Kets Yulduzi - 03

Total number of words is 4194
Total number of unique words is 2092
35.1 of words are in the 2000 most common words
51.5 of words are in the 5000 most common words
60.8 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Hamma yerda: devorlarda ham, polda ham, shiftda ham qayish halqalar bor edi. Men jonholatda bir halqaga yopishdym, o‘zimni to‘xtatolmay qolaman deb qo‘rqqan edim, yo‘q, haytovur, qo‘lim halqaga tegishi bilanoq to‘xtadim. Kramer allaqachon yonimda turardi. U bir eshikni ochdi-da, meni qo‘ltiqlab olib, silindr shaklidagi xonaga kirdi. Bu yerda karavot ham, stol ham, stul ham yo‘q edi. Faqat devorlarda halqalaru havorang parda tu gilgan kattakon deraza bor edi, xolos. Shuning o‘chun ham xonaga ko‘kimtir nur tushib turardi.
— Qani, o‘z uylaridagiday bemalol, yozilib o‘tirsinlar, — deb hazil qildi Kramer. — Hozir kislorodni ko‘paytiraman.
— Ayting-chi, Kramer nima uchun raketodrom Yulduzdan ajratilgan?
— Bu yangi ixtiro. Ilgari raketalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kets Yulduzining o‘ziga qo‘nar edi. Lekin hamma uchuvchilar ham bir xil emas. Hech qanday turtkisiz, ohistagina qo‘ndirish qiyin ish. Bir gal «Kets-yetti» raketasining kapitani qo‘nish vaqtida Kets Yulduziga qattiq urib oldi raketani. Katta oranjereyaga zarar yetdi: uning oynalari sinib, o‘simliklarning bir qismi nobud bo‘ldi. Uni tuzatish ishlari haligacha davom etadi. Ana shu baxtsiz hodisadan keyin injenerlarimiz raketodromni Yulduzdan ayrim qurishga qaror qilishdi. Oldin u kattakon yassi gardish shaklida edi. Lekin tajriba qo‘nish uchun yarim doira shaklida bo‘lishi qulayroq ekanini ko‘rsatdi. Oranjereyani tuzatib bo‘lgach, Kets Yulduzini oranjereya bilan birga ko‘ndalang o‘q atrofida aylanishga majbur qilamiz. Ana shunda markazdan qochirma kuch va og‘irlik hosil bo‘ladi.
— Uchish vaqtida ko‘rganimiz rang-barang nurlar nima edi? — so‘radim men.
— Ular signal chiroqlari. Bepoyon osmonda bunaqa kichkina yulduzchani topib olish qiyin-da. Shuning uchun ham «bengal chiroqlari» o‘rnatganmiz. O‘zingizni qanday sezyapsiz? Nafasingiz bo‘g‘ilmayaptimi? Ortiq bermayman, aks holda sof kisloroddan kayf qilib boshingiz aylanib ketadi. Issiq emasmi?
— Bir oz sovqotyapman, — javob berdim men.
Kramer bir sakrab oynaning oldiga bordi va pardani ochib yubordi. Xonaga ko‘zni qamashtiruvchi oftob nuri yog‘ildi. Harorat tez ko‘tarila boshladi. Kramer qarama-qarshi tomondagi devorga uchib borib, deraza qopqog‘ini ochdi.
— Mana bu manzarani tomosha qiling.
Men derazadan qarab, hangu mang bo‘lib qoldim. Yer osmon ufqining yarmisini ishg‘ol qilgan edi. Men unga ming kilometr balandlikdan qarab turardim. U men kutganday qabariq shar shaklida emas, bukikroq ko‘rindi. Uning notekis, tog‘ cho‘qqilari turtib chiqib turgan chetlari go‘yo tuman pardasi bilan qoplanganday edi. Noaniq, gadir-budur chiziqlar. Yer sirtidan narida uzun kulrang dog‘lar — atmosferaning qalin qatlami xira qilib turgan bulut karvonlary cho‘zilib ketgandi. Markazga yaqinroqda — yana dog‘ ko‘rindi, lekin oqishroq edi. Men Muz okeani, Sibir va Shimoliy Yevropa qiyofasini tanidim. Shimoliy qutb ko‘zni qamashtiradigan darajada yarqirab turardi. Quyosh aksi Barens dengizida kichkina uchqunday yiltirardi.
Yerni tomosha qilarkanman, asta-sekin u kamayib borayotgan ulkan Oy shakliga kirdi. Mets Quyosh nuri yoritib turgan bu bahaybat yarim oydan ko‘zlarimni uzolmasdim.
— Kets Yulduzimiz, — deb tushuitirdi Kramer, — sharqqa tomon uchadi va yuz minutda Yer atrofini bir marta aylanib chiqadi. Bizda quyoshli kun atigi olmish yetti minut davom etadi, tun esa — o‘ttiz uch minutni tashkil qiladi. Qirq-ellik minutdan keyin biz Yerning soyasida qolamiz…
Oyning aks nuri xira yoritib turgan Yerning qorong‘i tomoni bazo‘r ko‘rinardi. Qorongi va yorug‘ mintaqalar chegarasini kattakatta qop-qora tishlar — tog‘ soyalari ajratib turibdi. Mana men Oyni, haqiqiy Oyni ham ko‘rdim. U juda yaqinday, lekin Yerdan ko‘ringaniga nisbatan ancha kichkinaday tuyuldi.
