Rojdestvo arafasidagi tun - 2

Total number of words is 3776
Total number of unique words is 1956
29.0 of words are in the 2000 most common words
43.3 of words are in the 5000 most common words
52.6 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Echkisoqol, dumli olifta oyni o'g'irlab, yonida osig'liq ko'lboriga solib qo'ygan edi. Mo'ridan chiqib-kirganida ko'lbori pechkaga ilinib ochilib ketdi va oy fursatni g'animat bilib, Soloxa uyining mo'risidan osmonga chiqib ketdi. Olam yorishdi. Bo'ron bo'lmaganday, atrof boyagi-boyagiday. Yerni qoplab yotgan qor kumushdek yaraqladi, go'yo qor ustiga billur yulduzchalar sochilgandek edi. Havo iliganday bo'ldi. Uspirin yigit va qizlar yelkalarida to'rvalari bilan chuvillashib tashqariga chiqdilar. Qo'shiqlar jaranglab, ramazon aytib qirilmagan eshik qolmadi.
Oy ajab tovlanib turibdi! Bunday xushhavo kechada quvnoq qizlar, har bir hazil, har bir o'yinga tayyor turgan sho'x yigitlar orasida bo'lish qanday zavqli! Egning» da po'stin bo'lsa sovuq yemaysan, sovuqda betlar yana battarroq yonadi. Sho'xlikka esa shaytonning o'zi boshlaydi.
Bir gala qizlar yelkalarida to'rvalari bilan Chubnikiga kirib, Oksanani o'rab oldilar. Ularning chuvillashidan temirchi esankirab qoldi. Har qaysisi birbirining gapini bo'lib, go'zal qizga bir yangildk aytgisi kelardi, ramazon aytib yiqqan chalpak, kolbasalarini xaltalaridan to'kib maqtanar edilar. Oksana hali u, halibu qiz bilan gaplashib, xaxolashib kulardi.
Temirchi qizlarning bunday quvonchlarini ko'rib, havasi kelar, qizg'anchiqligi tutib, o'zi bara aytishni yaxshi ko'rsa ham, lekin hozir uni la'natlardi.
Go'zal qiz quvonch bilan qizlarning biriga qar-ab:
- Hoy, Odarka! Yangi kavush kiyib kelibsanmi, muncha chiroyli! Zarlig-a! Tole'ing balandda sani, har narsalar olib beradigan kishing bor. Menga kim olib beradi bunaqa kavushni, - dedi.
Temirchi darrov:
- Jonim Oks ana, xafa bo'lma, senga unaqa-bunaqa boyning qizi ham kiymaganini olib beraman, - dedi.
Oksana yalt etib qaradi-da, uni mensimagandek:
- Sen-a? - dedi. - Qani, ko'ray-chi, men kiyadigan kavushni qayerdan topib kelarkinsan. Malikaning oyog'idan yechib kelsang, unda mayli!.. - dedi.
- Ko'rdingmi buni ko'ngli qanaqa! - deb xaxolab kulishdi qizlar.
Go'zal qiz:
- Rost aytaman. Hammangiz guvohsiz, agar temirchi Vakula malikaning oyog'idagi kavushini keltirsa, shu onda unga tegaman, - dedi.
Qizlar injiq go'zalni birga olib ketdilar.
Temirchi ular ketidan chiqa turib:
- Masxara qilaver-chi, hozir o'zimni-o'zim masxara qilaman, o'ylab o'yimga yetolmay qoldim. Bilmadim aqlhushim qayoqqa ketdi. Meni sevmaydi, sevmasa sevmasin, dunyoda undan boshqa qiz yo'qmi! Xudoga shukur, undan boshqa ham qiz bor qishlog'imizda. Nimasi yaxshi Oksananing? Undan ro'zg'orni eplaydigan tuzuk xotin ham chiqmaydi, yasanishdan, o'ziga zeb berishdan boshqani bilmaydi. Endi ahmoqlikni bas qilish kerak.
Biroq, temirchi uzil-kesil Oksanadan kechmoqchi bo'lib turgan choqda, ko'z oldida:
«Malikaning kavushini keltirib bersang, senga tegaman!» deb Kulib turg'an sho'xchan yuzi ko'rindi. Butun vujudi iztirobga tushib, Oksanadan bo'lak hech narsa xayoliga kirmadi.
Bara aytib yurgan qizlar bilan yigitlar bir gala bo'lib ko'chama-ko'cha yugurishar edi. Ammo temirchining ko'ziga hech narsa ko'rinmas, bir zamonlarda ko'nglini quvontirgan bu o'yin-kulgilarga aralashmasdan yolg'iz borardi.* * *
Bu orada shayton juda iyib ketdi. Sud a'zosi pop qizini ko'rganda qilgan qiliqlarni qilib, Soloxaninr qo'llarini o'par, oh-voh qilib, ko'ksini ushlab, agar ko'nglimni olmasang, o'zimni har narsa qilaman, suvga tashlayman, jonimni to'ppa-to'g'ri saqarga[6] yuboraman, derdi dangaliga. Soloxa uncha berahm emas edi, bundan tashqari shayton bilan sherik edi. U ketidan bir nechtasini ergashtirib yurishni yaxshi ko'rar, suhbat qurmagan kuni kam bo'lardi. Biroq, bu kuni kechqurun yolg'iz o'tirmoqchi bo'ldi, chunki, qishloqning hamma ulug'lari munshinikiga oshga chaqirilgan edilar. Lekin ish boshqachasiga aylanib ketdi. Shayton boyagiday qisti-bastiga olib turganda, to'satdan da'voshining yo'g'on ovozi eshitilib qoldi. Soloxa eshikni ochgani chiqib ketdi, dingillagan chaqqon shayton darrov bir qopga kirib oldi.
