quvnoq bo‘lishiga qaramay, hayajonlanayotgani sezilib turardi. Tonya haqida ham shunday deyish mumkin. Mening ahvolim esa ularnikidan battar edi. Rost gap, ularning gapini eshitmaslik uchun jon deb nari uchib ketgan bo‘lardim. Paley men tomonga bosh irgab, Tonyadan:
— O‘rtoq Artemyev qallig‘ingmi? — deb so‘raganida yana ham noqulay ahvolga tushdim.
Nazarimda qulab ketayotganday bo‘ldim. Lekin, yaxshiyamki, odam hushdan ketganda ham bu yerda qulamaydi. Tonya nima derkin? Men unga qattiq tikilib qolgan edim.
— Ha, — deb javob berdi u ikkilanmay.
Men yengil tortib, havo stulida o‘zimni tetikroq his qildim.
— Men adashmabman, — dedi sekin Paley, uning ovozida ma’yuslik bor edi chamamda.
Demak ularning o‘rtasida ilmiy manfaatdan bo‘lak narsa ham bor, deb o‘ylab adashmagan ekanman.
— Sening oldingda gunohkorman, Nina… — dedi Paley bir oz jimlikdan so‘ng.
Tonya ma’qullab bosh silkidi.
Paley menga qaradi.
— Biz — o‘rtoqlarmiz, — dedi u, — o‘rtoqlar bilan esa ochiqchasiga gaplashaverish mumkin. Men seni yaxshi ko‘rardim, Nina… Sen shuni bilasanmi?
Tonya boshini quyi egdi.
— Yo‘q.
— Ishonaman. O‘z hislarimni yashirishni bilardim. Sen-chi? Sen menga qanday qararding?
— Men uchun sen do‘st va hamkasb o‘rtoq eding.
Paley bosh silkidi.
Bu masalada ham xato qilmabman. Sen ishga berilib ketding. Men bo‘lsam o‘z o‘timda o‘zim qovrildim! Uzoq Sharqqa jo‘nash haqidagi taklifni qanday quvonch bilan qabul qilganim yodingdami? Men o‘ylovdimki, agar sen yonimda bo‘lmasang…
— Ishimiz eng qiziq joyida to‘xtab qolganidan qattiq ranjidim. Hamma yozuvlarni sen qilayotgan eding. Formulalar ham senda edi. Ularsiz men hech narsa qilolmasdim.
— Faqat ana shu formulalarni deb meni yeru ko‘kdan izlab yuribsanmi?
— Ha, — javob berdi Tonya.
Bu gal Paley yurak-yuragidan kuldi.
— Mayli, hammasi yaxshilikka bo‘lsin. Siz hamma narsaga tez beriladigan odamsiz, deb menga ko‘p ta’na qilganean, Nina. Hayhot! Bu mening kamchiligim, lekin ayni vaqtda fazilatim ham… Ana shu ishqivozligim bo‘lmasa, bugun Parxomenko aytgan ishlarni qilolmagan bo‘lardim. Darvoqe, hammamizni mukofotga taqdim qilishmoqchi. Bu mukofot ham ishqivozligim evaziga… Shunday qilib, — davom etdi u, — Uzoq Sharqqa jo‘nab ketdim va u yerda… Sonyani sevib qoldim, unga uylandim, hozir ajoyib qizcham bor. Hotinim bilan qizim Yerda, yaqinda bu yoqqa kelishadi.
Men yana ham yengil tortdim.
— Nega sen Yevgenyev bo‘lib qolding? Yevgeniy Yevgeiyev? — so‘radi Tonya.
— Yevgeniy Yevgenyev — bu tasodif. Sonyaning familiyasi — Yevgenyeva. U juda g‘alati-da. «Nega sen mening familiyaga o‘tmaysan?» deb qoldi ZAGSga borishdan oldin. «O‘tsam o‘taveraman-da», deya rozi bo‘ldim men ham. Paleyga achinmayman: u hamma narsaga ishqivoz odam. Ishni eng qiziq joyida tashlab ketaveradi… Balki, Yevgenyev durustroq xodim bo‘lar?