Nihoyat Quyosh Yer ortiga berkindi. Endi Yer yorqin halqa bilan o‘ralgan qora gardishga o‘xshab qoldi. G‘oyib bo‘lgan quyosh nurlari yer atmosferasini yoritib turgani uchun shunday ko‘rinardi. Xonamizga qizg‘ish shu’la yog‘ildi.
— Ko‘rib turibsizki, bu yerda qorong‘ilik bo‘lmaydi, — dedi Kramer. — Oy Yer orqasiga o‘tganda Yerdan tushadigan shu’la bemalol oy nurining o‘rnini bosadi.
— Nazarimda, raketaning ichi bir oz sovuganga o‘xshaydi, — dedim men.
— Ha, tun salqini, — javob berdi Kramer. — Lekin harorat aytarli pasaygani yo‘q. Stansiyamiz qobig‘ining o‘rta qatlami issiqlikni chiqarmaydi, buning ustiga Yer juda ko‘p miqdorda harorat yuborib turadi. Kets Yulduzida tun juda qisqa, shuning uchun ham sovqotish xavfi yo‘q. Biz biologlar uchun bu juda yaxshi. Lekin fiziklarimiz xunob: ular tajriba uchun absolyut nulga yaqin bo‘lgan haroratni ko‘p mashaqqat bilan olishadi. Yer hatto ming kilometr masofada ham xuddi ulkan pechday issiqlik purkab turadi. Oranjereyamizdagi o‘simliklar qisqa tun salqinidan zarar ko‘rmaydi. Biz hatto elektr pechlarni ham yoqib o‘tirmaymiz. Shu yerda ajoyib tog‘ iqlimi bor. Hademay rangsiz yuzlaringizga qon yugurib qoladi. Men ham shu yerga kelganimdan keyin et qo‘ydim, ishtaham ochilib ketdi.
— Rostini aytsam, mening ham qornim ochdi, — dedim men.
— Bo‘lmasa oshxonaga uchamiz, — deb taklif qildi Kramer, menga oftobda qoraygan qo‘lini uzatib.
U meni yo‘lakka olib chiqdi, biz sakrab-sakrab, qayish halqalardan ushlab oshxonaga yo‘l oldik.
Bu— «tong» ning ilk nuriga to‘lgan silindr shaklidagi kattakon xona edi. Qalin oynali panjarador derazani gurkirab turgai tiniq yashil tusdagi o‘simlik qoplab olgan. Bunday tiniq, ko‘katni Yerda sira uchratmagan edim.
— Ana u!
Tanish ovozni eshitib, atrofga alangladim va devorga qaldirg‘ochday yopishib turgan. Mellerni ko‘rdim. Uning yonida och binafsharang ko‘ylak kiygan Tonya. Dezinfeksiyadan keyin uning sochlari to‘zgib ketibdi. Unga qarab jilmayib qo‘ydim.
— Bu yoqqa, bu yoqqa marhamat, — chaqirdi Meller. — Xo‘sh, nixma bilan mehmon qilay?
Ro‘paramdagi tokchada havo kirmaydigan qilib zich yopilgan bankalar, ballonlar, kublar va sharlar turardi.
— Sizni so‘rg‘ich orqali suyuq ovqat, yorma bo‘tqa bilan boqamiz. Qattiq narsalarni eplay olmaysiz, qo‘lingizdan chis, ib uchib ketadi — keyin tutib bo‘psiz. Bizda ko‘proq sabzavotdan tayyorlangan ovqatlar bo‘ladi. Chunki mahsulot o‘zimizdan chiqadi. Mana bu olma suvi, — u berk bankalardan birini ko‘rsatdi, — mana bular guruchli qulupnay, o‘rik, shaftoli, banan, Kets sholg‘omi, bunaqasini Yerda tatimagansiz… Sholg‘om yeysizmi?
Shunday deb, Meller tokchadan biqinida naychasi bor bir silindrni oldi. Silindrning ostida ham yo‘g‘onroq naycha bor edi. Meller ana shu naychani kichkina nasosga ulab, dam bera boshladi. Ikkinchi naychaning uchida sarg‘ish ko‘pik ko‘rindi. Meller, silindrni Tbnyaga uzatdi.
— Mang, so‘ring. Agar so‘rish qiyin bo‘lsa, yana dam berish kerak. Naychaning og‘zi sterilizatsiyalangan. Nega aftingizni burishtirasiz? Idishlarimiz yunon chinnilariday chiroyli bo‘lmasa ham, bu yerning sharoitiga juda mos.
Tonya ikkilanibroq naychani og‘ziga olib bordi.
— Xo‘sh, qalay? — so‘radi Meller.
— Judayam shirin.
Kramer menga boshqa bir«so‘rg‘ich» ni tutqazdi. «Kets sholgomi» dan tayyorlangan suyuq sariq bo‘tqa rostdan ham juda shirin edi. Banan suvini aytmaysizmi! Men dam berishga ulgurolmasdim. Keyin o‘rik sharbati, qulupnay suvi.
Men maza qilib ovqatlandim. Ammo Tonya negadir o‘y surib, deyarli hech narsa yemadi.
Yo‘lakda unga yetib olib, yengidan tortdim.
— Nima bo‘ldi sizga, Tonya?
— Men hozir Kets Yulduzi direktorining oldiga kirdim. Yevgeniyni surishtirdim. U Yulduzda yo‘q. Uzoq sayyoralararo sayohatga jo‘nab ketibdi.
