Kets Yulduzi - 07

Total number of words is 4262
Total number of unique words is 1964
35.4 of words are in the 2000 most common words
52.1 of words are in the 5000 most common words
60.7 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
— Sizlar bo‘lguncha, yugurib yetib olaman, — dedi Tyurin.
Rostdan ham u chopib ketdi. Obbo chol-yey! Bilimga berilish shu-da! Sokolovskiy hayratdan qo‘llarini yozgancha qoldi. Tyurin kengligi ikki metr keladigan yoriqlardan yengil sakrab, kattaroqlarini esa aylanib o‘tardi. Kostyumining quyoshga qaragan tomoni yal-yal yonar, soyada qolgan qismi esa — deyarli ko‘rinmasdi Xuddi oy sirtida faqat o‘ng oyog‘i bilan sakrab va o‘ng qo‘lini gilkib, mayib-majruh odam borayotganga o‘xshardi. Uning chap qo‘li va oyog‘i onda-sonda, «oy» nuri tushgan paytdagina yarqirab qolardi. Tyurinning qorasi tez uzoqlashib borardi.
G‘ildirak bilan bir necha minut ovora bo‘ldik. Hammasi taxt o‘lgach, Sokolovskiy menga raketaning ustki ochiq maydonchasiga chiqishni taklif qildi. U yerda ikkinchi boshqarish apparati bor edi. Biz Tyurinning izidan yo‘lga tushdik. Raketaning ustida o‘tirish, ichida o‘tirishdan ko‘ra qiziqroq edi. Chunki chor atrof ko‘rinib turardi. O‘ng tomonimizdagi tog‘lar Quyosh nuri tushib turgan vodiyga to‘rtta soya tashlagan. So‘l tomonimizda esa faqat gog‘ cho‘qqilari yarqirab turibdi, tog‘ etaklari oy qorong‘isida qolgan. Yerdan Oyning bu qismi kulrang tusda ko‘rinadi. Tog‘ tizmalari men kutgandan ko‘ra nishabroq edi. Biz «oy» ning eng chetidan yoki Tyurinning tili bilan aytganda, «terminator» chizig‘idan — nur va soya chegarasi ustidan borardik.
Kutilmaganda Sokolovskiy tirsagi bilan biqinimga asta turtib, oldinga ishora qildi. Qarshimizda katta jarlik turar di. Biz bunday jarlikning bir nechtasidan sakrab, agar kattaroq bo‘lsa ustidan uchib o‘tdik. Aftidan, Sokolovskiy sakrash oldidan meni ehtiyot bo‘ling deb ogohlantirayotgandi. Men unga savol nazari bilan qaradim. Geolog skafandrini menikiga yaqin keltirib, dedi:
— Qarang, professorimiz…
Men oldinga qarab, ko‘lanka qa’ridan otilib chiqqan Tyurinni ko‘rdim. U qo‘llarini silkitib, uzun jarlik bo‘ylab biz tomonga qarab chopib kelardi. Jarlikdan u sakrab o‘tolmagandi.
— Undan o‘zib ketib, sirk markaziga birinchi bo‘lib borishimizdan qo‘rqyapti, — dedi geolog. — To‘xtashga to‘g‘ri keladi.
Raketa to‘xtar-to‘xtamas Tyurin ustki maydonchaga sakradi. Oi uni yoshartirib yuborgan edi. Yo‘q, sal mubolag‘a qildim. Gyurin butun gavdasi bilan ustimga kelib tushdi, ko‘kragi tinimsiz ko‘tarilib tushardi. Chol nihoyatda charchagan edi.
Sokolovskiy jarga yaqin qolganda«pedalni bosdi». Portlash yuz berib, raketa oldinga, so‘ng yuqoriga talpindi. Shu payt Tyurinning oyoqlariga ko‘zim tushib qoldi. U behad holsizlan ganidan dastakni tuzukroq ushlashga ham ulgurmay, raketadan uchib ketgan edi. Uning tanasi yarim doira yasab, pastga qulab borardi. U juda balanddan yiqilgan, lekin juda sekin pastlardi. Mening yuragim yorilayozdi. Professor tamom bo‘ldi!..
Bu vaqtda biz jarlik ustida uchib borardik. Birdan Sokolovskiy raketani keskin orqaga burdi, o‘zimning ham uchib ketishimga sal qoldi, biz tezlik bilan Oy sirtiga, Tyurinning yaqiniga qo‘ndik. Tyurin qimir etmay yotardi. Sokolovskiy tajribali emasmi, darrov uning kiyimlarini ko‘zdan kechirdi. Ozgina teshik bo‘lsa ham kishi halok bo‘ladi: fazoviy sovuq bir zumda tanani muz parchasiga aylatirib qo‘yadi. Xayriyat, kiyimi butun ekan, faqat sal tirnalib, bir oz chang bo‘lipti. Tyurin qo‘lini ko‘tardi oyoqlarini qimiirlatdi… Tirik! Kutilmaganda u o‘rnidan turib, raketaga qarab yura boshladi. Men hangu mang bo‘lib qoldim. Faqat Oydagina shunday bo‘lishi mumkin. Tyurin o‘z o‘rniga chiqib o‘tirib olgach, indamay qo‘li bilan oldinga ishora qildi. Men skafandrining oynasidan uning yuziga qaradim. U jilmayardi!
