Koinot oqimlari - 3

Total number of words is 3729
Total number of unique words is 2028
32.2 of words are in the 2000 most common words
48.0 of words are in the 5000 most common words
56.4 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
- Xuddi shunday. Lekin, bu yerda ham ikki xil taxmin bor. Birinchidan, agar u haqiqatdan ham akddan ozgan bo'lsa, albatta, sayyoraning fazoviy bekatidan boshqa joyga qo'ngan bo'lardi. Va u qayerlardadir yarim esi og'gan holda sang'ib yurardi. Bu bizning kuzatuvchilarimiz uchun ham kamdan-kam uchraydigan hol. Bunday es og'ishlik odatda vaqtincha bo'ladi. Bu narsa o'tib ketganda esa, bemor o'z ishining tafsilotlarini eslaydi. Chunki, koinot tadqiqotchisining hayoti - uning xizmatidir. Ko'pincha bunday bemorni ommaviy kutubxonaga kirib koinot tadqiqotiga oid adabiyot qidirishidan topib olishadi.
- Tushunarli. Siz Kutubxonachilar qo'mitasidan shunday hol to'g'risida axborot olib berishimni istayapsizmi?
- Yo'q, men uchun bunday qiyinchilik mavjud emas. Men koinot tadqiqoti bo'yicha ayrim adabiyot namunalarini maxsus saqpanishga qo'yib, ularni so'ragan har bir kimsani, agar u sarklik ekanligini isbotlay olmasa, ushlab, so'roq qilishni iltimos qilaman. Buni, albatta, bajarishadi, chunki ular yoki ularning boshliqlari bilishadiki, bunday mo'ljal hech qanday natija bermaydi.
- Nega natija bermas ekan?
- Ishonchim komil, o'sha odam mo'ljallaganidek Sarkning fazoviy bekatiga qo'ngan, sark hukumati esa uni qamoqqa tiqqan yoki hatto, o'ldirgan bo'lishi mumkin,
- Hazillashyapsizmi?
- Qanday hazil? Sarklilarning hayoti ham, boyligi ham, hukmdorligi ham florinani egallab turishga bog'liq-ku. Siz Sarkning butun boyligi florinaning kirtzorlari ekanligini mendan yaxshi bilasiz. Kutilmaganda qandaydir odam paydo bo'ladi-da, - uning es-hushi joyidami yoki yo'qmi, buning ahamiyati yo'q. - allaqanday yangi vaziyat florinaning barcha aholisi hayotiga xavf solyapti, deydi. Mana, kuzatuvchimizning eng oxirgi xabarini bir ko'ring.
Ebl Juns tizzasiga tashlagan lenta bo'lagiga nazar soldi.
- Bu juda kalta-ku.
- Albatta. Bu yerda faqat xavf borligi aytidgan. Bu xavfning juda katta ekanligi ta'kidlangan. Mana shuning o'zi. Biroq, bu xabarni sarkliklarga jo'natish mumkin emas edi. Agar koinot tadqiqotchisi xato qilgan bo'lsa ham, unga sark hukumati aqlsiz g'oyani tarqatishga va u bilan butun Galaktikani to'ldirishga yo'l qo'yishi mumkinmidi? Florinada ko'tariladigan vahimani, kirt tolasi yetishtirishda vujudga keladigan qiyinchiliklarni aytmasa ham bo'ladi, va bu holda, albatta, Sark bilan Florina o'trasidagi siyosiy munosabatlarning qorong'u tomonlari butun Galaktika oldidayaqqol ochilib qoladi. Ana shulardan qutilish uchun, ular bir odamni yo'q qilishlari kerak. Bunday vaziyatda Sark ikkilanib o'tirarmidi? Siz tasvirlab bergan genetik tajriba o'tkazuvchilarga to'la sayyora aslo ikkilanmaydi.
- Siz axir mendan nima istaysiz? Hozircha bu voqeadan men hech narsa tushunolganim yo'q, - dedi Ebl sovuqqonlik bilan.
- Uni kim o'ldirganini toping, - dedi g'amginlik bilan Juns. - Bu yerda sizning josuslik tashkilotingiz bo'lishi kerak. O, keling, bekinmachoq o'ynamaylik. Men Galaktika qa'rida yetarli darajada izg'ib, siyosiy kaltabinlikdan tashqariga chiqqanman. Men ularni kutubxona masalalari bilan chalg'itib turgunimcha, siz kalavaning uchini topishga intiling. Siz qotillikni ochganingizdan so'ng, men istardimki, Trantor Galaktikadagi hech bir hukumat YUKTB odamlarini o'ldirib, suvdan quruq chiqa olishi mumkin emasligini ko'rsatsin.
Uning Ebl bilan birinchi suhbati ana shunday tugadi.
Juns faqat bir narsada haq edi: sark hukumati ish kutubxona bilan bog'liq bo'lguncha juda xushmuolama bo'ldi. Biroq, uning boshqa taxminlari noto'g'ri chiqadiganga o'xshardi. Oylar o'tmoqsa edi, Eblning josuslari Sarkda izi yo'qolgan kuzatuvchining na o'ligini, na tirigini topdilar.
