Kets Yulduzi - 05

Total number of words is 4101
Total number of unique words is 1954
34.9 of words are in the 2000 most common words
50.6 of words are in the 5000 most common words
59.0 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Tyurin boshini asta burib, menga sinovchan va ishonchsiz nazar tashladi. — Nima, falsafani eshitishni ham xohlamaysizmi?
Kramerning nasihatini eslab, darrov javob berdim:
— Aksincha, falsafani yaxshi ko‘raman, lekin hozir… vaqt juda oz qoldi, yo‘lga tayyorlanishim kerak. Men bilmoqchi edim.
Tyurin teleskop ob’yektiviga tikilgancha jim qoldi. Nahotki, jahli chiqqan bo‘lsa? Men bu noqulay vaziyatdan qanday qilib qutulishni bilmasdim. Ammo kutilmaganda Tyurinning o‘zi gap boshladi:
— Yerda mening hech kimim yo‘q. Na xotin, na bola-chaqam. Qisqasi, so‘qqaboshman. Lekin mening uyim, mening vatanim — butun Yer yuzi va butun koinot. Mening oilam — dunyodagi barcha mehnatkashlar, sizga o‘xshagan ajoyib yigitlar.
Bu nogahoniy takallufdan ancha yengil tortdim.
— Siz meni bu yerda, o‘rgimchak uyasida Yerdan, uning manfaatlaridan ajralib qolgan deb o‘ylaysizmi? Yo‘q. Biz bu yerda katta ish qilyapmiz. Siz hali Kets Yulduzidagi hamma ilmiy tarmoqlar bilan tanishishingiz kerak bo‘ladi.
— Ba’zilari bilan kutubxonada tanishdim. «Quyosh ustunlari»…
Tyurin birdan qo‘lini ravon ko‘tarib, «avtomatik sekretar» apparatini buradi-da, bir narsalarni gapira ketdi, aftidan, o‘zining so‘nggi kuzatish yoki fikrlarini yozdirdi. Keyin davom etdi:
— Men osmonga tikilaman. Xo‘sh, hammadan ko‘proq meni nima hayratga soladi? Uzluksiz harakat. Harakat — bu hayot. Harakatning to‘xtashi — o‘lim. Harakat — bu baxt. Bir yerda depsinish, to‘xtash — kulfat, baxtsizlik. Harakatdagi baxt — bu tananing, fikrning harakat qilishi. Shu asosda hatto axloq vujudga kelishi mumkin. Siz nima deysiz?
Og‘ir ahvolda qoldim. Men nima deyishni bilmasdim.
— Mening fikrimcha, siz haqsiz, — dedim nihoyat. — Faqat bu chuqur g‘oyani yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak.
— Ha-ha! Harholda siz buni chuqur g‘oya deb hisoblaysizmi? — dedi professor quvnab va birinchi marta men tomonga keskin burildi. O‘rgimchak uyasi chayqalib ketdi. Xayriyatki, bu yerda odam yiqilmaydi.
— Men bu g‘oyani albatta o‘ylab ko‘raman, — dedim bo‘lajak hamrohimning muhabbatini tamomila qozonib olish maqsadida. — Hozir esa meni olib ketish uchun o‘rtoq Kramer keladi, men bir narsani…
— Xo‘sh, nimani bilmoqchi edingiz? Oyda biolognyng nima keragi bor, demoqchimisiz? Oy butunlay o‘lik planeta-ku. Oyda mutlaqo atmosfera yo‘q, binobarin, u yerda organik hayot bo‘lishi mumkin emas. Xuddi shunday deb o‘ylashadi. Lekin mening fikrim boshqacharoq. Teleskopim… Ha, mana, Oyga bir qarang. Chilvirlarni ushlang, faqat ehtiyot bo‘ling. Kitoblarga tegib ketmang. Mana shunday. Bir ko‘z bilan…
Men ob’yektivga qarab, hangu mang bo‘lib qoldim. Oy sathi juda yaqin edi, undagi har bir yoriq va bo‘laklar aniq ko‘rinib turardi. Ana shunday bo‘laklardan birining cheti har xil tusda yal-yal yonardi. Aftidan, bu kristall shaklidagi tog‘ jinslari to‘plangan joy bo‘lsa kerak.
— Xo‘sh, qalay? — dedi professor mamnuniyat bilan.
— Nazarimda, Kets Yulduzidan turib qaraganda Oy Yerga nisbatan yaqinroq ko‘rinadi.
— Ha, agar teleskopimdan Yerga qarasangiz, Leningradingizni ham bemalol ko‘raverasiz… Kuzatishlarimga asoslanib, Oyda oz miqdorda bo‘lsa ham gaz bor, degan xulosaga keldim. Demak, ba’zi bir o‘simliklar ham bo‘lishi mumkin… Ertaga siz bilan shularni aniqlash uchun uchamiz. Men, rostini aytsam, sayohatga ko‘pam qiziqmayman. Menga shu yerdan ham ko‘rinaveradi. Lekin bu ekspeditsiyaga direktorimiz majbur qilyapti. Tartibga bo‘ysunishimiz kerak… Xo‘sh… Endi harakat falsafasi haqidagi gapimizga qaytamiz…
Nuqtaning bo‘shliqda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab cheksiz harakati — behuda gap. Bunday harakat bir yerda qo‘zg‘almasdan turish bilan barobar. Chunki oldinda ham, orqada ham cheksizlik — buning chegarasi yo‘q. Bosib o‘tilgan har qancha yo‘l cheksizlikka nisbatan nulga teng.
