Koinot oqimlari - 4

Total number of words is 3718
Total number of unique words is 1974
32.0 of words are in the 2000 most common words
47.5 of words are in the 5000 most common words
56.2 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Rik qizning baribir hech narsa anglay olmasligini bilardi, lekin gapirishni istardi. U ko'rgan-kechirganlarini eslashni, eslay olishidan lazzatlanishni xohlardi.
Bilasanmi, Butun Olam yuzlab turli modsalardan tashkil topgan. Biz bu moddalarni elementlar deb ataymiz. Temir ham, mis ham- elementlardir.
- Men ularni metall deb o'ylardim.
- Juda to'g'ri, lekin ular bundan tashqari element hamdir. Kislorod, azot, utlerod, palladiy - hammasi ham element. Lekin, borliqsa eng asosiy element - vodorod va geliydir. Ular juda odsiy tuzilganlar hamda juda ko'p uchraydilar.
- Bu haqsa ilgari hech eshitmagandim, - dedi Valona.
- Butun Olamning to'qson besh foizi vodorodsan iborat, qolganining asosiy qismi esa - geliy. Hattoki, fazoda ham xuddi shunday.
- Men bir paytlar, - dedi Valona, - fazoni bo'shliq deb eshitgandim. U yerda hech narsa yo'q ekan. Shu to'g'rimi?
- Unchalik to'g'ri emas. Deyarli hech narsa yo'q desa bo'ladi. Men koinot tadqiqotchisi bo'lganman, buning ma'nisi shuki, men fazo qa'rida kezar ekanman, undagi elementlardan oz miqdorda olib, ularni tekshirardim. Ularda qancha vodorod, qancha geliy va boshqa elementlar borligini aniqyaardim.
- Nega?
- Chunki elementlar fazoda turli miqsorda tarqalgan. Ba'zi joylarda geliy ko'p bo'lsa, boshqa makonda natriy mo'lroq va hokazo. Ana shunday maxsus tarkibli to'planmalar fazoda oqib yuradilar. Bular koinot oqimlari deyiladi. Agar ularning xususiyati va yo'nalishi o'rganilsa, Butun Olamning kelib chiqishi hamda rivojlanishni tasavvur etish mumkin.
- Buni qanday bilish mumkin?
Rik ikkilandi.
- Hech kim aniq aytolmaydi… - Shu tobda uning bilimlarga cho'mgan ongi yayrar, Rik ularning tugab qolishidan cho'chigancha so'zida davom etardi. - Keyin biz Gallaktikaning hamma joyidagi zichlikni, 5tni koinot gazi quyuqligini aniqlaymiz, bu kemalarning giperfazodagi sakrashini oldindan belgilash uchun zarur. Nihoyat… - u gapirishdan to'xtadi.
Valona diqqat bilan davomini kutdi. Lekin Rik qotib qolgandek edi. Qorong'ulikda qizning bo'g'iq tovushi eshitildi:
- Rik? Senga nima bo'ldi, Rik?
U indamasdi. Qiz Rikning yelkasidan ushlab silkiy boshladi.
- Rik! Rik!
Shunda hozirgidek bardam, tetik Rik emas, balki ilgarigi g'amgin va ma'yus Rik javob berdi:
- Lona, biz yomon ish qilib qo'ydik.
- Nega? Qanday yomon ish?
- Qochmaslik kerak edi. Bu kemaga ham bekor chiqsik.
Rikning vujudi titrar, uning peshonasini marjonday ter qoplagan, Valona uni artar edi.
- Nega? - so'radi qiz. - Nega?
- Agar Novvoy kuppa-kunduz kuni bizni shaharda olib yurmoqchi bo'lgan ekan, demak, u nazoratchilardan xavfsiramagan. Novvoy otib o'ldirgan nazoratchi esingdami?
- Ha.
- Uning aft-basharasi qanaqa edi?
- Unga qarashga botinmagandim.
- Men esa botingandim, uning yuzida g'alati bir ma'no bor edi. Lekin o'sha damda mulohaza qilib o'tirmagandim…Lona, u nazoratchi emasdi! U - Rezident edi, Lona! U - nazoratchi kiyimidagi Rezident edi!* * *
Achchiqlangan Samiya Fayf qizi xonaning u burchagidan bu burchagiga tez-tez borib kelardi. Uning tim qora sochlari hurpaytirib turmaklangan, baland poshnalar esa bo'yini balatsdroq qilib ko'rsatardi. O'rtasidan bilinar-bilinmas iz tushgan pista dahani titrardi.
- Yo'q, - pichirladi u, - menga nisbatan bunday qilishga haqqi yo'q. Bunga yo'l qo'ymayman… Kapitan!
Uning tovushi keskin va qat'iy jarangladi. Kapitan Reysti kelib ta'zim qildi.
- Xizmat, xonim?
- Menga buyruq berilmasin, - dedi tantanavor ohangda u. - Men yosh bola emasman. O'zimga uzim xo'jayinman. Men shu yerda qolaman.