Da'voshi tumog'idan qorni silkitib bo'lgach, Soloxaning qo'lidan bir piyola araqni ichib oldi, so'ngra bo'ron turib, to'polon bo'lganidan munshinikiga bormaganini, Soloxaning uyida chiroq borligini ko'rib, bu kecha u bilan suhbat qurmoq niyatida buyoqqa kelganini aytdi.
Da'voshi so'zini tamom qilguncha ham yo'q ediki, eshik taqillab, munshining ovozi eshitildi. Da'voshy shivirlab:
- Meni bir joyga bekit, meni ko'rmasin, - dedi.
Soloxa, da'voshidek xo'ppasemiz mehmonni qayerga bekitishni bilmay ko'p o'yladi, aloha ko'mir turgan eng' katta qop esiga kelib, ko'mirni bochkaga ag'dardi: so'laqmondek da'voshi mo'ylovi, boshi va boshidagi tumog'i bilan qopga kirdi.
Munshi uh-uhlab, qo'llarini bir-biriga ishqalagancha kirib keldi, kirgach, mehmonlar kelishmaganiga nihoyatda xursand bo'lib, bo'ron bo'lib turganiga qaramay, siz bilan andak suhbatlashay deb keldim, dedi. U Soloxaga yaqinroq keldi, yo'talib olgach, iljayib kuldi, uzunchoq barmoqlari bilan uning yalang'och semiz qo'lini ushlab turib, ayyorlik bilan:
- Go'zal Soloxa, bu nima? - deb sapchib o'zini nariroq tortdi.
- Nima bo'lardi! Qo'l-da, Osip Nikiforovich! - dedi Soloxa.
Gap boshlash uchun qilgan daromadidan o'zi xursand bo'lib:
- Hm! Qo'l deng! Xe-xe-xe! - deb qo'ygandan keyin, uyning uyog'idan-buyog'iga yura boshladi.
Yana yaqiniga kelib, tomog'idan ushlab:
- Azizim Soloxa, bu nimadir? - deb yana haligi dek sapchib chetga oldi o'zini.
Soloxa unga:
- Osip Nikiforovich, ko'rib turibsiz-ku nimaligi ni, bo'ynim, bo'ynimda marjonim! - dedi.
- Hm! Bo'yningizda marjoningiz. Xe-xe-xe! - dedida, qo'llarini ishqalab yana yurishga tushdi.
- Buningiz nimadir, xotinlar yaktosi?.. - Munshi uzunchoq barmoqlari bilan, qayerinidir ushlamoqchi bo'lganda eshik taqillab, Chubning ovozi eshitildi.
Munshining yuragi yorilib:
- Yo rabbi, begona kishi-ku! Mening tagim nozik, birov ko'rib qolsa nima bo'ladi... Kondrat buzruk eshytib qoladilar!.. - dedi.
Ammo munshining xavotiri boshqa tomondan edi. Uz xotinidan ko'proq xavotirda edi: hali ham xotinining dastidan boshidagi sochidan bitta qolmagan edi. Qaltirab turib:
- Marhamatli Soloxa, xudo haqi, bir iloj qiling. Sizning yaxshiligingiz hazrat Luka Kitobining o'n uchin... Birov taqillatyapti, azbaroyi xudo, taqillatyapti! Voy, voy, yashirsangiz-chi meni biron yerga, - dedi.
Soloxa yana bir qopdagi ko'mirni bochkaga ag'dardi. Jussasi uncha katta bo'lmagan munshi qopga tushib, o'tirib edi, qopning allaqancha ko'mir siqqunday joyi bo'sh qoldi.
- Assalom daykum, Soloxa! - dedi uyga kirayotib Chub, - Meni keladi deb kutmagandirsan-a? Bemovrut kelib xalal yetkazdim shekillik... - dedi va go'yo bir narsani bilganday kulimsirab iljayib qo'ydi. Uning bu qilig'i, befahm kallasi bironta hazil-mutoyiba so'z aytmoq bo'lib ancha ovora bo'lganini ko'rsatib turar edi:
- Balki birov bilan o'ynashib turganmidingiz!.. Bittayarimtani yashirmadingmi-a? - Chub bu gaplariga o'zi zavq qilib, Soloxaning ko'ngli faqat menda, mendan boshqaga rag'bati yo'q, degan xayol bilan, ich-ichidan quvonib kulib yubordi. - Soloxa, qani endi arag'ingdan keltir. Sovuqdan tomog'im to'ngib qolganga o'xshaydi. E, xudo, rojdestvodek ulug' bayram oldida havoni shunday qilarmisan! Shunday muzlatdiki, shunday muzlatdiki, aslo qo'yaver, bay-bay... quloq solsang-chi, Soloxa, qo'llarim akashak bo'lib qoldi, po'stinimni yecholmayman-a! Bo'ron shunday urib berdiki...