Xo‘sh, butun fazodagi harakat-chi? Fazo abadiy. Undagi harakat to‘xtamaydi. Nahot fazo harakati ham behuda gap bo‘lsa?
To kalavaning uchini topguncha harakatning tabiati haqida bir necha yil bosh qotirdim.
Bu oddiy narsa ekan. Gap shundaki, xoh to‘g‘ri chiziq bo‘ylab bo‘lsin, xoh egri chiziq bo‘ylab bo‘lsin beto‘xtov cheksiz harakat tabiatda umuman yo‘q. Har qanday harakatda ham uzilish bor, hamma sir ana shunda. Mendeleyev miqdorning (hatto miqdorning!) cheksiz emasligini o‘z vaqtida isbotlagan edi, bu o‘rinda atomni ko‘zda tutamiz. Evolyutsion ta’limot genetik ta’limot bilan o‘zgaradi, to‘g‘rirog‘i, chuqurlashadi, organizmning rivojida sakrashlar, mutatsiyalar tobora ko‘proq rol o‘ynaydi. Magnit miqdorining uzluksiz emasligi Veys tomonidan, nur sochishning o‘qtinligi Blank tomonidan, termik xususiyatlarning cheksiz emasligi Konovalov tomonidan isbotlangan. Fazo abadiy, lekin fazodagi hamma harakat — uzluksiz emas. Quyosh sistemalari paydo bo‘ladi, rivojlanadi, eskiradi va o‘ladi. Yangi rang-barang sistemalar vujudga keladi. Hammasining ibtidosi va intihosi bor, demak, o‘lchov miqyosi ham bor. Organik dunyoda ham xuddi shu hol yuz beradi. Tushunyapsizmi? Mening fikrlarimga diqqat qilyapsizmi?..
Baxtimga shu payt yoriqda yana maymun bilan negrning boshi ko‘rindi.
— Urtoq Artemyev, sizni Kramer atmosfera kamerasida kutyapti, — dedi u.
Men shosha-pisha professor bilan xayrlashib, bu«o‘rgimchak uyasi» dan chiqib ketdim.
Ochig‘ini aytganda, Tyurin meni o‘z falsafasi haqida o‘ylashga majbur qildi. «Harakat — bu baxt». Lekin harakat falsafasining ijodkoriga chetdan qaragan odam qanday ayanchli manzarani ko‘radi! Zim-ziyo osmon bo‘shlig‘ida u yolg‘iz, o‘rgimchakday to‘rga o‘ralib, kunlab, oylab, yillab qimir etmay osilib turadi… Lekin u baxtiyor, bunga shubha yo‘q. Tana harakatidagi kamchilikni fikr, miya hujayralarining harakati to‘ldiradi.
XII. TYURIN MASHQ QILADI
Kramer meni skafandrini yechmasdan kutib turgan ekan, aftidan, u shoshayotgan bo‘lsa kerak. Men tez kiyindim. Hamrohim atmosfera bosimini oxirigacha pasaytirib, tashqi eshikni ochdi. u meni o‘z oldida mahkam ushlagancha observatoriya devoridan yoni bilan sirg‘alib asta ajraldi-da, Kets Yulduziga qarab yo‘l oldi. Bir necha marta «o‘q uzgan» edi, biz juda tez uchib ketdik. U meni endi qo‘yib yuborishi ham mumkin edi, lekin, aftidan, mening «uchuvchilik san’atim» ga ishonmadi shekilli, mahkam tirsagimdan ushlab olgancha orqamda borardi.
Yaqinlashib kelayotgan Kets Yulduziga qarab, uning o‘z o‘qi atrofida juda tez aylanayotganini payqadim. Nazarimda, oranjereya tuzatib bo‘lingan va ilgarigidan ko‘proq sun’iy og‘irlik kuchi hosil bo‘lgan ko‘rinardi.
Aylanib turgan parrakka qo‘nish oson ish emas. Lekin Kramer buning ham yo‘lini topdi. U Yulduz silindrining ustida uning aylanishi bo‘ylab ucha boshladi. Shunday qilib, bizning tezligimiz silindr tezligi bilan baravarlashgach, u halqadan mahqam ushlab oldi.
Yechinishga ulgurmasimdan Meller chaqirtirib qoldi.
Raketada og‘irlik qanchalik ortganini aniq bilmayman. Harholda Yerdagi og‘irlikning o‘ndan bir qismidan ko‘p emas. Lekin badanning menga tanish, yoqimli tarangligini his qildim. Uz oyog‘ing bilan «pol» da «yurish», yana o‘zingni odatdagi qiyofada tasavvur etish juda ko‘ngilli bo‘larkan.
Men Meller huzuriga dadil kirib bordim.
— Salom, — dedi u. — Tyuringa odam yubordim. U hozir keladi. Xo‘sh, qalay?
— Ajoyib odam, — javob berdim men. — Lekin men boshqacharoq…
— Yo‘q, — deb gapimni bo‘ldi Melder. — Ahvoli qalay? Men vrach sifatida so‘rayapman.
