Hafiz - 4

Total number of words is 3344
Total number of unique words is 1961
19.1 of words are in the 2000 most common words
31.6 of words are in the 5000 most common words
41.0 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Parda tagidagi gapni esga sol
Musiqa sadosin yangrat shu zayl
Nohid ham raqsga tushsin muttasil
Shunday chalki, so'fiy hushidan ketsin!Mast bo'lib, xayolan visolga yetsin!Mug'anniy, childirma, sozingni soz et
Yaxshilik odati birla ovoz et!Firibgar jahonning qissasi ravshan
Homilador bu tun ne tug'ar ekan?Mug'anniy, ozurda xotirim kuyla
Yagona bo'lsa ham bu sirim kuyla
Davrondan g'am-alam ko'radi dilim
Bilib bo'lmas kimga intizor o'lim
Mug' rindi yoqmoqda yana olovin
Kimning o'chog'ini buzar qalovi?Qon to'kuvchi bunday qiyomat kuni
Kosayu ko'zasi sinsaydi uni
Mastlarga ashula payg'om yubormish
Ketgan do'stlarga ham salom yubormish
Kel, soqiy, o'shal may otashga oshno
Yubor, g'amdan xalos bo'lay mutlaqo!Menga may ber– ko'ngil sultoni edim
Bu kun olis ketdim, dil joni edim
Kel, soqiy, kelaqol, umr– bevafo
May– vosita, unga gado bo'l, gado!Faqat may umrga qo'shadir umr
G'oyibning eshigin har dam ochadir
Kel, soqiy, sharob suz, majlis et barpo
Dunyo bevafodir, dunyo bevafo!Uning qilmishidan shuni oldim yod
Kayqubod tojini ul etdi barbod
Kel, soqiy, dil komin maydan et talab
Dil oromin istab, ich kech, ertalab
Agar dardu g'amga sabr etsa dil
Dildan qutqarmoqni maydan talab qil
Kel, soqiy, kosani qil limmo-lim may
So'zlab beray nechuk o'tdi Kisro, Kay
Kel, soqiy, dunyodan g'aflatda qolma
Oxir qoning to'kar – ichishdan tolma!Kel, soqiy, kelaqol, sarkashlik qilma
Sen ham tuproqdansan, o'tdan deb bilma!Qadaxga mayni quy, yoqimli otash
Ayniqsa, sof bo'lsa va ersa beg'ash
Kel, soqiy, esganda xush bo'yli nasim
Dunyoda qolmagay na oltin, na sim
Keltir, soqiy, boda bo'lsin la'lin, sof
Qo'lga tut, tugasin bu yolg'onu lof
Tasbehu xirqadan bezorman mudom
May-la ikkovidan bo'shat, vassalom!Mayxona kunjidan kelaqol, soqiy
Undan uzoqlashma, unda umr boqiy
Desa kim: mayxona yurursan nechun?Ne javob berursan? De: Xayrli tun!Keltir, soqiy, menga arg'uvon qadah
Undan dilga shodlik va jonga farah
Menga tutgil, g'amdan xaloslik berar
Bazmga ko'rsatib yo'l, xoslik berar
Kel, soqiy, may tutki, bo'lsin jonparvar
Xasta dilga jondek g'amxo'r dilovar
May bergil, jahonga quray bir chodir
Sarpardam osmondan baland bo'ladir!Kel, soqiy, quyoshdek, oydek, tutgil jom
Taxtim oyog'ida falak, vassalom!Kel, soqiy, ko'hna ul maixo'rlik bo'lsin!Mast bo'lay, qadahing paydarpay to'lsin!Beg'ash qadahingdan agar bo'lsam mast
Xush kuylarni kuylay men– ishratparast
Kel, soqiy, jannatdek bo'ldi anjuman
Yuzingdan yashnadi misoli gulshan
Maydan chetga, soqiy, tushmaydir yo'lim
Bir qadah boqiy may ila tut qo'lim
Jonimni halqumga keltirdi davron
Mug'lar dayri tomon yo'l oldim ravon
Bu jahon g'amidan naf yo'qdir, hech naf
Uni qilmoq mumkin boda ila daf
Kel, soqiy, zavqbaxsh maydan suz bul kun
Ul maydan Raxshga minmoqlik mumkin
Tahamtan misoli olaylik maydon
Dilimiz komi-la qilaylik javlon
Kel, soqiy, uzatgil yoqutdek ichku
Shodlik eshigini dilga ochar u
Kel, soqiy, may tutgil misli Salsabil
Jannat borligidan dilga u dalil
May ber, sho'x kuylasin childirmayu nay
Kay tojidan avlo menga unday may!Kel, soqiy, podshoh xuzuriga bor
Jamshid tojli shoxga so'zim et oshkor
Benavo miskinlar dilini ovla
So'ngra jahonnamo jomingni kovla..
