Koinot oqimlari - 7

Total number of words is 3828
Total number of unique words is 1811
33.7 of words are in the 2000 most common words
50.3 of words are in the 5000 most common words
59.0 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
- Sarkmi, Trantormi, - dedi xo'mrayib Terens, - nima farqi bor.
- Siz uchun farqi katta. Men sharqiy darboza yaqinidagi quduqqa qo'naman. Shu zahotiyoq siz kema tumshug'idagi ehtiyot eshikdan chiqing va darboza tomon jadallang, faqat shoshmang. Agar to'siq uchrasa, o'z bilganingizcha ish qiling. Siz buni qotirasiz, o'tgan voqealar aytib turibdi. Darboza yaqinida sizni mashina kutib turadi, biror elchixonaga yetib olasiz…
Henro sovuqqina iljaydi,
- Qochganingizni bilishgach, eng yomon holda, meni sotqin sifatida otib tashlashlari mumkin. Agar meni behush holda topishsa, faqatgina ishdan haydashadi - bunday ahmoqning kimga keragi bor. Ayni shu hol men uchun ma'qulroq. Shuning uchun, ketishingizdan oldin menga nisbatan neyrotayoq ishlating.
Ular qo'na boshladilar. Illyuminatordan Sark shahrining ba'ii belgilarini payqash mumkin edi.
- O'zboshimchalik, - qo'shimcha qildi Henro, - bu yaxshi oqibatga olib kelmasligini tushunsangiz kerak. Sizda ikki yo'l bor: yo Trantor, yoki Skvayrlar. Agar bir soatdan so'ng Trantor ixtiyorida bo'lmasangiz, siz baribir kechgacha Skvayrlar qo'liga tushasiz. Unda holingiz ne kechishini gapirib o'tirishning hojati bo'lmasa kerak. Buni o'zingiz juda yaxshi bshtasiz…
Ekranda bekat namoyon bo'ldi. Biroq Henro endi unga qaramay qo'ygan, qo'llari boshqarish tugmalarini ildam bosib, kemani qo'ndirishga tayyorlardi.
Kema pastdan bir mill yuqorilikda oxista aylanar ekan, dum tomoni bilan Sark yuzasiga yaqinlasha boshladi.
Quduqdan yuzlarcha yard yuqorida yuritgichlar chiyillashga tushdilar. Terens yumshoq, gidravlik prujinali o'rindiqqa joylashganiga qaramay butun vujudi bilan kema titrashini hps qilardi. Boshi aylanardi.
- Tayoqni oling. Tez! Har bir soniya hisobda, ehtiyot eshik orqangizdan yopiladi. Bizni kutib turganlar asosiy eshik nega ochilmayotganiga besh daqiqalardan so'ng ajablana boshlaydilar, yana besh da;qika bu yerga kirishga ketadi, yana besh daqiqa esa sizni topishga sarf bo'ladi. Ixtiyoringizda o'n besh daqiqa bor: siz bekatdan chiqib mashinaga o'tirishga ulgurishingiz lozim…
Terens Sark kuzining sovuq havosini his qildi. U ushbu sovuq iqlimda yillab yashadi, lekin Florinaning issiq va yumshoq obi-havosida buni unutibdi. To'satdan miyasida xotiralar jonlana boshladi, go'yoki u Skvayrlar sayyorasini tark etmagandayedi.
Lekin Terens hozir qochoq edi, unga Skvayrni o'ldirishdek buyuk jinoyat tamg'asi bosilgandi.
Uning kemadan chiqqanini hech kim ko'rmadimikan?
Terens qalpoqchasiga qo'l tekkizib qo'ydi - u boshini quloqlarigacha berkitib turardi. Bo'yniga osig'liq yaltiroq va tekis medalonga nazar tashladi - uni Henro alohida belgi sifatida bergandi. Trantorliklar xuddi shu medalon orqali uni tanib olishlari kerak.
Terensning uni yechib tashlab, qandaydir boshqa kemaga amallab chiqib olish imkoni bor edi. U Sarkni bir amallab tark etishi mumkin. Bir amallab qutulib qolishi ham ehtimol.
Biroq, hammasi- «amallab»! Oxirgi nuqtaga yetganini u qalban his qilardi. Ha, Henro to'g'ri aytdi: yo Trantor, yoki Sark! U Trantordan cho'chir hamda nafratlanardi, lekin o'zga 1Shoji yo'q: u aslo Sarkni tanlay olmaydi.
- Hey, menga qarang! - yoshgina ayol hashamatli mashina derazasidan unga qarab turardi. - Bu yoqqa keling.
Terens yaqinlashdi.
- Siz hozirgina qo'ngan kemada keldingizmi?
U sukut saqlashni lozim ko'rdi.
- Nega indamaysiz?
- Ha… - dedi zo'rg'a Terens.
- U holda o'tiring.
Ayol mashina eshigini ochdi. Mashinaning ichki qismi yana qam qashamdor edi.
- Siz boshqaruv guruhidanmisiz?
