Kets Yulduzi - 08

Total number of words is 4242
Total number of unique words is 2020
35.5 of words are in the 2000 most common words
52.0 of words are in the 5000 most common words
61.1 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
— Buni qaranglar-a, — dedi nihoyat Tyurin. — Bu Oydagi boshqa jarliklarga o‘xshamaydi. Bu jarlik Oy orqa tomonining u boshidan-bu boshigacha cho‘zilgan. Chuqurligi ham planeta umumiy diametrining o‘ndan bir qismidan ko‘proq keladi. Bizning beozor yo‘ldoshimiz kasal, og‘ir kasalekanu, biz bo‘lsak bundan bexabar ekanmiz. Hayhot, Oy — chala yorilgan shar.
Men Oyning halokati haqidagi har xil farazlarni esladim. Ba’zilar, Oy Yer atrofida aylanib-aylanib, oxiri undan uzoqlashib ketadi, deyishadi. Shuning uchun ham kelajakdagi Yer aholisining ko‘zi oldida Oy tobora kichrayib borarmish. Oldin u Zuhro bilan tenglashib, keyin oddiy yulduzday bo‘lib qolarmish, va nihoyat, bizning sodiq yo‘ldoshimiz asriy bo‘shliqda abadiy g‘oyib bo‘larmish. Ba’zilar, aksincha, Oyni borib-borib Yer o‘ziga tortib oladi, deb qo‘rqitishadi. Shunga o‘xshash hodisa ilgari ham yuz bergan emish: Yerning ikkinchi yo‘ldoshi — kichkina Oy qachonlardir Yerga qulab tushgan deyishadi. Shuning natijasida Tinch okeanining o‘rni paydo bo‘lgan emish.
— Oy nima bo‘ladi? — deb so‘radim men xavotirlanib. —
Yerga qulab tushadimi yoki asriy bo‘shliqqa chiqib ketadimi?
— Unisi ham, bunisi ham bo‘lmaydi. U Yer aftrofida behisob uzoq muddat aylanib yuraveradi, faqat shakli o‘zgarishi mumkin, javob berdi Tyurin. — Agar u faqat ikkiga bo‘linsa, Yer ikkita yo‘ldoshga ega bo‘ladi. Ikkita «yarim oy». Lekin aniqrogi — Oy mayda qismlarga bo‘linib ketadi va shunday qilib, Yer atrofida Saturnnikiga o‘xshash yorug‘ mintaqa paydo bo‘ladi. Mayda bo‘laklardan yasalgan halqa. Men buni ilgari ham aytganman, lekin Oydan mahrum bo‘lishimiz xavfi men o‘ylagandan ko‘ra yaqinroq… Ha, men Oyga achinaman, — deb davom etdi u qorongi jarlikkatikilib. — Hm… Hm… Balki bu holning yuz berishini kutib o‘tirmasdan, uni tezlashtirilsa-chi? Oyni parchalab tashlash uchun mana shu jarlikka bir tonna potental joylashtirish kifoya qilsa kerak. Modomiki, u o‘limga mahkum etilgan ekan, loaqal bu hol bizning ko‘z oldimizda, bizning irodamiz bilan yuz bersin.
— Qiziq, jarlik Oy qobig‘ining qancha ichkarisiga kirib borgan-a? — dedi Sokolovskiy. Uni, geolog sifatida. Oyning taqdiri emas, planetaning deyarli markazigacha kirib borish imkoniyati qiziqtirardi.
Bu sayohatga Tyurin darrov rozi bo‘ldi.
Biz harakat rejasini muhokama qila boshladik. Tyurin raketa-vagonni portlash bilan tormozlantirib, jarlikning tik yonbag‘ridan asta-sekin tushishni taklif qildi.
— To‘xtab-to‘xtab, haroratni o‘lchash mumkin, — dedi u.
Lekin Sokolovskiy bunday yo‘l bilan tushishni og‘ir va hatto xatarli deb hisoblardi. Buning ustiga, sekin tushilganda yonilg‘i ko‘p sarf bo‘ladi.
— Yaxshisi, to‘ppa-to‘g‘ri tubiga tushamiz. Qaytishda, agar raketa uchun qulay maydoncha topilsa, ikki-uch joyda to‘xtashimiz mumkin.
Sokolovskiy kapitanimiz edi, binobarin, Tyurin bu gal itoat etishga majbur bo‘ldi. U faqat sekinroq tushishni va yonbag‘irning geologik sostavini ko‘rish uchun iloji boricha jarlik chetiga yaqinroq uchishni-iltimos qildi.
Biz tusha boshladik.
Raketa jarlik tepasiga ko‘tarilib, yarim doira yasadi-da, pastga qarab sho‘ng‘idi. Ancha tikkaga kelib qolgan Quyosh yonbag‘irning bir qismini ma’lum chuqurlikkacha yoritib turardi. Jarlikning narigi yonbag‘ri hali ko‘rinmasdi. Raketa tog‘dan tushayotgan chanaday tobora qiyalab boradi. Biz oyoqlarimizni tirab gavdamizni orqaga tashlab olgan edik. Tyurin fotoapparatni chiqillatardi.
Avval silliq, qop-qora qoyalar ko‘rindi. Ba’zan ular ko‘kimtir tusga kirardi. Keyin qizg‘ish, sarg‘ish, zangori ranglar ko‘zga tashlana boshladi. Men buni, bu yerda atmosfera uzoq saqlanganidan va metallar, ayniqsa temir, kislorodning kuchli ta’siri ostida Yerdagi kabi oksidlanib qolganidan, deb bildim.
