Rojdestvo arafasidagi tun - 3

Total number of words is 3807
Total number of unique words is 2030
26.9 of words are in the 2000 most common words
41.8 of words are in the 5000 most common words
51.2 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Ammo eri bilan bo'zchi mardlik ko'rsatib, qopni bermasdan, uni chekinishga majbur qildilar. Lekin ular o'zlariga kelguncha bo'lmay, kampir qo'lida temir kosov bilan dahlizdan yugurib chiqdi va kela solib, erining qo'liga, bo'zchining yelkasiga tushirib, qopning tepasiga kelib, o'ziniki qilib oldi.
- Nega uni qop yaqiniga yo'latding? - dedi bo'zchi hushiga kelib.
- I-ye, men yo'latdimmi, nega sen yo'latding, axir! - dedi unisi shalvayib.
- Kosovingiz temirga o'xshaydi-ya, - dedi bo'zchi birpas jim turgandan keyin yelkasini qashirkan. - Utgan „il yarmarka bo'lganda xotinim tangamiriga bio kosov olgan ekan, yomon emas... uncha og'ritmaydi.
Zur chiqqan xotini qo'lidagi qora chiroqni yerga qo', yib qopni yechib qaradi. Ammo qopni darrov ko'rgan xi. ra kuzlari endi aldandi.
- Eh-ha, butun boshli to'ng'iz-ku! - dedi u suyunga. nidan chapak chalib.
- Eshitdingmi, butun boshli to'ng'iz ekan! Qildingqilding, sen qilding! - dedi bo'zchi sherigini tur.
- Nima ham qila olardik, - dedi sherigi.
- Bu nima deganing? Nega qarab turibmiz? Qo'li. dan tortib olaylik qopni, qani, boshla sen!
- Nari tur, nari tur, sening haqqing yo'q to'ng'izDa, bizniki! - dedi bo'zchi yaqin kelib.
- Nari tur, shaytonning xotini! Nima haqqing bor seni, dedi eri ham xotiniga yaqinroq kelib.
Xotini yana temir kosovga qo'l uzatgan edi, shu payt Chub qopdan chiqib, uzoq uyqudan turgan kishidek dahliz. ning urtasida kerisha boshladi.
Kampir ikki qo'lini soniga urib, qichqirib yubordi, hammasining og'zi ochilib, hayron bo'lib qolishdi.
- Nodon bo'lmasa nega to'ng'iz, deydi. Bu to'ng'iz emas! dedi eri ko'zini ola-kula Qilib.
- Shundoq odamni ham qopga tiqadimi! Nima desanggam, shaytonning ishi, boshqa emas, bo'lmasa qanday qilib darchaga sig'adi! - dedi, qo'rqnb ketgan bo'zchi o'zini orqaga tashlab. Unisi bo'lsa, tikilibroq qaraganidan keiin: «e, og'aynim-ku!» deb qichqirib yubordi.
- Bo'lmasa kim deb o'ylab eding? - dedi Chub il? jaiib. Xo'p mayna qildimmi ikkovingni? Cho'chqa deb meni yemoqchi edingiz-a! Shoshmanglar, qopda yana bir narsa bor, to'ng'iz bo'lmasa ham, bolasi tagimda yotib g'ivir-g'ivir qilgandi, - dedi.

Bo'zchi bilan yo'ldoshi birdan qopga yopishdi, xotin ham biryohdan yopishdi. Qopdan chiqishdan boshqa chora yo'qligini bilgan munshi emaklab chiqmaganda, ular o'rtasida yana talash boshlanar edi.
Xotinning o'takasi yorilguday bo'lib, munshining oyoridan ushlab tortayotgan joyida qo'yib yubordi.
- Yana bittasi chiqdi! - deb baqirib yubordi bo'zchi qo'rqqanidan, - Nima balo bo'ldi... Boshim aylanib qoldi... Endi ramazon aytganlarning qopiga kolbasa-yu, Kulcha o'rniga odam tashlaydigan bo'libdilar!
Hammadan battar taajjubda qolgan Chub,«Munshiku!» dedi.
- Barakalla, Soloxa! Qopga xo'p tiqqan ekan... Nega Uyi tO'la qop dedim-a... Endi bilsam har qopda ikkitadan odam bor ekan, yolg'iz men bilan... deb o'ylagan vdim, barakalla, Soloxa.* * *
Qizlar qopning bittasini topolmay, hayron bo'ldilar. «Mayli, shu bittasi ham bo'ladi», dedi Oksana.
Hammalari qopga yopishib chanaga ortdilar.
Da'voshi qop ichida o'tirib o'yladi: «Agar qopni yechib, meni chiqaringlar deb qichqirgunday bo'lsam, nodon qizlar, qopdagi shayton ekan, deb qochib ketishadi, ertagacha ko'chada qolib ketaman, shuning uchun indamay jim o'tiraverganim ma'qul».
Qizlar bo'lsa qo'l ushlashib, g'archillama qorda chanaii uchirgancha olib ketdilar. Ba'zilari sho'xlik qilib «naga o'tirib oldilar, da'voshining tepasiga minib oluvchilar ham bo'ldi. Da'voshi churq etmasdan bardosh berishga qaror qildi. Aloha yetib keldilar, dahliz va uyning eshigini langochib, xaxolashgancha qopni sudrab kirdilar, Qizlarning barisi qopki yechmoqqa urinib, «Nima bor ekan, nima ekan», deb chuvillashar edi.