Tashqarida birov eshikni itarib«och!» dedi.
Chub, shoshib tumog'ini olarkan, «temirchiga o'xshaydi», deb qo'ydi.
- Hoy, Soloxa, qayerga bekitsang bekit meni. U badbaxtning ko'ziga sira ko'ringim kelmaydi. Shaytonvachchaning ikki ko'ziga govmichcha chiqsin!
Soloxaning quti uchib, jinni kishidek nima qilarini bilmay gangib qolib, munshini yashirgan qopni ko'rsatdi. Bechora munshi davangidek odam sovuqda to'ngib, hali erimagan etigi bilan uning ikki chakkasini bosganda ham g'iq etmay jim o'tiraverdi.
Temirchi indamay kirdi-yu, boshidan qalpog'ini ham olmay, taxta ustiga yonboshladi. Avzoidan xafaligi bilinib turardi.
i Soloxa o'g'li ketidan eshikni yopguncha ham bo'lmay, yana birov taqillatib qoldi. Kelgan odam kazak Sverbiguz ekan. Buni qopga joylashning iloji ham yo'q, chunki u sig'adigan qop topilishi qiyin. Uning jussasi da'voshinikidan kattaroq, bo'yi Chubning og'aynisinikidan novcharoq edi. Shuning uchun Soloxa uning gapini yaxshilab eshitmoq niyatida uni tashqariga chiqarib, ang'izga olib kirdi.
Temirchi uyning har tarafiga parishonhol alanglab, uzoqda ramazon aytib yurganlarning ovoziga o'qtin-o'qtin quloq solib o'tirib edi. Bir mahal qoplarga ko'zi tushib qoldi; nima qilib yotibdi bu qoplar, chiqarib tashlash kerak edi. Ahmoqona muhabbat deb, jinni bo'lib qoldim. Ertaga bayram bo'lsa, uy yig'ishtirilmabdi, har balo ivirsib yotibdi. Ustaxonaga oborib tashlay!
Temirchi katta qoplar ustiga engashib, avval yaxshilab bo'g'ib, bog'lab, keyin orqalamoqchi bo'ldi. Ammo xayoli parishonligi shundoq bilinib turardi, bo'lmasa, qopning og'zini bo'g'ganda Chubning kokilini ham qo'shib bog'lab yuborganda uning vishillaganini, davangidek da'voshini hiqichoq tutib, hiqillaganini eshitgan bo'lar edi.
«Bu yaramas Oksana xayolimdan sira ketmasmikin-a? Hech o'ylamay desam ham o'yimga kelaveradi, o'chakishgandek yakkash o'sha esimga keladi, xolos. Nega bunday ekan, kishi xohlamasa ham miyasiga kiraverar ekan-da? Nima balo bo'ldi, qoplar og'ir tortib qolibdimi? Ko'mirdan bo'lak yanabiror narsa solinganga o'xshaydi. E, esim qursin! Har narsa menga og'ir ko'rinaveradi endi, hech esimda yo'q. Avval bir mirilik chaqani, ot taqasini bir qo'lim bilan ikki bukaverardim, endi bir qop ko'mirni ko'tarolmayman-a! Yaqinda shamol essa yiqiladigan bo'lib qolaman shekillik». Qeyin bir oz indamay turib, o'ziga dalda bergandek, «yo'q, men xotin kishi emasman! Uzimni hech kimga mayna. qildirib qo'ymayman! Bunaqa qopdan o'ntasi bo'lsa ham ko'taraman!» deb shovqinlab qo'ydi. So'ngra kerilib, ikkita polvon ko'tarolmaydigan qoplarni orqalab oldi. Ichida shayton g'ujanak bo'lib o'tirgan qopni ushlab, «buni ham olaymi, asboblarimni solib qo'ygan edim shekillik» deb, qo'shiq aytgancha tashqariga chiqib ketdi.Xotin olmoq hazil emasBotmon-daxsar et kerak...
Ko'chadagi qo'shiq, shovqin-suron tobora avjiga miidi. Yaqin oradagi qo'shni qishloqlardan ham bir talay odam yig'ilib, to'polon qilib yurganlar yana ko'paydi. Uspirin yigitlar xo'p yayrayaptilar. Ramazon aytib yur ganlar, gohda yoshlarning birontasi shu topda to'qigan qo'shiqlarni ham aytib yuborardilar. Gohda jo'ralar orasidan birov ovozining boricha baqirib, ramazon o'rniga ashur aytib yuborardi:Shedrik-vedrikVarachiga keldik.Osh bering-mosh bering,Qazidan bir bosh bering.
Hammalari kulishib, buni aytgan qiziqchini xursand qilardilar. Darchalar ochilib, qartaygai erlari bilai uyda qolgan kampirlarning ozg'in qo'llari bir bo'lak kolbasa, yoki somsa uzatar edi. Yigit va qizlar, «mengamenga» deb talashib, to'rvalarini tutardilar. Bir joyda yigitlar qizlarni o'rab olishgan: qiy-chuv bo'lib, chuvillashib, bir-biriga qor otishgan, bir-birining to'rvasini uloq qilgan. Bir joyda qizlar bir bolani chalib, to'rvasi bilan ag'anatgan. Tong otguncha shu zaylda to'polon qilib chiqadigan ko'rinadilar ular. Tun ham ularga bo'lishgandek izg'irinsiz, oyning nuri qordan yana ravshan tortgandek edi.