Bir necha minutdan so‘ng manzilga yetib bordik. Birinchi bo‘lib raketadan tantanali qiyofada professor tushdi. U udumni bajo keltirib, ibodat qildi. Bu manzara xotiramda abadiy o‘rnashib qoldi. Yulduz bilan qoplangan qop-qora osmon. Ko‘kimtir Quyosh. Bir tomonda ko‘zni qamashtiruvchi yarqiroq toglar, nkkinchiyoqda — «havoda muallaq turgan», erigan cho‘yanday oppoq cho‘qqilar. Bepoyon sirk vodiysining qariyb yarmiga uchi qing‘ir soyalar yastanib olgan; kul va chang bilan qoplangan toshloq tuproqda — mashinamiz g‘ildiraklarining olis-olisga cho‘zilgan izlari. Oy sirtidagi bu izlar ayniqsakuchli taassurot qoldiradi. Ko‘lankaning shundoq chetida govvos qiyofasidagi bir odam ortida iz qoldirib, bir me’yorda qadam tashlayapti — bu inson oyog‘ining izlari! Mana u to‘xtadi. Kraterlarga, bizga, osmonga bir-bir qarab chiqdi. Atrofidan tosh terib, kichkina piramida yasadi. Keyin engashib, barmog‘i bilan kulga:
TYURIN
deb yozib qo‘ydi.
Barmoq bilan ko‘lga bitilgan bu yozuv Yer qoyalaridagi uimakor yozuvlardan umrboqiyroq: uni yomg‘ir yuvib ketmaydi, shamol ko‘mib yubormaydi. Agar tasodifan shu joyga meteorit tushmasa bu yozuv million yillar turaveradi.
Tyurin mamnun. Biz yana raketamizga o‘tirib, shimolga qarab uchamiz. Quyosh endi ufqdan bir oz ko‘tarilgan, sharq tomondagi tog‘larning ayrim qoyalarini yoritib turibdi. Lekin u ko‘kda juda ham sekin harakat qiladi.
Yana jarlikdan sakradik. Bu gal Tyurinni ogohlantirib quigandik. U temir dastaklarga mahkam yopishib olgandi. Pastga qarayman. Jarlik yurakni vahimaga soladi. Yerda bunaqalari kam uchraydi. Tubi ko‘rinmaydi — zim-ziyo. Eni bir necha kelo metr keladi. Bechora Oy! Yuzingga qanday chuqur ajinlar tushibdi-ya!..
— Alfons… Ptolemey… Oyga uchib kelayotganda bularni ko‘rganmiz, — dedi Tyurin.
Olisda krater cho‘qqisi ko‘zga tashlandi.
Tyurin skafandrini menikiga yaqinlashtirib, — aks holda gapni eshitib bo‘lmaydi, — dedi.
— Ana!.. Kopernik! Oydagi eng katta kraterlardan biri. Uning diametri sakson besh kilometrdan ortiq. Yerdagi eng katta kraterning — bu Seylon orolida — eni yetmish kilometrga ham yetmaydi.
— Kraterga! To‘ppa-to‘g‘ri kraterga! — deb buyurdi Tyurin.
Sokolovskiy krater devoridan oshib o‘tish uchun raketani yuqoriga, tikkasiga uchirdi. Tepadan o‘rtasi konus shaklidagi to‘g‘ri doira ko‘rinib turibdi. Raketa konus etagiga qo‘ndi. Tyurin mashinadan sakrab tushib, konusga qarab yugurdi. Nahotki u tepasiga chiqmoqchi bo‘lsa? Ha, xuddi shunday. U nihoyatda tik qoyalarga tarmashib, yuqoriga talpinyapti. Tyurin shu qadar tez ko‘tarilyaptiki, Yerdagi eng chaqqon alpinist ham uni quvib yetolmagan bo‘lardi. Oyda tepaga ko‘tarilish ancha oson. Bu yerda Tyurinning og‘irligi o‘n-o‘n ikki kilogrammdan oshmaydi. Bu vazn uning hatto bo‘shashgan paytlariga ham og‘irlik qilmaydi.
Konus atrofida, undan ma’lum masofa narida — tosh ko‘tarmasi. Uning qanday paydo bo‘lganiga tushunolmayman. Agar bu toshlar qachonlardir otilgan vulqon oqibati bo‘lsa, u holda ular tevarak-atofga sochilib ketishi va bu qadar to‘g‘ri halqa hosil qilmasligi kerak edi.
Bu jumboqqa kutilmaganda javob topildi. Qo‘qqisdan tuproqning silkinganini payqab qoldim. Nahotki Oyda ham zilzila bo‘lsa? Savol nazari bilan Sokolovskiyga qaradim. U indamdy qo‘li bilan cho‘qqiga ishora qildi: tepadan ulkan qoyalar dumalab tushardi. Bu qoyalar shiddat bilan dumalab borib ko‘tarma oldidagina to‘xtardi.
Ha, gap bu yoqda ekan! Oyda Yer tog‘larining kushandasi bo‘lgan shamol ham, yomg‘ir ham yo‘q. Ammo-lekin undan ko‘ra xatarliroq bo‘lgan yemiruvchi kuch bor ekan. Bu — Oydagi tun bilan kun oraoidagi haroratning keskin farq qilishi. Oyda ikki hafta ikki yuz daraja sovuq bo‘lsa, ikki hafta shu darajada issiq bo‘ladi. Oradagi farq to‘rt yuz darajani tashkil qiladi! Qoyalar bunga dosh berolmay, xuddi muzdek stakanga qaynoq suv quygandagiday, iarchalanib ketadi. Tyurin buni mendan yaxshiroq bilishi kerak. Nega bu qadar ehtiyotsizlik qilib, toqqa o‘rmalab chiqyapti… Aftidan, professorning o‘zi ham buni payqab qoldi: toshdan toshga sakrab tezlik bilan pastga tusha boshladi. Uning o‘ngida ham, so‘lida ham o‘pirilish bo‘lyapti. Lekin Tyurin bexatar joyga tushib oldi.