— Juda rangpar. Yuzi bir oz shishinqirgan…
— Albatta-da. U toqat qilib bo‘lmaydigan darajada turmush kechiryapti. Axir, observatoriyada kichkina bog‘, gimnastika zali, muskullarni mashq qildirish uchun maxsus apparatlar bor, lekin u sog‘lig‘i haqida mutlaqo o‘ylamaydi. Rostini aytsam, Tyurinni Oyga jo‘natishga direktorni o‘zim ko‘ndirganman, uning hayot tarzini tubdan o‘zgartirish uchun bundan keyin ham qattiq turaman, aks holda biz bu ajoyib insondan ayrilib qolamiz.
Tyurin kirib keldi. Yaxshi yoritilgan ambulatoriyada uning chehrasi yana ham so‘nik ko‘rindi. Buning ustiga, oyoq paylari harakatdan to‘xtagan, balki, qisman ishdan chiqqanga ham o‘xshardi. U oyoqda zo‘rg‘a turardi.
Tizzalari bukilib ketar, oyoqlari qaltirar, u esa noiloj qo‘llarini silkirdi. Agar uni hozir Yerga tushirishsa, o‘zini xuddi to‘lqin sohilga chiqarib tashlagan kitday his qilsa ajab emas.
— Uzingizni qanday ahvolga solib qo‘yibsiz! — dedi Meller ta’na bilan. — Odam ham shunaqa bo‘ladimi!
Harakatchan, jikkak bu ayol keksa olimni xuddi yosh boladay koyib ketdi. Keyin uni massajga jo‘natib, massajdan chiqqach, meditsina ko‘rigiga kelishni buyurdi.
Tyurin ketgach, Meller menga murojaat qildi:
— Siz biologsiz, binobarin, meni yaxshi tushunasiz. Tyurin — istisno. Biz hammamiz o‘zimizni yaxshi his qiyapmiz. Lekin «osmon hayoti» dagi bu yengillik meni tashvishga solyapti. Siz o‘z tanangizni butunlay yoki qisman sezmaysiz. Lekin buning oqibati qanday bo‘ladi? Kets — yosh yulduz. Hatto bu yerda eskitdan yashayotgan kishilarimizning ham vaznsizlik holatiga tushganiga uch yildan ortiq bo‘lgani yo‘q hali. Xo‘sh, o‘n yildan keyin nima bo‘ladi? Bunday moslashuv organizmning umumiy holatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Nihoyat, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar qanday o‘sadi? Bolalarimizning bolalari-chi? Avlodlarimizning suyagi tobora ilviragan, kemirchakdor bo‘la borish ehtimoli yo‘q emas. Pay va mushaklarimiz butunlay ishdan chiqadi. Bizning osmondagi mustamlakamiz kishilarining salomatlngi uchun javobgar shaxs sifatida meni avvalo mana shu narsa tashvishlantiradi. Ikkinchidan — kosmik nurlar. Garchi maskanimizni o‘rab turgan qobiq bunday nurlarni qisman o‘tkazmasa ham, biz bu yerda Yerdagidan ko‘proq kosmik nurlarni qabul qilamiz. Hozircha buning zararli oqibatlari sezilmayapti. Lekin shunga qaramay, kuzatish uchun qo‘limizda material juda ham oz. Masalan, bu yerda mutatsiya hodisasi pashshalarda kuchli sezilyapti, bu degan so‘z, ularning urug‘i ko‘paymaydi. Nurlar Kets Yulduzidagi odamlarga ham shunday ta’sir ko‘rsatsa-chi? Bolalar mayib yoki o‘lik holda tug‘ila boshlasa-chi?.. Lekin hammasi o‘zimizning qo‘limizda. Barcha zararli oqibatlarning oldini olishimiz mumkin. Sun’iy ravishda istagancha og‘irlik kuchini yarata olamiz, agar zarur bo‘lsa, Yerdagidan ham ko‘proq yarata olamiz. Kosmik nurlardan Mutatsiya — hayot sharoitining o‘zgarishi ta’siri ostida organizmda yangi biologik belgi yoki xusuyeiyat paydo bo‘lishi.
Saqlanishga ham qurbimiz yetadi. Lekin buning uchun juda ko‘p tajriba o‘tkazishimiz kerak. Biologlarni qanday ishlar kutayotganini tasavvur qilyapsizmi?
— Ha, ish yetib ortadi, — dedim men Mellerning gaplariga mahliyo bo‘lib. — Bu ish faqat osmon mustamlakasi uchungina emas, balki Yer uchun ham zurur. Jonli va jonsiz tabiat haqidagi bilimimiz qanchalar kengayadi! Men bu yoqqa kelib qolganimdan juda xursandman.
— Juda soz. Bizga shunday g‘ayratli, tashabbuskor xodimlar kerak, — dedi Meller.
«Bu yoqqa kelib qolganimdan xursandman», degan gap menga Tonyani eslatdi. Yangi taassurotlar qurshovida qolib, uni tamom unuta yozibman. Uning ahvoli nima kechdiykin, qidirishlari qanday natija berdiykin?
