Kets Yulduzi - 04

Total number of words is 4101
Total number of unique words is 2152
34.0 of words are in the 2000 most common words
50.7 of words are in the 5000 most common words
57.6 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
— Agar so‘nib qolsa, vohadagi o‘simliklar bir necha minut ichidayoq nobud bo‘ladi. Lekin u haqiqiy Quyosh porlab turar ekan, hech qachon so‘nmaydi. Oyna taxtalarini u yoq-bu yoqqa aylantirib, haroratni boshqarish mumkin. Bu yerda esa harorat o‘zgarmasdir. Binobarin, biz yiliga bir necha marta hosil yig‘ishtirib olamiz. Bu «quyosh» tez orada yer yuzining janubi va shimolidagi baland kengliklarda porlovchi o‘nlab boshqa quyoshlarning faqat birinchisi. Biz qutb va qutb atrofidagi mamlakatlarni mana shunday vohalar bilan bezaymiz. Asta-sekin vohalar orasidagi havo ham isiy boradi. Shimoliy qutb tepasida qudratli «quyosh» yaratib, asriy muzliklarni eritamiz. Havoni isitib va yangi havo oqimlarini vujudga keltirib, butun shimoliy yarimsharga harorat baxsh etamiz. Muz bilan qoplangan Grenlandiyani jannatga aylantiramiz. Va, nihoyat, bitmas-Tuganmas tabiiy boyliklar makoni bo‘lgan Janubiy qutbgacha yetib boramiz. O‘z bag‘riga millionlab kishilarni sig‘diradigan va yedirib-kiydiradigan butun bir qit’ani muzdan xalos qilamiz. Biz Yerimizni eng yaxshi planetaga aylantiramiz…
Ovoz tinib, qorong‘ilik cho‘kdi. Faqat apparatning shig‘illashi eshitilardi. Keyin yana nur yarqiradi-yu, yo‘z oldimda yangi ajoyib manzara namoyon bo‘ldi.
Stratosfera bo‘shliqlarida, qop-qora osmon tagida tipratikonga o‘xshash g‘alati snaryadlar uchib yuribdi. Pastda — yengil, barrasimon, ularning ostida esa to‘p-to‘p serqatlam bulutlar… Bulutlar orasidan Yer sirti ko‘rinib turibdi: yashil o‘rmonlar, qop-qora ekin maydonlari, kumushrang ilonizi daryolar, tangadek yarqiroq ko‘llar, to‘ppa-to‘g‘ri ketgan ipdek ingichka temir yo‘l izlari. «Tipratikan» lar tutundan iz qoldirib havoda u yoqdan-bu yoqqa uchadi. Ba’zan ular uchishni sekinlatib, to‘xtab qolishadi. Ana shunda «tipratikan» lardan ko‘zni qamashtiruvchi chaqmoq chaqnab, yashin nuri tikkasiga Yerga otiladi. ch …Kattakon kabina. Qalin kvars oynali dumaloq illyuminatorlar. Menga notanish murakkab apparatlar. Ularning oldida ikki yosh yigit. Uchinchisi esa o‘lchov asboblari qo‘yilgan stol yonida o‘tirib, sheriklarining ishini boshqaryapti:
— Besh ming… yetti… Uchishni to‘xtating… O‘n amper… Besh yuz ming volt… To‘xtang… Elektrsizlantiring!
Apparat oldida turgan yigit dastakni tortdi. Qattiq charschurs etgan ovoz jimlikni buzdi, yashin chaqnab, chaqmoq Yerga qarab otildi. shshsh. guoig..
— Olg‘a, faqat olg‘a!.. — deb buyurdi boshliq.
Keyin menga qarab, dedi:
— Siz atmosfera elekrostansiyasida turibsiz. Bu ham Kets Yulduzidagi korxonalardan biri.
Kets Yulduzini qurgach, biz stratosferani mukammal tadqiq qilishga, atmosferadagi elektr quvvatini o‘rganishga munaffaq bo‘ldik. Bu allaqachonlardan beri ma’lum hodisa. Hatto undan sanoat maqsadlarida foydalanishga urinishlar ham bo‘l n. Lekin atmosferadagi elektr quvvati juda oz bo‘lganidan bu urinishlardan natija chiqmagan. Bir kvadrat kilometr balandlikda atigi 0,04 kilovatt-soat energiya to‘planadi, deb hisoblanardi. Agar atmosferaning Yer sirtiga yaqin qatlamlarini nazarda tutadigan bo‘lsak, haqiqatan ham shunday. Yashin esa nihoyatda ko‘p — sekundning yuzdan bir bo‘lagi ichida 700 kilovatt-soat energiya chiqaradi. Lekin chaqmoq — tasodifiy, kam sodir bo‘ladiganhodisa. Atmosferaning yuqori qatlamlari esa — bu boshqa gap. U yerda butunlay o‘zgacha manzarani ko‘ramiz.
