Kets Yulduzi - 01

Total number of words is 4025
Total number of unique words is 2043
36.2 of words are in the 2000 most common words
53.2 of words are in the 5000 most common words
64.6 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.

Aleksandr Belyayev
KETS Yulduzi
Konstantin Eduardovich Siolkovskiy xotirasiga bag‘ishlayman
Ilmiy-fantastik roman

I. QORASOQOL BILAN UCHRASHUV
Arzimagan bir voqea taqdirimni hal qiladi, deb kim o‘ylabdi deysiz.
U paytda bo‘ydoq edim, ilmiy xodimlar turadigan binoda istiqomat qilardim. Leningradning bahor oqshomlaridan birida ochiq derazadan xiyobondagi yashil momiq bilan qoplangan daraxtlarni tomosha qilib o‘tirardim. Uylarning yuqori qavatlari botayotgan quyoshning sarg‘ish nurida cho‘milar, pastki qavatlaresa ko‘kimtir qorongilik qa’riga g‘arq bo‘lmoqda edi. Uzoqdan Neva daryosi va Admiralteystvo qubbasi yarqirab ko‘rinardi. Oqshom nihoyatda so‘lim edi, faqat kuy yetishmasdi, xolos. Radiopriyomnigim buzilib qolgan edi. Qo‘shni xonadan taralayotgan mayin bir kuy devorlarga urilib, qulogimga elas-elas eshitilardi. Shu tobda qo‘shnilarimga havasim kelib ketdi va nihoyat, qo‘shnim Antonina Ivanovna radiopriyomnigimni osongyna tuzatib berishi mumkin-ku, degan fikrga keldim. Men u qiz bilan yaxshi tanish emasdim, lekin fizika-texnika institutida assistent bo‘lib ishlashiyi bilardim. Har gal zinada uchrashib qolganimizda bir birimizga muloyimgina ta’zim qilib o‘tardik. Shuning o‘zi unga yordam so‘rab murojaat qilishimga to‘la huquq beradiganday tuyuldi nazarimda.
Hayal o‘tmay qo‘shnim eshigidagi qo‘ng‘iroq tugmasini bosdim.
Eshikni Antonina Ivanovna ochdi. U yigirma besh yoshlardagi suluv qiz edi. Uning katta-katta quvnoq qo‘yko‘zlari kishiga andak istehzo bilan takabburona boqar, qirra burni esa chehrasiga qandaydir jo‘shqinlik ifodasini bahsh etardi. Egnidagi jo‘ngina tikilgan qora movut ko‘ylagi qomatini quchib turardi.
Negadir birdan dovdirab qoldim va shosha-pisha, uzuq-yuluq qilib kelishimning sababini tushuntirdim.
— Bu zamonda radiotexnikani bilmaslik uyat, — deb gapimni bo‘ldi u hazil aralash.
— Men biologman, — dedim o‘zimni oqlamoqchi bo‘lib.
— Lekin hozir maktab bolalari ham biladi radiotexnikani.
U shunday deya tekis tishlarini yarqiratib kularkan, ta’nasini yumshatganday, oradagi noqulaylik sal ko‘tiralganday bo‘ldi.
— Yuring, ichkariga kiraylik, choyimni ichib bo‘lib, priyomnigingizni davolagani boraman.
Men bajonu dil ergashdim.
Keng oshxonadagi dumaloq stol yonida semiz, ikki yuzi qipqizil, ochlari oppok ayol— Antonina Ivanovnaning onasi o‘tirardi. U men bilan quruqqina ko‘rishib choyga taklif qildi.
Men rad etdim. Antonina Ivanovna choiini ichib bo‘lgach, biznikiga chiqdik.
U priyomnikni g‘oyatda chaqqonlik bilan qismlarga ajratdi. Men uning uzun, harakatchan barmoqlariga havas bilan tikilardim. Biz ko‘p gaplasholmadik. Qiz apparatni birpasda tuzatib, chiqib ketdi.
Bir necha kungacha faqat u haqda o‘ylab yurdim, yana kirmoqchi bo‘lardimu, biroq hech bahona topolmasdim. Nihoyat, aytishga ham uyaladi kishi, priyomnigimni atayin buzib qo‘ydim… Keyin uning oldiga kirdim.
Qiz priyomnikni ko‘zdan kechirib chiqdi-yu, menga masxaraomuz qarab qo‘ydi-da:
— Priyomnigingizni tuzatmayman, — dedi.
Mening lavlagim chiqib ketdi.
Ammo ertasi kuni yana kirdim— bu gal priyomnigim juda yaxshi ishlayotganini aytish uchun kirdim. Shunday qilib, Tonyani ko‘rib turish, — men uni o‘zimcha shunday deb atardim, — men uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qoldi.
Qiz men bilan do‘stona munosabatda bo‘lardi, lekin men uning nazarida kabinetda o‘tirib qolgan olim, tor doiradagi mutaxassis, raditexnikadan bexabar, xarakteri bo‘sh, tabiati o‘z laboratoriyasi yoki kabinetiga mukka tushib olgan chollarnikiga o‘xshagan bir kishi edim. Har uchrashganimizda u talay ko‘ngilsiz gaplarni uyib tashlar va xarakterimni o‘zgartirishni maslahat berardi.