Sinayapti, o'yladi Terens. Shuning uchun xotirjam javob qildi:
- Siz mening kimligimni bilasiz. - Qo'llari bilan bir soniyagina medalonga ishora qildi.
Mashina keskin burildi.
Qo'riqlanayotgan darboza yaqinida Terens yumshoq, kirt g'ilofli o'rindiqqa singib ketay dedi. Lekin xavotirga o'rin yo'q edi. Uning najotkori xotirjamgina buyruq berdi:
- Bu kishi men bilan ketyapti. Men Samiya Fayf qizi bo'laman.
Horib-charchab turgan Terensga bu so'zlarning ma'nosi kech yetib bordi. U jonholatda oldinga intnlganida mashina ekspressyo'l bo'ylab soatiga yuzlab milni tashkil qiluvchi katta tezlikda uchib borardi.
Ularning chiqib ketishganini bekat maydonida turgan ishchi ko'rdi. Va o'sha zahotiyoq kamzuli yoqasiga bir nimalar dedi. Ko'p o'tmay bekatdan tashqarida ketayotgan mashinadagi Trantor xufiyalaridan biri sherigiga alam bilan yuzlandi:
- Medalonli kishi qozirgina hashamatli mashinada bekatni tark etipti. Mashina Oliyzot Hokim Samiya Fayf qiziniki ekan. Biz chapak chalib qolaveribmiz. O, Buyuk Koinot, endi nima qilamiz?
- Ta'qib qilaveramiz.
- Biroq, Oliyzot Xonim…
- U menga qech kim emas. Senga qam shunday bo'lishi lozim. Yo'qsa, bu yerda nima qilib yuribsan?
- Skvayrlar qotili xonim bilan birga ketayotgani aniq emas-ku. Balki, bu bizni kuzatish joyimizdan ketishimiz uchun qilingan nayrangdnr?
- Fayf bizni yo'qotish uchun o'z qizini yubormaydi. Bnr guruq nazoratchilar bemalol yetadi.
- Balki u Samiya emasdir…
- Nima bo'lsa qam bas! Tezroq! Yana tezroq!..* * *
- Siz bilan gaplashib olishim kerak, - dedi qiz.
- Men tayyorman.
- Siz qotillikda ayblanayotgan florinalikni olib kelgan kemadansiz-a?
- «Ha», dedim-ku.
- Juda soz. Men sizni bu yerga hech kim qalaqit qilmasligi uchun olib keldim. Ayting-chi, florinalik yo'lda so'roq qilindimi?
Bunday soddalik yolg'on bo'la olmaydi, o'yladi Terens. Samiya qaqiqatdan qam uni tanimaydi.
U eqtiyotkorona javob qildi:
- Ha.
- Siz so'roqda ishtirok etdingizmi?
- Ha.
- Yaxshi. Men shundaydir, deb o'ylagandim. Aytganday, nega siz kemani shoshilinch tark etdingiz?
- Men maxsus axborot olib borishim kerak…
U yana nima deyishni bilmay kalovlandi. Qiz darhol bu gapni ilib oldi.
- Mening dadamgami? Xavotir olmang. Men sizning yoningizni olaman. Buyrug'imni bajardi, deyman.
- Mayli, xonim.
Uning«xonim» deb aytgan so'zi, hattoki o'zini qam hayratga soldi. Qiz, mamlakatdagi eng oliyzotlardan edi, o'zi esa florinalik. Lekin nazoratchilarni o'ldira olgan odam osonlik bilan Skvayrlarni asfalasofilinga jo'natishi mumkin, bu ishni bajargan kimsa esa hech cho'chimay Oliyzot xonim yuziga tik boqa oladi.
U qizga sinovchan va o'tkir nigoq tashladi.
Qiz go'zallikda beqiyos edi. Bunday chiroydan baqramand bo'lish uchun butun hayotini qurbon qilsa qam arzirdi.
Shu daqiqada, u Skvayrni o'ldirish uncha katta jinoyat emasligini angladi.
U nima qilayotganini ham bilmay qoldi. Qizning nozik navnihol tanasi uning quchog'iga tushdi. U qarshilik ko'rsatishga urinib, bir soniyashna qichqirishga ulgurdi xolos. Terens g'uncha lablardan chiqayotgan ohni o'z lablari bilan o'chirdi…
Mashinaning eshigi ochilib, Terensning orqasiga sovuq shabada ufurganda, qizning qo'llari uning yelkalarini quchib turardi.
Jahldan tutoqqan sarklik Terensni mashinadan tortib chiqarar ekan, Samiya indamay, og'zini ochgancha hayratda qotib qoldi.
- Shunday qiz shunga yo'l qo'ysa-ya, - g'o'ldiradi sarklik. - Yo'l qo'ysa-ya…
Samiya beholgina chetga surildi-da, yuzlarini ikki qo'li bilan changallab oldi, rangi oqardi.
- Qizni nima qilamiz?
- Hech narsa.
- U bizni ko'rdi-ku. Biz bir mil yurmasimizdan, butun sayyora orqamizdan izga tushadi.
- Sen Oliyzot Xonimni o'ldirmoqchimisan?
