Usta va Margarita - 17

Süzlärneñ gomumi sanı 4228
Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1948
38.9 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
57.7 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
67.3 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
U pastga tushib, ko‘cha eshikning yonginasida qandaydir bir hujrani ko‘rib qoldi. Hujra eshigining oynasi singan edi. Poplavskiy pasportini yoniga solib qo‘ydi-da, yuqoridan tashlab yuborilgan narsalarini qidirib, atrofga ko‘z yugurtira boshladi. Lekin u narsalardan asar ham yo‘q edi. Bu hol Poplavskiyni deyarli hech ranjitmadi, qizig‘i shundaki, ranjimaganidan o‘zi ham hayron qolgan edi. Hozir xayoli uni vasvasaga soluvchi boshqa ajoyib fikrga qaratilgan edi — u anavi qarg‘ish tekkan kvartirani hozir yuqoriga ko‘tarilgan jikkak odam timsolida yana bir sinab ko‘rish ishtiyoqida yonardi. Darhaqiqat: baski, u odam kvartirani so‘ragan ekan, demak, bu yerga birinchi kelishi. Demak, u hozir to‘ppa-to‘g‘ri 50-kvartirani makon qilib olgan bezorilar panjasiga borib tushadi. Poplavskiy, bu jikkak odamni juda tez qaytib chiqadi deb faraz qilgan edi. Turgan gapki, Maksimilian Andreevichendi hech qanaqa jiyanining hech qanday dafn marosimiga shoshilmas, Kiev poezdining jo‘nashiga esa hali ancha vaqt bor edi. Ekonomist u yoq-bu yoqqa qarab qo‘yib, «lip» etib hujraga kirib oldi. Xuddi shu mahal ancha yuqorida eshik ochilib yopilgani eshitildi. «Ana, u kirdi!» — deb o‘yladi Poplavskiy yuragini hovuchlagancha. Hujra ichi salqin edi, undan sichqon va etik hidi kelardi. Maksimilian Andreevich bir to‘nka ustiga o‘tirib, tashrif natijasini kutishga ahd qildi. U qulay kuzatuv joyi tanlagan edi, bu yerdan ko‘cha eshik yaqqol ko‘rinib turardi.
Biroq kievlik pochcha bu yerda ko‘zlagan muddatidan ko‘proq kutib qoldi. Zina, negadir, hanuz bo‘m-bo‘sh edi. Shuning uchun «tiq» etgan tovush ham eshitilardi. Mana, nihoyat, beshinchi qavatda eshik ochildi. Poplavskiy toshday qotib qoldi. Ha, o‘shaning oyoq tovushi, «Tushib kelyapti». Bir qavat pastdagi eshik ochildi. Oyoq tovushi tindi. Ayol ovozi. G‘amgin odamning ovozi… ha, o‘shaning ovozi… U, «azbaroyi xudo, tinch qo‘ying…», degandek g‘o‘ldiradi. Poplavskiy ding qulog‘ini siniq oynadan chiqarib turardi, Shu qulog‘iga ayol kishining kulgisi chalindi. Shaxdam-shaxdam yurib pastga tushibkelayotgan oyoq tovushi; mana u g‘izillab o‘tgan ayolni orqasidan ko‘rib qoldi. Qo‘liga ko‘k kleyonka sumka ko‘tarib olgan bu ayol eshikni ochib hovliga chiqib ketdi. Anavi jikkak odamning oyoq tovushi yana eshitila boshladi. «Qiziq, u yana o‘sha kvartiraga qaytib chiqyapti. Mana, yana yuqori qavatdagi eshik ochildi. Hay, nachora, yana kutamiz».
Bu safar endi ko‘p kutishga to‘g‘ri kelmadi. Eshik ochildi. Oyoq tovushi. Tovush tindi. Jon achchig‘ida chinqiriq. Mushuk miyovladi. Juda tez, pildirab tushib kelayotgan oyoq tovushi, pastga, pastga, pastga!
Poplavskiy niyatiga yetdi. Boyagi g‘amgin odam bir nimalarni g‘o‘ldirab cho‘qina-cho‘qina g‘izillab o‘tdi, uning kal boshi timdalangan, shimi jiqqa ho‘l, basharasi mutlaqo telbayona edi. U qo‘rqib ketganidan eshikning qayoqqa ochilishini bilolmay, jonholatda bandidan yulqib torta boshladi, nihoyat, bir amallab uni ochib, oftobro‘ya hovliga otilib chiqib ketdi.
Shunday qilib, kvartira tekshiruvdan o‘tdi, Maksimilian Andreevich endi marhum jiyanini ham, kvartirani ham o‘ylamay, o‘z boshidan kechirgan xatarni eslaganda «qatl-qatl» titrab, nuqul: «Hammasi tushunarli! Hammasi tushunarli!» — deb ikki og‘iz so‘zni pichirlagancha hovliga yugurib chikdi. Yana bir necha daqiqadan keyinrejalashtiruvchi iqtisodchi trolleybusda Kiev vokzali tomon yelib ketdi.
Poplavskiy pastda, hujrada o‘tirgan paytda jikkak odamning boshiga g‘oyat ko‘ngilsiz savdo tushgan edi. U Vareteda bufetchi bo‘lib, ismi-sharifi Andrey Fokich Sokov edi. Vareteda tergov ishlari olib borilayotgan paytda Andrey Fokich butui voqeadan o‘zini chetga olib yurgan edi, lekin odamlar uning shundoq ham hamisha ma’yus chehrasi yana ham ma’yuslashganini payqashgan edi, bundan tashqari, u kurer Karpovdan musofir sehrgarning qaerda yashab turganini surishtirgan edi.
