Koinot oqimlari - 5

Total number of words is 3812
Total number of unique words is 1950
32.2 of words are in the 2000 most common words
49.0 of words are in the 5000 most common words
58.0 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
- Nega ajablanasiz? Florinaga ega chiqishga bundan yaxshiroq usul bormi? Trantor tashqi siyosatining asosiy maqsadlaridan biri shu-ku. Biron urush-purushsiz niyatga yetish, ayni muddao emasmi? Agar biz ushbu po'pisa ta'siriga tushsak, Florshadan ajralamiz. Ular bizga biron narsa qoldirishga va'da berishmoqda, biroq uni qancha vaqt asrashga qurbimiz yetarkin? Boshqa tomondan, xatga e'tibor qilmadik deylik - ayni paytda bundan boshqa ilojimiz yo'q. U qolda, Trantor florinashshlar orasida qiyomat qoyshm yaqshligi to'g'risida mish-mish tarqatadi. Natija ma'lum - odamlar vaqimaga tushishadi, buning orqasidan esa halokat yugurib keladi! Ertaga qiyomat qoyim bo'ladi, deb ishongan kimsani qaysi kuch ishlashga majbur eta oladi? Kirt terilmaydi. Xirmonlar bo'shaydi. Trantor esa kun-uzzukun Florinada to'polon chiqnshini poylayapti. Agar Sark kirt yetkazib turishni eplolmas ekan, ular o'zlaricha tartib deb ataydigan qolatni saqlash uchun bor kuchlarini tashlaydilar. Galaktikaning boshqa ozod dunyolari esa kirt tufayli til tishlab turaberadilar. Ayniqsa, Trantor kirtga bo'lgan yakkahokimlnkni tugatishga, bahoni pasaytirishga qaror qilsa, lom-mim demaydilar. Keyinchalik, albatta va'dalar unutiladi, biroq bu paytda kech bo'ladi.
Yagona mantiqiy xulosa shu: Trantor Florinani egallab olishi mumksh. Agar, ular boshqa yo'ldan borsalar, ya'ni to'g'ridan-to'g'ri qujum uyushtirsalar, Trantor tasarrufiga o'tmagan butun ozod Galaktika o'zlarini kelgusida saqlash uchun ham biz tomonga o'tadilar.
- Bu narsalarga koinot tadqiqotchisining qanday aloqasi bor? - so'radi Rune. - Agar taxminingiz to'g'ri bo'lsa, siz buni ochiqroq tushuntirishingiz lozim.
- Taxminim to'g'ri. Koinot tadqiqotchilari odatda betayin bo'ladilar, bu tadqiqotchi esa ahmoqona xomxayolini o'rtaga tashlayapti. Trantor buni e'lon qilolmaydi, aks holda Koinot Tadqiqoti Byurosi uning dabdalasini chiqarishi turgan gap. Biroq, agar ular tadqiqotchini ushlab olib, qandaydir tafsilotlarni bilib olishgan bo'lsa, bu narsa ularga - nomutaxassis kishilarga katta ahamiyatga molik hodisadek tuyulgan taxminni aniqlash imkonini beradi. Ular ana shu uydirmaga haqiqat to'nini kiydirib, undan foydalanishadi. Ilmiynamo mish-mishlar tarqalgach, Byuroning rad javoblari bu yolg'onga qarshi kurashda yetarli kuchga ega bo'lmay qoldi. Lekin biz xavfdan o'z vaqtida xabar topdik. Eplolsak, koinot tadqiqotchisini topamiz. Biz, barcha o'zimiz bilgan Trantor josuslarini o'zlariga sezdirmay sinchiklab kuzatib borishimiz zarur. Shu yo'l bilan ularning maqsadlarini aniqlash mumkin. Florinadagi sayyora halokati to'g'risida paydo bo'lgan har qanday mish-mishni tag-tugi bilan kuritish lozim. Birinchi shivir-shivirdayoq biz keskin harakat qilmog'imiz darkor. Hozircha, anavilarning keyingi yurishini kuzatamiz…* * *
Bu suhbat bir yil avval bo'lib o'tgandi. Ular tarqalishdi, shundan sung Skvayr Fayf hayotida hech vaqt duch kelmagan sirli, kutgshmagan muvaffaqiyatsizlik ro'y berdi.
Ikkinchi yurish qilishmadi. Hech kim boshqa qech qanday xat-xabar olmadi. Koinot tadqiqotchisi topilmadi, Trantor esa soxta qidirishlarini davom ettira berardi. Florinada qiyomat-qoyim yaqinligi to'g'risidagi mish-mishlardan asar ham yo'q edi. Kirt terimi va qayta ishlanishi qar doimdagidek bekamu-ko'st borardi.