- Yuq. Lekin, biz uning mashinasini buzib qo'yishimiz mumkin. Qiz yaqin oradagi radiofonga yetib borguncha, biz qochishga ulguramiz.
- Kerak emas, - xufiya mashina ichiga engashdi. - Xonim, mening aslo vaqtim yo'q. Eshityapsizmi?
Qiz g'iq etmadi.
- So'zlarimni qulog'ingizga quyib oling. Baxtli daqiqalaringizda xalaqit qilib qo'yganim uchun uzr, biroq men sizning holatingizni stereofotoapparat orqali suratga tushirib ulgurdim. Angladingizmi? - xufiya sherigiga yuzlandi. - Xonim bu haqda hech kimga hech narsa aytmaydilar. Rezident, biz bilan yuring.
Terens bo'shashib ular ortidan ketdi.
U mashinadagi rangi oqarib, g'amgin bo'lib qolgan chehraga qayta qaray olmadi.
Endi ne bo'lsa ham, u mo''jiza yaratdi. U Sarkning eng mag'rur, eng go'zal xonimidan bo'sa oldi, uning nozik, yumshoq va shirin lablarining haroratini tuydi.
AYBLANUVCHI
Ebl o'zining shaxsiy hayotida mavhum diplomatik gaplarni ishlatmaslikni afzal ko'rardi. Aloqa nuri orqali Fayf bilan so'zlashar ekan, o'zini bir qadah may oldida o'tirgan mo'ysafiddek tutdi.
- Sizni topish qiyin bo'ldi, Fayf.
Fayf jilmaydi. U xotirjam va beparvodek edi.
- Men band edim, Ebl.
- Bundan oz-moz xabarim bor.
- Otini aytdimi?
- Qisman. Stin biz bilan yetti soatcha bo'ldi.
- Bilaman. Bu mening xatoim. Siz uni bizga qaytarasizmi?
- Bunday qilolmasak kerak.
- U - jinoyatchi.
Ebl miyig'ida kulib qo'ydi-da, shaffof va tiniq may ichidan chiqayotgan pufakchalarga boqib qadahni chekkaroqqa surib qo'ydi.
- Menimcha, uni siyosiy qochoq, deb atash mumkin. Koinot qonuni bo'yicha, u Trantor yerida daxlsizdir.
- Hukumatingiz sizni qo'llab-quvvatlaydimi?
- Bunga shubham yo'q, Fayf. Men qirq yilcha vatandan chetda xizmat qildim, Trantor nimani ma'qullaydi, nimadan norozi bo'ladi, bularni juda yaxshi bilaman.
- Nazarimda, sizning taklifingiz borga o'xshaydi…
- Ha. Sizning qo'lingizda bizning odam bor.
- U kim?
- Koinot tadqiqotchisi. Trantor mulkiga qarashli Yer sayyorasining vakili. Menda Stin bor, sizda esa yerlik. Qandaydir ma'noda muvozanatda turibmiz. Siz o'z rejalaringizni amalga oshirishni boshlamay, ultimatumingiz tugamay va davlat to'ntarishingiz ro'y bermay turib, kirt masalasini qal qilib olsak bo'lardi.
- Bunga aslo hojat yo'q. Hozirgi vaqtda ro'y berayotgan hodisalar Sarkning ichki ishidir. Hech qanday siyosiy voqealar kirt sanoatiga ta'sir qilmaydi deb kafil bo'la olaman. Nazarimda, bu Trantorning qonuniy talab va ehtiyojlarini qanoatlantirsa kerak.
Ebl o'yga tolgancha so'z qotdi;
- Bizda yana bir siyosiy qochoq borga o'xshaydi. Antiqa hodisa.
Aytganday, u- florinalik Rezident. O'zini Mirlin Terens deb atayapti.
Fayfning ko'zlarida o't chaqnadi.
- Bizda shunday shubha bor edi. Sark haqqi, Ebl, sayyoramiz ishlariga Trantorning ochiqsan-ochiq aralashishish!ng cheki-chegarasi bo'lishi kerak. Siz o'g'irlagan odam - qotil. Unga siyosiy boshpana berishga haqqingiz yo'q.
- Bu odam sizga kerakmi?
- Uni almashtirishni taklif qilmoqchimisiz? Nima istaysiz?
- Eslatib o'tilgan majlisning butun mazmuni kerak.
- Bitta florinalik qotil uchun-a? Albatta, yo'q!
- Biroq, Rezidentning qo'lga tushish tarixi juda qiziq. Buning shaxsan siz uchun katta ahamiyati bor…* * *
- Men bu majlisda o'z xohishim bilan qatnashayotganim yo'q. - xo'mrayib so'z qotdi Fayf. - Shuning uchun, si-zlarga biror nima deyishni aslo istamayman. Men faqat eshitmoqchiman.
- Nazarimda, birinchi so'zni Stin olmoqchi, - dedi Ebl.