Mening izzat-nafsim haqoratlangan edi. Qaytib unikiga kirmaslikka qaror qildim, lekin, albatta, buning uddasidan chiqolmadim. Buning ustiga, o‘zim ham sezmay xarakterimni o‘zgartira boshladim: ko‘proq sayr qiladigan, sport bilan shug‘ullanadigan bo‘ldim, chang‘i, velosiped va hatto radiotexnikaga oid kitoblar sotib oldim.
Bir kuni Leningrad ko‘chalarida sayr qilib yurib, Yigirma Beshinchi Oktabr ko‘chasi bilan Uchinchi Iyul ko‘chasining muyulishida timqora soqolli yoshgina bir kishini ko‘rib qoldim.
U menga diqqat bilan bir oz tikilib turdi-da, keyin istiqbolimga shaxdam yurib kela boshladi.
— Kechirasiz, siz Artemyev emasmisiz?
— Shunday, — javob berdim men.
— Siz Nina… Antonina Gerasimovani taniysizmi? Men yeizni bir kuni u bilan ko‘rgan edim. Men unga Yevgeniy Paley haqida ba’zi narsalarni aytmoqchi edim.
Shu payt notanish kishining oldiga avtomobil kelib to‘xtadi.
— Tezroq! Tezroq bo‘ling! Kechikamiz! — deb qistadi shofyor.
Qorasaqol mashinaga sakrab chiqib oldi.
— Aytib qo‘ying — Pomir, Kets… — deb qichqirdi u mashina gizillab borarkan.
Avtomobil tezda g‘oyib bo‘ldi.
Uyga bir alfozda qaytdim. Bu odam kim? Familiyamni qayoqdan biladi? Meni Tonya bilan yoki u aytgancha Nina bilan, qayerda ko‘rgan ekan? Hamma tanishlarimni bir-bir ko‘z o‘ngimdan o‘tkazib chiqdim… Bunday qirraburun va qop-qora cho‘qqisoqol albatta esda qolishi kerak. Yo‘q, men bu odamni ilgari uchratmaganman… U tilga olgan Maley-chi? U kim bo‘ldi?
Tonyaning oldiga kirib, bu g‘alati uchrashuv haqida gapirib berdim. Hamisha ogir vazmin bu qiz birdan hayajonlanib ketdi. Paleynpng nomini eshitib hatto qichqirib yubordi. Uchrashuvni butun tafsilotlari bilan qaytadan gapirib berishga majbur qildi, keyin nega u odam bilan birga mashinaga o‘tirib, hamma gapni so‘rab olmadingiz, deb koyishga tushdi.
— Tavba, juda qo‘ymijoz odamsiz-da! — dedi u so‘zini tugatib.
— To‘g‘ri, — javob berdim men jahl bilan. — Amerikaning sarguzasht filmlaridagi qahramonlarga sirayam o‘xshamayman va bu bilan faxrlanaman. Notanish odamning mashinasiga chiqib olish… Afv etasiz.
U o‘yga botdi, mening so‘zlarimga quloq ham solmay, xuddi alahsiraganday o‘zicha pichirlay boshladi:
— Pomir… Kets… Pomir… Kets…
Keyin kitob javonini titkilab, Pomir xaritasini oldi va Kets degan lsoyni qidira ketdi.
Ablatta xaritada Kets degan joy ko‘rsatilmagan edi.
— Kets… Kets… Agar bu shahar bo‘lmasa, nima o‘zi: kichkina qishloqmi, ovulmi, biron tashkilotmi?.. Ketsning nimaligini bilish kerak! — deb xitob qildi u. — Shu bugunoq yoki ertaga ertalabdan qoldirmay qanday qilib bo‘lmasin bilish kerak.
Tonyani taniyolmay qoldim. Bamaylixotir va tartib bilan ishlaydigan bu qizda shuncha kuch-g‘ayrat borligini ko‘rib hayratda qoldim. Bu o‘zgarishga faqat bir so‘z — Paley degan sehrli so‘z sabab bo‘lgan edi. Men undan Paleyning kimligini so‘rashga jur’at qilolmadim, uyga chiqib ketdim.
Yashirib o‘tirmayman, o‘sha kecha uxlay olmadim, ta’bim juda xira edi, ertasi kuni Tonyaning oldiga chiqmadim ham. Ammo kechqurun uning o‘zi kirib keldi. U odatdagiday muloyim va xotirjam edi. Stulga o‘tirib, gap boshladi:
— Ketsiing nimaligini aniqladim: bu Pomirdagi hali xaritaga kiritilmagan yangi shahar ekan. Ertaga o‘sha yoqqa jo‘naymai, siz ham men bilan birga borishingiz kerak. Men qorasoqolli kishini tanimayman; siz uni topishga yordam berasiz. Axir Paley haqida ma’lumotga ega bo‘lgan odamning familiyasini bilib olmaganligingiz sizning gunohingiz-ku, Leonid Vasilyevich.
Men hangu mang bo‘lib qoldim. Shu yetmayotgan edi-da, o‘ziyam. Labortoriyani, ilmiy ishimni tashlab, qandaydir Paley ismli kimsani qidirib, Pomirga borar emishman-a!