Shu tarzda o'n bir oydan ko'proq vaqg o'tdi. Juns bu narsalarning barchasi joniga tegayotganini payqadi. U o'n ikkinchi oydan keyin kutishni bas qilishni mo'ljallab qo'ydi. Ammo shu orada qandaydir umid uchquni paydo bo'ldi Bu axborot Ebldan emas, maxsus tayinlangan kishidan keadi. Sark Ommaviy kutubxonasidan xabar qilinishiga, kimdir koinot tadqiqotiga oid kitoblarni so'rabdi. Shundan so'ng Juns florina ishlari Departamenti xodimi huzuriga ketadi.* * *
Klerk xayolini yig'di-da, qabulida o'tirgan kishiga qaradi.
- Xo'sh, mendan nima istaysiz?
Juns quruqqina qilib so'z boshladi:
- Kecha kunduz 4.22 da Sark Ommaviy kutubxonasining florinadagi bo'limi koinot tadqiqoti bo'yicha ikki namunaviy adabiyotni olishga uringan, sarklik bo'lmagan odamni men uchun ushlab turishganini xabar qilgandi, Ammo o'shandan buyon kutubxona hech qanday axborot bermadi. - U Klerkning nimadir deb gap qaytarmoqchi bo'layotganini payqab, tovushini balandlatdi. - Men yashab turgan mehmonxonadagi jamoat apparatida kunduzgi 12.05 da qabul qilingan va darhol e'lon qilingan qisqa teleaxborotda aytilishicha, sark ommaviy kutubxonasining florinadagi bo'limida florina nazoratchisi urib yiqitilgan va u behush holda yotibdi, hamda bu ishga aloqador deb hisoblanayotgan uch florinalik qidirilyapti. Keyingi teleaxborotda bu xabar qaytarilmadi. Men, bu ikki xabarning bir-biriga bog'liq ekanligiga shubha qilmayman. Qidirayotgan odamimning nazorat qo'lida ekanligiga ham shubha qilmayman. Florinaga uchishga ruxsat so'radim, biroq javob ololmadim. Florina ishlari Departamentiga bu ishda yordam berishlarini so'rab tashrif buyurdim. Yo menga ruxsat etilsin, yoki u kishi bu yerga jo'natilsin.
Klerkning murdadek sovuq tovushi yangradi:
- Sark hukumati YUKTB xodimlaridan ultimatum qabul qilmaydi. Mening boshliqlarim, sizning ana shu ish bo'yicha qiziqishingiz mumkinligini hisobga olib, o'z ko'rsatmalarini berishgan. Xabarda aytilishicha, maxsus saqlanishdagi kitoblarni istagan odam va uning ikki shsrigi - Rezident va florinalik ayol, haqiqatda ham siz eslatgan nojo'ya ishni qilishgan. Nazorat ularni ta'qib etgan, ammo qo'lga tushirilmagan.
Junsning vujudini achchiq alam qamrab oldi Bu holatini berkitib o'tirmadi.
- Ular qochishibdimi?
- Juda ham bunday emas. Ular Matt Xorov degan kimsaning novvoyxonasigacha ta'qib etilganlar.
Juns hayratga tushdi.
- Ular o'sha yerda qolishibdimi? Ularga tegishmabdimi?
- Siz keyingi paytda Lyudigan Ebl janobi oliylari bilan suhbatlashmadingizmi?
- Buning nima ahamiyati…
- Sizning tez-tez Trantor elchixonasida bo'lib turishingiz bizga ma'lum.
- Men hurmatli elchini ko'rmaganimga bir hafta bo'ldi.
- U holda uchrashishni maslahat beraman. Trantor bilan bizning yulduzlararo munosabatlarmiz qaltisligi tufayli, jinoyatchilarning Xorov do'konida qolishiga yo'l quydik. Menga, agar lozim topilsa, shu narsani aytish topshirilganki, siz bunga hayron qolmasangiz kerak… Klerk rangpar yuzini masharaomuz burishtirdi, - Xorov, bizning xavfsizlik bo'limimizga Trantor josusi sifatida juda yaxshi tanish.
ELCHI
Junsning Klerk bilan o'tkazgan suhbatidan o'n soat avval Terens Xorovning novvoyxonasini tark etdi. U turli pastqam ko'chalardan ehtiyotkorlik bilan ketib borardi. Uning qo'llari ishchilar yashovchi kulbalarning g'adir-budir devorlariga tegib ketar, agar Yuqori Shahardan dam-badam tushib turgan xira yorug'likni hisobga olmasa, atrof zim-ziyo edi.
Pastki Shahar guyo yaltiroq, gajaklarini jilvali Yuqori Shahar tagiga berkitgan ulkan chayonga o'xshab ketardi. Biron-bir yerda balki tungi hayot davom etayotgan bo'lishi ham mumkin, biroq bu yerdagi vayronalarda emas.
Uzoqsagi qadam tovushlarini eshitib, Terens chang bosgan bir ko'chaga chekindi (Florinada kechalari yog'ib turadigan yomg'ir ham temirqotishma ostidagi soyalar makoniga o'tishi qiyin edi). Cho'ntakchiroq yog'dulari paydo bo'lib, shundoq yonginadan o'tdilar-da, qorong'ulik qa'riga singib ketdilar.
