Koinot oqimlari - 2

Total number of words is 3779
Total number of unique words is 1940
32.7 of words are in the 2000 most common words
49.1 of words are in the 5000 most common words
58.8 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Bu xona texnik kotiblarnikiga o'xshardi. Suniy yorug'lik, havo yuritish moslamasidan boshqa hech qanaqa bezak yo'q. Ikkita dikgofon va butun devor yuzasi qoplangan katta ekran. Unda pastdan yuqoriga qarab turli adabiyotlar - ularning nomlari, mualliflari, tartib sonlari - alifbo bo'yicha siljib borardi.
- Buyurtma berishni bilaman, - dedi Rik to'satdan. Mana bu mitti tugmachalar yordamida zarur harf va raqamlarni tersak, hov anovi ekranda kitob paydo bo'ladi.
Terens yalt etib unga qaradi.
- Qayerdan bilasan? Esingga tushdimi?
- Balki. Ishonchim komil emas.
- Bo'pti, unda buni topag'onlik deb hisoblaymiz.
U harf va sonlarning qandaydir qorishmasini terdi. Ekranda yozuv paydo bo'ldi: «Sark ensiklopediyasi» 54 kitob, Olmos-Anod».
- Kuzatib tur, Rik, Men senga hech nima aytmayman. Bu kitobni qarab chiqishing va tanish narsalar uchrasa to'xtashing lozim. Tushunarlimi?
- Ha.
- Bo'pti. Endi kuzatib tur…
Daqiqalar o'tdi. Bir payt Rik qichqirib yubordi:
- Uchradi, Rezident! Uchradi!
Bu Koinot tadqiqi haqidagi maqola edi.
- Bu yerda nimalar yozilganini bilaman, - davom etdi Rik. - U hovliqib ketganidan zo'rg'a nafas rostladi. - Mana, qarang, men doimo shu yozuvni uchrataman!
U sekin-asta, lekin Valonaning gohi-gohida beradigan darslaridagiga qaraganda ancha durust o'qiy boshladi:
- «O'z mijoziga ko'ra Koinot tadqiqotchisining introvert[2]ligiga va ko'pincha hayotga moslasha olmasligiga taajjublanish kerak emas. Hayotning ko'p qismini yulduzlararo dahshatli bo'shliqni yolg'izona kuzatishga bag'ishlashni to'rt muchasi sog' odamdan talab qilib bo'lmaydi. Ana shularni qisman tushungan holda Koinot tadqiqoti instituti rasmiy shior sifatida uncha aniq bo'lmagan ifodani qabul qilgan: «Biz Hech Nimani tadqiq qilamiz».
Rik oxirgi so'zlarni o'qiyotganida qichqirib yuborayozdi.
- O'qigan narsangni tushundingmi? - so'radi Terens.
Rik yoniq nigohini unga qadadi.
- U yerda: «Biz Hech Nimani tadqiq qilamiz», - deb aytilgan. Men xudsi mana shuni eslagandim. Men ularning biri edim.
- Sen Koinot tadqiqotchisimiding?
- Ha! - baqirdi Rik. Keyin pastroq tovushda qo'shib quydi: - Boshim og'riyapti. - Uning peshonasi tirishdi. - Msn ko'proq eslashim lozim. Xavf bor. Juda katta xavf!.. Men nima qilishni bilmayman.
- Kutubxona bizning ixtiyorimizda, Rik, - dedi Terens unga sinchkovlik bilan boqib, har bir so'zini o'ylab gapirar ekan, - katalogni o'zing qarab chiq, Koi- not tadqiqi to'g'risidagi maqolalarni qidir. Ko'ramiz, bu narsa seni nimaga olib borarkin…
- Vriytning «Koinotning amaliy tadqiqoti haqidagi risola» si to'g'risida nima deysiz? - so'radi Rik, uzoq o'ylab ko'rgach. - To'g'ri topdimmi?
- O'zing hal qil, Rik.
Rik tugmani bosdi, ammo ekranda boshqa yozuv paydo bo'ldi: «Bu kitob haqida shaxsan kutubxonachidan so'ralsin».
Terens qo'l uzatib, ekranni o'chirdi.
- Boshqasini qidira qol, Rik.
- Ammo… - Rik ikkilana-ikkilana buyruqni bajardi. U katalogdan Enningning «Fazo tarkibi» ni topdi.
Ekranda yana boyagi yozuv paydo bo'ldi. Terens so'kindi-da, ekranni o'chirdi.
Shu payt diktofonning yuqorisiga o'rnatilgan karnaydan kutubxonachi ayolning ingichka tovushi eshitildi, bu ovoz ularni seskantirib yubordi.
- Ikki yuz qirq ikkinchi xona! Ikki yuz qirq ikkinchi xonada kim bor?
- Xo'sh, xizmat? - xirillab so'radi Terens.
- Sizga qanday kitob kerak?
- Hech qanday. Rahmat. Biz asbobning ishlashinigina ko'rdik.
Oraga jimlik cho'kdi. Go'yo narigi tomonda o'zaro maslahat qilinayotgandi. Keyin keskinroq tovush yangradi:
- Bizga, Voiytning «Koinot amaliy tadqiqoti haqidagi risola» sini va Enningning «Fazo tarkibi» ni talab qilingani to'g'risida yozuv keldi. Shundaymi?