— Biz ham orqasidan uchamizmi? — deb so‘radim tashvishlanib.
— Afsus, — dedi u. — Biz ishlashimiz kerak. Lekin direktor, sayyoralararo sayohatga chiqishingiz ham mumkin, deb aytdi.
— Qayoqqa? — hadiksirab so‘radim men.
— Hali-hozir bilmayman. Oyga, Marsga, balki undan ham olisroqqa ucharmiz.
— Yevgenyev bilan radio orqali gaplashsa bo‘lmaydimi?
— Bo‘ladi. Ketsning radio aloqasi faqat Yer bilangina bog‘lanmagan: Xevisayd qatlami xalaqit beradi. U radionurlarni qaytarib yuboradi. Men qisqa nurlar bilan ana shu qatlamni yorib o‘tish va Yer bilan radio aloqani o‘rnatish ustida ish olib borishim kerak bo‘ladi. Hozircha yorug‘liktelegrafi orqali aloqa qilinadi. Million svechali projektor yoqilgan, agar havoda bulut bo‘lmasa, nur Yerga bemalol yetib boradi. Shunisi ham borki, Pomirda, Kets shahrida havo deyarli doimo ochiq bo‘ladi. Sayyoralararo bo‘shliqda uchib yurgan raketalar bilan esa Kets Yulduzi radio orqali gaplashadi… Hozir radiostansiyaga borib, Kets Yulduzi bilan Oy o‘rtasidagi bo‘shliqni tadqiq qilayotgan raketa bilan bog‘lanishga harakat qilaman… Darvoqe, direktor sizni yo‘qlagan edi. — Tonya bilaguzuk soatiga qarab, qo‘shib qo‘ydi: — Bugun endi kechikdingiz. Birga radiostansiyaga uchamiz. To‘qqizinchi xonaga.
Elektr nuri bjlan yoritilgan keng yo‘lak yerosti yo‘liday cho‘zilib ketgan edi. Bu yerda tovush odatdagidan pastroq eshitilardi, chunki havo siyrak edi, shuning uchun ham meni birov chaqirayotganini hadeganda eshitmabman.
Bu Kramer— ekan. U kichkinagina qanotlarini silkitib biz tomonga uchib kelardi. Uning ikki yoni va orqasidan qo‘shaloq yelpig‘ichga o‘xshagan narsalar chiqib turardi.
— Mana, sizlarga qanot olib keldim, — dedi u, — endi butunlay fazogirlarga o‘xshashlaring kerak. Ochilgan paytida salpal ko‘rshapalakning qanotini eslatadi. Bular qo‘l panjisiga o‘rnatiladi. Buklanishi va orqaga qaytarib qo‘yilishi mumkin, u holda qo‘l bo‘shaydi, istagan narsangizni ushlashingiz, ko‘tarishingiz mumkin.
Kramer chaqqonlik bilan kattaligi qariqiz o‘tining yaprog‘iday keladigan qanotchalarni qo‘limizga bog‘lab, uni qanday ishlatishni ko‘rsatdi-da, yana kelgan tomoniga uchib ketdi. Tonya ikkovimiz uchishga kirishdik. Bir necha marta boshimiz boshimizga to‘qnashib qoldi, devorga borib urildik, charxpalak bo‘lib ketdik. Lekin sira og‘riq sezilmasdi.
— Chindan ham ko‘rshapalakka o‘xshaymiz, — dedi Tonya kulib. — Qani, radiostansiyaga qaysi birimiz oldin borarkinmiz?
Biz ilgarilab ketdik.
— Nega yo‘lakda hech kim ko‘rinmaydi? — so‘radim men.
— Hamma ishda, — dedi Tonya. — Aytishlaricha, bu yer kechqurun gavjum bo‘larmish. Xuddi ochiq kundagi tilla qo‘ng‘izlarday to‘dalashib uchib yurisharmish.
Biz to‘qqizinchi xonaga uchib keldik. Tonya tugmachani bosgan edi, eshik shovqinsiz ochildi. Meni taajjublantirgan eng birinchi narsa — radist bo‘ldi. U quloqlariga naushnik taqib «shiftda o‘tirar» va radiotelefonogramma yozardi.
— Tayyor, — dedi u yon daftarchani belidagi sumkaga solarkan; bu sumka uning uchun yozuv stoli g‘aladoni xizmatini o‘tardi. — Yevgenyev bilan gaplashmoqchimisiz? Urinib ko‘ramiz.
— Qiyin emasmi? — so‘radi Tonya.
— Yo‘q, qiyin emas lekin bugun uzoq to‘lqinli peredatchigim ishlamayapti, qisqa to‘lqinda esa Yerdan ilon izi yasab aylanib ko‘tarilayotgan raketani topish ancha qiyin. Hozir raketaning uchib ketayotgan joyini aniqlab, aloqa o‘rnatishga harakat qilib ko‘raman…
Lekin shu payt uning oyog‘i qo‘qqisdan devorga tegib ketib, o‘zi nari uchib ketdi. Uni radionaushnikning simlari ushlab qoldi va radist bir zumda yana o‘z o‘rniga qaytdi. U yon daftarchasini chiqarib, xronometrga qaradi va allanimalarni hi oblay ketdi. Keyin apparatning qulogini buray boshshdi.