- Tushuning, xonim, - dedi ehtiyotlik bilan kapitan. - Bu mening buyrug'im emas. Mendan so'rab ham o'tirishgani yo'q. Menga nima qilish lozimligini aytishsi, xolos. Mana buyruq nusxalari.
- Sizning buyruqlaringiz meni qiziqtirmaydi. Samiya qayrildi-da, poshnalarini gez-tez taqillatib undan uzoqpashdi.
Kapigan qizga yetib olib, yumshoqg'dana so'z qotdi:
- Buyruqsa aytilishicha, siz uchishni istamasangiz, meni kechirasiz, sizni kuch ishlatib kemaga olib borishga majburdirman.
- Bunga haqqingiz yo'q! - Qiz keskin u tomonga yuzini burdi.
- Buyruq shundayki, men har qanday ishga tayyor bo'lishim lozim.
Qiz uni tinchlantirishga urindi.
- Kapitan, axir, haqiqiy xavf yo'q. Bu juda kulgili va bema'ni buyruq! Shahar tinch. Bor-yo'g'i, kecha kechqurun kutubxonada bir nazoratchini do'pposlab ketishibdi.
- Boshqa bir nazoratchi bugun ertalab yana o'sha florinaliklar tomonidan o'ldirilgan.
- Ularning menga qanday aloqasi bor? Men nazoratchi emasman.
- Xonim, kema uchishga tayyor. Bir oz o'tirib u parvoz etadi. Shu paytda siz uning ichida bo'lishingiz shart.
- Mening ishim-chi? Tadqiqotchilarim-chi? Siz tushunasizmi o'zi…
Qayoqsan ham tupgunardingiz.
Kapitan indamadi. Qiz teskari o'girildi. Mis rangli, sutdek oppoq kumush sim qo'shib to'qshtgan kirt matosidan tikilgan ko'ylak uning yelkalari, qo'llarining ajib bir do'mboqyaigini, go'zalligini ajratib ko'rsatardi. Kapitan Reysti Oliyzot Xonimga nisbatan odsiy sarklikning nigohida mujassamlashishi shart bo'lgan izzat-ehtirom, yuvvoshlik va hissizlikdan boshqacharoq bir ma'noda nigoh tashladi. U doimo, nega shunday go'zal jonon o'z vaqtini qandaydir ilmiy ishlarga sarflashga chin dildan ajablanardi.
(Davomi kelgusi sonda.)
OLIYZOT XONIM
O amiya bir narsani yaxshi bilardi: Samiya Fayf qizining ilm bilan shug'ullanishiga, Sarkning oqsuyak Oliyzot Xonimlarining asosiy vazifasi - jamiyatda dabdaba bilan ko'zga tashlanib turishi va ikkitadan kam bo'lmagan (lekin ko'p ham emas) sarklik Skvayrni dunyoga keltirishdan iborat, deb biluvchilar g'ijinib boqardilar.
Ular qizning oldiga kelib:
- Samiya, siz haqiqatan ham kitob yozyapsizmi? - deb so'rashardi va ko'rsatishni iltimos qilishardi, so'ng qiqirlab kulardilar.
Bular ayollar edi. Erkaklar esa o'zlarining shirin so'zlari, o'tli nigohlari yoki qizning nozik belidan bir martagina quchib, Samiyani bunday ahmoqgarchilikdan qaytarish hamda uning diqqatini haqiqiy muhim ishlarga jalb etish mumkin, degan aqidalari bilan yanada jirkanchroq ko'rinardilar.
Buning boshlanganiga ancha bo'lgandi. Ko'pchilik kirtni faqat zaruriy narsagina deb hisoblasa-da, Samiya esini tanigandan beri unga butun mehr-muhabbatini bag'ishlagandi. Kirt! Matolar podshohi, hukmdori, xudosi!
Kimyoviy tomondan u faqat sellyulozaning bir turi edi. Kimyogarlar bu haqda hatto qasam ichishlari mumkin edi. Biroq, o'zlarining barcha asbob-uskunalari-yu, nazariyalari bilan nega butun Galaktika qa'ridagi barcha sayyoralar orasida Florinada, faqat Florinada sellyulozaning kirtga aylanishini tushuntirib berolmasdilar. Hamma balo fizik holatda, derdilar ular. Ammo ulardan, kirtning sellyulozadan farqi nima, deb so'rang-chi, og'izlariga talqon solib olardilar.
Qachonlardir u kirt tolalarining jshosidan xayratlanib, o'z enagasidan so'ragandi:
- Ena, nega u yaltirzydi?
- Chunki, u - kirt, Samiya begim.
- Ena, nega boshqa narsalar bunchalik yaltiramaydi?
- Boshqa narsalar kirt emas, Samiya begim.
Xullas, bor savol-javob shunaqa bo'lardi. Bu mavzuga bag'ishlangan ikki jildlik risola uch yilgina avval chop etilgandi. Qiz uni diqqat bilan o'qib chiqdi. Undan chiqarilgan xulosa enaga fikri bilan bir xil edi. Kirt - bu kirt, chunki u kirt.