Shunday qilib, bufetchi zina maydonchasida ekonomistdan dars so‘ragach, beshinchi qavatga chiqib borib, 50-kvartiraga qo‘ng‘iroq qildi.
U qo‘ng‘iroq qilgan zahoti eshikni ochishdi, lekin bufetchi darhol kira qolmadi, balki seskanib orqasiga tisarildi. Buning sababi bor edi. Eshikni oldiga g‘amza uchungina to‘r hoshiyali fartukcha tutib, boshiga oq to‘r bezak qadagan qip-yalang‘och qiz ochgan edi. Darvoqe, u oyog‘iga oltintufli ham kiygan edi. Qizning tashqi qiyofasidagi yagona nuqson — bo‘ynidagi to‘q-qizil chandiqni hisoblamaganda, uning qaddi-qomati mutlaqo bequsur edi.
— Kiring-da, qo‘ng‘iroq qilganingizdan keyin! — dedi qiz bufetchiga badaxloq ko‘k ko‘zlarini qadagancha.
Andrey Fokich og‘ir xo‘rsinib yuborib, ko‘zlarini «pir-pir» uchirdi va boshidan shlyapasini olib, dahlizga qadam qo‘ydi. Xuddi shu mahal dahlizdagi telefon jiringlab qoldi. Behayo xodima bir oyog‘ini stulga qo‘yib, trubkani olib dedi:
— Allo!
Bufetchi xijolatdan o‘zini qayoqqa urishni bilmay, yer tepinib turarkan: «Ana senga ajnabiylarning xodimasi! Voy maraz-e!» — deb o‘ylardi. Keyin u shu marazdan ko‘zini olib qochish uchun har tomonga alanglay boshladi.
Bu kattakon, nimqorong‘i dahlizning hammayog‘ida g‘ayrioddiy buyumlar va liboslar qalashib ketgan edi. Chunonchi, stulning suyanchig‘ida alvonrang astarli motam plashi, ko‘zgu tagidagi stolchada esa yaraqlagan oltin banddi uzun shamshir yotardi. Yana kumush sopli uchta shamshir xuddi zontik yo hassa singari burchakka tirab qo‘yilgan edi. Devorga qoqilgan kiyik shoxiga esa burgut patli beretlar ilingan edi.
— Eshitaman, — dedi xodima telefonga, — nima? Baron Maygel? Qulog‘im sizda. Ha! Janob artist bugun uydalar. Ha, bajonidil uchrashadi u siz bilan. Ha, mehmonlar… Yo frak, yo qora kamzul. Nima? Tungi soat o‘n ikkiga. — Xodima telefonda gaplashib bo‘lib, trubkani qo‘ydi, so‘ng bufetchiga yuzlandi: — Xo‘sh, xizmat?
— Men grajdanin artistni ko‘rmoqchi edim.
— Yo‘g‘-e? Albatta, shaxsan o‘zinimi?
— Ha, — dedi ma’yus ohangda bufetchi.
— So‘rab ko‘raman, — dedi xodima (chamasi, u taraddudda edi) va marhum Berlioz kabinetining eshigini qiya ochib dedi: — Ritsar, bu yerga jikkakkina bir odam kelib, messirni so‘rayapti.
Kabinetdan Korovyovning hirqiroq ovozi eshitildi:
— Mayli, kirsin.
— Mehmonxonaga kiring, — deb eshikni ochdi behayo qiz xuddi odamlarga o‘xshab kiyingandek soddagina qilib, so‘ng o‘zi dahlizni tark etdi.
Bufetchi taklif qilingan xonaga kirdiyu o‘zining nima ish bilan kelganini ham unutib qo‘ydi. Bu yerning jihozlarini ko‘rib u hang-mang bo‘lib qolgan edi. Ulkan derazalarga qo‘yilgan rang-barang oynalardan (dom-daraksiz g‘oyib bo‘lgan zargar bevasining orzu-havasi) xuddi cherkovlarda bo‘lganidek g‘ayritabiiy nur yog‘ilardi. Bahor payti, kunlar issiq bo‘lishiga qaramay, qadimiy mahobatli kaminda o‘tin lang‘illab yonib turardi. Ammo xona hech ham issiq emas, aksincha, bu yerga kirib kelgan bufetchiga «gup» etib yerto‘la zaxi ufurdi. Kamin oldiga yoyilgan yo‘lbars terisi ustida xirsday keladigan timqora mushuk ko‘zlarini halovatli suzgancha olovga tikilib o‘tirardi. Bu yerda shunday bir stol ham bor ediki, xudojo‘y bufetchining ko‘zi unga tushishi bilan butun vujudi seskanib ketdi: stol ustiga cherkov kimxobi yozilgandi. Mana shu kimxob dasturxon ustida mog‘or va chang bosgan qorindor shishalar qalashib ketgan edi. Shishalar orasida bitta lagan yaraqlab ko‘rindi, uning sof oltindan yasalgani bir qarashdayoq ma’lum edi. Kamin oldida kamariga pichoq qistirgan pak-pakana malla odam uzun shamshirni six qilib, olovda kabob pishirar, go‘shtning seli olovga chak-chak tomar, tutun esa mo‘rkon orqali chiqib ketayotgan edi. Bu yerda nafaqat kabob hidi, shuningdek, allaqanday juda o‘tkir atir bilan ladan hidi ham bor ediki, Berliozning halok bo‘lgani haqida gazetadan o‘qigan va uning qaerda istiqomat qilganini bilgan bufetchining miyasida, tag‘in bu yerda Berliozga janoza o‘qishgan bo‘lsa-ya, degan fikr paydo bo‘ldi, ammo shu zahoti buni g‘irt bema’nilik deb bilib, ko‘nglidan faromush qiddi.