Temirchi galalashib yurgan qizlar orasida Oksananing jarangdor tovushini eshitganday bo'lib, qoplarini ko'targanicha to'xtadi. Paylari titrab, orqasidagi qoplarni yerga tashlab yuborgan edi, qopning tagida o'tirgan munshi og'riqdan voy-voylab yubordi, da'voshining hiqichog'i tutib, ovozining boricha hiqillab yubordi. Temirchi yelkasidagi yengil qopi bilan Oksananing ovozi kelgan qizlar to'pi kegidan galalashib borayotgan yigitlarga qo'shilib ketaverdi.
«Shahlo ko'zi o'tdek yonib malikaga o'xshab turgan ul ekan! Barno bir yigit unga bir narsalar so'zlayapti. Qiziq gap aytayotgan bo'lsa kerak, qiz kulib turibdi. Ammo u doim kulgani-kulgan-ku!» Temirchi o'zi ham bilmay, beixtiyor birdan hammani oralab o'tib, uning qoshiga borib turdi.
Vakulani jinni qilg'uday bo'lgan boyagi masxaraomuz kulgi bilan: «E Vakula, shu yerdamisan! Salom! Xo'sh! Ramazon aytib nima yig'ding? Qoping muncha kichkina! Malikaning oyog'idagi kavushni keltirdingmi, keltirsang senga tegaman!» dedi sho'x qiz va kulganicha qizlarga qo'shilib qochib ketdi.
Temirchi qoqqan qoziqday qadalib turib qoldi,«Io'q, endi toqatim qolmadi...» dedi chidolmay. «E, xu» doyim, nega muncha chiroylig-a, qurg'ur. Qarashi, so'zi, har bir qilig'i o'rtantiradi-ya! Urtantiradi. Hech toqatim qolmadi! Endi biryog'liq qilmasam bo'lmaydi. Ulib ketganim yaxshi, muzni yorib suvga cho'kaman, nomim o'chsin!»
Keyin dadil bo'lib, ildam-ildam yurib, qizlar to'pi ga yetib oldi. So'ngra Oksanaga yaqinlashib, qat'iy ohangda «xayr, Oksana! Endi ko'nglingga yoqqan boshqasini top, boshqa kimni xohlasang ahmoq qilaver, lekin. meni bu dunyoda endi ko'rolmaysan!» dedi.
Barno qiz taajjublanganday hayron bo'lib qoldi, bir so'z aytmoqchi bo'ldi, lekin temirchi qo'lini siltab, chopganicha ketib qoldi.
Uning chopib ketayotganini ko'rgan bolalar, «Vakula» qayoqqa!» deb orqasidan qichqirib qoldilar.
Temirchi ularga:«Xush qolinglar, og'aynilar! Xudo xohlasa narigi dunyoda ko'rishamiz, ammo bu dunyoda endi birga o'ynamoq nasib bo'lmas. Xayr, yomon ishlarimni eslamanglar! Qondrat otamizga ayting, gunohkor arvohimga duoi-fotiha qilsin, dunyoning ishlari bilan ovora bo'lib, aziz-avliyolarga sig'inmadim, sham yoqmadim. Sandig'imda nimaiki bisot bo'lsa cherkovga xudoyi qildim! Alvido!» deb javob qaytardi.
Temirchi shunday deb, orqasida qopi bilan yana chopib ketaverdi.
Yigitlar orqasidan:
- Aqldan ozibdi shekillik, - deb qolaverdilar.
Ko'chadan o'tib borayotgan xudojo'y kampir:
- Xudo uribdi, temirchi o'zini qanday osganini borib hammaga aytay! - deb o'zicha g'o'ldirab ketdi.
Vakula bir necha ko'chadan yugurib o'tib, dam olgani to'xtadi. «Hammasi barbod bo'lgandek qayoqqa chopib ketayotibman o'zim, - deb o'yladi u, - izlay, zaporojyeli Mechkay. Patsyukka borib maslahat qilib ko'ray, uni, jami jinlar bilan tanish, har qanday mushkulni oson qilarmish, deydilar-ku! Mayli, borib ko'ray, bari bir o'lim kishisiman!» Qopda haligacha qimirlamasdan jim yotgan shayton bu gapni eshitib suyunganidan qop ichida o'ynay boshladi. Ammo temirchi qopga o'zim tegib qimirlatib yubordim shekilli deb, qopni bir mushtlab, silkitdi-da, Mechkay Patsyuknikiga qarab ketdi.
