Rojdestvo arafasidagi tun - 1

Total number of words is 3737
Total number of unique words is 2097
26.6 of words are in the 2000 most common words
40.6 of words are in the 5000 most common words
49.9 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.

N.V. Gogol
Rojdestvo arafasidagi tun
«Yosh Gvardiya» nashriyoti
Toshkent 1980
Ruschadan Nabi Alimuhamedov tarjimasi
IKKINCHI NASHRI
Rojdestvoga bir kun qolgan edi, u ham o'tdi. Bulutsiz qish kechasi boshlandi. Yulduzlar charaqlab chiqdi. Oy ham, yaxshilarning yo'li yerisin, olam ro'shno bo'lsin, hamma shodxursand quvonib yoramazon[1] aytsin Iso alayhissalomga madh o'qisin, deb osmonga viqor bilan kutarildi. Sovuq kunduzgidan kuchliroq. Ammo, shunday sokinlik ediki, oyoq ostidagi qorning g'archnllashi yarim chaqirimdan eshitilardi. Uspirinlar hali deraza tagida to'planishganlari yo'q. yolg'iz oygina yasangan qizlarni g'archillama qorga tezroq chiqinglar, deb chaqirayotganday darchalardan mo'ralardi. Bir uyning mo'risidan burqirab tutun chiqib, osmonga ko'tarildi, tutun ichida supurgi mingan yalmog'iz ham osmonga chiqib ketdi.
Agar shu paytda sorochinlik sud maslahatchisi fuqaroga qarashli otlardan uchtasi qo'shilgan aravada, sarvoz yigitlarnikidek qunduzi telpak, adipiga qora barra tikilgan po'stin kiyib, to'qima qamchinini silkitib o'tib qolsa, darhol yalmog'izga ko'zi tushgan bo'lardi, chunki duiyodagi birorta ham yalmog'iz uning nazaridan qochib qutulolmagan. Qaysi bekaning cho'chqasi nechta tuqqanini, kimping sandigida qancha bisoti borligini, saxiy kishi ulug' bayram kunida bisotidan, ro'zg'oridan nimasini olib chiqib araqxonaga garov qo'yishini ham biladi. Ammo sorechinlik sud maslahatchisining yo'li bugun buyoqqa tushmadi, tushganda ham, boshqalar bilan uning nima ishi bor, o'zining tashvishi ko'p. Ammo yalmog'iz shunday balandga chiqdiki, pastdan qora dog'ga o'xshab ko'rindi. Dog' osmonning qasriga borsa, yulduzlar birin-sirin g'oyib bo'laverdi. Yalmog'iz birpasda yengini yulduzga to'ldirib oldi. Osmonda uch-to'rttagina yulduz qoldi, xolos. Shu payt narigi tomondan ham qora dog' paydo bo'lib, cho'zilib, birpasda ulg'ayib ketdi, Shabko'r odam ko'zoynak emas, komissar aravasining g'ildiragini burniga taqib olsa ham bu narsaning nimaligini bilolmas Edi.
Oldidan qaraganda nemisning[2] xuddi o'zi: bir zum tek turmasdan nimani ko'rsa hidlaydigan tumshugi cho'chqaning tumshug'iga yoki dumaloq chaqaga o'xshardi, oyoqlari chillakday: agar Yareski[3] qishlog'i da'voshisining oyoqlari shunaqa bo'lsa, bir o'yin tushishda sinar edi. Ammo orqasidan qaraganda mundir kiygan gubernator stryapchiyining[4] xuddi o'zi edi, chunki hozir rasm bo'lgan mundirning orqa tomonida uzun va ingichka etagi bo'lganidek, uning ham ingichka, uzun quyrug'i bor edi. Faqat iyagi tagida osilib turgan takasoqoli, boshidagi shoxchasi, mo'ri tozalovchndan battar qoraligi, uning nemis ham emas, gubernator stryapchiysi ham emas, balki yorug' dunyoda oxirgi kun tentirab, yaxshilarni yo'ldan ozdirib yurgan, ertaga ertalab qo'ng'iroqlar chalinishi bilan dumini qisib, orqasiga qaramasdai jahannamga kirib ketadigan shaytonning o'zginasi ekanini ko'rsatib turardi.
Bu orada shayton oyni o'g'irlash payida sekin-sekin kelaverdi, qo'lini uzatib, oyni ushlamoqchi ham bo'ldi-yu, lekin qo'li kuygandek, tortib oldi, barmog'ini og'ziga tiqib so'rdi. Keyin narigi tomondan kelib ushlamoqchi bo'ldi, tag'in qo'lini tortdi. Ammo ayyor shaytoi shuncha pand yesa ham, sira tinchimasdan, shaytonligini qilaverdi. Yugurib kelib, ikki qo'li bilan oyni ushlab Oldi; chilim chekmoqchi bo'lgan odam cho'g'ni qo'lidan qo'liga olib, uf-uflagandek, u ham afti basharasini bujmaytirib, oyni u qo'lidan-bu qo'liga olib sovutganday bo'ldi-da, darrov cho'ntagiga solib, hech narsa ko'rmagandek yugurgancha ketaverdi.