— Nega yozuvlarni menga jo‘natib yubormading?
— Birinchidan, shu qadar baxtiyor edimki, hamma narsani unutib yubordim. Ikkinchidan, o‘zimni sening oldinda gunohkor his qilardim. To‘satdan jo‘nab ketganimdan keyin Leningradda ikki marta bo‘ldim. Bir gal seni o‘rtoq Artemyev bilan ko‘rdim. Uning familiyasini aytib chaqirganingni eshitganman. Darrov o‘rtalaringizdagi munosabatni tushundim. U paytda Kets sistemasida ishlay boshlagan edim, yangi ish meni butunlay o‘ziga rom qilib qo‘ygan edi. Men faqat osmon tashvishi bilan yashardim. Sen bilan boshlagan ishimizga, rost gap, tamoman qiziqmay qo‘ydim. Yezuvlarni senga qaytarishim kerakligini bilardim… Shu orada o‘rtoq Artemyevni ko‘rib qoldim. Lekin juda tig‘iz payt edi. Leningraddan uchib ketishimizdan bir soatgina oldin to‘satdan telegramma kelib qoldi. Unda Leningrad zavodlari chiqargan ba’zi bir yangi fizik uskunalarni xarid qilish topshirilgan edi.Sherigim bilan olinadigan narsalarni taqsimlab, Uchinchi Iyul ko‘chasi bilan Yigirma Beshinchi Oktabr ko‘chasi mutolishida uchrashishga kelishdik. Shuning uchun ham adresimni aytishga ulgurmay, shoshilinch jo‘nab ketdim. Faqat: «Pomir, Kets!» — deb qichqirishgagina ulgurdim. Pomirga kelgandan keyin esa ish bian o‘ralashib qoldim. Keyin Kets Yulduziga uchib ketdim, bu yerdan esa — sayyoralararo sayohatga… Bor gap shu. Aybdorman, g‘oyatda aybdorman!
— Qani o‘sha yozuvlar! — deb xitob qildi Tonya.
— Faqat stuldan uloqtirib yuborma, chilparchin bo‘lib ketaman, — dedi kulib Paley. — Hayhot! Hayhot! Buning uchun osmonga uchib chiqishing shart emas edi. Yezuvlar Leningradda, senga deyarli qo‘shni turadigan singlimnikida qolgan.
— Ikki enlik xat yozib yuborsang bo‘lmasmidi! — dedi Tonya ta’na bilan.
— Egilgan boshni qilich kesmas, — dedi Paley-Yevgenyev, qopqora sochli boshini Tonya oldida xam qilib.
Tonya jilmayganicha barmoqlarini uning quyuq sochlari orasiga suqib yulqiladi. Bu harakatdan ikkovlari ham charxpalak bo‘lib ketishdi.
— Senga mukofot berish kerak emas, aksincha, jazolash kerak!
— Nimaga jazo berishsa, shunga mokofot ham berishadi, — deb e’tiroz bildirdi Paley kulib.
Tonya birdan menga o‘girilib, dedi:
— Endi Yerga uchamiz, Lenya!
«Yerga uchamiz! Lenya!» Bu so‘zlar bir necha oy ilgariroq aytilganda meni qanchalar baxtiyor qilgan bo‘lardi! Endi esa faqat «Lenya» so‘zi entiktirib yubordi. Yerga uchish masalasiga kelsak…
— Bu haqda yana gaplashamiz. Darrov jo‘navorsak bo‘lmas. Ikkovimizning ham chala ishlarimiz bor, — javob berdim men.
— Nimalar deyapsan! — taajjublandi u. — Endi men bilan Yerga qaytishni istamaysanmi?