Keyichalik mening bu taxminimni Tyurin bilan Sokolovskiy tasdiqlashdi.
Kutilmaganda, qorong‘ilik qa’riga sho‘ng‘idik. Raketa soya joyga kirgan edi. Bir lahza ko‘zlarimiz hech narsani ko‘rmay qoldi. Raketa o‘ngga burildi. Qorong‘ida qoyaga yaqin uchish xavfli edi. Projektorlar yoqildi. Ikki nur tig‘i zulmat qa’rini tilib borar, lekin hech narsa ko‘rinmasdi. Tushish sekinlashdi. Bir necha minut o‘tdi hamki, biz hamon bo‘shliqda uchib borardik. Agar atrofda yulduzlar yo‘qligini demasa, bemalol sayyoralararo bo‘shliqda uchib ketyapmiz, deb o‘ylash mumkin edi. Lekin, mana nur o‘tkir qoyaga qadaldi. Sokolovskiy uchishni yana ham sekinlatdi. Projektorlar tog‘ jinslarining dag‘al qatlamlarini yoritdi: O‘ng tomonda devor ko‘rindi. Biz chapga burildik. Ammo chap tomonda ham ana shunday devor paydo bo‘ldi. Endi biz tor daradan uchib borardik. Tevarak-atrofimizdan o‘tkir qoyalar bizni qisib turardi. Qo‘nish mumkin emas edi. Bir necha kilometr pastladik, lekin dara hanuz kengaymasdi.
— Shu bilan kifoyalanib, yuqoriga ko‘tarilishga to‘g‘ri keladi, — dedi Sokolovskiy.
Bizning hayotimiz va raketaning xavfsizligi uning zimmasida edi. Ammo Tyurin orqaga qaytishni taqiqlaganday Sokolovskiyning bilagidan ushladi.
Uchish bir soat, ikki soat, uch soatlardan beri davom etyapti— anig‘ini aytish qiyin.
Nihoyat, qiyaroq bir maydoncha ko‘rindi, harholda o‘sha yerga qo‘nsa bo‘lardi. Raketa havoda bir to‘xtab olib, keyin juda sekinlik bilan pastlay boshladi. Mana, g‘ildiraklarning yerga tekkani ham sezildi. Raketa o‘ttiz daraja qiyalik bilan turardi.
— Mana, — dedi Sokolovskiy. — Olib tushishga olib tushdim, lekin qanday qilib qaytib chiqib ketamiz, buni bilmayman.
— Eng muhimi — maqsadga erishdik, — javob berdi Tyurin.
Hozir u boshqa hech narsa haqida o‘ylashni istamasdi, tup roq haroratini o‘lchash bilan band edi. Uning baxtiga, termometr bir yuz ellik daraja sovuqni ko‘rsatdi. Unchalik yuqori harorat emas, lekin harholda faraz o‘zini oqlaganday ko‘rinardi.
Geolog esa allaqachon bolg‘achasini ishga solib yuborgan edi. Bolg‘a ostidan uchqunlar sachrar, lekin biror parcha ko‘chib tushmasdi. Nihoyat, horib-charchagan Sokolovskiy qaddini rostlab, skafandri bilan men tomon engashdi:
— Asl temir. O‘zim ham shuni kutgan edim. Tayyor ko‘chmalardangina foydalanishga to‘g‘ri keladi. — Shunday deb, u namunalar qidirishga tushib ketdi.
Men yuqoriga qaradim va behisob yulduzlarni, Somon yo‘lini, rang-barang uchqun shodasi terib qo‘yilganday yarqirab turgan jarlik chetlarini ko‘rdim. Keyin projektor nuri ketgan tomonga qaradim. Birdan yon tomondagi kichkina yoriq oldida nur titrayotganday tuyuldi. Men yoriq oldiga bordim. Rostdan ham shunday: ichkaridan bilinar-bilinmas bug‘ yoki gaz oqimi chiqib turardi.
Yana bir tekshirib ko‘rish maqsadida bir chimdim kulni oldimda, okimga qarab otdim. Kul atrofga to‘zg‘ib ketdi. Bu juda qiziq hol edi. Sheriklarimning diqqatini tortish va bu yoqqa chaqirish niyatida bir chetda ilinib turgan qoya parchasini olib uloqtirdim. Tosh pastga uchib ketdi. O‘n sekund o‘tar-o‘tmas tuproqning yengil titraganini payqadim. Keyin ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi marta — har gal oldingisidan kuchliroq yer titragani sezildi. Men nima gapligini bilolmay hayron edim. Ayrim zarbalar shu qadar kuchli ediki, yerning tebranishi butun badanga yoyilardi. Shu payt kattakon bir tosh oldimdan vizillab o‘tib ketdi. U projektor nurini kesib o‘tayotib, meteoritday bir yarq etdi-yu, zim-ziyo bo‘shliqda g‘oyib bo‘ldi. Koyalar titradi. Men katta xatoga yo‘l qo‘yganimni sezdim. Togda kichkina bir toshning qulashi katta o‘pirilishlarga sabab bo‘ladi. Hozir ham shunday hol yuzbergan edi. Hammayoqdan qoya parchalari, toshlar qulab tusha boshladi. Ular qoyalarga kelib urilar, undan sakrab, bir-birlari bilan to‘qnashishar, atrofga uchqun sachratishardi… Agar Brda bo‘lganimizda momaqaldiroqday vahimali guldirosni eshitgan bo‘lardik, lekin bu yerda havo yo‘q, binobarin, mutlaq sukunat hukmron edi. Tovush, to‘g‘rirog‘i — tuproqning tebranishi oyoqlardangina o‘tardi. Men qayoqqa qochishni, qayoqdan panoh izlashni bilmasdim… Agar raketa maydonchasida turib, menga zo‘r berib qo‘l silkiyotgan Sokolovskiyni ko‘rib qolmaganimda, kim biladi, turgan joyimda o‘lib ketarmidim. Ha, albatta, faqat raketagina bizni saqlab qolishi mumkin!