— Yo‘q, yo‘q! Men o‘z fikrimdan qaytmayman, — dedi u, lekin noqulay vaqtni tanlabman. Oy tog‘lariga oy kunining oxirida yoki kechasi chiqish kerak. Hozircha yetarli. Bo‘ronlar okea niga uchamiz, u yerdan to‘ppa-to‘g‘ri sharqqa, Oyning hali birorta inson ko‘zi tushmagan tomoniga jo‘naymiz.
— Bu g‘alati nomlarni kim o‘ylab topgan, — so‘radim men yo‘lga tushganimizdan keyiy. — Kopernik, Platon, Artistotel — bu bir navi. Lekin Oyda Bo‘ronlar okeani nima qilsin? Bu yerda bo‘ronning o‘zi yo‘q-qu. Farog‘at dengizi nimasi? Yalang‘och toshlarmi? Yeki Krizislar dengizini olaylik… Qanaqa krizis? Umuman, bir tomchi ham suvi yo‘q dengiz qanaqa dengiz bo‘ldi?
— To‘g‘ri, nomlar unchalik mos kelmaydi, — dedi Tyurin. — Oy sirtidagi jarliklar, so‘zsiz, bir mahallar mavjud bo‘lgan okean va dengizlarning izlari. Lekin ularning nomlari… Axir ularni nimadir deb atash kerak bo‘lgan-da! Kichkina planetalarni kashf qilishganda dastlab ularni an’ana bo‘yicha qadimgi yunon xudolarining nomlari bilan atashgan. Ko‘p o‘tmay hamma nomlar tugagan, lekin yangi planetalar uzluksiz kashf qilinavergan. Shundan so‘ng mashhur kishilarning nomlariga o‘tishgan: Flammarion, Gauss, Pikering va hatto amerikalik Eduard Tuk kabi taniqli filantroplarning nomlari ham bor. Shu tariqa kapitalist Tuk osmonda o‘z mulkiga ega bo‘lib olgan. Menimcha, mayda planetalarga raqam sistemasini qo‘llagan ma’qul… Oydagi Karpat, Alp, Apennin tog‘lariga kelsak, — bu, fantaziya doirasining torligidan. Mana, masalan, men Oyning narigi tomonida kashf qiladigan tog‘lar, vulqonlar, dengiz va sirklarimizga butunlay yangi nomlar o‘ylab qo‘ydim…
— Albatta, Tyurin kraterini ham esdan chiqazmassiz? — deb so‘radi Sokolovskiy kulib.
— Hammamizga ham yetadi, — javob berdi Tyurin. — Agar sizlar xohlasangiz, Tyurin krateri ham, Sokolovskiy dengizi ham, Artemyev sirki ham bo‘ladi.
Oradan yarim soat o‘tmay Sokolovskiy bizni Bo‘ronlar okeaniga yetkazdi. Raketa okean «tubiga» qo‘ndi. Uning tubi juda notekis edi. U yer-bu yerda baland tog‘lar bo‘y cho‘zib turibdi. Ularning cho‘qqilari bir mahallar orol bo‘lgan bo‘lsa ham ajab emas. Ba’zan biz chuqurlikdagi vodiylarga tushib ketar va butunlay soyada qolardik. Lekin qorong‘i emas edi: tepadagi yop-yorug‘ tong cho‘qqilaridan aks nur tushib turardi.
Men atrofni diqqat bilan kuzatardim. Toshlar uzun-uzun quyuq ko‘lanka tashlagan. Kutilmaganda bir joyda xuddi titilib ketgan savatnikiga o‘xshagan panjarador bir soyani ko‘rib qoldim. Uni darrov Sokolovskiyga ko‘rsatdim. U raketani to‘xtatishi bilan haligi soyaga qarab yugurdim. U xuddi toshga o‘xshaydi, lekin shakli juda qiziq: qovurg‘ali umurtqa suyagini eslatadi. Nahotki halok bo‘lgan hayvon qoldig‘ini topgan bo‘lsak? Demyk, Oyda hatto umurtqali hayvonlar ham yashagan ekanda. Demak, Oyda atmosfera u qadar tez yo‘q bo‘lgan emas ekan-da. «Umurtqa» va «qovurg‘alar» o‘z hajmiga nisbatan nozikroq edi. Lekin Oyda og‘irlik Yerdagiga qaraganda olti marta kam, binobarin, hayvonlarning skeletlari nozikroq bo‘lishi mumkin. Buning ustiga, bular dengiz hayvonlariga o‘xshaydi.
Geolog skelet yonida yotgan bir qovurg‘ani olib sindirdi. Sirti qora, ichi g‘alvirak, kulrang tusda. Sokolovskiy bosh chayqab, dedi:
— Menimcha, bular suyak emas, marjon.
— Lekin shakli, ko‘rinishi-chi, — e’tiroz bildirdim men.