Shayton oyni o'g'irlab ketganini Dikankadagilarning hech qaysisi sezmadi. Lekin bo'lus mirzasi araqxonadan emaklab chiqayotganida osmondagi oy birdaniga qimirlab o'yiiga tushib ketganini ko'rgan ekan: azbaroyi xudo, deb qasam ichsa ham qishloqdagilarning hech qaysisi ishonmasdan, uni masxara qilib kuldilar. Ammo shaytonning bunday qonunga xilof ish qilishining boisi nima? Sababi bor edi: boy Chubni munshi mehmondorchilikka chaqirganini bilar edi. Bu mehmondorchilikka da'voshidan bo'lak munshining qarindoshi, cherkovda nihoyat darajada yo'g'on ovoz bilan hofizlik qiluvchi ko'k syurtuk kiygan hofiz, yana kazak Sverbiguz va yana bir necha kishi chaqirilgan edi. Bu mehmondorchilikda rojdestvo oshi - mayiz solib pishirilgan guruchdan bo'lak yana za'far qo'shilgan araq va boshqa turlituman laziz ovqatlar bo'ladigan edi. Otasi mehmondorchilikka ketganda butun qishloqqa go'zalligi bilan nomi ketgan qizi uyda yolg'iz qoladi. yolg'iz qolgan qiz oldiga norg'ul azamat temirchi yigit kelsa kerak. Shayton uni Kondrat buzrukning xutbalaridan ham battar yomon ko'radi. Temirchi ishdan bo'sh vaqtlarida suratkashlik ham qilardi va bu atrofda undan usta naqqosh yo'q edi.Yuzboshi L... ko-ning o'zi, tirikligida uni Poltavaga chaqirib, hovlisining taxta devorini bo'yatdirgan edi.
Dikanka qishlogidagilarning karam sho'rva ichadigam tovoqlariii ham shu temprchi bo'yagan edi. Temirchi xudojo'y odam bo'lib, ko'pincha aziz-avliyolarning suratlarini chnzar edi. T... dagi butxonada temirchi chizgan, nijpl yozgai Lukaning surati hali ham bor. Ammo temirchi butun hunarini butxonaning o'ng tomonidagi hujra devoriga solgan suratda ko'rsatgandi. Bunda qiyomat kuni Qo'lida bir shoda kalit bilan do'zaxdan shaytonni haydab chiqazayotgan avliyo Petrning tasvnrnni solgandi. Shayton kuni bitganini bilib, qo'rqqanndan o'zini har tarafga urar, do'zaxdagi gunohkorlar qamchiimi, palyonmi, ishqilib qo'llariga nima tushsl shu bilan urib quvlar edilar. Naqqosh bu suratni katta taxtaga solayotganda shayton unga qo'lidan kelganicha xalaqit berdi. Qo'lidan turtib, bosqon ostidagi kulni to'zitib surati ustiga sochar edi. Lekin shaytonning bu g'alamisligiga qaramay suratni chizib o'lib, taxtani cherkovni devoriga qoqib qo'ygan edi. Ana shundan beri shayton undan o'ch olmoqchi bo'lib yanib yurardi.
Yorug' duiyoda yana bir kungina izg'ishi qoldi; bir kun qolgan bo'lsa ham, shu kecha temirchidan bir iloj qilib alamini olmoqchi bo'ldi. Shuning uchun boradigan joyi ancha uzoq bo'lganidan, keksa Chub erinib bormasin, degan maqsadda bu ishlarni qilgan edi. Munshinikiga qishloqni yonlab, tegirmondan, go'ristondan o'tilgach, jarlikdan aylanib borilar edi. Oydin kechada za'far solingan araq va mehmondorchilik uni tinch qo'ymagan bo'lardi. Ammo bunday qorong'i kechada birorta odam uni pechkasidan tushirib, uyidan chiqazolmasa kerak. Avvaldan Chub bilan chiqishmaydigan temirchi zo'r bo'lgani bilan ota borida qizning oldiga borishga yuragi dov bermasdi.
Shunday qilib, shayton oyni cho'ntagiga solishi bilan olamni shunday zulmat bosdiki, unaqa-bunaqa odam munshiniki uyoqda tursin, araqxonani ham topolmas edi. Yalmog'iz birdaniga qorong'ida qolib chinqirib yubordi. Shayton darrov yo'rg'alab kelib uning tirsagidan ushladi-da, odatda xotin zoti qulog'iga qanday shivirlansa u ham yalmog'izning pinjiga kirib, shunday shivirlab ketdi. Dunyoning ishlari g'alati-da! Olamdagi maxluqlarning barisi bir-birining qilig'ini o'rganishga, birbirini ermak qilishga urinadi. Burun Mirgorodda sudya bilan shahar hokimigina qishda movut qoplangap kalta po'stin kiyar edilar, boshqa mayda-chuyda amaldorlar teri po'stin kiyardilar. Endi bo'lsa, sud a'zosi ham, daha sudyasi ham barra teridan yangi po'stin tikdirib, movut qoplatib olibdylar. Daftarchi bilan bo'lus mirzasi ham burnoq yili ko'k xitoy matonin» gazini ykki miridan olibdilar. Ponomar[5] bo'lsa katak-katak matodan yozlik cholvor, yo'l-yo'l jun matodan kamzul tikdiribdi. Xullas, hamma odam qatoriga kirmoqchi bo'ladi. Bu odamlar qachon tinchisharkin. Bao bog'laymanki, shayton ham o'zini odam qatoriga qo'shga» nini ko'rsalar, ko'plar hayron bo'ladilar. Hammadai yomon ta'sir qiladigan joyi shuki, shayton o'zini juda ko'hlik deb o'ylar, holbuki ko'rgan odamning ko'ngli aynir edi. Foma Grigoryevich aytganday, basharasi ta'viya-yu, ammo, shayton ham muhabbatni qo'msaydi! Biroq, osmonu yerni shunday qorong'ilik bosdiki, yalmogiz bilan shayton o'rtasida keyin nima gaplar o'tganini sira ko'rib bo'lmadi.