Shu payt, da'voshini boyadan beri juda qiynab kelayoggan hiqichoq bilan yo'tal shunday tutib berdiki, aslo to'xtatolmasdan ovozining boricha yo'talib yubordi. Qizlar qo'rqishib, «odam yotibdi», deb chinqirishganlaricha tashqariga qochib ketdilar.
Chub eshikdan kirib kelarkan:
- Nima balo bo'ldi sizlarga, jinni bo'ldinglarmi? - dedi.
- Voy, dada, qopda odam bor ekan! - dedi Oksana.
- Qopda? Bu qopni qayerdan oldinglar?
Hammalari birdaniga:
- Temirchi ko'chaga tashlab ketdi, - deyishdi.
«Ana, hali aytmadimmi», deb qo'ydi ichida Chub.
- Nimaga qo'rqasizlar? Qani, qaraylik-chi. Hoy odam, ismingni bilmaymiz, xafa bo'lmaysan, qani, chiq qopdan!
Qopdan da'voshi chiqdi.
Qizlar«voy o'lay!» deb chinqirib yuborishdi.
Chub, da'voshining boshidan oyog'igacha qarab, ichida: «Da'voshi ham shu yo'lga kirgan ekan-da», deb hayron bo'lib, «ana xolos!.. Obbo!» deganicha qoldi.
Da'voshi ham Chubdan battar xijolat bo'lib, nima deyishini bilmas edi. Keyin birpas turib:
- Tashqarida havo sovuqmi? - deb so'radi Chubdan.
- Bir oz sovuq, - deb javob berdi Chub, - So'rasam maylimi, etigingga qora moy surtasanmi, dumba moyimi?
Uning muddaosi boshqa edi, nima bo'lib qopga tui ding, deb so'ramoqchi edi, ammo nega bunday deganini o'zi ham bilmay qoldi.
- Qora moy surtgan yaxshiroq, - dedi da'voshi, -
Chub, xayr! - deb, tumog'ini bosdirib olib uydan chiqib ketdi.
Chub, da'voshi chiqib ketgan eshikka qarab turib:
- Etigini nima bilan moylashini nega so'radim! - dedi o'zicha. - Barakalla, Soloxa! Shunday odamni qopga tiqqaningga qoyilman!.. Obbo shayton xotin-e! Ofarin-e! Men ahmoq bo'lsam... qani haligi la'nati qop?
- Anavi burchakka eltib qo'ydim. Ichida boshqa hech narsa yo'q! - dedi Oksana.
- Bekor aytibsan, hech narsa yo'g'-a! Qani, buyoqqa keltir. Yana birov bo'lsa kerak! Yaxshilab qoqinglar... Xo'sh, yo'qmi?.. Ha, la'nati xotin! Ko'rinishi avliyoga o'xshaydi, o'zini juda pokiza, pokdoman tutadi.
Lekin biz Chubni shu achchiq va alam ustida qoldirib, endi temirchiga kelaylik, chunki soat to'qqiz bo'lay deb qoldi shekilli.
Vakula osmonda juda balandga chiqib ketganidan yerga qarasa hech narsa ko'rinmaydi; yuragiga vahima tushdi. Pashshadek bo'lib oyning tagginasidan o'tib ketdi; agar boshini egmaganida qalpog'i oyga ilinib qolar edi. Ammo bir ozdan keyin sal botirlanib, shayton bilan hazillasha boshladi. Sanobar yog'ochdan qilingan xochny bo'ynidan olib uning yaqiniga keltirsa, - shayton aksirib, yo'tali tutar edi. Jo'rttaga boshini qashimoqchi bo'lib qo'lini ko'tarsa ham, shayton cho'qintirmoqchi shekilli, deb yana balandroq uchar edi. Osmon charaqlab, hammayoq yorug' va ravshan edi. Kumushdek tuman ichidahavo tiniq, hamma narsa ravshan ko'rinar edi. Hatto tuvak ichiga tushib olib, shamoldek uchib o'tib ketgan sehrgarni ham ko'rdi; yulduzlarning to'p bo'lib, ko'z bog'lash o'ynayotganlarini, bir tomonda allaqancha arvohlar g'ujg'uj bo'lib pirillashib uchib yurganini ham ko'rdi; oyning oldida dingillab o'ynab turgan shaytonuchib ketayotgan temirchini ko'rib, shapkasini olib salom berganini, yalmog'iz kampirni biron yerga eltib tashlab, endi o'zi salt qaytib kelayotgan supurgini... xullas yana bir talay bo'lmag'ur narsalarni ko'rdi. Nimaiki yo'lda uchrasa, birpasda to'xtab, taqachini tomosha qilib, keyin yana yo'lga tushar edi. Temirchi uchib-uchib Peterburgga yetdi. Shu kuni shahar, bilmadim nima uchun, charog'on ekan. Shayton yo'ldagi govdan o'tgach, yerga tushib arg'u. moq otga aylandi; tsmirchi qarasa, sho'x, chopag'on ot ustida ko'chada ketyapti. Yepnray! Tasur-tusur, to'palon, dabdabasi olamni buzgunday. Ko'chaning ikki tomonida to'rt qavatli imoratlar. Otlarning