Stin darhol qichqira boshladi:
- Fayf! Siz meni Trantorga murojaat qilishga majbur etdingiz! Siz muxtoriyat qonunini buzdingiz. Buning uchun mendan yaxshilik kutmang. Men Skvayr Fayf kabi izquvar nomiga ega bo'lmoqchi emasman, balki menda bunday iste'dod yo'qdir, lekin men mantiqiy fikr yuritishga qodirman. Ha! Men o'ylab ko'rdim. Kecha bizga Fayf o'zi «Iks» deb atayotgan syrli bir jinoyatchi haqida gapirdi. Xulosam shunday: Bu uydirmadan maqsad Sarkda favqulodda holat e'lon qilishdir. U meni alday olmadi!
- Demak, hech qanday Iks yo'qmi? - so'radi xotirjamlik bilan Fayf. - Unda siz nega qochdingiz? Bu axir kim gunohkorligini aytib turibdi-ku!
- Hali shunaqami? - qichqirdi yana Stin. - Men o'zim o't qo'yuvchi bo'lmasam ham, yong'in tushgan uydan qochishim mumkinmi, yo'qmi?..
- Ha, men endi sukut saqlamayman. Barcha o'y-fikrlarimni oshkor etaman. Iks kimligini ham aytishnm mumkin! Meningbir narsaga shubham yo'q: sotqnnlik qilgan Buyuk Skvayrlarning biri. Ularning ichida eng xabardor kishi kim? Kim koinot tadqiqotchisi bilan bog'liq voqeadan qolganlarni qo'rqitish uchun, Fayf diktaturasiga xizmat qiluvchi «birlashish» uchun foydalanishga intildi? Men sizga Iksning haqiqiy nomini oshkor etaman. - Stin o'rshadan turdi, boshi tasvir hajmining yuqorisiga tegib qolgani uchun tep-tekis ko'rinardi. U ko'rsatkich barmog'i bilan ishora qildi. - Ana Iks! U - Skvayr Fayf! Koinot tadqiqotchisini o'sha topgan. U birinchi majlisdagi o'zining ahmoqona uydirmalari bilan bizga ta'sir qilolmaganini ko'rib, uni qayergadir berkotib qo'ygandi, endi esa, harbiy to'ntarish tayyorlab, uni yana yuzaga chiqaribdi!
Fayf ensasi qotgancha Eblga yuzlandi.
- U gapini tugatdimi? Agar shunday bo'lsa, unga ayting: gaplari har qanday vijdonli, or-nomusli odam uchun qattiq haqoratdir.
- Stin ko'nglidagi gapni aytdi, - javob berdi Ebl. - Keling, muddaoga o'taylik. Biz koinot tadqiqotchisini ko'rishni istaymiz.
- Qo'limizda o'zini koinot tadqiqotchisi deb atayotgan aqli noqis kimsa bor.
Yaxshi, men uni olib kelishni buyuraman.* * *
Bunday voqealar Valona Marchning tushiga hech kirmagan edi. Ular sayyoraga qo'nganlariga bir kundan oshganiga qaramay, u qamon tinmay hayratlanardi. Hatto Rikni tiqib qo'yishgan alohida qamoqxonalar ertakdagidek ajoyib tuyulardi. Tugmani bossang jo'mrakdan suv tushadi. Devorlardan esa issiqlik tarqaladi. Tashqaridagi qavoning sovuqligi esa, yanada ajablantirardi: havoham shunchalik past haroratli bo'ladimi? U bilan muloqotda bo'layotgan har bir kimsa esa juda po'rim kiyingandi.
Mana endi uni katta va yorug' xonaga olib kelnshdi. Bu yerda bir qancha odamlar bor ekan. Bittasi o'ta jiddiy, qovog'i solinib stol ortqda o'tirar, boshqasi ancha yoshi ulug', serajin bo'lib oromkursini egallagandi. Va yana uch kishi…
Ularning biri Rezident edi!
Qiz jonholatda unga otildi.
- Rezident! Rezident!
Valona uning tanasini bosib-yanchib o'tib ketdi.
Oyoqlari Rezident o'tirgan og'ir oromkursini sezmadi ham. U titrayotgan qo'llarini ohista uzatdi. Qiz yigitni aniq-tashq ko'rib turgan bo'lsa-da, ular hech narsani his qilmadilar,
Valona oh urdi-da, yerga quladi. Rezident beixtiyor uni ushlab qolish uchun qo'llarini cho'zdi, biroq qo'llar baribir qizni tutib qololmasdilar.
Bir ozdan so'ng, Valona oromkursida o'tirar, Rik qo'llarini ushlab olgan, serajin qariya esa unga engashib turardi.
- Qo'rqmang, jonginam. Bu faqat tasvir. Xuddi fotosuratga o'xshash.
Qiz Rezidentga ishora qildi.
- U hozir bu yerda yo'qmi?
- Bu uch o'lchamli tasvir, Lona, - gapga aralashdi to'satdan Rik. - Rezident hozir boshqa yerda o'tiribdi, biroq biz uni shu xonada ko'ryapmiz.
Valona boshini liqillatdi. Rik buni tasdiqlayotgan ekan, demak, shunday bo'lishi kerak. Qiz yerga qarab oldi. U, ayni paytda ham bor, ham yo'q odamlarga boqishga jazm qila olmasdi.