Bir necha sakrashdayoq raketa oldiga borib qoldim va to‘xtayay maydonchaga otildim, Sokolovskiy shu zahotiyoq richagni tortdi. Biz orqaga qalqib ketdik, bir necha minutgacha oyog‘imiz osmonda bo‘lib uchdik. Sokolovskiy raketani shu qadar tik haydardi. Raketadan ketma-ket portlash eshitilardi.
Sokolovskiy raketani yuqoriga va o‘ngga, iloji boricha jar yonbag‘ridan nariroqqa burardi. Uning bunday noqulay holatda turib raketani boshqarishidan hayratlanaman! Chindan ham ko‘pni ko‘rgan, har qanday sharoitda ham o‘zini yo‘qotmaydigan odam ekan. Ko‘rinishidan esa juda oddyy, shaldur-shuldur.
Raketamiz Quyosh yoritib turgan kenglikka kirgach va dara sohilidan ancha uzoqlashgandan keyingina Sokolovskiy uchishni sekinlatib, raketani to‘g‘riladi.
Tyurin o‘rindiqqa o‘rmalab chiqib oldi-da, skafandrini ishqaladi. Aftidan, professor bo‘ynini andak lat yedirganga o‘xshaydi.
Odatda katta falokatdan omon qolgan odamlarda bo‘lganiday, bizni birdan asabiy bir shodlik chulg‘ab oldi. Biz skafandr oynasidan bir-birimizga tikilar va tinmay kulardik…
Tyurin jarlikning yorug‘ tomoniga ishora qildi. Hozirgi voqea biz uchun maydon tayyorlab qo‘ygan edi. Yana qanaqa maydon deng?! Qarshimizda o‘nlab raketaga mos ulkan raketodrom joylasha oladigan pog‘ona hosil bo‘lgan edi. Sokolovskiy raketani o‘sha tomonga burdy, ko‘p o‘tmay kaftday tekis maydonga qo‘ndik. Raketa qariyb devorgacha g‘izillab borib to‘xtadi. Tosh yoki temir bu devorda uzunasiga ketgan yoriqlar bor edi. Har bir yoriqqa (nma-yon qo‘yganda bir necha poyezd sig‘ishi mumkin.
Biz«raketodrom» maydonchasiga tushdik. Hali ham o‘zimizga kelolmagan edik. Asablarimizni joyiga keltirish uchun harakat qilish, ishlash ishtiyoqini sezardik.
Men Tyurin bilan Sokolovskiyga«geyzer» topganim haqida, bizni halok qilishiga sal qolgan o‘pirilishga men sababchi bo‘lganim to‘g‘risida gapirib berdim. Ammo buloqqa qiziqib qolgan Tyurin mening aybim haqida og‘iz ham ochmadi.
— Bu axir juda katta kashfiyot! — deb xitob qildi u. — Oy judayam o‘lik planeta emas, deb hammavaqt aytardim. Ozgina bo‘lsa ham gaz qoldig‘i qanday sostavda bo‘lmasin — atmosfera unda saqlangan bo‘lishi kerak. Siz ko‘rgan narsa — oltingugurt bug‘i bo‘lishi mumkin. Oy qobig‘ining qayeridadir hali qaynoq magma saqlanib qolgan. Buyuk yong‘inning so‘nggi yonib tugayotgan ko‘mirlari. Bu jarlik qa’ridan bug‘lar o‘ziga yo‘l topgan. Sinab ko‘rish uchun ozgina olmaganimizni qarang. Qanday bo‘lmasin shu ishni qilish kerak. Axir bu narsa olimlar o‘rtasida katta shov-shuv tug‘diradi hali. Artemyev bulog‘i! Xo‘p deng! Siz bunga to‘la haqlisiz. Hoziroq uchamiz.
U raketaga sakramoqchi bo‘lgan edi, Sokolovskiy norozilik bilan bosh chayqadi:
— Bugunga yetadi, — dedi u. — Dam olish kerak.
— «Bugunga» deganingiz nimasi? — e’tiroz bildirdi Tyurin. — Oyning bir kuni Yerdagi o‘ttiz kunga baravar. O‘ttiz kun bir joyda qimirlamay o‘tiraverasizmi?
— Yo‘q, o‘tirmayman, — javob berdi Sokolovskiy murosaga kelib. — Ammo manavi jahannamdan chiqishda rulda siz o‘tirganingizda edi, mening ahvolimni tushungan va bunday taklif kiritmagan bo‘lardingiz.
Tyurin Sokolovskiyning horg‘in chehrasiga qarab, indamay qoldi.
Biz skafandrlardagi kislorod zapasini yangilab, bir-birimizdan ko‘pam uzoqlashmagan holda tevarak-atrofni ko‘zdan kechirishga qaror kildik.
