Kets Yulduzi - 09

Total number of words is 4215
Total number of unique words is 2098
34.0 of words are in the 2000 most common words
49.5 of words are in the 5000 most common words
57.7 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Men tezroq yolg‘iz qolishni istardim. Lekin qornim och edi, shuning uchun oshxonaga jo‘nadim. U yerda ketsliklarga sayohat haqida gapirib berishga to‘g‘ri keldi. Juda mashhur bo‘lib ketdim — Oyga borib kelgan birinchi kishilardanman, axir. Ular meni zo‘r e’tibor bilan tinglashar, menga havas qilishardi. Boshqa mahal bo‘lganda o‘zimga ham tatirdi, lekin hozir Tonyani ko‘rolmaganimdan ko‘nglimga qil ham sig‘masdi. Charchaganimni bahona qilib, gapni qisqa qildim-da, nihoyat, o‘z Xonamga yetib oldim. Men yo‘qligimda devorga mayda to‘rli buklama karavot osib qo‘yishipti. Ko‘rpaning hojati yo‘q edi. Karavotga cho‘zilib, o‘yga berildim. Xayolan Oydan Vasilyev oroliga, o‘z laboratoriyamga, Tonyaning oldidan noma’lum Paley huzuriga qatnayverib, nihoyat uyquga ketibman…
— O‘rtoq Artemyev! Urtoq Artemyev!..
Ko‘zimni ochib, sakrab o‘rnymdan turdim. Eshik oldida sochi ustarada olingan bir yigit turardi.
— Kechiring, uyqungizni buzdim. Lekin turadigan vaqtingiz ham bo‘ldi shekilli. Biz siz bilan sal-pal tanishib olganmiz. Oshxonada, esingizdami? Aerolog Kistenko. Sizdan Oy yo‘sinlari haqida so‘ragan edim. Bu haqdagi xabar Kets shahrigacha yetib boribdi. Yerdagi ketsliklar namuna yuborishniso‘rashyapti. Bugun Kets shahriga aerologik raketa jo‘nataman.
— Marhamat, — dedim men va sumkadan bir parcha «namat» olib uzatdim.
— Juda soz. Bu yo‘sin Yerdagidan og‘irroq ko‘rinadi, lekin umuman yengil. Og‘irlik haqida gapirayotganimdan ajablanyapsizmi? Axir mening raketam Yerga uchadi-da. Kets shahriga har kuni bittadan raketa jo‘nataman. Yerga yetguncha yo‘l-yo‘lakay u avtomatik tarzda barcha aerologik yozuvlarni olib boradi — Yerdan turli masofa uzoqlikdagi atmosferaning sostavi, kosmik nurlarning tarqalish tezligi, harorat, namlik va hokazo. Yo‘lning taxminan to‘rtdan uch qismida raketa Kets Yulduzidagi radionur orqali boshqariladi, shundan keyin esa uni Kets shahrining radionuri o‘z ixtiyoriga oladi. Raketa avtomatik ravishda ochiluvchi parashyutda qat’iy belgilangan nuqtaga, bir kvadrat metr maydonchaga qo‘nadi. Chakki emas-a? Shu raketada xat-xabarlar ham jo‘natiladi… Raketaning vazni aniq hisobga olingan. Shuning uchun ham yo‘sinning og‘irligini bilish muhim. Sizga yana bir karra tashakkur.
U chiqib ketdi. Men soatimga qaradim.«Yer», Leningrad vaqti bilan ertalab edi. Nonushta qilib, ishga jo‘nadim.
Biolog Andrey Pavlovich Shlikovning kabineti eshigini ochib, bir lahza to‘xtab qoldim. Bu kabinet Yerdagi boshliqlarning kabinetiga o‘xshamasdi. Agar Tyurinni devor kavagidagi o‘z uyasiga biqinib olgan o‘rgimchakka qiyos qilgan bo‘lsak, Shlikov ko‘m-ko‘k bog‘dagi kapalak qurtiga o‘xshardi. Kabinet ichi gurkirab yotgan mayda bargli ko‘katlar bilan qoplangan edi. Xuddi quyosh nuri yoritib turgan yashil g‘or deysiz. Xonaning to‘rida, to‘qima kursi ustida semiz, qoradan kelgan o‘rta yoshlardagi kishi — Shlikov yonboshlab yotibdi. U menga bir oz shalvillaganroq va ayni paytda uyqisirayotganday ko‘rindi. Uning qovoqlari xuddi yog‘ bosganday osilib ketgan edi. Men kirgach, uyquli qovoqlari ko‘tarildi-yu juda sho‘x, aqlli, kulrang ko‘zlarga nazarim tushdi. Ko‘zlarining o‘ynoqiligi uning vazmin harakatlariga sira mos kelmasdi.
Biz salomlashdik. Shlikov mendan Oy haqida so‘ray boshladi. Oldidagi uzun alyumin stolda bir tutam yo‘sin yotardi.