tasur-tusuri, g'ildiraklarning ovozi to'rt tomondan aks-sado berar edi. Uylar tobora ko'payib, xuddi yerdan o'sib chiqayotganday ko'. rinardi. Ko'priklar lopillaydi, fayton aravalar gumburlaydi, izvoshchilar, kucherlar po'sht-po'shtlab qichqirishadi. Har tarafdan chopib ketayotgan ming-ming chanalar qorni to'zitib, uchirib o'tardi, piyodalar qator-qator shamdon osilgan devorlar tagiga siqilib borur edilar, ularning uzun-uzun tarnov bo'yi soyalari tomga yetar edi. Temirchi har tarafga alanglar edi. Nazarida jami uylar chirog'li ko'zlarini unga tikib turgandek edi. Movut po'stin kiygan boylar ko'pligidan qaysi biriga salom berishini bilmay qoldi. «Yepiray! Boylar muncha ko'p-ekan bunda! - derdi ichida, - Po'stin kiygan. larning barisi sud a'zosi bo'lsa kerak! Oynavon arava» larda o'tganlar shahar boshlig'i bo'lmasa, hokimdir yoky undan ham ulug'dir». Shu payt shayton: «To'ppa-to'g'ri malikanikiga boraveramizmi?» - deb so'rab qoldi. Temirchi ichida: «Yo'g'-e, vahimalik-ku! - deb qo'ydi. - Utgan yil kuzda Dikankadan o'tib ketgan zaporojyeliklar shu o'rtada bir joyga tushgandirlar. Yurtlaridan poshshoga xat olib kelgan edilar; shular bilan maslahatlashsam yaxshi bo'lardi. Hoy, shayton, darrov cho'ntagim. ga kir, meni zaporojyelilar oldiga olib bor!» - dedi. Shayton bir lahzada ozib, jing'archa bo'lib qoldi va bemalol uning cho'ntagiga tushib oldi. Vakula hash-pash deguncha ulkan bir uyga yetib keldi. Tavakkal qilib, ichkari kirdi, zinadan chiqib, eshikni ochar-ochmas, uyning dabdabasini ko'rib vahimasi kelib, ketiga tislandi. Lekin Dikankadan kelgan zaporojyelilar qora moy surtilganetiklari bilan shohi divanlarda chordona qurib, asil tamakilardan chekib o'tirganlarini ko'rib yuragi dadilroq bo'ldi.
- Assalomu alaykum, ulug'lar, xudo yor bo'lsin, shunday joyda ko'rishdik! - dedi temirchi peshanasi yerga tekkuncha engashib salom berib.
Temirchining xuddi oldiginasida o'tirgan, yonidagidan so'radi:
- Kim u kelgan?
- Hali tanimadinglarmi meni, temirchi Vakula bo'laman! Kuzda Dikankadan o'tganingizda, xudo salomat qilsin, umringiz uzoq bo'lsin, omon bo'linglar, salkam ikki kun qo'ngan edingiz. Aravangizning oldingi g'ildiragiga temir qoqib bergan edim, - dedi.
- Ha, anavi surat solishga usta temirchimi? Omonmisan, hamshahar, xudoyim nega seni bu tomonlarga keltirdi? - dedi boyagisi.
- Uzim tomosha qilgim keldi, deydilarki...
Zaporojyeli o'ziga oro berib va ruscha gaplashishni bilganini ko'rsatmoqchi bo'lib:
- Xo'sh, hamshahar, shahar katta ekanmi? - dedi.
Temirchi sharmanda bo'lishni xohlamadi, shaharni endi ko'rganini ham bildirgisi kelmadi. Bundan tashqari, o'zi ham so'zga chechan, savodi chiqqan mulla edi, shuning uchun bamaylixotir:
- Dong'i ketgan muzofot! Nimasini aytasiz, uylar ulkan, hammasiga basavlat suratlar osig'liq, ko'p uylarga zar bilan bitilgan. Nimasini aytay, bag'oyat bejirim va kelishganki! - dedi.
Zaporojyeliklar temirchining gapga bunday chechailigini ko'rib, unga hurmatlari oshdi.
- Hamshahar, sen bilan keyin bafurja so'zlashamiz, hozir bizlar poshsho xonimning huzuriga ketayotibmiz.
- Poshsho xonimning huzurigami! Ulug'lar, marhamat ko'rsatib, meni ham olib boringlar!
Rostakam katta otga mindir, deb yalinib turgan to'rt yashar bolaga katta kishi qanday muomala qilsa, zaporojyeli ham unga shunday muomala qilib:
- Senimi? U yerda sen nima qilasan, yo'q, bo'lmaydi! Birodar, bizlarning poshsho bilan gaplashadigan gadshmiz bor, - deb gapini tugatdi.
Temirchi:«Birga oboring!» deb yalindi. Keyin kissasiga bir musht urib, shaytonga «so'ra sen ham» dedi. Buni aytar-aytmas, ulardan biri «og'alar, obora qolaylik!» dedi.
- Bizlarnikiga o'xshagan kiyim kiy.