Mug'anniy, chalgil chang ila arg'anun
Ko'ngildan quv nokas bu dunyo fikrin
Agarda bir zamon bo'lsam xotirjam
Ko'ngilda qolmagay na dardu na g'am
Mastlarga ashula va jom yuborgil
Ketgan sronlarga salom yuborgil
Mug'anniy, beri kel, men-la etma jang
Childirmaga qo'l ur gar bo'lmasa chang
Eshitdimki, boshga tushsa g'am, balo
Childirma ovozi ko'ngilga davo
Mug'anniy, qaydasan, gul vaqtidir, gul
Chamanni chah-chaxga to'ldirdi bulbul
Qonim qaynat, dilni urushga keltir
Bir nafas changingni xurushga keltir!Mug'anniy, beri kel, uding bo'lsin soz
Yangi-yangi navo aylasin ovoz!Bir nag'ma ila qil dardimga chora
Dilim misli xirqa ayla sadpora
Mug'anniy, ne bo'lur qilsang lutfu qut
Naying birla dilga solsang otash, o't
Meni fikru o'ydan xalos et bir dam
Dardim kuyib ketsin, barbod o'lsin g'am!Mug'anniy, qaydasan, navo et niyat
Bizdek benavoga ber imkoniyat
Oxir bo'shar ekan bizdan bu dunyo
Bilib qo'y, shoxlikdan gadolik a'lo!Mug'anniy, tinchima, kuyla chalib soz
Biz bechoralarga o'zing chorasoz
Iroq yo'lin ko'rsat o'zing chalib rudhKo'zlarim suvini ayla Zindarud
Mug'anniy, kel, eshit mendan ushbu pand
Mening tilim bilan so'zlar donishmand
Agar g'am boshlasa hujum – tuz lashkar
Childirma, rubob, nay, chang bo'lsin askar
Mug'anniy, sirimga sen yolg'iz mahram
Bir muddat nay chalib, hamdam bo'l bir dam
May birla uloqtir dilda bo'lsa g'am
Bir dam naying chalki, bir damlik olam
Mug'anniy, qaydasan, chalsang-chi, rubob
Kel, soqiy, kosaga solsang-chi sharob!Kel, ishrat qilaylik o'ltirib boham
Yengiltaklik qilib, kulaylik bir dam
Mug'anniy, she'rimdan o'qib bir g'azal
Barbat kuyi ila dardga top amal
Kelaqol, dunyoga hirs qo'yma zinhor
Kishi mol-dunyo-la topmagay qaror.
Shoislom Shomuhamedov tarjimasi
TARJE'BAND
Do'stlikni nega sovurding, ey yor?Shul bo'ldimu va'da, a vafodor?Majruhu zaif dilimga tokayG'am ilgida berguzarsan ozor?Zulfingga asiru beqarorman
Aytginki, bo'lak ne xislating bor?Tokay bu g'ariblaringni joninQiynab etasan jafo bilan xor?Har qanchaki dilni kuydirursan
Men toqat etarman, e sitamkor!Rahm ila, dedim, sitam qilishdanQo'l tortasan endi balki, dildor?Yo'q zarra umidki, san biror kunOshiqqa bo'lurmiding vafodor?Eng yaxshisi shulki, sabr etarman
Maqsadga shu yo'l bilan yetarman
Soqiy, ichay endi qona-qona
Tun bodasidan sun oshiqona
Boshimda agar hushim bo'larkan
To'xtatma qadahni – qil ravona!Oshyonasidan chamanda qushlarBoshlabdi yoqimli sho'x tarona
Sozanda qo'lingga sozing olgilSen ham shu nafasda bebahona
Yor vaslidin aylagil tarannum
Dildan chiqar ud kabi tarona
Tokay bu zamon g'amin yegaysan
Hofiz, may ich, ayla shodiyona!Ko'ksimda alanga oldi ko'p vaqt
Ko'nglim g'amin o'ti g'olibona
Gar bo'lmasa hajr dengiziningQirg'oqlaridan biror nishona
Eng yaxshisi shulki, sabr etarman
Maqsadga shu yo'l bilan yetarman
O'lsam agar ishq azobidan man
Dilni uza olmagum g'amingdan
Oy birla quyosh dilini ezgay
Nolam meni ko'k sari yetarkan