— Allo… Allo! Kets Yulduzi gapiryapti! Ha. Ha. Yevgenyevp i chaqirvoring. Yo‘q deysizmi? Bo‘lmasa, aytib qo‘ying, kelganidan keyin Kets Yulduzini chaqirsin. U bilan Kets Yuldu: shning yangi xodimi gaplashmoqchi. Familiyasi…
— Antonina Gerasimovna, — dedi Tonya shoshib.
— O‘rtoq Gerasimova. Eshityapsanmi? Xo‘p. Ko‘pmi? Ov yaxshi bo‘ldimi? Tabriklayman.
U apparatni o‘chirib, dedi:
— Yevgenyev raketada yo‘q ekan. U sayyoralararo bo‘shliqqa ovga chiqib ketibdi, uch soatlardan keyin qaytarkan. Mayda asteroidlarni tutish bilan mashg‘ul emish. Ajoyib qurilish materiali. Temir, alyuminiy, granit… Yevgenyev radiotelefon yoniga kelganda sizni chaqiraman.
IX. KUTUBXONADA
Kechqurun choy ichib o‘tirsam, oldimga Kramer uchib keldi.
— Bugun kechqurun bo‘shmisiz? — so‘radi u va tushuntira ketdi: — Ajablanmang, Yulduzda bir kecha-kunduz yuz minutdan iborat, lekin biz odat bo‘yicha ish kunini yer vaqti bilan hisoblaymiz. Deraza qopqoqlarini berkitib, «Tun» yasaymiz va yulduz vaqti bilan olti-yetti kecha-kunduz uxlaymiz. Hozir Moskva vaqti bilan kech soat sakkiz. Kutubxonamiz bilan tanishishni istamaysizmi?
— Jonim bilan, — javob berdim men.
Kets Yulduzidagi hamma xonalar kabi kutubxona ham silindr shaklida edi. Deraza degan gap yo‘q. Yen tomondagi devorlar yashiklar bilan qoplangan. Silindrning ko‘ndalang o‘qi bo‘ylab — eshikdan to ro‘paradagi devorgacha — to‘rtta ingichka sim tortilgan. Kutubxonaga keluvchilar ana shu simlarni ushlab, bu o‘ziga xos yo‘lakda u yoq-bu yoqqa yurib turishadi. «Yo‘lak» bilan yon devorlar orasidagi bo‘sh joyga qator qilib to‘r karavotlar qo‘yilgan. Xona pokiza, nina bargli daraxt hidi anqib turgan toza havo. Yashiklar orasiga o‘rnatilgan gaz naychalari jilosiz, yoqimli nur sochadi. Jimjitlik. Ba’zi karavotlarda boshiga qora quti kiygan odamlar yotishibdi, ular qutining yonidan chiqib turgan dastalarni ahyon-ahyon burab qo‘yishadi.
G‘alati kutubxona! Bu yerga odamlar yytob o‘qish uchun emas, balki davolanish uchun kelganday tuyuladi»
Simdan ushlagancha Kramerning orqasidan kutubxonaning narigi boshiga qarab ketyapman. Ro‘paramda, qora yashiklar oldida qip-qizil shohi ko‘ylak kiygan bir qiz ivirsib yuribdi.
— Kutubxonachimiz, Elza Nilson. Tanishinglar, — dedi Kramer va hazillashib meni qizning oldiga qarab otib yubordi. U kulib turib, meni havodayoq ilib oldi. Biz tanishdik.
— Qanaqa kitob o‘qimoqchisiz? — so‘radi u, — Bizda deyarli hamma tildagi million nusxa kitob bor.
Millioi nusxa! Shuncha kitob bu yerga qanday qilib sig‘adi? Ammo keyin fahmladim:
— Filmotekami?
— Ha, kitoblar plyonkalarga yozilgan, — dedi Nilson. — Ularni ekranda katta qilib ko‘rsatadigan asbob yordamida uqishadi.
— Qulay va ixcham, — qo‘shib qo‘ydi Kramer. — Har sahifasi plenkaga olingan, butun bir tom bitta g‘altakdan ortiq joy egallamaydi.
— Gazetalar-chi? — so‘radim men.
— Gazetaning o‘rnini radio bilan televizor bosadi, — javob berdi Nilson.
— Plyonka kitoblar — yangilik emas, — dedi Kramer. — Bizda bundan ham qiziq narsalar bor. O‘rtoq Artemyev uchun qanday kechki programma tuzamiz? Qeling, bunday qilamiz: avval dunyo yangiliklari bilan tanishtiramiz. Kets Yulduzida turib ham dunyo voqealaridan bexabar qolmayotganimizni bir ko‘rsatib qo‘yaylik. Keyin «Quyosh ustuni» ni berasiz…
— Yangi romanmi bu? — so‘radim men.
— Ha, shunday desa ham bo‘ladi, — javob berdi Kramer kulib. — Yeki, mayli, «Atmosfera elektrostansiyasi» ni bera qoling.
Nilson bosh silkib, yashikdan doira shaklidagi silliq metall qutilarni oldi.
Kramer karavotga yotishimni so‘radi. Keyin qutilarni dastali yashikka joylab, boshimga kiygizib qo‘ydi.
— Bemalol eshitib, ko‘rib yotavering, — dedi u.
— Yetibmanu lekin hech narsani ko‘rmayapman ham, eshitmayapman ham. Butunlay jimjitlik, qop-qorong‘i.
— Dastani o‘ngga burang, — dedi Kramer.