- Biz duch kelgan sonlarni tergandik, - dedi Terens.
- Nega aynan shu kitoblarni so'raganingizni bilsak bo'ladimi? - yangradi talabchan tovush.
- Aytyapman-ku, ular bizga kerak emas deb… Jim bo'l! - Bu xitob bir nima deb pichirlayotgan Rikka qaratilgandi.
Yana jimlik cho'kdi. Keyin tovush yangradi:
- Agar mening oldimga kelsangiz, so'ragan kitoblaringizni olishingiz mumkin. Ularni topib qo'ydim. Faqat xizmat qog'ozini to'ldirsangiz bo'ldi.
Terens Rikka qo'lini uzatdi,
- Ketdik.
- Balki biz qoidani buzgandirmiz, - g'o'ldiradi Rik.
- Bo'lmagan gap, Rik. Ketdik.
Terens shoshgancha Rikni olib chiqib ketdi. Ular asosiy xonaga chiqishdi. Kutubxonachi ayol ularga qaradi.
- To'xtab turing! - qichqirdi u o'rnidan turar ekan. - Bir daqiqa! Bir daqiqa!
Ular to'xtashmadi. Biroq oldilarida nazoratchi paydo bo'ldi.
- Xo'sh, yigitlar! Qayerga shoshyapsiz?
Kutubxonachi ayol harsillab yugurib ketdi.
- Siz ikki yuz qirq ikkinchi xonadansiz, to'g'rimi?
- Menga qarang, - dedi Terens jidliylashib, - nega bizni ushlab qolishyapti?
- Siz ba'zi kitoblarni so'radingizmi? Biz ularni berishimiz mumkin.
- Kechiqdingiz. Boshqa safar. Nahotki, o'sha kitoblarning bizga kerakmasligini tupgunmadingiz? Men ertaga kelaman.
- Kutubxonamiz barcha o'quvchilar talabini qondirishni istaydi, - dedi ayol kekkayib. - Kitoblar bir-ikki daqiqadan so'ng yetib keladi. - Uning yuzlari qizardi. Ayol odam yaqinlashganda o'zi ochiladigan eshik tomon burildi.
- Ofitser, agar siz yo'q demasangiz… - Terens gap Sshshlagan edi hamki, nazoratchi kalta neyrotayoqni ko'rsatib, uning gapini bo'ldi. Bu tayoq uzoqdan ta'sir qiluvchi ajoyib qurol edi.
- Og'ayni, anavi xonim qaytmaguncha kutib turganing ma'qul.
Terensning peshonasini ter qopladi. Sharoitni yaxpsh hisobga olmabdi. U o'zining voqea va hodisalarni tez tahlil qila bilish qobiliyatiga haddan ziyol ishonardi. Mana, buning oqibati. Bunday qat'iylikning keragi yo'q edi. Hammasiga uning la'nati, qiziquvchanligi, Yuqori Shaharga kirish, kutubxona yo'laklarida go'yo sarkliklardek viqor bilan yurish istagi aybdor…
Kutilmaganda uning nazoratchiga bor kuchi bilan tashlangisi keldi, biroq, to'satdan bunga zarurat qolmadi.
Avvaliga kimningdir sharpasi sezildi. Nazoratchi qayrilib qaramoqchi edi, ammo kechiqli.
Uning qo'lidagi neyrotayoq yulib olindi. Ofitser faqat, tayoqning uchi chekkasiga tiralganida, bo'g'iq tovush chiqarishga ulgurdi.
Rik quvonchdan qichqirib yubordi, Terens esa xitob qildi:
- Valona! Sarkning barcha jinlari haqqi, Valona!
ISYONCHI
Terens shu zahotiyoq o'shni tugib oldi.
- Ketdik bu yerdan! 1s foq! - dedi-yu, tashqariga otildi.
U behush nazoratchini usgunlar orqasiga olib o'tsammikan, deb ham o'yladi, lekin hozir buning mavridi emasdi.
Ular tashqariga- zina oldiga chiqishdi. Atrofga issiqlik va ajib nur taratayotgan quyosh peshindan keyingi manziliga yo'l olgandi. Yuqori Shaharning ranglari zarg'aldoq tusga kira boshlagandi,
- Tezroq yuring! - dedi hayajonlanib Valona.
Terens uning bilagidan ushlab qoldi. U jilmayayotgan bo'lsa-da, past tovushda, qatiy qilib dedi:
- Chopma! Odatdagiday yur, mening ortimdan qolma. Rikning qo'lini ushlab ol. U ham yugurmasin…
Ular qadam tashlay boshlashdi. Nazarlarida oyoqlari yelimga yopishib qolayotgandek tuyulardi. Kutubxonada to'polon boshlandimi? Yoki shunday tuyulyaptimi? Terens ortiga qarashga botinolmasdi.
- Bu yeqqa, - dedi u.
Yo'lka ustida quyosh nurlarida jilolanayotgan ko'rsatkich turardi: «Ambulatoriyaga kirish». Xizmat ko'ylagidagi ayol ularni uzoqsan ko'rdi. Avvaliga u ikkilanib turib qoldi. Keyin qovoqlarini uygancha, ular tomon yo'naldi.
