Kets Yulduzi - 06

Total number of words is 4228
Total number of unique words is 1938
35.6 of words are in the 2000 most common words
51.8 of words are in the 5000 most common words
61.0 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Nima? Nima? deb aqirib yubordi Tyurin. — Nega ushoqdai keladigan Kets Yulduzi Yerga qulab ketmayapti? A? Hamma gap harakatning tezligida… Ammo kichkina Oy harholda halok bo‘libdi-ku, — dedi u endi sal hovridan tushib. — Kurashuvchi kuchlar — inersiya bilan yerning tortish kuchi — uni parchalab tashlagan… Afsuski, bizning Oyni ham shu qismat kutyapti! U parchalanib ketadi. Yer xuddi Saturnnikiga o‘xshagan ajoyib uzukka ega bo‘ladi. Mening fikrimcha, bu oy uzugi Oyning o‘zidan xira bulmaidi. U yer tunini bezab turadi. Lekin bari bir bu katta io‘qotish, — deb xo‘rsinib gapini tugatdi u.
— O‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotish, — qo‘shib qo‘ydim men.
— Hm… Hm… Kim biladi, balki to‘ldirib bo‘lar. Mening bir loiiham bor, lekin bu xususda hozircha gapirmayman.
— Meteorlarni qanday tutgansiz? — so‘radim Sokolovskiydan.
— Bu juda qiziq ov, — javob berdi geolog. — Men ularni faqat Kets Yulduzi orbitasidagina emas…
— Mars va Yupiter orbitalari orasidagi asteroidlar mintaqasida ham ovlagan, — deb gapni bo‘ldi Tyurin. — Yer astronomlari bundai asteroidlarning faqat mingdan ortiqrog‘ini bilishadi. Mening katalogimda esa ularning soni to‘rt mingdan oshib ketdi. Bu asteroidlar ham halok bo‘lgan ikkinchi Oydan ko‘ra kattaroq sayyoraning qoldiqlari. Hisoblarimga ko‘ra, bu sayyora Merkuriidan katta bo‘lgan. Mars bilan Yupiter o‘zaro tortishib uni parchalab tashlagan. Taqsimlab olisholmagan-da! Saturn uzugi ham uning halok bo‘lgan, parchalangan yo‘ldoshi. Bizning quyesh sistemamizda qancha marhumlar borligini ko‘rdingizmi?
Endi navbat qay biriniki ekan? Voy-bo‘y… bu turtkilar tugaydimi, yo‘qmi!
Men kresloning charm qoplangan yumshoq suyanchig‘idan ushlab yana derazadan tashqariga qaradim. Hamon yulduz chamani bilan qoplangan qop-qora osmon. Shu alfozda yillab, yuz yillab uchsang ham manzara o‘zgarmaydi.
Birdan bir mahallar eski parovoz ulangan oddiy poyezdda qilgan sayohatim esimga tushib ketdi. Yez edi. Kechki payt. Quyosh bulutlar bag‘rini qon qilib, o‘rmon ortiga yashirinadi. Vagonning ochiq derazasidan nam havo, arg‘uvon va akonit hidi gupullab urib turibdi. Ko‘kdagi kamon oy poyezdni izma-iz quvib kelyapti. Goh o‘rmon, goh ko‘l, goho tepaliklar bir-biriga o‘rin bo‘shatadi. Tepaliklar ustida daraxtlarga ko‘milgan binolar. Undan so‘ng dala boshlandi, dimoqqa qorabug‘doy hidi urildi. Qancha taassurotlar, Tyurinning tili bilan aytganda, ko‘z, quloq, burun uchun qancha «harakat». Bu yerda esa na shamol, na yomg‘ir, na iqlim o‘zgarishi, na tun, na yoz va na qish. Hamisha yakrang motamsaro osmon,ko‘kimtir quyosh, raketa ichida bir xil harorat…
Yo‘q, osmonda, Oyda, boshqa sayyoralarda yashash qanchalik qiziqarli bo‘lmasin, Yer hayotini hech qachon «osmon turmushi» ga almashtirmayman…
— Shunday qilib desangiz… asteroid ovi — eng qiziqarli ov, — kutilmaganda geolog Sokolovskiyning yo‘g‘on tovushi eshitildi.
Uning suhbati menga yoqadi. Gapirganda doim oddiy, xuddi Vasilyevskiy orolidagi uyida o‘tirganday, xotirjam gapiradi. Aftidan unga bu g‘ayriodatiy sharoit hech qanday ta’sir ko‘rsatmayotganga o‘xshaydi.
— Asteroidlar mintaqasiga kirgach, quloqni ding qilib turish kerak, — davom etdi u. — Aks holda kattaligi Moskvadagi Sovetlar Saroyidek yoki undan ham yirikroq biror Parcha raketaga kelib urilishi hech gap emas. Unda tamom deyavering. Shuning uchun asteroidlar yo‘nalishiga tobora yaqinlashib uchish kerak bo‘ladi… Ajoyib manzara! Asteroidlar mintaqasiga uchib kirasiz. Osmonning ko‘rinishi o‘zgaradi… Yaxshilab qarang-a. Uni butunlay zim-ziyo deyish qiyin. Tagi qop-qora bo‘lsa-da, g‘ijgij yulduz bilan qoplangan. Ana shu yog‘du bag‘rida qora hoshiyalar ko‘zga tashlanadi. Bu uchib borayotgan asteroidlarga quyosh nuri tushmagan payti. Ba’zilari ko‘kda kumushday oq iz qoldiradi. Ayrimlaridan esa sariq-qizg‘ish iz qoladi. Osmon yo‘lyo‘l hoshiyalar bilan to‘lib ketadi. Raketa asteroidlar harakati tomon burila borgan sari tezligi oshib, deyarli ular bilan baravarlashadi, shunda asteroidlar hoshiyaga o‘xshamay qoladi. Siz endi g‘aroyib olamga kirib qolasiz va turli kattalikdagi son-sanoqsiz «oy» lar orasida uchib borasiz. Ularning barchasi bir tomonga qarab uchadi, lekin hali raketadan oldinda bo‘ladi.