Har lahzada qoshlarin kamoniO'qlar otadi karashmasidanZavqin tugatolmagay AtorudO'tkir qalamini sharhi birlan
Go'dakman-u, ishq g'amida keksa
Keksaman-u, ishq g'amida yoshman
Boshimni tutib misoli Sa'diy
Sabr aylayin, o'ltiray berib tan
G'am bandiga soldi bu zamona
Tashlab meii ko'p uzoqqa sendan
Eng yaxshisi shulki, sabr etarman
Maqsadga shu yo'l bilan yetarman
Ey nozli nigoru sho'x dildor
Oydek yuzing och– boqar ko'zim zor
Boshlab yana umr avvalidan
Tavbam ushatay tamoman, e yor!Ko'zim yo'lagidan elga, ey do'st
Sirrim el ichida bo'ldi oshkor
Ishq ichraki, hajr boshlanibdir
Qay xilda bu jonga tinchimoq bor?Umrini butun sovurdi yelga
Har kimki, g'aminggadur giriftor
G'am ko'rasi ichra ishq o'tida
Ey dil, kuy-u, ud kabi degil: yor!Bosgan izidan o'pishga yorniQo'ymaydi zamona birla ag'er
Eng yaxshisi shulki, sabr etarman
Maqsadga shu yo'l bilai yetarman
Ey qomati sarvu, e gulandom
Xijlatda yuzingdan oy har oqshom
Kelgil yana, o't yequvchi hajringKo'nglimdan olibdi sabru orom
Dil qushdek ilindi u tuzoqqa
Xol– donayu kokiling bo'lib dom
Ko'p kezdim-u, yetmadim murodga
Hajring bila ham olurman orom
G'am birla firoqu men, bu ahvolQayga yetadur topib saranjom?Hajring g'amidir mudom nasibam
Yo yo'qmi alamdan o'zga ayyom?Hofiz, shu erur jah
onda maqsud
Yor suhbati bo'lsa-yu, mayu jom!Hozirdaki blmagay muyassarDil maqsadi sendan, ey dilorom!Eng yaxshisi shulki, sabr etarman
Maqsadga shu yo'l bilan yetarman
Jon rohati– sevgili nigorim
Orzuli dilim umidi– yorim
Shodman g'aming ila, chunki har vaqtUtlug' alaming mening madorim
Ketding-u, unutdim o'zni, ey do'st
Ma'lum emas yo'q ila borim
Jonimda visoling orzusi
Hajringda o'tar bu umri zorim
Utdi bu kecha, nigor, sensiz
Ko'z sshim oqib, tugab madorim
To tutmaguncha ajal yoqamdanIlgim etagingda– shul qarorim!Sa'yim bila xasta dil murodiHech bo'lmadi hosil, ey nigorim!Eng yaxshisi shulki, sabr etarman
Maqsadga shu yo'l bilan yetarman
Ey, dilga g'amingni zaxmi marham
Ishqing yuragimga yoru hamdam
Jon bo'ynida kokiling tanobi
Ko'nglim uzugi labingni bilsam
Qoshing tig'idir jonimga jallod
Dil hokimi bo'ldi ko'zlaring ham
Ko'ngilda nigor-u, men o't ichra
Yor ishqi ko'ngilda – boshqa ne g'am!Maqsadga yetolmay, endi derman
Boshimni olay uzoqqa shul dam
Hofiz, na bo'lardi bahra olsangDil olamidanki– fayzli olam!Dilbarni visoli mulki dilgaOsongina bo'lmagach musallam
Eng yaxshisi shulki, sabr etarman
Maqsadga shu yo'l bilan yetarman.
Chustiy tarjimasi
QIT'ALARShoh, vazirlar va'dasiga berma ko'ngil, ey jigar
Kim bilur– qay yo'l bilan bo'lgay kushod ish oxiri?Bor– tavakkal qil: qalamdan to'kilur har bir zamonYangi naqshu yangi rang, ammo qayon oning siri?!
* * *Mening she'rim gulqand erur
Novvot emas, shahdu asal
Kimning og'zi novvotdan sho'r
Ayb etma, kim qanddan o'sal
G'avg'o tushar boshiga, kimZulol suvdan bo'lsa kasal
Kim onadan tug'mish basir
Ko'nglin ololgay qay go'zal?
