Hafiz - 3

Total number of words is 3948
Total number of unique words is 2400
14.9 of words are in the 2000 most common words
25.8 of words are in the 5000 most common words
34.3 of words are in the 8000 most common words
Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
Yo'q edi unda bu xil nazmu tarannum, yor-yor
Ketdi dildor– qancha dillar birga yo'ldoshi erur
Qayda bo'lsa saqlag'il doim salomat, Birubor!Sen agar nafsing tiyib, bexuda yo'lga yurmasang
Shubhasiz vasliga yetgaysan, lursan baxtiyor
Ey yo'lovchi, dilbarimning ko'chasidandur yo'ling
Bosh yorar devori, xushyor bos qadam, oqista bor
Garchi suxbat, ishrating xo'b yaxshidur, ammo, ko'ngul
Bermagil ishqni qo'lingdan – u azizu e'tibor
So'fiy ichgan bo'lmasa, nega kulohi qiyshayur?Ikki jom ichsa yana, salla chuvalgay, e nigor
O'rganib qolmish jamolishta bu Hofizning dili
Parvarish qilmish visoling, bermagil ozor, yor!
* * *Bo'ldim ishqingda kuyib, mashhuri jahon sham'dek
Tunda oshiqlar yo'lida men nigahbon sham'dek
Yumshadi mumdek g'aming ilgida sabrim tog'lari
O'tu suv ichra erur, chunki tanu jon sham'dek
Ey quyosh yuzli, bo'libdur kecha sensiz kunduzim
Menda ishqing zo'rligidan to'ldi nuqson sham'dek
Qirqilur sabrim pilik yanglig' g'aming qaychisidan
O'rtanur hajring-la tan har vaqt so'zon sham'dek
Ko'zlarimdan balki tez-tez oqmaganda qonli yosh
Fosh bo'lmas lrdi sirrim buncha har yon sham'dek
G'amga o'rgangan ko'zimga uyqu kelmas tunu kun
Chunki hijron dardidan ko'z bo'ldi giryon sham'dek
O'tu suv ichra sening ishqingda o'rtandi ko'ngul
Yoshi yomg'irdek oqar har lahza, har on sham'dek
Menga hijron kechasi yo'lla visol parvonasin
Yo'qsa, ohim aylagay olamni vayron sham'dek
Ko'kka yetkizgil boshimni bir kecha vasling bilan
Kel, yorit qalbimni husning birla, jonon, sham'dek
Qoldi umrim bir nafas sensiz, nigorim, tong kabi–Shul zamon ko'rsat yuzingni – topshiray jon sham'dek!Qanday o'chgay dil o'ti – ko'z yosh bilan mehring o'tinBoshiga Hofiz ko'gardi, bo'ldi so'zon sham'dek.
* * *Dilimga g'amzadan o'q urma, jonon
Suzuk ko'zingga boqib, chiqmasin jon
Chiroying davlati yetdi nisobga
Zakotin menga ber– men haqli inson!Qadah to'ldirki, ishqing davlatidanAgar cholman, bo'libmai baxtli o'g'lon!Ko'ngul yorim xayoli birla to'ldi
Bo'lak hech narsa sig'mas dilga shul on
Mayu mashshoqdan o'zga aytsa bir so'z
Qalam sinsin, tanimda qolmasin jon!U g'avg'o ichra kim bir-birga boqmas
Kelur piri mug'ondan menga ehson
Sening, zohid, menga tokay firibing
Asal, sut, olma deb, ham bog'u bo'ston!Men ul qushmanki, xar shomu sa
hardaYurakdan sayrashim-la to'lgay osmon
Icharman g'amli kunlarda faqat may
Qilibman mayfurush-la ahdu paymon
Bu qanday yaxshi fursat– boda ichgach
Vazir, shoh vaxmi yo'q – rohatdadir jon!Meni ko'rganda da'vogar gado derVale g'am boyligi dilda farovon!Ko'ngilni ul zamon Hofizdan uzdim
Qachonkim, bo'ldi soqiy mupisi jon.
* * *Ey sabo, senda u mushkin kokilin xush bo'yi bor
Sen shu xg'gd birlan qolursan olam ichra yodgor
Toza saqlasang, ishonch-la topshirish mumkin sengaHusgu ishqning sirri-yu durdonasinkim, beg'ubor
Bemisol xusning yoqimli– aybi yo'q hargiz, faqat –Bordir atrofingda yurgan shum raqiblar, e nigor!Senga, ey gul, bulbul ovozi qachon bo'lgay pisand
Qarg'alar so'zi qulog'ingda topibdur e'tibor
Men sen ichgan bodadan xushkayfman– bo'lsin halol!Qaysi xumdan bu piyolang to'ldi, ayt, mastona yor?Husn narxini oshirmoqlik ishidir senga xos
Chunki guldek rangu xush bo'y senda doim barqaror
Mushku anbarni zamona yelga sovursa butun
Sadqa bo'lsin senga – mushkin xolu xatlar senda bor!Senga arziydi chiroydan lof urish misli qussh
Chunki oy yuzli g'ulomlar senda bor saf-saf, qator
Kekkayib, noz aylama, ey sarv, bu gulshanaroXam bo'lur xijlatda boshing, kelsa sarvi gul'uzor
Qilsam ohista duo, sho'x-sho'x tabassumlar bilan
Sen o'zing kim, men bilan qanday so'zing bor? – deydi yor
Madrasa burchidan ishq durrini, Hofiz, izlama
Xohlasang topmoqni– chiqqil tashqari mardonavor!