Ana shunday«oy» lardan birortasi raketa yonidan uchib o‘tayotganda uning butunlay dumaloq emasligini ko‘rasiz. Bu «oy» lar ning shakli xilma-xil. Chunonchi, bir asteroid piramidaga o‘xshasa, ikkinchisi sharnusxa, uchinchisi dag‘al kub shyklida, ko‘pchilik qismi esa shunchaki shaklsiz qoyatosh parchalariga o‘xshaydi. Bir xillari to‘da-to‘da bo‘lib uchsa, ikkinchi xillari uzaro tortishish natijasida bir bosh uzumday g‘uj bo‘lib qolgan. Ularning sirti goh xira, goh tog‘ billuriday yarqiroq bo‘ladi…
Ungda ham, so‘lda ham, pastda va yuqorida ham ana shunday «oi» lar… Raketa uchishini sekinlatsa, «oy» lar xuddi oldinga otilib ketganday tuyuladi, raketa tezlashsa ularning uchishi sekinlaganday bo‘ladi. Nihoyat raketa ularni quvib o‘tadi, «oy» lar ortda qoladi.
Asteroidlardan seyin uchish xatarli. Orqadan quvib yetib, raketani majaqlab tashlashi mumkin. Ular bilan bir yo‘nalishda va bir xil tezlikda uchish butunlay xavfsiz. Lekin u holda faqat atrofingni o‘rab turgan asteroidlarnigina ko‘rasan. Buning ustiga hamma narsa — raketa ham, o‘ngdagi, so‘ldagi, yuqoridagi va orqadagi «oy» lar ham bir joyda qimirlamay turganga o‘xshaydi. Faqat yulduzlar chamani asta oqaveradi, chunki asteroidlar ham, raketa ham harholda harakatda buladi, osmonda ularning holati o‘zgarib turadi.
Kapntanimiz asteroidlarga qaraganda tezroq uchishni afzal kurardi. Chunki orqadan hech narsa kelib urilmaydi. Bundan tashqari,«oy» lar galasi ichida harakat qilasan, kuzatishing, tanlashing mumkin. Xullas, osmondagi oyni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan Gogol qahramoni rolini bajarasan. Faqat sen «o‘g‘irlaydigan» oy kichikroq. Katta asteroidni orbitasidan chiqarib, Kets Yulduziga olib kelishga hali qudratimiz yetmaydi. Hamma yonilg‘ini sarflab qo‘yish va asteroidga mangu asir bo‘lib qolishdan qo‘rqamiz… Avvaliga eng kichkina asteroidlarni tanladik. Asteroidga turtkisiz yaqinlashish va uni shatakka olish uchun juda katta mahorat va epchillik talab qilinadi. Kapitan raketani asteroid bilan baravar uchirib borib, asta unga yaqinlashdi. Shundan keyin yon tomondagi portlashlar to‘xtatildi. Biz elektromagnitni ishga soldik: kristall shaklidagi asteroidlardan qolgan boshqa hammasi asosan temirdan iborat-ku. Nihoyat, oradagi masofa juda qisqargach, elektromagnitni o‘chirib, qolgan ishni tortishish kuchiga qo‘yib berdik. Syl o‘tmay bilinar-bilinmas turtki sezildi. Shundan so‘ng yo‘ldoshimiz bilan qo‘shaloq bo‘lib uchaverdik. To‘g‘ri, boshida bu osonlikcha bo‘lmadi. Ba’zan biz qattiq to‘qnashib qolardik. Bunday paytda, asteroid o‘z orbitasidan chiqib ketar, biz buni sezmayham qolardik, raketa esa undan yengil bo‘lgani uchun juda nariga uchib ketar va hammasini boshqatdan boshlashga to‘g‘ri kelardi. Keyinchalik bu ishni juda yaxshi egallab oldik. Endi faqat asteroidni raketaga biriktirish qolgan edi. Uni zanjir bilan bog‘lab olishga va elektromagnit bilan tutib turishga urinib ko‘rdik, lekin natija yaxshi bo‘lmadi. Keyin meteorlarni raketa sirtiga payvand qilishni o‘rganib oldik, quyosh energiyasi bizda yetarli, payvandlash apparatlarini esa doim o‘zimiz bilan olib yurardik.
— Axir, buning uchun raketadan chiqish kerak-ku? — dedim men.
— Albatta. Chiqardik-da. Hatto asteroidlar ustida sayohat ham qilganmiz. Bir hodisa esimda, — davom etdi Sokolovskiy kulib. — Biz beo‘xshov taroshlangan tosh bombaga o‘xshagan kattakon yalpoq asteroidga yaqinlashdik. Men raketadan uchib chiqib, asteroidning bir qirrasiga yopishib oldim-da, koinot bo‘ylab sayohatga jo‘nadim. Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi deng? Yalpoq «qutb» larda o‘rnimdan g‘oz turib ketaverdim, qabariq «ekvator» da esa og‘irlik markazi o‘zgargani uchun oyoqni osmondan qilib turishga to‘g‘ri keldi. Shu alfoza uchib yuraverdim.