Yerda yasharkanmiz, biz havo okeanining tubida bo‘lamiz. Kishilar gorizontal havo oqimlaridan foydalanishni nisbatan ancha oldin o‘rganib olishgan. Bu oqim ularning yelkanli kemalarini yurgizgan, shamol tegirmonlarning parraklarini aylantirgan. Keyin bu oqimlarning sababini — havoning quyosh nuridan notekis qizishini aniqlashdi. Keyinroq esa, odamlar osmonga ucha boshlagach, xuddi shu sababdan havo vertikal ravishda — pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga harakat qilishini bilib olishdi. Nihoyat, yaqinginada, havo okeanimizda ham Quyoshning va, ayniqsa, Oyning tortish kuchi ta’sirida xuddi suv okeanlaridagiday ko‘tarilish va qaytish hodisasi yuz berishi aniqlandi. Havo suvdan qariyb ming marta yengil bo‘lgani uchun ko‘tarilish hodisasi ayniqsa kuchli bo‘lishi kerak. Atmosfera ko‘tarilish va qaytishlarga nisbatan taxminan chuqurligi sakkiz kilometr keladigan suv okeaniday naziyatda bo‘ladi.
Oy atmosferani o‘ziga tortishi natijasida havo okeani ham Oyga qarab talpinadi. Shunday qilib, havo qatlamlari harakatga keladi. Bunday ko‘tarilish va qaytishlar vaqtida kuchli ionlashgan gaz zarrachalarining ishqalanishi yuz beradi. Shuning uchun ham atmosferaning yuqori qatlamlari radio to‘lqinlarini yaxshi o‘tqazadi. Atmosferaning mana shu kuchli ionlashgan qatlamlarida, ularning Yerning x «agnit xmaydoniga iisbatan harakati vaqtida, xuddi o‘tkazgichdagiday, Fukoning induksion toki hosil bo‘ladi.
Shunday qilib, tabiatda atmosfera harakati tufayli Yerping magnit holatiga ta’sir qiluvchi o‘ziga xos dinamomashina ishlab turadi. Bu hodisa magnitograflarning yozuvlarida qayd etilgan.
Bu ulkan mashinaning, bu o‘ziga xos «xmangu dvigatel» ning ishini o‘rganib, atmosferadagi elektr quvvati xazinasi bit mas-tuganmas, degan qarorga keldik. Bu xazina insoniyatiing elektr quvvatiga bo‘lgan ehtiyojini ortigi bilan qondiradi, faqat ana shu quvvatdan foydalana bilish kerak.
Siz ko‘rib turgan narsalar — hali ishning ibtidosi. Raketalar xuddi leyden bankalari singari o‘ziga elektr quvvatini to‘playdigan maxsus ignalar bilan qoplangan. Keyin qabul qiluvchi stansiya joylashgan kimsasiz bo‘shliqda «yashin» chaqnaydi. Stansiyaga sim bilan metall sharlar ulangan. Bu sharlar stansiyadan ancha balandda turadi.
Hozir biz ulkan atmosfera stansiyasini qurishga kirishyapmiz. Uniig ishi batamom avtomatlashtiriladi. Stratosferada bir-biriga sim bilan bog‘langan doimiy, qo‘zgalmas qurilmalar o‘rnatamiz. Bu qurilmalar elektr quvvatini yig‘ib, havoning ionlashgan ustuni orqali Yerga jo‘natadi. Odamlar Yer yuzini qayta qurish uchun zarur bo‘lgan bitmas-tuganmas energiya manbaiga ega bo‘ladilar.
Yana qorong‘ilik, sukunat… Keyin yashil nur yondi. U astasekin qizg‘ish tusga kirdi. Tong. Olmalar gullab yotibdi. Yeshgina juvon bolasini ko‘tarib turibdi. Bola porloq kunni olqishlayotganday qo‘llarini silkitadi…
Manzara uzildi.
Birdan ko‘z oldimda bepoyon bo‘shliqda uchib borayotgan Yer planetasi namoyon bo‘ldi. Qulogimga tantanavor x «uzika sadosi eshitildi. Yer bora-bora uzoqlashib, kichkina yulduzga aylandi. Muzika sadosi esa tobora pasayib, oxiri so‘ndi. Shu bilan seans tugadi. Lekin men uzoq vaqt ko‘zlarixmni yuxadgancha taassurotlar iskanjasida yotdixm.
Ha, Tonya menga, siz o‘z ishingiz bilan o‘ralashib qolgansiz, deb haq gapni aytgan ekan. Jahon revolyutsiyasidan so‘ng butun dunyoda hayot qanchalik o‘zgarib ketganini mana endigina his qildixm: qanday ishlar amalga oshirilgan-a! Ularning ko‘lamini aytmaysizmi! Bu hali ilk taassurotlar, xolos. Oldinda meni yana nimalar kutayotganikin?..
X. DIREKTOR HUZURIDA
Direktorning kabineti men ko‘rgan boshqa xonalardan bir oz farq qilardi. Deraza oldiga g‘oyat yupqa alyumindan yasalgan stol qo‘yilgan. Stol ustida — papkalar, ichki telefon apparatlari, radio va raqamlar yozilgan talay tugmachalar. Stol yonida — kitob va papkalarga mo‘ljallangan aylanxma javon. Yulduzda sun’iy ravishda andak og‘irlik kuchi hosil qilingan edi, binobarin, narsalar bir yerda turaverardi, lekin ularga sal qo‘l tegishi bilan har tarafga to‘zg‘ib ketishardi. Shuning uchun haxu! ular avtoxmatik qisqichlar bilan biriktirib qo‘yilgan edi.
Stol ortida yengil alyuxyain kresloda direktor o‘tirardi. U kresloga o‘zini belidan kaxyaar o‘tkazib boglab olgan edi.