To'g'ri, kirt o'z-o'zicha yaltiramasdi. maxsus usul qo'llab, to'qilsa, quyosh nurida istalgan rang yoki birato'la kamalakning barcha ranglarida tovlanardi. Boshqa bir usul esa tolaga olmos jilosini berardi. Oddiygina ishlov berish orqali matoni.
Oxiri 600 gradusgacha chidamli va barcha kimyoviy moddalarga nisbatan inert holiga keltirish mumkin edi. Tolalardan yupqa mato to'qish uchun uni o'ta ingichka ipga ham aylantirardilar, bu tolalarning mustaqkamligiga hech bir po'lat qotishma tenglasholmasdi. Odamzotga ma'lum bo'lgan narsalarning ichida kirt o'zining turli-tuman jabhalarda va juda keng qo'llanilishi bilan ajralib turardi. Agar kirt bunchalik bo'lmaganida uni behisob texnika sohalarida qo'llaniluvchi shisha, plastmassa yoki metall o'rniga ishlatish mumkin edi. U optik asboblarda yagona ipli xoch sifatida, giperatomli yuritgichlarda ishlatiluvchi gidroxron qoliplar uchun, xullas, qaysi jabhada temir haddan ziyod mo'rt va og'ir deb hisoblansa, o'sha yerda xizmat qilardi.
Lekin kirt oz edi, juda ham oz edi. Kirt xirmonining asosiy qismi Galaktikadagi eng antiqa kiyimlar tikiluvchi matolarga sarf bo'lardi. Florina millionlab sayyoralardagi aslzodalarni kiyintirardi, shuning uchun yetishtirilgan hosil juda oz-ozdan tarqatilardi.
Samiyaning yoshi ulg'aygach, u otasiga murojaat qildi.
- Dada, kirt nima?
- U - non bilan yog', Samiya.
- Men uchunmi?
- Fakat sen uchun emas, Samiya. U - butun Sark uchun non bilan yog'.
Qiz Galaktikadagi har bir sayyora o'z yerida kirt o'stirishga urinib ko'rganini bilib oldi. Avvaliga, Sark kim kirt urug'ini o'g'irlagan bo'lsa, uni o'lim jazosiga hukm qilish haqida qonun chiqardi. Biroq, bu kontrabandani to'xtatolmadi va Sark qonunni bekor qilish lozimligini anglab yetdi. Endi, har bir kimsa, u qayerdan kelgan bo'lmasin, kirt urug'ini sotib olishi mumkin edi, leknn kirt matosining og'irligi narxida pul to'lashi shart edi. Chunki, Galaktikadagi Florinadan boshqa sayyorada kirt o'rniga oddiygina oppoq, jozibasiz, tolasi bo'sh, befoyda paxta o'sib chiqardi.
Ming xil usul qo'llab ko'rilgandi. Florina tuprog'idan namunalar olindi. Florina quyoshi nurlari spektr[5]ini beruvchi sun'iy yorug'lnk manbalari qurildi. Tuproqlarga Florina bakteriyalari yuqtirildi. Kirt esa pinak buzmay oppoq, jozibasiz, tolasi bo'sh va befoyda bo'lib o'sib chiqaverdi.
Besh Yildirki, Samiya Fayf qizi kirt haqida, ya'ni u o'sayotgan sayyora, uni undirayotgan kishilar to'g'risida kitob bitishni orzu qilardi.
Bu orzu atrofdagilarning masxaraomuz kulgusiga sabab bo'lsa ham, Samiya uchun ezgu niyat edi. U Florinaga uchaman deb turib oldi. Florinada qiz butun mavsumni dalada o'tkazib, so'ngra fabrikadagi ishlarni kuzatmoqchi edi. U istardiki…
Uning nimalarni istash-istamasliganing nima farqi bor? Qizga qaytish buyurilgandi. Hozir uning Sarkka uchishdan bo'lak iloji yo'q. Lekin, - u - Samiya Fayf qizi, Florinaga albatta qaytadi. Balki bir kun, balki ikki kun, balki bir haftadan so'ng!
Samiya, Florina to kichkina ilg'ar-ilg'amas pufakchadek bo'lib ko'ringuncha illyumtgnatordan qarab turdi…* * *
- Xonim, siz o'z bo'lmangizga kirmaysizmi?
Qiz kapitan Reystiga qaradi-da, kinoya bilan javob berdi:
- Kapitan, yana qanday buyruqlar oldingiz? Mabodo, men asira emasmanmi?
- Yo'q, albatta. Bu faqat ehtiyotkorlik. Uchishimiz arafasida fazo bekati negadir bo'm-bo'sh edi. Ehtimol, anavi florinalik yana kimnidir o'ldirgan bo'lsa, fazo bekati bo'linmasi ham nazoratchilarga qo'shilib jinoyatchini qidirayotgandir.
- Bunga mening qanday daxlim bor?
- Menimcha, kemamizga begona shaxslar kirib olishgan.
- Nega?
- Hozircha, bu menga noma'lum.
- Kapitan, siz bularni to'qib chiqaryapsiz.