— Bu, aftidan, aylanib turgan kichik planeta bo‘lsa kerak, bundan tashqari, og‘irlik markazi emas, balki nisbiy og‘irlik o‘zgargan, — deb tuzatdi Tyurin. — Aylanish qutblari ustida og‘irlik juda katta bo‘ladi va u markazga tomon to‘g‘ri yo‘nalishda boradi. Lekin qutbdan uzoqlashgan sari og‘irlik kamayaveradi. Shunday qilib, qutbdan ekvatorga qarab yurgan kishi xuddi tog‘dan tushayotganday bo‘ladi, buning ustiga balandlik tobora osha boradi. Qutb bilan ekva. tor orasida og‘irlikning yo‘nalishi ufqqa to‘g‘ri kelib qolgan. Shuning uchun ham siz o‘zingizni juda baland tog‘dan tushayotganday his qilgansiz. Keyin esa u qiya shift holatiga kirgan va planetadan uchib ketish uchun siz duch kelgan narsaga yopishishga majbur bo‘lgansiz… Yerdan eng yaxshi kuchli teleskoplar orqali, — davom etdi Tyurin, — diametri olti kilometrdan kam bo‘lmagan planetalar ko‘rinadi. Asteroidlarning esa gardday keladiganlari ham bor.
— Har qanaqasini ham ko‘rdik, — dedi Sokolovskiy. — Ba’zilarida og‘irlik shu qadar ozki, asteroiddan uchib ketish uchun salgina sakrash kifoya qiladi. Men aylanasi o‘n yetti yarim kilometr keladigan ana shunday asteroidlardan birida bo‘lganman. Bir metr balandlikka sakrab, pastgayigirma ikki sekunddan keyin tushdim. Yerda ostonadan sakrash uchun sarf qilinadigan harakat bilan ikki yuz o‘n metr yuqoriga — Eyfel minorasidan salgina qolishadigan balandlikka chiqib ketish mumkin. Tosh otgan edim, u qaytib tushmadi.
— Tushadi, lekin tez emas, — dedi Tyurin.
— Diametri oynikidan atigi olti marta kichik bo‘lgan nisbatan yirik asteroidda ham bo‘lganman. U yerda bir qo‘lim bilan sheriklarimdan yigirma ikkitasini ko‘tardim. Bu asteroidda oddiy ipdan arg‘imchoq yasab uchish, balandligi olti yarim kilometrli minora qurish mumkin. To‘pponchadano‘q uzib ko‘rdim. Nima bo‘ldi deng. Agar o‘zim aks ta’sir oqibatida planetachadan uchib ketmaganimda, otgan o‘qim orqadan aylanib kelib meni halok qilishi mumkin edi. U hozir ham asteroid atrofida aylanib yotgan bo‘lsa kerak.
— Bunday planetada poyezdlar soatiga bir ming ikki yuz sakson kilometr tezlikda yurgan bo‘lardi, — dedi Tyurin. — Darvoqe, shunday planetalardan bir nechtasini Yerga yaqinlashtirish mumkin. Nima uchun qo‘shimcha yoritishni vujudga keltirish mum kin emas? Undan keyin bu planetalarga aholi ko‘chiriladi. Shisha oranjereya quriladi. O‘simlik o‘stiriladi. Jonivorlar boqiladi. Bu juda ajoyib maskan bo‘ladi. Vaqti bilan Oyda shunday qilish mumkin.
— Oyda goh savuq, goh issiq bo‘ladi-ku, dedim men.
— Shisha qalpoq ostidagi sun’iy atmosfera va pardalar Quyesh haroratini bnr me’yorda tutib turadi. Oy tunlari vaqtida tuproqning sovushiga kelsak, bu masalada mening o‘z fikrlarim bor, — deb qo‘ydi Tyurin ma’noli qilib. — Axir biz favqulodda quchli harakat ta’sirida Yer yadrosining qizishi nazariyasidan voz kechmadikmi? Shunga qaramay Yerimiz issiq…
— Quyosh va atmosfera po‘stini… — deb geolog gap boshlagan edi, Tyurin uning so‘zini bo‘ldi:
— Ha, ha, lekin faqat bugina emas. Yer qatlamlarida issiqlik uning bagridagi radioaktivlikning bo‘linishi natijasida kuchaya boradi. Nega bu hodisa Oyda yuz bermas ekan? Hatto nega kuchliroq tarzda yuz bermas ekan? Radioaktiv bo‘linish Oy bag‘rini isitishi mumkin. Bundan tashqari, Oy qatlami ostida hali sovumagan magma bor… Oy bizga tuyulganiday sovuq emas. Modomiki, u yerda atmosfera qoldiqlari bor ekan… Mana shuning uchun ham siz, biolog, ekspeditsiyaga kiritilgansiz, — deb menga murojaat qildi u.
Sokolovskiy ishonqiramay bosh chayqadi.
— Elementlarning radioaktiv bo‘linishi natijasida tuproqning "qizishini men negadir asteroidlarda sezmadim.
— Asteroidlar Oydan kichkina, — deb javob berdi astronom chiyildoq tovush bilan.