Fayf yana majlis chaqirdi. Skvayrlar o'z vaqtida paydo bo'ldilar. Birinchi navbatda lablari qimtilgan, ikki-uch kundan beri olinmagan soqolini bir chekkasi singan qalin tirnog'i bilan qashlayotgan Bort yetib keldi. Keyin, yuzidagi upa-elakni hozirgina yuvib tashlagan, rangpar, kasalvon Stin o'z o'rnini egalladi. So'ngra, vujudini charchoq hamda loqaydlik qamrab, iyaklari ichiga botgan, yostiqqa suyangan Balle kosadagi suti bilan birga paydo bo'ldi. Oxirgi navbatda, ikki daqiqaga kechikib, nimadandir norozi qiyofada lablari nam Rune yetib keldi. Fayf so'z boshladi:
- Skvayrlar! O'tgan gal men sirli va uzoq kelajakda ro'y berishi mumkin bo'lgan xavf to'g'risida gapirgandim. Men yanglishgan ekanman. Xavf mavjud, lekin u bizdan uzoq emas ekan. U juda, juda ham yaqin. Men nima haqda so'zlayotganimdan har biringiz xabardorsiz. Qolganlar ham tez oradabuni biladilar.
- Siz nima to'g'risida gapiryapsiz o'zi? - keskin so'radi Bort.
- Davlat miqyosidagi xiyonat haqida!
QOCHOQ
Mirli Terens fazo bekatyni tark etgach, nihoyat Pastki Shahar qa'riga kirib oldi. U neyrotayoqni mahkam ushlab, nazoratchilarga xos takabburlik va o'ziga ishonch bilan qadam tashlardi. Ko'chalar bo'm-bo'sh. Mahalliy xalq kulbalarga yashirinib olgan. Bu qaytaga yaxshi. Uni hech kim bezovta qilayetgani yo'q. Hech kim uni florinaliklarga xos oq yuziga tuzukroq nazar tashlash uchun to'xtatmayapti. Qop-qora, kumush tugmali xos kiyimning o'zi yetarli.
Biroq endi nazoratchilik qiyofasidan chiqish zarur.
Shu damdan boshlab, u Florinaning hech bir yerida bexavotir yura olmaydi. Nazoratchining joniga qasd qilish- buyuk jinoyat, hatgo ellik yildan keyin ham, agar shuncha vaqt omon-eson qolsa, qidiruv ishlari keng ko'lamda davom etaberadi. Demak, Florinani tark etishi kerak.
Qanday qilib?
U shunday tavakkal qilishi kerakki, aqsh!- hushi joyida odam bunday qila olmasin…
Rezident chiqqan liftning eshiklari yopilar ekan, u nazoratchilar bo'shnmasi ayni shu ko'chaga qarab kelayotganini ko'rib qoldi. Demak, muntazam qidiruv boshlanibdi.
U Yuqori Shaharning tashqari ko'chasiga chiqdi. Bu yerda uni - Mirlin Terensni berkitib turishi mumkin bo'lgan ustunlar, temirqotishma yo'q edi.
Biron-bir nazoratchi ko'rinmas, yonidan o'tayotgan Skvayrlar unga parvo qilishmasdi. U Yuqori Shahar bino, ko'chalarining joylashishi to'g'risida mavhum tasavvurga ega edi. Shu atrofda istirohat bog'i bo'lishi kerak. Eng oddiysi - duch kelgan kimsadan yo'lni so'rash, keyingisi balandroq binoga ko'tarilib pastga qarab ko'rish edi. Birinchisi aslo mumkin emas. Nazoratchiga ko'rsatmalarning zaruriyati yo'q. Ikkinchisi haddan tashqari xavfli. Bino ichida nazoratchi, tez ko'zga tashlanadi.
Qachonlardir uning ko'zi Yuqori Shaxar xaritasiga tushib qolgandi. U o'sha bilimi bo'yicha taxminan yo'l tanladi. Bu to'g'ri bo'lib chiqdi. Terens tez orada istirohat bog'iga yetdi.
Florina iqlimining mo''tadilligi tufayli istirohat bog'i doimo yashil libosda edi. U yerda o'tloqlar, daraxtzorlar, qoyatoshlar ichiga kirib ketgan g'orlar hamda tilla baliqlar suzib yuradigan kichkina hovuzcha bilan bolalar cho'miladigan kattaroq hovuz mavjud edi. Kechalari, to yomg'ir yog'gunga qadar rang-barang nurlar jilva sochib o'ynar, odamlar raqsga tushishar, uch o'lchamli kino tomosha qilishar, daraxtzor ichidagi so'qmoqlarda esa yoshlar juft-juft bo'lib sayr etishardi.
Terens yarim soatcha sandiraqlab yurdi. Unga qech kim e'tibor qilmas, biror kishi nazar tashlamasdi. Agar ertaga manavi yonidan o'tayotgan Skvayrlardan «Siz kecha istirohat bog'ida nazoratchini ko'rdingizmi?» deb so'rashsa, ularning ko'zlari hayratdan chaqchayadi. Bu savol, ulardan so'qmoqdan sakrab o'tgan chigirtkani payqadingizmi deb so'rash bilan barobar.
Shu payt uning nazari o'zi izlayotgan kimsaga t'shdi.
Skvayr! U bir chekkada u yoq-bu yoqqa yurar, og'zidagi sigara tutuninn tez-tez ichiga tortardi. Skvayr chekib bo'lib, sigara qoldig'inn qoya yorig'iga tiqdi, qoldiq bir nafasdan keyin lov etib yondi-yu, kulga aylandi. U soatiga qaradi. Terens undan ko'zini uzib atrofni kuzatdi. Hech kim yo'q. Ayni muddao!