Esankirab qolgan bufetchi kugilmaganda kimningdir do‘rillagan salmoqli ovozini eshitdi:
— Xo‘sh, nima gapingiz bor edi menda?
Shunda bufetchi o‘ziga kerak bo‘lgan odamni ko‘rdi.
Jodugar hammayog‘iga yostiqlar yoyib tashlangan allaqanday judayam keng va pastak divanda yonboshlab yotardi. Bufetchining ko‘ziga artist egniga faqat qora ichki ko‘ylak-ishtonu oyog‘iga uzun tumshuqli qora tufli kiygandek ko‘rindi.
— Men, — deb hasrat bilan gap boshladi bufetchi, — Varete teatrida bufet mudiriman…
Artist bufetchining gapini bo‘lmoqchi bo‘lganday ko‘lini oldinga cho‘zdiyu (barmoqlaridagi uzuklarning ko‘zlari yaraqlardi) jon-jahdi bilan qizishib gapira boshladi:
— Yo‘q, yo‘q, yo‘q! Boshqa bir og‘iz ham gapirmang! Hech qachon, hech qaerda! Bufetingizda hech qachon ovqatlanmayman! Kecha men, muhtaram zot, bufetingiz yonidan o‘tib qoluvdim, hanuzgacha bikri balig‘i bilap brinzangizning hidi dimog‘imdan ketgani yo‘q. Azizim! Hech qachon brinza yashil rangda bo‘lmaydi, kimdir laqillatipti sizni. Brinza faqat oq rangda bo‘lishi kerak. Undan keyin, choyni oling! Axir u yuvindi-ku! Allaqanday isqirt qiz chelakda sovuq suv olib kelib kattakon samovarga quyayotganini, ayni chog‘da samovar jo‘mragini burab, odamlarga choy quyib berishayotganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Yo‘q, tasadduq, bunday qilib bo‘lmaydi!
— Meii kechirasiz, — dedi bu kutilmaganda ta’nadan esankirab qolgan Andrey Fokich, — men boshqa masalada kelgan edim, bikri balig‘ining bu tashrifimga daxli yo‘q.
— Ie, nega daxli yo‘q bo‘larkan, buzilgan bo‘lgandan keyin!
— O‘zi bikri balig‘ining sal uringanini yuborishgan edi, — dedi bufetchi.
— Tasadduq. bu safsata!
— Nimasi safsata!
— Sal uringan deganingiz! Har qanday mol yangi, urinmagan bo‘lishi kerak. Baski, sal uringanmi, demak, u mol emas, uni iste’mol qilib bo‘lmaydi, chunki u sasigan hisoblanadi!
Nuqul tirg‘ilayotgan artistdan qanday qutulishni bilmagan bufetchi:
— Meni kechirasiz… — deb yana gap boshlagan edi, artist:
— Kechira olmayman, — deb shartta uning so‘zini bo‘ldi.
— Men boshqa masalada kelgan edim! — dedi zo‘rg‘a tamoman gangib qolgan bufetchi.
— Boshqa masalada? — dedi ajablanib xorijlik sehrgar. — Yana qanday ishingiz bo‘lishi mumkin menda? Agar yodimda bo‘lsa, men sizga kasbdosh bo‘lganlardan faqat bitta markitant ayolni bilardim, lekin ungayam ko‘p bo‘lgan, hali siz unda dunyoga kelmagan edingiz. Azazello! Bufet mudiri janoblariga kursi qo‘y.
Kabob pishirayotgan odam o‘girilgan edi, so‘yloq tishlari bufetchini cho‘chitib yubordi. Azazello chaqqonlik bilan unga qora eman kursilardan birini qo‘ydi. Xonada shu pastak kursilardan bo‘lak hech qanday o‘tirg‘ich yo‘q edi.
— G‘oyat minnatdorman, — dedi bufetchi va kursiga o‘tirdi.
Shu zahoti kursining orqa oyog‘i «qars» etib sindi, bufetchi «gurs» yiqilib, kemirchagi bilan yerga qattiq urildi. U yiqilarkan oyog‘i oldida turgan boshqa kursiga tegib ketdi-yu, uning ustidagi lim-lim qilib qizil vino quyilgan qadahni o‘z shimiga ag‘darib yubordi.
Artist dedi:
— E, attang! Lat yemadingizmi?
Azazello bufetchini qo‘ltig‘idan olib turg‘azdi, unga boshqa kursi qo‘ydi.
Bufetchi mezbonning«shimingizni yeching, olovda quritib berishadi» degan taklifini ma’yus kayfiyatda rad etdi va jiqqa ho‘l kiyimda o‘zini tamoman o‘ng‘aysiz his etib, ikkinchi kursiga qo‘rqa-pisa o‘tirdi.
— Men past o‘rindiqni yoqtiraman, — deb gapira boshladi artist, — past kursidan yiqilish uncha xatarli emas. Ha, biz bikri balig‘ini gapirayotganmidik? Azizim! Hamisha va faqat yangi mol, yangi mol, yangi mol — har bir bufetchining shiori shu bo‘lishi kerak. Darvoqe, mana tatib ko‘ring…
Shu payt kamindagi olovning qip-qizil shu’lasi-da bufetchi oldida shamshir yaraqladi va Azazello oltin talinkaga jazillab turgan bir bo‘lak go‘sht qo‘yib, ustidan limon sharbati tomizdi-da, uni bufetchiga ikki tishli oltin sanchqi bilan qo‘shib uzatdi.
