Usta va Margarita - 20

Süzlärneñ gomumi sanı 4354
Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1987
38.0 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
57.4 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
66.8 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
— Ha, rogatka otishdi, rogatka, — deb tasdiqladi Margarita, — sen yotib uxla!
— Sitnik otgan, — dedi bola, — o‘shanda rogatka bor.
— Ha, to‘g‘ri, o‘sha otdi!
Bola quvlik bilan bir chetga qaradi-da, so‘radi:
— Siz qaerdasiz, xola?
— Men yo‘qman, — deb javob qildi Margarita. — Tushingga kiryapman.
— O‘zimam shunaqa deb o‘ylovdim, — dedi bola.
— Sen yuzingni kaftingga qo‘yib yot, — deb buyurdi Margarita, — men sening tushingga kiraman.
— Ha, mayli, tushimga kira qoling, — deb rozi bo‘ldi bola va shu zahoti yuzini kaftiga qo‘yib yotdi.
— Senga ertak aytib beraman, — dedi Margarita va qaynoq qo‘lini bolaning sochi olingan boshiga qo‘ydi, — bor ekan, yo‘q ekan, dunyoda bir xola bor ekan. U befarzand, yana, umuman bebaxt ham ekan. Mana shu xola nuqul yig‘layverib-yig‘layverib, oxiri badjahl jodugarga aylanipti… — Margarita jim bo‘lib, qo‘lini bolaning boshidan oldi — u uxlab qolgan edi.
Margarita bolg‘achani astagina deraza tokchasiga qo‘yib, o‘zi tashqariga uchib chiqdi. Uy oddi to‘s-to‘polon edi. Oyna siniqlariga ko‘milib ketgan asfalt yo‘lkada odamlar bir nimalarni baqirishib, zir yugurishardi. Ular orasida endi militsionerlar ham paydo bo‘lgan edi. Birdan qo‘ng‘iroq bongchaldi va ustida narvoni bor o‘t o‘chiruvchi qizil mashina Arbatdan tor ko‘chaga burilib kirib keldi.
Bundan keyingi voqealar endi Margaritani qiziqtirmas edi. U bironta simga tegib ketmaslik uchun eng avval qay tomonga uchishini ko‘zlab oldi-da, cho‘tka dastasini mahkamroq siqqan edi, bir zumda bu mash’um uydan ancha balandlab ketdi. Tor ko‘cha uning poyida bir tomonga og‘ib, keyin butkul pastlikka tushib ketdi. Endi shu bitta ko‘cha o‘rnida Margaritaning oyog‘i ostida g‘ij-g‘ij tomlar paydo bo‘ldi — ularni har yer-har yeridan charog‘on yo‘llar chor burchak qilib kesib o‘tgan edi. Bularning bari to‘satdan bir tomonga suzib ketdi, chiroqlar zanjiri surkalib, bir-biriga qorishib ketdi.
Margarita yana bir siltanib oddinga otilgan edi, boyagi tomlar yer qa’riga kirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar, endi ularning o‘rnida pastda elektr chiroqlaridan vujudga kelgan miltillovchi ko‘l paydo bo‘ldi va bu ko‘l birdan yoni bilan tikka turdi, so‘ng Margaritaning tepasiga chiqib oldi, oy esa uning oyog‘i ostida porlay boshladi. Margarita o‘zining chalqancha uchayotganini angladi va yana asl holatiga tushib, o‘grilib qaragan edi, chiroqlar ko‘lining ham endi g‘oyib bo‘lganini, orqada ufqda faqat pushti rang shafaqqina qolganini ko‘rdi. Bir lahzadan so‘ng bu shafaq ham yo‘qoldi, shunda Margarita o‘zidan balandda, chap tomonida suzayotgan oydan bo‘lak hamrohi yo‘qligini ko‘rdi. Uning sochlari allaqachon hurpaygan, oy esa badanini «uv» tortib o‘z nuriga cho‘miltirardi. Margarita pastda ikki qator bo‘lib tizilgan siyrak chiroqlarning ikkita o‘tli chiziqqa aylangani va zum o‘tmay orqada qolib ko‘zdan g‘oyib bo‘lganini ko‘rib, o‘zining hayratona tez uchib ketayotganini fahmladi-yu, ammo hech nafasi qaytmaganidan hayron bo‘ldi.
Oradan yana bir necha soniya o‘tishi bilan juda uzoqda, pastda, yer sathida elektr shu’lalaridan vujudga kelgan yangi ko‘l porladi, lekin u shu lahzadayoq chirpirak bo‘lib aylanib, yer qa’rida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Yana bir necha soniya o‘tishi bilan — yana boyagi manzara takrorlandi.
— Shaharlar! Shaharlar! — deb chinqirib yubordi Margarita.
Shundan keyin ham u o‘z oyog‘i ostida ochiq qora g‘ilofda yotgan qandaydir shamshirlarning ikki-uch marta g‘ira-shira tovlanganini va ularning daryo ekanligini fahmladi.
Parvozdagi ayol boshini yuqoriga, chap tomonga o‘girib, oyning nihoyatda shiddat bilan orqaga, Moskva tomon suzayotganini va ayni paytda, ajabtovur qilt etmay turganini ko‘rdiki, bu oy yuzidagi o‘tkir tumshug‘i tark etilgan shahar yoqqa qaragan ajdar yo bukri toychoqni eslatuvchi mavhum qora dog‘ ko‘zga yaqqol tashlanib turardi.