Direktor— oftobda qoraygan, ikki yuzi qip-qizil, qirgiyburun, katta-katta qora ko‘zlaridan aql yog‘ilib turuvchi uttiz yoshlardagi kishi edi? U egniga yengil, keng-mo‘lgina kostyum pyib olgandi? Direktor menga ochiq chehra bilan bosh irg‘ab (Ketsda qo‘l olib so‘rashilxmaydi), so‘radi:
— Bizning sharoitimizda o‘zingizni qanday his qilyapsiz? Kislorod yetishmasligidan qiynalmayapsizmi?
— Ko‘nika boshlayapman shekilli, — javob berdim x-yayen. — Lekin bu yer juda salqin ekan. Havo ham Yerning eng baland tog‘liqlaridagiga o‘xshab siyrak.
— Odatlanmaganlikdan, — dedi u. — Ko‘rib turibsiz, men o‘ chimni juda yaxshi his etyapmai. Yerdagidan haxi yaxshi. U yerda men o‘limga mahkum etilgan edil — silning uchinchi bosqichidan Kesh tupurardim. Raketaga ham naq bo‘lmasa zaxugbilda olib chiqishayozdi. Hozir otday bo‘libketdixm. Kets Yulduzining fazilati faqat shugina emas. Bu tengi yo‘q kurort. Uning yerdagi kurortlardan afzalligi shundaki, bu yerda har bir kishi uchun zurur bo‘lgan iqlimni yaratish muxmkin.
— Shunday qattiq saralashga qaramay sil ahvolingiz bilan sizni qanday qilib Ketsga qabul qilishdi? — ajablandim xugen.
— Kerakli odam uchun istisno qilishgan-da, — dedi kulib direktor. — Meni maxsus sanitar raketasida jo‘natishdi, bu yerda esa kasallikning so‘nggi izlari tugagunga qadar alohida xonada saqlashdi. Vrachixugiz, hurmatli Anna Ignatyevna Meller, suyak sili bilan og‘rigan bexuyurlar uchun xugaxsus havo sanatoriylari tashkil etish harakatida yuribdi. U tajribalar ham qilib ko‘rdi — natijalar juda yaxshi. Sildan chiriyotgan suyaklarga mutlaqo tegilxmaydi. Gips karavotlari haxm, mayib belni ichdan bog‘laydigan serbar belboglar ham, qo‘ltiqtayoq ham yo‘q. Quyoshiing ultrabinafsha nurlari istaganingizcha. Teri erkin nafas oladi. Dengiz havosi. Bizning sharoitimizda buni yaratishdan osoni yo‘q. Osoyishtalik, ovqat yetarli. Tuzalishiga umid qolxmagan bexugorlar ham qisqa muddatda shifo topib ketadi.
— Lekin bu odamlar uchun Yerga qaytish xavfli bo‘lsa kerak?
— Kasallik o‘tgan bo‘lsa, hech qanday xavf yo‘q. Yerga qaytg. tilarning ko‘pchiligi hozir sog‘-saloxmat yurishibdi. Biz boshqa ga p larga alaxsib ketdik. Asosiy xiasalaga o‘taylik… Xo‘sh, o‘rtoq Drtemyev, biologlar bizga juda ham zarur. Istaganingizcha ish topiladi. Birinchi navbatda Yulduzni o‘z orynjereyaxmizda yetishtirilgan meva va sabzavot bilan ta’xminlashni yo‘lga qo‘yish kerak. Hozircha bu ishni «bog‘bon» ix «iz Andrey Pavlovich Shlikov nxshi uddalab turibdi, lekin biz fazodagi mulkimizni tobora kengaytiryapmiz. Yerda odamlar faqat to‘rt toxugoiga — sharqqa, garbga, shimol va janubga qarab siljiydilar. Bu yerda esa yuqoriga va pastga — qisqasi, hamma tomonga qarab quloch otish mumkin. Biz asta-sekin turli xil yordaxmchi korxonalar bilan boyiymiz. Yangi oranjereya quryapmiz. Unda Shlikovning yordamchisi — Kramer ishlaydi.
— Men u kishini taniyman.
Direktor bosh silkidi.
— Juda soz… — davom etdi u qalam ushlab turgan qo‘lini ko‘tarib.
Qalam uning barmoqlari orasidan sirg‘alib chiqib, yonginamdan o‘tib ketdi. Men uni ilib olmoqchi bo‘lgan edim, oyoqlarim poldan ko‘tarilib, havoda muallaq turib qoldim. Bir minutlardan keyingina tovonim «pol» ga tegdi.
— Bu yerdagi narsalar o‘jar, qochishning payidan bo‘lishadi, — hazil qildi direktor. — Shunday qilib, deyarli to‘la vaznsizlik sharoitida meva va sabzavot yetishtiramiz. Biolog qarshisida qanday ajoyib masalalar tugilishini tasavvur qilib ko‘ring-a. O‘simliklarda og‘irlik kuchibo‘lmaganda geotropizm qanday kechadi? To‘qimalarning bo‘linishi, modda almashinuvi, shiraning harakati qanday yuz beradi? Ultra qisqa nurlar qanday ta’sir ko‘rsatadi? Kosmik nurlar-chi? Eh-ha, hammasini sanab chiqish qiyin! Shlikov kashfiyot ketidan kashfiyot ochyapti. Hayvonlar-chi? Bizularni ham parvarish qilamiz. Hozirning o‘zidayoq tajriba qilinayotgan bir necha jonivorlarimiz bor. Axir fazodagi bunday laboratoriya — o‘z ishini sevgan olim uchun bir xazina-ku. Ko‘rib turibman, sizning ham ko‘zlaringiz chaqnab ketyapti.