- Unchalik emas, xonim. Bizning quvvat o'lchagichlarimiz Florina quyoshi burji, ya'ni sayyoraviy masofalar ichida befoyda edi, hozir esa aniq ishlayaptilar va, menimcha, ehtiyot qismlar omboridan ortiqcha issiqlik taralyapti.
- Jiddiy gapiryapsizmi?
- Taralayotgan quvvatning kattaligi, ikki kishi vujudidan chiqishi mumkin bo'lgan issiqlik miqdoriga teng.
- Bu balki, kimdir o'chirishni unutib qo'ygan isitish qurilmasidir.
- Xonim, bizning ehtiyot quvvatlarimiz zarracha ishlatilmagan. Har holda, biz tekshiruv o'tkazishga tayyormiz, biroq avval siz o'z bo'lmangizga kirishingiz kerak.
Qiz indamay bosh irg'adi-da, ichkariga kirib ketdi.* * *
Nazoratchilar kiyimtvdagi Mirlin Terens ko'chada Novvoyni, Nikni va Valonani birga ko'rib qolganida tez va keskin harakat qilish lozimligini angladi. Uning boshqa gshoji yo'q edi: qo'liga qurolni olgan zahoti Novvoy til tortmay, dahshat bilan quladi.
Keyin, xaloyiq orasida g'ala-g'ovur ko'tarilib, Rik bilan Valona olomon ichida yo'qolib ketdilar. Yuqorida esa haqiqiy nazoratchilarning uchar mashinalari kalxatdek charx ura boshladi, u esa nima qilishni bilolmay gangib qoldi.
Avvaliga u Rik bilan Valonaga yetib olmoqchi bo'ldi, biroq bu rejadan tezda voz kechishga to'g'ri keldi. Esini yo'qotgan olomon orasidan o'tib bo'larmidi? Buning ustiga xavf katta, uni birpasda tutib olardgshar! Rezident qarama-qarshi tomonga - novvoyxonaga qarab yo'l oldi.
U erta tongda nazorat stansiyasiga yaqinlashdi. Zerikib o'tirgan yolg'izgina navbatchida bee'tiborlik bilan qaxr-g'azabning aralashmasidan iborat kayfiyat zohir edi. Terensga o'z shaxsini va ish joyini tasdiqlash buyurildi. Rezident cho'ntagidan xujjat o'rniga shahar atrofidagi qandaydir yarim xaroba kulbadan sug'urib olgan playetmassa bo'lagini chiqardi.
U nazoratchining boshiga ana shu bo'lak bilan tushirdi va uning kiyimlari bilan qurolini yechib oldi. U, nazoratchi hushini yo'qotdigina emas, o'lganini ham sezib uncha tashvishlanmadi, chunki shundoq ham jinoyatlari ko'payib qolgandi.
U hamon ozodlikda yurar, nazorat oliy sudining zanglagan mashinasi uni qidirib bekorga g'irchillardi.
Terens novvoyxonaga yaqinlashdi. Novvoyning ostonada turgan keksa yordamchisi nazoratchining dahshatli kiyimini ko'rib, chinqirdi-da, o'zini lip etib do'konga urdi. Rezident unga otilib, un yuqi yoqasidan ushlab tortdi.
- Novvoy kani?
Chol lablarini juftladi-yu, ammo tovush chiqarolmadi.
- Gapir. Ikki daqiqa ilgari men odam o'ldirdim. Yana bir kishini gumdon qilish menga hech gap emas.
- Shafqat qiling, janob! Men bilmayman.
- Bilmasang, o'lasan.
- U menga hech narsa demadi. Men faqat uning Voteks va qandaydir fazoviy kema to'g'risida gapirganini eshitib qoldim.
Terens uni itarib yubordi.
Demak, Novvoy ularga patta olib bergan. Kema kutib turadi. Rik boshan Valona o'sha yoqqa yo'l olishgan. Bormasliklarining iloji yo'q. Ammo qanday qilib u - Rezident kuppa-kunduzi fazo bekatiga boradi?… Vaziyat juda mushkul edi. Agar u Rikdan, ya'ni Sark istibdodiga qaratilgan katta qudratli quroldan ayrilsa, uning hayoti sarkliklar uchun pashsha umridek arzimas bo'lib qoladi. Shuning uchun qozir eng ahamiyatlisi Rik…
Shuning uchun, u nazoratchilar o'zlari kabi kiyingan kimsani qidirishayotgan, qavo mashinalari hamon uchib yurishgan bo'lsa-da, aslo qayajonlanmay ko'chaga chiqdi.
Terensning manzili ma'lum edi. Florinaning fazo bekatlari orasida faqat bittaginasi oddiy sayohatchilarga, kambag'alroq sarkliklarga, florinalik xizmatchilarga va Florinaga ruxsat olishga muvaffaq bo'lgan o'zga sayyoraliklarga mo'ljallangan.
Bekat darbozasi yonida turgan tekshiruvchi yaqinlashib kelayotgan Terensga qiziqsinib qarab turardi.
- Salom, janob, - dedi u. Uning tovushida jur'atsizlik oqangi sezilib turardi. - Shaharda katta g'alayon bo'lyaptimi?