— Antonina Ivanovna, — dedim men quruqqina qilib. — Ilmiy tajribalarimning samarasini faqat birgina tashkilot kutmayotganini yaxshi bilasiz. Hozir, jumladan, mevalarning iishishini to‘xtatib turish masalasiga bag‘ishlangan ishimni tugallayapman. Bu tajriba anchadan beri Amerikada olib borillyapti, bizda ham boshlangan bu ish. Ammo natija hali-hozircha quvontirarli emas. Eshitgan bo‘lsangiz kerak, o‘rik, mandarin, shaftoli, apelsin, behi va shunga o‘xshash mahalliy mevalardan turli xil mahsulotlar tayyorlaydigan janubdagi konserva fab rikalari bir-bir yarim oy qattiq ishlab,yiliga o‘n-o‘n bir oy bekor turishadi. Bunga sabab, mevalarning deyarli bir vaqtda pishishi va ularni birdaniga ishlatishning imkoniyati yo‘qligida. Shuning uchun ham har yili hosilning qariyb o‘ndan to‘qqiz qismi nobud bo‘ladi.
Yiliga o‘n oy bekor turadigan fabrikalar sonini ko‘paytirishning ham foydasi yo‘q. Shu vajdan menga yozda Armanistonga borib, o‘sha yerning o‘zida mevalarning pishishini sun’iy ravishda kechiktirish yuzasidan g‘oyat muhim tajriba o‘tkazish topshirilgan. Tushunyapsizmi? Mevalar hali go‘raligida terib olinadi, keyin zavodlarning ulgurishiga qarab asta-sekin pishib boraveradi. Shunday qilib, zavodlar ishsiz qolmaydi…
Tonyaga qarab duduqlanib qoldim. U so‘zimni bo‘lmadi, uning bunaqa odati yo‘q edi, ammo chehrasi borgan sari xiralashib borardi. Peshanasida, ikki qoshining orasida ajinlar paydo bo‘lib, qovoqlari osilib ketdi. Uzun kipriklarini ko‘targanida ko‘zlaridagi nafratini payqadim:
— Jamoatchi-olimni ko‘ringlar-a! — dedi u sovuq ohangda. — Men ham Pomirga o‘ynagani emas, ish bilan ketyapman. Qanday qilib bo‘lmasin Paleyni qidirib topishim kerak. Safar ko‘pga cho‘zilmaydi. Mevalar pishgunicha Armanistonga yetib ham borasiz…
Nima desam ekan! Axir unga meni qanday noqulay ahvolga solib qo‘yayotganini aytolmayman-ku! Sevgan qizing bilan allaqanday Paley degan kimsani, balki o‘z raqibingni qidirib yurish… Bu qanday gap! To‘g‘ri, u o‘ynagani emas, ish bilan ketyapman deyapti. Lekin uning Paleyda nima ishi bor ekan? Buni so‘rashga g‘ururim yo‘l bermadi. Bo‘ldi, yetar. Sevgi ishga xalaqit beryapti. Ha, ha! Ilgari laboratoriyada yarim kechagacha o‘tirardim, endi esa soat to‘rt bo‘lar-bo‘lmas jo‘nab qolaman. Men unga yana bir bor rad javobini bermoqchi bo‘lib turgan edim, yana Tonyaning o‘zi gap boshlab qoldi:
— Mayli, bir o‘zim boradiganga o‘xshayman, — dedi u o‘rnidan turayotib. — Bu ishni ancha qiyinlashtiradi, biroq, sizning yordamingizsiz ham qorasoqolni topib olarman balki. Xayr, Artemyev. Muvaffaqiyatli pishishingizni tilayman.
— Menga qarang, Antonina Ivanovna!.. Tonya!..
Ammo u allaqachon chiqib ketgan edi.
Orqasidan borsammikin? Qaytarsammikin? Mayli, roziman, deymi?.. Yo‘q, yo‘q! Bir gapda turish kerak. Hozir shunday qilmasam, keyin rasvo bo‘ladi.
Darhaqiqat, o‘sha kuni kechqurun, tun bo‘yi, ertasiga ertalab ham gapimda turdim. Laboratoriyadagi tajribam — olxo‘rilarga qaragim ham kelmasdi.
Tonya, albatta, yolg‘iz jo‘naydi. U hech qanday qiyinchilikdan qo‘rqmaydi Qorasoqolni va u orqali Paleyni topgach, Pomirda nima voqea yuz berarkin? Agar u bilan birga bo‘lganimda hamma narsani bilib olardim. Tonya bilan birga bormasam — bu aloqa uzildi degan so‘z. Keta turib bekorga «xayr» degani yo‘q.Lekin, baribir bir gapda turish kerak. Hozir shunday qilmasam, keyin rasvo bo‘ladi.
Ablatta, men bormayman. Lekin judayam johil bo‘lish kerak emas-da. Tonyaga yo‘l hozirligini ko‘rishda yordam berish oddiy bir iltifot-ku.
Xullas, soat hali to‘rt ham bo‘lmasdan to‘rtinchi qavatdan oyog‘imni qo‘limga olib pastga otildim: Amerika filmlaridagi qahramonlardan qolishmay yurib ketayotgan trolleybusga sakrab chiqib olib, uyga jo‘nadim. Chamamda, Tonyalarnikiga taqillatmasdanoq kirib borgan bo‘lsam kerak. Eshikdan kira solib:
— Siz bilan boraman, Antonina Ivanovna! — deb qichqirdim.
