Koinot oqimlari - 6

Total number of words is 3779
Total number of unique words is 2021
30.4 of words are in the 2000 most common words
45.4 of words are in the 5000 most common words
54.8 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Telba haqida xavfsizlik xizmatiga ma'lum qilish darkorligi to'g'risidagi yozuv hakimning qog'ozlarida qayd etilgan. To'g'ri tadbir mo'ljallangan, chunki ruhiyat zondining qo'llanilishi yo jinoyatchilikka, yo buzuqlikka ishora. Lekin, axborot tegishli joyga yetkazilmay qolgan. Bir hafta o'tar-o'tmas baxtsiz hodisa tufayli hakim halok bo'lgan. Bu o'ta detektiv voqea, shunday emasmi?
Endi bu hodisaga boshqa tomondan nazar tashlaylik. Ya'ni, telbani unutaylikda, koinot tadqiqotchisini eslaylik. Yodingizda bo'lsa, tadqiqotchi haqidagi ilk xabar, uning kemasining sayyoraga qo'nishga tayyorlanayotganligi to'g'risidagi axborotning Transport Byurosiga yuborilishi bilan bog'liq edi. Keyinroq, uning bundan avvalgi yuborgan xabari qam mavjudligi aniqlangandi.
O'shanda koinot tadqiqotchisi hadeganda qo'nabermadi. Yaqin fazoda izlari ham topilmadi. Bunnng ustiga, uning yuborgan xabari yo'qolgan YUKTB bizni bu xabarni berkitishda aybladi. Xavfsizlik xizmatimiz esa bu xabarni tashviqot maqsadida atayin to'qib chiqarilgan uydirma, deb hisobladi. Hozirgi paytda, men ikkala tomonning nohaqligiga amin bo'lyapman. Haqiqatda ham, xabar yuborilgan, lekin u Sark hukumatiga yetib kelmagan.
Tasavvur qilaylik, biron-bir kimsa unga hozircha Iks deb nom beraylik, Transport byurosi daftarlarini o'qish imkoniyatiga ega. O'sha Iks ma'lum vaqtda koinot tadqiqotchnsining axborotnomasidan voqif bo'ladi. Shundan so'ng, u tadqiqotchi kemasiga maxfiy subradioxabar yuborib, uni uncha ko'zga ilinmas shaxsiy fazo bekatiga yo'naltiradi. Iks koinot tadqiqotchisini o'sha yerda kutib oladi. Telba tadqiqotchi shu zahotiyoq dilidagi gaplarni to'knb sola boshlaydi. Uning so'zlari qanchalik betayin, telbanamo, tomdan tarasha tushgandek bo'lmasin, Iks ulardan o'zining tashviqot maqsadlarida foydalanish mumkinligini anglaydi. U o'znning do'q-po'pisali maktublarini bizga - Buyuk Skvayrlarga jo'natadi. Ilgari men Trantorga to'nkagan ayb-maqsadlar uniki bilan mos tushadi. Agar biz u bilan kelisha olmasak, u Florinada halokat haqvda mish-mish tarqatib, butun ishlab chiqarishni izdan chiqarishni va bizni taslim etishni niyat qilgan.
Iks koinot tadqiqotchisini o'ldirishi mumkin edi, biroq, menimcha, tadqiqotchi unga axborot manbai sifatida keyinroq ham kerak edi. chunki u koinot tadqiqi bo'yicha hech vaqoni tushunmas, o'z do'q-po'pisasini usiz asoslay olmasdi, yoki mabodo yengilgan taqdirda, tadqiqotchi evaziga qutulib ketishni o'ylab qo'ygandi. Xullas, niyati qanday bo'lishidan qat'iy nazar, u ruhiyat zondini ishlatadi. Bundan so'ng, uning ixtiyorida o'jar koinot tadqiqotchisi emas, beozorgina telba paydo bo'ladi. Ma'lum muddat o'tgach, uning es-hushi joyiga kelishi mumkin edi.
Xo'sh, keyin-chi? Shunday qilish kerak ediki, but/n yil bo'yi lavozimli kishilarning bitta-yarimtasi uni ko'rib qolmasnn. Shuning uchun, daholarcha oddiy yo'l tanlaydi. U o'z asirini Florinaga olib o'tadi, koinot tadqiqotchisi u yerda kirt fabrikasida ishlovchi esi yarim ishchiga aylanadi.
Menimcha, o'tgan Yil davomida Iks yoki uning ishonchli vakili, koinot tadqiqotchisi «tashlangan» joyga borib uning sog'lig'i va xavfsizlishdan xabar olib turgan. Ana shunday safarlarning birida, u telbani hakimga ko'rsatilganini bilib qoladi, hakim esa albatta bu haqda yuqornga xabar qilish zarurligini anglaydi. Shuning uchun, hakim halok bo'ladi, kasallik varaqasi Pastki shahar tabobatxonasidan yo'qoladi. Bu Iksning birinchi xatosi edi, u yana qayerdadir bu yozuvlarnnng nusxasi mavjud bo'lishi ehtimoli borligini o'ylab ham ko'rmagandi.