– Vasfiy tarjimalari –
* * *Bir xush tushimda ko'rdim: qo'lda ekan piyola
Ta'biri yaxshilikka albattadir havola!Qirq yilcha dard chekdim, derlar davosi shuldir
Ikki yillik may ichgil, qilmasdan istihola
Erdi chigil murodim– yechmoq yo'lini topdim
Oni berkitgan ermish yor zulfi tola-tola
Sevgi xumori barbod etgan edi vujudim
Baxtimni ko'rki, keldi may liq to'la piyola!Mayxonaga borurman har kun chekib fig'onlar
Hal etgay unda chunki mushkulni ohu nola
Har damda qon yutarman, ammo shikoyatim yo'q
Zeroki, qismatimda shunday ekan navola
Soldim nazar banogoh tong chog'ida chamanga
Gul ishqi birla bulbul dildan chekardi nola
Har kimki mext qo'ydi, maqsad gulini termay
Yelning yo'lida bo'ldi poyloqchi ul nihola
Gulshan nasimi yoqdi qushlar diliga otash
Ul dog'danki, oni saqlardi dilda lola
Dilkash g'azal yozibmish yor maqtoviga Hofiz
Har baytiga berar tan yuzlab go'zal risola.
* * *Ko'rding yana, ey dilki, g'ami yor na qildi?O'z yori vafodoriga dildor na qildi?Jodu ko'ziga boq: ko'rasan ne-ne o'yinlar
Mast zulmi aro o'ylari hushyor na qildi?Yor hajrida ko'zimdagi yosh bo'ldi shafaqrang
Shumtole ekanmanki, bu xunbor na qildi?Ey soqiy, qadah tut, bo'lak ishni qo'ya qolgilBilmas kishikim, sohibi asror na qildi?Ko'rgilki, falakka beribon zeb ila ziynat
Aylanasimon san'ati pargor na qildi?Tong chog'i yashin chaqnadi Layli haramidan
Qays qalbini kuydirdi bayakbor, na qildi?Yondirdi muhabbat o'ti Hofiz dilin, ey voh
Boq yori qadrdoniga– ul yor na qildi?
* * *Zulfingiz qilsa mabodo bir xato, ne bo'lg'usi?Atr urib, bordi-yu, ko'rsatsa jafo, ne bo'lg'usi?Ishq o'tidan jandapo'shning xirmoni kuysa, ne bokShoxdan zulmu sitam ko'rsa gado, ne bo'lg'usi?Hechqisi yo'q, g'amzangiz gar dilni qurbon aylasa
Qilsa janjal jonu jonon o'zaro, ne bo'lg'usi?Ranjimoq yo'qdur muhabbat maslagida – mayni quy
Har kudurat bo'lsa qam, topgay safoh ne bo'lg'usi?Ishqbozlikda kerakdir sabru toqat, ey ko'ngil
Gar malol kelsa ne bo'lg'ay, yo xato, ne bo'lg'usi?Bedavo g'iybatchilardan turli g'avg'o qo'zg'alur
Suhbat ahli qilsa hamki mojaro, ne bo'lg'usi?Xonaqohdan ketdi Hofiz, zohido, ayb etmagil
Topgusi erkin kishi har qayda jo, ne bo'lg'usi?
– Jumaniyoz Jabborov tarjimalari –
* * *Mujda keldi: endi hech qayg'u bilan g'am qolmagay!Avval-oxir neki mavjud bo'lsa, ul ham qolmagay!Xokisor o'ldim agarchi yorning nazdida men
Qoshida ag'yor ham shodu mukarram qolmagay!Bu zabarjadli ravoqqa yozilibdir zar ila
Yaxshilik qolgay jahonda, o'zga olam qolmagay!Pardadorkim, barchani bir-bir kesar shamshir ila
Hech bir inson dahraro manguyu mahram qolmagay!Neku bad naqshin ko'rib, shukru shikoyat ne kerak?Xatti borliqda raqamlar ham mujassam qolmagay!Majlisi Jamshid aro shunday qo'shiqdir – mazmuni
Boda tutgil, jom uzatgil, bir kuni Jam qolmagay!Ey tavongar, sen bu darveshning dilini shod qil
Bu xazina ichra zar, s ganju dirham qolmagay!Sen g'animat anglagil parvonaning vaslini, sham'
Bil, quyosh chiqqach, bu nozik dilrabo ham qolmagay!Yordan sen tama'yu ummidni uzma, HofizoHam jabrdan bir nishon, naqshi sitam ham qolmagay!