Bu xitob qaysi birimiz uchun kutilmagan bo‘lishini aniq bilmayman, nazarimda, men uchun bo‘lsa kerag-ov!
Shunday qilib, men ajoyib-g‘aroyib sarguzashtlar girdobiga tushib qoldim.
II. TINIB GINCHIMAGAN QIZ
Leningraddan sirli. Ketsga qilgan sayohatimizni g‘ira-shira eslayman. Bu kutilmagan safardan g‘oyat hayajonlangan, o‘zimning xulq-avtorim va Tonyaning g‘ayrat-shijoatidan tamom gangib qolgan edim.
Tonya biror kunning ham bekor ketishini istamasdi, shuning uchun eng uchqur zamonaviy aloqa vositalarini nazarda tutgan holda sayohat rejasini tuzib chiqdi.
Leningraddan Moskvagacha aeroplanda uchdik. Valday tepaligi ustida aeroplan shunaqayam chayqaldiki, asti qo‘yaverasiz. Men kemaning chayqa (iga ham, havodagi silkinishga ham bardosh berolmayman, shuy. ing uchun darrov mazam qochdi. Tonya jon kuydirib tepamda parvona bo‘ldi. U butun yo‘l bo‘yi menga g‘amxo‘rlik qildi, iliq muomalada bo‘ldi, xullas, uning munosabati endi tamom o‘zgargan edi. Men borgan sari hayratga tushardim: qancha kuch-g‘ayrat, ayollarga xos muhabbat, mehru shafqat bor-a, bu qizda! Sayohat oldidan u menga nisbatan ko‘proq yelib-yugurdi, lekin bu aslo sezilmasdi. Uning kayfi chog‘, dam-badam allaqanday qo‘shiqlarni xirgoyi qilib borardi.
Moskvada biz Siolkovskiyning Moskva bilan Toshkent o‘rtasida qatnovchi yarim reaktiv stratoplaniga. o‘tirdik.
Bu mashina juda tez uchar ekan. Sigara nusxa uchta metall korpus yonma-yon ulangan, dum tomonida kichkina qanotcha, ustidan esa bitta qanot bilan qoplangan— stratoplanning tashqi ko‘rinishi ana shunday. Tonya uning tuzilishi bilan tezda tanishib olib, menga ham tushuntira ketdi: chap tomondagi korpusda yo‘lovchilar bilan uchuvchilar o‘tirisharkan, o‘ng tomonda yonilg‘i, o‘rtadagi korpusda esa samolyot parragi, havoni siqib chiqaruvchi asbob, dvigatel va sovutgich joylashgan ekan; samolyotni parrak kuchi bilan yonilg‘i harakatga keltirar ekan. Tonya yana allaqanday g‘alati narsalar haqida gapirdi, lekin men yangi taassurotlar qarshisida lol bo‘lib qolganimdan tuzukkina anglayolmadim. Zich yopiluvchi kabinaga kirib, yumshoq o‘rindiqlarga o‘tirganimiz esimda. Samolyot temir izlar ustida shiddat bilan sirg‘alib, tezligi sekundagi yuz metrga yetgach, havoga ko‘tarildi. Biz juda balandda, aftidan, troposfera ustida, soatiga ming kilometr tezlik bilan uchib borardik. Aytishlaricha, bundan ko‘ra tezroq uchish ham mumkin ekan.
Hali tuzuroq joylashib olmasimdan RSFSR orqada qolib ketdi. Bulut qatlami orasidan yer ko‘rinmasdi. Bulutlar siyraklasha boshlagach, juda pastda qo‘ng‘ir tusli yer sathi ko‘zga tashlandi. Uning o‘rtasi chuqurroq, gardishi ufq sari yuksalgan, xuddi to‘ntarib qo‘yilgan gumbazga o‘xshardi.
— Qozoq sahrolari, — dedi Tonya.
— Darrov-a? Mana buni tezlik desa bo‘ladi!
Bu uchishimiz hatto sabri chidamayotgan Tonyani ham qanoatlantirar edi.
Oldinda Orol dengizi yaltirab ko‘rindi. Kabinada ham endi hozirgina ortda qolgan Moskva haqida emas, Toshkent, Andijon, Qo‘qon xususida gap borar edi.
Toshkentni tomosha qilishga ulgurolmadim. Biz yashin tezligida aerodromga qo‘ndik va dam o‘tmay avtomobilga o‘tirib, Siolkovskiy tomonidan yaratilgan, o‘ta tez yuradigan reaktiv poyezd vokzaliga jo‘nadik. Toshkent bilan Andijon orasida qatnaydigan bu birinchi reaktiv poyezd o‘z tezligi jihatidan stratoplandan qolishmas ekan.
Men uzun, yurganda shamol qarshiligiga kamroq uchraydigan qilib yasalgan g‘ildiraksiz vagonni ko‘rdim. Vagon tubi yerdan sal ko‘tarilgan beton izda turardi. Vagonning ikki tomonida beton izdan chiqib turgan qanotsimon jihozlar bor edi. Bu qanotlar burilishlarda yordam bersa kerak.