Ilmiy bahs qizib ketishi mumkin edi, lekin gapga Tyurin aralashib qoldi. U o‘z vakolatiga suyanib, darhol jo‘nashni talab qildi. Tyurin Oyning narigi tomonini hali Quyosh to‘la yoritib turgan paytda ko‘rib qolishga oshiqardi. Bo‘ysunishdan boshqa iloj yo‘q edi. Ketsga qaytgandan so‘ng analiz qilish uchun bir necha «suyak» terib oldim. Biz yo‘lga tushdik. Bu topilma meni juda hayajonlantirib yubordi. Agar dengiz tubini tuzukroq titkilansa, juda ko‘p ajoyib kashfiyotlar qilish, Oydagi qisqa muddatli hayot manzarasini tiklash mumkin edi. Qisqa muddatli deganmizda, albatta, astronomik miqyos ko‘zda tutiladi…
Raketamiz sharqqa tomon uchib borardi. Quyoshga qarab, hayron qoldim: u yuqoriga odatdan tashqari tezlik bilan ko‘tarilardi. Shu payt Tyurin ikki biqinini ushlab qoldi.
— Fotoapparatimni yo‘qotganga o‘xshayman… G‘ilofi bor-u, o‘zi yo‘q… Orqaga! Fotoapparatsiz qolish mumkin emas! La’nati skeletni suratga olib bo‘lib, g‘ilofga solayotgan paytimda tushirib qo‘ygan bo‘lsam kerak! Bu yerda narsalar shunaqa yengilki, tushirib qo‘ysang ham payqamaysan…
Geolog norozi qiyofada bosh chayqadi, shunga qaramay raketani orqaga burdi. Shunda men ajoyib hodisaning guvohi bo‘ldim: biz orqaga burilishimiz bilan Quyosh yana sharqqa, ufqqa tomon qayta boshladi. Xuddi alahsirayotganday bo‘ldim nazarimda. Quyosh nuri miyamga ta’sir qildimikan? Osmonda goh u tomonga, goh bu tomonga harakat qiladigan Quyosh ham bo‘ladimi! Men buni hatto hamrohlarimga aytishga ham jur’at qilmay, indamay kuzatib o‘tiraverdim. Biz eski manzilga yaqinlashib tezlikni soatiga o‘n besh kilometrga tushirganimizda — Quyosh to‘xtadi. Hech narsaga tushunolmay qoldim.
Tyurin hadeb osmonga qarayverganimni sezdi shekilli, skafandini menikiga yaqinlashtirib, dedi:
— Quyoshning qilig‘idan taajjublanyapsiz-a. Buning sababi oddiy. Oy — kichkina jism, uning ekvatorial nuqtalari harakati juda sekin. Sekundiga to‘rt metrga ham yetmaydi. Binobarin, ekvator bo‘ylab soatiga o‘n besh kilomertga yaqin tezlik bilan garbga tomon yurilsa, Quyosh bir joyda turaveradi, agar tezlik oshirilsa Quyosh sharqqa «jo‘nab qoladi». Yeki aksincha: biz sharqqa, Quyosh istiqboliga tomon uchganimizda, Oy sirtida tez harakat qilib, Quyoshni ham tez ko‘tarilishga majbur qildik. Xullas, bu yerda Quyosh harakatini ham boshqarishimiz mumkin. Oyda soatiga o‘n besh kilometr masofani piyoda ham bemalol bossa bo‘ladi. Ekvator bo‘ylab g‘arbga tomon ana shunday tezlik bilan borayotgan yo‘lovchi ustida Quyosh qimirlamay turaveradi… Bu juda qulay. Chunonchi, Quyosh botayotgan paytda uning izidan borish g‘oyat katta qulaylik tug‘diradi. Tuproq hali iliq, atrof ki(ixopaz yorug‘ bo‘ladi, oftob kuydirmaydi. Garchi kostyumlarimiz harorat o‘zgarishidai bizni yaxshi asrasa ham, nur va qorong‘ilik orasidagi farq ancha kuchli seziladi.
Biz eski joyga yetib keldik. Tyurin apparatini qidirishga tushdi, men vaqtdan foydalanib, Bo‘ronlar okeanining tubini yana ko‘zdan kechira boshladim. Balki qachonlardir bu okean sirtida chindan ham dahshatli bo‘ronlar bo‘lgandir. To‘lqinlar yer okeanlaridagi to‘lqinlardan besh-olti marta kuchliroq chayqalgandir. Bu dengiz sirtida o‘shanda butun bir suv tog‘lari ko‘chib yurgandir. Chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumburlab, suv pishqirgan, toshgandir… Dengizda qachonlardir Yerda yashagan eng katta hayvonlardan ko‘ra bahaybatroq hayvonlar istiqomat qilgandir…
Men jar yoqasiga bordim. Uning eni bir kilometrdan oz emas. Buning ostida nimalar bor ekan? Bir tushib ko‘rsam-chi? Men elektr fonarimni yoqib, jarlikning nishob yeridan pastga tusha boshladim. Tushish oson edi. Avvaliga ehtiyotlik bilan, so‘ng dadil-dadil sakrab tobora pastlayverdim. Tepada yulduzlar jimirlab turibdi. Atrof zim-ziyo. Menga pastga tushgan sari harorat ko‘tarilayotganday tuyuldi.Balki, tez harakat qilgagimdan issiqlab ketgandirman. Afsus, geologdan termometrni olmapman. Tyurinning, Oydagi tuproq olimlar taxmin qilgandan ko‘ra issiqroq, degan farazini tekshirib ko‘rgan bo‘lardim.