Shunday vaqtda Iks yana bir xatoga yo'l qo'yadi. Telbaning es-hushi tezlikda qayta boshlaydi, mahalliy Rezident esa uning gaplari shunchaki valdirash emasligini darhol anglaydi. Balki, telbani hakimga ko'rsatgan qiz, uning ruhiyat zoqdi ta'siriga duchor etilganligini Rezidentga aytgandir. Bu faqat gumon.
Bor-yo'q voqea mana shundan iborat.
Fayf kuchli qo'llarini birlashtirib tinglovchilardan javob kutdi.
- Mening fikri ojizimcha, - dedi Balle ohnsta, - siz bir yil ilgarigadek, kurakda turmaydigan voqeani to'qib chiqardingiz. Gaplaringizning o'ndan to'qqizi gumon.
- Bo'lmagan narsa! - dedi keskin Bort.
- Iks deganingiz kim? - so'radi Stin. - Siz uning kimligini aniqlamaguningizcha, gapingizning ma'nisi yo'q. - U nazokatli esnar ekan, barmoqlari bilan og'zini to'sdi.
- Har hodsa, orangizdagi bir kishi gap nimada ekanligini yaxshi biladi! - hichqirdi Fayf. Gap Iks shaxsi haqida ketyapti. Agar mening mulohazam to'g'ri bo'lsa, Iks - ushbu xislatlarga ega shaxs. Eng avvalo Ikskuzatuv bo'limi bnlan bog'langan kishi. U - tovlamachilikni keng miqyosda uyushtira oluvchi shaxs. U - koinot Tadqiqotchisini Sarkdan Florinaga biron-bir qiyinchiliksiz jo'nata oluvchi kimsa. U - hakimni «baxtsiz tasodif» ga uchrata oluvchi odam. U - duch kelgan oddiy kishi emas. Demak, u Buyuk Skvayr bo'lishi kerak. Shunday emasmi?
Bort o'rnidan turib ketdi. Stin jazavaga tushib kuldi. Runening yog' g» osgan ko'zpari yona boshladilar. Balle esa ohista bosh chayqadi.
- Koinot haqqi, Fayf, kimni ayblayapsiz? - chiyilladi Bort.
- Hozircha hech kimni, - Fayf pinagini buzmasdi, - alohida olganda hech kimni. Keling, o'ylab ko'raylik. Biz besh kishimiz. Iksning qilgan ishini Sarkda hech kim bajara olmaydi. Bu faqat bizning qo'limizdan keladi. Bu fikrni isbotlash shart emas. Lekin besh kishining qaysi biri aybdor? Eng avvalo, men emasman.
- Biz sizning so'zlaringizga biron-bir isbotsiz ishonishimiz kerak, shundaymi? - kesatdi Rune.
- Siz mening so'zimga ishonishingaz shart emas, - e'tiroz bildirdn Fayf. - Aytgshgan ishlardan faqat mening manfaatdorligim yo'q. Iks kirt sanoatini o'z nazoratiga olmoqchi. Menda bunday nazorat bor. Florina yerlarining uchdan biri qonunan meniki. Zavod, fabrikalarim, fazoviy kemalarim qo'shilmasi shunchalik kuchliki, agar istasam hammangizni kirt sanoatidan siqib chiqara olaman. Buning uchun tovlamachshshk, do'q-po'pisa qnlishim zarur emas. Boshqalarda esa manfaatdorlik bor. Masalan, Runening ixtiyorida faqat eng kichik qit'a mavjud. Uning hissasi hammanikidan kam. Bu hol unga yoqmaydi - men yaxshi bilaman. U mening gapimni inkor qilolmaydi. Balle tagli-taxtli zotlardan. Uning ajdodlari ma'lum davr Sarkka hukmronlik qilishgan. Bu narsalarni u yoddan chiqarmagan bo'lishi kerak. Bortga esa kengash paytida doimo kamchilik tomonda qolishi va natijada o'z yerlarida istaganicha qamchi va to'pponcha siyosatini o'tkazolmasligi yoqmaydi. Stin bo'lsa isrofgar, moddiy tomondan qiyin ahvolda. Mablag' topish zaruriyati - kuchli zaruriyat. Boryo'q manfaatdorlik - mana shulardan iborat. Ko'rolmaslik. Amalparastlik. Ochko'zlik. Obro'ga intilish. Xo'sh, qaysi biringiz shu ishga qo'l urdingiz?
Ballening xira ko'zlarida jahl uchqunlari chaqnadi.
- Siz bizdan shubhalanyapsizmi? Kimdanligini aniq ayting?!
- Bu muhim emas. Bizning yakdillik bilan harakat qilishimiz lozimligi aytilgan birinchi majlisimiz Iksni cho'chitib yuborgan. Iks majlisda ishtirok etgan. Iks bizlarning oramizda, u yakdillik bilan harakat qilish o'zi uchun mag'lubiyat ekanligini anglagan.
Biz yakdil bo'lishimiz lozim. Iksning oramizdaligini hisobga olganda, buning birgina bexatar yo'li bor. Biz qit'alar muxtoriyatini tugatishimiz kerak. Muxtoriyat hozirgi sharoitda ortiqcha dabdaba va hatto dahmazadir, chunki Iksning nayranglari faqat bizning iqtisodiy tushkunligimiz yoki ishlarimizga Trantorning aralashuvi bilan tugaydi. Men, ishonishim mumkin bo'lgan yagona odamman, shuning uchun, bugundan boshlab birlashgan Sarkning boshlig'nman. Rozimisiz?