Terens uni kutib o'tirmadi. U duch kelgan yo'lakka keskin burildi; keyin boshqasiga o'tdi. Ularni hozir baribir ushlab olishadi. Shu vaqtgacha mahalliy xalq kasalxonaning yuqori qavatida nazoratsiz yurgan emas. Bu yog'i nima bo'larkin?
Oxir-oqibat ularni to'xtatishlari aniq. Shuning uchun ham Terens tepasiga «Pastki qavatga» deb yozilgan, ko'zga uncha tashlanmaydigan eshikni ko'rganda ko'ngli sal joyiga tushdi. Lift shu yerda ekan. Terens unga Valona bilan Rikni itarib kiritdi.
Haddan ziyod sinchkov lifterlar xizmat qiluvchi katta, imillagan yuk liftlaridan ko'ra, mana shunisi ma'qul edi. Biroq, mahalliy kishilarga kasalxona liftlaridan foydalanish man etilgandi. Lekin bu «jinoyat» nazoratchiga hujum qilishga nisbatan ancha yengil qonunbuzarlik hisoblanardi.
Ular pastki qavatga tushib, tashqariga chiqishdi.
- Men Riqdan rosa xavotir oldim, Rezident! - tez-tez shivirladi Valona. - Men uni qaytib olib kelmaysiz, deb o'yladim va…
- Qanday qilib Yuqori Shaharga kelib qolding?
- Ortingizdan kuzatib kelayotgandim, liftda yuqoriga ko'tarilganingizni ham ko'rdim. Lifter qaytib tushgach, unga sizlardan qolib ketganimni aytdim. Keyin u meni yuqoriga chiqarib qo'ydi.
- Indamay-ya?
- Sal uning jig'ini ezishga to'g'ri keldi.
- Yo, Sark jini! - ingradi Terens.
- Shunday qilishga majbur bo'ldim, - itoatkorona tushuntirdi Valona. - Nazoratchilar sizga qandaydir binoni ko'rsatishdi. Ularning uchib ketishini kutib turdim-da, o'zim ham o'sha binoga qarab yo'l oldim. Faqat ichkariga kirgani botinolmadim. Qaytib chiqayotganingizda, nazoratchi sizni ushlab qolganini ko'rmagunimcha berkinib turaverdim…
Ular soya-salqin Pastki Shahar ko'chalaridan ketib borishardi, Bu yerni Florina dahalarining o'ziga xos shovqini, hidlari tutgandi. Yuqori qavat ular uchun yana tomga aylangandi. Ular juda hadsan oshishdi, endi bu yerlar ham xavf-xatardan holi emas.
Bu fikr Rezident ongida g'ujg'on o'ynayotgan edi hamki, Rik to'satdan qichqirib yubordi:
- Anavini qaranglar!
Terensning tomog'iga nimadir tiqilgandek bo'ldi.
Bu Pastki Shahar aholisi ko'rishi mumkin bo'lgan eng dahshatli manzara edi. Go'yo Yuqori Shahar darichalaridan bahaybat qush uchib birdan pastga tushar, yana chiqardi. Pastki Shaharni bulutday qoplab olardi. Bu - qurollangan nazoratchilar to'la harbiy mashina edi.
Mahalliy aholi shovqin solgancha turli tomonga qocha boshladi. Ularda bunday qilish uchun tayinli asos ham yo'q edi, biroq har ehtimolga qarshi o'zlarini panaga olishga shoshardilar.
Terens ikkilanar, Rik bilan Volona esa uning qarorini kutishardi. Rezidentning xavotiri osha boshladi. Endi qayoqqa qochadilar? Agar joylarida qolsalarchi, unda nima bo'ladi?
Ular tomon bir kelbatli kimsa lo'killab yaqinlashdi. Go'yo bu yog'iga nima qilishni bilmaganday u bir fursat turib qoldi. Keyin loqaydlik bilan dedi:
- Xorovning novvoyxonasi chap ko'chadagi ikkinchi uyda, kirxonadan keyingisi. - U orqasiga burildi-da, jo'nab qoldi.
- Ketdik novvoyxonaga, - dedi hayajonlanib Terens.
O'ylab o'tirishga vaqg yo'q edi.
U terga tushgancha chopib borar, shovqin-suron aralash nazoratchilar karnayidan akillab chiqayotgan buyruqlarni eshitardi. U orqasiga qaradi. Besh-olti nazoratchi mashinadan tushgancha, har tarafga yugura boshlagandilar. Terens esa rezidentlik kiyimida Yuqori Shaharni ko'tarib turgan ustunlardek yaqqol ko'zga tashlanardi.
Ikki nazoratchi to'g'ri ular tomon chopishga tushgandi. Terens ular kimni mo'ljallab kelishayotganini, o'zinimi yoki boshqanimi, anglay olmadi, ochig'i buning ahamiyati ham yo'q edi. Kutilmaganda nazoratchilarning ikkisi ham, novvoyxonani ko'rsatgan kelbatli kishiga urilib ketishdi. Ular ancha yaqin kelib qolgandilar. Terens kelbatli kimsaning bo'g'iq tovushini, nazoratchilarning so'kinganini aniq eshitdi va shu zahoti Valona bilan Rikni chap tomondagi ko'chaga itarib yubordi.