— Tashakkur… men…
— Yo‘q, yo‘q, tatib ko‘ring!
Bufetchi nazokat yuzasidan bir dona jazni og‘ziga soddi va shu onning o‘zida, judayam yangi, eng muhimi nihoyatda hushta’m narsa chaynayotganini his qiddi. Lekin u xushbo‘y, shirin go‘shtni chaynab turib shunday qalqib ketdiki, ikkinchi marta yiqilib tushishiga oz qoldi. Qo‘shni xonadan kattakon bir sharpa uchib chiqib, qanotini bufetchining taqir boshiga asta tekkizib o‘tdi. U kamin tokchasida turgan soat yoniga borib qo‘ngan edi, boyqush ekanligi ma’lum bo‘ldi. «Yo xudoyo tavba! — deb o‘yladi hamma bufetchilar singari tajang Andrey Fokich. — Bu qanaqa joy o‘zi!»
— Bir qadah vino, a? Oqidanmi, qizilidanmi? Qay mamlakatning vinosini xush ko‘rasiz kunning bu paytida?
— Tashakkur… men ichmayman…
— Chakki qilasiz! Bo‘lmasa bir qo‘l soqqa tashlab o‘ynaymizmi? Yo siz boshqa biron o‘yinni yoqtirasizmi? Masalan: domino, qarta?
— Men hech narsa o‘ynamayman, — dedi tamoman sillasi qurigan bufetchi.
— Judayam yomon, — deb xulosa chiqardi mezbon, — siz nima desangiz deng, ammo may ichishdan, qimor o‘yinlaridan, dilbar ayollardanu dilkash suhbatlardan yuz o‘giruvchi erkaklarning ko‘nglida qandaydir yovuzlik mavjud bo‘ladi. Bunday odamlar yo og‘ir betob bo‘lishadi, yo atrofidagi odamlardan xufiyona nafratlanishadi. To‘g‘ri, istisno ham bo‘lishi mumkin. Men bilan birga bir dasturxon atrofida ziyofatda bo‘lgan odamlar orasida ham ba’zan g‘aroyib marazlar uchrardi. Hay, qulog‘im sizda.
— Kecha siz ko‘zboyloqchilik qilgandingiz…
— Men-a? — dedi sehrgar taajjublanib, — yo‘q, kechirasiz. Menga yarashmaydi bunaqa qiliq!
— Afv etasiz, — dedi esankiragan bufetchi, — axir jodugarlik seansi…
— E, ha, to‘g‘ri, to‘g‘ri! O azizim! Sizga sirni fosh qilaman: men aslo artist emasman, shunchaki, moskvaliklarni ko‘rgim keluvdi, xolos, buni ro‘yobga chiqarishda teatr qo‘l kelardi, albatta. Mana, mening mulozimlarim, — u boshi bilan mushuk tomonga isho-ra qildi, — o‘sha seansni uyushtirishdi, men faqat moskvaliklarni kuzatib jim o‘tiraverdim. Yo‘q, yo‘q, rangingiz o‘chmasin-u, qani, o‘sha seans munosabati bilan sizni bu yerga kelishga nima majbur etganini ayting menga.
— O‘zingizga ayon, har turli fokuslar qatori, shiftdan qog‘ozlar ham yog‘ilgan edi, — bufetchi ovozini pastlatdi va xijolat tortib atrofga qarab qo‘ydi, — xullas, o‘sha qog‘ozlarni hamma ilib oldi. Keyin bufetimga bir yosh yigit kirib, bir chervon uzatdi, men unga sakkiz yarim so‘m qaytardim… Keyin ikkinchi odam…
— U ham yosh yigitmidi?
— Yo‘q, keksa odam. So‘ng uchinchi, to‘rtinchi odam kirib kelaverdi. Men hammalariga qaytim berdim. Bugun kassani tekshiraman desam, pul emas, qiyqim qog‘ozlar yotipti. Bufet bir yuz to‘qqiz so‘m ziyon ko‘rdi.
— E, attang, attang! — dedi artist, — nahotki, odamlar o‘sha qog‘ozlarni haqiqiy pul deb o‘ylashgan bo‘lsa? Bila-ko‘ra turib shunday qilishganiga hech aqlim bovar qilmaydi.
Bufetchi aftini burishtirib, atrofga ma’yus nazar tashladi-yu, lekin hech nima demadi.
— Nahot tovlamachilar?.. — hayajonlanib so‘radi sehrgar mehmondan, — nahot moskvaliklar orasida tovlamachilar bo‘lsa?
Unga javoban bufetchi shunday achchiq istehzo qildiki, moskvaliklar orasida tovlamachilar borligiga hech qanday shubha qolmadi.
— Bu pastkashlik! — dedi Voland achchig‘lanib, — mana, siz kambag‘al odamsiz… to‘g‘rimi, axir, kambag‘alsiz-a?
Bufetchi boshini yelkalari orasiga tortgan edi, uning kambag‘al odamligi ko‘rindi-qoldi.
— Siz, masalan, qancha pul jamg‘argansiz?
Savol xayrixohlik bilan berildi, lekin shunday bo‘lsa ham, uni qaltis emas deb bo‘lmasdi. Bufetchi dovdirab qoldi.
— Beshta omonat kassada ikki yuz qirq to‘qqiz ming so‘m puli bor, — dedi qandaydir qaltiroq ovoz qo‘shni xonadan, — yana uyida pol tagiga ikki yuzta o‘n so‘mlik oltin tanga ko‘mgan.
Bufetchi o‘zini go‘yo kursiga qapishib qolgandek his qildi.