U Skvayrga tez yaqinlashar ekan, neytrotayoqni chiqardi. Skvayr buni ko'rishga ham ulgurmadi. Tayoq ohista vizilladi - Skvayr shu ondayoq qotib qoldi-da, yerga quladi.
Atrofda hech kim paydo bo'lmadn. Terens ko'zlari chaqchayib, qotib qolgan jasadni yaqin oradagi g'ornnng ichiga olib kirdi-da, bir amallab yechintirdi. U o'zining ter shimgan, chang yuqqan knyimini yechib tashladi va Skvayrning ust-boshini kiyib oldi. Unnng tanasn umrida birinchi marta kirt matosini hns qildi.
Terens ust-boshdan tashqari qalpoqchani ham kiydi. Bu narsa hozirgi vaqtda yoshlar ichida rasmdan chiqib qolayozgandi, lekin ba'zi birlar, baxtiga manavi Skvayr ham, hamon bosh yalang yurishga o'rganishmagandi. Terensning sochlari oq bo'lgani uchun qalpoqcha bilan ularni berkitish shart edi. Aks holda florinalik ekanligi sezilib qolardi.
Keyin u to'pponcha quvvatini eng yuqori qiymatga to'g'riladi-da, uchini Skvayrga yo'naltirdi. Bir ozdan so'ng jasaddan faqat bir hovuch kul qoldi - bu narsa qidiruvni mushkullashtiradi.
U nazoratchi kiyimini ham yoqdi, kul ichidan qorayib qolgan kumush halqalar va tugmalarnn terib oldi. Bu ham qidiruvni mushkullashtiradi.
U istirohot bog'idan chiqdi-da, yana yarim soatcha sandiraqlab yurdi.
Xo'sh, endi nima qilish kerak?
U o'rtasida kichkinagina favvora otilib turgan hovuz oldida to'xtadi. Mayda zarralarga bo'linib tushayotgan suvda kamalak jilolanardi. U botayotgan quyoshga orqasini o'tirgancha panjaraga suyanib turar ekan, qorayib ketgan kumush tugmalarni ohista, bittalab hovuzga tashladi. Keyin Pastki Shahar haqida o'y sura boshladi va vujudiga endigina qadam qo'yayotgan afsus-nadomat ortga chekindi.
Terens o'z harakatlarining tabiiyroq chiqishiga intilar ekan, egnidagi kiyim cho'ntaklarini titkg'shab chiqdi. Yassi kalitlar shodasi, mayda pullar va shaxsiy guvohnoma chiqdi. (Yo Sark, bu narsa hatto Skvayrlarda ham bor ekan! Biroq, ular uni duch kelgan nazoratchiga ko'rsatishlari shart emas.)
Terensning yangi nomi Alster Dimon ekan. Balki bu nom kerak bo'lmas. Dimonni shaxsan tanuvchi kimsani uchratib qolish ehtimoli juda kam, lekin bu narsani e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Yoshi 29 da ekan. G'ordagi qilgan ishidan Terensning qalbi g'ashlandi, biroq bu uzoqqa cho'zilmadi. Skvayrbu Skvayr. Ularning buyrug'i bilan qanchadan-qancha 29 yoshli florinaliklar halok bo'lmagan deysiz?! Kim buning hisobini biladi?!
U cho'ntak titknlashda davom etdi. Bu gal yaxta-kema haydovchisi guvohnomasi topildi. Hamma badavlat sarkliklarning yaxtalari bor, barchalari uni boshqarishni biladilar. Bu hozir rasm bo'lgan… Keyin bir nechta sark qog'oz puli chiqdi. Kerak bo'lib qolishi mumkin.
U novvoyxonada ovqatlangandan beri tuz totmaganini esladi. Shu zahotiyoq unda ajoyib fikr uyg'ondi: yaxta-kema joyida turibdi, egasi esa asfalasofilinga ketgan. Demak, yaxta o'ziniki! 29-angar, 9-bekatda turar ekan. Juda soz…
Aytgaqday, 9-bekat qayerda ekan? Terens bu haqda umuman hech narsa bilmasdi.
U hovuz atrofidagi panjaraga boshini qo'ydi. Nima qilsin? Nima qilish kerak?
Tepasida jaranglagan tovush uni seskantirib yubordi.
- Kechirasiz, - dedi kimdir, - mazangiz qochdimi?
Terens boshini ko'tardi. Gapirayotgan qari Skvayr ekan. U ichiga xushbo'y barglar o'ralgan uzun papiros chekar, qo'lidagi tilla bilaguzugidan esa yarq etib chaqnayotgan qandaydir katta yashil tosh osilib turardi.
- Men dam olyapman, - dedi Rezident. - Aylanib yurib, vaqt o'tganini qam sezmay qolibman. Majlisga kechikmasam bo'ldi qali,
U qo'polroq qilib qo'l silkidi. Terens sarkcha talaffuzda so'zlashishni o'rniga qo'yardi - qar holda ular bilan juda ko'p muloqotda bo'lgan, biroq buni bo'rttirmaslikka intilardi. Yetishmovchilikdan ko'ra bo'rttirish ko'zga yaqqolroq tashlanadi.