— Istayman, Tonya. Lekin men biologiyada buyuk kashfiyot ochish arafasida turibman. Bu ishni faqat shu yerda tugatish mumkin. Eng muhimi — ish.
Tonya go‘yo meni birinchi marta ko‘rayotg‘anday tikilib qoldi.
— Ketsda yaxshi pishganga o‘xshaysan, — dedi u. Masxara qilayotganini ham, ma’qullayotganini ham payqash qiyin edi. — Sening tabiatingdagi bunaqa qat’iylikni sezmagan edim. Mayli, shunda menga ko‘proq yoqasan. Bilganingni qil. Lekin men bu yerda ortiq turolmayman. O‘z ishimni ortig‘i bilan bajardim, yangisini boshlash niyatim yo‘q. Qachonlardir Paley bilan boshlagan ishimizni oxiriga yetkazishim kerak.
— Ha, Nina, — deb ma’qulladi Paley. — Darvoqe, men Yevgenyev bo‘lib qolganimdek, sen Tonyaga aylanibsan. Hamma narsa o‘zgararkan! Sen o‘sha ishni tugatishing kerak. O‘zi oz qolgan. Shunday problemani tashlab ketib bo‘lmaydi…
— Kim taxpladi o‘zi? — so‘radi Tonya. — Yetar endi… Yuringlar, bir oz ko‘ngil ochaylik. Mening Yulduzdagi so‘nggi tunim!
XXI. NIHOYAT O‘ZIMNI TUTA BILDIM
Ertasi kuni zoolaboratoriyamda Zorina bilan ishlab o‘tirardim. Viz kosmik nurlar ta’siridan saqlovchi maxsus izolyatsion kostyumlar kiyib olgan edik. Tepamizda izolyatsion to‘siqlar bor edi. Faqat tajriba qilinayotgan hayvonlar ustiga kosmik nurlar yomg‘irdek yog‘ilib turardi.
Zorina menga Faleyevning tuzala boshlaganini aytdi. Uning gavdasi va yuzi avvalgi holiga qayta boshlabdi. Ruhiy holati ham yaxshilanayotgan emish. Garchi Meller tuzalishiga umid bog‘lasa ham, Kramerning ahvoli hanuz oir emish.
Laboratoriya eshigi ochilib, kutilmaganda Tonya paydo bo‘ldi.
— Men uchib ketyapman, Lenya! — dedi u. — Xayrlashish uchun kirdim.
Zorina bizga xalaqit bermaslik uchun laboratoriyaning narigi burchiga uchib ketdi. Tonya uning orqasidan qarab qolarkan:
— Sening qolayotganing chakki bo‘lyapti-da, — dedi astagina.
— Hechqisi yo‘q, ayriliq ko‘pga cho‘zilmaydi, — dedim men.
Shu payt yonimizga Jipsi uchib keldi.
— Esingdami, Tonya, kosmik nurlar ta’siri haqida gapirib bergan edim? Qara, Jipsi ne ahvolga tushgan.
— Qanday dahshat! — deb xitob qildi Tonya.
Jipsi jilmayib, dumini likillatdi.
— Senga endi bu yerda qolish xavfli, — dedi Tonya. — Oldimga mana bu maxluqqa o‘xshab kirib borsang-a.
— Xavotirlanma. Manovi kostyum va «zontik» lar tanamni, boshimni va… senga bo‘lgan muhabbatimni avaylab, asraydi!
Tonya menga ishonqiramay qaradi.
— O‘zing bilasan! — dedi u va men bilan samimiy xayrlashib, chiqib ketdi.
— Eh, Jipsi, ikkovimiz so‘qqabosh bo‘lib qoldik! — dedim men.
Jipsi qo‘limni yaladi.