Terens qarmoqqa ilinmadi. U shlyapasining qayrilgan ayvonini pastroqqa tushirib, ko'ylagining yuqori tugmasini taqib oldi.
- Bu yerdan Voteksga yo'l olgan ikki kishi - erkak va ayol o'tmadimi? - so'radi u do'q aralash.
Tekshiruvchi hayratga tushdi. U bir tomoq qirib oldi-da, itoatkorona so'z qotdi:
- O'tdi, ofitser. Yarim soatcha bo'ldi. Balki undan kamroqdir. - U birdan qizardi. - Ularning anavi… ishlarga aloqasi yo'qmi? Ofitser, ularning pattasi joyida edi. Men begonalarni tegishli ruxsatnomasiz o'tkazmayman.
Terens unga boshqa e'tibor qilmadi. Tegishli ruxsatnoma! Novvoy uni bir kechada topibdi. O, Galaktika, o'yladi u, Trantorning josuslari Sark ma'muriyati orasiga shunchalik kirib olganmi?
- Ularning ismi qanday ekan?
- Xaret va Xansa Barn.
- Kema uchib ketdimi? Tez ayt!
- Yo'q, janob.
- U qaysi maydonda?
- O'n yettinchida.
Kemaning asosiy eshigi oldnda ofitser kiyimndagi sayyoralararo parvoz xizmatchisi turardi. Terens qarsnllab nafas olar ekan, xizmatchini savolga tutdi:
- Kemaga Xaret va Xansa Bern chiqishdimi?
- Yo'q, chiqishmadi, - dedi sovuqqonlik bilan ofitser, U sarklik bo'lgani uchun nazoratchi - bor-yo'g'i maxsus kiyimli oddiy odam edi.
- Nahotki, chiqishmagan bo'lsa? - betoqatlik bilan qayta so'radi Terens.
- Aytdim bor gapni. Biz ularnn kutmaymiz. Kema jadval bo'yicha uchadi.
Terens yana tekshiruvchining yoniga qaytdi.
- Ular uchib ketishdimi?
- Uchib ketishdi? Kim, o'zi ular, janob?
- Barnlar. Voteksdan kelganlar. Ular kemaga chiqishmabdi. Orqaga qaytib ketishmadimi?
- Bu yerdan qech kim chiqmadi, janob!
- Ular o'tib ketishgan paytdan beri biron-bir kema uchmadimi?
Tekshiruvchi jadvalga qaradi.
- Uchdi, - dedi u. - «Dovyurak» kemasi. - Va tutoqib turgan nazoratchining kayfiyatini yaxshilash niyatida qo'shimcha ma'lumot berdi. - «Dovyurak» maxsus reys bilan Oliyzot Samiya Fayf qizini Florinadan Sarkka olib ketyapti.
Terens shoshilmay nari ketdi. Umuman iloji yo'q ishlarni amalga oshirsang, boshqa har qanday mo''jiza haqiqatga aylanadi. Rik bilan Valona fazo bekatiga kirishgan. Ular qo'lga tushishmagan, aks holda buni tekshiruvchi bilgan bo'lardi. Ular pattalariga yozilgan kemaga chiqishmagan. Ular bekatdan ham qaytib o'tishmagan. O'sha damdan beri uchgan yakka-yu yagona kema - «Dovyurak». Demak, Rik va Valona o'sha kemaga chiqib olishgan. Ular yo asirga tushishgan, yo berkinib yotishibdi.
Ikkala taxminning ma'nosi bir. Agar ular berkinishgan bo'lishsa ham, baribir tez orada asirga aylanardmar. Zamonaviy kemalarga yashirinib olishning iloji yo'qligini faqat florinalik dehqon qiz bilan esi oqqan kishigina bilmaydi. Ammo, eng ha{1ratlanarlisi shuki, ular shuncha fazoviy kemalarning ichidan kelibkelib Skvanr Fayfnnng qizi uchayotganini tanlashibdi!
SKVAYR
Skvayr Fayf Sarkning eng birinchi kishisi edi, shuning uchun tikka turishni yoqtirmasdi. Uning yelkalari keng, boshi, shubhasiz, katta bo'lib, faqat oyoqlari kalta edi, oyoqlar katta og'irlikni ko'tarib yurganliklari uchun lapanglardi.
Xuddi shuning uchun Buyuk Skvayr stol ortida o'tirar, uni boshqa qolatda qizi, shaxsiy xizmatkori, to vafotiga qadar, xotinidan bo'lak hech kim ko'rmagan edi.
Skvayr o'zini boshqalarga faqat shu alfozda ko'rsatardi. Uning yuzida biron-bir ifoda sezilmas, kalta-kalta barmoqli katta va kuchli qo'llari sirti silliq, usti bo'm-bo'sh - na qog'oz, na eshitish asbobi, na bir bezak qo'yilgan stol qirrasini ohista ushlab turardi.
U o'zining rangpar, baliq go'shtidek oppoq yuzli kotibiga faqat mexanik yordamchilar va florinalik xizmatchilarga nisbatan ishlatiladigan maxsus, hissiz ohangda so'z qotdi:
- Xo'sh, takliflarimning hammasi qabul qilindimi?