U bir oz jim qoldi, keyin yana birdan falsafaga tushib ketdi, go‘ye miyasidagi ikki fikr chizig‘i baravar chuvalib borardi.
Raketamiz derazasidan so‘nik yulduzlar mo‘ralaydi. Yulduzlar galasi ufqni kesib, yon tomonga, so‘ng yuqoriga qarab surilib borardi, demak, raketa burilyapti.
— Biz anchagina asteroid tutib qo‘ydik, — dedi menga past ovoz bilan Sokolovskiy, o‘zicha nimalarnidir pichirlab o‘tirgan Tyuringa e’tibor bermay. — Avvalo raketodromimiz ostiga «poydevor» yetqizdik. Uning massasi qancha katta bo‘lsa, shuncha mustahkam bo‘ladi. Qo‘nayotgan raketalarning tasodifiy turtkilari uni urnidan qo‘zgatib yubormaydi. Keyinchalik asteroidlarni fabrika va zavodlarimizga jo‘natamiz, siz hali bular bilan tanishasiz. Yaqinda juda ajoyib bir planetacha tutib oldik. To‘g‘ri bu kichkina parcha, xolos — yer hisobi bo‘yicha, bir yarim tonna keladi. Lekin tasavvur qiling-a, nuqul oltindan iborat… Hazilakam topildiq emas! Osmonda oltin sochmalari…
Tyurin bu so‘zlarni eshitib qoldi shekilli, gap qo‘shdi: — Katta planetalarda elementlar yuzadan markazga tomon uzlarining ko‘tarilib boruvchi solishtirma og‘irliklariga qarab joylashgan, yuqorida silitsiy, alyuminiy — «sial», pastroqda silitsiy, magniy — «sima», undan ham pastda nikel, temir— «nife», temir va yana ham og‘irroq metallar — platina, oltin, simob, qo‘rg‘oshin, Sizning oltin asteroidingiz — halok bo‘lgan ilaneta markaziy yadrosining bir bo‘lagi. Kam uchraydigan hodisa. Osmondagi oltin sochmalariga ko‘p umid bog‘lamang.
Menn uyqu elita boshladi. Badanim yerdagi kecha-kunduzga, sergaklik va uyquga qattnq o‘rganib qolgan ekan.
— Uxlayapsizmi? — dedi Tyurin. — Xayrli tun. Men bo‘lsam juda g‘alati ahvolga tushib qoldim. Observatoriyada bir me’yorda uxlashni tamom unutayozgan ekanman. Endi esa ora-sira uxlab oladigan hayvonlarga o‘xshab qoldim. Xuddi mushukday.
U yana nimalarnidir gapirdi, lekin men hech narsani eshitmasdim. Portlashlar tingan, osoyishtalik… Tushimga Leningraddagi laboratoriyam kiripti…
Bir sutkadan keyin osmonga qaradim-u, Oyni ko‘rib, hangu mang bo‘lib qoldim. U butun ko‘kni egallab olgan va o‘z salobati bilan kishini qo‘rquvga solardi. Oygacha atigi ikki ming kilometr masofa qolgan edi. Tog‘lar, vodiylar, suvsiz «dengiz» lar kaftdagiday ko‘rinib turardi. Ayrim tog‘ tizmalari, allaqachon so‘ngan vulqon kraterlari yaqqol ajralib turibdi. Hatto og‘zi ochiq yoriqlargacha ko‘zga tashlanyapti…
Astronom Oydan ko‘z uzmasdi. U, o‘z tili bilan aytganda, Oy sirtidagi «har bir toshni» allaqachonlardan beri bilardi.
— Ana, qarang, chetdagisi. Bu Klavius, pastda — Tixo, undan pastroqda — Alfons, Ptolemey, o‘ngda — Kopernik, undan keyin esa Apennin, Kavkaz, Alp…
— Pomir, Himolay, Kordilyer yetishmas ekan, — dedim men.
— Oyning narigi tomonidagi tog‘ cho‘qqilarini shunday deb agaymiz, — dedi kulib geolog. — Ularga hali hech kim nom qo‘ymagan.
— Ana… Oy-u, mana… Oy! — deb xitob qildi Tyurin. «Yerdagi» dan yuz marta katta. Oh!.. — ingrab yubordi u. — Yana og‘irlik.
— Kapitan tormoz beryapti, — dedi geolog. — Oy bizni o‘ziga gobora qattiqroq tortyapti. Yarim soatdan keyin manzilga yetamiz.
Men suyunib ketdim, ayni vaqtda yuragimni vahima bosdi. Oyga sayohat qilgan va birinchi qo‘nishda hayajonlanmagan kishi bo‘lsa, mayli, meni qo‘rqoq deyaversin.
Oy shundoq ostimizda. Endi u osmonning yarmini egallab olgan. Tog‘ cho‘qqilari ko‘z oldimizda yuksalib boryapti.
Lekin qnziq: Oy, xuddi Yerga o‘xshab, yuqoridan sharning qabariq sirtiga o‘xshab emas, balki to‘ntarilgan ola-bula zontikday bukik ko‘rinadi.
Tyurin ingradi: portlashlar kuchayib borardi. Shunga qaramay u Oydan ko‘z uzmasdi. Shu payt Oy qayoqqadir yon tomonga surildi. Gavdamning bir tomoni og‘irlashib ketganidan raketa yana yo‘nalishnni o‘zgartirganini payqadim. Og‘irlik yo‘nalishi shu qadar o‘zgardiki, Oy endi bizdan ancha balandga «chiqib ketdi». «Shiftda» yurishni tasavvur qilish ham qiyin edi.