Chub uyidan chiqarkan, qotmadan kelgan, novcha, kalta po'stin kiygan, mujiklar soqol qiradigan chalg'i sinig'i ikki haftadan beri betiga tegmaganidan soqoli o'sib ketgan kishiga:
- Hali, og'a, munshining yangi uyini ko'rganim yo'q, degin? Bugun u yerda yaxshigina mayxo'rlik bo'ladi! - dedi-da, og'zi qulog'iga yetkudek iljaydi. - Ishqilib kech qolmasak bo'lgani...
Chub shunday deb, po'stini ustidan mahkam bog'lab olgan belbog'ini rostladi, boshidagi telpagini bostirib kiydi, xira itlarning kushandasi bo'lgan qamchini dastasini mahkamroq ushladi, lekin shu payt osmonga qa. rab to'xtadi...
- Nima balo! Uni qara! Uni qara, Panas!..
Og'aynisi: «Nima?» deb so'radi-yu, u ham boshini ko'tarib yuqoriga qaradi.
- Nimang nimasi, oy g'oyib bo'libdi.
- Nima balo bo'ldi? Haqiqatan oy yo'q-ku.
Chub, og'aynisining beparvoligidai xafa bo'lib.
- Hamma gap yo'qligida-da, parvoyi palaksan-a, - dedi.
- Qo'limdan nima kelardi!
Chub yengi bilan mo'ylovini artarkan, gapini davom ztdirdi:
- Nonushtaga bir ryumka araq nasib qilmag'ur qanday shayton aralashibdi-ya!.. Xuddi masxara qilganday-ya.... Uyda o'tirganimda atayin oynadan qaraganidim! Juda yaxshi havo edi. Yep-yorug', qor oydinda yiltirar edi. Kuppa-kunduzidek hamma narsa ravshan ko'rinib turuvdi. Eshikdan tashqariga chiqar-chiqmas olam" ni qorong'ilik bosdi!
Chub javrarkan, munshinikiga boraymi, bormaymi deb anchagacha o'ylanib turdi. Borib uyoqdan-buyoqdan hangoma qilib o'tirgisi bor. Da'voshi bilan qal'alik hofiz allaqachon kelib o'tirishgani aniq; har o'n besh kun. da Poltavaga qatnab turadigan askiyachi moyfurush ham allaqachon borgandir. Bu kishi gap boshlaganda atrofidagilar ichagi uzilgudek bo'lib kulishardi. Chub dasturxondagi araqni ham xayolan ko'rib turibdi. Bu uning' nafsini qitiqlar edi-yu, lekin tun qorong'isi hamma kazaklarga taalluqli bo'lgan yalqovlikni ham qo'zg'atar edi. So'riga chiqib, yonboshlab trubka chekkan, darcha tagiga to'planishib o'yin-kulgi qiladigan yigit va qizlarning qo'shiqlarini eshitib mudragani yaxshi emasmi! Agar yolg'iz o'zi bo'lsa-ku, albatta uyda maza qilib o'tirardi-ya, lekin ikki kishi qorong'ida yurishdan qo'rqishmaydi va zerikishmaydi ham. Buning ustiga, boshqalar oldida o'zini qo'rqoq va yalqov qilib ko'rsatgisi kelmadi. Javrab bo'lib, hamrohiga qarab:
- Shunday qilib, oy yo'qmi? - deb so'radi.
- Io'q.
- Taajjub-a! Qani, tamakingdan ol, hidlaylik! Tamaking juda yaxshi-da! Qayerdan olasan?
- Qayoqda yaxshi! - dedi hamrohi guldor tamaki qutisini yoparkan. - Qari tovuqqa ham ta'sir qilmaydi!..
- Esimda, marhum araqfurush menga Nejindan tamaki keltirib bergan edi, xo'p tamaki edi-da! Nihoyatda yaxshi edi! Xo'sh, og'ayni, nima qilamiz, juda qorong'i-ku... - deb Chub yana o'sha zaylda gapirdi.
Hamrohi eshikning tutqichini ushlagan joyida:
- Bo'lmasa, bormay qo'ya qolamiz, - dedi.
Agar og'aynisi qolamiz demasa, Chub bormas edi, ammo, endi qaysarligi tutib.
- yo'q, og'ayni, bormasak bo'lmaydi! - dedi.
Aytdi-yu, darrov aytganiga pushaymon qildi. Bunday tunda sira borgisi kelmasdi. Ammo, birovning maslahatiga kirmay o'z bilganini qilib, kajligini ko'rsatganligiga xursand edi.