Temirchi yashil chakmonni endi kiyayotgan edi, eshik ochilib, oltin uqa tutgan odam kirib, otlaninglar, vaqt bo'ldi, dedi.
Ressorlik kattakon aravada tebranib borayotganida, to'rt qavatli uylar oldidan o'tayotganida, uylar va tosh yo'l o'zi yurib ketayotgandek ko'ringanda temirchi yana taajjubda qoldi.
«Xudoyo tavba, shuncha ham yorug' bo'ladimi, bizning qishloqda kunduzi ham bunday yorug' bo'lmaydi!» derdya ichida.
Aravalar bir ajoyib saroy oldiga kelib to'xtadi. Hammalari aravalardan tushib, hashamatli bir xonaga kirdilar, keyin ko'zni qamashtirguday yorug' pillapoyadan yuqoriga chiqdilar.
Temirchi o'z-o'ziga:
«Shunaqa ham pillapoya bo'ladimi? Oyoq bosgani ko'eing qiymaydi. Ana zebu ziynat! Ertaklarning barisi yolg'on deydilar! Hech yolg'on emas ekan! Yepiray, panjaraga qaranglar, xo'p ishlabdi-da, bitta temirning o'zidan ellik so'mlik ketgan bo'lsa kerak!» - derdi.
Zaporojyelilar pillapoyadan chiqib, eng oldindagi katta xonaga kirdilar. Temirchi parket polda oyog'i sirg'anib, ular ketidan zo'rg'a-zo'rg'a borar edi. Uch xonadan o'tdilar, lekin temirchi hali ham hayratda. To'rtinchi xonaga kirganda bsnxtiyor, devorda osig'liq surat tagiga keldi. Bu surat qo'lida Iso payg'ambarni ko'tarib turgan bibi Maryam edi. «Ajoyib surat ekan, xo'p chiroyli yasabdi! Xuddi gapirib turgandek, tirikka o'xshaydi-ya! Aziz bolasini qarang, qo'llarini siqib olibdi, bola faqirning kulishini qarang! Bo'yoqlari muncha joyib! Ye, bafarmoni xudo, bo'yog'ini qaranglar! Oxra bo'yoqdan bir chaqalik ham ishlatilmabdi, nuqul loku lojivar. Toblanishini qarang lojivarni! Ishiga ofarin-a! Tag siriga nuqul asil oqdan bergan bo'lsa kerak, - Eshik oldiga kelib, qulfini tutib ko'rarkan, - va lekin bu surat har qancha g'alati bo'lsa ham, manavi jez qabza undan ham alomat ekan, xo'p toza ishlabdida! Nemis temirchilari juda qimmatbahoga yasab bergandirlar, deb o'ylayman...» Agar zar uqa taqqan malay kelib qo'ltig'idan turtib, keyinda qolmang, demasa, hali anchagacha shu zaylda anqayib turaverardi; Mehmonlar yana ikki xonadan o'tgach to'xtadilar. Shu yerda kutib turish buyurilgan edi. Qiyimiga oltii tikilgan bir nechagenerallar to'dalashib yurar edilar. Zaporojyedan kelganlar enkayib salom bergach, hammalari bir yerga g'uj bo'lib turdilar. Bir lahzadan keyin xiylagina semiz, baland bo'yli, getmancha chakmon kiygan, oyog'ida sariq ko'n etik, basavlat odam birtalay mahramlari bilan kirib keldi. Sochlari to'zigan, bir ko'zi sal g'ilairoq, ulug'sifat va salobatli, amr-farmon qilib o'rganib qolgani har bir harakatidan ko'rinib turibdi. oarvaroq kiyimlarda kerilib, savlat bilan turgan generallar darrov dabdabadan tushib, hammasi uning og'zidan bir so'z chiqar-chiqmas yoki sal imo qilguncha bo'lmai ta'zim bilan darrov yugurib, uning amrini bajo keltirishga hozir bo'lib, tipirchilab turar edilar getman. Ularni hech pisand qilmay, boshi bilan andak imo qilib, zaporojyelilar oldiga keldi Zaporojyelilarning hammalari oyog'iga bosh urib salom berdilar.
Sal dimog'ida so'zlab, salmoq bilan:
- Hammangiz shundamisiz? deb so'radi getman.
Ular yana engashib, qullo'q qilib: «Hovva!» dedilar.
- Esingizdan chiqib qolmaydimi? Urgatganimday gapiring-a!
- Yo'q, otamiz, esimizdan chiqmaydi!
Temirchi zaporojyelilarning biridan«podsho shumi?» deb so'radi.
- Shoshma, podsho bu emas, Potyomkin degan shu bo'laDi, - dedi unisi.
Narigi uydan g'uvur-g'uvur ovoz eshitildi. Etagi uzun shoii kuylak, orqasida burmasi bor kimxob kamzul kiigan allaqancha basavlat xotinlarni ko'rib, temirchining ko'zi javdirab besaranjom bo'lib qoldi Uning kuziga faqat yaltiroq narsalargina ko'rinar edi. Zaporojyelilar birdaniga yerga yiqilib:
- Onaxonimiz, marhamat qil! Marhamat - deb ba qirishdi.