Ebl Rikka yuzlandi.
- Siz uch o'lchamli tasvirni bilasizmi?
- Ha, janob.
Bugungi kun Rik uchun ham ajablanarli edi, biroq bundan Valona cheksiz hayratlanayetgan bo'lsa, Rik borgan sari o'ziga tanish hayot ichiga kirib borardi.
- Qayerdan bilasiz?
- Aniq aytolmayman, Ilgari bilardim. Hamma narsa esimdan chiqmasdan avval.
- E'tibor qiling, Fayf! - dedi Ebl. - Sizning aqli noqis florinalik odamingiz, uch o'lchamli tasvir haqida yetarli ma'lumotga ega ekan.
- Nazarimda, uni yaxshilab tayyorlashgan, - cho'rt kesdi Fayf.
- Uni Sarkka kelgandan beri so'roq qilishdimi?
- Albatta.
- Natija qanday?
- Yangilik yo'q.
Ebl yana Rikka yuzlandi.
- Sizning ismingiz nima?
- Meni Rik deb atashlarigina yodimda bor, - xotirjamlik bilan dedi u.
- Bu yerdagilardan kimlarni taniysan?
Rik hammaga bir-bir qarab chiqdi.
- Faqat Rezidentni. Valonani ham albatta.
- Bu kishi, - dedi Ebl Fayfga ishora qilib, - Skvayrdir. Unga butun boshli bir sayyora qaraydi. Siz u haqda nima deya olasiz?
- Men yerlikman, - javob berdi Rik. - Men unga qaram emasman.
- Quloq soling, Rik, - dedi yana Ebl. - Hozir men sizga bir voqeani aytib beraman. Siz butun vujudingiz bilan tinglang va o'ylab ko'ring. Qayta-qayta o'ylang! Meni tushunyapsizmi?
Rik«ha» deganday bosh silkidi.
Ebl shoshilmay ro'y bergan hodisalarni qikoya qila boshladi. U kelayotgan xavf haqidagi xabar, uni kimdir tutib olgani, Rikning Iks bilan uchrashuvi, ruhiyat zondi, qanday qilib Rikni topib olishgani-yu, boqishgani, hamda uning kasalligini aniqlagan, so'ngra halok bo'lgan hakim va boshqa voqealar to'g'risida so'-zlab berdi.
- Mana, bor-yo'q hikoya shu, Rik. Siz shulardan xabardormisiz?
- Hikoyangizning oxirgi qismi yodimda bor, - dedi ohista Rik - So'nggi bir necha kun… O'tgan voqealarning ham ba'zilari esimga kelay deyapti-yu, biroq… juda noanik…
- Siz o'tgan voqealarni eslashingiz mumkinmi? Florinaga tahdid qilayotgan xavfni yodingizga tushira olasizmi?
- Ha, ha. Ayni shu narsa esimda.
- Keyin-chi? Siz Sarkka qo'ndingiz va bir kishi bilan uchrashdingiz.
- Yo'q. Boshqa eslay olmayman! - ingradi Rik.
- Siz urining! Urining!
Rik ranglari oqarib, yuzlaridan ter quyilarkan Eblga boqdi.
- Men bir so'zni esladim.
- Qanday so'z, Rik?
- Uning ma'nisi yo'q.
- Baribir ayting.
- Bu so'z stol bilan bog'liq. Juda-juda mavhum… Men o'tirardim. Boshqa bir kimsa ham o'tirardi. Keyin u o'rnidan turdi-da, menga yuqorvdan pastga qaradi. Shu payt so'z yangradi.
Ebl o'zini bosib yana so'radi.
- Qanday so'z?
Rik mushtlarini tugib pichirladi:
- Fayf!
AYBLOVCHI
- Bu tomoshani bas qilaylik! - bo'kirdi Fayf.
- Nega endi tomosha bo'larkan? - baqirayozdi Ebl.
- Bo'lmasa nima? Siz Florinaga yo'nalgan xavf haqida suhbatlashamiz deganingiz uchun men bu uchrashuvga rozilik bergandim. Agar majlisda qoralovchi va qozi sifatida o'tirgan sotqinlar va qotshlar meni sud qxshishlarini bilganimda gaplashib ham o'tirmasdim.
Ebl sovuqqina mulozimat qildi.
- Bu sud emas, Skvayr. Doktor Juns YUKTB a'zosini qutqargani kelgan - bu uning huquqi va burchi. Men alg'ov-dalg'ov paytlarda Trantor manfaatlarini himoya qilish niyatida tashrif buyurganman. Mana bu kishi - Rik esa, yo'qolgan koinot tadqiqotchisi ekaniga mening hech qanday shubham yo'q. Agar siz Rikni tekshir1ip va tibbiy ko'rikdan o'tkazish uchun doktor Juns ixtiyoriga topshirsangiz, majlisning bu qismini darhol tugatamiz. Bundan keyin ham sizning yordamingiz kerak bo'ladi, albatta. Ruhiyat zondini ishlatgan jinoyatchini topish lozim va kelajakda bunday ishlar qaytarilmasligini kafolat beruvchi holatlar joriy etish zarur.