Novvoyxonaning tepasida o'zidan nur taratuvchi, ba'zi joylari yorilib rangi o'chgan plastmassa bilan yozilgan lavha bor edi. Ochilib turgan eshikdan ajoyib hid taralardi. Ular ichkariga otilib kirishgach, xamir yuqlari qoraytirib yuborgan radarli tandirlarning nurlanishini payqashga ulgurishmay, to'siq orqasidan bir qariya chiqsi.
Terens unga«Kelbatli kishi…» deya ne maqsadsa kelganini tushuntira boshlagan ham ediki, tashqaridan «Nazoratchi! Nazoratchi!» degan qichqiriqlar eshitildi.
- Bu yoqqa! Tezroq! - shivirladi qariya. - Mana bu tandir ichiga kiringlar.
- Shu yoqqami? - hayron bo'ldi Terens.
- Ha! Bu qalbaki tandir. Tezroq!
Avval Valona, keyin Rik, so'ng Terens tandir ichiga kirishdi. Kutilmaganda nimadir shiq etdi va tandirning orqa devori eshikdek ochilib qoldi. Ular shu tirqishdan kichik, xira yoritilgan xonaga o'tishdi.
Ular uzoq o'tirishdi. Bu yerning havosi og'ir, pishirilayotgan nonlarning hidi esa ishtahani qo'zg'ardi. Valona Rikka mehr bilan boqar, gohi-gohida uning qo'llarini asta silab qo'yardi. Rik esa unga ma'nosiz tikilardi.
Oradan naq bir umrlik vaqt o'tgandek bo'ldi.
Devor shiq etdi. Terensning butun vujudi diqqatga aylandi. O'zi bilmagan holda mushtlarini tugib qo'llarini ko'tardi.
Tirqishdan bahaybat yelkalar ko'rindi, Ular ichkariga arang o'tdilar. Kelbatli kishi Terensga qarab jilmaydi:
- O'zingni bos, og'ayni. Urishmoqchi emasman. - Uning ko'ylagi gavdasida sirilib turar, yuzining u yer-bu yeri ozgina tirnalgandi. - Qidiruv tugadi. Agar qorningiz och bo'lsa, pulni to'lang-da, istagan ovqatingizni oling. Xo'sh, nima deysiz?
Yuqori Shahar chiroqlari yetti qavat osmonni ham yoritardilar-u, biroq Pastki Shaharda zulmat hukmron edi. Chiroq nurlarini tashqariga chiqarmaslik uchun novvoyxona derazalariga qalin pardalar tutilgandi.
- Men Matt Xorovman, lekin meni hamma novvoy deb chaqiradi, - o'zini tanitdi kelbatli kishi. - Sizlar kimsiz?
- Biz, haligi… - yelkasini qisdi Terens.
- Ko'rib turibman. Balki men bilmaganim yaxshiroqdir. Biroq, menga yuz foiz ishonishingiz mumkin. Axir sizlarni nazoratchilardan qutqardim-ku, to'g'rimi?
- Ha! Katta rahmat, - Terensning minnatdorchiligi yuraqsan chiqmadi. - Ular bizni qidirishayotganini qayoqsan bildingiz? Hamma qochayotgandi-ku.
Novvoy jilmaydi.
- Hech kimning turqi-tarovati siznikiday emasdi. Yuzlaringiz oppoq, dokaning o'zi edi.
Terens jilmayishga urpndi.
- Siz o'z hayotingizni xavfga qo'ydingiz. Bizni qutqarganingiz uchun minnatdorman.
- Agar imkoni bo'lsa, doim shunday qilaman. Nazoratchilar kimnidir izlayotgan, quvlayotgan bo'lsa, aralashmay turolmayman. Ko'rgani ko'zim yo'q ularni.
- Ko'ngilsiz voqealarga tez-tez duch kelib turarkansiz-da?
- Albatta. Manavi qalbaki tandirni ham shuning uchun qurganman. Shu tandir borki, ular meni tutolmaydilar, ishimga ham xalaqit berishmaydi. Bilasizmi, Florinada qancha skvayr bor? O'n ming. Nazoratchilar-chi? Balki, yigirma mingdir. Bizlar esa, mahalliy aholi, - besh yuz millionmiz. Agar hammamiz ularga qarshi tursak… - u qo'llarini shiqirlatdi.
Terens unga e'tiroz bildirdi:
- Biz qanday qilib ignamiltiq va plazmato'plarga qarshi tura olamiz, Novvoy.
- Biz ham qurollanishimiz lozim. Siz, rezidentlar skvayrlarga juda yaqin yashaysiz va ulardan qo'rqasiz.
Valonaning dunyosi ag'dar-to'ntar bo'lib ketdi. Qarshisida o'tirgan odam nazoratchilar bilan mushtlashdi, endi esa Rezidentni ham mensimay ishonch bilan gapirmoqsa. Rik qizning yengidan tortdi, Valona uning qo'lini olib, tanlashdi-da, unga uxlashni buyurdi.
- … Skvayrlarning ignamiltiqdari, plazmato'plari bo'lsa ham, ular faqat birgina sharoitda, ya'ni yuz ming rezidentning yordami bilangina Florinada hukmronlik qila oladilar.