Men yal-yal tovlanib turgan eng yaqin daraga qarab yo‘l oldym. U yerdagi qoyalar pushtirang va qizg‘ish tusda edi. Ana shu fonda to‘q ko‘k dog‘lar, aftidan boshqa jins qatlamlari bo‘lsa kerak, yaqqol ajralib turardi. Ranglar o‘zaro juda chiroyli birikib ketgan edi. Men tobora daraning ichkarisiga kirib borardim. Daraning bir devorini Quyosh ravshan yoritib turibdi, ikkinchi devorga esa nur qiya urilib, pastda ensizgina soya hosil qilgandi.
Kayfiyatim yaxshi edi. Kislorodning mast qiluvchi oqimi o‘pkamga quyilib turardi. O‘zimni g‘oyat yengil his qilardnm. Ba’zan bularning hammasini tushda ko‘rayotganday bo‘lardim. Maroqli, ajoyib tush!
Yen tomondagn daralardan birida mangu qotib qolgan ranglar«shalolasi» yarqirardi. Ular mening diqqatimni tortdi, darhol o‘ngga burildim. Keyin yana va yana burilishga to‘gri keldi. Nihoyat, daralarning butun bir yig‘indisi oldidan chiqib qoldim. Bu yerda adashib ketish hech gap emas edi, lekin men yo‘lni eslab qolishga harakat qilardim. Hamma yerda o‘sha dog‘lar. Yerug‘ joyda to‘q ko‘k tusda, soyaga o‘tilsa to‘q sariq, yarim ko‘lankada esa — och kulrang. Ajabo, ranglarning turlangani qiziq: axir oyda rangni o‘zgartiruvchi atmosfera yo‘q-ku. Men ana shunday dog‘larning biriga yaqinlashib, razm soldim. Yo‘q, bu toshjinsi emas. U qabariq va mening nazarimda, namatday yumshoq edi. Bir toshga o‘tirib, dog‘ni ko‘zdan kechirishga tutindim.
Shu iayt, kutilmaganda, u soya joydan yorug‘ tomonga sal siljiganday tuyuldi. Ko‘zim aldayapti. Men unga juda uzoq tikilib qoldim. Fikran bir nuqtani belgilab, kuzatishda davom etdim. Bir necha minutdan so‘ng shubhaga o‘rin qolmadi: dog‘ o‘rnidan siljigan edi. U soya joydan chiqib, ko‘z oldimda ko‘k tusga kira boshladi.
Urnimdan sakrab turib, devor oldiga chopib bordim. Qoya qirrasiga tirmashib, yaqin turgan bir dog‘dan yumshoq, namatsimon parchani yulib oldim. U archa nusxa nozik iplardan iborat edi. Usimlik-ku! Ha, albatta o‘simlik-da! Oy yo‘sini. Mana sizga kashfiyot! Kulrang dog‘dan yana bir tutam yuldim. Bu tutam qupquruq edi. Uning ildiz tomoniga ko‘z yugurtirib, oxiri mayda so‘rg‘ichlar bilan tugovchi oqish «yong‘oqcha» larni ko‘rdim.
Biologik muammo. Ko‘rinishidan yo‘singa o‘xshaydi. Lekin so‘rg‘ichlari nimasi? «Ildizoyoqlar!» Qoya bo‘ylab Suyosh nuriga ergashib yura oladigan o‘simlik. Uning ko‘k tusdaligi, albatta, xlorofilldan. Nafas olish, namlik-chi? Ularni qayoqdan oladi?.. Men Kets haqidagi, sostavidan ham kislorod, ham suv ajratib olish mumkin bo‘lgan osmon toshlari to‘g‘risidagi gaplarni esladim. Albatta, Oydagi toshlarda ham birikkan holda kislorod bilan vodorod — havo va suv sostaviga kiruvchi elementlar bor. Nega bo‘lmas ekan?.. Axir Yerdagi o‘simliklar g‘oyat murakkab kimyoviy ishlab chiqarishga ega bo‘lgan ajoyib «fabrika» emasmi? Qurg‘oqchilik va jaziramadan tamom qovjirab keyin suvga solsang qaytadan ko‘karib ketadigan o‘simliklar Yerda yo‘qmi? Bor. Bu yerdagi o‘simliklar ham Oyning sovuq tunlarida uyquga ketadi. Quyosh chiqishi bilai «kimyoviy fabrika» harakatga kelib, hayot uchun zarur bo‘lgan hamma narsani ishlab chiqaraveradi. Ularning harakat qilishi-chi? Yerda ham bunday o‘simliklar yo‘q emas. Organizmning moslashish qobiliyati chegarani bilmaydi.
Men sumkamni yo‘singa to‘ldirdim-da, o‘z «boyligim» bilan tezroq maqtanishni o‘ylab xursand bir kayfiyatda izimga qaytdim.
Yen tomondagi daraning oxirigacha borib, o‘ngga, undan keyin yana o‘ngga burildim. Bu yerda men yarqirab turgan yoqut va olmoslarga duch kelishim kerak edi, lekin ularni ko‘rmadim… Orqaga qaytib, boshqa daraga burildim… Butunlay notanish joy!