— Sabr qiling, professor, — dedi geolog Tyuringa murojaat qilib. — Atigi ikki-uch kilometr qoldi. Raketa juda sekin uchyapti: sekundiga yuz metrdan ortiq emas. Hozir raketadagi gaz bosimi Oyning tortish kuchiga baravar, binobarin, raketa inersiya bo‘yicha harakat qilyapti.
Yana hamma narsa avvalgi holiga qaytdi. Og‘irlik yo‘qoldi.
— Biz qayerga qo‘namiz? — deb so‘radi yigirma sekundlardan so‘ng o‘ziga kelgan Tyurin.
— Tixo Brage yaqiniga bo‘lsa kerak. Atigi besh yuz metr qoldi, — dedi Sokolovskiy.
— Voy-voy! Yana portlash! — ingrab yubordi Tyurin.
Mana, hammasi joyida. Oy endi pastda, bizning ostimizda.
— Hozir qo‘namiz… — dedi Sokolovskiy hayajon bilan. — Faqat qo‘nish vaqtida «oy avtomobili» ga shikast yetmasa bo‘lgani.
Yana o‘n sekundcha o‘tgach, yengil turtkini sezdim. Portlashlar to‘xtadi. Hammamiz asta yonboshlab qoldik.
XIV. OY SIRTIDA
— Xush kelibsizlar! — dedi Sokolovskiy. — Hammasi ko‘ngildagidek.
— Qo‘nish vaqtida hatto deraza qopqoqlarini ham yopmabmiz, — dedi Tyurin. — Bu ehtiyotsizlik. Deraza oynalari qoyatosh qirrasiga urilishi mumkin edi.
— Kapitanimiz Oyga birinchi marta qo‘nayotgani yo‘q-ku, — e’tiroz bildirdi unga Sokolovskiy. — Qani, qadrli do‘stlar, fazoviy kostyumlarni kiyib, oy avtomobilimizga o‘tinglar.
Biz tez kiyinib, raketadan chiqdik.
Men chuqur nafas oldim. Garchi apparatimdagi kisloroddan nafas olayotgan bo‘lsam ham, bu yerda gaz boshqacha «maza» kasb etganday tuyuldi. Bu, albatta, xayoliy gap. Ikkinchi his etgan narsam, g‘oyat yengillik bo‘ldi. Bunisi aniq gap edi. Ilgari, raketada uchgan vaqtlarimda ham, Kets Yulduzida ham (to‘la vaznsizlik sharoitida) bunday yengillikni his qilganman, lekin bu yerda, Oyda og‘irlik xuddi «doimiy miqdor» day his qilinadi, faqat Yerdagidan kichikroq, xolos. Hazil gapmi, men endi Yerdagi vaznimdan olti marta yengil edim!
Men atrofga qaradim. Ustimizda hamon yorqin yulduzlar bilan qoplangan qop-qora osmon. Quyosh ham, Yer ham ko‘rinmaydi. Tun zulmatini raketamizning yon oynasidan tushayotgan nurigina tilib turibdi. Bularning hammasi Yerning nur sochib turuvchi yo‘ldoshi haqidagi odatdagi tasavvurga aslo sig‘masdi. Keyin payqadim: raketamiz Klaviusdan janubroqqa, Oyning Yerdan ko‘rinmaydigan orqa tomoniga qo‘nganekan. Bu yerda esa hozir tun hokim edi.
Tevarak-atrof tap-taqir sahro. Elektrlashtirilgan kostyumda bo‘lganim uchun sovuqni sezmasdim. Lekin bu taqir sahro ko‘rinishi yurakni muzlatardi.
Raketa-avtomobilimizni tushirishga yordamlashish uchun kapitan bilan mexanik raketadan chiqishdi. Geolog imlab meni ham bu umumiy ishda ishtirok etishga chorladi. Men avtoraketaga qaradim. U tuxumsimon vagonga o‘xshardi. Kichik bo‘lishiga qaramay, anchagina og‘ir nazarimda. Buning ustiga, na arqon, na chig‘ir ko‘rinaadi, xullas, uni tushirish uchun hech qanday moslama yo‘q. Mexanik yuqorida gaykalarni bo‘shatyapti. Kapitan, Sokolovskiy, Tyurin va men pastda raketani ilib olishga tayyor turibmiz. Lekin u bizni pachaqlab yuboradi-ku… Darvoqe, biz Oydamiz-ku. Bunga darrov ko‘nikish qiyin. Mana, «tuxum» ning quyruq tomoni bo‘shatildi. Raketa quyrug‘i bilan tusha boshladi. Sokolovskiy Dyuz tuynugining chetidan ushlab oldi. Kapitan o‘rtada turibdi, men — old qismida. Hozir raketa sirg‘alib tushadi… Qo‘limni ko‘tarib tayyor bo‘lib turibman-u, agar raketa og‘irlik qilsa o‘zimni qayoqqa otishni o‘ylayman. Lekin shubhalarim behuda bo‘lib chiqdi. Olti qo‘l raketani yengilgina ko‘tarib, g‘ildirak ustiga qo‘ydi.
Kapitan bilan mexanik qo‘l silkib xayrlashib, katta raketaga chiqib ketishdi. Tyurin Sokolovskiy bilan meni avtomobilga o‘tirishga taklif qildi.
Uning ichi tor edi. Lekin kostyumlarimizni yechib qo‘yib, bemalol gaplashib o‘tirishimiz mumkin edi.