- Gap bu yoqda deng! - zaharxanda kuldi Fayf. - Niyatingiz nimaligini bilib turibman. Bu odamni sizga bersam natija qanday bo'lishini aytishim mumkin. Avvalo, YUKTB bu odamdan qidirayotgan narsasini topadi. YUKTB o'zini yulduzlararo tashkilot deb ataydi, biroq uning bir yillik sarf-xarajatlarining uchdan ikki qismini Trantor ta'minlashi ma'lum.
Xo'sh, YUKTB nimani topadi?
Bu yaqqol ko'rinib turibdi. Qoinot tadqiqotchisi deb atalayotgan kishining eshushi asta-sekinlik bilan qaytadi. YUKTB har kuni xabarnoma chiqarib turadi. U esa yangi va yangi kerakli tafsilotlarni yodiga tushira boshlaydi. Avvaliga mening nomim yangraydi. Keyin esa tashqi ko'rinshiim eslanadi. So'ngra gaplarim aniq shaklga kiradi. Va tantanali ravishda men aybdor deb e'lon qilinaman. Yetkazilgan zararlar to'lansin, degan talablar tug'iladi. Natijada, Trantor Sarkni bosib olishga majbur bo'ladi. Vaqtincha, albatta. Bu keyinroq noaniq davrga qadar cho'ziladi.
Har qanday tovlamachilikning cheki-chegarasi bor. Sizning tovlamachiligingiz, janobi elchi, ana shu nuqtaga yetib keldi. Agar sizga shu odam kerak bo'lsa, Trantorning butun harbiy kuchlari bilan birga keling!
- Kuch ishlatish haqida hech qanday gap yo'q, - dedi Ebl. - Siz koinot tadqiqotchisining oxirgi aytganlarini rad etishga botinolmay, bu mavzudan qochishga urinayotganingizni sezib turibman.
- Bu so'zning hech qanday ma'nosi yo'q, Fayf - Sarkdagi eng buyuk nom. Koinot tadqiqotchisi deb atalayotgan kimsa faqat haqiqatni gapiryapti, desak ham, u ropparosa bir yil Flornnada yashaganini e'tiborga olish zarur. U Fayf nomini har qadamda eshitishi mumkin. Bu nomning mavhum esdaliklar bilan uyg'unlashib ketgani tabiiy emasmi? U haqiqatni gapirmayotgan bo'lsa-chi? Asta-sekinlik bilan yuzaga chiqayotgan yangiliklar yodlab olingandir.
Valonaning chayir qo'llaridan bo'shashga intilib:
- Quloq soling! - qichqirib yubordi Rik.
- Mana, yana bir yangilik tug'ilganga o'xshaydi, - qayd qilib qo'ydi Fayf.
- Quloq soling. Biz stol ortida o'tirardik. Bahslashardik. Nima sababdanligi yodimda yo'q. Choyga giyoh solib qo'yilgan ekan. Shuning uchun, bir oz o'tgach, men qimir etolmay qoldim. Gapirolmasdim. Faqat, «yo, buyuk koinot, menga nima ichirishdi?!», deb o'ylay olardim xolos. Men o'rnimdan turishni, qichqirishni va qochishni istardim, lekin bu qo'limdan kelmasdi. Keyin, narigi kishi, Fayf, menga yaqinlashdi. U yonimda turgancha, menga engashib qarardi. Men esa lom-mim deyolmasdim. Hech narsa qilolmasdim. Faqat nigohimni yuqoriga - unga qaratib turishim mumkin edi.
- Bu yoqqa o'giriling-da, mana bu kishiga boqing! - dedi jonholatda Juns. - Siz uni taniysizmi?
Rik Skvayr Fayfga tikildi. Bu hol bir daqiqa davom etdi, keyin u teskari o'girildi.
- Esladingizmi?
- Yo'q! Yo'q!
Fayf noxush jilmaydi.
- Tayyorlangan odamingiz o'z rolini o'zi unutib qo'ydimi yoki u meni kelgusi safar taniydimi?
- Men bu kishini birinchi marta ko'rib turibman, u bilan hech qachon gaplashmaganman, - e'tiroz bildirdi Salim Juns. - Men faqat haqnqat izlayapman.
- U holda men bir necha savol bersam bo'ladimi?
- Bemalol.
- Tashakkur. Endi esa Rik, yoki boshqa ismingiz bormidi…
- Gapiravering, janob.
- Siz gangib, majolsiz o'tirganingizda stolning narigi tomonidan bir kishi yaqinlashib kelgani yodingizda, shundaymi?
- Ha, janob,
- O'sha odam sizga yuqoridan pastga egilib qaragan, to'g'rimi?
- Ha, janob,
- Siz esa pastdan yuqoriga qaragansiz yoki shunday qilishga intilgansiz-a?
- Ha, janob.
- O'tiring-chi.
Rik Fayfning ishtimosini qondirdi.