Terensning jahli chiqib ketdi:
- Sizdan ko'ra ko'proq nafratlanaman ulardan! Ammo baribir…
- Davom etabering, xaxoladi Novvoy. - Bu gapingiz uchun men sizni sotmayman. Xo'sh, nega nazoratchilar sizni quvishdi?
Terens javob bermadi.
- Ehtiyotkorlik - yaxshi narsa, Rezident, lekin uning haddan ziyod bo'lgani har doim ham foyda keltiravermaydi. Balki sizga yordam kerak bo'lib qolar. Axir sizni tanib olishgan-ku?
- Yo'q, tanishmaydi, - dedi Terens shoshib.
- Yuqori shaharda hujjatlaringizni tekshirishgandir.
- U yoqsa bo'lganimni sizga kim aytdi?
- O'zim fahmladim.
- Hujjatimni ko'rishdi, lekin shunchaki ko'z tashlashdi, ismimni o'qishgani yo'q.
- Biroq, sizning Rezident ekanligingizni payqashgan-ku. Ular, qaysi Rezident bugun o'z shahrida bo'lmaganini aniqlashsa bo'lgani. Ehtimol, hozir butun Florinadagi aloqa simlari shu haqsa g'ing'illayotgandir. Xo'sh, sizga yordam kerakmi?
Ular pichirlab gaplashishardi. Rik bir burchakka tiqilgancha uxlab qolgan, Valona bir Novvoyga, bir Rezidentga tikilgaeta, ularning suhbatini indamay tinglardi.
- Yo'q, rahmat, - bosh chayqadi Terens. - O'zim… o'zim bir amallab qutularman.
Novvoy kulib yubordi.
- Qiziq, qanday qilib. Mayli, ertalabgacha taklifimni bir o'ylab ko'ring. Balki, yordam so'rashga qaror qilarsiz.
- Valona.
Ovoz yaqindan kelgani uchun uning soch tolalarigacha silkindi, ammo u shunaqayam past ediki, qiz uni zo'r-bazo'r ilg'adi. U ustiga faqat choyshab yopib yotgani uchun, qo'rquv va xijolatdan g'ujanak bo'lib odsi.
Gapirgan Rezident edi.
- Jim. Faqat eshit. Men ketyapman. Eshik ochiq ekan. Men qaytib kelaman. Eshityapsanmi? Tushundingmi?
U qorong'ulikka qo'l uzatdi-da, Rezidentning qo'lini topgach, uni siqib qo'ydi.
- Rikka ogoh bo'l. Uni ko'zdan qochirma. Valona… - U uzoqjim qoldi. - Manavi Novvoyga juda ham ishonaverma. Men uni tanimayman. Tushundingmi?
Yengil shitirlash eshitildi, so'ng uzoqroqsa nimadir shiqirladi va u ketdi. Qiz tirsagiga tiralib o'tirdi, ammo o'zining va Rikning nafas olishidan bo'lak tovush eshitmadi.
U ko'zlarini yumib, o'ylashga harakat qildi. Nega Rezident nazoratchilarni yomon ko'radigan, ularning uchalovini ham qutqargan Novvoy haqida bunday gap aytdi. Nega butun hodisotlar chuvalashib ketganda, manavi Novvoy paydo bo'lib tez va dadil ishga kirishdi. Balki, hammasi oldindan uyushtirilgandir? Novvoy shunday bo'lishini atay kutib turgandir…
- Allo! Hali ham shu yerdamisiz?
Yorug'lik nuri to'g'ri uning ustiga tushdi, qiz toshdek qotib qoldi. Asta-sekin o'ziga kelib, choyshabni bo'ynigacha tortdi. Nur o'chdi. Gapirgan kim, deya so'rashning hojati yo'q edi. Uning keng yelkalari orqa tomondan taralayotgan xira nurda elaselas ko'zga tashlanardi.
- U bilan birga ketibsanmi, deb o'ylabman.
- Kim bilan, janob?
- Rezident bilan-da. Uning ketganini bilasan-ku. Mug'ombirlik qilma.
- U qaytib keladi, janob.
- Qaytib kelaman, dedimi? U adashibdi, nazoratchilar tutib olishadi. Sening Rezidenting uncha ayyor emas ekan, aks holda eshikni atay ochiq qoldirganimni bilgan bo'lardi. Sen ham ketmoqchimisan?
- Men Rezidentni kutaman.
- Ixtiyoring. Uzoq kutishga to'g'ri keladi. Istagan paytingda ketishing mumkin.
Yana yorug'lik nuri paydo bo'ldi. Valona yerni paypaslab, Rikning ozg'in va rangpar yuzini topdi. Rikning ko'zlari yorug'likda yana-da qattiqroq qisildi, Biroq uyg'onmadi.
- Bu kishini esa qoldirgan ma'qul. Sen ketmoqchi bo'lsang, marhamat, lekin eshik uning uchun yopiq.
- U bir bechora, kasal yigit… - dedi cho'chinqirab Valona.
- Shunaqami? Men kasal, bechora yigitlarni to'playapman, Xullas, gap bitta: u shu yerda qoladi. Yodingdan chiqmasin!