Men buradim. Bir nima shirqilladi, keyin asta shig‘illagan ovoz eshitildi. Kuchli nurdan ko‘zim qamashib ketdi. Men bir daqiqa ko‘zimni yumdim, shu payt qulog‘imga bir tovush chalindi:
«Afrikaning tropik changalzorlari madaniy dehqonchilik uchun tozalanmoqda».
Ko‘zimni ochib, Afrika quyoshidan yaltirab turgan zangori okean sirtini ko‘rdim, unda jangovar safga tizilgan kattakon flot: drednoutlar, linkorlar, kreyserlar va har xil tur va sistemadagi qiruvchilar. Bu yerda yo‘g‘on mo‘rilaridan qora tutun burqsitayotgan eski harbiy kemalar ham, nisbatan yangiroq, ichdan yonadigan dvigatelli va so‘nggi — elektr dvigatelli teploxodlar ham bor edi.
Bu manzara shu qadar kutilmagan ediki, men beixtiyor seskanib ketdim. Nahot yana urush bo‘lsa? Butun dunyoda kapitalizm Drednout — zirhli eng katta harbiy kema.
gugatilgan-ku, yana qanaqa urush bo‘lishi mumkin? Oqibati renolyutsiyaga olib kelgan so‘nggi urush vaqtidagi eski filmni berishmadimikan menga?
«Qirg‘in qurolli bo‘lgan harbiy flotni biz yuk tashuvchi transportga aylantirdik», — davom etdi haligi ovoz.
— Ha-a, gap bu yoqda ekan-da! Boya o‘tkir nurdan ko‘zim qamashib, dahshatli dengiz to‘plari o‘rnatilgan jangovar bashnyalar olib tashlanganini payqamagan ekanman. Ularning o‘rniga kemalarga yuk ko‘taradigan kranlar o‘rnatilgan edi. Kemalarning «jangovar» safi bilan yangi qurilgangavan o‘rtasida yuzlab sayiqlar, shatakchi katerlar, barjalar qatnab turibdi. Gavanda yuk tushirish qizg‘in davom etyapti.
Men dastani yana buradim. Iye… bu ham urushga o‘xshaydi-ku.
Kattakon qarorgoh, oq chodirlar va oq tusga bo‘yalgan faner uylar. Uy va chodirlar oldida oq kostyum kiygan odamlar — yevropaliklar va qora tanlilar. Qarorgoh ortida ko‘kka o‘rlayotgan hammayoqni tutun bosib ketgan…
Yangi«kadr» — odam bolasi o‘tolmaydigan tropik o‘rmon alanga ichida. Kultepa ustida bahaybat furgonlar — po‘lat ustunlarga simto‘r tortib ishlangan kattakon yashiklar turibdi. Ularning ichida odamlar ixcham mashinalar bilan to‘nka Qo‘porishyapti.
«Tropik changalzorlar — Yer yuzining eng serquyosh yerlari. Lekin bu joylar ilgari madaniy dehqonchilik uchun qo‘l yetmas joylar edi. O‘tib bo‘lmas o‘rmonlar, botqoqlik, yirtqich hayvonlar, zaharli ilonlar, qurt-qumursqalar, omonsiz bezgak… Endi ularning hozirgi qiyofasini ko‘ring…»
Tep-tekis voha. Traktorlar yer haydayapti. Qora tanli traktorchilar oppoq tishlarini yarqiratib jilmayishadi. Ufqda ko‘p qavatli uylar, ko‘m-ko‘k bog‘-rog‘lar… «Changalzorlar millionlab kishilarni boqadi… Siolkovskiy g‘oyasi ro‘yobga chiqmoqda…»
«Iye-ye, shu yerda ham Siolkovskiymi? — ajablandim men. — Kelajak insoniyatga qanchalab g‘oya tashlab ketishga ulgurdi u!»
Xuddi o‘z savolimga javob olganday. Yerni Siolkovskiy g‘oyalari bo‘yicha o‘zgartirishning ajoyib manzaralarini ko‘rdim.
Quyosh energiyasidan foydalanish yo‘li bilan sahrolarni yashnayotgan vohaga aylantirish; qadam yetmas tog‘lar bag‘rini turarjoy va yam-yashil bog‘lar uchun moslashtirish, quyosh dvigatellari, suvning ko‘tarilishi, qaytishi va dengiz to‘lqinlari kuchi bilan ishlaydigan mashinalar; quyosh energiyasidan ko‘proq bahra oladigan yangi xil o‘simliklar…
Endi bu yog‘i mening soham. Bu sohadagi yutuqlardan xabardorman.
Dunyo kino yangiliklari tugadi. Bir minutlik tanaffusdan keyin yana ovoz eshitildi. Bu hikoya ipidan-ignasigacha ko‘z oldimdan o‘tdi.
«Men yangn tipdagi aerochanalarning sinov poygasida ishtirok etganman, — deya gap boshladi ovoz. — Oldimizga ogir vazifa qo‘yilgan edi: biz qutb doirasi ortida tundra oralab yuzlab kilometr yo‘l bosishimiz kerak edi.
Men poyga boshligi edim, kolonnani boshqarib borardixug. Biz to‘ppa-to‘gri shimolga qarab borardik.
Hammayoq ziz-ziyo. Ko‘kda shimol yog‘dusi ko‘rinmaydi. Io‘limizni faqat chana chiroqlari yoritib turibdi. Ellik daraja sovuq. Tevarak-atrof kimsasiz qor sahrosi.