Kotib ham xuddi shundek hissizlik bilan javob berdi:
- Skvayr Bort aytdiki, avvalgi ishlar yuzasidan olgan majburiyatlari uni soat uchdan oldinroq kelishga imkon bermas ekan.
- Siz unga qanday javob qildingiz?
- Bu maqsadga aslo muvofiq kelmaydi, dedim.
- Natija qanday bo'ldi?
- U o'z vaqtida shu yerda bo'ladi, janob. Boshqalar esa so'zsiz rozilik bildirishdi.
Fayf jilmaydi. Buyuk Skvayrlar o'z mustaqilliklarini juda e'zozlaydilar.
U kuta boshladi. Xona katta- joy hammaga yetardi. Ushoqdekkina radioaktiv nurlanish uchqunchasiga ega bo'lgan, ming yildan beri to'xtamagan katta vaqt o'lchagich - xronometr sovuqqonlik bilan aniq vaqtni ko'rsatib turardi.
Ming Gshl ichida u nimalarni ko'rmadi. U o'zining birinchi daqiqalarini sanayotganda, Sark - shaharlari inson qo'li bilan qurilgan, eski sayyoralar orasida o'zining shubhali aloqalari mavjudligi bilan ajralib turgan yangi oshiyon edi. Vaqt o'lchagich o'sha paytlarda g'ishtdan qurilgan eski binoning devorida osng'liq turardi, u g'ishtlar allaqachon uvalanib, tuproqqa qorishib ketgan. Bu orada Sarkning askarlari besh-oltita qo'shni sayyoralarni bosib oldi, bir qancha vaqt ular ustidan hukmronlik qildilar. Besh yuz yil avval, u tinch davrni o'lchayotgan vaqtda, Sark o'ziga eng yaqin sayyora bo'lgan Florinada hisobsiz boylik mavjudligini kashf qildi. So'ngra ikkita muvaffaqiyatli urush ro'y berdi va tantanali ravishda g'alaba sulhiga qo'l qo'yildi. Sark o'zining boshqa mustamlakalaridan voz kechib, bor changalini Florinaga botirdi, natijada u shunchalik buyuk kuchga aylandiki, hattoTrantor ham bas kelolmay qoldi.
Florina barcha davlatlarga, shuningdek, Trantorga ham kerak edi. O'tgan bir necha yuz yilliklar mobaynida Florina - koinotdan turli ochko'z qo'llar intilayotgan yog'liq o'ljaga aylandi. Uni birinchi bo'lib Sark changalladi. Sark bu o'ljani qo'ldan chiqarishdan ko'ra, But'n Galaktika Urushini boshlashga tayyor edi.
Trantor buni bilardi!
Vaqt o'lchagichning bir tekisdagi unsiz maqomi Skvayrning ongida xuddi shu naqarotni qaytarayotgandek edi.
Vaqt- 2.23 edi.* * *
Bir yilcha avval ham bu boshliqning uchrashuvi bo'lib o'tgandi. O'shanda, Sayyora yuzasidagi qit'alarga egalik qilayotgan Skvayrlar hozirgidek uch o'lchamli tasvirda uchrashgandilar.
Skvayr Runening haqiqiy vujudi hozirgi paytda sayyora shari yuzasining qarama-qarshi tomonidagi tun qa'riga cho'kkan yagona qit'ada edi. Fayfning katta xonasida uning tasvirini o'rab turgan to'g'ri to'rt burchak shakldagi fazo tibbiy yorug'likka nisbatan sovuqroq nur bilan yoritilgandi.
Bu katta xonada haqiqiy vujudi yoki tasviri bilan Sarkning barcha egalari yig'ilgandi. Rune - xo'ppa semiz, qip-qizil, ustiga-ustak, kal edi. Balle esa sochlari oq, yuzlarini ajin bosgan, qoqsuyak odam edi. Stinning upa-elik surtilgan, bir oz qizartirilgan yuzlarida kuchdan qolgan, biroq o'zini bardam ko'rsatishga urinayotgan odamning jonsiz tabassumi mung'ayib turar, Bort bo'lsa o'zining ikki kundan beri olinmagan soqoli va iflos tirnoqlari bilan sarishtalikka yoqimsiz darajadagi befarqlik bilan qaraydigan kimsa tasavvurini berardi.
Beshovlon Buyuk Skvayr edi.