Ular o'rinlarndan turnb ketdnlar, qo'llarini paxsa qilib qichqira boshladilar. Biroq, afsuski, jismonan hech narsa qila olmasdilar. Fayf jilmaydi. Ularning har biri o'z qit'asida edi. U o'z stoli oldida o'tirib, og'izlari ko'piklanayotganlarni kuzatishi mumkin edi.
- Sizning boshqa ilojingiz yo'q. Birnnchi majlisimizdan beri o'tgan yil davomida kerakli tayyorgarlikni ko'rib qo'yganman. Siz bu yerda, yig'ilishda nshtirok etayotgan paytingizda, menga sodiq harbiylar barcha kema qo'shinmalarini egallab oldilar.
- Xiyenat! - bab-barobar qichqirishdi ular.
- Qit'alar muxtoriyatiga xiyonat, - e'tiroz bildirdi Fayf. - Sarkka sodiqlikdir. Yigirma to'rt soatdan keyin men Iksning kim ekanligini aniqlayman. Boyadan beri gapirilayotgan koinot tadqiqotchisi mening qo'limda.
Fayf hiringladi.
- Qaysi birimiz Iks ekanmiz, deb hayron bo'lyapsizmi? Xotirjam bo'ling, hozir buni oramizdan kimdir biladn. Bir kundan so'ng boshqalar ham bundan voqif bo'ladilar. Janoblar, esingizda tursin: sizda kuch yo'q. Harbiy kemalar faqat menga bo'ysunadilar. Xayr, bo'lmasa.
U xayrlashnsh ishorasini qildi.
YAXTA HAYDOVCHISI
Og'zining bir chekkasiga o'chib qolayozgan sigareta qistirib olib olgan Xenro oqista qadam tashlardi.
U band qilingan har bir angarning oldnda to'xtar, ichkariga sinchiklab nazar tashlardi.
26-angarga u juda qiziqib qoldi. Pastak panjara ortidan so'z qotdi:
- Skvayr?
Ichkaridan chiqib kelgan Skvayrning ko'rinishi juda antiqa edi. Eng avvalo Skvayrning egnida sport kiyimi yo'q edi. Ikkinchidan, uning soqoli anchadan beri olinmagan, boshidagi ko'rimsiz qalpoqcha beo'xshov kiyilgan, go'yo u yuzini berkitishga tirishayotgandek edi. Niqoyat, u Skvayrlarga xos bo'lmagan haddan tashqari ehtiyotkorlik bilan qarakat qilardi.
- Men Markis Henroman. Bu sizning yaxtangizmi, janob?
- Ha, meniki. - Bu so'zlar oqista, zo'riqib aytildi.
- Ichkariga kirsam maylimi?
Skvayr ikkilanib turib yo'l berdi. Henro ichkariga qadam tashladi.
- Kemangizning yuritkichi qanaqa, janob?
- Nega so'rayapsiz?
- Ochig'ini aytsam, men yangi kema sotib olmokchiman.
- Sizni ana shu yaxta qiziqtiryaptimi?
- Bilmadim. Aniq aytolmayman, balki narxi to'g'ri kelsa, o'ylab ko'rarman. Biroq, ne bo'lsa ham, agar yo'q demasangiz, men yuritkichni va boshqaruv qismlarini ko'zdan kechirmoqchiydim.
Skvayr o'ylanib qoldi.
- Istamayeangiz, o'zingiz bilasiz. - Henro ketmoqchi bo'lib ortiga burildi.
- Balki sotarman, - dedi Skvayr. - Mayli, kemaga kirishingiz mumkin.
- Rahmat. Yo'lni ko'rsatasizmi?
Skvayr cho'ntaklarini titkilab bir dasta kalit chiqardi-da, tashrif buyuruvchiga tutdi.
- O'zingiz kiravering, janob.
Henro dastani olib, kalitdardan kema belgilarini izlay boshladi. Kema egasi unga yordam beray demasdi.
- Mana bu bo'lsa kerak, - dedi u nihoyat.
Eshik ohista, shovqinsiz ochildi va Henro qorong'ulikka qadam qo'ydi…
Mirlin Terensning boshqa bir iloji yo'q edi. U Dimonning kemasi atrofida nima qilishni bilmay uch soat yurdi. Endi bo'lsa manavi kishi kelib kemani tekshiryapti. U bilan muloqot qilish g'irt ahmoqchilik. Bir ozdan so'ng, u Mirlin Terensning qalloblik qilayotganini bilib qoladn.
Bu temir-tersakning ichidan ovqat topilgani, har holda yaxshi bo'ldi. Xira xaridor kema ichida izg'iyotganidan foydalanib, Terens konservalangan go'sht va mevalarni paqqos tushira boshladn. Keyin maza qilib suv ichdi. Oshxonaning ro'parasida dush bor ekan. U ichkaridan qulflab yuvinib oldi. Boshini siqayotgan qalpoqchani qisqa vaqtga bo'lsa qam yechish roqat baxsh etdi. Javondan yangi kiyimlar topdi.
Niqoyat, Henro qaytib chiqdi.
- Ayting-chi, men bu kemani haydab ko'rsam, qarshilik qilmaysizmn?