Men o‘z ko‘zlarimni ko‘rmasdim, lekin direktorning gaplari menga juda ta’sir qilgan edi. Rostini aytsam, shu tobda faqat Armanistonni emas, hatto Tonyani ham unutib qo‘ygan edim.
— Tezroq ishga kirishsam, — dedim men.
— Ertagayoq kirishasiz, — javob berdi direktor. — Faqat hozircha bu yerda, oranjereyada emas. Oyga ilmiy ekspeditsiya uyushtiryapmiz. Keksa astronomimiz Fyodor Grigoryevich Tyurin, geolog Boris Mixaylovich Sokolovskiy va siz uchasiz.
Bu xabarni eshitib, darrov Tonyani esladim. Uni balki uzoq muddatga tashlab ketarman. Mensiz uning holi nixma kecharkin…
— Biologning nima keragi bor? — so‘radim men, — Oy butunlay o‘lik sayyora-ku.
— Shunday deb o‘ylash mumkin. Ammo-lekin… Yaxshisi, bu haqda astronomimiz bilan gaplashing, uning o‘z taxminlari bor. — Direktor kulimsiradi. — Chol bir oz telbaroq. Uning bitta falsafasi — «Harakat falsafasi» bor. Gapiraverib sizni charchatib qo‘ymasa deb qo‘rqaman. Lekin o‘z sohasining juda yirik olimi. Iloj qancha? Qariganda ba’zi odam sergaproq bo‘ladi deyishadi. Hozir Tyurinning oldiga borib, u bilan tanishasiz. G‘alati chol. Faqat hadeb falsafa sotishiga yo‘l qo‘ymang.
Direktor qator tugmachalardan birini bosdi.
— Kramer bilan tanishsiz. Hozir chaqiraman, u observatoriyaga kirishda sizga yordam beradi. Yedingizda bo‘lsin, u yerda hozirgi arzimas ogirlik kuchi ham yo‘q.
Kramer uchib kirdi. Direktor unga hamma gapni tushuntirdi, Kramer bosh irg‘ab, meni yetaklab oldi. Biz yo‘lakka chiqdik.
— Bu galgi uchishda sayyorlararo bo‘shliqda mustaqil harakat qilishni o‘rganib olishga tirishaman, — dedim men.
— Ma’qullayman! — dedi Kramer. — Hozir biz oldiga boradigan chol badjahlroq. Sirkasi suv ko‘tarmaydi. U falsafaga tushib ketganda gapini bo‘la ko‘rxmang. Aks holda avzoyi buzilib, Oyga yetguncha yo‘l bo‘yi. tutun qaytaradi. Umuman olganda esa ajoyib kishi. Biz uni yaxshi ko‘ramiz.
Men ikki o‘t orasida qoldim. Direktor, falsafa sotishiga yo‘l qo‘ymang, degan edi. Kramer, keksa astronom-faylasufni ranjitmang, deydi. Ustomonlik qilishga to‘g‘ri keladi.
XI. URGIMCHAK OLIM
Fazoviy kostyumda, orqamizga ixcham raketa-jildlar osib atmosfera kamerasidan o‘tdik, eshikni ochib tashqariga chiqdik. Havosiz bo‘shliq qa’riga uchib ketish uchun oyoqni salgina turtish kifoya qilardi. Ko‘kda yana «yer to‘lishgan» payt edi. Ulkan, yaltiroq Yer gardishi osmon ufqining yarmini egallab turardi: «Yuz o‘n ikki gradus», deb tushuntirdi Kramer.
Men Yevropa va Osiyo shaklini, oppoq bulut bilan qoplangan shimolni ko‘rdixm. Shimoliy qutb dengizlaridagi muzlar yarqirardi. Osiyoning qop-qora toglari orasida qor cho‘qqilari oqarib turibdi. Quyosh Baykal ko‘lida jilva qiladi. Uning qiyofasi juda aniq ko‘zga tashlanadi. Ko‘xm-ko‘k dog‘lar oralab kumushrang Ob va Yenisey daryolari ilonizi bo‘lib cho‘zilib ketgan. Kaspiy, Qora va Urta dengizlari aniq ko‘rinyapti. Eron, Arabiston, Hindiston, Qizil dengiz va Nil daryolari haxm «xmanaman» deb turibdi. G‘arbiy Yevropaning shakli esa alkash-chalkash. Skandinaviya yarixm orolini bulut qoplagan. Afrikaning g‘arbiy va janubiy qisxmi haxm yaxshiko‘rinmaydi. Hind okeanida Madagaskar noaniq, chaplangan dogga o‘xshaydi. Tibet tiniq ko‘rinadi, lekin Osiyoning sharqiy qisxii tuxman ichida. Sumatra, Borneo, Avstraliyaning garbiy sbhillari oqarib ko‘rinadi… Yapon orollari bazo‘r ko‘zga chalinadi. Ajabo! Men bir vaqtning o‘zida Yevropaning shixmolini na Avstraliyani, Afrikaning sharqiy sohillari hamda Yaponiyani, qutb dengizlari va Hind okeanini ko‘rib turardixm. Odamlar hali hech qachon bir qarashda bu qadar ulkan Uaydonni ko‘zlari bilan ilg‘ab ololmaganlar. Agar Yerda har gektar yerni ko‘zdan kechirish uchun bir sekunddan vaqt sarflanganda ham, butun Yer yuzini ko‘rib chiqish uchun to‘rt-besh yuz yil ketgan bo‘lardi — u shu qadar bepoyon.