Kichik raketa tuzilishidan xabardor bo‘lgan Sokolovskiy upi boshqarishga o‘tdi. U chiroqni yoqdi, raketani kislorod bilan to‘ldirdi, elektr pechkani ishga tushirdi.
Raketaning ichi to‘rt o‘rinli usti yopiq avtomobilni eslatardi. u to‘rt o‘rindiq raketaning faqat old qismini egallagan edi. Kabinaning uchdan ikki qismi yonilg‘i, oziq-ovqat va mexanizmlar bilan band edi. Raketaning bu tomoniga odam zo‘rg‘a sig‘adigan torgina eshik orqali o‘tilardi.
Biz yechingach, garchi elektr pechka ishlab turgan bo‘lsa ham, yeovqota boshladik. Men junjikib ketdim. Tyurin yelkasiga mo‘ypadan tikilgan kamzulchasini tashlab oldi.
— Raketamiz juda sovub ketibdi. Bir oz sabr qilinglar, hozir qiziydi, — dedi Sokolovskiy.
— Tong yallig‘i, — dedi Tyurin ekipajimizning kichkina deramasidan tashqariga qarab.
— Tong yallig‘i? — so‘radim men ajablanib. — Oyda qanaqa illig‘ bo‘lishi mumkin: axir, bu yerda atmosfera yo‘q-ku?
— Bo‘lishi mumkin ekan, — javob berdi Tyurin. U hech qachon Oyda bo‘lgan emas, lekin astronom sifatida Oydagi sharoitni Krdagidan kam bilmasdi.
Men derazadan qarab, olisda qizigan metall parchalariday porlab turgan nuqtalarni ko‘rdim.
Bular ko‘tarilayotgan quyosh nuridan yorigan tog‘ cho‘qqilari edi. Ularning yorug‘ shu’lasi boshqa cho‘qqilarda mavj qilardi. Bu shu’la bir cho‘qqidan ikkinchisiga o‘tib, bora-bora kuchsizlanar va shu tariqa o‘ziga xos tong manzarasini kashf etardi. Shu’la yorug‘ida yarim qorong‘iliqda yotgan tog‘ tizmalari, dengiz cho‘kmamari, konussimon cho‘qqilarni ajrata boshladim. Yulduz bilan qoplangan osmon fonidagi ko‘rinmas tog‘larning kungurador hirrali jarliklari ko‘zga tashlanib turardi.
— Hademay quyosh chiqadi, — dedim men.
— Hali-veri chiqmaydi, — deb e’tiroz bildirdi Tyurin, — Yer ekvatorida u ikki minut orasida chiqadi, bu yerda esa quyosh gardishi ufqdan ko‘tarilguncha bir soat vaqt o‘tadi. Oydagi kecha-kunduz Yerdagidan o‘ttiz marta uzun-da.
Men derazadan ko‘z uzolmasdim. Manzara hayron qolarlik darajada ajoyib edi! Tog‘ cho‘qqilari, go‘yo birov mash’ala yoqqanday, birin-ketin yarqirab borardi. Oyda bunday cho‘qqilar ozmuncha deysizmi! Hali jamol ko‘rsatib ulgurmagan quyoshning nurlari barcha cho‘qqilarni yuqoridan bir xil masofada «kesib» o‘tgan edi. Binobarin «havoda» birdaniga jimjimador tog‘lar paydo bo‘lib qolganday tuyulardi kishiga. Bunday lovillab turgan tog‘lar tobora ko‘payib borardi, mana, nihoyat, ularning tekislikdagi aksi aniq ko‘zga tashlandi, endi ular havoda osilib turg‘anga o‘xshamasdi.
Tog‘larning quyi tomoni kulrang tusda, yuqori qismi oppoq. Aks nur asta-sekin tog‘ etaklarini ham yoritib borardi. «Oy tongi» borgan sari ravshanlashardi.
Bu manzaradan ko‘zim qamashib ketgan bo‘lsa ham derazadan yuz burolmasdim. Men oy tog‘larining o‘ziga xos tomonlarini yaxshiroq ilg‘ab qolishni istardim. Lekin ular Yerdagidan farq qilmasdi. Ba’zi joylarda ulkan qoyalar tubsiz jarliklar uzra bazo‘r ilinib turibdi, lekin ular qulab tushmasdi. Bu yerdaular ancha yengil, tortish kuchi esa bo‘sh.
Oy tekisliklarida, xuddi jang maydonlaridagiday, kattakichik chuqurliklar bor. Ba’zilari uch dyuymli to‘p o‘qlari hosil qilgan chuqurchalarday kichkina, ayrimlari esa vulqon og‘ziday katta. Nahotki bular Oyga tushgan meteorlarning izi bo‘lsa? Shunday bo‘lishi mumkin. Chunki Oyda atmosfera yo‘q, demak, Yerdagiday, Oyni osmon bombalaridan himoya qiluvchi to‘siq ham yo‘q. Shunday ekan, bu yerda yurish ancha xavfli. Bir necha yuz tonna keladigan ana shunday bombameteor boshingga kelib tushsa bormi!
Men o‘z hadigimni Tyuringa aytdim. U menga kulimsirab qaradi.
— Chuqurliklarning bir qismi vulqon natijasida paido bo‘lgan, bir qismi, albatta, meteorlarning zarbidan, — dedi u. — Ulardan birortasi boshingizga kelib tushishidan qo‘rqyapsizmi? Shunday bo‘lishi ham mumkin, lekin ehtimollik nazariyasining aytishicha, bunday xavf Yerdagidan unchalik ko‘p emas.