Temirchi ham ko'ziga hech narsa ko'rinmay uzala tu. shib yetib oldi.
- Turinglar! dedi amirona, lekin yoqimli ovoz.
Saroy ahillaridan ba'zilari tipirchilab, zaporojyelilarni turtkilab qo'ydilar.
- Onaxonimiz, turmaymiz, o'lsak ham turmaymiz! - deb qichqirishdi zaporojyelilar.
Potyomkin lablarini tishlar edi, keyin aloha bo'lmay o'zi ular tepasiga kelib, birovi qulog'iga shivirladi. Shundan keyin turdilar.
Temirchi ham jasoratga minib boshini ko'tarib qarasa, o'rta bo'yli, moviy ko'z, upa surtgan, to'ladan kelgan bir xotin, yolg'iz malikalarga xos bo'lgan jozibali shirin tabassum bilan tspasida turibdi.
Moviy ko'zli xotin zaporojyelilarni qiziqish bilan ko'zdan kechirarkan:
Onhazrat, bugun, haligacha men ko'rmagan xalqim bilan tanishtirmoqni va'da qilgan edilar, - dedi. Keyin ularga yana yaqiiroq kelib: - Tuzuk qarashyaptima sizlarga? - deb so'radi.
- Ha, onaxonimiz, minnatdormiz! Xo'ragimiz yaxshi (garchi bu yerning qo'yi biznikicha bo'lmasa ham), nega xursand bo'lmaylik?..
Potyomkin, zaporojyelilar uning o'rgatganini gapirmay bo'lakcha gap boshlaganlarini ko'rib, yuzini bujmaytirdi...
Zaporojyelilardan biri o'ziga oro berib, oldinroqqa chiqdi:
- Onaxonimiz, marhamat qil! Sadoqatli xalqingdan nima gunoh o'tdiki, g'azab qilding? Totorning harom qo'lini tutdikmi yoki biror ishda badbaxt turk bilan ittifoqlik qildikmi, fe'limizda, dilimizda senga biron xiyonat qildikmi? Nega bizga g'azab qilding! Avval eshitdikki, bizning xilofimizga har yerda qo'rg'onlar solishga amr qilibsan, keyin eshitdikki, bizlarni itoat qildirib, sipohlik xizmatini o'tamoqqa majbur qilmoqchimishsan, endi yana yangi noxush gaplar eshitib turibmiz. Zaporojye sarbozlariniig gunohi nima? Gunohi, qrimlilar bilan urush qilgan qo'shiningni Pvrekopdan o'tkazib generallaringga yordam berganimizPotyomkin qo'lidagi qator-qator uzuklarning brilliant kuzini kichkina cho'tkachada tozalash bilan ovora bulgandek indamasdan turar edi.
Yekaterina mehribonlik qilib:
- Nima tilaysiz? - deb so'radi.
Zaporojyelilar nima deymiz degandek bir-birlariga qarab oldilar.
Temirchi ichida, podsho, tilagingiz nima deb so'rayap. ti shekilli, vaqt g'animat, degan xayol bilan to'satdan o'zini yerga tashladi.
- Ulug' shohimiz, bir qoshiq qonimdan kechgaysiz gunohimni o'tgaysiz, shohona marhamatingizni ayamang, g'azab qilmay ayting, oyog'ingizdagi kavushingiz qanday matodan tikilgan? Bunday kavushni hech bir kosib tikolmasa kerak, hech bir mamlakatda bunday kavush bo'dmagandir. Yo xudo, mening ham xotinim shunday kavush. dan kiysa nima qilarmish!
Malika kulib yubordi. Saroy ahllari ham kulish. di. Potemkin bir xo'mrayar, bir kular edi. Zaporojyelilar, temirchini jinni bo'lib qoldi, degan xayol bilan uni turta boshladilar.
Malika iltifot bilan:
- Tur! Muroding menikidek kavush bo'lsa, mushku. ling oson, darhol keltiring, eng qimmatbaho zar kavushdan! Uning bu soddaligi menga nihoyatda yoqdi! - dedi, Sungra boshqalardan bir chekkaroqda turgan, rangpar YUZI tuladan kelgan, katta-katta sadaf tugmali kamzili uning saroyga dahldor emasligini ko'rsatib turgan kishiga tikilib turib,qarang, sizning o'tkir qala. mingizga loyiq bir namuna! - dedi.
Sadaf tugmalik odam ta'zim bilan:
- Marhamatli malikam, lutf va karamingiz haddan ziyoda, bu o'rinda loaqal Lafonten lozimdir, - dedi.
- Rostimni aytsam, «Brigadir» ingiz hali ham xayolimdan ketmaydi. Ajab yaxshi o'qiysiz! - dedi malika. So'ngra yana zaporojyelilarga boqib: - Biroq, sizning yurtingizda uylanishmaydi, deb eshitgan edim, - dedi.
- Nega, oiaxonimiz, o'zing xo'p yaxshi bilasanki, odamzod xotinsiz tiriklik qilolmaydi, - dedi temirchi bilan gaplashgan haligi odam. Temirchi uning savodxonlar tilini yaxshi bila turib malika bilan gaplashganda jo'rttaga mujik tili deyilgan bunday dag'al tilda gapirganini ko'rib, ichida: «Mug'ambirlar-e! Bunday qilishi bejiz bo'lmasa kerak!» deb qo'ydi.