Patsyuk Mechkay bir zamonlar zaporojye kazaklaridan bo'lganligi to'g'ri. Ammo uyoqdan haydalganmi yoki o'zi qochib kelganmi, buni hech kim bilmas edi. Dikanka qishlog'iga kelib turib qolganiga allaqancha, o'n yilmi, balki o'n besh yilmi bo'lgan. Avval xuddi zaporojyelikning o'zi edi, hech ishlamas, kunning uch qismini uyqu bilan o'tqazar, olti o'roqchining ovqatini yer, bir ko'targanda salkam bir chelak araq ichar edi. Buncha ovqatning joylashadigan o'rni ham bor edi, chunki bo'yi pastroq bo'lsa ham, eniga xiyla katta edi. Kiygan cholvorining kengligi shunchalik ediki, har qancha katta qadam tashlasa ham, oyog'i sira ko'rinmas, yurganda vino solinadigan bochka yurib ketayotganga o'xshardi. Shu tufayli MecHKay laqabini olgan bo'lsa ham ajab emas. Qishloqqa kelganiga uch-to'rt kun bo'lar-bo'lmas folbinligi hammaga mashhur bo'ldi. Birov betob bo'lsa, darrov zoguni chaqirtirar edi; kelib shivirlab bir duo o'qisa, har qanday dard tuzalib ketar edi. Nafsi buzuq zodagonlardan birontasiga baliqning qiltanog'i tiqilib qolsa, Patsyuk boplab bir musht urganda qiltanoq zodagonning tomog'iga hech eiyon-zahmat yetkazmasdan joyini topib ketardi. Lekin so'nggi vaqtlarda u kam ko'rinadigan bo'lib qolgan edi. Buning sababi dangasaligi bo'lsa ham ajab emas, ammo yildan-yilga eshikka sig'maydigan bo'lib borayotganligidan bo'lsa ham ehtimol. Uning o'zi eshikka chiqmasdi-yu, jamoa ahllaridan kimning unga ishi tushib qolsa, o'zi borar edi.
Temirchi qo'rqa-pisa eshikni ochib qarasa, Patsyuk chordana qurib o'tiribdi, oldida kichkina bochkacha, bochkacha ustida tovoqda tuppa oshi; tovoqni atayin og'ziga to'g'rilab baland qilib qo'yibdi. Qo'lini aslo qimirlatmasdav, boshini andak engashtirib tovoqdan ho'plab ichar, gohda tuppani tishi bilan tishlab olar edi.
Vakula buni ko'rib, «bunisi Chubdan ham battar yalqov ekan. Chub-ku, ovqatini qoshiq bilan yeydi-ya, bu qo'lini ko'targisi ham kelmaydi!» - deb qo'ydi ichida.
Patsyuk tuppa oshi bilan ovora bo'lsa kerak, ostona- dan o'tar-o'tmas engashib salom bergan temirchining kelganini payqamadi.
Vakula yana salom berib:
- Huzuringga iltimos bilan keldim! - dedi.
Xo'ppasemiz Patsyuk boshini ko'tarib qarab qo'ydi-da.
yana tuppasini ichaverdi.
Temirchi nafasini rostlab olib:
- Achchig'ing chiqmasin, men bu gapni seni ranjitmoq uchun aytayotganim yo'q, sening shayton bilan ozroq qarindoshchiliging bormish, - dedi.
Vakula bu so'zlarni aytib qo'yib, keyin qaltis so'zlarni bir oz yumshatmasdan, qo'polroq qilib gapirdimmi, deb qo'rqdi va Patsyuk tovog'i bilan boshimga urib qolarmikan, degan xavotirda o'zini bir chekkaga olib, tuppaning issiq sho'rvasi betimga sachramasin, deb yengi bilan betini bekitib oldi.
Ammo Padyuk bir qarab qo'yib, tuppasini yeyaverdi.
Temirchi sal botirlanib, yana:
- Patsyuk, xudo hech narsadan kam qilmasin, davlating ziyoda bo'lsin, nonu tuziigga baraka bersin, men senga panoh tortib keldim! - dedi. Temirchi gohda suxandonlik ham qilib qo'yar edi, chunki yuzboshining taxta devorini bo'yagani Poltavaga borganda ancha pishib qolgan edi. - Men gunohga botgan bechoraman, dardimga davo yo'q. Endi nima bo'lsa bo'ldi, shaytonga yalinishdan bo'lak chora qolmadi. Nima qilay, Patsyuk? - Patsyuk indamasdan o'tiravergach. - Qanday qilay? - dedi yana.
Patsyuk boshini ko'tarmay tuppasini oshalarkan:
- Shayton kerak bo'lsa, bor o'shaning oldiga, - dedi.
Temirchi engashib salom berib:
- Shuning uchun sening qoshingga keldim-da, shaytonga eltar yo'lni sendan boshqa hech kim bilmasa kerak, - dedi.
Patsyuk churq etmay, qolgan tuppasini yeb bo'ldi. Temirchi uni o'z holiga qo'ymay:
- Rahm qilgin, yaxshi odam, yo'q dema: cho'chqa go'shti deysanmi, kolbasami, oq un, qora un deysanmi, matomi, so'kmi, nimaiki kerak bo'lsa beray, yaxshilikka yaxshilik qaytaraman, menda qolmas... loaqal shaytonga eltadigan yo'lni ko'rsatib qo'y, - derdi.
Patsyuk boyagi-boyagicha bemalol va beparvo:
- Shayton yelkasida turgan odam shaytonni qidirmaydi, - dedi.
Bu so'zlarning ma'nosi Patsyukning manglayida yozilgandek, Vakula unga tikilib qoldi. Uning ko'rinishidan, nima deyapti, degan savol yog'ilardi. Sal ochilib qolgan og'zi. Patsyuk aytgan har bir so'zni xuddi tuppadek yutib yuborguday bo'lib turardi. Lekin Patsyuk indamasdi.