Nazoratchilar butun tun u yoq, bu yoqqa yurardilar. Tartibni saqlash uchun kuch ishlatish shart emas, ularni ko'rganda paydo bo'ladigan qo'rquvning o'zi yetarli edi.
Terens shoshardi. U yuqoridagi temirqotishma tirqishlari tagidan o'tayotganda yuziga oppoq shu'lalar tushardi va u tepaga nigoh tashlashdan o'zini tiyolmadi.
Skvayrlarga yetish mushkul!* * *
Haqiqatdan ham ularga yetish mushkulmi? Uning sarklik Skvayrlarga bo'lgan munosabati bir necha marta o'zgargandi. Yoshligida u boshqa bolalardan hech farq qilmasdi, Nazoratchilar qoramtir-kumush mahluq edilar, ulardan aybdor-aybdormasligingga qaramay qochish lozim edi. Skvayrlar esa Sark nomli jannatda yashovchi, chidam va hushyorlik bilan florinada istiqomat qiluvchi aqpi noqislarning farovon hayotini asrovchi mavhum, xayoliy superodam edilar.
U o'n yosh ekan, maktabda sarkdagi hayotni qanday tasavvur etishi to'g'risida insho yozdi. Bu g'irt to'qima narsa edi. Hozir faqat uning bir qismigina yodida. U Skvayrlarni bunday tasvirlagandi: bo'ylari 20 futlik serviqor odamlar har kun ertalab devorlari kirt guli rangida bo'lgan kattaxonaga to'planadilar va florinaliklarning gunohlarini muhokama qilar ekanlar, ularni ezgulikka qaytarish uchun jazolab turish lozimligini aytib, achinadilar.
O'qituvchi ayolga uning inshosi juda yoqdi va yil oxirida, boshqa o'g'il-qizlar o'qish, yozish hamda odob-axloq bo'yicha qisqa kurs o'tadigan paytlarida, uni arifmetika, galaktografiya va Sark tarixi o'qitiladigan maxsus sinfga ko'chirshpdi. Un olti yoshida esa uni Sarkka jo'natishdi.* * *
Hozir Terens shahar chetiga yaqinlashib qolgandi. Nogahon esgan shabada uning dimog'iga kirt gulining tungi ajib hidini olib keldi. Bir qancha daqiqalardan so'ng, nazoratdan holi, bexavotirroq ochiq dalalarga chiqadi va uzuq-yuluq bulutlar orasidan yarqiroq yulduzlarga yana nigoh tashlaydi. Hatto Sarkning quyoshi bo'lmish yorqin sariq yulduzni ham ko'radi.* * *
O'sha yulduz ketma-ket bir necha yil uning ham quyoshi bo'lgan. Uni kemaning illyuminatoridan birinchi marta yulduz kabi emas, balki behad yorqin koptokchadek ko'rganda, beixtiyor tiz cho'kkisi kelgandi. Jannatga yaqinlashyapsan, degan fikr, hatto birinchi fazoviy uchishning falaj qilib qo'yuvchi qo'rqinchini ham bosib ketgandi.
U jannatga qo'ngach, inon-ixtiyorini florinalik bir qariyaga topshirishdi. Qariya esa uni yaxshilab yuvintirib, tuzukroq kiyim kiydirdi. Shundan so'ng, uni bir katta binoga olib borishsi. Yo'lda ketishayotganda qariya yo'lboshchi qarshilaridan chiqib qolgan bir kimsaga bukchayib ta'zim qildi,
- Boshingni eg, qulluq qil! - jahl bilan shivirladi u yesh Terensga.
Terens aytilganni bajardi, lekin xijolat bo'ldi.
- Kim bu?
- Skvayr, qishloqi!
- Shu - Skvayrmi?
U to'satdan to'xtab qoldi va uni tezroq yurishga undashga to'g'ri keldi. Shunday qilib, u Skvayrlar bilan tanishdi. Ular ham oddiygina odam ekanlar. Boshqa yosh florinaliklar, balki bunday kutilmagan hafsalasizlikni yengib ketgan bo'lardilar, biroq bu Terensning qo'lidan kelmadi. Uning qalbida bir narsa butun umrga o'zgardi.
U fuqarolik xazmatida besh yildan ko'proq ishladi va shu vaqg mobaynida uning iste'dodini odat bo'yicha turli ishlarda sinab ko'rdilar,
Bir kuni uning oldiga lo'ppigina, yumshoq florinalik keldi-da, do'stona jilmaydi, yelkalariga qoqib. Skvayrlar haqidagi fikrini so'radi.
Terensning bir ko'nglida shartta burilib, ketib qolgisi ham keddi-yu, lekin o'zini bosdi. U pinhoniy fikrlarim qandaydir sirli yo'l bilan yuzimda ifodalanib qolmadimikan, deb ham o'yladi. U bosh chayqab, Skvayrlarning fazilatlari haqida nimalarnidir g'o'ldiradi. Lo'ppi odam esa lablarini qimtib, so'z qotdi.
- Siz bunday o'ylamaysiz. Kechasi mana bu yerga keling.