* * *Bulbul aylar nola-yu, gul xanda qilgay har zamon
Ne uchun dil kuymasin dildori otash tashlagach?Chakmani jun zohidu shayxdan yetar noxushlik
Men g'ulomi mutrib o'ldim savti beg'ash tashlagach
Zohido, qilma hazar mujgoni tiyridan hecham
Zaxmi pinhondir oni qoshi kamonkash tashlagach.
* * *Yaxshi-yomonni sen o'zingdan so'ra
Muhtasib, boshqadan so'ramak nechun?Yomondan uzoqlash, yaxshiga yondash
Behuda o'tmasin umring tunu kun
Bilasan, rizqimiz beruvchi– Xudo
Sen tama' ketidan bo'lma ko'p dilxun.
* * *Mardumozordan it ham etar or
Itdan pastroqda– kim mardumozor!Haqiqat bu so'z ichra muhayyo
Dilga jo bo'lsin undagi ma'no
Odam-ku sen bilan bir dasturxonda
It esa ko'chada – sovuq, bo'ronda
Ming xayf, shul odamdan chiqadi dushman
Ammo doim vafo ko'rasan itdan!
* * *To'rt xil joyda – to'rt gavharman, –Dedi jomga la'lin sharob. –Zumurradman tok ichinda
Shisha ichra aqiq, noyob
Xum ichinda Zuhro ersam
Jom ichinda– yorqin oftob..
Ey pokiza, oliy zoting bo'lsa hirsu adovatdan
Ey toza dil, baxt asosing bo'lsa yolg'onu firib
Ulug' nasab senga qanday ravo bo'lsin, bu tab'niDevga tortiq etgan bo'lsa, hatto paridan olib.
* * *Madrasalar saroyi, toqu ravoq, ilmu bahs
Dili dono bo'lmasa, foyda keltira olmas
Fazilatning manbai bo'lsa ham qozixona
Ko'zi bino bo'lmasa, foyda keltira olmas
Ey odam, falakdan erkinlik, shodlik
Xurramlik, aysh-ishrat istasang agar
Molu hashamatu mansab fikrin qo'y
Boridan kech– faqat talab et sog'ar!
* * *Jahon moli ketidan yugurgandim bir zamonOxiri tushundimki, foydasidan ko'p zarar
Falak menga ne bersa, o'lponini undirdi
Faryod qilganim bilan yoshlik o'tdi sarosar
Umr o'tib ketmoqda – molu mulk to'xtatolmas
Umr anduhi bul kun barcha alamdan battar.
* * *Endi bir nafas umrim ikki jahon moliga–Alishmayman, qo'sh jahon nazarimda muxtasar
Vayrona dilim ichra hunarimdir xazinam
Dilim daryo bo'lsa gar – ostu ust to'liq gavhar
Bundan keyin boshingga ne ish tutsa ham, Hofiz
G'am yemayin shod yasha – jahon o'tkinchi, o'tar!
Shoislom Shomuhamedov tarjimalari
RUBOIYLAR
1
Jonon bu kechani men bilan o'tkazdi
Bu baxtni menga Xudo o'zi yetkazdi
O'lim g'ami yo'q endi menga, chunki sanamJonbaxsh labidan obi hayot tutqazdi.
2
Ul sham'i Chigil dardini aytib bo'lmas
Kuygan bu ko'ngil dardini aytib bo'lmas
Andin yuragimda g'amki, yo'q mahrami roz
Har kimsaga dil dardini aytib bo'lmas!
3
Bir lahza labingni olmagil jom labidan
To topsa jahon komini dil jom labidan
Omuxta jahon jomida achchig'u shirin
Bul yor labidan yetga-yu, ul jom labidan.
4
Dushmanning jafosidan mudom qoch, ey do'st!Yaxpsh kishilarga quchog'ing och, ey do'st!Odam sanama, qo'lingni yuv nokasdan
Mehring xunar ahli boshidan soch, ey do'st!
5
Bir mohki, qadi sarvga mengzar, oyo
Ko'zgu qo'lida – o'ziga bergay oro
Der menga kulib ro'molcha peshkash etsam:«Vaslim tiladingmi? Xom xayoling, ammo!»
6
Men bandasi ul kimsanikim, shavqi baland!Gar bo'ynida tavqi[1] ishq, abas, mavqe baland!Oshiqlshu ishq kayfini sen ne bilasan
Bul bodani ul kimsa ichar– zavqi baland!
