Rojdestvo arafasidagi tun - 4

Total number of words is 371
Total number of unique words is 290
41.0 of words are in the 2000 most common words
50.9 of words are in the 5000 most common words
62.1 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Temirchi unga yaqinroq kelib, qo'lidan tutdi. Barno qiz ko'zini olib qochib yerga qaradi. Qiz aslo shu topdagidek go'zal ko'rinmagandi. Shavqi oshib shodlangan temirchi uning yuzidan sekin o'pgan edi, yuzi qizarib, husni yana oshdi.* * *
Marhum arxiyerey bir kuni Dikanka qishlog'idan utib borayotganida bu yerni maqtab, bir ko'chada yangi solingan uy oldiga kelib to'xtadi. Hazratlari, eshik oldida qo'lida bolasi bilan turgan chiroyli xotindan:
- Bunday ajoyib sirlangan uy kimniki? - deb so'radilar. Eshik oldida turgan xotin, ta'zim bilan:
- Temirchi Vakulaniki! - dedi.
Xotin Oksaianing uzi edi. Hazratlari uyning eshik va darchalarini tomosha qilarkan:
- Xo'p yaxshi ishlanibdir, yaxshi! - deb qo'ydilar. Derazalarning to'rt tomoni qizil bo'yoq bilan bo'yalgan, eshiklarda og'zida chilimi bilan ot minib turgan ka zaklarning surati solingan edi. Ammo hazratlari Vakulaning tovbasini buzmay tekinga butxonaning chap tomoniga ko'k buyoq ustiga qizil bilan gul solib bo'yab berganini eshitib yana ham alqadilar. Bundan tashqari, butxonaga kiraverishda chap tomondagi devorga, shayton mal'unning do'zaxda yonayotgan suratini solib qo'ydi; shayton bachchag'arni shunday xunuk-badnom qilib soldi» ki, kimki o'tsa tufurib o'tar edi; xotinlar bo'lsa bolalari yig'lay bersa surat oldiga olib kelib: «Anavini qara, muncha tasqara-ya!» derdilar. Bolalar ham darrov ko'z yoshlarini artib, suratga bir qing'ayib qarardilar-da, onalarining bag'riga yopishib olardilar.
1832.

Gogol N. V.
Rojdestvo arafasidagi tun.
Yosh gvardiya, 1980. 64 b.

1
Burungi vaqtda Ukrainada«Kolyadka» aytish odati bor ekan. Bu bizning «yoramazon» ga o'xshab ketganidan uni «yoramazon» deb tarjima qildik. (Tarj.)
«Bizda ertaga rojdestvo degan kuni kechqurun odamlarning eshigiga borib qo'shiq aytishni kolyadovat deydilar. Uyning egasi kolyadka aitib kelgan kishining to'rvasiga kolbasami, nonmi yok. chaqami, ishqilib, Har kim topganini tashlaydi. Bir zamonlarda Kolyadka, degan bir tentak o'tgan ekan, uni avliyo hisoblagan ekanlar. Kolyadka aytish shundan qolgan ekan. Kim bilsin, rostmi yolg'onmi? Buni muhokama qilish bizdek nodonlarning ishi emas Utgan iili Osip hazrat, kolyadka aytish, shaytonni sharaflash bilan teng, deb ta'qiqlamoqchi bo'lgan ekan. Ammo to'g'risini aitganda kolyadkada boyagi Kolyadka haqida bir og'iz ham so'z yo'q. Ko'proq Isoning tug'ilgani to'g'risida qo'shiq aytadilar. keyin oxirida uyning egasini uning bola-chaqalarini duo “kiladilar”. Arichining sharhi. (Gogol izohi).
2
Fransuzmi, ruminmi, shvedmi, ishqilib, boshqa yurtdan kelganlarning hammasini bizda nemis, deydilar. (N. V. Gogol izohi).
3
Yareski- Poltava gubernyasi. Mirgorod uyezdidagi bir qishloq.
4
Stryapchiy- Ro'zg'or ishlarini olib boruvchi saroy xodimi.
5
Ponomar- pravoslav cherkovida jom chaluvchi.
6
Saqar- do'zax.
7
Zaporojyening odati bo'yicha u yerga xotin keltirganlarga o'lim jazosi berilardi.
You have read 1 text from Uzbek literature.
  • Parts
  • Rojdestvo arafasidagi tun - 1
    Total number of words is 3737
    Total number of unique words is 2097
    26.6 of words are in the 2000 most common words
    40.6 of words are in the 5000 most common words
    49.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Rojdestvo arafasidagi tun - 2
    Total number of words is 3776
    Total number of unique words is 1956
    29.0 of words are in the 2000 most common words
    43.3 of words are in the 5000 most common words
    52.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Rojdestvo arafasidagi tun - 3
    Total number of words is 3807
    Total number of unique words is 2030
    26.9 of words are in the 2000 most common words
    41.8 of words are in the 5000 most common words
    51.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Rojdestvo arafasidagi tun - 4
    Total number of words is 371
    Total number of unique words is 290
    41.0 of words are in the 2000 most common words
    50.9 of words are in the 5000 most common words
    62.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.