U Terensga g'alatiroq qaramayaptimi? Balki kiyimi yopishib turmayotibdimi? Rezident tezlikda gap ochdi:
- To'xtang! Nazarimda adashib qolgandekman. Yordam berolmaysizmi? Menga 9-bekat kerak edi. Qaraylik-chi… U atrofga alangladi.
- Qarang. Bu Rekket ko'chasi. Siz to'gri Triffis ko'chasiga tushib, chapga qayilsangaz, bekatgacha yurib borishingiz mumkin, - u beixtiyor qo'li bilan yo'nalishni ko'rsatdi.
Terens jilmaydi.
- Juda to'g'ri. Men xayolparastlikni yig'ishtirib, o'y-fikrlarimni jamlab olishim lozim. Raqmat, janob.
- Siz mening xaritamni olishingiz mumkin.
- Katta rahmat, kerak emas, - dedi Terens qo'l silkib undan uzoqlashar ekan.
Skvayr uning ortidan qarab qoldi.
Balki, ertaga, g'ordagi kuydirilgan jasad qoldiqlari topilib, qidiruv boshlangatsda, Skvayr qozirgi uchrashuvni albatta eslaydi. U mana bunday deyishi mumkin: «U qandaydir g'alatiroq edi. Gaplari poyintor-soyintor, qayerda yurganini o'zi bilmasdi. Uning Triffis ko'chasi qayerdaligini bilmasligiga ham kafil bo'la olaman».
Bu ertaga bo'ladigan gap.
U Skvayr ko'rsatgan tarafga shaxdam qadamlar bilan yurib ketdi. «Triffis ko'chasi» deb yozilgan yaltiroq, zarg'aldoq rangda jilolanayotgan binoga yopishtirilgan belgiga yetgach, chapga qayrildi.
9-bekat sport kiyimidagi, uchli qalpoqcha va yuqorisi shishib turadigan ishton kiygan yosh-yalangga to'lgan edi. Terensga qamma unga tikilib qarayotgandek tuyular, biroq aslida qech kimning u bilan ishi yo'q edi. Atrofda esa unga noma'lum turli atamalarga to'la gangur-gungur suqbatlar qukmron edi.
- U 26-angarni topib, unga yaqinlashishidan oldin bnr qancha daqiqa kutib turdi. Uning uchun, angar ichiga kirganda, qo'shni angarda Alster Dimonni taniydigan biror kimsa bo'lishi va uning Dimon yaxtasiga chiqib olgan Terensni ko'rib qolib, qayratga tushishi aslo kerak emas edi,
Niqoyat, u uzun-uzun yaxtalar cho'zilib turgan angarga kirdi.
Xo'sh, endi nima qilsin?
Oxirgi 12 soat ichida u uch kishini o'ldirdi. U avvaliga Florina rezidentligidan nazoratchilikka, so'ngra Skvayrlikka ko'tarildi. Pastki Shahardan Yuqoriga, Yuqoridan esa Fazo bekatiga bordi. Barcha belgilarga qaraganda, uning yaxtasi, Galaktikaning mana shu qismidagi har qanday sayyoraga bexavotir eltuvchi, ishonchli kemasi bor.
Biroq, boshqa muammo ham bor.
U yaxta boshqarishni bilmaydi.
U juda charchagan va o'lguday och edi. Bu yerga kelishga keldi, lekin endi nima qilsin? U fazo chegarasida turibdn, biroq u yog'iga qanday o'tsin?
Hozirgi damda nazoratchilar Pastki Shaharni titi-piti qilib, Terensning u yerda yo'q ekanligiga ishonch hossh qilishgandir. Florinalik qam jur'at etishi mumkin ekan, degan fikr ularning qovoq kallalariga kelgach, Yuqorini qidirishga tushishadi. Kuydirilgan jasadni topishgach esa, qidiruv yangi yo'nalishga o'tadi - nazoratchilar soxta Skvayrni izlashni boshlashadi. Va uni topadilar. U boshi berk ko'chaning eng oxiriga borib, devorga orqasi bilan suyanib oladi-da, kuta boshlaydi. Uning qo'lidan faqat shu keladi: kutish, kutish… to quvayotganlarningtovushlari balandroq, yana balandroq chiqquncha va iskovichlar oxir-oqibatda unga tashlangunlariga qadar kutish.
36 soat ilgari ixtiyorida uning butun qayotidagi eng buyuk imkoniyat mavjud edi. Endi bu imkoniyat yo'q. Tez orada esa hayoti qam yo'qlik girdobiga cho'kadi.
KAPITAN
- Xonim, sizning ular bilan yolg'iz qolishingiz, menimcha nojoiz.
- Ularda qurol bormi, kapitan?
- Yo'q, albatta. Biroq, ular o'zlarini yaxshi tutadilar deb o'ylash qam to'g'ri emas.
- Yo'qsa nega ularni qo'rqityapsiz? Siz u bechoralarni to'pponcha taqqan davangir fazogirlar orasiga tiqib qo'yganingizni men aslo unutmayman.
- Agar otangiz, men sizni ikki ashaddiy jinoyatchi oldida qo'riqchilarsiz qo'yib qo'yganimni bilib qolsalar, men nima degan odam bo'laman, xonim?
- Ashaddiy jinoyatchi! Yo Buyuk Koinot!