— Oyda mana bu yo‘sinni topganingizning hech qanday ajablanarli yeri yo‘q, — dedi u bosiqlik bilan dona-dona qilib. — Yerda ma’lum bo‘lgan bakteriyalarning, mog‘or zamburug‘larining sporalari juda past haroratga, ikki yuz ellik daraja sovuqqa ham chidayveradi, yashash qobiliyatini yo‘q, otmadi. Ularning nafas olishi-chi? Bu intramolekulyar tarzda yuz berishi ham mumkin, bunda hatto birikkan holdagi kislorodning bo‘lishi ham shart emas. Azotobakteriyalarimiznieslang. Oziqlanish masalai-chi? Amyobalarimizni eslang. Ularning hatto og‘zi ham yo‘q. Biror «yeb bo‘ladigan» narsa topishsa, butun tanalari bilan chirmab olib, hazm qilishadi. Lekin «toshbaqa» masalasi murakkabroq. Men Oyda bundan ko‘ra murakkab jonivorlar yashashi mumkinligini ham rad etmayman. Organizmning moslashish qobiliyati deyarli cheksiz… Mana, birinchi qadam qo‘yildi. Hademay biz Yerimizning o‘tmishini qanchalik bilsak, Oyning o‘tmishdagi organik hayotini ham shu qadar bilib olamiz.
Shlikov to‘xtadi, daftarchasiga bir iimalarni yozib, davom etdi:
— Endi ishimiz haqida. Kets Yulduzidagi eng birinchi vazifamiz, — men biologlarni nazarda tutyapman, — shundan iboratki, biz o‘z ehtiyojlarimiz uchun o‘simliklardan iloji boricha ko‘proq, to‘laroq foydalanishimiz kerak. O‘simlik bizga nima berishi mumkin? Birinchi galda — oziq-ovqat. Bundan tashqari, havo va suvni tozalashi va, nihoyat, chiqindi material berishi mumkin. Bu materialdan oxirgi zarrasigacha foydalanishimiz kerak.
— Biz o‘simliklarni o‘zimizga keraklicha o‘zgartirishimiz, mukammallashtirishimiz zarur. Biz bu ishni qila olamizmi? Qila olamiz. Yerdagidan ko‘ra osonroq qila olamiz. Chunki bu yerda ayoz ham, qurg‘oqchilik ham, oftob urishi ham, garmsel ham yo‘q. Biz har bir o‘simlik uchun sun’iy ravishda istalgan iqlimni yaratishimiz mumkin. Harorat, namlik, tuproq va havoning sostavi, nur taqsimlanishi — hammasi qo‘limizda. Yerdagi oranjereyalarda esa bularni g‘oyat nisbiy darajada amalga oshirish mumkin. Bu yerda atmosferaga tarqalib, Yer sirtiga hech qachon yetib bormaydigan qisqa ultrabinafsha nurlar bor. Men kosmik nurlarning tarqalishini ko‘zda tutyapman. Nihoyat, og‘irlikning yo‘qligi. Yerning tortish kuchi o‘simlikning rivoji va o‘sishiga qanday ta’sir qilishini siz yaxshi bilasiz…
— Geotropizm, — dedim men.
— Ha, geotropizm. Ildizlar Yerning tortish kuchi yo‘nalishini kompas mili shimolni qanday sezsa, shunday his qiladi. Modomiki ildiz ana shu yo‘nalishdan chetlar ekan, bu faqat namlik va oziq «qidirish» ning natijasi. Og‘irlik kuchi bo‘lmagan sharoitda hujayralarning bo‘linishi, o‘sish, o‘simlikning shakllanishi qanday yuz beradi? Bu yerda og‘irlik kuchi mutlaqo yo‘qotilgan laboratoriya bor. Binobarin, Yerda mumkin bo‘lmagan tajribalarni qila olamiz. O‘simlik hayoti bilan bog‘liq mavhum masalalarni hal qilganimizdan keyin tajribani yer sharoitiga ko‘chiramiz. Menishni geotropizmni o‘rganishdan boshlash. ingizni istardim. Katta oranjereyada assistent Kramer ishlayapti, laboratoriyada sizga yangi xodim Zorina yordamlashadi.
Shlikov jim bo‘lib qoldi. Men eshik tomon burilayotganimda u qo‘li bilan ishora qilib to‘xtatdi.
— O‘simlik — bu hali hammasi emas. Hayvonlar ustida ham juda g‘alati tajribalar o‘tkazyapmiz. U yerda Faleyev ishlaydi. Undan ko‘pam xursand emasman. Boshda ishni yaxshi olib borayotgan edi, keyingi paytlarda butunlay o‘zgarib ketdi. Agar bu ish sizni qiziqtirsa, o‘sha yoqqa o‘tkazgan bo‘lardim. Harholda shu laboratoriyaga bir kiring, qilinayotgan ishlarni ko‘ring. Hozir esa Katta oranjereyaga boring. Kramer sizni ish bilan tanishtiradi?
Vazmin qovoqlar quyi tushdi? Shlikov men bilan bosh irg‘ab xayrlashib, yana yozishga tushib ketdi?
XVI. KRAMERNING TABIATI BUZILYAPTI
Men yo‘lakka uchib chiqdim?
— O‘rtoq Artemyev! Sizga xat bor! — degan ovoz eshitildi orqadan. Yeshgina «pochtalon» qiz konvert uzatdi. Men shoshapisha oldim uni? Kets Yulduzig kelganimdan beri birinchi xat olishim edi-da, axir. Marka yoyeishtirilgan. Tamg‘ada Leningrad degan yozuv. Yuragim xapriqib ketdi?
— Leningraddan, — dedi qiz. — Men bu shaharda hech qachon bo‘lmaganman. Ayting-chi, yaxshi shaharmi?
— Ajoyib shahar! — javob berdim men shavq bilan. — Mosknadan keyingi eng yaxshi shahar. Menga Moskvadan ko‘ra ham ko‘proq yoqadi?