Qadamni tezlatdim. Endi yurib emas, sakrab borardim. Jarlik chetiga yetganda hayratdan qotib qoldim. Qarshimda tamom ingi manzara ochilgan edi. Jarlikning narigi tomonida tog‘ tizmasi bo‘y cho‘zgan. Bir xil balandlikda uchta cho‘qqi alohida ajralib turibdi. Ular chaqmoq qandday yarqiraydi. Men bunaqa oppoq cho‘qqilarni umrim bino bo‘lib ko‘rgan emasman. Albatta, bu qor emas. Oyda qor yog‘maydi. Balki, bular bo‘r yoki gips tog‘laridir. Lekin gap tog‘da ham emas. Men butunlay adashib ketganimga ishonch hosil qildim.
Yuragimni vahima bosdi. Go‘yo birdan bu ajoyib Oy dunyosi menga ters o‘girilib oldi. U insonga naqadar yot edi shu tobda! Gul va ko‘katlari, son-sanoqsiz parranda va hayvonlari bo‘lgan bizning o‘rmonlarimiz, dala va yaylovlarimiz bu yerda yo‘q.
Bu yerda turli-tuman baliqlarga to‘la daryo va ko‘llar yo‘q. Oy shunaqa xasis, u odamga non ham, suv ham bermaydi. Yerda adashib qolgan kishi hech bo‘lmaganda o‘simlik ildizini yeb ham bir necha kun yashashi mumkin. Bu yerda-chi? Yalang‘och qoyalardan bo‘lak hech narsa yo‘q. Yo‘sinlar-chi? Ular qumday gap, ularni yeb bo‘lmaydi. Mabodo, atrofimda sut daryolari oqib yotganda ham baribir men ochlik va suvsizlikdan o‘lib ketgan bo‘lardim: axir skafandrimni yecha olmayman-ku.
Skafandr! Men uni eslab, xuddi vujudimni asriy muzlik chirmab olganday, titrab ketdim. Menga nafas olish va yashash imkonini beradigan butun«atmosfera» yelkamdagi kichkina ballonga joylashgan. U olti soatga yetadi; yo‘q, ozroq: kislorod zapasini yangilaganimdan beri ikki soat o‘tdi. Keyin nima bo‘ladi? Bo‘g‘ilib o‘laman… Kislorod zapasi va madorim qurimay turib, tezroq katta daraga chiqib olishim kerak!
Men yana orqamga qaytib, chigirtkaday sakrab ketdim. Yaxshi hamki bu yerda sakrash odamni Yerdagiday charchatmaydi…
Mana, dara ham tugadi. Qarshimda Quyosh nuri yoritib turgan, gilam yozilganday ko‘m-ko‘k yangi dara. Aftidan, soya joydagi hamma yo‘sinlar o‘rmalab chiqib olganga o‘xshaydi. La’nati yo‘sinlar! Ularni ko‘rishga ko‘zim yo‘q edi, lekin qayoqqa qaramay, ko‘k rang «manaman» deb turardi…
Balki bu o‘zim kelgan o‘sha daradir? Ko‘karib qolgani uchun taniyolmayotgandirman?
Yana burildim— qop-qorong‘i tor bir dara. Quyosh qizdirgan kostyumdan badanimga sovuq o‘tganday bo‘ldi. Yeki asablarim charchadimi?..
Endi qayoqqa yurish kerak? Orqada, ikki marta burilganingdan keyin, chuqur jarlik. Oldinda— zim-ziyo, tor dara.
Men behad darmonsizlanganimni his qildim, dag‘al bir toshga bo‘shashibgina o‘tirib qoldim. Birdan ostimdagi tosh qimirlab, o‘rmalab ketdi… Bir narsa chaqib olganday sapchib o‘rnimdan turdim. Asablarim g‘oyat notinch edi. Jonli tosh! Yangi jonivor! Yangi kashfiyot! Ammo shu daqiqada kashfiyot haqida o‘ylaydigan ahvolda emas edim. Urnimdan turdimu oldinga otildim.
Qayoqqa ketayotganimni hatto o‘ylamasdim ham. Ba’zan menga ballondagi kislorod tugayotganday, hali-zamon nafasim bo‘g‘ila diganday tuyulardi. Shunday paytlarda to‘xtab, ko‘kragimni ushlardim. Bu ham o‘tardi. Asablar, asablar! Mayli, nafas olishga yaroqsiz bo‘lsa ham, Oyda atmosfera bo‘lganda edi! Toshni birbiriga urishtirib, yordamga chaqirardim. Atmosfera orqali aks nur-raketa projektorlarining shu’lasi o‘tgan bo‘lardi. Darvoqe, hozir buning ham foydasi tegmasdi: ko‘kdan ko‘zni oluvchi quyosh nuri yog‘ilardi. Agar skafandrning ko‘kishtob oynasi bo‘lmasa ko‘r bo‘lib qolish ham hech gap emasdi.
Tamom umidsizlanib, o‘limimni kutib turgan paytimda birdan katta daraga ko‘zim tushib qoldi. Men xuddi Vasilyev orolidagi Katta ko‘chaga chiqib qolganday suyunib ketdim.
Odam deb shuni aytadilar-da! Hech narsani o‘ylamay, tavakkaliga yurgan paytimda tuyg‘u meni shu yerga boshlab keldi.
Ammo ko‘p o‘tmay quvonch o‘rnini yana tashvish egalladi. Qaysi tomonga yurish kerak? O‘nggami yoki chapgami? Mo‘ljalni tamom yo‘qotdim! Yana «tuygu» ni sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan edim, foyda chiqmadi. O‘ngga qadam tashlasam ham tuyg‘u g‘ing etmaydi, chapga bossam ham.