U Terensning qo'leta bir parcha qog'oz tutqazdi. Bu qog'oz bir necha daqiqadan keyin o'z-o'zidan kuyib kulga aylandi.
Terens bordi. U bir chekkasi qo'rqar, ammo qiziqish tuyg'usi undan ham kuchli edi. U bir necha tanishlarini ham uchratdi, ular Terensga juda sirli boqardilar. Ma'lum bo'lishicha, u yakka emas ekan.
Bu odamlar ham Skvayrlarni florinaning boyliklarini o'zlarining bir chaqaga qimmat o'yin-kulgulariga sarflovchi, mahalliy xalqni esa kabag'allikda va nodonlikda saqlovchi iflos cho'chqalar deb hisoblashar ekan. U yaqin orada Sarkka qarshi buyuk qo'zg'alish ro'y berishini va florina boyliklari qonuniy egalariga topshirilajagini bildi,
- Ammo, Skvayrlar va nazoratchilar qurollanishgan-ku… - hayron bo'ldi Terens.
Shunda unga Trantor, ya'ni keyingi yuz yilliklarda kengayib Galaktikadagi inson zoti yashaydigan sayyoralarning qariyb yarmisini o'z ichiga olgan ulkan davlat haqvda so'zlab berishdi. Trantor, deyishdi ular, florinaliklar yordamida Sarkni tor-mor keltiradi.
- Biroq, - dedi Terens avval o'ziga, keyin boshqalarga. - Trantor shunchalik buyuk, florina esa kichkinagina, bu holda Trantor yanada kattaroq va zolimroq hukmdor bo'lib qolmaydimi? Agarda bu qutulishning yagona yo'li hisoblansa, undan ko'ra Sark istibdodiga chidagan yaxshi-ku.
Lekin ular Terensning ustidan kulishdi va bu yerda eshitganlari haqida birovga g'iring desa gumdon qilajaklarini aytib haydab yuborishdi.
Terens bir qancha vaqt Xavfsizlik Bo'limida ham ishladi, - bunga uncha-buncha florinalik muyassar bo'la olmasdi. Terens bu xizmatda yurib, butun siyosat turli fitnalardan iborat ekan. Florinadagi kishilar qandaydir yo'llar bilan til topishib, qo'zg'olonga tayyorgarlik ko'rishardi. Odatda, ularni mablag' bilan Trantor ta'minlardi. Ba'zan esa bo'lajak isyonchilar Florina boshqa birovning yordamisiz ham g'alaba qila oladi, deb o'ylardilar.
Endi esa manavi, qachonlardir koinot tadqiqotchisi bo'lgan, hozir esa har bir florinalik hayotiga tahdid qilayotgan qandaydir xavf haqida g'o'ldirayotgan ko'rimsizgina odam unda umid uyg'otdi…* * *
Terens tungi yomg'ir yog'ib o'tgan, bulutlar orasidan xiragina miltillab turgan yulduzlar yog'dusi tushayotgan dala bo'ylab yurardi. U Florinaning boyligi hamda boshiga tushgan balosi bo'lgan kirt bo'yini to'yib hidlardi.* * *
U xomxayollikdan yiroq edi. Ha, u endi Rezident emas. Hatto florinalik ozod dehqon ham emas. U- qochoq, berkinib yurishga majbur jinoyatchi. Biroq, oxirgi kunlarda uning qo'lida Sarkka qarshi buyuk kuch mavjud edi. U yangilishayotgani yo'q. U Rikning yodiga tushgan narsalar to'g'riligini, uning qachonlardir koinot tadqiqotchisi bo'lganligini va u esini yo'qotar darajada ruhiyat zondi ta'siriga uchraganligini bilardi.
Biroq, hozir Rik o'zini florinalik vatanparvar qilib ko'rsatgan, aslida esa Trantor josusi bo'lgan - bunga avval boshdanoq shubhalanmagandi, kelbatli kimsaning qo'lida. Axir, Pastki shaharning qaysi fuqarosi radarli qalbaki tandir qura oladi?
Nima bo'lganda ham Rikni Trantor ixtiyoriga qoldirib bo'lmaydi. U nima qilishini biladi. Faqat tong otishini kutish lozim.* * *
Juns Klerk bilan suhbat qurgandan so'ng o'n soat o'tgach, yana Lyudigan Ebl bilan uchrashdi,
Elchi Salim Junsni odatdshi mehmonnavozlik bilan kutib oldi, lekin o'zini uning oldida aybdor his etardi. Ularning birinchi uchrashuvlarida (bunga ancha bo'ldi, deyarli bir Namunaviy yil) Ebl uning koinot tadqiqotchisi haqidagi hikoyasiga e'tibor bermagandi. O'sha vaqtda u faqat bir narsani o'ylagandi: bundan Trantorga qanday naf bor?* * *
Trantor! U elchining o'y-fikrlari orasida hamisha birinchi o'rinda turardi, lekin Ebl yulduzlar jannatini yoki trantor harbiy kuchlarining sariq nishonini quyosh va koinot kemalari bilan qo'shib ilohiylashtiruvchi ahmoqlardan emasdi,
Ochig'i, u tom ma'nodagi vatanparvar ham emasdi, uning uchun Trantor Trantor sifatida hech qanday ahamiyatga ega emas edi.