Shunday deb, Leningradning Strelnya va Pulkovo balandliklariga tutashib ketgan yangi kvartallar haqida, uning ajoyib bog‘lari, shaharga Venetsiya qiyofasini beruvchi xushmanzara kanallari haqida, metropoliten haqida, chang va zavod-fabrika dudlaridan tamom holi Leningrad havosi haqida, son-sanoqsiz ko‘priklardagi yo‘lovchini shamoldan asrovchi shisha to‘sinlar haqida, bolalarga mo‘ljallangan qishki bog‘lar, birinchi darajali muzeylar, teatrlar, kutubxonalar to‘g‘risida maroq bilan hikoya qila ketdim…
— Hatto iqlimi ham o‘zgarib ketgan, — dedim men. — Atrofdagi yuzlab kilometrga cho‘zilgan torf botqoqliklari quritildi, loyqa bosgan daryo va. ko‘llar tartibga keltirildi, shahar chetidagi ba’zi kanallar ko‘milib, xiyobonga aylantirildi yoki ko‘priklar bilan qoplandi. Havoning namligi ancha kamaydi, uning gozaligi esa leningradliklarga qo‘shimcha oftob nuri baxsh etdi.)ndi har qanday avtomobil va yuk mashinasi shaharga loy va tng olib kirmasligi uchun avval g‘ildiraklarini yuvib, keyin shaharga kiradi. Nimasini aytasiz! Leningrad — Leningrad-da!
— Leningradga albatta boraman! — dedi qiz va bosh irgab nari uchib ketdi.
Xatni ochdim. Laborantim laboratoriyadagi remont ishlari gugayozgani haqida yozibdi. Keyin, yangi asbob-uskunalar o‘rnagilayotgan emish. Yangi apparatlarni o‘rnatib bo‘lgandan keyin chaborantim professor Gabel bilan birga Armanistonga jo‘nar mish, chunki mening hali-veri qaytishimdan umidlarini uzipipti.
Men to‘lqinlanib ketdim. Yeki hammasini tashlab, Yerga jo‘nab qolaymi?..
Kramer qarshimda paydo bo‘lishi xayolimni bo‘ldi. Oranjereyai ko‘rganimdan keyin esa yana hamma narsani unutdim. U yayenda juda zo‘r taassurot qoldirdi.
Lekin u yoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib bormadim. Kramer menga, archi fazoviy bo‘shliqqa mo‘ljallanganidan yengilroq bo‘lsa ham, «g‘ovvos» kostyumi kiyishini taklif qildi. Kostyumga radioyelefon o‘rnatilgan edi.
— Oranjereyada bosim bu yerdagidan ancha past, — dedi Kramer. — Atmosferasida esa karbonat kislota ancha ko‘p. Yerda karbonat kislota atmosferaning atigi uch mingdan bir bo‘lagini tashkil etsa, oranjereyada — uch yuzdan bir qismini tashkil qiladi, ayrim bo‘limlarida esa bundan ham ko‘p. Bu inson uchun xatlari. Ammo o‘simlik uchun, asti qo‘yaverasiz!.. Xuddi toshko‘mir davrida o‘sganday o‘sadi!
Kramer birdan hech narsadan-hech narsa yo‘q kula boshladi, kulganda ham, nazarimda, juda uzoq kuldi.
— Bu skafandrlarda, — dedi u nihoyat kulgidan to‘xtab, — radiotelefon bor, gaplashish uchun bir-birimizga boshimizni egib o‘tirmaymiz. Tez orada fazoviy skafandrlarga ham mana shunday radiotelefonlar o‘rnatiladi. Bu juda ham qulay, nima dedingiz? Buni, nazarimda, siz Yerdan olib kelgan tanishingiz ixtiro qilgan.
Kramer menga ko‘z qisib qo‘yib, yana xaxolay boshladi.
«Kim kimni olib keldi ekan, — ko‘nglimdan o‘tkazdim men. — Innaykeyin, Kramer bugun nega hadeb kulib yotibdi?»
Biz atmosfera kamerasidan o‘tib, raketani oranjereya bilan tutashtiruvchi uzun yo‘lak bo‘ylab uchib ketdik.
— Bizda bir nechta oranjereya bor, — deya javrardi Kramer. — Bittasi, uchib kelayotib ko‘rganingiz uzun oranjereya? Xa-xa-xa! Esyngizdami, chetga uchib ketishingizga sal qolgan edi, shundan keyin kuchukchaday bog‘lab olgan edim? Hozir yangi, konussimon oranjereyaga ketyapmiz. U yerda raketadagiga o‘xshab og‘irlik mavjud, lekin juda oz. Yerdagining atigi mingdan bir qismi? Bo‘yi ir metr keladigan daraxtdan uzilgan yaproq yerga yigirma daqiqadan keyin tushadi. Lekin shu darajadagi og‘irlik kuchi barcha chiqindi va changlarning pastga cho‘kishi va bizga mevalarning atrofgauchib ketmay, yerga to‘kilishi uchun kifoya qiladi… Siz hali «vaznsiz vanna» da cho‘milganingiz yo‘qmi? Ajoyib! — birdan u xirgoyi qila boshladi va ketidan yana xunuk kuldi. — Yana bir qancha tajriba laboratoriyalarimiz ham bor, ularda og‘irlik kuchi mutlaqo yo‘q. Vanna o‘sha yerda… Mana, yetib ham keldik. «Parda ham ko‘tarildi…» — deya deklamatsiya qildi u eshikni ocharkan.