Shu mahal Margarita, nazarimda, cho‘tkani bekorga bunchalik shitob bilan uchiryapman, bunaqa tezlikda tevarak-atrofni tuzukroq kuzata olmayman ham, parvozdan lazzatlana olmayman ham, deb ko‘nglidan o‘tkazdi…
Margarita cho‘tkaning bosh tomonini oldinga itargan edi, uning dastasi — dumi yuqori ko‘tarildi, shunda u uchishni sekinlatib, yer sari pastlay boshladi. Mana shu, xuddi samoviy chanada uchganday pastga sirpanib tushish unga eng zo‘r huzur bag‘ishladi. Yer Margarita sari ko‘tarilib kelarkan, uning shu paytgacha mavhum bo‘lgan qop-qora sathidagi sirli jihatlari ochilib, jamiki jozibalari oydin tunda yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. Yer Margaritaga yaqinlashib kelar va uning dimog‘iga endigina yashil libos kiya boshlagan o‘rmonlar hidi ufurayotgan edi. Margarita shudringli o‘tloqni burkagan tuman ustidan, so‘ng bir ko‘l uzra suzib o‘tdi. Margaritaning oyog‘i ostida qurbaqalar baralla qurillashar, qaerdadir, juda olisda poezd negadir yurakni hayajonga solib pishillab borardi. Margarita ko‘p o‘tmay o‘sha poezdni ham ko‘rdi.
U havoga uchqunlar sachratib, xuddi pilla qurti kabi imillab ketib borardi. Margarita undan o‘zib ketib yana bir ko‘l ustidan uchib o‘tdi (bu ko‘l sathida yana bitta oy porlab turardi), yana ham pastlab, azim qarag‘aylarning uchlariga oyoqlari tegay-tegay deb ucha boshladi.
Shu payt orqadan havoni tarillatib yirtayotganday mudhish shovqin eshitiddi, bu shovqin Margaritaga tobora yaqinlab kela boshladi. Xuddi uchib kelayotgan zambarak o‘qini eslatuvchi bu shovqinga ayol kishining ancha chaqirimga eshitiluvchi qahqahasi asta-sekin omixta bo‘la boshladi. Shunda Margarita orqasiga o‘grilib, mavhum bir qora qorishmani ko‘rdi. Bu qorishma ancha yaqinlashib kelganida uning bir nimaga minib olgan odam ekanligi ayon bo‘ldi. Yana bir ozdan keyin u odamning kimligi ham ma’lum bo‘ldi. Bu — Natasha edi. U Margaritaga yetib olib, tezlikni kamaytirdi.
Sochlari shamolda to‘zib ketgan qip-yalang‘och Natasha bir semiz to‘ng‘izga miiib olgan edi, to‘ng‘iz oldingi tuyoqlariga portfel ushlab olgan, orqa tuyoqlari bilan jon holatda tinmay tepinardi. Uning ko‘zidan tushib, ipiga ilinib qolgan pensnesi ahyon-ahyonda oy shu’lasida yaraqlab qo‘yar, shlyapasiesa hadeb ko‘ziga tushib ketaverardi. Margarita to‘ng‘izga tikilibroq qarab, uni tanidi, bu — Nikolay Ivanovich edi. Ana shunda Margaritaning qahqahasi o‘rmon uzra yangrab, Natashaning xandasiga qorishib ketdi.
— Natashka! — deb chinqirdi Margarita, — yog‘upa surdingmi sen ham?
— Aylanib ketay sizdan! — deb javob qildi Natasha o‘z hayqirig‘i bilan mudroqdagi qarag‘ayzorni uyg‘otib, — o mening frantsuz qirolicham, men manavining ham kal boshiga surgan edim yog‘upadan!
— Malikam! — deb bo‘kirdi to‘ng‘iz yig‘loqi ovoz bilan ustiga mingan suvori ayolni shataloq otib uchirib borarkan.
— Tasadduq! Margarita Nikolaevna! — deb chinqirardi Natasha o‘z bekasi bilan yonma-yon uchib borarkan, — rost, yog‘upangizni oldim. Axir bizam odammiz — yashashni, uchishni xohlaymiz! Meni kechiring, malikam, endi men qaytmayman, o‘lsam ham qaytmayman! Voy, qanday yaxshi-ya, Margarita Nikolaevna! Menga uylanmoqchi, — dedi Natasha xijil bo‘lib xishillab borayotgan to‘ng‘izning gardaniga barmog‘i bilan niqtab, — uylanmoqchi! Meni nima deb chaqirding, a? — deb chinqirdi u to‘ng‘izning qulog‘iga? engashib.
— Ma’buda, — deb xurilladi to‘ng‘iz, — men bunday tez ucha olmayman! Muhim qog‘ozlar sochilib ketishi mumkin. Natalya Prokofevna, men norozilik bildiraman.
— E, jin ursin seni, qog‘oz-pog‘ozlaring bilan birga! — deb chiyilladi Natasha gustohona xaxolab.
— Sekinroq, Natalya Prokofevna! Axir birov eshitib qolishi mumkin-ku! — deb baqirdi to‘ng‘iz yolvorib.
Natasha Margarita bilan yonma-yon uchib borarkan, bekasi uchib ketganidan keyin uning uyida nimalar bo‘lganini kula-kula gapirib berdi.