* * *Zamon anduhiga hech sohilu poyon ko'rmasman
Bu dardga arg'uvon maydan bo'lak darmon ko'rmasman
Dedim: mayxona pirin xizmatin tark etmagum aslo
Bu ahddan o'zga o'zimga biror imkon ko'rmasman
Xumorman– tomchi mayni menga lozim ko'rmagay hech kim
Demak, ahli jahonda do'st ila yoron ko'rmasman
Oshiq ahli Xudo bilan yaqin derlar, o'zingni tiy –Ki, shahrim shayxlarida ishqdan unvon ko'rmasman
Belingda kokiling– unga dilimni bog'lamishman men
Bo'libman zulmati zulfing aro pinhon, ko'rmasman
Sening qadding mening ko'z yoshlarimdan bahralar olgay
Bu xil obi ravonu ham so'lim bo'ston ko'rmasman
Bu hayron ikki ko'zimdan, ming afsuskim, ming afsuskim
Ikki oynadirki, husni nurafshon ko'rmasman
Bu daryo mavjida Hofiz dili bir kemadek suzgay
Quruq so'zu suxandan foydayu ehson ko'rmasman.
* * *Senga izhori dil qilmoq havasdir
Sening qalbingni ham bilmoq havasdir
Raqiblardan, qarang, oshkor dardimNihon tutmoqqa intilmoq havasdir
Qadr oqshomi-ku oliy, muqaddas
Sening-la tun bo'yi bo'lmoq havasdir
Nafis durdonalarni tori dilgaMehr-la injudek ilmoq havasdir
Madad bergil, sabo, tun ichra menga
Saharda gul-gul ochilmoq havasdir
Bu lutfing-chun ko'changni kiprigim-laSupurmoqlikka egilmoq havasdir
Yozib rindona she'rlar xuddi Hofiz
Da'vo ahliga bas kelmoq havasdir.
– Shoislom Shomuhamedov tarjimalari –
* * *Tong-sahar vaqti, qarang, sabru sabotim berdilar
Qop-qora tundan olib, obi hayotim berdilar
Nogahono porlatib jismimni ezgu shu'lasi
Sarbalandlik jomida yangi sifotim berdilar
Ne muborak tun edi ul va ne xurram kech edi
Ul qadr kechda mening qutlun barotim berdilar!So'ngida vasfi jamolim ko'zguda ko'z-ko'z etib
Mujda keldi-yu, shul on jilvai zotim berdilar
Men agar shodmon yetibman maqsudimga, ne ajab
Bu mening haqqim edi– haqqu zakotim berdilar!Ul sharaf ayyomi baxtim mujdasin berdi yana
Mehnatu qadrim balanddir– naqliyotim berdilar
Gar tilimdan ketma-ket shahdu shakarlar yog'ilur
Bu sabr in'omidirkim, ul nabotim berdilar
Kimyodir bir ajab piri mug'onga bandalik
Maykada tuprog'idan ohang – bayotim berdilar
Doimo Hofiz saharxez subhidam olgay nafas
Necha zahmatdan xalos aylab, najotim berdilar.
* * *To magar dunyoda bor mayxonadan nomu nishon
Boshimiz mayxona pirin yo'lida xoku to'zon
Ham quloqda dayr pirin halqasi bordir azal
Halqa birlamiz hamisha, halqa bo'lgaydir hamon
Qabrimiz ustidan o'tsang, himmat aylagil talab
Qilgusidurlar ziyoratgoh oni rindi jahon
Pok poying kafti tekkan bu zamin yillar mudomSajdagohi qiblai hushyordil bo'lgay, ishon
Ket, yo'qol, zohidi xudbin ko'zimizdan to abad
Parda ortinda jahonning sirlari bizdan nihon
Ishqi tushgan go'zalim turk qizi bul kun yana mast
Ishqida xuni dilim bo'ldi yonoqlardan ravon
Ta'na etma mastni, ey zohidki, hech maglum emas
Kim nechuk ketgay bu olamdan va bilmasmiz qachon?Shavqing ichra kirsa go'rga ko'zlarim bil, ey nigor
To qiyomat bo'lajak senga nigoron har bir on
Hofizo, baxting agar shunday olar bo'lsa madad
Sevgiling zulfi ham o'zga qo'lda bo'lgay begumon.
* * *Ketmoqda dil qo'limdan – dil ahlidir sababkor
Dilda nihon sirim ham bo'lgusi endi oshkor
Bizning kema siniqdir, dengiz shamoli, qo'zg'al
Balki yana ko'rarmiz oshno yuzini bir bor
Besh kunlik umr vafosi afsonayu xayoldir
Insonga yaxshilik qil, fursat g'animat, ey yor!Gul shoxi uzra bulbul mastona qildi nola
Tong otdi, ey xumori, keltir sharobni takror!Ey sohibi karomat, shukrona qil– sihatsen
Tarannumingni darvesh ahliga ayla bisyor
Bu olamu u olam osoyish ikki ishdan
Do'stlarga chin muruvvat, yovlarga zarda darkor!Bizni kiritmadilar aslida yaxshi yo'lga
Xush kelmasa dilingga, qilgin qazoni bekor
Achchiq bu suvni so'fiy der: Manbai falokat!Qizlar labidan a'lo menga sharob – madadkor
Yo'qlik chog'ida, ey do'st, tark etma ishratingni
May– kimyo, gadoni aylar Qoruncha moldor!Sarkashlik etma sham'dek, kuydirmasin dilingniTaftida xora toshni mum aylaguvchi dildor
Iskandar oynasi ham may jomi-ku– nazar sol
Doro diyori hrlin u senga qilgay izhor
Forsiy zabonli turklar umrga yil qo'sharlar
Soqiy, rindona may tut, raqs aylasin azmkor
Mayga tegibdi janda– kiymaydi oni Hofiz
Bizni kechirgil endi, ey shayxi pokkirdor.