Haligi zaporojyeli:
- Bizlar tarki dunyo qilganlardan emasmiz, biz ham gunohkor bandalardanmiz. Isavilarning barisi yeingari biz ham ovqatlarga o'chmiz. Oramizda uylanganlar ko'p va lekin ular sechada xotinlari bilan turmaydilar. Xotinini Polshaga tashlab kelganlar ham bor, Ukrainada xotini borlar ham bor, Turkyurtida xotini borlar ham bor[7].- dedi.
Shu orada temirchiga kavush keltirdilar. Temirchi uni mahkam ushlab olib:
- Xudoyo tavba, muncha chiroyli! Ulug' malika, muz otgani borganingizda ham oyog'ingizga shunaqa kavush kiyib borasizmi, ajabo! Bunday kavush kiyadigan oyoqlar qanday ekan, toza qanddan bo'lsa kerak deyman, - dedi.
Oyoqlari risoladagidek chiroyli va roso bo'lgan malika, garchi qoracha bo'lsa ham libosi o'ziga yarashganidan kelishgan deguday soddadil temirchining og'zidan bunday xushomadni eshitib kulimsirab qo'ydi.
Malikaning iltifotidan taltayib ketgan temirchi, poshsholar bol bilan moydan boshqa narsa yemasliklari rostmi, yana shunga o'xshash allanimalarni so'ramoqchi bo'lib turib edi, zaporojyelilarning biqiniga turtayotganlarini fahmlab, indamay qo'ya qoldi. Malika qariyalarga boqib, ulardan yurtlaridagi rasm-rusumlarni surishtirib, hol-ahvol so'rab turganida, sekin ketiga chig'anib, cho'ntagiga engashibroq: «Darrov meni bu yerdan olib ket», deyishi bilanoq, o'zini g'ovdan nariroqda ko'rdi.* * *
Bo'zchining semiz xotini ko'chaning o'rtasida bir to'p xotinni yig'ib olib:
- Xudo ursin, suvga cho'kdi, yolg'on bo'lsa turgan joyimdan siljimay o'lay! - deb javrar edi.
- Axir, men yolg'on gapirib yurgan xotinmanmi? Bitta-yarimtaning sigir-pigirini o'g'irladimmi? Birovga ko'zim tegdimi, nega menga ishonmaysizlar? - deb baqirar edi, burni ko'k, kazakcha ko'ylak kiygan xotin qo'lini paxsa qilib, - Temirchi o'zini osganini kampir Pereperchixao'z ko'zi bilan ko'rmagan bo'lsa suv icholmay o'lay!
Chubnikidan chiqib kelayotgan da'voshi, bu gapni eshitib:
- Ana xolos, temirchi o'zini osibdi-ya! - dedi-da, mojaro qilib turganlarga yaqinroq keldi.
- Araq icholmay o'lay desangchi undan ko'ra, qurib ketgur bangi! - deb javob qaytardi unga bo'zchining xotini. - Senga o'xshagan jinni bo'lsa o'zini-o'zi osar edi, suvga tashladi, muzni yorib suvga cho'kdi! Sening shu topda araqxonadan chiqqaningni annq bilsam, uning suvga cho'kkanini ham shunday bilaman.
Burni ko'kargan kampir achchig'lanib:
- Voy manjalaqi, sharmanda, topgan gapini qarang, har kuni kechqurun munshi senikiga kirib yurganini bilmaydi, deb o'ylaysanmi? - dedi.
Bo'zchining xotini tutaqib ketdi.
- Munshing nimasi? Kimnikiga kiradi? Yolg'onchi!
Ko'k xitoyi mato bilan sirma qilib quyon terisidan tikilgan po'stin kiygan munshining xotini mojarolashib turganlar tepasiga borib:
Munshi? - dedi cho'zib. - Munshi bilan bo'lgan jazosini yeydi, kim aytdi?
Burni ko'kargan xotin bo'zchining xotiniga ishora qilib:
- Munshi anavinikiga kirib-chiqib yuradi! - dedi.
Munshining xotini bo'zchining xotini tepasiga o'dag'aylab borib:
- Sen mochag'armi hali unga issiq-sovuq ichirib, boshini gangitib yurgan! - dedi.
Bo'zchi xotini orqasiga tisarilib:
- Mal'un, nari tur-e! Nari tur-e, - derdi.
- Ha, la'nati yalmog'iz, bolang o'lsin iloyim, qurib ketgur, tuf basharangga... - munshining xotini bo'zchi xotinining ko'ziga tufurdi.
Bo'zchining xotini ham uning basharasiga tufurmoqchi edi-yu, biroq, mojaroni tuzukroq eshitay deb xotinlarga yaqinroq kelib turgan da'voshining tarashlangan boshiga tufurib yubordi. Da'voshi etagi bilan basharasini artarkan: «Ha, mochag'ar», deb qamchisini ko'tarib dag'dag'a qilib edi, xotinlarning barisi har tarafga to'zib qochdilar. Da'voshi aft-basharasini artarkan, so'kinishini qo'ymay: «Ha, iflos palid!» der edy yalang.