Natasha, sovg‘a qilingan buyumlarning birontasiga ham boshqa qo‘l urmay, darhol kiyimlarini yechib taxlabdiyu, yog‘upaga otilipti, so‘ng uni apil-tapil badaniga sura boshlapti. Qarasa, bekasida yuz bergan o‘zgarish unda ham sodir bo‘lipti. Natasha suyunganidan xandon tashlab kulib, o‘zining ko‘zguda aks etgan mo‘’jizakor go‘zalligidan sarmast bo‘lib turganida, eshik ochilib, ostonada Nikolay Ivanovich paydo bo‘lipti. U Margarita Nikolaevnaning ko‘ylagini va o‘zining shlyapasi bilan portfelini qo‘lida ushlagancha qattiq hayajonlanib turganmish. Uning ko‘zi Natashaga tushiptiyu esi og‘ib qolipti. So‘ng bir oz hushini yig‘ib olib, cho‘g‘dek qizargancha, g‘o‘ldirapti:
— Shu ko‘ylakni yerdan ko‘tarib, shaxsan olib chiqishni o‘z burchim deb bildim.
— Boya nima deb aytding, yaramas, a? — deb chiyillar va xandon tashlab kulardi Natasha. — Nimalar deding, nima deb yo‘ldan urding meni! Jaraq-jaraq pul va’da qilding. Klavdiya Petrovna bilmaydi, deb aytding. Nima, yo gapim yolg‘onmi? — deb chinqirardi Natasha to‘ng‘izga, u esaxijil bo‘lib, tumshug‘ini chetga burardi.
Natashaning sho‘xligi tutib ketib, bexosdan Nikolay Ivanovichga ham yog‘upa suripti, suriptiyu ajablangandan dong qotib qolipti. Pastki qavatda ishovchi bu muhtaram zotning yuzi burishib, cho‘chqa tumshug‘iga aylanipti, qo‘l va oyoqlaridan tuyoqlar o‘sib chiqipti. Shunda Nikolay Ivanovich ko‘zguta qarapti-yu jon achchig‘ida alam bilan chinqirib yuboripti, ammo fursat o‘tgan edi. Yana bir necha soniyadan keyin u boshiga tushgan musibatdan yum-yum yig‘lagancha, ustiga Natashani mindiribdi-yu, Moskvadan allaqaysi tomonga shamoldek uchib ketipti.
— Meni avvalgi asl qiyofamga qaytarishingizni talab qilaman! — dedi u hirqiroq ovoz bilan yo g‘azablanib, yo yolborib, so‘ng xurxurlay boshladi, — men g‘ayriqonuniy yig‘inda ishtirok etishni istamayman! Margarita Nikolaevna, siz uy xodimangizni tartibga chaqirishingiz kerak.
— E, ha, darrov senga men uy xodimasi bo‘lib qoldimmi? Uy xodimasi degin? — deb chiyillardi Natasha to‘ng‘izning qulog‘idan chimchilab-chimchilab olarkan, — boya ma’buda deb atovdingmi? Otimni nima devding?
— Venera! — dedi yig‘lamsirab to‘ng‘iz, u toshlar orasidan jildirab oqayotgan jilg‘a uzra ucharkan, tuyoqlari bilan yong‘oq butasini shitirlatib o‘tdi.
— Venera! Venera! — deb mag‘rurona chinqirdi Natasha bir qo‘lini beliga qo‘yib, ikkinchi qo‘lini oy tomon cho‘zgancha, — Margarita! Qirolicham! Iltimos qilib ko‘ring, meni shu alvastiligimcha qoldirishsin. Aytganingiz — amri vojib, siz axir hokimasiz!
Shunda Margarita:
— Yaxshi, so‘z beraman! — deb javob qildi.
— Rahmat! — deb chinqirdi Natasha va birdan shiddatli va allaqanday mahzun ohangda baqirdi: — Hey! Hey! Tezroq! Tezroq! Qani bir shataloq ot-chi! — U to‘ng‘izning jon holatda yelib-yugurish oqibatida ich-ichiga botib ketgan biqiniga tovonlari bilan niqtagan edi, to‘ng‘iz yana havoni chok qilib yashinday olg‘a otildiki, bir lahza o‘tar-o‘tmas Natasha olisda qora bir nuqta bo‘lib ko‘rindi, keyin esa mutlaqo ko‘zdan g‘oyib bo‘lib, sharpasi ham o‘chdi.
Margarita huvillagan, notanish joylarda, tepaliklar uzra boyagi-boyagicha asta-sekin uchib borardi: bu tepaliklarda o‘sgan siyrak azim qarag‘aylar orasida u yer-bu yerda xarsangtoshlar yotardi. Margarita uchib borarkan, hozir Moskvadan juda ham olislab ketgan bo‘lsam kerak, deb o‘ylardi. U mingan cho‘tka endi qarag‘aylar ustidan emas, balki bir tomoni oy shu’lasidan kumush rangda tovlanayotgan daraxtlar orasidan uchib borardi. Uning yengil soyasi yerda, o‘zidan ancha oldinda o‘rmalab borardi — endi oy Margaritaning yelkasiga yog‘du sochardi.
U suv yaqinligini sezdi, demak manzil shu o‘rtada. Margarita qarag‘aylar orasidan uchib chiqib, bo‘rjar labiga ohista uchib keldi. Jarning oy shu’lasi tushmagan tubida daryo oqardi. Bu tikka jar etagida tuman butalar shoxiga ilinib turar, daryoning narigi sohili esa yassi va past edi. U yerda bir to‘p bo‘lib o‘sgan allaqanday sershox daraxtlar ostida yonayotgan gulxandan uchqunlar chatnar va qandaydir sharpalarning izg‘ib yurgani ko‘rinardi. Margaritaning qulog‘iga o‘sha yoqdan g‘ashga teguvchi allaqanday sho‘x muzika eshitilganday bo‘ldi. Undan narida — to ko‘z yetgungacha oyning kumush shu’lasiga g‘arq bo‘lgan tekis dashtda na biron kulba, na qilt etgan jonzod ko‘rinardi.