Kramer bilagimni siqib, olisda porlab turgan nuqtani— qozir boradigan joyimizni ko‘rsatdi. Yer jamolidan ko‘z uzishga to‘gri keldi. Men Kets Yulduziga va to‘lin oyga o‘xshagan raketodromga qaradim. Juda olisda, osmon qa’rida qip-qizil yulduzcha goh yonar, goh so‘nardi. Darrov fahmladim: raketodromga Yerdan uchgan raketa yaqinlashyapti. Kets Yulduzi atrofida, zim-ziyo bo‘shliqda yaqii turgan yulduzlar ko‘p edi. Ularga razm solib, barining inson qo‘li bilan yaratilganiga ishonch hosil qildim. Bular direktor aytgan «yordaxmchi korxonalar» edi, men hali ularni bilmasdim Ko‘ichiligi yarqiroq silindr shaklida edi, lekin kub, shar, konus, piramida nusxalari ham bor edi. Ba’zi inshootlar qo‘shimcha qurilmalarga ega: ulardan tirsak, mo‘ri, gardishga o‘xshagan narsalar chiqib turibdi, bularning nimaga xizmat qilishini hali-hozircha bilmayxman. Ba’zi «yulduz» lardan vaqtivaqti bilan nur otilib chiqadi, «yulduz» larning bir qismi harakatsiz, ayrimlari asta suzib yuribdi. Bir-birining atrofida harakat qilayotganlari ham bor, aftidan ular ko‘rinmas sim yoki tros bilan bog‘langan bo‘lsa kerak. Bunday aylanma harakat natijasida, nazarimda, sun’iy tortishish kuchi hosil bo‘ladi.
Kramer yana diqqatimni tortdi, Observatoriyani ko‘rsatib, skafandrini menikiga yaqinlashtirdi va dedi:
— Tomosha qilishga ulgurasiz. Ko‘krakdagi halqani bosib turib, oting. Vaqt ziq.
Men halqani bosdixm. Orqaxmga bir narsa urildi-yu, umbaloq oshib ketdim. Ko‘z oldimda butun koinot aylana boshladi. Goh zangori Qo‘yosh, goh ulkan Yer shari, goh rang-barang yulduz sochilgan osmon bo‘shlig‘i ko‘rinadi menga. Ko‘zim tinib, boshim aylanib ketdi. Qayoqqa uchayotganimni, Kramerning qayerda qolganini ham bilxmasdim. Munday qarasam, to‘ppa-to‘g‘ri raketodroxm ustiga qulab tushyapman. Shoshib boshqa tugxmachani bosdixm» biqinimga turtki tekkach, chap tomonga qarab uchib ketdim. Juda og‘ir ahvolda qoldim! Eng xmuhimi, qo‘limdan hech narsa kelmasdi. Men tinimsiz buralar, aylanar, g‘ujanak bo‘lardim, lekin foyda chiqxmasdi. Nihoyat ko‘zimni chirt yumib, yana tugmachani bosdim. Orqaxmga yana turtki tegdi… Observatoriyani allaqachon ko‘zdan qochirgan edim. Pastda Yer ko‘kimtir jimirlab turardi. Uning cheti qoraya boshlagandi: qisqa tun yaqinlashmoqda edi.
O‘ng toxmonimda olov lipilladi, Kramerning raketasidan chiqqan bo‘lsa kerak. Yo‘q, endi behudaga otavermayman. Taxmom uxmidsizlikka tushib turgan paytimda birdan Kets Yulduzini ko‘rib qoldim, lekin u xmen taxxmin qilgan joyda exmas edi. Sevinganimdan o‘zimni yo‘qotib qo‘yib, shaxt bilan yana otdixm-u, haligidan battar umbaloq oshib ketdim. Yuragim qinidan chiqib ketayozdi. Bunaqa mashqlarni sirk o‘yinchilariga chiqazgan ekan… Shu payt oyog‘imga, keyin bilagimga bir narsa urildi. Nahot asteroid bo‘lsa?.. Agar kiyixmim yirtilgudek bo‘lsa, shu zahotiyoq bir parcha xmuzga aylanib qolaman, bo‘g‘ilib o‘laman. Etim jimirlab ketdi. Balki kostyumim teshilib, badanimga fazoviy sovuq kirayotgandir? Nafasim bo‘g‘ilayotganday tuyuldi. O‘ng qo‘lixmni nimadir qisdi. Skafandrimga bir narsa urildi-yu, shu on Kraxmerning bo‘g‘iq tovushini eshitdim:
— Xayriyat-e, nihoyat ushlab oldim sizni… O‘takamni yorib yubordingiz-ku. Men sizni bundan ko‘ra epchilroq, deb o‘ylagan edim. Iltimos, boshqa ota ko‘rmang. U yoqdan-bu yoqqa uchaverib qiynavordingiz. Ko‘zdan yo‘qotishimga sal qoldi. Unda tamom bo‘lardingiz.
Kramer meni chirmab tashlagan oq plashni olib tashladi. Quyosh nuri badanimga darrov harorat baxsh etdi. Garchi kislorod apparati joyida bo‘lsa ham, hayajondan zo‘rga nafas olardim. Kramer raketadan birinchi bor tushganimizdagi kabi xmeni qo‘lgiqlab olib, har tomondan ota boshladi. Biz olg‘a uchib ketdik. Darvoqe hech qanday harakat sezilmasdi, faqat haxmxma narsa o‘z o‘rniga tushib qolganini payqadixm. Kets Yulduzi haxm xuddi pastga qulab tushayotganga, observatoriya yulduzchasi esa shiddat bilan biz toxmonga uchib kelayotganga o‘xshardi. U daqiqa sayin kattalashib va ravshanlashib borardi.