Og'aynisi, uyda o'tiradimi, ko'chaga chiqadimi, unga bari bir bo'lganidan, chehrasida hech bir pushaymon alomatini ko'rsatmay beparvolik bilan atrofga qarab qo'ygach, qamchi dastasi bilan yelkasini qashib qo'ydi-da, keyin ikkovi yo'lga tushishdi.
Endi go'zal qiz uyda yolg'iz qolib nima qilayotganini ko'raylik. Oksana hali o'n yetti yoshga to'lmagan, lekin Dikankaning uyog'ida ham, buyog'ida ham hammaning og'zida u. Oksanadek qiz qishloqda sira bo'lmaganligi va bundan keyin ham bo'lmasligi to'g'risida yigitlarning barisi yakdil edi. Oksana o'zi haqidagi gaplarni eshitgan, bilganidan, o'zini mag'rur tutib, noz-karashma qilar edi. Agar tivit yubka, chit peshband kiymay, tuzukroq uzun ko'ylak kiysa, hamma qizlarni yo'lda qoldirib ketar edi. Yigitlar gala-gala bo'lib uning ketidan yurishar, umidlari puchga chiqqach, boshqa, unchalik kekkaymaydigan qizlar bilan bo'lib ketardilar. Bitta shu temirchi umidini uzmay, qizning ketidan o'jarlik qilib yuraverardi. Qiz ro'yxush bermasdan, boshqalarga qilgan muomalasini qilsa ham, u o'z bilganidan qolmasdi.
Otasi chiqib ketgandan keyin, qalay gardishli kichkina oinaga qarab, anchagacha o'ziga zeb berdi.
Uz-o'zi bilan shunchaki gaplashmoqchi bo'lib, parishonlik bilan aksiga qaragancha: «Odamlar mening nimamni maqtaydilar! Bekor aytadilar, ko'hlik emasman!»- deb qo'ydi. Ammo oynada ko'ringan anordek yuz, undagi qora ko'zlar, ko'ngilga o't soluvchi ajabtovur chiroyln tabassum, buning teskarisidan dalolat qilardi. Go'zal qiz qo'lidan oynani qo'ymay: «Qora qoshim va ko'zimning dunyoda misli yo'qmi? Qanqaygan burnimning nimasi yaxshi? Betimning, labimning nimasi yaxshi? Qora sochimni yaxshi deydilar!? Vaholanki, uni kechasi ko'rgan odam qo'rqib ketadi. Qora chag'irilondek boshimni o'rab, chulg'ab olibdi. Endi bilsam, menda go'zallikdan asar yo'q!» deb, oynani nari surib qo'ydi-da, qichqirdi: «Yo'q, chiroyliman! Voy, qanday alomat husnim bor! Malakman! Menga uylangan yignt baxtli bo'ladi! Erim husnimga qarab to'ymaydi! Esiii yo'qotib, o'paverib o'ldirib qo'yar».
Ohistagina kirib kelgan temirchi sekin shivirladi:
- Ajoyib qiz! Maqtanishi ham hazilakammas! Bir soatdan beri o'zini oynaga solib tomosha qiladi-yu, to'ymaydi, tag'in o'zini-o'zi maqtab ham qo'yadi!
Zebo qiz nozlanib hanuz o'z-o'zi bilan gaplashardi:
- Hoy, yigitlar, sizga teigmanmi men, menga qarang, xiromon yurishimga boqing, ko'ylagim qizil ipak matodan. Boshimdagi lentalarimni qarang! Bunday zarbop matolarni ko'rmoq sizga umrbod nasib bo'lmas! Qalligim yer yuzidagi eig mard yigit bo'lsin, deb otam olib bergai bularni! - Jilmayib qayrilib yoniga qarashi bilan ko'zi temirchiga tushdi.
Qichqirib, xo'mrayib yigitning ro'parasida to'xtadi.
Temirchi so'rrayib, qo'llari shalvirab turardi.
Go'zal qizning qorachadan kelgan ko'hlik yuzi qanday tuyg'ularni izhor qilayotganini bilish qiyin edi. Uning chehrasida qahr bilan birga, o'zini yo'qotib qo'ygan taqachini mayna qilish ham bor. Hafsalasi gshr bo'lib yuzi sal qizarinqirab tovlandi. Bu uiing husnini shunday Ochdiki, ta'rifga sig'may ketdi. Shu paytda temirchi uni million martaba o'pib-o'pib olmoqdan o'zini zo'rg'a tutib qoldi.
- Nega kelding? - dedi gap boshlab Oksana. - Qo'limga kurak olib haydaymi? Xo'p usta bo'libsiz-da hammangiz shilqimlikka! Otamiz uyda yo'qligini darrov fahmlay qolasiz. Sizdaqalarni yaxshi bilaman! Sandig'im bitdimi?