7
Turk chehrali ul farishta jon qasdi edi
Ko'zdan yashirin hur kabi bo'y-basti edi
Tor bo'lmasa muncha og'zing – yuqdek-ku, desam
Kuymang-da qilib tama'i xom asti, dedi.
8
Ey baxt, faqirga qani bir yor bo'lsang
Majruhi zamon– dilga madadkor bo'lsang
Yoshlik-ku chiqib ketdi jilovdek qo'ldan
Keksalik uzangi kabi poydor bo'lsang...
9
Dam urdi vafodan kim– u dupgman bo'ldi
Pok kimsa uchun fosiqlik fan bo'ldi
Tunni dedilar homilador, hayronman
Er ko'rmay u ikkiqat kimdan bo'ldi?!
10
Yor zulfi panohida suman topdi rivoj
Yoqut labidan durri Adan topdi rivoj
Dillarga rivoj bersa labidek koshki
Dunyo-da uning ishqi bilan topdi rivoj!
11
Sho'xlikdami, bizning o'sha dilbar toqdir
Bechora dilim visoliga mushtoqdir
O'ymoq kabi – og'zi, yuzi – lola, tani – siym
Shirinso'zu boz latifu siyminsoqdir[2].
12
Do'st birla o'tir hamda mayu jom ista
Shod etsin o'pich berib gulandom, ista
Xohlaydi jarohatin botishin majruh
Jarrohga kelib, darding uchun kom ista.
13
Bo'lsa edi bir sho'x sanamu barbatu[3] nay
Xilvat va farog'at, yana bir shishada may
Maydan qizibon tandagi bor tomiru pay
Bir arpa umid qilmas edik, Hotami Tay!
14
Kel, qo'lda tutib qilguchi shod bodai nob
Kel, sifla[4] raqibdan yashirin hamda shitob
Dushman so'ziga kirma sira, ketma, o'tir
Kel, tingla bu nuktani-yu, no'sh ayla sharob!
15
Bog' ichra bo'lib bodi sabo doyai gul
Mashshota[5] misoli yasatib poyai gul
Gar soya aro topsa omonlik oftob
Bas, ista quyosh yuzlini-yu, soyai gul.
16
Ul jomki, safo gulshani– tut ilkimga
Yor timsoli sog'ar – ani tut ilkimga
Zanjir kabi ul may o'ralar o'z-o'ziga
Devonasi bo'ldim, qani, tut ilkimga!
17
Hargiz meni yod aylamading, sham'i Chigil
Mushkul esa-da bu men uchun– ko'ndi ko'ngil
Dardeki, g'amingdan yuragimda qat-qat
Dil bilga-yu men bilgum, men bilgum-u dil.
18
Sen– to'lgan oy-u, senga quyosh banda emish
To banda emish o'shal – ravshan-da emish
Bir chehraki, oftob nur emib shu'lasidan
Oy ham ilibon yog'du bilan sha'n-da emish.
19
Ul fasli yigitlikda sharob ko'p sozdir
Gul yuzlar ila bodai nob ko'p sozdir
Olam-ku xarob rabot erur boshdan-oyoq
Bo'lmoq bu xarob yerda xarob ko'p sozdir.
20
Gar biz kabi sen ham asiri dom bo'lasan
Azbaski, xarobi bodayu jom bo'lasan
Dunyosiga o't qo'yguchi oshiqlarmiz
Biz birla o'tirma sira – badnom bo'lasan!
21
Kim ko'rdi u yordan vafo – men ko'raman?Kim ko'rdi jafodan safo – men ko'raman?Umrimsan-u, ammo bevafosan, ne kilay
Kim ko'rdi umrdan vafo – men ko'raman?
22
Zulfingning uchi kabi mening qaddim xam
Oshufta dilim labingni istar har dam
Pista kabi tang labing– dilimning rizqi
Holimning tangligi ayon shundan ham.
23
Sendan meni bu falak ayirgandan buyon
Kim ko'rdi labimda bir tabassumni, qachon?Har qanchaki hijron g'ami bor ko'nglimda –Bir men bilaman hamda Xudovandi jahon!
24
Hajring o'gida sham' kabi afzun yig'lay
Jomdek to'kayin-u ashki gulgun, yig'lay
May jomiga o'xshayman-u, diltanglikdanChang nolasini tinglar ekan, xun yig'lay...
25
To tonggacha yummadim g'aming ichra ko'zim
To tonggacha yosh to'kdim – ko'p dilda so'zim
Dardingni birovga sira aytib bo'lmas
To tonggacha gaplashdim o'zim birla o'zim.