Ko‘p o‘txmay observatoriyaning tashqi qiyofasi ko‘zga tashlandi. Bu g‘alati inshoot edi: to‘rt qirra, qirralarning har biri uch burchak shiklida. Uch burchakli bu piraxmidalar ustiga duxmaloq oynali kattakon metall sharlar o‘rnatilgan. Sharlar o‘zaro quvurlar bilan ulangan. Keyin bilishixmcha, bu quvurlar bir shardan ikkinchisiga o‘tish uchun yo‘lak vazifasini o‘tar ekan. Qar bir shardan teleskop-reflektorlar chiqib turibdi. Ulkan botiq oynalar sharlarga yengil alyuxmin dastalar bilan ulangan. Yerdagi teleskoplarda bo‘ladigan odatdagi truba «havo» teleskopida yo‘q. Bu yerda u kerak exmas: atmosfera yo‘q, binobarin, yorug‘likning sochilishi yuz berxmaydi. Katta! teleskoplardai tashqari sharlar ustiga nisbatan kichikroq astronoxmik asboblar: spektograflar, astrograflar, geliograflar o‘rnatilgan.
Mana, Kramer uchishni sekinlatib, yo‘nalishni o‘zgartirdi, biz sharlardan biriga yaqinlashib, ularni boglab turgan quvurga tegar-tegmay to‘xtadik. Observatoriyani sal bo‘lsa haxm turtish xmuxmkin exmas ekan, shuning uchun ham Kraxmer bu qadar ehtiyotkorlik qilgan ekan. Buni u xmenga keyinchalik tushuntirib berdi. Observatoriyani turtib yuborgan odaxmning holiga voy. Tyurin unday mehmonga, eng yaxshi yulduzli osmon suratini rasvo qildingiz, o‘lishixmga haxm bir bahya qoldi, deb o‘shqirib berar ekan.
Kramer devordagi tugmachani asta bosdi. Eshik ochilgach, atmosfera kamerasiga kirdik. Kamera havoga to‘lgandan keyin kostyumlarixmizni yechdik.
— Bu chol teleskop bilai birikib ketgai. — dedi haxmrohim. — Ovqat vaqtida ham undan ajralxmaydi. Atrofiga ballon va bankalarni qo‘yib olib, naychadan ovqat so‘rgancha osxmonga tikilib o‘tiraveradi. Hali o‘zingiz haxm ko‘rasiz. Sizlar gaplashguninglarcha xmen yangi oranjereyaga borib kelaxman. Ishning ketishini bir ko‘ray-chi.
U yana skafandrini kiydi. Men esaxm obsevatoriyaga olib kiruvchi eshikni ochib, elektr nuri bilan yoritilgan yo‘lakka kirib qoldim. Lampochkalar oyog‘ixm ostida yonib turardi, xma’luxm bo‘lishicha, observatoriyaga oyog‘ixm osmonda bo‘lib kirgan ekanman. Laxmpalarni bosib olmaslik uchui shosha-pisha devordagi qayishga yopishdim. Buklaxma qanotlar yodimda bo‘lsa ham, dahshatli mo‘ysafidning bumaskanida ularni ishlatishga jur’at etmadixm. Kraxmer bilan direktorning hikoyalaridan uni ana shunday tasavvur qilardixm.
G‘oyat jimjitlik edi. Observatoriyada tirik jon bor, deb o‘ylamasdi odam. Faqat ventilyatorlar mayin guvillar, qayerdadir, aftidan kislorod apparatlari bo‘lsa kerak, uzluksiz shig‘illardi. Men qayoqqa yurishii bilmasdim.
— Hey, menga qaranglar, — dedim men va bir yo‘talib qo‘ydim.
Hech kim javob bermadi…
Men qattiqroq yo‘talib, orqasidan qichirdim:
— Hoy, kim bor?!
Uzoqdagi eshikdan negr yigitning paxmoq boshi ko‘rindi.
— Kim? Nima? — so‘radi u.
— Fyodor Grigoryevich Tyurin uydamilar? Qabul qiladilarmi?
Negr yigit oppoq tishlarini yarqiratib jilmaydi.
— Qabul qiladilar. Men uxlab qolibman. Bizning Floridaga tun cho‘kkanda men doim uxlayman. Yaxshi uygotdingiz, — dedi sergap negr.
— Floridadan qanday qilib osmonga chiqib qoldingiz? — so‘radim men.
— Paroxodda, poyezdda, aeroplanda, dirijblda va nihoyat, raketada.
— To‘g‘ri, lekin… nima uchun?
— Chunki, men sinchkov odamman. Bu yer Floridamiz kabi issiq. Men professorga yordaxm beraman… — «professor» so‘zini u alohida hurmat bilan aytdi, — u xuddi chaqaloqqa o‘xshaydi. Agar men bo‘lmaganimda u allaqachon o‘z teleskopining yonida o‘lib ketardi. Mikki degan maymunim ham bor. U biln zerikmayman. Kitoblar bor. Eng muhimi, kattakon ajoyib kitob — osmon bor. Professor menga yulduzlar haqida hikoya qilib beradi.