Margarita jar yoqasidan pastga sakrab, zum o‘tmay o‘zini daryo bo‘yida ko‘rdi. Samoviy parvozdan so‘ng uning cho‘milgisi keldi. U cho‘tkani bir chetga otib yuborib, yugurib kelib suvga sho‘ng‘idi. Uning qushday yengil jismi mavjlarga misoli kamon o‘qiday botib, olamjahon suv ustunini deyarli oyga qadar sachratdi. Suv xuddi hammomdagidek iliq ekan, Margarita suv qa’ridan ko‘tarilib, daryoda hech zog‘ yo‘qligidan foydalanib, rosa miriqib suzdi…
Margarita oxiri sohilga chiqdi. Uning badani cho‘milish oqibatida qizib ketgan edi. Endi u hech qanday charchoq sezmay, jiqqa ho‘l maysa ustida shodlikdan o‘yin tusha boshladi…
Keyin u qattiq hushtak chalgan edi, oldiga cho‘gkasi uchib keldi, u cho‘tkaga minib olib, daryo ustidan narigi sohilga uchib o‘tdi. Bo‘r tog‘ining soyasi bu yerga yetmagan, shu bois butun sohil oy yog‘dusiga g‘arq bo‘lib yetardi.
Margaritaning oyog‘i shudring ingan o‘tloqqa tegishi bilan sambittollar ostida chalinayotgan muzika balandroq yangradi va gulxan uchqunlari shoda-shoda bo‘lib yanada sho‘xroq chatnadi. Navdalariga nafis va momiq kuchalalar osilgan sambittollar ostida ikki qator tizilishib o‘girgan lunjdor baqalar xuddi rezinkadan yasalganday, goh shishib, goh puchayib, yog‘och surnaylarda sho‘x bir marshni chalardilar. Bu mashshoqlar qarshisida tol navdalariga osilgan yaltiroq cho‘kaklar notalarni yoritar, baqalarning basharalarida gulxanning sarosimali shu’lasi o‘ynardi.
Marsh Margarita sha’niga chalinayotgan edi. U nihoyatda zo‘r tantana bilan kutib olindi. Daryo sathida davra qurib o‘ynayotgan tiaffof badan suv parilari o‘yinni to‘xtatib, suv o‘tlarini silkib Margaritapi qutlay boshladilar, shunda huvillagan nimyashil sohilda ularning ingrovchi saslari yangrab, aks-sadosi juda olislarga zshitildi. Yalang‘och alvastilar sambittol orqasidan yugurib chiqib, bir qatorga tizilishdi va saroy xonimlariga xos tavoze bilan tiz bukib ta’zim qila boshlashdi. Bitta takatuyoq jonzod yelib kelib, Margaritaning qo‘lidan o‘pdi, darhol yerga shohi poyondoz yozib, qirolicham cho‘milib yengil tortdilarmi, deb so‘radi va yonboshlab hordiq chiqarishni taklif qildi unga.
Margarita ham taklifni qabul etdi. Shunda takatuyoq unga bir qadah shampan vinosi tutdi. Margarita vinoni ichib yuborgan edi, darhol ko‘ngli gulday yashnab ketdi. U Natashani surishtirgan edi, uning cho‘milib bo‘lib, o‘z to‘ng‘iziga mingancha yana Moskvaga uchib ketganini aytishdi: u tezroq borib, Margaritaning kelayotgani haqida darak berishi va uning uchun libos hozirlashda ko‘maklagaishi lozim ekan.
Margarita ham sambittollar tagida uzoq o‘tirmadi… Hamma safarga shaylana boshladi. Suv parilari oy nurida o‘z raqslarini nihoyasiga yetkazdilar va asta ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar. Takatuyoq maxluq Margaritadan, daryo bo‘yiga nimada keldingiz, deb tavoze bilan so‘radi. Uning cho‘tka minib kelganini eshitib:
— O, axir bu noqulay-ku, — dedi bir lahzada ikkita shox butog‘idan alomat telefon yasadi-da, kimdandir shu onning o‘zida mashina yuborishni talab qildi, talab ham bir daqiqa ichida bajarildi. Orolga usti ochiq och mallarang mashina uchib tushdi, lekin rulda rasmana shofyor emas, balki kleyonka furajka, qo‘llariga og‘zi keng qo‘lqop kiygan tumshug‘i uzun qop-qora qarg‘a o‘tirardi. Orol huvillay boshladi. Uchib ketgan alvastilar porlagan oy shu’lasida erib yo‘q bo‘lishdi. Gulxan o‘chib, qo‘r ustini kul bosa boshladi.
Takatuyoq Margaritaning mashinaga chiqishiga ko‘maklashdi, u keng orqa o‘rindiqqa cho‘kdi. Mashina g‘uvillab bir sakradi-yu, balandga, deyarli oygacha ko‘tarildi, orol ham, daryo ham g‘oyib bo‘ldi, Margarita Moskva tomon g‘izillab uchib ketdi.