Yana«bosh miya» ga murojaat qilishga — o‘ylashga to‘g‘ri keldi. Raketadan tushib, o‘ngga burilgan edim. Demak, hozir chapga yurish kerak. Chapga ketdik.
Shu alfozda bir soatcha yurdim. Ochlik azob bera boshladi. Daraning esa oxiri ko‘rinmaydi. Qiziq. Birinchi gal burilishgacha yarim soatdan ozroq yurgan edim-ku. Demak, boshqa tomonga ketyapman. Orqaga qaytaymi? Qancha vaqt bekorga ketdi! Men shahd bilan oldinga qarab yuraverdim. Bir mahal dara toraydi. Ha, bo‘ldi — adashibman. Tezroq orqaga!
Quyosh ayovsiz qizdirardi. Oq plashni yopinib olishga to‘g‘ri keldi. Ochlik tobora azoblar, horg‘inlik qiynar, lekin men xuddi yev quvganday tinimsiz sakrab chopardim. Birdan oldimdan jarlik chiqib qoldi. Unchalik katta emas, sakrab o‘tsa bo‘ladi. Lekin hamma balo shundaki, bu yoqqa kelayotganimda men uni uchratmagan edim! «Yeki xayol surib, payqamay qolgan ekanmanmi?» A’zoyi badanimdan sovuq ter chiqib ketdi. Yuragim gupillab urardi. Tamom bo‘ldim! Bir oz dam olish va o‘zimga kelish uchun cho‘zilishga majbur bo‘ldim. Qop-qora osmondan menga zangori Quyosh tikilib turardi. Mening jasadimni ham mana shunday befarq yoritib turaveradi u… Yo‘q, yo‘q! Men hali o‘lganim yo‘q! Kislorod zapasi va quvvatim bor… Shartta o‘rnimdan turdim-da, bir sakrashda jarlikdan o‘tib, chopib ketdim. Qayoqqa? Oldingami, orqagami — baribir, faqat to‘xtamasam bas!
Dara kengayib borardi. Bir soatcha sakrab chopganimdan keyin, nihoyat, yiqilib qoldim. Shunda birinchi marta chindan ham havo yetishmayotganini his qildim. Bu endi o‘z-o‘zini aldash emas edi. Kup harakat qilganim uchun kislorod zapasi vaqtidan oldinoq tugagan edi.
Tamom, tamom… Alvido, Tonya!.. Armaniston…
Boshim aylana boshladi.
Shu payt tepamda tuxumsimon raketamizning Quyosh nuri nrqiragan bir yonini ko‘rib qoldim. Meni qidirishyapti! Qutuldim! Oxirgi kuchimni yigib, sakrab turdim-da, qo‘llarimni silkitdim, ovozim skafandrdan nari chiqmasligini ham unutib, choy-hoylab baqirdim… Hayhot! Quvonch qanday tez tug‘ilgan bo‘lsa, shu qadar tez g‘oyib bo‘ldi: meni payqashmadi. Raketa dara uyetidan uchib o‘tib, tog‘ cho‘qqilari ortiga berkindi.
Shu bilan so‘nggi madorim ham tugadi. Ruhimni qandaydir loqaydlik egallab oldi. Kislorod yetishmasligi o‘z ta’sirini kursatayotgan edi. Ko‘z oldimda minglab zangori quyosh aylanardi. Quloqlarim g‘uvullab, hushdan ketdim.
Shu kuni qancha vaqt yotganimni bilmayman.
Bir mahal, hali ko‘zlarimni ochmay, chuqur nafas oldim. Upkamga hayotbaxsh kislorod quyilardi. Ko‘zimni ochdimu Sokolovskiyning tepamga engashib turgan yuzini ko‘rdim. U menga tashvish bilan tikilardi. Men raketamiz ichida, polda yotardim, aftidan, shu yerga olib kelishgan bo‘lsa keak. Lekin nega skafandirimni yechishmayapti?
Suv— de shivirladim men, gapimni eshitmasliklarini o‘ylamay. Lekin Sokolovskiy labimning harakatidan iltimosimii tushundi. U meni kresloga o‘tqazdi-da, skafandrini yaqinlashtirib, dedi:
— Chanqagansiz, qorningiz ochgan, albatta, — Ha.
— Afsuski, sabr qilishga to‘g‘ri keladi. Avariyaga uchraganmiz. Daradagi tog‘ o‘pirilishi raketaga bir oz shikast yetkazgan. Tosh tegib, deraza oynalari singan.
«O‘lim darasi» dan uchib chiqayotgan vaqtimizda raketaga bir narsalar urilganini esladim. Lekin u paytda e’tibor bermagan adim.
— Ehtiyot oynalarimiz bor, — davom etdi Sokolovskiy. — Lekin ularni o‘rnatish uchun ko‘p vaqt ketadi. Qisqasi, katta raketamizga tezroq yetib olishimiz kerak. Oydagi sayohatni tugatishga to‘g‘ri keladi.
— Nega meni raketa ichkarisiga olib kirdingiz?
— Shuning uchunki, — javob berdi Sokolovskiy, — ikki-uch soatda manzilga yetib olish uchun juda katta kosmik tezlikda uchishga to‘g‘ri keladi. Portlashlar kuchli bo‘ladi, gavdaning ogirligi bir necha marta ortadi. Siz juda bedarmonsiz, ustki maydonchada o‘tirolmaysiz. Professor Tyurin ham siz bilan birga kabinada bo‘ladi.