Meller bilan xayrlashib, yo‘lakka uchib chiqdim. Io‘lakda sho‘x kulgi, qo‘shiq, gap-so‘zlar va qanotlarning guvillashi eshitilardi, garchi bir oz og‘irlik hosil bo‘lgan esa-da, yoshlar odat bo‘yicha qanot qoqib uchishardi. Ular xuddi uchar baliqlarday bir necha metrga sakrashardi. Ba’zilari «pol» da yurishni mashq qilishyapti. Qanchalab yosh, quvnoq, oftobda qoraygan chehralar! Qancha to‘polonu qancha tomosha: mana bir to‘da qizlar «ko‘cha» qoidasini bo‘zib, «koptok» o‘ynashyapti, to‘p vazifasini ulardan biri — past bo‘yli, tiqmachoqday bir qiz bajaryapti. U vizillab qo‘ldan-qo‘lga o‘tardi.
Sayr qilib yurganlarning hammasi xushnud va bardam edi. Go‘yo ularga bu «toshi yengil» dunyodagi mehnat mutlaqo ta’sir qilmagandi. Devorni ushlagancha yonlab Tonya yashaydigan xona eshigiga yetib bordim. Tonya deraza oldida yengil alyumin kresloda o‘tirardi. Aftidan, o‘tgan vaqt orasida ombordan yangi jihozlar olib kelishganga o‘xshaydi.
Derzadan qop-qora osmonda ulkan shu’la — «tungi» Yer gardishi ko‘rinib turardi. Shu’la nuridan Tonyaning yuzi va qo‘llari yal-yal yonardi. U o‘ychan bir qiyofada o‘tirardi.
Uni o‘ziga keltirmoqchi bo‘ldim. Yaqinlashib, kulib turib so‘radim:
— Xo‘sh, endi necha kilo kelasiz?
Shunday deb, uning yelkasidan ushlab xuddi uch yashar qizchaday yuqoriga ko‘tardim. Nazarimda, yo‘lakdagi quvnoq kayfiyat menga ham o‘tgan edi.
U indamay o‘zini chetga oldi.
— Nega xafa ko‘rinasiz? — dedim andak o‘ng‘aysizlanib.
— Shunday, o‘zim… onamni sog‘indim.
— «Yerning tortish kuchi» ta’sir qipti-da?
— Ehtimol, — dedi u.
— Yevgenyev nima bo‘ldi?
— Telefon qilolganim yo‘q. Apparat doim band. Direktor bilan suhbatlaringiz qanday bo‘ldi?
— Ertaga Oyga uchaman.
Tonya menga yalt etib qaradi.
— Ko‘pgami?
— Bilmayman. Uchishiing o‘ziga besh-olti kun ketadi, deyishadi. Oyda qancha bo‘lishimiz noma’lum.
— Bu juda qiziq, — dedi Tonya menga tikilgancha. — Jon deb sizlar bilan uchgan bo‘lardim, lekin meni vaqtincha Yerdan nur yetmaydigan masofada joylashgan laboratoriyaga jo‘natishyapti. U bo‘shliqda abadiy koinot sovuqligi hukm suradi. Past haroratda metallarning elektr o‘tkazuvchanligini o‘rganadigan yangi laboratoriyani jihozlash uchun boraman…
Uning ko‘zlari chaqnab ketdi.
— Juda ajoyib problema! Harorat pasayishi bilan metallarda elektr tokiga qarshilik ko‘rsatish kuchi ham pasayishini siz bilasiz. Absolyut nolga yaqin haroratda qarshilik ham deyarli nolga baravar… Bu masala ustida Kapitsa ish olib borgan edi. Ammo Yerda past harorat hosil qilish uchun juda katta kuch-g‘ayrat talab etilardi. Sayyoralararo bo‘shliqla esa… bu oson gap. Absolyut sovuq haroratli vakuumga joylashtirilgan metall halqani ko‘z oldingizga keltiring. Halqaga induktiv tok yuboriladi. Tokni nihoyasiz darajada kuchaytirish mumkin. Agar harorat ko‘tarilmasa bu tok halqada abadiy harakat qilaveradi. Harorat ko‘tarilishi bilan halqa elektrsizlanadi. Agar halqaga yetarli darajada yuqori kuchlanishli tok bersak, u holda bu biz o‘ziga xos «tuzlab qo‘yilgan» chaqmoqqa ega bo‘lamiz, bu chaqmoq harorat ko‘tarilishi bilan o‘z aktivligini namoyish qiladi.
— Portlatgich bilan ta’minlangan Dyuar idishidagi «tuzlangan» chaqmoq, — deya uning gapini ilib ketdim men, — yerga tashlanadi. Yerga urilishi natijasida piston portlaydi, idishdagi harorat ko‘tariladi va chaqmoq o‘zining yemiruvchi kuchini ko‘rsatadi.
Tonya jilmaydi.
— Fikrlaringiz qonxo‘r odamnikiga o‘xshaydi! Men bunday maqsadda qo‘llashni xayolimga keltirganim ham yo‘q.
— Nega qonxo‘r odamniki bo‘larkan, — e’tiroz bildirdim men. — Urushlar tugagan. Lekin qoyalar dengizlardagi ko‘chma muz tog‘larini portlatish mumkin-ku…
— Ha-a, shunday deng… To‘g‘ri. Lekin gap shundaki, qarshilik kuchi bo‘lmagandan keyin kuchlanish ham yo‘qoladi — demak, quvvat ham bo‘lmaydi… Yaxshi hisoblab chiqish kerak. Esiz, Paleyning o‘rni bilinyapti-da! — deb xitob qildi u ehtiros bilan.
Albatta, bu olimning ehtirosi edi, lekin keyingi gapdan ranjiganimni yashirolmadim.