- Shunday qilib, temirchi suvga cho'kibdi-da, xudov tovba! Xo'p usta suratkash edi-ya! Qanday pishiq pichoqlar, o'roqlar, omochlar yasardi! Juda kuchli azamat edi-ya, ha, - deb qo'ydi, so'ngra birpas o'ylanqirab tur, gandan keyin, - qishlog'imizda unday odam kam. Qop ichida o'tirganimdayoq fahmlagan edim-a, bechoraning avzoi yomon edi. Ana xolos! Kecha bor edi, bugun yo'q! Targ'il baytalimni taqalatmoqchi edim-a!.. - Da'voshi bunday xayollarga cho'mganicha asta-asta uyiga yetib keldi.
Oksana bu xabarni eshitib ichidan kuydi. Pereperchi. xaning o'z ko'zim bilan ko'rdim, deganiga, xotinlarning, poyma-poy gaplariga uncha ishonmas edi, temirchininy xiyla taqvodor odam bo'lib, o'z joniga o'zi qasd qili» shiga ham ishonmas edi. Lekin qishloqqa sira qaytib kelmaydigan bo'lib, bosh olib chiqib ketgan bo'lsa ni» ma qiladi? Temirchidek azamatning topilishi qiyin. U qizni juda yaxshi ko'rardi! Hech kim chidolmagan erka. liklarini faqat u ko'tarib kelayotib edi-ku. Go'zal qiz tuni bilan betoqat bo'lib, o'rnida tinch yotolmay uyoqdanbuyoqqa ag'anab, tong otguncha sira uxlamadi. Goh tun qorong'isida o'ziga-o'zidakki berib to'lg'anar, goh orom olib, hech o'ylamay der edi-yu, ammo xayolidan yigit ket. masdi. Kechasi bilan kuyib-o'rtanib, ertalabgacha temir. chining maftuni bo'ldi. Temirchining taqdiriga Chub xafa ham, xursand ham bo'lmadi. Uning fikri yolg'iz bir narsa bilan band: So. loxaning bevafoligini hech unutolmadi, uyquga yotib ham uni so'kar edi.
Tong otdi. Odamlar erta sahardan butxonaga keli. sha berdi. Doka ro'mol o'ragan, oq movut kamzul kiygan dindor keksa xotinlar butxona eshigidan kirar-kirmas cho'qinishardi. Ko'k va sariq nimcha, orqasida popuqli zar to'n kiygan boyvuchcha xotinlar hammadan oldinda turardilar. Boshiga allaqancha rang-barang lenta bog'lab olgan, bo'yni to'la marjon, but va tangalar taqib olgan qizlar mehrobga yaqinroq borib olishga harakat qilardilar. Ammo hammadan oldinda mo'ylovdor, kokil qo'ygan, bo'yni yo'g'on, iyagi tarashlangan, aksarisi tagidan oq, ba'zida ko'k kamzuli chiqib turgan, chakmon kiygan boyu kambag'allar aralash turardilar. Qayoqqa qarasang bayram kayfiyati. Da'voshi ro'zasini kolbasa bilan ochmoq xayolida tamshanar edi. Qizlar yigitlarga qo'shilib, muzda uchamiz deb suyunar edilar, kampirlar duo-fotihani bugun astoydilroq o'qir edilar. Kazak Sverbuguz bosh egib sajda qilganda butxonadagilarning hammasiga eshitilar, yolg'iz Oksana o'zidan bexabardek parishon holda turar edi. Namoz o'qiyaptimi, yo'qmi, ma'lum emas. Biridan-biri alamli, biridanbiri g'amgin tuyg'ular ko'ngliga g'am solar, qayg'usi shunchalik oshgan ediki, chehrasida g'amu hasratdan o'zga hech narsa ko'rinmas edi. Ko'ziga jiq-jiq yosh to'ldi. Qizlar uning bu holiga sabab nimaligini aslo tushunolmadilar, sabab temirchi ekani ularning xayoliga ham kelmadi. Ammo xayoli temirchi bilan band bo'lgan yolg'iz Oksana emasdi. Qishloq ahillarining barisi nazarida bayram bayramga o'xshamas, bir narsa yetmaganday edi. Aksiga olib, munshi ham qopga tushgandan beri xirillab qolib, duoni bo'g'ilib zo'rg'a o'qir edi. qal'adan kelgan hofiz yaxshi o'qisa ham, temirchining' yo'qligi bilinib turardi, chunki ibodat vaqtida: «E, bor xudoyo» ni yokn «g'ulmonlar bilan» ni o'qiganda temirchi ham hofizlar yoniga chiqib, poltavachasiga hofizlik qilib ketar edi. Bundan tashqari, temirchidan boshqa hech kim butxonaga mutavallilik qilmas edi. Er«
Talabki ibodat o'tdi, peshingisi ham o'tdi, lekin temirchi hayeqqa yo'qoldiykin?