Vakula yaxshiroq qarasa, Patsyukning oldida na bochka idish bor, na tovoqda tuppa. Lekin yerda ikkita zarang kosa turibdi, birida chuchvara, birida qaymoq. Uning xayoli, ko'zi beixtiyor bu ovqatga qaratildi. Uziga-o'zi «ko'ray-chi: chuchvarani qanday yerkan, tuppani yegandek boshini eggisi kelmas, egganda ham, bari bir bo'lmaydi, chunki chuchvarani qaymoqqa botirib olish kerak-ku», deb o'yladi.
Vakula shunday deb o'ylashi bilanoq Patsyuk og'zini ochdi, chuchvaraga bir qarab qo'yib og'zini yana kattaroq ochdi. Chuchvara kosadan sakrab chiqib qaymoqqa tushdi, unda bir dumalab, sapchib Patsyukning og'ziga kirib ketdi. Yeb bo'lgach, yana og'zini ochdi, chuchvara yana shu xilda sapchib, og'ziga kirib ketdi. Uning ishi faqat chaynashu yutish edi.
Temirchi taajjubdan ag'rayib, «g'alati-ku!» deb hayron bo'lib turib edi, chuchvara uning og'ziga ham kirib ketayotganini fahmlab qoldi. Labi allaqachon qaymoq bo'libdi. Temirchi chuchvarani yutib, labini artib dunyoda qanday g'alati ajoyibotlar bo'ladi-ya, shayton odamni qanday ishlarga boshlaydi-ya, debo'ylab qoldi va Patsyukdan boshqa hech kim unga yordam berolmasligini bildi. «Yana bir salom berib ko'ray, uqdiribroq aytsin... I-ye, menga nima balo bo'ldi, bugun o'ta ro'za tutadigan kun edi-ku! Chuchvara yeb qo'ydim, chuchvara tuzlik-ku! Qanday ahmoqman, qarab turib gunohkor bo'ldim-a! Qoch endi!» Xudojo'y temirchi orqasiga qaramay yugurgancha uydan qochib chiqdi.
Ammo uning qopida suyunib o'tirgan shayton, g'animini qo'ldan chiqargusi kelmadi. Temirchi qopni yerga qo'yishi bilai shayton darrov chiqib, uning yelkasiga minib oldi.
Temirchining badani jimirlab ketdi. Quti uchib, qoni qochib, cho'qinmoqchi bo'lib turganida shayton tumshug'ini uning o'ng qulog'iga yaqin keltirib:
- Men senga do'stman, do'stim, birodarim uchun har narsa qilaman, - keyin chap qulog'iga chiyillab: - Pul desang istaganingcha beraman, - dedi. Qeyin tumshug'ini yana o'ng qulog'iga tutib: - Oksana shu bugunning o'zida bizniki bo'ladi, - deb shivirladi. Temirchi o'ylab turib:
- Xo'p, bu baho uchun men senikiman! - dedi.
Shayton qarsak urib, xursandligidan temirchining yelkasida turib o'yin tushib ketdi. Endi qo'limga tushdi-yu, shaytonlarni masxara qilib solgan suratlarining alamini endi olaman, qishloqning eng yaxshi xudojo'y odami qo'limga tushganini sheriklarim bilsalar, nima derkinlar, derdi o'zicha. Do'zaxdagi quyruqlilarni qanday mazax qilishini, ularning vasvasachilikda eng birinchisi bo'lgan cho'loq shaytonga qanday alam qilishini ko'z oldiga keltirib kulib yubordi.
Shayton, temirchi qochib ketmasin, degan xavotirda bo'lganidan hali ham uning yelkasidan tushmay chiyillab:
- Lekin, Vakulka, o'rtada bir shart bog'lamasdan hech bir ish qilinmasligini o'zing bilasan! - dedi.
- Nima desang men tayyorman, - dedi temirchi. - Sizlarda qon bilan qo'l qo'yish odatmish deb eshitdim; to'xta, kissamdagi miximni olay! - deb qo'lini orqasiga qilib, shaytonni dumidan tutib oldi.
Shayton kulgancha:
- I-ye, hazilkash ekansan-ku! Qo'y hazilingni, bas! - dedi baqirib.
- Shoshma, jonginam! Manavinga qarab qo'y-chi, nima? - deb, darrov cho'qingandi, shayton birpasda muloyim bo'lib, qo'zichoqdek yuvvosh tortib qoldi. Qeyin dumidan tortib yelkasidan tushirarkan, - to'xta-chi, yaxshi odamlarni yo'ldan ozdiradigan, gunohga boshlaydigan sanmi, shoshmay tur! - deb uning ustiga minib oldi, keyin cho'qinmoqchi bo'lib qo'lini ko'targan edi:
- Vakula, afv et! Nima buyursang bajo keltiraman, jonimni qiynama, tavba qildim, cho'qintirma meni, xochingdan qo'rqaman! - deb yalindi.
- Ha-ha! Endi boshqacha tiling chiqdimi, la'nati nemis! Nima qilishimni endi o'zim bilaman. Hozir meni uchirib obor, qushdek uch!