Aytishlaricha, havo oqimi vagon tubiga haydalib, maxsus teshiklardan orqaga siqib chiqarilar ekan. Shunday qilib, vagon yupqa havo qatlami ustida ucharkan. Ishqalanish juda kamaytirilgan ekan. Harakat havo oqimining orqaga haydalishidan hosil bo‘lib, tezlik shu darajaga yetarkanki, vagon hatto ko‘priksiz kichik daryolardan sakrab o‘tib ketaverarkan.
Men xavotirlanib, seskanibroq vagonga o‘tirdim. Biz yo‘lga tushdik.
«Uchar poyezd» ning tezligi haqiqatan ham juda katta ekan. Deraza ortidagi manzara sariq-kulrang tusga kirgan. Faqat osmon ko‘m-ko‘k ko‘rinar, oppoq bulutlar esa shiddat biln orqaga uchar edi. Rostiii aytsam, bu yangi transport vositasining hamma qulayliklariga qaramay, qisqa safarimizning tezroq tugashini kutardim. Mana birdan ostimizda daryo yaraqlab qoldi, ko‘priksiz bu daryodan ko‘z ochib-yumguncha sakrab o‘tib ketdik. Men dodlab beixtiyor o‘rnimdan turib ketdim. Mening bu qadar qoloqligimni ko‘rib, yo‘lovchilar xaxolab kulib yuborishdi. Tonya bo‘lsa quvnab chapak chalar va:
— Mana bu menga yoqadi! Buni tezlik desa bo‘ladi! — derdi.
Men entikkancha derazadan tashqariga qarab-qarab qo‘yardim: bu yakrang manzara qachon tugarkin?
Andijonga yetkanimizda men rahm-shafqat so‘radim. Shuncha mashaqqatlardan keyin bir oz dam olish kerak-ku, axir. Ammo Tonya buni eshitishni ham xohlamasdi. U hamon qaynab-toshib turardi.
— Butun grafikni buzib yuborasiz. Men hamma narsani mi nutigacha hisobga olganman.
Shunday qilib, biz yana xuddi yov quvganday aerodromga qarab yugurdik.
Andijondan O‘shgacha oddiy aerotslanda uchdik. Uning tezligi ham chakana emas — soatiga to‘rt yuz ellik kilometr — lekin, bu uchish ham Tonyaga toshbaqa yurish bo‘lib tuyuldi. Baxtga qarshi, motor xirillab, yerga qo‘nishga majbur bo‘ldik. Bortmexanik motorni tuzatguncha, kabinadan chiqib, qum ustiga cho‘zildim. Lekin qum haddan tashqari issiq edi. Quyosh ayovsiz olov purkardi, binobarin, yana dim kabinaga qaytib kirishga to‘g‘ri keldi.
Terga pishib o‘tirarkanman, sayohatimizni ich-ichimdan so‘kar va Leningradning huzurbaxsh mayin yomg‘irini orzu qilardim.
Tonya Ushdan uchadigan dirijablga kechikishdan ko‘rqib, asabiylashardi. Baxtga qarshi, kechikmadik, dirijabl uchishidan yarim soat ilgari aerodromga kelib ko‘ndik. Taram-taram po‘latdan yasalgan bu bahaybat metall qush bizni Kets shahriga eltib qo‘yishi kerak edi. Biz dirijabl turgan machta yoniga chopib borib, liftda tezlik bilan yuqoriga ko‘tarildik va gondola ichiga kirdik.
Dirijabldagi sayohat menda iliq xotira qoldirdi. Gondola kayutalari salqin, hammavaqt shamollatib turilarkan. Tezlik— soatiga bor-yo‘g‘i ikki yuz yigirma kilometr. Silkinish ham, chayqalish ham, chang-chung ham yo‘q. Biz shinam kayut-kompaniyada yaxshilab ovqatlandik. Ovqat ustida Oloy, Qorako‘l, Xorog kabi talay yangi so‘zlarni eshitdim…
Pomir yuqoridan menda noxush taassurot qoldirdi. Bu«dune tomi» ni «o‘lim supachasi» deb bejiz aytishmagan. Muz daryolari, tog‘lar, daryolar, har xil tepaliklar, qop-qora tosh tishlari chiqib turgan qor devorlari — bari motamsaro. Faqat olisda, juda pastda yashil yaylovlar ko‘zga tashlanadi.
Bir yo‘lovchi alpinist ko‘kimtir muz bilan qoplangan tog‘ni ko‘rsatib, Tonyaga tushuntirib borardi:
— Mana bu tekis muzlik, anovinisi ignasimon, narigisi gadir-budur, undan narida to‘lqinsimon, zinapoyali…
Birdan ko‘l sathi yarqirab ko‘rindi…
— Qorako‘l. Dengiz sathidan uch ming to‘qqiz yu’ to‘qson myotr llandda, — dedi alpinist.
— Qarang, qarang! — deb qoldi menga Tonya.
Pastga qaradim. Oddiy ko‘l. Yarqirab turibdi. Toiya esa gaavqavqdan entikadi.
— Qanday go‘zal!
— Ha, ajoyib ko‘l, — dedim men ham Tonyani rangjitmaslik uchun.