Ertasiga ucha olmadik: Tyurinning tobi qochib qoldi.
— Nima bo‘ldi? — deb so‘radim Mellerdan.
— Faylasufimiz lohas, — javob berdi u, — «baxt» dan, harakatdan kasal bo‘lib qoldi. Ochig‘ini aytgandi, vahima qiladigan hech gap yo‘q. Oyog‘i, boldirlari og‘riyapti. Bu hech narsa emas, lekin uni qanday qilib Oyga jo‘natib bo‘ladi? O‘zini ham, sizlarni qiynab qo‘yadi. Yerdagi og‘irlikning o‘ndan biri bo‘lgan sharoitda shu ahvolga tushdi. Oyda esa — oltidan bir qism og‘irlik bor. U yoqda oyog‘ini ham ko‘tarolmaydi. Men unga bir necha kun mashq qilishni tayinladim. Osmonda bizning tutilgan asteroidlardan tashkil topgan omborlarimiz bor. Osmon jismlari, ayyoralarning parchalari shar shaklida to‘plangan. Bu parchalar nogahoniy turtkidan sochilib ketmasligi uchun geliopayvandchilarimiz ularni o‘zaro biriktirib qo‘yishgan. Ana shunday bomba» lardan biriga po‘lat sim bilan ichi bo‘sh sharni ulab, ar ikkovini bir-birining atrofida aylantirib qo‘ydik. Markazdan qochirma kuch hosil bo‘ldi, g‘ovak shar ichidagi og‘irlik Oydagi og‘irlik bilan baravar. Tyurin ana shu shar ichida mashq qilyapti. Shardagi bosim va kislorod miqdori fazoviy kostyum skafandridagiday. Boring, azizim, Tyurindan xabar oling. Faqat yolg‘iz uchmang. Enagangiz Kramerni hamroh qilib oling.
Kramerni gimnastika zalidan topdim. U shunday aqlga sigmaydigan harakatlar qilardiki, Yerdagi sirk gimnastikachilari buni xayollariga ham keltirisholmasdi.
— Mayli, birga uchaman, — dedi u, — lekin mustaqil uchishni ham o‘rganish kerak. Axir siz Oyga uchasiz, sayohat vaqtida qanday hodisalar bo‘lishini kim biladi deysiz!
Kramer meni o‘ziga uzun sim bilan bog‘lab oldi, biz Tyurin qarorgohiga qarab uchib ketdik. Men endi o‘mbaloq oshmas, ancha durust «o‘q uzar» edim, lekin aylanib turgan sharga qo‘nishga hali uquvim yetmasdi, binobarin, Kramer darrov yordamga keldi. To‘rt minutlardan so‘ng biz metall shar ichida yurardik.
Sharga kirishimiz bilan qattiq qichqiriq va chiyillagan tovushni eshitdik. Men katta elektr lampochkasi porlab turgan shar ichini qiziqib ko‘zdan kechirdim. Tyurin «pol» ga o‘tirvolib, hadeb rezina gilamni mushtlar, negr Jon esa uning yonida kattakatta qadam tashlab sakrab yurardi. Mikki shodon chiyillab, Jonning yelkasidan «shift» ga sakrab, qayish halqada bir zum osilib turgach, yana Jonning yelkasi yoki boshiga o‘zini otardi. «Oy og‘irligi», aftidan, Jon bilan maymunga juda ma’qul tushgan ko‘rinadi, lekin Tyuringa nisbatan bunday deb bo‘lmasdi.
— Turing, professor! — deb qichqirardi Jon. — Doktor Meller sizga o‘n besh minutdan yurishni buyurgan, hali besh minut ham o‘tgani yo‘q.
— Turmayman! — chinqirardi jahl bilan Tyurin. — Nima, men senlarga tizgindagi otmanmi! Zolimlar! Busiz ham oyog‘im uzilib tushay deyapti!
Shu payt Kramer ikkovimiz xuddi«osmondan tushgandai» uning oldida paydo bo‘ldik. Jon bizni ko‘rib, suyunib ketdi.
— Qarang, o‘rtoq Artemyev, — deya bidirlay ketdi u, — professor menga quloq solmayapti, yana o‘zining o‘rgimchak uyasiga kirib olmoqchi…
Birdan maymun chiyillab yubordi.
— Anavi patefoningning unini o‘chirsang-chi! — ingichka ovoz bilan haligidan ham qattiqroq chinqirdi Tyurin. — Salom, o‘rtoqlar! — dedi u bizga murojaat qilib va emaklab o‘rnidan bazo‘r turdi.
«Bu bilan qanday qilib Oyga uchib bo‘ladi?» — deb o‘yladim men va Kramer bilan ko‘z urishtirib oldim. U indamai bosh chayqadi.
— Axir, professor, o‘zingiz menga necha marta aytgansiz: harakat qancha ko‘p bo‘lsa, odam shuncha baxtli bo‘ladi… — bo‘sh kelmasdi Jon.
Jonning bunday«falsafiy asosi» sira kutilmagan edi. Biz Kramer bilan beixtiyor jilmaydik, Tyurin esa g‘azabdan qipqizarib ketdi.