Yorug'lik nuri Rikning yuziga yopishib qolgandek edi.
OLIM
Doktor salim Junsning bir yildan beri toqati toq bo'ldi. Betoqatlik vaqt o'tishi bilan kamaymaydi. Aksincha kuchayadi, Biroq o'tgan vaqt uni Sark Razvedkasi shoshirmaslik kerakligiga o'rgatdi. Chunki xizmatchilarning ko'pchiligi ko'chib kelgan florinliklardan iborat edi va ular o'z obro'lariga putur yetkazishni istashmasdi.* * *
Bir kuni u Sarqda juda uzoq yashaganidan hatto boshmoqlari ham shu yerda ildiz otib ketgan qariya Ebl trantorlik vakil bilan suhbat qurdi,
- Nega sarkliklar davlat idoralarida o'zlari chin dildan nafratlanadigan kimsalarning xizmat qilishiga yo'l qo'yadilar, - deb so'radi Juns.
Ebl yashil may to'ldirilgan qadahni tutar ekan, ko'zlarini qisdi.
- Siyosat, Juns, - dedi u. - Siyosat. Hamma gap sarkcha mantiq bilan olib borilayotgan amaliy genetikada. Sarkliklar aslini olganda pachoq va bir tiyinga qimmat xalq, faqat bitmas-tuganmas oltin koni - florinaga ega bo'lganliklari uchun kekkayadilar. Shuning uchun ular har yili florinaning shahar va qishloqlaridagi yigitlarning eng sara gullarini olib Sarkka o'qishga jo'natadilar. Bundayroqlarini turli qog'ozlarni to'ldirishga, arizalarga qo'l qo'yib turishga o'tkazadilar, aql va iste'dod egalarini esa orqaga, florinaga yuboradilar, ular shaharlarda mahalliy hukmdor - rezidentlikka tayinlanadilar. Florinaning eng aqlli zotlari sarklarga sodiq, chunki ular Sarkka xizmat qilar ekanlar, g'amtashvish, yetishmovchilik nimaligini bilmaydilar, lekin bu ishdan bo'yin tovlasalar, faqat oddiy florinalik kabi yashashgagina umid qilishlari mumkin. Bu esa, do'stim, aslo havas qiladigan narsa emas.
Qari diplomat bir ko'tarishda qadahni bo'shatdi-da, davom etdi:
- Bu yog'i… Rezidentlar ham, Sarqsagi idora xodimlari ham o'z mavqelarini yo'qotmay turib farzand ko'rishga haqlari yo'q. Hatto florinalik ayollardan ham. Sark ayollari bilan nikoh o'qitish haqida esa gap bo'lishi mumkinmas. Shunday qilib, florinaning eng yaxshi genlari betinim chiqitga chiqib ketaverdi va borabora florinada faqat o'tinchilar bilan suv tashuvchilargina qoldi.
- U holda sarkliklar xizmatchisiz qolmaydimi?
- Bu kelajak muammosi.* * *
Shunday qilib, hozir koinot tadqiqotchisi- doktor Salim Juns florina ishlari Departamenti qabulxonalarining birida o'tirar va byurokratik labirintlarda betinim yugurib yurgan florinalik kichik xizmatchilar uni qachon chaqirishlarini betoqatlik bilan kutardi. Nihoyat, uni dabdabali jihozlangan xonaga olib kirib, Kichik Kotib Klerk[3]stoli ro'parasidagi oromkursiga ishora qilishdi. Hech bir florinalik qanchalik ko'p ishga bosh qo'shmasin, baribir Klerqdan yuqoriroq mansabni egallay olmasdi. Florina ishlari bo'yicha Kichik va Katga Kotiblar, albatta, sarkliklardan iborat edi. Juns ularni yuqori qavatlarda uchratishi mumkin bo'lsa ham, bu idorada hech qachon ro'para kelmasligini yaxshi bilardi.
Klerk bir safga tizilgan qat-qat ma'lumotlar to'pidagi har qog'ozni, xuddi unda butun Koinot siri yashiringandek hijjalab tekshirardi. U yosh edi, balki maktabni yaqinda tugatgandir. Barcha florinaliklar kabi u ham oq tanli va sochlari malla rangda edi. Nihoyat, u qog'ozlarni bir chekkaga qo'ydi-da, so'z qotdi:
- Ma'lumotlarga qaraganda, siz bu idorada ilgari ham ko'p bo'lgan ekansiz, shu to'g'rimi?
- Ha, bo'lganman, janob, - dedi Doktor Juns keskinroq ohangda.
- Lekin, yaqin orada emas, a?
- Ha, yaqin orada emas.
- Siz hali ham o'n bir oy muqaddam… - Klerk qog'oz titkiladi, - yo'qolgan koinot tadqiqotchisini izlayapsizmi?
- Xuddi shunday.
- Shu vaqt mobaynida, - davom etdi Klerk, - o'sha odamning hech qanday izi topilmadi va uning sarkliklar hududiga biron marta kirgani ham aniqlanmadi.
- Undan olingan eng so'nggi ma'lumot, - dedi olim, - Sark yaqinidagi fazodan yuborilgandi.