Io‘lda silindr shaklidagi g‘alati tosh parchalari uchray boshladi. Nahotki bular qotib qolgan daraxt tanalari bo‘lsa? Ular dengiz tubiga, bunday chuqurlikka qanday qilib tushib qoldi?
Men o‘tkir qirrali bir narsaga yopishdim, kostyumim yirtilishiga sal qoldi, yuragim orqasiga tortib ketdi: axir, halok bo‘lish hech gapmas. Darrov engashib haligi narsani ushlab ko‘rdim: qandaydir tishlar. Chiroqni tutdim. Qoya orasidan uzun qop-qora arra chiqib turibdi — xuddi arrabaliqning o‘zi deysiz. Yo‘q, bu marjon bo‘lishi mumkin emas. Men tevarak-atrofga chiroq tutib chiqdim va hamma yerda arralar, uzun burama qoziq tishlar, kemirchakli taxtalar va qovurg‘alarni ko‘rdim… Halok bo‘lgan hayvolarning butun bir qabristoni… Tosh bo‘lib qotgan bu hujum va himoya qurollari oralab yurish juda xatarli edi. Shunga qaramay, men sehrlanib qolgan edim. Favqulodda kashfiyot! Faqat shuning o‘zi uchungina sayyorlararo sayohatga chiqsa arziydi. Men jar ichiga maxsus ekspeditsiya kelib qo‘nishini, bundan million-million yillar muqaddam halok bo‘lgan hayvonlarning suyaklari terilib, Ketsga, so‘ng Yerga, Fanlar Akademiyasining muzeyiga olib tushilishini va olimlarimiz Oy hayvonlarining qiyofasini tiklashlarini xayolan tasavvur qilardim…
Ha, mana buni marjon desa bo‘ladi! Yerdagidan olti marta emas, o‘n marta katta. «Butoqli shoxlar» ning butun bir o‘rmoni deysiz. Ba’zi marjonlarning hatto rangi ham o‘chmagan. Ayrimlari fil suyagi tusida, boshqalari — pushtirang, ko‘pchilik qismi esa qip-qizil.
— p mmn. guoig.
Ha, demak, Oyda hayot mavjud bo‘lgan. Balki, Tyurin haqdir, iz bu hayot qoldiqlarini topishga muvaffaq bo‘larmiz. Ulikoldiqlarini emas, balki hayvonot va o‘simlik dunyosi so‘nggi iakillarining qoldiqlarini toparmiz…
Kichkina toshcha oldimdan viz etib o‘tib, marjon butasiga kslib tushdi.
Bu hol xayollarimni to‘zg‘itib yubordi. Men boshimni ko‘tarib, jarlik yoqasida miltirayotgan chiroqni ko‘rdim. Hamrohlarim, iftidan, meni chaqirayotgan ko‘rinadi. Qaytish kerak. Men ularga javoban fonarimni o‘chirib-yoqdim-da, shosha-pisha eng nodir va qiziqlarli namunalardan terib sumkamga soldim. Yerda bu xazina oltmish kilogrammdan ko‘p chiqsa kerak. Demak, bu yerda o‘n kilogrammdan ortiq emas. Binobarin, bu yuk meni ko‘p qiyiamadi va men tez yuqoriga ko‘tarildim.
Uzboshimchalik qilganim uchun astronomdan xayfsan eshitishga to‘g‘ri keldi, lekin o‘z topildiqlarim haqida gapirib berganimdan keyin u ancha yumshadi.
— Buyuk kashfiyot qilgansiz. Tabriklayman! — dedi u. — Albatta ekspeditsiya tashkil qilamiz. Lekin hozir kechikish mumkin emas. Qani, darhol jo‘nadik.
Lekin bari bir andak kechikishga to‘g‘ri keldi. Biz okean chetiga borib qolgan edik. Qarshimizda Quyosh nuri tushib turgan «sohil»» qoyalari bo‘y cho‘zib turardi. Ajoyib manzara! Sokolovskiy beixtiyor mashinani sekinlatdi.
Pastda qizg‘ish porfir va rang-barang bazaltlardan iborat qoyalar yastanib yotibdi: zumrad tusli, pushtirang, zangori, sargish kulrang, sariq tusli… Xuddi kamalakday tovlanuvchi sehrli sharq gilami deysiz. U yer-bu yerda qorday oppoq tizmalar, pushtirang haykallar ko‘zga tashlanadi. Turtib chiqib turganulkan tog‘ billurlariga qarab bo‘lmaydi, ko‘zning nurini oladi. «qutlar qon tomchilariday osilib turibdi. To‘qsariq giatsintlar, qip-qizil pironlar, qora metanitlar, binafsharang almandinlar yashnab turgan gulzorni eslatadi. Ko‘k yoqut, zumrad na ametistlar uyum-uyum bo‘lib yotibdi… Qayerdandir, qoyaning o‘tkir qirrasidan bir tutam nur yog‘ilyapti. Faqat olmoslargina shunday nur taratishi mumkin. Bu qoyalar, aftidan, endigina parchalangan bo‘lsa kerak, kosmik chang bu shaffof va rang-barang iur ko‘zini hali to‘sib ulgurmagan.
Geolog qattiq tormoz berdi. Tyurin sal bo‘lmasa ag‘darilayozdi. Mashina to‘xtadi. Sokolovskiy yo‘l-yo‘lakay xaltasidan bolg‘achasinn olib, yarqirab turgan qoyatoshlar ustidan chopib ketdi. Men uning orqasidan yugurdim, bizning ortimizdan Tyurin. Sokolovskiyni geologlarga xos yengib bo‘lmas bir ishtiyoq chulg‘ab olgan di. Bu qimmatbaho toshlarni ko‘rib qolgan ochko‘zning hasisligi mas, balki kamyob qazilma boylikka duch kelgan haqiqiy olimiing ishtiyoqi edi.