XXII. YER VA YULDUZLAR
Bahor. Derazalar lang ochiq. Kechki shabada xonaga yosh qayinlar hidini olib kiryapti. So‘nggi sahifani tugatib tashqariga qaradim. Ko‘kdagi to‘lin oy xuddi Admiralteystvo qubbasiga ilinib qolganday. Reproduktordan skripka sadosi quyilyapti. Hamma narsa bundan bir necha yil ilgarigiday… Lekin endi Oyga boshqa qo‘z bilan qarayman. U endi Yerning olis, qadam yetmas yo‘ldoshi emas. Oy sirtida mening izlarim qolgan. Bu izlar, go‘yo kul va kosmik chang qo‘ngan tuproqqa endigina bosilganday, hanuz yangi.
Ba’zan hammasi tushga o‘xshab tuyuladi…
Kabinetim yonida Tonyaning ishxonasi. U ham menga o‘xshash professor.
Oshxonadan o‘g‘limning qo‘shiq aytgani eshitilib turibdi. U maktabda o‘qiydi.
Kreslom yonidagi gilamcha ustida sevimli itim— yungi jingalak qora Jipsi yotibdi. Men uni Yulduzda qolgan Jipsi xotirasi uchun shunday deb ataganman. Ajralish qanday og‘ir bo‘lgan edi!
Ketsda ortirgan do‘stlarim bilan aloqani uzganim yo‘q. Ham asi sog‘-salomat. Zorina direktor Parxomenkoga turmushga chiqdi. Sog‘ayib ketgan Kramer buni sog‘lom odamday qabul qildi: Harholda quvonmasa ham, to‘polon qilmadi. Paley-Yevgenyev bosh injener-konstruktor va raketa uchuvchisi bo‘lib ishlayapti.Tyurin quyosh sistemasidan nariga sayohat qilish uchun tayyorlanyapti. Uning qarigisi yo‘q.
Bir oy muqaddam«Kets Yulduzidagi biologik tajribalar» nomli katta kitobimni yozib tugatdim. Shlikov, Kramer va o‘z ishlarim material bo‘lib xizmat qildi. Juda qiziq kitob chiqdi. Hozir u bosmada. Uni tugatgach, odatdan tashqariroq uylanishim bilan bog‘liq sarguzashtlarni yana bir eslagim keldi. Mana, bu kitobni ham tugatyapman.
…Ug‘lim «Kets Yulduzi marshi» ni kuylayapti. Unga o‘z sayohatim haqida necha martalab hikoya qilib berganman! Endi u faqat tezroq ulg‘ayishni va Yulduzga uchishni orzu qiladi. Nazarimda, u yulduzlar orasiga oshyon quradi.
You have read 1 text from Uzbek literature.
  • Parts
  • Kets Yulduzi - 01
    Total number of words is 4025
    Total number of unique words is 2043
    36.2 of words are in the 2000 most common words
    53.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 02
    Total number of words is 4120
    Total number of unique words is 2033
    36.3 of words are in the 2000 most common words
    53.6 of words are in the 5000 most common words
    63.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 03
    Total number of words is 4194
    Total number of unique words is 2092
    35.1 of words are in the 2000 most common words
    51.5 of words are in the 5000 most common words
    60.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 04
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 2152
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    50.7 of words are in the 5000 most common words
    57.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 05
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 1954
    34.9 of words are in the 2000 most common words
    50.6 of words are in the 5000 most common words
    59.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 06
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1938
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    51.8 of words are in the 5000 most common words
    61.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 07
    Total number of words is 4262
    Total number of unique words is 1964
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    60.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 08
    Total number of words is 4242
    Total number of unique words is 2020
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    52.0 of words are in the 5000 most common words
    61.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 09
    Total number of words is 4215
    Total number of unique words is 2098
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    49.5 of words are in the 5000 most common words
    57.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 10
    Total number of words is 4187
    Total number of unique words is 2024
    34.6 of words are in the 2000 most common words
    50.1 of words are in the 5000 most common words
    59.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 11
    Total number of words is 3764
    Total number of unique words is 1921
    35.9 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    60.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.