* * *Siyna limmo-lim alam-ku, qayda malhamdan darak?Yakkalikdan har nafas halqumga jonim kelajak
Soqiyo, bir kosa may ber– bir nafas orom olay
Kutmagil orom falakdan– ul o'zi ham jonsarak
Men dedim ziyrak kishiga: Ko'rgil ahvolin nechuk?Ul dedi: Olam– parishon, ishlaridir charxpalak
Sabr chohinda kuyib o'ldik Chigil mohi uchun
Turk shohi hech xabar olmas, qani Rustambilak?Ishqbozlik ko'yida xotirjam o'ltirmoq xato
Ming tilinsin dardingga doru qidirgan xar yurak!Nozu ne'mat ahlining rindlik ko'yinda yo'q ishi
Bo'lmagay yo'lboshchi kuymak bilmagan beg'am so'tak
Chin kishi ko'zga chalinmas – olam ichra istama
O'zga odam, yangi olam qaytadan tuzmoq kerak!Turgil o'rningdan, beraylik dilni ul maxga agar
Mo'liyonning bo'yi kelsa lablaridan bebo'nak
Hofizo, ko'z yoshidan ne sud bu ishq g'avg'osida
Ummoningdan yetti daryo tomchidir yoki pufak.
* * *Jon bejamoli jonon mayli jahoni yo'qdir
Mayli jahoni yo'qdir, demakki, joni yo'qdir
Hech kimda dilbarimning topolmadim nishonin
men xabarsiz omiy, yo hech nishoni yo'qdir!Har shabnami bu yo'lning otashli bahri ummon
Har dardi bir muammo– sharhu bayoni yo'qdir
Qo'ldan chiqora ko'rma farog'atin damin hech
Ey sorbon, jilov tort– yo'lning poyoni yo'qdir
Chang qomati egilgan– ishrat aro chalurlar
Chol so'ziga quloq sol – aslo ziyoni yo'qdir
Dil, rindlik tariqin sen muhtasibdan o'rgan
Ichib yurar-u, elning undan gumoni yo'qdir
Qorun yig'ibdi boylik, zamon etibdi barbod
Zar yig'magil, deya ayt, vafo hayoni yo'qdir
Agar raqibi sham'dir – undan siringni berkit
Bilgilki, sho'x dilafro'z, bandi zaboni yo'qdir
Har kimsaning jahonda Hofiz kabi quli yo'q
Hech kimsaning seningdek shohi zamoni yo'qdir!
– Erkin Vohidov tarjimalari –
* * *Yorim qo'liga qadahki olgay
Bozori sanam kasodga qolgay
Har kimki, ko'zini ko'rsa deydi
Bu– mast, qani muhtasib, tutolgay?Ashk bahri aro baliq bo'libman
Qarmog'ini yor chu suvga solgay
Zor ila ayog'iga yiqildim
Ummid etamen: qo'limdan olgay
Hofiz kabi xurram ul kishikim
Jomi azali(y)ni no'sh etolgay
Kecha doston bo'ldi oshiq davrada gisularing
To yarim tun bahsga bois bo'ldi anbar mo'laring
Kipriging novaklaridan qonga aylandi ko'ngil
Vah, yana qo'msar, ajabkim, ul kamon abro'laring
Avfilillohkim, sabo keltirmasa sendan xabar
Hech nasib bo'lmasdi ko'rmak bizga ko'cha-ko'laring
Bexabar erdi jahon avvalda ishq oshubidin
Qoldi g'avg'oga u ko'rgach g'amzai jodularing
Men ham avvallar edim dardi junundin bexabar
Qo'ydi domin yo'llarimga kokili hindularing
Tugmalarni yechgil-u, dil mushkulin ayla kushodKim, yechilmog'imga bois dilkusho kulgularing
Kel vafo aylab, qadam qo'y Hofizingning xokigaKim, bu olamdan olib ketmish meni orzularing.
– Jonibek Quvnoq tarjimalari –
* * *Bir umr mayxona burchi xonaqohimdur mening!Piri mayxo'rlar hamisha qiblagohimdur mening!Tong chog'i may bo'lmasa – hech bir xatarli joyi yo'q
Tongdagi qilgan fig'onim uzrxohimdur mening
Shukr eturman– yo'q erur shohu gado birla ishim
Do'st dargohin gadosi podshohimdur mening!Masjidu mayxonadan maqsad faqat diydor ko'rish
O'zga yo'q fikrim – Xudovandim guvohimdur mening!Ostonaig boshga sstiq bo'ldi-yu bir taxt kabi
Oftobing toju taxti takyagohimdur mening!Yetmaguncha to ajal tig'i boshimga, shubhasiz
Yuz o'girmak eshigindan ishtibohimdur mening
Nosavob ishlarga yo'q, Hofiz, sening mayling valeXushodoblikdan deginkim: bu gunohimdur mening!