Ular Sarkdagi uch pog'onali boshqaruv kuchlarining eng yuqorisi hisoblanardilar. Pastkisi - Florinaning Fuqarolik Xizmati - eng mustahkam hisoblanib, Sarkdagi ayrim oliyzot xonadonlarning muvaffaqiyatlari yoki inqirozlari unga ta'sir o'tkazmas edi. Aslini olganda ayni shu Xizmat boshqaruv o'qini moylab, g'ildiragini aylantirardi. Undan yuqorida, otameros qoluvchi Davlat Boshlig'i (g'oyat beziyon kimsa) tomonidan tayinlanuvchi Vazirlar va departament boshliqlari turardilar. Ularning, shu xususda Boshliqning ham bor-yo'q xizmati faqat rasmiy qog'ozlarga o'z ism-shariflarini chekishdan iboratedi. Va nihoyat, mana bular - beshta qit'ani o'zaro bo'lishib olgan kishilar - so'nggi pog'ona edilar. Ular kirt savdosi bilan shug'ullanuvchi xonadonlar boshlig'i edilar. Sarkda amalga o'tirish ham, siyosatni qanday yuritish ham faqat pulga bog'liq edi. Ular puldor odamlar edilar. Besh kishining ichida eng badavlati Fayf hisoblanardi…
O'tgan galdagi uchrashuvda Skvayr Fayf Galaktikada badavlatlik bo'yicha ikkinchi o'rinda turuvchi sayyoraning (birinchilikni, yarim million olamlardan boj-xiroj olib turuvchi Trantor egallardi) o'zidan boshqa xo'jayinlariga shunday degandi:
Men juda g'alati xabar oldim. Qarshi bo'lmasangiz, uni o'qib beraman. - U hayajonlanib, o'zining mayin ovozi bilan o'qiy boshladi: «Siz - Sarkning Buyuk Skvayrisiz. Boyligingiz va amalingiz barchanikidan a'lo. Biroq bu amal va boylikning tagi omonat. Siz, balki, butun umr dunyodagi kirt yetishtirishning yagona xo'jayini bo'lib qolaman deb o'ylayotgandirsiz. Biroq o'zingizdan so'rab ko'ring: Florina yana qancha yashaydi? Eh! Cheksizmi? Yo'q! Florina ertagayoq halok bo'lishi mumkin. Bunga mening daxlim yo'q, lekin u shunday ro'y beradiki, siz buning na oldini ololasiz, na biror chora topasiz. Florina halokati to'g'risida o'ylab ko'ring. Shuningdek, o'z boyligingiz va ta'siringizning yo'qolib bo'lgani haqida ham fikr yuriting. Hali o'ylashga vaqt bor, lekin ko'p emas.
Agar paysallasangiz, men butun Galaktikaga bu haqda xabar qilaman, va ayniqsa, butun Florinaga uning halokati yaqinligi to'g'risidagi haqiqatni yetkazaman. Shundan so'ng sizda na kirt, na amal, na boylik qoladi. Bu narsalar menda ham bo'lmaydi, lekin men azob chekmayman, chunki ularga o'rganmaganman.
Talabim shu: mulkingizning katta qismini menga berasiz. Shundan so'ng, o'zingizda qolgan mulkka bexavotir egalik hilishingiz mumkin. Bu, har holda, hechdan ko'ra yaxshiroq. Shunday qilsangiz, Florina mangu yashaydi, siz esa juda dabdabali bo'lmasa ham, ancha yaxshi hayot kechirasiz».
- Alomat xat, - tugatdi Skvayr Fayf. - Imzo yo'q, ohangi esa, eshitganingizdek, takabburona hamda juda g'ayritabiiy. Xo'sh, Skvayrlar, siz bu xat to'g'risida nima deysiz?
- Shunisi aniqki, bu xatni telbanamo odam yozgan. - Runening hip-qizil yuzida norozilik ifodalandi. - U xuddi tarixiy roman bitishga o'rganayetgan kishiga o'xshaydi. To'g'risini aytsam, Fayf, qit'alar muxtoriyatini buzib, shunday bo'lmag'ur narsa tufayli nega bizni bezovta hilganingizni aslo tushuna olmadim.
Fayf kalta barmoqlarini musht hilib tugdi.
- Men sizlarni bir telbaning xatini o'qib berish uchun yig'ganim yo'q. Buni yaxshi yanglayotgan bo'lsangiz kerak. Oldimizda jiddiy muammo tug'ilganga o'xshaydi. Nega endi bu ish faqat menga tegishli bo'lishi kerak? Albatta, men Skvayrlarning eng badavlatiman, biroq men kirt savdosining faqatuchdan bir qismini boshqaraman. Qolgan qismi esa sizlarniki. Ushbu xabar bitilgan nomani bir nusxa yozish nima-yu, besh nusxa tayyorlash nima?!
- Ko'p gap - eshakka yuk, - g'o'ldiradi Bort. - Men ham bu xatning bir nusxasini oldim va ishonchim komil, qolganlarda ham bu maktub mavjud. Bilasizmi, men o'zimdagi nusxani nima qildim? Tashlab yubordim. Qayerga? Axlatga! Sizga ham shuni maslahat beraman. Bo'pti. Tugata qolaylik.Men charchadim.
Uning qo'li aloqani uzish va Fayfning xonasidagi tasvirni o'chirish tugmasiga cho'zildi.
- Shoshmang, Bort! - Fayfning keskin tovushi yangradi. - O'chirmay turing. Gapim hali tugamadi. Ko'riladigan chora-tadbir va chiqariladngan qarorlar maslahatida ishtirok etmaslikni istamasangiz kerak. Ishonchim komil, istamaysiz.