Shayton g'amgin qiyofada: «Qayoqqa?..» dedi.
- Petemburgga! To'ppa-to'g'ri poshsho xotin oldiga oyoor!
Havoga ko'tarilib uchishi bilan, temirchi qo'rqqanidan yuragi orqasiga tortib ketdi.* * *
Oksana temirchining g'alati gaplarini o'ylab, xayol surib qoldi. Temirchiga haddan tashqari jabr qilganini o'zi ham bilib, ichida afsus yer edi. «Agar rostdan ham yomon bir ish qilib qo'ysa nima bo'ladi? Alamidan har narsa qilsa qilaveradi-da! Boshqa birovni yaxshi ko'rib, o'shani qishloqning barnosi debmaqtab yursa ham yuraveradi-da. Yo'q, meni sevadi, mendan chiroyligi bormi! Mendan aslo ajralmaydi, hazillashib qo'ydi-da! Un minut ham o'tmasdan meni ko'rgani yana qaytib keladi. Nafsambri, unga barahmlik qildim. Xohlamagandek bo'lsa ham bir o'pich beray. Bir suyuntiray!» Yengiltak go'zal qiz o'rtoqlari bilan hazillashib o'ynab ketdi. Urtoqlaridan birsh
- Shoshmanglar, temirchi qoplarini esidan chiqazib tashlab ketibdi. Qaranglar, g'alati qoplar-a. U ramazonni bizdaqa aytmabdi, unga bir nimtadan go'sht ber. ganga o'xshaydilar, kolbasa bilan non behisobdir. Mo'lchilik, hayit o'tguncha maza qilsak bo'ladi, - dedi.
- Temirchining qoplarimi hali bu? - dedi Oksana ham. - Tez bo'linglar, biznikiga oborib, yaxshilab qaraylik-chi, nimalari bor ekan.
Qizlarning hammasi kulishib, uning gapini ma'qulladilar.
Qizlar qoplarni ko'tarib ko'rib:
- Voy, bizlar ko'tarolmaymiz, - deb chuvillashdilar.
- Shoshmanglar, darrov borib chana keltirib, chanaga ortib olib ketamiz, - dedi Oksana.
Qizlar chanaga yugurib ketdilar.
Munshi barmog'i bilan qopni anchagina teshib qo'ygan bo'lsa ham, har holda qopga tushganlar juda zerikib qolishdi. Agar odam bo'lmaganda, munshi bir iloj qilib chiqib olardi, ammo hamma qarab turganda qopdan chiqib, o'zini-o'zi mayna qilsinmi... Bu mulohaza uni sabr qilishga majbur etdi, shuning uchun, Chubning etigi ancha ezganiga qaramay, inqillab, sabr qilishga qaror berdi. Chub ham tagidagi narsa o'tirishga noqulay, beso'naqay ekanini sezib, u ham tezroq qutila qolishni xohlar edi. Ammo qizining boyagi so'zini eshy. tishi bilan xotirjam bo'ldi. Uyga yetguncha yuz qadam, balki ko'proq yurmoq kerak. Qopdan chiqadigan bo'lsa uyoq-buyog'ini rostlab, po'stinining bog'ichini taqmog'i, kamarini bog'lamog'i kerak, buning ustiga tumog'i ham Soloxanikida qolibdi; shu mulohaza bilan, chiqmay o'tiraverdi. Qizlar chanada eltib qo'ysalar yaxshi emasmi, Ammo Chub o'ylaganday bo'lmadi. Qizlar chanaga ketgan» larida, anavi novcha, qotma og'aynisi juda xafa bo'lib araqxonadan chiqib keldi. Araqfurush xotin nasiyaga bermabdi. Bironta xudo yarlaqagan badavlat kelib qolib ichirarmikin degan umidda xiyla kutdi, lekin ak siga olganday, davlatmand boyonlarning barisi xudojo'y xristian bo'lganlaridan, uylarida bola-chaqalari bilan birga bo'tqa osh yeb o'tirardilar. U, odamlarning fe'li ketganligi, araqfurush juhud xotinning toshbag'irligi to'g'risida o'ylab borayotib, qoplarni ko'rib, hayron bo'lib to'xtab qoldi. Uyon-buyonga alanglabqarab:
- Kim yo'lga qopini tashlab ketibdi! Go'sht-po'shti bordir! Bitta-yarimta baxti ochilgan ramazon aytib yiqqanu shuncha narsani! Muncha bahaybat qoplar-a! Agar yasmiq unidan bo'lsa ham, bug'doy unidan bo'lsa ham, ichi to'la non bo'lsa hamyomonemas. Nuqul chapati patir bo'lsa tag'in yaxshi. U ham shirin bo'ladi. Araqfurush juhud xotin bitta patirga nimchorak araq beradi. Birov ko'rib qolmasdan tezroq olib ketay! - Chub bilan munshi tushgan qopni orqalab olmoqchi bo'ldi, lekin qarasa, juda og'ir. - Bir kishiga og'irlik qilarkan. Xayriyat, bo'zchi Shapuvalenko kelyapti. Assalomu alaykum, Ostap!
Bo'zchi ham to'xtab, salom berdi.
- Io'l bo'lsin?
- Uzim. Oyog'im qayoqqa tortsa shu yoqqa ketayotibman.