- Bemalol, Siz bu xildagi toychoqlarni boshqara olasizmi? - so'radi Terens yasama beparvolik bilan.
- Haydolsam kerak, - dedi xaridor jilmayar ekan. - Men hozirgi barcha xildagi kemalarni jilovlay olaman. Har holda, nazorat minorasidan ruxsat so'rashni o'z zimmamga yuklamoqchiman. Mana mening yaxta haydashga huquq beruvchi hujjatim, parvozdan oldin ko'rib oling…
Bir oz o'tib ular fazo qa'riga chiqdilar. Avvaliga, yaxta haydovchisining uzunuzun, ingichka barmoqlari boshqarish tugmalarini o'ynar ekan, ekrandagi yulduzlar u yoq, bu yoqqa borib-kelib turdilar. Keyin, ekran yuzasini zarg'aldoq sayyoraning bir bo'lagi egallab oldi.
- Yomon emas, - dedi Henro. - Dimon, siz kemaga yaxshi qarar ekansiz. Yaxta uncha katta bo'lmasa ham, afzal tomonlari ko'p ekan.
- Istasangiz, uning tezligini va boshqaruvchanligini tekshirishingiz mumkin. - dedi ehtiyotkorlik bilan Terens. - Qarshiligim yo'q.
- Juda soz. Sizningcha, qaysi tomonga yo'l olsa yaxshi bo'ladi? Agar… - U ikkilanib turdi-da, so'zini davom etdirdi: - Sarkka borishga qalaysiz?
Terensning nafas olishi sezilar-sezilmas tezlashdi. U mo''jizalar olamiga tushib qolganiga ishongisi kelardi.
- Yo'q deyishga asosim yo'q, Henro! - javob qildi u shavq bilan.
- Demak, Sarkka ketdik.
Florinaning ekrandagi tasviri kattalashib boruvchi tezlikda yo'qola boshladi…
Terens juda og'ir, ko'z oldi xiralashgan holda uyg'ondi. Bir necha daqiqa atrofborliqni yaxshi his qila olmadn.
- Uxlab qolibman-a, - dedi u esnar ekan.
- Shunaqaga o'xshaydi. Mana, Sarkka ham yetib keldik. - Henro ekrandagi yarimoyga ishora qildi.
- Qachon qo'namiz?
- Taxminan bir soat bor.
To'satdan Terens Henroning qo'ynida kul rang metall jismni - igna-miltiqning mo''jaz tumshug'ini ko'rib qodsi.
- O'zi nima gap? - so'radi Terens o'rnidan turishga chog'lanar ekan.
- O'tiring, - dedi bosiq ohangda Henro. U boshqa qo'lida qalpoqcha ushlab turardi.
Terens beixtiyor qo'lini boshiga yugurtirdi, barmoqlari yorqin sochlarni his qildi.
- Ha, - aniq xulosa chiqardi Henro. - Bu yaqqol ko'rinib turibdi. Siz florinaliksiz.
Terens indamay oldiga qarab tura berdi.
- Sizning mahalliy kishi ekanligingizni, bechora Dimonning kemasiga chiqishdan avval ham bilgandim. Sizning asosiy xatoingiz shu bo'ldiki, Rezident, siz yaxshi tashksh etilgan politsiya kuchlarini betinim aldab yura olaman, deb o'ylabsiz. Sovuqqonlik bilan biror kimsani, aytaylik, Dimonni o'ldirgan odam qanday hissiyotga chulg'anadi, Rezident?
- Men uni qasddan tanlaganim yo'q, - xirilladi Terens. Uning nafas olishi tezlashdi. U achchiq alam va jahl bilan g'o'ldiradi: - Siz, sarkliklar, millionlab florvdaliklarni shu xususda, ayollarni, bolalarni ham o'ldirgansiz. Ularning qoni sizga boylik keltirdi. Bu yaxta…
- Dimon xizmatkor emas, xo'jayin sifatida tug'ilgani uchun aybdor emas, - dedi Henro. - Agar, siz sarklik bo'lsangiz nima qilardingiz? Butun mol-mulkingizdan voz kechib kirt maydonida javlon urib ishlarmidingiz?
- Unday bo'lsa, otib tashlang! - qichqirdi Terens. - Nimani kutyapsiz?
- Shoshib qayoqqa ham borardim. Mening vaqtim ko'p. Hikoyani tugatib olay. Xullas, o'ldirilgan kishi va qotilning shaxslari haqida bizning aniq ma'lumotimiz yo'q edi, birots menda ba'zi gumonlar mavjud edi. Men jinoyatchini Sarkka yetkazib kelaman, deb Xavfsizlik Xizmatini ishontirdim. Bu ishni biron-bir to'polonsiz, tinch bajaraman, deb aytdim. So'zimning ustidan chiqqanimga amin bo'lgandirsiz. Tan olishim kerak, avvaliga, men rosa ikkilandim, siz-qidirilayotgan kimsamisiz yoki yo'qmi. Siz bekat maydonida odsiy kiyimda yurardingiz. Bu o'taketgan didsizlik. Hech kim, maxsus kiyimsiz, o'zini yaxta haydovchisi qilib ko'rsatmaydi, deb o'yladim.