O'z sayyorasidan qochmoqchi bo'lgan va kelib-kelib Sarkka uchayotgan kemaga berkinib olgan ikki bechora darvish ashaddiy jinoyatchi bo'ldimi?!
Kapitan bo'shashdi.
- Mayli, xonim. Lekin bu suhbatda qech bo'lmaganda men o'zim qatnashishim zarur. Men - to'pponcha taqqan uch davangir yigit emasman. Aks holda… - U o'z tovushiga qat'iylik ohanglarini qo'shdi. - Aks holda. men iltimosingizni qondira olmayman.
- Juda soz. Lekin, bilib qo'ying, ular sizni deb ochiq-yoriq gapirisha olishmasa, yana biron-bir kemada kapitanlik qilaman deb umid qilmang. Men buning oldini olib qo'yaman.* * *
Samiya bo'lmaga kirishi bilan, Valona tezda Rikning ko'zlarini berkitdi.
- Uning esi past, xonim. U sizning Oliyzot Xonim ekanligingizni bilmaydi. U sizga tik qarashi mumkin.
- Siz florinalikmisiz, yaxshi qiz? - so'radi Samiya.
Valona bosh chayqadi.
- Biz Voteksdanmiz.
- Siz cho'chimang. Florinalik bo'lsangiz ham hech kim sizni xafa qilmaydi.
- Biz votekslikmiz.
- U holda nega yigitning ko'zlarinn berkitdingiz?
- Oliyzot Xonimga tik qarash mumkin emas.
- Votekslik bo'lsa hammi?
Valona indamadi.
- Faqat florinaliklarga Oliyzot Xonimga tik qarash mumkin emas. Demak, siz florinalik ekanligingizni tan oldingiz.
Valona jonholatda so'z qotdi:
- U florinalik emas!
- Siz-chi?
- Men florinalikman. U - yo'q. Unga hech narsa qilmang! U chindan ham bizning sayyoralik emas. Uni kunlardan bir kun Florinadan topib olishgan. Men uning qayerlik ekanini bilmayman, lekin u florinalik emas.
Samiya hayrat bilan boqdi.
- Yaxshi, men u bilan so'zlashib ko'raman. Yaxshi yigit, ismingiz nima?
- Rik. Menimcha, Rik.
- Siz florinalikmisiz?
- Yo'q. Men kemada edim. Men bu yerlarga boshqa joylardan kelganman. - Rik nigohini Samiyadan uzolmas, biroq qiz bilan birga kichkinagina shinam kemani ko'rayotgandek edi. - Men Florinaga kemada kelganman, avvallari esa o'zga sayyorada yashaganman.
- Qaysi sayyorada?
Esdaliklar juda tor xayol tomirlari bo'ylab og'rinib kelardilar. Nihoyat, Rik qichqirib yubordi, bu qichqiriqdan o'zi ham quvnab ketdi.
- Yer! Men Yerdan kelganman!
Rik Valonaga qayrilib, uning tirsaklaridan ushlab oldi.
- Lona, ularga ayt, men Yerdan kelganman! Ha, ha! Yerdan kelganman.
Xavotirga tushgan Valonaning ko'zlari kattalashdi.
- Xonim, biz uni topib olganimizda umuman esi yo'q edi. U yurishni ham, gapirishni ham, kiyinishni ham bilmasdi. Hech nima qilolmasdi. O'sha paytdan beri astasekin eslab, yodiga tushirib kelyapti. - Qiz cho'chinqirab kapitanga qarab qo'ydi.
- Unnng Yerdan kelganligi haqiqatmikan?
- Bu juda g'aroyib hodisa, - dedi Samiya ayollarga xos romantik ruhga berilar ekan. - Ishonchim komil… Yaxshi qiz, nega u topilganda bunchalik ojiz bo'lgan? U yaradormidi?
- Hakimning aytishicha, Rik ruhiyat zondi ta'siriga uchratilgan.
- Ruhiyat zondi! - Samiya yengil jirkanish hislarinn tuydi. - Demak, u jinni bo'lganmi? U o'rnidan turib, ishonchsizlik bilan Rikka qaradi.
Rik sapchib o'rnidan turib ketdi.
- To'xtang.
- Xonim, iltimos. Hamma narsa aniqlaqdi, - dedi kapitan, etsshkni ochar ekan. - Yigntlarim ularni tinchlantirishadi,
- Xonim! Xonim! - qichqirdi Rik. - Men buni isbotlashim mumkin! Men Yerlikman!
Samiya ikkilanib to'xtadi.
- Eshitaylik-chi, u nima derkin.
Rik qizarib ketgan, qattiq hayajonda edi. U eslashga tirishayotganidan lablari jilmayayotgandek holda qotib qolgandi.
- Yer mening yodimda. U radioaktiv edi. Ta'qiq Nohiyalari va tunlari ufqda jilolanuvchi zangori yog'dular ham esimda. Tuproq nurlangan, hech narsa o'smasdi. Odamlar yashashi uchun juda kam joy qolgandi. Xuddi mana shuning uchun men koinot tadqiqotchisi bo'lgandim. Mana shuning uchun doimofazo qa'rida edim. Chunki sayyora jonsiz edi.