Yigirma ikkinchi bob
SHAMLAR YORUG‘IDA
Osmonu falakda uchib borayotgan mashinaning bir tekisda guvillashi Margaritani allalar, oy shu’lasi esa orombaxsh harorati bilan uni isitardi. U ko‘zini yumib, yuzini shamolga tutdi va hozirgina o‘zi tark etgan notanish daryo sohili haqida hasrat bilan o‘ylay boshladi, negaki, u yerni endi hech qachon ko‘rmasligini ko‘ngli seza boshlagan edi. Bugun kechqurun sodir bo‘lgan barcha sehru mo‘’jizalardan so‘ng Margarita kimning huzuriga mehmonga ketayotganini fahmlay boshlagan edi, biroq bu hol uni cho‘chitmasdi. O‘sha yerda o‘z baxtiga qayta musharraf bo‘lish umidi uni dovyurak qilgan edi. Lekin uning baxt to‘g‘risida uzoq vaqt xayol surishiga imkon bo‘lmadi. Margarita bir oz muhlatdan so‘ng ko‘zini ochib, qarg‘aning mohir haydovchi bo‘lganidanmi, yo mashinaning nihoyatda uchqurligidanmi, har qalay pastda endi zulmatga burkangan urmonni emas, hammayog‘i milt-milt chiroq bo‘lgan Moskvani ko‘rdi. Qora qush — shofyor parvoz paytida mashinaning oddingi o‘ng g‘ildiragini burab bo‘shatib oldi, keyin uni Dorogomilovo rayonida, qandaydir juda xilvat bir qabristonga qo‘ndirdi. So‘ng u churq etmay o‘tirgan Margaritani cho‘tkasi bilan birga bir qabr toshi yonida yerga tushirib, mashinani qabriston etagidagi jarga itarib yubordi. Mashina tubsiz jarg a gumburlab tushib, tilka-tilka bo‘lib ketdi. Qarg‘a esa Margaritaga ehtirom bilan chest berib, g‘ildirakka mindi-da, uchib ketdi.
Shu zahoti bir qabr toshi orqasidan qora plashli sharpa chiqib keldi. Uning so‘yloq tishi oy nurida yalt etib ketdi-yu, Margarita darrov Azazelloni tanidi. U Margaritaga imo qilib cho‘tkaga minishni taklif qildi, o‘zi uzun qilichga mindi, shu zahoti ikkovlari osmonga o‘qday uchishdi-yu bir necha soniyadan so‘ng Sadovaya ko‘chasidagi 302-bis uyining oldida yerga qo‘nishdi. Ularni hech kim sezmadi.
Qo‘ltiqlariga cho‘tka bilan qilich qistirib olgan bu ikki hamroh bostirma ostiga kirishganida Margaritaning ko‘zi kimnidir zoriqib kutib o‘tirgan kep-,| va qo‘nji baland etik kiygan bir odamga tushdi. Azazello bilan Margarita yengil qadam tashlab, oyoq uchida yurib o‘tgan bo‘lishsa ham,u odam sharpani eshitdi, lekin qanday jonzodning sharpasi ekanligini tushunolmay sarosimada bir seskanib qo‘ydi.
Keyin ular oltinchi yo‘lak eshigi oldida boyagi bostirmadagi odamga xuddi quyib qo‘ygandek o‘xshovchi ikkinchi odamni uchratishdi. Bu yerda ham boyagi voqea takrorlandi. Oyoq tovushlari… Odam bezovtalanib, o‘grilib qaradi va o‘shshayib oldi. Lekin yo‘lak eshigi ochilib-yopilganini ko‘rib, sharpalar orqasidan o‘sha tomonga otildi, ichkariga kirib, har yoqqa olazarak bo‘lib qaradi, ammo, turgan gapki, hech nimani ko‘rmadi.
Nusxasi ikkinchidan, demakki, birinchidan ham, olingan uchinchi odam uchinchi qavatdagi maydonchada navbatchilik qilardi. U tutuni achchiq papiros chekib o‘tirardi, shu bois Margarita uning yonidan o‘tayotganda yo‘talib yubordi. Kashanda xuddi bir nima chaqqandek o‘rindiqdan sapchib turib ketdi, sarosimada atrofiga alang-jalang qaray boshladi, zina panjarasi osha engashib pastga ko‘z tashladi. Bu mahal Margarita o‘z hamrohi bilan 50-kvartiraning eshigi oldiga yetib olgan edi. Qo‘ng‘iroq qilib o‘tirishmadi, Azazello o‘z kaliti bilan eshikni tovushsiz ochdi.
Margaritani hayratga solgan birinchi narsa zulmat bo‘ldi. Dahliz xuddi yer qa’ri bilan zim-ziyo edi, shuning uchun Margarita qoqilib ketishdan qo‘rqib, beixtiyor Azazelloning plashidan mahkam ushlab oldi. Lekin shu payt juda olisda, yuqorida bir shamchiroqning milt-milt yonayotgani ko‘rindi, keyin u shu’la yaqinlashib kela boshladi. Azazello keta turib Margaritaning qo‘ltig‘idan cho‘tkani tortib oldi, cho‘tka shu zahoti zulmat qo‘ynida tovushsiz g‘oyib bo‘ldi. Endi ular qandaydir keng pillapoyalardan yuqoriga ko‘tarila boshladilar, Margaritaga bu pillapoyaning oxiri yo‘qdek tuyulardi. Moskvadagi oddiy bir kvartiraning dahliziga bu ko‘rinmas, ammo mavjudligi aniq his etib turilgan g‘ayrioddiy va hududsiz zinaning sig‘gani Margaritani hayratga solardi. Biroq shu payt zina tugab, Margarita o‘zini uning yuqori maydonchasida turganini sezdi. Boyagi chiroq shundoqqina Margaritaning yuzi oldiga yaqinlashib keldi-yu, u qo‘lida shamchiroq ushlab turgan qora va daroz bir odamning yuzini ko‘rdi. Shu keyingi kunlarda bu odamga ro‘para kelgan sho‘rpeshonalar hatto shu zo‘rg‘a miltillab yonayotgan shamchiroq yorug‘ida ham uni ganigan bo‘lardilar, albatta. Bu Korovyov, ya’ni Fagot edi.