III. MEN IZQUVARGA AYLANDIM
Mana, nihoyat, pastlay boshladik. Dirijabldan butun shahar ko‘rinib turibdi. U qor cho‘qqilari orasidagi juda uzun, ensiz, baland tog‘ vodiysiga joylashgan. Vodiy g‘arbdan sharqqa qarab cho‘zilib ketgan. Shaharga yaqinlashganda esa kengayadi. Vodiyning janub tomonida kattakon tog‘ ko‘li bor. Alpinistning aytishicha, u juda chuqur emish.
Ikki yuzga yaqin uyning yasei tunuka tomlari yarqirab turibdi. Tomlarning ko‘ni alyuminday oppoq, lekii qoralari ham bor. Togning shimoliy yonbag‘rida gumbazli ulkan bino qad ko‘targan, aftidan, observatoriya bo‘lsa kerak. Turar joylarningorqasida fabrika binolari ko‘zga tashlanadi.
Biz qo‘nadigan aerodrom shaharning garb tarafida ekan, sharq tomonda esa qandaydir juda enlik g‘alati temir yo‘l. U vodiyning oxirigacha cho‘zilgan, nazarimda o‘gaa yerda uzilsa kerak.
Nihoyat, yerga qo‘ndik.
Mehmonxonaga ketyapmiz. Shaharni tomosha qilishga hol yo‘q: yo‘l ezib tashlagandi. Tonya ham rahmdillik qilib menga ruxsat berdi. Botinkalarimni yechib, keng divanga cho‘zildim. Oh-oh! Qanday rohat! Har turli tezyurar mashinalarning motoridan boshim hanuz guvillardi, ko‘zlarim yumilib ketyapti. Endi bir miriqib Dam olatan-da!
Eshikni birov tiqillatganday bo‘ldi. Yo haliyam boshim guvillayaptimikin?.. Yo‘q, rostdanam tiqillatishyapti. Topgan vaqtlarini qarang-a.
— Kiring! — dedim achchiq bilan va divandan sakrab turdim.
Ostonada Tonya ko‘rindi. U mendan xabar olgani kirganga o‘xshaydi.
— Qalay, yaxshi dam oldingizmi? Yuring endi, — dedi u.
— Qayoqqa? Nega? — dedim qattiq-qattiq gagshrib.
— Qayoqqa bo‘lardi? Bu yerga nima uchun keldik?
Ha, ha. Qorasoqolli kishini qidirish uchun kslganmiz. Tushunarli… Lekin hozir kech bo‘lib qoldi-ku, yaxshisi ertalabdan boshlasak bo‘lmasmikin. Birok, qarshilik qilish befoyda edi. Indamay Leningradda kiyadigan yengil paltomni yelkamga tashladim, ammo Tonya g‘amxo‘rlik bilan ogohlantirdi:
— Po‘stinni kiying. Bir necha ming metr balandlikda turganimizni unutmang. Quyosh ham allaqachon botgan.
Men po‘stinimni kiydim, biz ko‘chaga chiqdik.
Muzdek tog‘ havosi dimog‘imga urilib, nafasim bo‘g‘ila boshladi. Tonya mening qiynalayotganimni ko‘rib, tushuntirdi:
— Siz siyrak tog‘ havosiga o‘rganmagansiz. Hechqisi yo‘q, tez o‘tib ketadi.
— Qiziq, mehmonxonada buni sezmagan edim-ku, — dedim ajablanib.
— Mehmonxonadagi havo kompressor orqali sun’iy ravishda quyuqlashtirilgan, — javob berdi Tonya, — tog‘ havosini hamma ham ko‘tara olmaydi. Ba’zklar butunlay ko‘chaga chiqishmaydi, ular bilan xonada konsultatsiya ochib boriladi.
— Afsus, bu imtiyoz qorasoqolli kishilarni qidiruvchi mutaxassislarga berilmas ekan-da! — deb kesatdim hazil aralash.
Biz toza, yaxshi yoritilgan shahar ko‘chalari bo‘ylab yurib borardik. Dunyodagi eng tekis va eng mustahkam tosh ko‘cha shu yerda — boshdan-oyoq tabiat silliqlagan va tabiat pardozlagan granitdan qurilgan.
Qarshimizdan qorasoqolli kishilar tez-tez chiqib turardi: aftidan, aholi orasida janubliklar ko‘pga o‘xshaydi.
Tonya har qadamda yengimdan tortar va:
— Shu emasmi? — deb so‘rardi.
Men g‘amgin bosh chayqardim. Shunday qilib, ko‘l bo‘yiga borib qolganimizni ham sezmabmiz.
Birdan sirenaning chinqirig‘i eshitildi. Sado atrofga taralib, cho‘chib uyg‘ongan tog‘lardan hazin aks sado qaytdi. Havoda qandaydir yurakni muzlatadigan ohang suzardi.
Sohil bo‘ylab ravshan chiroqlar yondiyu ko‘l yarqirab, xuddi olmos gardishli ko‘zguga o‘xshab qoldi. Chiroqlar ketidan o‘nlab qudratli projektorlar o‘zlarining moviy nurlarini musaffo osmonga qadashdi. Sirenaning Ovozi o‘chdi. Tog‘dagi aks sado ham tindi. Ammo shahar oyoqqa turgan edi.
Ko‘lda sohil bo‘ylab tezyurar kater va gliyerlar suzib yurardi. Odamlar to‘dasi ko‘l tomon oqib kela boshladi.