Sokolovskiy bolg‘achasi bilan olmos parchalarini shunday Turli tusdagi qimmatbaho toshlar.
Uchirardiki, shu tobda u xuddi o‘pirilib tushgan kondan o‘ziga yo‘l ochayotgan konchini eslatardi. Bolg‘a zarbidan olmos zarrachalari atrofga nur bo‘lib sachratdi. Tyurin ikkovimiz bir olmosni tashlab, ikkinchisini olardik. Sumkalarimizni olmosga to‘ldirdik, Quyoshga tutib tomosha qildik, osmonga otib o‘ynadik. Biz go‘yo nur zarralari qurshovida qolgan edik.
Eh, Oy! Oy! Yerdan naqadar yakrang, kumushsimon bo‘lib kurinasan. Lekin siynangga qadam qo‘ygan kishini qanchalar rangbarang, ko‘zni qamashtiruvchi tuhfalar bilan kutib olasan!..
Keyinchalik bunaqa xazinalarga juda ko‘p marta duch kyoldik. Qimmatbaho toshlar, xuddi rang-barang shabnamday, tog‘ qoyalari, cho‘qqilarda to‘shalib yotardi. Yerda eng qimmatbaho hisoblangan olmos va zumradlar Oyda behisob… Bunday manzaraga deyarli ko‘nikib ham ketdik… Ammo Bo‘ronlar okeani sohilida bizni chulgab olgan «olmos talvasasi» ni hech qachon esimdan chiqarmayman.
Biz yana tog‘ va jarliklardan sakrab, sharqqa tomon uchib boryapmiz. Geolog yo‘qotilgan vaqtning o‘rnini to‘ldirish uchun raketani zo‘r berib haydayapti.
Tyurin bir qo‘li bilan o‘rindiq suyanchig‘idan ushlab, tantanali bir tarzda ikkinchi qo‘lini ko‘tardi. Bu bilan u Oy sirtyning Yerdan ko‘rinadigan qismi chegarasidan o‘tganimizni nishonladi. Biz noma’lum dunyoga qadam qo‘ydik. Biz hozir ko‘radigan narsalarni birorta odam ko‘rgan emas. Mening butun vujudim ko‘a va quloqqa aylangandi.
Tyurin haddan tashqari hayajonlanardi. U nima qilishini bilmasdi: vagon-raketaning tepasidan atrof yaxshi ko‘rinardi raketa ichida esa yozish-chizish qulay. Birida yutsang, birida yutqa zasan. Nihoyat u yozishdan voz kechishga qaror qildi: baribir Oyning «orqa» tomoni hali sinchiklab o‘rganilady va vaqti kelib xaritaga tushiriladi. Hozir faqat bu haqda umumiy tasavvux hosil qilinsa bas. Biz ekvatorbo‘ylab yurishga qaror qildik Tyurin faqat eng katta sirk va eng baland kraterlari belgilar va ularga nom berib borardi. Birinchi tadqiqotchiga berilgan bu huquq unga katta huzur baxsh etardi. Shu bilan birga u shu qadar kamtar ediki, biror krater yoki dengizni o‘z nomi bila atashga oshiqmasdi.Aftidan u ilgariroq ro‘yxat tuzib olganga o‘xshaydi, hozir revolyutsiya qahramonlari, mashhur olimlar, yozuv chilar, sayohatchilarning nomlarini qalashtirib tashlayapti:
— Xo‘sh, bu dengiz sizga yoqadimi? — deb so‘radi u mendan xuddi o‘z noibiga yer-suv in’om qilayotgan podshoh qiyofasida. — «Artemyev dengizi» deb atasak nima deysiz?
Men ufqqacha cho‘zylib ketgan chuqur jarlikka qaradim. B; dengiz Oydagi boshqa dengizlardan sira farq qilmasdi.
— Agar xo‘p desangiz, — dedim men bir oz ikkilanib turgach, — buni «Antonina dengizi» deb atasak.
— Antoniymi? Yuliy Sezarning eng yaqin yordamchisi Mark Antoniymi? — deb so‘radi u gapimni yaxshi eshitmay. Uning miyasi buyuk kishilar va qadimgi xudolarning nomlari bilan to‘lib ket gan edi. — Nima qipti, yaxshi. Mark Antoniy! Jarangdor, buning ustiga, astronomlar hali ishlatmagan. Shunday bo‘la qolsin. Yozib qo‘yamiz: «Mark Antoniy dengizi».
Professorning gapiga tuzatish kiritish noqulay edi. Shunday qilib, Yuliy Sezarning eng yaqin xodimi Oyda o‘lmas mulkka ega bo‘lib qoldi. Mayli, hechqisi yo‘q, men bilan Tonyaga hali dengizlar yetarli.
Tyurin to‘xtatishni iltimos qildi. Biz hali Quyosh nuri yetma an havzada turardik.
Astronom raketadan tushdi-da, termometrni chiqarib, tuproqqa suqdi. Tyurinning orqasidan geolog tushdi. Bir oz vaqt o‘tgach, Tyurin termometrni sug‘urib olib ko‘zdan kechirgach, uni Sokolovskiyga uzatdi. Ular skafandrlarini yaqinlashtirib, aftidan, fikr almashdilar. Keyin tezlik bilan raketa maydonchasiga ko‘tarilishdi. Bu yerda yana gaplashib olishdi. Men savol nazari bilan Sokolovskiyga qaradim.