— Ha, albatta, arzimagan iul bu, — dedi Voland mehmonga muruvvat qilib, — lekin, darvoqe, sirasini aytganda, jamg‘armangiz sizga kerak ham bo‘lmaydi. O‘zi qachon o‘lasiz?
Ana endi bufetchining achchig‘i chiqib ketdi.
— Buni hech kim bilmaydi, o‘lishimning hech kimga daxli ham yo‘q, — deb javob qildi u.
— Nega endi hech kim bilmas ekan, — kabinetdan yana boyagi xunuk ovoz eshitildi, — o‘rgildim Nyuton binomidan! U to‘qqiz oydan keyin, kelasi yilning fevralida birinchi MGU kasalxonasining to‘rtinchi palatasida jigar rakidan o‘ladi.
Bufetchining rangi za’faron bo‘lib ketdi.
— To‘qqiz oy, — deb o‘ychanlik bilan hisoblay boshladi Voland, — ikki yuz qirq to‘qqiz ming… yaxlitiga hisoblaydigan bo‘lsak, oyiga yigirma yetti ming so‘mdan to‘g‘ri keladimi? Sal kamroq, lekin kamtarona kun kechiriladigan bo‘lsa, yetib qoladi. Yana oltin tangalar ham bor.
— Oltinlarni sarflashga ulgurmaydi, — deb yana boyagi ovoz gapga aralashdi (bufetchining yuragi «shuv» etib ketdi). — Andrey Fokich vafot etgan zahoti uyi buziladi, o‘n so‘mlik oltinlar Davlat bankiga topshiriladi.
— Ha, kasalxonaga yotishingizni maslahat ko‘rmagan bo‘lardim, — deb davom etdi artist. — Og‘ir kasallar tinimsiz ingrab, xirillab yotgan palatada jon berishning nima xosiyati bor. Undan ko‘ra, o‘sha yigirma yetti mingga yaxshi bir ziyofat uyushtirib, so‘ng og‘u ichib, muzika sadolari ostida sarmast sohibjamollaru o‘ktam do‘stlar kuzatuvida dorilbaqoga rihlat etgan ma’qul emasmi?
Bufetchi qimir etmay o‘tirar, u judayam qarib ketgan edi. Ko‘zlari atrofida qora gardish paydo bo‘lgan, ikki lunji shalvirab, jag‘i osilib qolgan edi.
— Buni qarang-a, xayolga berilib ketibmiz, — de-di mezbon, — maqsadga o‘taylik. Qani, ko‘rsatingchi o‘sha qirqilgan qog‘ozlaringizni.
Bufetchi hayajonlangancha, cho‘ntagidan gazeta o‘ralgan bir dasta qog‘oz olib, uni ochdi, ochdiyu dong qotib qoldi. Gazetaga chervon pullar o‘ralgan edi.
— Azizim, siz chindanam betobsiz, — dodi Voland kiftlarini uchirib.
Bufetchi tirajygancha o‘rnidan turdi.
— Bordi-yu, — dedi duduqlanib u, — bular yana haligiday…
— Hm… — o‘ylanib qoldi artist, — unda yana huzurimizga keling. Siz uchun doim eshigimiz ochiq. Tanishganimizdan xursandman.
Shu choq kabinetdan Korovyov otilib chiqib, bufetchining qo‘liga yopishdi va uni to‘xtovsiz silkib xayrlasharkan, hammaga ko‘pdan-ko‘p salom aytishni qayta-qayta iltimos qila boshladi. Gangib qolgan bufetchi dahliz tomon yurdi.
— Gella, kuzatib qo‘y! — deb chinqirdi Korovyov. Bufetchi dahlizda yana o‘sha mallasoch, yalang‘och behayo qizga ro‘para keldi. U qiya ochilgan eshikdan yonlab chiqarkan, g‘ing‘illab «xayr» dedi va mast odamlardaxg gandiraklab yura boshladi. U zinadan bir qavat pastga yurib tushib to‘xtadi, pillapoyaga o‘tirib, cho‘ntagidan o‘rog‘liq pulni olib ochdi — chervonlar joyida edi.
Shu payt bu yerdagi kvartiradan yashil sumka ko‘tagan bir ayol chiqdi. U iillapoyada chervonlarga ma’nosiz tikilib o‘tirgan odamni ko‘rib jilmaydi-da, o‘zicha dedi:
— Qanaqa uy bo‘ldi o‘zi bu! Mana, buyam ertalabdan zahariga otib olipti. Ana, deraza oynasini yana sindirishipti, — keyin u bufetchiga tikilibroq qarab, ilova qildi: — Voy bo‘-o‘, grajdanin, chervonlaringiz muncha ko‘p. Mengayam ozrog‘ini bersangiz-chi! A?
— Meni tinch qo‘ying. Azbaroyi xudo, — dedi cho‘chib ketgan bufetchi va pulni azza-bazza yashira boshladi. Ayol kulib yubordi:
— E, qorang o‘chsin seni, qurumsoq! Hazillash-dim, — deb pastga tusha boshladi.
Bufetchi sekin o‘rnidan turdi, shlyapasini to‘g‘rilab kiyish uchun qo‘lini ko‘tardiyu boshyalang ekanligini payqadi. Orqaga qaytishga hech oyog‘i tortmayotgan edi, lekin shlyapasini ko‘zi qiymadi. U bir oz ikkilanib turgach, axiyri qaytib chiqib qo‘ng‘iroq qildi.
— Yana nima istaysiz? — deb so‘radi undai yaramas Gella.
— Shlyapamni unutib qoldiribman, — deb pichirladi bufetchi, barmog‘ini taqir boshiga niqtab. Gella orqasini o‘girdi, bufetchi hazar qilib, ichida tupirdi-da, ko‘zlarini chirt yumib oldi. Qayta ochganida, Gella unga shlyapasi bilan qora dastali shamshir uzatib turardi.