* * *Lablaringning sharbatidan chiqmadi komim hanuz
La'l joming orzusida bo'sh turar jomim hanuz
Kecha g'orat bo'ldi dinim ikki zulfing domida
Ushbu savdoda ne tus olgay saranjomim hanuz
Yanglishib tunda Xo'tan mushki, dedim, zulfingni men
Tig'dayin botgay soching, qon sochgay andomim hanuz
Yuzlaringni shulasin xilvatda ko'rdi oftob
Tig'iga bo'ldi nishona eshigu tomim hanuz
Bir kuni nomimni tilga oldi jonon yanglishib
Barcha oshiqqa misoli jon erur nomim hanuz!Lablaringning soqi(y)si berdi azaldan qatra may
Ketmagay mastlar tilidan nomu payg'omim hanuz!To bo'lay oromi joning, o't, deding, jon baxtjdan
G'amlaringga jonni berdim – yo'qdir oromim hanuz
Yozdi Hofiz mex ila la'li labingning qissasin
Chashmadur obi hayotga she'ru ilhomim hanuz.
– Olimjon Bo'riyev tarjimalari –
* * *Mudomim mast tutg'aydir nasimi ja'di gisuying
Xarob etgay meni har dam firibi chashmi joduying
Necha sabru toqatdan so'ng tuni, yo Rab, ko'rolg'aymenKo'zim sham'ini yoqmog'ini bir mehrobi abro'ying
Savodi lavhi ko'rmoqni aning-chun men aziz tutgum
Jonimg'a nusxaye bo'lg'aymi naqshi xoli hinduying
Agarda jovidon dunyoni yashnatmoqni istarsan
Sabog'a ayt, ko'targaykim zamone burqa'i ro'ying
Va gar rasmi fano istarsan olamdan burib yuzni
Ki silkib yer uza to'ksin minglab jonni har mo'ying
Manu bodi sabo miskin– iki sarsoni behosilMen afsun mast ko'zingdin-u, u masti bo'yi gisuying!Yashab himmat-la Hofizingni dunyoyu oxiratdan
Ko'rinmas hech ko'ziga juz ul xoki sari ko'ying.
* * *Dardimizga yo'q darmon, alg'iyos!Hajrimizga yo'q poyon, alg'iyos!Dinu dilni oldi-yu, jon olg'usi
Alg'iyos, ey jabri jonon, alg'iyos!O'ptirib bir – evaziga jon so'rar
Bag'ritosh ul sho'xi xubon, alg'iyos!Bevafolar qonimizni ichdi-ku
Ey musulmonlar, ne darmon, alg'iyos!Misli Hofiz kecha-kunduz tinmayinYig'ladigu yig'ladik qon, alg'iyos!
– Mirzo Kenjabek tarjimalari –
* * *Yor zulfining yo'lida xato ketsa – ketibdir!Bizga qaro xolidan jafo ketsa– ketibdir!Ul yor xirmanida ishq barqi kuysa– kuymish
Shoh jabri biz gadoga ravo ketsa– ketibdir!Dil xotiri tariqat yo'lida yo'q – ketir may
Ko'rgan kudurating ham safo ketsa – ketibdir!Sevgi sabot so'raydir, ko'ngilginam, sabr et
Malol kelsa– kelibdir, xato ketsa – ketibdir!Dildor g'amzasidin dil xor o'lsa – o'libdir
Jononu jon aro mojaro ketsa– ketibdir!So'z ahlidin malomat ayon kelibdir, ammo
Davradoshlar aro tek nizo ketsa– ketibdir!Hofiz aybini, voiz, ayt, nega xonaqohdaBog'labsan erk oyog'in, qo'y-o, ketsa – ketibdir!
* * *Saloh bizdin ne istarsenki, mastlarga salo debmiz
Ajib mast nargising davri salomingga duo debmiz
Menga mayxonaning ochg'il eshikin – xonaqoh berkdir
Ishong'il, gar ishonmassen, shudir so'z, biz ado debmiz
Sening ko'zingdan, ey soqiy, xarob bo'ldim, xarob bo'ldim
Vale do'stdan balo kelsa, yana ming marhabo debmiz!Muruvvat etmasang bizga, pushaymonlig' bo'lur oxir
Unutma hech bu ma'noniki, xizmatdin sango debmiz
Dedim: qadding erur shamshodu yondirdi xijolatlar
Nechun aytib bu nisbatni, bu bo'htonni raso debmiz!Jigar nofam kabi qondir– qarodir, chin jazodir bu –Qaro zulfingga so'z aytibmiz-u, chindan xato debmiz
O'zing otashsan-u, Hofiz valekin yor yonmaydir
Demak, guldin shikoyatni saboga noravo debmiz.
* * *Dedim: Labing qachon-o bir komron aylayur?Dedi: Naki deyursan– ko'zga, shu on aylayur!Dedim: Misr xirojin aylayur talab labing
Dediki: Bu talabda bir oz ziyon aylayur
Dedim: Kim ul– dahoning nuktasiga topdi yo'l?Dediki: Bu qissani ul nuktadon aylayur!Dedim: Samad-la o'ltir, sanamparast bo'lma!Dediki: Ishq unga ham, bunga ravon aylayur!Dedim: Mayxona zavqi g'amni olur dildin
Dedi: Yaxshidur ulkim, dil shodmon aylayur!Dedim: Sharobu xirqa mazhabga odat ermas
Dedi: Qabul mazhabi piri mug'on aylayur!Dedim: La'li labingdin men keksaga ne suddir?Dediki: Bo'sa boldur, ul navqiron aylayur!Dedim: Qachon xoja hajla tomon borgay?Dedi: Qachonki oy-u Zuhro qiron aylayur!Dedim: Duoyi joning etmak Hofizga shondir!Dedi: Yetti osmon duoyi jon aylayur!