To‘g‘ri, hozir uning tashqi qiyofasi juda o‘zgargan edi. Allaqachon axlatga tashlab yuborish lozim bo‘lgan shishasi siniq pensne o‘rniga u endi monokl taqib olgan edi, ammo bu ham darz ketgan bo‘lib, shamchiroq shu’lasi shu shishada aks etardi. Bu sulloh mo‘ylabini gajak qilib buraganva moylagan edi, uning qoraligiga kelsak, egniga frak kiyganligidan shunaqa edi, xolos. Faqat ko‘kragigina oqarib ko‘rinardi.
Bu sehrgar, regent, jodugar, tarjimon— xullas, aslida kimligini shayton ham bilmaydigan Korovyov shamchiroq ushlagan qo‘lini keng yoyib Margaritaga ta’zim qildi va uni o‘zi bilan yurishga da’vat edi. Azazello g‘oyib bo‘ldi.
«Odam hayron qoladigan oqshom, — deb o‘ylardi Margarita, — bunaqa bo‘lishini hech tasavvur qilmagan edim! Nima balo, elektrlari o‘chib qolganmi deyman? Lekin hammadan ham xonaning hajmi meni hayron qoddiryapti. Shu narsalarning hammasi qanday qilib Moskvaning oddiy kvartirasiga sig‘ishi mumkin? Bunga sira-sira aql bovar qilmaydi».
Korovyovning qo‘lidagi shamchiroq juda xira yopayotgan bo‘lsa ham, Margarita o‘zining nihoyatda ulkan zalda, yana behisob mahobatli qora ustunlari ko‘z ilg‘amas yergacha tizilib ketgan zalda turganligini tushundi. Korovyov kichkina bir divan oldida to‘xtab, shamchiroqni shu yerdagi baland kursi ustigaqo‘ydi, imo bilan Margaritani o‘tirishga taklif qilib, o‘zi ham uning yoniga o‘tirdi va xuddi suratga tushayotgan odamday savlat bilan tirsagini kursiga qo‘ydi.
— Ijozatingiz bilan sizga o‘zimni tanitsam, — dedi Korovyov beo‘xshov ovoz bilan, — Korovyovman. Chiroq yo‘qligidan hayron bo‘lyapsizmi? Iqtisod deb o‘ylagan bo‘lsangiz kerak? Yo‘-yo‘-yo‘q, aslo. Agar shunaqa bo‘lsa, birinchi to‘qnash kelgan jallod, chunonchi, bugun, hali bir ozdan keyin sizning tizzangizni o‘pishga musharraf bo‘ladigan jallodlardan biri shu kursi ustida boshimni tanamdan judo qilsin. Sabab, messir xush ko‘rmaydilar elektr nurini, biz uni eng oxirgi damda yoqamiz. Ana unda, ishonchingiz komil bo‘lsin: hammayoq keragidan ortiq yoritilib yuboriladi.
Korovyov Margaritaga yoqdi, shang‘i javrashi uning ko‘ngliga taskin berdi.
— Yo‘q, — deb javob qildi Margarita, — mana shuncha narsaning (u qo‘lini cho‘zib, zalning bepoyonli-gini ifodaladi) oddiy bir kvartiraga qanday siqqani ko‘proq hayratga solyapti meni.
Korovyov yoqimli jilva qilgan edi, burni atrofidagi soyalar qimirlab ketdi.
— Bundan oson narsa yo‘q! — deb javob qildi u. — Beshinchi o‘lchov nazariyasidan boxabar bo‘lganlar uchun o‘z xonasini ko‘ngli tusagan hajmda kengaytirish xamirdan qil sug‘urishday gap. Ha, ha, muhtarama sohibam, aql bovar qilmaydigan darajada kengaytirish mumkin! Darvoqe, men, — deb javrashda davom etdi Korovyov, — nainki beshinchi o‘lchov nazariyasidan, balki, umuman hech vaqodan xabari bo‘lmagan, ammo shunga qaramay, o‘z kvartiralarini kengaytirish borasida eng barkamol mo‘’jizalar yaratgan odamlarni bilaman. Chunonchi, menga hikoya qilib berishgan edi, shaharlik bir kishi Zemlyanoy valda uch xonali kvartira olib, hech qanday beshinchi o‘lchov nazariyasi va o‘zga esni og‘dirib qo‘yuvchi nayranglarsiz, hash-pash deguncha, kvartirasini to‘rt xonali qilgan — xonalardan birining o‘rtasidan devor olib.
Keyin uni Moskvaning boshqa-boshqa rayonidagi ikkita alohida (biri— uch, ikkinchisi — ikki xonali) kvartiraga ayirboshlagan. Mana sizga — beshta xona. Keyin o‘sha uch xonali kvartirasini ikkita ikki xonaliga almashtirib, o‘zingiz ko‘rib turibsizki, olti xonaga ega bo‘lgan. Shunda u, Moskvaning turli rayonlaridagi olti xonadan iborat o‘sha kvartiralarini Zemlyanoy valdagi bitta besh xonali kvartiraga almashtirmoqchi bo‘lgani haqida gazetaga e’lon berib, eng oxirgi va eng g‘aroyib nayrang qilmoqchi bo‘lib turganida, birdan bu faoliyati unga daxldor bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, taqqa to‘xtab qolgan. To‘g‘ri, hozir ham u biron-bir xonaga joylashgan, albatta, lekin sizni ishontirib aytamanki, u xona Moskvadan tashqarida bo‘lishi kerak. Ko‘rdingizmi, qanaqa olg‘irlar bor, siz bo‘lsangiz beshinchi o‘lchovni gapirib o‘tiribsiz.