26
Bu so'zi shirinlar ahdiga yo'q poyon
Oriflar ular yo'lida bergaylar jon
Ma'shuqa hamisha ixtiyoringda bo'lar
Ishqbozlar aro bo'lmasa noming doston.
27
Hijron kuni bu– do'stlarni yod aylagali
Aysh vaqti emas ko'ngilni shod aylagali
May jomi qoshimda bo'lsa-da hushyorman
Bir do'stim yuq, chunki nashot[6] aylagali.
28
Ishqing g'amidan qon to'la dil kishvarida
Husning sening aql idrokidan tashqarida
Zulfing ko'yida zoru g'aribdir bu dilim
Oh, holi uning ne bu tun sendan narida?..
29
Ey, timqora zulfing quyoshga soya
Go'yoki niqob kulohing[7] yangi oya
Shom bo'lsa yalovbardor mushkin xatishta
Tong chokar[8] sen kabi qamarsiymoya.
30
Jon zulfini halqasi aro istar joy
Zeroki, balo bandini ochgay ul oy
Yor qoshi uchun jonimni peshkash[9] qildim
Ko'rsatsa yuzin zora o'shal qoshi yoy.
31
Gul so'ylar edi: «Oyoq-qo'lim bo'lsaydi
Qochib qutular edim– yulim bo'lsaidi
Aybim yug'-u, shuncha kuydim, oh, yaxshi edi –Aybim boridan ko'ra o'lim bo'lsaydi...».
32
Sozdir necha dilni may bilan shod etsak
O'tgan bilan ketganni-da kam yod etsakHam bir yo'la zindoniy omonat jonniBir lahza aql ilkidan ozod etsak...
33
Bul kecha g'amingdan qon aro yotgumdir
Ranj bistarida hijron aro yotgumdir
Gar shubha etarsan, o'z xayolingni yubor
Ko'rsin o'sha ne afgon aro yotgumdir...
34
Gul g'unchasi to bodaga hamroz[10] bo'lgay
May maylida nargis qadahsoz bo'lgay
Forig' dili ul kimsanikim misli hubob[11]Mayxonaga yo'l tutib, sarafroz bo'lgay!
35
Na davlati dunyoni(ng) sitamga arzir
Na lazzati mastlikni(ng) alamga arzir
Na shodligi dunyoni necha ming yillikUl bir necha kun mehnatu g'amga arzir.
36
Ulfatlar aro qay kuni dil qildi xitob
Gul mavsumida tark etayin bodai nob
Bulbul chaman ichra qichqirib berdi javob
G'ofil, bu nima – fasli gulu tarki sharob?!
37
Men haqdagi fikringni, sabo, so'zla nihon
Oz bo'lsa-da ishq izhoriga mingta zabon
Ohista so'z och so'z orasinda, tokiSevgimni malol olmasin ul qoshi kamon.
38
Harchand firoq sendan uzoqqa solsin
Sabrimni yuzing hajri dilimdan olsin
Bir bor nazarim tushsa bo'lak yuzga agar
Husning tuzi haqqi, qo'zlarim ko'r bo'lsin!
39
Ich bodanikim, mangu hayot shu asli!Besh kun bu tiriklikda najot shu asli!Gul mavsumiyu do'stu yaqinlar sarmast
Shod bo'l, bu jahonda chin nashot shu asli!
40
O'ldim bo'sa birla quchog'ing orzusida
Uldim o'sha jonbaxsh dudog'ing orzusida
Cho'zib netaman qissani, bas, qisqa qilay
O'ldim, ya'ni boshdan-oyog'ing orzusida!
41
Chehrangki, latofat ichra oyinai ruh
Tonglarda xayoling qadami bersa shukuh
Tortishga ko'zimga qo'rqaman kiprikdan
Bo'lmasmi xayolingning oyog'i majruh?
42
Mazmuni bo'lay, deding, xayol-o'yingning
Sabr ayla-yu, ko'nglingni mudom tutgil keng
Oh, sabr qani-yu, dil nima? Aslida dil–Qondir o'zi bir qatra-yu, andishasi ming.
43
Ko'zingdan makru afsun yog'iladi
Vaj izlab jangga qahru kin yog'iladi
Ko'ngling yana qoldi hamnafaslardan tez
Berahm dilingdan tosh tayin yog'iladi.
44
G'am ichra misoli boda qaynab netasan?G'am lashkariga qarshi nechuk jang etasan?Sabza kabi labdan bodani tutma uzoq
Sabza bo'yida may ich – behinpta yetasan!