- Ketdik, kapitan. U aldayapti, - dedi Samiya.
Biroq, kapitan Reysti og'zini ochgancha, qotib qolgandi,
- Radiaktiv sayyora? - g'o'ldiradi u, - u bu narsalarni qayerdan bilganiykin?
- Sayyora qanday qilib radioaktiv va kimsasiz bo'lib qolishi mumkin? - hayron bo'ldi Samiya.
- Xudsi shunday sayyora mavjud. UYer.
- U - Yer! - dedi Rik ham ishonch va g'urur bilan. - Galaktikadagi eng qadimiy makoi. Insoniyat mana shu sayyorada vujudga kelgan.
- Xuddi shunday! - shivirladi kapitan. U to'satdan Rikka yaqinlashdi.
- Yana nimalar yodingda bor?
- Asosan - kema, - dedi Rik, - va koinot tadqiqi.
- Demak, bu gaplar rostmi? - dedi qamon qayrati tarqalmagan Samiya, - u holda, nega unga ruhiyat zondi bilan ta'sir ko'rsatishgan?
- Xo'sh, o'zga sayyoralikmisan yoki boshqamisan, menga ayt-chi! - dedi kapitan Reysti. - Seni nega ruhiyat zondi ta'siriga duchor qilshygan?
Rik xijolat tortgandek yerga boqdi.
- Hammangiz shu gapni aytayapsiz. Hattoki Lona ham. Men bu ifoda qanday ma'no anglatishini ham bilmayman… Men kemada edim… Katta xavf mavjudligini aniqladim. Ishonchim komil. Bu xavf Florinaga yo'nalgan edi, boshqa narsalar esimda yo'q.
- Sayyoraga yo'nalgan xavf? - Samiya nigohini kapitanga qaratdi,
- Ha, Oqimlarda xavf bor edi.
- Qanday oqimlarda? - so'radi kapitan.
- Koinot oqimlarida.
Kapitan ikki qo'lini keng yoydi-da, pastga tushirdi.
- Bu g'irt aqlsizlik!
- Yo'q, yo'q! Mayli, davom etsin! - Samiyaning ko'zlari chaqnar, og'zi xiyol ochilib qolgandi. - Koinot oqimlari nima degani?
- Turli elementlar, - mavhum javob berdi Rik. U yaqinda bu narsani Valonaga tushuntirgandi. Yana qaytargisi kelmadi. U kelayotgan fikrlarni tez-tez, palapartish Q1shib tushuntirishga inpshdi:
- Men Sarkdagi mahalliy idoraga xabar yubordim. Bu mening aniq esimda. Florinaga katta xavf yo'nalgandi. Ha. Faqat Florinaga emas, butun Galaktikaga. Juda ehtiyotkorlik zarur edi,
- Negadir, - davom etdi u, - mening xabarim Sarkdagi qandaydir bir xizmatchi qo'liga tushibdi. Bilmadim, bu qanday ro'y berdi ekan. Lekin katta anglashiimovchilik bo'lgan… Men xabarni mahalliy Byuroga maxsus to'lqin uzunligida yuborga* nimga ishonchim komil edi. Siz nima deb o'ylaysiz, subradio to'lqinlarini boshqalar tutishi mumkinmi? - Rik «subradno» degan so'zni osongina eslaganiga ortiqcha ajablanmadi. - Har holda, men Sarkka qo'nganimda, kutib turishgan ekan.
U uzoq va chuqur o'yga cho'mdi. Kapitan bu sukutni buzmadi.
- Kim kutib turgan ekan? Kim? - so'radi chidolmay Samiya.
- Bil… bilmadim. Eslay olmayapman. Bu uchrashuv Byuroda ro'y bermagandi. Sarkshshg boshqa bir yerida edi. U kishi bxshan so'zlashganim esimda. Uning xavfdan xabari bor edi. U xuddi shu haqda gapirdi. Ishonchim komil. Biz stol atrofida o'tirdik. Stol mening yodimda. U menga qarama-qarshi tomonda o'tirardi. Bularning hammasi Koinot singari aniq-taniq esimda. Biz so'zlashardik. Nazarimda, men mufassal javob berishni istamadim. Ishonchim komil. Men avval Byuroda gapirmoqchi bo'lgandim. O'shanda u…
- Nima qildi? - shoshirdi Rikni Samnya.
- U nimadir qildi. U… Yo'q, bu yog'i yodimda emas. Hech narsa eslolmayapman!
Rik oxirgi ifodani qichqirib aytdi va hamma sukutga cho'mdi. Lekin sukunatni kapitanning qo'lidagi aloqa qurilmasining g'ing'illashi buzdi.
- Kapitan uchun Sarkdan xabar bor. O'ta maxfiy. Shaxsan qabul qilinsin.
Aloqa qurilmasidan qizil rangdagi harflar bitilgan yupqa va shaffof zarqog'oz ohista chiqa boshladi. Samiya kapntanning qo'liga engashdi.
«Ikki florinalik berkinib, noqonuniy ravishda kemangizga chiqib olishgan.
Ularni tezda ushlang. Ularning biri o'zini florinalik bo'lmagan koinot tadqiqotchisi deb tanishtiradi. Ularga nisbatan hech qanday chora ko'rmang. Siz bu odamlarga boshingiz bilan javob berasiz. Ularni xavfsizlik xizmatiga topshnrishingiz lozim. O'ta maxfiy. O'ta shoshilinch».