Beshinchi o‘lchov haqida gap ochgan Margarita emas, Korovyovning o‘zi edi, shunga qaramay, Margarita kvartira almashtiruvchi ucharning sarguzashtlarini eshitib, sho‘x kulib yubordi. Korovyov davom etdi:
— Maqsadga o‘taylik, Margarita Nikolaevna. Siz g‘oyat oqila ayolsiz, shunga ko‘ra, sohibimizning kimligini fahmlagan bo‘lishingiz kerak.
Margaritaning yuragi«shuv» etib ketdi, u indamay bosh irg‘atdi.
— Ana, tushunibsiz, — dedi Korovyov, — biz har qanday chala-yarim, mavhum gaplarga qarshimiz. Sirasi, messir har yili bir marta bal beradilar. U bahorgi to‘linoy bali yoxud yuzta qirol bali deb ataladi. Tumonat odam keladi! Hali bunga o‘zingiz shohid bo‘lasiz. Qisqasi: messir bo‘ydoq — buni o‘zingiz ham gushunib turgan bo‘lsangiz kerak. Biroq beka yo‘q, — Korovyov qo‘llarini yoydi, — o‘zingizdan qolar gap yo‘q, qanday qilib bal bekasiz…
Margarita Korovyovning har bitta so‘zini nihoyatda diqqat bilan tinglarkan, qalbining teran yeri uvishganday bo‘ldi — o‘z baxtiga erishish umidi uning boshini aylantirardi.
— Bizda an’ana bo‘lib qolgan, — deb gapida davom etdi Korovyov, — bal bekasining ismi albatta Margarita bo‘lishi kerak, bu birinchidan, ikkinchidan esa, bal beriladigan yerda tug‘ilgan bo‘lishi shart. Ko‘rib turibsizki, biz jahongashtalarmiz, bu safar, Moskvada manzil qurdik. Bu yerda biz yuz yigirma bitta Margaritani uchratdik, lekin ishonasizmi, — deb Korovyov hafsalasi pir bo‘lib o‘z soniga «shap» etib urdi, — bittasi ham to‘g‘ri kelmadi. Va nihoyat, bizga baxt kulib boqdiyu…
Korovyov qaddini egib, ma’nodor jilmaydi, shunda Margaritaning yuragi bir orziqib tushdi.
— Qisqa qilaman! — dedi Korovyov, — eng qisqasi: shu mas’uliyatni zimmangizga oling desak, yo‘q demaysizmi?
— Yo‘q demayman, — qat’iy javob qildi Margarita.
— Albatta-da! — dedi Korovyov va shamchiroqni baland ko‘tarib ilova qildi: — Marhamat, men bilan yuring.
Ular ikki qator bo‘lib tizilgan ustunlar orasidan yurib borib nihoyat boshqa bir zalga o‘tishdi, bu yerda o‘tkir limon hidi dimoqqa urildi, allanimalarning qitirlagani eshitildi, buning ustiga yana Margaritaning boshiga allaqanday sharpa tegib o‘tdi. U seskanib ketdi.
— Qo‘rqmang, — deb muloyim ohangda tasalli berdi Korovyov, Margaritani qo‘ltiqlab olarkan, — bu Begemotning baloldi nayranglari, xolos. Umuman, men sizga, Margarita Nikolaevna, hech qachon, hech nimadan qo‘rqmaslikni maslahat berishga jur’at etmoqchiman. Ko‘rqish telbalik. Sizdanyashirib o‘tirmayman — bal nihoyatda dabdabali bo‘ladi. Biz, hukmronlik hududi o‘z vaqtida benihoya ulkan bo‘lgan shaxslarni ko‘ramiz. Ammo ularning imkoniyatlarini kamina muqarribi bo‘lish baxtiga musharraf bo‘lgan zotning imkoniyatlariga muqoyasa qilinsa, u dengiz oldida bir tomchi ham bo‘la olmaydiki, buni o‘ylasang kulging keladi, hatto, sizga aytsam, xafa bo‘lib ketasan…
Shu choq Korovyov shamchiroqqa qarab puflagan edi, u g‘oyib bo‘ldi-yu, Margarita o‘z oyog‘i ostida qandaydir eshik ostidan tushib turgan chiroq shu’lasini ko‘rdi. Korovyov ana shu eshikni ohista taqillatdi. Margarita juda qattiq hayajonlanganidan tishlari takillab, badani jimirlab ketdi. Eshik ochildi. Bu mo‘’jazgina xona edi. Margarita bu yerda emandan yasalgan keng bir karavot, karavot ustida g‘ijimlangan isqirt choyshab va yostiq ko‘rdi. Karavot oldida oyoqlari jimjimador eman stol, uning ustida sham uyalari qush panjalarini eslatuvchi chilchiroq bo‘lib, uning yettita oltin panjasida yo‘g‘on shamlar yonib turardi. Bundan tashqari, stolda yana donalari nihoyatda zo‘r mahorat bilan ishlangan kattakon shaxmat taxtasi bor edi. Eskirib, taqir bo‘lib ketgan bir gilamcha ustida pasttakkina skameyka turardi. Bu yerda yana bir stol bo‘lib, uning ustiga qandaydir oltin kosa va boshqa bir chilchiroq qo‘yilgan edi.Bu chilchiroqning shoxlari ilonga o‘xshatib yasalgan edi. Xonadan oltingugurt va qatron hidi kelar, chiroqlarning ko‘lankalari yerda bir-birini kesib o‘tgan edi.