Avvaliga nurdan ko‘zim qamashib ketdi. Keyin, yaxshilab razm solib, og‘zi voronkaday kengayib ketgan ulkan tonnelni ko‘rdim. Eshik voronkaning tor tubida joylashgan edi. Voronkaning narigi og‘zi tashqariga qabarib chiqqan katta oyna bilan to‘silgan edi.
Oynadan ichkariga nur yog‘ilib kirardi. U shu qadar kuchli ediki, xuddi kinoga surat olinayotgan-u, minglab projektorlar yoqib qo‘yilganday tuyulardi. Tonnelning devorlari turli-tuman tusdagi ko‘katlar bilan qoplangandi. Bu yashil gilamni yengil alyumin panjarali torgina ko‘prikchalar kesib o‘tgan. Manzara kishini hayratga soladi. Ba’zi o‘simliklar bilan yaqindan ganishganimdan so‘ng hayratim yana ham ortib ketdi. O‘zim o‘simliklar fiziologiyasini maxsus o‘rganayotgan biolog-botanik po‘la turib, o‘simliklarning qanchalik «itoatkor» bo‘lishi, ularming tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi qay daraja o‘zgarishi mumkinligi to‘g‘risida zarracha ham tasavvurga ega emas ekanman.
Men hammasini shoshmasdan, sinchiklab ko‘zdan kechirishni istardim. Ammo qulogim tagida Kramer tinimsiz bidirlardi:
— Bari Shlikovning ishi! Geniy. Hademay uning qo‘lidagi o‘simliklar kuchukchalarday orqa oyog‘ida raqsga tushadi, bulbul bo‘lib sayraydy? O‘rgatadi shunga! «G‘alla ekinlari, — deydi u, — quyosh energiyasining oltmishdan bir bo‘lagidangina foydalanadi, banan esa undan yuz marta ko‘p. Gap faqat iqlimda emas. Hamma o‘simlikni ham energiyadan yuzlab marta ko‘proq foydalanishga majbur qilish mumkin».
— Menga bu haqda gapirib bergan u kishi, — dedim men Kramerni gapdan to‘xtatmoqchi bo‘lib, lekin foyda chiqmadi.
— Shlshsov shunga erishdi ham. Samaralarini ko‘ryapmizmi? Mana bu nusxaga bir qarang. Xo‘sh, bunga nima deymiz? Xa-xa-xa!
Men hangu mang bo‘lib qoldim. Qarshimda bo‘yi odam baravar keladigan buta o‘sib turardi, yaproqlari shapaloqday, qip-qizil sersuv mevalar naq tarvuzday, o‘zi zemlyanikaga o‘xshaydi. Ha, rostdan ham bahaybat zemlyanika. Tanasi yerga yastanmay, yuqoriga bo‘y cho‘zgan. Ingichka bandlarda shunday katta mevalar osilib turardi. (Og‘irlik yo‘qligining sharofati bu.) Ba’zilari qipqizil, ba’zilari hali pishmagan.
— Bitta butadan kuniga o‘nlab mana shunaqa meva terib olamiz, — deb sayrardi Kramer. — Bir yoqdan uzsang, bir yoqdan pishib turadi. Tinim yo‘q. Bizning o‘simliklarimiz hatto Yerdagi tropik o‘simliklar qiladigan ikki haftalik hordiqni ham bilmaydi. Quyosh nurini emib, tuproqdan suv va oziqni so‘rib, shirin-sharbat mevaga aylantirib beraverdi. Bu yerga. Quyosh botmaydi. Oranjereyadagi atmosfera hamisha sof. Bu bir tomondan. Ikkinchidan bu yerdagi atmosferada xuddi toshko‘mir davridagiday karbonat kislota ko‘p.
— Karbonat kislota haqida gapiruvdingiz.
— Manavi barglarga qarang, — davom etdi Kramer, mening luqmamga parvo ham qilmay. — Ular deyarli qop-qora, shuning uchun ham quyosh energiyasiki batamom o‘ziga yutadi, lekin o‘simlik qizib ketmaydi. Suvning buglanishi kamayadi, xolos. Bug‘lantirish uchun o‘simlik qancha energiya sarflashini bilasizmi? Foydali ishga nisbatan o‘ttiz besh-qirq marta ortiq. Bu yerda esa ana shu znergiya «go‘sht» ga ketadi. Yaproqlarning qalin, go‘shtdorligini ko‘ring. Ba’zilarida barg og‘izchalari ham ko‘rinmaidi. Mevalarining kattaligi-chi! Mana bu nusxa esa faqat ajratadi, — dedi u. barglaridan suv tomchilab turgan bir ko‘katni ko‘rsatib. — Bu o‘simlik emas, Bogchasaroy fontani. «Ko‘z yoshi fontani» nk ko‘rgaimisiz? Tomchilagani tomchilagan! Bu bizning tabiiy suzgichimiz.
— Mana bu ham ajoyib o‘simlik, — davom etdi u tor ko‘prikchadan yurib borarkan. — «Meva sharbati do‘koni» yoki sharbatxona. Ko‘ryapsyzmi: tanasida yoriq bor, undan ham suv tomyapti. Tatib ko‘ring-a? Qalay, shirinmi? Limonad! Tuproqqa e’tibor bering — naqadar mayin? Foydali bakteriyalar ham mingta zarrachaga bittadan emas, o‘nlab to‘g‘ri keladi. No‘xat, loviyalarga bir qarang. Har bittasi naq olmaday!