- Jonim, bitib qoldi, hayitdan keyin bitadi. Qancha ovora bo'lganimni bilsang edi! Ikki kecha ustaxonanamdan chiqmadim. Ammo birorta ham rohibning qizida yo'q sandiq qilib beraman-da! Qoplamasiga shunday temir qildimki, Poltavaga ishlagani borganimda yuzboshining aravasiga ham bunday asil temir qoplamagan edim. Naqshini shunday chiroyli yasayapmanki! Oppoq oyoging bilan butun yurtni aylanib chiqsang ham bundayini topolmaysan! Atrofida qizil, ko'k rangdagi gullar bo'ladi. Menga jabr qilma! Birpas gaplashib o'tirishga, husningni tomosha qilishga ruxsat et!
- Kim senga yo'q dedi, gaplashaver, tomosha qilaver!
Qiz kursiga o'tirib yana oynaga boqdi, o'ziga oro berib, sochini tuzatdi. Bo'yniga, ipak gul solib tikilgan ko'ylagiga qarab qo'yganida, la'l labida, anordek betida, sha lo ko'zida o'zidan zavqlanish zohir bo'ldi.
- Yeningda men ham o'tirsam maylimi? - dedi temirchi.
- Utir, - dedi Oksana chiroyini buzmay, yuz-ko'zidagi shodonlikni saqlab.
- Go'zal Oksana, karam qil, bir o'pay! - dedi-yu, temirchi o'zini dadil tutib, qizni o'pmoqchi bo'lib, og'ushiga tortib quchoqladi. Ammo Oksana temirchining lablariga yaqin kelib qolgan betini opqochib, uni itarib yubordi.
- Tag'in nimalar istaydi ko'ngling? Asal bergach, qoshiq ham ber, deysanmi! Io'qol, qo'llaring temirdan battar. Uzingdan ham tutun hidi keladi. Hamma yerimni qorakuya qilgan bo'lsang kerak.
U yana o'zini oynaga solib o'ziga oroyish berdi.
Temirchi boshini xam qilib, ichida:«U meni yaxshi ko'rmaydi, u hech kimni nazar-pisand qilmaydi, men bo'lsam uning oldida ahmoq bo'lib, ko'zimni undan uzmasdan mo'ltayib o'tiribman. Tikilib turaverardim, yuz yil bo'lsa ham ko'zimni olmasdim! Alomat qiz! Ko'ngli kimdaligini, kimni sevishini bilolsam, har narsa desaberardim. Ammo u hech kimni yoqtirmasa kerak, o'zigao'zi shaydo. Men bechorani qiynaydi, men sho'rlik uning ko'yida kuyaman, ro'shnoligim yo'q, unga muhabbatim shunchalikki, dunyoda hech kim birovni mendek sevgan emas, bundan buyon ham sevmaydi!» - deb o'yladi.
- Sening onang yalmog'izmish, rostmi? - deb kulib yubordi Oksana. Temirchining nazarida butun ich-tashi kulib yuborgandek bo'ldi. Bu kulgi birvarakayiga ko'ngliga ham, ohistagina jimirlashib ketgan qon tomirlariga ham ta'sir qilganday bo'ldi va bunday yoqimtoy kulgan betdan o'polmagani alam qildi.
- Onam bilan nima ishim bor? Onam ham, otam ham, bu dunyoda nimaiki menga aziz bo'lsa, hammasi sen-sen! Agar podsho meni chaqirib; temirchi Vakula, mening davlatimda nimaiki yaxshi narsa bo'lsa so'ra, hammasini beraman. Oltindan sandon, kumushdan bolg'a qildirib beraman, desa, yo'q, kerakmas, qimmatbaho javohirlar ham, oltin sandon ham, mamlakating-u, yurting ham menga kerakmas. Oksanamni bersang bo'lgani, derdim!
- Voy, seni qara-yu! Biroq, otam ham xo'p anoyi emas, onangni olmaganini ko'rasan, - deb Oksana ayyorlik bilan kulib qo'ydi. - Nega qizlar haligacha kelmayaptilar-a... Nima bo'ldi ekan? Ramazon aytadigan vaqt bo'lib qoldi. Zerikib ketayotibman.
- Go'zalim, qo'ysang-chi, xudo o'zi yor bo'lsin ularga!
- Nega endi! Ular bilan yigitlar ham kelishadi! Ana o'shanda o'yin bo'ladi-da. Hali qanday qiziq narsalar gapirib berishadi!
- Ular bilan bo'lsang xursandmisan?
- Albatta, sendan ko'ra ular bilan yaxshi-da! E, shoshma! Birov taqillatdi, qizlar bilan yigitlar kelishdi shekilli.
«Endi nima umidim qoldi. Meni mayna qilsa, uning oldida zanglagan taqachalik qadrim yo'q. Lekin o'zimni boshqalarga masxara qildirib qo'ymayman. Unga mendan ko'proq yoqqan yigitni bilsam, ta'zirini berib qo'yaman...» dedi o'z-o'ziga temirchi.
Eshikning qattiq taqillagani, sovuqda quloqqa noxushroq eshitilgan«och» degan ovoz uning xayolini qochirdi.