IZQUVAR
To'rt Buyuk Skvayr - hammalari Skvayr Fayfga turlicha nigoh bgshan qaradilar. Bort - jahl aralash, Rune - kulimsirab, Balle - afsuslanib, Stin - cho'chinqiragan qolda.
Birinchi bo'lib Rune gap boshladi:
- Davlatga xiyonat! Siz bizni bu ifoda bilan qo'rqitmoqchimisiz? Aniqroq ayting! Kimga xiyonat qilinibdi? Bortgami? Mengami? Kim qanday xnyonatga yo'l qo'yibdi? Butun Sark haqqi, Fayf, bunday majlislar mening halovatimni, uyqumni buzyapti?
- Mendagi ma'lumotlar bir umrga sizni beuyqu qilib qo'yishi mumkin, - javob berdi Fayf. - Men biror kimsaga nisbatan bo'lgan xiyonatni emas, Rune, Sarkka qilingan xiyonatni ko'zda tutyapman.
- Sarkka xiyonat? - dedi Bort. - Sark degani nima, u axir, - biz emasmi?
- Uni nima desangiz - deng. Odsiy sarkliklar ishonuvchi biror so'z bilan atang.
- Men tushunolmayapman, - iqradi Stin. - Siz hammangiz bir-biringizga gap bermaslik payidasiz. Yetar, bas! Bu safsatabozlikni Gshg'ishtiraylik.
- Men Stinning taklifiga qo'shilaman, - dedi Balle.
Fayf so'z qotdi:
- Men sizga bor gapni aytishni istayman. Siz Florinada ro'y bergan tartibsizliklar to'g'risida eshitgan bo'lsangiz kerak. Demak…
Kutilmaganda koinot tadqiqiga oid kitoblar talab qilingan. Keyin katta yoshli nazoratchiga hujum qilingan. Uning bosh suyagi pachoqlanib, ikki soat o'tgach, vafot etgan. Jinoyatchilar iziga tushilgach, ular Trantor josusining xilvatgohi oldida g'oyib bo'lishgan. So'ngra yana bir nazoratchi o'ldirilgan, qotil uning kiyimini egallab qochgan, bir necha soat o'tgach, o'z navbatida Trantor josusi ham yo'q qilingan.
- Agar eng oxirgi axborotni eshitmoqchi bo'lsangiz, - dedi Fayf nutqini tugatishga taraddudlanar ekan, - bu arzimas xabarlarga mana buni qam qo'shib qo'ying: bir necha soat ilgari Florinadagi istirohat bog'ida jasad, aniqrog'i, jasad qoldiqlari topilgan.
Menda suyaklar tuzilishini tadqiq qilgan hakimlarning ilmiy xulosasi bor. Suyaklar nazoratchnning ham emas, florinalikniki ham emas. Ular sarklik kishiniki.
Stin qichqirib yubordi:«Balle!» Balle xiralashib qolgan ko'zlarini katta-katta ochdi; Runening o'z qiyofasi joylashgan to'g'ri to'rt burchakli hajmga qandaydir jilva bag'ishlab turgan tilla tishlari lablari ortiga berkindi. Bort esa qotib qolganga o'xshardi.
- Davom etaman, - dedi Fayf. - Sarklikni o'ldirgan odam, u yerda qolgan kulni o'sha sarklikning yondirilgan kiyim-kechaklari qoddig'i va qotillikni o'z joniga qasd qshish yoxud qandaydir dushmanlik natijasi deb o'ylashsin, degan umidda bo'lgan. Kul tarkibini tadqiq qilish sarkliklarshshg kirtdan tikilgan kiyimini nazoratchtsharning sellyulitdan iborat maxsus kiyimidan farqlab berishi mumkinligini qotil bilmagan.
Demak, Yuqori shaharning qayeridadir sarklik kiyimidagi Rezident berkinib yotibdi. Bu florinalik nazoratchi qiyofasida uzoq yurish xavf-xatardan holi etmasligini sezib, Skvayr qiyofasiga kirgan. Bu ishni o'zi amalga oshira olishi mumkin bo'lgan yagona usul bilan bajargan.
- U qo'lga tushganmi? - xirilladi Bort.
- Yo'q, hali ushlanmagan.
- Nega? Sark haqqi, nega?
- U qo'lga tushadi, - dedi befarqlik bilan Fayf. - Hozir bizning muhimroq ishlarimiz bor. Uning jinoyati boshqa muammolar oldida holva.
- Maqsadga o'ting! - talab qildi Rik.
- Sabr tagi - sariq oltin. Avvalo ayting-chi, o'tgan yili koinot tadqiqotchisining Yo'qolgani esingizdami? Bu hodisalar bir-biriga bog'liq. Hamma ish Florina kutubxonasidan koinot tadqiqiga oid kitoblarni so'rashdan boshlandi-ku. Men kutubxonadagi mojaroda qatnashgan uch kishini tasvirlashdan boshlamoqchiman, so'zlarimni bo'lmay turishingizni iltimos qilaman.