— Manavi shisha to‘siqlar esa ayrim o‘simliklar uchun maxsus sharoit yaratish maqsadida qilingan: gazlarning eng muvofiq tarkibi, eng soz harorat shu bo‘limlarda. Zararkunandalar yo‘q. Begona o‘t yo‘q. Nur o‘tkazgichlar eng maqbul nur tarkibini uzatib turadi… Ira! Ira! Nima qilyapsan, tentak, — deya qichqirdi u birdan va sakrab, oranjereya bo‘ylab uchib ketdi. — Ira! Ira! — hamon baqirardi u qaysidir buta ortida, xuddi birov uni pichoqlayotganday.
Bu odamga nima bo‘lgan o‘zi? Yaqindagina og‘ir-vazmin, xushmuomala yigit edi. Endi bo‘lsa sirkasi suv ko‘tarmay qolibdi? Men uni nima bu qadar g‘azablantirib yuborganini avvaliga tushunmadim. Keyin qandaydir shovqin va vishillagan tovushni eshitdim, to‘kilgan yaproqlar voronkaning keng og‘zidan tubiga tomon uchib kelardi.
— Nega ventilyatorni bunchalik qattiq qo‘yding? Dovul qo‘zg‘amoqchimisan? — qichqirardi Kramer? — O‘simliklarni payhon qilmoqchimisan?.. Pasaytir, hozir Yerga uloqtirib tashlayman!
Shovqin va barglarning harakati sal bosildi. Qayerdandir chiyillagan ovoz eshitildi:
— Kecha o‘zing yigirma oltiga qo‘y, deb tayinlagan eding-ku…
— Tush ko‘rgansan!
Men yo‘l-yo‘lakay ayniqsa diqqatimni tortgan o‘simliklar oldyda to‘xtab, shisha doira tomon yurdim… Ingichka poyali ko‘knori gullari cho‘g‘day lovillab turardi. Ularning har bir chanog‘i chaqaloqning kallasiday keladi.
— Ko‘ryapsanmi? Chayqalib, ko‘knori urug‘ining to‘kilishini ko‘ryapsanmi! — deb baqirardi u.
Bu urug‘ning har bittasi no‘xatday edi.
«Voronka» ning o‘rtasiga tomon ko‘p metrli poliz va sabzovot maydoni cho‘zilib ketgandi. Diametri yarim metr keladigan kungaboqar kajavasi tuproqqa yastanib yotibdi. Bodring, sabzi, kartoshka, zemlyanika, malina, uzum, smorodina, krijovnik, olxo‘ri, javdar, bug‘doy, suli, qorabug‘doy,qand lavlagi, kanop… Ularni arang tanidim: shakli va hajmi shu qadar o‘zgarib ketgan edi.
Men har qadamda hayratdan to‘xtab qolardim: bu nima o‘zi?..
Yerdagi kichkina daraxtlar azim qiyofaga kirgan va aksincha, bahaybat daraxtlar bu yerda pak-pakana. Bir oz qorong‘iroq joylarda ulkan qo‘ziqorinlar o‘sib yotibdi…
Mana, subtropik va tropiklar. Mevasi nihoyatda katta mitti anjirlar, bo‘yi soyabonday, lekin mevasi yerdagidan ikki baravar katta, kokos palmalari, kofe, kakao daraxtlari va choy bugalari.
Bir shisha yashikda mitti daraxtlardan iborat tropik o‘rmon. Palmalar, bananlar, qirqquloq, chirmovuq… Bu yerda odam o‘zini liliputlar mamlakatiga tushib qolgan Gulliverday his qilishi uchun faqat kalamushga o‘xshagan fillar yetishmaydi, xolos.
Yerdagi barcha yutuqlarim nihoyatda arzimas bo‘lib ko‘rindi ko‘zimga!
Necha yillar boshimni qotirgan jumboqlar qanday osonlik bilan hal etilgan. Bu yerda yil bo‘yi yangi meva va sabzavot bo‘ladi, demak, ularni qayta ishlovchi zavodlar ham yil-o‘n ikki oy to‘xtovsiz ishlashi mumkin…
Kets Yulduzidagi tajribani nahot Yerga ko‘chirib bo‘lmasa? Loaqal, Pomirni olaylik. Pomir cho‘qqisida ultrabinafsha nurlar Kets Yulduzidagiga qaraganda oz, lekin dengiz sathi bilan baravar joylardagiga nisbatan ancha ko‘p. Pomir yon bag‘irlarini yalpi oranjereyaga aylantirsa bo‘ladi. Hamma xarajatlar o‘zini qoplaydi. Oranjereyada har qanday atmosferani hosil qilish, karbonat kislota miqdorini oshirish mumkin…
Hamisha quyosh nuri arimaydigan issiq iqlimli troniklarchi?.. Changalzorlarni yo‘qotganimizdan so‘ng millionlab kishilar u yerda boshpana va oziq-ovqat topadilar.