– Ergash Ochilov tarjimalari –
* * *Bir dilbari jononimiz oldi-ku dilu jonimiz
Oldi-ku dilu jonimiz bir dilbari jononimiz
Bersa o'pich jononimiz qayta tirilgay jonimiz
Qayta tirilgay jonimiz, bersa o'pich jononimiz
Chin ravzai rizvonimiz yor eshigin tuprog'idir
Yor eshigin tuprog'idir chin ravzai rizvonimiz
Bizning dili hayronimiz oshuftayu shaydosidir
Oshuftayu shaydosidir bizning dili hayronimiz
Ul Yusufi Kan'onimiz husn iqlimining shohidir
Husn iqlimining shohidir ul Yusufi Kan'onimiz
Sarvi bog'u bo'stonimiz zebo, kelishgan qomati
Zebo, kelishgan qomati sarvi bog'u bo'stonimiz
Shu Hofizi xushxonimiz fazlu kamol timsolidir
Fazlu kamol timsolidir shu Hofizi xushxonimiz.
* * *Qaytadi Kan'onga ul Yusufi sarson, g'am yema!Bir kuni g'am kulbasi bo'lgay guliston, g'am yema!Bo'lma badbin –g'amzada ko'ngling ishi o'nglangusi
Toabad savdoli bosh qolmas parishon, g'am yema!Boshga tortarsan yana gul pardasin bo'ston aroKelsa umring ko'klami, bulbuli xushxon, g'am yema!Bu falak biz istagandek bir nafas aylanmadi
Lek mudom bir xilda qolmas charxi gardon, g'am yema!Noumid bo'lma, ilohiy sirga aqling yetmasa
Ko'p o'yinlar, bilsang, ul pardada pinhon, g'am yema!Gar fano seli hayotingning asosini yiqar
Nuh panohing bo'lsa, kelsin, mayli, to'fon, g'am yema!Ka'ba shavqida bisbonlarni qat' esang agar
Shox-tikan tilsa oyoqni, aylasa qon, g'am yema!Bizga yor hajri, raqib ozori, bas, qismat emish
Holimizdan boxabar aslida Yazdon, g'am yema!Kimki sargardon bo'lib, olamda g'amxo'r topmadi
Oqibat bir mehribon topgay ul inson, g'am yema!Garchi manzil ko'p xatarlik, garchi maqsad noayon
Yo'q biror yo'lki, unga bo'lmasa poyon, g'am yema!Bu faqirlik go'shasi, tun xilvatida, Hofizo
To ishing zikru duo, tahsili Qur'on, g'am yema!
* * *Do'stlar bazmu visolin yodda tut!O'tgan ul kunlar xayolin yodda tut!Bir vafoli do'st topolmaysan bu kun
Ul vafo ahli kamolin yodda tut!Qildi g'am achchig'i og'zimni zahar
Jom jarangi, may zulolin yodda tut!Men-ku g'amga chora topmay yonaman
Chorasiz holi maholin yodda tut!Garchi do'stlar men faqirni eslamas
Har nafas do'stlarni holin yodda tut!Men balo domiga bo'ldim mubtalo
Haqparastlar sa'y-jidolin yodda tut!Qoldi Hofizning siri aytilmayin
Sirdosh ulfatlar jamolin yodda tut!
* * *Jahonda bo'ldi odat bevafolik
Birovda yo'q nishoni oshnolik
Hunar ahli faqirlik hasratidanXasislar qoshida qilgay gadolik
Bu kun har kimki donishmand jaqonda
Unga qismat alamga mubtalolik
Kishi johilu nodon bo'lsa qancha
Bu bozorda uning moli baholik
O'qib shoir chiroyli she'rlariniKo'ngillarga ulashsa ro'shnolik
Tariqcha xayru eqson aylamaslar
Sanoiydek agar she'ri safolik!Kecha aqlim qulog'imga shivirlar
Chida, ketmas boshingdan benavolik!Kel, ey Hofiz, bu pandni tingla jondan
Ado qilgunicha she'rga fidolik.
* * *Ey shom, ko'yimiz sari guzar qil!Ey tong, qolimizga bir nazar qil!Tun zulmatida ezildi jismim
Yo Rab, qora tunlarni sahar qil!Ey tong yeli, ul sanamga aytgil
Qurbonlaring sari guzar qil!Hajring g'amida agarchi o'ldim
Ey yor, meni o'qingga sipar qil!Qoshini kamonidan xazir bo'l
Noz-ishvasi o'qidan xazar qil!Maqsadga yetolmasang, ayo dil
Jim bo'l-u, so'zingni muxtasar qil!Yor vaslini, Hofiz, istar ersang
Jon ber yo'lida-yu, tarki sar qil!
* * *Yor ishqi menga nihrli hayrat
Yor vasli menga kamoli hayrat
Vasli mayiga cho'mish bas, oxir –Ko'rsatgusi yuz jamoli hayrat
Bas, qolg'usi na visol, na vosil
Har qaydaki bor xayoli hayrat
Tutmish yeru ko'kni bir ovoza
Eshitdim esa: savoli hayrat
Tan berdi ulug'ligiga butkul
Kim angladi ne jaloli hayrat!Hofizni vujudi boshdan-oxirIshq ichra emish niholi hayrat.