Bu yerda hozir bo‘lganlar orasida Margarita Azazelloni bir ko‘rishdayoq tanidi, u karavotning bosh tomonida turar va endi egniga frak kiyib olgan edi. U Margaritaga bag‘oyat nazokat bilan ta’zim qildi, zero u Aleksandr bog‘ida Margaritaning qoshiga qaroqchi qiyofasida kelgan Azazelloga aslo o‘xshamas edi endi.
Varetening mo‘’tabar bufetchisini qattiq xijolat qilgan va mash’um seans berilgan tunda, yaxshiyamki, xo‘roz qichqirib qolib, cho‘chib ketgan o‘sha yalang‘och alvasti, ya’ni Gella karavot yonida yerga yozilgan gilamchada o‘tirib, oltingugurt bug‘i chiqib turgan kastryulda allanimani xamirga o‘xshatib qorardi.
Bulardan tashqari, shaxmat stoli yonidagi baland kursida hirsday keladigan bir qora mushuk o‘ng panjasida asp donasini ushlab o‘tirardi.
Gella o‘rnidan qo‘zg‘alib, Margaritaga ta’zim qildi. Mushuk ham kursidan sakrab tushib, orqa o‘ng oyog‘ini oldinga surib, mehmonga ta’zim qilarkan, birdan donani panjasidan tushirib yubordi va uni qidirib karavot tagiga emaklab kirib ketdi.
Bularning barini, qo‘rquvdan dong qotib qolgan Margarita shamlardan tushgan bozingar ko‘lankalarda elas-elas ko‘rdi. U ko‘zini to‘shakdan uza olmay qolgandi: bechora Ivan — yaqindagina Patriarx ko‘lida, shayton yo‘q, deb ishontirmoqchi bo‘lgan kimsa, ya’ni o‘sha yo‘q narsa hozir karavotda o‘tirardi.
Sez Üzbäk ädäbiyättän 1 tekst ukıdıgız.
Çirattagı - Usta va Margarita - 21
  • Büleklär
  • Usta va Margarita - 01
    Süzlärneñ gomumi sanı 4230
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2026
    35.6 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    52.1 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    61.6 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 02
    Süzlärneñ gomumi sanı 4168
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1934
    37.0 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    55.5 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    64.1 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 03
    Süzlärneñ gomumi sanı 4193
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1964
    35.7 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    54.2 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    62.5 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 04
    Süzlärneñ gomumi sanı 4287
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2045
    38.5 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    58.1 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    68.2 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 05
    Süzlärneñ gomumi sanı 4148
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2158
    33.0 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    50.4 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    60.1 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 06
    Süzlärneñ gomumi sanı 4271
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2020
    37.8 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.2 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    66.3 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 07
    Süzlärneñ gomumi sanı 4276
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1961
    38.8 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    57.4 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    66.3 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 08
    Süzlärneñ gomumi sanı 4168
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1883
    39.3 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.6 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    64.9 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 09
    Süzlärneñ gomumi sanı 4224
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1971
    38.8 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    57.5 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    66.8 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 10
    Süzlärneñ gomumi sanı 4157
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2006
    37.9 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.8 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    63.9 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 11
    Süzlärneñ gomumi sanı 4296
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2051
    38.2 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.4 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    66.9 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 12
    Süzlärneñ gomumi sanı 4393
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2138
    37.3 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    55.9 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    65.6 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 13
    Süzlärneñ gomumi sanı 4110
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2033
    37.4 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.2 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    65.0 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 14
    Süzlärneñ gomumi sanı 4157
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2076
    35.4 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    52.6 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    61.4 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 15
    Süzlärneñ gomumi sanı 4180
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2037
    35.5 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    54.5 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    64.6 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 16
    Süzlärneñ gomumi sanı 4181
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1982
    36.8 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    55.5 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    65.9 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 17
    Süzlärneñ gomumi sanı 4228
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1948
    38.9 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    57.7 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    67.3 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 18
    Süzlärneñ gomumi sanı 4255
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2030
    38.6 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    57.7 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    66.1 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 19
    Süzlärneñ gomumi sanı 4238
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1985
    37.0 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.4 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    65.8 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 20
    Süzlärneñ gomumi sanı 4354
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1987
    38.0 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    57.4 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    66.8 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 21
    Süzlärneñ gomumi sanı 4256
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1964
    38.6 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.3 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    66.2 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 22
    Süzlärneñ gomumi sanı 4281
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1986
    35.8 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    52.8 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    62.0 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 23
    Süzlärneñ gomumi sanı 4218
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1815
    38.1 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    57.4 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    67.0 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 24
    Süzlärneñ gomumi sanı 4321
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2071
    38.3 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.6 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    65.3 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 25
    Süzlärneñ gomumi sanı 4282
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2048
    37.3 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.1 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    65.1 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 26
    Süzlärneñ gomumi sanı 4290
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1976
    37.3 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    55.3 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    65.1 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 27
    Süzlärneñ gomumi sanı 4250
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2055
    38.7 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.3 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    66.3 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 28
    Süzlärneñ gomumi sanı 4163
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2047
    36.1 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    54.2 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    64.6 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 29
    Süzlärneñ gomumi sanı 4227
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2092
    36.5 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    54.6 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    63.1 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 30
    Süzlärneñ gomumi sanı 4275
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1993
    38.6 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    55.5 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    65.1 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 31
    Süzlärneñ gomumi sanı 4384
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2141
    35.2 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    53.3 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    62.8 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 32
    Süzlärneñ gomumi sanı 2703
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1551
    33.4 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    48.6 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    57.3 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.