Biroq, u tinchlik tarafdori edi. Buning ustiga u keksayib borar va o'zining qadahidagi mayni, beshovqin musiqali muhitni, tushki ovqatdan keyingi uyquni hamda shoshilmay qazoi-muallaqni kutishni xush ko'rardi. U barcha odamlar shunday bo'lishlari kerak deb hisoblardi, lekin odamlar urushga va vayronagarchiliklarga mukkadan ketishgandi. Ular fazo bo'shliqlarida muzlab qolishar, atomlar portlashidan bug'lanib ketishar, qamal qilingan, o'qqa tutilayotgan sayyoralarda ochdan o'lishardi.
Eblning xonasida Trantor xaritasi- Galaktika qolipining uch o'lchamli billur qubbasi osig'liq turardi. Yulduzlar oppoq olmosdek chaqnab turardilar, tu» manliklar yorqin yoki qoramtir xiralik edilar, ancha tublikda esa Trantor jumhuriyatini bildiruvchi bir qancha moviy rang uchqunlar miltirardilar.
Xarita tarixiy bo'lib, uning tugmasi bor edi - ular yordamida har ellik yildan so'ng Trantor atrofida ko'plab moviy yulduzlar chaqnayotganini kuzatish mumkin edi.
O'nta tugmaning oddiygina bosilishi natijasida bir yarim ming yil o'tar va Trantor tasarrufiga Galaktikaning yarmi qo'shilardi.
Trantor jumhuriyatning Trantor Ittifoqiga aylanish yo'li tog'-tog' halok bo'lgan odamlar, kuli fazoga sovurilgan kemalar, yo'q qilingan olamlar ustidan o'tgandi. Bularning hammasi Trantorga kuch berardi.
Xozir esa Trantor yangi o'zgarish bo'sag'asida, ya'ni uning ta'siri barcha yulduzlarga tarqatilib, Trantor Ittifoqining Galaktika Ittifoqiga aylanish va natijada umumjahon tinchligi vujudga kelishi oldida hayajondan titrardi. Ebl xuddi shunday tinchlikni istardi.
Xullas, ehtiyotkor Elchi doktor Juns bilan bir yil ilgari o'tkazgan suhbatida «bundan Trantorga qanday naf bor?» degan fikrnigina ko'nglidan o'tkazgandi.* * *
- Yo'q, men orqamdan qo'yilgan josuslaringizdan ranjimayapman, - dedi Juns. - Balki, siz ehtiyotkor odamdirsiz, hech kimga va hech narsaga ishonishingiz kerak emasdir. Ammo, har holda ayting-chi, nega men qidirayotgan kishining manzilgohi aniqlanganini xabar qilmadingiz? Yoki siz ham u bir yil Florinada yashaganini, uni Sarqdan qidirish befoyda ekanini bilmaganmidingiz? Biroq, hozir siz uni topibsiz va men u bilan suhbatlashishim zarur.
- Afsuski, buning iloji yo'q.
- Nega?
- Yaxshi, men sizga ochig'ini aytaman: Shuning uchunki, o'n ikki soat avval Matt Xorovni - trantor josusini Florina nazoratchisi o'ldirgan. U o'z novvoyxonasida yashirib qo'ygan ikki florinalik ayol va erkak, siz qidirayotgan kuzatuvchi bo'lishi kerak, izsiz yo'qolishgan. Aftidan,ularni Skvayrlar tutib olishgan bo'lishsa kerak.
Juns oromkursidan turdi.
Ebl xotirjamlik bilan may to'ldirilgan qadahni lablariga yaqinlashtirar ekan, so'z qotdi:
- Rasmiy tomondan men hech narsa qilolmayman. O'ldirilgan kishi florinalik edi, yo'qolganlarning ham florinalik emasligini biz isbot etolmaymiz.
NAZORATCHI
Rik g'ira-shira paytda uyg'ondi. U uzoq yotib, o'z ongi haqida o'yladi. O'tgan tun mobaynida qalbining qandaydir yarasi tuzalgandek, ko'ngli to'lgandek edi. Bu, ikki kun avval, o'sha, «eslashga» tushgandan so'ng ro'y bera boshlagandi. Buqday jarayon kecha kun bo'yi davom etdi. Yuqori Shaharga borgani, kutubxona va nazoratchiga qilingan hujum, undan keyingi kechishlar va Novvoy bilan bo'lgan uchrashuv - bularning hammasi unga ferment[4]dek, malhamdek ta'sir ko'rsatdi. Miyaning anchadan beri quruqshab yotgan hujayralari o'zlarining zaif bo'lsa-da, faoliyatini bopshadilar. Hozir, u uyquga to'ygach, ularda qandaydir harakat sezilardi. Rik fazo va yudduzlar, yolg'izona uzoq kezib yurishlar, buyuk jimjitlik haqida xayol surdi, Nihoyat, u boshini ko'tarib qizni chaqirdi:
- Lona!
- U shu zahotiyoq uyg'ondi, tirsagiga tiralib turdi-da, Rik tomonga boqsi.