* * *
Shayton avvalgidan ham hattitsroq jadaliga olib biz zumda temirchini uyiga olib keldi. Temirchi qarasa, uyining oldida turibdi. Xuddi shu paytda xo'roz sichqirdi. Shayton qutuldim, deb sevinib ketmohchi bo'lgan edi, temirchi uning dumidan tutib: «Qayoqqa borasan? Shoshma, birodar, hali ishing bitgani yo'q/xizmating muzdini berganim yo'q», deb qo'liga gavron olib uch marta boplab urdi. Bechora shayton, maslahatchining darrasini yegan kambagaldek juftakni urib qoldi. Shunday qilib, odamizodning dushmani vasvasa qilib, birovni yo'ldan ozdiraman, deb o'zi ta'zirini yedi Qeyin Vakula og'ilxonaga kirib, tushgacha pichan ichida uxladi. Uyg'ongach, oftobning ancha ko'tarilib qolganini ko'rib, ertalabki namozni ham, tushkisini ham o'tkazib yuboribman, deb kapalagi uchib ketdi; namozxon temirchi, o'z jonimga o'zim qasd qilib, imonimni sotmoqchi bo'lganimga xudoning qahri kelib, meni g'aflat bosdiribdi, bunday ulug'-ayyom kunlarda butxonaga borolmayapman, deb ko'ngli ancha xira bo'ldi. Ammo kelasi hafgadayeq pop qoshiga borib, gunohimni aytib tovba qilay, bugundan boshlab yil bo'yi har kuni ellik martadan sajda qilay, degan niyatni qilib uyiga kirdi; uyda hech kim yo'q. Soloxa hali qaytib kelmabdi shekilli, Kavushni sekin avaylab qo'ynidan oldi, kosibiga qoyil qolib, yana bir marta tomosha qildi, so'ngra o'tgan kechasi ko'rgan ajoyibotlariga xo'p taajjublandi. Keyin yuvindi, zaporojyelilardan olgan to'nini kiyib yasanib oldi. Poltavaga borganda olgan bo'lsa ham haligacha sira kiymagan tepasi ko'k barra telpagini ham sandiqdan oldi. Rang-barang yangi belbog'ini ham oldi: bularning hammasini tugib, bitta qamchinni ham qo'shib, to'ppa-to'g'ri Chubnikiga jo'nadi.
Temirchini ko'rib Chubning ko'zi kosasidan chiqquday bo'ldi. Temirchining tirilib kelganigami, uning yurak yutib unikiga kelganigami, yoki bunday yasanib zaporojyelik olifta bo'lib kelganigami, qaysinisiga ajablanishini bilmay hayron bo'lib qoldi. Lekin temirchi Vakula tugunni yechib, oxori tushmagan,olamda misli yo'q yangi telpak bilan belbog'ni Chub oldiga qo'yib, oyog'iga yiqilganda va:
- Otam, rahming kelsin! Mendan xafa bo'lma! Mana qamchin, oyog'ingga yiqildim, xohlag'aningcha ur, tavba qildim, ur, xafa bo'lmasang bo'lgani! Marhum otam bilan do'st eding axir, non-qatiq edingiz, shirinkomani ham birga ichardingiz, - deb yalinganda Chubning taajjubi yana oshdi.
Qishloqda hech kimga bo'yin egmagan, hech kimni pisand qilmargan va bir mirilik chaqani qo'li bilan bemalol bukkan, shunday temirchi oyog'iga kelib yiqilganiga ichida xursand bo'ldi. Chub obro'sini tushirmaslik uchun qamchini olib, uning yelkasiga uch marta urdi.
- Bo'ldi, tur! Keksalar so'zini tingla! Urtamizdagi yomon-yaxshi gaplarni tashlaylik! Qani, gapir, muroding nima? - dedi.
- Otam, Oksanani menga ber!
Chub andak o'ylanqirab turgach, telpak bilan belboqqa ko'z tashlab qo'ydi: telpak nihoyatda yaxshi, belbog' ham undan qolishmas edi. Soloxaning bevafoligi esiga tushib ketib:
- Ma'qul! Sovchingni yubor! - deb yubordi.
Oksana uyning ostonasiga qadam qo'yishi bilan temirchini Ko'rib, «voy!» degancha hayron bo'lib, suyunganidan unga tikilganicha qoldi.
- Ko'r-chi, qanday kavush keltyrdim senga! Malikaning oyeg'idagi kavushdan! - dedi Vakula.
Oksana ko'zini undan olmay, qo'llarini siltab.
- Io'q, yo'q, kerakmas, kavush keltirmasang ham men... - Oksana so'zining uyog'ini aytolmasdan qizarib ketdi.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Rojdestvo arafasidagi tun - 4
  • Parts
  • Rojdestvo arafasidagi tun - 1
    Total number of words is 3737
    Total number of unique words is 2097
    26.6 of words are in the 2000 most common words
    40.6 of words are in the 5000 most common words
    49.9 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Rojdestvo arafasidagi tun - 2
    Total number of words is 3776
    Total number of unique words is 1956
    29.0 of words are in the 2000 most common words
    43.3 of words are in the 5000 most common words
    52.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Rojdestvo arafasidagi tun - 3
    Total number of words is 3807
    Total number of unique words is 2030
    26.9 of words are in the 2000 most common words
    41.8 of words are in the 5000 most common words
    51.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Rojdestvo arafasidagi tun - 4
    Total number of words is 371
    Total number of unique words is 290
    41.0 of words are in the 2000 most common words
    50.9 of words are in the 5000 most common words
    62.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.