Sizni atayin ko'z-ko'z qilib qo'yishgan, siz qidiruvni chalg'itish maqsadida qamoqqa olinishni istayapsiz, deb qam o'yladim.
Men ikkilanib, sizni turli yo'llar bilan sinab ko'rdim. Mutlaqo zaruriyati bo'lmagan hollarda kalitlarni tanlay boshladim. Havo almashtiriladigan tirqishlarning o'ng tomonidan hech qachon kemaga chiqilmaydi, bilib qo'ying, bunday kemalar umuman yo'q. Eshiklar doimo chap tomonda joylashadilar, Men xato qilganimda, siz hayron bo'lmadingiz. Aslo!
Keyin, men sizdan, kemangiz Florinadan Sarkka olti soatda bora oladimi, deb so'radim. Ha, dedingiz. Bu ajoyib yangilik! Axir, eng tez uchish muddati to'qqiz soatdan ko'proq-ku!
Shundan so'ng, siz ko'z-ko'z qilinayotgan odam emassiz, degan xulosaga keldim. Sizning bilimsizligingiz qaddan tashqari edi… Aytganday, nega bularni erinmay qikoya qilayotganimni bilasizmi?to'satdan yumshadi Henro.
Terens indamadi.
- Birinchidan, - dedi Henro, - sizning qiynalayotganingizni ko'rish menga huzur baxsh etadi. Men qotillarni yoqtirmayman, ayniqsa, sarkliklarni o'ldirgan florinaliklarni. Menga sizni tirik tutib kelish buyurilgan, biroq ko'rsatmalarda jinoyatchini yayratib-quvnatib borish haqida gap-so'z yo'q. Ikkinchidan, siz shart-sharoit bilan tanishishingiz kerak, chunki kema Sarkka qo'ngach, keynngi qadamlarni o'zingiz tashlashingiz zarur.
Terens unga yarq etib qaradi.
- Tushunolmadim.
- Xavfsizlik Xizmati kelayotganingizdan xabardor. Biz sayyora atmosferasidan chiqishimiz bilanoq, florina bo'limi bu qaqda axborot bergan.
- Baribir tushunolmadim, - dedi umidsiz oxangda Terens.
- Aytayapman-ku: sizni Sarkda kutishyapti. Lekin, men Xavfsizlik Xizmatini emas… Trantorni ko'zda tutyapman.
MURTAD
Kofe ichish mobaynida Ebl Junsga oxirgi 36 soat mobaynnda ro'y bergan voqealarni aytib berdi.
Junsni qayrat qamradi. U yarimlab qolgan piyolasini chetga qo'yib so'z qotdi:
- Aytaylik, ular barcha kemalar orasida kelib-kelib xuddi shunisiga yashirinishga muvaffaq bo'lishgan bo'lsin. Biroq, ularni bilmasliklari qam mumkin-ku. Kema qo'nayotgan paytda, o'z odamlaringizni yuborsangiz…
- E-e! O'zingiz yaxshi bilasiz: zamonaviy kemalarda issiq jonni sezmaslik mumkin emas.
- Balki mumkindir. Asboblar, albatta, xato qilmaydilar, biroq odamlar to'g'risida bunday deya olmayman.
- Bunday o'ylasangiz, xato qilasiz. Menga yetib kelgan ma'lumotga ko'ra, shu daqiqada koinot tadqiqotchisi kirib olgan kema Sarkka yaqinlashyapti, Skvayr Fayf esa boshqa Buyuk Skvayrlarni chaqirib majlis quryapti. Bunday qit'alararo bo'ladigan majlis Galaktika kengliklarida yulduzlar qanchalik siyrak uchrasa shunchalik kamdan-kam uyushtiriladi. Bu tasodifmi? Juda g'alati tasodif!
- Bularning hammasini qanday bildingiz?
- «Hammasi» nima deganingiz?
- Hammasimi? Aytaylik, koinot tadqiqotchisining qanday va qachon berkingani Rezidentning qanday qilib ta'qibdan qochib ulgurgani. Siz meni aldayapsiz.
- Qimmatli Juns!
- Siz o'z kishilaringizning mendan yashirincha koinot tadqiqotchisini kuzatganliklarini tan oldingiz. Siz tasodiflardan saqlash uchun meni ziyon-zahmatsiz ohistagina chetga chiqarish tadbirlarini ham ko'rib qo'ydingiz.
- O'tgan tun bo'yi men ba'zi bir xufiyalarim bilan aloqada bo'lib turdim…
- Bu ma'lumotlarni fahat Sark hukumati a'zosi bilan mulohotga kirisha oladigan kishigina qo'lga kiritishi mumkin.
- Ha, albatta… Bir kishi bor, u mening eng zo'r xufiyalarimdan. U Sarkning Xavfsizlik Xizmatida ishlaydi. Aytganday, u hozir Rezidentini bu yerga olib kelyapti.
- Rezident ushlangan deyayotgan edingiz-ku.
- Ha. Xavfsizlik Xizmati tomonidan. Mening xufiyam Xavfsizlikning ham xufiyasi.
- Endi nima qilmoqchisiz?
- Hozircha bilmayman. Rezidentni olib kelaylik-chi, keyin ko'ramiz. Men faqat bir narsani aniq bilaman - u bekatga qo'nadi. Biroq, Skvayrlar ham Rezvdentga orziqib ko'z tikib turishibdi. Asosiy masala - uning kimga nasib qilishida!