«Bu chol unchalik qo‘rqinchliga o‘xshamaydi-ku» — o‘yladim men.
— Io‘lakdan to‘ppa-to‘g‘ri sharga qarab uching. Sharda arqon bor. U sizni professor Tyurinning oldiga olib boradi.
Maymunning chinqirig‘i eshitildi.
— Nima deysan? Kim kelganini, kim bilan gaplashayotganimni ko‘rolmayapsanmi? Ha-ha! U xonaning o‘rtasida, havoda tipirchilab hech yerga tusholmayapti. Albatta uning qanotlari chiqadi, — dedi ishonch bilan negr. — Bu yerda qanotsiz yashash qiyin.
Men sferik chevorgacha uchib bordim, yo‘lak shu yerda tugardi. Eshikni ochib, shar ichiga kirdim. Sharning devorlariga mashinalar, apparatlar, yashik va ballonlar o‘rnatilgan edi. Eshikdan qiyasiga yo‘g‘on arqon tortilgan edi. Arqonning ikkinchi uchi sharni qoq ikkiga bo‘lib turgan devor yorig‘iga kirib ketgandi. Men arqondan tutgancha oldinga qarab yurdim — pastgami, yuqorigami, aniq aytolmayman. Bunaqa yer tushunchalarini xayolidan chiqazib yuborishga to‘g‘ri keladi.
Nihoyat, yoriqqa yetib kelib, odam qorasini ko‘rdim. U havoda muallaq yotardi. Undan har tomonga qarab ipak chilvirlar tortilgan, chilvir uchlari xona devorlariga boglangan edi.
«Xuddi uyasida yotgan o‘rgimchakka o‘xshaydi» — deb o‘yladim men.
— Jon, senmisan? — so‘radi haligi odam kutilmagan ingichka ovoz bilan.
— Salom, o‘rtoq Tyurin. Men Artemyevman. Haligi…
— Ha-ha, bilaman. Direktor aytdi. Oygaxmi? Ha. Uchamiz. Suda soz.
U teleskop durbinidan ko‘z uzmay va qimir etxmay gapirardi.
— Utirishga taklif qillaYUan: o‘tiradigan narsaning o‘zi yo‘q. Buning hojati haxm yo‘q.
Men uning chehrasini tuzukroq ko‘rish uchun ehtiyotlik bilan Urgixuchak» ka yaqinlashdix. Quyuq sochlari oppoq, soqoli qirilgan yuzi bir oz rangsiz. Tyurin xmen toxmonga boshini andak burgan edi, uning qop-qora o‘ynoqi ko‘zlarini ko‘rdixm. Qovoqlari qizargan. Aftidan, ko‘zlarini charchatib qo‘yganga o‘xshaydi.
Meni yo‘tal tutdi.
— Menga qarab yo‘talxmang, bezovta qilasiz! — dedi u qat’iy ravishda.
«Boshlandi, — deb ko‘nglixmdan o‘tkazdixm. — Yo‘talib haxm bo‘lmaydi».
Lekin, yaxshilab razxm solgach, nixma uchun yo‘talish xmuxmkin emasligini angladim.
Tyurin havoga kitoblar, qog‘oz, qalam, daftar, dastro‘mol, trubka va portsigarini yoyib qo‘ygan edi. Havo sal tebransa — qammasi uchib ketadi. U holda Jonni yordamga chaqirishga to‘gri keladi — professor o‘z to‘ridan osonlikcha chiqolmasa kerak. U, pazarixmda, o‘z tanasini ana shu ipak to‘r bilan teleskopob’yektivi oldida harakatsiz tutib turadi.
— Teleskopingizning trubasi juda katta ekan, — dedim xmen suhbatni boshlab yuborish xmaqsadida.
Tyurin xmaxmnuniyat bilan kuldi.
— Ha, yer astronoxmlari bunday teleskopni orzu haxm qilisholmaydi. Lekin hech qanday truba yo‘q. Uchib kelgan vaqtingizda payqamadingizxmi?.. Uzr, esixmda borida bir necha so‘zni yozdirib qo‘yishixm kerak.
Shunday deb, u astronoxmik va xmatexmatik terminlar bilan to‘la juxmlalarni gapira ketdi. Keyin yon toxmonga qo‘lini ohista ko‘tarib, chilvir bilan bog‘lab qo‘yilgan qora yashikdagi dastani buradi. Agar uning harakatini ekranda ko‘rsatilsa, tomoshabinlar, mexanik apparat dastasini juda sekin aylantiryapti, deb ishonishlari turgan gap edi.