— Qayoqqa qarayapsiz? — deb qoldi birdan Tonya.
Bu ovoz menga yana o‘zimning dardisar vazifamni eslatdi. Men ko‘l va chiroqlarga shartta orqamni o‘girib, to‘da orasidan soqolli kishilarni qidira boshladim.
Bir payt qorasoqolli noganish kishini ko‘rganday bo‘ldik. Endi Tonyaga aytmoqchi bo‘lib turuvdim, uning o‘zi xitob qilib qoldi:
— Qarang, qarang! — dedi u osmonga ishora qilib.
Biz yerga yaqinlashib kelayotgan oltin yulduzni ko‘rdik. Olomon jim bo‘lib qoldi. Shu on olisdan gulduragan ovoz eshitildi. Beg‘ubor osmonda momaqaldiroq ovozi! Bu guldurosga tog‘lar bo‘g‘iq aks sado bilan javob berdilar. Daqiqa sayin shovqin kuchayib, yulduzcha kattalkshib borardi. Uning orqasida quyuq tutun ko‘rina boshladi va ko‘p o‘tmay yulduzcha qanotli sigara tusiga kirdi. Bu faqat qit’alararo uchadigan kema bo‘lishi mumkin. Olomon orasidan xitoblar eshitildi.
— Kets-yetti!
— Yo‘q, Kets besh!
Raketa birdan kichik doira yasadi-da, quyrug‘ini pastga qilib to‘ntarilib oldi. Undan alanga otilib chiqar, kemaning tezligi ham tobora pasayib, asta-sekin ko‘l ustiga yaqinlashib kelardi. Uning bo‘yi eng katta parovozning bo‘yidan ham ancha uzun edi. Og‘irligi ham, nazarimda, undan kam emasdi.
Mana, nihoyat, bahaybat narsa suv sathiga bir necha o‘n metr qolganda go‘yo havoda osilib qoldi: portlab yonayotgan gaz kuchi uni muallaq holda tutib turadi. Gaz chiqitlari suv yuzini titratib, mavjlantirardi. Ko‘l ustini tutun qoplab olgan edi.
Keyin po‘lat sigara sekin-sekin pastlay boshladi, ko‘p o‘tmay uning quyrug‘i suvga tegdi. Suv vaqirlab, jo‘sh urib ketdi. Raketa bug‘ bilan qoplandi. Gulduros shovqin to‘xtadi. Bug‘ bilan tutun orasidan raketaning o‘tkir uchi bir ko‘rindi-yu, g‘oyib bo‘ldi. Suv qattiq chayqaldi. Bahaybat to‘lqin kater va glisserlarni tebratib, butun ko‘l bo‘ylab taraldi. Raketa ko‘rinmasdi. Yo‘q, ana, irojektor nuri tushib, suv yuzida yarqirab ko‘rinib qoldi.
Odamlar baravariga qichqirishib, raketani muvaffaqiyatli qo‘ngani bilan tabriklashardi. Bir necha kater, xuddi qaldirg‘och kitga tashlanganday, chayqalib turgan raketa tomon suzib ketdi. Kichkina qora kater uni shatakka olib, sohilga sudrab keldi. Ikki baquvvat traktor maxsus ko‘prikdan qirg‘oqqa tortib chiqardi. Nihoyat lyuk ochilib raketadan qit’alararo sayohatchilar chiqishdi.
Birinchi chiqqan sayyoh qattiq aksira boshladi. Olomon orasida kulgi va xitoblar eshitildi:«Salomat bo‘ling!»
— Doim shunaqa bo‘ladi, — deb javob berdi osmondan tushgan sayyoh. — Yerga tushishim bilan shamollab qolaman, yo‘talaman.
Men poyonsiz samo qo‘ynida bo‘lgan bu odamga katta qiziqish va hurmat bilan qaradim. Shunaqa dovyuraklar ham boo-a! Men raketada uchishga hecham rozi bo‘lmasdim.
Sayyohlarni tantana bilan kutib olishdi, hamma ulardan nimalarnidir so‘rab-surishtirar, tinmay qo‘l qisishardi. Fazogirlar avtomobilga o‘tirib jo‘nab ketishdi. Olomon siyraklasha boshladi. Chiroqlar o‘chdi. Birdan oyoqlarim to‘ngib qolganini payqadim. Etim junjikib, ko‘nglim aynardi.
— Juda ko‘karib ketibsiz, — dedi nihoyat rahmdillik qilib Tonya. — Yuring uyga.
Mehmonxonaga kiraverishda meni semiz, tepakal kishi qarshi oldi. Ahvolimni ko‘rib:
— Toqqa mazangiz yo‘q ekan, yigit, — deb bosh chayqab qo‘ydi u.
— Sovqotdim, — javob berdim men.
Shinam oshxonada ovqatlanib o‘tirib, semiz kishi bilan gaplashib qoldik. U vrach ekan. Choy ustida undan shaharni va uchib kelgai raketani nima uchun Kets deb atashlarini so‘radim.
— Yulduzning ham nomi shunday, — javob berdi doktor. — Kets yulduzi. Eshitmaganmisiz? Hamma gai shunda. Bu shahar ham ana shu yulduz tufayli qurilgan. Nima uchun Kets deb ataladi? Nahot payqamagan bo‘lsangiz? Siz bu yoqqa uchib kelgan stratoplan kimning loyihasi bo‘yicha qurilgan?