- Lona, mening ahvolim juda yaxshi. Men yana u-bu narsalarni esladim. Men kemada bo'lganman va aniq bilamanki…
Biroq qiz uni eshitmasdi. U Rikka teskari qarab, ko'ylagini kiydi, oldidagi ilgak-chokni siladi-da, belbog'ini asabiylik bilan tortib qo'ydi. Keyin oyoq uchida yaqinlashdi.
- Jim, tovushingni baland chiqarma.
- Rezident qani?
- U yo'q. U… u ketdi.
Xona yorishdi va Novvoyning kelbatli qomati ko'rindi. Uning qalin lablari tabassumdan quloqyaariga yetay derdi.
- Vaqtli uyg'onibsiz.
Ular indashmadi.
- Bugun siz jo'naysiz.
Rezident ketgandan so'ng, uning Rikka qanday ko'z bilan qaragani, qizning yodida edi.
- Siz to'g'ringizda tegishli joyga xabar qilindi. Xavotirlanmasangiz ham bo'ladi.
U ketdi, lekin tez orada ovqat, kiyim va ikki tog'orachada suv ko'targancha qaytib keldi. Kiyim yangi va qandaydir ajabtovur edi.
Novvsk ularning ovqatlanishini kuzatib o'tirda-da, keyin so'z qotdi:
- Men sizga yangi ism va yangi tarjimai hol beraman. Hech narsani esdan chiqarib qo'ymaslik uchun, menga diqqat bilan quloq soling. Siz florinalik emassiz, tungundingizmi? Sizlar Voteks sayyorasidan Florinaga kelgan aka-singilsizlar…
U barcha ikir-chikirlarni batafsil aytib berdi-da, savollar berib javoblarini tekshirib ko'rdi.
Rikka o'zining yodda saqlash, tushunuvchanlik qobiliyatini ko'rsatish xush kelastgandi, lekin Valona tashvishlanayotgandek tuyulardi.
Novvoy buni sezdi.
- Menga qara, hoy qiz. Agar sen g'alamislik qilsang, shu yerda qolasan, sheriging esa jo'nab ketadi.
- Yo'q, yo'q… - titrab ketdi Valona. - Men sizga aslo xalaqit qilmayman.
Novvoy ularni ko'chaga olib chiqqanda, quyosh tikkaga kelib qolgandi. Rik hayrat bilan egniga boqardi. Kiyim ham shunchalik ajabtovur bo'ladimi? Valona hech ham qishloqi qizga o'xshamasdi. Hatto oyoqlarini ham qandaydir mato yopib turar, poyafzalining poshnasi pgunchalik baland ediki, u ehtiyotkorlik bilan yurishga majbur edi.
Atrofga to'planib olgan yo'lovchilar ularga razm solib qarashar, bir-birlari bilan fikr almashishardi. Bularning ko'pchiligi bozor-do'konlarga yo'l olgan g'amgin va tund ayollar, yirtiq-yamoq kiygan bekorchi bodalar edi. Novvoy ularni sezmayotgandi go'yo. U qo'liga kattagina tayoq ushlab olgandi.
Shu payt orqa tomondagi xaloyiq hayajonga tushdi va Rik nazoratchilarning qoramtir-kumush kiyimini payqadi.
Xudsi shu daqiqada bir hodisa ro'y berdi. Qurolli nazoratchi paydo bo'ldi, u o'q uzdi. Novvoy yiqildi va ular yana qochishga tushdilar. Nahotki nazoratchilar ularni bir umr ta'qib etsa?* * *
Ular shahar chetidagi xaroba joyga kelib qolishdi. Valona hansirar, yangi ko'ylagining ba'zi joylari terdan namiqqan edi.
Rik nafas ololmay qoldi.
- Bo'ldi, boshqa yugurolmayman,
- Yur, qochish kerak!
- To'xta. - U devorga suyanib oldi, lekin Volona uni sudrardi. - So'zimga quloq sol.
Vahima asta-sekin uni tark etdi.
- Lona, biz qayerga qochyapmiz, nega qochyapmiz? Biz axir o'zga sayyoraliklar kiyimidamiz-ku… Mana, qara Novvoy bizga nima bergan, Rik hayajonlanar ekan, cho'ntagidan kichkinagina kitobchaga o'xshash narsa chiqardi. Uning u yoq-bu yog'ini o'girib kurdi-da, qanday ochilishini tekshirdi. Ammo buning iloji bo'lmadi. Shundan so'ng, chetlarini paypaslab ko'rib, barmoqlari bilan siqqan edi, kitobchaning bir tomoni sutdek oqardi. Mitti harflarni darhol tushunolmagan bo'lsa ham, bo'g'inma-bo'g'in o'qishga tirishdi.
Nihoyat, u dedi:
- Bu - pasport. Demak uchib ketsak bo'ladi. Axir Novvoy ham Florinani kemada tark etishimizni istagandi-ku. Kel, shunday qila qolamiz.
- Rik, bizni tutib olishadi!
- Agar mo'ljallangan kemada emas, boshqasida uchsak, tutisholmaydi. U yerda bizni kutib turishadi. Biz boshqa kemada uchishimiz lozim. Boshqa har qanday kemada.