— Meniki emas, — deb pichirladi bufetchi shamshirni qaytarib, ayni paytda shlyapasini kiyarkan.
— Nahotki shamshirsiz kelgan bo‘lsangiz? — deb ajablandi Gella.
Bufetchi bir nima deb g‘o‘ldiradi-da, pastga g‘izillab tusha boshladi. Negaki, u o‘zini o‘ng‘aysiz his qila boshladi, shlyapada boshi judayam qizib ketayotgan edi, shunda u shlyapasini boshidan oldiyu qo‘rqqanidan bir sakrab tushib, ohista chinqirib yubordi. Uning qo‘lidagi shlyapa emas, titig‘i chiqqanxo‘roz pati qadalgan duxoba beret edi. Bufetchi cho‘qinib oldi. Shunda beret miyovlab yuborib, tim qora mushuk bolaga aylandi va yana Andrey Fokichning boshiga sakrab chiqib, uning taqir boshiga tirnoqlarini botirib mahkam yopishib oldi. Bufetchi jon achchig‘ida dod solib pastga yugurib gushaboshladi, mushuk bola esa uning boshidan sakrab tushib, bir sapchishda zinadan yuqoriga o‘kday otilib chiqib ketdi.
Bufetchi ochiq havoga otilib chiqib, darvoza tomon lo‘killab chopib ketdi va jinlar makon qurgan bu 302-bis uyni mangu tark etdi.
Keyin unga nima bo‘lgani biz uchun sir emas. Bufetchi darvozadan ko‘chaga otilib chiqib, bir nimani qidirayotganday olazarak bo‘lib atrofga o‘g‘rincha qaradi. Yana bir daqiqadan keyin u ko‘chaning narigi betiga o‘tib, aptekaga kirdi. U: «Marhamat qilib ayting-chi…» — deganini biladi, peshtaxta ortida gurgan ayol chinqirib yubordi:
— Grajdanin! Boshingizning hammayog‘i tilingan-ku!..
Yana besh daqiqadan keyin bufetchining boshi doka bilan bog‘langan edi, ayni paytda u jigar kasali bo‘yicha eng zo‘r mutaxassislar professor Bernadskiy bilan professor Kuzmin ekanligini ham bilib olgandi, so‘ng ularning qay biri yaqinroq, deb so‘rab, Kuzminning bu yerdan atigi bir hovli narida mo‘’jazgina oppoq uyda turishini bildi va suyunganidan boshi osmonga yetdi, ikki daqiqadan so‘ng u o‘sha uyga kirib bordi. Bu juda ko‘hna imorat bo‘lsa ham, xonalari shinamgina edi. Bufetchining esida: unga birinchi ro‘para kelgan odam kampir enaga bo‘ldi, u bufetchining shlyapasiga qo‘l uzatdi, ammo shlyapasi yo‘qligini ko‘rib tamshandi-da, qayoqqadir kirib ketdi.
Kampirning o‘rnida, ko‘zgu yonida, qandaydir ravoq ostida o‘rta yoshlardagi bir ayol paydo bo‘ldi va bufetchi savol berishga ulgurmay, faqat o‘n to‘qqizinchi chisloga yozilish mumkin, deb gapirdi. Bufetchi qanday chora ko‘rishni darrov fahmladi. U nursiz ko‘zlari bilan ravoq orqasiga mo‘ralab, u yerda — dahlizda navbat kutib o‘tirgan uchta odamni ko‘rib, pichirlab dedi:
— Dardim og‘ir — o‘lib qolaman…
Ayol bufetchining doka bilan bog‘lab tashlangan boshiga hayron bo‘lib qaradi-da, ikkilanib turib:
— Ha, mayli… — dedi va uni ravoq ichkarisiga o‘tkazib yubordi.
Xuddi shu mahal ro‘paradagi eshik ochilib, u yerda paydo bo‘lgan doktorning ko‘zidagi oltin pensne porladi, xalat kiygan ayol dedi:
— Grajdanlar, bu bemor navbatsiz kiradi. Bufetchi ko‘z ochib-yumguncha vaqt o‘tmay o‘zini professor Kuzminning kabinetida ko‘rdi. Bu sal cho‘zinchoq xonaning na biron qo‘rqinchli, na dabdabali va na tibbiyotga oid jihati bor edi.
— Sizga nima bo‘ldi? — deb so‘radi professor Kuzmin muloyim ovoz bilan va bufetchining doka bilan bog‘langan boshiga bir oz hayajon bilan boqdi.
— Ishonchli ma’lumotlarga qaraganda, — deb javob qildi bufetchi, devorga osilgan oynavand ramkadagi bir guruh odamlarning fotografiyasiga ko‘z qiri bilan qarash qilarkan, — kelasi yil fevralda jigar rakidan o‘larkanman. O‘tinaman, oldini oling.
Charm qoplangan kresloda o‘tirgan professor Kuzmin o‘zini uning baland suyanchig‘iga tashladi.
— Kechirasiz, gapingizga tushunmadim… siz vrach huzurida bo‘ldingizmi? Nega boshingiz bog‘langan?
— Qanaqa vrach?.. Uni o‘zingiz ko‘rganingizda edi!.. — deb birdan tishlari takillay boshladi. — Siz boshimga qaramang, kasalimga dahli yo‘q, sira. Siz boshimga tupuring, uni aloqasi yo‘q. O‘tinaman, jigar rakining oldini oling.
— Axir, kim aytdi o‘zi sizga buni?