Alamiga chidolmagan temirchi, duch kelgan odamning och biqinini teshaman, degan nnyatda«tura tur, o'zim chiqib ochaman», deb eshikka chiqdi.* * *
Sovuq zo'rayib, osmon shunday sovib ketdiki, shayton muzlab qolgan qo'lini sag'al isitib olmoq uchun, tuyog'ida sakrab, mushtumiga kuh-kuhlardi. Ertadan kechgacha do'zaxda yurgach, bu sovuqda qotmasdan bo'ladimi? Do'zaxda bizning qishimizdagidek sovuqmasligini bilasiz. Do'zaxda bo'lsa shayton qalpog'ini kiyib olib, bakovulboshidek o'choq tepasiga minib olib, gunohkorlarni qovurgani-qovurgan edi. Xotinlar bayramda qanday mehr bilan kolbasa qovursalar, shayton ham gunohkorlarni shunday ishtaha bilan qovurardi.
Qalin kiyinganiga qaramay, yalmog'iz ham to'ngib qoldi. Shuning uchun, yaxmalak otayotgan odamdek ikki qo'lini tepaga qilib, oyoqlarini kerganicha, hech bir bo'g'imini qimirlatmay, havodan pastga tushdi, xuddi muztepadan sirg'anib tushganday g'izillab tushdi-yu, to'ppato'g'ri mo'riga kirib ketdi.
Shayton ham shu zaylda uning ketidan tushib ketdi. Ammo bu hayvon har qanday oliftadan ham epchil bo'lganidan, mo'rining og'zidayoq, ma'shuqasining yelkasiga minib olib, birpasda ikkovi keng pechkaning ichiga tushib, ko'zachalar orasiga kirib qolishdi.
Sayr qilib qaytgan yalmog'iz, o'g'lim Vakula uyga mehmon-pehmon olib kelmadimikin, deb pechkaning qopqog'ini surib mo'raladi. Uyning o'rtasida yotgan qopdan boshqa hech kim yo'qligini bilib pechkadan chiqdi, ustidagi po'stinini yechib, o'zini rostlab oldi, endi uni ko'rgan odam haligina supurgi mnnib yurgan yalmog'izligini bilmas edi.
Temirchi Vakulaning onasi qirqdan oshmagan, chiroyli ham emas, xunuk ham emas edi. Qirq yoshda chiroyli bo'lmoq ham qiyin. Ammo u har qanday sipo erqakni ham o'ziga rom qilib olishga usta edi (ammo bularning xushro'ylik bilan uncha ishlari yo'q edi, buni aytib qo'ysak yomon bo'lmaydi), shuning uchun da'voshidan tortib munshi Osip Nikiforovichgacha (albatta, xotini uyda bo'lmasa) kazaklardan Qorniy Chub, Qasyan Sverbiguzgacha hamma unikiga kirib turar edi. Unga qoyil bo'lmoq kerakki, bularning barisiga juda ustalik bilan muomala qilar, hech qaysisi raqibi borligini ko'ngliga ham keltirmas edi. Xudojo'y faqir mujikmi, yoki movut chakmon kiyganlari uchun o'zlariga asilzoda nomini qo'yib olganlarmi, yoki yakshanba kuni butxonaga, havo yomon bo'lsa araqxonata bora turib, qaymoq bilan mazali chuchvara yegani, issiqqina uyda mehmondo'st xotin bilan hangomalashgani Soloxanikiga albatta kirib o'tardi. Asilzoda araqxonaga keta turib, atayin yo'lni aylanib o'tsa ham, yo'lakay kirdim, der edi. Hayit kuni Soloxa xitoyi ipak kofta va orqasiga zar uqa qadalgan ko'k yubkasini kiyib, yasanib cherkovga kelganda hammadan oldinga o'tib, shundoqqina mehrob tagiga borib tursami, munshi albatta bir yo'talib qo'yib, ko'zining qiri bilan uning tomoniga qarab qo'yar edi. Da'voshi mo'ylovini silab, sochini qulog'i ortiga olib So'yib, yonida turgan qo'shnisiga imo qilib: «Ajoyib yyol-da! Shaytonning o'zginasi!» - deb qo'yardi.
Soloxa hamma bilan salomlashar, ammo ularning hammasi yolg'iz men bilan salomlashyapti, deb o'ylar edilar. Lekin hamma gapdan voqif bo'ladigan kishilar, Soloxa hammadan ko'ra Chubga ko'proq iltifot qilganini darrov fahmlar edilar. Chub beva edi, uyining oldida doim sakkiz g'aram bug'doy turar edi. Novdadan to'qib to'silgan og'ilxonada turgan ikki juft ho'kizi sigirni yoki semiz buqani ko'rib qolsa, boshini chiqazib, mo'-o'-lab qo'yar edi. Soqolli echkisi tomga chiqib olib, hovlidagi kurkalarni masxara qilganday, shahar boshlig'iga o'xshab ma'rar, ammo uning achchig'ini chiqazib, soqoliga tegadigan shum bolalarniko'rsa, orqasini o'girib olar edi. Chubning sandig'ida bisoti, chopon-u, zar uqa qadalgan kamzillari, ipakli matolari ko'p, chunki uning marhuma xotini satang boyvuchcha edi. Ko'knor, karam, kunga boqardan tashqari, har yili ikki paykal yerga tamaki ham ekardi. Soloxa bu davlatnkng barisini o'zimnikiga qo'shib olsam yomon bo'lmas, degan niyatda edi va bularni o'ziniki qilib olgach, nimalar qilishini mo'ljallab ham qo'yganidan, qari Chubga ko'proq iltifot ko'rsatar edi. Ug'li Vakula Chubning qizini o'ziga og'dirib olib, bor-yo'q davlatni egallab, uni biylatmayqo'ymasligi uchun qirq yashar xotinlarning hammasi bilgan makrga qo'l urdi, ya'ni Chub bilan temirchini ko'proq urishtirib qo'yishga harakat qildi. Uning shu g'alamis, ayyorligi tufayli bo'lsa kerak, ba'zida kampirlar, xususan bironta ziyofatga yig'ilishganda va me'yoridan ortiqroq ichib qo'yganlarida u haqda gapirib, uni yalmog'izga chiqazib qo'yar edilar. Xotinlar uning ip yigiradigan dukchadek dumi bormish, o'spirin Kizyakolupenko uning bu dumini ko'rganmish, o'tgan payshanba ko'chada birovning oldidan qora mushuk bo'lib o'tib ketganmish, bir kun popning xotini oldiga bir cho'chqa kelib, xo'roz bo'lib qichqirganmish-da, Kondrat otaning shapkasini kiyib qochib ketganmish, derdilar.