O'zga sayyoralar elchixonalari butun Galaktikada xususiy maydonlariga ega bo'lishga haqli edilar. Amalda esa, faqat Trantor elchixonalari bunday huquqdan foydalana olardi.
Trantor elchnxonasi maydoni taxminan bir mil kvadratni egallagan, bu yerni maxsus kiyimli, Trantor belpyuini taqqan nazoratchilar qo'riqlardilar. Bu maydonga sarkliklar faqat taklifnoma orqaligina kira olar, qurollangan sarklik esa qorasini ham ko'rsatolmasdi. Nazoratchmar ortida yagona qudratli kuchga uyushgan millionlab sayyoralar turardi. Elchixonaga tahdid qilishga hech kimning yuragi betlamasdi.
U hatto Sarkning fazo bekatlarini inkor etib, Trantor bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilardi. «Sayyora fazosi» bilan «Ozod fazo» ni chegaralab turuvchi yuz milya balandlikka Trantorning «Ona kema» si kelib turar, undan havoda ham uchishga mo'ljallangan, qanotli kichkina Girokema[6]lar elchixona hududidagi maydonga kelibketib turardilar. Xavf-xatar xabarn yangragach havoga elchixonaning qiruvchi tayyoralari ko'tarildi. Ignago'pning yoqimsiz tumshug'i osmonga qaratildi. Energetik himoya ekranlari ko'tarilib qo'yildi.
- Boshpana so'rayman! Qo'nishga ruxsat bermasangiz, meni ikki daqiqadan so'ng urib tushirishadi.
- Siz kimsiz?
- Menga elchini chaqiring! - qisqa to'lqinli radio shig'illadi va yana asabiy chinqiroq tovush yangradi: - Bu yerda kim bor? Bo'ldi, men pastlayapman! Bir soniya ham kutolmayman deyapman-ku!
Girokema tikkasiga odatdagidan ancha yuqori tezlik bilan pastga yo'naldi, chunki boshqaruvchining qo'llari dahshatdan qaltirardi. O'n daqiqalardan so'ng yetib kelgan Sark kemalarining eskadrilyasi ikki soatcha xavf solib turgach, qo'riqchilikni bas qildi.* * *
Ular ovqatlanardilar: ya'ni Ebl, Salim Juns va yangi kimsa - Skvayr Stin. Ebl o'zini bamaylixotir tutishga intilar, Buyuk Skvayrga nima uchun boshpana zarur bo'lib qolgani sababini so'rashga istihola qilardi. May ichishga o'tilgach, nihoyat Stinning o'zi gap boshladi.
- Men o'z qit'amni nega tark etganimga ajablanmayapsizmi?
- Haqiqatdan sira tushunmayapman, - tasdiqladi Ebl, - nega Skvayr Stin Sark kemalaridan qochishga majbur bo'ldi?
- Bugun qit'alararo majlis o'tkazildi.
- Rostdanmi? - yasama ajablandi Ebl.
U majlis tafsilotlarini pinak buzmay tingladi.
- U bizga yigirma to'rt soatlik muhlat berdi, - g'azablandi, gapini yakunlar ekan Stin. - Biroq, qali o'n olti soat bor! Ha!
- Demak, siz Ikssiz! - qichqirib yubordi Juns, u butun qikoya davomida betoqatlanib o'tirgandi. - Ha, qa, snz - Ikssiz! Siz qo'lga tushishdan cho'chib, bu yerga uchib kelgansiz. Bu juda zo'r ish bo'libdi! Ebl, mana sizga koinot tadqiqotchisi to'g'risidagi gapnnng isboti. Biz ularni o'z odamimizni qaytarishga majbur qilamiz.
- To'xtang! Yetar! Siz aqldan ozibsiz? Bas Q1shing! Gapirishga qo'yasizmi, yo'qmi… Janobi oliylari, bu kishini hech eslay olmayapman.
- Skvayr, bu janob - doktor Salim Juns bo'ladilar.
- Menga qarang, doktor Salim Juns, men umrimda anavi siz aytayotgan esi pastni yoki koinot tadqiqotchisini ko'rmaganman, bilmayman ham… Meniks emasman. To'g'risi! Meni ahmoqona harf bilan atashni bas qilsangiz, g'oyat minnatdor bo'lardim. Nahotki, siz Fayfning kulpshi uydirmasiga ishondingiz! U bizni ahmoq va esi past deb hisoblaydi. Ha! U esi pastlar va koinot tadqiqotchilari haqidagi bema'ni safsatani to'qib chiqargan. Agar, go'yoki o'ntalab nazoratchilarni gumdon qilib yuruvchi florinalik Fayfning yasama malla soch kiyib olgan josusi bo'lib chiqsa, aslo ajablanmayman. Gapning po'stkallasi: hech qanday Iks yo'q, biroq Fayf to'xtatilmasa, u ertagayoq butun subradioni turli fitnalar haqidagi xabarlarga to'ldirib tashlag'!di, so'ng favqulodda holat joriy etishga chaqiradi va, nihoyat, o'zini Dohiy deb e'lon qiladi. Mana, besh yuz yildirki, Sarkda Dohiy yo'q, lekin bu narsa Fayfni to'xtatolmaydi. U Asosiy Qonun - konstitutsiyani ham mensimaydi… Majlis tugashi bilanoq, men o'zimning shaxsiy fazo bekatimni tekshirishni buyurdim, va bilasizmi, uni Fayfning odamlari ishg'ol qilishga ulgurishibdi. Bu qit'alar muxtoriyati qonunini ishg'ol qilishga ulgurishibdn. Bu qit'alar muxtoriyati qonunining juda qo'pol buzilishidir. Bu, axir, pastkashlik emasmi? Biroq, u - yaramas ayyor tulki bo'lgani bilan, unchalik aqlli emas. U bitta-yarimtamizning qochishimizdan cho'chib. fazo bekatlarini qo'riqlashni buyuribdi, ammo… Stin miyig'ida jilmayib, hiringladi, uning xayoliga girobekatlarni nazorat qilish kelmabdi. U sayyorada aslo qochishga joy yo'q, deb o'ylagan bo'lsa kerak. Trantor elchixonasini unutibdi. Shunday qilib men huzuringizdaman.