* * *Dardim meni dildordan-u, darmon ham
Dil bo'ldi o'shal yorga fido-yu, jon ham
Husn ichra topilmas tengi yorni, ammo
Ul ishqu muhabbatda shahi davron ham
Qonimga emish tashna u– tutsin yodda
Sindirdi-yu ahdini, unut paymon ham
Men-ku yashirur erdim azal ishqimni
Afsona emish el ichida, doston ham
Bas, davlati vasli-ku muyassar bo'ldi
Albatta o'tar ayrilig'u hijron ham
Yor husnining bir jilvasi ikki olam
Undan yana ne paydo bo'lar, pinhon ham
Dunyo ishiga yo'qdir ishonchim aslo
Yurmaydi ra'yingga charxi gardon ham
Oshiq cho'chimas hech kishidan – may keltir
Hech qozini qahri-yu, hukmi sulton ham!Ul muhtasib yaxshi bilar: Hofiz– oshiq
Shu mulki Osaf, davlati Sulaymon ham!
* * *Eyki, doim o'zingga mag'rursan
Bo'lmasa aqling seni, mazursan
Senki ishq ah
liga tekkizma tiling
Aqlu oqillik ila mashhursan
Ishq mayining mastligi yo'q boshingda
Chuiki uzum suvi-la ma'mursan
Rangi somon, ohi misoli otash
Oshiq elining nishonin so'rsang
Baxridan o't nomusu orning, Hofiz
Ista may jominikim, maxmursan.
* * *Musulmonlar, menga vaqti dil erdi
Dedim yorimga har ne mushkil erdi
Biroq hamdardu sri maslahatgo'yAzal suyanchi har ahli dil erdi
G'amidan may kabi girdobga tushdim
Iloj yolg'iz umidi sohil erdi
Meningdek yor ko'yida yitdi ko'plar
Etakdan tutguchi ne manzil erdi?Bu telba bandaga rahmatlar ayting
U bir vaqt korvoni komil erdi
Menga so'z darsini o'rgatdi to ishq
So'zim katta-kichikka ma'qul erdi
Talab yo'lida durlar to'kdi ko'zim
Biroq yor vaslidan behosil erdi
Yetar, aytmaki, Hofiz nuktadondir
Axir, ko'rdik-ku biz: ko'p g'ofil erdi.
* * *Zohidi zohirparast ishq ahlidan ogoh emas
Bas, malomat qilsa-qilsin– so'zlari dilxoh emas
Har ne yuzlansa sulukda lutf erur solik uchun
Ul siroti mustaqimda hech kishi gumroh emas
Uynar-u rux ming maqomda, biz piyoda surgamiz
Dona sursa taxtada rindlar majoli shoh emas
Bu munaqqash, serjilo, oliymaqom ayvon nedur?Bu muammodan jahonda hech kishi ogoh emas
Demagil bilmas hisobni sohibi devonimiz
Baski, iqroring nishoni hasbatanlilloh emas
Xohlaganlar kelsin-u, xohlaganini so'zlasin
Ushbu kibr etguchi, hojib tutguchi dargoh emas
Bosh urish mayxonaga oshiqi sodiqlar ishi
Xudfurushlar mayfurushlarga sira hamroh emas!Kelsa har ne ko'rgulik – boisi bizning qilg'ilik
Bo'lmasa, lutfu karaming kimsaga ko'toh emas
Men xarobot piriga qulmai– mudom lutf ko'rguzar
Chunki lutfi shayxu zohid qavmining har goh emas
Himmati Hofizni yuksak: istamas mavqe-maqom
Ko'hna may oshig'i orzumandi molu joh emas.
* * *Zohidi xilvatnishin keldi kecha mayxonaga
Tavbasin sindirdi-yu, cho'zdi qo'lin paymonaga
Davra so'fiysi kecha jomlarni sindirgan edi
Qatra may ichdi-yu, aylandi yana farzonaga
Yoshi o'tgan borki, g'aflat bahriga cho'mgan edi
Keksalikda do'ndi qayta oshiqi devonaga
Dinu dil ovlab yurar erdi tunu kun mug'bacha
Yor yo'lida aylanibdi hammadan begonaga
Gul yuzining otashi kuydirdi bulbul xirmanin
Sham'ni kulgan chehrasi ofat erur parvonaga
Kecha-kunduz yig'lagandik, shukr, zoye' ketmadi
Qildi teng ko'z yoshimiz har qatrasin durdonaga
Sehru jodu oyatin o'qiydi soqiy ko'zlari
Halqai avrod berar joy majlisi afsonaga
Endi Hofiz manzili podshohlar dargohidir
Ketdi dil dildor bilan, bog'landi jon jononaga.