Yerdagi sahrolar-chi? Hozir suvsizlik va qumga qarshi muvaffaqiyat bilan kurash olib boryapmiz. Lekin Yerda qancha sahro bor! Ketsdagi tajribani ishga solib, Quyoshni yordamga chaqirishimiz mumkin. Hamma suvni shimirib, ko‘katlarni qovjiratgan Quyosh sahrolarga qaytadan jon baxsh etadi. U yerlarda bepoyon bog‘-rog‘lar bunyodga keladi…
Yo‘q, aholining ko‘payishi Yer sharini hech qachon xavf ostida qoldirmaydi! Insoniyat kelajakka dadil ko‘z tikishi mumkin!
— Nima balo, qoqshol bo‘lganmisiz, Artemyev? — Kramerniig qattiq xitob qilganini eshitdim.
— Kechirasiz, xayol surib qolibman, — javob berdim, kutilmagan bu ovozdan seskanib.
Men atrofimga qaradim— oranjereya jonlanib ketgan edi. Tor yo‘lkalarda savat ko‘targan yosh-yosh qizlar uchib yurishardi. Ularning rang-barang kostyumlari ko‘katlar fonida xuddi gullarday tovlanardi. Qizlar meva terishyapti. Qayerdandir yoqimli kuy quloqqa chalinib turibdi.
— Afsonaviy manzara, — deb xaxoladi Kramer. — Yulduz qizlari! Bugungi kundagi ertak! Yaqinda ularni avtomatlar bilan almashtirishadi… Qani, ketdik. Sizga hali laboratoriyani ko‘rsatganim yo‘q. U Kets Yulduzidan tashqarida. Laboratoriyada mutlaqo og‘irlik yo‘q. Fazoviy kostyumlar kiyishga va talaygina masofani uchib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Portativ raketa bilan muomala qilishni o‘rganishingiz kerak. Bilib qo‘ying: bu gal ham chetga uchib ketsangiz, orqangizdan quvib yurmayman!
Lekin bu gal yaxshi«otdim» va Kramerdan ortda qolmadim. Shunga qaramay bu uchish andak hayajonli bo‘ldi. Birdan o‘ng oyog‘im to‘ngib qoldi. Kostyum teshilib, ichkariga fazoviy sovuq kirmayaptimikan, deb qo‘rqib ketdim. Keyin qarasam, oyog‘im soyada qolgan ekan. Yeruqqa olishim bilan yana jon kirdi.
Mana, laboratoriyaga ham yetib keldim. U silindr shaklida. Silindrning ichi shisha to‘siqlar bilan ajratilgan. U bo‘lmadan-bu bo‘lmaga «izolyatsion» kameralar orqali o‘tiladi, chunki har bir bo‘lmadagi bosim va havoning tarkibi har xil. Silindrning bir tomoni boshd!an-oyoq oyna, ikkinchi tomoni o‘simlik. Ba’zi o‘simliklar, ildizi ko‘rinib tursin uchun, shisha tuvaklarga ekilgan. Bu meni ajablantirdi: ildizlar yorug‘likni yomon ko‘radi-ku. Ba’zi o‘simliklar pushtalarda, ba’zilari havoga qator qilib terib qo‘yilgan tuvaklarda. Ularning o‘sishi g‘alati: yaproq va shoxchalari nur shaklida tuvakdan oynaga tomon talpinib turibdi. Ba’zilarining ildizi yuqoriga, ayrimlariniki pastga qarab o‘sgan. Lekin ko‘pchilik ildizlar qorong‘i tomonda. Og‘irlik kuchining yo‘qligi go‘yo geotropizm kuchini yemirgan va, aftidan, bu yerda faqat geliotropizm — o‘simlikni nur manbaiga yo‘naltiruvchi kuch asosiy rolni o‘ynaydi.
Bo‘ldi! Jo‘na! Senga aytyapman, bo‘ldi! — ayol kishining ovozi va Kramerning xaxolagani eshitildi.
Laboratoriya to‘riga qarab, shisha to‘siq orasidan binafsharang kostyum kiygan yosh bir qizni ko‘rdim. U «shift» ostida tipirchilar, Kramer bo‘lsa qanotlarini silkitib, uning oldiga uchib borar va turtardi. Qiz nariga uchib ketib, «shift» ga uriladi, undan qarshi tomonga borib qoladi, xuddi shunday yelpig‘ich qanotlari bilan o‘zini to‘xtatmoqchi bo‘ladi. U, nazarimda, to‘q ko‘k butaga qarab turmoqchi. Lekin vaznsizlik olamida zarur holatda tura olish oson emas. Qiz qanotlarini qo‘yib, beliga boglangan metall gardishni oladi-da, uni xuddi taqsimcha ko‘targanday qirrasini o‘ziga qaratib ushlaydi. Keyin u gardishni aylantiradi, shunda gardish bir tomonga, qiz esa teskari tomona aylanadi. Tsk o‘q bo‘ylab harakat qilish uchun esa gardishni yonlatib, qirrasini tepaga qaratib tutish kerak bo‘ladi.
Men Kramer bilan qizning oldiga yaqinlashdim. Qizni qayerdadir ko‘rgandayman. Ha, esladim, Tonyaning xonasida turadigan qiz. Demak, men shu bilan ishlayman. Unga boshdanoyoq razm soldim, Kramer ikkovi mening beo‘xshov harakatlarimdan kulishardi. Men o‘zimni xuddi suvdan chiqarib tashlangan baliqday his qilardim. Lekin qiz ham gardish bilan qanotlardan tuzuk foydalana olmasdi. Faqat Kramergina suzardi, ha, xuddi suvdagi baliqday suzardi. U hamon qizning atrofida aylanib, uni goh to‘g‘ri, goh oyog‘ini osmondan qilib ko‘rdi. Qizning bir jahli chiqar, bir kulardi. Keyin Kramer menga o‘girilib, dedi:
— Tanishinglar, Zorina!