— Ko‘p emas! — xitob qildim men. — Yerga katta meteorlar ko‘p tushadimi? Ularni kamyob narsaday izlab yurishadi-ku. Bu yerda esa, qarang, hammayoqni o‘yib tashlagan.
— To‘g‘ri, — deb javob berdi Tyurin xotirjamlik bilan. — Lekin siz bir narsani esdan chiqaryapsiz: Oyda allaqachonlardan beri atmosfera yo‘q. Million yillardan beri bu yerda na shamol esadi, na yomg‘ir yog‘adi, binobarin, meteorlarning izlari shundayligicha o‘zgarmay qolavergan. Bu chuqurliklar — bir necha million yillik hayotning solnomasi. Oy sirtiga yuz yildabitta katta meteor tushgan bo‘lsa — shuning o‘zi ham juda ko‘p degan so‘z. Nahot uning tushishi bizga, xuddi shu paytga to‘g‘ri kelsa? Men meteorning, albatta, to‘ppa-to‘g‘ri boshimga emas, yaqin atrofimga tushishiga e’tiroz bildirmasdim.
— Kelinglar, endigi rejalarimiz haqida gaplashib olaylik, — dedi Sokolovskiy.
Tyurin ishni Oyning umumiy sathini ko‘zdan kechirib chiqishdan boshlashni taklif qildi.
— Klavius sirki, Kopernik kraterini necha martalab teleskopdan zavq bilan tomosha qilganman! — dedi u. — Bu yerlarga qadami yetgan birinchi astronom bo‘lishni istayman.
— Ishni tuproqni geologik tadqiq qilishdan boshlashni taklif etaman, — dedi Sokolovskiy. — Buning ustiga, Oyning Yerdan ko‘rinadigan qismiga hali oftob tushgani yo‘q, bu yerda esa «tong» otdi.
— Siz xato qilyapsiz, — e’tiroz bildirdi Tyurin. — Ya’ni, to‘g‘ri gapirmadingiz. Hozir Yerdan Oyning to‘rtdan bir bo‘lagi ko‘rinyapti. Biz bu «oy» ni — Oyning sharqiy qismini — raketamizni soatiga ikki yuz kilometr tezlikda haydagan taqdirimizda qirq besh soat ichida aylanib chiqishimiz mumkin. Faqat Klavius bilan Kopernik oldida to‘xtaymiz. Innaykeyin, ekspeditsiyaning boshlig‘i kim: menmi yo sizmi? — deb so‘zini tugatdi u qizishib.
Oy bo‘ylab sayr qilish meni ham qiziqtirib qoldi.
— Rostdan ham Oydagi ulkan sirk va kraterni nima uchun ko‘rmasligimiz kerak ekan? — dedim men. — Ularning geologik tuzilishi ham e’tiborga loyiq bo‘lishi kerak.
Geolog yelkasini qisib qo‘ydi. Oyning Yerdan ko‘rinadigan sirtida Sokolovskiy bir marta bo‘lgan. Lekin ko‘pchilik bir taklifni quvvatlab turgandan keyin…
— Kraterga chiqmadingizmi? — hadik bilan so‘radi Tyurin.
— Yo‘q, yo‘q, — dedi kulib Sokolovskiy. — U yerga hali inson oyog‘i yetmagan. Siz birinchi bo‘lasiz. Men Farog‘at dengizining «tubida» bo‘lganman. Agar geologik materiallarni nazarda tutadigan bo‘lsak, bu nom o‘zini to‘la oqlaydi. Men u yerdan ajoyib kolleksiya to‘pladim… Qani, vaqt ketmasin. Jo‘nasak jo‘naylik! Lekin juda tez haydashga to‘g‘ri keladi. Mashinamiz soatiga ming kilometr va undan ham ortiq yura oladi. Bo‘pti, sizlarni Klaviusga olib boraman.
— Kopernikka ham, — dedi Tyurin. — Io‘l-yo‘lakay Karpat tog‘larini ham ko‘rib o‘tamiz. Ular Kopernikdan shimolroqda.
— Xo‘p bo‘ladi! — dedi Sokolovskiy va richagni bosdi.
Raketamiz titradi, ma’lum yergacha g‘izillab borib, keyin havoga ko‘tarildi. Men pastda, vodiyda qolgan katta raketamizni ko‘rdim, so‘ng ko‘zim o‘tkir nurdan qamashib ketdi: Quyosh!
U ufqdan endigina ko‘tarilgan edi. Bu tong Quyoshi biz Yerdan ko‘radigan Quyoshga mutlaqo o‘xshamasdi. Atmosfera uni qizartirmagan. Har vaqtdagiday qop-qora osmonda ko‘kimtir tusda porlab turibdi. Nuri ko‘zni oladi. Deraza oynasidan o‘tgan haroratini shu zahotiyoq payqadim.
Raketa endi ancha balandga ko‘tarilgan va biz tog‘ cho‘qqilari ustida uchib borardik. Tyurin tog‘ tizmalarini diqqat bilan ko‘zdan kechirardi. U silkinishlarni ham, o‘z falsafasini ham allaqachon unutib yuborgan edi. Shu tobda u faqat astronom edi.
— Klavius! Bu o‘sha! Ichidagi uchta kichik qraterni ko‘rib turibman.