SOQIYNOMAFitnasin boshlagay bu kun ro'zgor
Menu mayxo'rligu yor – ko'zi ayyor
Kel, soqiy, may keltir, tuzalsin ahvol
Yetishsin farog'at, yetishsin kamol
Boda tut– yiqildim vayron o'lib dil
Bu har ikkisidan olmadim hosil
Kel, soqiy, keltirgil sharob to'la jom
Kayxusrav, Jamshidga yuboray payg'om
Nay ila aytayin, eshitsin ulusQay biri Jamshidu qay biri Kovus
Fotihlik kimyosin keltir, ey soqiy
Qorun ganji Nuhdek topsin umr boqiy
Qadah tut– umringga umr qo'shilsin!Orzuying eshigi shunda ochilsin!Soqiy, Jam jomidan tutgil shunday may
Yo'qlikda obodlik lofini urgay
Menga berki, agar yorliq qilsa jom
Jamdek bilay olam sirrin batamom!Bu ko'hna olamning sayridan gapir
O'tmishdagi shohlar umrida ne sir?Bizga hamon manzil bu xarob jahon
Afrosiyob taxti ketmishdir qayon?Lashkarboshi Piron turmas oyoqda
Turon qilichbozi Sheda qayoqda?Piron qayga ketdi, lashkari qani?Turonli Sheda-chi, xanjari qani?Faqat taxtu qasri bo'lmadi barbod
Mozorin ham hech kim aylamaydi yod
Hali ham bizlarga bekat biyobon
Tur lashkari unda gum bo'lgan oson
Ne xush so'z demishdi Jamshidi dono
Arpa doncha turmas besh kunlik dunyo!Soqiy, o'shal tobnok otashni keltir
Zardushtni chiqorsin tuproqdan axir!Menga ber-chi, ichib bo'lay rindu mast
Nazdida bir otash yo dunyoparast
Kel, soqiy, har kimda nihoniy iffat
Xarobot ichinda o'ltirar faqat
May bergilki, badnom bo'lmoq istayman
Xarobi mayu jom bo'lmoq istayman
Andishaga olov solguvchi may ber
O'rmonga o't qo'ysin uni ichsa sher
Ichib, shergir falak boshiga boray
Bu keksa bo'riga tuzoq ham solay
Shunday may ber, soqiy, jannatiy otashIla hur atrini qilib aralash
Bu xushbo'ylikni ham uray otashga
Bir xushluq keltiray aqlu dil g'ashga
May bergil, ey soqiy, keltirsin shohlikPokligidan ko'ngil bersin guvohlik
May bergil gunohdan pok aylagan choq
Go'rdan bosh ko'taray, ishratda quvnoq
Ruhoniylar bog'i bo'lmish maskanim
Nechun taxta uzra banddadir tanim?Menga sharob ber-u, davlatim ko'rgil!Xarob aylab, ganji hikmatim ko'rgil!Men shunday qo'limga qadah olgan onBo'ladir ko'zguda har sir namoyon
Mastlikda podsholik damin urgayman!Shohlikda gadolik damin urgayman!Mastlikda sir durrin terayin chandon
Behudlikda sirni kim tutar pinhon?Agar Hofiz qo'shiq aytsa mastona
Zuhra rubob kuyi to'lar osmona
Mug'anniy, qaydasan, yangratib rubob
Shohona qo'shiqni esga ol shu tob
Bexudlik yo'lini tanlabon biz ham
Zikr sho'x raqsiga tushaylik bul dam
Taxtu toj iqboli farovon bu kun
Daraxtida shohlik mevasi to'kin
Zamon podshohi, zamin sardori
Davlat osmonining oyi, tojdori
Ul shohlik taxtining ustuvorligi
Baliqdan qushgacha tinchlik yorligi
Iqbol egalarin ko'z nur hikmati
Sohibdil kishilar valine'mati
Alo, ey humoyu humoyunnazar
Farishtatabiat, muborakxabar
Falak sadafida sendek gavhar yo'q
Faridun, Jamshidda sendek javhar yo'q
Iskandar taxtida davron sur ko'p yil
Donishmandlik ila kashf etib ko'ngil
Birovning diliga tig' ursa ro'zgor
Boshqa bittasini qilur mansabdor
Mug'anniy, chalib ber yangi bir navo
Rubob chalib, ayla raqibga nido
Bu kun yov ustidan topurmiz zafar
Osmondan kelmoqda yaxshilik xabar
Mug'anniy, xursandlik kuy-la qo'sh hissa
G'azal qavli birla boshlagil qissa
G'am yukidan yerga botmishdir oyoq
Usuling zarbi-la qo'zg'atgil bu choq
Ulug'lar ko'nglini kuy ila shod et
Parvizu Borbadning nomini yod et!Mug'anniy, pardadan shunday naqsh ol
You have read 1 text from Uzbek literature.
Next - Hafiz - 4
  • Parts
  • Hafiz - 1
    Total number of words is 4032
    Total number of unique words is 2402
    19.0 of words are in the 2000 most common words
    30.8 of words are in the 5000 most common words
    38.7 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Hafiz - 2
    Total number of words is 4059
    Total number of unique words is 2395
    16.6 of words are in the 2000 most common words
    29.0 of words are in the 5000 most common words
    38.1 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Hafiz - 3
    Total number of words is 3948
    Total number of unique words is 2400
    14.9 of words are in the 2000 most common words
    25.8 of words are in the 5000 most common words
    34.3 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.
  • Hafiz - 4
    Total number of words is 3344
    Total number of unique words is 1961
    19.1 of words are in the 2000 most common words
    31.6 of words are in the 5000 most common words
    41.0 of words are in the 8000 most common words
    Each bar represents the percentage of words per 1000 most common words.