Kema! Har qanday kema. Bu so'zlar Rikning qulog'i ostida sehrli ohangday jarangladi. Bu fikri muvaffaqiyat qozonadimi yoki yo'qmi, unga baribir edi. Uning kemaga chiqqisi kelardi. Fazo qa'riga kirishni istardi.
- Mayli, Rik! Men fazo bekati qayerda ekanligini bilaman. Kichkinaligimda, dam olish kunlari biz doim o'sha yerga borardik. Kemalarning uchishini tomosha qilardik.
Bekat tekshiruvchisi ajabtovur kiyimlaridan o'zga sayyoralik ekanliklari bilinib turgan, terlab-pishib beso'naqay harakat qilayotgan erkak va ayolga jilmayib boqsi. Ayol tirqishdan pasport uzatdi.
U bir ayolga, bir pasportga, keyin band qilingan joylar soniga nigoh tashladi. Tekshiruvchi kerakli tugmani bosdi va avtomatdan ikki shaffof lenta chiqsi.
- O'tishingiz mumkin, - dedi u shoshilinqirab. - Mana bularni yengingizga taqib oling.
Bu murojaat unga xush keldi. O'zga sayyoraliklar florinaning fazo bekatida kup ham uchrayvermasdilar. Ayniqsa, so'nggi yillarda ular borgan sari kamayib borayotgandilar. Ular Skvayrlarga ham, nazoratchilarga ham o'xshamaydilar. Ular sening florinalik ekanligingni bilmaydilar va juda xushmuomalalik bilan gaplashadilar.
- Siz uni 17-maydondan topasiz, xonim. Voteksga parvozingiz bexatar bo'lsin, - Tekshiruvchi bu so'zlarni alohida nazokat bilan aytdi.
So'ngra u o'zining sevimli mashg'ulotiga: do'stlariga qo'ng'iroq qilishga, Yuqori Shaharning energetik nurlaridagi shaxsiy suhbatlarga bilintirmay ulanib olishga tutindi. U qanday xato qilganini anglashiga hali bir necha soat bor edi.
Bu kema 17-maydondagi patga olingan kemaga qaraganda ancha kichik va yarqiroq edi. Uning to'rtta havo tirqishi berkitilmagan ekan. Asosiy eshik bilan unga tutashgan zina - ochiq og'iz-u, undan chiqib turgan tilni eslatardi.
- Kema ichini shamollatishyapti, - dedi Rik. - Odam tashuvchi kemalarni ko'p marta ishlatilgan siqilgan kislorod hidini yo'qotish niyatida uchib ketishdan oldin hamisha shamollatishadi.
Valona unga qaradi.
- Sen qayerdan bilasan?
Rik o'zida g'urur paydo bo'layotganini sezdi.
- Shundoq bilaman. Hozir u yerda hech kim yo'q. Shamolda turish kimga ham yoqardi. - U tashvishlanib atrofga boqsi. - Qiziq, nega odam bunchalik kam.
Kema shlyuziga kirishlari bilan ularga havo oqimi urildi. Valonaning ko'ylagi havodan shishib ketdi, u etaklarini ushlab turishga majbur bo'ldi.
- Bu yerda doimo shundaymi? - so'radi qiz. U hech qachon fazoviy kemada uchmagan, hatto orzu ham qilmagan. Uning yuragi qattiq urar, lablari qimtilgandi.
- Yo'q. Faqat shamollatish paytida.
Rik xursand bo'lib, qattiq metallardan yasalgan yo'lak bo'ylab yurar ekan, bo'mbo'sh xonaga havas bilan tikilardi.
- Mana, - dedi u. - Bu oshxona. Lekin, ovqat unchalik muhim emas. Ma'lum muddat usiz ham yashasa bo'ladi. Asosiysi - suv.
U mu'jaz, shinam yopiq taxmonlardagi ashqol-dashqollarni titkilab qopqoqli katta idish topdi. Suv jo'mragini nigohi bilan qidirdi va undan vishillab havo, ketidan suvning otilib chiqishidan yengil tortib miyig'ida kulib qo'ydi.
- Endi bir nechta konserva olamiz. Ko'pining keragi yo'q. Sezib qolishlari mumkin.
Rik yong'indan saqlanish, tabobat jihozlari, dori-darmonlar va payvandlash asboblari saqlanadigan kichik xonani topdi.
- Lona, shu yerga joylasha qolamiz, - dedi u ikkilanibroq. - Bu yerga juda kamdan-kam hollarda ko'z tashlanadi. Biz chiroq yoqmaymiz, aks holda quvvat sarflanayotganligi bilinib qoladi hamda hojatxonadan faqat dam olish soatlarida, tungi navbatchilarning ko'ziga foydalanishimiz lozim.
To'satdan havo harakati to'xtadi. Bir maromdagi yengil vijillash o'rnini sokinlik egalladi.
- Tez orada ular kemaga chiqadilar, keyin parvoz qilamiz.