— Unga ishoning, — deb astoydil iltimos qildi bufetchi, — u biladi.
— Hech nimaga tushunmayapman, — dedi professor yelkasipi qisib, kreslosini g‘ildiratib stoldan uzoqlasharkan. — Qachon o‘lishingizni qanday bilishi mumkin o‘sha odam? Buning ustiga, u vrach ham emas ekan!
— To‘rtinchi palatada o‘larmishman, — dedi bufetchi.
Shu gapdan keyin professor bu patsientning boshiga, ho‘l shimiga tikilibroq qaradi-da: «Bir kami shu edi! Jinni-ku!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi va so‘radi:
— Araq ichasizmi?
— Hech qachon og‘zimga olmaganman, — deb javob qildi bufetchi. Yana bir daqiqadan keyin uni yechintirib, sovuq kleyonka yozilgan kushetkaga yotqizishdi, professor uning qornini ezg‘ilay boshladi. Shuni aytish kerakki, bufetchining ruhi endi ancha yengillashgan edi. Chunki professor hozir,xususan bugungi kunda bufetchida hech qanday rakdan asar yo‘qligini qat’iy ishonch bilan aytgan edi. Biroq gap shunday ekan… baski u qo‘rqayotgan, qandaydir lo‘ttiboz uni cho‘chitib qo‘ygan ekan, mayli, hamma analizlarni topshirsin… Professor bir iimalarni tirillatib yozarkan, ayni paytda, qayoqlarga borish, nimalar olib borishni tushuntirdi. Bundan tashqari, u bufetchiga asabingiz butunlay ishdan chiqqan deb tushuntirib, nevropatolog professor Burega ham xat yozib berdi.
— Qancha to‘lashim kerak, professor? — deb muloyim va titroq ovoz bilan so‘radi bufetchi qo‘ynidan do‘mpaygan hamyonini chiqararkan.
— Berganingiz, — cho‘rt kesib, quruqqina dedi professor.
Bufetchi o‘ttiz so‘m chiqarib stolga qo‘ydi, so‘ng qo‘lini xuddi mushuk panjasi singari o‘ynatib bir nechta jarangdor tangani o‘sha chervonlar ustiga ustma-ust taxlab qo‘ydi.
— Ie, bu nima? — dedi Kuzmin mo‘ylovini burab.
— Qo‘limni qaytarmang, grajdanin professor, — deb pichirladi bufetchi, — yolboraman — rakning oldini oling.
— Hoziroq qaytib oling oltiningizni, — dedi professor o‘z irodasi kuchidan faxrlanib, — undan ko‘ra asabingizni davolatsangiz bo‘lardi. Ertagayoq siydik topshiring analizga, choyni ko‘p ichmang, ovqatni mutlaqo tuzsiz yeng.
— Hatto sho‘rvaniyammi? — deb so‘radi bufetchi.
— Hamma ovqatingiz tuzsiz bo‘lsin, — deb buyurdi Kuzmin.
— Ehh!.. — dedi ma’yus xo‘rsinib bufetchi professorga mehr bilan tikilarkan, so‘ng oltinlarni kissasiga soldi-da, eshik tomon tisarila boshladi.
O‘sha oqshom professorga kelgan bemorlar kamchilik edi, endi qosh qoraya boshlaganda oxirgi patsient ham jo‘nab ketdi. Professor xalatini yecha turib, bufetchi uch chervon qoldirib ketgan yerga ko‘z tashladi, ammo u yerda hech qanaqa chervon yo‘q, balki «Abrau-Dyurso» shishasiga yopishtiriladigan uchta etiketka yotardi.
— Jin ursin, bu qanaqa maynavozchilik! — deb to‘ng‘illadi Kuzmin xalatining etagini polda sudrab borib, qog‘ozlarni ushlab ko‘rarkan, — u nafaqat jinni, yana qallob ham ekan-ku! Lekin tushuna olmayapman, nimaga keluvdi o‘zi u mening huzurimga? Nahotki siydik analizi uchun qog‘oz yozdirib olgani bo‘lsa? O! Palto o‘g‘irlagani kelgan! — Shundan keyin u xalatining bir yengini yechgancha dahlizga otildi, — Kseniya Nikitishna! — deb chinqirdi u ostonada turib, — qarang-chi, paltolar joyidamikin?
Hamma palto joyida ekan. Lekin professor axiyri yo‘l-yo‘lakay xalatni yechib stol oldiga yaqinlashdi-yu, birdan stol sathidan ko‘zini uzolmay, xuddi parket polga ildiz otganday tosh qotib turib qoldi. Haligina etiketkalar yotgan yerda sut quyilgan likopcha, likopcha yonida sho‘rpeshona bir qora mushukcha g‘aribona miyovlab turardi.
— Bu qanaqa bema’nigarchilik yana?! Axir bu… — professor gardanining muz bo‘lib qotib qolganini his qildi.
Uning zaif va ayanchli chinqirig‘ini eshitib yugurib kelgan Kseniya Nikitishna, mushuk bolani bironta patsient tashlab ketgan bo‘lishi kerak, professorlarnikida bunaqa hollar bo‘lib turadi, deb bir zumda uni tinchitdi.
— Muhtojlikda yashashsa kerak, — deb izohlardi Kseniya Nikitishna, — bizda esa, har nechuk, albatta…
Keyin, qaysi patsient tashlab ketdiykin, deb o‘ylay boshlashdi. O‘ylab-o‘ylab oshqozon yarasi bilan kelgan kampirda to‘xtashdi.
— Albatta, o‘sha, — derdi Kseniya Nikitishna, — u bunday o‘ylagan bo‘lishi kerak: men-ku baribir o‘laman, jonivor mushukchaga uvol bo‘ladi.