— Tushunish kerak! Tushunish kerak! — deb qichqirdi u ovozining boricha. — Harakatning turi ko‘p. Bu qo‘pol jismoniy harakat bosh miyam hujayralarining oliy harakatiga, fikrlarim harakatiga xalaqit beryapti. Bundan tashqari, har qanday harakat uzluksiz emas, sen bo‘lsang to‘xtovsizyurib turishimni istaysan… Mana, go‘shtimni qiyma qilib yenglar, qonimni so‘ringlar!
Shunday deb, jabrdiyda qiyofada inqillab, oh-voh qilib nari-beri yura boshladi.
Jon meni bir chetga tortib, qulog‘imga shivirladi:
— O‘rtoq Artemyev! Professordan juda tashvishdaman. U juda nimjon. Uning Oyga mensiz uchishi xatarli. Axir u yeyishni ham, ichishni ham unutadi. Oyda unga kim g‘amxo‘rlik qiladi?
Jonning ko‘zlariga yosh keldi. U o‘z professorini juda sevardi. Men qo‘limdan kelgancha Jonni Yupatdim. Sayohat vaqtida professorga ko‘z-quloq bo‘lib turishga va’da berdim.
— Siz uning uchun javob berasiz! — dedi negr tantanali bir tarzda.
— Albatta, albatta! — dedim men.
Yulduzga qaytganimizdan so‘ng hamma gapni Mellerga gapirib berdim. U norozi qiyofada bosh chayqadi.
— Tyurin bilan o‘zim shug‘ullanmasam bo‘lmaydi.
Rostdan ham bu kichkina serg‘ayrat ayol darhol sharga uchib ketdi.
Men ham vaqtni bekor o‘tkazmadim: sayyoralararo bo‘shliqda uchishni o‘rgandim, ustozim Kramerning aytishicha, bu ishda katta yutuqlarga erishdim.
— Oyga sayohat vaqtida osmon qa’rida yo‘qolib ketmasligingizga endi ishonaman, — dedi u.
Bir necha kundan keyin Meller shardan qaytib kelgach, dedi:
— Professorni Yerga tushirishga hali jur’at etmasdim, lekin Oyga u to‘la «yaroqli».
XIII. OY ORBITASI SARI
Oyga sayohatimiz arafasida Tonyani samoviy sovuqlik laboratoriyasiga kuzatib qo‘ydim. Xayrlashuv qisqa, lekin iliq bo‘ldi. U qo‘limni qattiq qisib:
— O‘zingizni ehtiyot qiling… — dedi.
Bu oddiy so‘zlar menga baxt nash’asini berdi.
Ertasi tongda Tyurin raketaga dadil kirib bordi. G‘am-qayg‘udan tamom ezilgan Jon uni kuzatib qo‘ydi. U yig‘laguday ahvolda edi.
— Professor uchun javob berasiz! — deb qichqirdi u menga raketa eshigi yopilishidan oldin.
Oyga tikkasiga emas, balki Yer atrofida aylanib, burama tarzda ucharkanmiz. Sayohatimiz qanchaga cho‘zilishi ham noma’lum. Raketamizga yigirma kishi sig‘ishi mumkin. Biz esa atigI olti kishimiz: ilmiy ekspeditsiyaning uch a’zosi kapitan, shturman va mexanik. Raketadagi qolgan bo‘sh joylar oziq-ovqat, portlovchi modda va suyuq kislorod bilan band. Raketaning sirtiga Oy ustida sayohat qilish uchun mo‘ljallangan g‘ildirakli vagon biriktirilgan. Havo qarshiligi bo‘lmaganidan «Oy avtomobili» raketaning tezligini pasaytirmaydi.
Ko‘p o‘tmay raketamiz Kets Yulduzining mehmondo‘st raketodromini tark etdi. Shu zahotiyoq Tyurinning ahvoli og‘irlashdi. Gap shundaki, portlash kuchayib, tezlik oshishi bilan tananing vazni o‘zgara boshladi. Tyurinning ahvoli tushunarli: og‘irlikka o‘rganish mumkin, vaznsizlikka o‘rganish mumkin, lekin tanang goh parday yengillashib, goh qo‘rg‘oshinday zil-zambil bo‘lib qolishiga ko‘nikish juda og‘ir.
Yaxshiyam, oziq-ovqat va yonilg‘ini yetarlicha olivolganimiz, shoshmasligimiz mumkin, binobarin, portlashlar ham bir me’yorda. Ularning tovushi faqat raketa devorlariga uriladi. Bu tovushga ham xuddi motor shovqini yoki soatning chiqillashiga ko‘nikkanday ko‘nikish mumkin, ammo og‘irlikning kuchayishiga… aslo so‘ramang!
Tyurin hansirar, oh tortardi. Goh yuziga qon quyilib, chehrasi alvon tusga kirar, goh yuzidan qon qochib, rangi dokadek oqarib ketardi.
Faqat geologimiz— xushchaqchaq, paxmoq mo‘ylovli barvasta Sokolovskiygina hamon quvnoq edi.
Tana vaznsizligi qaytgan paytlarda astronom yolg‘izlikda orttirgan odati bo‘yicha ovoz chiqarib gapira boshlardi. Lekin so‘zlari poyma-poy bo‘lardi: goh Yerdagi astronomlarga noma’lum bo‘lgan ajoyib ma’lumotlarni aytar, goh «falsafa» ga tushib ketardi.
— Kino nima uchun qiziqarli? Chunki unda biz harakatni ko‘ramiz…
Keyin u ingrar, g‘ujanak bo‘lar, so‘ngra yana tilga kirardi.