— Biz ko‘rishganmiz, — javob berdi Zorina va menga bosh irg‘ab qo‘ydi.
— Iye, tanishmisizlar? Juda soz, — dedi Kramer, negadir achchiq bilan. — Qani yuring, Artemyev. Vanna yonma-yon. Ishdan oldin ham, ishdan keyin ham biz vannaga tushamiz.
Tor yo‘laklardan o‘tib, yangi silindrga kirdik. Uning bo‘yi ham, eni ham to‘rt metrlar keladi. Shu yerda yechinib, dumaloq teshikdan «vannaxonaga» o‘tdik. Bu silindrning diametri ham haligicha, lekin sal uzunroq. Silliq alyumin devorlar, yon tomondan yorug‘ tushib turibdi, ammo bir tomchi ham suv ko‘rinmaydi. Men silindrning qoq o‘rtasida to‘xtab qoldim, gardish va qanotlarsiz devorgacha ham borolmayman. Havoda osilib turibman. Kramer eshik oldida uymalanyapti. Mana u dastani buradi, nimadir vishillab, silindrga tutashuvchi dumaloq yassi devordagi jo‘mrakda suv ko‘rindi. Kuchli bosim ostida oqim menga qelib urilib, atrofga tomchi va pufakchalar sachradi. Men nariga uchib ketdim. Atrofimda suv pufakchalari aylanar va bir-biri bilan to‘qnashib, tobora kattalashib borardi.
Xuddi shu payt silindr ko‘ndalang o‘q atrofida aylana boshladi. Uning tezligi borgan sari kuchayardi. Natijada markazdan qochirma kuch paydo bo‘ldi. Tomchi va pufakchalar devorlarga o‘tira boshladi. Ko‘p o‘tmay, silinr devorlari qalinligi bir metr keladigan suv bilan qoplandi. Hamma yoqda — o‘ngda ham, chapda ham, tepada ham suv. Faqat silindr markazi, katta o‘q atrofi bo‘sh qoldi. Meni yaqinimdagi devor o‘ziga torta boshlaganini payqadim. Bir necha minutdan keyin suvga garq bo‘ldim. Yana bir necha daqiqadan so‘ng esa uning «tubida» turardim. Kramer qarama-qarshi tomondagi devorda turardi,uning oyogi devorda-yu, boshi men tomonda edi. Lekin ikkovimiz ham o‘zimizni dadil boshqarardik: biz suv ostida yurdik, suzdik, sho‘ng‘idik. Bu galati vanna menga juda ma’qul bo‘ldi. Tananing og‘irligi sezilar-sezilmas, suvda turish esa g‘oyat qulay edi. Kramer teshikka suzib borib, mis dastani buradi. Suv mayda teshikchalarga tez oqib kirib, silindrning harakati sekinlashdi. U butunlay to‘xtaganda vannada bir tomchi ham suv qolmagan, tanalarimiz yana vaznsiz bo‘lib qolgan edi.
Yechinish xonasida ehtiyotsizlik bilan kostyumimni qo‘ldan chiqarib yuborib, ancha vaqt orqasidan quvib yurdim. Vaznsizlik dunyosida narsalar juda quv bo‘ladi. Sal turtib yuborsang, u devordan-bu devorga, u burchakdan-bu burchakka uchib yuraveradi — tutib bo‘psan! Kramerga esa bu o‘yin edi: biror narsani burchakka uloqtirib, devorga urilib qaytayotganida uni ilib olar va ba’zan bu mashqni bir necha marta takrorlardi.
— Zorina qalay? Zo‘r-a? — deb so‘radi u kutilmaganda. Yuzi birdan tundlashib, qahrli tusga kirdi. — Menga qarang, tag‘in… — dedi po‘pisa qilib.
Mendan rashk qilyaptimikan? Voy tentag-ey!
— Endi sizni zoologiya laboratorkyasiga kuzatib qo‘yaman, — dedi Kramer menga shubha bilan ko‘z tashlab. — U yoqqa «tonnel» orqali o‘tamiz. Sizni oborib tashlab, qaytaman.
Chindan ham u laboratoriya eshigi oldida to‘xtadi, xayrlashe turib, ma’noli ohangda yana haligi gapini takrorladi:
— Menga qarang, tag‘in!..
— Nima tag‘in? — dedim jahlim chiqib.
Uning yuzi burishib ketdi.
— Men ko‘z-quloq bo‘lib turaman! — dedi u tishini gichirlatib va jo‘nab qoldi.
Qanaqa yovvoyi, bema’ni odam bu!
Endi eshik dastasiga qo‘l cho‘zgan paytimda Kramer yana qaytib keldi. U oyog‘ining uchini devordagi halqadan o‘tkazib, oldimda oltmish daraja burchak hosil qilib «turib», dedi:
— Ha, aytganday. Men sizga ishonmayman! Nega bu yerga uchib keldingiz? Shlikovning ishlari bilan tanishib, Yerga qaytgandan so‘ng o‘zingizniki qilib ko‘rsatish uchun emasmi? Shlikov — geniy! Bilib qo‘ying, men hech kimga…
— Menga qarang, Kramer! — dedim fig‘onim chiqib. — Siz yo kasalsiz, yoki o‘z harakatlaringiz uchun javob berishingiz kerak. Siz meni bekordan-bekorga haqorat qilyapsiz. Nima deyayotganingizni o‘ylayapsizmi! Birovning mehnatini o‘ziniki qilib olish kimning qo‘lidaan kelishi mumkin? Buning kimga keragi bor? Qanaqa zamonda va qayerda yashayotganimizni bilasizmi?