— Tirikmisiz, azizim! — men Tyurinning tovushini eshitdim. — Sizni topishdan umidimizni uzib qo‘ygan edik…
Bu ovozda kutilmagan bir iliqlik bor edi.
— Endi polga cho‘ziling. Men ham yoningizda yotaman, o‘rtoq Sokolovskiy rulga o‘tiradi.
Bir minutdan keyyn oynasi siniq raketamiz tog‘ cho‘qqilari ustidan uchib borardi. Keskin ravishda g‘arbga burildik. Bir lahza raketa yonboshlab qoldi. Pastda bizni halok qilishiga ozgina qolgan tubsiz jarlik va daradagi qo‘nish maydonchasi ko‘rindi. Raketa portlashlar zarbidan titrardi. Tanaga qo‘rg‘oshin quyilganday. Qon goh boshga, Goh oyoqqa uriladi. Mening yana boshim aylana boshladi… Sal hushdan ham ketdim, lekin bu gal o‘zimni tez o‘nglab oldim. Kislorod — ajoyib hayotbaxsh dori. Sokolovskiy skafandrimga ko‘iroq miqdorda kislorod kirishi haqida g‘am yegani sezilib turardi. Lekin bosim bir atmosferadan oshmasligi kerak, aks holda kostyum bardosh berolmaydi. Shundoq ham u ortiqcha havoni chiqarib turuvchi mexanizmi buzilib qolgan g‘avvos kostyumiday qappayib ketgan edi.
Sayohat pirovardigacha shu qadar sog‘ayib ketdimki, kichkina raketadan o‘zim tushib, katta sayyoralararo kemamizga o‘z oyog‘im bilan chiqdim.
«G‘avvos» kostyumini qanday huzur bilan yechib uloqtirganimni ko‘rsangiz edi! Yeb-ichish desangiz — besh kishining ulushi!
Kayfiyatimiz tez yaxshilanib ketdi. Men endi o‘z sarguzashtlarim, ilmiy kashfiyotlarim haqida kulib gapirar va tosh deb o‘ylab, «Oy toshbaqasi» ni qo‘ldan chiqazib yuborganim uchun o‘zimni sira kechirolmasdim. Darvoqe, uning mavjudligiga endi shubha bilan qarardim. Ehtimol, buzilgan asablarim to‘qigan xayolotdir. Ammo yo‘sinlar, «o‘rmalovchi yo‘sinlar», «Tushlar mamlakati» dan keltirilgan o‘ljaday mening sumkamda yotardi.
Oyga uyushtirilgan ekspeditsiyamiz, qisqa muddatli bo‘lishiga qaramay, boy ilmiy samaralar berdi. Bizda Yer olimlari o‘rtayeida shov-shuv bo‘ladigan ma’lumotlar talaygina edi.
Qaytishimiz osoyishta bo‘ldi. Noma’lumlik qarshisida odamni beixtiyor bosadigan ruhsizlik endi yo‘q edi. Kets Yulduziga xuddi o‘z uyimizga qaytayotganday uchib borardik. Lekin qani u? Men osmonga qaradim. Balandda, juda olisda «yer» o‘rog‘i osilib turibdi. Pastda ko‘kning yarmini Oy egallagan. Uning bag‘rida o‘lib ketishimga bir bahya qolgan bo‘lsa ham, ko‘rinishi vahimali emasdi hozir.
Men mana shu Oy ustida kezib yurdim, uning yeirtida bizning izlarimiz qoldi,«Oy parchasi» ni o‘zimiz bilan Ketsga, Yerga olib ketyapmiz. Bu hol bizni Oy bilan yangidan, yana ham ko‘proq yaqinlashtirardi…
XV. YULDUZDAGI TASHVISHLAR
— Qani, ko‘raylik-chi, ko‘raylik-chi! — derdi Meller, Tyurinni u yoq-bu yoqqa aylantirib. — Oftobda qorayib, yosharib ketibdi «o‘gimchak». Xuddi kuyov bolaning o‘zi-ya! Muskullar-chi? Sakramay turing endi. Muskullaringizni ko‘raylik. Mushaklar bo‘shroq. Oyoqlaringiz ancha chiniqibdi. «O‘rgimchak uyasi» da yana necha yil o‘tirmoqchisiz?
— Yo‘q-yo‘q, endi o‘tirmayman, Anna Ignatyevna! — javob berdi Tyurin. — Yaqinda yana Oyga uchaman. U yoqda ish ko‘p. Marsga, Zuhroga uchaman.
— Ho-o, botir bo‘lib ketibsiz-ku! — deb hazillashdi Meller. — Qani, endi qoningizni bir tekshiraylik-chi. Oy Quyoshi qancha qon sharchalarini qo‘shdi ekan… Oydan keladigan bemorlar bizda juda oz.
Vrach ko‘rigidan o‘tgandan so‘ng Tonyaning oldiga qarab jo‘nadim. Nazarimda u Yulduzga qaytganday tuyulardi. Uni naqadar sog‘inganimni endigina his qildim.
Keng yo‘lak bo‘ylab uchib borardim. Ketsda ogirlik Oydagidan oz, binobarin, men xuddi raqqoslarday oyog‘imning uchini polga salgnna tekkizib, ucharbaliqday parvoz qilardim. Ketsliklar meni har qadamda to‘xtatib, Oy haqida so‘rashardi.