- Siz oilangizni tashlab kelibsiz, - dedi ohista Ebl. - Fayf sizga qarshi har qanday qurolni ishlatishi mumkinligini o'ylamadingizmi?
- O'yladim, biroq men barcha sevikli kishilarimni girokemaga tiqa olmasdim. - Stin qizargandek bo'ldi. - Fayf ularga tegishga jazm qila olmaydi! Bundan tashqari, men ertaga o'z qit'amga qaytaman.
- Qanday qilib? - so'radi Ebl.
Skvayr bir zum unga sarosima bilan boqdi-da, ingichka lablarini ochdi:
- Janobi oliylari, men ittifoq tuzishni taklif qtshaman. Siz, Trantor Sark bilan aslo qiziqmaydi, deya olmaysiz. Siz, Sark konstitutsiyasining o'zgarishi Trantor aralashuviga sabab bo'ladi, deb Fayfga aniq-taniq aytsangiz ham kerak.
Ebl uzun-uzun barmoqlarini birlashtirdi-da, ularga tikilib qoldi.
- Skvayr Stin, siz haqiqatai ham o'z kuchlaringizni Trantor bilan birlashtirishni istayotganingizga ishona olmayman.
Stinning yengil jilmayish ifodalagan chehrasiga bir soniyagina kuchli nafrat ko'lanka soldi.
- Fayfdan ko'ra Trantor durust! - xitob qildi u.
- Men kuch bilan tahdid solishni istamayman. Biz voqealar radojini bir oz kutib tura olmaymizmi?
- Yo'q, yo'q, - qichqirayozdi Stin. - Bir kun qam kutish mumkin emas. Agar, masalani hozir, tezda hal qilmasangiz, keyin kech bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan uning obro' saqlab ortga qaytishi qiyinlashadi. Hozir siz menga yordam bersangiz, qolgan Buyuk Skvayrlar bizga qo'shilishadi. Agar bir kungina hayallasak, Fayfning tashviqot mashinasi ishlay boshlaydi. Menga esa qochoq degan tamg'a bos!shadi.
- Agar undan biz koinot tadqiqotchisi bilan suhbatlashishga ruxsat so'rasak-chi?
- Nima foyda? U ikki xil o'yin boshlaydi. U, bizga, florinalik esi past-koinot tadqiqotchisidir, deydi, sizga esa, koinot tadqiqotchisi - bu florinalik esi past deb javob qiladi. Siz u kishini bilmaysiz. U juda dahshatli odam!
Ebl mulohaza yurita boshladi. U barmoqlari bilan stolni ohista urgancha qandaydir qo'shiqni asta xirgoyi qilardi. Nihoyat, u so'z qotdi:
- Rezident bizning qo'limizga tushdi. Xabaringiz bormi?
- Qanaqa Rezident?
- Nazoratchilar bilan bir sarklikni o'ldirgan kimsani aytyapman.
- A? Rostdanmi? Butun Sarkni ishg'ol qilishga tayyorlanayotgan Fayf uchun buning qizig'i bor deysizmi?
- Ha. Hamma gap Rezidentning bizning qo'limizda ekanligida emas, balki uni qanday ushlaganimizda. Nazarimda Skvayr Fayf gaplarimga quloq tutadi, tutganda ham qo'l qovushtirib tutadi.
Salim Juns Eblni tanigan chog'dan beri birinchi marta uning tovushvdagi sovuqqonlik kamayganini va qoniqish, hattoki shodlik ohanglari paydo bo'lganini his qildi.
TUTQUN
Zoti oliy Samiya Fayf qizi, nihoyat, o'z xohishlarini ifoda etishni to'xtatib, oddiy sarklik ayol kabi o'z huquqlarini talab qilishga o'tdi.
- Istagan kemani kutnb olishga mening haqqim bor, - dedi u g'azab aralash.
Bekat boshlig'i aniq javob qaytardi.
- Xonim, biz sizni aslo xafa qilmoqchi emasmiz. Hamma gap shundaki, biz Skvayrdan, ya'ni, otangizdan alohida topshiriq olganmiz: sizga bu kemani kutib olishga aslo izn bermasligimiz zarur.