— Kechirasiz! — deb chinqirib yubordi Kuzmin, — sut-chi?! Sutniyam o‘sha kampir olib kelganmi? Likopchaga nima deysiz?
— Sutni u shishachada olib kelgan-da, shu yerda likopchaga quygan, — deb izohladi Kseniya Nikitishna.
— Nima bo‘lganda ham, olib chiqib keting mushukcha bilan likopchani, — dedi Kuzmin va o‘zi Kseniya Nikitishnani to eshikkacha kuzatib qo‘ydi… U orqasiga qaytganida vaziyat yana o‘zgargan edi.
Professor xalatini ilarkan, qulog‘iga hovlidan kimningdir xoxolab kulgani eshitildi, u derazadan qarab, dong qotib qoldi. Bir xonim ko‘ylakchan holda hovlini kesib ro‘paradagi kichik uyga chopib o‘tayotgan edi. Professor hatto u ayolning ismi-sharifini ham bilardi, — Mariya Aleksandrovna. Xoxolab kulayotgan esa bir bolaedi.
— Nima bo‘ldi o‘zi? — dedi Kuzmin nafrat bilan. Shu mahal devor orqasida, qizining xonasida patefonda «Alliluyya» fokstroti chalina boshladi, ayni shu fokstrot chalinayotgan paytda professorning orqasida chumchuq chirqillagani eshitildi. U orqasiga o‘girilib, o‘z stoli ustida kattakon bir chumchuqning dik-dik sakrab yurganini ko‘rdi.
Sez Üzbäk ädäbiyättän 1 tekst ukıdıgız.
Çirattagı - Usta va Margarita - 18
  • Büleklär
  • Usta va Margarita - 01
    Süzlärneñ gomumi sanı 4230
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2026
    35.6 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    52.1 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    61.6 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 02
    Süzlärneñ gomumi sanı 4168
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1934
    37.0 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    55.5 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    64.1 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 03
    Süzlärneñ gomumi sanı 4193
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1964
    35.7 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    54.2 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    62.5 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 04
    Süzlärneñ gomumi sanı 4287
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2045
    38.5 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    58.1 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    68.2 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 05
    Süzlärneñ gomumi sanı 4148
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2158
    33.0 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    50.4 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    60.1 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 06
    Süzlärneñ gomumi sanı 4271
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2020
    37.8 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.2 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    66.3 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 07
    Süzlärneñ gomumi sanı 4276
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1961
    38.8 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    57.4 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    66.3 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 08
    Süzlärneñ gomumi sanı 4168
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1883
    39.3 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.6 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    64.9 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 09
    Süzlärneñ gomumi sanı 4224
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1971
    38.8 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    57.5 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    66.8 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 10
    Süzlärneñ gomumi sanı 4157
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2006
    37.9 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.8 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    63.9 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 11
    Süzlärneñ gomumi sanı 4296
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2051
    38.2 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.4 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    66.9 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 12
    Süzlärneñ gomumi sanı 4393
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2138
    37.3 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    55.9 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    65.6 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 13
    Süzlärneñ gomumi sanı 4110
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2033
    37.4 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.2 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    65.0 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 14
    Süzlärneñ gomumi sanı 4157
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2076
    35.4 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    52.6 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    61.4 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 15
    Süzlärneñ gomumi sanı 4180
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2037
    35.5 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    54.5 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    64.6 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 16
    Süzlärneñ gomumi sanı 4181
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1982
    36.8 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    55.5 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    65.9 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 17
    Süzlärneñ gomumi sanı 4228
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1948
    38.9 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    57.7 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    67.3 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 18
    Süzlärneñ gomumi sanı 4255
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2030
    38.6 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    57.7 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    66.1 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 19
    Süzlärneñ gomumi sanı 4238
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1985
    37.0 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.4 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    65.8 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 20
    Süzlärneñ gomumi sanı 4354
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1987
    38.0 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    57.4 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    66.8 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 21
    Süzlärneñ gomumi sanı 4256
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1964
    38.6 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.3 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    66.2 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 22
    Süzlärneñ gomumi sanı 4281
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1986
    35.8 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    52.8 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    62.0 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 23
    Süzlärneñ gomumi sanı 4218
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1815
    38.1 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    57.4 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    67.0 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 24
    Süzlärneñ gomumi sanı 4321
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2071
    38.3 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.6 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    65.3 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 25
    Süzlärneñ gomumi sanı 4282
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2048
    37.3 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.1 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    65.1 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 26
    Süzlärneñ gomumi sanı 4290
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1976
    37.3 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    55.3 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    65.1 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 27
    Süzlärneñ gomumi sanı 4250
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2055
    38.7 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    56.3 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    66.3 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 28
    Süzlärneñ gomumi sanı 4163
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2047
    36.1 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    54.2 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    64.6 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 29
    Süzlärneñ gomumi sanı 4227
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2092
    36.5 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    54.6 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    63.1 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 30
    Süzlärneñ gomumi sanı 4275
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1993
    38.6 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    55.5 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    65.1 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 31
    Süzlärneñ gomumi sanı 4384
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 2141
    35.2 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    53.3 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    62.8 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.
  • Usta va Margarita - 32
    Süzlärneñ gomumi sanı 2703
    Unikal süzlärneñ gomumi sanı 1551
    33.4 süzlär 2000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    48.6 süzlär 5000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    57.3 süzlär 8000 iñ yış oçrıy torgan süzlärgä kerä.
    Härber sızık iñ yış oçrıy torgan 1000 süzlärneñ protsentnı kürsätä.