— Tuproqning harorati ikki yuz ellik darajaga yaqin sovuq, — dedi menga Sokolovskiy. — Shuning uchun ham Tyurinning kayfiyati yaxshi emas. Uning aytishicha, bu yerda radioaktiv moddalar oz ekan. Radioaktiv moddalarning parchalanishi natijasida tuproq isigan bo‘lardi. Yerda ham okeanlar tuproq eng sovuq bo‘lgan joylarda paydo bo‘larkan. Tropik dengizlar tubidagi harorat hatto shimoliy kengliklardagi dengizlar haroratidan ham sovuqroq emish. U, biz hali radioaktiv parchalanish tufayli nsigan zonalarni topamiz, deb ishontiryapti. Lekin, o‘zaro gap, Yerning umumiy issiqlik rejimida radioaktiv parchalanish tarqatgan harorat juda oz miqdorni tashkil qiladi. Menimcha, Oyda ham shunday bo‘lsa kerak.
Sokolovskiy Oy sirtining umumiy ko‘rinishini yaxshiroq olish uchun yuqoriroq ko‘tarilishni taklif qildi.
— Ko‘z oldimizda butun manzara namoyon bo‘ladi. Uni suratga olish mumkin, — dedi u Tyuringa.
Astronom rozi bo‘ldi. Biz o‘rindiq suyanchiqlariga mahkam yopish ib oldik, Sokolovskiy portlashni kuchaytirdi. Raketa yuqoriga ko‘tarila boshladi. Tyurin tinimsiz fotoapparatini chiqillatardi. Bir joyda, kichkina tepalik ustida, to‘g‘ri burchak shaklida uyulgan tosh yoki qoyalarga ko‘zim tushdi.
«Oy atmosferadan mahrum o‘lik planetaga aylanishidan oldin bu joyda yashagan aholining qurilishlari emasmikan?» — degan o‘y o‘tdi ko‘nglimdan va shu zahotiyoq bu bema’ni fikrdan voz kechdim. Lekin bari bir to‘g‘ri geometrik shakl muammo bo‘lib miyamda o‘rnashib qoldi.
Tyurin o‘z kreslosida tipirchilardi. Aftidan, termometr nati kasi professorni qattiq ranjitgan edi. Biz navbatdagi «dengiz» ustidan uchib o‘tayotganimizda Tyurin Sokolovskiydan dengizning soya qismiga qo‘nishni talab qildi va darhol haroratni o‘lchadi. Bu gal termometr bir yuz sakson daraja sovuqni ko‘rsatdi. Agar tuproqning Quyosh taftidan ancha shgab qolganini hisobga oimasa, farq katta. Shunga qaramay, Tyurin Sokolovskiyga g‘oli bona bir qiyofada ko‘z tashlab, qat’iy suratda e’loi qildi:
— «Jazirama dengiz» — buni shunday deb ataymiz.
Yuz sakson daraja sovuqda jazirama! Darvoqe, buning«Yemg‘ir dengizi» yoki «Farog‘at dengizi» dan nima farqi bor? Astronomlar o‘zi shunaqa g‘alati xalq!
Tyurin yana ikki-uch joyda tuproq xaroratini o‘lchash uchun birikki yuz kilometr g‘ildiraklarda yurishni taklif qildi.
Biz endi boshqa dengiz tubidan borardik. Men unga jon deb«Silkinish dengizi» degan nom berardim. Dengiz tubi do‘ngliklar bilan qoplangan, ba’zilarining usti yog‘ surtganday yiltiraydi. Neft qatlamlari emasmikin? Qattiq silkinishga qaramay, biz yurishda davom etdik. Tyurin tez-tez haroratni o‘lchardi. Bir joyda termometr ikki yuz daraja sovuqni ko‘rsatgan edi, astronom termometrni tantanali ravishda Sokolovskiyning ko‘ziga yaqinlashtirdi. Nima gap? Gap shundaki, garchi biz oy kuni tomon yurayotgan bo‘lishimizga qaramay, harorat yana pasaygan ekan, demak, masala faqat tuproqning Quyosh taftidan isishida emas. Har holda, professor bu gal haq.
Tyurin shod edi. Biz havzadan chiqib, jarlikni aylanib o‘tgach, sirkning tosh uyumlari ustidan sakradik-da, tekis joyda bir oz yurib, tog‘ tepasiga ko‘tarildik.
Undan oshib o‘tganimizdan so‘ng qarshimizda balandligi o‘n besh kilometr keladigan tog‘ devori paydo bo‘ldi. Garchi Quyosh ufqdan ancha ko‘tarilgan bo‘lsa ham, bu devor uni bizdan to‘sib turardi. Favqulodda baland bu to‘siqqa urilib ketishimizga sal qoldi. Sokolovskiy raketani keskin burib yuqorilatdi.
— Mana buni topilma desa bo‘ladi! — deb xitob qildi Tyurin. — Bu tog‘ zanjirini Alp ham, Kordilyer ham deb bo‘lmaydi. Bu… Bu…
— Tyurinyer! — dedi Sokolovskiy. — Ha, Tyurinyer tog‘lari. Ohangdor va sizga to‘la munosib nom. Bundan baland tog‘ni topishimiz qiyin.