- Balki, siz menga bekatni tark etishni ham buyurarsiz?
- Yo'q, xonim. Sizni bekatdan haydash haqida topshiriq bo'lmadi. Istasangiz, qoshshingiz mumkin. Leksh, kema qo'nuvchi quduqlarga yaqinlashsanshz, sizni ushlashga majburmiz.
U ketdi, Samiya bekat darbozasi oldida to'xtagan o'zining hashamdor matiinasida qolaberdi.
Otasining bu ishi o'taketgan vijdonsizlik edi. U qiziga doimo yosh boladek qaraydi. Mana bugun ham…* * *
…Samiya otasiga ruhiyat zondi ta'siriga duchor qilingan koinot tadqiqotchisi va Florinaga tahdvd qilayotgan xavf to'g'risvda so'z ochishi bilanoq, otasi uning gapini keskin bo'ldi:
- Uning koinot tadqiqotchisi ekanligini qayerdan bilasan?
- Uning o'zi aytdi.
- Xavfning qanday xildaligini gapirmadimi?
- Uni bilmaydi. U ruqiyat zondi ta'siriga duchor qilingan. Buning axir eng yaxshi isbot ekanligini ko'rmayapsizmi? U xaddan ziyod narsalarni bilgan. Bu, albatta, kimgadir yoqmagan - Qizning tovushi beixtiyor pasaydi. - Agar uning fikr-g'oyalari noto'g'ri bo'lganda, ruhiyat zondiniishlatishga zarurat tug'ilmasdi.
- Unday bo'lsa, nega uni o'ldirishmabdi?
- Siz Xavfsizlik Xizmatiga aytib, u bilan gaplashishga ijozat olib bersangiz edi, shu narsani aniqlardim. U menga ishonadi. Buni bilaman. Xavfsizlik Xizmati ham undan menchalik ko'p axborot ololmasa kerak, Dada, buyruq buring, men u bilan so'zlashay. Bu juda muhim.
Fayf qizining mushtum qilib tugilgan qo'llarini mehr bilan ushladi-da, jilmaydi.
- Keyinroq, Samiya. Hozir emas. Tez orada qo'limizga uchinchi odam tushishi lozim. O'shanda, balki imkoniyat tug'ilar.
- Uchinchi odam? Florinalik qotil emasmi?
- Xudsi o'sha. Uni olib kelayotgan kema bir soatlardan so'ng qo'nadi,
- Ungacha koinot tadqiqotchisi bilan florinalik ayolga hech narsa tahdid qilmaydimi?
- Yo'q.
- Yaxshi. U holda men kemani kutib olaman.
- U kimsaning kelayotgani haqida hech kim hech narsa bilmasligi kerak. Sening borishing nojoiz.
- Nima qilibdi?
- Samiya, men senga davlat siyosatini tushuntirib berolmayman.
- Siyosatmi, fi! - Qiz engashib otasining qoq peshonasidan o'pdi-da, ko'zdan g'oyib bo'ldi. Hozir esa qiz bekat maydonidagi mashinasida ojizona o'tirar edi. Nihoyat u tushdan keyingi yorqin nurli osmonda qora nuqta paydo bo'lganini, uning kattalashayotganini sezdi.* * *
Samiya tugmani bosib g'aladondan binokl oldi. Uni ko'zlariga tutdi va osmondagi qora nuqta kattalashib, kichkinagina kemaning shakl-shamoyiliga aylandi.* * *
Ekranning butun yuzasini Sark egallab turardi.
- Fazo bekati qattiq qo'riqlanmaydi, - dedi Henro, kemani boshqarar ekan. - Bu taklifni ham men kiritdim. Har qanday nooddiy kutib olish Trantorni shubhalantirishi mumkin, deb aytdim. Yana aytdimki, Trantor qanchalik haqiqiy ahvolni bilmasa, biz shunchalik muvaffaqiyat qozonamiz.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Koinot oqimlari - 7
  • Parts
  • Koinot oqimlari - 1
    Total number of words is 3792
    Total number of unique words is 1959
    34.2 of words are in the 2000 most common words
    49.6 of words are in the 5000 most common words
    59.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 2
    Total number of words is 3779
    Total number of unique words is 1940
    32.7 of words are in the 2000 most common words
    49.1 of words are in the 5000 most common words
    58.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 3
    Total number of words is 3729
    Total number of unique words is 2028
    32.2 of words are in the 2000 most common words
    48.0 of words are in the 5000 most common words
    56.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 4
    Total number of words is 3718
    Total number of unique words is 1974
    32.0 of words are in the 2000 most common words
    47.5 of words are in the 5000 most common words
    56.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 5
    Total number of words is 3812
    Total number of unique words is 1950
    32.2 of words are in the 2000 most common words
    49.0 of words are in the 5000 most common words
    58.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 6
    Total number of words is 3779
    Total number of unique words is 2021
    30.4 of words are in the 2000 most common words
    45.4 of words are in the 5000 most common words
    54.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 7
    Total number of words is 3828
    Total number of unique words is 1811
    33.7 of words are in the 2000 most common words
    50.3 of words are in the 5000 most common words
    59.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 8
    Total number of words is 2482
    Total number of unique words is 1300
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    48.7 of words are in the 5000 most common words
    58.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.