Men tashqariga qarab borardim. Yerdan uzoqlashganimiz sari u tobora kichrayardi.«Kun» tobora uzayib, tun qisqara boshladi.
Aslini olganda, bu tun emas, balki kun tutilishiday gap edi.
Oy esa qiziq manzara kashf etib borardi.
Raketamiz orbitaning Oyga qarama-qarshi nuqtasiga yetgan paytda Oy kichkina, Yerdan ko‘ringaniga nisbatan ancha kichkina tuyulardi, biz orbita bo‘ylab Oyga yaqinlashsak u g‘oyat ulkan shakl kasb etar edi.
Nihoyat, Oyning eng katta me’yori Yerniki bilan baravarlashgan daqiqa yetib keldi. Oy orbitasiga bir nyocha marta sayohat qilgan kapitanimiz so‘z qotdi:
— Tabriklayman. Oygacha bo‘lgan masofaning beshdan to‘rt qismini bosib o‘tdik. Qirq sakkiz yer radiusi orqada qoldi. Quyosh sistemasi doirasidagi sayyoralararo sayohat vaqtida yer radioi — 6378,4 kilometr o‘lchov birligi bo‘lib xizmat qiladi. Bu sayyoralararo navigatorlarning o‘ziga xos milyasi, — deb tushuntirdi u.
Endi Oy hajmi kecha-kunduz ichida— raketaning Yer atrofida aylanish vaqti orasida o‘zgarardi. Sutkaning yarmida Oy kattalashar, qolgan yarmida esa kichrayib borardi. Lekin bu sutkalar endi Yerdagidan ancha uzun edi.
Bulutsiz, yorug‘ kun tobora uzayardi.
Kapitanning aytishicha, Oyning tortish kuchi soat sayin zo‘rayib, raketaning yo‘lini o‘zgarta borardi. Yer yo‘ldoshining o‘z bag‘riga chorlashi ta’sirida raketa harakati goh tezlashar, goh sekinlashardi. Oy bizni quchog‘idan chiqarishni istamasdi. Agar portlagich asboblarimizdagi qarshilik kuchi bo‘lmaganda biz Oyga mangu asir bo‘lib qolardik. Quyosh sistemasiga kiruvchi ulkan sayyoralarning tortish kuchi naqadar xatarli ekani o‘zo‘zidan ma’lum…
Uchishning dastlabki soatlarida kapitan raketani belgilangan yo‘ldan avtomatik uchishga o‘tkazib, boshqarishni tashlab qo‘yardi. Bu xavfli emas edi. Lekin vaqt o‘tgan sayin, garchi hamma narsa mexanizatsiyalashgan bo‘lsa ham, u boshqarish pultidan kamroq qo‘zg‘aladigan bo‘ldi.
Biz Yer atrofida Oy bilan taxminan bir orbita bo‘ylab uchardik, binobarin, Yer atrofini Oy bilan bir vaqtda — o‘ttiz yer sutkasi ichida aylanib chiqardik. Tun-quyosh tutilishi, xuddi Yerda oy tutilishi kabi, juda kamayib ketdi. Raketa Oy ortidan quvishni to‘xtatib, nihoyat, u bilan tenglashib oldi. Endi biz Yerdan Oy bilan bir xil masofada uzoqlashgan edik. Raketa bilan Oy orasidagi masofa o‘zgarmas bo‘lib qoldi.
Nazarimda, Oy ham, Yer ham, raketa ham bir joyda qimirlamay turibdi-yu, faqat yulduzli gumbaz tinimsiz surilayotganday edi.
— Tez orada bu yerda osmon mustamlakalarini quramiz, — dedi Sokolovskiy jimlikni buzib.
— Yo‘q, azizim, tez orada emas, — deb e’tiroz bildirdi Tyurin — Avval material topish kerak. Hamma narsani yerdan olib chiqib bo‘lmaydi-ku. Aksincha, biz Yerga hali ba’zi bir «osmon» sovg‘alaridan jo‘natishimiz kerak. Meteoritlar kolleksiyasini jo‘natdik. Yaxshi kolleksiya. Hammasi g‘uj-g‘uj leonidlardan iborat.
Shunday deb, Tyurin mamnuniyat bilan kuldi.
— To‘g‘ri, — dedi Sokolovskiy. — Inshootlar qurishimiz uchun ko‘p temir, nikel, po‘lat, kvars kerak.
— Shuncha qazilma boylikni qayoqdan olasizlar? — so‘radim men. «Qazilma boylik» deganimga Sokolovskiy xaxolab kulib yubordi.
— Qazilma boylik emas, uchirma boylik, — dedi u. — Meteoritning nimasi «qazilma». Ularning orqasidan bekorga quvganim yo‘q.
— Meteorit tutishning tashabbuskori va tashkilotchisi menman. Bu mening g‘oyam! — tuzatish kiritdi Tyurin.
— Men buni da’vo qilayotganim yo‘q, professor, — dedi Sokolovskiy. — G‘oya — sizniki, lekin amalga oshirgan — men. Hozir ham Yevgenyevni yangi razvedkaga jo‘natganman.
«Yevgenyev» degan familiya meni osmonga olib chiqqan butun yo‘lni eslashga majbur qildi. Bu yerdagi odatdan tashqari taassurotlar butun shaxsiy ishdarni shu qadar tez orqaga surib tashlaganini qarang-a!