— Lentaga avtomatik usulda yozish — uy sekretarining o‘rnini bosadi, — tushuntirdi Tyurin. — Qutiga yashirib qo‘yilgan, boxato ishlaydi, ovqat so‘raxmaydi. Uziig yozgandan ko‘ra tezroq zadi. Kuzatib, ayni vaqtda aytib turaveraman. Mashina va matematik hisoblash apparati yozilganlarni ishlab chiqishda menga srdam beradi. Har ehtimolga qarshi yonixmda qog‘oz va qalam turadi. Faqat xmen toxmonga qarab nafas olxmang… Ha, darvoqe, teleskop haqida… Bunday teleskopni Yerda qurib bo‘lxmay di. U yerda og‘irlik hajxmiii chegaralab qo‘yadi. Meniki oynali teleskop — reflektor. Bunaqa teleskop bittagina emas. Oynalarning diametri yuzlab metrni tashkil qiladi. Reflektorlar g‘oyat ulkan. Hammasi shu yerda, osxmon materiallaridan yasalgan xmasalan, shisha-kristall shaklidagi meteorlardan. Bu yerda men meteor-bolidlarning chinakam korxonasini ochganman. E-ha, nimalar deyashman o‘zi… Aytganday, Yerda chinakam astronoliya bilan shug‘ullanib bo‘larkanmi? Ular mening oldimda ko‘rsichqonday gap. Ikki yil ichida ulardan yuz yilga ilgarilab ketdim. Ko‘rasiz, hademay asarlarim bosilib chiqadi… Pluton planetasini olaylik. Yerdagilar u haqda nixma bilishadi? Bir kecha-kunduzda Quyosh atrofini qancha aylanib chiqishini bilishadimi? Yo‘q. Quyosh bilan Pluton orasidagi o‘rtacha masofanimi? Ekliptikaning og‘ishinimi? Yo‘q. Massani-chi? Zichlikni-chi? Yo‘q, yo‘q, yo‘q. Tag‘in planetani kashf qildik deyishadi.
U keksalarcha xixilab kuldi.
— Oq mittilar, qo‘shaloq yulduzlarni-chi? Galaktika sistemasining tuzilishini-chi? Koinotning umuxmiy tuzilishini-chi? E-e, qay birini aytasiz. Hatto Quyosh sistemasiga kiruvchi planetalar atxugosferasini ham tuzuk-quruq bilishmaydi! Hanuzgacha bahslashadi. Mening bu yerdagi kashfiyotlarim esayigirmata Galileyga yetadi. Men bu bilan maqtanmayman, chunki gap odamda emas, joyda. Mening o‘rnimda har qanday astronoxm bo‘lganda ham shu ishlarni qilgan bo‘lardi. Men ham bir o‘zim ishlayotganim yo‘q. Ixtiyorimda astronomlarning butun bir shtati bor… Buyuklikka kelsak, osxmon observatoriyasini kashf etgan odaxm buyuk. Ha, Kets Yulduzini kashf etgan odam. Biz ana o‘shaning oldida qarzdormiz.
Yeriq orasida bir nima lip etdi. Avval maymun, keyin Jonning jingalak sochli boshi ko‘rindi. Maymun negrning yelkasiga minib, ikkala panjasi bilan uning sochlaridan mahkaxm ushlab olgan edi.
— Urtoq professor! Haliyam nonushta qilmadingizmi? — dedi Jon.
— Yo‘qol! — deb javob berdi Tyurin.
Maymun ingichka ovoz bilan chiyilladi.
— Mana. Mikki ham aytyapti. Issiq kofe ichib oling, — qistadi Jon.
— Io‘qol ko‘zimdan! Anovi baqirog‘ingni ham yo‘qot.
Maymun haligidan battarroq chinqirdi.
— Nonushta qilmaguningizcha olib ketmayman uni!
— Xo‘p, xo‘p. Mana, boshladim.
Tyurin ballonni ohista oldiga tortib, naychaning qopqog‘ini ochdi-da, ketma-ket so‘ra boshladi.
Maymun bilan Jon g‘oyib bo‘lishdi, lekin hayal o‘tmay yana ularning sharpasi ko‘rindi. Jonning nazarida professorning qorni to‘ygunga qadar bu hol takrorlanaverdi.
— Har kuni shu ahvol! — dedi Tyurin uh tortib. — Bezor qilishdi. Lekin, rostini aytsam, shular bo‘lmasa ovqat esimga ham kelmaydi. Astronomiya, azizim, shunaqa ajoyib narsa!.. Siz astronomiyani fan deb, yulduzlar haqidagi fan deb o‘ylaysizmi? Yo‘q. Ochig‘ini aytganda, bu — dunyoqarash. Falsafa.
«Boshlandi», deb o‘yladim men hadiksirab. Keyin bu xavfli mavzudan qutulish uchun, so‘radim:
— Ayting-chi, Oyga sayohat vaqtida biolog zarurmi?
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Kets Yulduzi - 05
  • Parts
  • Kets Yulduzi - 01
    Total number of words is 4025
    Total number of unique words is 2043
    36.2 of words are in the 2000 most common words
    53.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 02
    Total number of words is 4120
    Total number of unique words is 2033
    36.3 of words are in the 2000 most common words
    53.6 of words are in the 5000 most common words
    63.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 03
    Total number of words is 4194
    Total number of unique words is 2092
    35.1 of words are in the 2000 most common words
    51.5 of words are in the 5000 most common words
    60.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 04
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 2152
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    50.7 of words are in the 5000 most common words
    57.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 05
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 1954
    34.9 of words are in the 2000 most common words
    50.6 of words are in the 5000 most common words
    59.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 06
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1938
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    51.8 of words are in the 5000 most common words
    61.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 07
    Total number of words is 4262
    Total number of unique words is 1964
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    60.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 08
    Total number of words is 4242
    Total number of unique words is 2020
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    52.0 of words are in the 5000 most common words
    61.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 09
    Total number of words is 4215
    Total number of unique words is 2098
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    49.5 of words are in the 5000 most common words
    57.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 10
    Total number of words is 4187
    Total number of unique words is 2024
    34.6 of words are in the 2000 most common words
    50.1 of words are in the 5000 most common words
    59.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 11
    Total number of words is 3764
    Total number of unique words is 1921
    35.9 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    60.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.