Klerk bir daqiqagina moviy ko'zlarini unga qaratdi. Keyin yerga boqqancha dedi:
- Bo'lishi mumkin, ammo uning Sarkka borgani isbotlanmadi.* * *
Isbotlanmadi! Junsning lablari qimtildi. Xuddi shunday javobni, borgan sari keskinroq tus olayotgan bunday javobni u keyingi oylarda Yulduzlararo Koinot Tadqiqoti Byurosidan ham olayotgandi.
«Hech qanday dalil yo'q, doktor Juns. Doktor Juns, siz o'z vaqtingizni boshqa bir tuzukroq ishga sarflasangiz yaxshi bo'lardi. Doktor Juns, Byuro qsdiruv davom etishini ta'minlaydi».
Bu so'zlar: «Bo'lar-bo'lmas ishlarga pul sarflayvermang, doktor Juns», degan ma'noni anglatardi.
Voqea, Klerk to'g'ri tavsiflaganidek, Yulduzlararo kelishilgan vaqt birligi bo'yicha bundan o'n bir oy muqadsam boshlangandi. Usha hodisaga ikki kun qolganida, Juns Byuroning sarkdagi bo'linmalarini odatdagi tekshiruvdan o'tkazish niyatida sayyoraga tushdi. Uni YUKTB vakili - Sarkning kimyo sanoat chiqaradigan qandaydir elastik saqichni jag' tishlari ortiga o'tkazdi-da, bir qog'oz uzatdi:
- Doktor Juns, kuzatuvchilarning biri xabar yuboribdi.
Juns xabarni ovoz chiqarib o'qidi:
- O'ta muhim ahamiyatga molik ish yuzasidan batafsil xabar berish uchun YUKTB Bosh shtabining kodlashtirilgan aloqa vositasini bo'sh saqlashni iltimos qilaman. Muhim xabar butun Galaktikaga tegishli. Eng kichik trayektoriya bo'yicha qo'naman.
Vakil jilmaydi.
- Buni qarang, janob! «Xabar butun Galaktikaga tegishli» emish. Bu hatto kuzatuvchi uchun juda zarur gap. Xabarni olishim bilan, darrov u bilan yulduzlararo aloqa yo'li orqali bog'lanib gap nimada ekanligini aniqroq bilmoqchi bo'ldim. Biroq unga hech gap uqtirolmadim. U faqat bir narsani,ya'ni florinadagi har bir kishining hayoti xavf ostida ekanligini ta'kidlayverdi. Bilasizmi, u yerda yarim milliard odam bor. U esi past odamga o'xshardi. Shuning uchun to'g'risini aytsam, sayyoramizga kelganida u bilan yakkama-yakka qolishni istamayman. Siz bunga nima deysiz?
- Suhbatingiz yozilganmi?
- Ha, janob, - u cho'ntagini kavladi. - Mana.
Bu bir bo'lak lenta edi. Juns uni asbobga qo'ydi va qovog'ini soldi.
- Ko'chirma nusxa shekilli?
- Ha. Asl nusxani Sayyoralararo Transport Byurosiga jo'natganman. Men uni «Tez yordam» xizmati bilan kutib olsak yaxshiroq bo'ladi, deb o'ylagandim. Balki uning ahvoli og'irdir. Juns yigitning fikriga qo'pshjisi keldi. Chunki, yolg'iz hayot kechiruvchi koinot tadqiqotchilari aqldan ozganlarida, ularning xatti-harakatlarida kutilmagan jihatlar paydo bo'lishi mumkin edi. Biroq, Juns o'ylanib qoldi.
- To'xtang-chi. U hali qo'ngani yo'qmi?
Vakil hayron bo'ldi.
- Nazarimda u qo'ngan, lekin hali hech kim menga bu haqsa xabar bermadi.
- Unday bo'lsa, Transport bilan aloqa o'rnating va tafsilotlarni surishtiring. U aqldan ozganmi yoki yo'qmi, barcha ma'lumotlarni qayd etishingiz kerak.
Juns ertasi kuni, eng oxirgi tekshiruvga keldi. Boshqa sayyoralarda ishi ko'p bo'lgani uchun, u juda shoshayotgandi. U chiqib ketar chog'idagina qayrilib so'radi:
- Kuzatuvchi nima bo'ldi?
- Ha, aytganday, unutayozibman, - dedi vakil, - Sun'iy yo'ldoshlar u haqida hech narsa bilmaydi. Men uning quvvat spektrini fazoga yubordim, ular bunday kema fazoning hech qayerida yo'qligini aytishdi.
Juns qaytishni yana bir kunga kechiktirdi. Kelasi kun u sayyora poytaxti- Sark shahridagi Sayyoralararo Transport Byurosiga bordi. Bu yerda u birinchi marta florinalik byurokratlar bilan to'qnashdi, ular barcha savollarga bosh chayqab javob berdilar. Ular YUKTB tadqiqotchisining Sarkka qo'nmoqchi ekanligi to'g'risida xabar olishgan, biroq kema qo'nmagan.
- Bu juda muhim, - qat'iy turib dedi Juns. - U odam qattiq betob. Ular tadqiqotchining YUKTB xizmatchisi bilan o'tkazgan suhbati yozuvining nusxasini olishdimi?