- Yaxshi kishi, shu qoplarni ko'tarishvor. Birov ramazon aytib yig'ib-yig'ib, ko'chaga tashlab ketibdi. Nima bo'lsa bo'lishib olamiz!..
- Qop? Nimasi bor ekan, patirmi, kulchami?
- Nima desang borga o'xshaydi.
Darrov chetan devordan ikkita kaltak sug'urib, qopni kaltakka qo'yib yelkalab ko'tarib ketdilar.
Bora turib, bo'zchi:
- Qayoqqa oboramiz, araqxonagami? - dedi.
- Men ham o'shatga boraylik degan edim-u, lekin badbaxt juhud xotin ishonmasdan, birovnikini o'g'irlab kelishdi, deb o'ylarmikin deyman, undan tashqari, men hozirg'ina u yerdan chiqdim. Biznikiga oboramiz, hech kim yo'q, bemalol, xotinim uyda emas.
Bo'zchi, ehtiyotkorlik qilib:
- Yo'qligi aniqmi? - dedi.
- Xudoga shukur, aqlimizni yeb qo'yganimiz yo'q, agar uyda bo'lsa jinni bo'pmanmi borib. Tong otguncha xotinlar bilan valaqlashsa kerak, - dedi.
Ikki do'stning dahlizdagi g'ovur-g'uvurini eshitib qolgan xotini eshikni ochib, «kimsan?» dedi.
Eri xotinining uydaligini bilib taxta bo'lib qoldi.
Bo'zchining ham qo'llari shalvillab, «ana xolos!» dedi.
Uning xotini shunday qimmatbaho hazina ediki, bunday matodan dunyoda oz emas. Eri singari u ham sira uyda o'tirmas, ertadan-kechgacha qo'ni-qo'shnilarnikida, badavlat kampirlarnikida yurib, ovqatlarini maqtabmaqtab, ishtaha bilan yer edi, eri bilan faqat ertalab urishardi, chunki goh-gohda faqat ertalab ko'rmasa, bo'lak vaqtda uni sira ko'rmas edi. Uylari qishloq mirzasining cholvaridan ikkihissa eskiroq, tomlarining poxoli tushib ketib, uyer-buyeri ochilib qolgan edi. Gavrondan to'qilgan chetan devor allaqachon buzilib, titilib ketgan, chunki o'tgan-ketganlardan kimga it urgani kaltak kerak bo'lsa, falonchining devori bor-ku, deb uydan kaltak olmay, uning devoridan sug'urib ketardi. Pechkasi uch kunda bir yoqilar edi. Xotini saxiylardan nimaiki tama qilib so'rab olsa, eridan yashirib, burchak burchakka tiqar va lekin eri topganini darrov araqxonada yo'qotib kelmasa, zo'rlik qilib qo'lidan tortib olar edi. Eri shuncha vazminligi bilan ham xotinidan past kelishni xohlamas va aksari ikki qovog'i ko'karib, uydan chiqib ketar, qadrdon zaifasi esa oh-voh qilib, erining zulmidan, yegan kaltaklaridan qo'shni kampirlarga hasrat qilgani jo'nardi.
Bo'zchi bilan og'aynisining qanday sarosimaga tushib qolganlarini o'zingiz tushunavering. Qopni yerga qo'yib, ikkovi etaklari bilan to'sib oldilar. Biroq, fursat o'tdi, chunki kampir garchi ko'zi xiraroq bo'lsa ham, qopga allaqachon ko'zi tushgan edi.
- Mana bu ishing yaxshi! - dedi xotin. Uning avzoyi jo'jaga ko'zi tushgan kalxatga o'xshardi. - Ramazon aytib shuncha ovqat yig'dingizmi, yaxshi odam hammavaqt shunaqa bo'ladi, biroq o't-betdan urib kelganmisizlar, deb o'ylayman. Qani, hozir menga ko'rsating qopingizni, tezko'rsating deyman!
Eri kerilib turib:
- Boshida bir tuki qolmagan kal shayton ko'rsatmasa, biz ko'rsatmaymiz, - dedi.
- Bu narsalarni ramazon aytib topgan biz, seni ishing nima? - dedi bo'zchi.
Xotini novcha erining iyagiga bir musht urib:
- Ko'rsatmaysanmi hali, voy yashamagur bangi! - deb qopga chovut soldi.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Rojdestvo arafasidagi tun - 3
  • Parts
  • Rojdestvo arafasidagi tun - 1
    Total number of words is 3737
    Total number of unique words is 2097
    26.6 of words are in the 2000 most common words
    40.6 of words are in the 5000 most common words
    49.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Rojdestvo arafasidagi tun - 2
    Total number of words is 3776
    Total number of unique words is 1956
    29.0 of words are in the 2000 most common words
    43.3 of words are in the 5000 most common words
    52.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Rojdestvo arafasidagi tun - 3
    Total number of words is 3807
    Total number of unique words is 2030
    26.9 of words are in the 2000 most common words
    41.8 of words are in the 5000 most common words
    51.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Rojdestvo arafasidagi tun - 4
    Total number of words is 371
    Total number of unique words is 290
    41.0 of words are in the 2000 most common words
    50.9 of words are in the 5000 most common words
    62.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.