— Bilasizmi, o‘rtoq Artemyev, biz Kets Yulduzining yonginasidan mayda meteoritlarning butun bir galasini topdik, — deb murojaat qildi menga Sokolovskiy. — Teparoqda ulardan ko‘ra ancha yirikroqlariga ham duch keldik. Ularni tadqiq qilish natijasida tarkiblarida temir, nikel, kremnezyom, glinozyom kalsiy oksidi, dala shpati, xromli temir, tarkibida temir bo‘lgan oksidlar, grafit va shu kabi oddiy hamda murakkab moddalar borligi aniqlandi. Qisqasi, qurilish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa, o‘simlik uchun kislorod va suv bor. Quyosh energiyasidan foydalanib, bu materiallarni qayta ishlashimiz va o‘zimiz uchun kerakli hamma narsani, hatto qalamgacha tayyorlashimiz mumkin. To‘g‘ri, kislorod bilan suv bu yerda tayyor holda emas, balki «birikkan» holda uchraydi, lekin bu kimyogarlarimizni cho‘chitolmaydi.
— Sizning ma’lumotlaringizga asoslanib, bu halok bo‘lgan osmon jismlari qoldiqlarining harakatini o‘rganib chiqdim, — deya gapga aralashdi Tyurin. — Xulosalar juda qiziq. Meteoritlarning bir qismi olisdan uchib kelgan, ko‘pchilik qismi esa Kets Yulduzi bilan bir xil orbitada Yer atrofini aylanib yuradi…
— Bu narsaga sizning diqqatingizni men tortganman, professor, — dedi Sokolovskiy.
— Albatta. Lekin xulosalar meniki.
— Mayli, bahslashmaymiz, — dedi Sokolovskiy murosaga kelib.
— Bahslashayotganim yo‘q. Faqat men aniqlikni yaxshi ko‘ra man. Shunnng uchun ham olimman, — e’tiroz bildirdi Tyurin hatto o‘rnidan sapchib turib ketdi, lekin shu zahotiyoq qayta utirib, voyvoylab qoldn.
— Meller haq, dedi u. — Vaznsizlik olamida qimirlamay yetaverib juda nimjon bo‘lib ketibman. Hayot tarzini o‘zgartirishim kerak.
— Oy sizni harakatga solib qo‘yadi, — deb kuldi geolog.
— Rost. Darvoqe, men o‘z farazimni aytmoqchi edim, — gapida davom etdi Tyurin. Yer atrofida aylanayotgan meteoritlar shu qadar ko‘pki, ular parchalanib ketgan kichkina yer yo‘ldoshi — ikkinchi Oyning qoldiqlari bo‘lsa kerak. Bu juda mitti bo‘lgan. Mazkur meteoritlarning miqdori vahajmini aniq hisoblab chiqqanimizdan so‘ng, xuddi paleontologlar halok bo‘lgan haivonlarning suyaklarini tiklaganidek, bu yo‘ldoshning ilgarigi yaxlitligini tiklashimiz, aniqlashimiz mumkin. Kichkina ikkinchi Oy! Lekin u bizning Oydan kam nur sochmagan chunki Yerga yaqinroq bo‘lgan.
— Kechirasiz, professor, — tanasining rangi va qotmaligidan hindilarga o‘xshab ketadigan yosh mexanik kutilmaganda gapga aralashdi. Menimcha, bunaqa yaqin masofada Yer kichkina Oini o‘ziga tortib olgan bo‘lardi.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Kets Yulduzi - 06
  • Parts
  • Kets Yulduzi - 01
    Total number of words is 4025
    Total number of unique words is 2043
    36.2 of words are in the 2000 most common words
    53.2 of words are in the 5000 most common words
    64.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 02
    Total number of words is 4120
    Total number of unique words is 2033
    36.3 of words are in the 2000 most common words
    53.6 of words are in the 5000 most common words
    63.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 03
    Total number of words is 4194
    Total number of unique words is 2092
    35.1 of words are in the 2000 most common words
    51.5 of words are in the 5000 most common words
    60.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 04
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 2152
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    50.7 of words are in the 5000 most common words
    57.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 05
    Total number of words is 4101
    Total number of unique words is 1954
    34.9 of words are in the 2000 most common words
    50.6 of words are in the 5000 most common words
    59.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 06
    Total number of words is 4228
    Total number of unique words is 1938
    35.6 of words are in the 2000 most common words
    51.8 of words are in the 5000 most common words
    61.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 07
    Total number of words is 4262
    Total number of unique words is 1964
    35.4 of words are in the 2000 most common words
    52.1 of words are in the 5000 most common words
    60.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 08
    Total number of words is 4242
    Total number of unique words is 2020
    35.5 of words are in the 2000 most common words
    52.0 of words are in the 5000 most common words
    61.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 09
    Total number of words is 4215
    Total number of unique words is 2098
    34.0 of words are in the 2000 most common words
    49.5 of words are in the 5000 most common words
    57.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 10
    Total number of words is 4187
    Total number of unique words is 2024
    34.6 of words are in the 2000 most common words
    50.1 of words are in the 5000 most common words
    59.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Kets Yulduzi - 11
    Total number of words is 3764
    Total number of unique words is 1921
    35.9 of words are in the 2000 most common words
    52.8 of words are in the 5000 most common words
    60.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.