Bir kuni kampirlar shu haqda gaplashib o'tirganlarida podachi Timish Korostyaviy kelib qolib, bir kun yozda xuddi Petrovka bayrami oldidan boshiga poxol qo'yib og'ilxonada uxlab yotganida, ko'ylakchan, sochini yoygan yalmog'iz kelib sigir sog'ib turganini o'z ko'zi bilan ko'rganini, yalmog'iz avrab qo'ygani uchun qimirlamay qolganini, yalmog'iz sigirlarni sog'ib bo'lgach uning labiga bir palid narsa surkab ketganini va jirkanib kuni bilan tupurib yurganini so'zlab berdi. Lekin uning bu gaplariga ishonib bo'lmasdi; chunki yalmog'iz Sorochinsk sud a'zosidan boshqa hech kimga ko'rinmaydi. Shu sababdan ulug' kazaklarning hammasi, shunday gaplarni eshitganlarida qo'llarini siltab ketaverar va «bekor aytadilar, zang'arlar», derdilar.
Soloxa saranjom-sarishta xotin bo'lganidan, darrov pechkadan chiqib, uyni yig'ishtirishga tutiidi. Ammo yerda yotgan qoplarga tegmadi; Vakula o'zi olib kelgan, o'zi yig'ishtirsin! Shayton bo'lsa mo'riga kirayotganda, behosdan orqasiga qayrilib qarab, birov bilan boshlashib ketayotgan va uydan ancha nariga borib qolgan Chubga ko'zi tushgan edi. Darrov pechkadan uchib chiqib, ular oldiga o'tdi-da, yaxlab qolgan qorni to'zitib socha boshladi. Birpasda bo'ron turib, havoni buyug' bosdi. Har tarafdan qor uchib, piyodalariing yuz-ko'zlarini, quloq-burunlarini qoplaguday bo'ldi. Shayton bo'lsa, Chub hamrohi bilan uyga qaytib ketadi va temirchini ushlab olib, bo'yoq cho'tkani anchagacha qo'liga ololmaydigan qilib qo'yadi, deb ko'nglini to'q qilib, yana mo'riga qaytib keldi.* * *
Darvoqe bo'ron boshlanib, shamol ko'z ochirmay qo'ygan zahoti, Chub yo'lga chiqqaniga pushaymon bo'ldi, telpagini qattiqroq bostirib olib o'zini, shaytonni, hamrohini koyib ketdi. Ammo uning bunday xafaligi ham ayyorlik edi, chunki bo'ron ko'tarilganiga xursand edi. Munshinikiga hali bosgan yo'llariga qaraganda sakkiz marta ko'proq yo'l bosish kerak. Xullas, yo'lovchilar ketlariga qaytdilar. Shamol orqadan urardi, lekin bo'rondan hech narsani ko'rib bo'lmasdi.
Bir oz yurgach, Chub hamrohiga qarab:«Shoshma, og'ayni, boshqa yo'lga kirib ketibmiz shekilli. Bitta ham uy ko'zimga ko'rinmayapti. Shunday ham bo'ron bo'ladimi? Sen sal burilibroq anavi tomonga yur-chi, zora yo'l topsang. Men buyoqdan qaray. Shunday bo'ronda ko'chaga sudraganini qara, shaytonning ishi-da, bu! Yo'lni topsang meni chaqir, yodingdan chiqmasin. Bachchag'ar mal'unni qara, ko'zimga qorni toza uribdi!» - dedi.
Biroq, yo'l ko'rinmas edi. Hamrohi oyog'ida uzun qo'njli etik bilan, tentirab-tentirab, aroqxonaga borib qoldi. Dunyo topgandek suyunganidan, ko'chada qolgan hamrohini unutib, ustidagi qorni qoqib, ichkariga kirib bahuzur o'tiraverdi. Bu orada Chub ham yo'l topganday bo'lib, hamrohini chaqirib-baqirishga tutindi, hamrohi ovoz bermagandan keyin, o'zi ketaverdi. Borsa, o'zining uyi. Uyining oldiga qor uyulib qolibdi, tomini ham ko'rib bo'lmaydi. Sovuqdan to'ngan qo'li bilan eshikni urib taqillatib qizini chaqirdi.