— Yedingizda bo‘lsin! — dedi u gapimni bo‘lib va bir sakrab tonnel ichiga kirib ketdi.
Men hayratda qoldim. Tavba, nimalar bo‘lyapti?! Beixtiyor eshikni ochib, laboratoriyaga kirdim.
XVII. ZOOLABORATORIYA
O‘sha zahotiyoq chalqancha yotgan, jagi beso‘naqay, katta-katta ko‘zlariga hayrat cho‘kkan bir odamni ko‘rdim.
— Xo‘sh, siz nima deysiz? — deb xitob qildi u menga, xuddi fikrimni uqib olayotganday.
Men tamom gangib qoldim. Nima bo‘lyapti o‘zi? Shu paytgacha Ketsda es-hushi joyida, sog‘lom, xushchaqchaq kishilarga duch kelgan edim, endi bo‘lsa birdaniga ikkita tentakni ko‘rib turibman!
— Nima gap o‘zi, og‘ayni? — so‘radim men.
— Echkini, aniqrogi, uning oyoqlarini nima qilishni bilmayapman. Og‘ilni ikki marta buzib-tuzatdim, lekin echkining oyoqlari hamon o‘syapti. Hech joyga sig‘maydi, buklanib, mayishib ketyapti. Xudo haqqi, kesib tashlaging keladi!.. Artemyevmisiz. Men Faleyevman. Yaxshi, siz ham biolog ekansiz. Birgalashib o‘shaymiz. Zoologiya laboratoriyasi eng notinch joy. Har xil shoxli, to‘rt oyoqli problemalarni hal qildik. Shlikov beto‘xtov yangi-yangi topshiriqlar beryapti. Tajribalar butunlay kutilmagan natijalarni berib turgandan keyin ularni qanday qilib bajarasan? Og‘irlik kuchining yo‘qligi — bir, kosmik nurlarping ta’siri — ikki. Ana shu nurlar tufayli shunaqa mutatsion sakrashlar bo‘lyaptiki, yoqangni ushlab qolasan! O‘z ko‘zingiz bilan ko‘ra qoling.
Faleyev havoda yengil to‘ntarildi-da, keng kaftlari bilan havoni eshkakday eshib, laboratoriya bo‘ylab uchib ketdi. Men unga ergashdim.
Bu yerda badbo‘y hid mutlaqo sezilmasdi: aftidan, xonani supurib-sidirish va shamollatish yaxshi yo‘lga ko‘yilgan. Og‘illar oddiy to‘r bilan ajratilgan to‘siqlardan iborat. Og‘illardan birining oldida xuddi sharni, to‘g‘rirog‘i, bahaybat tuxumni eslatuvchi kattakon cho‘chqaga ko‘zim tushdi. Uning oyoqlari makaronday uzun-uzun va ingichka edi. Yumshoq tuyoqlari chalkashtirilgan ikki barmoqqa o‘xshaydi. Agar shunaqa cho‘chqa to‘satdan Yerga tushirilsa, xuddi suvdan uloqtirib tashlangan kitday, o‘z tanasini ko‘tarolmay chalpak bo‘lib qolgan bo‘lardi.
Echki meni undan ko‘ra ham hayratga soldi. Basharasi haddan tashqari cho‘zilgan, shoxlari — uzun va turk qilichiday egri, ingichka oyoqlari bir yarim metr keladi hamda oxirida o‘ttiz daraja burchak hosil qilib turgan, qush panjasiday zaif, ikkita ortig‘i bor. Bu «echki» ning bo‘yi kattakon qo‘yday keladi, lekin yung degan gap yo‘q.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Kets Yulduzi - 10
  • Parts
  • Kets Yulduzi - 01
    Total number of words is 4025
    Total number of unique words is 2043
    36.2 of words are in the 2000 most common words
    53.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 02
    Total number of words is 4120
    Total number of unique words is 2033
    36.3 of words are in the 2000 most common words
    53.6 of words are in the 5000 most common words
    63.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 03
    Total number of words is 4194
    Total number of unique words is 2092
    35.1 of words are in the 2000 most common words
    51.5 of words are in the 5000 most common words
    60.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 04
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 2152
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    50.7 of words are in the 5000 most common words
    57.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 05
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 1954
    34.9 of words are in the 2000 most common words
    50.6 of words are in the 5000 most common words
    59.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 06
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1938
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    51.8 of words are in the 5000 most common words
    61.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 07
    Total number of words is 4262
    Total number of unique words is 1964
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    60.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 08
    Total number of words is 4242
    Total number of unique words is 2020
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    52.0 of words are in the 5000 most common words
    61.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 09
    Total number of words is 4215
    Total number of unique words is 2098
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    49.5 of words are in the 5000 most common words
    57.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 10
    Total number of words is 4187
    Total number of unique words is 2024
    34.6 of words are in the 2000 most common words
    50.1 of words are in the 5000 most common words
    59.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 11
    Total number of words is 3764
    Total number of unique words is 1921
    35.9 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    60.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.