45
Qar kun dilim og'riydi bo'lak qayg'u bilan
Har kun uradi ko'zga firoq o'zga tikan
Men jahd etaman vale qazo qaytargay:«Ish boshqa sen o'ylagandan unda umuman!»
46
Suv ketdi tagiga umr vayronasining
To'lmoq g'ami bosdi umr paymonasining
Ey xoja, ko'zingni och, zamon hammoliRaxtini qo'pormoqda umr xonasining...
47
Ey, tortinadi g'unchai mastur sendan
Hayronu xijil nargisi maxmur sendan
Gul teng kela olmas senga, ul mohtobdan–Gar yog'du emar, oladi oy nur sendan.
48
Hech bir umidingni oqlamas charx– olchoq
Har aylanishidan titra misli yaproq
Deding:«Qoradan keyin bo'lak rang bo'lmas
Bo'ldi nega unda qora sochim oppoq?!»
49
G'amdan o'zga mening madadkorim yo'q
G'amdan o'zga ishq ichra ham yorim yo'q
Bas, topmadim o'zga hamdamu hamrozni
G'amdan o'zga do'stu vafodorim yo'q.
50
Maqsad yo'lida umrni zoye' qildim
Naf' ko'rmaganimni bu zamondan bildim
Har kimga degan esam seni do'st tutdim
Bo'ldi o'sha dushmanim – bag'rini tildim...
51
Ey yor yuzi ishqi, meni ko'p zor etma
Dilxasta bu rind ahlini xummor etma
Rasmini yo'lovchilarning, so'fiy, bilasan
Rind ahli haqinda so'zni bisyor etma.
52
Kelmaydi xayolimga o'yingdan o'zga
Yo'l borini bilmadim ko'yingdan o'zga
Har diydaga uyqu yoqar, ammo meningKo'zimga ko'rinmaydi bo'yingdan o'zga.
53
To hukmi ilohiy bunda mangu bo'lgay
Hamrohing abad quvonchu kulgu bo'lgay!Qo'lingdan agar men bir qadah no'sh etsam
Bas, mangu hayot sarmoyasi shu bo'lgay!
54
May maydalab o'ltirsa, na soz, suv bo'yida
Dunyo g'amu tashvinshni qo'y – behuda
Gul umri kabi hayotimiz o'n kundir
Bil har damini uning g'animat juda.
55
Shodlik qushining navolari kelmoqda
Yo Bog'i Eram havolari kelmoqda
Yo yor labidan sabo xabar keltirmish
Alqissa, ajib sadolari kelmoqda.
56
Avvalda vafo qildi tutib jomi visol
Mast etdi-yu, hajr aro so'ng otdi u hilol
Har ikki ko'zim yoshga, dil otashga to'la
Tuproq kabi jonim yulida bo'ldi uvol...
57
Oftobdek ul oy yuzi munavvar bo'ldi
Xatti bo'yida chashmai kavsar bo'ldi
Dillarni u soldi chohiga kulgichining
Choh tegrasi butkul mushku anbar bo'ldi.
58
Sepgan kabi yuz tilim jigar ustiga tuz
Hajring g'ami tutdi xasta ko'nglim sari yuz
Qo'rqib yashagan edim mudom hijrondan
Hayhot, o'sha ayriliq yetib keldi bu kez...
59
Ko'yingda meningdek kishi yo'q bexona
Nazdingda meningdek kishi yo'q begona
Zulfing doriga osishgani bejiz emas–Ishqingda meningdek kishi yo'q devona.
60
Ko'nglim qushi to tushdi g'aming domiga-yey
Bo'ldi u yo'liqqan kabi tig' komiga-yey
Dunyo qadahin sharbatidan bezorman
To'ldi jigarim qoni g'aming jomiga-yey.
61
Vaqt yetdi, xumorlar asta qo'zg'olgaylar
Yoru mayu soz yonidan joy olgaylar
O'tkinchi hayotga qasdma-qasd ul damdaJom birla qadahga qora qon solgaylar.
62
Yer sochini tutdim:«Ey hayotim naqshi
O'nglagil ishim, dilimning farahbaxshi»
Dedi:«Qo'y-u sochimni, labimni ista
Bir lahzalik aysh uzun umrdan yaxshi!»
63
Jonon, seni tark aylamak ermas oson
Zumrad xating qoshida to bermay jon
Jonimni g'izosidir u yoqut lablar
Kelmaydi teng unga ikki yuz ming marjon.