Eshik ochgani chiqqan temirchi:
- Kimsan, nima deysan? - deb baqirdi.
Chub temirchining tovushini tanib, ketiga surildi. Ichida:«Bu mening uyim emas ekan... Menikiga temnrchi kirolmas edi. Lekin mundoq qaraganda, temirchining uyi ham emas. Kimniki bo'lsa ekan? Ana xolos, taniyolmaganimni qara! Yaqinda yosh xotin olgan Levchenko cho'log'niki bo'lsa kerak. Faqat uning uyi menikiga o'xshaydi. Nega darrov kelib qoldim, dedim-a. Ammo Levchenko hozir munshinikidaligini yaxshi bilaman, temirchi nima qilib o'tiribdi bunda?.. yosh xotinining oldiga kelib yurarkan-da! Yaxshi, endi tushundim».
Temirchi yaqinroq kelib yanada qattiqroq do'q bilan:
- Kimsan, eshikma-eshik nima qilib yuribsan? - dedi.
Chub ichida:«Kimligimni aytmayin. Manglayi qora, tag'in urib-netib yurmasin!» deb ovozini o'zgartirib:
- Duogo'y bir odamman, ramazon aytib keldim! - dedi.
- Io'qol, boshni qotirmay! - dedi Vakula baqirib. - Nega yana ketmasdan turibsan, yo'qol, ket, hozir ket!
Chubning o'zi ham, baloga qolmasdan keta qolay, deb turib edi-yu, ammo temirchining buyrug'i alam qildi.
Xuddi shayton pinjiga kirib, temirchiga qattiqroq gapir, deb vasvasa qilayotganday bo'ldi. Chub ovozini haligidek bo'lakcha qilib:
- Senga nima bo'ldi, muncha baqirasan? Nima, ramazon aytgani ham qo'ymaysanmi, xohlasam aytaveramanda! - dedi.
- Eh-ha! Tilingni tiymaysanmi hali!.. - Bu gapdan keyin Chub yelkasiga yaxshigina bir musht tushganind sezib qoldi.
Ketiga ozroq tislanib turib:
- I-ye, hali mushtlashmoqchimisan! - dedi.
Temirchi yana turtib:
- Ket-ket! - deb baqirdi.
- Senga nima bo'ldi, i-ye! - dedi Chub. - Rostakamiga, jon-jahding bilan uryapsan-a! - Uning ovozida alam ham, og'riq ham bor edi.
- Ket, ket, yo'qol! - deb eshikni yopib oldi temirchi.
Chub ko'chada yolg'iz qolib:
- Botirligini qara-ya, yaqiniga borib bo'lmaydi, Shoshmay tur hali, kerilma, shahar bedarvozami! Senimi, bola, to'ppa-to'g'ri hokimga arz qilaman. Temirchiliging-u, bo'yoqchiliging menga pisand emas. Qani, yelkam bilan orqamga qaray-chi, ko'karib chiqqandir. Bachchag'ar yomon urdi shekilli! Sovuq bo'lmasa-yu, po'stinimni yechib... shoshmaytur shaytonning temirchisi, meni urding, seni shayton ursin, temirchi do'koningga jin teksin, shoshma, hali, seni xo'p o'ynataman! La'nati, dorga osilgur! I-ye, shoshma, hozir-ku, uyidamas, Soloxa yolg'iz o'tirgandir... Ha...uyi uzoq ham emas. Borsammikin! Vaqt ham shundayki, hech kim kelmaydi, zora murod hosil bo'lsa... La'nati temirchi yomon urgan ekan-a!
Chub yelkasini qashib olib, yo'lning bu tomoniga burildi. Soloxani ko'raman deb xursand bo'lgakidan, og'riq ham esidan chiqdi, chirsillab turgan sovuq bo'ronning buyug'i ham bilinmay ketdi. Bo'ron soqol-mo'ylovini qor bilan shunday sovunlab qo'ydiki, har qanday chapdast sartarosh ham bunday sovunlay olmas edi;qor bosgan shu betida gohda quvonch paydo bo'lib, iljayib qo'yar edi. Ammo qor bo'roni har tarafdan gupillab, ko'zini ochqizmay qo'yganda, har qadamda to'xtab, la'nati temirchi yomon urdi, deb, yelkasini silab, yana yo'lga tushar edi.* * *
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Rojdestvo arafasidagi tun - 2
  • Parts
  • Rojdestvo arafasidagi tun - 1
    Total number of words is 3737
    Total number of unique words is 2097
    26.6 of words are in the 2000 most common words
    40.6 of words are in the 5000 most common words
    49.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Rojdestvo arafasidagi tun - 2
    Total number of words is 3776
    Total number of unique words is 1956
    29.0 of words are in the 2000 most common words
    43.3 of words are in the 5000 most common words
    52.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Rojdestvo arafasidagi tun - 3
    Total number of words is 3807
    Total number of unique words is 2030
    26.9 of words are in the 2000 most common words
    41.8 of words are in the 5000 most common words
    51.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Rojdestvo arafasidagi tun - 4
    Total number of words is 371
    Total number of unique words is 290
    41.0 of words are in the 2000 most common words
    50.9 of words are in the 5000 most common words
    62.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.