Biz kompasga qarab ikki kun yo‘l bosdik.
Birdan ufq qizarganday tuyuldi menga.
— Shimol yog‘dusi boshlanyapti. Yurish yengillashadi, — dedi chanamizni haydab borayotgan hamrohim.
Yarim soatlardan keyin shimol ufqi yana ham qizaribroq ko‘rindi.
— G‘alati yog‘du, — dedim men sherigimga. — Mutlaqo tovlanmaydi. Rangi ham boshqacha. Odatda shimol yog‘dusi avval zangori tusga kirib, keyin qizgish rangda jilvalanardi. Bu nur esa tong shu’lasiga o‘xshaydi, buning ustiga qimir etmaydi. U faqat oldynga yurganimiz sayin kuchaya borib, qizg‘ish rangdan asta-sekin oq tusga kiryapti.
— Balki bu burj yorug‘ligidir? — dedi hamrohim.
— Joy jihatdan ham, vaqt jihatdan ham to‘g‘ri kelmaydi. Bunga aslo o‘xshamaydi ham. Razm soling — nur yo‘li tepadan ufqqa tomon xuddi konusday asta-sekin kengaya borgan.
Biz kutilmagan bu sirli osguxon jumbog‘iga shu qadar berilib ketibmizki, oldimizdan chiqib qolgan tik bir pastlikka tushib ketib, chaiani majaqlashimizga ham oz qoldi.
Bir necha minutdan keyin jardan chiqib olib, havoning iliy boshlaganini sezdik. Termometr o‘ttiz sakkiz daraja sovuqni ko‘rsatardi, atigi bir soatgina oldin esa ellik daraja sovuq edi.
— Balki bu nurdan issiqlik taralar? — dedim men.
— Agar shunday desak, bu holni sira tushunib bo‘lmaydi, — deya e’tiroz bildirdi hamrohim. — Tundrani isitadigan nur ustuni!
U kulib yubordi.
Nur ustuni bizning marshrutimiz bo‘ylab yastangan edi. Binobarin, ana shu nurli konusga qarab yurish va iloji bo‘lsa, nima gapligini bilishdan boshqa choramiz qolmadi.
Io‘l yurganimiz sayin atrof isib, yorug‘lasha borardi. Ko‘p o‘tmay hamrohim chiroqlarni o‘chirdi: bunga ehtiyoj qolmagan edi. Keyin biz nur konusi tomon havo to‘lqinining kuchayib borayotganini payqadik, uning tepasida esa, xuddi durbin orqali ko‘rinadigan Zuhra hiloliday ko‘zni qamashtiruvchi nozik hilol jilvalanardi.
Hayhot, jumboq yechilish o‘rniga borgan sari battar chigalchashib borardi.
— Bu nur quyosh nuriga o‘xshab ketyapti, — dedi boshi qotgan amrohim.
Hademay kun xuddi kunduzgiday yorishdi. Ammo o‘ngu so‘limiz, orqa tomonimiz ufqqa qarab qorong‘lashib ketgan edi. Yer bashrlab esayotgan shamol qor zarralarini To‘zgitib tobora kumayardi. Biz qrr to‘zoni oralab yo‘lda davom etardik.
Bu orada harorat juda tez ko‘tarilib borardi.
— O‘ttiz daraja sovuq… Yigirma besh… O‘n yetti… To‘qqiz… — derdi hamrohim. — Nol… Ikki daraja issiq… Ellik daraja sovuqdan keyin-a! Endi shamolning sirini tushuna boshladim. Aftidan, «quyosh ustuni» havo bilan tuproqni qattiq qizdiradi, patijada, harorat ana shunday keskin farq qiladi. Sovuq havo pastdan issiq zonaga kirib boradi, yuqorida esa qarshi tomonga eyeuvchi issiq havo oqimi bo‘lsa kerak.
Nihoyat biz yorug‘lik nuri bevosita tushib turgan nuqtaga yaqinlashdik. Shamol uchirib kelgan qor uchqunlari erib borardi; bo‘ron yomg‘irga aylandi, ammo u osmondan tushmay, orqadan urilardi; yerdagi qor tez erib, pilchillab yotibdi. Tepaliklarning yonbag‘irlari va pastqamliklarda jildirab suv oqyapti. Chana yurolmay qoldi. Izg‘irin qutb qishi, xuddi ertakdagiday, bir zumda bahorga aylandi.
Yo‘lda davom etish xavfli edi: chanalar ishdan chiqishi mumkin. Men to‘xtadim. Ketimdan butun kolonna to‘xtadi. Aerochanalardan poyga qatnashchilari — haydovchilar, injenerlar, muxbirlar, kinooperatorlar sakrab tusha boshladilar. Hamma favqulodda bu hodisadan gungu lol edi.
Men shamoldan saqlanish uchun bir necha chanani ko‘ndalang silib qo‘yishni buyurdim, keyii kengash boshladim. Kengash ko‘pga cho‘zilmadi. Hamma oldinga yurish xavfli, degan fikrni quvvatladi. Men bir necha kishini olib, piyoda ekspediyatsiga boradigan, boshqalar chanalar bilan shu yerda qoladigan bo‘lishdi. Viz nima gapligini aniqlab qaytamiz, keyin hammamiz «quyosh ustuni» ni aylanib o‘tib, poygani davom ettiramiz degan qarorga keldik.