Fayf bir qancha muddat sukut saqladi. Ingichka lablari qimtildi, yuz va dahan mushaklari tarang tortildi. Keyin u oromkursidan pastga t'shdi.
Pastga tushdi! Go'yoki u stol tagida tizzasi bilan turgandek edi. Biroq u chetga o'tgach, oyoqlarida turgani ravshan bo'ldi.
Junsning boshi gangib qoldi. Shunday katta va buyuk odam to'satdan ojizgina pakanaga aylangandi.
Fayfning maymoq oyoqlari yirik tanasini va katta boshini zo'rg'a ko'tarib turardi. Fayfning yuzi qip-qizil bo'lib ketdi, ko'zlari esa boyagi-boyagi takabburona boqardi.
Rik o'tirar, Fayf tik turar, ularning nigoqlari bir xil balandlikda to'qnashardi.
- Men o'sha odam bo'lishim mumkinmi? - xotirjam so'radi Fayf.
- Yo'q, janob.
- Ishonchingiz komilmi?
- Ha, janob.
- Shu qolda ham, siz «Fayf» nomi esimda deyaverasizmi?
- Ha, bu nom yodimda, - o'jarlik qildi Rik.
- Demak, kimdir mening ismimdan foydalangan.
- Shunday bo'lsa kerak.
Fayf qayrildi-da, asta-sekin, viqor bilan stolga yaqinlashib, oromkursiga chiqib oldi.
- Men balog'at yoshiga yetganimdan buyon qech kim mening tik turganimni ko'rmagan edi. Majlisni davom ettirishdan ma'no bormi?
Bu gapga Salim Juns e'tiroz bildirdi.
- Nazarimda majlisni davom ettirish zarur. Axir Rikni faqat koinot tadqiqotchisi bo'lgani uchun ruqiyat zondi ta'siriga duchor qilishmagan-ku!
- Uning o'zidan so'rang, nega uni bu ahvolga solishdi, - dedi Fayf.
- Albatta, bu narsa uning yodida yo'q, - jahli chiqdi Junsning.
- Ruhiyat zondi miyada saqlanayotgan mantiqiy fikrlar zahiriga ayniqsa, qattiq ta'sir o'tkazadi. Shunday bo'lsa-da, undan Florinaga qanday xavf tahdid qilayotgani to'g'risida so'rab ko'rish joiz. Xo'sh, Rik, bu haqda nima deya olasiz?
- Faqatgina xavf mavjudligini va uning koinot oqimlari bilan bog'liqligini eslayman, - g'o'ldiradi Rik.
Atrofga sukunat cho'mdi. Buni yana Juns buzdi.
- Siz florinalik mahalliy kishilarning so'zlariga ishonmayman, deb aytdingiz. Lekin oramizda bir kishi borki, u o'zini mutelarcha qo'l qovushtirib turuvchi florinaliklarga o'xshamasligini isbotlab bergan. Menimcha, unga ham bir necha savol bilan murojaat etsak, yomon bo'lmaydi. Agar u o'jarlik qilsa yoki ishonchsizlik tug'dirsa, uni Sarkka qaytarish masalasini ko'rib chiqamiz.
Ancha paytdan beri musht bo'lib tugilgan qo'llariga tikilib o'tirgan Terens Junsga keskin nigoh tashladi.
- Rik Florinada topilgandan buyon sizning qishlog'ingizda yashadi, shundaymi?
- Ha.
- Siz mana shu muddat davomida qishloqda uzluksiz bo'lganmisiz? Ya'ni, aytmoqchimanki, turar joyingizni biror ish bilan uzoq vaqtga tark etmaganmisiz?
- Rezidentlar ish bilan u yoq-bu yoqlarga yugurmaydilar. Ularning barcha yumushlari qishloqda.
- O'tgan yili qaysi Skvayr sizning qishloqqa tashrif buyurdi?
- Men qayerdan bilay? Bu savolga javob bera olmayman: Skvayrlar qayoqda-yu, mahalliy aholi qayo*u*a! Siz uchun men Rezidentman, ular uchun esa oddiy florinalik. Men darboza yonida turib olib, ularning hujjatini tekshirishga huquqim yo'q.
- Sizning yerlaringiz kimga qarashli?
- Skvayr Fayfga.
To'satdan oradagi gapga Stin aralashdi.
- Menga qarang! Doktor Juns, siz bu savollaringiz bilan uzoqqa borolmaysiz, balki Fayfga yordam berarsiz. Nahotki, Fayf bu kishining ortidan josus qo'yishdan manfaatdor bo'lsa, nahotki uning o'zi Florinaga borib yursa? Nazoratchilar nimaga chaqir!shgan?
- Bunday sharoitda, - dedi Juns, - ya'ni sayyoraning iqtisodiyoti va balki, umuman bor-yo'qligi birgina odamning miyasiga bog'liq bo'lib qolganda, tabiiyki, ruhiyat zondini qo'llagan kimsa nazoratchilarga suyanib o'tirmaydi.
- Hattoki u o'sha miyani ishdan chiqargan bo'lsa hammi? - jilmaydi Fayf.