— Keyin, keyin, o‘rtoqlar, — derdim ularga javoban va uchishda davom etardim.
Mana uning eshigi. Asta tiqillatdim. Eshikdan notanish qiz mo‘raladi. Uning qo‘ng‘ir sochlari yuziga, katta-katta kul rang ko‘zlari ustiga tushib turardi.
— Salom, — dedim men salgina dovdirab. — Urtoq Gerasimovani ko‘rmoqchi edim. Bu xonadan ko‘chib ketganmilar?
— Urtoq Artemyevmisiz? — deb so‘radi qiz xuddi eski tanishini ko‘rganday kulimsirab. — Gerasimova komandirovkadan hali qaytganlari yo‘q, hali-veri qaytmasalar ham kerak. Men bu xonada vaqtincha turibman. Hozir u kishi fizika-texnika laboratoriyasida ishlayaptilar.
Mening hafsalam pir bo‘lganini qiz payqadi shekilli, darrov qo‘shib qo‘ydi:
— Lekin telefon orqali gaplashishingiz mumkin. Radiorubkaga kiring.
Qizga naridan-beri tashakkur aytib, radiotelefon stansiyasiga qarab udim. Radistning xonasiga o‘qday otilib kirdimda:
— Fizika-texnika laboratoriyasini ulang! — deb qichqirdim.
— Hozir! — dedi u va apparat qulog‘ini buray boshladi. — Urtoq Gerasimovami? Hozir… Allo! Allo! Marhamat.
— Men Geramisovaman. Kim gapiryapti? Artemyevmi?
Agar efir aldamayotgan bo‘lsa, uning ovozida quvonch barq urardi.
— Salom, siz bilan gaplashayotganimdan juda xursandman! Halok bo‘lishingizga sal qolibdi-ya? Siz uchib kelmasingizdan oldin eshituvdim. Oy raketasidan xabar qilishgan edi… Xayriyat, yaxshilik bilan tugabdi. Men bo‘lsam absolyut sovuqlik laboratoriyasida juda qiziq ishlar bilan mashg‘ulman. Laboratoriya raketamizning soya tomonidagi balkonga joylashgan. Fazoviy kostyumda ishlashga to‘g‘ri kelyapti. Sal noqulayroq. Ammo absolyut sovuqlik shundoqqina qo‘l uzatsa yetadigan joyda. Past aroratda chala o‘tkazgichlarning qarshiligi sohasida anchagina qiziqarli kashfiyotlar qilib qo‘ydim.
Shunday deb, u o‘z kashfiyotlari haqida gapira ketdi. Qachon qorasoqol va Paley haqida gapiradi? Mening so‘rashim noqulay.
U Ketsga kelib ketmoqchi ekai, lekin yer hisobi bo‘yicha bir oylardan keyin.
— Qidirishlaringiz nima bo‘ldi? — deb so‘radim nihoyat o‘zimni tutolmay.
Ammo shu payt radist gapga aralashib qoldi:
— Shoshilinch tarzda Kets sakkiz raketasi chaqiryapti. Uzr, suhbatlaringizni bo‘lib qo‘yishga majburman.
Radiostansiyadan ta’bim xira bo‘lib chiqdim. Tonya xursand bo‘ldi, sezilib turibdi. Demak, har holda menga befarq qaramas ekan. Lekyn nuqul o‘zining ilmiy ishlari haqida gapirdi. Paley to‘g‘risida og‘iz ham ochmadi. Yaqin o‘rtada ko‘rishmaymiz ham…
Yo‘lakda meni bir yigit to‘xtatdi.
— Urtoq Artemyev, sizni qidirib yuribman. Direktor so‘rayapti.
Parxomenko huzuriga jo‘nadim. U Oyga qilgan sayohatimiz haqida batafsil so‘rab-surishtirdi. Lekin mening javoblarim bema’niroq bo‘ldi.
— Bugun horg‘in ko‘rinasiz, — dedi direktor. — Dam oling, ertadan ishga kirishasiz. Biologimiz o‘rtoq Shlikov sizni ko‘pdan beri kutyapti.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Kets Yulduzi - 09
  • Parts
  • Kets Yulduzi - 01
    Total number of words is 4025
    Total number of unique words is 2043
    36.2 of words are in the 2000 most common words
    53.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 02
    Total number of words is 4120
    Total number of unique words is 2033
    36.3 of words are in the 2000 most common words
    53.6 of words are in the 5000 most common words
    63.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 03
    Total number of words is 4194
    Total number of unique words is 2092
    35.1 of words are in the 2000 most common words
    51.5 of words are in the 5000 most common words
    60.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 04
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 2152
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    50.7 of words are in the 5000 most common words
    57.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 05
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 1954
    34.9 of words are in the 2000 most common words
    50.6 of words are in the 5000 most common words
    59.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 06
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1938
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    51.8 of words are in the 5000 most common words
    61.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 07
    Total number of words is 4262
    Total number of unique words is 1964
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    60.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 08
    Total number of words is 4242
    Total number of unique words is 2020
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    52.0 of words are in the 5000 most common words
    61.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 09
    Total number of words is 4215
    Total number of unique words is 2098
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    49.5 of words are in the 5000 most common words
    57.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 10
    Total number of words is 4187
    Total number of unique words is 2024
    34.6 of words are in the 2000 most common words
    50.1 of words are in the 5000 most common words
    59.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 11
    Total number of words is 3764
    Total number of unique words is 1921
    35.9 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    60.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.