— To‘ppa-tug‘ri sirk ichiga tushaveramizmi? — suradi Sokolovskiy kulimsirab.
— Ha, tushaveramiz. Faqat kraterga yaqinroq qo‘ning! — xitob qildi Tyurin va birdan xirgoyi qila boshladi.
Bu men uchun shu qadar kutilmagan hol ediki, nazarimda o‘rgimchak ashula aytayotganday bo‘ldi. Men Tyurinning ovozi g‘oyat ingichkaligini aytgan edim, lekin, afsuski, kuylash qobiliyati mutlaqo yo‘q edi. Uning qo‘shig‘ida na vazn, na ohang bor edi. Sokolovskiy menga ayyorona qarab, jilmayib qo‘ydi.
— Ha? Nima gap? — deb so‘radi birdan Tyurin.
— Qo‘nishga joy izlayapman, — javob berdi geolog.
— Qo‘nishga joy! — deb xitob qildi Tyurin. — Menimcha, bu yerda joy yetarli. Klaviusning diametri ikki yuz kilometr keladi. Moskva bilan Leningrad orasidagi masofaning uchdan bir qismi.
Klavius sirki baland ko‘tarma bilan qurshalgan vodiini eslatardi. Tyurinning aytishicha, ko‘tarmaning bo‘yi yetti kilometr. Bu Alp va Kordelyer tog‘laridan ham baland. Soyaning notekisligiga qaraganda, ko‘tarmaning chetlari qing‘ir-qiyshiqqa o‘xshaydi. Uch kraterning ko‘lankasi butun sirk ichini qoplab olgandi.
— Sirkni sayohat qilish uchun hozir eng qulai pait, — dedi Gyurin. — Quyosh tikkaga kelganda Oydagi issiqqa chidash qiyin. Tuproq qizib ketadi. Hozir esa u endigina qiziy boshlayapti.
— Hechqisi yo‘q. Oy kuniga ham chidaymiz. Kostyumlarimiz bizni issiqdan ham, sovuqdan ham yaxshi asraydi, — javob berdi Sokolovskiy. — Tushyapmiz. Mahkamroq ushlang, professor!
Men ham kresloga yopishdim. Ammo raketa g‘ildiraklari deyarli turtkisiz «yer» ga tegdi, bir sakrab, yiirma metrlar chamasi uchib bordi, yana pastga tegib, yana sakradi va, nihoyat, tekis joyga chiqib g‘izillab ketdi.
Tyurin uch krater hosil qilgan uchburchakning markaziga tomon haydashni so‘radi.
Biz darhol kraterlar tomon jo‘nadik. Tuproq borgan sari o‘ydim-chuqur bo‘la borar, biz raketa ichida u yoqdan-bu yoqqa otilib, o‘tirgan joyimizdan qalqib ketib ilgarilab borardik.
— Yaxshisi, bir sakrab kerakli joyga yetib olganimiz ma’dedi geolog. — Bunaqada g‘ildiraklarni ishdan chiqazamiz.
Shu daqiqada qattiq turtki sezildi. Ostimizda bir nima taqirladi-yu, mashina asta yonboshlab qoldi.
— Aytmadimmi! — deb xitob qildi Sokolovskiy kuyinib. — Avariya! Tashqariga chiqib, tuzatish kerak endi.
— Ehtiyot g‘ildiraklarimiz bor. Tuzatamiz, — dedi Tyurin. — Juda bo‘lmasa, piyoda ham ketaveramiz. Kraterlargacha o‘n kilomertcha masofa qoldi, xolos. Kiyinish kerak!
U shoshib trubkasini olib tutatdi.
— Bir oz ovqatlanib olaylik, — dedi Sokolovskiy. — Nonushta vaqti bo‘ldi.
Tyurin behad oshiqayotgan bo‘lishiga qaramay, rozi bo‘ldi. Biz shosha-pisha ovqatlanib, tashqariga chiqdik. Sokolovskiy bosh chayqab qoldi: g‘ildirak tamom ishdan chiqqan edi. Yangisini qo‘yishga to‘g‘ri keldi.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Kets Yulduzi - 07
  • Parts
  • Kets Yulduzi - 01
    Total number of words is 4025
    Total number of unique words is 2043
    36.2 of words are in the 2000 most common words
    53.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 02
    Total number of words is 4120
    Total number of unique words is 2033
    36.3 of words are in the 2000 most common words
    53.6 of words are in the 5000 most common words
    63.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 03
    Total number of words is 4194
    Total number of unique words is 2092
    35.1 of words are in the 2000 most common words
    51.5 of words are in the 5000 most common words
    60.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 04
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 2152
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    50.7 of words are in the 5000 most common words
    57.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 05
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 1954
    34.9 of words are in the 2000 most common words
    50.6 of words are in the 5000 most common words
    59.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 06
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1938
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    51.8 of words are in the 5000 most common words
    61.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 07
    Total number of words is 4262
    Total number of unique words is 1964
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    60.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 08
    Total number of words is 4242
    Total number of unique words is 2020
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    52.0 of words are in the 5000 most common words
    61.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 09
    Total number of words is 4215
    Total number of unique words is 2098
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    49.5 of words are in the 5000 most common words
    57.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 10
    Total number of words is 4187
    Total number of unique words is 2024
    34.6 of words are in the 2000 most common words
    50.1 of words are in the 5000 most common words
    59.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 11
    Total number of words is 3764
    Total number of unique words is 1921
    35.9 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    60.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.