Byuro a'zolari bu gapni eshitib hayron bo'lishdi. Hech kim biror narsani olganini eslolmadi. U kishining betobligiga, albatta, achinamiz, biroq YUKTBning hech qanday kemasi bu yerga qo'ngani yo'q.
Juns mehmonxonaga qaytib, bu muammo to'g'risida uzoq o'yladi. U qaytib ketishni yana orqaga surdi. Uzoq vaqt istiqomat qilishga mo'ljallangan boshqa xonaga ko'chib o'tdi. Trantor vakili Lyudigan Ebl bilan uchrashishga kelishdi.
Keyingi kunni u Sark tarixiga oid kitoblarni mutolaa qilish bilan o'tkazdi. Ebl bilan uchrashish vaqti yetganida, uning qalbi g'azabdan junbushga kelgandi. Ular hali ko'radiganini ko'radilar…
Qari Ebl uning qo'llarini qattiq siqib, mehmonnavozlik bilan kutib oldi. Robot-barmenni chaqirdi va birinchi, ikkinchi qadahlarni bo'shatish mobaynida ish haqida umuman gapirtirmadi. Juns qulay fursatdan foydalaib qolishga intilib florinaning fuqarolik xizmati to'g'risida savol berdi va Sarkdagi amaliy genetika haqida ma'ruza eshitdi. Uning nafrati yanada opvdi. Shunga qaramay, u ohista va qisqagina qilib, o'tgan voqeani aytib berdi. Ebl biron marta ham uning so'zini bo'lmadi.
Junp gapirishdan to'xtagach, u so'radi:
- Siz yo'qolgan kimsani taniysizmi?
- Yo'q.
- Unga nazaringiz tugimagan hammi?
- Kuzatuvchi - tadqiqotchilarimiz bilan uchrashish juda mushkul.
- Unda avvallari ham ana shunday ruhiy bezovtalik bo'lganmi?
- YUKTBning markaziy boshqarmasidagi yozuvlarga qaraganda, bu - birinchisini. Agar buni ruhiy bezovtalik deb hisoblasak, albatga.
- Qanday yordam qilishim mumkin?
- Men tushuntirib beraman. Sarkning Sayyoralararo Transport Byurosi kuzatuvchimiz kemasining yuritgichlari quvvati spektrini yaqin fazodan topa olmadi, Bu narsada ular aldashmaydi. Men sarkliklar aldam-qaldamni yoqtirishmaydi demoqchi emasman, ular faqat befoyda yolg'on-yashiqni ishlatishmaydi,chunki mening bu fazoni ikki-uch soat ichida tekshirib chiqishim mumkinligini bilishadi.
- To'g'ri, Xo'sh, unda nima?
- Quvvat spektrini faqat ikki holdagina sezish mumkin emas. Birinchisi - yaqin fazoda kemaning yo'qligi, chunki u giperfazo orqali Galaktikaning boshqa qismiga o'tib ketgan; ikkinchisi - uning umuman fazoda mavjud emasligi, chunki kema sayyoraga qo'ngan. Tadqiqotchi o'z fikridan qaytganligiga ishonmayman. Agarda uning florina uchun xavfli va Galaktika uchun muhim hisoblanuvchi fikrlari chindan ham xomxayol bo'lsa, uning Sarkka tushib, xavfdan ogoh qilishiga hech narsa xalaqit qilolmaydi. U o'z fikrni o'zgartirishi va qaytib uchib ketishi aslo mumkin emas. Bu sohada mening o'n besh yillik tajribam bor. Lekin uning xabari to'g'ri bo'lsa, uning yaqin fazodan jo'nab qolishi, hech bir aqlga sig'maydigan xattiharakatdir.
Trantorlik qariya ko'rsatkich barmog'ini ko'tardi-da, uni ohista tebratar ekan, dedi:
- Demak, siz uni Sarkda deb hisoblayapsizmi?
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Koinot oqimlari - 3
  • Parts
  • Koinot oqimlari - 1
    Total number of words is 3792
    Total number of unique words is 1959
    34.2 of words are in the 2000 most common words
    49.6 of words are in the 5000 most common words
    59.6 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 2
    Total number of words is 3779
    Total number of unique words is 1940
    32.7 of words are in the 2000 most common words
    49.1 of words are in the 5000 most common words
    58.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 3
    Total number of words is 3729
    Total number of unique words is 2028
    32.2 of words are in the 2000 most common words
    48.0 of words are in the 5000 most common words
    56.4 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 4
    Total number of words is 3718
    Total number of unique words is 1974
    32.0 of words are in the 2000 most common words
    47.5 of words are in the 5000 most common words
    56.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 5
    Total number of words is 3812
    Total number of unique words is 1950
    32.2 of words are in the 2000 most common words
    49.0 of words are in the 5000 most common words
    58.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 6
    Total number of words is 3779
    Total number of unique words is 2021
    30.4 of words are in the 2000 most common words
    45.4 of words are in the 5000 most common words
    54.8 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 7
    Total number of words is 3828
    Total number of unique words is 1811
    33.7 of words are in the 2000 most common words
    50.3 of words are in the 5000 most common words
    59.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Koinot oqimlari - 8
    Total number of words is 2482
    Total number of unique words is 1300
    35.2 of words are in the 2000 most common words
    48.7 of words are in the 5000 most common words
    58.2 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.