- Skvayr Bort, sabr qilib turaylik-chi, - maslahatomuz, yumshoqqina so'z qotdi Rune, lekin uning kichik, yog' bosgan ko'zlari aslo muloyim emasdi. - Skvayr Fayf arzimas narsaga bunchalar qattiq bezovtalanayotganiga g'oyat taajjubdaman.
- Xo'sh, - dedi Balle huruqhina hilib, - balki, Fayf bizga noma bitgan do'stimizda Trantorning Florinaga uyushtirajak hujumi hahida ma'lumot ber, deb o'ylayotgandir.
- Fu, - jahl bilan so'z qotdi Fayf. - U kimki, bu narsadan xabardor bo'lsin? Bizning xufiyalarimiz o'z ishiga pishiq, ishonavering. U bizdan urush talab qilar ekan, hujumni qanday hilib to'xtatadi? Yo'h. U Florinaning halokati haqida so'z yuritar ekan, siyosiy inqiroz emas, tabiiyfalokat to'g'risida gapirayotganga o'xshaydi.
- Bu g'irt telbalik, - dedi Stin.
- Rostdanmi? - e'tiroz bildirdi Fayf. - Demak, siz oxirgi ikki hafta mobaynidagi voqealar mag'zini chaqolmabsiz!
- Qanday voqealar? - so'radi Bort.
- Bir koinot tadqiqotchisi yo'qolgan. Bundan hammaning xabari bor. Siz, uning yo'qolib qolishi oldidan Sarkdagi bazaga yuborgan xabarini o'qidingizmi?
- Menga ko'rsatishgandi. Ahamiyat bermadim.
- Boshqalar-chi? - Fayf navbatma-navbat o'tirganlarga nigoh tashladi: - Bir hafta ilgarigi xat-xabarlarni eslay olasizmi?
- Men o'qidim, - dedi Rune. - Mening esimda. Haqiqatan ham, xabarda halokat haqida so'z yuritilgandi. Siz shuni ko'zda tutyapsizmi?
- Menga qarang, - chinqirayozdi Stin, - u yerda turli noxush shamalar ko'p, ma'no esa umuman Yo'q. Bu haqda gaplashish aslo shart emas.
- Ilojimiz yo'q, Stin, - dedi Fayf. - Biz bu haqda yana gaplashishimiz lozim. Koinot tadqiqotchisi Florinaning halokati to'g'risida xabar qilgan. U yo'qolgan zahotiyoq, biz yana Florinaga xavf solnnayotganligi haqidagi maktubni oldik. Nahotki, bu tasodif bo'lsa?
- Siz, koinot tadqiqotchisi do'q-po'pisali xatlar yuborgan demoqchimisiz? - shivirladi qariya Balle.
- Ehtimoli kam. Nega endi u avvaliga o'z nomini ochiq ko'rsatdi-yu, keyin yashirdi?
- Avvaliga, - javob berdi Balle, - u bizlar bilan emas, mahalliy boshliqlar bilan muloqotda bo'lgan.
- Shunday ham bo'lsin. Biroq, tovlamachi faqat o'z qurboni bilangina muzokaraga kirishadi.
- Xo'sh, u holda nima?
- U yo'qoldi. Koinot tadqiqotchisini sofdil deb hisoblaylik. U yuborgan xavfli ma'lumotlar yaramas kimsalarning qo'liga tushib qolgan, ana o'shalar bizga do'qpo'pisa qilib, qo'rqitmoqchi bo'lishdi.
- Xo'sh, ular kim?
Fayf oromkursiga suyanib ma'yuslashdi-da, sezilar-sezilmas so'z qotdi.
- Siz jiddiy savol berayapsizmi? Bu axir kunday ravshan-ku. U - Trantor!
- Trantor!
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Koinot oqimlari - 5
  • Parts
  • Koinot oqimlari - 1
    Total number of words is 3792
    Total number of unique words is 1959
    34.2 of words are in the 2000 most common words
    49.6 of words are in the 5000 most common words
    59.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 2
    Total number of words is 3779
    Total number of unique words is 1940
    32.7 of words are in the 2000 most common words
    49.1 of words are in the 5000 most common words
    58.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 3
    Total number of words is 3729
    Total number of unique words is 2028
    32.2 of words are in the 2000 most common words
    48.0 of words are in the 5000 most common words
    56.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 4
    Total number of words is 3718
    Total number of unique words is 1974
    32.0 of words are in the 2000 most common words
    47.5 of words are in the 5000 most common words
    56.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 5
    Total number of words is 3812
    Total number of unique words is 1950
    32.2 of words are in the 2000 most common words
    49.0 of words are in the 5000 most common words
    58.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 6
    Total number of words is 3779
    Total number of unique words is 2021
    30.4 of words are in the 2000 most common words
    45.4 of words are in the 5000 most common words
    54.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 7
    Total number of words is 3828
    Total number of unique words is 1811
    33.7 of words are in the 2000 most common words
    50.3 of words are in the 5000 most common words
    59.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 8
    Total number of words is 2482
    Total number of unique words is 1300
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    48.7 of words are in the 5000 most common words
    58.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.