Biz to‘xtagan joyda termometr sakkiz daraja issiqni ko‘rsatib turardi. Binobarin, po‘stinlarimizni yechib, ov etiklari va charm kostyumlar kiyib oldik, o‘zimiz bilan bir oz oziqovqat, asbob-uskunalar olib yo‘lga tushdik.
Bu yo‘l juda mashaqqatli bo‘ldi. Avvaliga oyoqlarimiz ho‘l. qorga botib ketaverdi, keyin loy kechishga to‘g‘ri keldi. Biz ariq va botqoqliklar, kichkina ko‘llarni aylanib o‘tishga majbur bo‘ldik. Baxtimizga, balchiqzor u qadar keng emas ekan. Ko‘p o‘txmay ko‘m-ko‘k o‘t va gullar bilan qoplangan quruq «sohil» ko‘rinib qoldi.
— Qutb doirasi ortida dekabrning oxirida — yog‘du, issiqlik va ko‘kat. Quloqlarimni ishqalang, sal o‘zimga kelay! — xitob qildi hamrohim.
— Lekin bu bahor emas, qahraton qutb okeani o‘rtasidagi qandaydir g‘aroyib ko‘klam orolchasi, — dedi ikkinchi hamrohim. — Agar haqiqiy bahor bo‘lganda edi, bu yerdagi hamma botqoqlik va ko‘llarda son-sanoqsiz parranda va qushlarni ko‘rgan bo‘lardik.
Kinooperatorimiz apparatini o‘rnatib, surat olish harakatiga tushib qoldi. Ammo shu payt shamol ko‘tarilib, uni apparat-mapparati bilan yerga ag‘dardi. Kinooperatorning kattakon jun sharfini shamol chirpirak qilib osmonga uchirib ketdi.
Dovul tobora zo‘rayar va bizni qadam bosgani qo‘ymasdi. Bu yerda, endi shamolning aniq yo‘nalishi ham yo‘q edi: u goh ro‘paradan, goh orqadan kelib urilar, goh quyunday aylanib, osmonga uchirib ketay derdi. Aftidan, biz sovuq havo oqimi bilan issiq oqim to‘qnashib, girdob hosil bo‘layotgan nuqtaga tushib qolgan edik. Bu «Quyosh ustuni» ta’sirida paydo bo‘lgan bo‘ron chegarasi edi.
Biz endi tik turib emas, balki jonholatda bir-birimizga yopishib, loy ustida emaklab borardik…
Nihoyatda holdan toyib, oxiri quruq yerga chiqib oldik, bu joy butunlay osoyishga edi. Jazirama yoz kuni yerdan ko‘tariladigan hovurday, iliq tuproqdan yengil bug‘ ko‘tarilardi. Harorat yigirxuga darajaga yetgan edi.
Bir necha minut ichida kiyimlarimiz qurib, tugmalarimizni yechib tashladik. Bahor yozga aylandi.
Sal narida ko‘m-ko‘k o‘t, rang-barang gullar va mayda qutb qayinlari bilan qoplangan kichkina tepalik ko‘rinib turardi. Atrofda hayotbaxsh nurdan bahra olib kapalaklar, chivin va pashshalar uchib yurardi.
Biz tepalikka chiqdigu hayratdan qotib qoldik. Ko‘rganlarimiz sarobga o‘xshardi.
Qarshimizda bugdoyzor chayqalib turibdi. Ayrim paykallarda kungaboqar, makkajo‘xori bo‘y cho‘zgan. Uning ortida — karam, bodring, lavlagi, pomidor ekilgan paykallar, qulupnay va zemlyanika pushtalari. Undan narida esa — butali ekinlar, smorodina, krijovnik va hatto uzum boshlari oltinday tovlanib turgan tokzor. Butazor orqasida — mevali daraxtlar: nok, olma, olcha, olxo‘ri, undan narida — mandarin, o‘rik, shaftoli va nihoyat, vohaning markaziy qismida, aftidan u yerda harorat juda baland bo‘lsa kerak, apelsin va limon daraxtlari, kofe, kakao va choy butalari o‘sib yotardi.
Qisqasi, bu yerga o‘rta mintaqa, subtropik va hatto tropik sharoitda o‘sadigan eng muhim madaniy o‘simliklar to‘plangan edi.
Dalalar, paykal va bog‘lar orasiga bir markazga kelib tutashuvchi yo‘l tushgandi. Ana shu joyda tepasiga radiomachta o‘rnatilgan besh qavatli bino qad ko‘tarib turibdi. Binonning balkonlarida va deraza tokchalarida — har xil ullar, ko‘katlar. Devorlarni chirmoviq o‘t qoplab olgan.
Dalalarda ham, paykallarda ham, bog‘larda ham yozgi kostyum ia soyavoni keng shlyapa kiygan odamlar ishlashardi…
Ikki minutlar chamasi dong qotib turaverdik. Nihoyat sherigim tilga kirdi:
— Odamning tasavvuriga ham sig‘maydigan hol! Ffu! — dedi u og‘ir entikib. — «Ming bir kecha» dagi ertakka o‘xshaydi!
Biz tik yo‘ldan voha markaziga qarab yura boshladik. Men ahyon-ahyon sirli nur yog‘ilayotgan osmonga qarab qo‘yardim. Oftobday ko‘zni qamashtiruvchi hilol endi gardish shakliga kirgan edi.