64
Derlarki, behisht eshigiga yetgaymiz
May– qo'lda, malak – quchoqda aysh etgaymiz
Bas, biz mayu ma'shuqni desak, ne bo'pti?Ish oqibati shunday ekan, netgaymiz?!
65
Gul baxti juda kulgan ekan gulshanda
Yig'laydi bulut, gul-chi, qiladi xanda
Maqtansa-da ozodligidan harchand sarv
Tik qaddi bilan bo'libdi gulga banda.
66
Vaj topadi, kim bodani inkor qiladi
Shunday tirilar, har kishi qanday o'ladi!Bizlar yashadik ma'shuqu may birla mudom
Bas, hissa: qiyomatda-da shunday bo'ladi!
67
Sho'r baxtim agar bo'lmasa yor, men na qilay?Ko'nglimni quvonch aylasa zor, men na qilay?Ko'zimning u gavhari edi – tark etdi
Bu gavhari yo'q ko'z endi xor, men na qilay?
68
Qay dam nazaring bu dili g'amnokka yetar
Go'yoki quyosh shu'lasi xoshokka yetar
So'z qotma, esam-da gar yo'ling tuprog'i
Ming hayfki, ovvozing agar xokka yetar...
69
Gar ko'ylagini yechsa u oy yuzli pari –Motdir bu jahondagi go'zallarning bari!Qalbi ko'rinar ko'ksida nozikligidanSof suvda ko'ringan kabi tosh zarralari.
70
Shoh taxtida o'ltirsa-da to'kib yoshiniGul zorlanadi:«Ko'ring bu dunyo ishini
Gar shuncha kuyar men kabi shaffof xilqat
Voy, holiga ming voy gunohkor kishining!»
71
Tokaygacha bu elga jafo qilgaysan?Ozurda ko'ngillarni yana tilgaysan?Dil ahli qo'lida qonsiragan tig' bor
Qoning seni bo'yningda erur bilgaysan?..
72
Tong yeli, o'shal suluvga xushtorligim ayt
Bir ko'rgali oy yuzini ming zorligim ayt
Tunlarni shirin uyquda o'tkazguchi ul –Beg'amga qachondan beri bedorligim ayt.
73
Dedimki:«Labing?» Dedi: «Labim – obi hayot».«Og'zing-chi?» – dedim. Dedi: «Bu – bir dona nabot»
Dedimki:«So'zing?» Dediki: «Hofiz aytmish:«So'z pirlarini duo bilan aylang yod!»
74
Mardlikni so'ra fotihidan Xaybarning![12]Ximmat sirini xojasidan Qambarning![13]Haq fayzini, Hofiz, tilasang astoydil
So'r manbaini soqiysidan Kavsarning!
75
Ey do'st, g'anim jafosiga qo'l silta!Maydan o'zga safosiga qo'l silta!Haqni bil-u, o'zingni – bu olam eliningHar yaxshi-yomon bahosiga qo'l silta!
Ergash Ochilov tarjimalari
1
Tavq– bo'iinboq bo'iinga osiladigan ziynat; halqa.
2
Siyminsoq– bu yerda: go'zal, zebo ma'nosida.
3
Barbat– sakkiz torli qadimiy musiqa asbobi.
4
Sifla– pastkash, nokas.
5
Mashshota– pardozchi.
6
Nashot– shodlik, xursandchilik.
7
Kuloh– bosh kiyim; toj.
8
Chokar– xizmatkor.
9
Peshkash– tortiq, tuhfa, sovg'a.
10
Hamroz– sirdosh, yaqin do'st, ulfat.
11
Hubob– qo'pik.
12
Xaybar fotihi– Hazrat Ali.
13
Qambar– Hazrat Alining quli, xizmatkori.
You have read 1 text from Uzbek literature.
  • Parts
  • Hafiz - 1
    Total number of words is 4032
    Total number of unique words is 2402
    19.0 of words are in the 2000 most common words
    30.8 of words are in the 5000 most common words
    38.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Hafiz - 2
    Total number of words is 4059
    Total number of unique words is 2395
    16.6 of words are in the 2000 most common words
    29.0 of words are in the 5000 most common words
    38.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Hafiz - 3
    Total number of words is 3948
    Total number of unique words is 2400
    14.9 of words are in the 2000 most common words
    25.8 of words are in the 5000 most common words
    34.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Hafiz - 4
    Total number of words is 3344
    Total number of unique words is 1961
    19.1 of words are in the 2000 most common words
    31.6 of words are in the 5000 most common words
    41.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.