— Tyurinyer, — deb takrorlady dovdirab qolgan Tyurin. — Hm… Hm… bir oz noqulayroq. Lekin juda jarangli eshitiladi: Tyurinyer. Mayli, siz aytgancha bo‘lsin, — deya rozilik berdi u. Skafandr oynasidan uning yashnab ketgan yuzini ko‘rdim.
Katta yarim doira yasab, yuqoriga ko‘tarilishimizga to‘g‘ri keldi. Bu tog‘ «osmon-falakka» chiqib ketgan edi… Nihoyat yana Quyoshni ko‘rdim. Ko‘zni qamashtiruvchi ko‘m-ko‘k Quyosh! Men beixtiyor ko‘zlarimni yumdim. Ko‘zimni ochganimda menga, go‘yo biz Oyni tark etib, samo bo‘shligida uchib borayotganday tuyuldi… Men orqamga qarab, Tyurinyerning tik devorini ko‘rdim, uning poydevori zim-ziyo bo‘shliqqa kirib ketgan edi. Oldinda hech narsa yo‘q. Ostimiz — bo‘m-bo‘sh. Zim-ziyo bo‘shliq. Aks nur asta-sekin so‘nib boryapti, undan nari — yana qorong‘ilik.
Sarguzasht deb shuni aytadilar-da! Oyning narigi tomoni yarim shar shaklida emas, balki sharning qandaydir bir bo‘lagiga o‘xshar ekan. Hamrohlarim ham hayajonda. Men o‘ngu so‘limga qarayman. Bo‘m-bo‘sh. Oyning ko‘rinmas tomoni qanaqaligi haqi dagi farazlar yodimga tushdi. Ko‘pchilikastronomlar Oyning narigi tomoni ham bu tomonga o‘xshaydi, faqat dengiz va toglari boshqacha, deb tasdiqlashardi. Kimdir, Oy noksimon shaklda, degan fikrni aytgandi. Yer tomondan u sharga o‘xshaydi, narigi tomoni esa nokka o‘xshash cho‘zinchoqroq. Shuning uchun ham go‘yo Oy hamisha Yerga bir tomoni, og‘irroq tomoni bilan qarab turarmish. Lekin biz yanada aql bovar qilmaydigan narsani ko‘rdik: Oy — sharning yarmi. Ikkinchi yarmi qayerda qoldi?
Uchish bir necha minutdan beri davom etyapti, lekin biz hanuz zim-ziyo bo‘shliq ustidamiz. Tyurin garang kishiday o‘tiribdi. Sokolovskiy indamaydi, tobora porlashni kuchaytiryapti: u buning hammasi nima bilan tugashini tezroq bilishga oshiqardi.
Biz bo‘shliqda qancha muddat uchganimizni bilmayman, bir mahal sharq tomonda Oyning yaltiroq hoshiyasi ko‘zga tashlandi. Biz xuddi okeanda ko‘p kunlar suzib, nihoyat, kutilgan sohilga ko‘zi tushgan sayohatchilarday quvonib ketdik. Demak, biz Oydan qulab ketmagan ekanmiz-da? Bo‘lmasa, ostimizdagi bo‘shliq nima edi?
Tyurin buni birinchi bo‘lib payqadi.
— Jarlik! — deb xitob qildi u skafandrini meniki bilan urishtirib. — Haddan tashqari keng va chuqur jarlik!
Haqiqatan ham shunday bo‘lib chiqdi.
Ko‘p o‘tmay biz jarlikning narigi chetiga yetib bordik.
Men orqamga qarab, Tyurinyerni ko‘rmadim. U ufq ortida qolib ketgan edi. Faqat zim-ziyo bo‘shliq qorayib turardi.
Bu kashfiyotdan uchovimiz ham hangu mang edik. Sokolovskiy qulay joyni tanlab, raketani qo‘ndirdi.
Biz indamay ko‘z urishtirib oldik. Tyurin skafandrini qashladi — u juda boshi qotib qolgan odamlarday gardanini qashimoqda edi. Biz skafandrlarimizni yaqinlashtirdik: hammamiz ham o‘z taassurotlarimiz bilan o‘rtoqlashishni istardik.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Kets Yulduzi - 08
  • Parts
  • Kets Yulduzi - 01
    Total number of words is 4025
    Total number of unique words is 2043
    36.2 of words are in the 2000 most common words
    53.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 02
    Total number of words is 4120
    Total number of unique words is 2033
    36.3 of words are in the 2000 most common words
    53.6 of words are in the 5000 most common words
    63.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 03
    Total number of words is 4194
    Total number of unique words is 2092
    35.1 of words are in the 2000 most common words
    51.5 of words are in the 5000 most common words
    60.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 04
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 2152
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    50.7 of words are in the 5000 most common words
    57.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 05
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 1954
    34.9 of words are in the 2000 most common words
    50.6 of words are in the 5000 most common words
    59.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 06
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1938
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    51.8 of words are in the 5000 most common words
    61.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 07
    Total number of words is 4262
    Total number of unique words is 1964
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    60.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 08
    Total number of words is 4242
    Total number of unique words is 2020
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    52.0 of words are in the 5000 most common words
    61.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 09
    Total number of words is 4215
    Total number of unique words is 2098
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    49.5 of words are in the 5000 most common words
    57.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 10
    Total number of words is 4187
    Total number of unique words is 2024
    34.6 of words are in the 2000 most common words
    50.1 of words are in the 5000 most common words
    59.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 11
    Total number of words is 3764
    Total number of unique words is 1921
    35.9 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    60.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.