Eblning pastki labi osilib, qovog'i solindi. Uning eng oxirgi tikkan dovi Fayf tomonga o'tib ketayotgan edi.
Biroq to'satdan, ma'yuslanib o'tirgan Valona tilga kirib, yordamga keldi:
- Men gapirsam maylimi?
- Gapiring, yaxshi qiz, tortinmang, - dedi Juns.
- Men oddiy dehqon qiziman. Jahlingiz chiqmasin. Mening nazarimda, hamma narsa boshqacha bo'lishi kerakdek, Rik haqiqatdan ham katta odam edimi? Aytmoqchimanki, anavi, koinot tadqiqotchisimidi?
- Menimcha, xa.* * *
- U holda, mening fikrim mana bunday. Rikni Florinaga olib kelgan kishi, uni biron daqiqa ham ko'zdan qochirmasligi zarur edi. Aytmoqchimanki, uni fabrikadagi boshliqlar urmasligini, bolalar tosh otmasligini, - u kasallanib o'lib qolmasligi uchun, nazorat qilib turish kerak edi. Uni maydonda ham ojiz holda tashlab ketolmasdi, to'g'rimi? Uning tirik qolishini tasodifga ishonib tashlab qo'yolmasdi. - Qiz hayajonlanib, hovliqib so'zlardi.
- Davom etavering, - dedi Juns, diqqat bilan uni kuzatar ekan.
- Rikni eng boshdan kuzatib yurgan bir odam bor. U Rikni maydondan topib olgan, qarab turishni menga topshirgan, uning har bir kuni qanday o'tganini bilib yurgan. U haknm to'g'risida ham barcha axborotdan xabardor edi, buni men o'zim aytib bergandim. Ana u! Ana u! - Qiz deyarli qichqirib yubordi, uning ko'rsatkich barmog'i esa Mirlin Terensga - Rezidentga ishora qilardi.
Bu hattoki o'ta xotirjam Fayfga ta'sir qildi. Uning qo'llari oromkursidan ko'tarildi, boshi esa kesknn Rezident tomonga burildi.
G'OLIBLAR
Hamma haykaldek qotib qolgandi.
Keyin Stinning chinqiroq kulgisi eshitildi.
- Juda to'g'ri, - xaxolashga o'tdi Stin. - Men doimo shu haqda gapirganman. Fayf bu florinalikni yollagan. Mana, Fayfning asl qiyofasnni ko'rib turibsiz, uning maqsadi…
- Bu g'irt tuhmat!
Bu xitobni Fayf emas, Rezident aytdi. U o'rnidan dik etib turib ketdi. Ko'zlari yonardi.
- Nima tuhmat? - so'radi Ebl.
Terens kalovlanib, bir muddat unga qarab turdi-da, tez-tez nafas olarkan, javob berdi:
- Skvayrning gaplari. Hech qanday sarklik menga pul to'layotgani yo'q.
- Qizning gaplari-chi? Ular ham tuhmatmi?
- Yo'q. Valona to'g'ri aytdi. Ruhiyat zondini men qo'lladim. Menga bunday qarama, Lona! Men Rikka ziyon-zahmat yetkazmoqchi emasdim. Men bunday bo'lishini hech qachon istamaganman.
- Hammasi uyushtirilgan, - norozilik bildirdi Fayf. - Ebl, men sizning niyatingizni, aniq bilmayman, lekin mana bu shaxsning jinoyatlari ro'yxatiga yana yangisini qo'shish mumkin emas. Hammaga ma'lumki, faqat Buyuk Skvayrgina kerakli bnlim va imkoniyatlarga ega bo'la oladi. Stin, balki siz, yo'q aybnn bo'yniga olish usuli bilan yollagan odamingizni qutqarib qolmoqchidirsiz?
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Koinot oqimlari - 8
  • Parts
  • Koinot oqimlari - 1
    Total number of words is 3792
    Total number of unique words is 1959
    34.2 of words are in the 2000 most common words
    49.6 of words are in the 5000 most common words
    59.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 2
    Total number of words is 3779
    Total number of unique words is 1940
    32.7 of words are in the 2000 most common words
    49.1 of words are in the 5000 most common words
    58.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 3
    Total number of words is 3729
    Total number of unique words is 2028
    32.2 of words are in the 2000 most common words
    48.0 of words are in the 5000 most common words
    56.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 4
    Total number of words is 3718
    Total number of unique words is 1974
    32.0 of words are in the 2000 most common words
    47.5 of words are in the 5000 most common words
    56.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 5
    Total number of words is 3812
    Total number of unique words is 1950
    32.2 of words are in the 2000 most common words
    49.0 of words are in the 5000 most common words
    58.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 6
    Total number of words is 3779
    Total number of unique words is 2021
    30.4 of words are in the 2000 most common words
    45.4 of words are in the 5000 most common words
    54.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 7
    Total number of words is 3828
    Total number of unique words is 1811
    33.7 of words are in the 2000 most common words
    50.3 of words are in the 5000 most common words
    59.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 8
    Total number of words is 2482
    Total number of unique words is 1300
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    48.7 of words are in the 5000 most common words
    58.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.