Sariq qum sepilgan yo‘lkadan mevalari garq pishib yotgan apelsin daraxlari oralab biz tomonga oftobda qoraygan bir kishi kela boshladi. Egnida oq ko‘ylak, tizzadan keladigan oq shim, sarpoychan oyog‘iga sandal kiyib olgan. Soyavoni keng shlyapasi yuziga soya tashlab turibdi. U uzoqdanoq bizga qarab ochiq chehra bilan qo‘l silkidi. Yaqinlashganimizdan so‘ng, dedi:
— Salom, o‘rtoqlar. Sizlarning kelishlaringiz haqida menga xabar qilishgan edi. Agar bo‘ronlarimizni yorib o‘tgan bo‘lsalaringiz chindan ham jasur kishilar ekansizlar.
— Ha, soqchilaringiz zo‘r ekan, — javob berdi hamrohim kulib.
— Bizga soqchilarning keragi yo‘q, — deb e’tiroz bildirdi haligi kishi. Chegaradagi quyuilar — bu, ikkipchi darajali hodisa. Lekin biz xohlasak, bironta ham tirik jon o‘tolmaydigan bo‘ron to‘siqlarini yaratishimiz haxux mumkin edi. U holda sichqon ham, fil ham baravariga osmonga ko‘tarilib kimsasiz qor sahrosiga uloqtirib tashlangan bo‘lardi. Sizlar, harholda, juda katta xatarga duch kelgansizlar. Vaholanki, sharq tomonda bu yoqqa bemalol, bexavfu xatar o‘tish xmumkin bo‘lgan yopiq yo‘l bor… Hay mayli, endi tanishaylik: Kruks, Vilyaxug Kruks. Tajriba vohasining direktori. Bu yerda shunaqa voha borligini bilxmasalarngiz kerak? Darvoqe, yuzlaringizdan ham ko‘rinib turibdi. Voha — sir emas. Bu haqda gazetada haxya, radioda haxm xabar berilgan. Lekin xmen sizlarning bexabarligingizdan taajjublanmayxugan. Odamlar dunyoni qayta qurishga kirishganlaridan beri yer yuzining haxixma burchaklarida shu qadar ko‘p ishlar amalga oshirilyaptiki, bularning hamxiasiga ko‘z-quloq bo‘lib turish qiyin. Kets Yulduzi to‘g‘risida eshitganxuxisizlar?
— Ha, — javob berdixya men.
— Balli, bizning «sun’iy quyoshixsiz», — Kruks qo‘li bilan osxmonga ishora qildi. — Kets Yulduzi tufayli bunyodga keldi. Kets Yulduzi — osxugondagi birinchi baza. Ana shunday bazaga ega bo‘lgan holda o‘z «quyoshi» xugizni yaratish haxm qiyin exmas edi. Nazarimda, buning nimaligini payqayotgan bo‘lsalaringiz kerak? Bu sayqallangan tunuka taxtalardan yasalgan botiq oyna. Quyosh nuri ufq ortidaligidayoq oynaga tushib, Yerga tik aks nur qaytaradigan balandlikka o‘rnatilgan u. Soyalarga qaranglar. Ular ekvatorda tush paytidagiday juda tik. Yerga tikkasiga suqib qo‘yilgan cho‘p hech qanday soya berxugaydi. Harorat. vohaning x «ar kazida o‘ttiz daraja, yil bo‘yi, kechasi-yu kuiduzi shunday. Faqat vohaning atrofida sovuq havo oqimi tufayli harorat bir oz pastroq. Lekin bu oqim aytarli emas: sovuq havo yerdan chiqib turgan bug bilan o‘sha zahotiyoq yuqoriga ko‘tarilib ketadi. O‘simliklarimizni ana shu harorat zonalariga qarab joylashtirganmiz. Markazda, ko‘rib turibsizlar, nihoyatda issiqsevar o‘simlik bo‘lgan kakao ham yashnab turibdi.
— Mabodo sun’iy quyoshingiz so‘nib qolsa nima bo‘ladi? — so‘radim men.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Kets Yulduzi - 04
  • Parts
  • Kets Yulduzi - 01
    Total number of words is 4025
    Total number of unique words is 2043
    36.2 of words are in the 2000 most common words
    53.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 02
    Total number of words is 4120
    Total number of unique words is 2033
    36.3 of words are in the 2000 most common words
    53.6 of words are in the 5000 most common words
    63.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 03
    Total number of words is 4194
    Total number of unique words is 2092
    35.1 of words are in the 2000 most common words
    51.5 of words are in the 5000 most common words
    60.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 04
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 2152
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    50.7 of words are in the 5000 most common words
    57.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 05
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 1954
    34.9 of words are in the 2000 most common words
    50.6 of words are in the 5000 most common words
    59.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 06
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1938
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    51.8 of words are in the 5000 most common words
    61.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 07
    Total number of words is 4262
    Total number of unique words is 1964
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    60.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 08
    Total number of words is 4242
    Total number of unique words is 2020
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    52.0 of words are in the 5000 most common words
    61.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 09
    Total number of words is 4215
    Total number of unique words is 2098
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    49.5 of words are in the 5000 most common words
    57.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 10
    Total number of words is 4187
    Total number of unique words is 2024
    34.6 of words are in the 2000 most common words
    50.1 of words are in the 5000 most common words
    59.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 11
    Total number of words is 3764
    Total number of unique words is 1921
    35.9 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    60.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.