Birinchisi- Rezndent. Uchlikning engxavflisi. Sarkdaga xizmati bo'yicha ishonchli va idrokli kimsa degan fikr uyg'otgan. Afsuski, u o'z iste'dodini bizga qarshi ishlatibdi. To'rt kishining o'limiga, shubhasiz, u aybdor. Har qanday kimsa uchun yuqori natija.
Ikkinchi shaxsayol kishi. U oddiy mehnatkash, chiroyli emas va savodsizroq. Biroq, uning ota-onasi, agar esingizda bo'lsa, bundan yigirma yil ilgari osonlik bilan bostirilgan kulgili dehqonlar fitnasini uyushtirgan «Kirt dillari» ning a'zosi edi. Endi esa eng g'aroyib hisoblanuvchi uchinchi kishiga o'taman.
Biz faqat oxirgi o'n yarim oy mobaynidagi hayoti to'g'risida ma'lumotga egamiz. U Florina paytaxti yaqinidagi qishloqdan g'irt telba holida topib olingan. U yurishni, gapirishni, hattoki ovqat yeyishni bilmas edi.
Uning koinot tadqihotchisi yo'holgandan so'ng bir necha hafta o'tgach paydo bo'lganiga diqqat qiling. Uning bir necha oy davomida gapirishga va hatto kirt fabrikasida ishlashga o'rganib olganiga ham e'tibor bering. Qaysi telba bunday tez eshushini yig'ib oladi? Buning sababi bitta - u ruhiyat zondi ta'siriga uchragan.
Bu ishni faqat Sarkda yoki Florinadagi Yuqori shaharda bajarish mumkin. Tadqiqotning to'liq bo'lishi uchun Yuqori shahardagi barcha tabobatxonalar tekshirib chiqilgan. Shundan so'ng odamlarimizdan biri manavi telba paydo bo'lgandan keyin vafot etgan barcha hakimlarning yozuvlarini qarab chiqish ham lozim, degan fikrga kelgan. Men bu odamning yuqoriroq lavozimga ko'tarilishiga yordam beraman.
Tabobatxonalarning birida telba haqidagi yozuvlarni topdik. U olti oy ilgari sog'lig'ini tekshirtirish uchun olnb kelingan. Uni uchlikdagi ikkinchi kishi - ayol olib kelgan. Bu xufiyona qilingan bo'lsa kerak. Hakim telbani tekshirib, uning ruhiyat zondi ta'sirida ekanligini aniqlagan.
Shu yerda qiziq bir holat bor. Hakim Yuqori va Pastki shaharlarda ham tabobatxona ochganlarning biri edi. Bu xayolparast mahalliy aholi ham birinchi darajali tibbiy yordamga loyiq deb hisoblagan.
U haddan tashqari pishiq-puxta bo'lgani uchun ikkala tabobatxonaga, qaytaraman, ikkala tabobatxonaga keluvchilar haqidagi ma'lumotlarni, ularning florinalik yoxud sarklik bo'lishlaridan qat'iy nazar, erinmay yozib borgan. Xullas, boyagi aytgan odamimiz bir tabobatxonadagi yozuvlarni ikkinchi tabobatxonadagi nusxalari bilansolishtirgan. Natija qanday deysizmi? Anavi telba haqidagi yozuvning nusxasi topilmagan! Bu yozuv Yuqori shahar tabobatxonasidagina mavjud bo'lgan. Pastkida-chi? O'sha odam florinalik edi, chunki uni florinalik ayol olib kelgan, u sog'lig'ini Pastki shaharda tekshirtirgan - bularning barchasi daftarga bitilgan. Endi savol tug'iladi: bu yozuvning u yerdagi nusxasi qayerda?
Bunga faqat birgana javob berilishi mumkin. Kimdir uning boshqa nusxasi borligini bilmay turib Yo'q qilgan. Bu haqda keyinroq so'z ochaman…
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Koinot oqimlari - 6
  • Parts
  • Koinot oqimlari - 1
    Total number of words is 3792
    Total number of unique words is 1959
    34.2 of words are in the 2000 most common words
    49.6 of words are in the 5000 most common words
    59.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 2
    Total number of words is 3779
    Total number of unique words is 1940
    32.7 of words are in the 2000 most common words
    49.1 of words are in the 5000 most common words
    58.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 3
    Total number of words is 3729
    Total number of unique words is 2028
    32.2 of words are in the 2000 most common words
    48.0 of words are in the 5000 most common words
    56.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 4
    Total number of words is 3718
    Total number of unique words is 1974
    32.0 of words are in the 2000 most common words
    47.5 of words are in the 5000 most common words
    56.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 5
    Total number of words is 3812
    Total number of unique words is 1950
    32.2 of words are in the 2000 most common words
    49.0 of words are in the 5000 most common words
    58.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 6
    Total number of words is 3779
    Total number of unique words is 2021
    30.4 of words are in the 2000 most common words
    45.4 of words are in the 5000 most common words
    54.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 7
    Total number of words is 3828
    Total number of unique words is 1811
    33.7 of words are in the 2000 most common words
    50.3 of words are in the 5000 most common words
    59.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 8
    Total number of words is 2482
    Total number of unique words is 1300
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    48.7 of words are in the 5000 most common words
    58.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.