Rik tongda uyg'onganida o'zini tuppa-tuzuk odam deb his etgan bo'lsa, hozir qo'li Galaktikaning har chekkasiga yetadigan buyuk zot deb fahmlardi. Yulduzlar - koptokcha edilar, tumanliklar - olib tashlanishi lozim bo'lgan o'rgimchak inining qoldiqiari edi.
U kemada edi! Xotiralar bir-birlarini surishib-sharqirab oqib kelardilar. U kirt maydonlarini, fabrikani, qorong'ida bir nima deb g'o'ldirayotgan Valonani ham unutayozgandi. Bular faqat yodiga tushayotgan filmning uzilgan joylaridek tuyular va ularning uchlari asta-sekin ulanardilar.
Kema!
Agar Rikni ilgariroq kemaga olib kelishganida, miyasidagi kuydirilgan xujayralarning bitishini bunchalik uzoq kutmagan bo'lardi.
- Valona, sen hayajonlanma, hozir sen dirillashni, shovqinni eshitasan - bu yuritgichlarning ovozi. Seni og'irlik bosadi. Bu tezlanish!
- Tez-la-nish? Bu nima degani?
- Qo'rqma, Lona, Bizda bosim ta'sirini yo'qotuvchi qurilma yo'qligi uchun ozgina noxushlik bo'ladi. Devorga suyanib ol, agar unga yopishib qolayotgandek bo'lsang, qarshilik ko'rsatma. Sezyapsanmi, boshlanyapti!
Rik bir burchakka yaxshilab o'rnashib oldi - gipertatomli yuritgichlarning gumbur-gumburi kuchaygani sari bosim ham kuchayib borardi.
Valona ohista ingradi, keyin indamay og'ir-og'ir nafas olishga tushdi. Uning tomog'idan hushtak chalingandek tovush chiqdi, buning sababi gidravlik yostiqchalar, kamarlar bilan bog'lanmagan ko'krak qafasi o'pkaga ozgina bo'lsa-da, havo o'tkazishga intilayotganidan edi.
Rik qiynalib nafas olarkan, uning ruhini ko'tarish, o'zini shu yerda ekanligini bildirish niyatida ma'nosiga e'tibor qilmay, nimalarnidir so'zlay boshladi. Qizning vujudini to'ldirayotgan mavhum kelajak oldidagi qo'rquv hissi tamoman yo'qolishi lozim.
Bu kema- ajoyib kema edi, lekin Valona hech qachon uchmagan.
- Valona, saldan keyin kema sakraydi - bunda biz giperfazoga o'tib, yulduzlararo masofaning katta qismini bosib o'tamiz. Sen buni hatgo sezmaysan. Faqat. yuraging bir marta shig' etadi xolos. Rik bu so'zlarni asta-sekin, bo'g'inma-bo'g'in qilib aytdiki, bunga ancha vaqt ketdi.
Ularni bosayotgan og'irlik yo'qola bordi, devorga bog'lab qo'ygan ko'rinmas zanjirlar bo'shashib pastga quladilar. Og'ir nafas olayotgan Rik bilan Valona o'tirib qolishdi.
- Yaralanmadingmi, Rik?
- Menmi?! - Rik kemada qanday yaralanishi mumkinligini o'ylab, nafas rostlashga ulgurmagan bo'lsa-da, kulib yubordi. - Qachonlardir men oylab biron-bir sayyoraga qo'nmay uchardim.
- Nega? - so'radi qiz. U yaqinroqqa emaklab keldi-da, o'zining Riki shu yerda ekanligiga ishonch hosil qilish uchun, qo'llarini uning yuziga tekkizdi.
- Ishim shunaqa edi.
- Ha, - tasdiqladi qiz. - Sen Hech Nimani tadqiq qilgansan.
- To'ppa-to'g'ri. Men huddi shu ish bilan shug'ullanganman. Sen buning ma'nisini tushunasanmi?
- Yo'q.
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Koinot oqimlari - 4
  • Parts
  • Koinot oqimlari - 1
    Total number of words is 3792
    Total number of unique words is 1959
    34.2 of words are in the 2000 most common words
    49.6 of words are in the 5000 most common words
    59.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 2
    Total number of words is 3779
    Total number of unique words is 1940
    32.7 of words are in the 2000 most common words
    49.1 of words are in the 5000 most common words
    58.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 3
    Total number of words is 3729
    Total number of unique words is 2028
    32.2 of words are in the 2000 most common words
    48.0 of words are in the 5000 most common words
    56.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 4
    Total number of words is 3718
    Total number of unique words is 1974
    32.0 of words are in the 2000 most common words
    47.5 of words are in the 5000 most common words
    56.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 5
    Total number of words is 3812
    Total number of unique words is 1950
    32.2 of words are in the 2000 most common words
    49.0 of words are in the 5000 most common words
    58.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 6
    Total number of words is 3779
    Total number of unique words is 2021
    30.4 of words are in the 2000 most common words
    45.4 of words are in the 5000 most common words
    54.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 7
    Total number of words is 3828
    Total number of unique words is 1811
    33.7 of words are in the 2000 most common words
    50.3 of words are in the 5000 most common words
    59.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 8
    Total number of words is 2482
    Total number of unique words is 1300
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    48.7 of words are in the 5000 most common words
    58.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.