— Siolkovskiy loyihasi bo‘yicha bo‘lsa kerak, — javob berdim men.
— Bo‘lsa kerak… — dedi doktor ranjiganday, cho‘zib. — Bo‘lsa kerak emas, xuddi shunday. Siz ko‘rgan raketa ham, yulduz ham uning loyihasi bo‘yicha qurilgan. Shuning uchun ham Kets deb ataladi: Konstantin Eduardovich Siolkovskiy. Tushundingizmi?
— Tushundim, — javob berdim men. — Kets Yulduzi qanaqa yulduz?
— Yerning sun’iy yo‘ldoshi. Fazodagi stansiya-laboratoriya, ayni vaqtda, sayyoralararo uchuvchi raketalar uchun raketodrom.
IV. BEHUDA QUVISH
Anchadan beri bu tungiday qattiq uxlamagan edim. Agar Tonya kelib soat oltida uygotmaganida kunduz soat o‘n ikkigacha uxlashim aniq edi.
— Tezroq ko‘chaga yuring, — dedi u. — Hozir ishchilar bilan xizmatchilar ishga borishadi.
Kallai saharlab yana izquvarlik rolimni bajarishga kirishdim.
— Paley degan odamning shu yerda yashash-yashamasligini spravka byurosi orqali bila qolsak bo‘lmasmikin?
— Be’mani gap, — dedi Tonya. — Buni Leningraddaligimizdayoq surishtirganman…
Biz tosh ko‘chadan borardik. Quyosh allaqachon tog‘ tepasiga ko‘tarilgan bo‘lsa ham badanim junjikar, hamon nafasim bo‘g‘ilardi. Muzliklar yarqirab, ko‘z ochirmasdi.
Uzoqda kichkina bog‘ ko‘rindi — bu mahalliy bogbonlarning o‘simliklarni iqlimga moslashtirish yo‘lidagi urinishlarining samarasi. Kets shahri qurilgunga qadar bu yerda, bir necha ming metr balandlikda hech qanday giyoh o‘smagan.
Yuraverib charchadim. Bir oz o‘tirishni taklif qildim. Tonya rozi bo‘ldi.
Oldimizdan odamlar tinimsiz o‘tib turardi. Ular bemalol gaplashib, kulishib borishardi — qisqasi, o‘zlarini juda tetik his qilishardi.
— Ana! Ana! — deb qichqirib yubordim birdan.
Tonya o‘rnidan sakrab turib, bilagimdan ushlab oldi, biz oyog‘imizni qo‘limizga olib mashina orqasidan chopa ketdik. Mashina raketodromga eltadigan to‘ppa-to‘g‘ri yo‘ldan yelday uchib borardi. —
Chopish qiyin edi. Nafasim qisilardi. Kunglim behuzur bo‘lardi. Boshim aylanib, oyoq-qo‘lim titrardi. Bu gal Tonyaning ham mazasi qochdi, lekin sira to‘xtay demasdi.
Shu alpozda o‘n minutlar chamasi yugurdik. Qora soqolli kishi o‘tirgan avtomobil hali ko‘zdan uzoqlashmagan edi. Tonya oirdan ko‘chani kesib o‘tdi-da, qo‘llarini yozib, ro‘paradan kelayotgan mashinaning yo‘lini to‘sdi. Mashina keskin to‘xtadi. Tonya kabinaga sakrab chiqib, meni qo‘limdan tortdi.
Shofyor bizga hangu mang bo‘lib tikilib turardi.
— Anavi mashinaning orqasidan haydang tezroq! — deb buyurdi Tonya. Uning ovozi shunday qat’iy chiqdiki, shofyor g‘ing demay, mashinasini orqaga qaytarib, gazni oxirigacha bosdi.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Kets Yulduzi - 02
  • Parts
  • Kets Yulduzi - 01
    Total number of words is 4025
    Total number of unique words is 2043
    36.2 of words are in the 2000 most common words
    53.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 02
    Total number of words is 4120
    Total number of unique words is 2033
    36.3 of words are in the 2000 most common words
    53.6 of words are in the 5000 most common words
    63.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 03
    Total number of words is 4194
    Total number of unique words is 2092
    35.1 of words are in the 2000 most common words
    51.5 of words are in the 5000 most common words
    60.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 04
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 2152
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    50.7 of words are in the 5000 most common words
    57.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 05
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 1954
    34.9 of words are in the 2000 most common words
    50.6 of words are in the 5000 most common words
    59.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 06
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1938
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    51.8 of words are in the 5000 most common words
    61.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 07
    Total number of words is 4262
    Total number of unique words is 1964
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    60.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 08
    Total number of words is 4242
    Total number of unique words is 2020
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    52.0 of words are in the 5000 most common words
    61.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 09
    Total number of words is 4215
    Total number of unique words is 2098
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    49.5 of words are in the 5000 most common words
    57.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 10
    Total number of words is 4187
    Total number of unique words is 2024
    34.6 of words are in the 2000 most common words
    50.1 of words are in the 5000 most common words
    59.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 11
    Total number of words is 3764
    Total number of unique words is 1921
    35.9 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    60.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.